logo

Kuzatish metodi va turlari

Yuklangan vaqt:

27.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46.443359375 KB
Kuzatish metodi va turlari
                                         MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................4
I.BOB. Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi..................5
1.1. Eksperimental psixologiya fanining fan sifatida shakllanishi.5-18
1.2. Eksperimental psixologiyaning tadqiqot metodikalari..........19-25
II.BOB. Kuzatuv metodiga  umumiy ta‘riflar........................................26
2.1. Kuzatuv metodi, uning turlari va ahamiyati............................26-31
2.2. Kuzatish metodining afzalliklari va kamchiliklari...................32-39
XULOSA............................................................................................40-41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.......................................................42
1                                   KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.  Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va 
jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan 
sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol 
oʻynagan. 19-asrning oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib 
borilgan. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi 
V. Vundt katta hissa qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish 
uslubi yordami bilan shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga 
bagʻishlangan. Keyinchalik tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan. Koʻp
tadqiqotlarni AQShlik T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. 
Eksperimental psixologiya murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) 
metodlari, metodikalari (ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga 
egaligi)dan tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda
yoki murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga 
asoslanadi. Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu 
bilan birga shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok 
singari bilish jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya 
tadqiqotlari natijalari psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib 
xizmat qiladi. 
Kurs ishining maqsadi.  Eksperimental psixologiya fani bo‘yicha barcha 
ma'lumotlarga ega bo‘lish.
2 Kurs ishining obyekti.  Insonlarda kuzatish, test, so‘rov-intervyu, eksperiment 
metodikalari orqali tadqiqotlar olib borish.
Kurs ishining predmeti.  Olimlarning kuzatish metodi: ichki va tashqi kuzatish 
metodikalarning o‘rganish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari.
Kurs ishining vazifalari:
 Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishidan to hozirgi kungacha 
rivojini o‘rganish;
 Eksperimental psixologiyaning tadqiqot metodlari haqida umumiy 
ma'lumotga ega bo‘lish;
 Test ,so‘rov , eksperiment, longityud, qiyosiy metodikalar haqida bilim 
ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
 Kuzatish metodining turlarini va uning afzallik va kamchiliklarini o‘rganish.
Kurs ishining tarkibi:  Kirish, 2 bob 4bo‘lim xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan 
iborat.
I.BOB. Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi
1.1. Eksperimental psixologiya fanining fan sifatida 
shakllanishi
3 Har bir mustaqil fan singari “Eksperimental psixologiya” fani ham o’zining 
rivojlanish tarixiga egadir. Eksperimental psixologiya mustaqil fan sifatida XIX asr 
o’rtalarida rivojlana boshladi. Psixologiyada eksperimental tadqiqotlarni 
qo’llanilishi va rivojlanishi bu fanning ilmiy-amaliy asosga ega ekanligini yana bir 
bor ko’rsatib berdi.
Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan 
iborat tajribalar o’tkazdi. Bunda 5 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan xohlovchilar 
arzimagan haq evaziga laboratoriyada o’z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning 
xislatlarini 17 ko’rsatkich bo’yicha tekshirishlari lozim edi. Bu ko’rsatkichlar 
qatoriga shuningdek, bo’yi, og’irlik, o’pkaning tiriklik sig’imi, kaft va musht kuchi, 
harflarni eslab qolish qobiliyati, ko’rish o’tkirligi, rangni farqlash kabi ko’rsatkichlar
ham kiritildi. To’liq dastur bo’yicha hammasi bo’lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. 
F.Gal’tonning fikriga ko’ra, testni o’tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday 
qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu 
haqida Dj.Kettell ham ta’kidlab o’tgan: qachonki asosini eksperiment va o’lchash, 
aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi 
mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida Dj.Kettell 50 turdagi laboratoriya 
testlarining ro’yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’proq 
topshiriqlar deb atash to’g’riroq bo’ladi. Bu topshiriqlar testlarga qo’yiladigan 
talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo’llash ko’rsatmasi mavjud hamda 
tadqiqotning (laborator) ilmiy tabiati ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra 
laboratoriya yaxshi jihozlanishi; testni o’tkazish vaqtida begonalar bo’lmasligi; 
barcha sinaluvchilarga bir xilda ko’rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari 
kerakligini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim edi.
4 F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g’oyasi turli 
mamlakat olimlarining diqqatini o’ziga tortdi. Shu tariqa uning tarafdorlari va 
qarshi bo’lgan olimlar paydo bo’la boshladi. Bu metodni qo’llash tarafdorlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, 
Frantsiyada – A.Bine, AQShda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi 
turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot ehtiyojlari bilan bog’lashga uringan olimlar 
edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb 
baholanadi. Dj.Kettellning ta’kidlashicha, u o’zining dastlabki testlarini 
laboratoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda 
qo’llagan, ammo V.Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara 
olmadi.Ma`lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa fanlarning 
rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng
qo’llanilishi bu fanning rivojlanishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri X1X asrning 
boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik hodisalarni o’rganishda eksperimentni 
tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan muammo paydo bo’ldi.Bu muammo 
bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada 
eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o’lchash 
mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish ham mumkin emas.
Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada 
eksperimentning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841)
ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va 
zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tadqiqotlarim amalda faqat 
psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat 
fanlariga ham qisman aloqadordir».
5 Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha 
jarayonlar – hissiyot, iroda, tasavvurlar majmuasidan va munosabatlaridan 
iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o’zgarish jarayonida bo’ladilar. Tasavvurlarning bu 
doimiy o’zgarish va almashish jarayonida ma`lum darajada doimiylik, qonuniyat 
bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. Shuning uchun ham, 
Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin.
Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va 
foydaliligini isbotlagan bo’lsa ham, lekin uning o’zi bu metoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber 
(1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning 
maqsadi tashqi ta`sirotlar (fizik omillar) ta`sirida sezgilarning o’zaro munosabatlari
sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar 
asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo’zg`atuvchi ta`sirlar o’rtasidagi 
q’iyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo’zg`atgich logarifmiga proportsionaldir, 
degan psixofizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexner o’tkazgan tajribalar 
«Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo’lishiga olib keldi.Veber va Fexner 
ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo’lib psixologiyani, 
tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini 
isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o’z-o’zini kuzatishdan 
foydalanib kelayotgan psixologiya, endi aniq fanlardagi ob`yektiv metoddan 
foydalana boshlaydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi 
Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Vundtgacha 
faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya 
6 faqatgina ijtimoiy fan edi. Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb 
topib, psixologiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi. Vundt 
psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya`ni 
kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda 
rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya 
laboratoriyasini tashkil qildi.
Vundt shug`ullangan masalalardan biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan 
ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo’zg`atuvchiga to’plash mumkin 
emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya 
tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o’ylab chiqardi (Vundt 
mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har 
bir ma`lum vaqtdan keyin shig`irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf 
etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo’shimcha vosita sifatida turdosh 
fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan 
olingan ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
1883 yilda Vundt o’z tajribalarini ommaga yetkazish uchun “Falsafiy maktab” 
degan jurnalga asos soladi va bu jurnalga 1903 yilda “Psixologiya maktabi” degan 
nom beriladi. 1889 yilda Vundt laboratoriyasi psixologiya institutiga aylantirildi. 
1887 yilda Vundt psixologik asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi “E.Simmerman” 
firmasiga asos soldi.
1882 yilda Germaniyada yana boshqa psixologiyaga oid laboratoriyalar ochildi. 
Geytengen shahrida Myuller, Berlinda Ebbingauz, Freyburgda Myustenburg, 
Bonnda Lips, Geydelburg, Strasburg, Gallda psixologlarning kabinetlari ochildi. 
7 Keyinchalik esa Vyursburgda – Kyunpe, Frankfurtda – Shumann labratoiyalari 
ochildi.
1890 yilga kelib Ebbingauz va Kenning ishtirokida “Sezgi a`zolari psixologiyasi va 
fiziologiyasi” jurnaliga asos solindi. 1903 yilda E.Meymann “Umumiy psixologiya 
arxivi” degan jurnal nashr ettira boshladi.
Leypsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib boshqa mamlakatlarda 
jumladan, Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil 
qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya 
laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada 
N.N.Langelar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva 
universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida 
eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF 
Pedagogika fanlari akademiyasi tizimiga kiradi.
Bundan tashqari Rossiyada I.Sechenov eksperimental psixologiyaning otasi 
sifatida tan olindi. Uning asosiy g`oyalari nevropatologiya va psixologiya 
patologiyalari edi. Shundan so’ng psixologiya va fiziologiyani bog`lab o’rganish avj 
oldi.
1886 yilda Qozonda Bexterev tomonidan birinchi psixologiya laboratoriyasi 
ochildi. 1883 yilda esa Bexterev tomonidan “Nevrologik axborotnoma” jurnaliga 
asos solindi. 1894 yilda Bexterev harbiy akademiyada ikkinchi psixologiya 
laboratoriyasini ochadi. Bu yerda asosiy e`tibor sezgilarga qaratiladi. 1886 yilda 
Bexterev asos solgan “Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental psixologiya 
xabarnomasi” jurnalida akademiyada o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoritiladi.
8 1907 yilda Bexterevning tashabbusi bilan Peterburgda ikkinchi psixologik 
nevropatologiya instituti ochiladi. 1918 yilda esa miya va psixik faoliyatni 
o’rganuvchi institutga asos solinadi.
XIX asrning 80-yillarida Xarkov va Yurev shaharlarida psixologiya laboratoriyalari 
ochiladi. Xarkov laboratoriyasining asoschisi P.I.Kovalevskiy edi. 1883 yilda esa 
Kovalevskiy Rossiyada birinchi psixiatriya jurnali “Psixiatriya, nevrologiya va sud 
psixopatologiyasi” jurnalini nashr qildiradi.
Yurev shahridagi laboratoriyaning asoschisi Krepelin edi. 1891 yilda bu 
laboratoriyaga V.F.Chij rahbarlik qilgan. Bu laboratoriya dunyo bo’yicha Vundt 
laboratoriyasidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
1895 yilda psixiatr Korsakov laboratoriya ochib unga rahbarlik qilishni Tokarskiyga 
topshiradi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, xotira o’rganilgan. Bu yerdagi 
ma`lumotlar “Laboratoriya qaydlari” degan jurnalda yoritib borildi.
1912 yilda Rossiyada psixologiya institutiga asos solindi. Bu institutga Chelpanov 
rahbarlik qildi. I.A.Skorskiy Kiyevda ochgan laboratoriyada aqliy faoliyat va toliqish
muammolari o’rganildi. 1985 yilda I.A.Skorskiy asos solgan “Nevropsixik tibbiy 
muammolar” jurnali chop etildi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning 
alohida turi – tabiiy eksperiment ishlab chiqarilgan. Eksperimentning bu turidan 
bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim 
psixologiyasi masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda 
unumli ta`sir ko’rsatdi.
9 Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash 
qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bo’lmagan ko’p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim 
psixik hodisalar o’rtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, 
ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo’li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, 
tafakkur)ning alohida tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonlarning fiziologik 
hodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo’lgan 
bog`lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning 
usullaridan foydalanish amaliy faoliyatning turli sohalarida – o’quv tarbiya 
ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud 
ishlarida, san`atda juda ko’p foyda keltiradi.
AQShda eksperimental psixologiyaning rivojlanishida yevropalik olimlarning 
hissasi kattadir. Amerika psixologiyasining asoschilari S.T.Xoll, D.Kettel, D.Endjel, 
Skripcher kabilar edi. Ular uzoq vaqt Leypsig shahridagi Vundt laboratoriyasida 
ta`lim olishgan.
AQShga yevropadan ko’chib kelgan psixologlar E.Titchener, G.Myustenberg, 
K.Levin, Mak-Dugal kabi psixologlar eksperimental psixologiyani AQShga olib 
kirdilar.
1883 yilda Baltimor shahridagi D.Gopkins universitetida Xoll ta`lim olib, AQShda 
birinchi laboratoriyani ochdi. 1888 yilda Vorchestordagi S.Klarks universitetida Xoll
ikkinchi laboratoriyani ochdi. Bu laboratoriyani E.Sanford boshqardi. 1891 yilda 
“Pedagogik seminar” uyushtirildi.
10 1877 yilda “Amerika psixologiyasi” jurnali, 1915 yilda “Amaliy psixologiya” 
jurnaliga asos solindi. 1892 yilda Xoll tashabbusi bilan Amerika psixologlari 
assotsiatsiyasi tuzildi. Bu assotsiatsiyaning birinchi prezidenti etib Xollning o’zi 
tayinlandi.
1887 yilda Kettel Penselvaniya shahrida laboratoriya ochdi. Xuddi shu yilda 
D.Petrik ham Yova universiteti qoshida laboratoiya ochadi. 1888 yilda Viskonsern 
universitetida (D.Yastrov), 1891 yilda Torontoda (D.Bolduin), 1891 yilda 
Kolumbiya universitetida (D.Kettel), 1892 yilda Garvard universitetida 
(G.Myustenburg) lar psixologik laboratoriya ochdilar.
XIX asrning oxiriga kelib Amerikada 27 laboratoriya va psixologlar mahkamalari 
faoliyat yuritgan.
Angliyada birinchi laboratoriya 1897 yilda ochildi. Kembridjda ochilgan bu 
laboratoriyaga dastlab R.Rivers, 1912 yildan boshlab esa S.Mayerlar boshchilik 
qildi. 1897 yilda J.Solli Londonda universitet kolledji qoshida ikkinchi 
laboratoriyaga asos soldi. Ushbu laboratoriyaning ayrim jihozlari Myustenberg 
(Freyburg shahrida) laboratoriyasidan olindi. 1900 yilda Angliyada boshqa 
laboratoriyalar yo’q edi. 1903 yilda Mayer qirollik kolledjida uchinchi 
laboratoriyaga asos soldi. 1936 yil Oksfordda eksperimental psixologiya instituti 
ochildi. 1901 yilga kelib ilk bora psixologlarning birinchi yig`ilishi bo’lib o’tdi. 1904 
yilda Rivers, Mayer va Uartlar psixologiyaning “Britaniya” jurnaliga asos soldilar.
Frantsiyada psixologiyaning rivojlanishi P.Jane, A.Bine va T.Ribo nomi bilan 
bog`liq. Rossiya psixologiyasida Sechenev, Germaniya psixologiyasida Vundt 
qanchalik katta ahamiyatga ega bo’lsalar Frantsiya psixologiyasi uchun T.Ribo 
shunchalik qadrlidir. T.Ribo eksperimental tadqiqotlar o’tkazmagan bo’lsa ham, 
11 Frantsiya psixologiyasining g`oyaviy otasi hisoblanadi. 1889 yilda Ribo Sarbonnada
birinchi laboratoriyani ochadi va unga Bonini prezident etib tayinlaydi. 1895 yildan
boshlab esa bu laboratoriyaga A.Bine rahbarlik qila boshlaydi.
1896 yilda V.Burdon Reyn shahrida ikkinchi laboratoriyani ochadi. 1921 yilda Parij 
psixologiya institutiga asos solinadi. Bu institutga A.Peron rahbarlik qilgan. 1901 
yilda esa frantsuz psixologlar jamiyati tashkil etildi.
Pozitivizm asoschisi O. Kant XIX asr o’rtalarida inson bilimi rivojlanishi haqidagi 
ta’limotni taklif qildi. U bilimning uchta ketma-ket bir-birini almashtiradigan 
shakllarini qarab chiqqan.
1) diniy urf – odatlar va individual ishonishga asoslangan,
2) falsafiy – u yoki bu ta’limot muallifining intuitsiyasiga, o’z ma’nosi jihatidan 
oqilona va aqliy ko’rinishga asoslangan.
3) Pozitiv-maqsadli kuzatish va eksperiment yo’lida faktlarni eslab qolishga 
asoslangan ilmiy bilim.
Biroq, pozitiv bilimlar muvaffaqiyatiga qaramay, XX asrda na falsafiy, na diniy 
bilimlarni rad etmadi. SHunday qilib, gap bir bilimni ikkinchisiga o’zgartirish haqida
emas, balki tsivilizatsiyaning rivojlanishi yo’lida bilimlar u yoki bu shaklini 
dominatsiyasi o’zgarishi haqida bilimlarning turlicha shakli parallel ravishda bor 
bo’lib va rivojlanib boradi, xuddi baravariga tirik tabiatda bo’lgani kabi har-xil 
ekologik tenglikni egallab ketayotib suv o’tlari va sut emizuvchilar, chuvalchang va
hashoratlardek.«Psixologiya» - bu shunday atamaki, qaysi inson amaliyoti va 
bilimlarining har-xil ko’rinishlarida tatbiq qilinsa bo’ladi.Birinchidan, odamlarning 
«psixika» haqidagi kundalik bilimlari tuzilmasi kabi boshqa odamlarning xatti-
12 harakati o’zining va boshqalarning ruhiy hayoti rivojlanishining asosi va 
qonuniyatlari bo’lgan psixologiya. Bu «kundalik psixologiya» bugungi kunda ilmiy 
psixologiya tarmoqlaridan birining kuzatish predmeti bo’lib qoldi. Odatiy, kundalik
so’zlar ma’nosida tabiiy tilda muhrlangan, qaysiki inson psixikasi ahamiyati uning 
xatti-harakati, uning shaxsiy tomonlari, imkoniyatlari motivlari va boshqalarni 
ifodalaydigan, u hikmatlar va maqollarda uchraydi. Ruhning diniy tafakkuri uning 
tabiati haqida odatiy, kundalik bilimlarni tushunishi asosida paydo bo’ladi.
Ikkinchidan «falsafiy psixologiya» ham mavjud bo’lib, psixik reallik tabiati haqida 
savol eng asosiy hisoblanadi.
Doimiy «falsafaning asosiy savoli» ideal va material nisbat haqida, qaysisi 
«birlamchi», qaysisi «ikkilamchi» ideal (sub’ektiv, ruhiy, psixik) borligi to’g’risida 
ko’p yoki kamroq aniq fikr jamlanishi mumkin emas. SHuning uchun ko’pchilik 
psixologlar psixika kontseptsiyasini o’ylab topishgan, shaxs haqida o’zlarining 
tushunchalarini uning rivojlanishi ahamiyati, ob’ektiv va sub’ektiv borliqni 
(jumladan aks ettirish qonuni), inson va insonlar guruhi xatti-harakati determinant
haqida o’z fikrlarini bayon qilishgan. «Falsafiy psixologiya» doirasi ichida hozirgi 
kunda psixika yoki uning alohida tuzilishlari ostidagi modellari yaratilayapti.
Nihoyat «psixologiya» atamasi XIX asrda paydo bo’lgan fanni ba’zida o’zini-o’zi 
boshqaradigan reallik, moddiy asosi bo’lgan, ya’ni aks ettiruvchi va inson xatti-
harakatini boshlab turuvchi mexanizmi va atroflicha metod bilan tekshirilgan 
psixika to’grisidagi fandir. Materializm ob’ektivlik va determinizm printsiplari 
psixikani o’rganishning tabiiy bilimlariga yondashish asosida yotgan. Psixologiya 
fan sifatida tabiatshunoslik metodologiyasini qabul qilgan holda X1X asrning 
oxirlari va XX asrning boshlarida tarkib topgan.
13 Bir paytning o’zida nemis faylasufi V. Dil’tey «Ruh haqidagi fanlar» va tashqi 
dunyo haqidagi fanlarni alohida qarab chiqishni taklif etdi.
Birinchilarga u falsafa, etika, estetika lingvistika, huquq va boshqalarni kiritdi. 
Ikkinchilarga fizika, ximiya, geologiya, biologiya va boshqa tabiiy fanlarni kiritdi. 
Psixologiyani u hamma fanlar ruh haqida boshlangich bilimlar oluvchi 
fundamental fan sifatida ajratdi. Bu fandan «Ruh haqidagi fan» asosiy metod- 
ya’ni tushunish metodi deb qaraydi.
Dil’tey psixologiyani empiristik fan sifatida hisobladi, lekin psixologiyada empiristik
bilim tabiati boshqa tabiiy fanlarga qaraganda boshqacharoq. Gumanitar 
psixologik bilim kundalik tajribaga yaqin, uning ma’nosi madaniyatda taniqli va 
muhrlangandir, shuning uchun tabiiy fanlar tushunchasida yangilik uyg’otmaydi.
Tushunish, tadqiqot metodi sifatida psixologik tadqiqotlarning har birida ishtirok 
etadi. Biroq ko’pchilik kuzatuvchilar tushunuvchan yoki gumanitar psixologiya, 
psixologik tafakkur alohida sferasi sifatida ajratadilar, qaysiki tushunish asosiy 
metod sifatida gavdalanadi.
Tabiiy – ilmiy yonadashish psixologlarni odam va hayvonlarni tashqi kuzatish 
faoliyatini, xatti-harakatini tekshirishga yo’naltiradi. Psixologiyani xatti-harakat 
fanlariga qo’shishda, tadqiqot, o’lchash va eksperimentni psixologiyada xulq-atvor
kuzatish metodlari deb atashadi.
Insonning xulq-atvori verbal (nutqiy) va noverbal (predmetli harakat, nutqsiz 
kommunikatsiya) ga bo’linadi. Tekshiruv usullari – bu verbal va noverbal xatti-
harakatlarni ro’yxatga oluvchi metodikadir.
14 Umuman olganda, eksperimental psixologiya turli xil psixik vaziyatlarni 
eksperimental metodlar yordamida tadqiq qilishni o’rganadi. Psixologiyaning 
eksperimental deb atalishiga uning metodi sabab bo’lgan. Agar falsafa umuman 
olganda tabiat qonunlarini o’rgansa, eksperimental psixologiya esa fan sohasida 
hayvon va insonning xususiyatlarini anglab olishga yordam beradi.
Eksperimental psixologiya fani sohasidagi bilimlar, ilmiy xulosalar nafaqat 
eksperiment, balki kuzatish, so’roq va boshqa metodlar yordamida to’plangan. 
Ma’lumki, falsafa va umuman psixologiya fani orasida dastlab chegara yo’q edi.
Arastuning "Jon haqida" asari dastlabki metofizik asar bo’lib hisoblanadi. 
Psixologiya fanining falsafa ichidan ajralib chiqishiga ikkita asosiy omil sabab 
bo’lgan:
 Psixologiya ilmiy muammolarga boyib borishi va yaqin istiqbollarning 
vujudga kelishi.
 Psixolog olimlarning tadqiqot olib borishi uchun yangi vositalar paydo 
bo’lishi.
Falsafa va biologiyaning rivojlanishi psixologiyaning paydo bo’lishi, rivojlanishiga 
omil bo’ldi, ya’ni Arastu davridagi falsafaning rivoji o’rnini X asrda tabiiy fanlar 
egallaydi.
Eksperimental psixologiyaning maqsadi psixologik eksperiment o’tkazishning 
malaka va ko’nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat.Eksperimental 
psixologiyaning vazifalari:
 Psixologiya fanida eksperiment o’tkazishning qonunlari, tartibi va printsipi 
bilan tanishtirishdan iborat.
15  Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va 
psixomotorikani o’rganishdir.
Ma’lumki, X1X asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa fanlarning 
rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning 
keng qo’llanilishi fanning bunday o’sishiga yordam berdi. XYIII asrning oxiri X1X 
asrning boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik xodisalarni o’rganishda 
eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan degan muammo paydo bo’ldi.Bu 
muammo bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada 
eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik xodisalarni o’lchash mumkin
emas, ularga matematikani tadbiq qilish mumkin emas.Psixik hodisalarni 
o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo’lishi 
mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr aytgan. U 
"psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida" shunday 
degan: "Mening tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning o’zi bilan cheklanib 
qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir".
X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida o’zining tadqiqotlari bilan psixologiya 
sohasiga ulkan hissa qo’shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar 
bo’lishgan. Bugungi kunda esa taraqqiyoti ancha tezlashib, yangi o’rganish 
sohalarini egallamoqda. Psixologik metodlarning rivojlanishi va kengayishi bilan 
birga u o’zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas
bog’liq: neyrofiziologiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar.
Eksperimental psixologiyani o’rganishdan maqsad psixika rivojlanishining 
individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni ob’ektiv metod va usullar 
bilan o’rganishdan iborat. Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik 
16 tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki 
individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz 
tekshiriladi.
1.2. Eksperimental psixologiyaning tadqiqot 
metodikalari
Psixo-fizik metodlar. Jismoniy va ruhiy hodisa deb nomlangan psychophysics 
o'rtasidagi munosabatlar o'rganish bilan shug'ullanadi psixologiya filiali. Shu 
ma'noda, muddatli psixo-jismoniy usullari urinishlar vazn his, yorqinligi, hajmi, va 
boshqa shunga o'xshash o'zgaruvchilar sifatida ma'lum psixologik tajribalar ilmiy 
o'lchovlar uchun jismoniy qurilmalar foydalanish ashyodan barcha usullarini 
ulanishi mumkin. va hokazo uyqu oralig'ida yoki xotira kabi boshqa murakkab 
psixologik hodisalar, shuningdek, psixo-jismoniy usullarini foydalanish o'rganib 
mumkin.Nemis fiziolog va fizik Fechner (1801-1887) tomonidan ishlab chiqilgan 
uch klassik psixofizik usullari, haligacha psixofizika otasi. 
 Psixologiyaning asosiy metodi bo‘lib  tajriba  hisoblanadi. Tajriba metodi tadqiq 
etilayotgan hodisalar, ijtimoiy yoki psixologik jarayonlar, qarashlar, qonuniyatlar, 
yangi bilimlarga erishishdagi  xossalari o‘rtasida mavjud bo‘lgan sababiy-oqibat 
aloqalari haqida aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida qo‘llaniladi. 
Kuzatishdan farqli ravishda tajribada tasviriy ma’lumotdan tashqari, aloqalar, 
munosabatlar, jarayonlar haqida tushuncha beriladi.Tajriba o‘rganilayotgan 
17 hodisaning xususiyatlari o‘rtasida mavjud aloqalar to‘g‘risidagi nazariy 
tasavvurlarga asoslangan farazni isbotlash uchun tekshirish metodi sifatida 
shakllangan va mavjuddir. Metodologik rejaga ko‘ra, tadqiqot ob’ektini tahlil qilish
birinchi bosqich bo‘lib, ikkinchi bosqich – o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarning 
xususiyati yoki yo‘nalishi, mavjudligi haqidagi farazlarning shakllanishi, uchinchi 
bosqich – o‘zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil bo‘lmagan turlariga ajratish 
hisoblanadi. Tajribadagi o‘zgaruvchilarni ajratish – ob’ektni dastlabki nazariy tahlil 
qilish natijasi. Tadqiqotchining ta’siri yo‘naltirilganlari nazoratdagilar va mustaqil 
o‘zgaruvchilar deb ataladi. SHundan so‘ng tajribaning metodik qismi boshlanadi. 
Tadqiqotning maqsadi aniqlanib, dasturi tayyorlangandan so‘ng esa ikki guruh – 
tajriba va nazorat guruhlari tuziladi.
Test metodi.  Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. SHaxsning 
aqliy o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik 
xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq,
syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni 
egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar 
va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi. Test metodining 
qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga,
yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilashga 
bog‘liqdir.
1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning 
aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a 
surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.CHet el psixologlari
testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroq test 
18 tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir 
muammoning echimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. 
Jahon (AQSH, Evropa va hokazo) testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zlashtirib 
turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda 
o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va 
salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq ittifoq 
psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar 
tubdanboshqacha prinsip asosida tuzilgan. 
Kontent-analiz  inglizcha “content - analysis” so’zidan olingan bo’lib, yozma 
hujjatlar, matnlar mazmunini ham miqdor, ham sifat jihatdan talhil qilishni 
nazarda tutadi. 20-30 yillardayoq bu usul yordamida uning asoschilari bo’lgan 
amerikalik sosiologlar X.Lassuel va B.Berelsonlar ommaviy axborot vositalari 
mazmunini o’rganish orqali ushbu metodning Qator afzalliklarini isbot qilolganlar. 
Keyinchalik Boltiqbo’yi hamda Rossiya olimlari ham bu uslubni umuman yozma 
matnlarni o’rganishdagi imkoniyatlarini keng yoritib berdilar. Endi kontent-analiz 
predmeti nafaqat matnning o’zi emas, balki undagi g’oya, mohiyat, mavzu yoki 
muammolar ham bo’lishi mumkinligi isbotlandi. Masalan, O’zbekistonda hamda 
Rossiyada chop etilayotgan eng ommabop davriy nashrni olib, unda yoshlar – 
ta’lim-tarbiya muammolarining qay darajada yoritilishini bir yillik gazetalar 
saxifalaridan ushbu kategoriyalarning necha marta qayd etilayotiganligi miqdorini 
sanab chiqish orqali aniqlash eng sodda ko’rinishdagi kontent-analizdir. 
Muammoni yoki g’oyani ifodalovchi ijtimoiy simvollar, belgilar, ularning matndagi 
o’rni, abzaslar soni, qatorlar soni kabi qator miqdolriy ko’rsatgichlarni sifat 
jihatdan talhil qilish obyektiv, asosli, matematik metodlar vositasida asoslash 
mumkin bo’lgan usuldir. Shuning uchun ham oxirgi yillarda O’zbekistonda 
19 o’tkazilayotgan ijtimoiy psixologiya, sosiologiya, jurnalistika borasidagi 
izlanishlarda kontent-analiz ishonchli metod sifatida keng qo’llanilmoqda.
Nizom bo‘yicha tajribaga qo‘yiladigan muhim talablardan psixologlar quyidagilarni
sanab o‘tadilar: tadqiqot farazlariga ko‘ra aniq yo‘nalganlik; tadqiqot ob’ektini 
yuqori darajada bilish va to‘liq ta’riflash; tajriba muolajalarini olib borishni qat’iy 
nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash; qayta ishlab chiqish, takrorlash 
imkoniyati; ijtimoiy ob’ektga mos keluvchi metodlar, kuzatish va o‘lchash 
vositalarining mavjudligi.
Tajriba tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim.
Tajriba predmeti  – o‘rganilayotgan ob’ekt xossalari va uning ijtimoiy faoliyati va 
hulq-atvorini belgilab beruvchi omillar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar va aloqalar.
Tajribadagi o‘zgaruvchi  – o‘rganilayotgan ob’ekt holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 
bevosita ta’sir etuvchi nazorat ostidagi va nazoratga olinmaydigan omillar. 
O‘zgaruvchilar tizimi tajribadagi vaziyatda etakchilik qiladi va bu vaziyat xuddi shu 
tizim orqali ta’riflanadi. Asosiy o‘zgaruvchilar mustaqil va bog‘langan bo‘lishi 
mumkin. Mustaqil o‘zgaruvchi – tadqiqotchi tomonidan o‘zgartiriladigan va tajriba
guruhi faoliyatiga kiritiladigan omil. Bog‘langan o‘zgaruvchi – mustaqil o‘zgaruvchi
ta’sirida o‘zgaradigan omil.
Tajribaviy vaziyat  – tajriba o‘tkazilayotgan sharoitlar yig‘indisi. U dala va 
laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin.
Tajriba ob’ekti –  ijtimoiy guruh, jamoa, shaxs (tajriba ishtirokchilari). Tajribada ikki
xil ob’ekt: nazorat va tajriba guruhlari ajratiladi. Ikki guruhning tuzilishi 
tafovutlarni aniqlashga va kutilgan o‘zgarishlar ro‘y bergani yoki bermagani 
20 haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. Tajriba ishtirokchilarining soni, odatda, 
unchalik ko‘p bo‘lmaydi, aksariyat hollarda 10-15 kishidan oshmaydi.Tajriba 
guruhi tajriba omili (mustaqil o‘zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht.Nazorat 
guruhi tajriba omillarining ta’sirini sezmaydi.
Laboratoriya tajribasi  sun’iy shroitlarda maxsus asboblarni qo‘llagan holda ta’sir 
etuvchi omillarning qat’iy nazorati yordamida amalga oshiriladi. Masalan, inson 
tafakkuri xususiyatlarini o‘rganish. Sinaluvchiga ajratilgan vaqt ichida echishi lozim
bo‘lgan aqliy vazifalar qatori taklif etiladi. Har bir vazifani bajarish ma’lum ballar 
miqdori bilan baholanadi, ballar yig‘indisi esa aqliy rivojlanish darajasining 
ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi.
Tabiiy tajriba –  sinaluvchiga sezilarsiz tarzda uning faoliyati yoki muloqotiga 
kiritilgan psixologik tajriba, u tabiiy sharoitlarda tadqiqotchining aralashuvisiz 
o‘tkaziladi. Tabiiy tajribani hayotning o‘zi qo‘yadi, tajribaviy vaziyat esa 
tadqiqotchining faol ishtirokisiz yuzaga keladi. Masalan, odam to‘satdan kasal 
bo‘lib qoldi, bunda kasallik uning psixikasi va hulq-atvoriga nisbatan biror-bir 
ta’sirga ega bo‘lishi ma’lum. Qanday qilib? Bu savolga tajribadan javob topish 
mumkin, tajriba davomida bemor psixolog tomonidan kuzatiladi va u bemorning 
kasalikkacha va kasallikdan so‘nggi holatlarini qiyoslaydi.
Shakllantiruvchi (ta’limiy) tajriba  – psixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini tadqiq 
etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf masalalarini echa 
olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar bilan tanishtirilib, 
ularni echish tartibi tushuntiriladi. So‘ngra ularga zarur malaka va ko‘nikmalarni 
orttirishga ko‘mak beriladi. Tajriba yakunida olingan natijalar baholanadi.
21 Dala tajribasi  o‘z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o‘xshashdir, faqat u 
insonning real hayotidagi voqelikda o‘tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy 
o‘quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo‘yicha tajriba olib boriladi, 
buning ustiga, dastur o‘quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. Tadqiqotchilarni 
tajriba natijasida  talabalar bilimining yaxshilanashi yoki ularning avvalgidek 
saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular tajribagacha va tajribadan so‘ng 
talabalar bilimini tekshiruvdan o‘tkazadilar va tajribaning samaradorligi yuzasidan 
xulosa yasaydilar.
Qayd etish tajribasi   deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va 
ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro‘y 
beradigan voqelarni qayd etishdan iborat bo‘lgan tajribaga aytiladi. Qayd etish 
tajribasi tabiiy tajribadan vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va olingan 
natijalar o‘zaro tajribagacha va tajribadan so‘ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi. 
Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini aniqlash. Sinaluvchilarga 
materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori taklif etiladi. 
Ularni bajarish natijalariga ko‘ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi.
Assotsiativ tajriba  – K.G. YUng, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir vaqtda
taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga mo‘ljallangan loyihalash 
metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag‘bat so‘zlar to‘plamiga javoban miyaga 
kelgan so‘zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan 
tasavvurlar rag‘bat-so‘z va sinaluvchining javobi o‘rtasidagi bir xil tasavvurlarning 
turi, qaytarilishi, vaqtiga ko‘ra qayd etiladi. Har bir fan aniq ma’lumotlarga 
asoslanadi. ob’ektiv voqelikning bunday hodisalarini to‘plab, solishtirib, 
guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, 
22 aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning ob’ektiv 
qonunlarini ochib beradi. bu ma’lumotlarga ega bo‘lish usullari ilmiy-tadqiqot 
metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. shunday qilib, metod – ilmiy-
tadqiqot yo‘nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. ilmiy metod o‘z tuzilishiga 
ko‘ra, yondoshuvlar va muolajalar yig‘indisidan iborat. ilmiy tadqiqotlarning 
metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy 
tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar.Har qanday fanga 
o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega.
Qiyosiy metod  («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub 
odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat.
masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va 
ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan 
tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi.
Longityud metodi  («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq 
vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. masalan, talabalarni oliygohda 
ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish.
Qiyosiy va longityud  metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt 
ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. 
Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy
rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-
birini to‘ldiradi.
Majmuiy metod  – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, 
masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o‘rtasidagi aloqalar
va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish usuli.
23 II.BOB. Kuzatuv metodiga  umumiy ta‘riflar
2.1. Kuzatuv metodi, uning turlari va ahamiyati
Kuzatish  – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga 
muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod. Bu metod 
ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki 
tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib 
borish imkoniyati  xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: standartlashtirilgan  
(belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan), erkin (oldindan 
o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan 
jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi),  yashirin bo‘ladi.O‘tkazilish joyiga 
asosan  kuzatishlar dala va laboratoriya kuzatishlariga  bo‘linadi.  Dala kuzatishlari  
tabiiy sharoitlarda,  laboratoriya kuzatishlari  esa sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan 
sharoitlarda o‘tkaziladi.Olib borish muntazamligiga ko‘ra kuzatishlar  tizimli  
(ma’lum vaqt davomida ob’ektni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo‘yicha) va
tizimsiz  (noma’lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo‘ladi.
O‘rganilayotgan hodisaning o‘tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko‘lamiga ko‘ra 
kuzatishlar  qisqa vaqtli  (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida 
olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to‘ldirish uchun tadqiqotning boshlang‘ich 
bosqichida o‘tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng ko‘lamli yoki 
24 murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi  
uzoq vaqtli  kuzatishlarga bo‘linadi.
Kuzatish metodini qo‘llash uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi:
- sinaluvchining hulq-atvori uning ko‘pgina ko‘rinishlari va turli vaziyatlarda har 
tomonlama baholanishi lozim;
- kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko‘p vaqt birga bo‘lishi kerak (kamida 2-3 oy 
davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o‘tkazilishi kerak, ularning davomiyligi 
kuzatish maqsadidan kelib chiqib o‘rnatiladi;
- kuzatish jarayoni boshlanmasdan avval sinaluvchi hulq-atvorining qayd 
etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvorning bunday belgilari bilan 
tadqiqotchi bu metodni qo‘llagan holda baholamoqchi bo‘lgan psixologik 
xususiyatlar o‘rtasidagi aloqa oldindan o‘rnatilishi kerak;
- tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo‘lishi zarur;
- muammoni xolisona hal etish maqsadida sinaluvchi va tadqiqotchi o‘rtasidagi 
rolli munosabatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
- sinaluvchi bir vaqtning o‘zida kamida 10 ta ruhshunos kuzatuvida bo‘lishi va 
olingan baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o‘rtachasini tashkil etgan 
bo‘lishi kerak.
Barcha ruhshunoslar bir-biriga bog‘langan bo‘lmasliga zarur. Bunday holat 
natijalar samarasini oshiradi (baholash metodi).
O‘zini kuzatish metodi, yoki  introspeksiya (  lot.dan – ichkariga qarayman) – 
insonning o‘zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng 
25 qadimiy va eng qulay vositasidir. Uning kashf etilishiga fransiyalik faylasuf Rene 
Dekartning fikricha, ong –  alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo‘lmagan  
substansiya bo‘lib, sub’ektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro‘y 
berishi haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita bilimlari to‘g‘risidagi dohiyona 
yorqin g‘oyalari turtki bo‘ldi. O‘ziga va ongiga nazar tashlash introspeksiyaning 
mohiyatini tashkil etadi.O‘zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, 
xotiradan ko‘tarilgan tasvirlar, jamiyat qarashlariga zid istaklar va irodaviy 
jarayonlar ochib beriladi. Bunda o‘zini kuzatish bilan olimning o‘zi ham, uning 
mijozi – sinaluvchi ham mashg‘ul bo‘lishi mumkin.Sinaluvchilarga alohida ko‘rish 
yoki eshitish ta’sirlovchilari, jismlar tasviri, so‘zlar, jumlalar namoyish etiladi; ular 
qabul etilib, o‘zaro solishtirilib, hosil bo‘lgan tasavvurlar haqida ma’lumot berilishi 
kerak. Bunda sinaluvchilar o‘z javoblarida tashqi ob’ektlarni tasvirlovchi 
atamalarni qo‘llamay, bu ob’ektlar sababli yuzaga kelgan o‘z his-tuyg‘ulari va 
ularning sifatlari haqida so‘z yuritishlari kerak.
Hozirgi zamon psixologiyasining yangi yo‘nalishi – psixosintezning asoschisi – 
italiyalik shifokor-faylasuf Roberto Assadjioli fikricha, ongimizning bosh rejissyori 
oliy «Men» bo‘lib, uning qo‘l ostidagi aktyorlar esa – bu «Men»imizning ajralgan 
qismlari. Inson o‘zining ichki olamini ko‘zdan kechirishi, unga quloq tutishi bilan 
ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi va boshqa «Men»larning xushqad yoki unchalik 
bo‘lmagan jo‘rovozi mavjudligi ma’lum bo‘ladi. Bilish va yangi nazariy istiqbollarni 
kashf etish metodi sifatida o‘zini kuzatish asosiy o‘rin egallaydi.Kuzatishning 
koʻlami, xususiyati va oʻziga xosligini aniqyaash; barcha holat, alomat, tashqi 
koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish;toʻplangan materiallarni matematik 
statistik hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi.Kuzatishning sistemali, epizodli, 
dala sharoitli, laboratoriyaviy, tabiiy, davriy (bir martali) koʻrinishlari, shuningdek, 
26 turli vositalari va shakllari mavjud. Kuzatishda R. Beylzaning interaksiya (oʻzaro 
taʼsir) uslubini (bahs, munozara chogʻida oʻzaro taʼsir imkonini aniqlash 
maqsadida) qoʻllash ijobiy natijalar beradi.
Psixologiyaningan`anaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvaffaqiyatli 
qo`llanilmoqda.Kuzatish metodi Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, 
odamning turlituman faoliyatida qanday ko‘rinishda voqe bo‘lsa, o‘sha ko‘rinishda
kuzatish metodining yordami bilan o‘rganiladi.  Tashqi kuzatish  Psixik hayot 
hodisalarini o‘rganishda avvalo tashqi kuzatish metodi tatbiq etiladi. Kuzatishning 
asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi 
organlarimiz bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari 
aniqlanadi va tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, 
turli harakatlar va umuman kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita 
kuzatish mumkin. Psixik jarayonlar bilan bevosita bog‘langan ba’zi bir fiziologik 
hodisalar yuzning o‘zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning o‘zgarishi 
ham tashqaridan kuzatilsa bo‘ladi. Kuzatish ma’lumotlarini so‘zlar bilan tasvir etish
bilan kifoyalanib qolmay, balki ko‘rsatma vositalari, suratga olish, kinoga olish, 
tovushni yozib olish. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar 
amalga oshiriladi:
 kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
 kuzatiladigan obyekt tanlanadi;
 sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi;
 tadqiqot o`tkazish vaqti rejalashtiriladi;
 kuzatish qancha davom etishi qat`iylashtiriladi;
27  kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o`yin, o`qish, mehnat va sportda) 
amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa 
bilan o`tkazilishi) tayinlanadi;
 kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish
varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va 
boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg`ulari, nerv sis-temasiningtashqi 
ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-isho-ralari, sezgirligi, harakatchanligi, 
ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o`rganiladi. Ammo o`ta 
murakkab ichki psixo-logik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy 
xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetishmaydi.
Masalan, go`dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o`yinchoqlarga mu-nosabati, 
his-tuyg`usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O`quv-chining darsdagi holatini 
kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo`zg`atuvchi bilan ta`sirlanishi, 
temperamenti, xatti-haraka-tining sur`ati, emotsional kechinmasining o`zgarishi 
to`g`risida ma`-lumotlar to`plashga imkoniyati tug`iladi. O`spirin yoshlarning sport 
faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuy-g`usiningo`zgarish 
xususiyatlari, g`alabaga intilishi, o`ziningharaka-tini idora qila olishi yuzasidan 
materiallar yig`ish mumkin. Ish-chining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish 
natijasida uning o`z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o`zini tutishi, imo-ishora-
lari, tashqi qo`zg`atuvchidan ta`sirlanish darajasi haqida keng ma`-lumotlar 
yig`iladi. Keksalarning muloqo t  jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq 
faoliyati, his-tuyg`usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va 
ruhiyatining boshqa xususiyat-larini aniqlash demakdir.
28 Kuzatish metodi  tabiiy metodlar  jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan 
kuzatiluvchi xulqatvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar 
to’plash usulidir. O’z - o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish 
yoki hodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir.
Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib
qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining qayfiyatini bilish 
maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, 
kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u 
yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin 
kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi 
bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus 
dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik 
psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’sirini o’rganish 
maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs 
o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish 
ishlarini olib boradi.
2.2. Kuzatish metodining afzalliklari va kamchiliklari
Kuzatish usulining afzalliklari:
1. O'rganilayotgan hodisaning tafsilotlarini, uning ko'p qirraliligini tasvirlash 
imkonini beradi.
29 2. Respondentlarning dastlabki yoki retrospektiv mulohazalari asosida tuzilgan 
birlamchi sotsiologik ma’lumotlarni yig‘ishning boshqa usullaridan farqli o‘laroq, 
hodisa va inson xatti-harakatlarining elementlarini ular sodir bo‘lish vaqtida qayd 
etish imkonini beradi.
3. Vositachi aloqalar mavjud emas, tadqiqotchi va o'rganilayotgan ob'ekt o'rtasida
to'g'ridan-to'g'ri aloqa mavjud bo'lib, bu muayyan ijtimoiy vaziyatlarda 
odamlarning harakatlari, ya'ni ijtimoiy faktlar haqida ishonchli, ob'ektiv va tezkor 
ma'lumot olish imkonini beradi.
4. Muayyan vaziyatlarda kuzatilgan xulq-atvor yoki har qanday harakatning 
ma'nosini to'liqroq va to'g'ri tushunishga, ularning sodir bo'layotgan voqealarga 
munosabati mohiyatini tushunishga yordam beradi.
5. Tadqiqotchi ma'lum darajada tadqiqot ob'ektiga bog'liq emas, ya'ni u 
kuzatilayotganning nafaqat qobiliyati, balki gapirish istagidan qat'iy nazar faktlarni
to'plashi mumkin.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatkichlarni qayd 
qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional 
mahorati, kuzatuvchanligi, sabrqanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, yana to’plangan 
ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz 
noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda 
ishlatiladi.
Kuzatish metodida kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat 
daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, 
fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
30 Kuzatish sizga xatti-harakatlarni to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritish va qayd etish 
imkonini beradi.
Kuzatish bir vaqtning o'zida bir nechta odamlarning bir-biriga yoki muayyan 
vazifalarga, ob'ektlarga va boshqalarga nisbatan xatti-harakatlarini suratga olish 
imkonini beradi.
Psixologiyaning asosiy usullarini kompleks tarzda qo'llash va har bir aniq holat 
uchun "o'tkirlash" juda muhimdir. Avvalo, muammoni aniqlab olishingiz va javob 
olmoqchi bo'lgan savolni aniqlashingiz kerak, ya'ni. aniq maqsad bo'lishi kerak. Va 
shundan keyingina siz usulni tanlashingiz kerak. Demak, nazariy psixologiyaning 
metodlari. KUZATUV Psixologiyada ostida kuzatuv o'rganilayotgan ob'ektning 
xatti-harakatlarini maqsadli idrok etish va ro'yxatga olishni anglatadi. Bundan 
tashqari, ushbu usul yordamida barcha hodisalar ob'ekt uchun normal sharoitda 
o'rganiladi. Bu usul eng qadimiylardan biri hisoblanadi. Ammo ilmiy kuzatish faqat 
19-asrning oxirida keng qo'llanila boshlandi. Dastlab u rivojlanish psixologiyasida, 
shuningdek, ta'lim, ijtimoiy va klinik psixologiyada qo'llanilgan. Keyinchalik u 
mehnat psixologiyasida qo'llanila boshlandi. Kuzatish odatda hodisalarning tabiiy 
jarayoniga aralashish tavsiya etilmaydigan yoki imkonsiz hollarda qo'llaniladi. 
Kuzatuvning bir necha turlari mavjud: Dala - oddiy hayotda; Laboratoriya - maxsus
sharoitlarda; Bilvosita; Darhol; Kiritilgan; Kirilmagan; To'g'ridan-to'g'ri; bilvosita; 
qattiq; Tanlangan; tizimli; Tizimsiz. Yuqorida aytib o'tilganidek, kuzatuv 
tadqiqotchining aralashuvi insonning tashqi dunyo bilan o'zaro ta'sirining tabiiy 
jarayonini buzishi mumkin bo'lgan hollarda qo'llanilishi kerak. Ushbu usul sodir 
bo'layotgan voqealarning uch o'lchovli rasmini olish va odam odamlarning xatti-
harakatlarini to'liq tasvirlash uchun kerak bo'lganda kerak. Kuzatishning muhim 
31 xususiyatlari quyidagilardan iborat: Qayta kuzatishning mumkin emasligi yoki 
qiyinligi; Kuzatishning hissiy ranglanishi; Kuzatilgan ob'ekt va kuzatuvchining 
aloqasi. Xulq-atvorning turli xususiyatlarini aniqlash uchun kuzatish amalga 
oshiriladi - bu mavzu. Ob'ektlar, o'z navbatida, quyidagilar bo'lishi mumkin: 
Og'zaki xatti-harakatlar: nutqning mazmuni, davomiyligi, intensivligi va boshqalar. 
Og'zaki bo'lmagan xatti-harakatlar: yuz ifodasi, ko'z ifodasi, tana holati, harakat 
ifodasi va boshqalar. Odamlarning harakati: masofa, uslub, xususiyatlar va 
boshqalar.
Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, 
batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish Aristotel 
zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri 
sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida 
dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. Kuzatishning
qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va 
voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol 
fikrlashga va h.Kuzatish ga bogʻliq. Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy 
bogʻlanadi.Kuzatishda tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil 
etiladi, farazlar olgʻa suriladi. Kuzatishning obʼyektiv (tashqi kuzatish) va subʼyektiv
(ichki, oʻzini oʻzi kuzatish ) turlari mavjud. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-
tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi 
va boshqa oʻrganiladi. Oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya)dan foidalangan psixolog 
oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi. 
Vyursburg psixologiya maktabi (Germaniya) namoyandalari kuzatish Byuler (1879
— 1922), A. Messer (1867-1937), O. Kyulpe (1862—1915) psixologik tajribalarni 
dastavval oʻzini-oʻzi kuzatish metodi yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar.
32 KUZATISH METODINING KAMCHILIKLARI
Kamchiliklar Kuzatish usullarini ikki guruhga bo'lish mumkin: ob'ektiv 
(kuzatuvchidan mustaqil) va sub'ektiv (kuzatuvchining shaxsiy, kasbiy xususiyatlari
va kuzatuvchi va kuzatilganlarning munosabati bilan bog'liq). Usulning ob'ektiv 
kamchiliklari:
1. Katta populyatsiyalarni kuzatishda kamdan-kam foydalanish mumkin.
2. Kuzatishning murakkabligi, ba'zan esa takrorlashning mumkin emasligi
. 3. Ko'pincha o'rganilayotgan hodisalarni aniqlash va tavsiflashda qiyinchiliklar, 
kuzatishdan keyin bu ishni bajarish zarurati paydo bo'ladi.
4. Xulq-atvorning maqsad va motivlari haqida ma'lumot olish imkoniyati 
cheklangan.
5. Faqat tadbir vaqtida o'tkazish imkoniyati. O'tmishni o'rganish uchun, masalan, 
20-yillardagi ijtimoiy ishtiyoqning mohiyatini aniqlash uchun boshqa usullardan 
foydalanish kerak bo'ladi: hujjatlarni tahlil qilish, guvohlarning hikoyalari, 
kinoxronika, badiiy adabiyot. Shunday qilib, bu holda bilvosita kuzatish tahlil 
qilinadi. O'tmishdagi kuzatish tajribasi boshqa sotsiologik usullar yordamida 
tadqiqot ob'ektiga aylanadi.
6. Kuzatuvchini qiziqtirgan voqea sodir bo'lgan vaqtga ko'ra kuzatishni cheklash. 7.
Yuqori mehnat intensivligi. Ko'pincha, birlamchi ma'lumotlarni to'plashda 
etarlicha yuqori malakaga ega bo'lgan ko'plab odamlar jalb qilinadi.
33 8. Kino-fototexnika, ovoz va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda ommaviy
kuzatish birlamchi sotsiologik ma’lumotlarni yig‘ishning eng qimmat usullaridan 
biridir.
9. Barcha ijtimoiy faktlar bevosita kuzatishga to‘g‘ri kelavermaydi, bir qator 
sohalar kuzatish yordamida o‘rganish uchun deyarli yoki to‘liq imkonsiz bo‘lib 
chiqadi (masalan, oilaviy va jinsiy munosabatlar, tanqidiy vaziyatlarda 
odamlarning xatti-harakati va boshqalar). Usulning sub'ektiv kamchiliklari: 1. 
Voqealarning tabiiy rivojiga tadqiqotchining beixtiyor aralashuvi mumkin. 2. 
Hodisalarni talqin qilishda "sub'ektivlik to'sig'i" paydo bo'lishi sababli xatolarning 
sezilarli ehtimoli. Kuzatish natijasi shunchaki faktning, o'z-o'zidan faktning bayoni 
emas, balki tadqiqotchi tomonidan kuzatilgan faktning u yoki bu talqinining 
bayoni hamdir. Va talqin noto'g'ri bo'lishi mumkinligi sababli, kuzatish natijalari va
haqiqat o'rtasida nomuvofiqlik ehtimoli mavjud. Zero, tadqiqotchi shunchaki 
kuzatmaydi, mushohada qilib, o‘ziga xos tarzda tushunadi va shuning uchun ham, 
odatda, o‘ziga sezilmas tarzda, ko‘rganini o‘zining nazariy g‘oyalari, oldingi 
tajribasi, emotsional holati asosida o‘ziga xos tarzda izohlaydi. Shunday qilib, u 
kuzatilayotgan narsaning ob'ektiv rasmiga ma'lum bir sub'ektiv elementni kiritadi 
va u bilan sub'ektiv buzilishlar ehtimoli. 3. Qabul qilingan ma'lumotlarning sifatiga 
kuzatuvchi va kuzatilganlarning ijtimoiy holatidagi farq, qiymat yo'nalishlarining 
o'xshashligi, xatti-harakatlarning stereotiplari, qiziqishlar va boshqalar sezilarli 
darajada ta'sir qilishi mumkin.Masalan, ko'pincha ishchilar jamoasida. bir-biriga 
"siz" bilan murojaat qilish uning barcha a'zolari uchun norma hisoblanadi.4. 
Kuzatuvchining shaxsiy xususiyatlari uning taassurotlariga, demak, qayd etilgan 
ko'rsatkichlarning sifatiga ma'lum darajada ta'sir qiladi. Kuzatuvchining 
kuzatilganga nisbatan "indulgentsiya" ta'siri mumkin bo'lib, bu o'z ifodasini 
34 vaziyatni bo'rttirib ijobiy baholash tendentsiyasida topadi. Agar kuzatuvchi 
kuzatuvning salbiy natijasi unga muammo keltirishi mumkinligiga ishonsa, bu sodir
bo'ladi. Ba'zi hollarda "indulgentsiya" ta'sirining sababi bo'lishi mumkin: 
tadqiqotchining o'z obro'si haqida qayg'urishi, u bilan kuzatilgan yoki shaxsiy 
aloqalarga hamdardlik namoyon bo'lishi, tadqiqotning yuzaki bajarilishi. Ba'zida 
"kontrast" xatosi mumkin. Bu kuzatuvchilarning, ko'pincha ongsiz ravishda, 
boshqa odamlarga baho berishda, ularda o'ziga xos bo'lgan xarakter 
xususiyatlarini e'tiborsiz qoldirish yoki inkor etishga moyilligiga asoslanadi, bu esa 
faqat o'zlariga qarama-qarshi bo'lgan xususiyatlarni ta'kidlashga olib keladi.5. 
Qo'shilgan kuzatuvchi ob'ektivlikni yo'qotishi, u muhitda harakat qiladiganlarning 
pozitsiyasini egallashi mumkin. Kuzatuvchi va kuzatish ob'ekti o'rtasidagi uzviy 
bog'liqlik kuzatuvchining ijtimoiy voqelikni idrok etishida va kuzatilayotgan 
hodisalarning mohiyatini tushunishda, ularni izohlashda ma'lum iz qoldiradi. 6. 
Kuzatilgan tomondan sodir bo'layotgan voqeani baholash xarakterini o'zgartirish. 
Demak, masalan, ba'zida kuzatilganlar o'zlarining o'rganish ob'ekti ekanligini bilib, 
ularning fikricha, kuzatuvchi nimani ko'rishni xohlashini moslashtirish uchun o'z 
harakatlarining xarakterini sun'iy ravishda o'zgartiradilar. 7. Ijtimoiy hodisalarning 
tadqiqotchi tomonidan idrok etilishi va ularning talqini doimo emotsional bo‘lib, 
tadqiqotchi bilan kuzatilayotgan (kuzatilgan) o‘rtasidagi bog‘liqlik qanchalik 
mustahkam bo‘ladi. Kuzatuvchida kuzatilayotgan shaxsning xatti-harakati bo'yicha
ma'lum bir kutishning mavjudligi ko'pincha sodir bo'layotgan narsaga o'ziga xos 
nuqtai nazarni shakllantirishga olib keladi. Agar kuzatuvchi va kuzatuvchi 
kuzatishdan oldin aloqada bo'lgan bo'lsa, bunday kutish paydo bo'lishi mumkin. 
Agar kuzatilayotgan narsa haqida ijobiy taassurotlar paydo bo'lsa, kuzatuvchi 
ularni o'zi kuzatayotgan vaziyatga o'tkazadi va sodir bo'lgan hodisalarni tahlil 
35 qilganda ularni asossiz ravishda ijobiy baholaydi. Qoidaga ko'ra, uzoq vaqt 
tanishish bilan halo effekti yanada kuchliroq bo'ladi. 8. "Modellash xatosi" (yoki 
boshqa mantiqiy, nazariy xatolik) mumkin. Bu tadqiqotchi kuzatish o'rniga, shaxsiy
xususiyatlarning o'xshashligi yoki o'zaro bog'liqligi (yoki bir-biriga zid) bo'lishi 
kerak degan deduktiv xulosadan foydalanganda sodir bo'ladi. Masalan, 
xushomadgo‘y kishilar xushmuomala va xushmuomala odamlarga ishonadi, yoki 
so‘zgo‘ylar madaniyatli, madaniyatli kishilar so‘zli bo‘ladi, degan “mantiqiy” xulosa
chiqarish mumkin. Shlyapa kiyganlarni aql-zakovatga, to'la-to'kislarni esa yaxshi 
tabiatga bog'lash mumkin. 10. Kuzatuvchining kuzatish vaqtidagi kayfiyatining 
ta’siri. Kayfiyat hodisalarni idrok etish tabiatiga ham, kuzatish natijalarini 
baholashga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, ayniqsa tadqiqotchining 
o'rganish ob'ektini kuzatish istagi bo'lmasa. Kuzatish natijalariga salbiy omillarning
ta'sirini bartaraf etishning asosiy usuli - kuzatuvchini puxta tayyorlash, 
o'rganilayotgan ijtimoiy ob'ektni takroriy kuzatish (ham bir kuzatuvchi, ham turli 
tadqiqotchilar tomonidan) va uni ma'lumot to'plashning boshqa usullari bilan 
uyg'unlashtirish. (masalan, , so'rov, hujjatlar tahlili, eksperiment).
                                                 XULOSA  
Psixologiyaningan`anaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvaffaqiyatli 
qo`llanilmoqda.Kuzatish metodi Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, 
odamning turlituman faoliyatida qanday ko‘rinishda voqe bo‘lsa, o‘sha ko‘rinishda
kuzatish metodining yordami bilan o‘rganiladi. 
36 Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, 
batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish Aristotel 
zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri 
sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida 
dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir.
Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi.Kuzatishda tegishli xulosalar 
chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa suriladi. Kuzatishning 
obʼyektiv (tashqi kuzatish) va subʼyektiv (ichki, oʻzini oʻzi kuzatish ) turlari mavjud. 
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-
atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqa oʻrganiladi. Oʻzini-oʻzi kuzatish
(introspeksiya)dan foidalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy,
haqqoniy xulosa chiqara biladi. 
Kuzatish metodining birqancha turlari mavjud. Bular tashqi kuzatish va ichki 
kuzatishlardir. Yana dala va tabiiy sharifdagi kuzatishlar, stadartlashtirligan, qisqa 
muddatli va uzoq muddatli yakka kuzatuv , guruh jamoaviy kuzatuvlar mavjud. 
Kuzatish metodi juda ham qadimiy fan boshlanganligi bois undan ko‘pchilik 
olimlarimiz o‘z zamonlarida qo‘llay boshlaganlar.
                                     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.Pеtrovskiy A.V. Psixologiya, Toshkеnt 1992 yl
2.Karimova V.M. «Ijtimoiy psixologiya asoslari».-T., 1994 yil
3.Goziеv E. Psixologiya. T., O`qituvchi, 1994 yil
4.Baratov Sh. O`quvchi shaxsini o`rganish usullari. T., 1995 yil
5.Goziеv E. Intеllеkt psixologiyasi. T., O`qituvchi, 1996 yil
6.Goziеv E. va b. Psixologiya muammolari. T., O`qituvchi, 1996 yil
7.Goziеv M. Oliy maktab psixologiyasi, T.: 1997 yil
37 8. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. O`smirlarda ekstremal vaziyatlarda psixologik 
himoya mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. “Buxoro viloyat bosmaxonasi 
MChJ” nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 160
.9. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Psychodiagnostics. O‘quv qo‘llanma. “Turon 
zamin ziyo” nashriyoti. Toshkent 2014. -B. 298.
10. Olimov L.Ya. Psixodiagnostika va psixometrika asoslari. Darslik. “Durdona” 
nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 747.
11. Olimov L.Ya. Umumiy psixodiagnostika. “Durdona” nashriyoti. Buxoro. 2020. -
B. 1103. 
12. Олимов Л.Я. Социально-психологический подход кисследованию 
конфликтов. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов). 
2019 год, Выпуск 19. 379-381 ст
                                  SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YONALISHI
  209-guruh talabasi Ergashov Sohibjonning "Kuzatish metodi 
                                   va turlari"  mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
38 __________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Ilmiy rahbar:   ________________________  Shaxzoda Axmedova
39

Kuzatish metodi va turlari MUNDARIJA KIRISH.....................................................................................................4 I.BOB. Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi..................5 1.1. Eksperimental psixologiya fanining fan sifatida shakllanishi.5-18 1.2. Eksperimental psixologiyaning tadqiqot metodikalari..........19-25 II.BOB. Kuzatuv metodiga umumiy ta‘riflar........................................26 2.1. Kuzatuv metodi, uning turlari va ahamiyati............................26-31 2.2. Kuzatish metodining afzalliklari va kamchiliklari...................32-39 XULOSA............................................................................................40-41 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.......................................................42 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol oʻynagan. 19-asrning oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish uslubi yordami bilan shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagʻishlangan. Keyinchalik tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan. Koʻp tadqiqotlarni AQShlik T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental psixologiya murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) metodlari, metodikalari (ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga egaligi)dan tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslanadi. Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi. Kurs ishining maqsadi. Eksperimental psixologiya fani bo‘yicha barcha ma'lumotlarga ega bo‘lish. 2

Kurs ishining obyekti. Insonlarda kuzatish, test, so‘rov-intervyu, eksperiment metodikalari orqali tadqiqotlar olib borish. Kurs ishining predmeti. Olimlarning kuzatish metodi: ichki va tashqi kuzatish metodikalarning o‘rganish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari. Kurs ishining vazifalari:  Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishidan to hozirgi kungacha rivojini o‘rganish;  Eksperimental psixologiyaning tadqiqot metodlari haqida umumiy ma'lumotga ega bo‘lish;  Test ,so‘rov , eksperiment, longityud, qiyosiy metodikalar haqida bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lish;  Kuzatish metodining turlarini va uning afzallik va kamchiliklarini o‘rganish. Kurs ishining tarkibi: Kirish, 2 bob 4bo‘lim xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. I.BOB. Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi 1.1. Eksperimental psixologiya fanining fan sifatida shakllanishi 3

Har bir mustaqil fan singari “Eksperimental psixologiya” fani ham o’zining rivojlanish tarixiga egadir. Eksperimental psixologiya mustaqil fan sifatida XIX asr o’rtalarida rivojlana boshladi. Psixologiyada eksperimental tadqiqotlarni qo’llanilishi va rivojlanishi bu fanning ilmiy-amaliy asosga ega ekanligini yana bir bor ko’rsatib berdi. Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan iborat tajribalar o’tkazdi. Bunda 5 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan xohlovchilar arzimagan haq evaziga laboratoriyada o’z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning xislatlarini 17 ko’rsatkich bo’yicha tekshirishlari lozim edi. Bu ko’rsatkichlar qatoriga shuningdek, bo’yi, og’irlik, o’pkaning tiriklik sig’imi, kaft va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati, ko’rish o’tkirligi, rangni farqlash kabi ko’rsatkichlar ham kiritildi. To’liq dastur bo’yicha hammasi bo’lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. F.Gal’tonning fikriga ko’ra, testni o’tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj.Kettell ham ta’kidlab o’tgan: qachonki asosini eksperiment va o’lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida Dj.Kettell 50 turdagi laboratoriya testlarining ro’yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’proq topshiriqlar deb atash to’g’riroq bo’ladi. Bu topshiriqlar testlarga qo’yiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo’llash ko’rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborator) ilmiy tabiati ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra laboratoriya yaxshi jihozlanishi; testni o’tkazish vaqtida begonalar bo’lmasligi; barcha sinaluvchilarga bir xilda ko’rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari kerakligini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim edi. 4

F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g’oyasi turli mamlakat olimlarining diqqatini o’ziga tortdi. Shu tariqa uning tarafdorlari va qarshi bo’lgan olimlar paydo bo’la boshladi. Bu metodni qo’llash tarafdorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, Frantsiyada – A.Bine, AQShda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot ehtiyojlari bilan bog’lashga uringan olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholanadi. Dj.Kettellning ta’kidlashicha, u o’zining dastlabki testlarini laboratoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qo’llagan, ammo V.Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi.Ma`lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng qo’llanilishi bu fanning rivojlanishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri X1X asrning boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik hodisalarni o’rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan muammo paydo bo’ldi.Bu muammo bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o’lchash mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish ham mumkin emas. Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir». 5