logo

MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASIDA O`YIN

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

59.5615234375 KB
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASIDA O`YIN
MUNDARIJA:
KIRISH …………………………………………………………………………….2
I-BOB.   MAKTABGACHA   TA`LIM   MUASSASASIDA   O`YIN
FAOLIYATI.5
1.1.O`yin faoliyati haqida tushuncha……………………………………………….5
1.2.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   faoliyatida   o`yining
ahamiyati……………….10
II-BOB.MASHG`ULOTLARNI   O`YIN   TEXNALOGIYASI   ASOSIDA
TASHKIL ETISH………………………………………………………………..16
2.1.     Maktabgacha   ta`lim   tizimida   o`yinlar   texnologiyasi…………………………
16
2.2.   O`yin   texnologiyasi   yordamida   tashkil   qilingan   o`yin
ishlanmasi…………….19
XULOSA   ……………………………………………………………………..
…..27
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR
RO’YXATI …………………………..30
1 2 KIRISH
Maktabgacha   ta’lim   tashkilotilaridagi   ta’lim–tarbiya   jarayonida   ilg orʻ
pedagogik   va   axborot   texnologiyalardan   foydalanish,   tashkilotilarni   zamonaviy
bilimlar   bilan   qurollangan   tarbiyachilar   bilan   to ldirish   hamda   ularda   kasbiy	
ʻ
malaka,   faoliyatga   nisbatan   ijodiy   yondashuv   hissini   qaror   toptirish,   uzluksiz
ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yo nalishlaridan biridir. Har	
ʻ
bir   mamlakatning   iqtisodiy   qudrati,   ijtimoiy-ma’naviy   hayot   darajasining
yuksalishi   ta’lim   tizimining   raqobatbardoshligi,   ilm-fan   taraqqiyoti   bilan
belgilanadi.   Shu   bois,   O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha
Harakatlar   strategiyasida   ta’lim   sohasini   tubdan   takomillashtirish,   ta’lim   sifatini
oshirish,   intellektual   salohiyatli,   jismoniy   barkamol   avlodni   shakllantirish,   aniq
fanlarni   chuqurlashtirib   o‘qitish   va   iqtisodiyotning   turli   sohalari   uchun   malakali
kadrlarni   tayyorlash   ustuvor   vazifalar   sifatida   belgilangan   bo‘lib,
pirovardida   bugungi   davr   talabiga   javob   bera   oladigan   ta’lim   tizimni   yaratish
ko‘zda   tutildi.   Maktabgacha   ta’lim.   Uzluksiz   ta’lim   tizimining   birlamchi   bo‘g‘ini
hisoblangan   ushbu   soha   har   tomonlama   sog‘lom   va   barkamol   bola   shaxsini
tarbiyalash  va maktabga  tayyorlashda  g‘oyat  muhim  ahamiyat  kasb etadi.     Lekin,
tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim
tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga
ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim
tashkilotilariga   qamrab   olish   ko‘rsatkichlari   o‘sishi   tendensiyasi   kuzatilmadi.
Aksincha,   so‘nggi   20   yil   davomida   davlat   tasarrufidagi   maktabgacha   ta’lim
tashkilotilari   soni   45   foizdan   ziyodroq   kamayib,   bugungi   kunda   Respublika
bo‘yicha   bolalarning   maktabgacha   ta’lim   bilan   qamrab   olinishi   30   foizni   tashkil
etdi.   Bunga   mavjud   maktabgacha   ta’lim   tashkilotilarining   moddiy-texnika   bazasi
zamonaviy   talablarga   javob   bermasligi,   tizimda   variativ   dasturlar,   bolalarni
maktabga   tayyorlash   bo‘yicha   muqobil   shakllarning   ishlab   chiqilmaganligi,
rivojlangan   mamlakatlarning   tajribasi   yetarli   darajada   o‘rganilmaganligi,   faoliyat
yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati
3 monitoringi   yuritilmaganligi   kabi   omillar   sabab   bo‘ldi.   Davlatimiz   rahbari
O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   mustaqilligining   26   yilligiga   bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi  nutqida: “Maqsadimiz  kelgusi  3-4 yilda mamlakatimizdagi
bog‘cha   yoshidagi   bolalarni   maktabgacha   ta’lim   tashkilotilariga   to‘liq   qamrab
olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat,
o‘tgan qisqa vaqt mobaynida   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021
yillarda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi,   «Maktabgacha   ta’lim   tizimi   boshqaruvini   tubdan   takomillashtirish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi,   «O‘zbekiston   Respublikasi   maktabgacha   ta’lim
vazirligi   faoliyatini   tashkil   etish   to‘g‘risida»gi   farmon   va   qarorlari,   shuningdek,
“Maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   bo‘yicha   2017-2021
yillarga   mo‘ljallangan   Bunga   misol   tariqasida   bir   nechta   qarorlarini,farmonlarini
misol   qilib   keltirsak   adashmaymiz.   Maktabgacha   ta’lim   tizimini   tubdan
takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risidagi PQ – 3261 sonli qarori, O’zbekiston
Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   tizimini   2030-yilgacha   rivojlantirish
konsepsiyasini   tasdiqlash   to’g’risida”gi   PQ   –   4312   sonli   qarorlarining   qabul
qilinishi   asosida   Maktabgacha   ta’lim   sohasida   keng   ko’lamli   ishlar   amalga
oshirilmoqda   Maktabgacha   ta’lim   uzluksiz   ta’limning   boshlang’ich   qismi
hisoblanadi.   U   bolaning   sog’lom   va   rivojlangan   shaxs   bo’lib   shakllanishini
ta’minlab,   o’qishga   bo’lgan   ishtiyoqini   uyg’otadi,   tizimli   o’qitishga   tayyorlab
boradi.   Shunday   ekan,   bu   tizim   faoliyatini   yanada   kuchaytirish,   maktabgacha
ta’lim   tashkilotlarida   har   tomonlama   qulay   shart-sharotlar   yaratish,   ularga
maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   keng   jalb   etish   farzandlarimizning   barkamol   va
yetuk shaxs bo’lib shakllanishida muhim o’rin tutadi. 1
 
Mavzuning   dolzarbligi: O zbekiston   Respublikasida   maktabgacha   ta’limʻ
to g risidagi   Nizomga   muvofiq   bola   maktabgacha   ta’limni   uyda,   ota–onalarning	
ʻ ʻ
mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotilariga jalb
qilinmagan   bolalar   uchun   maktabgacha   ta’lim   tashkilotilarida,   maktablarda   yoki
1
 1.Mirziyoyev Sh.M  “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining 
kundalik qoidasi bo’lishi kerak”O’zbekiston Respublikasi. -176 b.
4 markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shug ullanishadi. Ota –onalargaʻ
maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.
Kurs ishining maqsadi :  O’yin bola hayotining asosiy turini o rganish.	
ʻ
Kurs ishining vazifalari : 
1.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   qoidali   o‘yinlar   talim   berish   shakli
pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash. 
2. Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli mazmunini ishlab chiqish. 
3.   Qoidali   o‘yinlar   bolalarga   talim   berish   shakli   ko nikmalariga   qo yilgan	
ʻ ʻ
talabalar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish. 
Kurs   ishi   predmeti :   Qoidali   o‘yinlar   bolalarga   talim   berish   shakli   o‘ziga
xosligining mazmuni. 
Kurs   ishi   metodlari :   ishimizni   tayyorlashda   quyidagi   metodlardan
foydalandik.
 1) Kuzatish 
2) Suhbat. 
3) Savol javob.
 4) Tajriba
Kurs   ishining   amaliy   va   ilmiy   ahamiyati :   Ushbu   ishimizda,   O‘zbekiston
Respublikasi   Maktabgacha   ta`lim   tizimi   konsepsiyasi   mohiyatini   va   uning
ahamiyatini   o`rganib   chiqamiz   va   tahlil   qilib   ma`lumotlar   yig`amiz.   To`plangan
ma`lumotlardan   ertangi   kunda   tarbiyachilar   va   bo‘lajak   mudiralar   foydalanishlari
mumkin bo‘ladi.
Kurs   ishi   tuzilishi :   Kurs   ishi   kirish,   ikki   bob,   to‘rtta   paragraf,   xulosa   va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5 I-BOB. MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASIDA O`YIN FAOLIYATI
1.1.O`yin faoliyati haqida tushuncha
O`yin   rivojlanishda   nuqsoni   bor   bolalarning   asosiy   faoliyatlaridan
hisoblanadi.   O`yin   doim   haqiqiy   hayotni   aks   ettiradi.   Demak,   ijtimoiy   hayot
o`zgarishi   bilan   uning   mazmuni   ham   o`zgaradi.   O`yin   ma’lum   maqsadga   ko`ra
yo`naltirilgan   ongli   faoliyat   bo`lib,   uning   mehnat   bilan   ko`p   umumiyligi   bor   va
yoshlarni   mehnatga   tayyorlashga   xizmat   qiladi.   O`yin   faoliyati   asosida   bolada
o`quv   faoliyati   rivojlanadi.   Shuning   uchun   bolalarning   o`yin   faoliyatini
rivojlantirishga ahamiyat berishimiz kerak.  
Bola hech qachon jim o`ynamaydi, bitta o`zi o`ynasa ham u o`yinchoq bilan
gaplashadi,   o`zi   tasvirlayotgan   qahramon   bilan   muloqot   o`matadi,   onasi,   bemor,
shifokoi xullas haminahaiiimaning o`rniga o`zi gapiradi. So`z obrazning yaxshiroq
ochilishiga yordam beradi. 
Nutq   o`yin   jarayonida   juda   katta   ahamiyatga   ega.   Nutq   orqali   bolalar   fikr
almashadi,   o`z   his-tuyg`u,   kechinmalarini   o`rtoqlashadi.   So`z   bolalar   o`rtasida
do`stona   munosabatlar   o`rnatilishiga,   tevarak-atrofdagi   hayot   voqealari   va
faktlariga   bir   xilda   munosabatda   bo`lishga   yordam   beradi.   Bolalarning   o`zi
yaratgan   o`yindan   kelib   chiqadigan   yoki   kattalar   tomonidan   taklif   etilgan
o`yinning   g`oyasi,   mazmuni,   o`yin   harakatlari,   rollar,   o`yin   qoidalari   uning
tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. 
O`yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar  tarbiyachi bolalar o`yiinini oqilona
tashkil   eta   olsagina   u   ijobiy   natijalarga   erishishi   mumkin.   A.P.   Usova   shunday
degan   edi:   «Bolalar   hayoti   va   faoliyatini   to`g`ri   tashkil   etish   —   ulami   to`g`ri
tarbiyalash   demakdir.   Bolalarni   tarbiyalashning   o`yin   shakli   shuning   uchun   ham
samarali   natija   beradiki,   o`yinda   bola   yashashni   o`rganmaydi,   balki   o`z   hayoti
bilan yashaydi». 
O`yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. O`yin bilan ta’lim o`rtasidagi
bog`liqlik   bola   ulg`aygan   sari   o`zgarib   boradi.   Kichik   guruhda   o`yin   ta’lim
berishning   asosiy   shakli   hisoblansa,   katta   guruhga   borganda   esa   mashg`ulotlarda
6 ta’limning   roli   ortadi.   Tayyorlov   guruhiga   borganda   bolalarning   o`zlarida
maktabdagi   o`qishga   ishtiyoq   uyg`onib   qoladi.   Ammo   bolalar   uchun   o`yinning
qadri   yo`qolmaydi,   balki   mazmuni   o`zgaradi.   Endi   bolalarni   ko`proq   fikriy
faollikni   talab   etuvchi   o`yinlar,   sport   tarzidagi   (musobaqa   jihatlari   bor)   o`yinlar
qiziqtira boshlaydi. 
O`yin   bola   shaxsini   tarbiyalashning   asosiy   vositasidir.   O`yin   orqali   bolalar
kattalarning   mehnat   tajribasini,   bilim,   malaka   va   ko`nikmalari   harakat   usullarini,
axloq   normalari   va   qoidalarini,   mulohaza   va   muhokamalarini   egallab   oladilar.
O`yinda bolaning o`z tengdoshlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat usullari
shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi. 2
Bolalarning   o`yinda   birlashishlari   bir   necha   bosqichga   bo`linadi.   Birinchi
bosqich   bolalarning   «yonma-yon»   o`yinining   shakllanib   borishidir.   Bu   ilk   yoshli
va   kichik   guruh   bolalariga   xosdir.   Bunday   o`yinda   bolalar   o`rtog`ining   o`yiniga
qiziqish   bilan   qaraydilar,   birga   o`ynab,   «yonma-yon»   o`tirganlaridan   xursand
bo`ladilar.   Bu   yoshdagi   bolalarning   o`yini   kattalar   rahbarligida   ularning   xulqiga
ta’sir   etish   orqali   tashkil   etiladi.   Ikkinchi   bosqichda   bolalar   o`yin   orqali   mexanik
ravishda   birlasha   boshlaydilar.   Bunday   birlashishlar   qisqa   muddatli   bo`ladi.   Bu
davrga kelib bolalardan kimning qaysi  o`yinga qiziqishi aniq bo`la boshlaydi, bir
xil   bolalar   didaktik   o`yinga   qiziqsalar,   ikkinchilari   harakatli   o`yinni   yoqtiradilar,
uchinchilariga   ijodiy   o`yinlar   ma’qulroq   bo`ladi   va   h.k.   Tarbiyachining   vazifasi
bolalarni   u   yoki   bu   o`yin   bilan   uzoqroq   o`ynashga   o`rgatishdir.   Uchinchi
bosqichda   o`ynovchi   bolalar   guruhi   bir-biriga   do`stona   munosabat   va   o`zaro
yoqtirish   orqali   birlashadilar.   Birga   o`ynovchilar   soni   ko`p   bo`lmasa-da,   bolalar
qiziqib   o`ynaydilar.   Bu   davrga   kelib   bir-birlariga   baho   berish   umumiy   talabi
yuzaga   keladi.   Bu   bosqichda   tarbiyachi   bolalarning   o`yinda   birlashishlarining
axloqiy   asosini   yuzaga   keltirishi,   ularda   o`zaro   yordam,   o`rtoqlik,   do`stlik
munosabatlarini   shakllantirishi   lozim.   Bolalar   bog`chasida   bolalarning   uyushgan,
qiziqarli   va   mazmunli   hayotini   ta’minlash   uchun   yosh   guruhlarida   rang-barang
2
 2.Vazirlar Maxkamasi 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti nutqi.  Xalq so’zi gazetasi 2017 yil
7 o`yinlardan   foydalanish   zarur.   Ijodiy   o`yinlar   qoidalarining   ichki,   yashirin   tabiati
bolaga   harakat   qilishi   uchun   katta   erkinlik   yaratadi;   uning   o`ynayotgan   jamoa
oldidagi   vazifasi   tayyor   qoidali   o`yinlar   mazmuniga   nisbatan   noaniqroq   bo`ladi.
Bu   o`ynovchiga   suyujetni   osonlik   bilan   o`zgartirish,   qo`shimcha   rollar   kiritish
imkonini beradi. Ijodiy o`yinlar bolalarda katta qiziqish uyg`otadi va ularga ulkan
ta’sir   ko`rsatadi,   biroq   bolalar   hayotini   tashkil   qilishda   faqat   shu   o`yinlardan
foydalanish xato bo`lur edi. Bolalarning qoidali o`yinlarni 
egallashlari katta tashkiliy ahamiyatga ega. Qoidalar harakatlarning muayyan
normalarini   so`ng   esa   bolalarning   bir-biriga   bo`lgan   munosabatini   belgilaydi,
bolaga o`zini  va o`zi  bilan birga o`ynayotganlarni  nazorat  qilish  imkonini  beradi.
Qoidalami   bajarishdagi   mustaqillik   o`yinda   bolalarni   maqsadga   muvofiq
tarbiyalash   jarayonida   shakllantiriladi.   Bola   o`ynayotganda   bolalar   jamoasi   bilan
muayyan   munosabatda   bo`ladi.   O`yinning   ijtimoiy   ta’siri,   u   uyg`otadigan   hislar
unda tarkib topadigan munosabatlarda mujassamlashgan bo`ladi.
O'yinning   bola   tarbiyasidagi   asosiy   roli   bolalar   tashkilotisi   hayotini   u   bilan
boyitishni   talab   etadi.   Shuning   uchun   ham   o'yin   bolalar   hayotining   kun   tartibiga
doimiy   qilib   kiritilgan.   O'yinlar   uchun   nonushtagacha   va   undan   keyin,
mashg'ulotlardan   so'ng,   sayrlardan   so'ng,   kechqurun   uyga   ketishdan   oldin   vaqt
ajratiladi.   Ertalab   o'ta   harakatchanlikni   talab   qilmaydigan   o'yinlar   uchun   sharoit
yaratish   maqsadga   muvofiqdir.   Mazmunan   ko'proq   didaktik   o'yinchoqlar,   stol
ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma'qul.
Sayr   davomida   harakatli   o'yinlarni,   qurish-yasash   o'yinlarini   tashkil   etish
foydalidir.   Kun   tartibida   o'yin   uchun   maxsus   vaqt   belgilash   o'yinning   mustaqil
faoliyat   sifatida   mavjud   bo'lishining   va   uni   bolalar   hayotini   tashkil   etish   shakli
sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
Bolalar   o'yinning   o'ziga   xosligi   shundaki,   u   tevarak-atrofdagi   hayotni,
kishilarning   faoliyati,   ishlari,   harakatlarini,   ularning   ish   jarayonidagi   o'zaro
munosabatlarini   aks   ettiradi.   O'yin   paytida   xona   bolalar   uchun   dengiz,   o'rmon,
metro, temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin. 3
3
 O zbekiston Respublikasi Prezidentining “O zbekiston Respublikasi maktabgacha ta lim tizimini 2030 yilgacha ʼ ʼ ʼ
8 Bola   hech   qachon   jim   o'ynamaydi,   bitta   o'zi   o'ynasa   ham   u   o'yinchoq   bilan
gaplashadi,   o'zi   tasvirlayotgan   qahramon   bilan   muloqot   o'rnatadi,   onasi,   bemor,
shifokor   xullas   hamma-   hammaning   o'rniga   o'zi   gapiraveradi.   So'z   obrazning
yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
Nutq   o'yin   jarayonida   juda   katta   ahamiyatga   ega.   Nutq   orqali   bolalar   fikr
almashadi,   o'z   his-tuyg'u,   kechinmalarini   o'rtoqlashadi.   So'z   bolalar   o'rtasida
do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi  hayot  voqealariga bir xilda
munosabatda bo'lishga yordam beradi.
Bolalarning   o'zi   yaratgan   o'yindan   kelib   chiqadigan   yoki   kattalar   tomonidan
taklif   etilgan   o'yinning   g'oyasi,   mazmuni,   o'yin   harakatlari,   rollar,   o'yin   qoidalari
uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
O'yinlarning bunday bo'lishi  albatta  shartli  bo'lib, bir  o'yinda har  xil  hayotiy
voqealar aks etishi ham mumkin.
G'oya   o'yinning   mazmuni,   jonli   to'qimasi,   uning   rivojla-   nishini,   o'yin
harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab
beradi.   O'yinning   qiziqarli   bo'lishi   va   unda   bolalarning   qanday   ishtirok   etishlari
o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol o'yinning asosiy o'zagi
va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar
nomini olgan.
Bolalar   o'yiniga   tarbiyachining   rahbarlik   qilishi.   O'yin   bolalarning   qiziqarli
ermagigina   bo'lib   qolmay,   shu   bilan   bir   qatorda   u   bolalarni   rivojlantirish   va
tarbiyalashning   muhim   vositasi   hamdir.   Ammo   o'yin   kattalar   tomonidan   tashkil
etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog   bolalar   o'yiniga   rahbarlik   qilar   ekan,   quyidagi   talablarga   e'tibor
berishi zarur: o'yin mazmunining ta’lim- tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi,
aks   ettirilayotgan   narsalar   haqidagi   tasavvurlar   to'g'ri   va   to'la   bo'lishi,   o'yin
harakatlariga   faol,   ma’lum   maqsadga   qaratilgan,   ijodiy   xususiyatga   ega   bo'lishi
kerak.   Hamma   va   ayrim   bolalarning   qiziqishlarini   e’tiborga   olgan   holda   o'yinga
rahbarlik   qilish,   o'yinchoqlarni   va   boshqa   kerakli   materiallardan   maqsadga
rivojlantirish Kontseptsiyasini tasdiqlash to g risida” gi qarori. 2020 yil 8 may. -76 b.ʼ ʼ
9 muvofiq   foydalanish,   bolalarning   o'yinda   xayrixoh   va   xursand   bo'lishlarini
ta’minlash lozim.
Pedagog   bolalar   o'yiniga   rahbarlik   qilar   ekan,   bola   shaxsi-   ning   hamma
tomonlariga:   ongiga,   his-tuyg'ulariga,   irodasiga,   xulqiga   ta'sir   etishi   va   bundan
bolalarni   aqliy,   axloqiy,   estetik   va   jismoniy   tomondan   tarbiyalashda   foydalanishi
lozim.   O'yinda   bola   kishilarning   axloq-odob   normalarini,   mehnatga
munosabatlarini bilib oladi.
Tarbiyachi   bolalar   o'yiniga   rahbarlik   qilayotib,   ularni   jamoa   orqali   ham
tarbiyalab   boradi.   O'yin   jarayonida   bolalar   o'z   xohishlarini   jamoa   xohishi   bilan
kelishib   olishga,   o'yinda   o'rnatilgan   qoidalarga   rioya   qilishga   o'rganadilar.Ammo
o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng foydalanadi.
Juda   ko'pchilik   o'yinlar   bolalardan   faol   harakat   qilishni   talab   etadi,   bu   esa   o'z
navbatida   organizmda   modda   almashinishini   yaxshilaydi,   qon   aylanishini
tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini,
harakatlari   chiroyli   bo'lishini   ham   ta’minlaydi.   O'yin   orqali   tarbiyachi   bolalarda
quvnoq   kayfiyat   yaratadi,   ijobiy   ruhiyat   hosil   qiladi,   bu   esa   bolaning   asab-ruhiy,
jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O'yin   bolalarga   estetik   tarbiya   berish   vositasi   sifatida   ham   keng   qo'llaniladi.
Bolalar   tevarak-atrofdagi   hayotni,   voqelikni   obrazlar,   rollar   orqali   ham   aks
ettiradilar.   O'yinda   bolalarning   avval   olgan   taassurotlari   orqali   obraz  
yaratishlari   -   xayol   juda   ham   katta   ahamiyatga   ega.   Bolalar   juda   ko'p   o'yinlarda
avval o'rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan
tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
O'yin   vaqtini   tanlay   bilish   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Nonushta   bilan
mashg'ulot   o'rtasida   bolalar   o'yiniga   8-10   daqiqa   vaqt   beriladi.   Bunda   bolalar
ko'pincha   avval   boshlagan   o'yinlarini   davom   ettiradilar.   Sayrda   bolalarning
o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki
nonushtadan   keyin   ham   bolalar   o'yiniga   vaqt   beriladi.   Bunda   bolalar   ko'proq
syujetli-rolli   o'yinlarni,   qurilish   materiallari,   qo'g'irchoqlar   bilan,   stol   usti
10 o'yinchoqlari   o'ynashlari   mumkin.   Shu   bilan   birga   ermak   o'yinlardan   ham
foydalaniladi.
Ammo   o'yin   bilan   ta'lim   o'rtasidagi   bog'liqlikbola   ulg'aygan   sari   o'zgarib
boradi.   Kichik   guruhda   o'yin   ta'lim   berishning   .isosiy   shakli   hisoblansa,   katta
guruhga   borganda   esa   mashg'ulotlarda   ta’limning   roli   ortadi.   Tayyorlov   guruhiga
borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi.
Ammo bolalar uchun o'yinning qadri  yo'qolmaydi, balki mazmuni  o'zgaradi.
Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi o'yinlar
qiziqtira boshlaydi.
Shunday   qilib,   pedagogika   fani   o'yinga   bola   shaxsini   har   tomonlama
shakllantirish   vositasi   va   ular   hayotini   tashkil   etish   shakli,   bolalar   jamoasini
shakllantirish vositasi deb qaraydi.
1.2 .  Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o`yining ahamiyati
O’yin   maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarning   asosiy   faoliyati   bo’lib,   u
orqali   bola   shaxs   sifatida   shakllanadi.O’yin   bolaning   o’quv,   mehnat   faoliyati,
kishilarga   munosabatning   qay   darajada   shakllanganligimi   belgilab   beradi.   O’yin
bolalarning   jismoniy   rivojlanishi,   maktabgacha   ta’lim   muassasasining   ta’lim-
tarbiya   ishida,   bolalarni   aqliy,axloqiy,   mehnat   va   estetik   tarbiyalashda   katta
ahamiyatga   ega.   Jamiyatning   ma’naviy   takomillashuvi   unda   amalga   oshiriladigan
ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. 
Shu   boisdan   ham   ta’limdagi   yangilanishni,   respublikamizda   amalga
oshirilayotgan   bosqichma-bosqich   ta’lim   tizimini   pedagogik   talqin   qilish,   bu
jarayonni   samaradorli   kechishini   ta’minlash   zaruriyati   yuzaga   keladi.   Haqiqatdan
ham   o’yin,   har   bir   yosh   bosqichda   bolaning   tevarak   atrofdagi   hayotni   va   kishilar
o’rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir.
Maktabgacha   yoshdagi   bolaning   o’yin   faoliyati   mazmun   jihatdan   har   kungi
vaziyatga   qarab   o’zgarib   turadi.   O’yin   doimo   o’zgarib   turganligi   tufayli   bola
o’ynab   charchamaydi,   zerikmaydi.   Bolaning   atrof   muhitga,   kishilarga,   narsalarga
va   o’ziga   bo’lgan   turli   munosabatlari   mazmun   hamda   shakl   jihatdan   har   doim
o’zgarib turadigan o’yin jarayonida namoyon bo’ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari,
11 istak   va   qiziqishlari,   qobiliyatlari   hamda   bir   qancha   shaxsiy   fazilatlari   o’yin
jarayonida bevosita rivojlanadi. 4
O’yin   jarayonidagi   bolalar   faol   faoliyatining   psixik   taraqqiyot   uchun
ahamiyati   shundaki,   bolalarning   turli   sifat   va   fazilatlari   o’yin   jarayonida   faqat
namoyon   bo’libgina   qolmasdan,   bunda   sifat   va   fazilatlar   mustahkamlanadi,
o’zlashtiriladi.   Shuning   uchun   psixologik   nuqtai   nazardan   oqilona,   ya’ni,   to’g’ri
tashkil qilingan o’yin bola shaxsini har tomonlama o’stiradi va shuning bilan birga
bolaning butun psixik jarayonlarida – sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, hayol
va irodani  ildam  rivojlanishiga yordam  beradi. O’yin o’z mohiyati  jihatidan katta
kishilarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo’lishi
tufayli   bolalarda   ma’naviy   sifatlarning   mustahkamlanishi   uchun   va   odob-axloq
qoidalarini  bilib olishlari  uchun keng imkoniyatlar  beradi. Maktabgacha  yoshdagi
bola o’yin jarayonida shifokorlik yoki o’qituvchilik rolini bajarayotgan bo’lsa, shu
kasbga   tegishli   barcha   sifatlarni   namoyon   qilishga   intiladi.   Ular   o’yinga   juda
berilib   ketsalar,   bajarayotgan   rollariga   xos   sifatlar   shunchalik   samimiy,   ijodiy
tarzda   namoyon   bo’ladi.   Bolalar   uchun   o’yin   mazmunining   hech   bir   chegarasi
yo’q.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   kattalar   hayotini   hamma   tomonlarini   o’z
o’yinlarida aks ettira oladilar. 
O’yinning   ahamiyati   bola   shaxsining   o’sib   kamolotga   yetishiga   ta’sir
ko’rsatishdin   iboratdir.   O’yin   har   bir   yosh   bosqichda   bolaning   tevarak   atrofdagi
dunyoni   va   kishilar   o’rtasidagi   munosabatlarni   bilib   olishni   ifodalaydi.   Bolaning
moddiy   dunyoga,   kishilarga,   o’z-o’ziga   munosabati   o’zgarayotgan   o’yinda
namoyon   bo’ladi.   Bolalarning   ehtiyojlari,   istak,   qiziqish   (havas)lari   bevosita
o’yinda   ifodalanadi.   O’yin   bolalarning   xayolparastligi   tufayli   narsalar   va   kishilar
dunyosini   ular   uchun   ma’qul   tomonga   “o’zgartirish”   imkoniyatini   beradigan
faoliyatdir.   Ma’lumki,   bolalarning   asosiy   vaqti   o’yin   bilan   o’tadi.   O’yin
maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   har   tomonlama   rivojlanishining   muhim   vositasi,
ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi. 
4
 Ilk qadam davlat o‘quv dasturi 2018 yil. -98 b.
12 O’yin   jarayonida   bola   shaxsi   faoliyat   sub’ekti   sifatida   shakllana   boshlaydi.
O’yin   uzoq   davrlardan   beri   mashhur   olimlar,   pedagog-psixologlar,   faylasuflar,
sotsiologlar,   etnograflar   va   madaniyat   arboblari   diqqatini   o’ziga   qaratib   kelingan
dolzarb   mavzudagi   muammolardan   biridir.   Bola   psixikasining   taraqqiy   etishida
o’yinning   roli   beqiyosdir.   Biz   bolaning   psixik   taraqqiyotini   o’yin   faoliyatisiz
tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o’yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas,
balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. 
O’yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni
o’rganibgina   qolmay,   balki   nutq   so’zlashga,   mustaqil   fikrlashga,   xayol   qilishga,
ijod   qilishga,   muomala   madaniyatiga   o’rganadi.   Ko’pchilik   psixologlar   hamda
pedagoglar   o’yinning   psixologik   masalalari   bilan   bevosita   shug’ullanib,
o’yinlarning   bolani   psixik   kamol   toptirishdagi   ahamiyatiga   alohida   to’xtalib
o’tganlar. Ma’lumki, o’yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani
qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir.
Har bir inson maktabgacha yoshda etakchi faoliyat o'yin ekanligini biladi. Bir
paytlar N.K.Krupskaya "o'yin - o'sib borayotgan bola tanasining ehtiyoji", bolalar
uchun   o'yin   -   "o'qish,   ular   uchun   o'yin   -   mehnat,   ular   uchun   o'yin   -   tarbiyaning
jiddiy   shakli,   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   uchun   o'yin   -   bu   o'yin-kulgining   bir
usuli" deb yozganligi ajablanarli emas. atrof-muhitni o'rganish ".
Garchi   kundalik   hayotda   odamlar   bema'ni,   qiziqarli   narsalarni   "o'yin"   so'zi
bilan  bog'lashsa   ham,   uning  maktabgacha   yoshdagi   bolaning   o'z   vaqtida   va  to'liq
rivojlanishi   uchun   ahamiyati   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   o'yinni   bolaning
ajralmas   huquqi   deb   e'lon   qilganligidan   dalolat   beradi.   Va   butun   dunyo   olimlari
bolalar   o'yinlarini   maxsus   o'rganish,   ularning   tasnifi,   ota-onalar,   o'qituvchilar,
psixologlar   va   hatto  shifokorlarni   bolalar   bilan   o'yin   o'zaro  ta'sirida   o'qitish   bilan
shug'ullanadilar. Bolalar o'yiniga bunday jiddiy e'tibor bejiz emas.
Mashhur   bolalar   psixologi   D.   B.   Elkonin   o'yinni   "kelajakdagi   shaxsning
haqiqiy ijodiy fikrining ulkan ombori" deb ataydi, bu bolalarga tashqi, ko'rinadigan
13 dunyoda   boshqa   hech   qanday   faoliyat   bera   olmaydigan   bunday   yo'nalish
imkoniyatini beradi. 5
O'yin   yigitlarning   butun   hayotiga   kiradi.   U   bolalikka   xosdir   va   kattalarning
mohirona   rahbarligi   bilan   mo''jizalar   yaratishga   qodir.   U   dangasani   mehnatkash,
bilmaganni   bilimli,   qobiliyatsizni   hunarmand   qila   oladi.   Sehrli   tayoq   kabi,   o'yin
bolalarning ba'zan ularga juda zerikarli, oddiy va zerikarli bo'lib tuyulgan narsaga
munosabatini o'zgartirishi mumkin.
O'yin   bolalikning   doimiy   va   o'zgarmas   hamrohidir.   Har   bir   kattalar,   xoh   u
o'qituvchi,   xoh   ota-ona   bo'lsin,   pedagogik   maqsadlarga   erishish   uchun   o'yinlarni
bilishi, ularni o'tkazish metodikasini egallashi, maktabgacha yoshdagi  bolalarning
yoshiga mos ravishda tanlay olishi kerak.
Agar   biz   bolalar   bog'chasidagi   o'yin   haqida   gapiradigan   bo'lsak,   unda   bu
o'qituvchiga   bolalar   jamoasini   yig'ishga,   yopiq   va   uyatchan   bolalarni   faol
faoliyatga kiritishga yordam beradi. O'yinda ongli intizom tarbiyalanadi, bolalarni
qoidalarga,   adolatga,   o'z   harakatlarini   nazorat   qilish   qobiliyatiga,   boshqalarning
harakatlarini to'g'ri va ob'ektiv baholashga o'rgatadi.
Bolalar   uchun   o'yin   o'zini   namoyon   qilishning   muhim   vositasi,   kuch
sinovidir.  O'yinlarda   tarbiyachi   o'z   o'quvchilarini,  ularning  xarakterini,  odatlarini,
tashkilotchilik   qobiliyatini,   ijodiy   qobiliyatlarini   yaxshiroq   bilishi   mumkin,   bu
unga   ularning   har   biriga   ta'sir   qilishning   eng   to'g'ri   usullarini   topishga   imkon
beradi.   Va   bu   juda   muhim,   o'yinlar   o'qituvchini   bolalarga   yaqinlashtiradi,   ular
bilan yaqinroq aloqa o'rnatishga yordam beradi.
Maktabgacha yosh - har bir inson hayotidagi eng muhim davrlardan biri. Bu
yoshda   salomatlik,   to'g'ri   jismoniy   rivojlanish   poydevori   qo'yiladi,   harakat
qobiliyatlari shakllanadi, jismoniy tarbiya va sportga qiziqish shakllanadi, shaxsiy,
axloqiy-irodaviy va xulq-atvor fazilatlari tarbiyalanadi.
Sog‘lom, jismonan tayyor yosh avlodni tarbiyalash o‘qituvchi, shifokor, ota-
onalarning   hayotiy   va   asosiy   vazifasidir.   Bugungi   kunda   jismoniy   tarbiya   va
5
 O zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariʼ
2018 yil 18 iyun.
14 sog'lomlashtirish ishlari har qanday maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatida eng
dolzarb hisoblanadi.
O'z   vaqtida   va   to'g'ri   tashkil   etilgan   jismoniy   tarbiya   muhim   rol   o'ynaydi,
uning asosiy vazifalaridan biri harakatlarni rivojlantirish va takomillashtirishdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida bolaning harakatlarini rivojlantirish va
takomillashtirish   turli   yo'llar   bilan   amalga   oshiriladi.   Bir   tomondan,   bolalarning
harakat   tajribasini   boyitish,   yangi   ko'nikma   va   ko'nikmalarni   egallashga   ularning
mustaqil faoliyati, o'yinlari, mehnati yordam beradi, boshqa tomondan, bolalarning
dam   olish   va   dam   olish   muammolarini   hal   qilishga   qaratilgan   maxsus   tashkil
etilgan   jismoniy   tarbiya   tadbirlari.   va   tarbiyaviy   xususiyatga   ega.   Sinflar
bolalarning harakatlarini o'rgatishning asosiy shakli sifatida tan olingan. Shu bilan
birga,   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   jismoniy   tarbiya   tizimida   barcha   yosh
guruhlarida keng qo'llaniladigan ochiq o'yinlar juda muhim o'rin egallaydi.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ochiq o'yinlar muhim ehtiyojdir.
Ularning   yordami   bilan   turli   xil   vazifalar   hal   qilinadi:   ta'lim,   tarbiya   va
sog'lomlashtirish.
O'yin   jarayonida   bolalarning   harakat   qobiliyatlarini   rivojlantirish   va
takomillashtirish,   axloqiy   fazilatlarni   shakllantirish,   shuningdek,   jamoada   hayot
odatlari   va   ko'nikmalarini   shakllantirish   uchun   qulay   shart-sharoitlar   yaratiladi.
Boshlang'ich   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   o'yin   vazifalarini   katta   zavq   bilan
bajaradilar.
O'yin   davomida   bola   turli   harakatlarda   mashq   qiladi.   Kattalar   yordamida   u
yangi, murakkabroq harakatlarni o'zlashtiradi.
O'yin   bolaga   uyatchanlik,   uyatchanlikni   engishga   yordam   beradi.   Ko'pincha
chaqaloqni   har   kimning   oldida   biron   bir   harakatni   bajarish   qiyin.   O'yinda
o'rtoqlarining   harakatlariga   taqlid   qilib,   u   tabiiy   va   tabiiy   ravishda   turli   xil
harakatlarni amalga oshiradi.
O'yin   qoidalariga   bo'ysunish   bolalarda   tashkilotchilik,   e'tibor,   ularning
harakatlarini nazorat qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va ixtiyoriy sa'y-harakatlarning
namoyon   bo'lishiga   yordam   beradi.   Bolalar,   masalan,   o'qituvchining   ko'rsatmasi
15 bo'yicha birgalikda harakat qilishni boshlashlari kerak, agar o'yin matn bilan birga
bo'lsa,   faqat   signal   yoki   matnning   oxirgi   so'zlaridan   keyin   haydovchidan   qochish
kerak.Ochiq   o'yinlar   ko'pincha   ko'chada,   toza   havoda   o'ynaydi.   Datoza   havoda
bolalarning faol motor faolligi yurak va o'pkaning ishini oshiradi va natijada qonni
kislorod bilan ta'minlash ortadi. Bu bolalarning umumiy salomatligiga foydali ta'sir
ko'rsatadi:   tuyadi   yaxshilanadi,   mustahkamlanadi   asab   tizimi   tananing   turli
kasalliklarga chidamliligini oshiradi. 6
Ota-onalar   farzandlarining   o'yinlarining   birinchi   ishtirokchilaridir.   Va   ona
yoki   otaning   bola   bilan   muloqoti   qanchalik   faol   bo'lsa,   u   tezroq   rivojlanadi.Ota-
onalar   nafaqat   o'yinni   tashkil   qiladi,   balki   bolalarning   o'yin-kulgilariga   ham   jalb
qilinadi.   Kattalarning   bunday   ishtiroki   ikki   baravar   foyda   keltiradi:   bu   bolalarga
katta   quvonch   va   zavq   bag'ishlaydi,   onalar   va   dadalarga   o'z   farzandini   yaxshiroq
bilish,   uning   do'sti   bo'lish   imkoniyatini   beradi.Kichkina   bolada   jadal   sur'atlarda
bo'lgan   energiya   ozod   qilinishi   kerak,   shuning   uchun   boshlang'ich   maktabgacha
yoshdagi bolalar harakatga va ochiq o'yinlarga muhtoj.
6
 Qodirova F., Tashpulatova Sh. “Bolalar bog’chasida metodik ishlar”–Тoshkent.: Voris 2017 y. -176 b.
16 II-BOB. MASHG`ULOTLARNI O`YIN TEXNALOGIYASI ASOSIDA
TASHKIL ETISH
2 . 1.  Maktabgacha ta`lim tizimida o`yinlar texnologiyasi
O'yin   texnologiyasining   nazariy   asoslari.   Bugungi   kunda   ta’ lim   tizimida,
jumladan,   maktabgacha   ta’lim   tizimida   ham   yan   gi   pedagogik   texnologiyalar,
interfaol   usullardan   keng   foy-   dalanilmoqda.   Bu   texnologiyalarning   mazmun-
mohiyatini,   asosiy   tamoyillarini,   qonuniyatlarini,   ulardan   samarali   foy dalanish
yo'llarini amaliyotchi-tarbiyachi va o'qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani
oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Ta’lim   texnologiyasi   tushunchasi   ta'lim   maqsadiga   erishish   quroli,   ya'ni
oldindan   loyihalashtirilgan   ta'lim   jarayonini   yaxlit   tizim   asosida   bosqichma-
bosqich   amaliyotga   joriy   etish   va   shu   maqsadga   erishishning   metod,   usul   va
vositalari tizimini, ta'lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik   texnologiyaning   markaziy   muammosi   bola   shaxsini   rivojlantirish
orqali   ta'lim   maqsadiga   erishishni   ta’minlashdan   iborat.   Pedagogik
texnologiyaning   tamoyillari   quyidagilardir:   kafolatlangan   yakuniy   natija,
ta'limning   sama-   radorligi,   qaytuvchan   aloqaning   mavjudligi,   ta'lim   maqsadining
aniq shakllanganligi.
O'yin   texnologiyasi   ham   o'yin   metodidan   o'zining   aniq   maqsadi,   amalga
oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi,
oldindan belgilangan nati- jalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S.   Vigodskiy   o'yinni   bolaning   ichki   ijtimoiy   dunyosi,   ijtimoiy
buyurtmalarni   o'zlashtirish   vositasi   sifatida   ta’riflaydi.Har   qanday   o'yin   muayyan
vazifalarni bajaradi:
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
tashxis;
o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;
17 ijtimoiylashuvlik.
S.A.   Shmakovning   ta'kidlashicha,   o'yinlar   quyidagi   to'rt   asosiy   xususiyatga
ega:
erkin   rivojlantiruvchi   faoliyat,   ya’ni   bola   o'yinni   o'zi   tanlay-   di,   unda   faol
ishtirok  etadi.  Bunda  birinchi   navbatda,  yakuniy  natija  emas,  balki  o'yin  jarayoni
muhim ahamiyatga ega;
ijodiy   xarakter,   ya'ni   o'yin   jarayonida   bolalar   uchun   ijod   qilishga   katta
imkoniyatlar mavjud;
emotsional   ta’sir   -   bola   o'yinda   markaziy   o'rin   egallash-   ni   xohlaydi,   g'olib
bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini
belgilaydi.
O'yin   strukturasiga   maqsad,   rejalashtirish,   maqsadga   erish ish,   natijalarni
tahlil   qilish   kabi   komponentlar   kiradi.   O'yinning   eng   asosiy   xususiyati   uning
ijodiyligidadir.   U   o'zaro   kurash,   musobaqalashish,   raqobat   shaklida   namoyon
bo'ladi. 7
O'yin   faoliyat   sifatida   maqsadni   belgilab   olish,   rejalashtirish   va   amalga
oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o'z
imkoniyatlarini   to'la   amalga   oshiradi.O'yinli   faoliyatni   motivatsiyalash   o'yin
xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z
imkoniyatlarini   amalga   oshirish   ehtiyojlarini   qondirishdan   kelib   chiqadi.   Jarayon
sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o'ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
7
 Ezopova S.A. Maktabgacha ta'lim yoki katta maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash: innovatsiyalar va 
an'analar // Maktabgacha pedagogika. – 2007 yil №6.
18 Har   qanday   texnologiyada,   jumladan,   o'yin   texnologiyalari-   da   ham,   o'quv
maqsadi   aniq   belgilanishi   zarur.   Bu   texnologi   yaning   asosiy   negizidir.   Maqsad
to'g'ri  qo'yilishi  uchun  tarbiya chi  bolaga  nimani   o'rgatmoqchi   bo'lganligini  bilishi
kerak.   Bitta   mashg'ulotda   bitta   maqsad   qo'yilishi   maqsadga   muvofiq.   Masa lan,
bolalarni   3   raqami   bilan   tanishtirish   yoki   yil   fasllari   haqida   tushuncha   berish   va
h.k.
O'yin   texnologiyalari   (ayniqsa,   bog'cha   bolalari   uchun)   rivoj-   lantiruvchi
maqsadlarni   (bolaning   idrok,   xotira,   diqqat,   tafak-   kurini   rivojlantirish)   amalga
oshirishi ham mumkin. Bunda o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.
Maktabgacha   ta'lim   tizimida   pedagogik   o'yinlarning   shakllari   va   amalga
oshirish metodlari.
Pedagogik   ijrochilik   o'yinlarini   bola   uch   yoshdan   boshlab   o'zlashtira
boshlaydi.   Shu   yoshga   kelib   bola   odamlar   o'rtasidagi   munosabatlar   bilan   tanisha
boshlaydi, hodisalarning ichki  va tashqi  tomonlarini ajrata boshlaydi, o'zida ichki
kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.
Maktabgacha yoshda bolalar o'yin faoliyatini o'zlashtira borib ijtimoiy qadrli
va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyor- lana boshlaydilar. Maktabgacha ta'lim
tizimida qo'llaniladigan pedagogik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud:
Bolalar kayfiyatini ko'taruvchi.
Hamkorlikka chorlovchi.
Bolalarni o'zligini namoyon etishga chorlovchi.
Bolalarda   o'ziga   ishonch   hissini   shakllantiruvchi,   jismoniy   va   intellektual
muammolarni yo'qotishga qaratilgan.
Maktabgacha   bolalar   xatti-harakatidagi   cheklanishlarni   tavsiflovchi
(diagnostika).
Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
Millatlararo bag'rikenglikni shakllantiruvchi.
Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllanti ruvchi o'yinlar.
Pedagogik o'yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
19 Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijti moiy va psixologik
o'yinlar.
Pedagogik   jarayonlarning   xarakteriga   qarab:   ta’lim-tarbi-   yaviy,
rivojlantiruvchi, ijodiy, psixotexnik o'yinlar.
O'yinlar   metodlariga   qarab:   predmetli,   sujetli,   badiiy   rolli,   hodisalarni
tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o'yinlar.
Predmetlar   asosidagi   o'yinlar:   matematik,   biologik,   ekologik,   musiqali,
texnikaviy,   jismoniy   tarbiyalovchi,iqtisodiytejamkor-   lik   va   ishbilarmonlik,
tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o'yinlar.
O'yin vositalari bo'yicha: o'yin vositalari (koptok, pirami- da, kub va boshq.)
bilan   amalga   oshiriladigan   o'yinlar   va   o'yin   vositalarisiz   amalga   oshiriladigan
o'yinlar   xontaxta   ustida,   xonada   va   dalada   o'ynaladigan   o'yinlar,   kompyuter   va
televizor o'yinlari kabi texnik vositalar.
2.2. O`yin texnologiyasi yordamida tashkil qilingan o`yin ishlanmasi
Maktabgacha   ta’lim   muassasasi   uzluksiz   ta’limning   birinchi   qadami
bo‘libgina   qolmay,   balki   faol,   ijodkor   va   ma’naviy   jihatdan   boy   shaxsni
shakllantiruvchi   ilk   pog‘ona   hamdir.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
2017   yil   30   sentyabrdagi   “Maktabgacha   ta’lim   tizimi   boshqaruvini   tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston 
Respublikasi   maktabgacha   ta’lim   vazirligi   faoliyatini   tashkil   etish
to‘g‘risida”gi   Qarori   bunga   dalildir.   Maktabgacha   ta’lim   muassasa   (MTM)larida
ta’lim-tarbiya   jarayonini   yuqori   saviyada   tashkil   etish   tarbiyalanuvchilarga
ta’limning   keyingi   bosqichlarida   qiynalmasdan   davom   ettirishga   imkoniyatlar
yaratadi. 
Bugunga   kelib   xorijiy   mamlakatlarda,   maktabgacha   ta’lim   muassasasi
tarbiyachilarini   ingliz   tiliga   o‘rgatish   borasida   ko‘plab   ta’lim   dasturlari   ishlab
chiqarilmoqda. Masalan, Rossiya mutaxassislari M.N. Yevseyeva, T.V. 
Zemchenkova,   L.L.   Likova,   I.A.   Shishkova   va   boshqalar   tomonidan
maktabgacha   ta’lim   muassasasi   bolalariga   ingliz   tilidan   saboq   beruvchi   dastur
20 ishlanmalari   taklif   etildi.   Ushbu   dasturlar   o‘zida   bolalarga   mo‘ljalangan   ingliz
tilidagi   so‘z   va   iboralarni,   she’rlar,   qo‘shiqlar   va   turli   xil   interfaol   o‘yinlarni
mujassamlashtirgan. 
Kitobdagi mavzular ko‘proq fonetika va leksikaga qaratilgan.   
Dastur ishlanmasi “Firststeps” (“Birinchi qadam”) deb nomlangan va u 2007–
2010   yillari   tahrirlangan   “Step   by   step”   nomli   o‘quv   dasturini   amalga   oshirishga
asoslangan.   “Step   by   step”   o‘quv   dasturi   5–7   yoshli   maktabgacha   ta’lim
muassasasirirg   tarbiyachilariga   mo‘ljalangan.   Rossiyaning   «Pchelka»   nomli
bog‘chasida   amalda   sinovdan   o‘tgan   ushbu   o‘quv   dasturi   bolalarga   ingliz   tilini
o‘rgatishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligini isbotladi.   
“Firststeps” (“Birinchi qadam”) dasturining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri –
unga asoslangan ta’lim jarayoni ingliz ertak qahramonlari (Winnie the Pooh, Tiger,
Piglet, Donkey) bilan sirli o‘rmoniga sayohat tarzida tashkil etilgan. Har bir mavzu
qiziqarli hikoyalarga boy bo‘lib, avvalgi darsni mantiqan davom ettiradi. Bolalarda
ingliz   tiliga   kuchli   qiziqish   uyg‘otish   maqsadida,   turli   ko‘ngilochar   o‘yinlar,
qiziqarli   topishmoqlar,   she’rlar,   qo‘shiqlar,   dialogli   suhbatlar   ishlatilgan.   Bolalar
sonining   5-8   tadan   10-12   tagacha   bo‘lishi   talab   etiladi.   Muallifning   dasturi
doirasida   4-5   daqiqa   davomida   tanaffus   e’lon   qilinib,   qo‘shiq   kuylash,   raqsga
tushish majburiy hisoblanadi. 
Undan   tashqari   xorijiy   tajribadan   kelib   chiqib   quyidagi   tartibni   keltirish
mumkin.   O‘yin   qoidasini   bolalar   o‘zlari   o‘yin   jarayonida   belgilashadi.   Qoidali
o‘yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi.  
Qoidali   o‘yinlarga   quyidagilar   kiradi:   didaktik   o‘yinlar,   harakatli     o‘yinlar,
musiqaviy o‘yinlar, ermak o‘yinlar.  
Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o‘yinni  tanlay bilishi,
unga   to‘g‘ri   rahbarlik   qilish   "Bolajon"da   belgilangan   vazifalarni   muvaffaqiyatli
amalga oshirishni ta’minlaydi. 8
  
8
 T.S. Usraanxodjayev, Sh.X. IsroUov, A.A. Pulatov, Sh.A. Pulatov  “Milliy va harakatli o’yinlar” Toshkent 
«iqtisod-moliya» 2015 yil. -55 b.
21 O‘yin   bolalarni   rivojlantirish   va   tarbiyalash   vositasidir.   Psixologlar   o‘yinni
maktabgacha   yosh   davrida   etakchi   faoliyat   deb   hisoblaydilar.   O‘yin   tufayli
bolaning   yuqori   rivojlanish   bosqichiga   o‘tishini   ta’minlovchi   sifatlar   shakllanadi,
uni ruhiyatida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.  
O‘yinda  bola  shaxsi  ning  hamma tomoni   bir-biriga  o‘zaro  ta’sir   etgan  holda
shakllanadi.   O‘ynayotgan   bolani   kuzatayotib   uning   qiziqishlarini,   tevarakatrof
to‘g‘risidagi   tasavvurini,   kattalarga   va   o‘rtoqlariga   bo‘lgan   munosabati   ni   bilib
olish mumkin.  
Shaxsdagi   biron   sifatni   tarbiyalash   uchun   uning   boshqa   tomonlarini   ham
rivojlantirish     kerak.   Masalan,   bolaning   o‘yiniga   qiziqishini,   tashqilotchilik
qobiliyatini   rivojlantirish   uchun   mazmun   jihatidan   boy   o‘yinlar   yaratilishi   kerak.
Bolalarning ijodiy o‘yinlarini rivojlantirish uchun esa o‘z navbatida yaxshi tashkil
etilgan bolalar jamoasi zarur bo‘ladi.  
O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning ta’lim -
tarbiya   ishida,   axloqiy,   mehnat   va   estetik   tomonlama   tarbiyalashda   katta   o‘rin
tutadi.  
O‘yinda   bola   organizmiga   xos   bo‘lgan   talab   va   ehtiyojlar   qoniqtiriladi,
hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, guvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun
ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o‘yin munosib o‘rin egallaydi.  
O‘yin   ta’lim   va   mashg‘ulotlar   bilan,   kundalik   hayotdagi   kuzatishlar   bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o‘yinlarda
muhim   bilim   egallash   jarayoni   yuzaga   keladi.   bu   bolaning   aqliy   kuchini   ishga
soladi,   tafakkurini,   hayolini,   diqqatini,   xotirani   faollashtirishni   talab   qiladi,   bola
masalalarni   mustaqil   hal   qilishga   o‘rganadi,     o‘ylagan   narsasini     amalga   oshirish
uchun yaxshiroq va osonroq usul o‘ylab topadi, o‘z bilimlaridan foydalanish va uni
so‘z bilan ifodalashga  o‘rganadi.  
O‘yinda aks ettirlayotgan narsani bili bolishga qiziqish uyg‘onadi. 
Ko‘pincha   o‘yin   bolalarga   yangi   bilim   berish   va   ularning   fikrini.   bilim
doirasini kengaytirish uchun hizmat qiladi. Ijodiy o‘yi nni tor didaktik maqsadlarga
bo‘ysindirib bo‘lmaydi, bu o‘yin yordamida juda katta vazifalar hal  qilinadi.  
22 Qoidali   o‘yin   bolaning   sensor   rivojlanishini,   taffakkur   va   nutqini,   ixtiyorsiz
diqqatini   va   xotirasini,   har   xii   harakatlarini   muntazam   ravishda   mashq   qildirib
borish   imkonini   beradi.   Har   bir   qoidali   o‘yin   ma’lum   didaktik   maqsadga   ega
bo‘lib,   bolani   umumiy   rivojlantirishga   qaratilgan   bo‘ladi.   Ta‘limning   o‘yin
shaklida  bo‘lishi  muhim  ahamiyaiga  ega   bo‘lib  bolaning  umumiy  rivojlantirishga
qaratilgan   bo‘ladi.   Ta’limning   o‘yin   shaklida   bo‘lishi   muhim   ahamiyatga     ega
bo‘lib,   bolaning     yosh   xususiyatlariga   mos   keladi.   Qiziqarli   o‘yin   bolaning   aqliy
faolligini oshiradi, o‘yinda bola mashg‘ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani
hal   qilishi   mumkin.   Bu   ta’lim   butunlay   o‘yin   shaklida   bo‘lishi   kerak   degan   gap
emas.   Ta’lim   turli   usullar   va   metodlarni   qo‘llashni   talab   etadi.   O‘yin   ta’limning
shakllaridan biri bo‘lib, boshqa bir metod bilan qo‘shib olib borilgandagina yaxshi
natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so‘zlab berish va hakozolar.  
Bola   o‘ynayotib   o‘z   bilimidan   foydalanishni,   uni   har   xil   sharoitda   ishlata
bilishni   o‘rganadi.   Ijodiy   o‘yinlarda   bolalarning   fantaziyasi,   buyum   yasashi,
tajriba qilishiga keng yo‘l ochiladi.  
O‘yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham  shakllanadi. O‘yin
jarayonida yuz bergan kechilmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun
o‘yin   bolada   yaxshi   hislarni,   ulug‘vor   orzular   va   intilishlarni,   qiziqishlarni
tarbiyalashga yordam beradi. 9
  
O‘yin   mustaqil   faoliyat   bo‘lib,   bu   jarayonda   bolalar   o‘z   tengdoshlari   bilan
aloqa   qilishga   kirishadilar.   Ularni   umumiy   maqsad,   unga   erishishdagi   umumiy
kechilmalar   birlashtiradi.   Shuning   uchun   o‘yin   do‘stona   munosabatlarni
tarbiyalashda,   jamoa   hayoti   malakalarini,   tashkilotchilik   qobiliyatlarini
shakllantirishda   muhimdir.   Birgalikdagi   o‘yin   bilan   birlashgau   kichik   bolalar
jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir
bolani   faol   o‘yinga   jalb   qilish,   bolalar   o‘rtasida   do‘stlikka,     haqqoniylikka,
o‘rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar   o‘rnatishdan   iborat.
O‘yin   mehnat   tarbiyasi   vazifasini   bajarishga   ham   yordam   beradi.   Bolalar   o‘z
9
 Pedagogika fanidan izohli lug‘at. (Tuzuvchilar: J. Hasanboyev, X.                To‘raqulov, O. Hasanboyeva, N. 
Usmonov).Тoshkent , «Fan va texnologiyalar», 2009 yil. –35 b.
23 o‘yinlarida   har   xil   kasbdagi   qishilarni   aks   ettiradilar.   Bu   bilan   ular   kattalarning
harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga   mehnatiga
bo‘lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O‘yin bolada ko‘pincha mehnat qilish
xoxishini uyg‘otadi, o‘yin uchun keraqli narsalarni tayyorlash va yasashga  majbur
qiladi.   Bolalar     har     xil     mashinalar     yasaydilar     va   texnik     o‘yinchoqlar   bilan
o‘ynaydilar.  
O‘yin   estetik   tarbiyaning   muhim   vositasidir.   O‘yinda   ijodiy   hayol,     fikrlash
qobiliyati   yuzaga   keladi   va   rivojlanadi.   To’g’ri   tanlangan   o‘yinchoq   badiiy   didni
tarbiyalashga   yordam   beradi.   Harakatli   o‘yinlarda   harakatning   go‘zalligi   va
maromi bolalarni  o‘ziga  maftun  qiladi.  
O‘yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. 
O‘yin   befoyda,   hatto   zarali   bo‘lishi,   ba’zan   yomon   hislarni   qo‘zg‘atishi
mumkin.   Tarbiyachi   o‘yin   yordamida   bolalarni   har   tomonlama   rivojlantirish
vazifasini amalga oshirish uchun unga  muntazam ravishda ta’sir etib borishi zarur.
Bu vazifani hal etishda o‘yin bolalar bog‘chasidagi  ta’lim-tarbiyaviy ishning
hamma   tomonlari   bilan   bog‘langan   bo‘lishi   kerak.   O‘yinda   bolalarning
mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali
esa   bola   hayotga   o‘rgatiladi.   Ikkinchi   tomondan,   o‘yinda   tarbiyalangan   sifatlar
faoliyatning boshqa turlariga ko‘chi riladi.  
Bolalarning narsalar, ularni sifati to‘g‘risida bilimlarni mustaxkamlash uchun
har xii o‘yinchoqlar, suratlar, uy-ro‘zg‘or  buyumlaridan  foydalaniladi.  
O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar. "Xaltachada nima   bor?" o‘yinning
maqsadi   o‘yinchoqlaring   nomlari   bilan   tanishtirish   va   bu   o‘yinchoqlar   to‘g‘risida
bilimlarni   mustaxkamlash,   tovushlar   talaffuzini   mashq   qildirishdir.   "Bu   nima?"
o‘yinida   bolalar   qo‘   g‘irchoqqa   har   xii   narsalar   va   ularni   ishlatilishi   to‘   g‘risida
gapirib beradilar. Bunday o‘yin guruhda, bog‘cha maydonchasida, uxlash xonasida
o‘tkazilishi mumkin.  
Didaktik   o‘yinlarda   tarbiyachi   bolalarni   faqat   narsalarning   nomi   va   ular
nimaga keraqligi bilan tanishtiribgina qomay, balki shu narsalarning shakli, rangi,
katta kichikligi, fazoda tutgan o‘rni xaqida ham tanishtiradi.  
24 Har   bir   buyum   va   o‘yinchoq   o‘zining   aniq   tashqi   ko‘rinishiga   ega   bo‘lishi
kerak,   o‘yinda   esa   qo‘yilgan   maqsad   narsaning   asosiy   begisini   ajrata   bilishga
imkon tug‘dirishi lozim.  
Bunday   talabga   xalq   o‘yinlari   o‘z   shakliningi   aniqligi,   rangining   tiniqligi
bilan ko‘proq javob  bera oladi.  
Bolalarni   aqliy   vazifalanii   bajarishga   undaydigan   o‘yinlar   ham   katta
ahamiyatga ega.  
Bolalarning rang xaqidagi tushunchalarini mustaxkamlash va aniqlash uchun
quyidagi   o‘yinlar   o‘tkaziladi:   sharlarni   rangiga     qarab     to‘plash,     "Dumaloqni
dumalatish", xalqachalarni ipga o‘tkazish, "Shu rangdagi dumalaoqni dumalatish",
"Kimda mana bu rangdagi xalqacha bor", "Kim mana bu rangdagi xaltachani topa
oladi" va x.k ..  
Qo‘g‘irchoq  bolalarning  eng sevimli o‘yinchoqlaridan  biri.  Har  bir  bolalar
bog‘chasida didaktik jixozlangan o‘yinchoq bo‘lishi kerak. Qo‘g‘irchoq jixozlariga
kiyim, ichki kiyim, poyafzal,  idish-tovoq, mebel o‘yinchoqlar kiradi.  
Qo‘g‘irchoq   bilan   quyidagi   o‘yinlarni   o‘tkazish   mumkin:"Qo‘g‘irchoqni
kiyintirarniz",   "Qo‘g‘irchoqni    sayrga   otlantiramiz", "Qo‘g‘irchoqni    mexmon
qi   lamiz".   "Qo‘g‘irchoqlar   bayrami",   Qo‘g‘irchoqning   tug‘ilgan   kuni",
"Qo‘g‘irchoqni  uxlatamiz".  
O‘yinlar   topishmoqlar   bilan   qo‘shib   olib   borilganda   qiziqarli   bo‘ladi.
Masalan,   "Qo‘g‘irchokni   uxlatamiz"   o‘yinida   qo‘g‘irchoqqa     karovat
tayyorlayotganda tarbiyachi  "Uzun , yumshoq, yo‘l-yo‘l... .." (matras), "Oq, toza,
to‘rt   burchak   ..."   (yastiq),   "Paxtali   issiq   ..."   yoki   "junli   issiq"(adyol)   va   boshqa
topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo‘g‘ichoqning karovati tayyor bo‘lgandan keyin
qo‘g‘irchoqni yotqizib, "alla aytadi. 10
  
Mebellarning   nimaga   ishlatilishi,   o‘yinchoqlarning   nomini   mustaxkamlash
uchun   "Qo‘g‘irchoqqa   xona   yasatamiz",   "Qo‘g‘irchoqqa   o‘yinchoq     sovg‘a
qilamiz" kabi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.  
10
 Sodiqova SH.A. “Maktabgacha pedagogika”, “Tafakkur sarchashmalari” – Toshkent. 2013 yil. -68 b.
25 Tarbiyachi   bolalarni   narsalar,   ularning   nomlari,   belgi   sifatlari,   nimaga
ishlatilishi   bilan   tanishtiribgina   qolmay,   muyyan   predmetlar   orqali   ularni   oddiy
turlarga   ajratishni   o‘rgatib   boradi;   ayiq,   qo‘g‘irchoq   ,   quyon-o‘yinchoqlar;
kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq.  
O‘yinlarni   narsa   va   buyumlarni   tasvirlovsi   rasmlar   orqali   ham   o‘tkazish
murnkin. Bo‘  larga "Bu narsa  o‘zi to‘g‘risida nirna deydi?", "Kim  birinchi  bo‘lib
aytib   beradi?"   (bolalarni   diqqatini   rivojlantirishga   qaratilgan   qo‘   g‘   irchoq,   narsa
va   ularning   shakli,   rangi   to‘g‘risida),   "Kim   bo‘ladi?"   "Qaysinisi   bir   xil   ?"   kabi
o‘yinlarni ko‘rsata  bo‘ladi.  
Bolalarning   tabiat   to‘   g‘risidagi   bilirnlarini   mustaxkarnlash   uchun   "Hidiga
qarab  top",   "Mazasiga   qarab  top,   "Ushlab   ko‘rib   top    "!Kim     nimani     eshityapti"
kabi   o‘yinlarni   o‘tkazish     maqsadga     muvofiqdir.Kichik   yoshdagi   bolalar   bilan
so‘zli o‘yinlar o‘tkazilmaydi  
Katta  va  tayorlov  guruhlarida  didaktik  o‘yinlar  o‘zining  mazmun  va  g‘oyasi
jixatidan   ancha   murakkabdir.   Bu   yoshdagi   bolalar   bilan   buyum   va   rasmlar
bilangina   didaktik   o‘yinlar     o‘tkaza     qolmay,     so‘zli     didaktik     o‘yinlar     ham
o‘tkaziladi.     Buyumlar   va   rasmlar   bilan   o‘tkaziladigan   didaktik   o‘yi   nlarda
bolalarning narsalar  sifati, xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima
uchun   keraqligi   va   xakozolar   to‘g‘risidagi     bilimi     aniqlanadi     hamda
mustaxkamlanadi.     Bunday     o‘yinlaga   quydagilarni   misol   qilib   keltirish
mumkin:"Nima nimadan  yasalgan?",  "Guruh xonasiga  sayoxat", "Ovoziga qarab
top" va boshqalar. 11
  
Umumlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha turlarga ajratishni o‘rgatuvchi   o‘yinlar
katta o‘rin egallaydi. "qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?", "Fabrikada nima ish
qilinadi,   dalada   nima   etishtiriladi?",   "Kimga   nima   kerak"   "Kim   nima     bilan
ishlaydi?",   "Qayerda   o‘sadi?’’,   "Sayoxat"(shahar   bo‘lab,   dalaga   maktabga   va
hokazo), "Pochta" va boshqalar. O‘yinni tashkil etishda muhim masalalardan biri –
o‘ynovchilarni   guruhlarga   biriktirishdir.   Guruhlarni   tuzishda   quyidagi   talablarga
rioya   qilinadi:   guruhlardagi   bolalar   soni   –   besh   kishidan   oshmasligi;har   bir
11
 R.Ishmuxamedov. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogic texnologiyalar. Toshkent-2017 yil. -18 b.
26 guruhdagi   bolalarning   bir-birini   yaxshi   tanishi,   o‘zaro   munosabatlarining   yaxshi
bo‘lishini hisobga olish;  o‘ynovchilarga vazifalarni taqsimlashda ularning qiziqish
va qobiliyatini hisobga olish.  
Xulosa   chiqaruvchi   yoki   hakamlik   qilayotgan   tarbiyachi   o‘yin   tugagandan
so‘ng natijalarni umumlashtiradi, yakunlaydi va xulosalarini bayon qiladi. 
Xullas,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   ta’lim   berishda   didaktik
loyihalashtirish keng qamrovli yaxlit muammo va uni o‘rganish, amaliyotga tatbiq
qilish   lozim.   Chunki,   yoshlar   uchun   mo‘ljallangan   mashg‘ulotlar   bolalarda
jarayonga   qiziqish   uyg‘otishi   hamda   sog’lom   shakillanishi   uchun   zamin   bo’lishi
lozim. 
27 XULOSA
Xulosa   o’rnida   aytish   kerakki,   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   o’yin   faoliyati
bilan   birga   ta’limiy   mashg’ulotlarda   ham   ishtirok   etganda,maktabgacha   tarbiya
yoshi   davridagi   ta’limiy   mashg’ulotning   asosiy   mazmuni   bolani   atrof   muhitdagi
narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og’zaki nutqni lug’at
boyligi,   tovushlarni   to’g’ri   talaffuz   qilish,   grammatik   tomondan   to’g’ri
so’zlashlikka   o’rgatish,   bog’lanishli   nutqni   shakllantirishdan   iborat,   elementar
mavhum   tushunchalarga   ega   bo’lish,   jismoniy   tarbiya,   tasviriy   san’at,   qirqib
yopishtirish, rasm, loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilish materiallar
bilan   ishlash,   musiqa   va   boshqa   mazmundagi   mashg’ulotlarga   qaratilgan   bo’ladi,
bu   esa   bolani   aqliy   jihatdan   maktab   ta’limini   egallashga   tayyorlash   imkonini
beradi.  O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotisi hayotini u bilan
boyitishni   talab   etadi.   Shuning   uchun   ham   o'yin   bolalar   hayotining   kun   tartibiga
doimiy   qilib   kiritilgan.   O'yinlar   uchun   nonushtagacha   va   undan   keyin,
mashg'ulotlardan   so'ng,   sayrlardan   so'ng,   kechqurun   uyga   ketishdan   oldin   vaqt
ajratiladi. 
Bolaning   rivojlanishi   va   tarbiyasida   o'yin   faoliyatning   eng   muhim   turi   katta
rol   o'ynaydi.   Bu   maktabgacha   yoshdagi   bolaning   shaxsini,   uning   axloqiy   va
irodaviy   fazilatlarini   shakllantirishning   samarali   vositasidir,   dunyoga   ta'sir   qilish
zarurati o'yinda amalga oshiriladi. Bu uning psixikasida sezilarli o'zgarishlarga olib
keladi.   Mamlakatimizda   eng   mashhur   o'qituvchi   A.S.   Makarenko   bolalar
o'yinlarining   rolini   shunday   tavsiflagan;   "O‘yin   bola   hayotida   muhim,   kattaning
qanday   mehnati,   xizmati   borligi   ham   muhim.   O‘yinda   bola   qanday   bo‘lsa,   ko‘p
jihatdan   u   mehnatda   bo‘ladi.   Shuning   uchun   kelajak   tarbiyasi.   raqam,   birinchi
navbatda,   o'yinda   sodir   bo'ladi   ...   "   Erta   bolalik   davridagi   faoliyat,   idrok   va
shaxsiyat   sohalarida   etakchi   yutuqlar:   bola   o'z   tanasini   o'zlashtiradi,   o'zini
tinglaydi, o'zini o'rganadi, tik yuradi. Qo'llardan biri asosiy harakatlarni bajarishga
kirishadi.   Bolada   ob'ektiv   dunyoga   qadriyat   munosabati   shakllanadi.   O'z-o'zini
tekshirish   qobiliyati,   boshqalar   bilan   munosabatlarga   kirishish   qobiliyati.
28 Kattalarga taqlid qilish, ya'ni moddiy aqliy va ma'naviy madaniyatni o'zlashtirishga
tayyorlik   mavjud.   Magistr   nutqi.   Iroda   rivojlanadi,   vizual   -   samarali,   vizual-
majoziy va belgi tafakkuri, uning "men" ni ta'kidlaydi. Etakchi faoliyat - sub'ekt -
manipulyativ.   Erta   yoshdagi   ob'ektiv   faoliyat   doirasida   bolaning   intensiv   aqliy
rivojlanishi   sodir   bo'ladi.   Asosiy   narsa,   nutq,   vizual   -   samarali   fikrlash,   o'z-o'zini
anglash   ramziy   o'yinining   boshlanishi.   Bola   harakat   qilish   (yurish)   va   nutq
qobiliyatini   egallaydi.   Bu   hayotning   ikkinchi   yilidagi   asosiy   rivojlanishdir.   Erta
bolalik   davrining   oxiriga   kelib   (hayotning   uchinchi   yilida)   faoliyatning   yangi
turlari shakllana boshlaydi, bu yoshdan keyin rivojlangan shakllarga etib boradi va
aqliy   rivojlanishni   aniqlay   boshlaydi.   Bu   o'yin   va   samarali   faoliyat   (chizish,
modellashtirish, loyihalash).
Bolaga uni yaxshilashga  yordam beradigan faol faoliyat kerak   muhimlik   bu
uning manfaatlarini, ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi. O'yinlar bolaning salomatligi
uchun zarur, ular uning hayotini mazmunli, to'liq qiladi, o'ziga ishonchni yaratadi.
Mashhur   sovet   o'qituvchisi   va   shifokori   E.   A.   Arkin   ularni   aqliy   vitamin   deb
ataganligi   ajablanarli   emas.O'yin   katta   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega,   u   sinfda
o'rganish, kundalik hayotni kuzatish bilan chambarchas bog'liq.
O‘yin   jarayonida   bolalar   o‘z   bilim   va   ko‘nikmalarini   amalda   qo‘llashni,
ularni turli sharoitlarda qo‘llashni o‘rganadilar. Ijodiy o'yinlarda ixtiro uchun keng
imkoniyatlar   ochiladi.   Qoidalarga   ega   o'yinlar   bilimlarni   safarbar   qilishni,
muammoni hal qilishning mustaqil tanlovini talab qiladi.
O'yin   -   bu   bolalar   o'z   tengdoshlari   bilan   muloqot   qiladigan   mustaqil
faoliyatdir.   Ularni   umumiy   maqsad,   unga   erishish   uchun   birgalikdagi   sa'y-
harakatlar,   umumiy   tajribalar   birlashtiradi.   O'yin   tajribasi   bola   ongida   chuqur   iz
qoldiradi   va   yaxshi   tuyg'ularni,   ezgu   intilishlarni,   jamoaviy   hayot   ko'nikmalarini
shakllantirishga   yordam   beradi.   Tarbiyachining   vazifasi   har   bir   bolani   o'yin
jamoasining   faol   a'zosiga   aylantirish,   bolalar   o'rtasida   do'stlik   va   adolatga
asoslangan munosabatlarni yaratishdir.
Bolalar   o'ynashadi,   chunki   bu   ularga   zavq   bag'ishlaydi.   Shu   bilan   birga,
boshqa   hech   bir   faoliyatda   o'yindagi   kabi   qat'iy   qoidalar,   xatti-harakatlarning
29 bunday   shartliligi   yo'q.   Shuning   uchun   o'yin   bolalarni   tarbiyalaydi,   ularni   o'z
harakatlari, his-tuyg'ulari va fikrlarini maqsadga bo'ysundirishga o'rgatadi.
O'yin kattalar mehnatiga qiziqish va hurmatni tarbiyalaydi: bolalar turli kasb
egalarini   tasvirlaydilar   va   shu   bilan   birga   nafaqat   ularning   harakatlariga,   balki
mehnatga,   odamlarga   bo'lgan   munosabatini   ham   taqlid   qiladilar.   Har   bir   o'yinda
vazifa mavjud bo'lib, uni hal qilish boladan ma'lum bir aqliy mehnatni talab qiladi,
garchi u uni o'yin sifatida qabul qilsa.
Ta'lim   amaliyotida   turli   o'yinlardan   o'z   vaqtida   va   to'g'ri   foydalanish
"Bolalar   bog'chasida   ta'lim   va   tarbiya   dasturi"   tomonidan   belgilangan   vazifalarni
bolalar uchun eng maqbul shaklda hal qilishni ta'minlaydi.
Shunday   qilib,   o'yin   ta'limning   barcha   jihatlari   bilan   bog'liq   va   tarbiyaviy
ish   bolalar   bog'chasi.   U   sinfda   olingan   bilim   va   ko'nikmalarni   aks   ettiradi   va
rivojlantiradi,   bolalarga   hayotda   o'rgatilgan   xatti-harakatlar   qoidalarini
mustahkamlaydi.
30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Mirziyoyev   Sh.M     “Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy
javobgarlik-har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo’lishi
kerak”O’zbekiston Respublikasi. -176 b.
2.Vazirlar   Maxkamasi   2016-yil   yakunlari   va   2017-yil   istiqbollariga
bag’ishlangan   majlisidagi   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   nutqi.   Xalq   so’zi
gazetasi 2017 yil 
3.Sh.M.Mirziyoyev “Murojaatnoma” 2020 yil dekabr 
4.“   Maktabgacha   ta lim   tizimini   boshqarishni   takomillashtirish   chora-ʼ
tadbirlari to g risida.2018 yil 30 sentabr. – 85 b. 	
ʼ ʼ
5.O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O zbekiston   Respublikasi	
ʼ ʼ
maktabgacha   ta lim   tizimini   2030   yilgacha   rivojlantirish   Kontseptsiyasini	
ʼ
tasdiqlash to g risida” gi qarori. 2020 yil 8 may. -76 b.	
ʼ ʼ
6. O zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “ Maktabgacha  ta lim  va tarbiya	
ʼ ʼ
to g risida gi qonuni. 2019 yil 16 dekabr.	
ʼ ʼ
7.O zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “   Davlat   maktabgacha	
ʼ
ta lim   tizimi   hodimlari   mehnatiga   haq   to lash   tartibini   yanada   takomillashtirish	
ʼ ʼ
chora-tadbirlari to g risida.”gi qarori.	
ʼ ʼ
8. Ilk qadam davlat o‘quv dasturi 2018 yil. -98 b.
9.   O zbekiston   Respublikasining   Ilk   va   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning	
ʼ
rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari 2018 yil 18 iyun.
10.   Qodirova   F.,   Tashpulatova   Sh.   “Bolalar   bog’chasida   metodik   ishlar”–
Т oshkent.: Voris 2017 y. -176 b.
11.   Ezopova   S.A.   Maktabgacha   ta'lim   yoki   katta   maktabgacha   yoshdagi
bolalarni   tarbiyalash:   innovatsiyalar   va   an'analar   //   Maktabgacha   pedagogika.   –
2007 yil №6.
11. F.Qodirova va boshqalar “Maktabgacha pedagogika” Toshkent 2019 yil 
12.     T.S.   Usraanxodjayev,   Sh.X.   IsroUov,   A.A.   Pulatov,   Sh.A.   Pulatov
“Milliy va harakatli o’yinlar” Toshkent «iqtisod-moliya» 2015 yil. -55 b.
31 13.   Pedagogika   fanidan   izohli   lug‘at.   (Tuzuvchilar:   J.   Hasanboyev,   X.
To‘raqulov,   O.   Hasanboyeva,   N.   Usmonov). Т oshkent   ,   «Fan   va   texnologiyalar»,
2009 yil. –35 b.
14.   Maktabgacha   ta'lim   tashkilotlarining   o'quv   jarayonidagi   pedagogik
texnologiyalar / I.V. Rudenko. - Togliatti, 2006 yil.
15.  Sodiqova   SH.A.  “Maktabgacha   pedagogika”,   “Tafakkur   sarchashmalari”
– Toshkent. 2013 yil. -68 b.
16. Maktabgacha  ta'lim tashkilotlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish. -
M., Sfera, 2008 yil
17.  Qayumova   N.M.“Maktabgacha   pedagogika”   TDPUnashriyoti   -Toshkent:
2017 yil. -76 b.
18.R.Ishmuxamedov.   Ta’lim   va   tarbiyada   innovatsion   pedagogic
texnologiyalar. Toshkent-2017 yil. -18 b.
32

MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASIDA O`YIN MUNDARIJA: KIRISH …………………………………………………………………………….2 I-BOB. MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASIDA O`YIN FAOLIYATI.5 1.1.O`yin faoliyati haqida tushuncha……………………………………………….5 1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o`yining ahamiyati……………….10 II-BOB.MASHG`ULOTLARNI O`YIN TEXNALOGIYASI ASOSIDA TASHKIL ETISH………………………………………………………………..16 2.1. Maktabgacha ta`lim tizimida o`yinlar texnologiyasi………………………… 16 2.2. O`yin texnologiyasi yordamida tashkil qilingan o`yin ishlanmasi…………….19 XULOSA …………………………………………………………………….. …..27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………………..30 1

2

KIRISH Maktabgacha ta’lim tashkilotilaridagi ta’lim–tarbiya jarayonida ilg orʻ pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, tashkilotilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan to ldirish hamda ularda kasbiy ʻ malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yo nalishlaridan biridir. Har ʻ bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotilari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda Respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotilarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati 3

monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Bunga misol tariqasida bir nechta qarorlarini,farmonlarini misol qilib keltirsak adashmaymiz. Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risidagi PQ – 3261 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ – 4312 sonli qarorlarining qabul qilinishi asosida Maktabgacha ta’lim sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otadi, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharotlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo’lib shakllanishida muhim o’rin tutadi. 1 Mavzuning dolzarbligi: O zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limʻ to g risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota–onalarning ʻ ʻ mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotilariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotilarida, maktablarda yoki 1 1.Mirziyoyev Sh.M “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”O’zbekiston Respublikasi. -176 b. 4

markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shug ullanishadi. Ota –onalargaʻ maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi. Kurs ishining maqsadi : O’yin bola hayotining asosiy turini o rganish. ʻ Kurs ishining vazifalari : 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qoidali o‘yinlar talim berish shakli pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash. 2. Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli mazmunini ishlab chiqish. 3. Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli ko nikmalariga qo yilgan ʻ ʻ talabalar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish. Kurs ishi predmeti : Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli o‘ziga xosligining mazmuni. Kurs ishi metodlari : ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalandik. 1) Kuzatish 2) Suhbat. 3) Savol javob. 4) Tajriba Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati : Ushbu ishimizda, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimi konsepsiyasi mohiyatini va uning ahamiyatini o`rganib chiqamiz va tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan ma`lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo‘lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Kurs ishi tuzilishi : Kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 5