logo

Maktabgacha tarbiya yoshining psixologik xususiyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.7265625 KB
Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshining psixologik xususiyati
Reja:
1.    Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari
2.  Bolani bog’cha   muhitiga psixologik moslashtirish usul va vositalalari
3.  Bolalarda   xotira,   nutq,   diqqat,   idrok   va   boshqa   shu   kabi   psixologik
xususiyatlarning rivojlanishi.
4.  Xulosa.
5.  Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. 1.  Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari
Bolalarning   psixik   taraqqiyotlarida   ma’lum   notekislik   mavjuddir.   Bu
notekislik,   birinchidan,   bola   tug‘ilib   o‘sadigan   muhit   bilan   bog‘liq   bo‘lsa,
ikkinchidan,   bolalarning   individual   imkoniyatlari   bilan   bog‘liqdir.   Darhaqiqat,
ayrim   bolalar   psixik   taraqqiyot   uchun   ko‘p   pog‘onali   oilada   o‘sib   rivojlansalar,
boshqa   bir   bolalar   faqat   ishlaydigan   ota-onasidan   tashqari   hech   kimi   yo‘q   oilada
o‘sib   rivojlanadilar.   Biz   bilamizki,   bolaning   psixik   jihatdan   rivojlanishida   uning
katta   odamlar   bilan   qiladigan   faol   munosabatlari   juda   katta   o‘rin   egallaydi.   Bola
katta odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘zining son-sanoqsiz savollariga
javob oladi. Binobarin, u yangi-yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik jihatdan
rivojlanadi.   Yuqoridagi   birinchi   holatda,   ya’ni   bola   ko‘p   kishilik   (buvilik   va
buvalik)   oilada   o‘sib   rivojlanganda   tez-tez   katta   odamlar   bilan   faol   munosabatga
kirishib, ulardan ko‘p narsalarni bilib oladi. Ikkinchi holatda esa, o‘z holicha qolib
ketib,   psixik   jihatdan   yaxshi   rivojlana   olmaydi.   Bu   bolalarning   notekis
rivojlanishidagi   tashqi   sabablardir.   Bolalar   har   xil   individual   imkoniyatlar,   ya’ni
layoqatlar   bilan   tug‘iladilar.   Shuning   uchun   bolalarda   psixik   jihatdan
rivojlanishlariga   ta’sir   qiladigan   ichki,   ya’ni   nasliy   xususiyatlar   har   xil   bo‘ladi.
Nasliy   xususiyatlar,   ya’ni   turli   sohalarga   nisbatan   bo‘lgan   tug‘ma   layoqatlar
hamma   bolalarda   bir   xil   bo‘lmaydi.   Masalan,   bir   bola   matematikaga   layoqatli
bo‘lib   tug‘ilsa,   boshqa   bir   bola   musiqaga   nisbatan   layoqatli   bo‘lib   tug‘iladi.
Kimning qaysi sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘ilishi genetika fanining muhim
muammolaridandir.   O‘tkazilgan   kuzatishlardan   ma’lum   bo‘lishicha,   bolalarning
psixik   taraqqiyotlari   nisbatan   sekinlik   bilan   yuzaga   kelsa,   ya’ni   uzoq   muddat
davomida   jiddiy   o‘zgarishlar   sezilmasa,   ayrim   davrlarda   bolalarning   psixik
taraqqiyotlari qandaydir sakrash yo‘li bilan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik
taraqqiyotlaridagi   ana   shunday   sakrash   yo‘li   bilan   amalga   oshiriladigan   jadal
davrni taraqqiyotning  krizis (inqiroz) davri  deb ataladi. Psixik taraqqiyotning ana
shunday   inqiroz   davrlari   bir   xil   sharoitda   yashaydigan   hamma   bolalarda   aniq   bir
yosh davrida maydonga keladi. Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida paydo
bo‘ladigan   inqiroz   davrlari   hamma   bolalarni   ma’lum   yosh   davrlariga   ajratish imkoniyatini beradi. Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar juda
qadim   zamonlardan   beri   fanga   ma’lumdir.   Sharq   mutafakkiri   Abu   Ali   ibn   Sino
ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan: 
1. Podsholik davri – 5 yoshgacha. 
2. Qullik davri – (6–12 yoshgacha). 
3. O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
Podsholik   davrida   bolaning   yoshligi,   uning   aytganini   kattalar   tomonidan
bajarilishi,   bolaning   «shirin»   qiliqlari,   gaplari   bilan   kattalarni   o‘ziga   rom   qilishi
e’tiborga   olinadi.   6–12   yoshgacha   bo‘lgan   davrda   bolani   xulq-atvorga   o‘rgatish,
kishilar   bilan   o‘zaro   munosabatlarda   qoida-qonunlarga   bo‘ysunish,   mehnatga
o‘rgatish,   unga   nisbatan   ijobiy   munosabatni   shakllantirish,   bilim   olish,   o‘qish,
o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, kattalarning mehnatini
qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish, ularni hurmat qilish,
qilgan   ishlarini   qadrlash,   munosabatlarda   samimiy   bo‘lish   lozimligi   nazarda
tutiladi.   Shveysariyalik   psixolog   J.Piaje   bolaning   aql-idrokiga   xos   bo‘lgan
xususiyatlariga qarab: 
1) sensomotor intellekti (0–2 yoshgacha); 
2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2–7 yoshgacha) 
3) aniq operatsiyalar davri (7–12 yoshgacha); 
4) rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi. 
Fransuz   olimi,   psixolog   A.   Valon   bolaning   jismoniy   rivojlanishiga   qarab
(homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri – 0–6 oygacha, his-tuyg‘u
davri – 6 oydan 1 yoshgacha; sensomotor davri – 1–3 yoshgacha; shaxsga aylanish
davri   –   3–5   yoshgacha;   farqlash   davri   –   6–11   yoshgacha;   jinsiy   yetilish   va
o‘spirinlik   davri   (12–18   yoshgacha)   deb   ajratgan.   Bola   tug‘ilgandan   to   maktabga
borguncha   bo‘lgan   vaqt   mobaynida   o‘z   boshidan   uch   xil   o‘zgaruvchan   sharoitni
kechiradi. Bir yoshli davr, uch yoshli davr va yetti yoshli davr sharoiti bir-biridan
keskin   farq   qiladi.   L.S.   Vigotskiy   yosh   davrlarga   ajratishning   ilmiy   manbai rivojlanishni   vujudga   keltiruvchi   psixik   yangilanishlarga   tayanadi   va   bolalikni
quyidagi bosqichlarga ajratadi: 
1. Chaqaloqlik davri – 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi. 
2. Go‘daklik davri – 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, 1 yoshdagi inqiroz. 
3. Ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz. 
4. Maktabgacha davr – 3–7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz. 
5. Maktab yoshi davri – 8–12 yoshgacha, 13 yoshdagi inqiroz. 
6.   Pubertat   (jinsiy   yetilish)   davri   –   14–18   yoshgacha,   17   yoshdagi   inqiroz.  
L.S.Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab,
ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy
mulohazalar   J.Piaje   (1896–1980-yy.) bildirgan.   Biroq   bu   mulohazalarda   ancha
munozarali,   bahsli   o‘rinlar   ham   mavjud.   Umuman   L.S.Vigotskiyning   yosh
davrlarini   tabaqalash   nazariyasi   ilmiy-tarixiy   ahamiyatga   ega,   uning   rivojlanishni
amalga   oshiruvchi   inqirozlar   to‘g‘risidagi   g‘oyalari   hozirgi   kunning   talablariga
mosdir. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har
qaysi   rivojlanish   bosqichida   biror   faoliyatning   ustunlik   qilishi   mumkinligiga
asoslanadi.   Yetakchi   faoliyatning   inson   shaxs   sifatida   kamol   topishidagi   roli
nazariyaning   asosiy   mohiyatini   tashkil   qiladi.   D.B.Elkonin   yosh   davrlarini
quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: 
1)   go‘daklik   davri   –   tug‘ilgandan   1   yoshgacha,   yetakchi   faoliyati   –   bevosita
emotsional muloqot; 
2) ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha, yetakchi faoliyat – predmetlar bilan
nozik harakatlar qilish; 
3) maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha – rolli o‘yinlar; 
4) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha – o‘qish; 
5) kichik o‘smirlik davri – 10–15 yoshgacha – intim (dilkash, samimiy) muloqot; 
6) katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri – 16–17 yoshgacha, yetakchi faoliyat –
o‘qish, kasb tanlash davri. 
D.B.   Elkoninning   mazkur   nazariyasi   psixologiya   fanida,   ayniqsa   yosh
davrlari   psixologiyasida   muhim   o‘rin   tutadi.   Bolalar   psixologiyasi   fanining   yirik namoyandasi   A.A.   Lyublinskaya   inson   kamolotini   yosh   davrlariga   ajratishda
pedagogik  psixologiyaga  faoliyat   nuqtayi  nazaridan  yondashib  quyidagi   davrlarni
atroflicha ifodalaydi: 
1) chaqaloqlik davri – tug‘ilgandan bir oylikkacha; 
2) kichik maktabgacha davr – 1 oylikdan 1 yoshgacha; 
3) maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr – 1 yoshdan 3 yoshgacha; 
4) maktabgacha tarbiya davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha; 
5) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 
2436) o‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) – 13 yoshdan 15 yoshgacha; 
7) katta maktab yoshi davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha. 
Yuqorida   keltirilgan   ko‘pchilik   olimlarning   bola   kamolotini   davrlarga
ajratish muammolari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Biz ularni ham fiziologik,
ham   psixologik   taraqqiyoti,   faoliyat   turlarining   o‘zgarib   turishi   va   organizmdagi
sodir bo‘ladigan xususiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davrlarga ajratishni
tavsiya etamiz: 
1) chaqaloqlik davri – 0–1 oygacha; 
2) go‘daklik davri – 1 oydan 1 yoshgacha; 
3) ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha; 
4) maktabgacha yosh davri – 3–7 yoshgacha; 
5) kichik maktab yoshi davri – 6–11 yoshgacha; 
6) o‘smirlik davri – 12–15 yoshgacha; 
7) ilk o‘spirinlik – kollej, litsey davri – 15–18 yoshgacha. 
Albatta   bu   davrlarni   bir-biridan   qat’iyan   bir   yosh   bilan   chegaralab   qo‘yish
mumkin   emas.   Bola   o‘zining   o‘sish   davrida   shu   davrlarni   ertaroq   yoki   kechroq
kechiradi,   ammo   bu   davrlar   bir-biriga   tabiiy   bog‘lanib   boradi   va   oldingisi
keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim psixik tomonlarigina
emas,   balki   uning   umumiy   ko‘rinishi,   yuz   tuzilishi   ham   boshqacha   ko‘rina
boshlaydi   va   ularning   yosh   belgilariga   qarab   ta’lim-tarbiya   muassasalariga   qabul
qilinadi.   Bolaning   yosh   belgisi   uning   taraqqiyoti   darajasini   ko‘rsata   olmaydi.
Chunki   2   ta   bir   yoshdagi   bola   belgisi   jihatidan   bir   xil   bo‘lsa   ham,   taraqqiyot darajasi   har   xil   bo‘lishi   mumkin.   Ma’lum   yosh   bosqichiga   tegishli   bolalarning
faoliyatlarida   ham   umumiylik   bordir.   Masalan,   chaqaloq   bolalarning   asosiy
faoliyatlari katta odamlar bilan emotsional munosabatga kirishishdan, ilk yoshdagi
bolalarning asosiy faoliyatlari esa turli narsalar bilan shug‘ullanishdan va nihoyat,
maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarning   asosiy   faoliyatlari   o‘yindan   iboratdir.
Kattalar   har   bir   yosh   bosqichidagi   bolalarga   ma’lum   talablar   qo‘yadi,   ular
bajarishlari   mumkin   bo‘lgan   huquq   va   burchlarini   belgilaydi.   O‘z-o‘zidan
ma’lumki, bola o‘sib, rivojlanib borgan sari uning imkoniyatlari ham ortib boradi.
Natijada   jamiyat   tomonidan   bolalarga   qo‘yilgan   talablar,   huquq   va   burchlarning
mas’uliyati   ham   orta   boradi.   Har   bir   yosh   bosqichining   oxiriga   kelganda   jamiyat
tomonidan   belgilangan   talablar,   huquq   va   burchlar   bolaning   imkoniyatlari   bilan
mos   kelmay   qoladi,   ya’ni   bola   jamiyat   tomonidan   qo‘yilgan   talablardan   o‘zib
ketadi.   Buning   natijasida   jamiyatning   bolalar   yosh   bosqichi   oldiga   qo‘ygan
talablari,   huquq   va   burchlari,   axloq   me’yorlari   bilan   bolaning   imkoniyatlari
o‘rtasida   qarama-qarshilik   yuzaga   keladi.   Har   bir   yosh   bosqichida   maydonga
keladigan krizis, ya’ni   inqiroz   davri ana shunday jamiyat talablari bilan bolaning
imkoniyatlari   o‘rtasidagi   ziddiyatdan   paydo   bo‘ladi.   Bolalarning   har   bir   yosh
bosqichlarida (1,3,7, o‘smirlik davri inqirozlari) yuzaga keladigan krizislarni, ya’ni
inqiroz   davrlarini   akademik   I.P.Pavlovning   dinamik   stereotip   haqidagi   ta’limoti
orqali  juda yaxshi  tushuntirib berish  mumkin. Ma’lumki, har  bir  bola konkret  bir
oila muhitida yashar  ekan, u shu muhit sharoitiga ko‘nikib, o‘rganib qoladi. Bola
har   kuni   o‘z   ota-onasi,   aka-ukalari   bilan   munosabatda   bo‘ladi.   U   o‘zining
ovqatlanadigan idishlarini, atrofdagi o‘yinchoqlarini juda yaxshi tanib oladi, ya’ni
bolada mana shu o‘z oila muhitidagi hayot tarziga nisbatan mustahkamlanib ketgan
muvaqqat   aloqalar   sistemasi   (dinamik   stereotip)   maydonga   keladi.   Bola   o‘sib,
ulg‘ayib,   oila   muhitidan   maktabgacha   ta’lim   muassasasiga   borganida   muhit
o‘zgarishi   o‘rtasida   tafovut   paydo   bo‘ladi.   Muhitning   mana   shunday   keskin
o‘zgarishi   natijasida   bolada   krizis,   ya’ni   inqiroz   holati   yuzaga   keladi.   Bunday
krizis   holati   eski   dinamik   stereotip   yoki   turmush   tarzi   batamom   yemirilib,   uning
o‘rniga   yangi   dinamik   stereotip   hosil   bo‘lgunga   qadar   davom   etadi.   Bolaning maktabgacha   ta’lim   muassasasiga   borgisi   kelmaydi   hamda   borganida   yig‘lab
qoladi.   Bunday   holat   bir   qancha   vaqt   davom   etgandan   so‘ng   bolada   bu   muhitga
nisbatan   yangi   dinamik   stereotip   maydonga   keladi.   Natijada   bola   hech   narsani
ko‘rmagandek,   maktabgacha   ta’lim   muassasasiga   ko‘nikib   ketadi.   Shu   narsani
alohida   ta’kidlab   o‘tish   kerakki,   bir   yosh   bosqichidan   ikkinchi   yosh   bosqichiga
o‘tishida   yuzaga   keladigan   krizis   davrlari   hamma   bolalarda   ham   bir   xilda
bo‘lavermaydi.   Ayrim   bolalarda   krizis   davri   yaqqol   namoyon   bo‘lsa,   boshqa
bolalarda   deyarli   bilinar-bilinmas   tarzda   o‘tib   ketadi.   Bu   narsa   turli   yosh
bosqichidagi bolalarning nerv sistemalari bilan bog‘liqdir. Masalan, nerv sistemasi
mustahkam   va   egiluvchan   (plastik)   bolalarda   yangi   dinamik   stereotiplar   tez   va
osonlik   bilan   yuzaga   keladi.   Bunday,   bolalarning   xulq-atvorlarida   krizis   davri
deyarli   bilinmaydi.   Aksincha,   nerv   sistemasi   zaif   bolalarda   yangi   dinamik
stereotiplar   qiyinlik   bilan   uzoq   muddat   davomida   yuzaga   keladi   va   bunday
bolalarning   xulq-atvorlarida   krizis   davri   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Ota-onalar   va
tarbiyachilar   bolalarning   yosh   bosqichlarida   uchraydigan   ana   shu   hodisalarni
hisobga   olgan   holda   ish   olib   borishlari   kerak.   Bolalarning   psixik   taraqqiyotlarida
muhim   individual   farqlar   sezilib   turadi.   Buning   asosiy   sababi   shundaki,
bolalarning   psixik   jarayonlari   va   psixologik   sifat   xususiyatlari   bolaning   yoshi
ulg‘ayishi   bilan   o‘z-o‘zidan   yuzaga   kelmaydi.   Bu   psixik   jarayonlar,   psixologik
sifat va xususiyatlar turli yosh bosqichida bolalarning faoliyatlari negizida ta’lim-
tarbiyaning   ta’siri   bilan   tarkib   topadi.   Bolalar   dastavval   psixik   taraqqiyot   tempi
jihatidan bir-birlaridan farqlanadilar. Hamma bolalar psixik jihatdan, ya’ni sezgi va
idroklari,   diqqat   va   xotiralari,   nutq   va   tafakkurlari   hamda   psixologik   sifatlari
jihatidan   bir   xilda   rivojlanmaydilar.   Masalan,   bolalarning   bir   yosh   bosqichidan
ikkinchi  yosh bosqichiga  o‘tishning  o‘rtacha bir  muddati  bordir. Ayrim  bolalarda
krizis   davrlari   vaqtincha   paydo   bo‘lib,   bir   yosh   bosqichidan   ikkinchi   yosh
bosqichigacha tez o‘tib ketadi. Boshqa bir bolalarda esa bu jarayon juda cho‘zilib
ketadi.   Turli   yosh   bosqichlaridagi   bolalar   ayrim   faoliyat   turlarini   o‘zlashtirish
tempi jihatidan ham bir-biridan farq qiladilar.  2.  Bolani bog’cha   muhitiga psixologik moslashtirish usul va
vositalalari
Bolaning   3   yoshdan   7   yoshgacha   bo’lgan   bog‘cha   yoshi   bolalik   davrining
katta   bir   kismini   tashkil   tadi.   Asosan   manna   shu   davrdan   boshlab   bolaning
mustakil   faoliyatlari   rivojlanadi   xamda   shaxsiy   individual   xususiyatlari   (insoniy
fazilatlari)     tarkib   topa   boshlaydi.   Mashxur   rus   pedagoglaridan   P.F.Lestgafning
fikricha,   insonning   bog‘cha   yoshidagi   davri   shunday   bir   davrki,   anna   shu   davr
mobaynida   kelgusida   qanday   xarakter   xislatlari   paydo   bulishi   belgilanadi   va
axlokiy sifatlarining asoslari  yuzaga keladi. Bola bog‘cha yoshiga yetgach, uning
psixik   taraqqiyotida   jiddiy   o’zgarishlar   yuzaga   keladi.   Chunki   xuddi   anna   shu
davrdan   boshlab   bolaning   mustakil   faoliyati   anchagina   kuchaya   boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bola mustakil faoliyatda bulla olishi uchun zarur bulgan ikkita
kudratli   kuchga   ega.   Birinchidan,   ma’lum   darajada   o’ziga   buysundirilgan   xarakat
apparatiga ,   ikkinchidan   esa,   atrofidagi   kata   odamlar   va   o’z   tengdoshlari   bilan   bir
kadar   erkin     munosabatda   bulla   oladigan   nutkka   ega.   Mana   shuning   uchun   bu
yoshdagi   bolalarning   xulk-atvorlari,   xatti-xarakatlari,   kizikish   va   extiyojlari
bog‘chaga   tarbiya   yoshidagi   bolalarnikidan   keskin   fark   kiladi.   Bu   esa,   uz
navbatida, bog‘cha yoshidagi bolalar bilan    bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar
ta’lim-tarbiyasiga   xam   utrlicha     munosabatda   bo’lishni   taqozo   kiladi.   Bog‘cha
yoshidagi   davrda   bolaning   barcha   psixik   jarayonlari   jadal   rivojlana   borib,   uning
tashki   muxit   bilan   bulgan   munosabatlarida   anchagina   uzgarishlarni   yuzaga
keltiradi.   Bir   tomondan,   bola   bog‘cha   yoshiga   yetgach,   kattalarning   doimiy
yordamlaridan   ancha   ozod   bulib,   ulardan   bir   kadar   uzoklashadi,   ikkinchi
tomondan, kattalar bilan bulgan munosabatlari murakkab, kup tomonlama xarakter
kasb   eta   boshlaydi.   Shu   narsa   xarakterliki,   kichik   bog‘cha   yoshidagi   bola   dimiy
yordam   va   gamxurlik   talab   kiladigan   ob’ektdan   sekin-astalik   bilan   oila   xolida
bog‘cha  bolalar  gruppasining  faol  a’zosiga  aylana  boshlaydi.  Demak,  bu davrdan
boshlab, muxtojlikdan kutilib, uzi xam boshkalarga ma’lum   darajada yordam bera
oladigan , uzining burchi, vazifalari, kizikishlari xamda      xilma-xil extiyojlariga ega bulgan   shaxsga,   jamoa   a’zosiga   aylana   boshlaydi.   Bog‘cha   yoshidagi   bolalarning
psixik   jixatdan   rivojlanishlarida   ularda   paydo   buladigan   xilma-xil   extiyoj   va
kizikishlar   bolalarni   u   yoki   bu   xarakatga   undovchi,   ularni   ishga   soluvchi   (omil)
xisoblanadi.   Ma’lumki,   ilk   yoshdagi   bolalarda   (Yangi   chakaloklarda)   asosan
organik   extiyojlar   (masalan:   ovkatlanish,   tashkalikni   kondirish,   uxlash   kabi)
mavjud   buladi.   Bog‘chagacha   tarbiya   yoshidagi   bolalar   esa   bundayo   organik
extiyojlardan   tashkari   ijtimoiy     va   intellektual   extiyojlarning   dastlabki   kurtaklari
yuzaga   kela   boshlaydi.     Masalan:   bog‘chagacha   tarbiya   yoshidagi   bolalar   yaxshi
gapira   olmasalar   xam,   xaddan   tashkari   kizikuvchan   buladilar.   Ular   kuzlariga
kuringan   xar   bir   narsani   kullari   bilan   timirskilab   ushlab   kurgunlaricha   tinib
tinchimaydilar.   Bog‘chagacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarda   uchraydigan
manashunday   kizikuvchanlik   ularda   intellektual   extiyojlarning   yuzaga
kelayotganidan dalolat beradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy intellektual va
axlokiy   extiyojlar   yakkol   kurina   boshlaydi.   Agar   bog‘chagacha   tarbiya   yoshidagi
bola uzok vakt davomida yolgiz uzi biron uyinchok bilan mashgul bulib utira olsa,
bog‘cha   yoshidagi   (xususan   urta   va   kata   gruppa   bolalari)   bola   bunday   yolgiz
uynashga   tokat   kila   olmaydi.   Ularda   uzlariga   yakin   bulagan     katta   odamlar   va
tegloshlari   bilan   munosabatda   bulish   extiyoji   tugiladi.   Ular   tor   oila   doirasidagi
munosabatlar   bilan   uz   extiyojlarini   kondira   olmay   kengrok   doiradagi
munosabatlarga   intila   boshlaydilar.   Natijada   bu   yoshdagi   bolalarning   ijtimoiy
munosabat va faoliyat doiralari tobora kengayib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar
tabiatlariga   xos   bulgan   kuchli   extiyojlardan   yana   biri   xar   narsani   bilib   olishga
bulgan   extiyojdir.   Bolaning   faoliyat   doirasi   kengaygan   sari   atrofidagi   narsalarni
bilishga   karatilgan   extiyojlari   xam   orta   boradi.   Bunga   sabab   bolada   turmush
tajribasining ozligidir. Xar bir narsa bola uchun yangilik bulib tuyuladi va bola uni
xar   tomonlama   bilib   olishga   intila   beradi.   Shuning   uchun   xam   ular   juda
kup   savollar   beradi.   Bog‘cha   yoshidagi   bolalarning   psixik   jixatdan
rivojlanishlarida bog‘cha muxiti juda kata rol uynaydi. Bog‘chadagi tartib , intizom
va   turli-tuman   ta’limiy   mashgulotlar   bolalarda   yuksak   ijtimoiy,   intellektual,
axlokiy va gigienik extiyojlarning garmonik ravishda yuzaga kelish uchun sharoit tugdiradi.   Psixologiya   nuqtai   nazaridan   qaraganda,   odatlar   o’z   moxiyati   jixatidan
extiyojga   yakin   narsalardir.   Boshqacha   qilib   aytganda,   turlicha   odatlar   kundalik
xayotda   takrorlana   berishi   natijasida   vujudimizga   juda   singib   ketib,   extiyojga
aylanib koladi. Shuning uchun bolalarda ijobiy va foydali  extiyojlarni tarbiyalash
deganda   ularda   ijobiy   va   foydali   odatlarni   xosil   qilishni   tushunamiz.   Bog‘cha
yoshidagi   davrda   xosil   qilingan   mustaxkam   ijobiy   odatlar   (extiyojlar)   kishining
butun   umri   davomida   saklanib   koladi.   Bog‘cha   yoshidagi   bolalarning   psixik
jixatdan   rivojlanishlarida   kizikishning   xam   roli   goyat   kattadir.   qiziq ish ,   xuddi
extiyoj   kabi,   bolani   biron   faoliyatga   undovchi   (xarakatga   soluvchi)   omillardan
biridir.     qiziqish   deganda,   biz   vokelikdagi   narsa   va   xodisalarni   birmuncha
chukurrok bilishga karatilgan maxsus intilishni tushunamiz. Demak, qiziqish bilish
jarayoni   bilan   boglik   bulgan   xar   bir   shaxsning   murakkab   sifatidir.   Bog‘cha
yoshidagi   bolalar   xama   narsalarga   birdek   qiziqa   bermaydilar.   Ular   ayrim
narsalarga     ko’proq,   boshka   bir   narsalarga   kamroq   qiziqadilar.   Lekin   bog‘cha
yoshidagi   bolalarning   qiziqishlari   kata   odamlardagi   kabi   bir   narsaga   nisbatan
kat’iy xamda mustaxkam bulmay, bir narsadan     ikkinchi bir narsaga tez-tez kunib
turadi. Bundan tashkari, bog‘cha yoshidagi bolalarning qiziqishlari juda tarkok va
yuzaki  buladi.  Ular   narsa  va  xodisalarning   moxiyati  yoki  natijalariga  emas,   balki
shu   narsa   va   xodisalarning   uzigagina   kizikadilar.   Shu   sababli   bog‘cha   yoshidagi
bolalarda   asosan   bekaror   va   bevosita   qiziqishlar   ustun   turadi.   Tarbiyachi
bog‘chada   turli   mashgulotlar,   ekskursiyalar,   suxbatlar   utkazish   va   kitoblar   ukib
berish     bolalarda   markazlashgan   barkaror   qiziqishlarni   yuzaga   keltirishga   xarakat
kilishlari   lozim.   Bola   psixologiyasining   rivojlanishida   qiziqishning   axamiyati
shundaki,   bola   qiziqqan   narsasining   mumkin   kadar   chukurrok   bilishga   tirishadi.
Binobarin, uzok vakt davomida qiziqkan narsasi bilan shugullanishdan zerikmaydi.
Bu   esa,   uz   navbatida,   bolaning   dikkati,   irodasi   kabi   muxim   psixik   jarayonlarini
rivojlantirish   xamda   mustaxkamlashga   yordam   beradi.   Bolalarda   biror   soxaga
nisbatan   barvakt   yuzaga   kelgan   kizikish   kelajakda   ularning   shu   soxasini   yaxshi
egallashlari   uchun   kandaydir   tayyorgarlik   rolini   o’ynaydi.   Bog‘chada   bolalarning
birgalikda   ta’lim-tarbiya   olishlari,   birgalikda   uynashlari   va   birgalikda ovkatlanishlari   ularda   kollektivizm   tuygusini   yuzaga   keltira   boshlaydi.   Kupchilik
bulib   bir   uyinni   uynash   yoki   biron   vazifani   bajarishda   o’z   xatti-
xarakatlarini   kelishib olish , rollarni taksimlash va bir-birlariga yordam berish kabi  
kollektiv xayotiga oid fazilatlar namoyon bulla boshlaydi. Birok bog‘cha yoshidagi
davrda   bolalar   kollektivi   endigina   tarkib   topa   boshlayotganini   unutmaslik   lozim.
Bolalar   kollektivini   mustaxkamlashda   ularning   kollektivdagi     endigina   yuzaga
kelayotgan   uzaro   murakkab   munosabatlari,   ya’ni   bir-biriga   buysunish,   bir-biriga
yon   bosish   kabi   munosabatlar   katta   rol   uynaydi   xamda   bolalarning   psixik
taraqqiyotiga   yordam   beradi.   Bolalarning   bunday   uyinlarida   pala-partishlik,
tartibsizlik   yuk.   Chunonchi,   ular   kugirchoklarini   yuvintiradilar,   kiyintiradilar,
ovkatlantiradilar sungra bog‘chaga olib boradilar, uxlatadilar va x.k. bunday kat’iy
tartib   bilan   amalga   oshiriladi.   Ana   shunday   tartibli,   sistemali   faoliyatda   bulishga
odatlanish   bog‘cha   yoshidagi   bolalar   shaxsiy   xislatlarining   tarkib   topishi   uchun
katta axamiyatga ega. Bog‘cha yoshidagi bolalar jismoniy va psixik jixatdan xam
yetarli   darajada   rivojlanganliklari   tufayli   ular   oddiygina   mexnat   topshirklarini
bajara   oladilar.   Bolalarning   ijodiy   xarakatlari   asosan   uyin   xamda   tasviriy   san’at
faoliyatida   (rasm   chizish,   loy   ishi,   kogozdan   xar   narsalar   yasash   kabi)   namoyon
buladi. Bolalar  uzlarining uyin va tasviriy faoliyatlarida kattalarning mexnatlarini
tankidiy tarzda kayta tiklab, mexnat xayotini faol ravishda uzlashtira boshlaydilar.
Bu ularning mexnat faoliyatiga tayyorlanishlarida kata axamiyatga egadir. Bog‘cha
yoshidagi   bolalarning   uz   xatti-xarakatlarini   ma’lum   vazifalarni   ado   etishga
buysundira   olishlari,   tobora   kuchayib   borayotgan   kizikish   va   erishgan   akliy
taraqqiyot   darajalari   ularni   ma’lum   ta’limiy   programma   asosida   tarbiyalash
imkonini   beradi.   Bog‘chada   tugri   yulga   kuyilgan   tarbiyaviy   ishlar   bolalarda
mexnat faoliyatining dastlabki  belgilari  xamda bilimga qiziqishni  tarkib toptiradi.
Bog‘cha   xayotining   kup   kirrali   va   sermazmunligi   bolalar   bilish   faoliyatlarining
kengayishiga   xamda   chukurlashishiga   yordam   beradi.   Bu   esa   asosiy   bilish
jarayonlari   bulishi-idrok   ,   tasavvur,   xotira   va   tafakkur   kabi   jarayonlarning
xarakterini   uzgartirib   yuboradi.   Bog‘chagacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarda   bu
jarayonlar ularning uyin yoki biron amaliy faoliyatlari bilan birga namoyon buladi. Masalan, kichik yoshdagi bolalar Biron narsa bilan mashgul bulib turganlarida uni
idrok   kiladilar,   ilgari   xam   shu   narsa   bilan   mashgul   bulganlarini   eslaydilar   va   uni
analiz va sintez kilib kuradilar. Bog‘cha yoshidagi  bolalarda esa bu asosiy bilishi
jarayonlari   bir-biridan   differensiyalashgan   (ajratilgan)   buladi.   Bog‘cha   yoshidagi
bola   biron   o’yin   faoliyati   yoki   biron   narsa   bilan     mashgul   bulishi   jarayonidagina
emas ,   balki   bunday   amaliy   faoliyatdan   tashkari   xam   biror   narsa   yoki   xodisani
idrok kilishi, tasavvur etishi, esida olib kolishi, esiga tushurishi xamda oddiy tarzda
tafakkur kilishi mumkin. Shuning uchun bolaning bog‘cha yoshidagi davrida anna
shu   asosiy   psixik   jarayonlari   va   xususan   tafakkur   xamda   nutk   jarayonlari   jadal
rivojlanadi.   Bolalar   kattalar   bilan   bulgan   munosabatlarida   narsa   va   xodisalar
xakida   elemantar   tushunchalar   sistemasini   egallab   olib,   tafakkur   kilishga   urgana
boshlaydilar. Kichik va bog‘cha yoshidagi bolalarga xos bulgan «nimaga?», «nima
kiladi?»,   «nima   keragi   bor?»   kabi   kup   savollar   ularni   narsa   va   xodisalarning
sabablari   xakida   fikr   yurita   boshlayotganliklaridan   darak   beradi.   Bog‘cha
yoshidagi bolalarning    xis-tuygulari nixoyatda kuchli buladi. Ularning barcha xatti-
xarakatlari   kutarinki   xissiy   xolatda   utadi.     Bundan   tashkari,   bog‘cha   yoshidagi
bolalarning xis-tuygulari chukur va mustaxkam bulla boshlaydi. Bolalarda bog‘cha
yoshidan   boshlab   axlokiy,   intellektual   va   estetik   xissiyotlarning   eng   soda   turlari
yuzaga   kela   boshlaydi.   Bog‘cha   yoshidan   yuoshlab   bolalarda   iroda   va   irodaviy
sifatlar xam tez rivojlana boshlaydi. Ularda uzining butun xatti-xarakatlarini ongli
ravishda   kuyilgan   umumiy   bir   maksadga   buysundirish   o’quvi   yuzaga   kela
boshlaydi.
3.  Bolalarda xotira, nutq, diqqat, idrok va boshqa shu kabi psixologik
xususiyatlarning rivojlanishi
Barcha   sezgi   a’zolari   go‘dak   hali   onaning   qornidalik   paytidayoq   ancha
takomillashgan bo‘ladi. Shuning uchun bola tug‘ilishidan boshlaboq uning barcha
sezgi   a’zolari   tashqaridan   va   ichki   muhitdan   bo‘ladigan   ta’limotlarni   aks   ettirish
qobiliyatiga   egadir.   Masalan,   o‘n   kunlik   bola   ko‘z   qarashini   biron   yorug‘lik
manbai   (elektr   lampochkasi)   ustida   to‘xtata   oladi.   Bir   oylik   chaqaloq   unga engashib   qarab   turgan   (yuzini   yaqin   olib   kelib)   onasining   chehrasiga   o‘z   ko‘z
qarashlarini   uzoq   vaqt   to‘xtata   oladi.   Ko‘rish   sezgisi   chaqaloq   bolalarda   juda   tez
rivojlanadi. 2 oylik bola sekin harakat qilayotgan narsani ko‘z qarashi bilan kuzata
oladi. 4 oylik bola esa ko‘rish emas, narsalarga aktiv qaray oladigan bo‘lib qoladi.
U   qarayotgan   narsalari   turli   hissiyotlarni   yuzaga   keltiradi.   Go‘dak   bolalarda
ko‘rgan   narsalarini   tanish   5–6   oylik   davrda   yuzaga   keladi.   Bola   dastavval   o‘zi
bilan eng ko‘p munosabatda  bo‘ladigan odamni, ya’ni  onasini  tanib oladi. Sekin-
asta   atrofdagi   boshqa   yaqin   odamlarni   tanib   oladi.   Buni   biz   kichik   bolalarning
uyiga   begona   odam   kelganda   unga   uzoq   tikilishi   va   yotsirashidan   bilamiz.
Bolalarda   ranglarni   sezish   juda   erta   ko‘rina   boshlaydi.   Masalan,   professor
N.I.Krasnogorskiyning   o‘tkazgan   tajribalariga   ko‘ra,   ranglarni   farqlash   bolalarda
3–4 oylik davrdan boshlab ko‘rina boshlaydi. Bola har xil rangli butilkachalardan
ovqatlantirilgan   (sut   emizilgan),   lekin   faqat   sut   qizil   butilkadagina   berilgan.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, bola faqat qizil rangli butilkagagina reaksiya qiladigan,
ya’ni   faqat   qizil   butilkadagi   emizikni   og‘ziga   oladigan,   boshqa   butilkalarga   esa
befarqdagi bolaning harakat sezgilari rivojlanib boradi. 
Bolalarda   idrok ning   rivojlanishi   sezgi   a’zolarining,   ya’ni   analizatorlarning
tobora   takomillashishi   bilan   bog‘liqdir.   Lekin,   idrok   faqat   sezgi   a’zolarigagina
bog‘liq   jarayon   emas.   Idrok   jarayonida   sezgilardan   tashqari   odamning   butun   tur-
268   mush   tajribasi   ham   ishtirok   etadi.   Shuning   uchun   idrokning   rivojlanishi
turmush   tajribasining   tobora   orta   borishi,   odamning   turli   bilimlarga   ega   bo‘lishi
bilan   ham   uzviy   bog‘liqdir.   Go‘dak   bolalarning   uncha-muncha   idrok   qilishlari
asosan   uch-to‘rt   oylik   davrdan   boshlansada,   biroq,   idrok   qiladigan   narsalarining
doirasi hali juda tor bo‘ladi. Bu davrda bola ko‘z o‘ngidagi yaltiroq yoki tebranib,
harakatlanib   turuvchi   narsalarni   idrok   qila   oladi.   Bola   to‘rt-besh   oylik   bo‘lib,
narsalarni   qo‘llari   bilan   ushlaydigan   bo‘lgach,   uning   idroki   mazmun   jihatidan
boyib,   ancha   takomillashadi.   Buning   asosiy   sababi   shundaki,   ko‘rish   hamda
eshitish   sezgilariga   endi   barcha   teri   sezgilari   ham   qo‘shiladi.   Natijada   bola
narsalarni har tomonlama to‘la idrok qila boshlaydi. Bola yarim yoshga to‘lib, o‘zi
mustaqil   o‘tira   boshlagach,   uning   idroki   yana   ham   tezroq   rivojlanadi.   Bunda birinchidan,   uning   ko‘rish   doirasi   ancha   kengayadi,   ikkinchidan   esa,   narsalarni
sinchiklab   timirskilab   ko‘rish   imkoniyati   ortadi.   Bu   davrda   bola   atrofidagi
narsalarni (xususan o‘ziga tegishli narsalarni) qayta-qayta idrok qilish tufayli ularni
bir-biridan   farqlaydigan,   o‘ziga   tegishli   narsalarni   taniydigan   bo‘lib   qoladi.   Bola
emaklab,   undan   so‘ng   yura   boshlagach,   uning   tevarakatrofidagi   narsalarni   idrok
qilish imkoniyati yanada kengayib ketadi. Bola xohlagan narsasining oldiga borib,
uni qo‘liga olib ushlab ko‘radi, atrofidan aylanib qaraydi, iloji bo‘lsa, albatta yalab
ham ko‘radi. 
Bolalarda   diqqat   juda   erta   rivojlana   boshlaydi.   Bir-ikki   haftalik
chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko‘rinmasa ham, oradan sal o‘tmay,
ya’ni   bolaning   bir   oylik   davridan   boshlab,   ixtiyoriy   diqqat   alomatlari   yaqqol
ko‘rina boshlaydi. Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini har xil kuchli
qo‘zg‘atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug‘lik kabi) ixtiyorsiz ravishda o‘ziga
jalb qila boshlaydi. Ikki-uch oylik bolalar esa, «shaqir-shuqur»ga quloq soladigan
(shaqildoqlarning   tovushiga   ovunadigan)   bo‘la   boshlaydilar.   Bu   yoshdagi
bolalarning   diqqatlarini   yorqin   (yaltiroq)   rangli   narsalar   ham   beixtiyor   jalb   qila
boshlaydi. Bolaning ko‘z o‘ngidagi narsa qanchalik rang-barang bo‘lsa, bola unga
shunchalik ko‘p e’tibor beradi.
Xotira   bola hayotining dastlabki  kunlaridan boshlaboq rivojlana boshlaydi.
Bolada   xotiraning   dastlabki   alomatlari   yaqin   atrofidagi   odamlarni   va   narsalarni
tanishida ko‘rina boshlaydi. Buni biz bola o‘ziga tanish bo‘lgan narsani ko‘rganida
qiladigan harakatlaridan ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bola o‘ziga yaqin odamni
ko‘rganida   unga   talpinadi   yoki   notanish   odamdan   yotsiraydi.   Kichik   yoshli
bolalarda tanib olish qobiliyatining borligi idrok qilgan narsa va hodisalarini esda
olib   qolish   imkonini   beradi.   1   yoshga   yaqin   bolada   xotiraning   murakkab   turlari,
ya’ni eslash vujudga kela boshlaydi. Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan
narsa   va   hodisalarni   eslay   oladigan   bo‘ladilar.   Bunda   bolalardagi   tasavvurlarning
roli nihoyatda kattadir. Tasavvurlar tufayli bolalar o‘tgan narsalarni bemalol eslay
oladilar,   masalan,   bolaga   ko‘z   o‘ngida   bo‘lmagan   narsaning   nomini   aytsangiz,   u
ko‘zlari   bilan   atrofga   qarab   shu   narsani   izlay   boshlaydi.   Bola   xotirasining rivojlanishida nutqning o‘sishi juda katta ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va
hodisalarni   faqat   bevosita   ko‘rish   orqali   emas,   balki   shu   narsa   va   hodisalarning
nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo‘ladi. Bundan tashqari kattalardan so‘rab
bilib olish, eshitish orqali ham o‘z xotiralarini boyitadilar. 
Ilk bolalik davrida…
Bu   yoshda   bolalarga   ixtiyorsiz   diqqat   xosdir.   Rang-barang   narsalarga
ko‘proq   e’tibor   beradi.   Beqaror   diqqat   (bir   o‘yinchoqdan   ikkinchi   o‘yinchoqga
o‘tib   ketishi)   fiziologik   asosi   bosh   miyada   qo‘zg‘alish   tormozlanishiga   nisbatan
kuchli.   Shuning   uchun   miyada   muvozanatga   kelish   qiyin   bo‘ladi.   bog‘chagacha
davr   oxirlarida   diqqatni   barqarorligi   2   barobar   o‘sadi.   Bu   davrda   ixtiyoriy   diqqat
xali bo‘lmaydi. 
Bu   davrda   ixtiyorsiz   xotira   bo‘ladi.   Bola   materiallarni   ongli   ravishda   esda
saqlab   qololmaydi.   Lekin   tanish   protsesslar   esga   tushirishga   sabab   bo‘ladi.   2
yoshga   yaqin   uylarni,   o‘z   buyumlarini   tanib   oladi.   Rasmlardan   ismlarini   aytib
beradi. Dastlabki  xotiralar paydo bo‘ladi. Bolada kuchli kechinma va juda yorqin
obraz tug‘dirgan narsa uzoq vaqt esda qolishi va esga tushishi mumkin. Bola idrok
qilgan narsasini konkret obraz tasavvurlar shaklida  esda saqlab qoladi. 
Taqlid qilish.   Kattalardan nusxa ko‘chirish orqali ularning imo ishoralarini
o‘rganib, shu xarakatlarni takrorlashga intiladi. (Telefonda, chaqaloqqa qarash, kir
yuvish, supurish, sigaret chekish). Ularda mexanik xotira yaxshi o‘sgan bo‘ladi. 3
yoshga yaqin bolada ertak mazmunlarini ham 4 satrlik she’rlarni xam ordan bir oy
vaqt   o‘tkazib   ayttirilganda   yaxshi   eslagan.   Savol   berib   uning   manosini   xam
bilishga xarakat qiladi. 
Sekin so‘zlarni tushuna boshlaydi. 1 davr. 1-1,5 yosh 20-30ta so‘zni biladi.
“oyi” so‘zini imo ishoralar bilan aytadi. Bu “situativ nutq vaziyat nutqi” deyiladi.
Birga bo‘lgan  kishisi  tushunadi.  Bolada lug‘atpassiv  ravishda   rivojlanadi, yani  1
tomonlama faqat tushunib, o‘ziga singdirib beradi. 
2   davr.   Aktiv   lug‘at   rivojlanadi.   Nutq   egallash   protsessi   sifati   o‘zgaradi.
Yangi so‘zlarni osonlikcha o‘rgana boshlaydi. 
1 yoshda  o‘rgangan so‘z 3ta 1,3 yoshda o‘rgangan so‘z 19-20
1,6 yoshda  o‘rgangan so‘z 25-30
1,9 yoshda  o‘rgangan so‘z 120
2 yoshda  o‘rgangan so‘z 280
2,6 yoshda  o‘rgangan so‘z 450
3 yoshda  o‘rgangan so‘z 800-900
Bu   ko‘rsatkichlar   turlicha   bo‘lishi   xam   mumkin.   Ko‘proq   muloqotda
bo‘lishning   xam   tasiri   ko‘p.   Faoliyatni   so‘raydi.   Avval   faqat   nutqda   extiyojlari
ifodalangan   bo‘lsa,   endi   nutqning   kam   berish   funksiyasi   oshadi.   Mano   kira
boshlaydi. Bu nima? Nima qiladi?. 
Bolada idrok va ish xarakatlar bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Fikarlarni
so‘zlar   bilan   tushuntira   olmaydilar.   Yaqqol   konkret   tafakkur   bo‘ladi.   3   yoshga
qarab   ketganda   nutq   orqali   tafakkurni   shakllana   boshlaydi.     Asosiy   fikrlash
operatsiyalari   oddiy   ko‘rinishda   paydo   bo‘ladi.   Analiz   taqqoslash   sintez,
umumlashtirish,   sodir   bo‘la  boshlaydi.   Tom   manoda   fikrlash   operatsiyalari   emas,
grammatika   rivojlangan   sari   fikrlarni   aniq   ayta   boshlaydi.   Kattalar   nutqidagi
noto‘g‘rilikni anglab tez takrorlashga xarakat qiladilar. Bolada tafakkur rivojlanishi
undagi   qiziquvchanlik   va   sinchkovlik   xususiyatidan   kelib   chiqadi.   Titkilash,   bu
nima?   Savollar   berish   kattalar   ishiga   tiqilish   va   x.k.   bola   atrofdagi
informatsiyalarni   kattalarning   tushuntiriglari   bilan   o‘zlashtirig   yaxshiroq
tushunadi.   Yuqorida   aytilgan   operatsiyalarni   miyalari   ayniqsa   solishtirish   analiz
sintez rivojlanadi. Bolada  “qo‘l tafakkuri” davri 2 yoshda bo‘ladi. Masalan vazani
ichidan  biror  buyumni olish. Endi savollar bu nima? Shaklidan buni nima qiladi?
Ko‘rinishga   yani   predmetning   funksiyasini   bilishga   qaratilgan.   Nutq   o‘sishi
tafakkur o‘sishi uchun zamin deyilgan edi. Tafakkur rivojlanishi ham o‘z navbatida
so‘z zapaslarini oshishiga olib keladi.  
Ilk   bolalik   davrida   harakatlarning   shakllanishi   orientirovka   faoliyati
xususiyati   o‘zgarishi   bilan   uzviy   bog‘liqdir.   Bola   u   yoki   bu   harkatni   amalga
oshirish uchun avval predmet bilan tanishadi: unga ko‘z yugurtiradi , qo‘liga oladi
va hokazo.   Xulosa
Bolalar   psixologiyasi   –   bolaning   tug‘ilgan   vaqtidan   boshlab   to   maktab
yoshiga yetgunga qadar psixik jihatdan taraqqiy  etish qonuniyatlarini  va shaxsiy
psixologik xususiyatlarining tarkib topishini o‘rganadigan fan.  
Bolaning   kichik  davridagi   asosiy   faoliyati   kattalarga   taqlid  qilishdan   iborat
bo‘ladi. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik deyarli bo‘lmaydi. Bola
o‘sib ulg‘aygan sari uning o‘z shaxsiy tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi ortib bo
radi.   Bola   mustaqil   harakatda,   ya’ni   har   bir   narsani   o‘zi   bilganicha   qilishga
(tashabbus   ko‘rsatishga)   intila   boshlaydi.   Bunda   bolaning   ko‘pdan   beri   o‘rganib
qolgan   taqlidiy   (bir   qolipdagi)   harakatlari   bilan   mustaqil   va   tashabbuskorona
harakatlari   o‘rtasida   qarama-qarshilik   yuzaga   keladi.   Bu   qarama-qarshilikni   hal
qilish   jarayonida,   ya’ni   odatlanib   qolgan   taqlidiy   harakatlarini   yengib,   mustaqil
harakat formalariga o‘tish jarayonida bola psixik jihatdan taraqqiy etadi. Bolaning
psixik   jarayonlari   (idroki,   xotirasi,   tafakkuri,   xayoli   va   shu   kabilar)   vashaxsiy
sifatlari   (qiziqishlari,   qobiliyati,   malaka   va   odatlari,   xarakteri   va   h.k.)   tug‘ma
ravishda berilmaydi. Odamning, shu jumladan, bolaning barcha psixik jarayonlari 
va   shaxsiy   sifatlari   konkret   ijtimoiy   sharoitning   ta’siri   tufayli   individual   hayoti
davomida yuzaga keladi. Bunda eng muhim omil oiladir. Oila hayotining umumiy
turmush  tarzi  bola  psixikasining taraqqiy etishiga  ta’sir  etmasdan  qolmaydi. Bola
o‘z   tabiatiga   ko‘ra   juda   ham   taqlidchan   bo‘ladi.   Taqlidchanlik   bola   psixikasi
taraqqiyotini   belgilovchi   omillardan   biridir.   Bola   har   doim   o‘z   oilasidagi   katta
odamlar qurshovida yashar ekan, u hamisha ana shu o‘ziga yaqin odamlarning 
xatti-harakatlariga   taqlid   qiladi.   Taqlid   qilish   orqali   har   xil   insoniy   munosabatlar
va   fazilatlarni   o‘ziga   sekin-asta   singdirib   boradi.   Tashqi   muhitning,   ya’ni   oila
muhitining   bola   psixikasiga   ta’siri   nutq   (til)   taraqqiyotida   juda   yaqqol   ko‘rinadi.
Bola   tug‘ilishidan   boshlab   qanday   nutq   turi   muhitida   yashasa,   ana   shu   tilda
gapiradigan bo‘ladi. Bola o‘sgan sari  muhit  doirasi  ham kengaya boradi. Ijtimoiy
muhit (dastavval oila, hovli, ko‘cha, mahalla)dan sekin-asta kengaya borib, shahar,
respublika va butun mamlakat miqyosiga o‘tadi. Ana shunga mos ravishda ijtimoiy muhitning   bolaga   ta’siri   manbalari   ham   borgan   sari   kengaya   va   ko‘paya   boradi.
Bola   oila   doirasidan   tashqariga   chiqqanidan   so‘ng   unga   o‘zgalar   ham   ta’sir   eta
boshlaydi.   Bola   endi   faqat   o‘z   oilasidagi   katta   odamlarning   xulq-atvori   va   xatti-
harakatlarigagina   emas,   balki   yaqin   atrofidagi   boshqa   odamlarning,   o‘z
tengqurlarining xulq-atvorlari va xatti-harakatlariga ham taqlid qila boshlaydi. Ana
shu tariqa ijtimoiy muhit bolaning psixikasiga bo‘lgan ta’sirini kengaytira boradi. 
Shunday   qilib,   ijtimoiy   muhit   bolalar   psixikasining   taraqqiyotiga   faol   ta’sir
etadigan   eng   muhim   omillardan   biri   bo‘lib,   uning   o‘zgarishi   bola   psixikasining
o‘zgarishiga   sabab   bo‘ladi.Bolaning   psixik   taraqqiyotida   ta’lim   va   tarbiya   juda
katta   ahamiyatga   ega.   Uzoq   muddat   davomida   beriladigan   ta’lim-tarbiya   ishlari
hozirgi   vaqtda   oiladagi   tarbiya   ishlari   bilan   birga   qo‘shib   olib   borilmoqda.
Boshqacha   qilib   aytganda,   bolaga   juda   yoshlik   chog‘idan   boshlab   qat’iy   dastur
asosida   ta’lim-tarbiya   berila   boshlanadi.   Bola   maktabgacha   ta’lim   muassasasida,
maktabda izchil suratda ta’lim va tarbiya oladi. Bunday uzoq muddatdagi maxsus 
ijtimoiy   ta’lim   va   tarbiya   bolaning   psixik   taraqqiyotiga   ta’sir   etmay   qolmaydi.
Shuning   uchun   bolaning   umumiy   psixik   taraqqiyoti   ko‘p   jihatdan   ta’lim-
tarbiyaning   ta’siriga   bog‘liqdir.   Psixolog   L.S.Vigotskiyning   fikriga   ko‘ra,   ta’lim-
tarbiya jarayoni psixik taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi. Bola ijtimoiy tajribani
ta’lim-tarbiya   jarayonida   o‘zlashtirib,   rivojlanadi.   Demak,   ta’lim-tarbiya   jarayoni
har   doim   psixik   taraqqiyotdan   bir   qadam   oldinda   boradi.   Ta’lim-tarbiya   jarayoni
bolaning   psixik   taraqqiyoti   uchun   sharoit   yaratib,   zamin   hozirlaydi   va   psixik
taraqqiyotni o‘z ketidan ergashtirib boradi. 
L.S. Vigotskiy psixik taraqqiyotning 2 bosqichini belgilab berdi:
– eng yaqin taraqqiyot bosqichi; 
– aktual taraqqiyot bosqichi. 
Uning   tushuntirishiga   ko‘ra   psixik   taraqqiyotning   yaqin   sohasida   bolaning
psixik   taraqqiyoti   katta   odamlarning   (ota-onalar,   tarbiyachilar   va
o‘qituvchilarning) bevosita yordami, rahbarligi asosida amalga oshiriladi. Bolaning
go‘daklik,   ilk   yosh,   maktabgacha   ta’lim   muassasasi   va   kichik   maktab   yoshidagi
davrlari   psixik   taraqqiyotning   yaqin   bosqichiga   to‘g‘ri   keladi.   Psixik taraqqiyotning   aktual   bosqichiga   kelsak,   bu   bosqich   muayyan   davrda   bolaning
katta   yoshdagi   kishilar   yordamisiz   mustaqil   harakat   qila   olishi   bilan   ifodalanadi.
Psixik   taraqqiyotning   aktual   bosqichi   o‘zlashtirilgan   bilimlar,   ko‘nikma   va
malakalardan   mustaqil   foydalanish   bosqichidir.   Psixik   taraqqiyotning   aktual
bosqichiga   bolaning   o‘smirlik   va   o‘spirinlik   davrlari   to‘g‘ri   keladi.   Bu   davrda
bolalarning   ta’lim   jarayoniga   bo‘lgan   munosabatlari   tubdan   o‘zgarib,   ular   turli
narsalarga   nisbatan   tanlab   munosabatda   bo‘la   boshlaydilar.   O‘smir   bolalarda
qiziqish   va   dunyoqarash   kabi   shaxsning   murakkab   sifatlari   tarkib   topa   boshlashi
tufayli   turli   sohalarga   doir   bilimlarni   mustaqil   o‘zlashtirishga   urinish   yuzaga
keladi.   Vaholanki,   ta’lim-tarbiya   psixik   taraqqiyotdan   bir   qadam   oldinda   borib,
psixik   taraqqiyotga   zamin   hozirlar   ekan,   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilgan   ta’lim-tarbiya
jarayoni   hamma   vaqt   o‘quvchilarni   mustaqil   tafakkur   qilishga,   tabiat   hamda
jamiyatdagi narsa va hodisalarga doir qonuniyatlarni bilib olishga yordam beradi.
Ana   shu   bosqich   nuqtayi   nazaridan   ta’lim-tarbiya   ishlari   davomida   bolaning
hozirgi vaqtda qanday bilim, ko‘nikma, 
malakalar   va   xarakter   sifatlariga  ega   ekanligini   va  yaqin   kelajakda   qanday   bilim,
ko‘nikma,   malakalar   va   shaxsiy   sifatlarga   ega   bo‘la   olishini   hisobga   olish   juda
muhimdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida taraqqiyotning shu ikki bosqichini taqqoslab, 
bolaning shu paytdagi rivojlanish darajasi va kelajakdagi rivojlanish imkoniyatlari
haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning
hozirgi taraqqiyot bosqichini hisobga olib, kelajakda qanday taraqqiyot darajasiga
erishishini   tasavvur   eta   olishi   hamda   bolani   ana   shu   mo‘ljallangan   taraqqiyot
darajasiga erishtirish uchun aniq rejalarga ega bo‘lishi kerak. Ma’lumki, bolaning
har   bir   yosh   davri   ma’lum   bilimlarni   birmuncha   ortiq   darajada   o‘zlashtirishga
nisbatan sezgir bo‘ladi. Masalan, shunday yosh davrlari borki, bunda ta’lim-tarbiya
bolaning   psixik   taraqqiyotiga   ortiq   darajada   ta’sir   qiladi.   Ana   shunday   yosh
davrlarini   odatda   psixik   taraqqiyotning   senzitiv   davri   deb   yuritiladi.   O‘tkazilgan
tajribalardan   ma’lum   bo‘lishicha,   bolaning   maktabgacha   ta’lim   muassasasi
yoshidagi davri psixik taraqqiyotga nisbatan umuman senzitiv davr hisoblanadi.   Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati   
1.    M.G.  Davletshin,   Sh.  Do‘stmuhamedova,  M.  Mavlonov,  S.To‘ychiyeva.  Yosh
davrlari   va   pedagogik   psixologiya   (o‘quv-metodik   qo‘llanma).   TDPU,   –   T.:   –
2004.
2.    N.M. Aksarina. Go‘dak bolalar tarbiyasi. – Toshkent. Meditsina. – 1983.
3.  A.V. Petrovskiy va boshqalar. Umumiy psixologiya. – T.: «O‘qituvchi». – 1992.
4.   P.I. Ivanov. Umumiy psixologiya. – Toshkent. – 2007. 
5.    E. G‘oziyev. Psixologiya. Darslik. «O‘qituvchi» nashriyotmatbaa ijodiy uyi. –
Toshkent. – 2008. 
6.    V.M.   Karimova,   F.A.   Akramova.   Psixologiya.   Ma’ruzalar   matni.   FTDK,
DITAF – Toshkent. – 2000. 
7.   B.С. Муxина. Возрастная психология. – Москва. – 2008. 
8.  E. G‘oziyev. Psixologiya (pedagogik). – Toshkent. «O‘qituvchi» – 1994. 
9.     M. Vohidov. Bolalar psixologiyasi. – Toshkent. «O‘qituvchi» – 1882.
10.   Z. Nishanova. Bolalar psixodiagnostikasi. TDPU nashriyoti. Toshkent – 1998. 
11.    P.I.   Leventuyev,   A.A.   Asqarxo‘jayev,   V.E.   Chudnovskiy,   M.V.   Vohidov.
Bolalar psixologiyasi ocherklari. – Toshkent. «O‘qituvchi» nashriyoti. 
12.   Леонтев А.Н. Проблеми развития психики. – Москва. «Мысль». – 1965. 
Internet veb-sahifalari:
1. www.hozirgi.org   
2. Arxiv.uz 
3. www.ziyonet.uz

Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshining psixologik xususiyati Reja: 1. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari 2. Bolani bog’cha muhitiga psixologik moslashtirish usul va vositalalari 3. Bolalarda xotira, nutq, diqqat, idrok va boshqa shu kabi psixologik xususiyatlarning rivojlanishi. 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

1. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari Bolalarning psixik taraqqiyotlarida ma’lum notekislik mavjuddir. Bu notekislik, birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan muhit bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bolalarning individual imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, ayrim bolalar psixik taraqqiyot uchun ko‘p pog‘onali oilada o‘sib rivojlansalar, boshqa bir bolalar faqat ishlaydigan ota-onasidan tashqari hech kimi yo‘q oilada o‘sib rivojlanadilar. Biz bilamizki, bolaning psixik jihatdan rivojlanishida uning katta odamlar bilan qiladigan faol munosabatlari juda katta o‘rin egallaydi. Bola katta odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘zining son-sanoqsiz savollariga javob oladi. Binobarin, u yangi-yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik jihatdan rivojlanadi. Yuqoridagi birinchi holatda, ya’ni bola ko‘p kishilik (buvilik va buvalik) oilada o‘sib rivojlanganda tez-tez katta odamlar bilan faol munosabatga kirishib, ulardan ko‘p narsalarni bilib oladi. Ikkinchi holatda esa, o‘z holicha qolib ketib, psixik jihatdan yaxshi rivojlana olmaydi. Bu bolalarning notekis rivojlanishidagi tashqi sabablardir. Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni layoqatlar bilan tug‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan rivojlanishlariga ta’sir qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyatlar har xil bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, ya’ni turli sohalarga nisbatan bo‘lgan tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir xil bo‘lmaydi. Masalan, bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib tug‘ilsa, boshqa bir bola musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘iladi. Kimning qaysi sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘ilishi genetika fanining muhim muammolaridandir. O‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalarning psixik taraqqiyotlari nisbatan sekinlik bilan yuzaga kelsa, ya’ni uzoq muddat davomida jiddiy o‘zgarishlar sezilmasa, ayrim davrlarda bolalarning psixik taraqqiyotlari qandaydir sakrash yo‘li bilan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik taraqqiyotlaridagi ana shunday sakrash yo‘li bilan amalga oshiriladigan jadal davrni taraqqiyotning krizis (inqiroz) davri deb ataladi. Psixik taraqqiyotning ana shunday inqiroz davrlari bir xil sharoitda yashaydigan hamma bolalarda aniq bir yosh davrida maydonga keladi. Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida paydo bo‘ladigan inqiroz davrlari hamma bolalarni ma’lum yosh davrlariga ajratish

imkoniyatini beradi. Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan: 1. Podsholik davri – 5 yoshgacha. 2. Qullik davri – (6–12 yoshgacha). 3. O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan. Podsholik davrida bolaning yoshligi, uning aytganini kattalar tomonidan bajarilishi, bolaning «shirin» qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o‘ziga rom qilishi e’tiborga olinadi. 6–12 yoshgacha bo‘lgan davrda bolani xulq-atvorga o‘rgatish, kishilar bilan o‘zaro munosabatlarda qoida-qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga o‘rgatish, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, kattalarning mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan. Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish, ularni hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosabatlarda samimiy bo‘lish lozimligi nazarda tutiladi. Shveysariyalik psixolog J.Piaje bolaning aql-idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlariga qarab: 1) sensomotor intellekti (0–2 yoshgacha); 2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2–7 yoshgacha) 3) aniq operatsiyalar davri (7–12 yoshgacha); 4) rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi. Fransuz olimi, psixolog A. Valon bolaning jismoniy rivojlanishiga qarab (homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri – 0–6 oygacha, his-tuyg‘u davri – 6 oydan 1 yoshgacha; sensomotor davri – 1–3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri – 3–5 yoshgacha; farqlash davri – 6–11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri (12–18 yoshgacha) deb ajratgan. Bola tug‘ilgandan to maktabga borguncha bo‘lgan vaqt mobaynida o‘z boshidan uch xil o‘zgaruvchan sharoitni kechiradi. Bir yoshli davr, uch yoshli davr va yetti yoshli davr sharoiti bir-biridan keskin farq qiladi. L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai

rivojlanishni vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga tayanadi va bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi: 1. Chaqaloqlik davri – 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi. 2. Go‘daklik davri – 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, 1 yoshdagi inqiroz. 3. Ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz. 4. Maktabgacha davr – 3–7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz. 5. Maktab yoshi davri – 8–12 yoshgacha, 13 yoshdagi inqiroz. 6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri – 14–18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz. L.S.Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy mulohazalar J.Piaje (1896–1980-yy.) bildirgan. Biroq bu mulohazalarda ancha munozarali, bahsli o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish bosqichida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi. D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: 1) go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 yoshgacha, yetakchi faoliyati – bevosita emotsional muloqot; 2) ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha, yetakchi faoliyat – predmetlar bilan nozik harakatlar qilish; 3) maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha – rolli o‘yinlar; 4) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha – o‘qish; 5) kichik o‘smirlik davri – 10–15 yoshgacha – intim (dilkash, samimiy) muloqot; 6) katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri – 16–17 yoshgacha, yetakchi faoliyat – o‘qish, kasb tanlash davri. D.B. Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi. Bolalar psixologiyasi fanining yirik

namoyandasi A.A. Lyublinskaya inson kamolotini yosh davrlariga ajratishda pedagogik psixologiyaga faoliyat nuqtayi nazaridan yondashib quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi: 1) chaqaloqlik davri – tug‘ilgandan bir oylikkacha; 2) kichik maktabgacha davr – 1 oylikdan 1 yoshgacha; 3) maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr – 1 yoshdan 3 yoshgacha; 4) maktabgacha tarbiya davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha; 5) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 2436) o‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) – 13 yoshdan 15 yoshgacha; 7) katta maktab yoshi davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha. Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik olimlarning bola kamolotini davrlarga ajratish muammolari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Biz ularni ham fiziologik, ham psixologik taraqqiyoti, faoliyat turlarining o‘zgarib turishi va organizmdagi sodir bo‘ladigan xususiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davrlarga ajratishni tavsiya etamiz: 1) chaqaloqlik davri – 0–1 oygacha; 2) go‘daklik davri – 1 oydan 1 yoshgacha; 3) ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha; 4) maktabgacha yosh davri – 3–7 yoshgacha; 5) kichik maktab yoshi davri – 6–11 yoshgacha; 6) o‘smirlik davri – 12–15 yoshgacha; 7) ilk o‘spirinlik – kollej, litsey davri – 15–18 yoshgacha. Albatta bu davrlarni bir-biridan qat’iyan bir yosh bilan chegaralab qo‘yish mumkin emas. Bola o‘zining o‘sish davrida shu davrlarni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-biriga tabiiy bog‘lanib boradi va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim psixik tomonlarigina emas, balki uning umumiy ko‘rinishi, yuz tuzilishi ham boshqacha ko‘rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab ta’lim-tarbiya muassasalariga qabul qilinadi. Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata olmaydi. Chunki 2 ta bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir xil bo‘lsa ham, taraqqiyot