logo

MTT TARBIYALANUVILARIDA PSIXOLOGIK YETUKLIGINING O‘ZIGA XOS MEXANIZMLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

172.7119140625 KB
MTT TARBIYALANUVILARIDA  PSIXOLOGIK YETUKLIGINING
O‘ZIGA XOS MEXANIZMLARI  
MUNDARIJA:
Kirish......................................................................................................  3
I-bob.   Pcixologik   yetuklik   muammosining   psixologiyada   ilmiy-nazariy
talqini  ............................................................................................................  8
1.1.   Pcixologik   yetuklik   muammosining   psixologik-pedagogik   tadqiqotlarda
ilmiy-nazariy o’rganilganligi............................................................................ 8
1.2.   Pcixologik   yetuklik   komponentlari   va   ularga   ta’sir   etuvchi   ijtimoiy-
psixologik omillar........................................................................................... 17
1.3. Tadqiqotning metodologiyasi va qo’llaniladigan metodlar ............... 31
Birinchi bob  bo’yicha xulosa.................................................................. 34
II-bob.   MTT   tarbiyalanuvchilarida   pcixologik   yetukligining   shaxsiy
sifatlarga bog’liqligini empirik jihatdan o’rganish natijalari ..................... 36
2.1.   MTT   tarbiyalanuvchilari   pcixologik   yetukligini   tanqidiy   tafakkur,
kreativlik va shaxsiy sifatlarga bog’liqligi .......................................................... 36
2.2. MTT tarbiyalanuvchilari  pcixologik yetukligini xulq-atvor  va emosional
reaksiyalarning samarali shakllari ................................................................... 44
2.3.   MTT   tarbiyalanuvchilari   psixologik   yetuklik   komponentlarini
rivojlantirishning samaradorligi....................................................................... 52
II – bob bo’yicha xulosalar....................................................................  61
Umumiy xulosalar................................................................................... 62
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati............................................................ 64
1 KIRISh
Muammoning   dolzarbligi.   Yosh   avlod   tarbiyasi   hamma   zamonlarda   ham
muhim   va   dolzarb   ahamiyatga   ega   bo’lib   kelgan.   Ammo   biz   yashayotgan   XXI
asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. 
         Mustaqil O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ishlarning asosini
“O’zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi”da   e’tirof   etilgan   insonparvar,
demokratik,   huquqiy   davlat   va   jamiyatni     barpo   etish,   shuningdek,   ijtimoiy-
iqtisodiy   hamda   madaniy   rivojlanishning   yuqori   bosqichlariga   ko’tarish,   jahon
hamjamiyati   safidan   munosib   o’rin   egallashga   yo’naltirilgan   ezgu   maqsadlarni
amalga oshirish yotadi.
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga
ilmiy   bilimlar   asosini   puxta   hamda   sifatli   o’rgatish,   keng   dunyoqarash     hamda
tafakkur ko’lamini dunyo bilan tenglasha oladigan darajada hosil qilish, ma’naviy-
axloqiy   sifatlarni   shakllantirish   borasidagi   ta’lim   sifatini   samarali   tashkil   etishga
bog’liqdir.   Bu   borada   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev
yoshlar   ta’lim-tarbiyasi   bo’yicha   quyidagi   fikrlarni   aytadilar:   “Oldimizda
yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash
va   qayta   tayyorlash   bo’yicha   murakkab   vazifalar   turibdi.   «Tarbiya   qancha
mukammal   bo’lsa,   xalq   shuncha   baxtli   yashaydi»,   deydi   donishmandlar.   Tarbiya
mukammal bo’lishi uchun esa bu masalada bo’shliq paydo bo’lishiga mutlaqo yo’l
qo’yib bo’lmaydi.”[1] 
  Yetuklik tushunchasi  qadim-qadim  zamonlardan  ta’lim-tarbiya jarayonining
asosiy   masalalaridan   bo’lgan.   Psixologik   jihatdan   yetuk   insonlar   har   qaysi   davlat
va   jamiyatning   asosiy   tayanchi   hamda   harakatlantiruvchi   kuchi   ekan,   zamonaviy
ijtimoiy-gumanitar   bilim   sohasida   ushbu   muammoga   jiddiy   e’tibor   qaratilishi
tabiiydir. Ushbu e’tiborning natijasi sifatida hozirgacha fanda mazkur yo’nalishda
salmoqli hajmda ilmiy bilim to’plangan.
Jumladan,   maxsus   tadqiqotlar   psixologik   yetuklik   muammosining   asosiy
masalasi   –   bunday   yetuklikning   ko’rsatkichlari   hamda   mezonlarini   aniqlashga
yo’naltirilgan.   Xususan,   bu   yo’nalishda   o’tkazilgan   tadqiqotlarda   psixologik
2 yetuklikning   shakllanishida   shaxsning   o’z   maqsadlariga   intiluvchanligi   muhim
ahamiyatga   egaligi   asoslangan   ( Glavatskix   M.M.,   2015 ),   manipulyativ   ta’sir
o’tkazishga va ta’magirlikka moyillik shaxs psixologik jihatdan yetuk emasligining
yaqqol   ko’rsatkichi   ekanligi   isbotlangan   ( Brantova   F.S. ,   Birjeva   M.A.2014 ),
psixologik   yetuklikning   muhim   ko’rsatkichlari   sifatida   interiorizasiya   va   vaziyat
talabidan   tashqariga   chiquvchi   faollikning   namoyon   bo’lish   xususiyatlari
tekshirilgan   ( Leonov   N.   I.,   Glavatskix   M.   M.,   2014 ),   psixologik   yetuklik
shakllanishida   mas’uliyat   rivojlanishining   ahamiyati   ochib   berilgan   ( Pankina
Ye.V.2013 ), ijtimoiy-psixologik yetuklik darajasi  odam o’zini mansub deb bilgan
guruhlarning   soni   va   kengligiga   bog’liqligi   o’z   isbotini   topgan   (Gudzovskaya,
A.A.,   1998),   kasbning   psixologik   talablarini   bajarishga   tayyorlikning   psixologik
yetuklik   rivojlanishidagi   ahamiyati   yoritilgan   (Stepanova   T.V.,   1998),   o’quv
guruhining   yetuklik   darajasi   uning   a’zolari   psixologik   jihatdan   yetilishiga   jiddiy
ta’sir ko’rsatishi isbotlangan (Yeremina A.N.2011).  
Mazkur tadqiqot ishlarida mualliflar tomonidan shaxs psixologik yetukligini
tashxis   qilishning   turli   xil   uslubiy   vositalari   taklif   etiladi.   Biroq   bu
psixodiagnostika   vositalari   muayyan   psixologik   kategoriyalarga   mo’ljal   olishi,
ilmiy-psixologik   nazariyalarga   asoslangan   ekanligi   bilan   tavsiflanadi.   Vaholanki,
bevosita   jamiyat   hayotining   turli   jabhalarida   odamlarning   tegishli   shaxs   sifatlari
ilmiy kategoriyalar mazmuni bilan emas, balki ijtimoiy ahamiyatli hodisalar bilan
bilan   bog’langan   holda   tushuniladi   va   talqin   etiladi.   Shunday   ekan,   yoshlarda
psixologik   yetuklik   ko’rsatkichlarini   ham   ilmiy   asoslangan   vositalar   yordamida,
ammo   fanda   qabul   qilingan   tushuncha   va   mezonlar   asosida   emas,   balki   ijtimoiy-
siyosiy   tasavvurlar   doirasida   tekshirib   olinadigan   ma’lumotlardan   amaliyotda
to’g’ridan-to’g’ri foydalanish imkoniyatini beradi. 
Yoshlarda   rivojlanishi   talab   qilinayotgan   asosiy   psixologik   yetuklik
ko’rsatkichlariga   birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimovning     “Yuksak   ma’naviyat   –
yengilmas kuch” asarida aniq ko’rsatib berilgan. Bular jumlasiga, masalan, moddiy
va   ma’naviy   hayot   uyg’unligiga   intilish,   tarixiy   o’zlikni   anglash,   g’oyaga   qarshi
g’oya   bilan   harakat   qilishga   tayyorlik,   ma’naviy   jasoratga   qodirlik,   ma’naviy
3 tahdidga   bardoshlilik,   milliy   g’oyaning   asosiy   tarkibiy   qismlarini   tashkil   etuvchi
g’oyalarga sodiqlik kabilarni kiritish mumkin. Mazkur  tadqiqot loyihasining bosh
g’oyasi   –   birinchi   Prezidentimizning   mazkur   asarlarida   ko’rsatilgan   psixologik
yetuklik   ko’rsatkichlarining   rivojlanish   darajasini   ilmiy   asoslangan   darajada
tekshirish   uchun   xizmat   qiluvchi   maxsus   tashxis   vositalari   kompleksini   ishlab
chiqishdan iborat. 
Muammoning o’rganilganlik darajasi:   Pcixologik  yetuklikning  ijtimoiy -
psixilogik     asoslari   to’g’risida   Rossiya   faylasuf,   pedagog,   psixolog   olimlari
V.G.Belinskiy,   L.N.Tolstoy,   V.S.Suxomlinskiy,   K.D.Ushinskiy,   L.S.Vigotskiy,
S.L.Rubinshteyn, P.K.Platonov, M.I.Dyachenko, L.A.Kandibovich, B.G.Ananyev,
I.S.Kon,   A.V.Dmitriyev,   N.F.Talizina,   N.V.Kuzmina,   A.K.Markova,   L.M.Mitina,
N.D.Levitov,   T.Sherbakova,   M.V.Dubrovina     kabilarning   ham   ilmiy   ishlari
e’tiborga   molikdir.   Rus   psixologlari   B.G.   Ananyev,   A.G.   Asmolov,   C.JI.
Rubinshteyn,   A.V.   Brushlinskiy,   B.F.   Lomov,   V.D.   Shadrikov,   A.V.
Petrovskiylarning  tadqiqotlarida  shaxs   va faoliyat  birligiga,    B.G.  Ananyev,  K.A.
Abulxanova-Slavskaya,   A.A.   Bodalev,   A.A.   Derkach,   Ye.A.   Klimov,   N.V.
Kuzmina,   E.Yu.   Zeyer,   Z.I.   Ryabikinalar   professionalning   akmeologik
rivojlanishiga,  S.L. Rubinshteyn,  K.A. Abulxanova-Slavskaya,  V.P. Zinchenkolar
shaxsga   faol   faoliyatni   amalga   oshiruvchi   subyekt   sifatida,     JI.A.   Petrovskaya,
A.K.   Markova,   JI.M.   Mitina,   A   V.   Brushlinskiy,   A.A.   Bodalevlar,N.D.Levitov,
T.Sherbakova,   A.Gutko   M.V.Dubrovinalar         psixologik   kompetensiya
masalalariga alohida e’tibor qaratadilar.
  MTM   tarbiyalanuvchilarida   pcixologik     yetuklikning     ijtimoiy   -   psixilogik
asoslari   mavzusida   turli   qirralarini   tadqiq   qilishi   zamonaviy   muammolardan
hisoblanadi.
Tadqiqotning   maqsadi   –   MTM   tarbiyalanuvchilarida   pcixologik
yetuklikning   ijtimoiy- psixilogik   omillar ta’sirini nazariy jihatdan ishlab chiqish
va amalda sinab ko’rish.
Tadqiqotning vazifalari-
4 1) Ilmiy tadqiqotlarda psixologik yetuklik ko’rsatkichlarini ajratish va ilmiy
tahlil etish;
2)   ajratib   olingan   psixologik   yetuklik   ko’rsatkichlarini   yoshlarda   o’rganish
uchun xizmat qiluvchi psixodiagnostika vositalari ishlab chiqish;
3)   psixologik   yetuklik   ko’rsatkichlarini   yoshlarda   o’rganish   uchun   xizmat
qiluvchi   ilmiy   asoslangan   psixodiagnostika   vositalarini   amaliyotda   sinovdan
o’tkazish;
4)   bolalarda   psixologik   yetuklik   ko’rsatkichlarini   o’rganish   uchun   xizmat
qiluvchi  psixodiagnostika  vositalari  batareyasini  amaliy ilmiy-uslubiy risolalar  va
umumiy to’plamda jamlash hamda amaliyotda foydalanish uchun taqdim etish;
Tadqiqotning   obyekti   –   oliy   o’quv   yurtlari   MTM   tarbiyalanuvchilarida
pcixologik   yetuklikning   ijtimoiy - psixologik   aspektlarini rivojlantirish jarayoni
va uning dinamikasi.
  Tadqiqot   predmeti   –   MTM   tarbiyalanuvchilarida   pcixologik   yetuklikni
rivojlantirishning ijtimoiy – psixologik sharoitlari.
 Kutilayotgan ilmiy yangiliklar:
1. Tadqiqot ishida bolalarning pcixologik   yetuklikning   ijtimoiy - psixilogik
aspektlarini tarixiy manbalarda, milliy meroslarda ifodalanishi yoritildi.
2.  Pcixologik     yetuklikni       rivojlantirish   bo’yicha   xorijiy  davlatlar   tajribalari
o’rganiladi   va   bolalarining   tarbiya   tizimiga   qo’llanilishi   ko’lami,     mazmuni,
ko’rinishlari asoslandi.
3. Bolalarning   pcixologik   yetuklikni   rivojlantirishning ijtimoiy, psixologik,
jihatdan   o’ziga   xos   xususiyatlari   nazariy   jihatdan   ishlab   chiqiladi   va   amaliy
tajribalarning dinamikasi kuzatildi.
4.   Bolalarning     pcixologik     yetuklikni   shakllantirish   va   rivojlantirish
MTMdagi   o’quv-tarbiyaviy  jarayonning  o’rni,  tuzilishi   aniqlanadi.   Maxsus   o’quv
kurslar   ishlab   chiqildi   va   amaliyotda   qo’llanilishga   mos   yoki   mos   emasligi
o’rganildi.
5 5. Bolalarning  pcixologik  yetukligini  shakllantirish va rivojlantirishda o’quv
tarbiyaviy   –   ommaviy   tadbirlar   va   psixotrening   dasturlarining   samarali   shakllari
aniqlanadi va belgilab berildi.
Tadqiqot   metodlari .   Dissertasion   ishda   ilgari   surilgan   gepotezani   amalga
oshirishda   kompleks   metodlar   tanlab   olingan   bo’lib,   bular:   me’yoriy   xujjatlar
taxlili,   ekspert   baholash,   psixologik   testlar,   kuzatuv,   suhbat,   anketa,   so’rovnoma,
olingan natijalarni statistik qayta ishlash. Empirik tadqiqot metodlari: 
-S. S. Stepanovning «Ijtimoiy va psixologik yoshni aniqlash»  metodikasi;
- V.V.Stolin va S.R. Pantileyev ning o’z-o’ziga munosabat test-so’rovnomasi;
       - Ijtimoiy-kommunikativ kompetentlik so’rovnomasi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqotning   natijalari     shaxs   psixologiyasi,   kasb   psixologiyasi,   muomala
psixologiyasi,   hamkorlik   psixologiyasi,   ijtimoiy   psixologiya   sohalarini
pedagoglarni kasbiy tayyorgarligining o’ziga xos psixologik xususiyatlari bo’yicha
nazariy materiallar bilan boyitishga xizmat qiladi. Olingan empirik ma’lumotlar va
izlanishlarda   ilgari   surilgan   g’oyalar,   nazariy   mushohadalar,   ilmiy   tahlillar   va
xulosalar   bola-yoshlarning     pcixologik     yetuklikni     rivojlantirish
  qonuniyatlari,
mexanizmlari,   mazkur   jarayonda   yuzaga   keladigan   muammolar   va   ularning
shakllanishiga   ta’sir   etuvchi   omillarni   aniqlashga,   o’z   vaqtida   ijobiy   hal   qilishga,
bola yoshlar psixologik yetuklik istiqbollarini belgilashga yordam beradi.
Tadqiqot   natijalari   asosida   ishlab   chiqilgan   xulosalar   hamda   tavsiyalardan
oliy ta’lim tizimi jarayonida yuzaga keladigan muammolarni yechishning optimal
va   ahamiyatli   usullarini   shakllantirishda,   bu   boradagi   dolzarb   masalalarini
yechishga   yo’naltirilgan   ijtimoiy-psixologik   treninglar   hamda   psixologik
maslahatlar   tashkil   etishda,   oliy   ta’lim   tizimida   bola-yoshlarga   ta’lim   berish,
pedagogik   psixologiya,   yosh   davrlari   psixologiyasi   doir   o’quv,   ilmiy-uslubiy
qo’llanmalar yaratishda samarali foydalanish mumkin.
6 I-BOB. P C IXOLOGIK YeTUKLI K  MUAMMOSINING PSIXOLOGI YaDA
ILMIY-NAZARIY  TAL Q INI
1.1.   Pcixologik   yetuklik   muammosining   psixologik-pedagogik
tadqiqotlarda ilmiy-nazariy o’rganilganligi.
Shaxs   bilan   bog’liq   tushunchalar   qatorida   uning   jismoniy,   aqliy,   ijtimoiy,
ma’naviy,   falsafiy   dunyosi   bilan   bevosita   bog’liq   bo’lgan   bir   tushuncha   bor   bu-
yetuklik   tushunchasi.   Yetuklik   tushunchasi   V.I.Dalning   rus   tili   izohli   lug’atida   “
yetilish, pishish, uylab, fikrlab ish ko’rish davri” deb ifodalangan
A.V.Petrovskiy   va   M.G.Yaroshevskiyning   “Psixologiya”     lug’atida   berilgan
izohda   yetuklik-   bu   ontegenezning   uzoq   davom   etadigan   davri   bo’lib,   shaxsning
ma’naviy,   intellektual   va   jismoniy   yetilishining   yuqori   rivojlaganligi   bilan
xarakterlanadi.   Ushbu   izohda   yetuklik   yosh   davrlari   bilan   bevosita   bog’lab
berilgan bo’lib, unda yoshlik, yetilish, asl yetuklik ta’kidlanadi. 
Ushbu   tushunchaga   Artur   Reberning   “Katta   psixologik   izohli   lug’ati”da
quyidagicha   izoh   beriladi.   “Yetuklik-   ulg’ayish,   bo’y   o’sishinig   tugashi,   yetilish
davrining   yakunlanishi.   Ushub   termin   ko’p   hollarda   yetilish   turini   aniqlash
maqsadida   sifat   bilan   qo’llaniladi.   Masalan,   to’liq   yetuklik,   intellektual   yetuklik,
emosional   yetuklik   va   x.k.   Ko’p   hollarda   bu   tushuncha   odamlarni   ijtimoiy
hayotdagi   norma   va   talablarni   qay   darajada   namoyon   qilishlarini   baholashda
qo’llaniladi. 
Fransuz   psixologi   E.Klapared   (1926)   yetuklikni   psixik     “toshday   qotish”,
rivojlanishning to’xtashi deb izohlaydi. 
Psixologiya   fanlari   doktori,   professor   G’.B.Shoumarov   yetuklik
tushunchasiga   “to’la   yetuklik”   tushunchasi   orqali   izoh   beradi.   “Agar   odamni   u
yoki   bu   faoliyatga   “to’la   yetukligi”haqida   gapiradigan   bo’linsa,   demak   bu   uning
ma’lum   bir   chegaraga   erishgani   va   undan   ortiq   rivojlanishi   mumkin   emasligini
7 bildiradi. “yetuklik” haqida gapirilganda bu tushunchadan ma’lum bir umum qabul
qilngan   standart,   o’rtacha   me’yor,   ma’lum   bir   shartli   “o’lchov   birligi”,
ko’rsatkichlar   va   shu   kabilar   sifatidagina   foydalaniladi.   Shu   nuqtai   nazardan
olganda   “yetuklik”-   rivojlanishning   ma’lum   bir   bosqichi,   fazasi,   chegarasiga
yetilganlikning   sifatiy   va   miqdoriy   xarakteristitkasini   ma’lum   bir   aniqlikda
belgilab beruvchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi.” 
Zamonaviy   psixologiyada   bugungi   kunda   etuklik   tushunchasi   tez-tez
qo’llanilmoqda.   Bu   tushuncha   barcha   yosh   davrlariga   nisbatan   qo’llanilib,   uning
mazmun mohiyati ochish muhim ahamiyatga ega.
Yetuklik bu nima? Bu jismoniy yoshgina emas, balki bu ijtimoiy, emosional,
ma’naviy   va   intellektual   taraqqiyotdir.   Yetuklik   avvalom   bor,   sub’ktiv   tushuncha
bo’lib,   yetuklikni   belgilovchi   mezonlargina   emas,   balki   shaxsning   o’zini   shu
tushunchaga   va   shu   holatga   bo’lgan   munosabati   ham   muhimdir.   Psixologiyada
yetuklik   tushunchasi   ancha   keng   mushohada   qilishni   talab   etadigan   tushuncha.
Zero   bu   tushuncha   individ,   shaxs   va   individuallik   tushunchalari   bilan   bevosita
bog’liq.   S.   L.   Rubinshteyn ning   fikricha,   bolaning   yetukligi   tashqi   va   ichki
faktorlarga ega. U shaxs  taraqqiyoti  turmush  tarzi, unga bo’lgan  e’tibor  va muhit
bilan belgilanadi. Shu bilan birga bolaning o’z-o’zini anglashi, o’z-o’zini taraqqiy
etishi   va   faoliyati           ularning   turmush   tarzining   o’zgarishiga   qarab   o’zgaradi   va
taraqqiyotning yangi bosqichlariga zamin yaratadi.  
Yetuklik   tushunchasi   va   muammosi   qator   yillar   davomida   akademik
B.G.Ananyev   va   uning   shogirdlari   tomonidan   o’rganilgan.   B.G.Ananyevning
fikricha,   yetuklik   mezonlarini   ishlab   chiqish   va   taxlilida   “yetuklik”   tushunchasi
“katta bo’lish”, “kamol topish” tushunchalari bilan uyg’unlashib sinonimik qatorni
tashkil   etishi   mumkni.   Lekin   aslida,   subyektiv   faoliyat   va   shaxs   haqida   gap
ketganda   ular,   albatta,   mazmun  va   mohiyat   jihatdan   bir-biridan   farq   qiladi.  Katta
bo’lib   yetilish   bu   hali   yetuklik   emas. U   insonning   yetukligiga   bevosita   bog’liq
xarakterli   xususiyatlarni   ta’kidlab   o’tadi.   Bular:   a)   shaxsiy   va   funksional
o’zgarishlarning   geteroxronligi;   b)   tarixiy   o’zgarishlar   sharoitida   yosh   va
8 individual o’zgaruvchanlik.  B. G. Ananyevning fikricha, inson o’quv faoliyatidan
mehnat   faoliyatiga   o’tganda   yetuklik     boshlanib,   u   fuqarolik,   aqliy   va   axloqiy
yetuklik formalarida namoyon bo’ladi. 
Buni yosh davrilari bilan bog’ligan holda insonning individi sifatida yetilishi
(jismoniy   yetuklik),   shaxs   sifatida   yetukligi   (fuqarolik   yetuklik),   olamni   anglash
subyekti   sifatida   (aqliy   yetuklik)   va   mehnat   faoliyatiga   yo’nalganlik   (mexnatga
layoqatlilik)   bir   yosh   davrida   namoyon   bo’lmaydi.   B.   G.   Ananyevning   fikricha.
Insonning   umumsomatik   va   jinsiy   yetukligi   biologik     kriteriylar   bilan,   aqliy
taraqqiyot   va   aqliy   yetuklik   aniq   ta’lim   tizimi   va   tarixiy   davr   bilan,   fuqarolik
yetukligi   xuquqiy   savodxonlik,   yuridik   maqomga   ega   bo’lish,   huquq   va   burchlar
bilan, shaxsiy yetuklik milliy urf-odatlar, muhit, iqtisodiy-siyosiy sharoitga, kasbiy
yetuklik aqliy va jismoniy yetuklikka bevosita bog’liq.
Yetuklikning   geteroxronligi   barcha   formasiyalarda   saqlanib   qolishi
ta’kilanadi.   B.G.Ananyev   va   uning   shogirdlari   tomonidan   shaxsning   umumiy
somatik,   jinsiy   va   psixologik   yetilish     geteroxronligi   o’rganilgan   bo’lib,   insonni
yoshi ulg’aygansari getexronlik yaqqol namoyon bo’lib, o’rta va yoshroq davrlarda
mos kelmaslik kuzatilar ekan.
    Bugungi   kunda   yetuklik   tushunchasi   inson   turli   yosh   davrlariga
xarakteristika   berganda   qo’llanilmoqda.   XX   asrning   60-70   yillarida   yetuklik
tushunchasi   “o’rta   yosh”,   “yetilish”   deb   talqin   qilingan.    
Dj. Birren tadqiqotlarida “yetuklik” insonning qarilik davri bilan uyg’unlashadi.
U yetuklikni quyidagi davralarga bo’ladi: o’spirinlik — 12-17 yosh; erta yetuklik
— 17-25 yosh; yetuklik — 25-50 yosh; kech yetuklik   — 50-75 yosh; qarilik —
75   yosh.                                                        
          Aynan   o’spirinlikni   yetuklikning   boshlang’ich   davri   ekanligi   haqida
ta’kidlarni  A. K. Bolotova, T. Z. Kozlova, I. S. Konlar ham aytib o’tishgan.
Pedagogik   psixologiyaning   taniqli   namoyandasi   V.A.Kruteskiy   insonning
ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan  iboratligini ta’kidlaydi:
1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan 10 kunlikkacha);
2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha);
9 3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
4. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha);
5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha);
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha);
7. O’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha);
8. Ilk   o’spirinlik   yoki   katta   maktab   yoshi   (15   yoshdan   18   yoshgacha).
Yuqoridagi   har   ikkala   tasnif   puxtaligidan,   ularga   qanday
nuqtai   nazardan   yondashilganligidan   qatiy   nazar   inson   kamologini   to’la
ifodalab berishga ojizlik qiladi.
Mazkur  nazariyalar  insonning  shaxs  sifatida shakllanishi   bosqichlari haqida
ko’proq ma’lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik,  yetuklik, qarilik davrlarining
xususiyatlari,   qonuniyatlari   to’g’risida   nazariy   va   amaliy   ma’lumotlar
yetishmaydi.   Shunga   qaramay   ular   o’rta   maktab   pedagogik   psixologiya   fani
uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi   zamon   psixologiyasining   yirik   vakili   AV.Petrovskiy   inson
kamolotiga,   shaxsning   tarkib   topishiga   ijgimoiy-psixologik   nuqtai   nazardan
yondashib,   shaxsning   shakllanishini   quyidagi   bosqichlarda   amalga   oshishini
ta’kidlaydi:
1. Ilk       bolalik       (maktabgacha       tarbiya       yoshidan       oldingi       davr)       -
tug’ilganidan 3 yoshgacha.
2. Bog’cha davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha,
3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha.
4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha.
5. Yuqori   sinf   o’quvchisi   (ilk   o’spirinlik)   davri   -   15   yoshdan   17
yoshgacha.
A.V.Petrovskiyning   tasnifi   mukammalmas,   unda   kamolotning   oraliq
bosqichlarini,   ularning   o’ziga   xos   xususiyatlarini   ifodalamaydi.   Vaholanki,
o’sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi  yoki aksincha, qanday bo’lishidan qat’iy
nazar,   har   ikkala   yo’nalishning   ham   oraliq   jabhalari   bo’lishi   ehtimoldan   holi
emas.
10 Ma’lumki,   har   bir   yosh   davr,   o’ziga   xos   xususiyatlar   bilan   belgilanadi,
bularga:   oilada   va   maktabda   bola   holatining   o’zgarishi,   ta’lim   va   tarbiya
shakllarining   o’zgarishi   hamda   bolaning   yangi   faoliyat   turlari,   organizmdagi
ayrim xususiyatlarning yetilishi  singari jarayonlarni kiritish mumkin.
Ko’p hollarda ko’plab adabiyotlarda “yetuk shaxs” tushunchasi komillik bilan
bog’lab kelingan. Rus psixologlari yetuk shaxs xususiyatlariga faollik, yunalganlik,
anglanilganlik va xulq-atvor, atrofga bo’lgan munosabat, shaxslararo munosabatlar,
ustanovka va shaxs dispozisiyalarini kiritishgan.
Yetuklik   qadimiy   greklar   tomonidan   ham   e’tirof   etilgan.   Qadimiy   greklar
yetuklikni yosh va ruhiy holatidan kelib chiqib “akme”, ya’ni  cho’qqi, nimagadir
erishishning   yuqori   darajasi   deb   izohlangan.   Bugun   zamonaviy   pedagogika   va
psixologiyada   “akme”   tushunchasi   qo’llanilib,   ilk   bor   ilmiy   jihatdan
N.N.Rыbnikov (1928) “akmeologiya” terminini kiritib, yetuklikni inson hayotining
eng maqsuldor, ijodkor davri sifatida ta’riflaydi. 
Keyinchalik   akme   tushunchasi   A.A.Bodalev   tomonidan   yanada   kengroq
taxlil   etilib,   akme   –   insoniyat   imkoniyatlari   va   kuchining   ifodalanishi   ijtimoiy,
axloqiy,   kasbiy,   mental   yetukligi   deb   izohlanadi.   A.   A.   Bodalevning
ta’kidlashicha,   akme-   bu   avvalom   bor   shaxsiy   taraqqiyot,   insonning   biror   bir
vaziyat   va   xatti-harakatda   jiddiy   o’z   imkoniyatlarini   namoyon   qilishi,   yuqori
rivojlangan   shaxs   sifatida   jamiyat   va   madaniy   rivojlanishi   qadriyatlarini   o’z
qadriyatlari sifatida namoyon qilishdir. Shu nuqtai nazardan ulg’ayish va yetuklik
sinonim va bir xil tushunchalar emasligi u tomnidan taxlil etiladi. Inson ulg’ayishi
mumkin,   lekin   yetuklik   darajasiga   yetmaydi.   «   Agar   inson   turli   vaziyatlarda
umuminsoniy   normalar   va   qadriyatlar   asosida   xatti-harakat   qilsa   uni   dadil   yetuk
shaxs   deya   olamiz.   Lekin   boshqa   bir   vaziyatda   bir   norma   va   talabga   rioya   qilib,
boshqa bir vaziyatda unga rioya qilmasa va qabul etmasa, demak u qisman “yetuk”
deya olamiz”-deydi u. 
Akmeologiya   (akme)   -   yunoncha   oliy   nuqta,   o’tkir,   gullagan,   yetuk,   eng
yaxshi davr degan ma’nolarni bildiradi.
11 B.G.   Ananyev,   N.V.Kuzmina,   A.A.Derkach   va   boshqalar   kasbiy
faoliyatning     samarasini   oshirish   bilan   yo’g’rilgan   inson   hayotining   eng   ijodiy
davrlari,   yetuklik   bosqichlari   to’g’risida   fikr   yuritadilar.   Ular   yetuk   insonlarning
professionalizmi,   shaxs   rivojlanishining   gullagan   davridagi   psixik   qonuniyatlari,
professionalizmga   yetishdagi   balandliklardan   o’ta   olish   masalalari   bilan
shug’ullanganlar. 
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning
uzoq ijodiy umr ko’rishiga olib keladigan subyektiv va obyektiv omillarini asoslab
berdi.   Obyektiv   omillarga   olingan   ta’limning   sifatini,   subyektiv   omillari   esa
insonning   iste’dodi   va   qobiliyatini,   ishlab   chiqarish   vazifalarini   samarali   hal   qila
olishidagi mas’uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak   professionalizmga   erishishning   omillari   sifatida   quyidagilar
ko’rsatiladi:
 iste’dod nishonalari;
 uquvlilik;
 qobiliyat;
 iste’dod;
 oila tarbiyasi sharoiti;
 o’quv yurti;
 o’z xatti-harakati.
Akmeologiya   ilmiy   nuqtai   nazardan   professionalizm   va   ijod   munosabatida
olib qaraladi.  Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
 ijodiy individuallik;
 o’zining o’sish va takomillashish jarayoni;
 o’z imkoniyatlarini  amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
O’qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
 intellektual - ijodiy tashabbus;
 bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;
 ziddiyatlarga   nisbatan   xushyorlik,   ijodga   tanqidiy   yondashuv,   vujudan
yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;
12  axborotlarga   tashnalik,   muammolardagi   g’ayri   odatiylikka   va   yangilikka
bo’lgan   his-tuyg’u,   professionalizm,   bilishga   bo’lgan   chanqoqlik
(N.V.Vishnekova).
V.A.Slastenin   ijodiy   individualizmni   ro’yobga   chiqarishning   asosiy
vazifalarini quyidagicha belgilaydi:
 ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;
  pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;
 samarali   va   ahamiyatli   meyorlarni   belgilaydigan   yangi   texnologiyalarni
topish;
 shaxsning   o’z   taqdirini   o’zi   belgilash   va   o’zini   o’zi   namoyon   qila   olishi
asosida   o’z   rivojlanishini   ta’minlash   Dispozision   nazariya   muallifi   G.   Olportning
fikricha insonning yetilishi doimiy, uzluksiz butun umr davom etadigan jarayondir.
U   yetuk   va   yetuk   bo’lmagan   shaxsni   ajratadi.   Yetuk   shaxs   xatti-harakatlari
avtonom   va   anglanilgan   jarayonlar   motivga   ega.   Yetuk   bo’lmagan   shaxsda
motivlar   anglanilmagan,   bolalik   xotiralariga   bog’liq.   Olportu   psixologik   yetuk
shaxsning olti jihatlarini ta’kidlaydi: 
1.   Yetuk   shaxs   “Men”i   keng   imkoniyatlarga   ega.   Yetuk   shaxs   o’z-o’ziga
tashqaridan   qaray   oladi.   ular   mehnat,   oilaviy   va   ijtimoiy   munosabatlarda
faoldirlar.Ularning   xobbisi   bor,   turli   masalalarga   qiziqadilar   va   o’z-o’zlariga
bolgan qiziqish mavjud. 
2.   Yetuk   shaxs   iliq   insoniy   munosabatlarga   moyil.   Ular   do’stlik   va
hamdardlik   munosabatlarini   o’rnata   oladilar.   Do’stlik   munosabatlari   oila,   yaqin
insonlarga  nisbatan   ifodalansa,  hamdardlik  tolerantlikda,  shu   odamni   qabul  qilish
va unga hurmat munosabatini bildirishda namoyon bo’ladi. 
3.   Yetuk   shaxs   o’ziga   tashqaridan   qaray   oladi,   o’z   emosiyalarini   jilovlay
oladilar, atrofdagilarni bezovta qilishdan o’zini tiyadi
4.   Yetuk   shaxs   vziyat   yoki   holatni   qanday   bo’lsa   shunday   ko’radi   va   qabul
qiladi.   Ular   real   hayotni   to’g’ri   qabul   qiladilar,   faktlarni   o’zgartirmaydilar,   o’z
13 tajribalariga   suyanadilar.   Zarur   vaziyatda   o’z   xoxish   va   rejalarini   orqaga   sura
oladilar.
5. Yetuk shaxslarda o’z-o’zini bilish va real yumor xissi mavjud. Olportning
fikricha, yumor- bu eng sevimli narsa ustidan kulish va shu bilan birga uni sevish
va yoqtirishdan to’xtamaslikdir. 
6.   Yetuk   insonda   xayotiy   falsafa   mavjud.   U   olamni   to’liq   ko’rinishini
tasavvur qiladi va uzviy ketma-ketlikka rioya qiladi.
Yetuk   shaxs   tushunchasi   A.Adler   izlanishlarida   ham   o’z   aksini   topgan.   U
yetuklikni umid berish, qoniqish,   altrustik fazilatlarni namoyon qilish, o’z-o’rnini
bilish,   ijodiy   potensialning   ifodalanishi   deb   izohlaydi.   Olimning   fikricha,   yetuk
shaxs   namuna   etalon   bo’lib,   unda   boshqalar   bilan   muloqotga   kirishi   uchun   eng
yaxshi fazilatlar mujassamlashgandir.
Shaxsning   yetuklik   muammosi   nafaqat   akmeologiya,   balki   taraqqiyot
psixologiyasi,   shaxs   psixologiyasi   negizida   ham   o’rganilgan.   Bu   nuqtai   nazardan
xorij   va  rus   psixologlaridan   E.   Eriksona ,  G.   Olporta,   K.   Rodjersa,   F.   Perlza ,  B.G.
Ananyeva,   L.I.   Bojovich,   D.I.   Feldshteyna ,   P.M.   Yakobsona,   K.A.   Abulxanovoy-
Slavskoy,   I.S.   Kona,   B.V.   Zeygarnik ,   B.S.   Bratusya,   L.I.   Ansыferovoy,
A.A.   Bodaleva ,   A.A.   Derkacha,   V.M.   Rusalova,   A.A.   Reana ,   D.A.   Leontyeva,
Ye.L.   Dosenkolar   yetuk   shaxsning   shakllanishi   va   rivojlanishi   muammolarini
o’rganishgan.
Ilmiy   tadqiqotimizining   maqsadi   bola-yoshlarda   pcixologik     yetuklikning
ijtimoiy- psixologik   tomonlarini nazariy jihatlarini ishlab chiqish va amalda sinab
ko’rish   bo’lganligi   sababli   ushbu   yo’nalishda   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   ham
taxlil qilindi. 
Xususan,   bolalarning   oliy   ta’limda   o’qishga   motivasion   tayyorligi
muammolari   bilan   A.K.   Baymetova ,   S.V.   Bobroviskaya,   Ye.P.   Ilin,   Ye.V.
Щyelыkovalar,     bolalarning   ta’lim   va   mehnat   faolityatiga   psixologik   tayyorligi
muammolari bilan  Ye.V.   Valteran , N.A. Zenkova, I.F. Nesterova, M.A.   Silkovalar,
bolalarining   shaxs   yetukligi   muammosini   A.L.   Juravlyov,   motivasion   yetuklik
muammosini A.K.   Markova , T.A. Matis, A.B. Orlov, kasbiy yetuklik muammosini
14 Ye.   Ginsberg,   D.   Syuper ,   A.P.   Chernyavskaya,   ichki   motivasiyasini   E.L.   Disi ,   R.
Rayan,   V.I.   Chirkov   i   muvaffaqiyatga   erishish   motivasiyasini   Dj.   Atkinson,   T.O.
Gor-deyeva, D. Makklellandlar o’rganishgan.
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   ilmiy   tadqiqotlar   va   adabiyotlarda   bola   shaxsining
yetukligi,   bola-yoshlarda   pcixologik     yetuklikning     ijtimoiy-   psixologik
tomonlarini  nazariy jihatlari   muammosi  mustaqil  tadqiqotlar predmeti sifatida aks
etmagan. Ko’p hollarda yetuklik muammosi boshqa muammolar negizida, xususan
ishonch(T.P.   Skripkina ),   krizis   sharoiti   kasbiy,   shaxsiy   readaptasiya
(G.G.   Gorelova ),   hayotiy   munosabatlar(Ye.B.   Starovoytenko),   shaxsiy   mulkka
munosabat(O.N.Markova),   pulga   munosabat   (M.Yu.   Semenov ),   nizolashuv(I.N.
Sviridenko), ota-onalik burchlari(Ye.A. Nesterova)  kontekstida o’rganilgan.
Yetuklik   strukturasi   emosional.   kognitiv,   ijtimoiy-motivasion,   intellektual,
irodaviy   va   boshqa   komponentlar   bilan   uzviy   bog’liq.   G.S.Abramova,   1998;
L.I.Ansыferova,   1989;   I.A.Bayeva   i   V.V.Semikin,   2004;   D.V.Berko,   2000;
L.I.Bojovich,   1992;   I.P.Strelsova,   2003;   L.A.Xarayeva,   1999;   A.Grey   i
M.Davieslar   o’z   tadqiqotlarida   shaxsning   yuqori   va   past   darajadagi   yetkligiga
e’tibor qaratishgan bo’lsa, boshqa tadqiqotchilar B.G.Ananyev, 2005; Dj.Battervort
i M.Xarris, 2000; A.A.Bodalev, 1998, 1999; B.S.Bratus, 2004; L.G.Buryak, 2005;
Ye.A.Vodinchar,   2002;   K.Levin,   2000;   G.Olport,   1998;   A.A.Rean,   2002;
Ye.A.Sergiyenko,   2003;   E.Fromm,   1990;   Ye.N.Chuyeva,   2005;   E.Erikson,   1996;
P.M.Yakobson,   1998   i   va   boshqalar   yetuklikni   yosh   bilan   bevosita   bog’liqligini
ta’kidlashgan. Lekin shuni ta’kidlash   lozimki. Hyech bir tadqiqotda alohida to’liq
shaxsning yetuklik muammosi ochib berilmagan.
Yetuklik muammosini psixologiyada o’rganilganligini   taxlil qilish natijasida
quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
1.Yetuklik   muammosi   psixologik   adabiyotlarda   tez-tez      
ishlatilishiga   qaramay,   bu   muammo   bir   yoqlama   va   shaxs   xarakteristikasi   va
holatini o’rganishda qo’llanilmoqda.
15 2.   Ko’p hollarda “yetuklik” tushunchasi  ma’lum yosh davridagi o’zgarishlar
va   yetilish   bilan   bog’liq   bo’lgan   o’zgarishlar   haqida   gap   ketganda   to’xtab
o’tilmoqda.
3.   XX1 asr boshlarida “ulg’ayish” va “yetuklik” tushunchalari o’rtasida faqr
yuzaga keldi. Zero, “ulg’ayish” yoshi     25-30 dan do 40-45 yoshgacha, “yetuklik”
yoshi   esa   40-45   dan   55-60   yoshgacha   deb   taxlil   etila   boshlandi   va   bu   borada
ma’lum etirozlar va qarama-qarishiliklar yuzaga kela boshladi.
4.   Yetuklikni   xarakterlashda   quyidagi   yetuklik   turlari   izohlanadi:
umumsomatik,   jinsiy,   aqliy,   fuqarolik,   mehnat,   shaxsiy.   Adabiyotlarda
ta’kidlanishicha,   taraqqiyotning   yuqori   cho’qqisi   “akme”   ga   ulg’aygach   erishish
mumkin degan ta’kidlar mavjud.
  5.   Psixologik   adabiyotlarda   shaxsning   “yetukligi”   uning   jamiyatda   har
tomonlama  namoyon bo’lishi, o’z-o’ziga bo’lgan munosabati, shaxsni kelajakdagi
rivojlanishi   muammolari   bilan   bog’liq   holda   foydalanilgan.   Shu   bilan   birga
adabiyotlarda shaxs yetuklikka ma’lum davr mobaynida, z ustida ishlash natijasiga
erishishi mumkin deb ta’kidlanadi.
6.   Yetuklikning   asosiy   uch   turini   ajratish   mumkin:   biologik,   psixik   va
psixologik. 
Yetuklikning   biologik   va   psixik   turlari   maxsus   adabiyotlarda   yetarli
o’rganilgan, lekin “psixologik yetuklik” tushunchasi chuqur taxlil, izlanishni talab
etishi   va   barcha   yosh   davrlarida   senzitivlikdan   kelib   chiqqan   holda   qo’llanilishi
mumkinligini tadqiq etish lozimligi aniqlandi.
1.2. Pcixologik yetuklik komponentlari  va ularga ta’sir etuvchi  ijtimoiy-
psixologik omillar.
Komillikni   orzu   qilmagan,   barkamol   avlodlarni   voyaga   yetkazish   haqida
qayg’ur-magan   xalqning   millatning   kelajagi   yo’qdir.   Xaqiqiy   insonni,   fuqaroni
tarbiyalash murakkab jarayondir. Zero, har bir fuqaro fuqarolik jamiyatining ezgu
g’oyalariga sodiqlikni ahloq odoblilikni, o’zi yashayotgan jamiyatda yuz beradigan
16 o’zgarishlarga befarq bo’lmaslikni, Vatan timsollarini qadrlash va saqlashni, Vatan
ravnaqi   uchun   butun   kuch   imkoniyatini   sarflashini   va   o’z-o’ziga   «Men   nima
uchun, shu xalq uchun, uning ravnaqi va farovonligi, tnchligi va gullab-yashnashi
uchun yashayapman» degan javobni  mujassamlashtirgan bo’lishi lozim. Fuqarolik
ongiga   mustaqillik,   vatanparvarlik,   sadoqat,   milliy   g’urur   kabi   tushunchalarni
singdirish,   ularni   buyuk   davlatning   farzandlari   qilib   tarbiyalash   davr   talabidir.
Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bevosita ta’lim
tizimida   tayyorlanayotgan   mutaxassis   kadrlarning   salohiyatiga   bog’liqdir.   Bu
o’rinda O’zbekiston Respublikasi Birinchi  Prezidentimiz I.A.Karimovning: “Inson
salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo’lib, u mamalakatning islohotlar va tub
o’zgarishlar   yo’lidan   tinimsiz   ilgarilab   borishini   ta’minlab   beradi.   Bu   omilning
kuchi   va   ta’siri,   eng   avvalo,   yuksak   ma’naviyat   bilan,   jamiyatning   iqtisodiy   va
ijtimoiy   rivojlanish   darajasi   bilan   belgilanadi.   U   yosh   avlodning   bilimdonlik
darajasi, professional-malakali tayyorgarligiga bevosita bog’liqdir”,   degan fikrlari
psixologik yetuklik muammosiga bevosita bog’liq. Psixologik yetuklik tushunchasi
va   uning   kompenentlari   haqida   fikr   yuritar   ekanmiz,   eng   avvalo   yetuklik   davrini
murakkab,   qarama-qarshiliklarga   ega,     ontogenezining   qonuniyatlarida   namoyon
bo’luvchi,   faoliyatga   bevosita   ta’sir   etuvchi   va   shaxsning   hayotiy   tajibasini   ham
o’zida   aks   etishini   ta’kidlash   lozim.   Shundan   kelib   chiqqan   holda
B.G.Ananyevning   ta’kidlashicha,   yetuklik   ontegenezi   ikki   fazadan   iboratdir.
Birinchi   faza   umumiy   funksiyalar   frontal     progress   asosida   shakllanadi
(   o’spirinlik,   yoshlik   va   o’rta   yoshda).   Ikkinchi   fazada   funksiyalar   evolyusiyasi
ma’lum   faoliyatga   yo’nalganlik   negizida   rivojlanib   boradi.   Yetuklikning   ikkala
fazasida   ham   yuqori   rivojlanish   darajasiga   erishish   yuqori   motivasiya,   optimal
yuklama, operasion yangilanish evaziga amalga oshiriladi. 
  Yetuklik   deganda,   insonni   ma’lum   yosh   davrida   uning   rivojlanishiga
qo’yilgan   mezonlar   asosida   to’liq   yetilishi,   kattalar   qo’yadigan   talablarga   javob
berishi   hamda   o’zi   ham   aynan   shu   jarayonni   anglab   yetishi   deb   izohlashimiz
mumkin.   Aynan   psixologik   yetuklik   haqida   gap   ketganida   unga   ta’sir   etuvchi
birinchi   omillardan   biri   intellektdir.   Aynan   yetuklikda   mantiqiy   va   tanqidiy
17 tafakkurning rivojlanishi kuzatiladi.    Tanqidiy tafakkur muammosi XX asrga kelib
keng   targ’ib   qilinadigan,   tadqiqotlar   va   tortishuvlarga   sabab   bo’ladigan
muammoga   aylandi.   G’arb   olimlari   o’z   tadqiqotlarida   ushbu   muammoga   har
tomonlama   yondoshishiga   harakat   qilganlar   va   o’z   tadqiqotlari   predmetiga
aylantirganlar.  
Ekzistensializmning   asochisi   bo’lmish   nemis   faylasufi   Martin   Xaydeger
(1889-1976)   «o’z   diqqatimizni   tushunish   uchun   fikrimizni   qarata   olsakkina,   biz
fikrlashga   o’rganamiz»-deb   yozadi.   Uning   fikricha,   narsa   va   voqyealarning
mohiyatini   tushunish,   anglab   yetish   inson   fikrlash   jarayonida   muhim   o’rin
egallaydi.   Tushunishni   talab   qiladigan   narsa   insonni   fikrlashga   undaydi.
Tushunishni talab  qiladigan narsa hyech qachon biz tomonimizda yaratilmaydi.
G’arb yozuvchisi I. Lafanter ham o’z vaqtida yoshlarga aql tarbiyasi xususida
bunday   yozgan edi: «Aqlli, dono bo’lishni xoxlaysanmi? Oqilona so’rash, diqqat
bilan  tinglash,  ba’manilik  bilan  javob  berish,  gapirishga  so’zing  qolmaganda,   o’z
vaqtida   to’xtashga   o’rgan».   Bu   so’zlarning   tagida,   zamirida   juda   katta   ma’no   va
hayot   falsafasi   yotibdi.   Tafakkurning   funksiyasi   miya   faoliyati   jarayonida
kechadigan subyektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi.
Birinchidan,   tafakkur   ongining   subyektiv   xolatinigina   ifodalamasdan,   balki
obyektga ham tegishli bo’ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi.
Ikkinchidan,   yangi   fikrning   vujudga   kelishi   bilan   bilish   jarayoni   tugamaydi,
balki faqatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlang’ich bosqichi  bo’lib, g’oyaning
subyektiv holatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi  boshlanadi.
Uchinchidan,   alohida   individning   fikri   ijtimoiy   yetilgan   fikrlarning   xususiy
ko’rinishidir.   Har   bir   alohida   shaxs   ijtimoiy     tushunchalar   va   tasavvurlar
yordamida   fikrlaydi.   K.R.Megrelidze   inson     fikrining   ijtimoiyligi   haqidagi   fikrni
qayta-qayta ta’kidlaydi: «Fikrlar va g’oya erkin individual ijodning mahsuli emas,
balki   individning o’zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning
uchun   inson   tafakkuri,   tafakkur   bosqichlari,   inson   tafakkurining   shakllari   va
usullari   haqidagi   jumboqning   yechimini   mantiqiy   izlanishlardan,   an’anaviy
psixologiyadan emas, balki avvalo bu g’oyalarning ijtimoiy kelib chiqishdan izlash
18 kerak.   U   yoki   bu   individ   jamiyatda   yetilgan   ijtimoiy   g’oyalarning   «tasodifiy»
ifodalovchisi bo’lib qoladi».
Amerikalik psixolog D.Dyui fikrlashning ijtimoiy psixologik mohiyatini fikr
tarbiyasi   muammosiga   bog’lab   o’rgangan   olimlardan   biri.   Uning   ta’kidlashicha,
tajriba   va   bilimlar   fikr   manbai   hisoblanadi.   Agar   shaxs   muammo   bilan   qisman
tanish bo’lsa, u muammoni hal qilish uchun fikrlashi  mumkin. Agar shaxs oldida
muammo   tursa-yu,   bunday   sharoitni   o’z   ichiga   olgan   tajriba   bo’lmasa,   shaxs
fikrlamaydi. Muallifning ta’kidlashicha, hayratlanish har qanday fanning onasidir,
qiziquvchanlik   o’zining   dastlabki   ko’rinishida   hayotiylikning   mo’l-ko’lligi,
organik   energiyaning   ko’pligini   ifodalaydi.   Qiziquvchanlikni   yuqori   darajasi
bilishga   intilish   ijtimoiy   qo’zg’atuvchilar   ta’sirida   rivojlanadi.   «Bu   nima?»,
«Nimaga?»   kabi   savollar   bola   mavjudligini   belgilari   bo’lib   qoladi.   Bolaning
«Nimaga?»   savoli   ilmiy   tushuntirishni   talab   etmaydi:   uni   harakatga   keltiruvchi
motiv-   bu   bolaning   atrofdagi   sirli   dunyo   bilan   kengroq   tanishish   ishtiyoqidir.
O’qituvchining   vazifasi-   muqaddas   hayron   qolish   uchqunini   so’ndirmaslik,
qiziquvchanlik   alangasini   o’t   oldirish   hamda   atrofda   bo’layotgan   narsa   va
hodisalarga mushohada bilan tanqidiy fikrlash orqali yondoshishnin tarbiyalashdan
iborat.   Bunda   o’qituvchi   bolalarga   osonligi   va   qiyinligi   bir-biriga   proporsional
vazifalarni berishi maqsadga muvofiq. Agar vazifa juda oson bo’lsa ham tadqiqot
uchun   asos   yaratilmaydi,   juda   murakkab   vazifa   ham   masalaning   yechimini
topishga ishonchsizlikni uyg’otadi. O’zgalar oldida gapira olish shaxsda ishonchni,
u o’z navbatida mustaqil fikrni tarbiyalaydi
Jon   Dyui   tanqidiy   fikrlashni   inson   taraqqiyotining   genezisi   bilan   bog’lab,
barcha omillari orasida bolaning tashqi ijtimoiy muhitga intilish odatini muhimdir,
deb  hisoblagan.   Inson   tabiatan  doimo  o’zi  atrofdagilar  bilan  yaxshi  munosabatlar
o’rnatishga   moyil   ekanligini   ta’kidlagan.   U   o’zining   «Biz   qanday   o’ylaymiz?»
(1910),   «Logika»   (1938),   «Ta’lim   tamoyillari   va   amaliyotiga   kirish»   (1889),
«Jamiyat va uning muammolari» (1894) kabi qator asarlarida   psixologiya har bir
masalada   jamiyatning   ijtimoiy   omillar   ta’sirida   rivojlanishi   qonuniyatlarini
yoritishga yordam berishi ifodalagan.
19 Xususan,   uning   tafakkur   va   fikrlashga   oid   fikrlari   o’ziga   xos   bo’lib,
«tafakkur»   kategoriyasidan   ko’ra,   «fikrlash»,   «mulohaza   yuritish»   degan
kategoriyani   ishlatishni   afzal   ko’radi.   U   bu   bilan   «mavjud   tajribani   anglash   va
yangi qarorlar, fikrlarning mujassamlashuvi» jarayonini tushunadi. Fikrlovchi ong
ishlashi   uchun,   uning   fikricha,   uni   doimo   mashq     qildirishi,   yangi   odatlar   bilan
boyitib borishi kerak, deydi.
           K.Rodjers (1996) o’z tadqiqotlarida tanqidiy tafakkurni shaxsning o’z-o’ziga
bergan   bahosiga   bog’liq   deb   ta’kidlaydi.   Uning   fikricha,   o’smirlarda   tanqidiy
tafakkurni   shakllantirish   uchun   uni   qo’llab   quvatlash,   imkoniyat   yaratish   lozim.
O’z   vaqti   bildirilgan   fikr,   g’oya   insonda   ichki   xotirjamlikni   va   o’z-o’zinidan
qoniqishni keltirib chiqaradi, deydi olim.
            Zamonaviy   o’zbek   psixologiya   fanida   ham   tafakkur   muammosi   qator
tadqiqotlar   obyektiga   aylangan.   Ushbu   muammo   bilan   bog’liq   tadqiqotlar,   ilmiy
risola   va   maqolalar     taxlili   shuni   ko’rsatadiki,   tanqidiy   tafakkur   muammosi
munozaralar obyekti sifatida olimlar diqqat e’tiboridadir.
    M.G.Davletshin,   E.G.G’oziyev,   V.M.Karimova,   R.I.Sunnatova,
Z.T.Nishonovalar   biz   ko’targan   muammoni   o’qituvchi   fikrini   yanada
shakllantirish,   mantiqiylik,   ijodiy,   tanqidiy   va   mustaqil     fikrni   ifodalash
muammolarini   uyg’unlashtirgan   holda   o’z   tadqiqotlarida   yoritib   berdilar.   Biror
narsa   yoki   ro’y   bergan,   berayotgan   voqyea-hodisa   hususida   miyamizdan   o’tgan
tuyg’ularimiz-fikrdir.   Fikrlarni   tartibga   soldish,   ularni   o’z   o’rnida   ishlatish   va
boshqarib   turishga   javobgar   bo’lgan   jarayonni   psixologlar   fikrlash   yoki   tafakkur
deb   ataydilar.   Inson   hayotini   fikrsiz,   fikrlashsiz   tasavvur   qilib   bo’lmaydi.
Mualliflar   fikrning   ijtimoiy   mohiyatini   ochib   beradilar:   «fikrlashni   jamiyatga
bog’liq   hodisadir   deyish   mumkin».   Tasavvur   qiling:   sizda   biror   muammo   yoki
masala yuzasidan fikr bor, ya’ni mustaqil yoki tanqidiy fikringiz bor bu fikr sizga
juda   ma’qul   va   uni   siz   mantiqan   asoslangan,   deb   hisoblaysiz.   Agar   shunday
ishonch,   hattoki,   e’tiqod   bo’lsa,   siz   albatta,   kimlar   bilandir   uni   o’rtoqlashish
ehtiyojini   sezayotganligingizni   anglaysiz.   Agar   uning   «pishib   yetilganiga»   biroz
20 bo’lsa   ham   ikkilansangiz,   bu   fikrni   birovga  aytmay   qo’ya  qolish   yoki   juda   yaqin
kishingiz bilan o’rtoqlashishga intilasiz. Demak, paydo bo’lgan yangi fikr odamni
boshqalar   bilan   muloqotda   bo’lish,   ular   bilan   o’rtoqlashishga   undaydi.   Ayni   shu
jihati   fikrlashning   ijtimoiyligidan   darak   beradi.   Ushbu   sohada   o’zbek
psixologlaridan   E.G’oziyev   ishlarida   o’z   aksini   topgan.     Uning   tadqiqotlarida
aqlning   eng   muhim   sifatlaridan-tafakkurning   mustaqilligi   ajratiladi.   Muallif
tafakkurning bu muhim sifatini quyidagicha belgilaydi: «Tafakkurning mustaqilligi
deganda,   kishining   shaxsiy   tashabbusi   bilan   o’z   oldiga   konkret   maqsad,,   ya’ni
vazifalar   qo’ya   bilishi,   ular   yuzasidan   amaliy   va   ilmiy   xarakterdagi   faraz
(gipoteza)lar   qilish,   natijani   ko’z   oldiga   keltira   olishi,   qo’yilgan   vazifani   hyech
kimning ko’magisiz ko’rsatmasiz, o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va
vositalar topib mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy tushunish kerak». Olim
oliy   ta’lim   psixologiyasiga   doir   qator   uslubiy   qo’llanmalarni   yaratgan.   Xususan,
muallifning “Oliy maktab psixologiyasi” qo’llanmasidir. 
Yetuklik   davrida   mantiqiy   va   tanqidiy   tafakkurning   rivojlanishiga
to’xtaladigan bo’lasak, Fulds va Raven fikricha, 20 yoshlilarda   mantiqiy tafakkur
qobiliyati 100%, 30 yoshda 96%, 40 yoshda- 87, 50 da – 80 va 60 yoshda 75%ni
tashkil   etarkan.   Yetuklik   davrida     ntellektnning   rivojlanishi   ikki   faktor:   ichki   va
tashqi faktorga bog’liq. Iqtidor- bu ichki faktordir. Iqtidorli kishilarda bu jarayon,
ya’ni   rivojlanish   uzoq   davom   etadi   va   innovasiyalarning   kirib   kelishi   kechroq
bo’ladi.   Yetuklik   davrida   intellekt   rivojlanishining   tashqi   faktorlariga   ta’limni
kiritish   mumkin.   Zero,   aynan   ta’lim   yetuklik   davrida   qarish   va   psixik
funksiyalarning involyusiyasini to’xtatib turadi.  
Ye.I.Stepanova   yetuklik   davrining   intellektual   taraqqiyotining   uch   davrini
ajratadi.   Birinchi   davr-18-25   yoshgacha,   ikkinchi   davr-   26-35   gacha   va   uchinchi
davr   36-40   yoshgacha.   Ushbu   mikro   davrlar   xotira,   tafakkur,   diqqat   va   umumiy
intellekning   turli   tempda   rivojlanishini   farqlaydi.   Yetuklik   davrida   intellekning
nihoyatda   o’zgaruvchanligi   birinchi   davrda   kuzatiladi.   Keyingi   davrlarda   bu
rivojlanish   ancha   barqarorlanadi.   Ikkinchi   va   uchinchi   bosqichda   nutqiy
21 intellektning   rivojlanishi     yaqqol   namoyon   bo’ladi.   Ushbu   davrlarga   qisqacha
xaraktekterstika Ye.P.Ilin tomonidan berilgan bo’lib, u quyidagicha izohlangan. 
Erta   yetuklik-   yetilishga   qadam   qo’yish   bosqichi   bo’lib,   u   organizmning
biologik   yetilishi,   optimistik   ruxning   mavjudligi,   shaxsiy   va   kasbiy   kelajakni
rejalashtirish,   fuqarolik   yetuklikka   erishish,   ijtimoiy   rollarning   o’zgarishi   bilan
ifodalandi. 
O’rta   yetuklik-   bu   “ochilish”   davri   bo’lib,   ijodiy   va   kasbiy   muvaffaqiyatga
erishishnin yuqori bosqichi, qaysidir miqdorda hayotiy faollikning kamayishi, o’z
bilim,   malaka   va   ko’nikmalarini   quyi   avlodga   qoldirish   ehtiyojining   mavjudligi,
lekin   shu   bilan   birga   erisha   olmagan   yutuqlari   va   muvaffiqiyatsizliklaridan
o’kinish ham davridir.
Kech   yetuklik-   kasbiy   va   professional   faoliyatning   yakunlanishi,   yangi
ijtimoiy rollarning yuzaga kelishi, qarilik davriga o’tish davridir. 
Ilmiy   tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   intellektning   optimizasiyasiga   ilmning
ta’siri   katta   ekan.   Oliy   ma’lumotli   kishilarda   yetuklik   davrining   barcha
bosqichlarida   intellektning   yuqori   darajasi   saqlanib   qoladi.   Hatto,   aynan   yetuklik
davrida ta’lim va ilmni rivojlantirishga intilish ortishi kuzatiladi. 
Yetuklik   davrida   optimum   (yuqori   natijaga   erishish)ijodiy   faoliyatda   ham
yorqin namoyon bo’ladi. Yetuklik davrida, masalan, ilmiy faoliyatda optimum 35-
45   yoshda   namoyon   bo’lsa,   20-25   yoshda   xoreografik,   30-35   yoshda   musiqa   va
she’riyat,   40-55   yoshda   siyosat   va   boshqaruv   faoliyatida   yuqori   natijalar
kuzatiladi.   Albatta   yetuklik   davrida   faqat   optimum   emas,   balki   inqiroziy   orqaga
ketish   yoki   to’xtab   turish   holatlari   ham   kuzatiladi.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,
yetuklik davridagi imkoniyatlarni tug’ri aniqlash va baholash shaxs imkoniyatlarini
to’g’ri   taqsimlash   imkoniyatini   beradi.   Bu   inson   intellektining   produktiv   davrini
bilish   va   uni   ishga   solishga   yordam   beradi.   Albatta   intellektning   optimumi   va
inqirozi   hammada   ham   bir   xil   vaqtda   namoyon   bo’lmasligi   mumkin.   Bu   shaxs
individual   xususiyatlari,   tashqi   va   ichki   omillar,   motivasiyaga,   yashash   muhitiga
bevosita bog’liq bo’lishi mumkin. Bejizga ham yetuklik davrida ijod axli vakillari
22 bir   xilda   samarali   mehnat   qilinmaydi.   Bu   bevosita   zamon   va   makon   hamda
shaxsga   bog’liqdir.   Quyidagi   tablisada   umumiy   holatda   olib   borilgan   ilmiy
tadqiqotlar   natijasida   bir   necha   fan   yo’nalishlarida   shaxs   optimumi   va   inqirozi
davrlarini ko’rishimiz mumkin.
                                                                              1-tablisa
Ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchilarinng ontogenestik dinamikasi
Start 1-optimum 1-inqiroz 2-optimum 2-inqiroz 3-optimum 3-inqiroz
matematiklar 23-39 39-45 45-54 54-58 58-67 67yoshdan
keyin
Fiziklar  27-41 41-45 45-55 55-60 60-70 70yoshdan
keyin
Biologlar  31-40 40-47 47-55 55-60 60-75 75yoshdan
keyin
Psixologlar  30-40 40-45 45-59 59-65 65-70 70yoshdan
keyin
Fiziologlar  28-42 42-46 46-55 55-60 60-70 70yoshdan
keyin
Erta   yetuklik   davrida   shaxs   shaxsiy   hayotiy   obrazini,   kasbiy   rolini,   ijtimoiy
aktivligini   tasavvur   qiladi   va   yaratishga   zamin   qo’yadi.   O’rta   yetuklik   davri
ijtimoiy   va   kasbiy   rollar   konsolidasiyasiga   yuzaga   keladi.   Yetuklikning   quyi
davrida   faoliyat   yo’nalishiga   ko’ra   kasbiy   va   ijtimoiy   rollar   dominanta   hisobiga
o’zgarishi,   qayta   ko’rib   chiqilishi,   oilaviy   munosabatlar   strukturasiga
o’zgartirishlar kiritilishi bilan xarakterlanadi. 
Yuqorida   ta’kidlab   o’tganimizdek   yetuklik   tushunchasi   nafaqat   intellektual
taraqqiyot,   kasbiy   rollarning   shakllanishi,   balki   oilaviy,   nikohga   yetuklik   faktori
ham   mavjuddir.   Professor   G’.B.Shoumarov   ta’kidlaganidek,   nikohga   yetuklik
deyilganda   oila   quruvchi   yoshlarning:   jismoniy,   jinsiy,   huquqiy,   iqtisodiy,
ma’naviy ahloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning
23 orasidan huquqiy, tibbiy, jinsiy yetuklik yetarid aniq ma’lumotlar, alomatlarga ega
bo’lsa,   iqtisodiy,   ma’naviy-ahloqiy,   psixologik   yetuklik   jihatlari   biroz
murakkabroq, qat’iy bir ko’rsatkich, chegara ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Yoshlarni   ijtimoiy   yetuklik   masalasi   ham   ko’rib   chiqilish   lozim.   Ijtimoiy
yetuklik turilari: jinsiy, fuqarolik, kasb-hunar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, ahloqiy
va psixologik yetuklikni farqlash lozim.
Professor G’.B.Shoumarov “yetuklik” tushunchasi ma’lum bir hayotiy tajriba
bilan, ya’ni “hayotiy bilimlar” bilan bog’liqligini ta’kidlaydi.   “Hayotiy bilimlarni
o’zlashtirish”,   “Hayot   universitetlaridan”   o’tishning   ham   o’ziga   xos   individual
xususiyatlari mavjud. Kimdir 20 yoshdayoq “hayotni yaxshi bilib oladi”, kimdir 30
yoshida   ham   bolaligicha   qolaveradi.   Hayotni   bilish,   hayotiy   tajribalar   turli
individlarda turli jadallikda amalga oshishi mumkin va bu o’rinda qandaydir yosh,
vaqt oralig’ini  mutlaq ko’rsatish mumkin emas.
Shunga   qaramay   ijtimoiy   va   iqtisodiy   yetuklikning   ma’lum   bir   minimum
chegaralarini   belgilab   olish   mumkin,   ya’ni   shunday   hayotiy   tajriba,   bilimlar
“minimumi” mavjudki, ularsiz biron bir yoshni, yigit-qizni tom ma’noda yetuk deb
hisoblab bo’lmaydi.
Yetuklikni izohlashda ekzensistensial  tadqiqotlarga asoslangan holda shaxsni
o’zini bu jarayonga munosabatini  taxlil etish lozim. Shundan kelib chiqqan holda
yetuklik:
- Mas’uliyatni o’z bo’yniga olish va qaror qabul qilish;
- yetakchi bo’lishga intilish, o’zi va atrofdagilarni boshqara olish;
- o’zi va atrofdagilarni emosional va ruhiy qo’llab-quvatlashga tayyor bo’lish;
- o’ziga ishonish va qat’iyat bilan harakat qilish;
- falsafiy mushohada qili va fikrlarni umumlashtira olish;
- o’z   prinsiplarnni   himoya   qilish,   ilgari   surgan   qarashlarini   tasdiqlay   olish,
tanlagan yo’lidan qaytaslik, irodaviy mustahkam bo’lish;
24 - shaxsiy individal qarashiga ega bo’lish;
- hayotiy tajribani ortttirish va uni yosh avlodga berishga tayyor bo’lish;
- realizm,   rasionallik,   qilingan   ishlarini   taxlil   qilish,   baholash   va   unga   javob
berisha olish;
- hayotiy ijtimoiy rollarda o’zgarmaslik va to’g’ri bajarishga intilish.
Inson   yuqorida   qayd   etilgan   mezonlarni   o’zida
mujassamlashtirgandagina   yetuklikka   yetgani   haqida   gapirish   mumkin.   Bu
o’rinda   yetuklik   kasbiy,   ijtimoiy-oilaviy,   hayotiy-siyosiy,   muloqot,
shaxslararo   munsabatlar,   farzand   tarbiyasi   bilan   bog’liq   faoliyatlarda
ifodalanishi mumkin.  Albatta, yetuklik shaxs rivojlanayotgan muhit va unga
ta’sir etayotgan faktorlarga bevosita bog’liq.
Shaxsning yetuklik darajasiga ta’sir etuvchi 5 aspekt:
1. Muvaffaqiyatga intilish motivasiyasi   qo’yilgan maqsad sari intilish,
maksimal   ravishda   o’z-o’zini   realizasiya   qilish,   mustaqillik,   tashabbuskorlik,
liderlikka intilish, yuqori natijalarga eritishga harakat qilish.
2. O’z   “Meni” iga   munosabat   o’ziga   bo’lgan   munosabatda,   qobiliyat,
xarakter   va   temperement   munosabatlari,   o’z-o’zini   baholash,   talabchanlik,
samimiylik,   kamsuqumlik,   o’zini   manmanlikdan   asrash,   boshqa   odamlarga
nisbatan xurmat.
3. Fuqarolik   burchini   anglash .   Vatanparvarlik,   kasbiy   mas’uliyat   va
kompetensiya, muoqot qilishga extiyoj, jamoaviy mehnatni qo’llab-quvvatlash.
4. Hayotiy ustanovkalar . Intellektni xis-tuyg’udan ustunligi, emosional
barqarorlik, hamkorlikka intilish va kengfikrlilik.
5. Boshqalar   bilan   emosional,   psixologik   yaqinlikka   intilish .
Empatiya,   kirishimlilik,   boshqalarni   eshitish   qobiliyati,   boshqalar   bilan   yaqin
bo’lish extiyoji.
25 Shaxsning har bir taraqqiyot bosqichidagi yetukligini  yetakchi faoliyat uning
faolligini,   muvaffaqiyatga   erishishini   ta’minlaydi.   Muxamedova   D.ning   fikricha
yetakchi faoliyat quyidagi psixologik xarakteristikalarga ega:
- shaxsni emosional qamrab oladi;
- extiyojlar   yorkin,   kchli   xis-hayajonli   holatlarda   kechadiki,   bu   o’z     o’rnida
insonning emosional hayotini boyitadi;
- yetakchi   faoliyatda   erishilgan   yutuqlar   hayotiy   yutuqlar   sifatida   qabul
qilinadi;
- natijada charchash  holatlari  ko’tarinki ruh, yengillik, qoniqish xislari orqali
zo’riqishni yengadi;
- shaxsning murakkab ijtimoiy munosabatlari takomillashadi;
- hayotdan to’la qoniqishga erishiladi. 
Psixologiya   fanlari   doktori,   professor   B.R.Qodirov   tadqiqotlarida   iqtidor   va
iste’dod masalalariga katta e’tibor qaratgan olimdir. U inson iqtidori, shu jumladan
kasbiy   ham   biologik,   ham   ijtimoiy   omil   sifatida   namoyon   bo’lishini   ta’kidlaydi.
Uning   fikricha,   oliy   ta’lim   muassasalarida   o’quv-tarbiya   jarayonlarining
muvaffaqiyatida     tashxis   markazi   xodimlari   va   shu   sohaga   yo’naltirilgan
psixologik   xizmatning   ahamiyati   kattadir.   Olim   o’z   tadqiqotlarida   aynan   tashxis
masalariga alohida to’xtab o’tadi. Kasbga yo’naltirishda   mazkur sohaning mas’ul
xodimi:
- -bolaning   individual-psixologik   imkoniyatlarini   har   tomonlama   chuqur
o’rganib, shunga mos o’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishi; 
- -kasbiy tayyorgarlikning har bir qadamida o’qituvchining bola bilan ishlashi
va muloqotga kirishishining mos va qulay usullarini tanlashi va o’zgartirib turishi;
-o’quv-tarbiya jarayonlarini bolalarning psixik rivojlanganlik darajasi,
yosh   va   individual   psixologik   xususiyatlariga   binoan   moslash   hamda
bo’lg’usi o’qituvchilarda shaxsiy va kasbiy psixologik imkoniyatlarning namoyon
bo’lishi   va   rivojlanishi   uchun   zaruriy   shart-sharoitlarni   yaratishda   ta’lim
subyektlariga yaqindan yordam berib borishi zarurligini ko’rsatib o’tadi. 
26        Psixologiya fanlari doktori, professor N.S.Safoyev tadqiqotlari pedagog bola –
yoshlarda       o’zlikni   anglash,   qadriyatlarning   psixologik   mexanizmlari   va   o’ziga
xos   xususiyatlarini   o’rganishga   bag’ishlangan.   Olim   o’z   tadqiqotlarida   bo’lajak
pedagoglarni   kasbiy   va   milliy   qadriyatlarni   o’z   faoliyatida   uyg’unlashtirish
masalalariga   to’xtalib   o’tadi.     Muallifning   ta’kidlashicha,     o’zlikni   anglash
murakkab ijtimoiy fenomen sifatida, to’rt asosiy komponentdan tarkib topgan: 
1. Kognitiv.
2. Affektiv .
3. Diniy .
       4. Xulq-atvorlik .
Psixologik faol yetuk subyektning ijtimoiy xulq-atvorida ushbu komponentlar
o’zaro   bog’liq   xolda   rivojlanadi   va   “Vijdon”   falsafiy   kategoriyasiga   jamlanadi.
Psixologik   nuqtai   nazardan   “vijdon”   kategoriyasi   tahlil   qilinganda,   subyektning
ma’naviy   olamini   qamrab   oladi   va   insonning   ichki   ijtimoiy   xulq-atvori   sifatida
namoyon   bo’ladi.   Bu   holat   yetuklikning   muhim   tarkibiy   qismi   bo’lib,   bo’lajak
muallimning   kasbiy   barqarorligi   va   pedagogik   faoliyatining   samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiladi. 
Yuqoridagi   fikrlarni   jamlagan   holda   yetuk   shaxsning   nazariy   modelini
yaratish   imkoniyatiga   ega   bo’lamiz.   Yetuk   shaxs   quyidagi   komponetnlarni   o’z
ichiga qamarab oladi:
-emosional-irodaviy   komponent:   yuqori   emosional   barqarorlik,   yuqori
irodaviy nazorat;
- motivasion va qadriyatlarni o’zida mujassamlashgan komponent: qadriyatlar
tizimida individuallik va ijtimoiylashuvning dominantligi;
-   o’z-o’zini   boshqarish   komponenti:   yuqori   ijtimoiy   adaptasiya,   yuqori
internallik, o’z xatti-harakatlarini boshqarish;
- refleksiv komponent: o’z-o’zini anglash, olamga pozitiv munosabat, “Men”
konsepsiyasining differensiasiyasi, me’yordagi refleksivlik.
27 1-diagramma
Yetuk shaxsning nazariy modeli
          Ushbu   model   asosida   “yetuk   shaxs”   va   “yetuk   bo’lmagan   shaxs”obrazini
yaratish   imkoniyati   tug’iladi.   Uning   negizida   esa   shaxsning   psixologik   yetukligi
modeli yaratilishi mumkin. Shaxsining psixologik yetukligi- bu dastaval uning turli
hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baholay olishidir. Bu hushyorlik amaliy,
voqyelikni to’g’ri baholay olish, shaxsda o’zining yutuq va kamchiliklarini, bilim,
malaka va qobiliyatlarini yetarlicha obyektiv baholashda namoyon bo’lishi kerak.
Psixologik   yetuk   shaxs   o’z   oldiga   erishishi   muqarrar   bo’lgan,   bunga   imkoniyati
yetarli bo’lgan maqsadlarni qo’yadi, o’z hayot yo’lini va unga erishish vositalari va
usullarini to’g’ri belgalaydi. Bunday shaxs o’z hissiyoti, kechinmalarini yetarlicha
yaxshi   nazorat   qila   oladi,   ya’ni   ichki   intizomining   yuqori   rivojlanganligi   bilan
xarakterlanadi.   Psixologik   yetuklik   boshqa   odamlarning   xohish,   istaklari,
kechinmalarini   tushunish   bilan   ma’lum   darajada   bog’liq.   Bu   o’z   navbatida
muloqotning,   hamkorlikning   yaxshi   yo’lga   qo’yilishi,     oilada,   turli   guruhlarda
garmonik   munosabatlarni   o’rnatilishiga   imkon   beradi.   Turli   yoshdagi,   mansab,
lavozim,   toifadagi   odamlar   bilan   qiziqishi,   odati,   ta’bi,   turmush   tarzi   mutlaqo
28эмоционал-
иродавий 
компонент	
ўз-ўзини 
бошқариш 
компонент	
и	
рефлексив 
компонент 	
мотивацион  
қадриятлар-	
ни ўзида 	
мужассамла	
шган 	
компонент  boshqacha   bo’lgan   odamlar   bilan   o’rinli   munosabatda   bo’la   olishi-   shaxsning
psixologik yetukligining asosiy xususiyatlaridan biridir.
Psixologik yetuklik tezda shakllanmaydi. Uning shakllanishining asosiy omili
ta’lim   va   tarbiya.   Psixologik   yetuklik   shaxs   xulqining   turli   yashash   sharoitiga
moslashuvchanligida ifodalanadi. Psixologik yetuklik shaxsning boshqa odmlarga
nisbatan bo’lgan ijobiy munosabatlari: hamdardlik, hamfikrlililik, g’am-tashvishga
sheriklik, o’zaro yordamda ma’anaviy jihatdan ham namoyon bo’ladi.   Psixologik
yetuklikning muhim mezonlaridan biri adolatlilik va vijdon asosida muammolarni
hal etish, o’z mustaqil  fikri, qarashi, pozisiyasining bo’lishi, o’z –o’zini va uning
uchun qadrli bo’lgan kishilarni himoya qila olishdir.
Psixologik   yetuklik   haqida   gapirganda,   albatta   professor   G’.B.Shoumarov
ta’kidlaganidek,   psixologik   yetuklik   mezonlariga   ham   to’xtalish   va   zaruriyat
asosida ularni baholash mezonlarini ishlab chiqish ham lozim. Psixologik yetuklik
mezonlariga:
- Ijtimoiy rollarni bajarishga tayyorlik;
- Ijtimoiy muhitga moslashuvchanlik;
- Nizodan qochish va nizoli vaziyatni yuzaga keltirmaslik;
- Xulq-atvorning ijtimoiy normalariga rioya qila olish;
- O’ziga mas’uliyatni ola olish;
- O’zi va yaqinlariga g’amxo’rlik qilish.
G.S.Suxobskaya   individual-psixologik   yetuklikning   muhim
atributlarini sanab o’tadi. Bular:
-   o’z   xulq-atvorini   mustaqil   tashxislash,   yangi   ma’lumotni   olish   va
nostandart vaziyatlarga qo’llay olish;
- maqsdga o’zini to’liq tayyorlash va yo’naltira olish;
- o’z-o’zini mustaqil nazorat qilish;
-   o’z   maqsadi,   harakatlari,   qarorlarini   o’z-o’zini   anglash   orqali
baholash va refleksiya o’tkazish;
29 - muvaffiqiyatsizlik va turli vaziyatlardan xulosa chiqarish va obyektiv
baholash orqali korreksiyalash;
-   o’z   xulq-atvoridagi   turdli   vaziyatlarga   emosional-adekvat   reaksiyani
ifodalash.
Shaxs   yetukligi   bilan   birga   yetarli   darajadagi   yetuklikni   ifodalamaslik
ham   kuzatiladi.     Bu   birinchi   o’rinda   o’smir-o’spirinlikda   ta’lim-tarbiyaga
yetarli e’tibor qaratilmaganligidan dalolat beradi.
1.3. Tadqiqotning metodologiyasi va qo’llaniladigan metodlar
Yetuklik   tushunchasi   qadim-qadim   zamonlardan   ta’lim-tarbiya   jarayonining
asosiy   masalalaridan   bo’lgan.   Psixologik   jihatdan   yetuk   insonlar   har   qaysi   davlat
va   jamiyatning   asosiy   tayanchi   hamda   harakatlantiruvchi   kuchi   ekan,   zamonaviy
ijtimoiy-gumanitar   bilim   sohasida   ushbu   muammoga   jiddiy   e’tibor   qaratilishi
tabiiydir. Ushbu e’tiborning natijasi sifatida hozirgacha fanda mazkur yo’nalishda
salmoqli hajmda ilmiy bilim to’plangan.
Jumladan,   maxsus   tadqiqotlar   psixologik   yetuklik   muammosining   asosiy
masalasi   –   bunday   yetuklikning   ko’rsatkichlari   hamda   mezonlarini   aniqlashga
yo’naltirilgan.   Xususan,   bu   yo’nalishda   o’tkazilgan   tadqiqotlarda   psixologik
yetuklikning   shakllanishida   shaxsning   o’z   maqsadlariga   intiluvchanligi   muhim
ahamiyatga   egaligi   asoslangan   ( Glavatskix   M.M.,   2015 ),   manipulyativ   ta’sir
o’tkazishga va ta’magirlikka moyillik shaxs psixologik jihatdan yetuk emasligining
yaqqol   ko’rsatkichi   ekanligi   isbotlangan   ( Brantova   F.S. ,   Birjeva   M.A.2014 ),
psixologik   yetuklikning   muhim   ko’rsatkichlari   sifatida   interiorizasiya   va   vaziyat
talabidan   tashqariga   chiquvchi   faollikning   namoyon   bo’lish   xususiyatlari
tekshirilgan   ( Leonov   N.   I.,   Glavatskix   M.   M.,   2014 ),   psixologik   yetuklik
shakllanishida   mas’uliyat   rivojlanishining   ahamiyati   ochib   berilgan   ( Pankina
Ye.V.2013 ), ijtimoiy-psixologik yetuklik darajasi  odam o’zini mansub deb bilgan
guruhlarning   soni   va   kengligiga   bog’liqligi   o’z   isbotini   topgan   (Gudzovskaya,
30 A.A.,   1998),   kasbning   psixologik   talablarini   bajarishga   tayyorlikning   psixologik
yetuklik   rivojlanishidagi   ahamiyati   yoritilgan   (Stepanova   T.V.,   1998),   o’quv
guruhining   yetuklik   darajasi   uning   a’zolari   psixologik   jihatdan   yetilishiga   jiddiy
ta’sir ko’rsatishi isbotlangan (Yeremina A.N.2011).  
Mazkur tadqiqot ishlarida mualliflar tomonidan shaxs psixologik yetukligini
tashxis   qilishning   turli   xil   uslubiy   vositalari   taklif   etiladi.   Biroq   bu
psixodiagnostika   vositalari   muayyan   psixologik   kategoriyalarga   mo’ljal   olishi,
ilmiy-psixologik   nazariyalarga   asoslangan   ekanligi   bilan   tavsiflanadi.   Vaholanki,
bevosita   jamiyat   hayotining   turli   jabhalarida   odamlarning   tegishli   shaxs   sifatlari
ilmiy kategoriyalar mazmuni bilan emas, balki ijtimoiy ahamiyatli hodisalar bilan
bilan   bog’langan   holda   tushuniladi   va   talqin   etiladi.   Shunday   ekan,   yoshlarda
psixologik   yetuklik   ko’rsatkichlarini   ham   ilmiy   asoslangan   vositalar   yordamida,
ammo   fanda   qabul   qilingan   tushuncha   va   mezonlar   asosida   emas,   balki   ijtimoiy-
siyosiy   tasavvurlar   doirasida   tekshirib   olinadigan   ma’lumotlardan   amaliyotda
to’g’ridan-to’g’ri foydalanish imkoniyatini beradi. 
Yoshlarda   rivojlanishi   talab   qilinayotgan   asosiy   psixologik   yetuklik
ko’rsatkichlariga   birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimovning     “Yuksak   ma’naviyat   –
yengilmas kuch” asarida aniq ko’rsatib berilgan. Bular jumlasiga, masalan, moddiy
va   ma’naviy   hayot   uyg’unligiga   intilish,   tarixiy   o’zlikni   anglash,   g’oyaga   qarshi
g’oya   bilan   harakat   qilishga   tayyorlik,   ma’naviy   jasoratga   qodirlik,   ma’naviy
tahdidga   bardoshlilik,   milliy   g’oyaning   asosiy   tarkibiy   qismlarini   tashkil   etuvchi
g’oyalarga sodiqlik kabilarni kiritish mumkin. 
Bola-yoshlarda   pcixologik     yetuklikning     ijtimoiy-   psixologik     jihatlari
nazariy   jihatlarini   ishlab   chiqish,   tadqiqot   obyektini   tanlashda   quyidagilarga
e’tiborimizni   qaratdik.   Birinchidan,   psixolgik   yetuklikning   mezonlaridan   kelib
chiqqan   holda   erta   yetuklik   davridagi   bitiruvchi   bosqichda   ta’lim   olayotgan,   bir
necha yo’nalishlarda ta’lim olayotgan, ta’lim yo’nalishi pedagogika va psixologiya
fanlari   va   ularga   yaqin   oliy   ta’lim   muassasalari   bolalari   tanlandi.   Ikkinchidan,
ijtimoiy   rollarni   bajarishga   tayyorlik,   ijtimoiy   muhitga   moslashuvchanligini
31 aniqlash   maqsadida   jinsiy   tavofutlarni   aniqlash   va   bu   tavofutlarning   o’ziga   xos
xususiyatini  taxlil qilish belgilandi.
Dissertasion   ishda   ilgari   surilgan   gepotezani   amalga   oshirishda   kompleks
metodlar  tanlab  olingan  bo’lib, bular:  me’yoriy hujjatlar  taxlili, ekspert  baholash,
psixologik testlar, kuzatuv, suhbat, anketa, so’rovnoma, olingan natijalarni statistik
qayta ishlash. Empirik tadqiqot metodlari: 
1.S. S. Stepanovning «Ijtimoiy va psixologik yoshni aniqlash»   metodikasini
tashlashdan   maqsad   bola   yoshlarni   o’z-o’ziga   ishonchi,   ruhiy   holati,   o’z-o’zini
anglash   va   psixologik   yoshini   xis   qilishini   aniqlash   maqsadida   ushbu   metodika
tanlandi.  
2.Psixologik   yetuklik   birinchi   o’rinda   o’z-o’ziga   munosabatdir.   Shu   nuqtai
nazardan   kelib   chiqqan   holda   V.V.Stolin   va   S.R. Pantileyev ning   o’z-o’ziga
munosabat   test-so’rovnomasidan   foydalanishni   rejalashtirdik.   Ushbu   so’rovnoma
o’z-o’ziga   munosabatlaring   o’z   darajasini   anglash   imkoniyatini   beradi.   Bular:1)
global o’z-o’ziga munosabat; 2) o’z-o’ziga hurmat, o’z-o’ziga qiziqish va kutuvlar;
3)   o’z   “Men”iga   munosabatdan   kelib   chiqqan   holda   qat’iy   xatti-harakatlarni
bajarishga tayyorligi. Test-so’rovnoma asosida o’z-o’ziga ishonch, o’z-o’zini qabul
qilish,   o’z-o’zini   boshqarish   va   harakatlar   uzviyligi,   o’z-o’zini   tanqid   qilish,   o’z
qiziqishlarini anglash va boshqalarga munosabatni aniqlash mumkin.
3.Ijtimoiy-kommunikativ kompetentlik so’rovnomasi- bola yoshlarni ijtimoiy
rollar   va   munosabatlar   negizida   kommunikativ   qobiliyatlarini   aniqlashga
qaratilgan.
4.   M.Krozning   shaxs   yetukligini   aniqlash   testi.   Ushbu   test   E.Shostromning
(1963   yil)   “Shaxsning   yo’nalganligi   so’rovnomasi”ning   (Personal   Orientation
Inventory, E. Shostrom) adaptasiya qilingan varianti bo’lib,   ushbu metodika bola
yoshlarni yetuklik xarakteristikalariga kiruvchi vaqtga kompetenligi, qadriyatlarga
yo’nalganligi,   xulq-atvorining   egiluvchanligi,   senzitivligi,   o’zini   hurmat   qilish,
kreativligi va boshqalarni aniqlash imkoniyatini beradi.
32 1-bob bo’yicha xulosalar
Yetuklik-   rivojlanishning   ma’lum   bir   bosqichi,   fazasi,   chegarasiga
yetilganlikning sifatiy va miqdoriy xarakteristitkasini ma’lum bir aniqlikda belgilab
beruvchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi.
Psixologik   yetuklik   tushunchasi   va   uning   kompenentlari   haqida   fikr   yuritar
ekanmiz,   eng   avvalo   yetuklik   davrini   murakkab,   qarama-qarshiliklarga   ega,
ontogenezining   qonuniyatlarida   namoyon   bo’luvchi,   faoliyatga   bevosita   ta’sir
etuvchi   va   shaxsning   hayotiy   tajibasini   ham   o’zida   aks   etishini   ta’kidlash   lozim.
Ilmiy tadqiqotimizining maqsadi  bola-yoshlarda pcixologik  yetuklikning  ijtimoiy-
psixologik     tomonlarini   nazariy  jihatlarini   ishlab   chiqish   va   amalda   sinab   ko’rish
bo’lganligi   sababli   ushbu   yo’nalishda   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   ham   taxlil
qilindi.   Taxlil   qilingan   adabiyotlar   va   tadqiqotlar   aynan   bola   yoshlarning
psixologik yetukligi muammosi yetarli o’rganilmaganligi aniqlandi. 
Ilmiy   tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   intellektning   optimizasiyasiga   ilmning
ta’siri   katta   ekan.   Oliy   ma’lumotli   kishilarda   yetuklik   davrining   barcha
bosqichlarida   intellektning   yuqori   darajasi   saqlanib   qoladi.   Hatto,   aynan   yetuklik
davrida   ta’lim   va   ilmni   rivojlantirishga   intilish   ortishi   kuzatiladi.   Shundan   kelib
chiqqan   holda   taxlil   qilingan   adabiyotlar   asosida   psixologik   yetuklikning
mezonlari, ularga ta’sir etuvchi ommillar aniqlandi. 
Ko’plab   tadqiqotlar   va   adabiyotlar   taxlili   asosida,   hamda   o’zbek   psixologi
professor G’.B.Shoumarov va uning shogirdlari fikrlari negizi psixologik yetuklik
mezonlari belgilab olindi.   Psixologik yetuklik mezonlariga:
- Ijtimoiy rollarni bajarishga tayyorlik;
- Ijtimoiy muhitga moslashuvchanlik;
- Nizodan qochish va nizoli vaziyatni yuzaga keltirmaslik;
- Xulq-atvorning ijtimoiy normalariga rioya qila olish;
- O’ziga mas’uliyatni ola olish;
- O’zi va yaqinlariga g’amxo’rlik qilish kiritildi. 
33 Ushbu   mezonlarn   bola   yoshlarda   bu   xarakteristikalar   qay   darajada
shakllanganligini aniqlash maqsadida tadqiqot metodikalari aniqlandi.
34 II-bob. MTM TARBIYALANUVCHILARIDA PCIXOLOGIK
YETUKLIGINING SHAXSIY SIFATLARGA BOG’LIQLIGINI EMPIRIK
JIHATDAN O’RGANISH NATIJALARI
2.1.   MTT   tarbiyalanuvchilari   pcixologik   yetukligini   tanqidiy   tafakkur,
kreativlik va shaxsiy sifatlarga bog’liqligi
Tafakkur   va   fikrlashga   oid   fikrlari   o’ziga   xos   bo’lib,   «tafakkur»
kategoriyasiga   ko’ra,   «fikrlash»,   «mulohaza   yuritish»   degan   tushunchalar
ishlatiladi.   Tafakkur   mavjud   tajribani   anglash   va   yangi   qarorlar,   fikrlarning
mujassamlashuvidir.   O’z-o’zini   anglash   murakkab   jarayon   bo’lib,   uni   professor
E.G’oziyev   tavsiya   etgan   quyidagi   sxemada   ko’rishimiz   va   taxlil   etishimiz
mumkin.
O’z-o’zini anglash:
a) o’tmishdagi   «Men» («o’zlik»);
b)  h ozirgi       «Men» («o’zlik»);
v) bo’lg’usi       «Men» («o’zlik»);
g) ideal          «Men» («o’zlik»);
d) dinamik     «Men» («o’zlik»);
«Men»   konsepsiyasining   murakkab   mexanizimi   jamiyatda   yuz   berayotgan
iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy   o’zgarishlar     bilan   bevosita   bog’liq.   O’z-o’zini
anglash   bugungi   kun,   o’tmish   va   kelajak   bilan   bevosita     bog’liq.   Yetuklikning
shakllanishi ham aynan shu sxema asosida takomillashadi.
Yuqorida   keltirilgan   sxematik     o’z-o’zini   anglashdan   ko’rinib   turibdiki,
inson hayoti jarayonida ma’lum axborotlarni to’playdi, ularni o’zlashtiradi, qanoat
qilmasdan   yangilik   yaratadi.   Ijodiy   mahsullari   bilan   ma’naviy   boyliklarni
orttirishga   harakat   qiladi,   o’z-o’zini   anglashning   yuqori   bosqichiga   chiqishiga
intiladi, izlanadi, natijada mazkur psixologiya holat o’z navbatida ijodiy, loyixaviy
jarayonni   vujudga   keltiradi.Shaxs   faoliyati   o’z-o’zidan   ijodiy   va   doimiy   ravishda
taraqqiyot va dinamikadan iborat jarayondir. O’z ustida ishlashdan to’xtagan inson
o’tgan kunda qolib ketadi va bugungi kun talabiga javob bermay qoladi.
35 K.Rodjers   (1996)   o’z   tadqiqotlarida     tafakkurni   shaxsning   o’z-o’ziga   bergan
bahosiga bog’liq deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, shaxsda  tafakkurni shakllantirish
uchun uni qo’llab quvatlash, imkoniyat yaratish lozim. O’z vaqtida bildirilgan fikr,
g’oya insonda ichki xotirjamlikni va o’z-o’zinidan qoniqishni keltirib chiqaradi. 
Zamonaviy   o’zbek   psixologiya   fanida   ham   tafakkur   va   shaxs   taraqqiyoti
muammosi   qator   tadqiqotlar   obyektiga   aylangan.   Ushbu   muammo   bilan   bog’liq
tadqiqotlar, ilmiy risola va maqolalar   taxlili shuni  ko’rsatadiki, tanqidiy tafakkur
muammosi   va   uni   rivojlantirish   munozaralar   obyekti   sifatida   olimlar   diqqat
e’tiboridadir.
    M.G.Davletshin,   E.G.G’oziyev,   V.M.Karimova,   R.I.Sunnatova,
Z.T.Nishonovalar   biz   ko’targan   muammoni     ijodiy,   tanqidiy   va   mustaqil     fikrni
ifodalash   muammolari   orqali   uyg’unlashtirgan   holda   o’z   tadqiqotlarida   yoritib
berdilar   Biror   narsa   yoki   ro’y   bergan,   berayotgan   voqyea-hodisa   hususida
miyamizdan   o’tgan   tuyg’ularimiz-fikrdir.   Fikrlarni   tartibga   solish,   ularni   o’z
o’rnida   ishlatish   va   boshqarib   turishga   javobgar   bo’lgan   jarayonni   psixologlar
fikrlash   yoki   tafakkur   deb   ataydilar.   Inson   hayotini   fikrsiz,   fikrlashsiz   tasavvur
qilib bo’lmaydi. Mualliflar fikrning ijtimoiy mohiyatini ochib beradilar. Fikrlashni
jamiyatga bog’liq hodisadir deyish mumkin. Tasavvur qiling: sizda biror muammo
yoki masala yuzasidan fikr bor, ya’ni mustaqil yoki tanqidiy fikringiz bor bu fikr
sizga juda ma’qul va uni siz mantiqan asoslangan, deb hisoblaysiz. Agar shunday
ishonch,   hattoki,   e’tiqod   bo’lsa,   siz   albatta,   kimlar   bilandir   uni   o’rtoqlashish
ehtiyojini   sezayotganligingizni   anglaysiz.   Agar   uning   «pishib   yetilganiga»   biroz
bo’lsa   ham   ikkilansangiz,   bu   fikrni   birovga  aytmay   qo’ya  qolish   yoki   juda   yaqin
kishingiz bilan o’rtoqlashishga intilasiz. Demak, paydo bo’lgan yangi fikr odamni
boshqalar   bilan   muloqotda   bo’lish,   ular   bilan   o’rtoqlashishga   undaydi.   Ayni   shu
jihati   fikrlashning   ijtimoiyligidan   darak   beradi.   Ushbu   sohada   o’zbek
psixologlaridan   E.G’oziyev   ishlarida   o’z   aksini   topgan.     Uning   tadqiqotlarida
aqlning   eng   muhim   sifatlaridan-tafakkurning   mustaqilligi   ajratiladi.   Muallif
tafakkurning bu muhim sifatini quyidagicha belgilaydi: «Tafakkurning mustaqilligi
deganda,   kishining   shaxsiy   tashabbusi   bilan   o’z   oldiga   konkret   maqsad,   ya’ni
36 vazifalar   qo’ya   bilishi,   ular   yuzasidan   amaliy   va   ilmiy   xarakterdagi   faraz
(gipoteza)lar   qilish,   natijani   ko’z   oldiga   keltira   olishi,   qo’yilgan   vazifani   hyech
kimning ko’magisiz, ko’rsatmasiz, o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va
vositalar topib mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy tushunish kerak». Olim
oliy   ta’lim   psixologiyasiga   doir   qator   uslubiy   qo’llanmalarni   yaratgan.   Xususan,
muallifning   “Oliy   maktab   psixologiyasi”   qo’llanmasida     bola   bilan   hamkorlik
faoliyatini   sakkiz   shakliga   to’xtalib   o’tadi:   1)   faoliyatga   kirish;   2)   mustaqil
harakatlar;   3)   bolani   o’qituvchi   yordamida   harakatlarga   ishtirok   etishi;   4)   taqlid
harakatlari;   5)   madad   harakatlari;   6)   o’zini   o’zi   boshqarish   harakatlari;   7)   o’zini
o’zi qo’zg’atuvchi harakatlar; 8) o’zini uyushtiruvchi harakatlar. 
Z.Nishonova   oliy   ta’limda   bola   yoshlarda   mustaqil   va   tanqidiy   fikrlashni
rivojlantirish bo’yicha turli mashqlar to’plamini ishlab chiqqan. Bundan tashqari u
fikrlash sifatlarini ham ajratib ko’rsatadi:
1.   Elementar   tafakkur   jarayonlarining   shakllanganligi-ya’ni   taxlil   qilish,
analiz, sintez, taqqoslash, muhim jihatini ajratish;
2. Tafakkurning   faolligi,   uning   erkinligi,   ya’ni   nostandart   g’oyalarning
tutilishi   jarayonidagi   erkinlik   va   bir   g’oyadan   ikkinchisiga   o’tishdagi
egiluvchanlik;
3. Tafakkurnining   tashkillanganligi   va   maqsadga   yo’nalganligi,
boshqacha qilib aytganda, har bir inson tomonidan o’z tafakkur qilish yoki fikrlash
jarayonlariga xoslikni anglash va uni nazorat qilish. 
Professor   V.   Karimova   o’zining   qator   maqola   va   risolalarida   shaxsning
jamiyatdagi mavqyei va undagi yuksak insoniy fazilatlarning fikrlash jarayonidagi
mavqyeiga   bog’liqligiga   jamoatchilik   diqqatini   qaratib,   «Kadrlar   tayyorlashning
Milliy   dasturi»     talablarini   bajarish   jarayonidagi   ta’lim   islohotlarida   eng   avvalo
o’quvchilar  va bolalarning mustaqil  va tanqidiy fikrlashlari  uchun shart-sharoitlar
yaratish   va   bunda   eng   avvalo   o’quv   faoliyati   kechadigan   ijtimoiy   psixologik
muhitning yetakchi rolini ta’kidlaydi. Boshqa tomondan «o’zini anglagan, bilgan,
hayotda o’z o’rnini his qila olgan  odamnigina miyasiga fikr keladi, tafakkur qiladi
37 va   qolaversa,   u   bu   fikrlarini   o’zgalarga   izhor   qilib   yetkazishi   ham   mumkin
bo’ladi». Tadqidiy va mustaqil fikr uchun V.Karimovaning fikricha, «muhit kerak,
bu   muhit   albatta   bolaga   bevosita   ta’sir   ko’rsatadi».   Tobelikni   chegaralovchi
ijtimoiy psixologik muhitni auditoriyada shakllantirish uchun o’qituvchi munozara
metodlaridan   keng   foydalansa   bo’ladi.   «Erkin   fikr   almashishning   bo’lishi
muhokama   qilinayotgan   muammo   bo’yicha   guruh   a’zolari   fikrlashlari   jarayonini
tezlashtiradi   va   ularning   faol   pozisiyada   bo’lishlarini   taqozo   etadi.   Munozaraga
kirishuvchilarning  fazoviy  ham  psixologik   holatlari  bir-birlarinikiga  yaqin  bo’lsa,
shaxsda   gapirish,   o’z   fikrini   mustaqil   va   tanqidiy   bayon   etish   ehtiyoji   paydo
bo’ladi.». 
E.Z.   Usmanova   tafakkurning   eng   muhim   xarakteristikasi-bu   tafakkur   va
nutqning   yaqin   hamda   o’zaro   bog’liqligidir,   deb   ko’rsatib   o’tadi.   Muallifning
fikricha, u yoki bu fikr qanchalik o’ylangan bo’lsa, u so’zlarda, og’zaki va yozma
nutqda     shunchalik   aniq   va   yaxshi   ifodalanadi.   Aksincha,   qandaydir   bir   fikrning
so’zlar   yordamida   shakllanishi   qanchalik   takomillashtirilgan   bo’lsa,   shu   fikrning
so’zlar   yordamida   shaklllanishi   qanchalik   tushunarli   bo’lib   boradi.   Agar   biz
o’quvchilar   tafakkurini   rivojlantirishni   hoxlasak-unda   o’quvchilar   nutqini
rivojlantirishimiz   ularni   o’z   nuqtai   nazarini   himoya   qilishga   o’rgatishimiz,   ularni
asoslab bera olishlikka, boshqacha nuqtai nazarlarni eshita bilishga, unda o’zining
«o’rinli   hissasini   qo’shishga,   o’rinli   tanqid   qila   bilishga,   tortishuvlarga
o’rgatishimiz kerak». 
R.I.Sunnatova   fikrlash   faoliyatining   individual-tipologik   xususiyatlarini
o’rganib,   bu   xususiyatlar   qatoriga   mustaqil   yoki   mustaqil   emaslik,   o’z-o’zini
baholashda   konstruktivlik-destruktivlik,   fikrlash   faoliyatida   qabul   qilish   bo’yicha
shaxslararo   o’zaro   ta’siridagi   holatlarda   konfliktlik-   konformlik   kabilar   kirishini
ta’kidlagan. 
N.G.Kamilova   fikricha   tanqidiy   va   mustaqil   tafakkur   shaxsning   o’z-o’ziga
bergan   bahosiga,   o’z-o’zini   anglashiga   bog’liq.   O’z   kuchi   va   imkoniyatlariga
ishongan kishilarda qat’iyatlilik, o’z fikrini bayon etishga intilish mavjud bo’ladi.
38 Bu   o’rinda   N.G.Kamilova   joyida   va   vaqtida   bayon   etilgan     fikr   shaxsda   ichki
xotirjamlikni, o’z-o’zini tushunish va qabul qilishni  tarkib toptiradi, deydi.
Shunday qilib, o’zbek psixologlarining shaxs  hamda uning tafakkur jarayoni
bo’yicha   olib   borayotgan   izlanishlarida   eng   avvalo   fikrlashning   anglanganlik   va
ijtimoiylik   tamoyiliga   ko’proq   e’tiborni   qaratib,   mustaqil,   erkin   fikrlay   olish
qobiliyati   ijtimoiy   munosabatlarga   bog’liqligiga   e’tibor   berganlar   va   bu   narsa
diqqatga molik jihatdir. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, psixologlarning hyech bir
birini   ishida   psixologik   yetukligi   va   umuman   yetuklik   masalasini   rivojlantirishda
tanqidiy   tafakkurning   o’rni   va   ahamiyatiga   jiddiy   e’tibor   qaratilmagan.   Bu   esa
ilmiy   izlanishimizda   oliy   ta’limda   psixologik   yetuklikni   shakllantirishda   tanqidiy
va   ijodiy   tafakkurga   shaxsning   individual-psixologik   xususiyatlariga   bog’liqligi
masalasiga  diqqat e’tiborimizni qaratishimizni taqozo etadi. 
O’zining   va   o’zgalarning   mulohazalarini,   bu   mulohzalarning   chin   yoki   chin
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga,
muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi.
Tafakkur   obyektiv   va   subyektiv   ravishda   ifodalanishi   mumkin.   Mazkur   sifat
insonni   baholash   o’z-o’zini   baholash   kabi   tafakkurning   individual   xususiyatlari
bilan   bog’liq   ravishda   namoyon   bo’ladi.   Agar   tanqidiylik   oqilona,   muhim
belgilarga,   muammo   mohiyatining   to’g’ri   ochilishiga   asoslanib   amalga   oshsa,
unday   tanqidiylik   obyektiv   tanqidiylik   deb   ataladi.   Mabodo   tafakkurning
tanqidiyligi subyektiv xatolarga, umuman subyektivizmga olib kelsa, bunday holda
subyektiv   tanqidiylik   deyiladi.   Subyektiv   tanqidiylik   salbiy   oqibatga   olib   keladi,
shuningdek insonlar o’rtasida «anglashilmovchilik g’ovi »  ni vujudga keltiradi, ikki
shaxs   o’rtasida   kutilmaganda   ziddiyat   paydo   bo’ladi.   Insonda   tafakkurning
tanqidiyligi   oqilona,   rasional   tarzda   vujudga   kelsa,   unda   shaxs   bu   muhim   sifat
bilan boyidi, deb aytish mumkin. 
Bugungi   kunda   zamonaviy   ta’lim   tizimida     tanqidiy   savodxonligi   degan
tushuncha   qo’llanilmoqda.   Bola   shaxsining   psixologik   yetuklgida   tanqidiy
savodxonlikning   ahamiyati   qay   darajada   ekanligi   tadqiqotimiz   uchun   muhimdir.
Amerikalik   tadqiqotchilar   Anjela   Uord   va   Sara   Enn   Bichlar   pedagog   uchun
39 “tanqidiy     savodxonlik   “   qay   daraja   muhimligini   aniqlash   maqsadida   Kanada,
AQSh va Qozog’istonning 18 nafar pedagogi bilan ijtimoiy-psixologik tadqiqotni
amalga   oshirishadi.   Tajribada   barcha   bo’g’indagi,   shu   jumladan   oliy   ta’lim   va
malaka oshirish kurslarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar ishtirok etishadi.
Barcha   ishtirokchilarga   quyidagi   savol:   “Sizning   pedagogik   faoliyatingiz   va
pedagogik   tayyorgarligingizga   tanqidiy   tafakkur   va   tanqidiy   savodxonlik   qay
darajada   ta’sir   ko’rsatadi?”   bilan   murojaat   qilinadi.   Ushbu   tajriba   amaliy
xarakterga ega bo’lib, har bir pedagog o’z ish tajribasida yuzaga kelgan muammo
va uni bartaraf etishda qo’llagan usul va vositalari bilan fikrlashgan. Ma’lumki, har
bir pedagogning asosiy quroli bu- nutq. Pedagog gapiradi, yozadi, tushuntiradi va
qayta   aloqa   orqali   bergan   bilimlarini   qay   darajada   o’zlashtirganini   aniqlaydi.
Bundan   tashqari   pedagog   matn   bilan   ishlaydi.   Olib   borilgan   tajriba   kontektida
tanqidiy   savodxonlik   deb,   matnning   mazmuni,   strukturasi,   funksiyasi   va
maqsadlaridan   kelib   chiqqan   holda   barcha   fikrlash   operasiyalarini   tanqidiy   taxlil
qilishga jalb etish qabul qilingan.
Tanqidiy   savodxonlik   gurux   bilan   yaratilgan   har   qanday   og’zaki   va   yozma
matnni   har   bir   ishtirokchining   fikrini   inobatga   olib   yaratilishini   nazarda   tutadi.
Tanqidiy savodxonlik metakognitiv va matalingvistik jarayonlarni anglab yetishni
talab   etadi.   Savodxonlikning   metakognitiv   darajasi   o’quvchiga   og’zaki   va   yozma
matnni tushunishda qanday strategiyalarni  qo’llayotganini anglab yetishga yordam
beradi.   O’qish   jarayonida   bola   o’zlashtirilayotgan   materialni   oldingi   tajriba   va
bilim   bilan   bog’lay   olish   va   savollar   berish,   hamda   mazmunga   chuqurroq   kirib
borish   imkoniyatini   beradi.   Ushbu   darajada   dars   yakunidagi   natijagagina   emas,
balki   dars   jarayonining   borishiga   ahamiyat   beriladi.   Metalingvistik   darajada
og’zaki   a   yoma  nutq   orqali   o’z   mustaqil   fikrini   bayon   etadi,   o’z   fikrini   bildiradi,
kamchilikliklarini anglaydi va to’g’irlashga o’z harakatlarini yo’naltiradi.
  D.Kluster  tanqidiy tafakkurni negizida ma’lumot yotgan mustaqil tafakurdir
deydi.   U   muammo   yoki   savolni   to’g’ri   qo’yishdan   boshlanib,   javobni   aniq
argumentlarni   keltirish   va   tafakkurning   ijtimoiylashishi   bilan   ifolanadi   (Klooster,
2001). 
40 Tanqidiy savodxonlik na faqat bir masala yoki muammo, baki barcha fanlarga
munosabat   bildirishni   shakllantiradi.   Ba’zi   mualliflar   fikricha
(Lewison,SeelyFlint&   Van   Sluys,   2002)   tanqidiy   savodxonlik   kundalik   hayotda
mustahkamlanib   qolgan   tafakkurni   o’zgarishiga,   masalaga   turli   tomondan
qarashga, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol bo’lishga xizmat qiladi. 
Shaxsnnig   hayot   yo’lida   erishadigan   yutuqlarining   tub   mazmuni   yangicha
yondashuv   zamirida   kuzatiladi.   Insonlarning   yutuqlarini   baholashda   tanqidiy
savodxonlikning   roli   katta.   Zero,   faoliyat   faqat   yutuqlardangina   emas,   balki
kamchiliklar   va   inqirozlardan   ham   iboratdir.   Buni   shaxs   taxlil   qilishi   o’z
faoliyatiga   yangiliklarni   kiritishi   lozim.   Ushbu   taxlil   quyidagi   bosqichlarda
ifodalanishi mumkin:
1. Kognitiv;
1.1.   Insonlar     haqida   va   o’zga   insonlarni   tushunishning   maxsus   qoidalarini
bilish;
1.2. Ijtimoiy xotira - insonlarni qiyofasi, ismini o’zlashtirishga yo’naltirilgan
xotirani o’zlashtirish;
1.3. Ijtimoiy   intuisiya – insonlarning kayfiyati, tuyg’ulari, xatti-harakatlarini
tushunish   motivi,   ijtimoiy   mazmundagi   xulq-atvorni   mos   tarzda   kuzatuvchanlik
qobiliyati;
1.4. Ijtimoiy voqyelikni bashorat qila olish – shaxsiy xatti-harakatlari rejasini
shakllantirish,   o’zining   faoliyatini   jipslashtirishi,   shaxsiy   faoliyatini   boshqalar
ko’zi   bilan   ko’ra   olishi,   ichki   tanqiddan   o’tkazish   va   foydalanilmagan   muqobil
imkoniyatlar orqali baholash va o’z ustida ishlash.
2. Emosional;
2.1. Ijtimoiy ifodalilik – emosional ifodalilik, emosional sezgirlik, emosional
nazorat o’rnatish;
2.2.   Birgalikda   qayg’urish   –   o’zga   insonlarning     holatiga   kira   olish,   o’zini
boshqalar o’rniga qo’ya olish qobiliyati;
2.3.   O’z-o’zini   tartibga   solish   qobiliyati   –   o’zining   emosional   va
kayfiyatlarini tartibga solish uquvi.
41 3. Xulqiy;
3.1.   Ijtimoiy   idrok   –   suhbatdoshni   tinglash   malakasi,   hazil-mutoyibani
tushunish;
3.2.   Ijtimoiy   o’zaro   ta’sirlashuv   –   hamkorlikda   ishlashga   shaylik   va
qobiliyatlilik, o’zaro jamoaviy ta’sirlashuvga qobiliyatlilik;
3.3.   Ijtimoiy   moslashuvchanlik   –   tushuntira   olish   va   boshqalarni   ishontira
olish   uquvi,   o’zga   kishilar   bilan   chiqishib   ketish   qobiliyati,   atrofdagilar   bilan
munosabatlarda samimiylikning namoyon etilishi.
3.4.   Ijtimoiy   tanqidiylik-   kamchiliklarni   aniqlash,   boshqalar   tomonidan
aniqlangan   kamchiliklarni   qabul   qilish,   tolerant   bo’lish   va   kamchiliklarni
to’g’rilashga o’zida xohish, kuch va imkoniyat topish.
Ushbu   paragrafda   bola   yoshlarning   yetuklik   mezonlarini   shaxs
xususiyatlariga   bog’liqligini   Kettelning   16   faktorli   so’rovnomasiva   shaxsiy
yetuklikni   aniqlashga   qaratilgan   M.Krozning“O’z-o’zini   aktuallashtirish   test”idan
foydalanib   aniqladik.   Ushbu   test   E.Shostromning   1963   yilda   ishlab   chiqilgan
“Shaxsiy   yo’nalganlik   so’rovnomasi”ning (Personal   Orientation   Inventory,   E.   Shostrom)
adaptasiya   qilingan   varianti   bo’lib,   uning   negizida   A.Maslouning   o’z-o’zini
aktuallashtirish g’oyasi  yotadi. O’zbekiston sharoitida ushbu so’rovnoma ilk bora
qo’llanilmoqda.
Shaxsiy yetuklikni aniqlashga qaratilgan  “O’z-o’zini aktuallashtirish test”ida
subyektning   vaqtda   kompetentligi,   qadriyatlarga   yo’nalganligi,   xulq-atvorning
egiluvchanligi, senzitivlik, o’z-o’zini hurmatlash, o’z-o’zini qabul qilish, kretivlik
kabi sifatlari shaxsiy yetuklik bilan bog’likligi namoyon bo’ladi. Test-so’rovnoma
126 punktdan iborat. Respondent ikki ta’kiddan birini tanlashi kerak. So’rovnoma
asosida aniqlanadigan 14 ta asosiy mezonlar:
- Vaqtni idrok etishda kompetentlik;
- O’z-o’zini qo’llab-quvvatlash;
- O’zini aktuallashtirish qadriyati;
- Xulq-atvorda egiluvchan;
42 - Reaktiv sezgirlik;
- rejasiz  xatti-haraktlar va qarorlarni qabul qilish;
- o’z-o’zini xurmatlash;
- o’zini qabul qilish;
- inson tabiatini qabul qilish;
- sinergya;
- shaxsiy agressiyasini qabul qilish;
- muloqotchanlik;
- bilim olish, anglash extiyoji;
- kreativlik.
2.2.   MTT   tarbiyalanuvchilari   pcixologik   yetukligini   xulq-atvor   va
emosional reaksiyalarning samarali shakllari
Xarakterni     tarbiyalash     barkamol     avlodni     tarbiyalashning     markaziy     va
muhim     vazifalaridandir.     Mutaxassislar     xulq-atvorning     birinchi   ko’rinishini
bolalikdan,     maktabdan     oldin     ko’rish     mumkinligini   tasdiqlaydilar.     O’sish
jaraѐUnida     yangi     fazilatlar     va     xususiyatlar     paydo   bo’ladi,     shaxs     shakllanadi.
Kuchli  va  jasur  odamni  tarbiyalash  uchun  uni  aniq qoidalar  va  syujetlar  bilan
jamoaviy     o’yinlarga     o’rgatish,     mas’uliyatni   shakllantirish     uchun     bolalikdan
birinchi     navbatda     oddiy     vazifalarni     hal   qilish,     keyin     esa     murakkabroqlarga
o’tish,  intizom  va  xotirjamlikka  rioya qilish, natijani baholash va sharhlar berib
borish lozim. 
Xarakterning     g’amxo’rlik,     mehribonlik,     xushmuomalalik    	
ѐUki     aksincha,
g’azab,   xudbinlik,   befarqlik     kabi   xislatlari   aynan   bolalikdan     paydo   bo’ladi.
O’smirlik   davrida   irodaviy     fazilatlar,   xulq-atvor   va   dun	
ѐUqarash   shakllanadi.
Qat’iyatlilik     tanqidiy   qarash,     fahm-farosat,   qo’zg’atuvchanlik,     xushfe’llik,
43 quvnoqlik,   mexribonlik   kabi   xarakterning   intellektual,   emosional   va irodaviy
xususiyatlarining  shakllanishi  ham  xuddi  shu  tarzda  shakllanadi.
Keyinchalik   esa   xarakterli   xususiyatlar   mavjud   sharoitga   qarab   yangi
sharoitda   o’zgaradi.     Voyaga     yetganida     xarakter     o’zgarishi     barqaror     bo’lib,
ma’lum  shaklga ega bo’ladi. 
Xarakterning     juda     ko’p     hislatlari     odamning     ish-harakatlarini   belgilovchi
chuqur     va     faol     mayllar     hisoblanib,     shu     moyilliklarda   xarakter   xislatlarining
undovchilik     kuchi     namoѐUn     bo’ladi     va     kuch     tufayli   ko’pincha     obyektiv
sharoitga     zid     harakat     qiladi     va     mutlaqo     maqsadga   nomuvofiq   harakat
usullarini   qo’llaydi.     Ayrim     odamlar     bilib     turib   qiyin   vazifani   tanlaydilar,
ayrimlar aksincha. Xarakter xislatlari ma’lum tarzda harakat  qilishga   ba’zan   esa
sharoitga   qarama-qarshi     harakat     qilishga     undar   ekanlar,     ular     xa	
ѐUtiy   qiyin
daqiqalarda     yaxshiroq   namochim     bo’ladilar.     Shaxs   xarakteri   qarshilik
ko’rsatuvchi sharoitlar bilan kurashda sinaladi. 
Xarakter   xislatlari   shaxsning   qiyin   hosil   qilinadigan   va mustahkamlanib
qoladigan   xususiyatlari    bo’lganlari   tufayli,   xarakterning fiziologik   asosi    ham
individual  xa	
ѐUt  jara	ѐUnida  asab  tizimining  o’zgargan xususiyatlaridan iborat. 
Oila     va     ijtimoiy     muhit,     ta’lim-tarbiya     ta’sirida     shakllangan
xususiyatlarning     qayta     mustahkamlanishi     natijasida     ma’kur     hislatlar   dinamik
steriotip  (odat)  sifatida  kishi  xarakterini  tashkil  etadi.    Shaxs xarakteriga xos
konstruktiv   va   destruktiv   xususiyatlar   ontogenetik   taraqqi	
ѐUt   jara	ѐUnida
mustahkamlanib  shaxsning  tipik  hususiyatiga  aylanib  boradi. 
Kishi     o’zi     anglamagan     xolda     ba’zan     xarakterida     salbiy     xarakterologik
xususiyatlarni  shakllantirishi  va  xatto  bu  xususiyatlar  ustun  bo’lishiga sharoit
yaratib     berishi     mumkin.     Natijada     esa     shaxsning     xarakterida   aksentuasiya
shakllanishi kuzatiladi.
Shaxs   xarakteri   aksentuasiyasi   va   destruktiv   xulqning   shakllanishi   bir   qator
psixolog     olimlar     tomonidan     o’rganilgan.     Jumladan,     E.Krechmer,   U.Sheldon,
K.G.Yung,     Yu.M.Lotman,     Ye.A.Lichko,     va     boshqalar     shaxs     xarakteri
aksentuasiyasi    va   destruksiyasi   sabablarini   va   bartaraf   etish   yo’llarini tadqiq
44 etganlar.     Jumladan,     K.Leongard     tomonidan     xarakter   aksentuasiyasining
gipertim,  distim,  qo’zg’aluvchan,  nomoyishkorona, xavotirli,  pedant  va  boshqa
tiplari  tasniflangan. 
Shaxsning   shakllanishida   nafaqat   xulq-atvorni   ahamiyati   balki
emosiyalarning   ham   ahamiyati   yuqoridir.   Shaxs   sifatida   shallinishijda   xulq-atvor
va   emosiyalar   va   ularning   turlari   muhim   o’rin   tutib   shaxsning   qaydarajada
shikllanishini belgilovchi omil deyish mumkin.
Emosiyalar     (lotinchadan     emoveo     —     hayajonlantiraman)     —     psixik
hodisalarning o’ziga xos sinfi, subyekt tomonidan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun
mazkur  hodisa,  predmet  va  vaziyatlarning  hayotiy  ma’nosini  bevosita, g’arazli
boshdan kechirilishi shaklida namoyon bo’ladi. 
Borliq     obrazida     hayotiy     muhim     bo’lgan     hodisalarni     ajratib     va     ularga
faollikni  yo’naltirishga  undab,  emosiyalar  psixik  hulq-atvor  boshqarilishi bosh
mexanizmlaridan biri bo’lib hisoblanadi. 
Emosional  hodisalarning  turi  sifatida  ko’rib  chiqiladigan  tasavvurga ko’ra
emosiyalar   umuman   olganda   ehtiyojlarning   ifodalanishiga   xizmat   qiladi   va
motivasiya     mavjudligining     aniq-subyektiv     shakli     bo’lib     aniqlanadi.   Biologik
evolyusiyada     emosiyalar     tirik     mavjudotlarga     organizm     holati     va   tashqi
ta’sirlarning   biologik   ahamiyatini   aniqlashga   imkon   beradigan   vosita   sifatida
yuzaga kelgan.
Emosiyalarning     eng     oddiy     shakli     –     hislarning     emosional     toni     deb
atalmish   shakli   -     ayrim   hayotiy   muhim   ta’sirlar   bilan   kuzatiladigan   masalan,
ta’mli,  haroratli)  va  individni  ularni  saqlashga  yoki  bartaraf  etishga undovchi
ijobiy     yoki     salbiy     kechinmalardir.     Hulq-atvorga     yordam     beruvchi     yoki
to’sqinlik     qiluvchi     shart-sharoitlar     bilan     to’qnashishda     ehtiyojlarni   qondirish
uchun     shu     shartlarning     ahamiyatini     ifodalovchi     vaziyatga     oid   emosiyalar
yuzaga     keladi.     Ular     orasida     omad     yoki     omadsizlik     (quvonch,   qayg’urish)
bilan     to’qnashishda     yuzaga     keladigan     va     foydali     hulq-atvor   shaklining
egallanishi     va     o’zini     oqlamagan     hulq-atvor     shaklining     bartaraf   etilishiga
yordam beradigan emosiyalar muhim boshqaruvchi rolni bajaradi.
45 Biologik     vazifasiga     ko’ra,     emosiyalar     tasviriy     tajribaning   tasvirlanishi
shaklini     bildiradi:     ularga     tayanib,     individ     maqsadga   muvofiqligi     yashirin
bo’lgan     zaruriy    harakatlarni     bajaradi     (masalan,     havf-xatardan   qochish,   naslni
davom ettirish bo’yicha).  
Emosiya     –     bu     qandaydir     idrok     qilish,     fikrlash     va     harakatlanishni
otivasiyalaydigan,  tashkil  qiladigan  va  yo’naltiradigan  tuyg’u  sifatida boshdan
kechiriladigan qandaydir emosional holat sifatida kuzatiladi. 
Mazkur   ta’rifning   har   bir   jihati   emosiyalar   tabiatini   tushunish   uchun   o’ta
muhim. Emosiya  motivasiyalaydi. U  g’ayratni  safarbarlaydi, va bu  g’ayrat ba’zi
hollarda  subyekt  tomonidan  harakatni  bajarishga  tendensiya  sifatida his  etiladi.
Emosiya   individning  fikrlash  va  jismoniy  faolligini boshqaradi,   uni   muayyan
tomon   yo’naltiradi.   Agar   g’azablansangiz,   orqaga qaramay   qochmaysiz,   agar
qo’rqib     ketgan     bo’lsangiz,     tajovuzkorlikka     qaror   qilishingiz     dargumon.
Emosiya     idrokimizni     boshqaradi     yoki,     aniqrog’i,   filtirlaydi.     Baxt   insonni
olamga   shubhali   pushti   ko’zoynak   orqali   boqishga   majbur   qiladi:   eng   oddiy
buyumlarga   erib   ketadi,     xususan,   dala   guli   hidi   va   kun     botishidagi     qush
kuylashi,  va  hayot  sari  yengil  qadamlar  bilan,  sakrab-sakrab yurish.
Differensial   emosiyalar   nazariyasi   boy   intellektual   meros,   ya’ni     mumtoz
olimlar  Dyushen,  Darvin,  Spenser,  Kyerkegor,  Vundt,  Djems,  Kennon,  Mak-
Daugal,     Dyumas,     Freyd,     Rado     va     Vudvorts     hamda     zamondosh     olimlar
Yakobson Pinnota,   Maurer,   Gelgorn,   Boulbi,   Simonov,   Ekman,   Xolt,   Singer
ishlari sari  ko’tariladi.  Turli  fan  va  nuqtai  nazarlarga  ega  barcha  shu  olimlar
motivasiya,     ijtimoiy     kommunikasiya,     idrok     qilish     va     harakat     uchun
emosiyalarning     markaziy     ahamiyatiga     ishonishga     moyil.     Differensial
emosiyalar   nazariyasi   farqlanuvchi   qayg’urish-motivasiyali     jarayonlar   sifatida
tushuniladigan     ayrim     emosiyalarni     markazlashtirish     tufayli     o’z     nomiga     ega
bo’ldi. Bu nazariya o’z asosida beshta asosiy taxminga ega:
-to’qqizta     fundamental     emosiya     inson     mavjudligining     asosiy
motivasiyaviy tizimini hosil qiladi;
46 -har     bir     fundamental     emosiya     noyob     motivasiyaviy     va     fenomenologik
xususiyatlarga ega;
-quvonch,     qayg’u,     g’azab     va     uyat     kabi     fundamental     emosiyalar     turli
ichki kechinmalar   va   shu   kechinmalarning   turli   tashqi   ifodalanishlariga   olib
keladi; 
-emosiyalar     bir-biri     bilan     o’zaro     ta’sirda     bo’ladi     –     bir     emosiya
boshqasini faollashtirishi yoki susaytirishi mumkin; 
-emosional    jarayonlar   undashlar    va   gomeostatik,   perseptiv,   kognitiv   va
motor  jarayonlar  bilan  o’zaro  ta’sirda  bo’ladi  va  ularga  o’z  ta’sirini ko’rsatadi
3[26].  
Kechinmalarning subyektiv qadriyatiga ko’ra B.I.Dodonov quyidagi emosiya
turlarini ajratadi:
-altruistik   –   ko’mak   berishga   ehtiyoj,   boshqalarga   yordam   ko’rsatishga
asoslangan  kechinmalar:  boshqa  insonlarga  quvonch  va  baxt  olib  kelish,  o’z
taqdiri    uchun   havotirlanish   tuyg’usi,   qayg’udosh   bo’lish,   ishonish,   sodiqlik,
achinish hissi;
-kommunikativ   –   muloqotga ehtiyoj asosida yuzaga keladi: muloqotlashish
istagi,     fikr     va     kechinmalar     bilan     bo’lishish,     yoqtirish     hissi,     bog’lanib
qolishlik,     kimgadir     hurmat     hissi,     yaqinlar     va     hurmatli     insonlarga     ma’qul
tushish istagi;
-glorik   –   o’z   o’rnini   topish,   shon-shuhratga   ehtiyoj    bilan   bog’liq:   tan
olinish, hurmatni egallashga intilish, o’ziga bino qo’yish hissi va rohat olish istagi,
mag’rurlanish,     afzallik     hissi,     o’sish     sodir     bo’lganligi,     o’z     shaxsi   qadrining
ko’tarilganligi bilan qoniqish;
-amaliy     –     faoliyat     muvaffaqiyati     yoki     muvaffaqiyatsizligi,     uni     amalga
oshirish   va   yakunlash   qiyinchiliklari   bilan   aniqlanadi:   ishda     yutuqqa   erishish
istagi,   zo’riqish     hissi,     ishga   beriluvchanlik,   yoqimli     charchoq,    o’z     mehnati
natijalaridan qoniqish hissi; 
-romantik     –     barcha     ajoyib,     sirlilikka     intilishda     namoyon     bo’ladi:
qandaydir ajoyib va o’ta yaxshi narsani kutish; atrofdagi olam o’zgarishlarini idrok
47 qilish   hissi:   hamma   narsa   o’ziga   xos   ahamiyatlilik,   sirlilik   bilan to’ldirilgan
bo’lib tuyuladi;
-gnostik   –     bilish   va   ma’naviy   ehtiyoj   bilan   bog’liq:   hodisalar   mohiyatini
bilishga     intilish,     hayron     bo’lish     yoki     ikkilanish,     tushunmaslik     hissi;     fikr
aniqligi   yoki   noaniqligi   hissi;   o’z   mulohazalarida   ziddiyatlarni   bartaraf etish
va     hamma     narsani     tizimlashtirishga     kuchli     intilish;     muammo     yechimi
yaqinligini his etish.
-estetik     -     lirik     kechinmalar     bilan     bog’liq:     go’zallikka     ehtiyoj,     nozik,
ko’tarinki   va   buyuklik   hissi;   tovushlar   bilan   rohatlanish,   hayajonlantiruvchi
dramatizm hissi, ma’naviy o’sish hissi; o’z yaqinlari hissi, yolg’izlik hissi;
-gedonik   –   tana     va    ma’naviy    qulaylikda    ehtiyojni     qondirish:    bilimlar,
shirin   taom   va   hokazodan   olingan   yoqimli   ma’naviy   va   jismoniy   hislar   bilan
ozuqlanish; tashvishsizlik, sokinlik hissi, xursandchilik hissi;
-akizitiv  –  yig’ish,  kolleksiya  yig’ishga  qiziqishga  ko’ra,  yuzaga  keladi:
yig’ishga     intilishi,     yig’ilganlarning     ko’payganligidan     quvonish;     o’z
kolleksiyasini ko’rishdan olingan yoqimli his; 
-safarbar     etiladigan     –     xatarni     yengishga     ehtiyojdan,     kurashishga
qiziqishdan   sodir   bo’ladi:   tavakkal   qilishga   qiziqish,   sportga   berilib   ketish   hissi,
qat’iyatlilik,   sport    g’azabi,   kuchli    irodaviy   va   emosional    zo’riqish hissi, o’z
jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarini safarbarlash.
Emosiyalar insonning u yoki boshqa obyektlar bilan o’zaro   munosabatining
bevosita  aksi  hisblangan   oddiylar  va  bu  aks  etish   bilvosita   xususiyatga  ega
bo’lgan     murakkablilarga     bo’linadi.     Kuchli,     namoyon     bo’lishi     xususiyati     va
turg’unligiga   ko’ra,     emosiyalar   orasida   affekt   emosiyasi   va   kayfiyat   emosiyasi
farqlanadi.
Mazmuniga     ko’ra,     avvalom     bor,     ahloqiy,     intellektual     va     estetik
hissiyotlar ajratiladi. Ulardan ba’zilari ehtiroslar xususiyatini egallashi mumkin .  
Emosional  soha  organizmning  faol  hayo  tfaoliyati  shakllarini ta’minlovchi
asosiy     boshqaruv   tizimlaridan     biri   hisoblanadi     (PK.   Anoxin,   1975,     V.K.
Vilyunas,  1976,  K.Ye.  Izard,  1980,  Ya.  Reykovskiy,  1979,  S.L, Rubinshteyn,
48 1946,   P.V.   Simonov,   1970,   1993;   va   b.).   Aynan   emosiyalar moslashuvchan
jarayonlarning     umumiy     zanjirida     birinchi     bo’g’in     bo’lib   hisoblanadi   va
atrofdagi olamning har qanday ta’sirlaridan, hamma narsadan tezroq   ta’sirlanadi.
Emosional     ta’sirlanish     tashqi     olam     bilan     o’zaro   ta’sirning   ilk   mexanizmi
sifatida shakllanadi.
Zamonaviy   jamiyat   inson   shaxsi,   individualligi,   emosional   farovonligi   va
unga     bog’liq     bo’lgan     omillarga     ko’proq     e’tibor     bermoqda.     Shunga     ko’ra
intellekt   sohalari   emas,   balki   emosional-shaxsiy   soha   ilgari   suriladi.   Shu   nuqtai
nazardan     shaxs     asoslari     shakllanadigan,     turli     muhit     ta’sirlaridan   qat’iy
ta’sirlanish   mexanizmlari   yuzaga   keladigan   maktabgacha   yosh   o’ta   muhim
hisoblanadi .
Hozirgi   kunda   jamiyat   har   bir   inson   noyobligini   uning   somatik   va     hatto
psixik   sog’ligidan   qat’iy   nazar   ochiq   tan   olishga   tayyor.   Emosional   inson   sohasi
ko’p darajali  murakkab qurilmaga  ega va o’z ichiga emosional    ton,   emosiyalar,
emosional     shaxs     xususiyatlari     va     hissiyotlarini   oladi.     Emosiyalar     va
hissiyotlarni  “emosionallik”  umumiy  atamasi  bilan birlashtirish mumkin. 
Emosional     sohani     o’rganish     masalalari     ko’pgina     mashhur     mamlakat
psixologlari A.V.   Zaporojes (1965), N.D.   Levitov (1964),   B.M. Teplov (1961),
A.V.Petrovskiy (1986), L.S.Vыgotskiy (1984), R.S.Nemov (1995), A.N.Leontyev
(1993), K.K.Platonov (1984) bilan ko’rib chiqilgan..
Psixologlar     emosional     shaxs     sohasining     o’rganilishiga     katta     e’tibor
berishadi. Turli nuqtai nazarlarga qaramay, deyarli barcha olimlar emosiyalar inson
ehtiyojlari   qoniqtirilishi   holati,   jarayoni   va   natijasini   aks   etadi degan   fikrda
to’xtaydi.     Ayni     paytda     individni     nima     tashvishlantirayotgani,   ya’ni   u   uchun
qanday   ehtiyojlar   va   qiziqishlar   dolzarb   ekanligini   emosiyalarga   ko’ra   aniqlash
mumkin .   
Erta  va  maktabgacha  bo’lgan  yoshda  hissiyotlar  bola  hayotining  barcha
tomonlaridan   ustun   turadi.   Biroq,   to’laqonli   rivojanayotgan   maktabgacha   katta
yoshidagi   bolada   atrofdagilar   va   o’ziga   nisbatan   munosabatlar   kechinmalarini
barqarorlashtiruvchi     sifatida     hissiyotlar     hulq-atvorni     boshqarish   funksiyalarini
49 bajara    boshlaydi,     harakat     va     ishlarning     motivlariga  aylanadi,   o’z   hulq-atvori,
faoliyati natijalarini emosional  oldindan bilib olish imkoniyatlari qo’llaniladi.  
Maktabgacha     bo’lgan     bolalik     oxiriga     kelib,     bolalar     emosionallikning
ifodalanishini     shu     darajada     egallay     boshlaydiki,     u     yoki     bu     emosiyalarning
ko’rsatilayotgan     ekspressiyasi     ular     bilan     boshdan     kechirilayotganini
bildirmaydi.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   u   yoki   bu   emosiyalarning   kutilishi
(oldindan   namoyon   bo’lishi)   yuzaga   keladi,   bu   ularning   hulq-atvori   va   faoliyati
motivasiyasiga   katta   ta’sir   ko’rsatadi.   Emosiyalarning   ilgarilab   to’g’rilanishi
haqida   A.V.Zaporojes   va     Ya.Z.Neverovich     (1974)     ta’kidlagan.     Emosiya     va
hissiyotlarning     namoyon     bo’lishiga     bolalar-ota-ona     munosabatlarining     o’ziga
xosligi katta ta’sir ko’rsatadi.
V.M.Bexterev   1910   yilda   ilk     bor     bola     rivojlanishi     dinamikasining
baholanishida, birinchi navbatda psixik rivojlanishida, bolalar rasmlarini o’rganish
ahamiyati haqida gap yuritdi.  
L.S.Vыgotskiy   shaxs     ijtimoiy     tajribasiz,   ichidan   o’zgartirib,   keyin   esa   uni
qayta     o’zgartirilgan    shaklda     yana     tashqariga     chiqarishsiz     rivojlana  olmasligi
haqida   yozgan   (interiorizasiya   va   eksteriorizasiya   qonunlari).   Buni   emosiya     va
hissiyotlarga     kiritish     to’g’ri     bo’ladi.     Bu     jarayonlar     bolada     aynan   ijodiy
faoliyatda va ayniqsa yorqin va ko’rgazmali o’yinda namoyon bo’ladi. 
20   asr    60-yillarida   amerikalik   bolalar    ijodiyoti    tadqiqotchisi    Dj. Makfi
shuni     ta’kidlaganki,     san’at     bolaga     emosiyalarning     konstruktiv   ifodalanishi
vositalarini   to’g’ridan-to’g’ri uzatadi, u   bolaning   vizual idrok qilish qobiliyatini
rivojlantirishga   yordam   beradi,   uni   shakl   va   fazoni   yanada   batafsil     anglash,
atrofdagi  olamni  yaxshiroq  tushunib,  ko’rishga  o’rgatadi. 
Grafik   ekspressiya   shaxsga   o’ziga   xos,   so’z-mantiqiydan   farq   qiluvchi
yig’ilgan   axborotni     uzatish     kanalini     bildiradi.     O’xshash     g’oyalar
A.V.Bakushinskiy   (1925),     Ye.S.Kondaxchan     (1951),     N.P.Sakulina     (1965),
G.V.Labunskaya     (1965),   Ye.I.Ignatyeva   (1961)   va   boshqalarning   ishlarida
ifodalangan .  
50 Shunday     qilib,     bola     rivojlanish     jarayonida     turli     xil     va     turlicha
ifodalangan   hissiyotlarni   idrok   qiladi.   Lekin   ular   hali   vaziyatli   va   turg’un   emas,
yosh   o’tishi   bilan   bola   yanada   chuqurroq   va   qat’iy   bo’ladi.   Bola   hissiyotlari
bevosita   ifodalanishidan   namoyon   bo’lishi    ustidan   nazorat   qilinishigacha   va
ijtimoiy     to’g’ri     keladigan     usullar     bilan     ifodalanishigacha     bo’lgan     tashqi
namoyon bo’lishlarida ham sezilarli o’zgaradi.
2.3.   MTT   tarbiyalanuvchilari   psixologik   yetuklik   komponentlarini
rivojlantirishning samaradorligi
Tadqiqotimizda   oliy   ta’lim   muassasalarida   bolalar   psixologik   yetuklik
komponentlarini   rivojlantirish   borasidagi   ishlar   o’zining   psixologik   mohiyatiga
ko’ra quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi:
1-bosqich.   Bolalarda   psixologik   yetuklik   komponentlari   rivojlanganlik
darajasi   aniqlandi.   Buning   uchun     bola   yoshlarga   maxsus   test   batareyalari   va
anketa   so’rovnomalari   taqdim   etildi,   suhbatlar   o’tkazildi,   kuzatish   ishlari   amalga
oshirildi.
2-bosqich.   Bolalarga   psixologik   yetuklik   komponentlari   haqida   nazariy
ma’lumotlar berildi. 
3-bosqich.   Ishlab   chiqilgan   maxsus   psixotrening   dasturi   asosida   bolalar
psixologik yetuklik komponentlarini rivojlantirish tajriba-sinovidan o’tkazildi.
4-bosqich.   Tajriba-sinov   ishlari   natijalari   umumlashtirildi.   Ushbu   natijalar
“ Styudent-Fisher ” kriteriysini qo’llab matematik - statistik tahlil etildi. 
Maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   mashg’ulotlarni   olib   borish   davomida
psixologik yetuklik komponentlarini rivojlantirish, ularda samarali muloqot qurish,
o’zini-o’zi   boshqarish,   o’zini-o’zi   faollashtirish,   psixologik   yetuklik   bo’yicha
mavjud   tajribalardan   foydalangan   xolda   “Bolalar   psixologik   yetuklik
komponentlarini rivojlantirish” maxsus trening kurs dasturi ishlab chiqildi.
Ushbu   maxsus   trening   kursida   bolalar   ijtimoiy   psixologik   yetukligining
asosiy   komponentlari   bo’lgan   masu’liyatlilik,   ijtimoiy   intellekt   va   o’zini   anglash
kabi   psixologik   sifatlarini   rivojlantirdik.   Tadqiqot   natijalariga   muvofiq   maxsus
51 psixotrening   mashg’ulotlari   42   soatga   rejalashtirildi.   Bunda   bolalarning
masu’liyatlilik,   ijtimoiy   intellekt   va   o’zini   o’zi   anglash   sifatlari   maxsus   nazariy
mashg’ulotlar va psixotreninglar orqali rivojlantirildi.
Bolalar   psixologik   yetukligini   rivojlantirishning   psixologik
mexanizmlarining   ilmiy-metodik   ta’minotini   takomillashtirish   bo’yicha   olingan
ilmiy   natijalar   asosida:   ta’lim   jarayonida   bolalarning   psixologik   yetuklik
komponentlarining   rivojlanishida   tiplar   va   uslublar   namoyon   bo’lishini,   bunda
bolalar psixologik yetuklik komponentlari: masu’liyatlilik, ijtimoiy intellekt, o’zini
o’zi   anglash   va   tafakkurini   originallik,   egiluvchanlik,   aniqlik   va   tezkorlik
xususiyatlarini   rivojlantiruvchi   nazariy   ma’lumotlar   negizidagi   psixotrening
dasturi     shakllantirildi   va   amalda   tatbiq   etildi.   Dastur   kelajakda   maxsus   kurs
sifatida bitiruvchi  kurs bolalarining kasbiy va psixologik yetukligini ta’minlashga
ham xizmat qiladi.
Tadqiqot uchun tanlab olingan metodika (“Ijtimoiy intellekt” testi)lari orqali
aniqlovchi sinovlar o’tkazildi. Psixologik fenomenlarni aks ettiruvchi psixotrening
materiallari tayyorlandi.
“Bolalar psixologik yetuklik komponentlarini rivojlantirish” maxsus trening
kursi REJASI
№ Maxsus psixotrening
yo’nalishlari Kutilayotgan
natija O’tkazish
oralig’i Ajratilgan
soat
I. Mas’uliyat
Ijtimoiy   mas’uliyat   –
jamiyat ravnaqiga hissa
qo’shishga   undovchi
nazariy   mashg’ulotlar
va treninglar Xulq-
atvorning
ijtimoiy
normalariga
rioya   qila
olish; Haftada   bir
marta 6 soat
Ijtimoiy   mas’uliyat
oshiruvchi treninglar O’zi va 
yaqinlariga 
g’amxo’rlik qilish  Haftada   bir
marta 6 soat
52 kiritildi.
Mas’uliyatli
mustaqillikni
oshiruvchi treninglar O’ziga
mas’uliyatni   olish
va mas’ullik; Haftada   bir
marta 6 soat
II. Ijtimoiy intellekt
Ijtimoiy   muhitga
moslashuvchanlik
(nazariy mashg’ulot) Muloqot
ishtirokchisining
hissiyoti,   fikri   va
niyatlarini
tushunish Haftada   bir
marta 6 soat
Ijtimoiylashuv
psixotreningi    Inson   shaxsini
shakllantiruvchi
tabiiy   va   ijtimoiy
munosabatlar
tizimi,   ijtimoiy
intellekt,   hayot
tarzi   va
shaxslararo
munosabatlar
kabi   omillarning
bir-biriga
muvofiq   kelishi
va boyib boradi. Oyida   ikki
marta 6 soat
III. O’zini o’zi anglash
O’zlikni   anglashga
undovchi   nazariy
mashg’ulot va terning Bolaning   o’z-
o’zini   anglashni
takomillashuvi
orqali   psixologik
yetuklini
shakllantirish Haftada   bir
marta
O’z-o’zini
anglash
shaxsning
fazilatiga 6 soat
53 aylanishi  uchun
muayyan   davr,
vaqt,   muddat
talab   qilinadi,
bolalar     bilan
dasturiy   tadbir-
choralar
o’tkazish   orqali
ko’zlangan
maqsadga
erishish
mumkin.
O’z-o’zini
boshqarishga   undovchi
treninglar Tez o’zgaruvchan
hayotiy
vaziyatlarga   mos
holda   o’zini
boshqara oladi;
-   hayotiy
muammolarni   hal
etishda   o’z
bilimi,   malakalari
va ko’nikmalarini
qo’llay oladi 6 soat
Jami soatlar Mashg’ulotlar
haftasiga   4
soatdan   tashkil
etilib,   6   oyga
mo’ljallangan 42 soat
54 Ta’lim-tarbiya   jarayonida   bolaning   psixologik   yetukligini   yaxlit   holda
shakllantirishda quyidagi holatlarga e’tibor qaratildi:
-   bolaning   ongi,   his-tuyg’usi,   xulqiga   maxsus   psixotreninglar   orqali   ta’sir
etish;
- bolaning tashqi ta’sir asosida o’z-o’zini tarbiyalashi;
- bola yetukligi bilan bog’liq barcha sohalarning o’zaro aloqasi;
-   bolaning   ijtimoiy   yetukligini   shakllantirishda   aqliy,   axloqiy,   ijtimoiy   va
boshqa   tarkibiy qismlarning uyg’unligiga erishish;
-  bola psixologik yetukligi ni shakllantirish jarayonining tizimliligi .
Ijtimoiy   tarbiya   aniq   maqsadga   yo’naltirilgan   bo’lib,   u   bola   shaxsini
shakllantirish   va   rivojlantirishni   nazarda   tutadi.   Bolaning   psixologik   yetilishi
uchun   uni   aqliy,   axloqiy,   emosional,   jismoniy   rivojlantirish,   ijodiy   qobiliyatini
namoyon   etishi   uchun   imkoniyat   yaratish,   unda   psixologik   yetuklik   sifatlarini
tarkib   toptirish   maqsadga   muvofiqdir.   Yuqoridagi   fikrlarni   jamlagan   holda
psixologik   yetuklikka   izoh   berishni   lozim   deb   topdik.   Demak,   shaxsning
psixologik   yetukligi   bu-   shaxsning   aqliy,   axloqiy,   emosional,   jismoniy
rivojlantirish,   ijodiy   va   kasbiy   qobiliyatini   namoyon   etishi,   shaxsiy   kamolotga
erishishga   imkon   beruvchi   o’z-o’zini   anglash   va   mas’uliyat   hamda   ijtimoiy
intelektning   kompleks   ifolanishidir.   Bola   shaxsning   ijtimoiy-psixologik   yetukligi
ta’lim-tarbiya   jarayonida   orttirilgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalar,   o’z   ustida
ishlash, hayotiy tajriba va maxsus tashkil 
Biz   bolalar   psixologik   yetuklik   komponentlarining   rivojlanganlik   darajasini
o’rganishda ularning ichki  va tashqi  imkoniyatlaridan foydalandik. O’z navbatida
bu holat bolalar psixologik yetuklik komponentlarini rivojlantirishga yordam berdi.
Ichki imkoniyatlar bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari, ularning muloqot
ishtirokchisining   hissiyoti,   fikri   va   niyatlarini   tushunish,   noverbal   xulq-atvorni
tushunish,   verbal   ekspressiyani   tushunish,   shaxslararo   o’zaro   ta’sirlashuvni   tahlil
etishlari yuzasidan ichki talablar kiritilib, ularning o’z atroflaridagi kishilarni, o’z-
55 o’zini   anglashi,   ularni   tushuna   borishi   asosida   psixologik   yetukligiga   ichki   bir
yo’nalish berishdan iboratdir.
Tashqi   omillar   oliy   ta’lim   muassasasi   faoliyatida   oila,   mahalla   va   boshqa
muassasalar bilan aloqa bog’lash vazifasidan iborat bo’ldi.
Tajriba-sinov davomida o’g’il  bolalarning oliy ta’lim muassasasida  ijtimoiy-
gumanitar   fanlar   asosida   hamda   ijtimoiy   faoliyatda   o’zlarini   baholay   olish,
o’zlarini boshqara bilish bilan cheklanib qolmay, o’zlarining psixologik yetilishlari
zarurligini   ham   tushunib   oldilar.   Bolaning   hayot   va   faoliyatida   muvaffaqiyatga
erishish   maqsadiga   muvofiq   sa’y-harakatlarini   yo’naltirish   uchun   yetuklikka
intilish   his-tuyg’ularini   takomillashtirishga,   o’ziga-o’zi   buyruq   berish,   o’zini-o’zi
takomillashtirish,   o’zini-o’zi   baholash,   o’zini-o’zi   nazorat   qilish,   o’zini-o’zi
boshqarish,o’ziga-o’zi taskin berish, o’zini-o’zi qo’lga olish ko’nikmalariga e’tibor
qilish zarurdir. Tavsiya etilgan   psixotrening dasturi mazmuni va vositalar bolalar
psixologik yetuklik komponentlarini rivojlantirishga qaratildi.
Bolaning   o’z   oldiga   qo’yadigan   maqsadi   -   o’zlikni   anglashning
muvaffaqiyatli   rivojlanishini   ta’minlovchi   eng   muhim   omillardan   biri.   Shuning
uchun   bolaga   o’z   oldiga   maqsad   qo’yish   va   unga   erishishni   o’rgatishda
quyidagilarga   e’tibor   qilish   lozim:   bolani   kundalik   aniq   vazifalar(kun   tartibi)ni
bajarish, o’z vaqtini rejalashtirish, uyqu oldidan kunga yakun yasash, kun so’ngida
o’z-o’ziga   hisob   berish,   kundalik   yuritishga   o’rgatish,   muloqot   ishtirokchisining
hissiyoti,   fikri   va   niyatlarini   tushunish,   shaxslararo   o’zaro   ta’sirlashuvni   tahlil
etishni, o’zlikni tezroq anglash va o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalarini egallashga
o’rgatish. 
Bolalar   psixologik   yetuklik   komponentlarini   rivojlantirish   bo’yicha   tajriba-
sinov natijalari quyidagicha bo’ldi (3.4.1 - jadval):
3.4.1-jadval
56 Bolalar psixologik yetuklik komponentlarini rivojlantirish mezonlari
Mezonlar Bola lar soni –  52  nafar
Tajriba guruhi
n
1 =  24 Nazorat guruhi
n
2  = 28
Quyi Quyi
t/a   (%)   t/s (%) t/a    (%)  t/s (%)
Muloqot ishtirokchisining
hissiyoti, fikri va niyatlarini
tushunish 48 67 49 50
O’z - o’zini baholay olishi 42 58 41 46
Noverbal xulq - atvorni tushunish 35 46 34 40
Verbal ekspressiyani tushunish 55 74 53 60
Shaxslararo o’zaro ta’sirlashuvni
tahlil etish 58 75 58 66
Qiyin vaziyatlardan chiqishga
tayyorligi 60 74 59 60
Insonlarga nisbatan hurmat 53 70 52 55
O’zini-o’zi faolashtirish 49 63 48 54
Izohlar: t/a – tajribadan avval, t/s – tajribadan so’ng.
Demak,   bolalar   psixologik   yetuklik   komponentlarini   rivojlantirishda   biz
tavsiya etgan   ish mazmuni, o’quv kursi dasturi, metod va vositalar o’zini oqladi.
Buni biz quyidagi statistik ma’lumotlardan ko’rsak bo’ladi.
Bolalar   psixologik   yetuklik   komponentlarini   rivojlantirish   bo’yicha   tajriba-
sinov   natijasida   quyidagilar   namoyon   bo’ldi.   Qullanilgan   psixotrening
samaradorligi   tajriba-sinov   va   nazorat   guruhlarida   olingan   natijalarni   taqqoslash
yo’li   bilan   aniqlandi.   3.4.1.   jadvalda   psixotreningdan   oldin   va   psixotreningdan
57 keyin   bolalar   psixologik   yetuklik   komponentlarini   rivojlantirish   mezonlari   o’z
aksini   topdi.     Maxsus   ishlab   chiqilgan   psixotrening   dasturi   bolalar   psixologik
yetuklik   mezonlarining   rivojlantirishga   qaratilgan.     Yuqoridagi   jadval
ko’rsatkichlaridan   ma’lum   bo’ldiki,   ishlab   chiqilgan   psixotrening   dasturi   ijobiy
ta’sir etgan. Natijada har bir psixologik yetuklik shkalasining rivojlanishi 15-20 %
o’zgarishni   tashkil   etgan.   Ammo,   nazorat   guruhida   o’zgarish   deyarli   sezilmadi.
Chunki   nazorat   guruhida   psixotrening   dasturlari   asosida   mashg’ulotlar   olib
borilmadi. 
Yuqoridagi   jadval   natijalariga   asoslangan   holda   bolalar   psixologik   yetuklik
komponentlarini rivojlantirishga doir nazorat natijalarini aniqlash yuzasidan tajriba
boshi  va yakunidagi  natijalarni aniqlash bo’yicha tajriba va nazorat  guruhlaridagi
o’zlashtirishlarini   matematik-statistika   metodi   yordamida   tahlil   etdik.
Shakllantirituvchi   tajribadan   oldin   esperementga   52   nafar   respandentlar   jalb
qilangan   edi.     Shakllantirituvchi   eksperementga   24   nafar   quyi   natijalarni
ko’rsatgan   respandentlar   tajriba-sinov   guruhida   va   28   nafar   nazorat   guruhida
respandentlar tanlab olindi. 
Masalaning   qisqacha   mohiyati   quyidagilardan   iborat:   biri   bolalarning
tajriba(psixotrening)gacha bilimining o’rtacha ballari, ikkinchisi esa bolalarlarning
tajriba   (psixotreningdan   keyin)   oxiridagi   bilimining   o’rtacha   ballari.   Baholar
normal   taqsimotga   ega   deb   hisoblanadi.   Bunday   faraz   o’rinlidir,   chunki   normal
taqsimotga yaqinlashish shartlari sodda bo’lib, ular bajariladi.
Yuqoridagi     jadval   asosida   tajriba   va   nazorat   guruhi   o’zlashtirishlari
samaradorligini   ko’rsatuvchi   N
1   gipoteza     va   unga   zid   bo’lgan   N
0   gipotezani
tanlaymiz.Jadvaldan   tajriba   boshidagi   tajriba   va   nazorat   guruhlaridagi   natijalarni
umumlashgan holda quyidagi jadvalda aks ettiramiz:
3.4.2-jadval
58 Tajriba-sinovdan oldin va keyin bolalar psixologik yetuklik komponentlarini
rivojlantirishga doir nazorat natijalari
Muddat Guruhlar Bola lar
soni O’zlash-
tirish
daraja -
lari Psixologik
yetuklik t
% X σ
Tajribadan
oldin Tajriba  guruhi 24 46 3,1 2,4 0,69
Nazorat guruhi 28 38 3,3 2,2 0,57
Tajribadan
keyin Tajriba  guruhi 24 63 4,8 3,1 0,71
Nazorat guruhi 28 40 4,0 3,3 0,53
3.4.2–jadvalda   ko’rinib   turibdiki,   o’tkazilgan   psixotrening   natijasida     tajriba
guruhi   bolalarida   o’zlashtirish   darajasi   46%   dan   63%   gacha   oshgan.   Bu   esa   o’z
navbatida o’tkazilgan psixotrening samarli ekanligini ko’rsatadi.
59 2-bob bo’yicha xulosalar
Adabiyotlar   taxlili   va   yetuklik   diagnostikasini   taxlil   etish   natijasida
kuyidagilar   aniqlandi:   birinchidan,   yetuklik   testologiyasining   bu   sohasida   ham
muayyan davrlarni ajratish mumkin; 
ikkinchidan, bu yo’nalishdagi ilmiy tasavvurlar evolyusiyasida yetuklikni tor
biologik   tushunishdan   asta-sekin   gumanistik   psixologiya   nuqtai   nazardan
tushunishga o’tish qayd etiladi;
  uchinchidan,   psixologik   yetuklikning   tabiati   haqidagi   tasavvurlar   har   bir
tarixiy   davrda   o’ziga   xos   psixodiagnostika   vositalarini   ishlab   chiqishda   asos
sifatida qabul qilinadi.
Shaxs   yetukligi   diagnostikasi   bilan   bog’liq   yetarli   darajadagi   materiallar
mavjudligi   aniqlandi.   Tadqiqot   ishimiz   maqsadi   va   vazifalari   va   ilgari   surilgan
gipotezaga   mos   hold   mavjud   metodikalar   bilan   bir   qatorda     mahalliylashtirilgan,
qo’llashga   qulay   so’rovnoma   va   metodika   yaratish   extiyoji   mavjudligi   taxlillar
natijasida aniqlandi.
60  UMUMIY XULOSALAR
O’tmish   donishmandlarining   aytishicha,   hayot   insonni   ikki   xil   usul   bilan-
xoxlagan   narsasini   bermay   turib   yoki   berib   ko’rib   sinar   ekan.   Insonning   bir
qarashda   ko’z   ilg’amas   chuqur   ichki   xususiyatlari   aynan   sinovli   vaziyatlarda
yuzaga   chiqadi,   ularning   rivojlanish   darajasi   ma’lum   bo’ladi.   Ammo   hayotning
bexato   zarbalari   va   uzluksiz   imtihonlariga   munosib   tayorgarlik   bo’lmasa,   ya’ni
odam   psixologik   jihatdan   yetuklikning   muayyan   darajalariga   yetmasa,   tegishli
vaziyatlarda   oqilona   yo’l   tuta   olmaydi.   Demak,   psixologik   yetuklik   turli   hayotiy
vaziyatlarda   to’g’ri   qaror   qabul   qilish,   maqsadga   erishish   yo’lida   uchraydigan
qiyinchiliklarni   yengib   o’tish   uchun   ichki   zahira   kuchlarni   safarbar   eta   olish,
umuman, yetuk shaxsga xos yo’l tuta olishning asosiy shartidir.
Psixologik   yetuklikning   shaxs   umumiy   kamolotidagi   o’rnini   hisobga   olib,
ushbu   murakkab   tuzilmaning   rivojlanish   darajasini   tashxis   qilish   muammosi
ta’lim-tarbiya   amaliyoti   uchun   naqadar   ahamiyatli   ekanligi   tushunish   qiyin   emas.
Mazkur ilmiy-uslubiy ko’llanmada biz bu yo’nalishda zamonaviy psixologiya fani
yutuqlarini   umumlashirishga   harakat   qildik.   Bunda   ushbu   yo’nalishdagi   xorijiy
tajriba   tahlil   etilib,   chet   el   mutaxasislari   tomonidan   taklif   qilinayotgan
psixodiagnostika   vositalari,   ularning   ilmiy   nazariy   asoslari   keltirildi.   Shuningdek
ilmiy-uslubiy   qo’llanmada   “ O’zbekiston   yoshlarida   psixologik   yetuklik
ko’rsatkichlarini o’rganishning psixodiagnostikasi vositalarini ishlab chiqish, ilmiy
asoslash   va   amaliyotga   tadbiq   etish ”   mavzusidagi   fundamental   ilmiy-tadqiqot
loyihasi   doirasida   mualliflar   jamoasi   tomonidan   ishlab   chiqilgan   va   dastlabki
sinovdan   o’tkazilgan   tashxis   vositalari,   ularning   mohiyati   va   g’oyasi   yoritildi.
Keltirilgan   ilmiy-nazariy   hamda   amaliy-uslubiy   materiallar   asosida,   umumiy
ravishda quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin, deb hisoblaymiz.
1)   psixologik   yetuklik   ko’pgina   mezonlarga   ega   bo’lgani   sababli   uning
diagnostikasi ham ko’p tomonlama yondashuvga asoslanishi kerak;
2)   psixologik   yetuklikni   tashxis   qilish   vositalarini   ishlab   chiqishda
tadqiqotchilar e’tibori fanga hozirda ma’lum bo’lgan yoki kundalik ong darajasida
61 qabul   qilinadigan   ko’rsatkichlarning   yangi   qirralarini,   yangicha   shakllarini
aniqlashga qaratilishi lozim;
3 psixologik yetuklik psixodiagnostikasi natijalarini talqin etishishning bosh
qoidasi   ularni   ayni   vaqtdagi   holat   sifatida   qabul   qilish   va   kelajakda   mutlaqo
uzgarmaydigan ko’rsatkich, deb tushunmaslikdan iborat.
Psixologik   yetuklik   shaxs   jamiyat   va   davlatning   ulkan   zaxirasidir.   Shuning
uchun  yoshlarda  ushbu   kompleks  sifatning  rivojlanish  darajasini   monitoring  qilib
borish   davlatning   yoshlarga   oid   siyosatida   muhim   o’rin   tutishi   maqsadga
muvofiqdir.   Mazkur   dissertasion   ish   materiallari   ushbu   jarayonni   to’g’ri   tashkil
qilishga   ilmiy-uslubiy   jihatdan   yordam   bersa,   uning   zimmasidagi   asosiy   vazifa
bajarilgan bo’ladi.
                 
62 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
I.O‘zbekiston Respublikasi qonunlari .
1. “Psixiatriya   yordami   to‘g‘risida”   Qonunchilik   palatasi   tomonidan
2021   yil   3   martda   qabul   qilingan   Senat   tomonidan   2021   yil   23   aprelda
ma’qullangan qonuni 
2. Ilm-fan  va   ilmiy   faoliyat   to’g’risidagi     O‘zbekiston   Respublikasining
Qonuni, 2019yil  29-okriyabr i O‘RQ-576-son qonuni 
3. “Ta’lim   to‘g‘risida”   Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2020   yil   19
mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan qonuni 
II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari .
4. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi   PF-4947-son   Farmoni.   –   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari
to‘plami. 2017 yil, 6-son. B.53
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   07.06.2019   y.
472-son   "Psixologiya   sohasida   kadrlarni   tayyorlash   tizimini   yanada
takomillashtirish   va   jamiyatda   huquqbuzarliklarning   oldini   olish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi Qarori
6. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “O‘quvchilarni
psixologik-pedagogik   qo‘llab-quvvatlash   ishlarini   yanada   takomillashtirish
to‘g‘risida”, 12.07.2019 yildagi 577-son qarori 
III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari.
7. Mirziyoyev.Sh.M.   “Erkin   va   farovon,   demokratik   o’zbekiston
davlatini birgalikda barpo etamiz” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   majlis   palatalarining   qo’shma
majlisidagi nutq.T.”O’zbekiston” NMIU. 2016 y.20- bet
8.   Mirziyoyev     Sh.M.     Buyuk     kelajagimizni     mard     va     olijanob
xalqimiz  bilan  birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 
63 9. Mirziyoyev  Sh.M.Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy
javobgarlik   – har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo’lishi   kerak.   –
Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.
10. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. “O’zbekiston”, 2017.
11.   O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo’yicha   harakatlar
strategiyasi.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   farmoni.   O’zbekiston
Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017yil,  6-son,70-modda.
12.   Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   –   inson   manfaatlarini   ta’minlash
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O’zbekiston”, 2017.
13.   Mirziyoyev   Sh.M.   “Kamolot”   yoshlar   ijtimoiy   harakatining   IV
qurultoyidagi  nutqi. “Xalq so’zi” gazetasining 1.07.2017 yildagi  № 129-soni, 1-2
b.
14. Karimov I.A. Barkamol  avlod – O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.
–Toshkent: Sharq, 1997.- 64 b.
15 .     Karimov.I.A.   O’zbekiston   XXI   asrga   intilmoqda.   –   Toshkent:
O’zbekiston, 1999.- 48 b.
16. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvorligi. – Toshkent:
O’zbekiston, 1992.- 61b.
17 .   Karimov   I.A. Tarixiy   xotirasiz kelajak yo’q. – Toshkent: Sharq, 1998.-
31 b.
18 .  Karimov I.A. Barkamol  avlod  orzusi.  –    Toshkent: Sharq,   1998.- 182 b.
19.   Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   Toshkent:
Ma’naviyat, 2008.- 179 b.
VI. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar
20.   Akmeologicheskiy   slovar   /   Pod   obщ. red .   A . A . Derkacha .   – M .:   Izd-vo
RAGS ,  2004 . –  161   s .
64              21.Aleksandrova G.G.Psixologicheskiye kriterii sosialnoy zrelosti lichnosti v
usloviyax   sovremennogo   rossiyskogo   obщyestva// Uchenыye   zapiski   kazanskogo
universiteta.  Seriya: Gumanitarn ы ye nauki .  2007 . –  T . 149 , № 1 . – S.34-45.  
22 . Anastazi A., Urbina S. Psixologicheskoye testirovaniye (7-ye izd.). – SPb:
Piter, 2007. – 688 s.
23.  Ananyev B. G. O problemax sovremennogo chelovekoznaniya. M. 1977
“Nauka”. 158-159 .   
24 .   Bodalev   A.A. ,   Stolin   V.V. Avanesov V.S.   Ob щ aya   psixodiagnostika.   –
SPb.:   Izd-vo «Rech», 2000 . - 440 str.
                25 .   Bodalev   A.A.   Mejlichnostnoye   vospriyatiye   i   ponimaniye.   Lichnost   i
obщyestvo.M., Pedagogika, 1983 .  
26 .   Burlachuk   L.   F.   «Slovar- spravochnik   po   psixodiagnostike».   3 -ye   izd .   -
SPb.: Piter,   2007 . – 688 s.
27 .   Vostresov   Ye.   Yu.,   Simonova   I.   A.   Istoricheskaya   otvetstvennost   v
poligenerativnoy srede: versii i inversii praktiki // Pedagogicheskoye obrazovaniye
v Rossii. - 2015. -   № 5 . - S. 6-12.
28.   Galasyuk   I.N.   Zreloye   roditelstvo   v   situasii   vospitaniya   osobogo
rebenka//   Sbornik   tezisov   uchastnikov   Pyatoy   vserossiyskoy   nauchno-
prakticheskoy   konferensii   po   psixologii   razvitiya.   –   M.:   GBOU   VPO   MGPPU,
2015. – S.159-163.
29.Glavatskix   M.M.   K   probleme   izucheniya   ponyatiya   sosialno-
psixologicheskoy   zrelosti   lichnosti// Vestnik   Orenburgskogo   gosudarstvennogo
universiteta. 2015. - № 7 (182). –S.94-97.
30 .  V.I.Dal. Tolkovыy slovar russkogo yazыka.
31.   Dolnыkova   A.A.,   Samoylova   Ye.A.Tolerantnost   kak   kriteriy   zrelosti
lichnosti   (na   primere   otnosheniya   k   psixicheski   bolnыm)//   Sbornik   tezisov
uchastnikov   Pyatoy   vserossiyskoy   nauchno-prakticheskoy   konferensii   po
psixologii razvitiya. – M.: GBOU VPO MGPPU, 2015. – S.168-170.
32 .  Ye.P.Ilin. Psixologiya vzroslosti. Piter., 2012.str 7.
65 33.   Klapared E. Psixologiya rebyonka i eksperimentalnaya pedagogika. M.,
1926
34 .   Kovalenko   V.I.   Istoricheskaya   pamyat   i   istoricheskaya   otvetstvennost:
protiv   falsifikasii   istorii   Vtoroy   mirovoy   voyn ы // Vestnik   Volgogradskogo
universiteta. Seriya 4. Istoriya. Regionovedeniye. Mejdunarodn ы ye otnosheniya . -
2013. - №1. – S.36–42.
35 .   Kosova U. P. Motivasiya volonterskoy deyatelnosti//   Vestnik KRAUNS.
SERIYa «Gumanitarn ы ye nauki» 2012. - №2 (20). – C.124-127.
36.   K odirov B.R. Iste’dodli bolalar va ularni tanlash metodikasi.-T.: 1992.-
32 b.
37 . Leyfrid        N.V.    Otvetstvennost kak lichnostnaya determinanta predstavleniy
ob   uspeshnom   cheloveke:   avtoref.   dis.   ...   k.psixol.n.   –   Krasnodar:   Kubanskiy
gosudarstvenn ы y universitet, 2006. - 22 s.
38 .   Malenova A. Yu., Potapova Yu. V. Zrelost  lichnosti  i yeye kriterii  kak
prediktor ы   izucheniya   situasii   separasii   //   Vestnik   Omskogo   universiteta.   Seriya
«Psixologiya». - 2014. - № 2. – S. 21–29.
39.     Muxamedova   D.G.   Sovershenstvovaniye   sosialno   psixologicheskix
texnologiy   razvitiya   podgotovki   menedjera   obrazovaniya   k   innovasionnoy
deyatelnosti.Dissert.doktora psixol.nauk.-T:  2015 god
40 .   Nartova-Bochaver   S.K.   Psixologicheskaya   suverennost   kak   kriteriy
lichnoy   zrelosti //   Fenomen   i   kategoriya   zrelosti   v   psixologii   /otv.   red.   A.L.
Juravlev, Ye.A. Sergiyenko. – M.: Institut psixologii RAN, 2007. S.149-173.
                  41.   Normы   professionalnoy   etiki   dlya   razrabotchikov   i   polzovateley
psixodiagnosticheskix   metodik:   standartnыye   trebovaniya   k   psixologicheskim
testam/ Sost. A.A.Rukavishnikov, M.S.Sokolova. – Yaroslavl: Debyut, 1991. – 32
s.
42 .   Noss   I . N .   Rukovodstvo   po   psixodiagnostike .   –   M .: Izd - vo   Instituta
psixoterapii ,   2005 . – 688 s.  
43.   Petrovskiy   V.A.   Psixologiya   neadaptivnoy   aktivnosti.   –   M.:   TOO
“Gorbunok“, 1992. – 224 s.
66 44 .   Pryadein   V.P. Kompleksnoye   issledovaniye   otvetstvennosti   kak
sistemnogo   kachestva   lichnosti:   avtoref.   dis.   ...   d.psixol.n.   –   Novosibirsk:   Ural.
gos. ped. un-t.,  1999. - 41 s.
45 .     Psixologicheskaya   zrelost   lichnosti   /   Pod   ob щ .   red.   L.A.Golovey.   –
SPb.: Skifiya-print, SPbGU, 2014. – 240 s.
46 .   Psixologicheskaya   diagnostika / Pod   red . M . K . Akimovoy .   - SPb .: Piter ,
2005.   –   304   s .
47 .   Psixologiya.   Slovar.   Pod   red.   A.V.Petrovskogo   va   M.G.Yaroshevskogo.
Moskva. Izdatelstvo politicheskaya literatura. 1990., 126.)
48 .     Psixologiya.   Uchebnik.   Pod   redaksiyey   A.A.Krыlova.   M.,   Prospekt.
2001. 231-234 b.
49.     Reber   A.   Bolshoy   psixologicheskiy   tolkovыy   slovar.   M.,Veche-Ast.
2000.-287s 
50.   Rubinshteyn   S.L.   Chelovek   i   mir.   –Problem ы   ob щ yey   psixologii.   M.,
«Nauka», 1972
51.   Rыbnikov   N.N.   K   voprosu   o   vozrastnoy   psixologii.   // Psixologiya,
pedagogika i psixotexnika. Vыp.2. M., 1928  
52 .   Safoyev   N.S   “Psixologicheskiye   osobennosti   nasionalnogo
samosoznaniya studencheskoy molodyoji” Avtoref. diss. ... dok. psixol.   nauk-T.:
2005 y.
53.   Sosialno-psixologicheskiye   metodы   issledovaniya   suprujeskix
otnosheniy:  spespraktikum:  uchebno-metodicheskoye posobiye / Yu.Ye. Aleshina ,
L.Ya.Gozman , Ye.M.Dubovskaya .   –   Moskva:   Izdatelctvo   Moskovskogo
universiteta, 1987. – 120 s.
54.  Ye.I.Stepanova. Psixologiya vzroslыx –osnova akmeologii. SPb., 1995
67 55 .   Sunnatova R.I. i dr. Samosoznaniye subyekta jiznedeyatelnosti.-T.: -  Fan ,
2005
56 . G’oziyev E.G’. Oliy maktab psixologiyasi. – Toshkent:1997/- 106 b
57 . Shoumarov G’.B va boshqalar. Oila psixologiyasi. T., 2000. -90b .
58 . Camberis   A.L.,   McMahon   C.A.,   Gibson   F.L.,   Boivin   J.   Age,
Psychological   Maturity,   and   the   Transition   to   Motherhood   among   English-
Speaking Australian Women in a Metropolitan Area//   Developmental Psychology ,
2014. – V.50. - №8. –pp. 2154-2164.
59 .   Camps   E.,   Morales-Vives   F.   The   Contributions   of   Psychological
Maturity   and   Personality   in   the   Prediction   of   Adolescent   Academic
Achievement// International   Journal   of   Educational   Psychology .   –V.2.   -   №3.   –pp.
246-271.
60.   Ethical   principles   of   psychologists   and   code   of   conduct   (Amended
February 20, 2010) // American Psychologist ,  2010. -№  57 .  -pp.106
       61 .  ( Green, 2001).  Green, P. (2001). Critical  literacy revisited. A collection of
articles from the Australian literacy Educators Association. (pp.7-14).  
68

MTT TARBIYALANUVILARIDA PSIXOLOGIK YETUKLIGINING O‘ZIGA XOS MEXANIZMLARI MUNDARIJA: Kirish...................................................................................................... 3 I-bob. Pcixologik yetuklik muammosining psixologiyada ilmiy-nazariy talqini ............................................................................................................ 8 1.1. Pcixologik yetuklik muammosining psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ilmiy-nazariy o’rganilganligi............................................................................ 8 1.2. Pcixologik yetuklik komponentlari va ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy- psixologik omillar........................................................................................... 17 1.3. Tadqiqotning metodologiyasi va qo’llaniladigan metodlar ............... 31 Birinchi bob bo’yicha xulosa.................................................................. 34 II-bob. MTT tarbiyalanuvchilarida pcixologik yetukligining shaxsiy sifatlarga bog’liqligini empirik jihatdan o’rganish natijalari ..................... 36 2.1. MTT tarbiyalanuvchilari pcixologik yetukligini tanqidiy tafakkur, kreativlik va shaxsiy sifatlarga bog’liqligi .......................................................... 36 2.2. MTT tarbiyalanuvchilari pcixologik yetukligini xulq-atvor va emosional reaksiyalarning samarali shakllari ................................................................... 44 2.3. MTT tarbiyalanuvchilari psixologik yetuklik komponentlarini rivojlantirishning samaradorligi....................................................................... 52 II – bob bo’yicha xulosalar.................................................................... 61 Umumiy xulosalar................................................................................... 62 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati............................................................ 64 1

KIRISh Muammoning dolzarbligi. Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ishlarning asosini “O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi”da e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy- iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirish yotadi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asosini puxta hamda sifatli o’rgatish, keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini dunyo bilan tenglasha oladigan darajada hosil qilish, ma’naviy- axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’lim sifatini samarali tashkil etishga bog’liqdir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev yoshlar ta’lim-tarbiyasi bo’yicha quyidagi fikrlarni aytadilar: “Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha murakkab vazifalar turibdi. «Tarbiya qancha mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi», deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo’lishi uchun esa bu masalada bo’shliq paydo bo’lishiga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi.”[1] Yetuklik tushunchasi qadim-qadim zamonlardan ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy masalalaridan bo’lgan. Psixologik jihatdan yetuk insonlar har qaysi davlat va jamiyatning asosiy tayanchi hamda harakatlantiruvchi kuchi ekan, zamonaviy ijtimoiy-gumanitar bilim sohasida ushbu muammoga jiddiy e’tibor qaratilishi tabiiydir. Ushbu e’tiborning natijasi sifatida hozirgacha fanda mazkur yo’nalishda salmoqli hajmda ilmiy bilim to’plangan. Jumladan, maxsus tadqiqotlar psixologik yetuklik muammosining asosiy masalasi – bunday yetuklikning ko’rsatkichlari hamda mezonlarini aniqlashga yo’naltirilgan. Xususan, bu yo’nalishda o’tkazilgan tadqiqotlarda psixologik 2

yetuklikning shakllanishida shaxsning o’z maqsadlariga intiluvchanligi muhim ahamiyatga egaligi asoslangan ( Glavatskix M.M., 2015 ), manipulyativ ta’sir o’tkazishga va ta’magirlikka moyillik shaxs psixologik jihatdan yetuk emasligining yaqqol ko’rsatkichi ekanligi isbotlangan ( Brantova F.S. , Birjeva M.A.2014 ), psixologik yetuklikning muhim ko’rsatkichlari sifatida interiorizasiya va vaziyat talabidan tashqariga chiquvchi faollikning namoyon bo’lish xususiyatlari tekshirilgan ( Leonov N. I., Glavatskix M. M., 2014 ), psixologik yetuklik shakllanishida mas’uliyat rivojlanishining ahamiyati ochib berilgan ( Pankina Ye.V.2013 ), ijtimoiy-psixologik yetuklik darajasi odam o’zini mansub deb bilgan guruhlarning soni va kengligiga bog’liqligi o’z isbotini topgan (Gudzovskaya, A.A., 1998), kasbning psixologik talablarini bajarishga tayyorlikning psixologik yetuklik rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan (Stepanova T.V., 1998), o’quv guruhining yetuklik darajasi uning a’zolari psixologik jihatdan yetilishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi isbotlangan (Yeremina A.N.2011). Mazkur tadqiqot ishlarida mualliflar tomonidan shaxs psixologik yetukligini tashxis qilishning turli xil uslubiy vositalari taklif etiladi. Biroq bu psixodiagnostika vositalari muayyan psixologik kategoriyalarga mo’ljal olishi, ilmiy-psixologik nazariyalarga asoslangan ekanligi bilan tavsiflanadi. Vaholanki, bevosita jamiyat hayotining turli jabhalarida odamlarning tegishli shaxs sifatlari ilmiy kategoriyalar mazmuni bilan emas, balki ijtimoiy ahamiyatli hodisalar bilan bilan bog’langan holda tushuniladi va talqin etiladi. Shunday ekan, yoshlarda psixologik yetuklik ko’rsatkichlarini ham ilmiy asoslangan vositalar yordamida, ammo fanda qabul qilingan tushuncha va mezonlar asosida emas, balki ijtimoiy- siyosiy tasavvurlar doirasida tekshirib olinadigan ma’lumotlardan amaliyotda to’g’ridan-to’g’ri foydalanish imkoniyatini beradi. Yoshlarda rivojlanishi talab qilinayotgan asosiy psixologik yetuklik ko’rsatkichlariga birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida aniq ko’rsatib berilgan. Bular jumlasiga, masalan, moddiy va ma’naviy hayot uyg’unligiga intilish, tarixiy o’zlikni anglash, g’oyaga qarshi g’oya bilan harakat qilishga tayyorlik, ma’naviy jasoratga qodirlik, ma’naviy 3

tahdidga bardoshlilik, milliy g’oyaning asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi g’oyalarga sodiqlik kabilarni kiritish mumkin. Mazkur tadqiqot loyihasining bosh g’oyasi – birinchi Prezidentimizning mazkur asarlarida ko’rsatilgan psixologik yetuklik ko’rsatkichlarining rivojlanish darajasini ilmiy asoslangan darajada tekshirish uchun xizmat qiluvchi maxsus tashxis vositalari kompleksini ishlab chiqishdan iborat. Muammoning o’rganilganlik darajasi: Pcixologik yetuklikning ijtimoiy - psixilogik asoslari to’g’risida Rossiya faylasuf, pedagog, psixolog olimlari V.G.Belinskiy, L.N.Tolstoy, V.S.Suxomlinskiy, K.D.Ushinskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, P.K.Platonov, M.I.Dyachenko, L.A.Kandibovich, B.G.Ananyev, I.S.Kon, A.V.Dmitriyev, N.F.Talizina, N.V.Kuzmina, A.K.Markova, L.M.Mitina, N.D.Levitov, T.Sherbakova, M.V.Dubrovina kabilarning ham ilmiy ishlari e’tiborga molikdir. Rus psixologlari B.G. Ananyev, A.G. Asmolov, C.JI. Rubinshteyn, A.V. Brushlinskiy, B.F. Lomov, V.D. Shadrikov, A.V. Petrovskiylarning tadqiqotlarida shaxs va faoliyat birligiga, B.G. Ananyev, K.A. Abulxanova-Slavskaya, A.A. Bodalev, A.A. Derkach, Ye.A. Klimov, N.V. Kuzmina, E.Yu. Zeyer, Z.I. Ryabikinalar professionalning akmeologik rivojlanishiga, S.L. Rubinshteyn, K.A. Abulxanova-Slavskaya, V.P. Zinchenkolar shaxsga faol faoliyatni amalga oshiruvchi subyekt sifatida, JI.A. Petrovskaya, A.K. Markova, JI.M. Mitina, A V. Brushlinskiy, A.A. Bodalevlar,N.D.Levitov, T.Sherbakova, A.Gutko M.V.Dubrovinalar psixologik kompetensiya masalalariga alohida e’tibor qaratadilar. MTM tarbiyalanuvchilarida pcixologik yetuklikning ijtimoiy - psixilogik asoslari mavzusida turli qirralarini tadqiq qilishi zamonaviy muammolardan hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi – MTM tarbiyalanuvchilarida pcixologik yetuklikning ijtimoiy- psixilogik omillar ta’sirini nazariy jihatdan ishlab chiqish va amalda sinab ko’rish. Tadqiqotning vazifalari- 4

1) Ilmiy tadqiqotlarda psixologik yetuklik ko’rsatkichlarini ajratish va ilmiy tahlil etish; 2) ajratib olingan psixologik yetuklik ko’rsatkichlarini yoshlarda o’rganish uchun xizmat qiluvchi psixodiagnostika vositalari ishlab chiqish; 3) psixologik yetuklik ko’rsatkichlarini yoshlarda o’rganish uchun xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan psixodiagnostika vositalarini amaliyotda sinovdan o’tkazish; 4) bolalarda psixologik yetuklik ko’rsatkichlarini o’rganish uchun xizmat qiluvchi psixodiagnostika vositalari batareyasini amaliy ilmiy-uslubiy risolalar va umumiy to’plamda jamlash hamda amaliyotda foydalanish uchun taqdim etish; Tadqiqotning obyekti – oliy o’quv yurtlari MTM tarbiyalanuvchilarida pcixologik yetuklikning ijtimoiy - psixologik aspektlarini rivojlantirish jarayoni va uning dinamikasi. Tadqiqot predmeti – MTM tarbiyalanuvchilarida pcixologik yetuklikni rivojlantirishning ijtimoiy – psixologik sharoitlari. Kutilayotgan ilmiy yangiliklar: 1. Tadqiqot ishida bolalarning pcixologik yetuklikning ijtimoiy - psixilogik aspektlarini tarixiy manbalarda, milliy meroslarda ifodalanishi yoritildi. 2. Pcixologik yetuklikni rivojlantirish bo’yicha xorijiy davlatlar tajribalari o’rganiladi va bolalarining tarbiya tizimiga qo’llanilishi ko’lami, mazmuni, ko’rinishlari asoslandi. 3. Bolalarning pcixologik yetuklikni rivojlantirishning ijtimoiy, psixologik, jihatdan o’ziga xos xususiyatlari nazariy jihatdan ishlab chiqiladi va amaliy tajribalarning dinamikasi kuzatildi. 4. Bolalarning pcixologik yetuklikni shakllantirish va rivojlantirish MTMdagi o’quv-tarbiyaviy jarayonning o’rni, tuzilishi aniqlanadi. Maxsus o’quv kurslar ishlab chiqildi va amaliyotda qo’llanilishga mos yoki mos emasligi o’rganildi. 5