MTTDA BOLALARDA MIQDOR VA SON TUSHUNCHALARI
MTTDA BOLALARDA MIQDOR VA SON TUSHUNCHALARI ORQALI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH MUNDARIJA: KIRISH ………………………………………………………………….. 3 I. ILK MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISH- NING NAZARIY ASOSLARI………………………………………………..10 1.1. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish muammosining psixologik-pedagogik asoslari ………………………………...……………….10 1.2. Bolalarning matematik tasavvurlarini miqdor va son tushunchalari orqali shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari…..………………………….16 Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………..27 II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MIQDOR VA SON TUSHUNCHALARI ORQALI MATEMATIK TASAVVUR- LARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI ………………………………..29 2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda miqdoriy tasavvurlarning shakllanishi…………………………………….…………………..…………...29 2.2. Bolalarni sanashga o'rgatish jarayonida son tushunchasining rivojlanishi…………………………………….………………………………..46 Bob bo’yicha xulosa………………………………………….………….55 III BOB. TAJRIBA-SINOV …………………………………………...56 3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda miqdor va son tushunchalari orqali matematik tasavvurlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarining mazmuni............................................................................................................56 3.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda miqdor va son tushunchalari orqali matematik tasavvurlarini shakllantirish samaradorligi…………………………61 Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………..65 0
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………67 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………69 MTTDA BOLALARDA MIQDOR VA SON TUSHUNCHALARI ORQALI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH ANNOTATSIYA Ushbu tadqiqot ishi kirish, uch asosiy bob, xulosalar va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Tadqiqot ishida MTTda bolalarda miqdor va son tushunchalari orqali matematik tasavvurlarini shakllantirish ning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari va mavzu yuzasidan o’tkazilgan tadqiqot tafsilotlari hamda ularning natijalari aks ettirilgan. Bolalarda miqdor va son tushunchalari orqali matematik tasavvurlarini shakllantirish oiladan boshlanadigan amaliy jarayon bo’lib, bola maktabgacha ta’limga kelgunga qadar ham ong ostida bir qadar o’zi anglamagan bilimlarni olgan bo’ladi. Maktabgacha ta’limda bola matematik bilimlarni qiyoslab, o’lchab, hisoblab, solishtirib, fikrlab o’rganar ekan, bunda ularda miqdor va son tushunchlari singdirib boriladi. Bu tushunchalar bola hayotida mustahkam poydevor vazifasini o’taydi hamda uni mustaqil shaxs qilib voyaga yetishiga ko’mak beradi. FORMATION OF MATHEMATICAL CONCEPTS IN CHILDREN THROUGH THE CONCEPTS OF QUANTITY AND NUMBER ANNOTATION This research paper consists of an introduction, three main chapters, conclusions and a list of references. The research reflects the theoretical foundations, pedagogical conditions and details of the research conducted on the topic and their results in the formation of mathematical concepts in children through the concepts of quantity and number in MTT. The formation of mathematical ideas in children through the concepts of quantity and number is a practical process that begins in the family, and the child acquires some subconscious knowledge in the subconscious even before coming to preschool. In preschool, a child learns by comparing, measuring, calculating, comparing, and reasoning mathematical knowledge, which incorporates the 1
concepts of quantity and number. These concepts serve as a solid foundation in a child's life and help him or her grow into an independent individual. KIRISH Matematika barcha fanlar eshigi va kalitidir. Frensis BEKON Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Yurtimizda sog’lom bolalarni tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini amalga oshirish, bolalarni har tomonlama shakllangan shaxs etib ulg’aytirish Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tiborida turgan masalalardan biridir. 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash 1 » yili deb e’lon qilingani ham buning bir misoli hisoblanadi. Har tomonlama sog’lom bolani o’stirish birinchi oilada, keyin maktabgacha ta‘lim tashkilotida amalga oshiriladi. Bu borada muhtaram Birinchi Prezident I.Karimovning «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida «Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta‘sirida ma‘naviyatning ilk ko’rtaklari namoyon bo’la boshlaydi» 2 , - deb aytgan edi. B u mulohazalar maktabgacha ta‘lim tashkilot lariga ham aloqadordir. Chunki MTTlarning katta va maktabga tayyorlov guruhlarida 5-7 yoshli bolalar tarbiyalanadi. Bolalarning intellektual salohiyatini shakllantirishning birinchi davri ham aynan ana shu yoshdan boshlanadi. O’zbekiston Respublikasi «Ta‘lim to’g’risida»gi qonunining 8- moddasida: « Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, 1 www.gazeta.uz 2 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma‘naviyat, 2008. –B. 53. 2
ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir » 3 , - deyilgan. « Ilk qadam » davlat dasturida ham « bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish» 4 , ham alohida e’tiborga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi « O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida » gi PF-4947-sonli Farmoni, 2016 - yil 29 - dekabrdagi « 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida » gi PQ-2707-sonli, 2017 - yil 9 - sentyabrdagi « Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida » gi PQ-3261-sonli, 2017 - yil 30 - sentabrdagi « O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida » gi PQ-3305-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 - yil 19 - iyuldagi « Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida » gi 528-son, 2019 - yil 13 - maydagi « Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida » gi 391-sonli qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar bugungi kunda maktabgacha ta’lim yo’nalishida katta o’zgarish va yangilanishlarga zamin tayyorlab turibdi. Maktabgacha ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining asosiy sohalaridan biri ham « maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun 3 O‘zbekiston Respublikasining qonuni // Ta’lim to‘g‘risida. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. 8-modda. 4 « Ilk qadam» Davlat o‘quv dasturi. Toshkent, 2018. 3
sharoitlar yaratish » 5 bo’lib, bu aynan bugungi kundagi maktabgacha ta’lim muammolariga yechim topishga imkoniyat yaratadi. Yuqorida bayon qilingan fikrlar MTTda bolalarida ilk matematik tasavvurlarini shakllantirishning yangi imkoniyatlarini yaratish, ularni miqdor va son orqali boshlang’ich matematik tasavvurlarini mustahkamlash, bola hayoti uchun ilk matematik bilimlar muhim poydevor bo’lishi va bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlash dolzarb masalalaridan biri ekanligini ko’rsatadi. MTTlarida ilk matematik tasavvurlarni shakllantirishdagi muammolardan yana biri ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta‘lim- tarbiya jarayoni foydaliligini oshirish metodikasini ishlab chiqish, unga mos ishlanmalar yaratish hamda amaliyotga joriy qilish zarurligidir. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning ilk matematik tasavvurlarini shakllantirishda miqdor va son tushunchalaridan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlarini tadbiq etish, texnologiyalarni joriy etish jarayonida bolalar yoshini hisobga olish va mos holda didaktik materiallarni tanlash, ta‘lim jarayonida bolalarga pedagogik va psixologik yordam berish usullarini o’rganish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Tadqiqot obyekti va predmeti: maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhlarida elementar matematika mashg’ulotlar jarayonida miqdor va sanoq orqali ta‘lim-tarbiyani amalga oshirish jarayoni. Maktabgacha ta’limda tayyorlov guruh bolalarining miqdor va son haqidagi tasavvurlarini yuzaga keltirishning mazmuni. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: – M TTlarida bolalarning ilk matematik tasavvurlarni shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini yaratish, ularni elementar matematika mashg’ulotlar jarayoniga joriy etgan holda foydali ta‘lim-tarbiya berish metodikani ishlab chiqish. 5 O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2019-yil 8- maydagi PQ-4312-son, 3-bob. 4