O’rta asrlarda Pereney
O’rta asrlarda Pereney MUNDARIJA KIRISH 2-bet I BOB O’rta asrlarda Pereney yarim orolida dehqonlarning qaramlik ko’rinishlari 6-bet 1.1. XI-XV asrlarada Pireney yarim oroli davlatlari . 6-bet 1.2. Mustamlakachilik va ijtimoiy taraqqiyot 14-bet II BOB O’rta asrlarda Pereney yarim orolida feodal majburiyatlar 22-bet 2.1. Pireney davlatlarining ichki tarixi 22-bet 2.1. Portugaliya 23bet III BOB “ O’rta asrlarda Pereney yarim orolida dehqonlarning qaramlik ko’rinishlari va feodal majburiyatlar” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish 24-bet 3.1. Blits so’rov usulida mavzuni o’qitish 24-bet 3.2 . Konferensiya metodi usulida mavzuni o’qitish ………..………………………32-bet GLOSSARIY 34-bet XULOSA 35-bet FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’XATI 36-bet
KIRISH Navarra va Portugaliya yarim oroldagi to’rtta xristian davlatlaridan Navarra va Portugaliya alohida-alohida rivojlandilar. Navarrada fransuzlar ta’siri juda kuchli edi. Atrofni tog’lar o’rab olgan bu kichik mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi sekinlik bilan o’sib bordi. Shu sababli XIII – XV asrlar davomida Navarrada umuman katta rol yo’q. Atlantika okeani sohili bo’ylab joylashgan Portugaliya jadalroq rivojlandi. XV- asrga kelganda Portugaliya katta dengiz flotiga ega bo’lgan savdo-sotiq qiladigan mamlakatga aylandi. Yarim oroldagi mavrlar bilan olib borilgan kurash uni Shimoliy Afrikadagi arablar bilan urushlar qilishga tortdi. Portugaliyaliklarning Shimoliy Afrikadagi mulki bo’lmish Seuta portugaliyaliklarning XV- asrdagi geografik kashfiyotlarida katta rol o’ynadi. O’rta dengiz sohilidagi mamlakatlar Angliya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar bilan zo’r berib olib borilgan tashqi savdo-sotiq aloqalari Portugaliyani Pireneya yarim orolidagi boshqa davlatlardan ajratib qo’ydi. Rekonkista Portugaliyani qo’shni Kastiliya bilan bog’lashi lozimdek ko’rinsada, lekin Portugaliya o’zining mustaqilligini saqlab qoldi. Aragon federatsiyasi. Aragon Pireneya yarim orolida kichik bir hududni egallagan edi. Ammo O’rta dengizda uning ko’pdan – ko’p mulklari: Sitsiliya, Sardiniya, Neapol qirolligi, Balear orollari bor edi. Kastiliyaga qaraganda Aragon katta dengiz davlati edi. Lekin bu yerda qirol hokimyati zaif edi. Shaharlarning zaif o’sganligidan dvoryanlar butun hokimyatni o’z qo’llarida saqlab qolgandilar. Aragon dehqonlari eng og’ir krepostnoy qaramlikda yashaganlar. Aragon feodallari o’z krepostnoylariga xatto o’lim jazosi berish huquqiga ham ega edi. Ko’proq feodallardan iborat bo’lgan Aragon korteslari qirolni to’la nazorat qilardi, korteslar dam olgan paytlarda qirolning ishlarini kuzatib borish uchun ,,deputatsiya” nomli alohida komissiya belgilab qo’yilardi. Aragon
dvoryanlarini maxsus saylab qo’yiladigan sudya, Buyuk xustisiya sud qilardi. Uni o’rnidan bekor qilishga qirolning haqqi yo’q edi. Dvoryanlar qirolga qarshi urush e’lon qilib, u bilan urush olib borar va chet el fuqaroligiga o’tib keta olardilar. Aragon zodogonlarining erkinligini ,,Uniya imtiyozlari” (1287 y) degan alohida qonunda yozib qo’yilgan edi. Kastiliya qirolligi. Kastiliya va Aragon Pireneya yarim orolining ikkita asosiy davlati bo’lib, ular yagona qirollikka birlashdilar. Bu birlashgan davlatlarning o’rta asrlar davridagi tarixi o’zining bir qancha xususiyatlariga ega edilar. Yarim orolning deyarli beshdan uch qismi uning xissasiga to’g’ri kelardi. Rekonkistada Kastiliya ham faol qatnashgan edi. Kastiliya tili keyinchalik ispan milliy adabiy tiliga asos bo’ldi. O’rta asrlar davridagi Kastiliyaning ijtimoiy tuzumi o’ziga xos ko’pgina xususiyatlarga ega edi. Dvoryanlar ham Kastiliyada katta ta’sirga ega bõlgan. Rekonkista dvoryanlarning ertaroq toifa bo’lib tarkib topishida va bevosita qirol bilan aloqa o’rnatishga yordam berdi. Kastiliyada katolik cherkovi ham juda katta ta’sirga ega bo’lib, rekonkista natijasida katolik cherkovi ko’p yer – mulkga ega bõldi. Kastiliyada rekonkistaning butun og’irligini o’z zimmasiga olgan o’nlab erkin shahar-kommunalar bor edi. Hunarmandlar va mayda savdogarlardan iborat bo’lgan shaharliklar butun asrlar davomida muntazam xarbiy xizmat o’tadilar. Kastiliya shaharlari shaharlarning alohida harbiy ittifoqlariga – ermandilarga birlashdilar. Kastiliya dehqonlari ham rekonkistada juda aktiv qatnashganliklari uchun krepostnoy qaramlikdan ertaroq xalos bo’ldilar. Kastiliya feodallari dehqonlar bilan hisoblashishga va ularga jiddiy yon berishga majbur bo’ldilar. Kastiliyada shahar va qishloq jamoalarining siyosiy ahamiyati Kastiliyada umumtoifa vakilligi, ya’ni korteslarning ertaroq vujudga kelishida ochiq oydin namoyon bo’ldi. Korteslar o’z faoliyatini 1188-yildayoq boshlagan edi, shu bilan birga uchinchi toifa vakillari sostaviga shaharliklar bilan birga dehqonlarning ba’zi bir vakilllari kirgan edi. Kastiliyada qirol hokimyati shaharlarga tayanib turib, XIII asrdayoq o’z obro’-e’tiborini kuchaytirishga harakat qildi va yirik feodallar bilan qattiq kurash olib bordi. XIII-asrning ikkinchi yarmida
qirol Alfons X (1252-1284) qonunlar to’plami (,,Yetti qism”)ni chiqardi. Bu qonunlar to’plami Rim huquqi g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lib, o’rta asr Yevropasidagi qonunlarining birinchi umumlashtiruvchi to’plami edi. XV- asr o’rtalariga kelganda Kastiliyadagi qirol hokimyati erishgan yutuqlar, umuman olganda hali u qadar katta emas edi. Korteslarning qo’llab-quvvatlashiga qaramay, qirollar qudratli grandlarning kuch-qudratiga shikast yetkaza olmadilar. XIV va XV -asrlarda korteslarning o’zi onda-sonda yig’iladigan bo’lib qoldi. XV- asrning ikkinchi yarmida qirol Genrix IV davrida Kastiliyada qirol hokimyati nochor ahvolga kelib qoldi. Zodogonlar qirolning singlisi Izabellani taxt vorisligiga qo’ymoqchi bo’ldilar. Kelajakda uni o’zlariga rom etib, undan itoatli qirolicha sifatida foydalanmoqchi bo’ldilar. Keyingi o’rta asrlarda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi quruqlikdagi Kastiliya va O’rta dengizdagi Aragonning birlashishini zaruriy vazifa qilib qo’ydi. Kastiliyada va Aragonda keskinlashgan sinfiy kurash , shuningdek, rekonkistaning tamom bo’lmaganligi har ikkala mamlakat feodallarini ikki qirollikni yagona Ispaniya davlatiga birlashtirish to’g’risida bir bitimga kelishga majbur etdi. Ikkala qo’shni davlat o’rtasidagi ittifoq nikoh yo’li bilan amalga oshirildi. Malika Izabella 1469- yili shahzoda Ferdinand Aragonekiyga turmushga chiqdi. 1474-yili Ferdinand Aragon taxtiga o’tirdi. Birlashgan ikkala mamlakatning har biri oldingi qonunlari, urf-odatlari va alohida-alohida korteslarini saqlab qoldi. Shunday qilib, mamlakatni boshqarish ikki xil tusda qolaverdi. 1 Lekin yagona Ispaniyani vujudga keltirish uchun poydevor yaratildi. Kastiliya ham, Aragon ham qirol hokimyati mustahkamlana boshladi. Birlashish Ferdinand bilan Izabellaning ichki va tashqi siyosatida muhim rol õynadi. 1
I BOB. O’rta asrlarda Pereney yarim orolida dehqonlarning qaramlik ko’rinishlari 1.1. XI-XV asrlarada Pireney yarim oroli davlatlari. 1137- yilda Kataloniya Aragon qiroli bilan birlashdi. Shunday qilib, yarim orolning janubi-sharqida va shimoli-g'arbiy qismida yirik xristian davlatlari tashkil topdi. XI asr oxirida Pireneyning g'arbiy qismida Leon qirolligi tarkibiga kirgan Portugaliya grafligi tashkil topdi va 1139- yildan mustaqil qirollikka aylandi. Rasmiy ravishda Portugaliya qiroli o'zini papaning vassali deb tan oldi, ammo mamlakatda u to'liq suverenitetga ega edi. Kastiliyaliklar 108- yilda Tagus daryosida arablar ustidan katta g'alaba qozonib, qadimgi poytaxt Toledoni qo'lga kiritdilar. Musulmon hukmdorlari yordam so'rab Shimoliy Afrika Almoravid berberlariga murojaat qilishdi. Xristianlarning yurishi hamma joyda to'xtatildi. XII- asr o'rtalarida. Mavritaniyadan kelgan Almoravidlar o'rniga yangi bosqinchilar - Almohadlar keldi, ular tarqoq Arab Amirliklarini birlashtirishga va nasroniylarning hujumini to'xtatishga harakat qildilar. Ammo ular yaratgan davlat tez orada quladi. XIII asr boshlarida. rekonkista yangi kuch bilan ochildi. 1212- yilda Kastiliya, Aragon, Portugaliya va Navarraning birlashgan kuchlari Las-Navas-de-Tolosada mavrlarni hal qiluvchi mag'lubiyatga uchratdilar. Arablarni itarishda davom etgan kastiliyaliklar 1236- yilda Kordovani, 1248- yilda Seviliyani, aragonliklar esa Balear orollari va Valensiyani egallab olishdi. 1262- yilda kastiliyaliklar Kadisni qaytarib olib, Atlantika qirg'oqlariga kirishdi. Endi mavrlar faqat mamlakat janubidagi Granada amirligini egallab turishgan. Rekonkistaning natijalari uzoq vaqt davomida Pireney davlatlarining ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy rivojlanishini belgilab berdi. Asosiy imtiyozlarni zabt etilgan hududda yirik xo'jaliklar yaratgan feodal zodagonlar oldi. Rekonkista davrida katta ta'sirga ega bo'lgan katolik cherkovi ko'p erlarni qo'lga kiritdi. O'sha paytda paydo bo'lgan ruhiy va ritsarlik buyruqlari - Sant'Yago, Alkantara, Kalatrava - eng boy yer egalariga aylandi. Musulmonlarga qarshi salib yurishlarining asosiy o'zagini