logo

O‘ZBEK TILI LEKSIKALOGIYASI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

79.3369140625 KB
M U N D A R I J A
KIRISH……………………..………………………………………………… .....
3
I.   BOB.     O‘ZBEK   TILI   LEKSIKASIDA   QATLAMLARNING   PAYDO
BO‘LISHI. 7
1.1. Tilning boyish manbalari
7
1.2. O‘zbek tilida o‘zlashma so‘zlar va o‘zlashma neologizmlar
15
II. BOB. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING ISHLATILISH DOIRASI
22
2.1. Leksikolgiya haqida umumiy ma’lumot
22
2.2. O‘zbek tili leksikasida o‘z va o‘zlashgan qatlam
27
Xulosa
38
Foydalanilgan adabiyotlar
40 Kirish
Mavzuning   dolzarblilgi:   Dunyo   tilshunosligining   hozirgi   xolati
jamiyatimizda   yuz   berayotgan   ijtimoiy   siyosiy   o‘zgarishlar,   boshqa   fanlarda
bo‘lgani   kabi,   o‘zbek   tilshunosligi   oldiga   ham   yangidan-yangi   vazifalarni
qo‘ymoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas
kuch” 1
  asarida   aloxida   ta’kidlanganidek   fundamental   fanlar,   zamonaviy
kommunikasiya   va   axborot   texnologiyalari ,   bank,   moliya   tizimi   kabi   o‘ta   muhim
sohalarda ona tilimizning qo‘llanilish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy
lug‘atlar  chop  etish   zarur  atama   va  iboralar,  bir   so‘z   bilan  aytganda ,  o‘zbek   tilini
har   tomonlama   rivojlantirish   milliy   o‘zlikni,   Vatan   tuyg‘usini   anglashdek   ezgu
maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.
Yurtboshimiz   tomonidan   belgilab   berilgan   ona   tilimizni   ma’naviy
boyligimiz   sifatida   asrab-avaylash,   boyitish,   undan   amaliy   foydalanish,
samaradorlikni   oshirish,   qo‘llanish   imkoniyatlarini   kengaytirish   vazifalari
tilshunoslar   oldiga   ham   aniq   talablarni   qo‘ymoqda.   Barcha   tillarda   bo‘lgani   kabi
tilshunoslikning morfologiya sohasida ham qadimdan shug‘ullanib kelgan. Shunga
qaramasdan   so‘zlarning   morfologik   tuzilishi,   xususan   lug‘at   tarkibidagi   so‘zlarni
turkumlarga   ajratish   hozirga   qadar   o‘z   yechimini   topgan   emas.   O‘zbek
tilshunosligida   keyingi   yillarda   so‘zlarni   turkumlarga   ajratish   sohasida   diqqatga
sazovor   yangicha   ilmiy   qarashlar   yuzaga   kelmoqda,   ammo   zamonaviy
tilshunoslikda   so‘zlarni   turkumlarga   ajratishdagi   yangicha   qarashlar   ham   turli
tuman   bahslarga   sabab   bo‘lmoqda.   Bular   qatoriga   taqlidiy   so‘zlarning   mustaqil
so‘z   turkumi   sifatida   talqin   etlishi   undov,   modal   so‘zlarning   so‘z-gap   deb
yuritilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi   o‘zbek   tilshunosligida   uning   barcha   sohalari   bo‘yicha,   ayniqsa,
leksikologiya yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga
qaramasdan,   bu   sohaning   barcha   muammolari   tugal   hal   etilgan   deb   bo‘lmaydi.
O‘zbek   tili   lug‘at   tarkibidagi   o‘zlashma   neologizmlar   shu   vaqtga   qadar   to‘liq
1
  Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.  “Ma’naviyat”. T., 2010. o‘rganilgan   emas.   S.I.Ojegovning   e’tirof   etishicha,   leksika   tilning   boshqa
sathlariga   qaraganda   murakkab   va   ko‘p   qirralidir.   Uning   vazifasi,   bir
tomondan,jamiyat   nafas   olayotgan   borliqni   barcha   murakkabliklari   bilan   in’ikos
etish   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan,   leksik,   semantik,   uslubiy-sinonimik   so‘z   yasash
va   shuning   kabi   bir   qator   hodisalarning   murakkab   lisoniy   munosabatlarini   ifoda
etishdan iboratdir.
Bir   tildan   boshqa   tilga   so‘z   o‘zlashishi   tillarning   aralashuvi   sifatida   yuqori
baholanadi.   Mashhur   tilshunos   L.V.Shcherba   bunday   jarayonni   tilshunoslikning
muhim muammolari sirasiga kiritadi.
Tillarning   o‘zaro   ta’siri,   bir   tildan   boshqa   tilga   lisoniy   birliklarning
o‘zlashishi   masalalari   N.V.Yushmanov   tadqiqotlarida   ham   e’tiborli   o‘rinda
bo‘lgan.   O‘zbek   tilidagi   o‘zlashma   neologizmlarning   tadqiqiga   bag‘ishlangan
an’anaviy   yo‘sindagi   ishlar   mavjud   emas.   Lekin   o‘zbek   tilidagi   o‘zlashma
neologizmlar   sistem   tadbirlar   asosida   o‘rganilmagan.   Sababi   shuki,   lug‘aviy
materialni   sistem   o‘rganish   fonetika,   morfologiya   yoki   sintaksis   materiallarini
sistem o‘rganishga qaraganda qiyinroq kechadi.
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi   boshqa   tillarda   bo‘lgani   kabi   o‘zbek
tilshunosligida ham ot tarkibidagi so‘zlar bajarayotgan vazifalariga ko‘ra an’anaviy
ravishda mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari deb keyinchalik esa
ular   mustaqil,   yordamchi   va   alohida   so‘z   turkumlari   sifatida,   hatto   mustaqil,
yordamchi   va   oraliq   so‘z   turkumlari   deb   talqin   etila   boshlandi.   Zamonaviy
tilshunoslikda esa so‘zlarni turkumlarga ajratish sintaktik ma’noviy va morfologik
nuqtai   nazardan   tadqiq   etilmoqda.   Garchi   ushbu   mavzu   tilshunoslar   tomonidan
atroflicha   o‘rganilgan   bo‘lsa-da   ularda   hanuzga   qadar   bir   to‘xtamga
kelinmaganligining guvohi bo‘lamiz.
Tilimizning lug‘at  tarkibida o‘zimizniki bo‘lgan so‘zlardan tashqari  boshqa
tillardan o‘zlashgan so‘zlar ham mavjud. Bu tabiiy holdir. Chunki o‘zbеk xalqi o‘z
tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada
bo‘lib kеlgan. Mana shu aloqa-aralashuv natijasi o‘laroq tilimizga boshqa tillardan
so‘zlar   kirib,   o‘zlashib   kеtgan.   Shu   nuqtai   nazardan   adabiy   til   so‘zarini   tarixiy kеlib   chiqishiga   ko‘ra   ikki   guruhga   ajratish   mumkin:   1.   O‘z   qatlam   so‘zari.   2.
O‘zlashgan qatlam so‘zari. 
O‘z qatlam so‘zari. O‘z qatlamga turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan hamda
o‘zbеk   tilining     o‘ziniki   bo‘lgan   so‘zlar   kiradi.   Turkiy   tillar   uchun
umumiy,mushtarak   bo‘lgan   so‘zlar   umumturkiy   so‘zlar   dеyiladi.   Umumturkiy
so‘zlar   asrlar   davomida   o‘zbеk,   qozoq,   qirg‘iz,   tatar,   boshqird,   turkman,
ozarbayjon   va   boshqa   turkiy   tillarda   qo‘llanib   kеlgan   so‘zardir.   Bunday   so‘zlar
o‘zbеk   tili   lug‘at   tarkibining   asosini   tashkil   etadi.   Umumturkiy   so‘zlar   dеyarli
barcha so‘z turkumlarida mavjud. Bularga tog‘, suv, tosh, til, qo‘l, bola, еr (otlar),
oq,   qora,   qizil,   ko‘k,   sariq,   yaxshi,   yomon   (sifatlar),   bir,   ikki,   uch,   bеsh,   olti,
sakson,   tuqson,   yuz,   ming   (sonlar),   mеn,   sеn,   u,   biz,   siz,   ular,   qanday,   qachon
(olmoshlar), kеlmoq, bormoq, turmoq, qaramoq, olmoq (fе'llar), ildam, erta, indin,
ilgari   (ravishlar)   kabilar   misol   bo‘la   oladi.   Mazkur   so‘zlarning   ba'zilari   fonеtik
jihatdan yoki talaffuz qilinishiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Lеkin shunday bo‘lsa-
da, ularning kеlib chiqish asosi birdir. 
O‘zbеk   tilining   o‘z   ichki   imkoniyatlari,   qonun-qoidalari   asosida   yaratilgan
so‘zlar o‘zbеkcha so‘zlar dеb yuritiladi. O‘zbеkcha so‘zar quyidagi yo‘llar asosida
yaratiladi: 
1.   Asli   o‘zbеkcha   so‘zlarga   shu   tilga   oid   qo‘shimchalarni   qo‘shish   orqali
yasalgan so‘zlar. Bunda –chi, -ma, -lik, -gich, -im singari o‘zbеkcha qo‘shimchalar
vositasida   yasama   so‘zlar   hosil   qilinadi:   suvchi,   tеrimchi,   o‘quvchi,   o‘qituvchi,
boshlovchi,   kеsma,   tеrlama,   boshqarma,   qorishma,   bosma,   otalik,   onalik,   bolalik,
yaxshilik,   yomonlik,   suzgich,   muzlatgich,   o‘g‘itlagich,   sovitgich,   tеrim,   yig‘im,
bo‘lim va boshqalar. 
2.   Boshqa   tillardan   kirgan   so‘zlarga   o‘zbеkcha   qo‘shimchalarni   qo‘shish
orqali   yasalgan   so‘zlar.   Bunda   o‘zbеkcha   so‘zar   quyidagicha   hosil   qilinadi:   1)
tojikcha so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish asosida yaratiladi: jangchi,
mardlik,   tanburchi,   dutorchi,   vayronalik,   sabzavotchilik,   chorvachilik;   2)   arabcha
so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish vositasida hosil qilinadi: maorifchi,
maslahatchi, jamoatchi, murabbiylik, zamondosh, vazirlik, rahbarlik, ovqatlanmoq; 3)   ruscha-baynalmilal   so‘zlarga   o‘zbеkcha   qo‘shimchalarni   qo‘shish   orqali
yasaladi:   traktorchi,   sportchi,   shofyorlik,   dеmokratlashtirish,   elеktrlashtirish,
mеxanizatsiyalashtirish, bеtonlamoq singarilar. 
3.   Boshqa   tillardan   o‘tgan   yasovchi   vositalar   yordamida   o‘z   va   o‘zlashma
qatlamdan   hosil   qilingan   so‘zlar.   Bunda   qo‘shimcha   o‘zga   tilga   oid   bo‘ladi,   asos
so‘z   o‘zbеkcha,   tojikcha,   arabcha,   ruscha   so‘zlardan   tashkil   topadi:   kitobxon,
jurnalxon,   bilimdon,   savodxon,   ma'rifatparvar,   adabiyotshunos,   tilshunos,
partiyaviy,   ommaviy,   soatsoz,   vagonsoz,   uysoz,   mashinasoz,   noaniq,   sеrish,
sеrtarmoq,   sеrhosil,   madadkor,   bunyodkor,   notinch,   bеish,   chizmakash,   yo‘lsoz,
ilmiy, tarbiyaviy, oilaviy kabilar. 
Til   millatning   ulkan   boyligi   va   bebaho   mulkidir.   Shuning   uchun   ona   tilini
sevish,   puxta   o‘rganish,   uni   billurdek   musaffo   saqlash.   Kamol   toptirish   milliy
tilimiz.   Ona   xalqimiz   jonajon   Vatanimizda   bo‘lgan   beqiyos   muhabbatimiz
ramzidir.
Til   avlodlarni   avlodlarga.   Asrlarni   asrlarga   bog‘laydi,   chunki   biz   va   siz
tasawur qila olmaydigan o‘tmish ajdodlarimiz ruhi shu ona tilimizga singdirilgan.
Dunyoga   yangi   kelgan   chaqaloq   ham   ona   tilida   alia   eshitiborom   oladi,   har
erta   tongda   televideniye.   Radio   to‘lqinlaridantaraladigan   Davlat   madhiyasini   ona
tilimizda eshitib, undanfaxrlanamiz.
Dastawal  shuni  aytish  kerakki,  o‘zbek  tilini  XV  asrda  davlat  tili  darajasiga
ko‘tarish,   uni   ravnaq   toptirish   uchun   buyuk   bobokalonimiz   hazrati   Mir   Alisher
Navoiy   ko‘p   kuch   sarf   qildi.   U   o‘zining   "Xamsa",   "Xazoyin   ul-maoniy".
"Muhokamatul   lug‘a-tayin",   kabi   qator   o‘lmas   asarlarini   shu   tilda   yaratdi.   Sulton
Husayn   homiylik   qilib,   A.   Navoiyning   bu   sohadagi   ishlarini   qo‘llab-quwatlagan
hamda maxsus farmon bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan edi.
O‘tgan   besh   asrdan   ko‘proq   davrda   o‘zbek   tilining   ahamiyati   kamaygani
yo‘q.   Ammo   yetmish   yillik   mustabid   tuzumining   siyosati   sababli   o‘zbek   tilining
ish   ko‘fish   doirasi   chegaralanib   qoldi   va   ahamiyati   pasayib   ketgan   edi.   Xalqimiz
doim   mustaqil   bo‘tish.   Erkin   yashash   yo‘lida   kurashib   keldi   va   Cho‘lpon,   Fitrat.
A.Qodiriy,   A.Avloniy,   G‘.g‘ulom,   Oybek,   H.   Olimjon,   A.   Qahhor   kabi   siymolar adabiy   tilimizning   raynaqi   yo‘lida   tinmay   ijod   qildilar   Bu   kurashlar   samarasiz
ketmadi.   1989   yil   21   oktabrda   o‘zbekiston   Oliy   Kengashining   XI   sessiyasida
o‘zbekiston
Respublikasining   "Davlat   tili   haqida"gi   Qonuni   qabul   qilindi.   Bu   qonun
mustaqillikka erishish arafasida turgan davlatimiz hayotida unitilmas voqea bo‘lib
tarixga kirdi.
1990-yil- 19-fevralda o‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Kengashining 101-
sonli   qarori   bilan   ushbu   qonunni   amalga   oshirish   bo‘yicha   davlat   dasturi
tasdiqlandi.   Shu   boisdan   davlat   dasturida   "Davlat   tili   haqida"gi   Qonun   qabul
etilgan kun "Ona tili kuni" deb e'lon qilindi (l-qism,7-modda).
Ushbu davlat tili haqidagi qonunning asl mohiyati nimalardan iborat edi?
1.   Qonun   30   moddadan   iborat   bo‘lib,   awal   o‘zbek   tiliningqadr-qimmatini,
hududini. O‘rnini tiklaydi.
Qonunning   1   -moddasida   o‘zbekiston   Respublikasining   davlat   tili   o‘zbek
tilidir   deb   ko‘rsatilgan.   Shu   bilan   birga   o‘zbekistoti   o‘zbek   tilini   butun   choralar
bilan   rivojlantiradi   va   uning   siyosiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   madaniy   hayotining
barcha sohalarida to‘liq amal qilinishini ta'mmlaydi, deb uqtiriladi (1- modda) .
O‘zbek   tili   o‘zbek   xalqining   ma'naviy   mulkidir   va   shuboisdan   uning
ravnaqi, qo‘llanishi va muhofazasini ta'minlashgaoid barcha masalalar o‘zbekiston
Respublikasining huquqiydoirasiga kirishi ko‘rsatilgan (2-modda).
O‘zbekiston   Respublikasining   barcha   korxona,   muassasa,tashkilotlarida   ish
respublika davlat tilida olib boriladi (7-modda),bu esa xalqimiz uchun yangiliklar
yaratadi.
O‘zbekiston   Respublikasining   hunar-texnika,   o‘rtamaxsusva   oliy   o‘quv
yurtlarida   ular   qaysi   mahkamada   bo‘lishiga   qaramay.respublika   davlat   tilida
o‘qitiladi (14-modda).
Respublika   miqyosidagi   eng   yirik   anjumanlardan   kichikyig‘ilishlargacha
davlat   tilida   olib   boriladi   (5-modda)   debko‘rsatilishi   o‘zbek   tilining   salohiyatini
yanada oshiradi. Xalqimizning orzu-istaklari, maqsadlari ifoda qilingan bu qonun o‘zbekiston
Respublikasi mustaqilikka erishgandan so‘ng qayta ko‘rib chiqildi.
1995   yil   21-dekabrda   "o‘zbekiston   Respublikasining   "Davlat   tili   haqida"gi
Qonunning   yangi   tahriri   ishlab   chiqildi   va   amalda   qo‘llash   uchun   joriy   etildi.
Yangi   tahrirdagi   Qonun   24   bobdan   iborat   bo‘lib,   unga   mustaqillik   ruhi   bilan
sug‘orilgan bir qancha o‘zgarishlar kiritildi.
'"Davlat  tili  haqida"gi  Qonunni  amalga   oshirish  sohasida  o‘tgan  o‘n  yildan
ortiq davrda katta ishlar qilindi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:  Kurs ishiga kirish, 2 bob,  4 band, Xulosa,
va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. I. O‘ZBEK   TILI   LEKSIKASIDA QATLAMLARNING PAYDO
BO‘LISHI.
I.1. Tilning   boyish   manbalari .
Til   –   millat   ko‘zgusidir.   Uning   o‘zligini,   ma’naviy   qiyofasini   ko‘rsatib
beruvchi   bebaho   boylikdir.   Ona   tilini   muqaddas   bilish   o‘zini,   qadr-qimmatini ,
g‘ururini anglash, tarixini, milliy qadriyatlarini hurmat qilish demakdir.
Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida
ona   tili   muhim   o‘rin   tutadi.   Til   milliy   ma’naviyat,   ma’rifat   va   madaniyatning
ko‘zgusidir. Hadisda   “ Kishining zebu ziynati, go‘zalligi uning tilidadir”   deyiladi.
Har   bir   xalq,   millat   o‘z   tiliga   hurmat   bilan   qaraydi.   Chunki   til   millatning   tamal
toshi,   u   boy   berilsa,   millat   ham   boy   beriladi.   Yurtboshimizning   “ Jamiki   ezgu
fazilatlar   inson   qalbiga,   avvalo   ona   allasi,   ona   tilining   betakror   jozibasi   bilan
singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan millat o‘zligidan judo
bo‘lishi   muqarrar”,   deb   ta’kidlagani   bejiz   emas.   Demak,   millatning   borligi   va
birligining bosh belgisi tildir.
Dunyodagi   qay   bir   xalqni   olmaylik,   uning   jahon   sivilitziyasidagi   o‘rni   va
mavqei,   betakkror   milliy   o‘zligi   va   tarixiy   tajribasi   bilan   belgilanadi.   Milliy
o‘zlikning   birinchi   belgisi   bu   milliy   til   bo‘lib,   u   millatning   millat   bo‘lib
shaklllanishida   muhim   shartlardan   biri   hisoblanadi.   Til   bo‘lmasa   el   ham,   millat
ham   bo‘lmaydi.   Elni   –   el,   millatni   millat   darajasiga   ko‘taradigan,   uning   yashashi
va   faoliyatini   belgilab   turadigan   vosita   til   ekan,   u   bilan   butun   insoniy   qiyofalar
shakli shamoyiliga ega bo‘l`adi. Xalqning madaniy - ma’naviy boyligi, aql idroki
va tafakkuri, ilmiy, tarixiy madaniy boyliklari uning tilida o‘z ifodasini topadi. Shu
ma’noda til xalqning qalbi va borlig‘idir. Til xalqning buyuk va bebeho ma’naviy
boyligi, bitmas tuganmas xazinasidir.Til ─ jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining
o‘zaro   aloqasini  amalga oshiradi , insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro‘y
beradigan   barcha   voqea   va   hodisalar   haqidagi   bilimlarni   jamlaydi   va   ulardan
xabardor   qiladi.   Til   ayni   ma’noda   asrlar   mobaynida   shaklllanadi   va   mavjud
bo‘ladi.   Mamlakatimizda   ma’naviyat   sohasida   olib   borilayotgan   islohotlarda   til muammolariga,   xususan   davlat   tili   masalalariga   alohida   e’tibor   qilinayotganligi
bejiz emas.
Leksika   eng   harakatchan,   doim   rivojlanuvchi   komponent   hisoblanadi.
Jamiyatda yuz berga yangiliklar, rivojlanish va o‘zgarishlar leksikada o‘z ifodasini
topadi. Leksikaning rivojlanishi ikki yo‘nalishda boradi. Bir tomondan, leksika o‘z
taraqqiyoti   jarayonida   jamiyat   taqqiyotida   yuz   bergan   tarixiy   o‘zgarishlarni,
yangiliklarni   ifodalash   orqali   boyiydi.   Leksika   boshqa   tillarda   qabul   qilingan
so‘zlar, yaratilgan yangi so‘zlar, yangicha atamalar, yangicha iboralar so‘zlarning
o‘z   ma’nolarini   o‘zgartirishlari   hisobiga   boyiydi.   Leksikada   yuz   bergan
o‘zgarishlar   til   sistemasiga   bog‘lq   bo‘lmaydi.   Ikkinchi   tomondan,   leksika   o‘zida
mavjud bo‘lgan so‘z vositalar yordamida yangi so‘zlar yasash hisobiga boyiydi.
Yuqorida aytib o‘tilgan jarayon til sistemasi (grammatikasi) bilan bevosita bog‘liq
bo‘ladi.   Til   sistemasi   bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘lmagan   tarzda   leksikaga   kirib
kelgan so‘zlar o‘zlari shakllangan ma’lum bir davrni, jamiyatni qisman ifodalaydi. 
Leksikaning rivojlanishi, boyishi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshadi 2
:
1. Boshqa tillardan so‘zlar o‘zlashtirish yo‘li bilan;
2. Tilda qo‘llanilib kelgan ayrim so‘zlarning yo‘qolishi;
3.   So‘zlarning   o‘z   ma’nolarini   o‘zgartirishi,   va   bu   jarayon   quyidagicha
amalga oshishi mumkin:
A) so‘z ma’nosining to‘liq o‘zgarishi;
B) omonim so‘zlarning paydo bo‘l`ishi;
D) so‘z ma’nolaring kengayishi;
E) so‘z ma’nolarining torayishi.
Tillar   bir-   biridan   himoyalanmagan.   Bir   til   boshqa   bir   tildan   tovushlar,
so‘zlar va birikmalarni o‘zlashtirishi mumkin.
O‘zlashtirish,   ya’ni   o‘zlashtirilayotgan   til   tomonidan   so‘z   boyligini   yanada
oshirish, o‘zlashma neologizmlarni yanada mukammal, jarangdor bo‘l`ishiga, ya’ni
o‘zlashtirgan tilning qoidalariga tayanib boyitiladi.
2
  Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma.  T., 2008 O‘z   qatlam   deganda   aslan   shu   tilniki   bo‘lgan   so‘zlar   va   shular   asosidagi
yasalishlar,   shuningdek   o‘z   affiks   bilan   boshqa   til   so‘zlaridan   yasashlar
tushuniladi.   O‘z   qatlamga   xos   so‘zlar   bilan   o‘zlashgan   qatlamga   xos   so‘zlarni
o‘zaro   farqlash   hamma   vaqt   yengil   bo‘lavermaydi.   Bularni   o‘zaro   farqlashda
so‘zning semantik, morfologik, fonetik belgilarini hisobga olib ish ko‘riladi.
Semantik belgilari: umumturkiy so‘zlarning aksariyati ko‘p ma’nolidir:   bosh -
1. “odamning boshi”;
2. “ko‘chaning boshi”;
3. “ishnimg boshi”.
Morfologik belgilari:
1)   umumturkiy   so‘zlar   hozirgi   o‘zbek   tilining   barcha   so‘z   turkumlarida
uchraydi;
2) turlanadi va tuslanadi;
3)   o‘zak   va   affiks   morfemalar   erkin   va   standart   bo‘ladi:   ko‘zim,
ko‘zing,ko‘zi;
4) so‘z tarkibida prefikslar qo‘llanmaydi.
Fonetik   struktura   jihatdan   o‘z   qatlamiga   xos   so‘zlarning   asosiy   belgilari   deb
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin 3
:
1. O‘zbekcha   tub   negizlar   asosan   bir   bo‘g‘inli   va   ikki   bo‘g‘inli   bo‘ladi;   uch
bo‘ginli tub negizlar juda oz.
2. Bir   bo‘g‘inlilarda   “undosh+unli+undosh”   tipi   asisiy   o‘rinni   egallaydi.
Ikkinchi o‘rinda “unli+undosh” tipi turadi. “Undosh+unli” tipi esa juda oz.
3. Ikki bo‘g‘inli so‘zlar ko‘pincha ochiq bo‘g‘inlardan tuzilgan bo‘ladi.
4. O‘zbek so‘zlari r, l, v, h tovushlari bilan boshlanmaydi.
5. O‘zbek   so‘zlarida   “h”   bo‘g‘iz   tovushi   qatnashmaydi.(undov   va
mimemalardan tashqari)
6. So‘z oxiri e, o‘ tovushi bilan tugamaydi (undov va mimemalardan tashqari).
7. O‘zbek so‘zlarida odatda sof cho‘ziq   o   unlisi bo‘lmaydi.
8. Birinchi bo‘g‘indan keyingi bo‘g‘inlar hech vaqt unli bilan boshlanmaydi.
3
  Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma.  T., 2008 9. Bo‘g‘in boshlanishida,  ko‘pincha, bo‘g‘in oxirida ham, ikki  va undan ortiq
undosh   qatorasiga   kelmaydi   (ost,   ust   kabi   bir   nechha   so‘z   bundan
mustasno) 7
.
Yuqorida   sanalganlarning   aksi   o‘zlashgan   so‘zlarning   asosiy   belgilari   deb
qaraladi.
O‘zlashgan qatlam   -   o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan
leksemalardan   iborat   qismi.   Masalan,   maktab   (arabcha),   daraxt,   gul   (fors-
tojikch),   axta,   bahodir   (mo‘g‘ulcha),   afandi   (turk),   ravshan   (so‘g‘dcha),   traktor,
avtobus   (ruscha   baynalmilal)   va   boshqalar.   Bu   qismda   arab,   fors   tojikcha   va   rus
tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Fors-tojik   tillaridan   o‘zlashtirilgan   so‘zlar.   Tarixchi   B.G‘ofurovning
yozishicha,   o‘zbek   va   tojik   xalqlari   o‘rtasidagi   yaqinlik   milodiy   VI   asrda
boshlangan. O‘zbek va tojik xalqlari juda uzoq davrlardan beri yonma-yon yashab
bir-birlariga doimo xo‘jalik, iqtisodiy – ijtimoiy va madaniy munosabatlarda bo‘lib
kelganlar.
Hozirgi o‘zbek tilida fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar
(sartarosh,   bazm,   barg),   sifatlar   (badbo‘y,   badjahl,   ozoda),   ravishlar   (banogoh,
do‘stona, tez), bog‘lovchilar (chunki, yoki, agar), yuklamalar (xo‘sh, xuddi), modal
so‘zlar (chunonchi, binobarin), undovlar (balli, dod) uchraydi.
Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlarda:
So‘z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng tarqalgan: g‘isht,
go‘sht;
a. Kuchsiz lablangan   o   unlisi so‘zning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llaniladi: ohang,
nobud, bahor.
Shuningdek,   fors-tojik   tilidan   o‘zbek   tiliga   bir   qator   prefiks   va   suffiks
o‘zlashgan:   Prefikslar   -be-,   ba-,   no-,   ham-,   kam-;   suffikslar:   -kor,   -zor,   -xo‘r,   -
parvar,   -kash,   -paz 4
  va   boshqalar.   Ular   dastlab   fors-tojik   so‘zlari   tarkibida
4
  Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.  Toshkent, 2010. qo‘llangan, keyinchalik o‘zbek tilining so‘z yasovchi affikslarning qatoridan o‘rin
olib,   yangi   so‘zlarning   yasalishida   ishtirok   etgan:   kamsuqum,   bebosh,   barkamol,
hamyurt.
Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar
Bunday   so‘zlarning   o‘zlashtirilishi   VIII   asrdan   boshlanib,   IX-X   asrlarda
ancha   faollashgan.   Arab   tilidan   so‘z   o‘zlashtirishga   olib   kelgan   omillar   ichida
quyidagilar muhim rol o‘ynagan:
a. Arablar istilosi;
b. Islom dinining keng tarqalishi;
c. Arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi;
d. Madrasalarda arab tilining o‘qitilish;
e. Turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi;
f. Olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi.
Arab   tilidan   o‘zlashtirilgan   so‘zlarning   fonetik,   semantik   va   morfemik
tarkibida quyidagi xususiyatlar borligi ko‘zga tashlanadi:
1. So‘z tarkibida ikki unlining yonma-yon kelish holati uchraydi: mutolaa, oila.
2. Ra’no, da’vo, ta’na, e’lon kabi so‘zlarda ayn tovushidan oldingin unli kuchli
va biroz cho‘ziq aytiladi.
3. Jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, kabi so‘zlarda bo‘g‘inlar ayirib tallaffuz qilinadi.
4. Semantik jihatdan: ko‘proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum
tushunchalar ifodalanadi.
5. So‘zlarning lug‘aviy va gramatik shakllari  flektiv xarakterda bo‘lib, o‘zbek
tilida morfemalarga ajralmaydi: ilm, muallim, olim.
Yangilik   bo‘yog‘iga   ega   bo‘lgan   so‘zlar   tilshunoslikda   o‘zlashma
neologizmlar   ham   deb   ataladi.   Kundalik   turmushdagi   yangicha   munosabatlarni ,
yangi narsalar va ularning belgilarini, yangi  hodisalar, tushunchalarni  ifodolovchi
lug‘aviy birliklardir. Bunday so‘zlar xususiyatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1. Leksik o‘zlashma neologizmlar.
2. Semantik o‘zlashma neologizmlar. Leksik   o‘zlashma   neologizmlar   tilga   tamoman   o‘zlashib   ketmagan   o‘zbek
tilining   o‘zida   yasalgan   yoki   boshqa   tillardan   o‘zlashib   butunlay   iste’molga
kirmagan   so‘zlardir.   Masalan,   zovut,   zamin   studiyasi,   sarhad,   kollej,   menejment,
bakalavriat,   magistratura,   dastur,   bar,   bojxona,   aksiya,   bandargoh,   tuman   kabilar.
Semantik o‘zlashma neologizmlar   tilda oldindan mavjud bo‘lgan va hozirda
yangi   ma’noda   ishlatilayotgan   so‘zlardir.   Masalan,   noyub   (deputat),   muman
(rayon),   viloyat   (oblast),   do‘kon   (magazin),   tadbirkor,   pudrat,   sarmoya,   vazir,
hokim, anjuman (konferensiya) va boshqalar. Bunday so‘zlar ma’lum bir davrlarda
eskirgan   so‘zlarga   aylanib,   iste’mol   doirasidan   ancha   chiqib   qolgan   edi,
mustaqillikdan so‘ng ular yana tilimizga yangi ma’nolar bilan kirib keldi.
Mustaqillik   yillarida   hayotimizda   katta   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   Yangi-yangi  
tushunchalar   vujudga   keldi.   Yangi   tushunchalar   ko‘proq   tilning   ichki   imkoniyatlari
:
A) shevalardan   so‘z   olish;
B)   so‘z   yasash   imkoniyatidan   foydalanish   asosida   yuzaga   keladi.   Ba’zan   yan
gi   tushunchalar   boshqa   tillardan   so‘z   olish   yo‘li   bilan   ham   ifodalanadi.   Bunday
so‘zlar    olinma   so‘zlar   hisoblanadi.
Dunyoda   boshqa   tillardan   so‘z   olmaydigan   bironta   ham   til   yo‘q.   Kurash,  
Yonbosh,   chala,   halol   so‘zlari   dunyoning   barcha   tillariga   kirib   borayotgani   bizning
tilimiz   ham   turmushimizga   kirib   kelgan   bir   qator   yangi   tushunchalarni   ifodalovchi  
olinma   so‘zlar   hisobiga   boyib   bormoqda.O‘zbek   tili   leksikasi   turmushimiz   uchun
keraksiz   bo‘lib   qolgan   tushunchalarni   bildiruvchi   so‘zlarning   iste’moldan   chiqib
ketishi, yangi paydo bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelish
hisobiga   o‘zgarib,rivojlanib   boradi.   O‘zbek   tili   leksikasi   bir   qancha   manbalar
asosida   boyib   rivojlanib   boradi.   Ularni,   eng   avvalo,   ikki   katta   guruhga   ajratish
mumkin:
1) o‘z    ichki   imkoniyatlari   asosida;
2)   boshqa tillardan   so‘z olish asosida.
Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi. O‘zbek   tilining   birinchi   yo‘l   bilan   boyib   borishi   imkoniyatlari   juda
kengdir.   Masalan:   ilgari   qo‘llanilib,   keyin   iste’moldan   chiqib   ketgan   so‘zlardan
yangi   tushunchalarni   ifodalash   uchun   foydalanish:   vazir,   hokim,   viloyat,   shirkat,
noib,   tuman   kabi ;   yasovchi   qo‘shimchalar   yordamida   yangi   so‘z   yasash:   uyali
telefon,   omonatchi,   pudratchi,   bojxona,   auditchi   (auditor)   va   boshqalar;   dialektal
(shevadagi)   so‘zlarni   faollashtirish:   mengzamoq   (Xorazm)   “o‘xshatmoq”,
“tenglashtirmoq”, “qiyoslamoq” ma’nosida.
O‘zbek tili leksikasi   tashqi manbalar asosida   ham boyib bormoqda. Dunyoda
boshqa   tillardan   so‘z   olmasdan   faqat   o‘z   ichki   imkoniyatlari   asosidagina
rivojlanadigan birorta ham til yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Faqat
ma’lum   zarurat   tufayli   yangi   tushunchani   ifodalovchi   o‘z   tilimizning   ichki
imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish
foydalidir.
O‘zlashma   neologizmlar   davriy   xususiyatga   ega   sanaladi.   Masalan,   bir
paytlari   yangi   atamalar   sifatida   tilga   kirib   kelgan   avtobus,   trolleybus,   metro   kabi
so‘zlar   bugungi   kunda   yangilik   bo‘yog‘ini   yo‘qotib,   zamonaviy   qatlamga   oid
leksik   birliklarga   aylangan.   80-yillarning   o‘rtalaridan   boshlangan   ijtimoiy
hayotdagi   keskin   o‘zgarishlar   barcha   sohalarda   bo‘lgani   singari   tilshunoslik
sohasida   ham   tub   o‘zgarishlarning   sodir   bo‘lishiga   olib   keldi.   Ayniqsa,   bu   holat
o‘zbek tili leksikasida kuchli bo‘ldi.  
O‘zbek   tiliga   davlat   tili   maqomining   berilishi,   o‘zbek   xalqining   o‘z   erkiga,
ozodligiga erishishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirdi, tilimizda yuzlab, minglab
o‘zlashma   neologizmlar   paydo   bo‘ldi.   Xususan,   iqtisodiyot,   bank   va   kredit,
diplomatiya   kabi   bank   sohalarida   yangidan   yangi   atamalar   paydo   bo‘ldi.   Bozor
iqtisodiyoti,   litsenziya,   monitoring,   debitor,   kvota,   menejer,   menejment,   brutto
qarz , frank bozori 5
  kabi atamalar shular jumlasidandir.
Yangi   paydo   bo‘lgan   so‘zlarni   turli   jihatlariga   ko‘ra   tasniflash   mumkin.
Avvalo, ularni ijtimoiy-siyosiy atamalar: vazir, vazirlik, devonxona, hokim, tuman,
5
  Jamolxonov  H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.  Toshkent, 2010. agrofirma,   fermer   kabi;iqtisodiy   atamalar :   diler,   lizing,   injenering   bozor
infrastrukturasi;
Ilm-fan,   texnikaga   oid   atamalar:   internet,   kompyuter,   diskovod,
skaner;maktab-maorifga   tegishli   bo‘lgan   leksik   birliklar:   akademik   litsey,   kollej,
dastur singari o‘nlab yo‘nalishlarga bo‘lib yuborish mumkin.
O‘zlashma   neologizmlar   ichida   o‘tkinchi,   shoshma   shosharlik   bilan,   sun’iy
ravishda   hosil   qilingan   leksemalar   ham   uchraydi.   Masalan:   majalla,   jarida,
oynoma, ochqich, yozg‘ich, barnoma, oliy bilimgoh kabi. Ularni xalq qabul qilmay
tezda   iste’moldan   chiqarib   yubordi.   O‘zlashma   neologizmlarning   aksariyati
quyidagi ikki xil usul bilan:
Ichki   imkoniyatlar   asosida   (so‘z   ma’nosining   kengayishi,   derivatsiyani
qo‘llash hisobiga): oshkoralik, muqobillik,   qayta qurish , kimoshdi savdosi, hokim,
devonxona.
Tashqi   imkoniyat   hisobiga   (chetdan   so‘z   olish   orqali):   modemogramma,
videoapparatura, matiz, kik boksing, karate, damas, tiko, neksiya.
O‘zlashma   neologizmlar   tilning   ifoda   imkoniyatlari   darjasini   belgilaydi.
Mustaqillik     yillarida     hayotimizda   katta   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   Yangi-yangi
tushunchalar vujudga   keldi.   Yangi   tushunchalar   ko‘proq   tilning   ichki  
Imkoniyatlari:
A) shevalardan   so‘z   olish;
B)   so‘z    yasash   imkoniyatidan   foydalanish   asosida   yuzaga   keladi.  
Ba’zan     yangi     tushunchalar     boshqa     tillardan     so‘z     olish     yo‘li     bilan  
ham   ifodalanadi.Bunday   so‘zlar   olinma   so‘zlar   hisoblanadi.Shuni   bilingki,   dunyod
a   boshqa   tillardan   so‘z   olmaydigan   bironta   ham   til   yo‘q.   Kurash,   yonbosh,   chala,   h
alol   so‘zlari   dunyoning   barcha   tillariga   kirib   borayotgani   kabi   bizning   tilimiz   ham
turmushimizga   kirib   kelgan   bir   qator
yangi   tushunchalarni   ifodalovchi   olinma   so‘zlar   hisobiga   boyib   bormoqda. I.2. O‘zbek tilida o‘zlashma so‘zlar va o‘zlashma neologizmlar
Qadimdan ma’lumki o‘zbek tili leksikasining tashkil topishida 3 komponent
muhim rol o‘ynaydi. Bular quyidagilardir:
1. Barcha so‘zlar eng qadimgi turkiy tildan kelib chiqqan bo‘l`ib, o‘zbek tili
leksikasining   rivojlanishida   muhim   rol   o‘ynaydi,   bundan   tashqari   kundalik
ishlatiladigan so‘zlar va iboralar yuqoridagi unsurlarda o‘z ifodasini topadi.
2.  O‘zlashma   so‘zlar,   bunday  so‘zlar   boshqa   tillardan   kelgan   bo‘l`ib,  bular
quyidagilar:   arab,   fors-tojik,   rus,   nemis,   fransuz,   ispan,   ingliz   va   boshqalar.   Bu
so‘zlaning qiziqarli tomoni shundaki, ular asosan klassik tillarning birlashmasidan
hosil bo‘l`gan (arab, turk, fors-tojik).
3.   O‘zlashma   neologizmlar,   bu   turdagi   so‘zlar   tilda   mavjud   bo‘l`gan
so‘zlardan suffiks, prefiks va qo‘shimchalar qo‘shish orqali yasaladi.
Yuqorida   ko‘rsatilgan   3   komponentdan   tashqari   leksikaning   rivojlanishiga
ikkinchi darajali unsurlar ham yordam beradi. Bular:
Onomatopeya, bir so‘z shaklidan boshqa bir so‘zning shakllanishi
Qisqartirilgan   so‘zlar,   nomlarning   qisqartirilib   faqat   bosh   harflarda
ifodalanishi.
Chet   tilidagi   so‘zlarning   tilimizga   kirib   kelishi   va   ularning   ishlatilishi
tilimizda   ma’lum   bir   yangi   so‘zlarning   paydo   bo‘l`ishiga   sabab   bo‘l`adi   va   bu
turdagi so‘zlar guruhi o‘zlashma so‘zlar deyiladi.
O‘zlashma   so‘zlarning   asosida   so‘zlar   yotadi   ya’ni   o‘zlashma   so‘zlarning
shakllanishi hech qanday o‘zgarishlarsiz tilimizga o‘zining shakli va ma’nosi bilan
kirib   kelishi   kuzatiladi.  Masalan   bar,  film,  lider.  Ko‘pchilik  kishilar   hech   qanday
o‘zgarishsiz,   qo‘shimchalarsiz   o‘zlashma   so‘zlarni   yaxshi   tanishadi:   bar,   film,
lider, chunki bunday so‘zlar o‘zbek tilidagi so‘zlarning funksiyasini bajaradi, ba’zi bir   insonlar   esa   aksincha   qo‘shimcha   olgan,   o‘zgarishlarga   uchragan   o‘zlashma
so‘zlarni   bilishmaydi.   Masalan   ayrim   sozlarning   ingliz   yoki   fransuz   tilidan   kirib
kelganini qancha so‘zlashuvchi  biladi? Ba’zi  bir o‘zlashma so‘zlar o‘zlarining asl
shaklida   yoki   ularga   to‘g‘ri   keladigan   shaklda   ifodalanadi:   misol   qilib   fransuz
tilidagi bojole, jilet, palto, ingliz tilidagi punch va ponce, roastbeef va rosbif (yoki
rosbiffe) larni aytib o‘tishimiz mumkin.
O‘zlashma   so‘zlarning   aksariyati   bu   tarjima   qilingan   so‘zlardir 6
.   Bunday
so‘zlarning ikki asosiy turlari mavjud bo‘l`ib, ular quyidagilardir:
Semantik,   ya’ni   ma’no   jihatdan   tarjima   qilingan   so‘zlardir.   Chet   tilidan   kirib
kelgan   so‘zning   ma’nosi   va   shakli   jihatdan   o‘zbek   tiliga   tog‘ri   kelishi   va
qo‘llanilishida   ko‘rishimiz   mumkin.   Masalan   confort   (uy   xizmatlari)   ingliz   tilida
comforts  kabi   ifodalanadi.  Yoki  o‘zbek  tilidagi  autoritar  so‘zi  bir   necha  yil  oldin
“rendere autorevole”, ya’ni ‘mustaqil ishlamoq’ ma’nosini anglatadi.
To‘gridan-to‘g‘ri   tarjima   kalka   usulida   o‘zbek   tiliga   chet   tilidan   tarjima
qilingan so‘zlar guruhi: ingliz tilidagi sky-scraper; nemis tilidagi klassen kampf.
O‘zlashma   so‘zlar   tillar   orasidagi   bog‘liqlikni   namoyon   etuvchi   muhim
jarayondir. O‘zlashma neologizmlarning ikki tillilik (bilinguizm) bilan munosabati,
so‘zlovchilar   tomonidan   holat   va   joyga   qarab   ikki   tildan   foydalanish   davomida
ko‘rinadi.   O‘zlashma   so‘zlarning   kelib   chiqishi   xalq   tili   yoki   boshqa   tillarning
ta’sirida   ham   yaqqol   ko‘rinadi,   bundan   tahsqari   ikki   tilning   bir-birini   qadrlashida
ham namoyon bo‘l`adi. Bunday holat nemis va roman tillarida kuzatiladi.
O‘zlashma so‘zlarni muhimlilik va boylik tomonidan farqlashimiz mumkin.
Birinchidan so‘z qachonki referent (ya’ni obyekt va g‘oya, fikr) bilan birga bo‘l`sa,
masalan patata gaytan so‘zi bo‘l`ib italyan tiliga ispan tili orqali kirib kelgan yoki
caffe   so‘zi   turk   tilidan,   zero   arab   tilidan   (roman   sonlarida   zero   ya’ni   nol   mavjud
bo‘l`magan) tram, transistor, juke-box kabi so‘zlar ingliz tilidan kirib kelgan.
O‘zlashma   so‘zlarning   boylik   jihatdan   stilistik   va   ijtimoiy   holati   muhim
o‘rin   tutadi.   Jamiyatni,   madaniyatni,   yashash   sharoitini   eslashga   xizmat   qiladi:
6
  Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.  Toshkent, 2010. o‘zlashma   so‘zlarning   boyligi   leader,   flirt,   baby-sitter,   week-end   so‘zlarida
ko‘rinadi.   Ingliz   tilidagi   so‘zlar   va   birikmalar   ba’zida   ularning   qisqaligi   qulaylik
tug‘diradi:   ya’ni   jurnalistika   tilida,   sohasida   uchrab   turuvchi   so‘zlarni   tushuntirib
beradi,   masalan   boom,   show   italyan   tilidagi   ekvivalentlari   quyidagilar   show
(teatrning   turi,   bir   necha   har   xil   bo‘g‘inlardan   tashkil   topgan   italyan   tilidagi
ekvivalenti sit-in ma’lum bir joyda tomoshabinlarni yig‘ish).
O‘zlashma   so‘zlar   yozma   va   og‘zaki   shakllar   orqali   tilga   kirib   keladi.
Tunnel   so‘zi   yozma   til   orqali   kirib   kelgan.   Agar   tunnel   so‘zi   og‘zaki   tildan   kirib
kelganda edi tanel deb talaffuz qilinar edi xuddi ingliz tilidagidek. Budget aksincha
badjet   deb   talaffuz   etiladi,   chunki   og‘zaki   tildan   kirib   kelgan.   Shunday   turdagi
ingliz so‘zlari borki, ular O‘zbekistonda har xil talaffuz etiladi, masalan:
Inglizcha talaffuz o‘zbekcha talaffuz
Flirt | flə:t| |flert| | flεrt| flirt
Ingliz talaffuziga o‘xshatish o‘zbekcha talaffuz
Quyidagi talaffuz turlari har xil faktorlardan kelib chiqadi, shuningdek chet
tilini   yaxshi   bilish   ham   muhim   o‘rin   tutadi.   Shuni   ham   aytib   o‘tishimiz   joizki
o‘zbek   tiliga   kirib   kelgan   ba’zi   bir   so‘zlarga   hech   qanday   o‘zgartirishlar
kiritilmagan,   jumladan   flirt,   leader   va   boshqa   so‘zlar.   O‘zbek   so‘zlashuvchilari
orasida   ingliz   fonetikasi   va   anglitsizmlarni   juda   yaxshi   o‘rnashib   olishgan,
yuqorida ko‘rib o‘tilgan bar, film, sport, flirt va boshqalar kabi 7
.
Shuni   eslab   o‘tishimiz   joizki   o‘zbek   tiliga   kirib   kelgan   ingliz   o‘zlashma
so‘zlari o‘zbek tilida talaffuz etilgan, xuddi shu holat italyan o‘zlashma so‘zlarida
ham kuzatilgan, misol qilib shuni aytishimiz mumkinki,
Haqiqiy   o‘zlashma   o‘zlashma   neologizm   va   chet   tilidan   kirgan   so‘zning
ma’nosini va ko‘chma ma’nolarini to‘g‘ri farqlay olishimiz zarur. Misol qilib ba’zi
bir   o‘rta   Sharq   olimlari   o‘zlashma   so‘zlarni   yaxshi   eslay   olishgan,   ammo   ularni
talaffuz   eta   olishmagan   shu   vaziyatda   ular   so‘zlarning   ko‘chma   ma’nolarini
qo‘llashgan.   O‘zlashma   neologizmlarga   nimalar   kiradi?   Ot,   fe’l   va   sifat   so‘z
turkumlariga   oid   so‘zlar   kiradi.   O‘zlashma   fe’llar   va   sifatlar   ikki   lingvistik   tor
7
 Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2010. ma’noda   uyg‘unlashadi   va   bundan   tashqari   bilingvistik   sharoitni   yaratadi.   Yana
shuni   ham   aytib   o‘tishimiz   joizki   o‘zlashma   so‘zlar   morfologiyaning   elementlari
ham deyiladi.
Zamonaviy   lingvistika   o‘zlashma   neologizmlarni   (   yunoncha   “neos”   yangi
va “logos” so‘z ) lingvistika evolyutsiyasining asosiy personaji sifatida ta’kidlaydi.
Yangi   so‘z   bu   leksikaning   boyishi   demakdir.   Yangi   so‘zning   shakllanishidagi
barcha jarayonlar neologiya deb ataladi.
O‘zlashma neologizmlar qayerda xabar va yangiliklar tezlikda tarqalsa o‘sha
hududlarda   tez   shakllanadi   va   rivojlanadi.   Yuqorida   aytib   o‘tilganidek   o‘zlashma
neologizmlar tilda mavjud so‘zlardan , qisqartirilgan so‘zlardan, acronimlardan va
bir so‘zning tovushlarini o‘zgartirish orqali ham yasaladi.
O‘zlashma  neologizmlarning tilda paydo bo‘l`ishi  va yo‘qolishi  uning tilga
qabul   qilinganligida   yoki   lug‘atlardan   joy   olganligida   namoyon   bo‘l`adi.   Agar
o‘zlashma   neologizmlar   jamiyat   fuqarolari   tomonidan   qabul   qilinib
foydalanilayotgan   bo‘lsa,   bu   o‘zlashma   neologizmlar   lingvistika   va
lug‘atshunoslikda   ham   qabul   qilingan   hisoblanadi.   O‘zlashma   neologizmlarning
paydo   bo‘lishi   tilning   rivojlanishida,   o‘zgarishida   o‘zining   muhim   o‘rniga   ega.
Tilda o‘zlashma neologizmlarning quyidagi turlari kuzatiladi:
O‘zgaruvchan   –   yangi   ma’noli,   birgina   madaniyat   vakillari   tomonidan   tor
ma’noda qo‘llanilgan o‘zlashma neologizmlardir.
Tarqalgan – jamiyat tomonidan ishlatiladigan, ammo hali lingvistik jihatdan
qabul qilinmagan o‘zlashma neologizmlar.
Turg‘un,   stabil   –   barcha   taniydigan,   foydalanadigan   va   davomiylikga   ega
o‘zlashma neologizmlar.
O‘zlashma neologizmlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
Ilmiy   –   ilm-fanda   yaratilgan   yangi   termin   yoki   qoidalarga   tasnif   berish
uchun yaratilgan so‘zlar guruhi.
Texnologik   –   yangi   texnika   va   texnologiyaning   paydo   bo‘l`ishi   bilan
iste’molga kiritilgan so‘zlar jamlanmasi. Siyosiy   –   siyosatga   va   iqtisodga   kiritilgan   yangi   termin   va   buyruqlarni
ifodalashda keng qo‘llaniladigan so‘zlar.
Keng tarqalgan, popular – ommaviy axborot vositalari orqali tarqalgan.
Arab   tilidan   o‘simliklar   va   sabzavotlarning   nomlari,   jumladan:   apelsin,   baqlajon,
ismaloq,   shakar,   artishok-o‘simlik   turi,   paxta;   savdo-sotiqga   taalluqli   so‘zlar
guruhi:   magazin   (do‘kon,   ombor),   tara   (chegirma),   tarif   (tannarx),   dengizchilikga
oid so‘zlar: arsenal (qurol-yaroq ombori) kirib kelgan.
Yunon,   hind   va   forslarning   madaniyatini   saqlab   qolishgan   arablar   fan   va
madaniyat   cho‘qqisini   zabt   etdilar.   Arablar   tufayli   bir   qncha   arabizmlar   yuzaga
keldi,   quyidagilar   shular   jumlasidandir,   matematika   faniga   oid   so‘zlar:   algebra
algoritm, sifra (raqam), zero (nol); astronomiyaga oid: almanax, taqvim (kalendar),
“apogee”   (yuqori   nuqta),   nodir   (nodir   nuqtasi),   zenit   (zenit);   sanoat   va   texnikaga
oid   so‘zlar:   alkimyo,   eliksir,   canfora   (mazut),   talk,   alcali   (ishqorli   tuz),   shaxmat
o‘yiniga oid: alfier (fil). Ba’zi bir arabizmlar uzoq tarixga ega bo‘lib, bular: kolba –
shisha   idish,   alkimyolardir.   Yuqoridagi   so‘zlarning   o‘zlashish   jarayonining   ko‘p
holatlarida so‘zlarning ma’no jihatdan o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin.
Vaqt   o‘tishi   bilan   yana   bir   qancha   arabizmlar   o‘zbek   tiliga   kirib   kelgan,
bular: piyola, qirmizi, madrasa kabilardir.
BOB. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING ISHLATILISH DOIRASI
I.3. Leksikolgiya haqida umumiy ma’lumot
Leksikologiya 8
  (gr.   Leksika-   so‘z   +   logotiplar-   o‘qitish)   tilshunoslikning
so‘zni tilning lug‘at  (leksika)  va tilning butun leksik tizimi  (leksika) birligi
sifatida   o‘rganadigan   bo‘limi.   Lug‘at   atamasi   (gr.   Leksikolar-   og‘zaki,
lug‘at)   tilning   lug‘atini   belgilashga   xizmat   qiladi.   Ushbu   atama   tor
ma'nolarda   ham   qo‘llaniladi:   tilning   u   yoki   bu   funktsional   xilma-xilligida
(kitob   lug‘ati),   alohida   ishda   ("Igorning   yurishi   haqidagi   so‘zlar"   lug‘ati)
8
 Asqarova M, Yunusov R, Yo‘ldoshev M, Muhammedova D. O‘zbek tili praktikumi . Toshkent. 2006 ishlatiladigan   so‘zlarning   umumiyligini   aniqlash;   siz   yozuvchining   so‘z
boyligi   (Pushkin   lug‘ati)   va   hatto   bir   kishi   haqida   gapirishingiz   mumkin
(ma'ruzachi boy lug‘atga ega).
Leksikologiya   tilning   lug‘at   boyligining   faoliyat   ko‘rsatish   va   rivojlanish
qonuniyatlarini   o‘rganadi,   so‘zlarni   stilistik   tasniflash   tamoyillarini,   uning   xalq
tiliga   nisbatan   adabiy   so‘z   qo‘llanish   me’yorlarini,   kasbiylik   masalalari,
dialektizmlar,   arxaizmlar,   neologizmlar,   leksiklashgan   so‘zlarni   me’yorlashtirish
masalalarini ishlab chiqadi. Iboralar.
Leksikologiya   bo‘lishi   mumkin   tavsiflovchi,   yoki   sinxron(gr.   Sin   -   birga   +
chronos   -   vaqt),   so‘ngra   tilning   lug‘at   tarkibini   hozirgi   holatida   va   tarixiy   yoki
diaxronik   (gr.   Dia   -   orqali   +   chronos   -   vaqt)   o‘rganadi,   keyin   uning   predmeti   -
tilning   lug‘at   rivojlanishi.   Bu   tilning   lug‘ati.   Shuningdek   bor   umumiy
leksikologiya   turli   tillarning   lug‘at   tarkibini   o‘rganib,   ularning   leksik   tizimining
umumiy   qonuniyatlari   va   faoliyatini   ochib   beradi   va   xususiy   bir   tilning   lug‘atini
o‘rganuvchi   leksikologiya.   Mavzu   qiyosiy   Leksikologiya   -   bu   o‘xshashlik   va
farqlarni aniqlash uchun boshqa tillarga nisbatan bir tilning lug‘ati.
Leksikologiyaning   barcha   bo‘limlari   o‘zaro   bog‘langan:   umumiy
leksikologiya   ma’lumotlari   muayyan   til   lug‘atini   o‘rganishda   leksik   birliklarning
chuqur   mohiyatini,   ongning   kognitiv   tuzilmalari   bilan   bog‘liqligini   tushunish
uchun zarur; ko‘pgina leksik hodisalar tarixiy izohga muhtoj, ularning semantikasi
va   qo‘llanilishi   xususiyatlarini   aniqlaydi;   qiyosiy   leksikologiyadan   olingan
ma'lumotlar   ma'lum   bir   tilning   lug‘at   tarkibining   ko‘plab   xususiyatlari   va
qonuniyatlarini   tushunishga   yordam   beradi,   masalan,   umumiy   leksik   tarkib,   qarz
olish, aralashish va boshqalar.
Leksikologiya boshqa til fanlari orasida teng o‘rin tutadi va ular bilan uzviy
bog‘liqdir,   masalan,   fonetika:   leksikologiya   birliklari   inson   nutqi   tovushlari
majmualari   va   bu   majmualarning   atrofdagi   dunyoda   nima   deb   ataladiganligi,
voqelik   ob'ektlarining   nominatsiyasi   o‘rtasidagi   tafakkurimiz   tomonidan
o‘rnatilgan   bog‘liqlik   belgilaridir.   Tilshunoslik   fanlari   ichida   leksikologiya   eng
chambarchas bog‘liq grammatika. So‘zning ma’nosini, uning boshqa so‘zlar bilan paradigmatik   va   sintagmatik   bog‘lanishlarini,   matndagi   o‘rnini   to‘g‘ri   aniqlash
uchun; grammatik holatni bilish kerak bu so‘zning (gap qismi, umumiy kategorik
ma'nosi, asosiy morfologik belgilari va sintaktik vazifasi), o‘z navbatida, u yoki bu
gapning   umumiy   kategorik   ma'nosi   lug‘at   birliklari   sifatida   aniq   so‘zlarning
alohida   leksik   ma'nolarida   amalga   oshiriladi.   So‘zning   ko‘plab   grammatik
shakllarining   shakllanishi   bevosita   uning   leksik   ma'no   xususiyatlariga,   masalan,
qisqa   shakllar   va   sifatlarning   taqqoslash   darajalariga   bog‘liq.   So‘z   birikmasi   va
gapdagi   so‘zlarning   mos   kelishi   ham   shu   so‘zlarning   leksema   sifatidagi
xususiyatlariga bog‘liq.
Leksikologiya   (gr.   Lexis   —   so z   +   logos   —   o rgatish)   —   tilshunoslikningʻ ʻ
so zni   til   lug ati   (leksika)   va   tilning   butun   leksik   tizimi   (leksika)   birligi   sifatida	
ʻ ʻ
o rganadigan bo limi
ʻ ʻ 9
.
Leksika   atamasi   (gr.   Lexikos   -   og‘zaki,   lug‘at)   tilning   lug‘at   tarkibini
bildirish uchun ishlatiladi. Ushbu atama tor ma'nolarda ham qo‘llaniladi: tilning u
yoki bu funktsional xilma-xilligida (kitob lug‘ati), alohida ishda ("Igorning yurishi
haqidagi   so‘zlar"   lug‘ati)   ishlatiladigan   so‘zlarning   umumiyligini   aniqlash;   siz
yozuvchining so‘z boyligi (Pushkin lug‘ati) va hatto bir kishi haqida gapirishingiz
mumkin (ma'ruzachi boy lug‘atga ega).
Lug‘at   -   bu   til   tizimini   tashkil   etishning   markaziy   darajasi   bo‘lib,   u
jamiyatning   semantik   sohalaridagi   eng   batafsil   va   ommaviy   o‘zgarishlarni,
shuningdek,   tildagi   tizimli   o‘zgarishlarni   aks   ettiradi.   Tillarning   ishlashi   va
rivojlanishining   tizimli   rasmini   yaratish   uchun   leksik   ma'lumotlar   alohida
ahamiyatga ega. Ularning tizimlarini shakllantirish jarayonlarini aniqlash.
Leksikani   tizim   sifatida   o‘rganar   ekan,   leksikologiya   so‘z   va   tushunchalar
ma’nolarining   o‘zaro   ta’sirini   nazarda   tutadi.   Leksikologiyada   so‘z,   eng   avvalo,
shu   so‘zning   ma’nosi,   ma’nosi   va   boshqa   so‘zlar   bilan   bog‘lanishi   nuqtai
nazaridan   qaraladi.   Tushunchalar   ko‘pincha   xalqaro,   so‘zlarning   ma'nolari   esa
milliydir.
9
 Asqarova M, Yunusov R, Yo‘ldoshev M, Muhammedova D. O‘zbek tili praktikumi . Toshkent. 2006 Leksikologiya   tilning   lug‘at   boyligining   faoliyat   ko‘rsatish   va   rivojlanish
qonuniyatlarini   o‘rganadi,   so‘zlarni   stilistik   tasniflash   tamoyillarini,   uning   xalq
tiliga   nisbatan   adabiy   so‘z   qo‘llanish   me’yorlarini,   kasbiylik   masalalari,
dialektizmlar,   arxaizmlar,   neologizmlar,   leksiklashgan   so‘zlarni   me’yorlashtirish
masalalarini ishlab chiqadi. Iboralar.
Leksikologiya   tilning   lug‘at   tarkibini   (leksikasini)   so‘zning   nima   ekanligi,
qanday   va   nimani   ifodalashi,   qanday   o‘zgarishi   nuqtai   nazaridan   ko‘rib   chiqadi.
Frazeologiya leksikologiyaga qo‘shni bo‘lib, u ko‘pincha leksikologiyaga maxsus
bo‘lim sifatida kiradi.
Leksikologiya   umumiy,   xususiy,   tarixiy   va   qiyosiy   bo‘linadi.   Umumiy
leksikologiya   bilan   shug‘ullanadi   umumiy   naqshlar   leksik   tizimning   tuzilishi,
dunyo tillari lug‘atining faoliyati va rivojlanishi masalalari.
Xususiy   leksikologiya   muayyan   tilning   lug‘at   tarkibini   o‘rganadi.   Tarixiy
leksikologiya   bir   so z   yoki   butun   so z   turkumining   ma nolari   (semantikasi)dagiʻ ʻ ʼ
o zgarishlarni   kuzatadi,   shuningdek,   voqelik   ob yektlarining   nomlaridagi	
ʻ ʼ
o zgarishlarni   o rganadi   (etimologiyasi   uchun   quyida   ko ring).   Qiyosiy
ʻ ʻ ʻ
leksikologiya   ob’ektiv   voqelikning   turli   tillarning   leksik   vositalari   bilan
bo‘linishidagi o‘xshashlik va farqlarni ochib beradi. Ham alohida so‘zlar, ham so‘z
guruhlari mos kelishi mumkin.
Tilning   lug‘at   tarkibini   semasiologik   va   onomasiologik   nuqtai   nazardan
ko‘rib chiqish mumkin. Leksikologiyaning lug atning mazmun tomonini o rganish	
ʻ ʻ
bilan   shug ullanuvchi   maxsus   bo limi   semasiologiya   deyiladi.   Bu   bo‘limda   so‘z,	
ʻ ʻ
tushuncha   va   belgilangan   ob'ekt   o‘rtasidagi   munosabat,   polisemantik   so‘zning
semantik   tuzilishi,   ma'nolarning   rivojlanish   yo‘llari,   so‘zlarning   ma'no   turlari
ko‘rib chiqiladi.
Onomasiologik   yondashuv   har   qanday   tushunchalarni   so‘z   bilan   nomlash
usullari   nuqtai   nazaridan   lug‘atni   tavsiflashni   o‘z   ichiga   oladi.   Lug‘atga
onomasiologik   yondashuv   til   fanining   maxsus   bo‘limida   -   so‘z   yasashda   to‘liq
namoyon bo‘ladi 10
.
10
 Asqarova M, Yunusov R, Yo‘ldoshev M, Muhammedova D. O‘zbek tili praktikumi . Toshkent. 2006 Lug‘atni   o‘rganishning   semasiologik   va   onomasiologik   yondashuvlari
tilshunoslikning   kengroq   bo‘limlarida   leksikologiyani   o‘z   ichiga   oladi.
Semasiologiya   semantika   kabi   bo‘limning   bir   qismidir.   Semantika   tilning   barcha
belgilari   -   morfemalar,   so‘zlar,   gaplarning   mazmun   tomonini   o‘rganadi.
Onomasiologik   yondashuv   nominatsiya   (nomlash)   nazariyasining   bir   qator
muammolarida   leksikologiya   masalalarini   o‘z   ichiga   oladi.   Nomzodlik   nazariyasi
onomasiologiya kabi bo‘limda ko‘rib chiqiladi.
Leksikologiyada   an'anaviy   ravishda   leksikografiya   va   onomastika
farqlanadi.   Onomastika   leksikologiyaning   o rganuvchi   bo limidir   tegishli   ismlar.ʻ ʻ
Onomastika   o ziga   xos   nomga   ega   bo lgan   ob yektlar   turkumiga   ko ra   odam	
ʻ ʻ ʼ ʻ
nomlarini  o rganuvchi  antroponimiya, geografik ob yektlar nomlarini  tavsiflovchi	
ʻ ʼ
toponimika,   hayvonlar   nomlarini   ko rib   chiquvchi   zoonimiya   va   boshqalarga	
ʻ
bo linadi.	
ʻ
Leksikografiya - lug‘atlarni  tuzish tamoyillarini o‘rganadigan leksikologiya
sohasi.
Leksikologiya   tavsifiy   yoki   sinxron   (gr.   Syn   -   birga   +   chronos   -   vaqt)
bo‘lishi   mumkin,   so‘ngra   tilning   lug‘at   tarkibini   hozirgi   holatida   o‘rganadi   va
tarixiy   yoki   diaxronik   (gr.   Dia   -   orqali   +   chronos   -   vaqt),   keyin.   Uning   predmeti
ma'lum bir tilning so‘z boyligini rivojlantirishdir.
Leksikologiyaning   barcha   bo‘limlari   o‘zaro   bog‘langan:   umumiy
leksikologiya   ma’lumotlari   muayyan   til   lug‘atini   o‘rganishda   leksik   birliklarning
chuqur   mohiyatini,   ongning   kognitiv   tuzilmalari   bilan   bog‘liqligini   tushunish
uchun zarur; ko‘pgina leksik hodisalar tarixiy izohga muhtoj, ularning semantikasi
va   qo‘llanilishi   xususiyatlarini   aniqlaydi;   qiyosiy   leksikologiyadan   olingan
ma'lumotlar   ma'lum   bir   tilning   lug‘at   tarkibining   ko‘plab   xususiyatlari   va
qonuniyatlarini   tushunishga   yordam   beradi,   masalan,   umumiy   leksik   tarkib,   qarz
olish, aralashish va boshqalar.
Leksikologiya boshqa til fanlari va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Axborotni   uzatish   uchun   so‘z   tanlash   murakkab   kognitiv   jarayonlarning
natijasidir   -   bularning   barchasi   leksikologiyani   tarix,   falsafa,   mantiq,
madaniyatshunoslik va psixologiya bilan bog‘laydi.
Leksikologiya   tarixiy   fanlar   ma lumotlariga   tayanadi   –   yozmaʼ
yodgorliklarni   o rganish   tilning   lug aviy   tarkibi   taraqqiyotini,   tilning   jamiyat	
ʻ ʻ
taraqqiyoti   bilan   aloqasini   tushunishga   yordam   beradi;   stilistika   bilan   bog‘liq
bo‘lib, unda tilning stilistik resurslari, jumladan, leksiklari ham batafsil o‘rganiladi;
bilan lingvistik tahlil matn, avvalo, leksemalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri konnotativ belgili
birliklar bo‘lgani uchun ular asosiy matn yasovchi vosita vazifasini bajaradi.
2.2. O‘zbek tili leksikasida o‘z va o‘zlashgan qatlam
Ma’lumki,   o‘zbek   xalqi   tarixiy   davrlar   mobaynida   boshqa   xalqlar   bilan
iqtisodiy ,   siyosiy,   madaniy   aloqada   bo‘lib   kelgan.   Bu   aloqalar   o‘zaro   aloqada
bo‘lgan   xalqning   tiliga   ma’lum   darajada   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadi.   O‘zaro   ta’sir
natijasida   tilning   barcha   bo‘limlarida:   fonetika,   leksika,   grammatika   kabilarda
o‘zgarishlar yuz beradi. Tildagi o‘zgarish va rivojlanish tilning leksikasida  kuchli
bo‘ladi.
O‘zbek   xalqi   qardosh   bo‘lmagan   tojiklar   bilan   qadimdan   aloqada   bo‘ldi.
Shuning   tarixiy   sabablar   bilan   bog‘liq   holda   arab,   ruslar   bilan   aloqada   bo‘ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatgan.
Bular o‘zbek tili leksikasiga ko‘plab so‘zlarning o‘zlashishiga sabab bo‘lmoqda.
Hozirgi o‘zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi 11
:
1. O‘z qatlam.
2. O‘zlashgan qatlam.
O‘z qatlam.   O‘z qatlamga umumturkiy so‘zlar va o‘zbekcha so‘zlar kiradi.
1.   Umumturkiy   so‘zlar.   Ko‘pchilik   turkum   xalqlar   tilida   qo‘llanadigan,
barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar   umumturkiy so‘zlar   deyiladi. Bu
so‘zlar turkiy qabilalarning goh qo‘shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan,
hozirda   turkiy   xalqlar   deb   nomlanadigan   kishilar   tiliga   mansub   so‘zlardir.   Oltoy
tillar   oilasining   turkiy   guruhida   (turkumida)   24   ta   til:   o‘zbek,   qozoq,   uyg‘ur,
boshqird, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no‘g‘oy, tatar, chuvash, yoqut,
tuva, shor, qoraim, qo‘miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy,
oltoy turklari   tillari mavjud.
Umumturkiy so‘zlar hozirgi o‘zbek tili leksikasining asosiy qismini, deyarli
yarmini tashkil qiladi.
Umumturkiy   so‘zlar   turli   sohalarga   oid   bo‘lib,   ularga   narsa-shaxs,   belgi,
miqdor,   harakat,   his-tuyg‘u   bildiradigan   so‘zlar   kiradi:   kishi,   oyoq,   qo‘l,   bosh,
ko‘z, qosh, qizil, ko‘k, yashil, oq, bir, ikki, uch, to‘rt, o‘n, kel, tur, yot, o‘tir, ol, ur,
yaxshi, yomon, sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin, tez kabi.
2.   O‘zbekcha   so‘zlar .   O‘zbek   tili   sharoitida   o‘zbek   tili   va   boshqa   til
elementlari   asosida   yaratilgan   so‘zlar   o‘zbekcha   so‘zlar   deyiladi.   O‘zbekcha
so‘zlar   o‘zbek   tilining   o‘z   ichki   imkoniyatlari   asosida,   o‘z   qonuniyatlari   asosida
yaratiladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1.   Asli   o‘zbekcha   so‘zlarga   shu   tildagi   so‘z   yasovchi   qo‘shimchalar
yordamida   hosil   qilingan   so‘zlar:   ter+im+chi,   bir+lash+ma,   qo‘l+lan+ma,
o‘t+kaz+gich, tur+g‘un, bola+larcha.
2.   Boshqa   tildan   o‘zlashgan   so‘zlarga   o‘zbek   tilidagi   yasovchi
qo‘shimchalarni   qo‘shish   bilan   yasalgan   so‘zlar:   a)   tojikcha   so‘zlardan   yasalgan
11
 Eshonqulov B. Arabcha lug`aviy o‘zlashmalarning omonimiyaga munosabati. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali. 
Toshkent. 1999/3. so‘zlar:   mard+lik,   jang+chi,   do‘st+lik,   pul+siz;   b)   arabcha   so‘zlardan   yasalgan
so‘zlar:   rahbar+lik,   qimmat+li,   shifo+la+moq,   nifoq+chi,   nomus+li;   v)   ruscha-
internotsional   so‘zlardan   yasalgan   so‘zlar:   sport+chi,   razvedka+chi,
beton+la+moq, ekskavator+chi 12
.
3.   Boshqa   tillardan   kirgan   yasovchi   qo‘shimchalar   yordamida   o‘z   va
o‘zlashma   so‘zlardan   hosil   qilingan   so‘zlar:   til+shunos,   mehnat+kash,
chizma+kash, kitob+xon, ilm+iy, vagon+soz va boshqalar.
O‘zlashgan   qatlam.   Hozirgi   o‘zbek   tilining   lug‘at   tarkibiga   tarixiy
sabablarga   ko‘ra   boshqa   tillardan   ko‘plab   so‘zlar   kirib   kelgan.   O‘zbek   tiliga
boshqa   tillardan   kirib   kelgan   so‘zlar   o‘zlashgan   so‘zlar   (olinma   so‘zlar)   deb
yuritiladi. O‘zlashgan so‘zlar uyg‘ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz
va boshqa tillarga oid.
O‘zbek   tiliga   boshqa   tillardan   kirib   kelgan   so‘zlarni   quyidagi   qatlamlarga
bo‘lish mumkin:
1.   Tojikcha   so‘zlar:   osmon,   oftob,   bahor,   baho,   barg,   daraxt,   mirob,   dasta,
bemor, g‘isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham
kabi.
2.   Arab   tilidan   o‘zlashgan   so‘zlar.   Arabcha   so‘zlar   o‘zbek   tiliga   VII-VIII
asrlardan boshlab kirgan. Bu hol  arablarning Markaziy Osiyoni  bosib olishi  bilan
bog‘liq.   Kitob,   maktab,   xalq,   maorif,   shoir,   ma’no,   ilhom,   kasb,   qassob,   san’at,
asbob, bino, imorat, ovqat, g‘alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma,
xolla, dimog‘, idora kabi 13
.
3.   Ruscha-internotsional   so‘zlar.   XIX   asrning   2-yarmidan   Markaziy   Osiyo ,
jumladan, O‘zbekiston chor Rossiyasining  mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus
tilining   o‘zbek   tiliga   ta’siri   shu   davrdan   boshlandi.   Rus   tilidan,   rus   tili   orqali
boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar o‘zlashdi.
12
  Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.  Toshkent, 2010.
13
 Eshonqulov B. Arabcha lug`aviy o‘zlashmalarning omonimiyaga munosabati. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali. 
Toshkent. 1999/3. O‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Evropa xalqlari tillaridan (frantsuz,
italyan, nemis, ingliz, ispan) so‘z kirishi ikki tarixiy davrni o‘z ichiga oladi:
1. XIX asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bo‘lgan davr.
2. 1917 yildan keyingi davr.
Rus tilidan so‘zlar ikki yo‘l bilan o‘zlashdi:
1.   Rus   ishchilari,   ustalari,   rus   askarlari,   chinovniklarining   mahalliy   aholi
bilan   turli   xildagi   aloqalari   bilan   og‘zaki   nutq   orqali:   chilon   (chlen),   adbakat
(advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi.
2.   Matbuot   orqali:   ayrapilan   (aeroplan),   pabrik   (fabrika),   po‘shta   (pochta),
zovut (zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi.
Rus   tili   orqali   kirgan   so‘zlarning   ba’zilari   dunyodagi   ko‘pgina   xalqlarning
tilida   tovush  tomoni   deyarli   o‘zgartirilmay  ishlatiladigan   xalqaro  so‘zlardir.  Ular,
odatda,   internotsional   (baynalminal)   so‘zlar   deb   yuritiladi.   O‘zbek   tiliga
o‘zlashgan internotsional so‘zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:
1. Rus tiliga: sud ь ya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka kabi.
2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal,
plan, direktor, radio kabi.
3. Grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema,
metr, neft, taktika, parallel kabi.
4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.
5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.
6. Frantsuz tiliga: roman, palto, serjant, ministr, bank kabi.
Rus   tili   va   rus   tili   orqali   boshqa   tillardan   kirgan   so‘zlar   ijtimoiy-siyosiy
hayotga,   sanoat,   qishloq   xo‘jaligi,   fan-texnika,   madaniy-oqartuv,   san’at,   savdo,
sport, harbiy sohaga doir.
Hozirgi   Evropa   tillaridan   so‘zlar   bevosita   aloqalar   orqali   o‘zlashmoqda.
Masalan,  o‘z navbatida so‘zlar  o‘zbek tilidan rus tiliga ham  o‘zlashmoqda:  o‘rik,
anjir, somsa (uryuk, injir, samsa) kabi.
Xalqlar   orasidagi   turli   xildagi   aloqa   tillarning   lug‘at   tarkibining   boyib
borishiga   xizmat   qiladi. O‘zbek   tili   leksikasining   ishlatilish   doirasi
O‘zbek   tili   leksikasi   shu   tilda   gaplashuvchi   kishilar   tomonidan   bir   xilda
qo‘llanmaydi. Ayrim so‘z keng jamoatchilik tilida qo‘llansa, ba’zilari esa ma’lum
territoriyada   yashovchi   yoki   ma’lum   kasb-hunar   bilan   shug‘ullanuvchi   kishilar
nutqida ishlatiladi. Shunga ko‘ra o‘zbek tilidagi so‘zlar ikki guruhga ajratiladi:
1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika.
2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika.
O‘zbek   tili   lug‘at   tarkibining   asosiy   qismini   ishlatilish   doirasi
chegaralanmagan leksika tashkil etadi.
O‘zbek   tilida   gaplashuvchi   barcha   kishilar   tilida   qo‘llanadigan   so‘zlar
ishlatilish   doirasi   chegaralanmagan   leksika   deyiladi.   Ishlatilish   doirasi
chegaralanmagan   leksikadan   yashash   joyi ,   kasbi,   hunari,   jinsi,   madaniy
saviyasidan   qat’iy   nazar   barcha   o‘zbek   millatiga   mansub   kishilar   foydalanadi,
shunga   ko‘ra   ular   umumiste’moldagi   so‘zlar   deb   ham   yuritiladi.
Umumiste’moldagi   so‘zlarning   ma’nosi   hammaga   tushunarli   bo‘ladi.   Bu   so‘zlar
ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalariga,   barcha   so‘z   turkumlariga   oid   bo‘ladi.
Umumiste’moldagi   so‘zlarning   ko‘p   qismini   umumturkiy   so‘zlar   va   o‘zbekcha
so‘zlar tashkil etadi.
Boshqa tillardan kirgan so‘zlar ham o‘zbek xalqining barchasiga tushunarli
bo‘lsa,   ular   ishlatilish   doirasiga   ko‘ra   chegaralanmaydi.   Masalan,   arab   tilidan
o‘zlashgan   shamol,   soat,   inoq,   dohiy,   mag‘rur,   hafa,   maqol,   hayot,   millat,
hikoya   so‘zlari;   tojik   tilidan   o‘zlashgan   go‘sht,   non,   sozanda,   suhbat,   sabzavot,
ombur   kabi   so‘zlar;   rus   tili   va   rus   tili   orqali   boshqa   tillardan  kirgan   traktor,  kino,
teatr, tsirk, kartoshka, fabrika, zavod   kabi so‘zlar umumxalq tilida qo‘llanadi.
Demak,   ishlatilish   doirasi   chegaralanmagan   so‘zlar   o‘z   qatlamga   ham,
o‘zlashgan qatlamga ham oid bo‘lishi mumkin.
Ishlatilish   doirasi   chegaralangan   leksika .   Tildagi   so‘zlarning   umumxalq
tomonidan   ishlatilmaydigan   qismi   ishlatilish   doirasi   chegaralangan   leksika
deyiladi.   Bunday   so‘zlarning   ishlatilishi   ma’lum   sabablarga   ko‘ra   chegaralangan
bo‘ladi.   Ishlatilish   darajasi   chegaralangan   leksikaga   dialektal   so‘zlar,   atamalar, jargon   va   argolar   kiradi.
Dialektal leksika   ishlatilish territoriyaga ko‘ra chegaralangan so‘zlar bo‘lib,
ular   adabiy   tilga   kirmaydi.   Ma’lum   bir   xududdagi   kishilar   nutqida   qo‘llanib,
ulargagina   tushunarli   bo‘lgan   so‘zlar   sheva   so‘zlari   deyiladi.   Sheva   so‘zlari
yig‘indisi  dialektizm  deb yuritiladi. Dialektizm  – grekcha so‘z bo‘lib, dialektos  –
«tilning   mahalliy   ko‘rinishi»   demakdir.   Shuning   uchun   dialektizm   umumtilning
mahalliy ko‘rinishi bo‘lgan dialektlarga xosdir.
Misollar:   qorinja   (chumoli),   g‘o‘z   (yong‘oq),   karvich   (g‘isht)   –   Xorazm;
norbon   (narvon),   bodrak   (varrak),   poku   (ustara)   –   Buxoro;   mishiq   (mushuk)   -
Farg‘ona;   inak   (sigir),   mo‘rcha   (chumoli),   pishak   (mushuk)   -   Samarqand
shevasida.
Shevadagi   ba’zi   so‘zlar   adabiy   tilda   ham   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   ular
boshqa-boshqa   ma’nolarni   bildiradi.   Masalan:   kosa   so‘zi   Xorazm   shevasida
«piyola»   ma’nosini,   adabiy   tilda   «suyuq   ovqat   soladigan   idish»,   lagan   so‘zi
Xorazm shevasida kir yuvadigan tog‘ora, adabiy tilda «quyuq ovqatlarni soladigan
idish» ma’nosini bildiradi.
Yozuvchilar   badiiy   asarda   mahalliy   koloritni   berish,   qahramonning   nutqini
individuallashtirish,   uning   qaerlik   ekanini,   tilidagi   xususiyatlarni   ko‘rsatish
maqsadida   sheva   so‘zlardan   foydalanadi.
Kasb-hunar   leksikasi.   O‘zbek   xalqi   qadimdan   turli   kasb-hunar   bilan
shug‘ullanib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy
etgan.   Jumladan,   kulochilik,   qashshoqlik,   kashtachilik ,   duradgorlik,   terimchilik,
ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-
hunarga   doir   so‘zlar   kasb-hunar   leksikasi   deyiladi.   Hozirgi   o‘zbek   tili   leksik
tarkibida   kasb-hunarga   doir   so‘zlarga   boy.   Masalan:   kulolchilikda   dog‘chil   (xum
yasashda   ishlatiladigan   asbob),   aspak   yoki   ob   yog‘och,   bandak,   bog‘ich   (idish
chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so‘zlar,
suvoqchilik   sohasida   bozi   (tokcha   yoki),   andava   (asbob),   loykash   (kishi),   mola
gazcho‘p (asbob) kabi maxsus so‘zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo‘llanadi
va ular uchun tushunarlidir. Yozuvchilar   badiiy   asarlarda   qahramonlarning   mehnat   faoliyatini
ko‘rsatishda kasb-hunarga doir so‘zlardan foydalanadilar.
Atamalar.   Fan-texnika,   xalq   xo‘jaligi,   qishloq   xo‘jaligiga   doir   ilmiy
tushunchalarni aniq ifodalaydigan so‘zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab
chiqarish   sohasida   qo‘llanadigan   terminlarning   jami   terminologiya   (terminologik
leksika)   deb   yuritiladi.   Masalan:   fonetika,   leksika,   morfologiya,   morfemika,
sintaksis   –   tilshunoslikka   oid;   kvadrat,   ildiz,   teorema   –   matematikaga   doir;
sifatlash,   o‘xshatish,   jonlantirish   –   adabiyotshunoslikka   doir   atamalardir.   Hozirgi
kunda dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy
etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda
qo‘llanadi va ular bir ma’noli bo‘ladi.
Ba’zi   atamalar   o‘zbek   tilida   so‘zlashuvchi   barcha   kishilar   nutqda   qo‘llanib
ommalashib   ketishi   mumkin.   Bunda   ular   ishlatilish   doirasi   chegaralanmagan
umumxulq so‘ziga aylanadi. Masalan, o‘qituvchi, kitob, daftar, dars kabi.
Jargon   va   argolar.   O‘tmishda   xalqni   ekspluatatsiya   qiladigan   sinf   vakillari ,
saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab
yuruvchi   gadoylar,   o‘g‘rilar,   firibgarlar   o‘z   niyatlarini   xalqdan   yashirish   uchun
o‘zlariga tushunarli so‘z va iboralardan foydalanganlar.
Tilda   sinfiy   ayirmalikni   ko‘rsatib   turadigan   bunday   so‘zllar   «sinfiy
dialektning so‘zlari» - jargonlar deb yuritiladi.
Ayrim   ijtimoiy   guruhlar   tomonidan   yaratilib,   umumxalq   tilidan   farq
qiladigan   dabdabali   so‘z   va   iboralar   jargonlar   deyiladi.   Masalan,   oftobi   olam
(podsho), husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe’ qiling (bildiring), mal huz
emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang
(umid bilan kuting), tanzil (foyda).
O‘g‘rilar,   qimorbozlar   orasida   qo‘llanadigan   so‘zlar   argolar   deb   yuritiladi;
loy (pul),  xit  (militsioner),  bedana  (to‘pponcha), xitola (o‘g‘irla),  zamri  (jim   tur),
atamri (gapir), atanda (qoch) kabi.
Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo‘lgan: yakan (pul),
joyi (yo‘q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming   so‘m),   saru   nimsar   (bir   ming   besh   yuz   so‘m),   kapara   (olti   ming   so‘m).
Tarixiy   jihatdan   o‘zbek   tili   leksikasi
Tilning   tarixiy   taraqqiyoti   davomida   uning   barcha   bo‘limlarida,   jumladan,
leksikasida   ham   o‘zgarishlar   yuz   beradi.   Bunda   tildagi   ba’zi   so‘zlar   eskirib,
iste’moldan-ishlatilishdan   chiqib   ketadi   yoki   yangi   tushunchalarni   nomlovchi
so‘zlar   paydo   bo‘ladi.   Bu   hodisalar   tilning   leksik   tarkibini   2   qatlamga   ajratishni
taqazo etadi:
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
3. Yangi qatlam.
Zamonaviy   qatlam.   Bu   qatlam   o‘zbek   tili   leksikasining   asosiy   qatlami
bo‘lib,   uni   umumxalq   leksikasiga   –   ishlatilish   doirasi   chegaralanmagan   leksikaga
oid   so‘zlar,   shuningdek ,   atamalar,   kasb-hunarga   doir   so‘zlar   tashkil   etadi.   Bu
qatlamdagi   so‘zlar   yangilik   bo‘yog‘iga   ham,   eskilik   bo‘yog‘iga   ham   ega
bo‘lmaydi.
Zamonaviy   qatlamda   so‘zlarning   nutqda   ko‘p   yoki   kam   ishlatilishi,   barcha
kishilarning   ishlatishi   yoki   ma’lum   guruh   kishilari   nutqidagina   ishlatilishi   asosga
olinmaydi.
Demak,   yangilik   va   eskilik   bo‘yog‘iga   ega   bo‘lmagan   so‘zlar   eskirgan
qatlam.   So‘z   ifodalaydigan   predmet   yoki   tushuncha   hayotda   yo‘qolishi,   yoki
ularning   ma’nosini   ifodalaydigan   boshqa   so‘zlarning   paydo   bo‘lishi   munosabati
bilan   ayrim   so‘zlar   asta-sekin   qo‘llanilmay   unutila   boradi.   Ular   nutqda   kam
qo‘llanadi.   Ularning   ba’zilarini   tushunish   mumkin,   ayrimlarini   ko‘pchilik
tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo‘llansa, izoh talab etadi. Eskilik
bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga
ajratiladi:
1. Tarixiy so‘zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so‘zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy   so‘zlar   o‘tmishdagi   narsa   va   hodisalarning   nomi   bo‘lgan,   ammo
hozir eskirib qolgan so‘zlar tarixiy so‘zlar deyiladi. Tarixiy so‘zlar jamiyatda yo‘q bo‘lib   ketgan   narsalar,   shaxslar   haqida   gap   borganda   qo‘llaniladi.   Hozirgi   tilda
ularning sinonimii yo‘q. Masalan:  foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul),
chaqirim   (1   km),   tosh   (8   chaqirim   –   8   km),   gaz   (71   sm),   botmon   (176,   128   kg),
misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin).
Ba’zi so‘zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo‘lib
qoladi.   Bunday   so‘zlarning   bir   ma’nosi   eskirsa,   ikkinchi   xil   ma’nosi   zamonaviy
qatlamda ishlatiladi.
Masalan:   boy   so‘zining   ma’nosini   qiyoslang:   Boy   Yo‘lchini   zimdan
kuzatdi   (Oybek).   Sen   boy   bo‘laman   deb   nima   ishlarni   qilmading,   oqibati   nima
bo‘ldi?
Arxaik   so‘zlar.   Hozir   mavjud   bo‘lgan   narsa-hodisalarning   eskirib   qolgan
nomlari   arxaik   so‘zlar   deyiladi.   Arxaik   so‘zlar   yig‘indisi   arxaizmlar   deyiladi.
Arxaizm – grekcha so‘z bo‘lib, archaios – «qadimgi» degan ma’noni bildiradi.
Eskirgan   so‘z   ifoda   etayotgan   narsa-hodisalar   hozirgi   hayotda  bor   bo‘lgani
uchun   uning   eskirgan   nomini   almashmay   oladigan   zamonaviy   qatlamga   oid   so‘z
mavjud   bo‘ladi.   Aslida   bir   narsaning   birdan   ortiq   nomi   bo‘lsa,   ulardan   til
taraqqiyoti   qonuniyatlariga   javob   bera   oladigan   tilda   saqlanib   qoladi,   javob   bera
olmaydigani   eskilik   bo‘yog‘iga   ega   bo‘lib,   ishlatilmay   qolib   ketadi.   Masalan,
sekretar   –   kotib,   mirzo,   kotiba.   Ular   ichidan   kotib   so‘zi   hozirgi   kunda   kishilar
tomonidan   keng   ko‘lamda   qo‘llanilyapti.   Sekretar   so‘zi   eskirib,   arxaiklashib
qolgan.   Arxaik   so‘zlar   so‘zlovchining   ko‘z   oldida   iste’moldan   chiqib   ketayotgan
so‘zlardir   revolyutsiya   (inqilob),   tuman   (rayon),   viloyat   (oblast),   baynalmilal
(internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o‘miz (ko‘krak) kabi.
So‘zlar   butun   holda   arxaiklashishi   yoki   uning   biror   ma’nosi   arxaiklashishi
mumkin.   Shunga   ko‘ra   ular:   a)   leksik   arxaizmlar;   b)   semantik   arxaizmlar   tarzida
ikki xil bo‘ladi.
Leksik arxaizmda so‘z eskiradi: gulgun, siymo (obraz). Semantik   arxaizmda   ma’no   eskiradi:   chechak   –   «gul»   ma’nosida   eskirgan,
bekat – karvonlar to‘xtaydigan joy ma’nosida eskirgan, bag‘ir – «jigar» ma’nosida
eskirgan, davlat – «boylik» ma’nosida eskirgan.
Arxaiklashish   iboralarda   ham,   grammatik   hodisalar   doirasida   ham   yuz
beradi.   Iboralarning   arxaiklashishi   holati   ko‘p,   lekin   grammatik   hodisalarning
arxaiklashishi   ham   uchraydi:   dasti   alif   –lom   qilib,   gardonini   ham   qilib,   yoqasini
chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon,   -
ibon   shakllari ,   -dur   –   kesimlikni   ko‘rsatuvchi   bog‘lama   eskirgan   grammatik
shakllardir.
Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo‘lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq
kabi (sovun, qovoq).
Neologizmlar.   Kundalik  hayotimizdagi   angi  narsalarni,  ularning  belgilarini,
yangicha munosabatlarni, umuman yangi  tushunchalarni  ifoda etish ehtiyoji  bilan
yuzaga   kelgan   so‘zlar   yoki   yangi   ma’noda   qo‘llangan   eski   so‘zlar   neologizmlar
deyiladi. Neologizm grekcha so‘z bo‘lib, neos – «yangi» degan ma’noni bildiradi.
Neologizm   yangilik   bo‘yog‘iga   ega   bo‘lgan   so‘zlardir.   Masalan:   bakalavr,
magistratura,   komp ь yuter,   komp ь yuter   texnologiyasi,   marketing,   supermarket
kabi.   Neologizmlar   yangi   paydo   bo‘lgan   paytda,   ishlatilish   doirasiga   ko‘ra
chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni ma’nosi tushunarlilik kasb etsa, xalq
orasida   ommalashib   ketishi   mumkin.   Bunda   u   yangilik   bo‘yog‘ini   yo‘qotadi   va
umumxalq   so‘ziga   aylanadi.   Masalan:   brigada,   televizor,   traktor,   kosmos,
kosmonavt va hokazo.
Ba’zi   neologizmlar   yangiligicha   qolib   ketishi,   ishlatilish   doirasi
chegaralangan   leksikadan   o‘rin   olib  qolishi   mumkin.  Demak,   neologizm   –   nisbiy
tushuncha. Chunki har bir davr o‘z neologizmiga ega bo‘ladi.
So‘z yoki so‘zning ma’nosi neologizm bo‘lishi mumkin.
So‘z neologizm bo‘lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ...
Leksik   neologizmlar   tamomila   yangi,   hali   o‘zlashib   ketmagan   so‘zlardir.
Bunday   so‘zlar:   1)   o‘zbek   tilida   avvaldan   mavjud   bo‘lgan   so‘z   va   yasovchi qo‘shimchalar   bilan   yasalgan   yangi   so‘zlardir:   etti   yillik;   2)   boshqa   tildan   kirgan
hali umumxalq tiliga singib o‘zlashib ketmagan yangi so‘zlardir: magistr, bakalavr.
Leksik   ma’nolardan   biri   yangi   bo‘lsa,   semantik   neologizm   deb   yuritiladi.
Masalan: Yo‘ldosh (er yo‘ldoshi), payvandchi (metallni ulovchi).
Xulosa:
O‘zbek   tili   leksikasi   juda   boy.   Unda   serqirra   ma’noga   ega   bo‘lgan
polisemantik   va   ma’nodosh,   zid   ma’noli   va   shakldosh,   emotsioanal-ekspressiv
bo‘yoqdor so‘zlar borki, ular nutqni obrazli va jozibador etishga xizmat qiladi. Ona
tilimizning imkoniyatlarida foydalanish, go‘zal badiiy tasvirlar yaratish ijodkoning
so‘z qo‘llash mahoratiga bog’liq. Ona  tilini   o‘rganish  nihoyatda   dolzarb  vazifa.  Inson  tafakkurining  erishgan
eng   yuksak   yutuqlari,eng   chuqur   bilimlari   va   g’oyat   otashin   hislar ,agar   ular   so‘z
vositasi   bilan   aniq   va   ravshan   ifoda   qilinmasa,   odamlar   uchun   noma’lumligicha
qolaveradi.   Keyingi   o`n   yilliklar   mobaynida   barcha   mamlakatlar   singari   bizning
yurtimizda ham tarjimachilik faoliyati izchil rivojlanib kelmoqda . Unga hamohang
tarzda tarjimalarning sifati ham asta sekin yaxshilanmoqda . Bunga sezilarli turtki
berayotgan   omillaradan   biri   –   tarjima   nazaryasining   so`ngi   paytlarda   jiddiy
ravishda oldinga siljib borayotganligidadir.
Tarjima   nazaryasi   o`z   tadqiqotlarini   boshqa   qator   an`anaviy   filologik,
ayniqsa, lingvistik tadqiqod metodlaridan o`rni bilan foydalangani holda , ko`proq
siyosiy   solishtirma   metod   bilan   chambarchas   bog`liqlikda   qo`llaniladigan
semantik-uslubiy   metod   asosida   olib   boradi.   Shu   bilan   birga   asliyat   va   tarjima
tillari   lisoniy   vositalarni   batafsil   tahlil   qilish   zaruriyati   lingvistik   tadqiqodning
boshqa   ayrim   maxsus   metodlaridan   ham,   jumladan,   komponentlar   tahlil   qilish
metodidan   foydalanishni   taqozo   etadi.   Bunday   paytda   qiyoslanayotgan   ikki   til
birliklarining turli kontekstlarda qo`shimcha ma’no belgilarini kasb etish holatlari
tahlil   etiladi   .   Bir-birlarini   to`ldirishga   xizmat   qiladigan   mazkur   metodlar   amalga
oshirilgan tarjimalarni har jihatdan puxta va xolis baholash imkoniyatini beradi.
Fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi iqtisodiyot sohasiga ham o`z tasirini
o`tkazmasdan   qolmaydi,   buning   natijasida   yana   bir   qancha   iqtisodiyot   sohasida
yangi neologizmlarni yuzaga kelishiga olib keladi.
Bakalavr   o‘z   mutaxassislik   fanlari   bilan   bir   qatorda   iqtisod   tili   va   uslubi,
iqtisodiy   terminologiya   va   atamashunoslik,   ish   yuritish   va   hujjatchilik   to‘g‘risida
mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini iqtisod sohasiga qo‘yiladigan
talablar   asosida   aniq   va   ravshan   ifoda   eta   olmaydi.   Shunga   ko‘ra   bo‘lajak
iqtisodchilar iqtisod tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i
lozim.   Bakalavrlar   o‘z   ixtisosligidan   kelib   chiqqan   holda   O‘zbekiston   iqtisodini
yuksaltirishga,   uni   jahonda   munosib   o‘rin   egallashiga   hissa   qo‘shadi,   chet
mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini
namoyish etadi. Til   tarixini   o`rganar   ekanmiz,   biz   amin   bo`lamizki,   ko`plab   so`zlar
o`zgarishiga   qaramay,   asliyatning   tub   ma’nosini   saqlab   qolgan,   lekin   ayrim
holatlarda   bu   narsa   umuman   yo`qolib   ketgan.   Shunday   qilib,   ingliz   tilidagi
iqtisodiy neologizmlarni o`zbek tiliga tarjima qilishda ikki bosqichda o`tiladi.
1.   Yangi   so`z   ma’nosini   aniqlash   (qachonki   tarjimon   nashrdan   chiqqan
inglizcha iqtisodiy terminologik lug`atlarga murojat qiladi , yoki matn yo so`zning
tarkibiga ko`ra uning mazmunini aniqlash).
2.   O`zbek   tilidagi   vositalar   orqali   iqtisodiy   neologizmlarning   mazmunini
berish, aynan;  transkripsiya, transleteratsiya,  kalkalash va tasviriy tarjima usullari
orqali   amalga   oshiriladi.   Iqtisodiy   neologizmlarni   tarjima   qilishda   qaysi
bosqichdan   foydalanish   xususiyatiga   to`xtalsak,   bu   ko`pchilik   subekt   faktorlarga
bog`liq.   Masalan   tarjimoning   shaxsiga,   uning   intellektiga ,   uning   qobiliyati   va
tarjimasiga, iqtisodiyot sohasidan xabardorligiga, abstrakt – mavhum tushunchalar
bilan ishlashga tarjima qilish jarayoniga va matn uslubiga ham bog`liq.
Talabalar   va   iqtisodiyot   ilmiga   qiziquvchi   kitobxonlar   uchun   iqtisodiyot
sohasiga   oid   mukammal   izohli   va   tajima   lug'atarini   tuzib   chiqish   kerak.   Zero,
hayotimizning   biror-bir   sohasi   iqtisodiyotchalik   keng   jamoatchilikning   diqqat
markazida   turmaydi   va   qiziqish   uyg`otmaydi.   Bu,   albatta,   tabiiy   hol.   Bozor
iqtisodiyoti   bu   faqat   iqtisodiy   jarayon   bo`lib   qolmasdan,   ayni   vaqtda   u   hayotiy
voqelikdir.   Biroq   iqtisodiyot   fani   bo‘yicha   o‘zbek   tilida   nashr   etilgan   manbalarni
o‘rganish   va   tahlil   qilish   natijasida   o‘zbek   iqtisodiyot   terminologiyasida   ham,
boshqa   sohalar   terminologik   tizimlarida   bo‘lgani   kabi,   qator   kamchilik   va
nuqsonlar   mavjud   ekanligi   ayon   bo‘ldi.   Ayni   shunday   holat   iqtisodiy   terminlarni
tartibga solish masalalari bilan alohida shug‘ullanish vazifasini keltirib chiqaradi.
Terminlarni   tartibga   solish   amaliyotida   u   yoki   bu   lug‘aviy   birlikni   termin
qatoriga   kiritishda   odatda   quyidagi   talablardan   kelib   chiqiladi:   u   muayyan   tizim
tarkibiga   kirishi   va   shu   tizim   doirasida   yagona   ma’no   bildirishi,   tartibga   tushish
belgilariga   ega   bo‘lishi,   sinonim   (dublet)larga   ega   emasligi,   qisqa,   eslash   va
talaffuzi   qulayligi   kabi   talablarga   javob   berishi   lozim.   Albatta,   barcha   terminlar
mazkur talablarga javob berganda, terminologiyani tartibga solish degan gap ham ko‘ndalang bo‘lmas edi. Biroq amaliyotda ish hali poyoniga etgan emas. Yuqorida
aytganimizdek, o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasi qator nuqsonlarga ega: lug‘aviy
va   grammatik   sinonimiyaning   keng   tarqalganligi,   terminlar   imlosidagi   har   xillik
kabilar ana shunday nuqsonlardandir.
Terminologiya   masalalariga   bag‘ishlangan   barcha   ishlarda   sinonimiya
terminologiyaning jiddiy nuqsoni deb qaralgan. Bozor iqtisodiyotining hozirgacha
o`z muqobiliga ega emasligini  rivojlangan davlatlar tajribasi  ko`rsatmoqda. Hozir
xalq   orasida   bozor   iqtisodiyotiga,   ayniqsa   tadbirkorlik   va   uning   shakllariga
qiziqish   katta.   O`zbekiston   Respublikasi   ham   ana   shunday   taraqqiyot   yo`lini
tanladi va undan dadil odimlamoqda.
Ta’kidlash   kerakki,   bu   iqtisodiyot   pirovardida   inson   manfaatlariga   xizmat
qilish   yotadi.   Uning   maqsadi   iqtisodiyotning   ijtimoiy   jihatlarini   kuchaytirish,
ishlab   chiqarishni   iste’molchi   talablariga   bo`ysundirish,   mo`l-ko`lchilik
orqali   aholi farovonligiga erishish , mamlakatda erkin tadbirkorlik muhitini yaratish
orqali xalqimizga azaldan xos bo`lgan mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tejamkorlik,
vaqtning   qadr-qiymatiga   yetish   kabi   xislatlarni   yana   qaytadan   shakllantirishdan
iborat.   Yana   bir   narsani   aytish   kerakki,   dunyoning   ko‘pchilik   mamlakatlarida
ishlatilib   kelinayotgan   baynalmilal   terminlarning   o‘zbek   tiliga   ham   o‘z   holicha
o‘zlashtirilishidir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoq zarurki, yangidan kirib kelayotgan
terminlarning hammasiga ham o‘zbekcha muqobilini topish qiyin. Shuning uchun
ularning asosiy qismi  dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari  tillarida bir  shaklda o‘z
asl   holicha   ishlatiladi   va   bu   qo‘llanish   dunyo   bizneschilari   axborot   almashinuvi
uchun qulay.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.  “Ma’naviyat”. T., 2010.
2. Karimov I. O‘zbekiston mustaqilikkka erishish ostonasida.  T., 2011.
3. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.   T.1.-T.:
O‘zbekiston, 1996. 4. Karimov   I.A.   Jahon   moliyaviy   –iqtisodiy   inqirozi        ,   O‘zbekiston   sharoitida
uni bartaraf etish yo`llari va choralari . -Т.: O‘zbekiston ,   2009.   26 b.
5. Karimov   I.A.   Eng   asosiy   mezon   -   hayot   haqiqatini   aks   ettirish.   Т.:
O‘zbekiston, 2009. 32 b.
6. Asqarova   M,   Yunusov   R,   Yo‘ldoshev   M,   Muhammedova   D.   O‘zbek   tili
praktikumi . Toshkent. 2006.
7. Aliqulov T. Metonimiya va polisemiya.   Toshkent , 1965.
8. Eshonqulov   B.   Arabcha   lug`aviy   o‘zlashmalarning   omonimiyaga
munosabati.  “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali. Toshkent. 1999/3.
9. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.  Toshkent, 2010.
10. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi.  Toshkent, 2010.
11. Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma.  T., 2008.
12. Rahmatullayev   Sh.,   Mamatov   N.,   Shukurov   R.   O‘zbek   tili   antonimlarning
izohli lug’ati.  T., 1989.
13. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tili omonimlarining izohli lug’ati.  T., 1984.
14. O‘zbek tilining izohli lug’ati.  V jild. T., 2006-2008.
15. Ахманова  О.С. Словарь  лингвистических  терминов. М.:  СЭ,  1966. 608
b.
16. Саломов Ғ. Таржима назарияси асослари. Тошкент. 1983, 236 б.

M U N D A R I J A KIRISH……………………..………………………………………………… ..... 3 I. BOB. O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA QATLAMLARNING PAYDO BO‘LISHI. 7 1.1. Tilning boyish manbalari 7 1.2. O‘zbek tilida o‘zlashma so‘zlar va o‘zlashma neologizmlar 15 II. BOB. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING ISHLATILISH DOIRASI 22 2.1. Leksikolgiya haqida umumiy ma’lumot 22 2.2. O‘zbek tili leksikasida o‘z va o‘zlashgan qatlam 27 Xulosa 38 Foydalanilgan adabiyotlar 40

Kirish Mavzuning dolzarblilgi: Dunyo tilshunosligining hozirgi xolati jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar, boshqa fanlarda bo‘lgani kabi, o‘zbek tilshunosligi oldiga ham yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” 1 asarida aloxida ta’kidlanganidek fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari , bank, moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanilish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar chop etish zarur atama va iboralar, bir so‘z bilan aytganda , o‘zbek tilini har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz. Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ona tilimizni ma’naviy boyligimiz sifatida asrab-avaylash, boyitish, undan amaliy foydalanish, samaradorlikni oshirish, qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytirish vazifalari tilshunoslar oldiga ham aniq talablarni qo‘ymoqda. Barcha tillarda bo‘lgani kabi tilshunoslikning morfologiya sohasida ham qadimdan shug‘ullanib kelgan. Shunga qaramasdan so‘zlarning morfologik tuzilishi, xususan lug‘at tarkibidagi so‘zlarni turkumlarga ajratish hozirga qadar o‘z yechimini topgan emas. O‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda so‘zlarni turkumlarga ajratish sohasida diqqatga sazovor yangicha ilmiy qarashlar yuzaga kelmoqda, ammo zamonaviy tilshunoslikda so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi yangicha qarashlar ham turli tuman bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bular qatoriga taqlidiy so‘zlarning mustaqil so‘z turkumi sifatida talqin etlishi undov, modal so‘zlarning so‘z-gap deb yuritilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida uning barcha sohalari bo‘yicha, ayniqsa, leksikologiya yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohaning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo‘lmaydi. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi o‘zlashma neologizmlar shu vaqtga qadar to‘liq 1 Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. “Ma’naviyat”. T., 2010.

o‘rganilgan emas. S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko‘p qirralidir. Uning vazifasi, bir tomondan,jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy-sinonimik so‘z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir. Bir tildan boshqa tilga so‘z o‘zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning muhim muammolari sirasiga kiritadi. Tillarning o‘zaro ta’siri, bir tildan boshqa tilga lisoniy birliklarning o‘zlashishi masalalari N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ham e’tiborli o‘rinda bo‘lgan. O‘zbek tilidagi o‘zlashma neologizmlarning tadqiqiga bag‘ishlangan an’anaviy yo‘sindagi ishlar mavjud emas. Lekin o‘zbek tilidagi o‘zlashma neologizmlar sistem tadbirlar asosida o‘rganilmagan. Sababi shuki, lug‘aviy materialni sistem o‘rganish fonetika, morfologiya yoki sintaksis materiallarini sistem o‘rganishga qaraganda qiyinroq kechadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi boshqa tillarda bo‘lgani kabi o‘zbek tilshunosligida ham ot tarkibidagi so‘zlar bajarayotgan vazifalariga ko‘ra an’anaviy ravishda mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari deb keyinchalik esa ular mustaqil, yordamchi va alohida so‘z turkumlari sifatida, hatto mustaqil, yordamchi va oraliq so‘z turkumlari deb talqin etila boshlandi. Zamonaviy tilshunoslikda esa so‘zlarni turkumlarga ajratish sintaktik ma’noviy va morfologik nuqtai nazardan tadqiq etilmoqda. Garchi ushbu mavzu tilshunoslar tomonidan atroflicha o‘rganilgan bo‘lsa-da ularda hanuzga qadar bir to‘xtamga kelinmaganligining guvohi bo‘lamiz. Tilimizning lug‘at tarkibida o‘zimizniki bo‘lgan so‘zlardan tashqari boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar ham mavjud. Bu tabiiy holdir. Chunki o‘zbеk xalqi o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lib kеlgan. Mana shu aloqa-aralashuv natijasi o‘laroq tilimizga boshqa tillardan so‘zlar kirib, o‘zlashib kеtgan. Shu nuqtai nazardan adabiy til so‘zarini tarixiy

kеlib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1. O‘z qatlam so‘zari. 2. O‘zlashgan qatlam so‘zari. O‘z qatlam so‘zari. O‘z qatlamga turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan hamda o‘zbеk tilining o‘ziniki bo‘lgan so‘zlar kiradi. Turkiy tillar uchun umumiy,mushtarak bo‘lgan so‘zlar umumturkiy so‘zlar dеyiladi. Umumturkiy so‘zlar asrlar davomida o‘zbеk, qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, turkman, ozarbayjon va boshqa turkiy tillarda qo‘llanib kеlgan so‘zardir. Bunday so‘zlar o‘zbеk tili lug‘at tarkibining asosini tashkil etadi. Umumturkiy so‘zlar dеyarli barcha so‘z turkumlarida mavjud. Bularga tog‘, suv, tosh, til, qo‘l, bola, еr (otlar), oq, qora, qizil, ko‘k, sariq, yaxshi, yomon (sifatlar), bir, ikki, uch, bеsh, olti, sakson, tuqson, yuz, ming (sonlar), mеn, sеn, u, biz, siz, ular, qanday, qachon (olmoshlar), kеlmoq, bormoq, turmoq, qaramoq, olmoq (fе'llar), ildam, erta, indin, ilgari (ravishlar) kabilar misol bo‘la oladi. Mazkur so‘zlarning ba'zilari fonеtik jihatdan yoki talaffuz qilinishiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Lеkin shunday bo‘lsa- da, ularning kеlib chiqish asosi birdir. O‘zbеk tilining o‘z ichki imkoniyatlari, qonun-qoidalari asosida yaratilgan so‘zlar o‘zbеkcha so‘zlar dеb yuritiladi. O‘zbеkcha so‘zar quyidagi yo‘llar asosida yaratiladi: 1. Asli o‘zbеkcha so‘zlarga shu tilga oid qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasalgan so‘zlar. Bunda –chi, -ma, -lik, -gich, -im singari o‘zbеkcha qo‘shimchalar vositasida yasama so‘zlar hosil qilinadi: suvchi, tеrimchi, o‘quvchi, o‘qituvchi, boshlovchi, kеsma, tеrlama, boshqarma, qorishma, bosma, otalik, onalik, bolalik, yaxshilik, yomonlik, suzgich, muzlatgich, o‘g‘itlagich, sovitgich, tеrim, yig‘im, bo‘lim va boshqalar. 2. Boshqa tillardan kirgan so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasalgan so‘zlar. Bunda o‘zbеkcha so‘zar quyidagicha hosil qilinadi: 1) tojikcha so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish asosida yaratiladi: jangchi, mardlik, tanburchi, dutorchi, vayronalik, sabzavotchilik, chorvachilik; 2) arabcha so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish vositasida hosil qilinadi: maorifchi, maslahatchi, jamoatchi, murabbiylik, zamondosh, vazirlik, rahbarlik, ovqatlanmoq;

3) ruscha-baynalmilal so‘zlarga o‘zbеkcha qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasaladi: traktorchi, sportchi, shofyorlik, dеmokratlashtirish, elеktrlashtirish, mеxanizatsiyalashtirish, bеtonlamoq singarilar. 3. Boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma qatlamdan hosil qilingan so‘zlar. Bunda qo‘shimcha o‘zga tilga oid bo‘ladi, asos so‘z o‘zbеkcha, tojikcha, arabcha, ruscha so‘zlardan tashkil topadi: kitobxon, jurnalxon, bilimdon, savodxon, ma'rifatparvar, adabiyotshunos, tilshunos, partiyaviy, ommaviy, soatsoz, vagonsoz, uysoz, mashinasoz, noaniq, sеrish, sеrtarmoq, sеrhosil, madadkor, bunyodkor, notinch, bеish, chizmakash, yo‘lsoz, ilmiy, tarbiyaviy, oilaviy kabilar. Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Shuning uchun ona tilini sevish, puxta o‘rganish, uni billurdek musaffo saqlash. Kamol toptirish milliy tilimiz. Ona xalqimiz jonajon Vatanimizda bo‘lgan beqiyos muhabbatimiz ramzidir. Til avlodlarni avlodlarga. Asrlarni asrlarga bog‘laydi, chunki biz va siz tasawur qila olmaydigan o‘tmish ajdodlarimiz ruhi shu ona tilimizga singdirilgan. Dunyoga yangi kelgan chaqaloq ham ona tilida alia eshitiborom oladi, har erta tongda televideniye. Radio to‘lqinlaridantaraladigan Davlat madhiyasini ona tilimizda eshitib, undanfaxrlanamiz. Dastawal shuni aytish kerakki, o‘zbek tilini XV asrda davlat tili darajasiga ko‘tarish, uni ravnaq toptirish uchun buyuk bobokalonimiz hazrati Mir Alisher Navoiy ko‘p kuch sarf qildi. U o‘zining "Xamsa", "Xazoyin ul-maoniy". "Muhokamatul lug‘a-tayin", kabi qator o‘lmas asarlarini shu tilda yaratdi. Sulton Husayn homiylik qilib, A. Navoiyning bu sohadagi ishlarini qo‘llab-quwatlagan hamda maxsus farmon bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan edi. O‘tgan besh asrdan ko‘proq davrda o‘zbek tilining ahamiyati kamaygani yo‘q. Ammo yetmish yillik mustabid tuzumining siyosati sababli o‘zbek tilining ish ko‘fish doirasi chegaralanib qoldi va ahamiyati pasayib ketgan edi. Xalqimiz doim mustaqil bo‘tish. Erkin yashash yo‘lida kurashib keldi va Cho‘lpon, Fitrat. A.Qodiriy, A.Avloniy, G‘.g‘ulom, Oybek, H. Olimjon, A. Qahhor kabi siymolar