logo

Power point va Ispring paketi yordamida taqdimot shaklida multimediyali ilovalar yaratish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2792 KB
Mavzu; Power point va Ispring paketi yordamida taqdimot shaklida multimediyali
ilovalar yaratish
Reja;
1) Nazariy qism
2) Ishning bajarilish tartibi
3) Xulosa
4) Foydalanilgan Adabiyotlar
1 Nazariy qism
Elektron   axborot   ta’lim   resurslarini   yaratishda   keng   ishlatilib   kelinayotgan   dasturiy
ta’minotlardan   biri   Ispring   dasturi   hisoblanadi.Odatda,   taqdimotni   o‘tkazishga
tayyorlanish   jarayonida   aksariyat   hollarda   Microsoft   PowerPoint   dasturiy
ta’minotidan   foydalaniladi.   Ammo   bunday   taqdimotlar   faqat   mazkur   mahsulot
formatidagina   bo‘lishi   mumkin   (ppt,   pptx).   Hozirgi   vaqtda   internet
texnologiyalarining   rivojlanishi   va   o‘z   navbatida,   masofali   ta’lim   turining   paydo
bo‘lishi   natijasida   taqdimot   fayllarini   internet   brauzerining   o‘zida   onlayn   ravishda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ko‘rish   uchun   flash   (swf)   formatida   yoki   HTML   5   texnologiyasi
asosida   yaratilgan   fayl   bo‘lishi   kerak.   Hozirga   kelib,   PowerPoint   dasturida
tayyorlangan   taqdimotdan   flash-rolik   shakllantirish   imkoniyatini   beruvchi   dasturlar
yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring QuizMarker, iSpring PRO va
iSpring Kinetics kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi
kunda   mazkur   mahsulot   tezligi,   bir   formatdan   boshqa   formatga   konvertatsiyalash
sifati   va   optsiyalar   soniga   ko‘ra   eng   yaxshilaridan   biri   hisoblanadi.   iSpring   nafaqat
flash-taqdimotlarni  yaratishga, balki  ta’lim  jarayonida  qo‘llanilishi  mumkin bo‘lgan
roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham
kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.
iSpring   Suite   –   bu   PowerPoint   dasturida   elektron   o‘quv   kurslarini   yaratuvchi
professional   vosita   hisoblanadi.   iSpring   dasturi   yordamida   foydalanuvchi   bir   nechta
bosqichdagi o‘quv kurslarini yaratishi va nashr qildirishi mumkin:
a) Power Point- taqdimotlar bazasida o‘quv kurslarini yaratish;
b) Audio va video fayllarni birlashritish;
c) Interaktiv testlar yaratish;
d) Interaktiv bloklar yaratish;
e) Masofaviy ta’lim tizimi uchun ma’lumotlar tayyorlash.
iSpring   Suite   dasturi   o‘zida   iSpring   Pro,   iSpring   QuizMaker   va   iSpring   Kinetics
dasturlarini   jamlagan.   iSpring   dasturini   uskunalari   PowerPiont   dasturining   menyular
satriga   sozlanadi.   iSpringning   o’rnatilishi   muvofaqqiyatli   bajarilgandan   so’ng,   Power
Pointga   iSpring   insturimental   qatori   qo’shiladi.   iSpringning   funksiyalaridan
tayyorlangan fayli Flash formatga o’ziga xos playback (boshqarilish)ni yuzaga keltiradi.
Audio   va   videolar   bilan   Flahda   tayyorlangan   fayl   yaxshiroq   bo’ladi.   Eslatma,   aytish
kerakki   iSpring   Proga   qo’shiladigan   xar   bir   ma’lumot   Windows   uchun   o’ziga   xoss
ahamiyatga ega.
iSpring Pro yordamida:
Windowsda Flashni muomilaga chiqarish;
Prezentatsiyani tadqiq etish;
Window bilan bog’lanish;
    Windowni taqdim etish;
2     Windowda audio yozish;
    Windowda vidio yozish;
    Windowda sinxron qilish;
   Windowga so’rovlar qo’yish;
   Windowni Flashga kiritish mumkin.
tugmasini   bir   marta   bosish   orqali   yuqori   darajadagi   Flash   movie   o’rnatiladi.   iSpring
Quick   Publishning   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   taqdim   etiladigan   prezentatsiyada
ortiqcha   o’zgarishlarga   yo’l   qo’ymaydi.   iSpring   Pro   180   dan   ortiq   effektlarga   ega.   Bu
ko’rsatkich   Power   Point   2007   dagi   barcha   effektlar   kombinatsiyasidan   iboratligi,
ko’plab   harakatlarni   o’z   ichiga   olganligi   hamda   shu   ko’rsatkich   bo’yicha   harakatlarni
mukammallashtirganligi bilan tasvirlanadi.
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
t а qdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
taqdimot   kontentini   muhofaza   qilish:   parol   yordamida   ko‘ra   olish,   taqdimotga   «himoya
belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
elektron   test(nazorat)larini   yaratish   va   natijalarini   elektron   pochtaga   yoki   masofaviy
o‘qitish   tizimiga   (LMS)   uzatib   berish   imkoniyatini   beradigan   interaktiv   matnlar   yaratish
uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
masofaviy o‘qitish  tizimida foydalanish  uchun SCORM/AICC  — mos keluvchi  kurslarini
yaratish;
taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
Elektron   axborot   ta’lim   resurslari   ichida   kiruvchi   ma’lumotnomalar   va   lug‘atlarni
yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin.
iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
bir о r-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy,
ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish;
vaqt shkalasini yaratish;
3 o‘lchovli kitob yaratish;
FAQ yaratish mumkin.
Elektron   axborot   ta’lim   resurslari   ichida   kiruvchi   elektron   nazorat   turlarini   yaratish
uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
t а rmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni
yaratish) imkoniyati;
3 ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri,
ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
ochiq test topshiriqlari;
o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati
Informatika fanidan test savollarini tuzish metodikasi.
Informatika   va   axborot   texnologiyalari   fanidan   ishlab   chiqiladigan   test
topshiriqlariga   qo‘yiladiladigan   asosiy   talablar.   O‘qituvchilar   pedagogik   faoliyatida
vujudga   kelayotgan   mazkur   qiyinchiliklar   o‘quvchilar   tomonidan   o‘zlashtirishi   lozim
bo‘lgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   aniqlash   va   ularni   baholash   uchun
foydalaniladigan   nazorat   topshiriqlarini   xilma-xillashtirish   jarayonida   vujudga
kelayotganligi sababli, shu muammoni malaka ishida yoritish lozim deb topildi.
Testologiya   –   (inglizcha   so‘zdan   olingan   bo‘lib,   test   -   sinov),   yunoncha   logos   -   bilim)
so‘zlari birikmasidan iborat. Testologiya fanlararo fan bo‘lib, ilmiy asoslangan va sifatli
diagnostik o‘lchov metodikasi haqidagi fan sanaladi.
Psixologiyada   testologiyaning   mazmuni   asosan   tabaqalashtirilgan   psixometriyaning
mazmuniga   mos   keladi.   Testologiyaning   prinsiplari   va   metodlari   psixologiyaning
chegarasidan   chiqib,   hozirgi   kunda   pedagogika,   tibbiyot,   texnika,   menedjment
sohalarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Testologiyani   qo‘llashda   umumiy   xususiyatlar:   test   topshiriqlarini   tuzish   metodikasi,
samaradorlik,   ishonchlilik   bilan   bir   qatorda   har   bir   fan   sohasining   o‘ziga   xos
xususiyatlari,   xususan,   fanning   ta’lim   mazmuni,   testlarning   mantiqiy   tuzilishi,   test
sinovining   o‘tkazilish   maqsadi,   kasbiy   va   umumta’lim   bilimlarni   nazorat   qilish   va
baholash tartibi va o‘lchovi ham e’tiborga olinishi lozim. Hozirgi zamon testologiya fani
amaliy   fan   bo‘lib,   tadqiqotchilar   oldiga   nazariy   muammolar,   matematik   yondoshuvlar,
model va metodlarni tavsiya etmoqda.
Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Test topshirig‘i mazmunining to‘g‘riligi;
Savolning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tanlanishi;
Test topshirig‘i shaklining to‘g‘riligi;
Test topshirig‘ining savol va javobning qisqaligi;
Test topshirig‘i elementlarining to‘g‘ri joylashganligi;
4 Test topshirig‘ining to‘g‘ri javoblari bir xil baholanishi;
Tahsil oluvchilarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma berilishi;
Ko‘rsatmalarning test topshirig‘i va mazmuniga mosligi.
Bundan tashqari test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablarga
javob berishi lozim. Test topshiriqlarini  tuzishda mazmun asosiy  o‘rinni  egallaydi, shu
sababli o‘quv kursi mazmunidagi bilimlarni aniqlash va ularga mos o‘quv maqsadlariga
erishish darajasini belgilaydigan test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq.
Test   metodining   keng   tarqalishi,   rivojlanishi   va   takomillashuviga   uning   quyidagi
afzalliklari:
Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko‘nikma va
malakalariga aniq baholash imkonini beradi;
Ijtimoiy   so‘rovlarda   ishtirok   etgan   ko‘psonli   respondentlarning   fikr   va
mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud;
Tahsil oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni
ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo‘l qo‘yish oldini
oladi.
Turli   guruh   respondentlaridan   olingan   ma’lumotlarni   qiyosiy   statistik   tahlilini
o‘tkazish imkon berishi kabilar zamin yaratgan.
Olingan natijalar va testlarning maqsadga muvofiqligi quyidagi mezonlar bo‘yicha tahlil
qilinadi:
1.Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi
mezoni   o‘rganilayotgan   ob’ektning   xususiyatlarini   o‘zida   to‘liq   aks   ettirib,   u   tahsil
oluvchilar   tomonidan   mazkur   xususiyatlarni   aniqlash   uchun   bajaradigan   aqliy
operatsiyalariga ko‘ra:
Reproduktiv daraja;
Produktiv daraja;
Qisman-izlanishli daraja;
Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin.
Reproduktiv   darajadagi   test   topshiriqlari   tahsil   oluvchilarning   tomonidan   yodda
saqlangan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   tanish   odatiy   vaziyatda   axborotlarni   qayta
ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi.
Produktiv   darajada   tuzilgan   test   topshiriqlari   tahsil   oluvchilar   tomonidan   o‘rganilgan
ob’ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali
javob berishni talab etadi.
5 Qisman-izlanishli   darajadagi   test   topshiriqlari   tahsil   oluvchilar   tomonidan   o‘rganilgan
ob’ektlarning xususiyatlarini boshqa ob’ektga ko‘chirish, mazkur ob’ektlarni taqqoslab,
keyingi ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari haqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib
borishni talab etadi.
Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan ijodiy fikr
yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, mazkur test topshiriqlarini bajarish jarayonida tahsil
oluvchilar   tomonidan   avval   o‘zlashtirilgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   yangi
kutilmagan   vaziyatlarda   qo‘llashni   talab   etadi.   Dastlabki   reproduktiv   va   produktiv
darajadagi   test   topshiriqlari   o‘quv   fan   bo‘yicha   tasdiqlangan   DTSning   minimal
darajasiga,   qismanizlanishli   va   ijodiy   (kreativ)   darajadagi   test   topshiriqlari   DTSning
maksimal darajasiga mos tuzilishi zarur.
2.   Test   topshiriqlarining   tabaqalashtirish   mezoni.   Tahsil   oluvchilar   tomonidan
qiyinchilik   darajasi   va   mazmunan   bir   xil   test   topshiriqlarni   bajarish   orqali   olingan
natijalariga  muvofiq tabaqalashtirish  mezoni  ularni  kuchli,  o‘rta va  kuchsiz  guruhlarga
ajratish   mumkin.   Mazkur   tabaqalashtirish   orqali   tahsil   oluvchilar   tomonidan
o‘zlashtirgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalardagi   tipik   kamchiliklar   va   bo‘shliqlarni
aniqlash, ularga barham berish yo‘llarini topish imkonini beradi.
Pedagogik   testlar   bu   qiyinchilik   darajasi   bo‘yicha   o‘sib   boruvchi,   o‘ziga   xos   shaklga
ega, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasini sifatli va
samarali   nazorat   qilish   va   baholashga   imkon   beradigan   topshiriqlar   tizimi   sanaladi.
Topshiriqlar   tizimi   deyilganda,   muayyan   mavzu,   bob,   bo‘lim   yoki   kurs   mazmunini
o‘zida   mujassamlashtirgan   va   tizim   hosil   qiluvchi   xususiyatga   ega   bo‘lgan   o‘qituvchi
tomonidan   tanlangan   topshiriqlar   majmuasi   tushuniladi.   Test   topshiriqlarining   o‘ziga
xos shakli oddiy savol-javobdan farq qilib, test topshirig‘i savollari va javoblari qisqa va
lo‘nda bo‘lishi bilan izohlanadi. Test  topshiriqlarining mantiqiy jihatdan asoslanganligi
mezoni   o‘zida   savol   va   topshiriqlarning   mantiqiy   ketma-ketlikda   aks   ettirilishi
tushuniladi. Test topshiriqlari mantiqiy tuzilishiga ko‘ra: induktiv yoki deduktiv bo‘lishi
mumkin.   Test   topshiriqlarining   javoblari   mazmunga   mos,   qisqa   fikrli,   aniq,   lo‘nda,
to‘g‘ri va noto‘g‘ri jumlalardan iborat bo‘ladi. Test topshiriqlaridagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri
javoblarning   tarkibidagi   so‘zlar   birikmasi   va   soni   bir   xil   bo‘lishi   talab   etiladi.   Tahsil
oluvchilarning   bilim   darajasi   test   topshiriqlari   orqali   nazorat   qilingan   va   olingan
natijalarni   tahlil   etish   orqali   ularning   mazkur   kurs   bo‘yicha   DTS   bilan   me’yorlangan
bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   egallaganlik   darajasi   aniqlanadi.   Shuni   qayd   etish
kerakki,   test   topshiriqlarida   bilimlar   strukturasining   ketma-ketligi   to‘g‘ri   va   noto‘g‘ri
javoblarning   mantiqiy   yo‘nalishda   talab   darajasida   berilishi   lozim.   Talab   darajasida
tuzilgan test  topshiriqlarining natijalari, ya’ni   tahsil  oluvchilarning  to‘plagan  ballari   va
ko‘rsatkichlari   mazkur   kurs   bo‘yicha   o‘quv   jarayonining   maqsadga   muvofiq   tashkil
etilganligi,   ta’limning   individuallashtirilganligi,   tabaqalashtirilgan   yondoshuvning
mavjudligi,   pedagogning   pedagogik   mahorati,   nazoratning   haqqoniyligiga   bevosita
bog‘liq   bo‘ladi.   O‘qituvchi   muayyan   kurs   bo‘yicha   tahsil   oluvchilarning   shu   kurs
6 bo‘yicha   DTS   bilan   me’yorlangan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   nazorat   qilish   va
baholash   reyting   tizimining   joriy,   oraliq   va   yakuniy   nazorat   uchun   test   topshiriqlarini
tuzishda   avvalo   asosiy   e’tiborni,   DTS   mazmunini   qamrab   olinishi,   ya’ni   mazmuni   va
shakliga,   test   topshiriqlari   o‘rtasida   uzviylik   va   izchillikka   qaratishi   lozim.   Test
topshiriqlariga qo‘yiladigan asosiy talab, har bir test muayyan mazmun, tarkib, yaxlitlik
va   strukturaga   ega   bo‘lishi   lozim.   Shuni   nazarda   tutgan   holda,   u   topshiriq   mazmuni,
bajarish   tartibi,   qoidasi,   shu   topshiriqni   bajarish   natijasida   tahsil   oluvchining   egallashi
mumkin bo‘lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat
bo‘lishi zarur.
Test topshiriqlarining yaxlitligi u bir mavzu, bob, bo‘lim yoki kurs mazmunini qamrab,
ularni   nazorat   qilish   imkoniyatiga   ega   ekanligida   ko‘zga   tashlanadi.   Har   bir   test
topshirig‘i yaxlit topshiriqning bir bo‘lagi sifatida muayyan mazmunni qamrab oladi va
ma’lum   bir   vazifani   bajaradi,   shu   sababli   ularning   birortasini   olib   tashlash   bilimlarni
aniqlash   jarayoni   va   sifatiga   bevosita   ta’sir   ko‘rsatadi.   Test   topshiriqlarining
strukturasiga   topshiriqning   o‘zaro   aloqadorligini   amalga   oshirish   orqali   erishiladi.
Asosan,   har   bir   test   topshirig‘i   bir-biri   bilan   umumiy   mazmun   va   erishilishi   nazarda
tutilgan natijalarning umumiy variatsiyasi orqali bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Standart
pedagogik   testlar   mazmuni   va   mohiyatiga   ko‘ra:   gomogen   va   geterogen   testlarga
ajratiladi.   Gomogen   testlar   bu   qiyinchilik   darajasi   bo‘yicha   o‘sib   boruvchi,   o‘ziga   xos
shaklga   ega   bo‘lib,   tahsil   oluvchilarning   muayyan   mazmun   yuzasidan   tayyorgarlik
darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga
mo‘ljallangan bitta o‘quv kurs bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar tizimi sanaladi. Geterogen
testlar   bu   qiyinchilik   darajasi   bo‘yicha   o‘sib   boruvchi,   o‘ziga   xos   shaklga   ega   bo‘lib,
tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, ko‘nikma
va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga mo‘ljallangan bir nechta
o‘quv   kurs   bo‘yicha   tuzilgan   topshiriqlar   tizimi   sanaladi.   Nostandart   testlar.   Standart
testlar   mazmuni   bo‘yicha   reproduktiv   va   produktiv   darajada,   tarkibi   jihatidan   test
topshirig‘i savoli va to‘g‘ri xamda noto‘g‘ri javoblardan iborat bo‘lsa, nostandart testlar
o‘zining mazmuni, tuzilishi va qo‘llanish maqsadiga ko‘ra muayyan darajada farq qiladi.
Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Integrativ testlar;
2. Adaptiv testlar;
3. Mezonli-mo‘ljal olish testlari.
Integrativ   testlar   integral   mazmun,   shakl,   qiyinchilik   darajasi   bo‘yicha   o‘sib   boruvchi,
ta’lim   muassasasining   bitiruvchisining   tayyorgarlik   darajasi   haqida   umumlashgan
yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.
Adaptiv   testlar   avtomatlashtirilgan,   tahsil   oluvchilarga   nisbatan   individual   yondoshish
imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish
7 natijasida   tahsil   oluvchining   egallashi   mumkin   bo‘lgan   bali   va   test   natijalarini
umumlashtirish   bo‘yicha   ko‘rsatmalardan   iborat   bo‘ladi.   Adaptiv   testlarning   asosiy
guruhini   piramidali   adaptiv   testlar   tashkil   etib,   qo‘llanish   maqsadiga   ko‘ra:   o‘rtacha
og‘irlikdagi,   tahsil   oluvchining   tanlashiga   ko‘ra   aralash,   topshiriqlar   bankidan   faqat
qiyin darajali bo‘lishi mumkin. Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning
modulkredit paradigmasida muvaffaqiyatli qo‘llanishi  mumkin. Buning uchun pedagog
bitta mavzu, bob, bo‘lim, kurs mazmuni bo‘yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha
variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi lozim.
Mezonli-mo‘ljal   olish   testlari   tahsil   oluvchilarning   umumiy   tayyorgarlik   darajasi,
mazkur   kursning   o‘qitilish   sifati,   pedagogning   pedagogik   mahorati,   ta’lim-tarbiya
jarayoni   samaradorligini   aniqlash   maqsadida   o‘tkaziladi.   Mazkur   test   topshiriqlarini
tuzish uchun avvalo o‘quv kursi mazmuni DTS asosida tahlil etiladi, bilim, ko‘nikma va
malakalar   aniqlanadi,   ularni   aniqlash   uchun   topshiriqlar   majmuasi   tuziladi,   mazkur
topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va sinov o‘tkaziladi, pirovard natijada tahsil
oluvchilarning shu kursni o‘zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi. Mezonli-
mo‘ljal   olish   test   sinovlari   orqali   tahsil   oluvchilarning   bilimlaridagi   bo‘shliqlar
aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga
muvofiq   foydalanish   jarayoni   tahsil   oluvchilarning   o‘zlashtirgan   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi.
3.Ispring dasturida elektron testlar yaratish.
Hozirgi   vaqtda   elektron   test   yaratish   imkoniyatini   beruvchi   dasturlar   juda   ko‘p.
Bulardan iSpring Suite dasturlar paketi haqida to‘xtalib o‘tsak.
Kompyuter   yordamida   onlayn   taqdimotlar   va   elektron   o‘quv   kurslarini   yaratuvchi
zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar
paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Ular yordamida
audio,   video,   interaktiv   elementlar   va   testlar   bilan   boyitilgan   onlayn   taqdimot
materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar kabi bir
qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
Bu   dasturlardan   iSpring   QuizMaker   dasturi   audio,   video   fayllar,   tasvir   va   formulalar
yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi. Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker
dasturi   yordamida   tuzish   uchun   kompyuterga   iSpring   Suite   dasturi   bilan   Adobe   Flash
(operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi. Dastur
o‘rnatib   bo‘lingach   Pusk   menyusidan   “ Все   программы ”   bo‘limida   iSpring   Suite
tanlanadi va natijada oyna paydo bo‘ladi.
8 ISpring   modulining   ilk   interfeysi   dastur   boshqa   elektron   testlar   yaratish   dasturlaridan
quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
dasturning   ishchi   fayli   ixtiyoriy   kompyuterga   ko‘chirib   qo‘yilishi   va   ishlashi
mumkin;
juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;
maxsus bilimlar talab etilmaydi;
testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;
test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;
test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo’natiladi;
dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.
Kompyuterga   Ispring   Suite   dasturlar   paketi   o‘rnatilgach,   Ispring   Quiz   maker   bloki
yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.
9 Testlar   bazasi   yaratilgach,   darsning   qaysi   qismida   foydalanishiga   qarab   testlar   soni   va
test   o‘tkazish   vaqti   belgilanadi.   Interfeys   ko‘rinishini   foydalanuvchi   ixtiyoriga   ko‘ra
o‘zgartirish mumkin. Tayyor  testlar bazasini  yaratib bo‘lgach, uni  lokal tarmoq uchun,
global   tarmoq   uchun,   xujjat   shaklda   (MS   Word)   yoki   LMS   tizimi   uchun   saqlash
imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda
saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash
Player dasturi mavjudligi etarli.
Bu   oynadan   Создать   новый   тест   bo’limini   tanlasak
testlarni tuzish uchun oyna ochiladi.
Bu   oyna   dasturning   ishchi   oynasi   hisoblanadi.   Ishchi
oynaning   Добавить   тест   bo’limidan test yaratish amali boshlanadi.
Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:
1. Bitta javobli test:     bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga
bog‘liq.   Bu   test   turida   javob   variantlarini   keraklicha   “ добавить ”   tugmasi   yordamida
ko‘paytirish   mumkin.   Savolga   tasvir,   ovozli   fayl   va   video   fayl   qo‘shish,   javob
variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin.  “удалить” tugmasi yordamida javob
variantlarini o‘chirish mumkin.
10 2.   Ko‘p   javobli   test:     bu   test   turi   yordamida   bir   necha   ma’lumotlar
yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.
11 3.   “To‘g‘ri-noto‘g‘ri”   ko‘rinishdagi   test:     bunda   anketa   savoli
ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;
4. Yopiq test:     bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;
12 5. O‘zaro moslik o‘rnatish:     bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan
birlashtiriladi;
6.   Javoblarni   tartiblash:     savolning   ushbu   turida   javob   variantlari   o‘zaro
tartiblanadi;
13 7. Sonni kiriting:     savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;
8.   Bo‘sh   joylarni   to‘ldiring:     matndagi   bitta   yoki   bir   necha   bo‘sh   joylarni
kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;
14 9.   Javoblari   keltirilgan   savol:     savolning   bo‘sh   qismlarida   javoblar
variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.
15 10.   So‘zlar   banki:     Matnning   bo‘sh   joylariga   berilgan   so‘zlardan
keraklilarini   tanlab   joylashtiriladi.   Savolni   qiyinlashtirish   uchun   so‘zlar   sonini   bo‘sh
joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.
11.   Faol   hududni   aniqlovchi   savol:     Savolda   rasmdagi   qaysidir   maydonni
belgilash   vazifasi   joylashtirilgan   bo‘lib,   ushbu   rasmdagi   hudud   o‘quvchi   tomonidan
javob berish jarayonida tanlanadi.
16 Testlar  bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni  elektron
shaklda   saqlash   kerak   bo‘ladi.   Tayyor   bo‘lgan   elektron   testni   saqlashdan   oldin   ayrim
sozlashlarni   bajarish   kerak.   Chunki   bu   sozlashlar   elektron   testdan   foydalanilayotgan
vaqtda katta ahamiyatga ega.
Buning   uchun   Ispring   dasturining   yuqori   chap   tomonida   joylashgan   “ Настройка ”
tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi.
Bu  oyna ro‘yxatining  birinchi   bandi   “ Основные “ deb  nomlangan.  Bu  bandda  elektron
testga   nom   berish,   testdan   o‘tish   balini   o‘rnatish,   testni   bajarishning   maksimal   vaqtini
o‘rnatish   va   test   boshlanishdan   oldin   tizim   topshiruvchining   ismini   va   elektron
pochtasini so‘rash funksiyalarini qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir
to‘g‘ri   javob   uchun   maksimal   ball,   tizim   test   topshiruvchisi   tomonidan   barcha   testlar
topshirilmagan   holatda   ham   testni   tugatish   imkoniyatini   va   har   bir   savolga   javob
berilgandan so‘ng to‘plangan ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin. Testga
“Informatika   fanidan   test”   deb   nom   berildi.   O‘tish   balini   umumiy   ballning   60   %
miqdorida belgiladik. 12 ta savol  uchun   20   daqiqa etib belgilandi. Test  vaqtida qolgan
vaqtni ko‘rsatib turishi belgilanib qo‘yildi.
“ Основные ”   bandini   sozlashlarni   bajarish   “ Навигация ”   bandi   yordamida   test
savollariga javob berish usullari sozlanadi.
17 Bunda   bazada   mavjud   barcha   savollarga   javob   berish   yoki   aniq   miqdordagi
savollar   to‘plamiga   javob   berish,   har   bir   savolga   to‘gri   yoki   noto‘g‘riligi   haqida
ma’lumot   berish,   javob   berilmagan   test   savollari   mavjud   bo‘lsada   testni   yakunlash
imkoniyatlarini   sozlash   mumkin.   Har   bir   javobda   uning   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘riligini
foydalanuvchiga   ko‘rsatib   ketish   mumkin.   Yoki   test   topshiruvchi   bu   xabarni   testning
oxirida olishi ham mumkin.
“ Результаты ”   bandi   yordamida   test   natijasiga   tegishli   ma’lumotlarni   sozlash
imkoniyatini beradi.
Agar test topshiriqlarni yaxshi topshirgan bo‘lsa yoki etarli ball to‘play olmasa, qanday
xabar   chiqishi,   javoblarni   qog‘ozga   chop   qilish   imkoniyatini   sozlash   mumkin.   Bundan
tashqari   test   javoblarini   test   topshiruvchining   elektron   pochtasiga   jo‘natish   imkoniyati
mavjud.
“ Настройка   плеера ”   bandi   yordami   elektron   test   topshirish   interfeysini   rangi
aniqlanadi.
Barcha   sozlashlarni   bajargandan   so‘ng   OK   tugmasi   bosiladi.   Endi   bemalol   elektron
testni   saqlash   mumkin.   Buning   uchun   dasturning   yuqori   chap   tomonida   joylashgan
“ Публиковать ” tugmasi bosiladi. Keyin yangi oyna paydo bo‘ladi.
Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak bo‘lgan joyni (bizning misolimizda ish
stoli ko‘rsatilgan), fayl nomini (bizning misolimizda Informatikadan test savollari), fayl
tipini (bizning misolimizda .exe) va dastur oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin.
Fayl   tipi   .exe   deb   belgilanganda,   avtomatik   ravishda   .swf   formatda   elektron   test
saqlanadi.   Shuning   uchun   bu   elektron   testdan   foydalanish   uchun   Adobe   Flash   Player
dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.So‘ngra “ Публиковать ” tugmasi bosiladi. Dastur faylni
avtomatik ravishda ko‘rsatilgan joyga saqlaydi.
Dasturning “Публиковать” bandida
Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini  (EATR) yaratish hozirgi
vaqtda   dolzarb   masalalardan   biri   hisoblanadi.   Dasturiy   ta’minotlar   tahlilini   bayon
etishdan oldin, EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik.EAT resurslariga
fan   bo‘yicha   yaratilgan   elektron   darslik,   o‘quv   qo‘llanma,   metodik   ko‘rsatmalar,
multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar
va   topshiriqlar   hamda   shunga   o‘xshash   talabaning   mustaqil   bilim   olishini
ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi . Yuqorida keltirilgan
resurslarga   qo‘shimcha   sifatida   pedagogik   dasturiy   vositalar,   video   va   audio
ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin.EAT
resurslarini   yaratishda   keng   ishlatilib   kelinayotgan   dasturiy   ta’minotlardan   biri
Ispring   dasturi   hisoblanadi   [http://www.ispringsolutions.com].   Odatda,   taqdimotni
o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy
ta’minotidan   foydalaniladi.   Ammo   bunday   taqdimotlar   faqat   mazkur   mahsulot
18 formatidagina   bo‘lishi   mumkin   (ppt,   pptx).   Hozirgi   vaqtda   internet
texnologiyalarining   rivojlanishi   va   o‘z   navbatida,   masofali   ta’lim   turining   paydo
bo‘lishi   natijasida   taqdimot   fayllarini   internet   brauzerining   o‘zida   onlayn   ravishda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ko‘rish   uchun   flash   (swf)   formatida   yoki   HTML   5   texnologiyasi
asosida   yaratilgan   fayl   bo‘lishi   kerak.   Hozirga   kelib,   PowerPoint   dasturida
tayyorlangan   taqdimotdan   flash-rolik   shakllantirish   imkoniyatini   beruvchi   dasturlar
yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring
Presenter   kabi   variantlarga   ega   [http://www.ispringsolutions.com].   Mustaqil
ekspertlarning  fikriga  ko‘ra,  bugungi  kunda  mazkur  mahsulot   tezligi,  bir  formatdan
boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan
biri   hisoblanadi.   iSpring   nafaqat   flash-taqdimotlarni   yaratishga,   balki   ta’lim
jarayonida   qo‘llanilishi   mumkin   bo‘lgan   roliklar   tayyorlashda,   xususan,   ularga   turli
shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish
imkoniyatini ham beradi.
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
•   tаqdimot   fayllarini   bir   necha   (exe,   swf,   html)   formatlarda   konvertatsiyalash
imkoniyati;
•   taqdimot   kontentiga   tashqi   resurslarni   (audio,   video   yoki   flash   fayllarni)   kiritish
imkoniyati;
•   taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya
belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
•   video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
•   elektron   test(nazorat)larini   yaratish   va   natijalarini   elektron   pochtaga   yoki   masofaviy
o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish
uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
•   masofaviy   o‘qitish   tizimida   foydalanish   uchun   SCORM/AICC   —   mos   keluvchi
kurslarini yaratish;
taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
•   videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
•   YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
Ishning bajrilish tartibi
19 Power Pointda  iSpring orqali taqdimot yaratish uchun avvalo iSpring dasturi o’rnatilgan
bo’lishi   kerak.   Power   Pointga   kirganimizda   “ iSpring   Suite   ”     tugmachasiga   duch
kelamiz va shu orqali dasturga kiramiz va undan “ Публикация ” tugmasini tanlaymiz.
20 “ Публикация ” tugmasi orqali quyidagi hosil bo’ladi. Bu yordamida biz prizintatsiyani
nomlashimiz, qayerga saqlashimizni ko’rsatishimiz, Playerini tanlashimiz mumkin.
21 22 Bu   yerda   esa   slaydlarni   qancha   vaqtda   o’zgarib   turishini   belgilaymiz.
                                               
23 Xulosa
          Men   iSpring   flash-taqdimotlarni   yaratish,   balki   ta’lim   jarayonida   qo‘llanilishi
mumkin   bo‘lgan   multimediali   darslar   tayyorlashda,   xususan,   ularga   turli   shakldagi
so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini
ham   berishini   kurishimiz   mumkin   va   videotasvirni   yozish   va   uni   taqdimot   bilan
sinxronlashtirish       testlar   tuzish   imkoniyatlari   juda   keng   dastur   hisoblanadi.Bunda   11
xildagi testlarni  tuzishimiz mumkin.iSpring dasturida test  tuzganimizda   birdaniga o’zi
slayd ko’rinishiga o’tkazib beraveradi.
       
24                                         Foydalanilgan Adabiyotlar
      1.Ziyonet.uz
2.Arxiv.uz
3. www.edu.uz  
4.Moodle masofaviy tizimi
5.’’Pedagogik dasturiy vositalar’’ Tursunov S.Q Toshkent 2017
6.’’Pedagogik dasturiy vositalar’’ SH.Pozilova Toshkent 2021
  172 ta sahifa
25

Mavzu; Power point va Ispring paketi yordamida taqdimot shaklida multimediyali ilovalar yaratish Reja; 1) Nazariy qism 2) Ishning bajarilish tartibi 3) Xulosa 4) Foydalanilgan Adabiyotlar 1

Nazariy qism Elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi.Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring QuizMarker, iSpring PRO va iSpring Kinetics kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi. iSpring Suite – bu PowerPoint dasturida elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi professional vosita hisoblanadi. iSpring dasturi yordamida foydalanuvchi bir nechta bosqichdagi o‘quv kurslarini yaratishi va nashr qildirishi mumkin: a) Power Point- taqdimotlar bazasida o‘quv kurslarini yaratish; b) Audio va video fayllarni birlashritish; c) Interaktiv testlar yaratish; d) Interaktiv bloklar yaratish; e) Masofaviy ta’lim tizimi uchun ma’lumotlar tayyorlash. iSpring Suite dasturi o‘zida iSpring Pro, iSpring QuizMaker va iSpring Kinetics dasturlarini jamlagan. iSpring dasturini uskunalari PowerPiont dasturining menyular satriga sozlanadi. iSpringning o’rnatilishi muvofaqqiyatli bajarilgandan so’ng, Power Pointga iSpring insturimental qatori qo’shiladi. iSpringning funksiyalaridan tayyorlangan fayli Flash formatga o’ziga xos playback (boshqarilish)ni yuzaga keltiradi. Audio va videolar bilan Flahda tayyorlangan fayl yaxshiroq bo’ladi. Eslatma, aytish kerakki iSpring Proga qo’shiladigan xar bir ma’lumot Windows uchun o’ziga xoss ahamiyatga ega. iSpring Pro yordamida: Windowsda Flashni muomilaga chiqarish; Prezentatsiyani tadqiq etish; Window bilan bog’lanish; Windowni taqdim etish; 2

Windowda audio yozish; Windowda vidio yozish; Windowda sinxron qilish; Windowga so’rovlar qo’yish; Windowni Flashga kiritish mumkin. tugmasini bir marta bosish orqali yuqori darajadagi Flash movie o’rnatiladi. iSpring Quick Publishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri taqdim etiladigan prezentatsiyada ortiqcha o’zgarishlarga yo’l qo’ymaydi. iSpring Pro 180 dan ortiq effektlarga ega. Bu ko’rsatkich Power Point 2007 dagi barcha effektlar kombinatsiyasidan iboratligi, ko’plab harakatlarni o’z ichiga olganligi hamda shu ko’rsatkich bo’yicha harakatlarni mukammallashtirganligi bilan tasvirlanadi. iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud: t а qdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati; taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati; taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»; video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish; elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi); masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish; taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API; videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish; YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati. Elektron axborot ta’lim resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: bir о r-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish; vaqt shkalasini yaratish; 3 o‘lchovli kitob yaratish; FAQ yaratish mumkin. Elektron axborot ta’lim resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin. iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: t а rmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati; 3

ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari; bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari; ochiq test topshiriqlari; o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar; to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati Informatika fanidan test savollarini tuzish metodikasi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ishlab chiqiladigan test topshiriqlariga qo‘yiladiladigan asosiy talablar. O‘qituvchilar pedagogik faoliyatida vujudga kelayotgan mazkur qiyinchiliklar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash va ularni baholash uchun foydalaniladigan nazorat topshiriqlarini xilma-xillashtirish jarayonida vujudga kelayotganligi sababli, shu muammoni malaka ishida yoritish lozim deb topildi. Testologiya – (inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, test - sinov), yunoncha logos - bilim) so‘zlari birikmasidan iborat. Testologiya fanlararo fan bo‘lib, ilmiy asoslangan va sifatli diagnostik o‘lchov metodikasi haqidagi fan sanaladi. Psixologiyada testologiyaning mazmuni asosan tabaqalashtirilgan psixometriyaning mazmuniga mos keladi. Testologiyaning prinsiplari va metodlari psixologiyaning chegarasidan chiqib, hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar: test topshiriqlarini tuzish metodikasi, samaradorlik, ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test sinovining o‘tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o‘lchovi ham e’tiborga olinishi lozim. Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo‘lib, tadqiqotchilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni tavsiya etmoqda. Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: Test topshirig‘i mazmunining to‘g‘riligi; Savolning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tanlanishi; Test topshirig‘i shaklining to‘g‘riligi; Test topshirig‘ining savol va javobning qisqaligi; Test topshirig‘i elementlarining to‘g‘ri joylashganligi; 4

Test topshirig‘ining to‘g‘ri javoblari bir xil baholanishi; Tahsil oluvchilarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma berilishi; Ko‘rsatmalarning test topshirig‘i va mazmuniga mosligi. Bundan tashqari test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablarga javob berishi lozim. Test topshiriqlarini tuzishda mazmun asosiy o‘rinni egallaydi, shu sababli o‘quv kursi mazmunidagi bilimlarni aniqlash va ularga mos o‘quv maqsadlariga erishish darajasini belgilaydigan test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq. Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari: Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko‘nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi; Ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etgan ko‘psonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud; Tahsil oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo‘l qo‘yish oldini oladi. Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy statistik tahlilini o‘tkazish imkon berishi kabilar zamin yaratgan. Olingan natijalar va testlarning maqsadga muvofiqligi quyidagi mezonlar bo‘yicha tahlil qilinadi: 1.Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o‘rganilayotgan ob’ektning xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, u tahsil oluvchilar tomonidan mazkur xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko‘ra: Reproduktiv daraja; Produktiv daraja; Qisman-izlanishli daraja; Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin. Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilarning tomonidan yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish odatiy vaziyatda axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Produktiv darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan o‘rganilgan ob’ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi. 5