PYTHON DASTURLASH TILI VA UNING IMKONIYATLARI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI Fizika -matematika fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi Toshboyeva Guljahon O`tkir qizi “PYTHON DASTURLASH TILI VA UNING IMKONIYATLARI BO`YICHA USLUBIY QO`LLANMA” “Kasb ta’limi:Informatika va axborot texnologiyalari” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun BITIRUV MALAKAVIY ISHI “Ish ko’rildi va himoyaga ruxsat Ilmiy rahbar_____H.Sh.Rustamov berildi” «___» ______________2017y. Kafedra mudiri Taqrizchi____ ______dots.T.B.Boltayev «___» ______________2017 y. «___» ______________2017 y. «Himoya qilishga ruxsat berildi » Fakutet dekani prof.Sh.M.Mirzayev «___» ______________2017 y. Buxoro -2017
2 MUNDARIJA Kirish ……………………………………………………………………….. 3 I BOB. Python dasturlash tili va uning sintaksisi . 1.1. Python dasturlash tili yaratilish tarixi, imkoniyatlari va uni o`rnatish ….. 6 1.2.Python tili sintaksisi, asosiy operatorlari.. …………………………….... 12 1.3.Funksiya, fayllar bilan ishlash, sanoq sistemasi va son... ……………… 18 1.4.Satrlar bilan ishlash ………………………………… ……….. ………… 28 II BOB. Pythonda ma’lumotlar tuzilmasi va tilning standart modullari 2.1.Ro`yxat va kortej……. ………………………………………………… 33 2.2.Lug`atlar va to`plamlar bilan ishlash.. ………………………………….. 48 2.3. Modul tushunchasi, standart kutubxonalar, sys va copy moduli ……….. 55 2.4.Math, cmath, random va os moduli…………….. ……………………... 60 Xotima ……………………………………………………………………. 62 Adabiyotlar ……………………………………………………………… 63
3 K irish “ Dunyoda ilmdan boshqa najot yo`q va bo`lmagay. ” Imom Al -Buxoriy. O‘zbekistonda ijtimoiy -iqtisodiy sohada, shu jumladan axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy axborotlashgan jamiyatni shakllantirish borasida ken g ko‘lamli islohotlar izchillik bilan va aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Zamonaviy kadrlarni yetishtirish borasida respublikamiz ta‘lim tizimida tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga sabab, «Ta‘lim to’g’risida»gi qonun va «Кadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi va ularda ilmiy -texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasiga tadbiq qilish, ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog’liq еkanl igining aniq ko’rsatilishidir. Hozirgi kun da ta’lim -tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, ta’limni kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo’yayotgan hozirgi davrda axborotlashgan ja miyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Respublikamizda o’qitish texnologiyalarini zamonav iylashtirishni jadllashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori pog’onasiga ko’tarilishga amaliy imkoniyat ta’mi nlovchi asosiy ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi asosiy vazifa jahon talablariga mos keluvchi axborot texnologiyalarini o’qitish jarayoniga qo’llashdan iborat. O’zbekistonda ta’lim tizimining axborotlashtirilishi xalqaro hamjamiyatda ham tan olindi. Masofaviy ta’limni rivojlantirish bo’yicha bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda. Iqtisodiyot va jamiyatda islohotlarning o’tkazilishi natijasida o’quv jarayonining zahira hajmini keskin oshirish bo’yicha yangi talablar qo’yi ldi. Hozirgi kunda
4 axborot eng asosiy ishlab chiqaruvchi resurslardan biriga, iqtisodiyot va umuman jamiyatning rivojlanish poydevoriga aylanmoqda. Yangi axborot - kommunikatsion texnologiyalar hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sa babi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orrtirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibida yuqori malakali mutaxasislarning roli benihoya kattadir. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ”Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo’lgan yuksak malakali mutaxasislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yuksak mutaxasislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tad biq etilmoqda. O’zbekistonda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirish, jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyatli tizimli rivojlanishi yan ada yuqori pog’onaga ko’tarildi. Bitiruv malakaviy ish mavzu sining dolzarbligi: mavzuning dolzarbligi shundan iboratki , Python bu umumiy maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladi gan yuqori darajali dasturlash tili, chunki o'rganish oson va qulay sintaksisga ega. Undan tashqari skriptli dasturlash tillariga kiradi. Python dinamik tipizatsiyaga ega, obyektga yo'naltirilgan dasturlash, funksional dasturlash, strukturali, avtomatik xo tirani boshqarish va albatta ko'p patokli dasturlash tillaridan biri. Python har xil platformalar uchun yozilgan masalan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va hokazo. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham bor uni nomi IronPython. Bugungi kunda dunyoga mashhur ko`plab kompaniyalar NASA, Google, Yandex, CERN, Apple computer, Dream Works, kosmik teleskop institutlari Pythonni ishlatishadi. Dunyoni ng rivojlangan mamlakatlari AQSH (Koliforniya Universiteti, Florida Universiteti, Lova Universiteti, Massachustva Texnologiya Universiteti ), Kanada (Toronto Universiteti, Alberto Universiteti), Buy uk Britaniya (Oksford Universiteti),
5 Fransiya, Rossiya, Avstraliya, Ispaniyaning universitet va kollejlarida o`qitishda Python dasturlash tili qo`llaniladi. Pythonning o`ziga xos jihatlaridan biri bu dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, mi sol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishga hojat qolmaydi. Shuningdek dasturni yozish davomida ortiqcha kod yozishdan xalos bo`linadi. Masalan: massiv elementlarini tartiblash misolini Paskal va Python dasturi dagi talqinini taqqoslab solishtirib ko`ra ylik. Shu bilan birga Pythonda dastur yozayotganda begin -end, {} yoki satr tugagani bildirish uchun nuqtali vergul (;) qo`yilmaydi. Tadqiqot ob'yеkti va prеdmеti: Python dasturlash tili. Dasturiy ta’minotlar bilan jihozlangan kompyuter xonalari . Python dasturlash tilida dastur tuzish uchun WingWare , Paycharm, Paydev, Notepad++ va boshqa muhitlari . Dasturlar ni tuzishda va muhitlar bilan ishlashda kompyuter texnologiyalari, shu bilan birgalikda eng zamonaviy usullardan foydalanish. Biz tadqiqot obyekti sifatida Wingware muhitida ishlab dastur natijalarini olishga harakat qildik. Ishning maqsadi va vazifalari: Python dastulash tili h aqida uslubiy qo`llanma yaratish . Python dasturini o`rnatish, uning sintaksisini, opera tor va funksiyalarini o`rganish, arifmetik amallarni bajarishni, sonlar, satrlar bilan ishlashni hamda ulard an foydalanib masalalar yechishni o`rganish. Masalalarr yechimini to`griligini kompyuterga WingWare muhitiga kiritib tekshirib ko`rish. Python tilining imkoniyatlarini ko`rish, uni bugungi kundagi qanday loyihalarni tuzishda ishlatilishini o`rganish . Talabalar mustaqil shug’ullanishlari uchun uslubi y qo’llanma ko’rinishida tayyorlash. Talabalarga kompyuterda mustaqil masala yechish usullarini ko’rsatish va talabalarni dasturlashga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. A.sort() For i:= 0 to N-1 do For j:=N -2 downto i do If A[j] > A[j+1] then begin c:=A[j]; A[j]:=A[j+1]; A[j+1]:=c end;