QADIMGI BOBIL PODSHOLIGI
QADIMGI BOBIL PODSHOLIGI MUNDARIJA: KIRISH ASOSIY QISM I BOB.QADIMGI BOBIL PODSHOLIGI: TABIIY SHAROITI, AHOLISI, DAVLATNING TASHKIL TOPISHI I.1. Qadimgi Bobilning tabiiy sharoiti, aholisi, xo‘jaligi va iqtisodiyoti I.2. Qadimgi Bobil podsholigining tashkil topishi I.3. Xammurapi davrida Qadimgi Bobilning yuksalishi II BOB. YANGI BOBIL PODSHOLIGI II.1. Yangi Bobil podsholigining tashkil topishi. Navuxodonosor davrida davlatning yuksalishi II.2. Qadimgi Bobil madaniyati: din, adabiyot, san’at, me’morchilik XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH Bobil insoniyat tarixidagi eng qadimiy, eng yirik shaharlardan biridir. Uning tarixini kuzatarkanmiz, urbanistik markazlarning uzluksizligini va davomiyligini ko‘ramiz. Bobil va uning atrofida juda qadimdan katta-kichik shaharlar vujudga kelgan. Bobil inqirozga uchraganidan so‘ng ham uning yaqinida yirik shaharlar vujudga kelavergan. Buni har xil tushuntirishadi. Birinchi nuqtai nazar: shaharlar qulay geografik hududda joylashgani bois yangi shaharlar ham uning atrofida vujudga kelaveradi. Ikkinchi nuqtai nazar: keyingi xalqlar oldingi xalqlar yaratib ketgan tayyor infrastrukturani o‘zlashtirib, davom etadi. Vallestrayn aytganiday, imperiyalar dunyo-iqtisodiyotlar – bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan bog‘liq viloyatlar va davlatlardan iborat kichik “dunyo”lar yaratadi; imperiyalar yo‘q bo‘lsa ham bu dunyolar uzoq vaqt saqlanadi – yillar, asrlar davomida bir-biri bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan xalqlar bu aloqalarni davom ettiradi. Bu yaqinlikdan foydalangan holda mana shu hududda yangi imperiyalar yaratish mumkin. Yangi imperiyalar yaratilmasa, bu yaqinlik sekin-asta yo‘qolib boradi. Bu jihatdan Ahamoniylar davlati ham, undan keyingi davlatlar ham Bobilning davomidir, ya’ni Bobil saltanatining infrastrukturasi, an’anasi, merosi Ahamoniylar tomonidan o‘zlashtirilgan va davom ettirilgan: davlat tuzumi, byurokratiya, yozuv, hatto til. Bobil atrofida ko‘p siyosiy voqealar ro‘y bergan; Aleksandr Makedonskiy ham Bobilni o‘z poytaxti deb e’lon qilgan va shu yerda vafot etgan. Uning merosxo‘rlari ham Bobilni markazlardan biri deb bilgan.Parfiya hukmdorlari Bobilni egallab, o‘zlarini Bobil shohlari deb e’lon qilishi ham eski an’anaga, Bobil dunyo-iqtisodiyotiga merosxo‘r ekanini ko‘rsatishga qaratilgan qadam edi. Lekin u paytga kelib Bobil anchayin tushkunlikka kelib qolgani bois uning yaqinidagi Upi (Opis) shahri poytaxtga aylantirildi. Opis Selevkiylar imperiyasi davrida Selevkiya deb qayta nomlangan edi. Parfiyaliklar unga Ktesifon nomini berdi. U Parfiya imperiyasining poytaxtiga aylandi.Sosoniylar Parfiyani qulatgach, ular ham Ktesifonni o‘zlariga poytaxt qilib tanladi. Ya’ni ular ham parfiyaliklar da’vo qilgan Bobil dunyo-iqtisodiyotiga merosxo‘r sifatida siyosat
sahnasiga chiqishdi. Forslar davrida Ktesifon jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. Ktesifonning o‘zi bir paytlar Bobil atrofida o‘sib chiqqan kichik shaharlardan biri bo‘lganiday, endi uning atrofida shaharlar o‘sib chiqdi: Valashobod (Parfiya shohi Valash qurdirgan), Veh-Ardahshir (eski nomi Selevkiya, Sosoniylar sulolasi asoschisi Ardahshir nomiga qayta nomlangan), Veh- Antioki Xusrov (eski Antioxiyani Sosoniy Xusrov qayta nomlagan), Aspanbor.Arab xalifaligining birinchi sulolasi – Ummaviylar Abbosiylar tomonidan ag‘darib tashlagach, xalifa Abu Ja’far al-Mansur 762 yil 30 iyulda eski Ktesifon (arablar Madoyin deydi) va Bobil xarobalaridan uzoq bo‘lmagan yerda yangi shahar – Bag‘dodga asos soladi va xalifalik poytaxtini Damashqdan yangi shaharga ko‘chiradi. Poytaxt nomiga qarab Arab xalifaligi ba’zan ikki bosqichga bo‘linadi: Damashq xalifaligi va Bag‘dod xalifaligi.Abbosiylar uzoq asrlar mobaynida Bag‘dod xalifalari bo‘lib qoladi. Boshida ular ulkan imperiya hukmdorlari bo‘lsa, keyinchalik ko‘p jihatdan Sharq siyosatida Yevropadagi Rim papalariga o‘xshash rolni bajaradi: faqat Bag‘dodga egalik qilib, diniy nufuzidan foydalangan holda u yoki bu sulolalarni, davlatlarni bir-biriga to‘qnashtiradi, turli musulmon viloyatlariga ta’sir o‘tkazadi va hokazo. Turli sulolalar o‘z vaqtida Bag‘dodni egallab, amalda uni boshqaradi, lekin Abbosiylar sulolasini diniy hayot rahbarlari sifatida saqlab qoladi. 1258 yilda mo‘g‘ul xoni Xulaguxon qo‘shinlari Bag‘dodni egallab, vayron qilishi qariyb 3,5 ming yil hukm surgan Bobil dunyo- iqtisodiyotiga chek qo‘yadi. Bag‘dod shahri saqlanib qoladi, lekin ortiq ilgarigi nufuzga ega bo‘lmaydi va dastlab Elxoniylarning, oxirida Usmonlilarning bir viloyati markazi vazifasini bajaradi. Lekin iqtisodiy-madaniy an’ananing uzoq yashashini e’tirof etmay ilojimiz yo‘q.Bobil judayam go‘zal va tom ma’noda ulkan shahar bo‘lgan. U barchani ulkanligi, rang-barangligi, kosmopolitligi, bag‘rikengligi va o‘ta zamonaviyligi bilan hayratda qoldirgan. Yahudiylarda, xristianlarda, yunonlarda u hashamat, boylik va axloqiy buzuqlik ramziga aylangan. Insoniyat taraqqiyotining mazmunini ochib beradigan, o‘tmishning mantiqini, his-tuyg‘ularini tushunishga, 4 ming yillik madaniy va lisoniy xilma-
xillikni tushunishga ko‘mak beradigan tarixni va ayni paytda poetik hissiyotlarni o‘zida jamlaydi Kabirov A. Qadimgi Sharq tarixi. – T.: “Tafakkur”, 2017-y 50-51 b
I BOB.QADIMGI BOBIL PODSHOLIGI: TABIIY SHAROITI, AHOLISI, DAVLATNING TASHKIL TOPISHI I.1. Qadimgi Bobilning tabiiy sharoiti, aholisi, xo‘jaligi va iqtisodiyoti O‘z nomiga ko‘ra, Daryo oralig‘i tarixiy-geografik hududda ikki Daryo — Frot va Dajla o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ular o‘z suvlarini Fors ko‘rfazi havzasiga olib borishgan. Suv toshqini paytida suv havzalari tuproqni namlantirdi, bu esa ushbu yerlarning joylashishiga va iqtisodiy faoliyatning rivojlanishiga yordam berdi. Daryolarning yaqinligi har doim ham ijobiy natijalarga olib kelmadi. Ba'zida katta toshqinlar sodir bo‘lib, ekinlar va uylarni vayron qildi va qum bo‘ronlari ekinlarni qum bilan qopladi. Vaqt o‘tishi bilan odamlar to‘g‘onlar va sug‘orish kanallarini qurishni o‘rgandilar, bu esa hosilning o‘sishi va iqtisodiy o‘sishga xizmat qildi. Qadimgi Bobilning tabiiy sharoitlari nafaqat donli ekinlarni, balki injiq mevali ekinlarni ham etishtirishga imkon berdi. Qishloq xo‘jaligidan tashqari, mahalliy aholi baliqchilikni rivojlantirgan. Daryo oralig‘i bir necha sohalarga bo‘lingan — yuqori va pastki. Birinchisi Shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, Ararat tog‘lari bilan chegaralangan va Ossuriya deb nomlangan, ikkinchisi Fors ko‘rfaziga tutashgan va turli vaqtlarda bir nechta nomlarga ega bo‘lgan — Akkad, Shumer va Bobil. Mesopotamiya imperiyasi paydo bo‘lgan hududlar hozirda Iroq, qisman Turkiya va Suriya tomonidan egallab olingan 1 . Qadimgi Bobil Shohligi aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik edi. Katta chorvachilik, avvalgidek, faqat janubda, botqoqli joylarda katta yaylovlar mavjud bo‘lgan dengiz bo‘yidagi hududlarda rivojlangan 2 . Dala ekinlaridan asosiy o‘rinni bug‘doy, arpa va sesame (sesame) — moyli ekinlar egalladi. Bog‘dorchilik ekinlaridan eng muhimi xurmo madaniyati bo‘lib qoldi. Dala dehqonchiligi normal sharoitlar haqida yuqori hosil berdi, bu nafaqat aholining ehtiyojlarini qoplabgina qolmay, balki Qirollik va Ma'bad qutilariga tabiiy soliqlar shaklida va ichki bozorda sotiladigan katta ortiqcha hosil berdi. Chor 1 Дьяков В.Н. ” Никольский Н.М. История Древнего мира ” Учебник для учителей институтов. М., 1952 с. 90- 91. 2 Abdullayev.U.A “Jahon tarixi” (Qadimgi dunyo tarixi) – T.: 2017-y. 540-541 b