Qadimgi va o‘rta asrlarda Koreya san’ati. (arxeologik va yozma manbalar asosida) mavzusida
Qadimgi va o‘rta asrlarda Koreya san’ati. (arxeologik va yozma manbalar asosida) mavzusida Mundarija Kirish… ……………………………………………………………………….4-7 1 Bob. Qadimgi Koreya madaniyatining xususiyatlari 1.1. Koreya yarim oroli tosh davri moddiy madaniyati… ………………….7-12 1.2. Bronza davri va i lk temir asri maddiy madaniyati… …………………….12-16 II Bob . Qadimgi va ilk o’rta asrlar Koreya tarixi va madaniyati 2.1. Qadimgi Joseon davlati madaniyati …………………………………….18-24 2.2. Uch qirollik davrida i jtimoiy madaniy hayot ……………………………24-38 3-bob. K oreya o`rta asrlar san’ati 3.1. Uch Davlat davrida q urilish va arxitektura si …………………………..38-45 3.2. Yagona Silla davrida budda me’morchiligi va haykaltaroshligining gullab- yashnashi ……………………………………………………………………46-63 3.3. Uch qirollik va birlashgan kuchlar davri musiqa madaniyati va tasviriy san’ti ………………………………………………………………………..63-72 Xulosa ………………………………………………………………………72-75 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Ilovalar. 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda O'zbekiston va Koreyani o'zaro strategik hamkorlik aloqalari birlashtirmoqda. Tabiiyki, ikki mamlakat xalqlarining o'zaro qiziqishlari ham kundan kunga oshib bormoqda. Koreya Respublikasi O'zbekiston iqtisodiyotining eng yirik investorlaridan biri hisoblanadi. Minglab koreyslar O’zbekistonga tashrif buyurmoqdalar, o'z navbatida, ko'plab o‘zbekistonliklar Koreyaga biznes, ish, o'qish va dam olish uchun borishi natijasida koreyslar o'zbek va rus tillarida, o'zbekistonliklar esa koreys tilida bemalol so'zlashmoqdalar. Aynan yaqin aloqalar tufayli har ikki mamlakat haqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishga intilish ham tabiiy holatdir. Dissertasiya qadimgi va o’rta asrlar Koreya san’atiga bag’ishlangan bo’lib, bu tarix Koreya fuqarosi sifatida O’zbek ilmiy jamoatchiligiga yetkazib berilmoqda. O’zbekistonda Koreya madaniyati va san’atini o’rganishga qiziqish ortib bormoqda. 2019 yil aprel oyida Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O’zbekistonga tashrif buyurdi. Shu tashrif davomida Toshkent shahrida Koreya madaniyati va san’ati uyi ochildi. Koreya madaniyati va san’ati uyi madaniyatlarni o’zaro boyitish markazi, keng jamoatchilik va o’sib borayotgan avlod uchun sevimli joy, shuningdek, O’zbekistondagi koreys diasporasi, bu yerda ishlayotgan koreyslar va barcha o’zbeklar uchun umumiy uyga aylandi. Koreya Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuvda bugungi kunda O’zbekistonda koreys millatiga mansub 200 mingga yaqin fuqaro istiqomat qilishi, yuzlab koreyslar O’zbekiston respublikasining yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan. O’zbekistonda Koreys madaniyati oid o’nlab markazlar faoliyat ko’rsatmoqda. Respublika oliy o’quv yurtlarida koreys filologiyasi o’rganiladi, maktab va liseylarda esa, koreys tili o’rgatiladi. Koreys millatiga mansub fuqarolar uchun milliy madaniyati, tili, an’analari va urf- odatlarini saqlash va rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Koreya san’ati tarixi bilan bog'liq tarzda bayon qilingan ma’lumotlar va tafsilotlar kelgusida maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlari uchun tayyorlanadigan tarix 2
darsliklarini to'ldirib, o'quvchi va talabalarning Koreya haqidagi bilimlari yanada boyishiga xizmat qiladi. O’zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o’rtasidagi do’stona munosabatlarni rivojlantirishda har ikki mamlakatning boy o’tmishi madaniyati va san’atini o’rganish muhim hisoblanadi. Koreya san’ati tarixi va madaniyatiga jalb qilish orqali mazkur mamlakatning murakkab tarixini, koreyslarning uzoq tarixiy davr bilan bog'liq bo'lgan dunyoqarashi va tafakkur tarzini, ularning erkinlikka intiluvchi ruhi hamda mehnatsevarligini, iste'dodi va erishgan yutuqlarini yoritish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot obyekti va predmeti: Koreya yarim oroli mintaqasidan tarixning qadimgi va o’rta asrlar san’ati rivojini ko’rsatuvchi ko’plab arxeologik ashyolar va tarixiy manbalar mavjud. Ular koreys xalqining turmush tarzi, madaniyati va san’ati haqida noyob ma’lumotlar beradi. Ularning davriy sanalari, aholisining iqtisodiy xo’jalik asoslari, tarixiy jihatdan qaysi davrga tegishli ekanligi ilmiy tahlil etilgan. Koreya yarim oroli mintaqasidan tarixning qadimgi va o’rta asrlar san’atiga doir ma’lumotlar tadqiqotning obektini tashkil qiladi. Koreya san’atiga tegishli, manbalar, yodgorliklar va artefaktlar tadqiqotning predmetini tashkil qiladi. Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi: Jahon miqyosida Koreya yarim oroli qadimgi va o’rta asrlar san’ati haqida ko’plab tadqiotlar olib borilgan. Tomsk uneversiteti tarixchilari tomonidan “Koreya madaniyati” (Qadimgi davrlardan 1910 yilgacha) deb nomlangan fundamental tadqiqot e’lon qilingan. Unda Koreya amaliy va tasviriy san’tining rivojlanishi, Uch davlat va birlashgan kuchlar davri musiqa madaniyati, Koreya saroy va xalq musiqa madaniyati, O’rta asrlar budda me’morchiligi va haykaltaroshligining gullab-yashnashi kabi masalalar alohida tadqiq qilingan. M.I Nikitinaning “ Qadimgi Koreyaning afsona va ritullarigi bog’liq sheriyati”, A.V. Pogodayeva ning «Koreya badiiy madniyati” asarlarida mavzuga doir muhim ma’lumotlar keltiriladi. A.V. Solovyevning Koreya madaniyati tarixi doir fundamental tadqiqotlarida Samguk davri buddaviy haykaltaroshlikning rivojlanishi va keng tarqalishi bilan ajralib turishi, yagona ikonografik tizimning shakllanishi, Xitoydan olib kelingan haykallar va budda miniatyuralariga taqlid 3
qilish bilan boshlanish batavsil yoritib beriladi. Buddaning o’zi joylashgan yagona va guruh obyektlari; shuningdek, bodhisattvas tasvirlari, ko’pincha Avalokiteshvara va Maitreya tasvirlangan. Asosiy xom ashyo oddiy yoki zarhal bronza bo’lgan hamda tosh, loy va yog’ochdan yasalgan haykallar topilgan. O’zbekistonlik tarixchilardan V.Xan “Koreya tarixi” asarida Koreya tarixini yoritish bilan birga bu yurtning madaniyati, san’ati tarixiga doir qiziqarli ma’lumotlarni ham keltirib o’tadi. Tadqiqotning davriy chegarasi. Qadimgi va o’rta asrlar davrini o’z ichiga qamrab oladi. Bu davrda Koreya yarim oroli mintaqasi bo’ylab ko’plab ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar yuz beradi. Tadqiqotning maqsadi. Koreya yarim orolining qadimgi va o’rta asrlar davri tarixi, moddiy madaniyati va san’atini birgalikda, tadqiqot obyekti sifatida o’rganishdir. Tadqiqotning vazifalari. Mana shu maqsaddan kelib chiqib, muammo ilmiy yechimini topishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan: - Koreya yarim orolining qadimgi va o’rta asrlar davri moddiy madaniyati va san’atini tarqalish geografiyasini o’rganish; - qadimgi va o’rta asrlar davri san’atini tarixiy obida va arxeologik obyektlarda kuzatish; - faktik materiallarni yaxlit bir ilmiy tizimga solib, chuqur tahlildan o’tkazish va tegishli ilmiy xulosalar asosida umumlashtirish. Tadqiqot metodlari: Tadqiqot materiallari tarixiylik, ilmiy xolislik va obyektivlik prinsiplari asosida tahlil qilindi. Shuningdek, tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uyg’unligi kabi tamoyillarga amal qilindi va ilmiy-metodologik omil, tarixiy-falsafiy qarashlar hamda uslublarga jiddiy e’tibor berildi. Tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy yangilik: -Tadqiqotda Koreya yarim orolining qadimgi va o’rta asrlar davri moddiy madaniyati va san’ati, turfa xil urf-odatlari yaxlit bir ilmiy tizimga solib o’rganib chiqildi. 4
-Qadimgi va o’rta asrlar Koreya san’atining turli sohalarining rivojlanish darajasi, o’ziga xos xususiyatlari ochib berildi. Tadqiqotda chop etilgan ilmiy adabiyotlar va ko’pgina arxeologik ma’lumotlar o’rganib chiqilib, yangicha qarashlar asosida qaytadan tahlil qilindi; Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi: Dissertasiya mavzusi bo’yicha ilmiy jurnallar va ilmiy anjuman to’plamlarida 2 ta maqola e’lon qilingan. Dissertasiya tuzilishi va xajmi: Tadqiqot kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan ilmiy adabiyotlar ro’yxati va illyustrativ material-albom ilovalaridan iborat. Dissertasiyaning hajmi 88 bet, adabiyotlar ro’yxati va illyustrasiyalardan iborat. 1 Bob. QADIMGI KOREYA MADANIYATINING XUSUSIYATLARI 1.1. Корея ярим ороли тош даври моддий маданияти. Koreya yarim orolidagi ibtidoiy madaniyat ilk paleolit davriga (600-500 ming yil avval) borib taqalishi mumkin. Turli joylarda moddiy madniyat izlari topilgan. Koreyada qadimgi tosh asrining 50 dan ortiq yodgorliklari topilgan, ammo ularning bir nechtasi yaxshi o’rganilgan, shuning uchun mahalliy tosh davri madaniyatlarning aniq tasviri yo’q. Tosh davri quyi paleolit bosqichida (600-500 ming yil avval) boshlangan 1 . Paleolit odamlari g’orlarda yoki tosh qoyalari ostida yashagan. Ma’lumki, tarixni arxeologik jihatdan puxta va atroflicha o’rganishda juda ko’p tomonlarni hisobga olish, ya’ni har bir ashyoviy topilmalarni umumlashtirgan holda, ular qanday holatda va qayerdan topilganligini to’g’ri talqin qila bilish taqozo etiladi. Masalan, topilmalar qo’lga kiritilgan arxeologik yodgorliklar turlarining qaysi davrga, qanday ma’daniy qatlamlarga oidligini to’g’ri tasavvur qilishga harakat qilish kerak. Bu xususiyatlar odatda darsliklarda o’z aksini topa boradi. Arxeologik qidiruv ishlari tufayli yangidan-yangi materiallarning doimiy to’plana borishi natijasida mavjud darsliklar kundalik fan muvaffaqiyatlaridan 1 Культура Кореи : учебное пособие. Часть 1 (с древнейших времен до 1910 г.) / сост. Л.А. Андронова; Томский политехни- ческий университет. − Томск: Изд-во Томского политехниче- ского университета, 2014. С.6-17 5