SAMARQAND SHAHRINING MANZARALI DARAXTLARI VA ULARNING FENOLOGIYASI VA GUL CHANGLARINING TASNIFI
SAMARQAND SHAHRINING MANZARALI DARAXTLARI VA ULARNING FENOLOGIYASI VA GUL CHANGLARINING TASNIFI MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………....……....…3 I- BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. Samarqand shahar i ning tabiiy sharoiti .........................…… ………………8 1.2. Palinologiya fani tugrisida umumiy tushuncha …………………………….10 1.3. O’simlik g ul changini ng tuzilishi va rivojlanishi ……………………………15 II-BOB. TADQIQOT SHAROITLARI, OB’EKTI VA USLUBLARI 2.1. Tadqiqot sharoitlari……………………………………………………..…22 2.2. Tadqiqot ob’ektlari…………………………………………...……………....23 2.3. Tadqiqot uslublari………………………………………………...…..……... 35 III- BOB. TADQIQOT NATIJALARI 3.1. Samarqand shahar manzarali daraxtlar ning ro‘yxati, taksanomik taxlili, shahar xududi b o’ yicha tar q alishi ………………………………………….......................39 3.2. Samarqand shaharida o’sadigan manzarali daraxtlar ning fenologiyasi ………50 3.3. Samarqand shaharida o’sadigan manzarali daraxtlar gul changlarining morfologik tasnifi ……….……………………………………………………….56 3.4. Gul changini inson organizimiga ijobiy va salbiy tasiri ...................... ……59 XULOSALAR …………………………….…………………………….…..…61 TAVSIYALAR …………………… …..………………………………….……62 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATLARI …………….....….63 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi : Tabiatdagi barcha tirik mavjudotlarni o‘simliklar olamisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘simliklar qadim zamonlardan shu kunga qadar tabiatda va insonlar xayotida katta rol o‘ynab kelmoqda. O‘simliklar o‘yimiz derazasida, stolimiz ustida, xovlimiz atrofida, ko‘chalarda, bog‘larda hiyobonlarda insonlarga estetik zavq beradi. Manzarali o‘simliklar shahar va qishloqlarni ko‘kalamzorlashtirish, istiroxat bog‘lari, ishlab chiqarish binolari va turar joylarni bezatish uchun o‘stiriladi. Manzarali daraxtlar chiroyi, barglari, gullari, mevalar rangi, tanasining g‘aroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, ustunsimon) bilan tavsiflanadi. Ko‘pgina daraxt va butalar h avoda uchib yuruvchi modda fitonsidlarni ajratib chiqaradi. Bu esa havodagi mikroblarni faolligini bir necha marttaga kuchsizlantiradi. Inson va tabiat bir - biri bilan chambarchas bog’liq. Shahar va qishloqlarda turli bog’lar, parklar, dam olish maskanlari barpo qilinmoqda. Moddiy va ma’naviy o’sish madaniy hordiq chiqarish, qishloqlarni obodanlashtirish, turli tuman qurilishlar va ular atrofini ko’kalamzorlashtirish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. [ 12, 25 ]. Shahar sharoitida o’simlik dunyosining salomatlikni saqlashdagi roli bebaholigini ko’pchilik yaxshi bilishadi. O’simlik dunyosi daryolarimizning sersuvligini, yerlarimizning namligini saqlashda, yer ko’chishining oldini olishda juda kata ahamiyatga ega. U – hayvonot dunyosiga boshpana, inson va hayvonlar uchun oziq-ovqat manbai, aholi uchun hordiq chiqaradigan saylgoh. Hayot uchun bebaho oksigan ishlab chiqaruvchi «fabrika».[ 13, 18 ] Shahar sharoitida o‘simliklarning bo‘lishi albatta aholining yashashi va salomatligi uchun qo‘laylik yaratadi va ular ahvolini yaxshilaydi. S h u bilan birga bir qancha a llergik kasalliklarni ng keng tarqalishi ga xam sabab bo‘ladi. O‘simlik 2
changlari, zamburug‘ sporalari asosiy allergen sifatida qaraladi. Bular oqibatida pollinoz kasalliklari kelib chiqadi. Sanoatning rivojlanishi atrof - muhitni ifloslantirishiga, havo va suv havzalarini ayerozol va gaz shaklidagi chiqindilarni zavod, fabrika issiqlik elektr stansiyalari, isitish tarmoqlari, avtomobillar ko’proq chiqaradilar, bu esa odamlarning sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa O’zbekistonning keskin kontinental iqlimida bu yaqqol ko’zga tashlanadi.Bu muammo xalqaro axamiyatga yegadir. O‘simlik dunyosining beminnat xizmati faqat is gazini qabul qilib, toza kislorodga aylantirib berishi bilan emas, havo tarkibidagi ko‘plab kasallik tarqatuvchi mikroblarni zararsizlantirib beruvchi fitonsid moddalar ajratishi bilan ham ahamiyatlidir. Shu bilan bir qatorda hozirgi zamonda atrof muhitning ifloslanishi aholi salomatligiga jiddiy tasir ko‘rsatmoqda. S h u maqsadda butun dunyoda tabiiy atmosfera havosining tarkibini o‘rganish va monitoring etish tizimi zarurligi aniqlanmoqda. Malumki atmosferaning havo tarkibi turli xil changlardan biologik ximik zarrachalardan tarkib topgan. Bularning h ammasi inson salomatligi uchun juda katta tasir etuvchi omil sifatida qaralmoqda. XXII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Evropa mamlakatlarida allergik kasalliklarni keltirib chiqaradigan atmosfera havosi o‘rganilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda o‘simlik changlari aholi salomatligiga jiddiy zarar etkazdirmoqda va aynan shu maqsadda yirik industrial aeropalinologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Shifokorlarning malumotlariga ko‘ra pollinoz kasalligi oqibatida 35%-52% insonlarda allergik rinit, bronxit, traxit, astma kabi kasalliklarga aylanishi tasdiqlangan. A e ropalinologiya - kam o‘rg an i l gan zamonaviy biologiya sohasi bo‘lib, unda atmosfera tarkibidagi chang donalari va o‘simlik sporalari o‘rganiladi . Biologiyaning bu bo‘limi "aerobiologiya" 30-yillarda taklif qilingan. Keyinchalik bu atama kengaytirildi va h ozirgi vaqtda a e robiolo giya fani barcha ob’ektlarni o‘z ichiga oladi . Y a ni atmosferada mavjud bo‘lgan biologik zarralar: viruslar, bakteriyalar, suv o‘tlari, zamburug‘lar, sporalar, gulchanglar, o‘simliklar, 3
hasharotlar, va boshqalar . Bundan tashqari tirik organizmlar xayotiga tasir qiluvchi abiotik zarralar va gazlar (tutun, chang va boshqalar) . Xozirgi vaqtda aerobiologik doirasida ko‘rib chiqilayotgan organizmlar qatoriga o‘simlik gul changlarini olish mumkin. O‘simlik gul changlarini o‘rganish qanchalik qo‘lay yoki aksincha va insonlar salomatligi uchun xavfli ekanligini bilish dolzarb muammolardan bo‘lib qolmoqda. Gul changiga sezgirlik insonlar ichida yildan yilga oshib bormoqda. Epidemiologik tadqiqotlar ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 5-30% umumiy populyatsiyadagi odamlar polen allergiyasidan aziyat chekishadi. Pichan isitmasidan Evropa aholisining taxminan 15-20% zarar kuradi. Angliya aholisi orasida keng tarqalgan allergik kasalliklar o‘rtacha 16%, Daniyada 19%, Germaniyada 13-17% ni tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki allergik kasalliklar bilan chalinishi 25-35% ni tashkil qiladi. So‘nggi malumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalarning taxminan 8-15%, katta yoshdagi aholining 35% ni tashkil qiladi. SHu sababli, aeropolinologik tadqiqotlar hozirgi vaqtda dolzarbdir . M intaqaviy va floristik xususiyatlar , o‘ziga xos tur tarkibi , o‘simliklarning gullash vaqti va ketma ketligi, gulchang xosildorligi, havodagi changlarning sifat va miqdor tarkibiga qarab kasallikning namoyon bo‘lish xarakterini tushunish zarur. Polen donalari o‘zlariga biologik bo‘lmagan turli xil zarralar, chang va turli xil ifloslantiruvchi moddalarni uzoq masofalarga olib yurishi mumkin. Atrof muxit tasiri ostida polen donalari katta o‘zgarishlarga duch kelishi mumkin, bu esa inson organizmining allergik reaksiyalarga nisbatan javobining ko‘chayishiga olib keladi. Shuningdek xozirgi kunda allergen o‘simliklarni ko‘zatish va o‘rganish ayniqsa shaxar va tumanlar miqiyosida muxim xisoblanadi. Tadqiqot maqsadi: Samarqand shahrida o’sadigan manzarali daraxtlarning ro‘yxati, taksanomik tarkibi va shahar xududi bo’yicha tarqalishini, fenologiyasini va manzarali daraxtlar gulchanglarining morfologiyasini o’raganish. 4
Tadqiqot vazifalari: Samarqand shahrida o’sadigan manzarali daraxtlarning turlar tarkibini aniqlash va o‘rganish bo‘yicha qo‘yidagi vazifalar talab qilinadi: - Mavzu bo‘yicha ilmiy adabiyotlardan va internet tarmogidan ma’lumotlar to‘plash va taxlil qilish; - Samarqand shahrida o’sadigan manzarali daraxtlarning va gulchanglarining morfologiyasini o’raganish o‘simlik turlarini aniqlash va ro‘yxatini tuzish; - Samarqand shahrida o’sadigan manzarali daraxtlar gulchanglarining morfologik xususiyatlarini o‘rganish va ta h lil qilish; - Manzarali daraxtlar gulchanglarining aholi salomatligidagi xususiyatlari o‘rganish. Tadqiqot predmeti va ob’ekti : Tadqiqot predmeti sifatida Samarqand shahrida tarqalgan manzarali daraxtlarning taksanomiyasi, m a fologiyasi, ularning gullash biologiyasi va gul changlarining hosil bo‘lish jarayoniga qaratilgan. Samarqand shahri sharoitida manzarali daraxtlar tadqiqot ob’ekti sifatida tanlandi: Bular Sharq sauri , Qrim qarag’ayi , Botqoq savri , Arizona sarvi , Virjin archasi, Zarafshon archasi , Oddiy qoraqarag’ay , Semyonov zarangi, Soxta kashtan, Sho y i akatsiya, Turkiston qayini, Shamshod, Catalpa, Arg‘uvon, Oddiy shumtol, Lola daraxti, Yirik gulli Magnoliya, Eman, Totim, Akatsiya, Majnuntol, Yapon soforasi, Yurakbarg jo’ka, Qayrag‘och kabilar. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Samarqand shahrida gi manzarali daraxt larning taksanomiyasi o’rganildi va fenologiyasi tuzib chiqildi. Tadqiqotlar natijasida manzarali daraxt larning gulchanglari morfologik tuzilish lari aniqlandi Ishning aprobasiyasi. Tadqiqot natijalari quyidagi ilmiy konferensiyalarda va anjumanlarda muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha quyidagi ishlar chop etilgan: 5