SAMARQAND VILOYATI AGROTSENOZLARIDA O’SUVCHI BEGONA O’TALAR NEMATODAFAUNASI






![Nematodafauna tarkibidagi turlar oddiy afelenx ( Aphelenchoides parietinus ),
Kyun afelenxi ( A.Kűhnii ), poya nematodasi ( Ditylenchus dipsaci ) va maysa pratilenxi
( Pratylenchus pratensis ) kabilar sabzavot ekinlariga, jumladan pomidor uchun ham
zararli ekanligini qayd etadi. A.T.To`laganovning keyinchalik (1949) olib borgan
tadqiqotlarida Zarafshon vodiysining turli tuman va xo`jaliklarida sabzavot bodring,
qand lavlagi, piyoz, karam, sabzi va pomidorning fitonematodalarini o`rganish ishini
davom ettirib, ushbu o`simliklarda turli-tuman fitonematodalar uchrashini hamda
ularning ayrimlari sabzavot ekinlari uchun katta havf tug`dirishini isbotlaydi.
A.T.To`laganovning ma`lumotlariga binoan piyozda 23 tur, bodringda 26 tur,
pomidorda 28 tur va sabzida 20 tur nematodalar bo`lishi bilan xarakterlangan. Sabzavot
ekinlarining yer usti va ildiz sistemalarida topilgan turlarning ko`pchiligi o`simlik
shirasi bilan oziqlanuvchi parazit fitonematodalardan iborat bo`lgan. Shunisi xarakterli
bo`lganki tadqiq etilgan sabzavot ekinlarining barchasini vegetativ a`zolarida parazit
turlardan Ditylenchus dipsaci va Aphelenchoides parietinus uchragan. O`simliklarni
to`qimasi bilan oziqlanuvchi turlar orasidan esa Heterocephalobus elongates ko`p
uchragan.[33]
L.T. Sheptal (1964-1968) Samarqand va Tayloq tumanlarida sabzavot ekinlari va
kartoshkaning nematodafaunalarini barafsil o`rganib, nazatiy va amaliy ahamiyatga ega
bo`lgan ma`lumotlarni olishi mutaxassislar e`tiborini o`ziga jalb etadi. U Samarqand
viloyatining 2 ta tumanida etishtiriladigan sabzavot ekinlarida 162 tur nematodalar
uchrasi aniqlanadi. Ularning 22 turi o`simliklarning yer usti vegetativ a`zolarida, 39 turi
ildiz sistemasida yashashi qayd qilingan.
O`simliklarning vegetativ a`zolarida topilgan turlar orasida Aphelenchus avenae ,
Aphelenchoides parietinus , Ditylenchus destructor , D.dipsaci va Pratylenchus pratensis
kabi haqiqiy parazit fitonematodalar ekanligini aniqlangan.
Ayniqsa kartoshka poya nematodasi ( D. destructor ) kartoshka, pomidor, bodring
kabilarga juda katta ziyon keltirishini qayd etadi. [57]
O.I. Abdullayeva (1970) Toshkent viloyatida issiqxona sharoitida etishtiriladigan
pomidor va bodringni nematodafaunasini o`rganib, ushbu o`simliklarda va rizosferalari
tuprog`ida 143 tur uchrashini aniqlaydi. Issiqxonada o`suvchi pomidor va bodringning
7](/data/documents/3365f7ff-f896-473c-8448-f1f0de77e5dc/page_7.png)
![faunasi tarkubida 22 tur parazit fitonematodalar bo`lishi bilan birga, ushbu o`simliklar
ildizida bo`rtma nematodalari ( Meloidogyne hapla, M. incognita ) ancha keng
tarqalganligini qayd qiladi. Issiqxonalardagi pomidor o`simligining 30-35 % ni,
bodringni 25-30 % ni ildizi meloydogenozga chalinganligini aniqlaydi. Bundan tashqari
o`simliklarning yer ustki vegetativ a`zolarida, shuningdek ildiz sistemasida parazit
turlardan poya nematodasi, oddiy afelenx, maysa pratilenxi, ektoparazit nematodalar
ancha keng tarqalganligi ma`lum bo`ladi. [1, 2]
O`zbekistonda sabzavot ekinlarini nematodafaunasi va uni tarkibidagi parazit
fitonematodalarni o`rganishda E.I. Bratus, M.M. Karimova, Z.S. Aylarova, S.M.
Rizayeva va boshqalarning tadqiqot ishlarining ahamiyati kattadir.
E.I. Bratus (1981) Toshkent viloyati Kalinin tumanining bir qator xo`jaliklarida
sabzavot ekinlari, jumladan pomidor va bodringni nematodafaunasini o`rganib,
pomidorda 155 tur, bodringda 133 turdan iborat bo`lishini aniqlaydi. Ushbu
o`simliklarda parazit fitonematodalar ham ancha katta sonni tashkil qilishini qayd
qiladi. Pomidorda 13 tur, bodringda 9 tur parazitlar bo`lishi bilan birga, ikkala ekin ham
bo`rtma nematodasi bilan zararlanganligini ma`lum qiladi. Parazit fitonematodalardan
yana poya nematodasi, oddiy afelenx, chirituvchi afelenx, cho`l nematodasi, maysa
pratilenxi, soxta afelenx kabilar pomidor va bodringni vegetativ a`zolarida yashashini
qayd qiladi. Pomidor va bodringning nematodafaunalari tarkibidagi turlarni ekologik
xususiyatlariga binoan o`zaro farqlariga e`tibor berilganda ushbu tomandan hali ayrim
farqlar borligi namoyon bo`ladi. Agarda o`simliklarning rizosferasi tuprog`ida erkin
yashovchi turlar (para-rizobiontlar) 10 % ni, eusaprobiontlar 13.3 % ni,
devisaprobiontlar 29.2 % ni tashkil etsa, fitogelmintlar 47.5 % ni tashkil etadi. [7]
M.M. Karimova (1981) Farg`ona viloyatining Oxunboboyev tumanida 5 ta jamoa
xo`jaligida sabzavot ekinlari nematodafaunasini o`rganib, ushbu o`simliklar tanasi va
rizosferasi tuprog`ida 52 turdan iborat nematodalarni aniqlaydi. Xo`jaliklar sharoitida
sabzovot (pomidor va bodring) ekinlari topilgan turlar orasida parazit
fitonematodalardan Ditylenchus dipsacu , Helicotylenchus multicinctus,
Tylenchorhynchus dubius, Makropostonia rustika va Meloidogyne sp.sp kabilar ancha
keng tarqalganligini qayd qiladi. M.M. Karimova hammualliflari Z.S. Aylarova, S.M.
8](/data/documents/3365f7ff-f896-473c-8448-f1f0de77e5dc/page_8.png)
![Rizayeva, S.A. Nikolashinalar bilan birga (1981) Surxandaryo viloyatining Sho`rchi,
Denov, Sariosiyo, Gagarin va Termiz tumanlarida sabzavot va poliz ekinlarining
nematodafaunasini o`rganib, 191 turga mansub nematodalarni aniqlaydi. Ularning
ma`lumotlariga binoan sabzavot va poliz ekinlari orasida, parazit fitonematodalardan
kartoshka nematodasi, maysa pratilenxi va bo`rtma nematodalarining keng tarqalganligi
aniqlandi. [15]. O.I. Abdullayeva (1987) Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga
qarashli 6 ta xo`jalikda sabzavot ekinlarida uchraydigan nematodalar 73 turni tashkil
qilishini aniqlaydi. Uning bergan ma`lumotlariga binoan, tadqiqot olib borilgan
xo`jaliklarda sabzavot ekinlari kartoshka nematodasi, maysa pratilenxi va cho`l
nematodalari bilan kuchli zararlanganligini qayd qiladi. Huddi shunday ma`lumotlarni
Z.S.Aylarova (1987) Andijon viloyatining Xo`jaobod tumanida amalga oshirgan
tadqiqot ishlarida ham olgan. [6]
N.X. Xakimov (2000-2001) Samarqand viloyatining Samarqand, Pastdarg`om,
Go`zalkent, Jomboy tumanlarida sabzavot ekinlari maydonlarida fitonematodalarning
tuproqda vertikal tarqalish xususiyatlarini o`rganib, erkin yashovchi va parazit turlar
tuproqning 1 mert chuqurligigacha tushib borishini aniqlaydi. Lekin nematodalarning
tuproqda vertikal tarqalishi ma`lum qonuniyatlarga, eng avvalo o`simlik turi, harorat,
namlik, ozuqa, tuproqning kimyoviy tarkibi, gumus va boshqa omillarga bog`liq
bo`lishini aniqlaydi. Nematodalarning asosiy ko`pchiligi tuproqning yuza qatlamlarida
(0-20 sm) to`planishini kuzatilgan. O`simlik bilan yaqin munosabatda bo`luvchi turlar
(parazitlar) tuproqning haydov qatlamida ko`proq uchrashini, undan keyingi pastki
qatlamlarda esa asosan erkin yashovchi tuproq nematodalaridan iborat bo`lishi
aniqlangan. [] N.X. Xakimov va K. Turdiqulova (2004) Samarqand viloyatining Tayloq
va Urgut tumanlarida issiqxona sharoitida etishtiriladigan pomidor va bodringning
nematodafaunasini o`rganadi.
Tadqiqot ishlari davomida pomidor va bodringda topilgan 59 turning 19 tasi
parazit fitonematodalar guruhini tashkil etgan. Ushbu parazitlarning 5 tasi, jumladan
Paraphelenchus pseudoparietinus, Aphelenchoides parietinus, Ditylenchus dipsaci,
Pratylenchus pratensis va Meloidogyne hapla kabilar pomidor va bodringning barcha
vegetativ a`zolarida ancha katta miqdorda qayd qilingan. Shunisi e`tiborga sazavorki,
9](/data/documents/3365f7ff-f896-473c-8448-f1f0de77e5dc/page_9.png)

![Respublikamizda begona o`tlarning fitonematodalari faunasini o`rganish ishlari
1950 yillarda boshlangan. O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, professor
A.T. To`laganov rahbarligi hamda bevosita ishtiroki bilan 1952-1953 yillarda
Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyasi davrida
Amudaryoning quyi oqimida joylashgan bir qator (To`rtko`l, Qipchoq, Qo`ng`irot,
Shumanay, Xo`jayli, Chilebay, Shabboz, Kechayli va Quybishev ) tumanlariga qarashli
yerlarning biogeotsenozlari va agrotsenazlarida tarqalgan begona va yovvoyi o`tlarning
30 dan ortiq turlarini nematodafaunalarini o`rganish ishlari amalga oshirildi. [38]
Amudaryoning chap sohili bo`ylab joylashgan agrotsenozlarda, shuningdek
sug`orilmaydigan yerlarda tarqalgan 30 turga yaqin begona va yovvoyi o`tlarning
vegetativ a`zolari va rizosferalari tuprog`i namunalari to`plandi. O`rganilishi
rejalashtirilgan yovvoyi va begona o`tlardan semizo`t, qo`ypechak, bangidevona,
ituzum, yantoq, bo`ztikan, itqunoq, shuvoq, g`umoy, sinanxum, oddiy qamish, sho`ra,
shapaloq bargli o`t, qizilmiya, qo`ng`irbosh, tovuq tarig`i, amudaryo juft barglisi va
boshqalarning namunalarini to`plash, nematodalarini ajratib olish, ularning turlarini
aniqlash va tahlil qilish vazifasi A.Sh. Ataxonov tomonidan amalga oshirildi. Uning
ma`lumotlariga binoan tadqiq qilingan yovvoyi o`simliklari tanasida va ularning
rizosferasi tuprog`ida 150 turdan iborat nematodalar bo`lishi aniqlandi. Ushbu turlar
orasidan 16 tasi parazit fitonematodalar guruhini tashkil etgan. Shuningdek parazit
turlardan poya va bo`rtma nematodalari begona o`tlarda ancha keng tarqalganligi
ma`lum bo`ldi. Bundan tashqari fauna tarkibidagi turlarning 12 tasi fan uchun va 25 tasi
Markaziy Osiyo faunasi uchun yangi turlar ekanligi aniqlandi.
Muallifning nematodafaunani har tomonlama tahlil qilishi natijasida, har bir
yovvoyi o`simlik turining nematodalari tarkibi o`zgacha bo`lishini qayd qildi. Yantoq
boshqa begona o`simliklarga nisbatan turlarga eng boy bo`lishini aniqladi.
Amudaryoning chap sohili bo`ylab joylashgan biotsenoz va agrotsenozlarda o`suvchi
yantoqning yer usti va yer osti vegetativ a`zolarida, shuningdek rizosferasi tuprog`ida
76 turga mansub nematodalar topilgan. Fauna tarkibidan 9 turi parazit fitonematodalar
guruhini tashkil etgan. Parazit fitonematodalar bo`rtma nematodasining ancha ko`p
uchrashi e`tiborni o`ziga jalb qiladi, chunki ushbu (yantoq) o`simlik o`zida bo`rtma
11](/data/documents/3365f7ff-f896-473c-8448-f1f0de77e5dc/page_11.png)
![nematodasini tabiiy manba holida saqlanishida va madaniy ekinlar orasida tarqalishda
asosiy rol o`ynaydi.
Qoraqalpoqiston Respublikasi hududiga qarashli Amudaryoning chap sohili
bo`ylab tarqalgan yovvoyi o`simliklari orasida sinanxumda eng kam nematoda turlari
(29 tur) topilgan. Qolgan yovvoyi o`simliklarda 30 turdan 72 turgacha topilgan. Shunisi
xarakterliki yovvoyi o`simliklarining ko`pgina turlari ancha havfli parazit nematodalar
bilan, birinchi navbatda bo`rtma nematodalari bilan zararlanganligi qayd qilingan.
Sh.A. Ataxonovning tadqiqot ishlarida olgan ilmiy ma`lumotlarini tahlil qilar
ekanmiz, tadqiq etilgan yovvoyi o`simliklarning nematodafaunasi 150 turdan iborat
bo`lar ekan, ularning anchagina turlari saprozoylardan iborat ekanligini, hamda ushbu
guruh vakillari parazit turlar singari, agrotsenozlarga o`tishi va ularning birqator
turlarini madaniy ekinlarning vegetativ a`zolariga o`tib, o`simlik shirasi va to`qimasi
bilan oziqlanishi tufayli ma`lum darajada o`simlikka salbiy ta`sir ko`rsataolishini ham
aytib o`tish o`rinlidir. Saprozoylar parazit fitonematodalar singari turli-tuman yo`llar
bilan agrotsenozlarga tarqalib, madaniy ekinlarni zararlab, xilma-xil nematodoz
kasalliklarini keltirib chiqarishga faol ishtirok etishini aytib o`tish o`rinlidir. [4, 5]
Qoraqalpoqiston hududidagi Amudaryoning chap sohili bo`ylab joylashgan
tumanlari (To`rtko`l, Chimboy, Shabboz, Kegeyli va Kuybishev) hududida turli-tuman
biotsenoz va agrotsenozlarda o`suvchi yovvoyi va begona o`tlarning 15 turini, jumladan
itqunoq, yovvoyi tariq, bo`ztikan, qamish, qo`ypechak, semizo`t, sho`ra, yantoq
kabilarning nematodafaunasini o`rganishda A.T. To`laganovning olib borgan tadqiqot
ishining ahamiyati kattadir. U 15 turga mansub yovvoyi o`simliklarning va ularning
rizosferasi tuprog`i qatlamlarida uchrovchi saprozoy hamda parazit fitonematodalar
turlari tarkibini batafsil tahlil qildi.
A.T. To`laganovning ma`lumotlariga binoan yovvoyi va begona o`tlardan yovvoyi
tariq, itqunoq, palchatka, qamish va semizo`tda 41 turdan 54 turgacha nematodalar
uchratilgan. Ayrimlarida (qo`ypechak, sho`ra, bangidevona, bo`ztikan, yantoq,
sinanxum, amudaryo juft barglisi, shuvoq) esa 18 turdan 32 turgacha bo`lgan.
Keltirilgan ma`lumotlarga binoan Amudaryoning o`ng sohili biotsenoz va
agrotsenozlarda o`suvchi yovvoyi va begona o`tlar chap sohildagiga nisbatan
12](/data/documents/3365f7ff-f896-473c-8448-f1f0de77e5dc/page_12.png)
![nematodalar faunasi ancha kam bo`lishi bilan xarakterlanadi. Shuni ham aytib o`tish
lozimki, ikkala sohildagi nematodalar turlarining tarkibi sezilarli darajada farq qiladi.
Bir yovvoyi o`tning nematodalari ikkinchi yovvoyi o`tning faunasi tarkibidan farq
qiladi. Amudaryoning o`ng sohilidagi yovvoyi va begona o`tlarda hammasi bo`lib 83
tur topilgan bo`lsa, shularning qariyb 41 turi (49.3 %) o`simliklar bilan juda yaqin
munosabatda bo`luvchi fitonematodalardan tashkil topgan.
Umuman O`zbekistonda yovvoyi va begona o`simliklarni nematodafaunalarini
o`rganishda To`laganov A.T. va Sh.A. Ataxonovlarning tadqiqot ishlarining hamda
olgan ma`lumotlarini nazariy va amaliy ahamiyati juda katta ekanligini yana bir bor
aytib o`tish lozim.
Prof. Z.N. Norboevning 1964-1973 yillarda O`zbekistonning Samarqand, Andijon,
Farg`ona viloyatlari va Qoraqalpoqiston Respublikasi sharoitida bir yillik va ko`p yillik
madaniy o`simliklari hamda yovvoyi va begona o`tlar orasida bo`rtma va Heteroderidae
oilasiga mansub boshqa nematoda turlarining tarqalishini o`rganish bo`yicha
tadqiqotlarni amalga oshirdi. Uning ma`lumotlariga binoan xususan Samarqand
viloyatining Samarqand, Urgut, Payariq va Kattaqurg`on tumanlariga qarashli 18
xo`jaliklari hududlarida madaniy o`simliklar va yovvoyi hamda begona o`tlarda bo`rtma
va sista hosil qiluvchi nematoda turlari ancha keng tarqalganligini aniqladi. Madaniy
ekinlardan pomidor, sabzi va boyimjonning ayrim maydonlarda shimol bo`rtma
nematodasi bilan zararlanish darajasi 35-45 % ni tashkil etishini qayd qiladi.
Shuningdek madaniy ekin maydonlarida o`suvchi yovvoyi va begona o`tlarning bir
qancha turlari, jumladan bangidevona, kakra, qamish, shuvoq, qora ituzum,
qo`ng`irbosh, yovvoyi tariq, yovvoyi arpa, yovvoyi sabzi, china, yovvoyi beda, pudina,
qo`ypechak, semizo`t, amudaryo juftbarglisi kabilar ham bo`rtma nematodalari bilan
zararlanganligini aniqlaydi. Umuman Z.N.Norboevning tadqiqot ishlarida olingan
ma`lumotlarga binoan birgina Samarqand viloyati sharoitida madaniy va yovvoyi
o`simliklarning 64 turi shimol bo`rtma nematodasi bilan zararlanganligini qayd qiladi.
[22, 23]
K.X. Samiboeva (1981) Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida bir qator
jamoa xo`jaliklarida pomidor agrobiotsenozida o`suvchi begona o`tlar (qo`ypechak,
13](/data/documents/3365f7ff-f896-473c-8448-f1f0de77e5dc/page_13.png)
![g`umay, oddiy qamish, ajriq va boshqalar)ning nematodafaunalari va uning
dinamikasini o`rgangan. Uning qayd qilishicha agrotsenozdagi qo`ypechakning
nematodafaunasi 36 turdan, shiritsaning-38 turdan, oddiy qamishning-18 turdan,
g`umayning-12 turdan va ajiriqning-10 turdan iborat bo`lishini aniqlaydi.
Qo`ypechakning vegetativ a`zolarida 25 tur topilgan bo`lsa, ularning 8 turi yer usti
qismlarida va ildizda uchratilgan, 17 turi faqat ildiz sistemasida yashashi qayd qilingan.
Qo`ypechakning ildiz sistemasidagi turlar barcha ekologik guruhlar vakillaridan tashkil
topgan bo`lsa, yer usti vegetativ a`zolaridagi turlar faqat devisaprobiontlar va
fitogelmintlardan iborat bo`lgan. Pomidor agrotsenozida tarqalgan barcha yovvoyi
o`tlarning yer usti va yer osti qismlarida doimiy uchrovchi turlar sifatida
Heterocephalobus elongatus va Aphelenchoides parietinus kabilar barcha begona
o`tlarda uchratilgan. Shuningdek begona o`tlar tanasida yana Tylenchus davainii,
Ditylenchus dipsacii va Pratylenchus pratensis kabilar ham ancha ko`p uchraydigan
turlar qatoriga qo`shilgan. Bundan tashqari begona o`tlarning ayrim turlari ekin
maydonlarining o`sishi joyiga qarab nematodalar tarkibi turlicha bo`lishini qayd qiladi.
Masalan, maydon chetida sug`orish shahobchasida o`suvchi begona o`t, maydon
o`rtasida o`suvchi o`tda nematodalarni turlari ancha kam bo`lishini aytadi. [27]
N.X. Xakimov (2005) Samarqand viloyatida poliz ekinlari mahsulotini
etishtiruvchi bir qator fermerchilik xo`jaliklarida va shaxsiy tamorqalarda qovun va
tarvuz ekilgan maydonlarda o`suvchi begona o`tlarning nematodafaunasini o`rganib,
ushbu yerlarda keng tarqalgan semizo`t, qo`ypechak, yantoq, ituzum, bo`ztikan va
itqo`noq kabilarning nematodalari faunasida parazit turlarini soni va tarqalishini
aniqlash vazifasini bajardi. Begona o`tlar orasida bo`ztikan nisbatan turli-tuman
nematodalarga ega bo`lishi bilan ajralib turadi. Begona o`tlarning faunasi turli-tuman va
o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lsa, ulardagi o`xshashlik tamoni, barcha o`tlarda bir xil
tarkibdagi parazit fitonematodalar mavjudligi aniqlandi. Yovvoyi o`tlarning yer usti
vegetativ a`zolarida, ayniqsa ildiz sistemalarida 3 ta parazit fitonematoda-
Aphelenchoides parietinus, Ditylenchus dipsacii va Pratylenchus pratensis lar katta
miqdordagi individlari bilan namoyon bo`ldi. [51, 52]
14](/data/documents/3365f7ff-f896-473c-8448-f1f0de77e5dc/page_14.png)

![50-60 yillar davomida bunday begona va yovvoyi o`simliklarning nematodafaunalarini
o`rganish va ular tarkibida parazit fitonematodalarni mavjudligini aniqlash yuqoridagi
fikrlarni isbotlab berdi. Begona va yovvoyi o`tlarning qaysi bir turning
nematodafaunasini tahlil qilmaylik, uning tarkibida albatta parazit fitonematodalarni bir
qancha turlarining mavjudligini ko`ramiz. Bunday turlar insonning xo`jalik faoliyati
tufayli har xil yo`llar bilan agrotsenozlarga, undan esa madaniy ekinlarga o`tib, ularni
zararlab, har xil nematodoz kasalliklarini paydo qilib, ekinlarni nobud bo`lishi yoki
hech bo`lmaganda hosildorlikni kamida 20-30 % kamayishiga sabab bo`ladi.
Agrotsenozlarda o`suvchi begona o`tlarning parazit fitonematodalari haqida
gapirar ekanmiz, ushbu parazitlarning o`z xo`jayinlari bo`lmish begona o`tlar orasida
qanday darajada tarqalganligi, ularning begona o`tlarga qanday zarar keltiraolishi
hamda ushbu parazit nematodalarning qanday turlari madaniy ekinlarga o`tadiyu, qaysi
biri o`tmasdan qoladi. Bunday masalani oydinlashtirish maqsadida agrotsenozlardagi
begona o`tlarning parazit fitonematodalarini o`rganish parallel ravishda, bir vaqtning
o`zida shu agrotsenozlardagi madaniy ekinning ham fitonematodalari faunasini o`zaro
chog`ishtirish usulida olib borilishini taqozo etadi. Shundagina biz parazit
fitonematodalarni bir turdagi xo`jayindan boshqa turdagi xo`jayinga o`tishi yo`llari va
mexanizmi bo`yicha aniq ma`lumotlarga ega bo`laolamiz. Shundagina aniq va lozim
bo`lgan tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatlariga ega bo`lamiz. Bizning amalga
oshirayotgan tadqiqot ishlari oldidagi asosiy maqsad va vazifalar ham shundan iboratdir
[55, 56].
16](/data/documents/3365f7ff-f896-473c-8448-f1f0de77e5dc/page_16.png)






























![to`qimasini shikastlashi mumkin. Shunga binoan ular o`simliklarning vegetativ
a`zolariga ham kirib oziqlanishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday devisaprobiontlarga
Eucephalobus , Heterocephalobus , Acrobeles , Chiloplacus , Zeldia avlodlarining 11 turi
mansub bo`ldi. Devisaprobiontlar orasidan Panagrolaimus rigidus , Cephalobus
persegnis , Heterocephalobus elongatus , Acrobeloides emarginatus kabilar pomidor,
pomidor va aksariyat begona o`tlarning ildiz sistemasida hamda qisman yer usti
vegetativ a`zolarida nisbatan ko`p miqdorda qayd qilindi. (3, 4 va 5 jadvallar).
4-guruh. Fitogelmintlar yoki o`simliklarning parazit fitonematodalari. Pomidor va
ikkala agrotsenozlarda tarqalgan begona o`tlarning nematodafaunasi tarkibida 27 tur
fitogelmintlar topildi. [25]
Parazit fitonematodalarni oziqlanish usuli hamda ozuqasi turiga binoan uchta
kichik guruhga ajratish mumkin, ya`ni parazit mikogelmintlar (zamburug`lar bilan
oziqlanuvchilar), ektoparazit fitonematodalar va chin parazit fitonematodalar.
Parazit mikogelmintlar kichik guruhiga mansub turlar turli-tumanliligi bilan ajralib
turadi. Materialimizdagi 28 tur fitogelmintlarning 12 turi aynan ana shu kichik guruhga
mansubdir. Mikogelmintlarning 5 turi ( Aphelenchus avenae , Aphelenchoides
bicaudatus , Aph. subtenuis , Tylenchus davainii , Seinura tenuicauda ) madaniy
o`simliklar va ayrim begona o`tlar (semizo`t, qo`ypechak, ituzum, bangidevona) ning
vegetativ a`zolarida va rizosfera tuprog`i qatlamlarida uchratilgan bo`lsa, qolgan turlari
( Aph. clarolineatus , Aglenchus agricola, Tylenchus filiformis va boshqalar-7 tur) ancha
siyrak holda ayrim begona o`tlar (semizo`t, qo`ypechak, ituzum, bangidevona)ning
rizosfera tuprog`ida topildi.
Fitogelmintlarning ikkinchi kichik (ektoparazitlar) guruhiga 8 tur mansub bo`lib,
ularning og`iz bo`shlig`i kuchli va yirik stiletga (sanchib-so`ruvchi og`izga) aylangan.
Ana shu organi yordamida o`simlik to`qimalarini tashqaridan turib teshib, shirani so`rib
oladi. Materialimizdagi ektoparazit fitonematodalardan Helicotylenchus multicinctus ,
Tylenchorhynchus dubius , Paratylenchus macrophallus lar pomidor maydonlari tuproq
qatlamlarida, ayniqsa, ituzum, yantoq, bangidevona kabilarning rizosfera tuprog`ining
0-10 sm li qatlamida ancha ko`p uchrashi qayd qilindi. Qolgan turlari esa jumladan
Helicotylenchus erythrinae , Rotylenchus robustus , Boleodorus innuptus ,
47](/data/documents/3365f7ff-f896-473c-8448-f1f0de77e5dc/page_47.png)












SAMARQAND VILOYATI AGROTSENOZLARIDA O’SUVCHI BEGONA O’TALAR NEMATODAFAUNASI MUNDARIJA Kirish …………………………………………………………………..………...3 I BOB. O`zbekistonda sabzavot ekinlari va begona o`tlarning nematodafaunalarini o`rganilish holati va ularning sharhi ............................................................................6 1.1. Pomidor agrotsenozlari nematodafaunasini o`rganish holati…………....................6 1.2. Begona o`tlarning nematodafaunalarini o`rganishga oid tadqiqotlarning sharhi….10 II BOB. Tadqiqot ishlarining materiali va uslublari ………………………………17 2.1. Tadqiqot materiali ………………………………………………………………...17 2.2. Tadqiqot uslublari ………………………………………………………………...21 III BOB. Begona o`tlarda topilgan nematodalarning taksonomik o`rni va biotoplar bo’yicha tahlili …………..……………………………………………………….…...24 3.1. Begona o`tlarda topilgan nematodalarning taksonomik o`rni ……………………24 3.2. Pomidor agrotsenozlarida o`suvchi begona o`tlarning nematodafaunalarini tahlili……………………………………………………………………………………31 IV BOB. Agrotsenozlarda topilgan nematodalarning ekologik tavsifi va parazit fitonematodalarning biosenotik xususiyatlari ……………………………………...44 4.1. Agrotsenozlarda topilgan nematodalarning ekologik tavsifi ………………..……44 4.2. Begona o`tlarda topilgan parazit fitonematodalarning biosenotik xususiyatlari …49 Xulosalar ………………………………………………………………………………51 Amaliy tavsiyalar ……………………………………………………………………..52 Foydalanilgan Adabiyotlar…………………………………………………………..53
KIRISH Mashhur parazitolog akademik E.N. Pavlovskiy odam va hayvonlarning infeksion va invazion (parazitar) kasalliklarini qo`zg`atuvchilari tabiatda manba holida tarqalishi haqida nazariyasini yaratar ekan, undagi asosiy qonuniyatlar va mulohazalar qishloq xo`jaligiga ham dahldor ekanligini tan olish lozim. Buning asosiy mohiyati shundaki madaniy ekinlarga parazitlik qiluvchi va fitonematodoz kasalliklarini keltirib chiqaruvchi fitonematodalar tabiatda manba holida saqlanishi va ularni agrotsenozlarga tarqalishini ta`minlashda turli-tuman biogeotsenozlarda o`suvchi begona va yovvoyi o`tlarning roli juda katta ekanligini aytish o`rinlidir. Bunday begona o`tlar xilma-xil parazit fitonematodalarga, jumladan bo`rtma nematodalari, kartoshka nematodasi, sabzavot va poliz ekinlarida parazitlik qiluvchi poya-nematodalari, lavlagi nematodasi, xilma-xil pratilenxlar kabilarga tabiiy boshpana va manba rolini bajaradi. Masalan, birgina bo`rtma nematodalari 150 dan ortiq turdagi yovvoyi va begona o`tlarda uchraydi yoki kartoshka nematodasi tabiatda 50 turdan ortiq begona o`tlarning tanasini o`ziga boshpana qilishga moslashgan. Bunday parazit fitonematodalar insonning xo`jalik faoliyati tufayli agrotsenozlarga tarqalib, undagi madaniy o`simliklarni zararlab, nematodoz kasalliklarini paydo qiladi. Ushbu kasalliklar tufayli ekinning hosildorligini 20 % dan 60-70 % gacha kamayishiga sabab bo’ladi. Aytilganlarga binoan yovvoyi va begona o`tlarning fitonematodalari faunasini o`rganish, ularni agrotsenozlarga tarqalish yo`llarini aniqlash hamda keng tarqalgan parazit fitonematodalarini bioekologik va biotsenotik xususiyatlari bo`yicha ayrim ma`lumotlarni to`plash, o`z-o`zidan ma`lumki ham nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Mavzuning dolzarbligi . Qishloq xo’jaligi ekinlari yetishtiriladigan yerlarda o`suvchi begona va yovvoyi o`tlarning parazit fitonematodalarini turlari tarkibi va ularning madaniy ekinlarga o`tishi hamda zararini o`rganish, shuningdek begona o`tlarning qanday turlari parazitlarga ko`proq poshpana va tabiiy manba bo`laolishini aniqlash ishi hozirgi kundacha yetarlicha o`rganilmagan. Bundan tashqari 2
agrotsenozlarda yetishtiriladigan madaniy ekin bilan parallel ravishda ushbu maydonlarda o`suvchi begona o`tlar parazit fitonematodalari tarkibi, ularni o`zaro taqqoslash hamda tahlil qilish e`tibordan deyarli chetda qolib ketgan. Tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalari . Malakaviy bitiruv ishining mavzusi bo`yicha olib borilgan tadqiqot ishlari oldiga quyidagi maqsad va vazifalar qo`yildi: Tadqiqot ishlarining maqsadi Samarqand viloyati Payariq tumani sharoitida pomidor agrotsenozlari begona o’simliklari nematodafaunasi tarkibi, ekologik xususiyatlari va ularning balandlik mintaqalari bo`yicha tarqalishini aniqlashdan iborat Tadqiqot ishlarining vazifalari: 1. Pomidor agrotsenozlarida o`suvchi begona o`tlarning nematodalari faunasini o`rganish va ular orasidan parazit fitonematodalarni ajratish; 2. Pomidor agrotsenozida keng tarqalgan ayrim parazit fitonematoda turlarini bioekologik xususiyatlarini kuzatish va tahlil qilish; 3. Parazit fitonematodalarning o’simliklar bilan biosenotik bog`langanlik darajasini o`rganish. Fitoparazitlarning pomidorga ta`siri va kasallik paydo qilishini aniqlash; 4. Parazit fitonematodalarning agrotsenozlarda keng tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish va tavsiya qilishdan iborat bo`ladi. Muammoning ishlab chiqish darajasi. Bitiruv malakaviy ish mavzusi bo`yicha rejalashtirilgan maqsad va vazifalar to`la bajarildi. Samarqand viloyatining Payariq tumani “O`zbekiston” jamoa xo`jaligining “Gegemon” fermerchilik maydonlaridan begona o`tlar va pomidorning vegetativ a`zolari hamda ularning rizosferalari tuprog`ida yashovchi nematodalar o`rganildi. Pomidor va begona o`tlarning nematodafaunalari 78 turdan iborat bo`lishi aniqlandi. Ushbu turlarning taksonomik o`rni tahlil qilindi. Barcha aniqlangan turlarning kenja sinflari , turkumlari, oila va avlodlari oydinlashtirildi. Pomidor va begona o`tlarda topilgan nematoda turlarining 69 % sinfning 2 ta ( Rhabditida va Tylenehida ) turkumlariga mansub bo`lishi aniqlandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Ushbu yo`nalishdagi tadqiqotlarda ilk bor pomidor va sabzavot ekinlari agrotsenozlarida bir xil muhitda o`suvchi pomidor va 3
begona o`tlarda, shuningdek pomidor va begona o`tlardagi nematodafaunalari tarkibi qiyosiy tahlil qilindi. Har bir madaniy ekin va begona o`t o`zining xususiy va barcha o`simliklar uchun umumiy bo`luvchi turlarga ega bo’lishi aniqlandi. Shuningdek pomidor va 6 turga (semizo’t, qo`ypechak, yantoq, bangidevona, itqo’noq va ituzum) mansub begona o`tlar bo`rtma nematodasi bilan zararlanganligi aniqlandi. Tadqiqotning predmeti va ob`yekti. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo`yicha tadqiqot ishlari Payariq tumanining “O`zbekiston” jamoa xo`jaligining pomidor maydonlarida olib borildi. Ushbu agrotsenozlarda yetishtiriladigan pomidor shuningdek ularning maydonlari hamda sug`orish shaxobchalarida o`suvchi 6 tur begona o`tlarning yer usti va yer osti vegetativ a`zolaridan, ushbu o`simliklarning rizosferasi tuprog`ining 20, ba`zan 30 sm gacha chuqurligidan 200 ga yaqin o`simlik va tuproq namunalari olinib, ular tahlil qilinib, pomidor va begona o`tlarning nematodafaunalari tarkibi aniqlandi. Tadqiq qilingan madaniy va begona o`tlarni bo`rtma nematodasi bilan zararlanganligini aniqlash maqsadida, ildizi bilan kovlab olingan har bir tup o`simlikning ildiz sistemasi sinchiklab ko`zdan kechirildi. Tadqiqot usullari. Bermanning varonka usulidan va vizual usulida amalga oshirildi. Ish bo’yicha chiqarilgan maqola. Bakalavir o z tadiqotlarining natijalariniʻ fakultet ITK komissiyasiga har olti oyda taqdim etib bordi, har chorakda kafedra yig’ilishlarida hisobot berdi, har yili bo’lib o’tadigan bakalavrlar ilmiy konferensiyasida ma’ruza qildi. Tadqiqot mavzusi bo yicha 1 ta ilmiy maqola (1 ta xorijiy jurnalda ) chop ʻ etdi. Tadqiqot ishlarining natijalarini amaliy ahamiyati. Pomidor ekini hamda ushbu agrotsenozlarda o`suvchi begona o`tlarning parazit fitonematodalari tarkibi o`zaro qiyosiy tahlil qilindi. Natijada faunasi o`rganilgan pomidor va begona o`tlar uchun umumiy va xususiy parazit fitonematodalar ro`yhati aniqlandi. Agrotsenozlarda tarqalgan parazit fitonematodalarning pomidor va begona o`tlarga zarar keltirish darajasi o`rganildi. Olingan ma`lumotlar parazit fitonematodalarga qarshi profilaktik va agrotexnik kurash tadbirlarini ishlab chiqishga qo`shimcha asos bo`lib xizmat qiladi. 4
Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 4 bob, xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 57 ta iborat. Ishning matni kompyuterda yozilgan 59 betni o’z ichiga oladi, unda1 ta jadval, 6 ta rasmlar berilgan. 5