logo

SAMARQAND VILOYATIDA DINIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3990.5 KB
SAMARQAND VILOYATIDA DINIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI  
Mundarija
Kirish…………………………………………………………….
I
BOB. DINIY TURIZMNING NAZARIY VA AMALIY  
ASOSLARI
1.1. D iniy turizm ob’yektlari va ularni tasniflash masalalari 
1.2. Diniy va ziyorat turizmning farqli jihatlari hamda rivojlantirish 
masalalari
1.3. O ‘ zbekistonda   diniy   turizm   masalalarining   o ‘ rganilganligi  
1.4. Ziyorat turizmining kichik hududlar iqtisodiyotida tutgan o‘rni va 
ahamiyati 
II
BOB SAMARQAND VILOYATIDA DINIY TURIZMNI 
HUDUDIY TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH 
IMKONIYATLARI  ……………………………………...
2.1. Samarqand viloyatida diniy turizm rivojiga ta’sir etuvchi omillar
2.2. Samarqand shahri va uning atrofidagi qadamjolar
2.3. Samarqand viloyatini diniy turistik rayonlashtirish
III
BOB SAMARQAND VILOYATIDA DINIY TURIZMNI 
RIVOJLANTIRISH MUAMMO VA ISTIQBOLLARI
3.1. Samarqand viloyatida diniy turizmni rivojlantirish muammo va 
istiqbollari 
Xulosa…..………………………………………………… .. ……..
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………… … . Kirish
Tadqiqod   mavzusining   dolzarbligi.   O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqilikka
erishgandan   keyin xo‘jalikning barcha  tarmoqlarida  tub islohatlar   olib bormoqda.
Binobarin,   turizmni   rivojlantirishga   davlat   tomonidan   katta   e’tibor   qaratilmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.Karimov   o‘zining   asarlarida   va   amaliy
faoliyatida   ulug‘   ajdodlarimiz   qoldirgan   boy   tarixni,   qadamjolarni,   qabrlarini   va
shu   davrlarda   qurilgan   tarixiy   obidalarni,   hamda   ular   yashagan   zaminni   ko‘rish
butun dunyo sayyohlarini azaliy orzusi ekanligini ta’kidlaydi.
Ma ’ lumki   insoniyat   qadimdan   dunyoni   bilishga   va   uni   anglashga ,   yangi
yerlarni   ko ‘ rishga   hamda   o ‘ zi   uchun   noma ’ lum   bo ‘ lgan   hududlarni   kashf   etishga
harakat   qilishgan .  Bu orzularni amalga oshirish bevosita yaqin va uzoq hududlarga
sayohatga   chiqish   orqali   bajarilgan.   Sayohat   davomida   ruhan   dam   olishgan   va
tabiatning   go‘zal   mo‘jizalariga   hamda   insonlar   tomonidan   yaratilgan   ajoyib
narsalardan hayratlangan. Ayni paytda shu mintaqa aholisini ijtimoiy va iqtisodiy
holatiga bilvosita ta’sir ko‘rsatgan. Hozirgi  vaqtda turizmning jahon xo‘jaligidagi
hissasi yil sayin oshib, u asosiy makroiqtisodiy tarmoqlar qatorida rivojlanmoqda.
Shuningdek,   dunyoda   ko‘pgina   davlatlarning   muhim   daromad   manbai   sifatida
iqtisodiyotda   asosiy   o‘rin   tutmoqda.   Shu   jihatdan   O‘zbekistonda   mazkur   sohaga
e’tiborni kuchaytirish muhim masalalardan biridir.
Turizm   sohasini   rivojlantirish   mintaqalar   iqtisodiyotini   belgilashda   muhim
ahamiyatga   ega.   Chunonchi,   mustaqillik   yillarida   mazkur   tarmoqni   yuksaltirish
uchun   ko‘pgina   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Ammo   shunga   qaramasdan   turizm
mintaqalarda   yaxshi   rivojlanmagan.   Shuning   uchun   ularni   geografik   jihatdan
tadqiq   etish   lozim.   O‘zbekiston   turizm   iqtisodiyotining   asosiy   tarmog‘i   sifatida
yuksaltirish   uchun   mavjud   tabiiy   va   ijtimoiy   turistik   obektlarning   mintaqalardagi
imkoniyatlari   ilmiy   tadqiq   etish,   jumladan   viloyatlardagi   tarixiy   obidalar,
arxitektura   yodgorliklari,   diniy   qadamjolar,   ziyoratgohlar   hamda   rekratsiya
resurslari, dam olish hududlari, sog‘lamlashtirish maskanlari, ekoturistik obyektlar to‘g‘ridan   to‘g‘ri   bu   tarmoqning   istiqbolini   belgilaydi.   Ammo   shuni   ta’kidlash
joizki,   respublika   mintaqalari   ilmiy   asosda   diniy   turizm   geografik   jihatdan   kam
o‘rganilgan.   Turizm   geografiyasini   viloyatlar   bo‘yicha   turistik   imkoniyatlarini
aniqlash   va   diniy   turizmning   o‘ziga   xos   turlarini   tashkil   etish   va   rivojlantirish
uchun   ko‘pgina   muammolarni   aniqlash   muhimdir.   Bu   muammolarni   respublika
miqiyosida   o‘rganish   anchagina   qiyinchiliklar   tug‘dirishni   hisobga   olgan   holda
viloyatlar misolida o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Samarqand   viloyati   turizm   imkoniyatlari   jihatdan   nafaqat   O ‘ zbekistonda ,
balki ,   Markaziy   Osiyoda   yetakchi   turistik   mintaqalardan   biridir .   Viloyatda
turizmning   ko‘plab   turlari,   xususan   tarixiy,   arxitektura   va   arxeologik   obidalar,
tarixiy   rekratsiya   maqsadlari,   diniy   qadamjolar   hamda   o‘ziga   xos   madaniy-
etnografik   an’analari   mintaqa   turizm   xazinasi   hisoblanadi.   Ammo   hozirgi   kunga
qadar   viloyatlarning   aksariyat   tumanlaridagi   turistik   imkoniyatlardan
foydalanilmayabdi.   Buning   uchun   mintaqa   turizm   geografiyasi   keng   ko‘lamli
tadqiq etish, hamda aniq mezonlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. I BOB.DINIY TURIZMNING NAZARIY VA AMALIY  ASOSLARI
1.1. Diniy turizm obyektlari va ularni tasniflash masalalari.
Diniy,  shu   jumladan   ziyorat   turizmi,   juda   xilma-xil   obyektlar   bilan   bog‘liq
bo‘lishi   mumkin.   Shu   bois   diniy   turistik   obyektlarni   tasniflash   muhim   ilmiy-
uslubiy   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   borada   fanda   trli   klassifikatsiyalar   ishlab
chiqilgan.   Xususan,   N.   Nolan,   K.   Griffin,   R.   Raj,   M.   Novelli,   D.   Eiskelman,   J.
Pitsatori,   K.   Niyeminen,   Ch.   Goyeldner,   J.Brent,   Ye.A.   Okladnikova,   V.N.
Kaluskov   kabi   xorijiy   olimlar   ushbu   masalani   o‘zlarining   ilmiy   ishlarida
yoritganlar.
Diniy turizm obyektlari ilk bor 1992 yilda M. va S. Nolanlar [63] tomonidan
tasniflanib, ularning tasnifida Yevropadagi  xristian ziyoratgohlari 3 tipga (ziyorat
joylari,   diniy   turistik   diqqatga   sazovor   joylar,   diniy   marosimlar   o‘tkaziladigan
joylar) ajratilgan.
Yevropadagi xristian ziyoratgohlari klassifikatsiyasi
(М. v a S.Nolanlar  bo ‘yicha , 1992  [63] )
Ziyorat joylari Ziyorat sayohatlarining maqsadi bo‘lib hizmat qiladigan joylar:
Jumladan:
Turistik diqqatga sazovar joylar sifati salohiyati past bo‘lgan ziyoratgohlar.
Bu yerga asosan diniy ziyoratchilar tashrif buyuradilar .
Turistik   diqqatga   sazovar   joylar   sifati   salohiyati   yuqori   bo‘lgan
ziyoratgohlar.Bu   yerga   tashrif   buyurganlar   tarkibida   turistlar
ziyoratchilarga nisbatan ko ֹ‘
pchilikni tashkil qiladilar.
Аsosan   taniqli   har   yili   yoki   ikki   yilda   bir   marta   o‘tkaziladigan   ziyorat
tadbirlari bilan mashhur bo‘lgan ziyoratgohlar.
Turistik,   diniy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan,   ziyorat   marosimlari   bilan   taniqli
bo‘lgan,   ko‘plab   turist   hamda   ziyoratchilar   tasgrif   buyuradigan
ziyoratgohlar.
Diniy   turistik
diqqatga
sazovar joylar. Dunyoviy qarashli turistlar, dam oluvchilar va diniy turistlar odatda tashrif
buyuradigan   cheklovlar.   Ziyoratdagi   ahamiyat   past   bo‘lib,   ko‘proq
ekskursion-turistik ahamiyatga ega.
Diniy
marosimlar
o‘tkaziladigan
joylar. Ziyoratga   kirmaydigan   diniy   marosimlar   nishonlanadigan,   tarixiy
yodgorliklar hisoblanadigan ibodatxona va monastirlar Манба:   Nolan, M. L., & Nolan, S. (1992). Religious sites as tourism attractions in Europe ,
Annal e s of tourism research , Vol.  19   (1), pp. 68-78 [63].
Bu   mualliflar   diniy   turizm   obyektlari   klassifikatsiyasida   asosiy   e’tiborni
obyektlar diniy e’tiqodchilar bo‘lgan ziyoratchilar va dunyoviy ekskursion qiziqish
bilan   tashrif   buyuradigan   turistlarning   talabi   va   ehtiyojlariga   mos   kelishiga
qaratgan.
Diniy   turizmni   tadqiq   etishga   katta   hissa   qo‘shgan   tadqiqotchilar   Kevin
Griffin   va   Razaq   Rajlar   ham   diniy   turistik   obyektlarning   klassifikatsiyasiga   oid
ishlanmalarini   chop   ettirgan.   Misol   tariqasida   ularning   “The   Importance   of
Religious   Tourism   and   Pilgrimage:   reflecting   on   definitions,   motives   and   data”
[53;   1-9-b.]   nomli   maqolasini   keltirib   o‘tish   mumkin.   Mazkur   maqolada   global
miqyosda   muqaddas   ziyoratgohlar   klassifikatsiyasi   keltirilgan   (1.3-jadvalga
qarang).
Muqaddas ziyoratgohlar klassifikatsiyasi (K.Griffin va R.Raj bo‘yicha)[53])
Тurlar Мisollar
Тayanch diniy markazlar Kanterberi kafedral sobori ( B.Britaniya)
Zumrad Budda (Tailand), Aya-Sofiya (Turkiya)
Аrxeologik yodgorliklar Machu-Piku (Peru), Chichen-Itsa (Meksika)
Dafn joylari Katakombalar (Italiya ), Мisr ehromlari (Мisr)
Ibodatxonalar Borabudur   (Indoneziya),     Angkor-Vat   (Kambodja),   Amritsar
(Hindiston)
Мuqaddas shaharlar Rim   (Italiya),   Quddus   (Isroil),   Assizi   (Italiya),   Varanasi
(Hindiston), Baytlahm (Falastin hukumati).
Ibodatxona majmualari Lalibela   (Efiopiya),   Potala   (Xitoy),   Katerin   tog‘idagi
monastirlar (Misr)
Yer energiyasi joylari Nazka geogliflar (Peru),Glastonberi (B.Britaniya)
Мuqaddas tog ‘lar Uluru   (Avstraliya),   Jomolungma   (Nepal),Tayshan   (Xitoy),
Afon (Gretsiya), Fudziyama (Yaponiya), Shasta (AQSH).
Мuqaddas orollar Rapa Nui (Chili), Lindisfarn, Ioniya (B.Britaniya), Mont-Sen-
Mishel (Fransiya)
Ziyorat o‘choqlari Маkka   (   S.Arabistoni,   Madina   (S.Arabistoni),Kailas   (Xitoy),
Santiyago-de-Kompasteli (Ispaniya)
Dunyoviy ziyoratgohlar Robben   oroli   (   Janibiy   Afrika),   Gore   (Senegal),   Aushvits-
Birkenau (Polsha).
Маnba:   Griffin, Kevin and Raj, Razaq   Dr. (2017) The Importance of Religious  Tourism
and Pilgrimage:  reflecting  on definitions, motives  and data ,   International  journal of Religiouss
Tourism and Pilgrimage ,  Vol. 5 :  Iss. 3, Article 2. [53].
Kevin   Griffin   va   Raj   Razaq   ziyoratgohlar   (sakral   joylar)ni   11   ta   guruhga
ajratganlar.   Klassifikatsiya   asosan   ziyoratgohlarning   mohiyati   bo‘yicha   ishlab chiqilgan. Bu tasnifda turli xususiyat va kelib chiqishga ega bo‘lgan ziyorat joylari
qamrab   olingan.   Ammo   unda   ayrim   kachiliklarni   ajratish   mumkin.   Jumladan,
ayrim   ajratilgan   kategoriyalar,   masalan,     arxeologik   yodgorliklar,   Yer   energiyasi
joylari,  dunyoviy  ziyorat   joylari  bevosita  diniy  (ziyorat)   ahamiyatiga  ega   bo‘lgan
obyektlar   hisoblanmaydi,   ular   ko‘proq   ekskursion,   tanishuv,   xotira   turizmi
obyektlari   hisoblanishi   mantiqan   to‘g‘ri   bo‘lardi.   Undan   tashqari,   tayanch   diniy
markazlar,   muqaddas   shaharlar,   ziyorat   o‘choqlari   kabi   kategoriyalar   bir-biriga
nihoyatda  yaqin  bo‘lib,  ularni  aniq  chegaralash,   nazarimizda,  mushkul  masaladir.
Shuningdek, ibodatxona va ibodatxona majmualarini ham alohida tiplar tariqasida
ajratish   katta   ahamiyatga   ega   emas,   chunki   ko‘pincha   ibodatxonalar   ko‘p   asrlar
davomida   majmualarga   aylangan   bo‘lib,   u   yerda   ham   ibodatxonalar,   ham
muqaddas   (avliyo)   zotlarning   qabr   va   maqbaralari   vujudga   kelgan.   Qolaversa,
ko‘rilayotgan   klassifikatsiyada   tabiiy   mohiyatga   ega   bo‘lgan   obyektlar   yetarli
darajada   o‘z   aksini   topmagan   (muqaddas   g‘or,   tosh,   ko‘l,   daryo,   daraxtlar   kabi
kategoriyalar).
Biz   yuqoridagi   olimlarning   tasnif   sxemasiga   asoslanib,   diniy   turistik
obyektlarning   takomillashtirilgan   tasnifini   ishlab   chiqishga   urindik   (1.4-jadvalga
qarang). B tasnifda diniy turistik obyektlar, birinchi navbatda, ijtimoiy-madaniy va
ijtimoiy-tabiiy   kabi   sinflarga   ajratilgan.   Har   ikkala   sinf   doirasida   esa   bir   nechta
guruh va turlar ajratilgan.
    Ijtimoiy-madaniy   diniy   turistik   obyektlar.   Bu   sinfga   diniy   ahamiyat   va
mazmunga ega bo‘lgan bino va inshootlar, muassasa va tashkilotlar birlashtiriladi.
U   uchta   guruhni   o‘z   ichiga   olib,   bular   diniy   kult   obyektlari,   dafn   joylari   hamda
diniy ilm va ta’lim markazlari kabilardir. 
Diniy   kult   obyektlari   guruhi   bosh   diniy   markazlar,   ibodatxonalar   (masjid,
cherkov,   sinagoga,   pagoda   va   x.k.)   hamda   monastirlar   kabi   diniy   turistik
obyektlarning turlaridan iborat. 
Bosh diniy markazlar. Bularga Makka, Madina, Vatikan, Quddus, Baytlahm,
Lxasa,   Karbala,   Echmiadzin,   Amritsar   va   boshqalar   kabi   turli   dinlarning   beshigi,
bosh markazi hisoblanadigan shaharlar kiradi. 1.2.Diniy va ziyorat turizmning farqli jihatlari hamda rivojlantirish
masalalari
Turizm   rivojlanishining   boshlang‘ich   bosqichidan   buyon   qo‘l   kelayotgan
yondashuvlar   borki,   ular   hozirgi   kungacha   o‘z   kuchini   yo‘qotmay   kelmoqda.
Shunday   yondashuvlardan   biri   ziyoratgohli   yondashuvdir.   Haqiqatan   ham   diniy
joylarni   ziyorat   qilish   ham   sayohatning   bir   turi   bo‘lib   u   JTT   tomonidan   “diniy
turizm”   deb   tan   olinib,   “turizmning   ushbu   turi   bilan   shug‘ullanadigan   sayyohlar
statistik   ma’lumotlarda   “ziyoratchilar”   (sayohatga   ehtiyoj   faqat   ma’lum   dinga
e’tiqod   qilish   natijasida   paydo   bo‘lgan)   va   “ekskursiyachilar”   (bilim   oshirish
maqsadida diniy obyektlarga tashrif buyurish)ga ajratiladi”. 
Hozirgi   kunda   ba’zan   ziyorat   turizmi,   ziyorat   ekskursiyasi   kabi   iboralarini
eshitish   mumkin.   Bu   iboralar   ziyorat   mazmunini   tushunmaganlik   va   uni   tashqi
o‘xshashligiga qarab turizm bilan yaqin deb bilish sababidan kelib chiqadi. Bunday
qaraganda   ziyorat   ham,   turizm   ham   sayohat   mavzusi   bilan   bog‘liq.   Biroq
o‘xshashlik   jihatlariga   qaramay   ular   bir-biridan   farq   qiladi.   Hatto   bir   xil   joyni
ziyorat qila turib, ziyoratchilar va turistlar buni har xil amalga oshiradilar. 
Turizm   —   bu   ma’rifiy   maqsadlardagi   sayohatdir.   Turizmning   ommaviy
turlaridan   biri   esa   diniy   turizm   hisoblanadi.   Bu   turizm   turidagi   asosiy   narsa
muqaddas   joylar   tarixi,   avliyolar   hayoti,   arxitektura,   diniy   san’at   bilan   tanishish
hisoblanadi.   Bularning   bari   haqida   turist   uchun   sayohatning   eng   asosiy   elementi
hisoblanadigan ekskursiyalarda hikoya qilib beriladi. 
Ekskursiya   o‘z   navbatida   ziyoratning   bir   qismi   ham   bo‘lishi   mumkin.   Faqat
bu sayr dasturdagi asosiy va majburiy qismi emas, balki yordamchi qismi sanaladi.
Ziyoratdagi asosiy amal bu duo qilish, diniy amal yoki xizmat etish va muqaddas
joylarga   sig‘inishdir.   Diniy   ziyorat   -   e’tiqod   qiluvchi   kishi   diniy   hayotining   bir
qismi. Ziyorat qilish asnosida amallarni zohiriy bajarish emas, balki qalbdagi niyat,
ma’naviy yangilanish va ozuqa olish asosiy narsa hisoblanadi. 
Turizm,   davomli   yashaydigan,   ishlaydigan   va   muhim   ehtiyojlarni
qondiradigan   joylardan   tashqariga   qilinadigan   sayohatdir.   Tunash   vaqtinchalik zaruriy   bir   ehtiyojdir.   Sayohatga   chiqqan   va   tunab   qolgan   kishi,   ma’lum   bir
vaqtdan so‘ng o‘zi yashaydigan joyga qaytadi. 
Turizm   rivojlanishining   boshlang‘ich   bosqichidan   buyon   qo‘l   kelayotgan
yondashuvlar   borki,   ular   hozirgi   kungacha   o‘z   kuchini   yo‘qotmay   kelmoqda.
SHunday   yondashuvlardan   biri   ziyoratgohli   yondashuvdir.   Haqiqatan   ham   diniy
joylarni   ziyorat   qilish   ham   sayohatning   bir   turi   bo‘lib   u   JTT   tomonidan   “diniy
turizm”   deb   tan   olinib,   “turizmning   ushbu   turi   bilan   shug‘ullanadigan   sayyohlar
statistik   ma’lumotlarda   “ziyoratchilar”   (sayohatga   ehtiyoj   faqat   ma’lum   dinga
e’tiqod   qilish   natijasida   paydo   bo‘lgan)   va   “ekskursiyachilar”   (bilim   oshirish
maqsadida diniy ob’ektlarga tashrif buyurish)ga ajratiladi”. 
Hozirgi   kunda   ba’zan   ziyorat   turizmi,   ziyorat   ekskursiyasi   kabi   iboralarini
eshitish   mumkin.   Bu   iboralar   ziyorat   mazmunini   tushunmaganlik   va   uni   tashqi
o‘xshashligiga qarab turizm bilan yaqin deb bilish sababidan kelib chiqadi. Bunday
qaraganda   ziyorat   ham,   turizm   ham   sayohat   mavzusi   bilan   bog‘liq.   Biroq
o‘xshashlik   jihatlariga   qaramay   ular   bir-biridan   farq   qiladi.   Hatto   bir   xil   joyni
ziyorat qila turib, ziyoratchilar va turistlar buni har xil amalga oshiradilar. 
Turizm   —   bu   ma’rifiy   maqsadlardagi   sayohatdir.   Turizmning   ommaviy
turlaridan   biri   esa   diniy   turizm   hisoblanadi.   Bu   turizm   turidagi   asosiy   narsa
muqaddas   joylar   tarixi,   avliyolar   hayoti,   arxitektura,   diniy   san’at   bilan   tanishish
hisoblanadi.   Bularning   bari   haqida   turist   uchun   sayohatning   eng   asosiy   elementi
hisoblanadigan ekskursiyalarda hikoya qilib beriladi. 
Ekskursiya   o‘z   navbatida   ziyoratning   bir   qismi   ham   bo‘lishi   mumkin.   Faqat
bu sayr dasturdagi asosiy va majburiy qismi emas, balki yordamchi qismi sanaladi.
Ziyoratdagi asosiy amal bu duo qilish, diniy amal yoki xizmat etish va muqaddas
joylarga   sig‘inishdir.   Diniy   ziyorat   -   e’tiqod   qiluvchi   kishi   diniy   hayotining   bir
qismi. Ziyorat qilish asnosida amallarni zohiriy bajarish emas, balki qalbdagi niyat,
ma’naviy yangilanish va ozuqa olish asosiy narsa hisoblanadi. 
Diniy   turizm   (sakral   turizm,   ziyorat   turizm,   ezoterik   turizm)   -   o‘zi   uchun
odatiy   muhitdan   tashqarida   joylashgan   muqaddas   joylar   va   diniy   markazlarga boradigan turistlarga xizmat ko‘rsatish hamda ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq
turizm turi hisoblanadi. 
Diniy turizm bir necha turlarga bo‘linadi: 
1. Ziyorat turizmi – bu turli konfessiya vakillarining ziyorat qilish maqsadida
sayohat qilishlari yig‘indisidir; 
2.   Ezoterik   turizmning   maqsadi   sayyohning   an’anaviy   diniy   dunyoqarashni
kengaytirish va shu maqsadda sayohat jarayonida falsafiy izlanish hamda o‘zligini
topish hisoblanadi; 
3.   Ekskursion-ma’rifiy   yo‘nalishdagi   diniy   turizm   din   tarixi   bilan   bog‘liq
joylarni ziyorat qilishdir; 
4.   Sakral   turizmda   turist   ma’lum   bir   joylarni   ziyorat   qilish   vaqtida
tasavvuridagi narigi olam bilan bog‘liqlikni ta’kidlaydi yoki tiklaydi. Sakral keng
ma’noda   bu   kundalik   narsa,   tushuncha   va   voqe’likdan   farq   qiladigan   ilohiylik,
yoga, samo, o‘zga olam, irratsional, mistikaga aloqador barcha narsalardir. 
Ziyorat   lotinchada   Palma   -"palma"   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   Quddus   shahri
aholisi   Iso   Masihni   palma   shoxalari   bilan   sharaflab,   kutib   olishgan.   Jahondagi
asosiy ziyorat qilish joylari quyidagilar sanaladi: 
  nasroniylarda:   Vifleem   (Bayt   Lahm),   Ierusalim   (Quddus),   Nazaret
(Nazzoriya), Iordan (Urdun) daryosi va Bibi Maryam hamda Iso payg‘ambar bilan
bog‘liq boshqa joylar; 
  musulmonlarda Makka, Madina shaharlari ziyorati, Haj va Umra amallari; 
  lamaistlarda Tibetdagi Lxasa ziyorati; 
  hindularda Hindistondagi Ilohobod va Varanasi shaharlari ziyorati; 
  sintoistlarda YAponiyadagi Nara ziyorati. 
Ziyorat qilish sabablaridan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
  ruhiy va jismoniy xastaliklardan shifo topish niyatida; 
  yaqinlari va qarindoshlari haqqiga duo qilish;    baraka topish; 
  ilohiy amalni bajarish; 
  gunohlarga mag‘firat so‘rash; 
  yuqoridan ato etilgan saxovat uchun shukronalik keltirish; 
  e’tiqodga sadoqatini namoyon etish; 
  din yo‘lida jonkuyarlikni namoyon etishga intilish; 
  hayot mazmunini topish. 
Ziyoratni   rag‘batlantirish   uchun   ko‘pgina   yo‘riqnomalar,   yo‘l   ko‘rsatuvchi
xaritalar   (itinerariylar)   tuzilgan.   Ularning   aksariyati   va   ziyorat   qilish   qoidalari
keyinchalik muhim tarixiy manbalarga aylangan. 
Turizmda   odatda   bir   necha   ziyorat   turlarini   ajratib,   ularni   turli   belgilariga
qarab tasniflaydilar: 
1)   Ishtirokchilar   soni   va   oilaviyligi   bo‘yicha   –   individual,   oilaviy   va   guruh
ziyoratlar; 
2) Davomiyligiga ko‘ra – uzoq va qisqa muddatli ziyoratlar; 
3)   Mavsumiyligiga   ko‘ra   –   yil   davomida,   diniy   bayramlarga   bag‘ishlangan
ziyoratlar; 
4) Ziyorat ob’ektlari bo‘yicha – konfessional  kult (diniy) joylarini: maqbara,
monastir, ibodatxona va h.k., shuningdek tabiiy kult joylarni: tog‘, ko‘l, g‘or, buloq
va h.k.ni ziyorat qilish; 
5)   Ziyorat   ob’ektlarining   joylashganligiga   ko‘ra   –   ichki   (davlat   chegaralari
ichida) va xorijiy ziyorat turlari; 
6) Majburiyligiga ko‘ra – ixtiyoriy va majburiy ziyorat turlari. Masalan, Haj
farz bo‘lganligi sababli boy musulmonlar uchun majburiy hisoblanadi. 
Diniy   turizmning   yana   bir   turi   ezoterik   biror   bir   dinning   cheklangan   a’zolar
tomonidan   amalga   oshiriladi.   Bunga   islomdagi   tasavvuf   ta’limoti   izdoshlari
so‘fiylar,   yahudiylarning   kabbalasi,   daosizmdagi   neydan,   induizmdagi   yoga,
buddizmdagi   chan   (ezoterik   buddizm,   dzogchen   yoki   dzen   buddizm   ham   deb ataladi), pravoslavlardagi   isixazm,  protestantlikdagi  xarizmatizm   amallarini   misol
keltirish mumkin. 
Hozirda   yana   bir   eng   jozibador   turizm   turi   kombinatsiyalashgan   ziyorat   va
diniy   turlar   hisoblanadi.   Uning   asosiy   va   yorqin   xususiyati   o‘ziga   xos   tarzda
zamonaviy   davlatlar   chegarasidan   chiqish   sanaladi.   Ko‘pincha   aniq   va   ma’naviy
yuksalish niyatida ziyorat qilish maqsadidagi  sayohat  umumiy o‘tmish va yagona
tarix   bilan   bog‘liq   mamlakatlar   hududida   amalga   oshiriladi.   Unda   bu   sayohat
o‘zaro bog‘liq voqea-hodisalar va diniy shaxslarga bag‘ishlangan bo‘ladi. 
SHuning uchun bir nechta muqaddas joylarni ziyorat qilishni birlashtiradigan
kombinatsiyalashgan  turni  tashkil   etishda   asosiy   e’tibor   dasturning  tarkibiy  qismi
sanaladi.   Bunday   turlardagi   asosiy   narsa   ziyoratchi   boradigan   mamlakatlar   soni
emas,   balki   aynan   ma’naviy   unsur   hisoblanadi.   Ta’kidlash   joizki,   doimo
odamlarning u yoki bu joy nega borishi va u yoki bu turni tanlashini aniq tushunish
zarur. 
Bugungi kunda O‘zbekiston turizm bozorida 550 dan ortiq turizm korxonalari
faoliyat   olib   borayotgan   bo‘lib,   ularning   90   fozidan   ortig‘ini   xususiy   turfirma   va
mas’uliyati   cheklangan   jamiyatlari   tashkil   etadi.   O‘zbekiston   bo‘yicha   mavjud
bo‘lgan   168   ta   joylashtirish   vositalaridagi   hammasi   bo‘lib   14300   xonada   bir
vaqtning   o‘zida   28,6   ming   kishini   joylashtirish   mumkin.   O‘zbekiston
mehmonxonalarida   hammasi   bo‘lib   10   mingdan   ortiq   kishi   ish   bilan   band.   Bizda
asosan   turistlar   tarixiy   obidalarni   tomosha   va   ziyorat   qilish   uchun   tashrif
buyuradilar.   O‘zbekistonda   diniy   turizmni   rivojlantirish   imkoniyatlari   keng.
YUrtimizda   jahon   dinlari   taraqqiyoti   tarixi   bilan   bog‘liq   muqaddas   joylar,
me’moriy   yodgorliklar   asrlar   davomida   ziyoratchilar   uchun   xizmat   qilgan.
Turistlar   Fayoztepa   va   Qoratepadagi   buddaviylik   ibodatxonalarni,
Dalvarzintepadagi   mahalliy   ibtidoiy   dinlarning   muqaddas   joylarini,   Xorazmdagi
Ayoztepa   va   Tuproqqal’adagi   zardushtiylar   madaniyatining   yodgorliklarini
ko‘rishlari   mumkin.   SHuningdek,   diniy   turizm   doirasida   Islom   olamida   mashhur
Buxorodagi so‘fiylar xonaqohlari, Bahouddin Naqshband, Xojai Jahon majmualari,
etti pir maqbaralari, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy maqbarasi, SHohi Zinda va Ruhobod majmualarini ziyorat qilish mumkin. YAhudiylar Buxorodagi XVII asrda
qurilgan birinchi sinagogani ziyorat qilishlari mumkin. 
Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   yurtimizdagi   mavjud   ziyoratgohlarni
ta’mirlab,   qayta   tiklash   zarur.   SHu   bilan   birga   diniy   turlar   dasturini   yaratib,
turistlarga   taklif   qilib,   jalb   etish   lozim.   Zero,   samarali   mehnat   qilish   va   intilish
orqali   turizm   sohasida   yuqori   natijalarga   erishish   mumkin.   SHunda
O‘zbekistonning   keng   sayyohlik   imkoniyatlari,   betakror   va   go‘zal   tabiati,
xalqimizning mehmondo‘stligi, saxovatpeshaligi hamda bag‘rikengligi sayyohlarni
maftun etib, ularning xotirasi va qalbida o‘chmas taassurot qoldiradi.
1.3. O‘zbekistonda diniy turizm  masalalarining o‘rganilganligi.
Darhaqiqat,   O‘zbekiston   turistik   resurslarning   boyligi   bilan   ajralib   turadi.
O‘zbekistonda   diniy   turizm,   ya’ni   aziz   qadamjolarni   ziyorat   qilish   maskanlariga
juda   boy   hisoblanadi.   Jumladan,   Markaziy   Osiyoda,   qolaversa   jonajon
O‘zbekistonimizda   ham   aziz   avliyolar   yashab,   dafn   etilgan   qadamjolar,   ziyorat
maskanlari   beqiyos   ko‘p.   Ko‘pgina   avliyolarning   dafn   etilgan   joylari   va   qabrlari
qaytadan   ta’mirlanib,   asl   holatiga   keltirilmoqda.   Ular   qatoriga   Bahoviddin
Naqshbandiy,   g‘ijduvoniy,   Imom   al-Buxoriy,   Mahdumi   A’zam,   Shohizinda,
Motrudiy,   Hakim   at-Termiziy,   Zangiota   kabi   aziz   avliyolar   va   imomlar
maqbaralari   musulmon   ahlining   beqiyos,   go‘zal   ziyorat   qiladigan   va   ma’naviy
ruhlanadigan joylariga aylantirildi. Ayniqsa, Imom al-Buxoriy majmuasini muhim
ziyoratgohga   aylantirish   xalqaro   ahamiyatga   egadir.   Chunki,   bu   ziyoratgoh
musulmon   olamida   Makka   va   Madina   shaharlaridan   keyin   eng   muhim   sajdagoh
hisoblanadi.   Shu   sababli   ziyorat   qilish   uchun   qulay   shart-sharoit   yaratish,   ya’ni
infratuzilmani   shakllantirish   bugungi   kunning   muќim   masalasi   hisolanadi.   Bu
yerda   asosiy   vazifa   xorij   mamlakatlar   fuqarolarining   ortiqcha   qiyinchiliklarsiz
ziyorat   qilib   ketishlariga   erishishimizdir.   Buning   uchun   Samarqand   shahri
aeroportini jahon andozalariga yarasha bo‘lishi, masalani asosiy yechimidir.  
Mustaqillik   yillarida   diniy   qadamjolarga   davlat   tomonidan   katta   e’tibor
berilmoqda.   Buyuk   ajdodlarimiz   qo‘nim   topgan   maskanlarni   qayta   tiklash, obodonlashtirish,   ta’mirlashga   jiddiy   e’tibor   berganligi   tufayli   ziyoratgoh
maskanlar   1.5   mlrd.   musulmon   dunyosini   o‘ziga   tortmoqda.   Hozirgi   kunda
mamlakatimizda   diniy   turizmni   hududiy   tashkil   etish   va   rivojlantirishga   jiddiy
e’tibor   qaratish   lozim.   Xususan,   Janubi–   Sharqiy   Osiyo   va   G‘arbiy   Osiyo
mamlakatlari   ziyoratchilarni   jalb   etish   maqsadida   tadbirlar   ishlab   chiqish   kerak.
Buning   uchun   har   bir   viloyat,   tuman   va   qishloqlardagi   kishilar   tomonidan
muqaddas   hisoblanib   kelinayotgan   ziyoratgohlarni   aniqlash,   umumlashtirish,
respublika va viloyat diniy turistik kartalarini yaratish hamda ziyoratchilarga zarur
sharoitlar   yaratish,   yo‘l   qurish,   transport   imkoniyatlarni   o‘rganish   maqsadida
muvofiq deb hisoblaymiz.
Diniy ziyoratgohlar kam mablag‘ hisobiga katta daromad manbaiga aylanishi
shubhasiz.   Mamlakatimizning   barcha   viloyatlaridan   o‘nlab,   yuzlab   diniy
qadamjolar   mavjud.   Ammo   ularni   ziyorat   etish   marshrutlari   aniq   tuzilmagan.
Achinarli holati shundaki,  Islom  dunyosida katta xizmat qilgan, avliyo darajasiga
ko‘tarilgan   siymolarimiz   abadiy   qo‘nim   topgan   maskanlarini   faqatgina   mahalliy
darajada, ya’ni tuman yoki viloyat miqiyosidagi bilamiz, xolos. Binobarin, bunday
muqaddas   ziyoratgohlarni   respublika   va   xalqaro   darajadagi   diniy   ziyoratgoh
obyektlariga   aylantirish   mumkin.   Shuni   aytish   lozimki,   diniy   turizm   hamma   vaqt
sayohatning   eng   aktiv   turi   bo‘lib   kelgan.   Insoniyat   borki,   u   e’tiqod   qiladi,
sig‘inadi, ruhan va ma’naviy jihatdan poklanishga harakat qiladi. Shuning uchun u
diniy   ziyoratni   hohlaydi.   Buning   uchun   muqaddas   ziyoratgoh   bo‘lishi   shart.
Vaholanki, mamlakatimiz diniy ziyoratgohlarga boy mintaqa hisoblanib, kelajakda
diniy turizmni rivojlantirishga yanada e’tiborni  yanada kuchaytirish ham  moddiy,
ham ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz   milliy   va   mintaqaviy   iqtisodiyotini   rivojlantirishda   xalqaro
turizmning istiqboli hamda ahamiyati beqiyosdir. Darhaqiqat, O‘zbekiston hozirgi
kunda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bevosita iqtisodiyotning
an’anaviy tarmoqlari, xususan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport kabilar hissasiga
to‘g ‘֥ ri   kelmoqda.   Biroq,   istiqbolda   milliy   iqtisodiyotning   eng   serdaromad
sohalaridan   biri   bu   xalqaro   turizmni   rivojlantirishning   ahamiyati   katta.   Buning uchun   mustaqillikning   dastlabki   yillaridan   buyon   bir   qancha   tadbirlar   amalga
oshirilmoqda.   Binobarin,   har   yili   Toshkent   shahrida   xalqaro   turistik   yarmarka
muvaffaqiyatli  o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan  2007 yil  17-18 oktyabrda “Buyuk
Ipak   Yo‘lida   turizm”   mavzusidagi   XIII-an’anaviy   xalqaro   turistik   yarmarkada   30
ta davlatdan kelgan 80 dan ortiq firma va kompaniyalar, xususan Rossiya, Saudiya
Arabistoni,   Malayziya,   Eron,   Misr,   Birlashgan   Arab   Amirliklari,   Hindiston   kabi
davlatlar ishtiroki muhim o‘rin tutadi.
Ushbu   yarmarkaning   asosiy   maqsadi   O‘zbekistonda   turizm   imkoniyatlari   va
salohiyati bilan tanishish, sohada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shartnomalar
tuzish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bundan tashqari, milliy va xalqaro turistik
tashkilotlar,   mehmonxona   va   restoranlar,   muzeylar,   bank,   sug‘urta   korxonalari
ishtirok   etdi.   Ma’lumotlarga   ko‘ra   keyingi   besh   yil   ichida   O‘zbekistonda   17   ta
yirik   va   o‘rta,   hamda   30   dan   ortiq   xususiy   mehmonxonalar   ishga   tushirilishi
tarmoqning   jadal   rivojlanayotganligidan   dalolat   beradi.   2007   yilda   jami   175   ta
mehmonxonalar 20 ming sayyohlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bunda
turizm   rivojlangan   AQSh,   Buyuk   Britaniya,   Hindiston   va   Malayziya   davlatlari
kabi   xalqaro   hamkorlarning   hissasi   qo‘shilgan.   2010   yilgacha   yana   56   ta
mehmonxonalar   qurilishi   rejalashtirilgan   bo‘lib,   2000   mingdan   ortiq   oliy
ma’lumotli   mutaxassislar   tayyorlanadi.   O‘zbekistonda   turizmni   rivojlantirishda
diniy   turizmning   ahamiyati   katta.   Albatta   turizmni   rivojlantirishga   davlat
ahamiyati   berilgan.   Xususan,   Prezidentimiz   tashabbusi   bilan   ko‘plab   diniy
qadamjolar   qayta   qurilishi,   sayyohlar   va   ziyoratchilar   uchun   qulay   sharoit
yaratilmoqda.   Islom   dunyosida   ma’lum   va   mashhur   olimu-fuzololar,   Islom   dini
rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan insonlar qabrlarini ziyorat etishga qiziqish yil
sayin oshib bormoqda. Jumladan, 2007 yilda Toshkent  shahrini islom  madaniyati
markazi sifatida islom dunyosining e’tirofi buning isbotidir.
O‘zbekistonning   hududlarida,   shahar   va   qishloqlarida   ko‘plab   ziyoratgohlar
mavjud bo‘lib, ularni diniy sayyohlik marshurutlariga kiritish lozim. Buning uchun
geografik   tadqiqodlarga   tayanish,   kartalashtirish   maqsadga   muvofiqdir.   Shu o‘rinda   ta’kidlash   joizki   mintaqalarda   diniy   turizmni   rivojlantirish   uchun
quyidagilarga e’tibor qaratish katta ahamiyatga egadir:
- Xududlarda diniy qadamjolarni aniqlash va ularni qayta ta’mirlash;
- Diniy qadamjolarni har bir viloyat bo‘yicha xaritasini ishlab chiqish;
- Islom diniga e’tiqod qiladigan davlatlar turistik firma va kompaniyalari bilan
hamkorlikni yanada rivojlantirish;
- Islom dunyosidan keladigan turistlar uchun shart-sharoitlar yaratish;
-   Mahalliy   turizmni   tashkil   etish   va   rivojlantirishda   ziyoratchilar   talabini
o‘rganish;
-   Diniy   turizmni   rivojlantirish   uchun   xorijiy   davlatlarda   reklamaga   jiddiy
e’tibor qaratish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan moddiy madaniy  meros ob’ektlarining hududiy tarkibi
(2019 yil)
№ Hududlar Modiy-madaniy meros ob’ektlari
Jami* Respublika
bo‘yicha
foizdaArxeologik Arxitektura Monumental Diqqatga
sazavor
joylar
1 Samarqand  985 552 36 34 1607 19,9
2 Qashqadaryo  1041 200 43 27 1311 16,3
3 Buxoro  226 507 78 18 829 10,3
4 Toshkent 621 8 73 126 828 10,3
5 Surxondaryo 445 36 39 41 561 6,9
6 Navoiy 340 70 22 5 437 5,4
7 Jizzax 268 100 59 0 427 5,3
8 Andijon 221 74 42 85 422 5,2
9 Farg‘ona 117 139 31 89 376 4,7
10 Toshkent sh. 23 288 43 0 354 4,4
11 Qoraqalpog‘iston 
Resp. 131 24 89 50 294 3,7
12 Namangan 152 98 8 16 274 3,4
13 Xorazm 34 135 84 6 259 3,2
14 Sirdaryo 26 7 41 4 78 1,0
Respublika bo‘yicha 
jami 4630 2238 688 501 8057 100
1.4.   Ziyorat   turizmining   kichik   hududlar   iqtisodiyotida   tutgan   o‘rni   va
ahamiyati                   O‘zbekistonning   turli   hududlarida   xalqaro,   mintaqaviy   va   mahalliy
ahamiyatidagi  ko‘plab  diniy  turistik  obyektlari   mavjud  bo‘lib,  ular  joylarda  diniy
turizmni   rivojlantirishning   asosi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Mamlakatimizda   diniy
turizm   sohasini   yangi   pog‘onaga   ko‘tarish   uchun   joylardagi   mahalliy   ziyorat
obyektlarini   qamrab   olgan   maxsus   marshrutlarni   ishlab   chiqib,   ularni   aholi
o‘rtasida   keng   targ‘ib   qilish   maqsadga   muvofiq.   Bu   holat   O‘zbekistonning   turli
qismlari   uchun   mintaqaviy   ziyorat   turistik   marshrutlari,   ularning   dastur   va
xaritalarini ishlab chiqish vazifasini kun tartibiga qo‘ymoqda.
Fikrimizcha,   mintaqaviy  ziyorat   turistik   marshrutlar   vaqt   jihatidan   nisbatan
qisqa   muddatli   (2-4   kun)   bo‘lishi   lozim,   chunki   ziyoratga   eng   ko‘p   qiziqadigan
aholi   qatlami   –   bu   o‘rta   va   keksa   yoshdagilardir   hamda   ular   uchun   sayohat
davomiyligi   iloji   boricha   ixcham   va   arzonroq   bo‘lgani   qulay.   Ayni   paytda   bu
marshrutlar   bir   nechta   ziyorat   obyektlarini   qamrab   olishi   va   shu   orqali
ziyoratchilarga hududlarning diniy turistik salohiyati haqida keng tasavvurni hosil
qilishi   kerak.   Natijada,   qisqa   vaqt   ichida,   jismonan   charchamasdan,   katta
mablag‘ni sarflamasdan, ziyoratchilar o‘zlari yashaydigan hududning asosiy diniy
turistik obyektlari bilan tanishib, katta ijobiy ma’naviy taasurotlarga ega bo‘ladilar
hamda o‘z o‘lkalarining madaniy merosi haqidagi tasavvurlarini kengaytiradilar.
Bunday   xususiyatlarga   ega   bo‘lishi   uchun   mintaqaviy   ziyorat   turistik
marshrutlar,   nazarimizda,   O‘zbekistonning   6   ta   iqtisodiy   rayon   (Toshkent,
Farg‘ona,   Mirzacho‘l,   Zarafshon,   Janubiy   va   Quyi   Amudaryo   [89])   kesimida
tuzilishi   ma’qul,   chunki   bunday   holatda   o‘sha   marshrutlar   kutilgan   darajada
ixcham va ayni paytda sermazmun va jozibali bo‘ladi.
Tadqiqotimiz   jarayonida   mintaqaviy   ziyorat   turistik   marshrutlarini   ishlash
vazifasini oldimizga qo‘yib, birinchi navbatda, respublikamizning har bir iqtisodiy
rayonidagi   eng   asosiy,   ko‘pchilik   dindorlar   tomonidan   e’tirof   etiladigan   va
qadrlangan ziyorat obyektlari tanlab olindi. Obyektlar sonini belgilashda marshrut
davomiyligi   4   kundan   oshmaslik   sharti   hisobga   olindi.   Undan   keyin,   tanlangan
ziyoratgohlar   orasidagi   masofa   va   harakatlanish   vaqti   Internetdagi
www.maps.google.com  sayt  yordamida hisoblab chiqarildi hamda iqtisodiy rayon ichidagi   xalqasimon   marshrut   o‘zagi   tuzildi.   Keyingi   bosqichda   iqtisodiy
rayondagi   aholisi   nisbatan   ko‘p   bo‘lgan   va   rayonning   turli   qismlarida   joylashgan
shaharlar   tuzilgan   xalqasimon   marshrutning   boshlang‘ich   va   yakuniy   nuqtalari
sifatida belgilanib, har  biri  uchun mos  ravishda  xalqasimon  marshrutning alohida
varianti   ishlandi.   Bunda   boshlang‘ich   nuqtadan   harakatlanish   yo‘nalishi,
obyektlarni ko‘rish ketma-ketligi, obyektdan obyektgacha yetib borishga va har bir
obyektni   ziyorat   qilishga   kerak   bo‘lgan   vaqt,   ovqatlanish   vaqti   va   qulay   joyi,
tunash   uchun   mos   keladigan   mehmonxonalar   mavjud   bo‘lgan   manzilgohlar   va
ulargacha   yetib   borish   vaqti,   namoz   vaqti   va   namoz   o‘qish   uchun   qulay   sharoit
mavjud bo‘lgan joy singari omillar hisobga olindi. Natijada, har bir iqtisodiy rayon
uchun   2   tadan   4   tagacha   variantda   mintaqaviy   xalqasimon   ziyorat   turistik
marshrutlarning   batafsil   soatma-soat   tarzdagi   tuzilgan   dasturlari   ishlab   chiqildi
hamda   dastur   asosida   mavzuli   xarita   yaratildi.   Ushbu   xaritalarda   mintaqaviy
xalqasimon ziyorat turistik marshrutning har bir varianti (boshlang‘ich nuqtasidan
kelib   chiqib)   ko‘rsatilgan   bo‘lib,   ziyorat   obyektlari,   harakatlanish   yo‘nalishlari,
ovqatlanish va tunash joylari xaritalarning maxsus mazmunini tashkil etadi.
Quyida tadqiqot   jarayonida tuzilgan  mintaqaviy xalqasimon  ziyorat   turistik
marshrutlari   mamlakatimizning   6   ta   asosiy   iqtisodiy   rayonlari   kesimida   qisqacha
ko‘rib   chiqiladi.   Dissertatsiya   hajmi   cheklanganligi   tufayli   ushbu   paragrafda
marshrutlar   dasturlari   va   xaritasi   faqatgina   Janubiy   iqtisodiy   rayon   uchun   to‘liq
berilgan   bo‘lib,   qolgan   iqtisodiy   rayonlar   uchun   tuzilgan   marshrutlarning   faqat
qamrab olgan ziyorat obyektlari hamda tayanch nuqtalari keltirilgan bo‘lib, tegishli
marshrut dasturlari hamda xaritalari dissertatsiyaning ilovalar qismida keltirilgan.
1.   Janubiy   iqtisodiy   rayon.   Surxondaryo   viloyatida   quyidagi   ziyorat
obyektlari   marshrutga   kiritildi.   Zul   Kifl   ziyoratgohi,   Al   Hakim   at-Termiziy
ziyoratgohi,   Takiya   ota   ziyoratgohi,   Muzrabod   ota   ziyoratgohi,   Sayrob   chinori,
Sulaymon   ota   ziyoratgohi,   Imom   Termiziy   ziyoratgohi,   Omonxona   bulog‘i   yoki
Kamari aziz, Sufi Olloyor ziyoratgohi, Mavlonoi Zohid ziyoratgohi, Xo‘jaipok ota
ziyoratgohi, Xo‘ja Hasan Ilg‘oriy, Sayid Otaliq madrasasi, Xo‘ja Aloviddin Attor,
Oq   Ostona   ziyoratgohi,   Sangardak   sharsharasi,   Samandar   Termiziy   ziyoratgohi, Imom   Termiziy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markaz,   Sulton   Saodat   majmuasi.
Qashqadaryo   viloyatida   “Hazrati   Muborak   Marvaziy”   ziyoratgohi,   “Sulton   Mir
Xaydar” yodgorlik majmuasi,  “Murodbaxsh ota” ziyoratgohi, Abu Ubayda ibn al-
Jarroh”   yodgorlik   majmui,   “Abul   Barakot   Mu’iyn   an-Nasafiy”   ziyoratgohi,
“Mirijanda ota” yodgorlik majmuasi, “Langar ota” ziyoratgohi, “Dorus – Saodat”
majmuasi, “Dor ut-Tilovat” majmuasi, “Hazrati Bashir” ziyoratgohi, “Qusam ota”
ziyoratgohi,   Xo‘ja   Abdulaziz   madrasasi,   Qilichboy   madrasasi   kabi   ziyoratgohlar
tanlab   olindi.   Bunda   xalqasimon   ziyorat   marshrutining   4   variantli   ko‘rinishi
ishlangan   bo‘lib,   ular   Termiz,   Denov,   Shahrisabz   va   Qarshi   shaharlaridan
chiqiladigan marshrutlardir (3.2 - 3.5-jadvallar, 3.2-rasmga qarang).
2.   Zarafshon   iqtisodiy   rayoni.   Samarqand   viloyatida   “Hazrati   Dovud”
majmuasi, “Xo‘ja Ahror Valiy” ziyoratgohi, “Murod Avliyo” ziyoratgohi, “Hazrati
Xizr” majmuasi,  “Shohi   Zinda”  yodgorlik  majmuasi,  “Xo‘ja Doniyor” majmuasi,
“Xo‘ja Isxoki Valiy” ziyoratgohi, “Imom Buxoriy” majmuasi, Imom Al-Motrudiy
maqbarasi,   Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi,   “Xo‘ja   Abdu   Darun”
ziyoratgohi, Maxdumi A’zam ziyoratgohi. Buxoro viloyati “Chor Bakr” majmuasi,
“Bahouddin   Naqshband”   majmuasi,   “Said   Amir   Kulol”   ziyoratgohi,   “Abduxoliq
Gijduvoniy”   ziyoratgohi,   “Xuja   Maxmud   Anjir   Farganiy”   ziyoratgohi,   “Xuja   Ali
Romitoniy”   masjidi,  “Xo‘ja   Muxammad   Boboi   Samosiy”   masjidi,   “Xo‘ja   Orif   ar
Revgariy   Moxitobon”   masjidi,   “Abu   Xafsi   Kabir”   masjidi,   Chashmai   Ayub
maqbarasi.   Navoiy   viloyati:   “Qosim   Shayx”   majmuasi,   “Mavlono   Orif
Deggaroniy”   ziyoratgohi,   “Gadoyselkin”   ziyoratgohi,   “Xuja-Xasan   Andokiy”
masjidi,   “Chil   Ustun   va   Ko‘k   Gumbaz”,   “Chashma”   majmuasi,   Ayteke   biy
ziyoratgohi,   “Boyazid   Bastomiy”   qadamjosi   kabi   ziyoratgohlar   tanlandi.   Bunda
ziyorat  marshrutlari 3 ta varianti ishlangan bo‘lib, Samarqand, Navoiy va Buxoro
shaharlaridan chiqiladi (1-2-ilovalarga qarang).
3.   Mirzacho‘l   iqtisodiy   rayoni.   Sirdaryo   viloyatidagi   “Xasti   buzurgon”
ziyoratgohi.   Jizzax   viloyatidagi   “Qoplon   ota”,   “Xo‘jai   Serob   ota”,   “Novqa   ota”,
“O‘smat   ota”,   “Sa’d   ibn   Abu   Vaqqos-1”,   “Parpi   ota   (Muhammad   G‘azzoliy)”,
“Hazrati   Zaynulobiddin”,   “Xo‘jabog‘bon   ota”,   “Xodja   Nuriddin”   madrasasi   kabi ziyoratgohlar tanlandi. Bunda ziyorat marshrutlari 2 ta variantda ishlangan bo‘lib,
ular Guliston va Jizzax shaharlaridan chiqiladi
4. Toshkent iqtisodiy rayoni. Toshkent viloyatidagi “Zangi ota” ziyoratgohi,
“Parpi ota” ziyoratgohi, “Hazrati Ali” ziyoratgohi, “Shayx Umar Vali” ziyoratgohi,
“Xumson bulog‘i”, “Shoabdumalik ota” ziyoratgohi. Toshkent shahridagi “Hazrati
Imom”   majmuasi,   “Islom   sivilizatsiyasi   markazi”,   “Chimir   ota”   ziyoratgohi,
“Shayx   Zayniddin   bobo”   ziyoratgohi,   “Shayx   Xovand   Tohur”   majmuasi,   “Suzuk
ota”   majmuasi,   “Xuja   Allambardor”   ziyoratgohi,   “Xayrobodiy”   ziyoratgohi,
“Sugalli   ota”   ziyoratgohi,   “Cho‘pon   ota”   ziyoratgohi,   “Qo‘yliq   ota”   ziyoratgohi,
“Madrasa   Abulqosim”,   “Madrasa   Barakxan”,   “Madrasa   Ko‘kaldosh”,   “Masjid
Hazrati Imom”, “Masjid Minor” kabi ziyoratgohlar tanlandi.
Bunda ziyorat marshrutlarining 2 ta varianti ishlangan bo‘lib, ular Toshkent
shahridan va Ohangaron shahridan chiqiladi.
5.   Farg‘ona   iqtisodiy   rayoni.   Farg‘ona   viloyatidagi   “Sir   Po‘shota”
ziyoratgohi,   “Puri   Siddiq”   ziyoratgohi,   “Bibi   Ubayda”   ziyoratgohi,   “Muhammad
Jalil   Podshohpirim”   ziyoratgohi,   “Satkak   azizlar”   ziyoratgohi,   “Offoq   Xojam
Podshoh”   qadamjolari,   “Xoja   Muhammad   Valiypirim”   ziyoratgohi,   “Abdulloh
Qori   Soqiy   ota   qadamjolari”   ziyoratgohi,   “Xoja   Hasan   Muhyiddin   Xo‘jam
Podshoh   qadamjolari”   ziyoratgohi,   “Burhoniddin   Marg‘inoniy”   yodgorlik
majmuasi,   shuningdek,   Andijon   viloyatidagi   “Mirpo‘stin   ota”   ziyoratgohi,
“Qutayba   ibn   Muslim”   ziyoratgohi,   “Muhammad   ibn   Hanafiya   Imom   ota”
qadamjosi, “Fozilmon ota” ziyoratgohi, Namangan viloyatida joylashgan “O‘n bir
Ahmad”   ziyoratgohi,   “Mavlono   Lutfullo”   qadamjosi,   “Sulton   Uvays   Qaraniy”
majmuasi, “Mahdumi A’zam Kosoniy” majmuasi, “Kosonsoy jomiy masjidi” kabi
ziyoratgohlar tanlandi.
Bunda   ziyorat   marshrutlari   4   ta   varianti   ishlangan   bo‘lib,   marshrutning
chiqish   joylari   Qo‘qon   shahri,   Andijon   shahri,   Namangan   shahri,   Farg‘ona
shahrihisoblanadi (7-8-ilovalarga qarang).
6.   Quyi   Amudaryo   iqtisodiy   rayoni.   Mazkur   iqtisodiy   rayon   bo‘yicha
tuzilgan   marshrutga   Xorazm   viloyatidagi   “Yusuf   Xamadoniy”   majmuasi, “Vayangan   bobo”   ziyoratgohi,   “Pahlavon   Mahmud”   ziyoratgohi,
“Xo‘jamberdibiy”   madrasasi,   “Qutlug‘murod   Inoq”   madrasasi,   “Arab
Muhammadxon” madrasasi, “Sherg‘ozixon” madrasasi, “Matpanoboy” madrasasi,
“Matniyoz   Devonbegi”   madrasasi,   “Oq   masjid”,   “Juma   masjid”,   “Shayx   Muxtor
Vali”   ziyoratgohi,   Qoraqalpog‘iston   Respublikasidagi   “Sulton   Uvays   Bobo”
majmuasi,   “Shayx   Jalil   Bobo”   ziyoratgohi,   “Abdulla   Norinjoniy”   majmuasi,
“Kechirmas   ota”   ziyoratgohi,   “Mazlumxon-Suluv”   maqbarasi,   “Dovut   ota”
maqbarasi,   “Jantemir   Eshon”   kabi   ziyoratgohlar   kiritildi.   Mazkur   ziyorat
marshrutlari   2   ta   variantli   ishlangan   bo‘lib,   ular   Urganch   hamda   Nukus
shaharlaridan chiqilishi bilan farqlanadi (9-10-ilovalarga qarang).
Turizm   xalqaro   xizmatlar   bozori   tarkibidagi   muhim   tarmoqlardan   biri
hisoblanib,   XXI   asrning   boshida   bir   qancha   salbiy   omillar:   tabiiy   ofatlar,
pandemiyalar, iqtisodiy  inqiroz  va  turli   siyosiy  mojarolarning  bo‘lishiga  qaramay
jahon   xo‘jaligida   iqtisodiy   samaradorligi   bo‘yicha   yetakchi   o‘ringa   chiqib   olgan.
Ta’kidlash   joizki,   turizm   nafaqat   hududlarni   iqtisodiy   rivojlantirishning   kuchli
vositasi,   balki,   u   muayyan   hudud   qiyofasini   yaratish,   kelajak   istiqbollari   va
o‘tmishini   targ‘ib   etishda   ham   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Turizm   mamlakat
iqtisodiyotining   rivojlanishiga   eng   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Turli   mamlakatlarning
turistik   va   rekreatsiya   salohiyati   juda   murakkab   tushuncha   bo‘lib,   uni   barchani
birdek   qanoatlantiradigan   mezonlar   asosida   baholash   qiyin.   Bu   ko‘p   jihatdan
turistik   salohiyatning   asosini,   har   bir   alohida   hududning   kelib   chiqishi   va
mohiyatiga   ko‘ra   har   xil   bo‘lgan   madaniy,   tabiiy   va   tarixiy   meros   obyektlari
tashkil   etishiga   bog‘liq.   Shu   bilan   birga,   siyosiy,   iqtisodiy,   huquqiy,   madaniy,
ijtimoiy   va   psixologik   xususiyatga   ega   bo‘lgan   bir   qancha   tashqi   omillar   turistik
yo‘nalishning   jozibadorlik   darajasining   yakuniy   ko‘rsatkichlariga   sezilarli   ta’sir
ko‘rsatadi.
YUNЕSKO   ma’lumotlariga   ko‘ra,   dunyo   aholisining   60   %   biror   bir   dinga
e’tiqod   qiladi   va   bu   kishilar   diniy   turizmning   asosiy   xarakatlantiruvchi   kuchini
tashkil qiladi. Diniy   turizmdan   keladigan   daromad   ba’zi   davlatlar   byudjetining   asosini
tashkil   qiladi.   Masalan,   Saudiya   Arabistoni   2019   yil   13   mln   ziyoratchini   qabul
qilgan   bo‘lsa,   2030   yilga   borib   bu   raqamlar   ikki   baravarga   ko‘payib   30   mlnga
borishi kutilmoqda. Shuningdek, Xindistonning Gujarat shtatida tashrif buyuruvchi
sayyohlarning deyarli 36% diniy sayyohlar hisoblanadi. Braziliyadagi diniy turizm
bozori   mamlakatdagi   eng   yirik   sayyohlik   segmentlaridan   biri   bo‘lib,   ular   20   mln
kishini   tashkil   qilmoqda.   Iroqning   iqtisodiyotida   diniy   turizm   neftdan   keyingi
ikkinchi o‘rinda turadi.
Statistik   ma’lumotlardan   ko‘rish   mumkinki,   O‘zbekiston   Respublikasida
2021 yil davomida jami kirish va chiqish turizmida 4076,1 ming kishi qatnashgan.
Uning 46,1 % yoki 1881,3 ming kishisini mamlakatimizga kelgan turistlar tashkil
qilgan, respublika aholisidan 2194,8 ming nafari xorijga sayyohlik uchun borgan.
Ichki   turizmda   2162,7   ming   kishi   ishtirok   etgan.   Mamlakatimizga   kelgan
turistlarning   deyarli   86,0   foizi   qarindoshlarini   yo‘qlash,   ziyorat   qilish   maqsadida
tashrif buyurishgan. Kelganlarning ko‘pchilik qismi qo‘shni davlatlar Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Rossiyaga  tegishli. Shuningdek, Turkiya,
Pokiston   hamda   Hindistonlik   turistlar   ham   ko‘pchilikni   tashkil   qilgan.
O‘zbekistondan   turist   sifatida   tashrif   buyurgan   davlatlar   ham   Markaziy   Osiyo
davlatlari   hisoblanadi,   shuningdek,   tahlil   qilinayotgan   yilda   Misr,   Belarus   va
Turkiyaga ham nisbatan ko‘proq aholi borgan [106]. 
Mamlakatimiz aholisining deyarli yarmi istiqomat qiladigan qishloq joylari,
ya’ni   kichik   hududlarning   iqtisodiyotida   ham   turizmning   o‘rni   va   ahamiyatini
yuqori.   Aksariyat   turistik   obyektlar:   tarixiy,   arxeologik,   etnik-madaniy   va
boshqalarda   turizmdan   keladigan   daromad,   asosiysi   aholining   aynan   tirikchilik
manbai ham mazkur soha ekanligini ta’kidlash o‘rinli [42, 43]. 
Ziyorat turizmining kichik hududlar iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati
baholash   uchun   bevosita   turizm   faoliyati   bilan   shug‘ullanadigan   davlat
tashkilotlari,   jumladan   Turizm   va   madaniy   meros   vazirligi,   uning   huzuridagi
Madaniy   meros   departamenti,   “Vaqf”   hayriya   jamoat   fondi,   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari   qo‘mita,   Rus   pravoslav cherkovining   Toshkent   va   O‘zbekiston   yeparxiyasi   ma’lumotlaridan   keng
foydalanildi.   Shuningdek,   muqaddas   ziyoratgohlar   va   qadamjolarga   borib
o‘rganildi, adabiyotlar, maqolalar, internet ma’lumotlari asosida tahlil qilindi.
Diniy   turistik   obyektlar   joylashgan   aholi   punktlarining   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga   ta’siri   nazariy   jihatdan   ijtimoiy   geografik   omillar,   jumladan
transport   geografik   o‘rni,   yirik   shaharlarga   yaqinligi,   boshqa   turistik   obyektlar
bilan   birikishi,   aholi   soni   va   zichligi   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Masalan,   Samarqand
viloyati   Payariq   tumani   Xartang   qishlog‘idagi   Al-Buxoriy   ziyoratgohi,   Toshkent
viloyati Zangiota tumanidagi Zangiota ziyoratgohlarida yuqoridagi omillar yaqqol
seziladi. Aksincha bo‘lgan joylarda, masalan aholi manzilgohlaridan uzoq, aholisi
siyrak   hamda   transport   tugunidan   uzoqda   bo‘lgan   Surxondaryo   viloyatida   Sufi
Olloyor, Mavlonoyi Zoxid, Oq ostona bobo kabi ziyoratgohlarda ushbu modelning
samaradorligi kam namoyon bo‘ladi.
Ziyoratgohlarning   joylashgan   o‘rni   (tog‘   va   tog‘   oldi,   yoki   tekislik
hududlarda   joylashganligi)   ham   turli   xususiyatlarda   namoyon   bo‘ladi.   Jumladan,
ziyoratlarda muqaddas hisoblangan komponentlar (tosh, g‘or, suv, buloq, daraxtlar,
baliqlar)   tog‘li   va   tog‘   oldi   huudlarida   ko‘pligi   bilan   namoyon   bo‘lsa,
ziyoratchilarning   har   ikkala   hududga   kelishi   mavsumiy   bo‘lsada,   lekin   tog‘-tog‘
oldi   hududlarda   yoz   faslida   ziyoratgohlarning   yon   atrofidagi   dam   olish   zonalari,
oromgohlar,   tabiatning   turli   qiziqarli   obyektlari,   sharshara   va   buloqlar   bilan
ziyoratgoxlarga   ziyorat   qilish   xamohang   tarzda   oshib   borishini   hisobga   olsak,
tekisliklarda   aholi   zich   bo‘lgan   hududlarda   mavsumiylik   bu   qadar   sezilmaydi.
Ayniqsa,   xaftaning   juma,   shanba   va   yakshanba   kunlarida   ushbu   hududlarda
ziyoratchilar sig‘imi yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunga misol tariqasida Surxondaryo
viloyatida   Sufi   Olloyor,   Xo‘jaipok,   Jizzax   viloyatida   O‘smat   ota,   “Novqa   ota”
ziyoratgohi kabi ziyoratgohlarni keltirish mumkin. 
Diniy   turizmni   jadal   rivojlanib   borishi   barobarida,   aholini   ko‘proq   diniy
obyektlarga   jalb   qilish   va   o‘z   navbatida   mazkur   obyektlarda   turli   xildagi
xizmatlarni   rivojlantirishga   olib   kelmoqda.   Shuningdek,   atrof-muhitni   muhofaza qilish,   yaqin   atroflarni   obodonlashtirish   va   ko‘kalamzorlashtirish,   hududlarni
zaruriy xizmatlar bilan ta’minlash shular jumlasidandir.
Respublikamizda   ham   ko‘plab   ziyoratgoh   va   qadamjolar   –   Imom   al-
Buxoriy,   Abu   Iso   at-Termiziy,   Imom   Moturudiy,   Abduholiq   G‘ijduvoniy,
Bahouddin   Naqshbandiy,   Ahmad   Farg‘oniy,   Burhoniddin   Marg‘iloniy,   Imom   at-
Termiziylarning   muqaddas   maqbaralari   va   ular   nomi   bilan   bog‘liq   tabarruk
qadamjolar bor, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ilmiy-ma’naviy meroslariga boy yurt
xisoblanadi,   qolaversa   buddizm,   xristianlik,   zardushtiylik   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
diniy   turistik   obyektlar   bor.   Bularning   aslida   aksariyat   qismi   mahalliy
ziyoraratchilarning   qamrovi   bilan   gavjum.   Mamlakatimizda   aksariyat   muqaddas
qadamjolarga   xos   yana   bir   jihat   shundaki,   ularning   hududi   tarixan   markazlarda,
yonida   buloqlar,   ming   yillik   daraxtlar,   uzoq   tarixga   ega   masjidlar   mavjud.
Masalan,   Al-Xakim   At-Termiziy   ziyoratgohi   eski   Termiz   hududida,   Sufi   Olloyor
uzoq tarixga ega masjid.
Ziyoratga   boradigan   sayyohlar   va   mezbon   jamoatchilik   o‘rtasidagi   o‘zaro
aloqalarni   yanada   yaxshilash   turistlar   oqimining   sezilarli   oshirishga   ijobiy   ta’sir
qiladi.   Yuqorida   ta’kidlanganidek,   kichik   hududlar   xo‘jaligida   quyidagi   xizmat
turlarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Do‘konlar diniy yodgorliklar, buyumlar,
tasbehlar,   bosh   kiyimlar,   ziyorat   uchun   boshqa   diniy   buyumlar   katta   daromad
keltiradi.   Ma’lumotlarga   ko‘ra,   ushbu   narsa-buyumlarga   ziyoratchilar   tomonidan
qiziqish insoniyatning qadim tarixidan buyon mavjud bo‘lib kelgan.
Olib   borgan   tadqiqotlar   natijasida   Toshkent   viloyati   Zangiota   tumanida
joylashgan   “Zangiota   ziyoratgohi”   majmuasi,   shuningdek   Surxondaryo   viloyati
Termiz   tumanida   joylashgan   “Al-Xakim   At-Termiziy   ziyoratgohi”   majmualarida
anketa   so‘rovnomalar   o‘tkazildi   (anketa   ilova   qilinadi).   O‘rganishlar   natijasida
ma’lum   bo‘ldiki,   Zangiota   ziyoratgohi   majmuasida   turli   lavozimlarda   ishlovchi
doimiy   xodimlar   soni   40   tani   tashkil   qiladi.   Shuningdek,   ziyoratgoh   joylashgan
hududda   bevosita   aynan   ziyoratchi   va   turistlarga   xizmat   qiladigan   50   taga   yaqin
turli   do‘konlar  tomonidan  ziyorat  buyumlari, estaliklar   sotiladi.  Har   bir   do‘konda
o‘rta hisobda 2-3 kishi band ekanligini ko‘rish mumkin. Anketa so‘rovnomalardan ma’lumki, ishlovchilarning o‘rtacha oylik maoshi respublikamizda har bir kishiga
mos keluvchi o‘rtacha oylikdan ancha yuqori. Shu bilan birga, savdo do‘konlariga
sotuvga chiqarilgan buyumlarning deyarli barcha mazkur hududda yashovchi aholi
tomonidan ya’ni hunarmandlar, asosan ayollar tomonidan tayyorlanadi va yetkazib
beriladi.   Masalan,   yilning   ikkita   mavsumida   bahorda   va   kuzda   ekiladigan   gul
ko‘chatlari har birida ikki mingtani tashkil etib, bevosita gul yetkazib berish bilan
shug‘ullanuchi   aholi   mavjud.   O‘rganishlar   jarayonida   guvohi   bo‘ldikki,
ziyoratgohga   bir   kunda   o‘rta   hisobda   1500-2000   gacha   yaqin   ziyoratchi   tashrif
buyuradi.   Ularning   tunab   qolishlari,   dam   olishlari   uchun   bir   qancha
mehmonxonalar, uy mehmonxonalari mavjud.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda 2021 yilda mehmonxonalar va shunga o‘xshash
turar   joylarga   joylashtirishtirilgan   shaxslardan   393,8   ming   kishi   ish   yuzasidan   va
kasbga oid maqsadida, 325,2 ming kishi ta’til, bo‘sh vaqt va dam olish maqsadida,
50,0   ming   nafari   do‘stlar   va   qarindoshlardan   xabar   olish   maqsadida,   36,2   nafari
ta’lim   va   kasbiy   tayyorgarlik   maqsadida,   27,5   ming   nafari   davolovchi   va
sog‘lomlashtiruvchi   muolajalar   maqsadida,   27,0   ming   nafari   ziyoratgohlarga
tashrif maqsadlarda kelgan .
Ziyoratgohning mahalliy aholini iqtisodiy sharoitiga
  va faoliyatiga ta’siri 
Rasm   O‘zbekiston   hududlarida   muallif   tomonidan   olib   borilgan   kuzatuvlar
asosida ishlab chiqildi.
Mehmonhonalar   bilan   bir   qatorda,   turistlarga   xizmat   ko‘rsatadigan
fotosuratchilar,   ovqatlanish   shohobchalari   hamda   avtomobil   transportining   o‘rni
alohida e’tiborga loyiq.
Surxondaryo viloyatida joylashgan Al-Xakim At-Termiziy ziyoratgohida 30
ga yaqin ishchi xodimlar faoliyat yuritadi. Ziyoratgoh atrofida 20 ortiq turli ziyorat
buyumlari,   estaliklar   hamda   xunarmandlar   tomonidan   yasalgan   buyumlar   bilan
savdo   qiluvchi   do‘konlar   mavjud.   Do‘konlarning   har   birida   o‘rtacha   ikki   kishi
bandligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Ziyoratgoh   xududini   obodonlashtirish   uchun mingdan   ortiq   turli   manzarali   hamda   mevali   buta   va   daraxtlar   parvarishlanib
kelinmoqda. Ziyoratgoh  yaqinida  vaqf   tasarruviga qarashli  mehmonxona  mavjud.
Aholiga   qulaylik   tug‘dirish   maqsadida   Termiz   shahridan   kunlik   qatnovchi
transport vositasi yo‘lga qo‘yilgan.
Ziyoratgohlarning   mahalliy   aholining   iqtisodiy   sharoitiga   va   faoliyatiga
ta’sirini   bir   necha   ziyoratgohlarda   so‘rovnomalar   va   o‘rganishlar   asosida
shakllantirdik. Biz bularni ehtimollik nazaridan 8 ta asosga ajratdik.
1.     Do‘konlar.   Suvenir,   ibodat   va   ziyorat   buyumlari,   ziyorat   bukletlari,   bu
hududdagi   hunarmandchilik   va   kichik   sanoat   ishlab   chiqarishga   asoslangan,
ziyorat ma’lumotlari keltirilgan bosmaxonalar faoliyati natijalari asosida, buklet va
brashyuralar chiqarish uchun.
2.    Transport   xizmatlari.   Ziyoratga  keluvchilar   uchun  alohida   marshrutlari   yo‘lga
qo‘yilganligi.
3.  Ovqatlanish shahobchasi. Ovqatlanish shahobchasida ziyoratchilarning talablari
kam,   aksariyat   shu   hududda   faoliyatini   olib   borayotgan   savdo   do‘konlari
xodimlari, xaydovchilarni doimiy mijoz sifatida qabul qilib faoliyat ko‘rsatadi.
4.   Fotosuratchilar. Muqaddas  obyektda ziyoratchilarni  tarixiy xotiralarini  suratga
muhrlash orqali o‘zlarining xizmatlarini taklif qilmoqda.
5.     Mehmonxona   va   mehmon   uylari.   Ziyoratga   yaqin   atrofdagi
xonadonlar   ziyoratchilarga   o‘zlarining   mexmonxona   –   tunash,   dam   olish
xizmatlarini taklif qilmoqda.
6.     Ziyoratgoh   hududini   obodonlashtirish   va   ko‘kalamzorlashtirish.
Ziyoratga kelganlarni shunday bir xissiyotlar chulg‘ab oladiki, bu hududning
manzarasi o‘laroq yiliga ikki marta mavsumiy gullarning ekilishidir. Bu gul
ko‘chatlarini   yetishtirish   ko‘chat   xo‘jaliklari   gul   yetkazib   berish   va   ishchi
kuchi bilan yuqoridagi ehtiyojlarni ta’minlaydi.
7.  Qurilish xizmatlari. Ziyoratgoxlarni ta’mirlash ishlarini olib boradi,
majmuani yonidan yangi ansanbllarni shunga mos tarzida quradi. 8.     Ziyorat   hududida   o‘z   faoliyatini   olib   boruvchi   ishchi   xodimlar.
Zziyoratchilar   bilan  muloqot   qiluvchi,  ekskursiya  olib  boruvchi,  diniy  ibodatlarni
amalga oshirishda yordamchi hodimlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatadiki,   kichik   hududlarda   ish   o‘rinlarini   yaratish,
aholi   daromadlari,   umuman   olganda   ijtimoiy   geografik   masalalar   xududning
turizm sektori o‘sishi bilan yaxshilanishi mumkin.
Shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   kichik  hududlarda   turizmni   rivojlantiirish
imkoniyatlari   katta.   Bunday   imkoniyatlardan   samarali   foydalanish   istiqbolda
mintaqaviy   turizmni   rivojlantirishga   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Aynan   shu
maqsadda hududda turizmni kompleks rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqilishi
zarur. Mintaqaning ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda turizm industriyasini
rivojlantirish lozim.
O‘zbekiston   Respublikasi   Turizm   va   madaniy   meros   vazirligining  2022   yil
1-iyul   holatiga   berilgan   ma’lumotlariga   ko‘ra,   respublikamizda   1171   ta   ziyorat
obyekti mavjud bo‘lib, ulardan asosiy qismi, ya’ni 1097 tasi, islom, shuningdek, 57
tasi   xristianlik,   9   tasi   buddaviylik,   8   tasi   yahudiylik   dinlariga   tegishli.   Hududlar
kesimida   qaraladigan   bo‘lsa,   eng   ko‘p   ziyoratgohlar   Farg‘ona   (400   ta)   va
Zarafshon   (279   ta)   iqtisodiy   rayonlarida   joylashgan   bo‘lib,   bu   borada,   ayniqsa,
Farg‘ona   (182   ta)   va   Samarqand   (149   ta)   viloyatlari   alohida   ajralib   turadi.
Respublika   ziyorat   obyektlariga   o‘rtacha   kunlik   qatnovlar   soni   60   mingdan
ortiqdir.   Bunda   Samarqand   viloyatining   alohida   ahamiyati   ko‘zga   tashlanadi,
chunki   bu   hududdagi   ziyoratgohlarga   o‘rtacha   kunlik   qatnovlar   soni   43   mingdan
ko‘proq, ya’ni respublika bo‘yicha jami oqimning salkam ¾ qismini tashkil qiladi.
Respublikadagi   diniy   va   ziyorat   turistik   obyektlari   o‘z   mohiyati   va     kelib
chiqish   xususiyatlari   bo‘yicha   2   ta   katta   guruhga   bo‘linadi:   ijtimoiy-madaniy   va
ijtimoiy-tabiiy   obyektlar.   Ijtimoiy-madaniy   obyektlar,   o‘z   navbatida,   maqbara   va
qabr, ibodat maskanlari hamda diniy ilm maskanlariga bo‘linadi. Ushbu obyektlar
ham   bir   nechta   kichik   guruhlarga   tasniflanadi.   Ijtimoiy-tabiiy   obyektlar   esa   suv,
geologik-geomorflogik va biologik obyektlarga bo‘lingan holda o‘rganildi. Ushbu bobda   O‘zbekistondagi   diniy   va   ziyorat   turistik   obyektlarning   har   bir   guruhi   va
tarkibidagi kichik guruhlar aniq misollar orqali tavsiflab berilgan.
Tadqiqot jarayonida O‘zbekistonning 6 ta asosiy iqtisodiy rayon (Toshkent,
Farg‘ona,   Zarafshon,   Mirzacho‘l,   Janubiy,   Quyi   Amudaryo)   miqyosida   2-3-4-
kunlik   ziyorat   turizm   xalqa   marshrutlari   aniq   dastur   va   xaritalari   tuzilgan   holda
ishlab chiqildi. Bunda marshrut dasturlarida obyektdan obyektgacha harakat qilish,
obyektlarni   ziyorat   qilish,   ovqatlanish,   namoz   o‘qish,   tunash   vaqtlari   hisobga
olingan.   Har   bir   xalqa   marshruti   tegishli   iqtisodiy   rayondagi   katta   va   yirik
shaharlardan boshlanadigan bir nechta variantda ishlandi.
Respublikadagi   qator   ziyoratgohlarida   olib   borilgan   kuzatuvlar   hamda
sotsiologik   o‘rganishlar   asosida   diniy   va   ziyorat   turizmining   kichik   hududlar
(ziyoratgohlar   joylashgan   aholi   punktlari,   mahallalar)   iqtisodiyotidagi   o‘rni   va
ahamiyati   baholanishga   harakat   qilindi.   Xususan,   diniy   va   ziyorat   turizmining
aholi   bandligiga   ta’sir   etishning   zanjirsimon   sxemasi   ishlab   chiqildi.   Ushbu
zanjirsimon   model   asosida   ziyoratgohlar   joylashgan   aholi   punktlarida   kichik   va
oilaviy tadbirkorlikning rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. II-BOB.  SAMARQAND VILOYATIDA DINIY TURIZMNI HUDUDIY
TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
2.1.Samarqand viloyatida diniy turizm rivojiga ta’sir etuvchi omillar
Samarqand   viloyati   1938   yil   15   yanvarda   tashkil   topgan,   uning   markazi
Samarqand shahri. Maydoni 16,77 ming kv.km. aholisi 2022 yil ma’lumotiga ko‘ra
4077 ming kishi. Ma’muriy jihatdan 14 ta tuman, 12 shakar va shaharcha, 1932 ta
qishloqlardan iborat. 
Samarqand   viloyati   O‘zbekiston   Respublikasining   markazida,   Zarafshon
vodiysining   o‘rta   qismida   joylashgan.   Viloyat   janubdan   Qashqadaryo   viloyati,
shimoldan   Navoiy   viloyati,   shimoliy-sharqdan   Jizzax   viloyati,   janubiy-sharqdan
Tojikiston   respublikasi   bilan   chegaradosh.   Viloyatning   geografik   o‘rni   diniy
turizmni   rivojlantirishga   qulaylik   yaratadi.   Chunki,   Samarqandning   qadimdan
“Buyuk   Ipak   yo‘li”   chorrahasida   joylashganligi   uning   iqtisodiy   va   ijtimoiy
rivojlanishiga   zamin   yaratgan.   Hozirgi   vaqtda   ham   viloyat   hududini   mahalliy   va
xalqaro   avtomabil,   temir   yo‘l   hamda   havo   yo‘llarining   kesib   o‘tganligi   diniy
turizmni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bundan
tashqari  viloyatda  xalqaro  diniy  turizmni  rivojlantirish   uchun  xalqaro  ahamiyatga
ega   bo‘lgan   aeroportning   mavjudligi,   viloyat   xududida   tarixiy   yodgorliklarning
yaxshi   saqlanganligi   ham   bu   yerda   diniy   turizmni   rivojlantirish   imkoniyatini
beradi.
  Viloyatning tabiiy sharoiti ham bu yerda diniy turizmni rivojlantirish uchun
qulay.   Chunki   o‘ziga   xos   re’lef,   iqlim   bu   yerda   qadimdan   toshlarda   xilma-xil
jonivorlar,   odamlarga   o‘xshash   haykallarning   tarkib   topishi,   ularning   odamlar
tomonidan   ilohiylashtirilishi   asta-sekin   bunday   joylarning   odamlarning   ziyorat
qilish   joylariga   aylanishiga   sababchi   bo‘lgan.   Samarqand   viloyatining   tabiiy
sharoiti, yer usti tuzilishi, janub va shimol hamda shimoliy-sharq tomondan tog‘ va
tog‘oldi   tekisliklaridan   iboratligi   ham   diniy   turizm   uchun   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Viloyatning   shimolida   Nurota   tog‘lari,   (Oqtog‘,   Qoratog‘,   G‘o‘bdin), janubdan Zarafshon tog‘ tizmalari (Chaqilkalon, Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq
va hokozo) bilan chegaralanadi. Ushbu tog‘larning aksariyat qismi ohaktoshli tog‘
jinslaridan   tuzilganligi,   karst   jarayonining   rivojlanishiga   olib   keladi.   Tog‘larda
ko‘plab   g‘orlar   hosil   bo‘lgan   va   ularning   ayrimlari   ilohiylashtirilgan,   natijada
aholining   muqaddas   ziyoratgoh   joylariga   aylantirilgan.   Tog‘larning   granit   tog‘
jinslaridan   tashkil   topgan   joylarida   kuchli   shamollar   ta’sirida   har   xil   re’lyef
shakllari tarkib topgan. Ayrim  joylarda odamlar bemalol o‘tadigan teshiklar  hosil
bo‘lgandir. Bunday joylarda ham aholining ziyorat qiladigan joylariga aylangan.
Samarqand viloyati ma’muriy-hududiy bo‘linishi
Qishloq
tumanlari Tashkil
topgan yili Tuman markazi  Maydoni,
ming km Aholisi
ming
kishi Aholi
zichligi,   1
kv   km,
kishi
1 Bulung‘ur 29.09.1926 Bulung‘ur sh. 0,76 178,9 235,4
2 Jomboy  07.12.1970 Jomboy sh. 0,55 163,1 296,5
3 Ishtixon  18.05.1943 Ishtixon sh. 0,72 241,9 335,9
4 Kattaqo‘rg‘on 02.02.1929 Payshanba
shaharchasi. 1,39 261,6 188,2
5 Narpay  29.09.1926 Oqtosh sh. 0,44 204,9 465,6
6 Nurobod  26.11.1975 Nurobod sh. 4,86 143,8 29,5
7 Oqdaryo  25.12.1968 Loyish
shaharchasi.  0,37 152,7 412,7
8 Payariq 29.09.1926 Payariq sh. 1,29 238,7 185,0
9 Pastdarg‘om 29.09.1926 Juma sh. 0,87 338,8 389,4
10 Paxtachi  12.04.1973 Ziyodin
shaharchasi.  1,38 138,4 100,2
11 Samarqand  29.09.1926 Gulobod
shaharchasi. 0,48 241,1 502,2
12 Toyloq  09.04.1992 Toyloq
shaharchasi. 0,28 191,7 684,6
13 Urgut  31.12.1964 Urgut sh. 1,12 481,6 430,0
14 Qo‘shrobod 03.04.1978 Qo‘shrobod
shaharchasi. 2,16 125,4 58,0
15 Viloyat bo‘yicha 01.15.1938 Samarqand sh.  16,8 3719,6 221,4 Zarafshon   vohasining   o‘rta   qismini   Samarqand   cho‘kmasi   ishg‘ol   qilgan
bo‘lib,   shimol   va   janub   tomonlardan   o‘rta   qismiga   tomon   qiyalanib,   sharqdan
g‘arbga   tomon   800-350   metrgacha   pasayib   boradi.   Uning   markaziy   qismini
Zarafshon   daryosi   kesib   o‘tib,   uni   bir   nechta   ko‘hna   qayirlarga   ajratadi.   Viloyat
tog‘li   va   tekislik   qismlaridagi   yog‘in   va   namlikning   taqsimlanishi   bir   muncha
o‘zgaruvchandir.   Samarqand   meteorologik   markazi   ma’lumotiga   ko‘ra,   yil   bo‘yi
quyoshning   yoritilishi   2877   soatga   teng   bo‘lib,   uning   70   foizi   may   oyidan
oktyabrgacha   to‘g‘ri   keladi.   Bu   viloyatda   dehqonchilikning   o‘ziga   xos   turlarini
yetishtirish   imkoniyatini   tug‘diradi.   Viloyatning   tog‘li   va   tekislik   mintaqalarida
yog‘in   turlicha,   g‘arbiy   qismida   300-450   mm.ga   yetadi.   Qish   fasli   yumsho љ
kelishi   bilan   birga   ayrim   yillari   sovuq   kunlar   uzluksiz   davom   etadi   va   tekislik
qismida mutloq minumum –30 gradus (Qo‘shrabot tumanida) ga yetadi. Viloyatda
eng sovuq yanvar oyining o‘rtacha   ќ arorati 0 gradusdan, -2,1 gradusgacha tashkil
etadi.   Yoz   oyi   issiq   va   jazirama,   iyulning   o‘rtacha   harorati   +25+26   gradus
kuzatiladi. 
Viloyatga asosan yil davomida shimoliy-sharq tomondan shamol esib turadi.
Bu esa  Samarqand viloyati iqlimining o‘ziga xosligi  uning bahor va yoz oylarida
mavsumiy   sayyohlikni   tashkil   etish   va   rivojlantirishda   muhim   omil   hisoblanadi.
Ayni vaqtda bu yerga yoz oylari xususan iyul-avgust oylarining jazirama issiqligi,
nisbatan   sovuq   iqlimli   mamlakatlardan   keladigan   sayyohlar   uchun   sharoit   uncha
qulay   emas.   Samarqand   viloyati   xo‘jaligining   qon   tomiri     Zarafshon   daryosi
hisoblanadi.   U   muz   va   qorlardan   to‘yinib,   hudud   aholisini   hamda   barcha   xalq
xo‘jalik   tarmoqlarini   suv   bilan   ta’minlovchi   asosiy   manbadir.   Samarqand
viloyatining   gidrologik   yodgorliklari,   jumladan   tog‘   etaklari   va   tog‘   orasidagi
soylarida   tabiiy   ravishda   hosil   bo‘lgan   g ְ‘ orlar,   buloqlar,   chashma   suvlari   va
hakozolar   mintaqada   diniy   turizmni   rivojlantirish   imkoniyatini   oshiradi.
Shuningdek,   viloyatdagi   mavjud   shifobaxsh   va   tibbiyot   hamda   boshqa   sohalarda
keng foydalaniladigan buloq, chashma suvlari va balchiqlar aholi sog‘ligini tiklash,
sog‘lomlashtirish   va   dam   olish   hamda   ziyorat   qilib,   ruhan   hordiq   chiqarish
imkoniyatini   yaratadi.   “Samariya”   kitobida   ko‘rsatilishicha   Samarqand   shahri atrofida   joylashgan   buloqlar   –   Novadon,   Obi-mashhad   buloqlari   suvining
nihoyatda xushtamligi to‘g ֥risida yozadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston o‘zining go‘zal tabiati, o‘simlik dunyosi bilan
bosha   respublikalardan   ajralib   turadi.   Mamlakatimizga   tashrif   buyuradigan
sayyohlarni   qadimiy   yodgorliklardan   tashqari   ming   yillik   tarixni   eslatuvchi
daraxtlar  bisyordir. Shu bois ulardan turizm  nuqtai  nazaridan oqilona foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
2.2. Samarqand shahri va uning atrofidagi qadamjolar
Samarqand   viloyati   xududi   o‘z   qadimiy   tarixiga   ixlos   qo‘ygan,   o‘zidan
o‘lmas   meros   qoldirgan   ulug‘   mutaffakkirlari   (alloma)   va   aziz   avliyolar   o‘tgan
muqaddas   joylarga   boy.   Prezidentimiz   I.Karimov   ta’biri   bilan   aytganda   “Aziz
zotlarning   nomlarini   ulug‘lab,   maqbaralari   va   qadamjolarini   tiklab,  asrab-avaylab
obod   etaversak,   Samarqand   shahri   va   viloyati   nafaqat   sayyohlar   makoniga,   balki
butun   dunyodan   ziyoratchilar   intilib   keladigan   qutlug‘   bir   makonga   aylanishi
muqarrardir”.   Samarqand   viloyatidagi   muqaddas   qadamjolarni   ziyorat   qilish
yo‘nalishiga   ko‘ra   xalqaro   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ziyoratgohlarda   va   mahalliy
ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ziyoratgohlarga   bo‘lish   mumkin.   Xalqaro   va   mahalliy
ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ziyoratgohlarni   o‘z   navbatida   ziyoratgoh   va   nomozgoh
joylarga, ziyoratgoh joylarga, madrasalar va nomozgohlarga bo‘lish mumkin. 
Xalqaro   ahamiyatdagi     qadamjolar.   Viloyatdagi   ziyoratgoh   va   nomozgoh
joylarga Imom al-Buxoriy, Xoja Ahror, Mahdumi A’zam, Xoja Abdu Darun, Xoja
Abdu   Berun,   Faqih   Abu   Lays,   Xoja   Ishoq   Vali,   Xazrati   Xizr   masjidi     va
boshqalarni kiritish mumkin. Xalqaro sayyohlar uchun ushbu yuqorida tilga olgan
ulug‘   zotlarning   qayerda   joylashganligini   bilish   katta   qiziqish   o‘yg‘otadi.   Shu
sababli   ushbu   muxtaram   zotlarning   qabrlari   va   maqbaralari   to‘g‘risida   qisqacha
to‘xtalib o‘tamiz:
Ziyoratgoh   va   nomozgoh   joylari.   Imom   Al-Buxoriy   maqbarasi,   Payariq
tumani Xartang (Xartanak) qishlog‘ida joylashgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810 yilda 20 iyulda Buxoroda tavallud topadi. 7 yoshida Qur’on
va   hadisni,   10   yoshida   bir   qator   nomlarni   mukammal   egallaganlar.   Buxoro
ulomalari unga endi boshqa yurtlarga borib o‘qishligini tavsiya etadilar. Imom al-
Buxoriy 16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga yo‘l oladi, umrining 42
yilini   Makka,   Madina,   Hijoz,   Nishopur,   Qohira,   Basr,   Kufa,   Bog‘dod   kabi   19   ta
shahar   va   mamlakatda   o‘tkazadi.   U   shu   yillarda   90   ga   yaqin   olimlardan   ilm
o‘rganadi,   1080   roviydin   hadis   yozib   oladi,   hamda   90   mingdan   ortiq   shogird
yetishtiradi. Muhammad payg‘ambarimiz muqaddas so‘zlari, hadislarini to‘playdi.
U   o‘zi   to‘plagan   660   ming   hadisdan   300   mingini   yoddan   biladi.   Shundan   100
mingi   ishonchi-sahih   hadislar   bo‘lib,   uning   7275   tasini   sharhlab,   40   ta   daftarga
sig‘dirgan va uni 4 tom qilib asarga aylantiradi. Imom al-Buxoriyning “Al-Jomye
as   sahih”   (“ishonarli   to‘plam”)   asari   musulmon   dunyosida   Qurondan   keyingi
o‘rinda   o‘rganilgan   va   e’zozlangan.   Bundan   tashqari,   ulug‘   allomaning   yana   20
dan   ortiq   yirik   asari   ma’lumdir.   U   o‘z   yurti   Buxoroga   42   yildan   so‘ng   qaytadi.
O‘sha davrda hadis, fiqh ishlari Samarqandda keng rivojlangan va u shu tufayli u
kishi   Samarqandga   keladi.   Bu   davrda   Xartang   qishlog‘ida   hadisshunos   Abu
Mansur Tolib, ibn Jamrail Xartangiy yashar edi. Buyuk alloma 870 yilda shu yerda
vafot etadi. Endilikda bu joy butun dunyo musulmon ahlining eng aziz maskaniga
aylandi. Tavaludining 1225 yilligi munosabati bilan prezidentimiz Islom Karimov
tashabbusi   bilan   bu   yerda   betakror   majmua   bunyod   etildi.   I.Karimov   Imom   al-
Buxoriy majmuasining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida shunday deydi. “Bu
Alloh   ta’olo   oldida,   ajdodlar   ruhi   oldida,   xalqim   oldida   mening   insoniy   burchim
edi”   degan   so‘zlari,   Prezidentimizning   bu   ulug‘zotga   hurmati   naqadar   baland
ekanligidan   dalolat   beradi.   (Islom   Karimov   “Ma’naviy   yuksalish   yo‘lida   ”   T.
“O‘zbekiston nashriyoti”, 1998 yil 23 oktyabr, 444-450 betlar).
Xoja   Ahror     maqbarasi.   Samarqand   tumaniga   qarashli,   Ubaydulloh   Xoja
Ahror Vali Toshkent shahrida 1404 yilda dunyoga kelgan. Xo‘ja Ubaydulloh otasi
Xoja Mahmudning shajarasi Muhammad Nomiy Bag‘dodiyga ulanadi. U ulug‘ zot
X   asrda   Bog‘doddan   Shosh   (Toshkent)   ga   kelib   mashhur   Shayx   Abubakr
Muhammad   Kaffododdan   ta’lim   oladi   va   shu   yerda   turgun   bo‘lib   qoladi.   Onasi Bo‘stonliq   tumani   Bog‘iston   qishlog‘ida   tug‘ilgan.   Xoja   Dovudning   qizi   bo‘lib,
Xoja Dovud esa mashhur Shayx Xovandu Tohur (Shayxontoxur) ning o‘g‘lidir. U
20 yoshida Samarqandda bir yil, keyin Buxoroda ikki yil tahsil oladi. Xirotga borib
Sayid   Qosim   Tabriziy   (Qosim   Anvariy)   qaytadi.   Xoja   Ahror   Mirzo   Ulug‘bek
vafotidan   ikki   yil   o‘tgach   Samarqandga   keladi.   1494   yilda   90   yoshida
Kamongaronda   vafot   etadi   va   Samarqandga   dafn   etiladi.   Buxoro   xoni
Imomqulixonning   bosh   vaziri   Nodir   Devonbegi   XVII   asrda   uning   qabri   yonida
madrasa   va   masjid   qurdirgan.   Alisher   Navoiy   o‘zining   “Dil   ba   yoru,   dastba   kor”
ya’ni dil yordayu (Xudodayu), qo‘l ishda bo‘lsin degan dasturga qat’iy amal qildi.
Xoja Ahror Vali ham odamlar xayri-ehson hisobiga emas, balki o‘z mehnati bilan
yashashi   kerakligi   kabi   ilg‘or   g‘oyani   olg‘a   surdi.   Xoja   Ahror   Vali   ta’limotiga
ko‘ra, tekinxo‘rlik bilan yashash qoralanadi. Xoja Ahrorning o‘zi bu aqidaga qattiq
amal qilgan. Prezidentimiz Xoja Axror Valining o‘tmish tariximizdagi xizmatlarini
“Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo‘q”   asarida   ta’kidlaydi:   “Bu   mutafakkir   zot   o‘z
davrida   25-30   yil   mobaynida   Markaziy   Osiyodagi   xalqlarni   birlashtirish,
siyosatchilarning boshini qovushtirish orqali har xil to‘qnashuvlarning oldini olish
uchun   bor   kuch   g‘ayratini   sarflagan,   uning   yuksak   obro‘-e’tibori   bunda   hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. “Shayxlar shayxi” deb nom olgan bu zotning gapini
biror   hukmdor,   hokim,   shahzoda   ikki   qilmagan.   Nega   deganda,   xalq   uni   boshiga
ko‘targan.   Biz   ham   bunday   aziz   ajdodlarimizni   boshimizga   ko‘tarishga
tayyormiz”.   Mahdumi   A’zam   maqbarasi,   Oqdaryo   tumani,   Dahbed   qo‘rg‘onida
joylashgan.   Mahdumi   A’zam   (asl   ismi   Sayyid   Ahmad   Xoja   Kosoniy)   1461   yilda
Farg‘ona vodiysining Koson shahrida dunyoga kelgan. Shayboniy hukmdorlaridan
Jonibek   Sultonning   taklifiga   binoan   Sayyid   Ahmad   Kosoniy   Miyonqol   vohasi   –
Dahbedga   ko‘chirilib  keltiriladi   va   u  1542   yilda  Dahbedda   vafot   etadi.  Mahdumi
A’zam   shajarasi   Payg‘ambarimiz   Muhammad   Alayhissalomga   bog‘lanadi.   Bu
haqda   “Jome’ul-maqomat”,   “Ravoyihul-quds”,   “Tuhfaiy   ulzo’irin”,   “Tazkirai
azizon”,   “Hidoyatnoma”   kabi   kitoblarda   ma’lumot   keltirilgan.   Ul   zotning   ilmiy,
falsafiy,   islomiy,   axloqiy,   asarlari   29   tadir.   Ular   asosan   “Majmuai   ul   risoil”
(risolalar   to‘plami)   to‘plamida   jamlangan.   Mahdumi   A’zam   Naqshbandiya tariqatining yirik nazariyotchi olimi va yirik shayxidir. Abu Tohirxo‘ja “Samariya”
kitobida uning valiylik sifatlari ќaqida so‘z yuritgan. 
Dahbeddagi   Mahdumi   A’zam   obidalarini   Yalangto‘shiy   qurdirgan.   Mahdumi
A’zam   dahmasidagi   ayrim   qabr   toshlari   ro‘yxatini   Komilxon   Kattol’ning
“Mahdumi A’zam va Dahbed” kitobidan aynan keltiriramiz: Dahma ustida yettita
qabrtosh bo‘lib, yozuvlariga qaraganda, ular quyidagilarga tegishlidir:
1.  Hazrati Mahdumi A’zam (1542 yili vafot etgan).
2.  Hazrati Muhammad Amin (1635 yili vafot etgan).
3.  Hazrati Xo‘ja Hoshim (1635 yili fafot etgan).
4.  Hazrati Xo‘ja Muso ibn Xoja Xoshim (1642 yili vafot etgan).
5.  Hazrati Musoxon Xoja ibn Iso Xojai Dahbed (1776 yili v. etgan).
6.  Hazrati Xonxoja ibn Musoxon Xojai Dahbediy (1784 yili v. etgan).
7.  Avliyo Xo‘ja ibn Xonxoja (1802 yili vafot etgan).
Shuningdek, pastdagi boshqa qabr toshlarida quyidagilar nomi zikr etilgan:
1.  Yalangto‘shbiy Bahodir bin Boyhojibiy .1066 (M. 1655-56).
2.  Amir Sultonquli – 1067 (M. 1656).
3.  Malika Iqlimabonu Yalangtushbiy qizi. 1068 (M. 1657).
4.  Malika Oybii Yalangtushbiy qizi. 1077 (M. 1666).
5.  Shoh Hidoyat ibn Shoh Qosim. 1079. (M. 1668).
6.  Shoh Saodat ibn Shoh Hidoyat. 1100 (M. 1688). “Afg‘.n.  podshohi”.
Xo‘ja   Abdu   Berun   qabri,   “Maroqand”   jamoa   xo‘jaligi,   Xoja   Abdu   Berun   xalifa
Usmon   avlodidin.   Arablarning   “Abdu”   qabilasiga   mansub   bu   zot   Samarqandga
xalifa   Usmon   ibn   Abbos   bilan   birga   kelgan.   Ular   Samarqandliklarni   dini   islom
ahkomlariga   yo‘llaganlar.   Usmon   ibn   Affon   (644-656   yillar   xalifalik   qilgan)
payg‘ambarimiz   Muhammad   sallollohu   alayhi   vasallomning   qizlari   Ruhiya   va Umma   Gulsumni   o‘z   nikohiga   oladi.   Shuning   uchun   Usmon   ibn   Affon
“Zunnurayn” (“Ikki nur sohibi”) laqabini oladi.
Usmon ibn Affon va Ruhiyalar bir o‘g‘il va bir qiz ko‘rishadi. Ular qizlarini
Quraish   qabilasidan   bo‘lgan   Xo‘ja   Muhammad   Pay   Barahna   degan   yigitga
nikohlab beradi. Ulardan Xo‘ja Abdu Berun dunyoga keladi. Xalifalik Xo‘ja Abdu
Berunni Samarqandga qozi etib tayinlaydi. Samarqanddagi Xo‘ja  Abdu Darun esa
Xo‘ja   Abdu   Berunning   o‘g‘illaridir.   Aytishlaricha   Iskandar   Zulqarnayn   barpo
etgan   qal’a   “Devori   qiyomat”dan   tashqarida   qabr   bo‘lgani   uchun   Xo‘ja   Abdu
Berun   deb   yuritiladi.   Xo‘ja   Abdu   Berun   qabri   Qavchinon   mahallasidadir.   XVII
asrda Buxoro xonligi bosh vaziri Nodir Devonbegi Xo‘ja Abdu Berun qabri ustiga
xonaqoh va bir nechta xujra soldirgan.
Xo‘ja   Abdu   Darun.   S.   Ayniy   shoh   ko‘chasida.   Xo‘ja   Abdu   Darunning   asl
nomi   Mu’iziddin   bo‘lib,   “Samariya”da   aytilishicha,   u   kishi   payg‘ambarimiz
Muhammad   alayhissalomning   Choriyorlaridin   Xalifa   Hazrati   Usmonning
nabiralari   bo‘lgan.   U   yoshligidan   zohiriy   va   botiniy   bilimlarni   egallagan.
Mu’iziddin   861   yili   vafot   etgach,   uning   jasadi   “Devori   qiyomat”   deb   atalmish
shahar qo‘rg‘oni ichiga ko‘milgani bois unga “Xo‘ja Abdu Darun” nomi berilgan.
U   ulug‘   zotning   qabrlari   oldida   hovuzlari   bo‘lib,   unda   hech   qachon   qurbaqa
bo‘lmaydi,   suvi   shifobaxshdir.   “Agar   kimki   Qurbon   bayrami   kuni   Hazrati   Abdu
Darunning ravzalari  yetti   marta  aylansa,  piyoda  hajga  borib  kelish  savobini   olar”
ekan (“Qandiya”, So‘g‘diyon nash. 1994 yil. 24-bet).
“Akbar” kitobida kimki kun bo‘yi to‘rt buzrukvorni, ya’ni avval Xo‘ja Abdu
Darunni,   Xo‘ja   Muhammad   ibn   Fizayl   Balxiyni   (   bu   kishining   qabri   qadimgi
feruza   darvozasi   yonida   deyishadi),   Xo‘ja   Muhammad   Sangrasanni   (Qusam   ibn
Abbosning sohibalariddin bo‘lgan, qabri dahbed ko‘chasida)  va Imom al-Buxoriy
qabrlarini   ziyorat   qilsa,   murodi   hosil   bo‘lishi   aytiladi.   Xo‘ja   Mu’iziddin   qabri
ustiga Sulton Sanjar, keyinroq Mirzo Ulug‘bek xonaqoh va masjid qurdirgan.
Faqix   Abu   Lays.   Xoja   Abu   Lays   Nasr   ibn   Ahmad   ibn   Ibrohim   X   asrda
Samarqandda   hozirgi   faqix   Abu   Lays   Yalanbek   mahallasida   yashagan.   Uning tug‘ilgan yili taxminan 900 yilga, vafoti 983 yilga to‘g‘ri keladi. Qabri ham o‘sha
mahalladadir.   U   fiqh   va   hadisshunoslikda   katta   shuhrat   qozongan.   Uning   to‘rt
jildlik   tavsif   kitobi,   “Bo‘ston   alorifin”,   (bilimdonlar   bo‘stoni),   “Tanbeќ   alg‘ofin”
(etiborsizlarga   tanbeh),   “Annivozid”   (voqealar),   “Xizovat   al-fiqx”   (fiqx   xazinasi)
kabi   asarlari   mavjud.   Abu   Lays   Samarqandiy   “Bo‘ston   ul-orifin”   asarida   ilm
o‘rganish va uning foydalari, aql va aqllilik, odob va salom, ovqat iste’mol qilish
va   uning   qoidalari   tabobat   va   kasbu-hunar   singari   ahloq   hamda   insoniy   fazilatlar
haqida mulohazalar bildiradi. Inson va uning odobi, axloqi, faoliyati uchun muhim
bo‘lgan masalalar Abu Lays Samarqandiy asarlarining qimmatini belgilaydi. 
Xoja   Ishoq   Vali   qabri,   (Samarqand   tumani,   Bog‘ibaland   qishlog‘i).   Xo‘ja
Ishoq   Mahdumi   A’zamning   farzandi   bo‘lib,   Qashg‘arlik   xotini   Bibichaya
Qashg‘ariydan   vujudga   kelgan.   O‘zbekiston   fanlar   akademiyasi   Sharqshunoslik
instituti kitob xazinasida N raqamli qo‘lyozma mavjud bo‘lib, U Muhammad Avaz
qalamiga   mansub   va   “Ziyo   ul   kulub”   deb   ataladi.   Xijriy   1012   yil,   milodiy   1603
yilda   xatm   etilgan   bu   kitob   Muhammad   Avazning   shaxsiy   fikr   muloќazalaridan
tashqari, Hazrati  Xo‘ja Ishokka eng yaqin bo‘lgan shaxslarning, olim  xaliflarning
o‘z   ustozlari   xususida   bergan   ma’lumotlarini   qamrab   olgan.   U   Naqshbandiya
tariqatining rahnomalaridan biri sifatida “Ishoqiya” suluniga boshchilik qilgan. Bu
zot o‘z hayotining katta qismini Sharqiy Turkiston va Qashg‘arda o‘tkazgan. 1598
yilda   ota   yurti   Dahbedda   vafot   etgan   va   safdedun   movzeida   dafn   qilingan.
Keyinchalik   uning   qabri   Bog‘ibalandga,   Amir   Temur   chorbog‘i   hovuzi   yoniga
ko‘chiriladi.   Hazrati   Xizr   masjidi.   (Afrosiyob   davlat   qo‘riqxonasi   hududida,
Toshkent   yo‘li   ko‘chasida).   Hozirda   Hazrati   Xizr   alayhissalom   nomi   bilan
yuritilgan masjid Samarqandda birinchi qurilgan masjid deyishadi. 
2.3.Samarqand viloyatini diniy turistik rayonlashtirish Samarqand   viloyati   diniy   turizm   nuqtai   nazaridan   4   ta   guruhga   bo`linadi.
Jumladan,  Sharqiy  (Bulung`ur  va  Jomboy   tumanlari),  janubiy-sharqiy   (Tayloq  va
Urgut   tumanlari),   Shimoliy   va   Shimoliy-Garbiy   (Qo`shrabot,   Payariq,   Ishtixon,
Kattaqo`rg`on), Janubiy-Garbiy (Nurobod, Paxtachi, Narpay) 
    Jomboy   tumani   turizm   imkoniyatlari .   Agroturizm   maskani   obektlari
Samarkand viloyati jomboy tumani katta kishlok mahallasi 1997 yilda yilda tashkil
topgan.   Samarqand   shahri   markazidan   uzoqligi   29   km.   Qishloqda   Xonadonlar
1425  ta  mavjud  bo‘lib  6273  nafar   fuqaro    istiqomat  qiladi.  "Katta   kishlok"  MFY
dagi   "Kul"   qishlog‘i,   "Shirinkent"   qishlog‘i,   "Gul"     qishlog‘i,   "Uzunovul"
qishlog‘i,   "Katta   qishloq"   qishlog‘i,   "Kora"   kishlog‘i,   "Rovot"   kishlog‘i,
"Shayman"kishlog‘i,   "Moyjuvoz«   kishloqlarida   qishloq   turizimi   imkoniyatlari
mavjud.  Qo’ng’irot qishlog’i hududida intensiv bog’lar mavjud bo’lib  agroturistik
obyektga   kiritsak   bo’ladi.   Qoraqasmoq   qishlog’i   G’obdintog’   etagida   joylashgan
bo’lib tog’ etaklaridagi tippik qishloqa o’xshash manzaralar tog’ etagidagi qirlarda
xarsang toshlar petrogriflar mavjud bo’lib bu ham qishloq turizmini rivojlantorish
imkoniyatini beradi.
Urgut   tumani   qishloq   turizm   imkoniyatlari .   Urgut   tumani   qishloqlarida
qishloq   turizmni   rivojlantirish   imkoniyatlari   ekoturistik   salohiyat   tabiiy
landshaftlarda   mavjud   manbalar,   imkoniyatlar,   vositalar   va   zahiralar   bilan
belgilanadi.   Ana   shunday   tabiiy   landshaft   imkoniyatlariga   ega   bo’lgan
hududlardan biri Zarafshon vodiysida joylashgan Omonqo’tan tog’ tabiiy hududiy
komplekslarini   misol   keltirishimiz   mumkin.   Omonqo’ton   tog’i   Samarqand
shahridan 40 km  janubroqda joylashgan, doimo sayohatchilarni, tabiatshunoslarni
e’tiborini   o’ziga   jalb   qilib   kelgan.   Omonqo’ton   qadimdan   Sug’ddan   Baqtriyaga,
Samarqanddan   Keshga,   Zarafshondan   Kelifga   o’tadigan   qisqa   va   qulay   yo’l
bo’lgan.   Bu   oson   qisqa   tog’   yo’lidan   qadimda   eronliklar,   yunonlar   (Aleksandr
Makedonskiy va uning askarlari), arablar va mo’g’ullar foydalangan.   Omonqo’ton
Zarafshon tog’ tizmalari Chaqilkalon va Qoratepa tog’ tizmalari tutashgan qismida
joylashgan.   Ularning   tutashish   nuqtasi   –   dengiz   sathidan   1675   m   balandlikda
joylashgan   Taxtiqoracha   dovoni   bo’lib,   O’zbekistonning   janubiy   viloyatlari   bilan chegaralanadi. Omonqo’ton tog’ tizmasi janubiy-g’arbdan  shimoliy-sharqqa qarab
deyarli  10   kilometr    cho’zilgan, kengligi  4 kilometrni, maydoni  31,2 km 2  
tashkil
qiladi.   Tog’da   karst   platosi   Bulbulzorsoyning   yuqori   oqimilarida   1950   metr
ampletudaga   ega   bo’ladi   va   g’aribga   tomon   1675   metrga   pasayib   boradi.   Suv
ayrig’ichini tekislanganligi karstli jarayonlarni rivojlanishiga qulaylik yaratadi. Bu
yerlarda shaxtalar, karstli dalalar bor. Yemirilgan ohaktoshlar “toshli dengizlarni”,
to’kilma  toshlar  va  ustunlar   shaklidagi  fantastik  haykalar,  ertakdagi  hayvonlar  va
minoralarni   hosil   qiladilar.   Bu   yerga   mahalliy   sayyohlarni   jalb   qilish   maqsadida
dam   olish   maskani   tashkil   qilingan.   Dam   olish   maskanida   kunning   og’riqli   isishi
ham, qattiq sovuq ham   kuzatilmaydi. Maskandagi  yer ostidan chiqayotgan buloq
suvi   shifobaxshlik   xususiyatiga   ega.   Bu   suvning     kimyoviy   tarkibi   o’rganilganda
quyidagi xulosaga kelindi. Suv tarkibida Sulfat ioni 59,3 mg ekv, Magniy ioni 48
mg ekv, Kalsiy ioni 54 mg ekv , Azot ioni 80 mg ekv, Gidrokarbonat  219 mg ekv
bioquvvat   borligi   aniqlangan.   O’tkazilgan   tahlillar   brohxit,   astma,   nafas   olish
yo'llari     allergiyasi   kabi   kasalliklarning   oldini   olish   uchun   ideal   sharoitlar
mavjudligini   tasdiqlaydi   Bugungi   kunda   Ming   archa   dam   olish   maskanida   20   ta
yoz mavsumiga mo’ljallangan shiypolar mavjud. Bir vaqtning o'zida bu yerda 200
ga   yaqin   sayyoh   dam   olishi   mumkin.   Maskanning   umumiy   maydoni   5   gektar.
Iqlimi  juda qulay.  
Sayyohlarga   qulaylik   yaratish     maqsadida   loyiha   qiymati   bir   milliard
so'mlik     uch   qavatli   zamonaviy   mehmonxona   qurilmoqda.   Mehmonxona   barcha
zamonaviy   qulayliklarga   ega   bo'ladi.   Mehmonxona   ishga   tushsa   60   ta   sayyoh
yilning   istagan   vaqtida   dam   olish   imkoniyatiga   ega   bo'ladi.   Omonqo’tanda   Amir
Temur   nomli   oromgoh   mavjud.     Shu   oromgohga   yaqin   joyda   “Lev”   g’ori
joylashgan.   G’or   1947   yilda   professor   D.N.   Lev   tomonidan   o’rganilgan.   G’or
Bulbulzorsoyning   o’rta   kesimida   1240   metr   absolyut   balandlikda   joylashgan.
Kirish qismi   arka shaklida eni 2 metr va balandligi 3,5 metr keladi. Bu g’or yana
“iptidoiy   odam   g’ori”,   “sher   g’ori”   sifatida   ham   ma’lum.   G'orning   ichki   qismi
to'g'ri     emas  balki  har  xil  burchakli   bo'lib,  uning  umumiy  uzunligi  75-80    metrni
tashkil   qiladi.   Ushbu   g'orni   D.N.Lev   ochganligi   sababli   uning   nomi   bilan nomlanadi. G'orning balandligi har xil bo'lib, uning oxiri o'rtacha bo'yli odamning
bo'yidan   baland.  Shuningdek,   g'or   oxirida  “Oq   uy-xona”  haykali   mavjud.   Haykal
qibla   tomonga   qaratib   qurilgan   qadimda   odamlar   unga   sig’inishgan.   Umuman,
xulosa   o’rnida   aytadigan   bo’lsak   Omonqo’tan   juda   ham   ekoturistik   ob’ektlarga
boy, undan to’g’ri va samarali foydalanish zarur hisoblanadi.
                Urgut tumanining Tersak qishlog'i tabiatining rang-barangligi bilan biror
sayyohni,   shuningdek,   ushbu   hududga   tashrif   buyuradigan   mehmonlarni   befarq
qoldirmaydi.   Mazkur   turizm   qishlog'ida   Agro   va     tog'   turizmi,   ekoturizm   hamda
boshqa turizm yo'nalishlari rivojlangan. Qishloq tabiatida dam olish, milliy taomlar
tayyorlash   bo'yicha   mahorat   darslarida   ishtirok   etish,   shuningdek,   mahalliy   aholi
bilan   suhbatlashish   orqali   muammolardan   yiroq   bo'lish,   haqiqiy   tabiatdan
bahramand bo'lish mumkin. Ta'kidlash joizki, ushbu hududda 20 dan ortiq oilaviy
mehmon uylari mavjud. Tashkil etilgan oilaviy mehmon uylari bir vaqtning o zidaʻ
250 nafar  mahalliy va xorijiy sayyohlarni  joylashtirish imkoniyatiga ega. Mazkur
hududning   o ziga   xos   tabiati,   sharshara   va   soylari   atrofida,   tog   yon-bag rlarida	
ʻ ʻ ʻ
dam   olish   maskanlari   tashkil   etilgangan   bo‘lib   sayyohlarni   mazmunli   xordiq
chiqarishlariga   xizmat   qiladi.   Shu   bilan   birga   mehmon   uylarida   turistlar   uchun,
qishloqning   tabiiy   sut-qatiq   mahsulotlari,   meva   va   sabzavotlaridan   tatib   ko rish,	
ʻ
milliy taomlar tayyorlash bo yicha mahorat darslari, qishloqning etnik urf-odatlari	
ʻ
namoyishi,   agro   turizm   yo nalishida   chorvachilik,   bog dorchilik   hamda	
ʻ ʻ
dehqonchlikning   qadimiy   uslublari   namoyish   etiladi.   Mazkur   qishloqda   tog	
ʻ
turizmi   yo nalishida   4   ta   gid   ekskursavodlar   faoliyat   yuritadi.   Hududga   tashrif	
ʻ
buyurgan   sayyohlarni   tog   turizmi   yo nalishida   piyoda,   ot   va   eshaklarda   sayr	
ʻ ʻ
qildirish   qishloqning   o ziga   hos   tabiati   bilan   tanishtirish   imkoniyatlari   yaratilgan.	
ʻ
Tashkil  etilgan oilaviy mehmon uylarida  25 ta xonadonda 52 nafar  fuqarolarning
bandligi   ta’minlandi.   Kelgusida   ularning   xorijiy   sayyohlarga   xizmat   ko rsatish	
ʻ
bo yicha malakalari doimiy ravishda oshrib boriladi.	
ʻ
Tayloq     tumani   qishloq   turizm   imkoniyatlari.   Tayloq   tumani
qishloqlarining   turistik   salohiyatining   o'ziga   xosligi   uning   geografik   joylashuvi,
turli   millat   va   elatlarning   yashashi,   milliy   xunarmandlik   bilan   bandligi,   qishloq xo'jaligining   ixtisoslashuvi,   urf-odatlarining   rang-barangligi   tumanda   qishloq
turizmini   rivojlantirish   imkoniyatlarini   oshiradi.   Tayloq   tumani   avalambor
Samarqand shahriga yaqinligi katta o’zbek transport yo’li bo’ylab joylashganligini
qo’shni   Urgut,   Samarqand   va   Jomboy   tumanlari   bilan   chegaralanganligining   o’zi
geografik jihatdan qulaylikni taminlasa ikkinchi tomonda Zarafshon daryosi hudud
xo’jalik   tarmoqlarining   shakillanishi   va   rivojlanishiga   xizmat   qilgan.   Shu   bilan
birgalikda   bu   hududda   xalqlarning   o’ziga   xos   urf   odatlari   ,   an’analari
ishbilarmonlari tadbirkarlari uning tarixiy taraqqiyoti jarayonining vujudga kelishi
va tumanning iqtisodiy geografik jihatdan rivojlanishi muhim asos bo’lgan. 
Tayloq tumani Zarafshon daryosi qirg‘og‘i bilan tutash bo‘lib, uning janubida
joylashgan. Voha shimoldan Zarafshon daryosi va janubdan Darg‘om kanali bilan
o‘ralganligi   uchun   “Kichik   Movarounnahr”   nomini   ham   olgan.   O‘rta   asrlarda
tuman S h ovdor deb atalgan va Turonzaminning eng so‘lim, latofatli go‘shalaridan
biri   bo‘lgan.   “Boburnoma”da   keltirilgan     quyidagi   ta’rif   ham   fikrimizni
tasdiqlaydi.   Tuman   keyingi   asrlarda   Yuqori   Darg‘om,   20-asrning   o‘rtalarigacha
Komsomol   nomlari     bilan   yuritilgan.   1959   yilda   Komsomol   tumani   Samarqand
tumaniga   qo‘shib   yuborilgan.   Vatanimiz   mustaqillikka   erishganidan   so‘ng,
aniqrog‘i   1992   yil   9   aprelda   tuman   qaytadan   tashkil   etilib,   Tayloq   nomi   bilan
yuritib   kelinmoqda.   Tuman   shimolida   Jomboy   va   Bulung‘ur,   sharq   tomonida
hamda janubida Urgut, g‘arb tarafida esa Samarqand tumanlari joylashgan.  
Tayloq   tumanning   ichki   suvlari   Z arafshon   daryosi,   Darg’om,   Qorasuv   va
Siyob kanali hamda soy va buloqlar suvidan iboratdir.
Tayloq   tumani   1992   yil   9   aprelda   tashkil   topgan   bo‘lib,   tuman   markazidagi
tarixiy Tayloq qishlog‘ining nomi bilan atalgan. Tayloq qishlog‘i qadimda yashab
o‘tgan Tayloq ota ismli shaxsning nomi bilan atalgan. Tarixda Shovdor deb atalgan
mo‘‘jaz   voha   Samarqand   shahrining   kunchiqar   tomoni   bo‘lib,   hozirda   Tayloq
tumani   hududiga   to‘g‘ri   keladi.   Tayloq   tumanida   uzoq   asrlar   davomida   sir
saqlangan   tabarruk   qadamjolar,   ziyoratgohlar,   mozorlar   va   tarixiy   tepaliklar,
bog‘lar   anchagina.   Masalan,   Bog‘izog‘on,   Davlatobod,   Bog‘i   Bo‘ldu,   Bog‘i-
dilkusho   bog‘lari,   bir   qancha   buloqlardan   hosil   bo‘ladigan   Siyob   (Qorasuv), Jumabozor   qishlog‘idagi   Imom   Faxriddin   xoni   shaxsuvor   va   Payshanba
qishlog‘idagi   Xo‘ja   Orif   mohtob,   Talliota   qishlog‘idagi   Amir   Xusayn,
Qunduzakdagi   Xoja   Hasan   ota   bundan   tashqari   Islom   olamidagi   barcha
allomalarning allomasi, Xadis ilmining bilimdoni Imom Abduraxmon ad-Dorimiy
as-Samarqandiy-Ispandiylarning   har   biri   o‘z   tarifi   va   taflisotiga   ega.   Bularni
quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin.
Imom   Faxriddin Roziy  Hazratlari  ziyoratgohi   -     Jumabozor  qishlog‘ining
janubiy   qismida   ulug‘   avliyo   Islom   olamining   olimlaridan   biri   Imom   Faxriddin
hazratlarining ziyoratgohi joylashgan.  Bu zoti boborakot ulug‘ mufassir olimlardan
biri, o‘z davrining yetuk allomalaridan biri bo‘lgan. Samarqand qozisi  va tarixchi
Abu Tohir Xoja ibn Mir Abu Said Xoja o‘zining «Samariya» asarida: «Turklar uni
«Shoxsuvor   ota»   deb   ataydilar.   Bu   mozor   Shavdarga   qarashli   Jumabozor
qishlog‘ida,   Darg‘om   katta   arig‘ining   yaqinidadir.   U   Xanafiya   mazhabining   yirik
mujtahidlaridan   edi.   Samarqand   shahridan   uning   mozorigacha   uch   tosh   (yigirma
to‘rt chaqirim) chamasi yo‘l», deya ma’lumot beradi. Boshqa bir manbada: «Imom
Faxriddin   dar   mavzei   Juma   SHabdor»,   deyilgan,   yana   bir   XIX   arga   tegishli
qo‘lyozma   manbada:   «Buzrukvori   Jumabozor   -   Mavlono   Mir   Shahsuvor   ota»
degan ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin.    Shu va boshqa ma’lumotlarga ko‘ra ul
zoti boborakot zamonasining etuk mufassir olimlaridan biri ekanligi ayon bo‘ladi. Samarqand   qozi   kaloni   Abu  Toxir   xoja  bejizga  u  kishini  «Xanafiya   mazxabining
yirik   mujtahidlaridan»   deb   keltirmagan.   Imom   Faxriddin   hazratlari   mahalliy   xalq
nazdida Roziy atamasi bilan qo‘shib aytiladi. Keyinchalik biz tarixda o‘tgan Imom
Faxriddin   Roziy   xaqlarida   Abdurazzoq   Samarqandiyning   «Matla’us   sa’dayn   va
majma’ul   bahrayn»   asarida   Imom   Faxriddin   Roziy   xaqlarida   to‘xtalib,   Hirot
shahrida vafot etganligini qayd etadi.
Abduraxmon   Ad-Daromiy   ziyoratgohi   -     bu   zoti   barokat   181   Xijriy   (mil.
798) Samarqandning qadimiy Doram mavzeida tavallud topgan. Hadislarni Hijoz,
Shom, Misr Iroq va Xurosonda ko‘p odamlardan eshitganlar. O‘zining sahihi bilan
Imom   Muslimning   Shayxlaridan   (ustozlaridan)   sanaladi.   Samarqandda   qozilik
lavozimida   xizmat   qilganlar.   Bir   kuni   (ya’ni   sud   protsessini)   oxirigacha   olib
boradi, agar biror kishi avf qilishlarini so‘rasa avf qilar edilar. Samarqandda hadis
ilmini   yoydilar.   U   kishining   ko‘p   sonli   kitoblari   bordur.   Mashhur   kitoblari
«Aljomnus sahih», «Almusnad» nomi bilan mashhur va ma’lumdir. Abduraxmon Ad-Daromiy ziyoratgohi
Talab   ota   ziyoratgohi   -   asl   ismi   Nizomiddin   Xomush   bo‘lib,   ul   zot   1360-
1450   yillarda   tug‘ilib   yashagan.   90   yil   umr   ko‘rganlar.   Samarqand   zaminida
tug‘ilgan. Buxoroda tahsil olgan. Taxminan 20 yoshlarida Bahovuddin Naqshband
Hazratlarini   uchratib   shogirdlikka   tushgan.   Pirlari   Alouddin   Attor   bo‘lgan.   Xo‘ja
Ahrori Valiga ustozlik qilgan. Talab ota (Ulug‘ tepa) ziyoratgohi 1996 yilda qayta
ta’mirlangan.  
Talab ota ziyoratgohi
Tayloq zaminida ulug‘ muhaddis Abdurahmon ad-Doramiy, buyuk ma’rifatparvar
Mahmudxo‘ja     Behbudiy   yashab   o‘tganlar.   Tayloq   tumanidagi   Qo’tirbuloq,
Sarosiyo,   Bog’zog’on,   Jumabozor,   Qunduzak   qishloqlarida   qishloq   turizmni
rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Qo‘shrabot   tumani   qishloq   turizmi   imkoniyatlari.   Pangat   va   Qizilbel
qishloqlari Ekstrimal va tog‘ turizmi uchun    q ulay bo‘lgan   qishloqlar hisoblanadi.
Pangat va Qizilbel qishloqlari  Pangat qishlog‘i Qo‘shrabot tumani markazidan 34
km,   Samarqand     shahridan   esa   140   km   uzoqlikda,   Qizilbel   qishlog‘i   tuman
markazidan     25   km,   Samarqand   shahridan   esa   121   km   uzoqlikda   joylashgan.
Tog‘li     hududda   joylashgan   ushbu   qishloqlar   aholisi   erta   tongdan   turib   mehnat
qilishga   kirishadi,   ayollari   non   yopish,   sigir   sog‘ish   va   boshqa   maishiy     ishlarni
saramjon qilishadi, erkaklari esa asosan chorvachilik bilan  mashg‘ul.   Shuningdek,
ushbu   aholi   punktlari   go‘zal   tabiati,   flora   va   faunasi     ham   sayohatchilarni   o‘ziga
jalb   etib   kelmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Ekstrimal   va   tog‘   turizmi
federatsiyasi     Samarqand   viloyati   bo‘limi,   bilan   hamkorlikda   Qo‘shrabot
tumanining  Pangat va Qizilbel qishloqlari tog‘ va tog‘ oldi hududlarida Ekstrimal
va   tog‘   turizmining   Skayrayning   (qoyaga   chiqish)   yo‘nalishi   bo‘yicha   joylari
aniqlangan.   "Zamin   travel"   sayyohlik   firmasi   tomonidan   mazkur     yo‘nalish
bo‘yicha Ekstrimal va tog‘ turizmi federatsiyasi Samarqand  viloyati bo‘limi bilan
hamkorlikda   xizmatlar   ko‘rsatish   yo‘lga   qo‘yilgan.   Pangat   MFYga   qarashli
Oqxaydar, Shog‘olsoy va Tangisoy aholi   yashash punktlaridagi yo‘l so‘qmoqlari,
noyob   tabiat   yodgorliklari   (tosh,     daraxt,   o‘simlik,   sharshara,   qush   va   hayvonlar)
shifobaxsh   giyohlar,   ot   va     eshakda   sayr   qildirish   kabi   o‘ziga   xos   yo‘nalishlar
bo‘yicha   tashrif     buyuruvchilar   uchun   ushbu   xizmatlarni   tashkil   etilgan.
Shuningdek,   Tangisoy   aholi   yashash   punkitida   yashovchi   tadbirkor     Boyqobilov
Baxtiyor   tegishli   xonadonini   milliycha   uslubdagi   mehmon     uyiga   moslashtirgan
bo‘lib, ushbu xonadonda mahalliy aholi yashash tarzi hududga tashrif buyuradigan
sayyohlar uchun namoyish etiladi. Bundan tashqari sayyohlik mavsumi davomida
tashrif   qishloqlar hisoblanadi.   uchun namoyish etiladi. Bundan  tashqari  sayyohlik
mavsumi   davomida   tashrif   buyuruvchilar   uchun   tabiat   bag‘rida   maroqli   hordiq
chiqarishlari va qo‘shimcha   qulayliklar yaratish maqsadida dam olish maskanlari
tashkil    etilmoqda.  Pangat  va  Qizilbel   qishloqlarida  o‘ziga xos  etnografik uyinlar
(Chillak, Oq  terakmi-   ko‘k  terak,  Arqon tortish,  Besh  tosh,  Qo‘chqor   urushtirish, Xo‘roz   urushtirish),   hunarmandchilik   (qo‘y   yungiga   ishlov     berib   qo‘lda   gilam
to‘qish, So‘zana tikish, Egar yasash), urf-odat va  an’anana saqlanib qolingan.
-Ergash Jumanbulbul o g li (1868, hozirgi Samarqand viloyati Qo shrabot tumaniʻ ʻ ʻ
Qo rg on   qishlog i   —   1937.12.5,   Qo shtamg ali   qishlog i)   —   o zbek   xalq	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
baxshisi, Qo'rg'on dostonchilik maktabining eng yirik vakili.
Dehqondostonchi   oilasida   tug ilgan.   Uning   yetti   otabobosigacha,	
ʻ
shuningdek,   amaki   va   momolari   dostonchi   shoir   o tgan   (Yodgor,   Lafas,   Mulla	
ʻ
Tosh,   Mulla   Xolmurod,   Jumanbulbul,   Tilla   kampir,   Sulton   kampir,   Jossoq,
Yorlaqab   va   boshqalar   17—19-asrlarning   taniqli   dostonchilari   bo lganlar).	
ʻ
E.J.o .ning ulkan shoirdostonchi bo lib yetishuvida oilasi va qishlog idagi (qarang	
ʻ ʻ ʻ
Qo rg on dostonchilik maktabi) boy adabiy muhit katta rol o ynagan. Dostonchilik	
ʻ ʻ ʻ
ta limini otasi Jumanbulbuldan olgan.
ʼ
Asli   savodsiz   bo lgan   Jumanbulbul   o z   o g li   Ergashning   o qisho rganishi,	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
bilim   olishiga   katta   e tibor   bergan.   1884—86   yillarda   Buxoro   madrasalaridan
ʼ
birida o qib, fors tilini o rgangan, arab tili bilan tanishgan, husnixat mashq qilgan.	
ʻ ʻ
Navoiy,   Fizuliy,   Hofiz,   Bedil,   Mashrab,   Mahtumquli   asarlarini   mutolaa   etgan.
Biroq moddiy qiyinchilik va otasining vafoti (1886) tufayli o qishni  davom ettira	
ʻ
olmagan.   Qishlog iga   qaytib,   mustaqil   o qish,   dostonchilikda   mahoratini   oshirish	
ʻ ʻ
bilan   shug ullangan,   ma lum   muddat   maktab   ustozi   va   qaynotasi   O tamurod	
ʻ ʼ ʻ
xatibning yordami bilan dehqonlardan kafsan yig uvchi bo lgan. 1887—89 yillarda	
ʻ ʻ
E.J.o .   Buxoro   amirligiga   qarashli   Nurota   bekligining   amlokdorlaridan   biri	
ʻ
Qo zibekka mirza (kotib) bo lib ishlagan.	
ʻ ʻ
O lkada   boshlangan   qahatchilik,   chigirtka   va   vabo   tarqalishi   natijasida   shoirning
ʻ
yaxshigina   dostonchi   bo lib   yetishayotgan   ukalari   Abduxalil   va   Abdujalillar,	
ʻ
singillari   va   farzandlari   birinketin   vafot   etadi.   Bunday   g amalam,   tashvishda	
ʻ
qolgan   shoir   kuylashni   ham   tashlab,   taxminan   1904—05   yillardan   darbadarlikda
hayot kechirgan. 1912—22 yillarda Bulung ur, G allaorol, Urgut tumanlari, Jizzax	
ʻ ʻ
va Panjakent atrofidagi qishloqlarda tabiblik, qissaxonlik, she rxonlik qilib yurgan,	
ʼ ba zan   dostonlar   kuylagan.   1923-yilda   qishlog iga   qaytgan.   1924-yil   Qorakisaʼ ʻ
qishlog ida bir xonali maktab ochgan.	
ʻ
E rgash  Jumanbulbul o g	
ʻ ‘li  1925-yil Samarqandga kelgan. 1926—28 yillarda
Bulung ur tumani Qirqshodi qishlog ida Po lkan shoir, Fozil Yo ldosh o g li bilan	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
birgalikda   yod   bilgan   dostonlarini   yozdirish   va   o zi   yozib   qoddirish   bilan	
ʻ
shug ullangan.   1929—36   yillarda   E.J.o .   o z   qishlog ida,   asosan,   dehqonchilik	
ʻ ʻ ʻ ʻ
ishlari   bilan   mashg ul   bo lgan,   dostonchilikda   shogirdlar   yetishtirishni   davom	
ʻ ʻ
ettirgan.   1936-yilda   Toshkentga   kelib,   1937-yil   aprelgacha   folklorshunos   H.T.
Zarifov   uyida   yashagan.   1937-yil   aprel   oxirlarida   qishlog iga   qaytib,   nevarasi	
ʻ
Abdug'anining qo'lida Pastqo'shtamg'ali qishlog'ida vafot etgan.
Ergash   Jumanbulbul   o g	
ʻ ‘li ning   ijodi,   repertuari   boy   va   rangbarang.   Shoir
"Kuntug mish",   "Yakka   Ahmad",   "Alibek   bilan   Bolibek",   "Dalli",   "Ravshan",	
ʻ
"Qunduz   bilan   Yulduz",   "Xushkeldi",   "Xoldorxon",   "Qiz   Jibek",   "Go ro g lining	
ʻ ʻ ʻ
tug ilishi",   "Hasanxon",   "Avazxon",   "Avazning   Farangga   safari",   "Nurali",	
ʻ
"Xiromon"   ("Jahongir"),   "Alpomish",   "Yusuf   bilan   Ahmad",   "Tulumbiy",
"Qironxon",   "Qumri",   "Oshiq   G arib",   "Vomiq   bilan   Uzro",   "Varqa   bilan	
ʻ
Gulshoh",   "Mahtumquli"   kabi   30   ga   yaqin   dostonlarni,   juda   ko p   termalarni   yod	
ʻ
bilgan. Bulardan dastlabki 9 ta doston, "Oysuluv" dostonining mazmuni, ko pgina	
ʻ
an anaviy   va   zamonaviy   termalar,   o zidan   avval   o tgan   baxshilar   va   dostonchilik	
ʼ ʻ ʻ
san ati   haqida   ma lumotlar   E.J.o .ning   o zidan   yozib   olingan.   E.J.o .   xalq
ʼ ʼ ʻ ʻ ʻ
dostonlarining   barcha   janrlaridan   namunalar   bilgan.   Dostonlarning   g oyaviyligi,	
ʻ
xalqchilligi, badiiy go zalligi uchun kurashgan.	
ʻ
Ergash   Jumanbulbul   o g‘li   an anaviy   doston   va   termalarni   kuylab   kelish	
ʻ ʼ
bilan   birga   o zi   ham   barakali   shkod   qilgan.   Uning   "Tarjimai   hol"   dostoni,	
ʻ
"Keldim",   "Toshkent   ta rifida",   "Qizil",   "Tursunoy",   "Oxunboboyev",   "G ozi	
ʼ ʻ
Olim",  "Otajon   Hoshim",   "Shoirlarga   rahbar   Hodi",   "Eshon",   "Asov   qizlar",   "Bir
hafta xo p bo dsi yog in" kabi termalari e tiborga molik.	
ʻ ʻ ʻ ʼ Ergash Jumanbulbul o g‘lining merosi keng ravishda o rganilmoqda: shoir haqidaʻ ʻ
kitoblar nashr etildi, hujjatli film yaratildi. 1972-yil mayda shoir tug ilgan kunning	
ʻ
100   yilligi   keng   nishonlandi.   Nurota   tumani   markazida   unga   byust   o rnatildi.	
ʻ
Qo rg on   qishlog ida   maqbarasi,   haykali   va   uymuzeyi   bor.   Bundan   tashqari,	
ʻ ʻ ʻ
Samarqand   shahrida   Ergash   Jumanbulbul   o g‘li,   Islom   shoir,   Po lkan   shoir   va	
ʻ ʻ
Fozil   Yo ldosh   o g liga   kompleks   haykal   o rnatilgan.   Nurota   tumanida   bog ,	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
Qo shrabot tumanida maktab, Toshkent va Samarqand shahrilarida ko chalar shoir	
ʻ ʻ
nomi bilan atalga n.
Jo‘sh-Ota   jome   masjidi.   Samarqand   viloyati   Qo‘shrabod   tumani   Jo‘sh   ota
qishlog‘ida shu qishloqning ko‘rki va fayzi bo‘lib turgan “Jo‘sh ota” jome masjidi
bor.   Masjidni   qachon   qurilganligi   ma'lum   emas,   ammo   kim   tomonidan
qurilganligini   masjid   ichidagi   minbar   tepaligida   devorga   yopishtirilgan   marmar
toshda   yozilgan.   Toshdagi   bitik   forscha-arabcha   bo‘lib,   quyidagilarni   o‘qish
mumkin: “Ayo ey doxiloni bayti Robbiy, Bikun toat darin bayt. Gar abdi biguyam,
ismi   omir   be   nazir   ast,   Zi   avlodi   Muqim   Abdulaziz   ast.   Biguft   tarixi   in   masjidi
faqiyr   ahqor   darvish,   Zi   baski   guft   xar   kas   tarix   dar   masojid   pesh.   Ki   dar   vaqti
binoyash   bud   hijrat   in   maqom   arfa'   xazoru   du   sadu   xomsuna   arbat   raqam   basta
Mulla Abdulaziz kamina hol”. Ya'ni (Ey Allohning bayti “masjid”ga kirguvchilar!
Agar   sen   abd   “Allohning   quli”   bo‘lsang,   bu   bayt   “masjid”da   toat   qil.   Benazir   –
o‘xshashi   yo‘q   omirning,   ya'ni   imorat   qiluvchining   ismini   aytaman:   U   Muqim
avlodidan   Abdulazizdir.   Faqiyr   –   Haqiyr   darveshlar   bu   masjidning   tarixini   aytdi,
har kimsa masjidlar oldida tarix aytgandan so‘ng, u (Shayx Abdulaziz Xo‘ja)ning
bu   baland   maqomning   binosini   ming   ikki   yuz   ellik   to‘rtinchi   “1254-hijriy,   1838-
milodiy” vaqtda kamina Mulla Abdulaziz yozib qo‘ydi).
  Masjidning   bino   qiluvchisi   Shayx   Abdulaziz   xo‘ja   azizon   shu   masjid
yonidagi ayvonda dafn qilingan Bobo xo‘ja ya'ni Bobo Jo‘sh otaning avlodidandir.
Bobo   Jo‘sh   ota   esa   Hazrati   Abu   Bakr   Siddiq   roziyallohu   anhuning   avlodi
hisoblanadilar.   Bundan   bilinadiki   Shayx   Abdulaziz   xo‘ja   o‘zining
bobokalonlaridan   bo‘lgan   Bobo   Jo‘sh   otaning   qabri   ustiga   maqbaraga   qo‘shib masjid va xovuz qurdirgan hozirgi kunga kelib maqbara va xovuz yo‘q bo‘lib ketib
qabr   masjidning   ayvonida   qolgan.  Bugungi   kunga   kelib  mustaqillikning   sharofati
ila   ushbu   masjid   asl   xolida   qaytadan   tamirlandi   va   o‘zining   asl   chiroyini   ochdi.
Endi   Shayx   Abdulaziz   xo‘janing   ajdodlari   nasabnomasi   bilan   anishsak   Shayx
Abdulaziz   xo‘ja   ibn   Shayx   Abdussami'   xo‘ja   ibn   qutb   ul-aqtob   avliyo   Shayx
Muhammad   Muqim   xo‘ja   (Er   Muqim   ota)   ibn   Shayx   Darvesh   Muhammad   xo‘ja
ibn   Shayx   Husayn   xo‘ja   ibn   Shayx   Darvesh   Muhammad   xo‘ja   ibn   Shayx
Muhammad   Shayx   xo‘ja   ibn   Shayx   Xush   Muhammad   xo‘ja   ibn   Shayx   Do‘st
Muhammad   xo‘ja   ibn   Shayx   Sulton   xo‘ja   ibn   Shayx   Hoji   xo‘ja   ibn   Bobo   xo‘ja
(Bobo   Jo‘sh   ota)ga   borib   taqaladi   Bobo   Jo‘sh   ota   esa   Ahmad   Yassaviy
hazratlarining   shogirdi   Yassaviya   tariqatining   yulduzi   Shayx   Sulaymon   xo‘ja
Boqirg‘oniy   ya'ni   Hakim   otaning   nabirasi   Mahmud   xo‘janing   o‘g‘lidir.   Shayx
Sulaymon xo‘ja Boqirg‘oniy ya'ni  Hakim  ota 14 ota ila Hazrati  Abu Bakr  Siddiq
roziyallohu   anhuga   tutashadi.   Shayx   Abdulaziz   xo‘janing   avlodlari   ham   bugungi
kunda bobolari kabi diniga xizmat qilib kelishmoqdalar. III-BOB.  SAMARQAND VILOYATIDA DINIY TURIZMNI
RIVOJLANTIRISH MUAMMO VA ISTIQBOLLARI
3.1. Samarqand viloyatida diniy turizmni rivojlantirish muammo va
istiqbollari
O‘zbekistonga   kelgan   turistik   tashriflarning   aksariyati   Samarqandga
kelishadi.   Bu   viloyat   uchun   kattaimkoniyatdir.   Prezidentimiz   Samarqand
viloyatiga tashrifi chog‘ida Samarqand bugungi kunda 5 mln turistni qabul qilishi
kerakligi, bu esa  minglab ish o‘rinlari demakdir, deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat,
Samarqand   viloyati   o‘zining   ulkan   turistik   salohiyati   bilan   jahonga   mashhurdir.
Ammo viloyatning tumanlaridagi turistik salohiyatidan samarali foydalanish uchun
imkoniyatlar   yuqori   bo‘lishiga   qaramasdan   ulardan   samarali   foydalanilmayapti.
Ammo   mavjud   imkoniyatlardan   barcha   tumanlar   ham   foydalana   olmayapti.
Chunki,   turizmning   innovatsion   imkoniyatlari   hududlarda   yangi   ish   o‘rinlari
yaratish,   qo‘shimcha   daromad   manbai   sifatida   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishiga
turtki beradi.Sayyohlarning dunyoni kengroq anglash, bilish maqsadida o‘zi uchun
noma’lum  bo‘lgan joylarni  ko‘rishga va o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoji yildan-yilga
kuchayib   bormoqda.   Bu,   o‘z   navbatida,   turistik   obektlar   turlarining   kengayshiga,
turistik biznesning yuzaga kelishiga olib keldi. Turistik obektlar nafaqat rekreasiya
balki   sog‘lomlashtirish   bilan   birgalikda   tarixiy,   madaniy,   tabiiy,   ekoturistik,
etnografik (hunarmandchilik va xalq amaliy   san’ati, urf-odatlar, milliy an’analari
kabilar)   hamda   diniy   turistik   obektlar   singari     ko‘plab   turlari   vujudga   keldi.
Masalan,   keyingi   yillarda   noyob   landshaft   zonalari,     iqlimi   qulay   va   noqulay
maskanlarga   (cho‘l,   g‘or,   muzliklar,   okean   osti   dunyosi,     ochiq   kosmos   va   h.k.)
sayohat   uyushtirish   kengaymoqda.   Samarqand   viloyat   turizmi   tarkibi   va
geografiyasi   xilma-xil   bo‘lib,   mintaqada   o‘ziga   xos   turistik   marshrutlarni   yo‘lga
qo‘yish   mumkin.   Bu   yerda,   bizningcha,   viloyat   turistik   imkoniyatlari   va
resurslarini quyidagi asosiy guruhlarga ajratish  maqsadga muvofiqdir. 
- madaniy   turistik   obektlar ;   Inson   tomonidan   yaratilgan   asrlar   davomida
saqlanib   kelinayotgan   tarixiy   binolar ,   arxitektura   yodgorliklari ,   arxeologik topilmalar ,   harobalar ,   diniy   ziyoratgohlar ,   qadamjolar ,   qabristonlar ,   milliy
hunarmandchilik ,  urf - odatlar ,  to ‘ y - tomoshalar ,  maqolalar   va   boshqalarni   o ‘ z   ichiga
olib ,  viloyat   turizmining   muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanadi . 
- tabiiy   turistik   obektlar ;   Bularga   tabiat   tomonidan   yaratilgan   noyob
yodgorliklar ,   jumladan ,   karst   g ‘ orlari ,   rekreasiya   maskanlari ,   shifobaxsh   buloqlar ,
balchiqlar ,   manzaralari   landshaft   qo ‘ riqxona ,   to ‘ qay   va   undagi   o ‘ simliklar ,
hayvonot     olami ,   nurash   natijasida   hosil   bo ‘ lgan   shaklar   va   boshqalarni   kiritish
mumkin .  
                Samarqand viloyatining tabiiy sharoiti, relefi, iqlimi va suvlari davrlar
davomida   shakllangan.   Ulardan   turistik   obekt   sifatida   foydalanish   ham
ahamiyatlidir.   Insoniyatning uzoq o‘tmishidan dalolat beruvchi tarixiy obidalarni
tomosha qilish kishilarning hayolan moziyga sayohat qilishiga, ajdodlarning bizga
qoldirgan   boy   ma’naviy   merosini   o‘rganishga   katta   yordam   beradi.   Turizmni
shakllanishiga asos bo‘luvchi turistik resuslar asosida qishloq joylarda joylashgan.
Bunday   tabiiy   maskanlar   viloyatning   Urgut,   Samarqand,   Nurobod,   Bulung‘ur,
Qo‘shrabot   va   boshqa   tumanlarda   tabiiy   va   madaniy   resurslar,   qishloq   aholining
uzoq   yillar   davomida   shakllangan   mehnat   turi   va   faoliyati,   ixtisoslashgan
dexqonchilik   madaniyati,   urf-odatlari,   yashash   tarzi   qishloq   turizmi   imkoniyatini
oshiradi.
Samarqand   viloyati   madaniy   meros   obyektlari   xaritalari   jamlanmasi
Kartografiya”   ilmiy   ishlab   chiqarish   davlat   korxonasi   tomonidan   2016   yilda
“O’zbekiston   Respublikasi   Madaniyat   va   sport   ishlari   vazirligi   Madaniy   meros
obyektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanish   ilmiy-ishlab   chiqarish   Bosh
boshqarmasi bilan hamkorlida ishlab chiqilgan. Samarqand viloyati Madaniy meros obyektlari jamlanmasi.
Ushbu   xaritalari   jamlanmasida   Samarqand   viloyatida   mavjud   966   ta
arxeologiya ,   286   ta   arxitektura ,   16   ta   monumental   san ʼ at   yodgorliklari   y ' ani
Bulung ‘ ur   tumanidagi  19  ta   arxeologiya , 3  ta   arxitektura ,  Ishtihon   tumanidagi  47  ta
arxeologiya ,   10   ta   arxitektura ,   Jomboy   tumanidagi   36   ta   arxeologiya ,   5   ta
arxitektura ,  Kattaqo ‘ rg ‘ on   tumanidagi  32  ta   arxeologiya , 54  ta   arxitektura ,  Narpay
tumanidagi   26   ta   arxeologiya ,   12   ta   arxitektura ,   Nurobod   tumanidagi   45   ta
arxeologiya ,   5   ta   arxitektura ,   Oqdaryo   tumanidagi   65   ta   arxeologiya ,   8   ta
arxitektura ,   Pastdarg ‘ om   tumanidagi   147   ta   arxeologiya , 3   ta   arxitektura ,   Paxtachi
tumanidagi   30   ta   arxeologiya ,   9   ta   arxitektura ,   Payariq   tumanidagi   88   ta
arxeologiya ,   6   ta   arxitektura ,   Qo ‘ shrabot   tumanidagi   41   ta   arxeologiya ,   3   ta
arxitektura ,   Samarqand   tumanidagi   97   ta   arxeologiya ,   32   ta   arxitektura ,   Toyloq
tumanidagi   58   ta   arxeologiya ,   15   ta   arxitektura ,   Urgut   tumanidagi   233   ta
arxeologiya ,   58   ta   arxitektura ,   Samarqand   shahrida   2   ta   arxeologiya ,   63   ta arxitektura   yodgorliklari   jami  1268  ta   madaniy   meros   obyetlarining   joylashuvi   aks
etgan . Xulosa
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   28.01.2022   yildagi   PF-60-sonli
2022   —   2026-yillarga   mo‘ljallangan   Yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot
strategiyasi   to`g`risidagi   farmonida   35-maqsadida   “O‘zbekiston   bo‘ylab   sayohat
qiling”   dasturi   doirasida   mahalliy   sayyohlar
sonini   12   million   nafardan   oshirish   hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy
turistlar   sonini   9   million   nafarga   yetkazish   maqsad   qilingan.   Binobarin,   t o‘siqsiz
turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish.
2026-yilgacha   turizm   sohasida   band   bo‘lgan   aholi   sonini   2   baravar   oshirib,   520
ming nafarga yetkazish uchun qishloq joylaridagi turizm salohiyatini ilmiy asosda
o`rganish   va   tavsiyalar   ishlab   chiqish   lozim,   deb   hisoblaymiz.   Bundan   tashqari,
turizm   va   madaniy   meros   obyektlari   infratuzilmasini   rivojlantirish   hamda   8
mingdan ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat
dasturini   qabul   qilish   srtategiyada   nazarda   tutilgan.   Samarqandni   “Turizm
darvozasi”ga   aylantirish   orqali   kelgusi   besh   yilda   turizm   xizmatlari   hajmini
kamida   10   baravarga   oshirish.   Turizm   sohasida   40   ming   kishi   bandligini
ta’minlash.   2022-yilda   “Abadiy   shahar”   tarixiy   majmuasini   o‘z   ichiga   olgan
Samarqand   turizm   markazini   va   zaruriy   infratuzilmani   tashkil   etish   masalasida
qishloq   joylari   turizm   imkoniyatlarini   tadqiq   etish   dolzarb   ilmiy   va   amaliy
ahamiyatga   egadir.   Iqtisodiy   va   ijtimoiy   geografik   tadqiqotlarda   shahar
joylari   juda   keng   o`rganilgan.   Ammo   qishloq   joylari   mamlakatimizda
geografik   jihatdan   kam   o`rganilgan   tadqiqot   ob`ektlaridan   biri
hisoblanadi.   Aynan   qishloq   joylari   turizm   imkoniyatlari   O`zbekistonda
deyarli   o`rganilmagan   sohalardan   biridir.   Shuning   uchun   shu   turizm
sohasini   o`rganish   natijasida   quyidagi   ilmiy   va   amaliy   xulosalar,
tavsiyalar ishlab chiqildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Meyoriy-huquqiy adabiyotlar
1.O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” gi Qonuni. T.: 1999 
2.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekiston   Respublikasi   Turizmni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi”ning   tashkil etish to‘g‘risidagi 2016 yil 2 dekabrdagi
PQ-2666-sonli qarori
3.Mirziyoev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2017.  –  47 b.
4.Mirziyoev   SH.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz.  “O‘zbekiston” NMIU, 2017.  –  485 b.
5.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi
PF-4947-sonli Farmoni.  O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami
6. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022 - 2026-yillarga   mo‘ljallangan
Yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi   to`g`risidagi   farmoni .   28.01.2022
yildagi PF-60-sonli
7. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm sohasini  jadal rivojlantirishni ta`minlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, 2016-yil
8.O‘zbekiston Respublikasi  turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini
yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining qarori,  Toshkent sh., 2018yil 6 fevral, PQ-3510-son.
9.Mirzaev M.A Turizm asoslari o‘quv qo‘llanma T-2011
10. Tuxliev I va boshqalar Turizm: nazariya va amaliyot. Darslik T-2010
11.Mamatqulov X.M. Xalqaro turizm.-Samarkand, 2012
12.Usmonov M. Turizm geografiyasi.(o`quv qo`llanma)-Samarqand, 2019
13. Сафаров   Б . Ш   Туристик   хизматлар   бозори . Ўқув услубий қўлланма 
Самарқанд-2014 14.Солиев А.С Ўзбекистон географияси. Дарслик. Т-2014
15. Мироненко Н.С., Тведохлебов И.Т. “Рекреационная география” -М. 
МГУ 1981.
16.Ҳусанбоев Б.М., Тўлаганов Л.А., Разина В.Г. “Дорогами Великого 
Шелкового пути” -Т. Шарк 1996.
17. Ибадуллаев Н.Э. Ўзбекистоннинг туристик ресурслари. Маърузалар 
курси. – Самарқанд, СамИСИ, 2008. -114 б
18.Зокиров С.С., Болтаев М.Ж. “Краеведение и экономика туризма” -Т. 
2001.
19.Зячинляев П.Н., Фалкович Н.С. “География международного туризма” -
М. Мысл. 1972.
20.Тухлиев И ва бошқалар Туризм: назария ва амалиёт. Дарслик Т-2010
Internet manbalar:
1 www.stat.uz
2.http://www.ziyonet.uz/
3.report UWNTO

SAMARQAND VILOYATIDA DINIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Mundarija Kirish……………………………………………………………. I BOB. DINIY TURIZMNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI 1.1. D iniy turizm ob’yektlari va ularni tasniflash masalalari 1.2. Diniy va ziyorat turizmning farqli jihatlari hamda rivojlantirish masalalari 1.3. O ‘ zbekistonda diniy turizm masalalarining o ‘ rganilganligi 1.4. Ziyorat turizmining kichik hududlar iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati II BOB SAMARQAND VILOYATIDA DINIY TURIZMNI HUDUDIY TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI ……………………………………... 2.1. Samarqand viloyatida diniy turizm rivojiga ta’sir etuvchi omillar 2.2. Samarqand shahri va uning atrofidagi qadamjolar 2.3. Samarqand viloyatini diniy turistik rayonlashtirish III BOB SAMARQAND VILOYATIDA DINIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH MUAMMO VA ISTIQBOLLARI 3.1. Samarqand viloyatida diniy turizmni rivojlantirish muammo va istiqbollari Xulosa…..………………………………………………… .. …….. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………… … .

Kirish Tadqiqod mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan keyin xo‘jalikning barcha tarmoqlarida tub islohatlar olib bormoqda. Binobarin, turizmni rivojlantirishga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o‘zining asarlarida va amaliy faoliyatida ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan boy tarixni, qadamjolarni, qabrlarini va shu davrlarda qurilgan tarixiy obidalarni, hamda ular yashagan zaminni ko‘rish butun dunyo sayyohlarini azaliy orzusi ekanligini ta’kidlaydi. Ma ’ lumki insoniyat qadimdan dunyoni bilishga va uni anglashga , yangi yerlarni ko ‘ rishga hamda o ‘ zi uchun noma ’ lum bo ‘ lgan hududlarni kashf etishga harakat qilishgan . Bu orzularni amalga oshirish bevosita yaqin va uzoq hududlarga sayohatga chiqish orqali bajarilgan. Sayohat davomida ruhan dam olishgan va tabiatning go‘zal mo‘jizalariga hamda insonlar tomonidan yaratilgan ajoyib narsalardan hayratlangan. Ayni paytda shu mintaqa aholisini ijtimoiy va iqtisodiy holatiga bilvosita ta’sir ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda turizmning jahon xo‘jaligidagi hissasi yil sayin oshib, u asosiy makroiqtisodiy tarmoqlar qatorida rivojlanmoqda. Shuningdek, dunyoda ko‘pgina davlatlarning muhim daromad manbai sifatida iqtisodiyotda asosiy o‘rin tutmoqda. Shu jihatdan O‘zbekistonda mazkur sohaga e’tiborni kuchaytirish muhim masalalardan biridir. Turizm sohasini rivojlantirish mintaqalar iqtisodiyotini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, mustaqillik yillarida mazkur tarmoqni yuksaltirish uchun ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo shunga qaramasdan turizm mintaqalarda yaxshi rivojlanmagan. Shuning uchun ularni geografik jihatdan tadqiq etish lozim. O‘zbekiston turizm iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i sifatida yuksaltirish uchun mavjud tabiiy va ijtimoiy turistik obektlarning mintaqalardagi imkoniyatlari ilmiy tadqiq etish, jumladan viloyatlardagi tarixiy obidalar, arxitektura yodgorliklari, diniy qadamjolar, ziyoratgohlar hamda rekratsiya resurslari, dam olish hududlari, sog‘lamlashtirish maskanlari, ekoturistik obyektlar

to‘g‘ridan to‘g‘ri bu tarmoqning istiqbolini belgilaydi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, respublika mintaqalari ilmiy asosda diniy turizm geografik jihatdan kam o‘rganilgan. Turizm geografiyasini viloyatlar bo‘yicha turistik imkoniyatlarini aniqlash va diniy turizmning o‘ziga xos turlarini tashkil etish va rivojlantirish uchun ko‘pgina muammolarni aniqlash muhimdir. Bu muammolarni respublika miqiyosida o‘rganish anchagina qiyinchiliklar tug‘dirishni hisobga olgan holda viloyatlar misolida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Samarqand viloyati turizm imkoniyatlari jihatdan nafaqat O ‘ zbekistonda , balki , Markaziy Osiyoda yetakchi turistik mintaqalardan biridir . Viloyatda turizmning ko‘plab turlari, xususan tarixiy, arxitektura va arxeologik obidalar, tarixiy rekratsiya maqsadlari, diniy qadamjolar hamda o‘ziga xos madaniy- etnografik an’analari mintaqa turizm xazinasi hisoblanadi. Ammo hozirgi kunga qadar viloyatlarning aksariyat tumanlaridagi turistik imkoniyatlardan foydalanilmayabdi. Buning uchun mintaqa turizm geografiyasi keng ko‘lamli tadqiq etish, hamda aniq mezonlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.

I BOB.DINIY TURIZMNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI 1.1. Diniy turizm obyektlari va ularni tasniflash masalalari. Diniy, shu jumladan ziyorat turizmi, juda xilma-xil obyektlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu bois diniy turistik obyektlarni tasniflash muhim ilmiy- uslubiy ahamiyat kasb etadi. Bu borada fanda trli klassifikatsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, N. Nolan, K. Griffin, R. Raj, M. Novelli, D. Eiskelman, J. Pitsatori, K. Niyeminen, Ch. Goyeldner, J.Brent, Ye.A. Okladnikova, V.N. Kaluskov kabi xorijiy olimlar ushbu masalani o‘zlarining ilmiy ishlarida yoritganlar. Diniy turizm obyektlari ilk bor 1992 yilda M. va S. Nolanlar [63] tomonidan tasniflanib, ularning tasnifida Yevropadagi xristian ziyoratgohlari 3 tipga (ziyorat joylari, diniy turistik diqqatga sazovor joylar, diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylar) ajratilgan. Yevropadagi xristian ziyoratgohlari klassifikatsiyasi (М. v a S.Nolanlar bo ‘yicha , 1992 [63] ) Ziyorat joylari Ziyorat sayohatlarining maqsadi bo‘lib hizmat qiladigan joylar: Jumladan: Turistik diqqatga sazovar joylar sifati salohiyati past bo‘lgan ziyoratgohlar. Bu yerga asosan diniy ziyoratchilar tashrif buyuradilar . Turistik diqqatga sazovar joylar sifati salohiyati yuqori bo‘lgan ziyoratgohlar.Bu yerga tashrif buyurganlar tarkibida turistlar ziyoratchilarga nisbatan ko ֹ‘ pchilikni tashkil qiladilar. Аsosan taniqli har yili yoki ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ziyorat tadbirlari bilan mashhur bo‘lgan ziyoratgohlar. Turistik, diniy ahamiyatga ega bo‘lgan, ziyorat marosimlari bilan taniqli bo‘lgan, ko‘plab turist hamda ziyoratchilar tasgrif buyuradigan ziyoratgohlar. Diniy turistik diqqatga sazovar joylar. Dunyoviy qarashli turistlar, dam oluvchilar va diniy turistlar odatda tashrif buyuradigan cheklovlar. Ziyoratdagi ahamiyat past bo‘lib, ko‘proq ekskursion-turistik ahamiyatga ega. Diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylar. Ziyoratga kirmaydigan diniy marosimlar nishonlanadigan, tarixiy yodgorliklar hisoblanadigan ibodatxona va monastirlar

Манба: Nolan, M. L., & Nolan, S. (1992). Religious sites as tourism attractions in Europe , Annal e s of tourism research , Vol. 19 (1), pp. 68-78 [63]. Bu mualliflar diniy turizm obyektlari klassifikatsiyasida asosiy e’tiborni obyektlar diniy e’tiqodchilar bo‘lgan ziyoratchilar va dunyoviy ekskursion qiziqish bilan tashrif buyuradigan turistlarning talabi va ehtiyojlariga mos kelishiga qaratgan. Diniy turizmni tadqiq etishga katta hissa qo‘shgan tadqiqotchilar Kevin Griffin va Razaq Rajlar ham diniy turistik obyektlarning klassifikatsiyasiga oid ishlanmalarini chop ettirgan. Misol tariqasida ularning “The Importance of Religious Tourism and Pilgrimage: reflecting on definitions, motives and data” [53; 1-9-b.] nomli maqolasini keltirib o‘tish mumkin. Mazkur maqolada global miqyosda muqaddas ziyoratgohlar klassifikatsiyasi keltirilgan (1.3-jadvalga qarang). Muqaddas ziyoratgohlar klassifikatsiyasi (K.Griffin va R.Raj bo‘yicha)[53]) Тurlar Мisollar Тayanch diniy markazlar Kanterberi kafedral sobori ( B.Britaniya) Zumrad Budda (Tailand), Aya-Sofiya (Turkiya) Аrxeologik yodgorliklar Machu-Piku (Peru), Chichen-Itsa (Meksika) Dafn joylari Katakombalar (Italiya ), Мisr ehromlari (Мisr) Ibodatxonalar Borabudur (Indoneziya), Angkor-Vat (Kambodja), Amritsar (Hindiston) Мuqaddas shaharlar Rim (Italiya), Quddus (Isroil), Assizi (Italiya), Varanasi (Hindiston), Baytlahm (Falastin hukumati). Ibodatxona majmualari Lalibela (Efiopiya), Potala (Xitoy), Katerin tog‘idagi monastirlar (Misr) Yer energiyasi joylari Nazka geogliflar (Peru),Glastonberi (B.Britaniya) Мuqaddas tog ‘lar Uluru (Avstraliya), Jomolungma (Nepal),Tayshan (Xitoy), Afon (Gretsiya), Fudziyama (Yaponiya), Shasta (AQSH). Мuqaddas orollar Rapa Nui (Chili), Lindisfarn, Ioniya (B.Britaniya), Mont-Sen- Mishel (Fransiya) Ziyorat o‘choqlari Маkka ( S.Arabistoni, Madina (S.Arabistoni),Kailas (Xitoy), Santiyago-de-Kompasteli (Ispaniya) Dunyoviy ziyoratgohlar Robben oroli ( Janibiy Afrika), Gore (Senegal), Aushvits- Birkenau (Polsha). Маnba: Griffin, Kevin and Raj, Razaq Dr. (2017) The Importance of Religious Tourism and Pilgrimage: reflecting on definitions, motives and data , International journal of Religiouss Tourism and Pilgrimage , Vol. 5 : Iss. 3, Article 2. [53]. Kevin Griffin va Raj Razaq ziyoratgohlar (sakral joylar)ni 11 ta guruhga ajratganlar. Klassifikatsiya asosan ziyoratgohlarning mohiyati bo‘yicha ishlab