logo

SHAXS RIVOJLANISHINING INDIVIDUALLIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING ROLI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

54.1240234375 KB
S H A X S   R I V O J L A N I S H I N I N G   I N D I V I D U A L L I K  
X U S U S I Y A T L A R I   V A   U L A R N I N G   R O L I
                                                                   
 
                   REJA:
1. S h axs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial 
psixologiyaning predmeti sifati
2. Temperament. ONF tiplari xususiyatlari, nazariyalari.
3. Temperamentning fiziologik asoslari.
4. Psixologiyada xarakter muammosi. Xarakter aksentuatsiyasi.
5. Jinsiy diformizm va individning psixologik tavsifi.
6. Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari.
7. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi.
 
 
 
1.          Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial 
psixologiyaning predmeti sifati
S h axs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash
imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani 
«inson                  individ                shaxs                individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz.
 
Inson   o‘ta   murakkab   mavjudot   sifatida   cheksiz   murakkab   dunyoda,
aniqrog‘i,   ko‘plab   dunyolarda   yashaydi,   ularning   ichidan   zamonimizning
mashhur faylasuflaridan biri    Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni:
tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim»,
individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni
taklif etdi.
Tashqi   dunyo   –   bu   insonning   tabiat   qonunlarini   bilishda   va   ularni   o‘z
maqsadlarida  tabiatni  qayta   tuzish  uchun  qo‘llashda  egallaydigan   tabiat   olami. Bu   fan,   texnika,   amaliyot   olamidir.   Bu   barcha   narsa   isbot   talab   etuvchi
maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.
Ijtimoiy   dunyo   –   bu   insonni   dunyoga   kiritishning   asosiy   vositasi   jismli
faoliyat     bo‘lgan   olam.   Insonni   atrofdagi   olamga   va   o‘ziga   nisbatan
munosabatlarining   rang- barangligida   tushunish,   faolligining   manbalarini   topish
va   yo‘nalishini   anglash   uchuninsonning   olamda   tutgan   o‘rnini   aniqlab   olish
zarur .   Insonga   shaxs   sifatida   yondoshish,   avvalambor,   insonga   jamiyat
tuzilishida   tutgan   o‘rni   bilan   aniqlanuvchi   jamiyatning   birligi   sifatida   qarash
bilan  bog‘liqdir .   Insonni   biologik  organizm,  tur   birligi  sifatida  hayvondan   farq
qiluvchi   tub   negizli   belgisi   jamiyatga   tegishlilik,   ijtimoiylik
hisoblanadi .   Bundan kelib chiqadiki, shaxsni  o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib
uning   jamiyatdagi   o‘rni,   ijtimoiy   munosabatlar   tizimiga   kiritilganligi   xizmat
qiladi   .
Agar   biz   shaxs   munosabatlari   haqida   insonning   dunyoga   shaxsiy
tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak,
u   holda   inson   mavjud   bo‘la   oladigan   keyingi     –   bu   «m ening »   ichki   olamim
dunyosigamurojaat qilamiz .   Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy
dahldorlikni   his   etish,   u   yoki   bunga   shaxsiy   tegishlilik,   boshqa   odamlar   bilan
mavjudlikning   «hodisaviyligi»   bilan   to‘la .   Bu   dunyoga   jismli   faoliyat   o‘z
shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan
jismli   harakat   bo‘lib   emas,   balki,   «shaxsiy»   faoliyat,   ijodiyot   sifatida
kiradi ,   ijtimoiy     hulq- atvoresa   « mening »   dunyosiga   shaxslararo   munosabat,
boshqa   odamlarning   ichki   dunyosiga   yaqinlashish ,   boshqalarga   o‘zini
ochishning   vositasi,   o‘zini   namoyon   etish   sifatida   kirib   keladi .  
« Mening »   dunyosida   unga   xos   bo‘lgan   maxsus   faoliyat
turlari :   o‘yin ,   san’at ,   din ,   ichki   dunyolar   yaqinlashuvi   sifatidagi   muloqot   paydo
bo‘ladi . [1] [3]
Although   our   personality   traits   may   be   both   stable   and   potent,   the
consistency  of  our  specific behaviors from one situation to the next is another
matter.   As   Walter   Mischel   (1968,   1984,   2004)   has   pointed   out,   people   do   not
act   with   predictable   con-sistency.   Mischel's   studies   of   college   students'
conscientiousness revealed but a mod¬est relationship between a student's being
conscientious   on   one   occasion   (say,   showing   up   for   class   on   time)   and   being
similarly   conscientious   on   another   occasion   (say,   turning   in   assignments   on
time). Pirandello would not have been surprised. If you've noticed how outgoing
you are in some situations  and how reserved you are in others, perhaps you're
not   surprised   either   (though   for   certain   traits,   Mischel   reports,   you   may
accurately assess yourself as more consistent)
  « I ndivid»   tushunchasini   turlicha   talqin   qilish   mumkin .   Avvalambor ,
individ   –   bu   yagona   tabiat   mavjudoti   sifatidagi   odam ,   Homo   sapiens   turiga mansub vakil .   Ushbu holatda   individ   biologik turning umumiy irsiy xossalarini
tashuvchi   biologik   organizm   (har   bir   odam   individ   bo‘lib   tug‘iladi)   sifatida
tushuniladi ,   ya’ni,   insonning   biologik   mohiyati   ta’kidlanadi .   Lekin
ba’zida   «individ»   tushunchasi   odamni   insoniy   umumiylikning   alohida   vakili,
mehnat   qurollaridan   foydalanuvchi   ijtimoiy   mavjudot   sifatida   belgilash   uchun
qo‘llaniladi .
Agar   « inson »   tushunchasio‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy
sifatlarning   yig‘indisini,   ularning   ma’lum   insonda   mavjudligi   yoki   mavjud
emasligidan  qat’iy nazar,  jamlagan bo‘lsa,u  holda   «individ»   tushunchasi  aynan
uni   xarakterlaydi   va   qo‘shimcha   sifatida   shaxsiy   xislatlar   qatori   psixologik   va
biologik   xossalarniham   kiritadi .   Bundan   tashqari ,   ushbu   tushunchaga   ma’lum
odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va
ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi .
S h axs   tushunchasining   mohiyatli   tomonlarini   belgilab   beruvchi   turli   xil
ta’riflar mavjud . A.N. Leontev   ta’rifigako‘ra : « SHaxs   –   faoliyat   sub’ekti», A.G.
Kovalev ning   – « shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va   ob’ekt i sifatida », K.K.
Aflotunov ning   – « shaxs   –     o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi », S.L.
Rubinshteyn ning   –   « shaxs   –   tashqi   ta’sirlarning   oldini   oluvchi   ichki   sharoitlar
yig‘indisi », A.V. Petrovskiy ning   – « shaxs   –   individ tomonidan jismli faoliyat va
muloqotda   orttirilgan,   unga   ijtimoiy   munosabatlarga   kirishganlik   nuqtai
nazaridan   ta’rif   beruvchi   tizimli   sifat »,   G.   Ollport ning   –   « shaxs   hayoti
davomida   shakllanib   boruvchi   o‘ziga   xos   psixofixiologik   tizimlar   –   ushbu
insonga   xos   bo‘lgan   tafakkur   va   hulq- atvorni   belgilab   beruvchi   shaxs   qirralari
yig‘indisi »   va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat .[1]
Bizlar   esa   R.S.   Nemov   tomonidan   shaxsga   berilgan   ta’rifni   qo‘llaymiz :
« S h axs   –   bu   ijtimoiy   asoslangan,   ijtimoiy   tabiatga   ega   bo‘lgan   aloqalar   va
munosabatlarda   namoyon   bo‘ladigan,   barqaror,   odamning   o‘zi   va   atrofidagilar
uchun   ahamiyatli   bo‘lgan   ahloqiy     harakatlarni   belgilab   beruvchi     o‘zining
psixologik xususiyatlari tizimidagi inson ».
S h unday   qilib ,   inson ,   birinchidan ,   tirik   tabiat   vakili,   biologik   ob’ekt
sifatida ,   ikkinchidan ,   ongli   faoliyat   sub’ekt i   sifatidava ,   uchinchidan ,   ijtimoiy
mavjudot   sifatidao‘rganilishi   mumkin,   bu   uch   darajaning   yaxlit   uyushmaga
birlashishi   insonning   yig‘indi   xususiyatlarini     –   uning
individualliginishakllantiradi .[2]
Individuallik –   bu   ma’lum   insonning,   uning   noyobligi,   betakrorligi   nuqtai
nazaridan   o‘ziga   xos   bo‘lgan   ruhiy,   fiziologik   va   ijtimoiy   xususiyatlar
yig‘indisi .
Individuallik –   bu   ko‘rib   chiqilgan   tushunchalar   ichida   mazmuniga   ko‘ra
eng   tor   tushuncha   hisoblanadi.U   o‘zida   insonning   boshqa   odamlardan   farq qiluvchi     o‘ziga   xos   va   shaxsiy   xossalarini   jamlaydi .   Individuallik   turli   xildagi
tajriba,   bilimlar,   fikrlardagi   tafovutlar,   xarakter   va   temperamentlardagi   farqlar,
o‘zimiz   isbotlaydigan,   tasdiqlaydigan   o‘ziga   xos   xususiyatlarimizda
namoyon   bo‘ladi.   Motiv lar ,   temperament,
xarakter,   layoqatlar   –   individuallikning   asosiy   ko‘rsatkichlari .
« Individuallik »   tushunchasi   individning   faqat   o‘ziga   xos   ruhiy   xususiyatlarini
emas,   balki   morfofiziologi k   ( bo‘y   o‘lchami ,   tana   tuzilishi ,   yuz   tuzilishi   va
h.k. )   xususiyatlarini ham aks ettiradi .
Individuallik   –   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra ,   boshqalar   tomonidan   kuzatilishi
mumkin   bo‘lgan,   tashqarida   joylashgan   narsa .   Faqat   boshqalar   bir   odamning
boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin . [2] [3]
Individualism   giving   priority   to   one's   own   goals   over   group   goals   and
defining   one's   identity   in   terms   of   personal   attributes   rather   than   group
identifications.
S h unday   qilib ,   bizlar   ko‘rib   chiqqan   « odam ,
individ,   shaxsvaindividuallik »   tushunchalari   hajmiga   ko‘ra   turlichadir .   Bular
orasida   keng   ma’no   kasb   etib,   boshqa   tushunchalarni   ham   o‘zida   jo   etadigan
tushuncha   « inson »   atamasidir ,   eng tor atama esa   – « individuallik »   tushunchasi .
 
2. Temperament. ONF tiplari xususiyatlari, nazariyalari.
Temperament muammosiga bo‘lgan qiziqish    2,5 ming yil avval paydo bo‘lgan. 
Bu qiziqishning paydo bo‘lishiga organizm biologik va fiologik tuzilish va 
rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy aloqalar va 
munosabatlarning takrorlanmasligi xususiyatlari asosidagi individual 
farqlarning mavjudligi sabab bo‘ldi. Temperament shaxsning biologik jihatdan 
shartlangan tuzilmalariga kiradi. Temperament odamlar o‘rtasida, shuningdek, 
hissiyotlar, hissiy taassurotlilik, harakatlarning maromi va jadalligi, va boshqa 
bir qator dinamikaga ega bo‘lgan xususiyatlardagi ko‘plab psixik farqlarning 
mavjudligini belgilab beradi.
 
Hozirgi   kunda   temperamentni   tadqiq   etishga   doir   ko‘plab   yondoshuvlar
mavjud.   Lekin   bu   yondoshuvlarning   xilma-xilligiga   qaramay,   ko‘pchilik
tadqiqotchilarning   tan   olishiga   ko‘ra,   temperament   –   bu   shaxsning   ijtimoiy
mavjudot   sifatida   shakllanadigan   biologik   ustqurma,   temperament   asosidagi
shaxs xossalari esa barqaror va davomli bo‘lib hisoblanadi. B.M.   Teplov   temperamentga   quyidagicha   ta’rif   beradi:   «Temperament
deb, ayni  bir  odam   uchun xos  bo‘lgan emotsional  qo‘zg‘auvchanlik,  ya’ni,  bir
tomondan,   hislar   paydo   bo‘lishining   tezligi,   va   ikkinchi   tomondan,   ularning
kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan psixik xususiyatlarning yig‘indisiga aytiladi».
Temperament   –   bu   inson   faoliyati   va   hulq-atvorining   dinamik   va
emotsional   holatini   xarakterlovchi   shaxs   individual   xususiyatlarining   yig‘indi.
SHunday qilib, temperament ikki tarkibiy qism – faollik va hissiyotlilikka ega.
Hulq - atvorning   faolligi   harakatchanlik,   intiluvchanlik,   tezlik,   yoki,   aksincha,
sustlik   va   harakatsizlik   darajasini   xarakterlaydi.   O‘z
navbatda   emotsionallik   belgi   (ijobiy   va   salbiy)   modallik   (shodlik,   qayg‘u,
qo‘rqinch,   g‘azab   va   boshqalar)ni   aniqlagan   holda   emotsional   jarayonlar
kechishini xarakterlaydi. [3] [3]
Temperament   a   person's   characteristic   emotional   reactivity   and
intensity.As   most   parents   will   tell   you   after   having   their   second   child,   babies
differ   even   before   gulping   their   first   breath.   Consider   one   quickly   apparent
aspect of personality. In¬fants' temperaments are their emotional excitability—
whether reactive, intense, and fidgety, or easygoing, quiet, and placid. From the
first weeks of life, difficult babies are more irritable, intense, and unpredictable.
Easy   babies   are   cheerful,   relaxed,   and   pre¬dictable   in   feeding   and   sleeping.
Slow-to-warm-up   infants   tend   to   resist   or   withdraw   from   new   people   and
situations.
Qadimgi   zamonlardan   boshlab,   temperament   to‘rt   xil   asosiy   tiplarga
bo‘lingan   edi,   bular   xolerik,   sangvinik,   melanxolik   va   flegmatik   temperament
turlaridir.   Temperamentning   bu   asosiy   turlari   bir-biridan   paydo   bo‘lish
dinamikasi   va   emotsional   holatlar   jadalligiga   ko‘ra   farqlanadi.   Xolerik   tipi
uchun tezda paydo bo‘ladigan kuchsiz hislar, melanxolik tipi uchun – sekin-asta
paydo   bo‘ladigan,   lekin   kuchli   hislar,   flegmatik   tipi   uchun   –   sekin-asta   paydo
bo‘ladigan   va   kuchsiz   hislar   xosdir.   Bundan   tashqari,   xolerik   va   sangvinik  
temperamentlar   uchun   harakatlar   tezligi,   umumiy   harakatchanlik   va   hislarning
tashqi   kuchli   (harakatlarda,   nutqda,   mimikada   va   boshqalarda)     ifodalanishi,
melanxolik va flegmatik temperamentlar uchun, aksincha, harakatlar sustligi va
hislarning kuchsiz ifodalanishi xosdir.
Temperament   tiplarini   turmush   psixologiyasi   nuqtai   nazaridan   shunday
xarakterlash mumkin:   xolerik   – tez, ba’zida, hatto, juda keskin, nutqda, mimika
va imo-ishoralarda yaqqol ifodalanadigan kuchli tezda alangalanadigan hislarga
ega,   jadal   emotsional   ta’sirlanishga   moyil   odam;   sangvinik   –   tez,   harakatchan,
barcha   taassurotlarga   emotsional   javob   beruvchi   odam,   uning   hislari   bevosita
tashqi   xulq-atvorida   ifodalanadi,   lekin   ular   kuchli   emas,   va   bir-birini   oson
almashtiradi;   melanxolik   –   emotsional   kechinmalar   xilma-xilligining   uncha
katta   emasligi,   lekin   katta   kuchga   va   davomiylikka   egaligi   bilan   farq   qiluvchi inson,   u   barchasiga   ham   munosabat   bildirmaydi,   agar   bildirgudek   bo‘lsa   ham
chuqur   o‘ylaydi,   o‘z   hislarini   u   darajada   namoyon   qilmaydi;   flegmatik   –   sust,
mutanosib   va   xotirjam   odam,   uning   emotsional   ta’sirlanishi   oson   emas,   va
o‘zidan chiqarish qiyin, hislari tashqaridan deyarli namoyon bo‘lmaydi.
Lekin   barcha   odamlarni   shu   to‘rt   xil   asosiy   temperamentlarga   ko‘ra
ajratish   mumkin   deb   o‘ylash   xatodir.   Faqat   ba’zilargina   bu   tiplarning   sof
vakillari   bo‘lib   hisoblanadi;   ko‘pchilik   odamlarda   esa   biz   temperamentlarning
aralash tiplarini kuzatamiz.
SHuni   ta’kidlash   lozimki,   temperament   insonning   qobiliyatliligini   va
iste’dodini belgilamaydi. Ko‘zga ko‘ringan iste’dod egalaridan faoliyatning turli
sohalarida   turlicha   temperament   sohiblarini   topish   mumkin.   Masalan,   A.S.
Pushkin   –   xolerik,   A.I.   Gersen   –   sangvinik,   N.V.   Gogol   va   V.A.   Jukovskiy   –
melanxoliklar,   I.A.   Krilov   va   I.A.   Goncharov   –   flegmatiklar.   Ikki   rus   yirik
sarkardalari A.V. Suvorov – xolerik, M.I. Kutuzov esa – flegmatik.[2]
Temperamentlardan   qay   birining   ustunligi   haqidagi   masalani   ko‘rishga
zaruriyat   tug‘ilmaydi .   Har   bir   temperament   o‘zining   ijobiy   va   salbiy
tomonlariga   ega .   Xolerikning   ehtirosliligi,   faolligi   va   quvvati,   sangvinik ning
ta’sirchanligi   va   shayligi,   melanxolik   hislarining   chuqurligi   va   barqarorligi,
flegmatikning xotirjamliligi va shoshqaloqligining mavjud emasligi     –   bularning
barchasi   nomlari   zikr   etilgan   temperamentlarining   ijobiy   tomonlari .   SHu   bilan
birga,   ularning   salbiy   tomonlarini   ham   ko‘rsatib   o‘tish
mumkin.S angvini k   temperament i engil tabiatlikka moyillik, hislarning etarlicha
chuqur   va   barqaror   emasligiga   olib   kelishi   mumkin. .   Xoleri k   temperament i
insonni cho‘rtkesar, o‘zini tiya olmaslik, muntazam   « portlashlarga »   moyil qilib
qo‘yishi   mumkin .   M elanxoli k   temperament i   odamda   o‘z   kechinmalariga   o‘ta
berilganlik,   o‘ta   uyatchanlik   yuzaga   kelishi   mumkin .   Flegmati k   temperament i
odamni lanj, harakatsiz, hayot taassurotlarning barchasiga befarq qilib qo‘yishi
mumkin .
T emperament   haqidagi   ta’limotning   asoschisi   qadimgi   yunon
tabibi   Gippokrat   hisoblanadi ,   uning   ta’kidlashicha,   odamlar   « organizmidagi
suyuqliklar »   nisbati   bilan   farqlanadilar,   suyuqlik   yunoncha   «krasis»   so‘zi   bilan
ifodalangan ;   so‘ngra   lotincha   temperamentum   –   « mutanosiblik »,   « to‘g‘ri
o‘lchov »   so‘zi   bilan   almashtirildi .   Gippokrat   ta’limotiga   tayangan   holda   antik
davr   tabibi   Klavdiy   Galen   temperamentlar   tipologiyasini   ishlab   chiqdi,   uni
o‘zining   «De   temperamentum»   qo‘l   yozmasida   bayon   etdi.   Uning   ta’limotiga
ko‘ra,   temperament   tipi   organizmdagi   qon,   flegma,   sariq   va   qora   safro
suyuqliklarining   ustunligiga   bog‘liq.   U   13   xil   temperament   tiplarini   ajratdi,
lekin keyinchalik ularni to‘rt  xilga birlashtirdi – bu sangvinik (qon), flegmatik
(shilliq, balg‘am), xolerik (safro) va melanxolik (qora safro).[2] Keyingi asrlarda uning izdoshlari tana tuzilishi va fiziologik vazifalarining
farqlari bilan mos keladigan hulq-atvorlar xilma-xilligini kuzatgan holda, ularni
tartibga   solishga   va   guruhga   ajratishga   harakat   qildilar.   Temperamentlar
haqidagi  ta’limotning rivojlanishiga nemis  faylasufi  I. Kant, nemis  psixiatri  E.
Krechmer, amerikalik olim U. SHeldon, rus fiziologi, akademik I.P. Pavlov, rus
anatomi va shifokori    P.F. Lesgaft va boshqalar o‘z hssalarin qo‘shganlar.
E. Krechmer   o‘zining   «Tana   va   xarakter   tuzilishi»   (1921)   nomli   asarida
bayon qilgan temperamentlar tipologiyasini ishlab chiqdi. Uning asosiy g‘oyasi
tana   tuzilishining   ma’lum   tipiga   ega   bo‘lgan   odamlar   ma’lum   psixik
xususiyatlarga   ega   bo‘lishidan   iborat   edi.   E.   Krechmer   to‘rt   xil
asosiy   konstitutsion   tiplarni   ajratdi,   bularga   leptosomatik,   piknik,   atletik,
displastik larni kiritdi . [1]
Leptosomatik ka mo‘rt tana tuzilishi, baland bo‘y, yassi ko‘krak qafasi, tor
elka,   uzun   va   ozg‘in   oyoq-qo‘llar   xosdir .   Piknik   –   yog‘   to‘qimasi   rivojlangan,
o‘ta semiz, o‘rtacha yoki past bo‘yli, katta qorinli, kengayib ketgan tana va kalta
bo‘yinda   joylashgan   dumaloq   kallaga   ega .   Atletik   –   mushaklari   rivojlangan,
kuchli tana tuzilishiga ega, baland yoki o‘rtacha bo‘yli, keng elkali, tor bo‘ksali
odam .   Displastik   –   shaklsiz,   noto‘g‘ri   tana   tuzilishiga   ega   bo‘lgan   odam .   Bu
tipdagi   i ndivid lar   tana   tuzilishining   turli   nuqsonlari   bilan   ajralib
turadilar ,   masalan ,   o‘ta baland bo‘y, mutanosib bo‘lmagan tana tuzilishi .
Ko‘rsatib   o‘tilgan   tiplarning   tana   tuzilishlari   bilan   E.   Krechmer   uch   xil
temperament :   shizotimik,   iksotimik,   siklotimik larni   ajratdi .   SHizotimik astenik
tana   tuzilishiga   ega,   u   odamovi,   kayfiyatning   o‘zgarishlariga   beriluvchan,
qaysar ,   fikr va qarashlarini o‘zgartirishga moyil emas, atrofga qiyinchilik bilan
moslashadi .   Aksincha, iksotimik atletik   tana   tuzilishga   ega ,   xotirjam ,   imo-
ishoralari   tiyilgan   taassurotsiz   odam,   yuqori   bo‘lmagan   tafakkur
egiluvchanligiga   ega,   ko‘pincha   maydakash .   Pikni k   tana
tuzilishiga siklotimik   ega   bo‘ladi,   uning   hissiyotlari   shodlik   va   g‘amginlik
o‘rtasida   o‘zgarib   turadi ,   odamlar   oson   aloqaga   kirishadi,   qarashlari   voqelikka
mos keladi .[1]
  Krechmer   nazariyasi   Evropada   keng
ommalashdi .   AQSHda   XX   asrning   40- yillarida   U.	
 	Sheldon ning   temperament
konsepsiyasi   keng   tarqaldi .   Bu   konsepsiya   asosini   t ana   va   temperament   –   bu
odamning   bir-biri   bilan   o‘zaro   bog‘langan   ko‘rsatkichlari   haqidagi
taxmintashkil   etadi .   Uning   fikriga   ko‘ra ,   tana   tuzilishi     uning   vazifasi
bo‘lgan   temperament ni belgilab beradi . SHeldon   tana tuzilishining asosiy tiplari
mavjudligi   haqidagi   gipotezadan   kelib   chiqib,   ularni   ta’riflashda   embriologiya
atamalaridan foydalanadi . U uch xil tipni ajratdi : endomorf (endoderm adan asosan ichki   organ lar hosil 
bo‘ladi ); mezomorf (mezoderm adan muskul to‘qima hosil bo‘ladi ); 
ektomorf(ektoderm adan teri va nerv to‘qimasi hosil bo‘ladi ).   Endomorf tipiga 
mansub odamlarga zaif, kuchli rivojlangan yog‘ to‘qimali tana tuzilishi , 
mezomorf   tipiga kelishgan va mustahkam tana tuzilishi, katta jismoniy kuch 
xosdir,   ektomorf ga esa   –   mo‘rt tana tuzilishi, yassi ko‘krak qafasi va uzun 
ingichka kuchsiz muskulli oyoq-qo‘llar xos . Sheldon   bo‘yicha, bunday tipdagi 
tana tuzilishlariga   temperament larning ma’lum tiplari mos keladi, u tananing 
ma’lum organlari vazifalaridan kelib chiqib, quyidagicha nomladi : visserotoniya
( ichki organlar ), somatotoniya (t ana )   va   serebrotoniya (m iya ).   Ma’lum tana 
tuzilishining ustunligini SHeldon mos ravishda   visserotonik lar,   somatotonik lar 
va   serebrotonik lar deb ataydiva har bir odam xossalarning bunday    guruhlariga 
ega bo‘ladi deb hisoblaydi .[2]
Hozirgi   zamon   psixologi yasida  bunday  tiplarning  ko‘pchiligi   inson  psixik
xossalrining   shakllanishida   muhit   va   ijtimoiy   sharoitlarning   ahamiyati   to‘g‘ri
baholanmaganligi sababli  qattiq tanqid ostiga olinadi .   Organizmda dominantlik
va   boshqaruvchi   vazifalarni   bajaradigan   asab   tizimi   vazifalarining   o‘ziga   xos
xususiyatlarini   o‘rganishga   asoslangan   konsepsiyalar   jiddiy   e’tiborga
loyiqdir .   Nerv jarayonlari ba’zi umumiy xossalarining temperament tiplari bilan
aloqasi   nazariyasi I.P. Pavlov   tomonidan   taklif   etilgan   edi .   U   tadqiqot
uchun   Krechmer   kabi   tanalar   va   qon   tomirlarining   tashqi   tuzilishini   (P.F.
Lesgaft)   emas ,   balki   yaxlitorganizmni   oldi   va   unda   bosh   miyani   ajratib,   ilmiy
izlanish ob’ekti sifatida uning xossalarini belgilab chiqdi .[2]
Ushbu   yondoshuvning   afzalligi   boshlang‘ich   holat   sifatida   biologik
hosilaning qo‘shimcha va ikkilamchi belgilari emas, balki inson organizmining
etakchi tizimi   –   markaziy nerv tizimi belgilari olinganligidan iborat edi .
Pavlov   tomonidan   o‘tkazilgan   tadqiqotlar   temperamentning   fiziologik
asoslarini tushunish uchun ahamiyatli bo‘lgan tajribalar sifatida baholanadi .
Temperament   nazariyasining   rivojlanishiga   rus   psixologiyasida   B.M.
Teplov   katta   hissa   qo‘shdi .   U   temperament   xossalariga   psixik   faoliyat
dinamikasini   xarakterlaydigan   barqaror   psixik   xossalarni
kiritdi .   Temperamentning   i ndividual   xususiyatlarini   temperament   u   yoki   bu
xossalari   rivojlanganlik   darajasi   bilan   tushuntiradi .   Temperamentning
ahamiyatga molik xossalariga quyidagilar kiritilgan edi :   juda kuchsiz tashqi va
ichki   ta’sirlarga   javob   bildirish   layoqati   –
emotsional   qo‘zg‘aluvchanlik ;   diqqatning	
 	qo‘zg‘aluvchanligi   –   bu   individ
psixikasining   moslashuvchi   vazifasini   belgilaydigan   temperament   xossasi ,   u
ta’sirlovchi   jadalligining   juda   kichik   o‘zgarishlarini   payqash   layoqatidan
iborat ;   emotsi yalar	
 kuchi ,   uning   asosiy   vazifasi,   Teplov   fikricha,   motivlarning
qondirilishi   yoki   qondirilmasligiga   bog‘liq   ravishda   faoliyatni   quvvatlashdan iborat ;   xavotirlanish ,   Teplov   fikriga   ko‘ra,   u   tahdidli   vaziyatda   emotsional
qo‘zg‘aluvchanlikdan   iborat ,   Teplov   odatdagi   sharoitlarda   xavotirlanish   va
emotsional   qo‘zg‘aluvchanlikni   ajratadi,   chunki,   emotsional   qo‘zg‘aluvchanlik
seskantiruvchi ta’sir kuchiga bog‘liq emas, xavotirlanish esa u bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri   bog‘langan ;   ixtiyorsiz harakatlarning reaktiv ligi ,     ularning   vazifasi   ayni
damda   bevosita   ta’sir   ko‘rsatayotgan   vaziyat   va   seskantiruvchilarga   nisbatan
moslashuvchi   reaksiyalar   jadalligining   oshishidan   iborat ;   irodaviy	
 maqsadga
yo‘naltirilgan	
 harakat	 faolligi ,   Teplov   fikriga   asosan,   ko‘zlangan   maqsadga
muvofiq   ravishda     vaziyatni   qayta   tuzish   yo‘li   bilan   moslashuv   faolligini
oshirishda   namoyon   bo‘ladi ;   egiluvchanlik   –	
 rigid lik ,   vazifasi   faoliyatning
o‘zgaruvchan talablariga moslashishdan iborat ;   rezistent lik ,   vazifasi boshlangan
faoliyatni bo‘shashtiruvchi yoki to‘xtatuvchi barcha ichki va tashqi sharoitlarga
qarshilik   ko‘rsatish   layoqatidan   iborat ;   sub’ektiv lashtirish ,   Teplov   fikricha,
faoliyatning   sub’ektiv   obrazlar   va   tushunchalar   yordamida   darajalarini
kuchaytirishdan iborat .[1]
Temperament   xossalarining   yuqorida   keltirilgan   xarakteristikalaridan
ikkita   asosiy   xulosa   chiqarish   mumkin :   birinchidan,     temperament   xossalari
psixik   jarayonlar   dinamikasida   va   individ   faolligi   darajasida   namoyon
bo‘ladi ,   ikkinchidan ,   esa   temperament   faoliyat  bilan  uzviy   bog‘langandir .   Bular
olimlarning keyingi tadqiqotlarida rivojlantirildi .
Mashhur   psixofiziolog   V.M.	
 Rusalov   asab   tizimi   xossalri   konsepsiyasi
asosida   1980   yil   oxirlarida   temperament   xossalarinin g   ta’rifini   keltirgan .   U
fiziologiyaning hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalandi . V.M. Rusalov ,   P.K.
Anoxin ning   funksional   tizimlar   nazariyasidan   kelib   chiqqan   holda,   to‘rtta   xil
blokdan   iborat     –     axborotni   saqlash,   harakatlantirish   va   qayta
ishlash   (afferentsintez   bloki ) ,   dasturlash   (qaror   qabul   qilish),   ijro   qilish   va
teskari   aloqa   kabi   afferent   sintezning   kengligi   va   torligiga,     hulq-atvorning   bir
dasturdan   ikkinchisiga   osonlik   bilan   o‘tishga,   hulq-atvor   joriy   dasturining
amalga   oshish   tezligi   va   harakat   real   natijasining   o‘z   akseptoriga   mos
kelmasligiga   nisbatan   sezuvchanligiga   bog‘liq   bo‘lgan   temperamentning
xossalarini ajratdi .[1]
Bunga   muvofiq   ravishda   temperamentning   an’anaviy   psixofiziologik
baholanishi   o‘zgardi   va   faollik   bilan   sezuvchanlik   kabi   ikki   ko‘rsatkichning
o‘rniga   endilikda:   ergi klik   ( chidamlilik) ,   egiluvchanlik ,   tezlik
va   emotsional lik   ( sezuvchanlik )   kabi   to‘rt   xil   tarkibiy   qism
ajratiladi .   Temperamentning   bunday   tarkibiy   qismlarining   barchasi   V.M.
Rusalov   fikriga ko‘ra , biologi k va irsiy jihatdan belgilangandir .   Xuddi shunday ,
temperament   asab   tizimining   xossalariga   bog‘liq,   ular   esa   o‘z   navbatida,   miya
va   umumiy   asab   tizimining   integrativ ,tahliliy   va   umumlashtiruvchi   faoliyatini
ta’minlaydigan funksional tizimlarning asosiy xususiyatlari sifatida tushunilishi
lozim .   V.M.   Rusalov   konsepsiyasi   nuqtai   nazaridan     temperament
–   bu   psixobiologi k daraja bo‘lib, uning xossalari  to‘laligicha na tug‘ma,     va na
muhitga   bog‘liq   bo‘la   oladi .   Ular ,   V.M.   Rusalov ning   fikricha ,   insonning   irsiy
belgilangan   individual   biologik   xossalarining   « tizimli
umumlashtirilishidan »   iboratdir,   ular   « turli   xildagi   faoliyatlarga   kirishib,   asta-
sekin   o‘zgaradilar   va   faoliyatning   mazmunidan   qat’iy   nazar,   invariant
xossalarning umumiylashgan, sifat jihatidan yangi, individual barqaror tizimini
hosil qiladilar ».
Insonning   jismli   faoliyat   va   muloqotga   muvofiq   ravishda   temperament
ayrim xossalari alohida ko‘rib chiqilishi zarur, chunki, bu faoliyat turlarida ular
turlicha namoyon bo‘ladilar, deb taxmin qilinadi .
Bayon   etilganlarni   umumlashtirgan   holda,   mualliflarning   ko‘pchiligi
temperament   xossalari   va   ularning   ifodalanishini   organizmning   fiziologik
xususiyatlari bilan bog‘liqlikda o‘rganishlarini aytib o‘tish joiz .[1]
XX
 
3 .   Тем peramentning fiziologik	 asoslari
  asrning   20-30- yillarida   I.P. Pavlov   tomonidan asab tizimi tiplari haqida ta’limot
ishlab chiqildi . Pavlov ning tasdiqlashiga ko‘ra ,   hulq-
atvorning   individual   xususiyatlari ,   psixik faoliyat dinamikasi asab tizimi 
faoliyatidagi individual farqlarga bog‘liqdir. Asab tizimi faoliyatidagi individual
farqlarning esa turli xil ifodalanishlar, nerv jarayonlarining aloqasi va nisbati    – 
qo‘zg‘alish va tormozlanish sanaladi. [2]
 
I.P.  Pavlov asab  tizimining  uch asosiy   xossasini   ajratdi, bular  qo‘zg‘alish
va tormozlanish jarayonlarining kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidir.
Asab	
 tizimining	 kuchi   –   tipning   eng   muhim   ko‘rsatkichi   bo‘lib,   po‘stloq
hujayralarining   ishchanligi,   ularning   chidamliligi   bu   xossaga   bog‘liq.   Asab
tizimining	
 harakatchanligi   –   bu   bir   jarayonnining   ikkinchisi   bilan   almashish
tezligi.   U   sharoitlarning   kutilmagan   va   keskin   o‘zgarishlariga   nisbatan
moslashishni   ta’minlaydi.     Nerv   jarayonlarining   mutanosibligi   haqida   so‘z
yuritib,   I.P.   Pavlov   qo‘zg‘alish   va   tormozlanish   jarayonlarining   ma’lum
muvozanatini   ko‘zda   tutgan   edi.   Bu   jarayonlar   bir-biri   bilan   kuchi   bo‘yicha
muvozanatlashgan,   yoki   muvozanatlashmagan   bo‘ladi.   Bu   jarayonlardan
birining kuchi ikkinchisidan oshib ketsa, inson mutanosiblikdan chiqadi . I.P.   Pavlov   tomonidan   ajratilgan   nerv   jarayonlariningxossalari,   uning
fikriga   ko‘ra,   Oliy   Nerv   Faoliyati   tipini   hosil   qiluvchi   ma’lum   tizimlar,
kombinatsiyalarni tashkil etadilar . Asab tizimining	 t ip i   –   bu uning tabiiy, tug‘ma
xossasi bo‘lib ,   hayot va faoliyat sharoitlari ta’sirida juda oz darajada o‘zgarishi
mumkin .   Bu   tip   individga   xos   bo‘lgan   Asab   tizimining   asosiy   xossalari
yig‘indisi   –   qo‘zg‘alish   va   tormo zlanish   jarayonlari   nisbatining  
kuchi ,   mutanosibligi   va   harakatchanligidan   tarkib   topadi .   Asab   tizimining   bu
xossalari   temperament ning   fiziologi k asosini tashkil qiladi .
Asab   tizimining   Pavlov   tomonidan   ajratilgan   tiplari   faqat   miqdor   jihatdan
emas,   balki,   asosiy   xususiyatlari   bilan   ham   temperament ning   to‘rt   xil
tipi :   ATning kuchli, mutanosib, harakatchan tipi   – sangvinik ;   kuchli, mutanosib,
harakatsiz   tip   –   flegmatik ;   kuchli ,   qo‘zg‘alishi   ustun   bo‘lgan   n omutanosib ,   o‘ta
harakatchan   tip   –   xolerik ;   kuchsiz,   nomutanosib   va   rigid   tip   –   melanxolik larga
mos keladi .[2]
Psixika   dinamikasidagi   farqlarga   AT   tipi   xossalari   tomonidan   yondoshuv
temperamentning   fiziologik   asoslarini   o‘rganishda   yangi   bosqichga   asos
soldi.   B.M.   Teplov,   V.D.   Nebыlitsыn   kabi   psixologlarning   ishlaridainson   oliy
nerv   faoliyati   tiplari   xossalari   haqidagi   tasavvurlar   aniqlashtirildi   va
boyitildi .   AT labilligi va dinamikligi kabi yangi xossalari aniqlandi .[2]
AT l abil ligi   nerv   jarayonlarining   paydo   bo‘lish   va   yakunlanish   tezligida
namoyon bo‘ladi .
Nerv   jarayonlarining   dinamikligining   mohiyatini   ijobiy   (qo‘zg‘alishning
dinamikligi)     va   tormozli   (tormozlanishining   dinamikligi)     shartli   reflekslar
hosil bo‘lish osonligi va tezligi tashkil etadi .
                Hozirgi   zamon   fani   temperament   bo‘yicha   individual   farqlarning
sabablarini   miya,   uning   po‘stlog‘i   va   po‘stloq   ostining,   aynan,   funksional
xususiyatlarida ko‘radi   ( V.S. Merlin, YA. Strelyau   va boshqalar ).
                   Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun
umumiy   bo‘lgan   xususiyatlarning   sodda   majmuasi   emas,   balki   mazkur
xususiyatlarning   qonuniy,   zaruriy   o‘zaro   bog‘liqligi   tushuniladi.   Temperament
tipini   tavsiflovchi   xususiyatlarning   qonuniy   tarzda   o‘zaro   bog‘liqligi
quyidagicha aks etishi mumkin. [4] [3]
Temperament differences tend to persist. Consider:
•                           The   most   emotionally   reactive   newborns   tend   also   to   be   the   most
reactive 9-month-olds (Wilson & Matheny, 1986; Worobey & Blajda, 1989). •                          Exceptionally inhibited and fearful 2-year-olds often are still relatively
shy as 8-year-olds; about half will become introverted adolescents (Kagan et al.,
1992, 1994).
•                          The most emotionally intense preschoolers tend to be relatively intense
young adults
1. Senzitivlik   (lotincha   Sensus   –   sezish,   his   qilish   degan   ma’no   anglatadi).
Senzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur
bo‘lgan   o‘ta   kuchsiz   tashqi   taassurot   kuchiga   qarab   mulohaza   yuritiladi,
jumladan,   sezgilarning   paydo   bo‘lishi   uchun   kerak   qo‘zg‘ovchining   ozgina
kuchi  (ularning quyi  chegarasi), ehtiyojlar  qondirilmasligining sezilar-sezilmas
darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.
2. Reaktivlik .   Bu   to‘g‘rida   aynan   bir   xil   kuch   bilan   ta’sir   etuvchi   tashqi   va
ichki   taassurotlarga   shaxs   qanday   kuch   bilan   emotsional   reaksiya   qilishiga
qarab   munosabat   bildiriladi.   Reaktivlikning   yorqin   ro‘yobga   chiqishi-
emotsionallik, ta’sirlanuvchanlikda ifodalanishidir.
3. Faollik . Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir
etishi   va   maqsadlarni   amalga   oshirishda   ob’ektiv   hamda   sub’ektiv   qarama-
qarshiliklarni faollik bilan engishga qarab fikr yuritiladi.
4. Reaktivlik bilan	 faollikning	 o‘zaro	 munosabati . Odamning faoliyati ko‘p
jihatdan   nima ga   bog‘liqligiga   binoan,   chunonchi   tasodifiy   tarzdagi   tashqi   va
ichki   sharoitlarga   (kayfiyatga,   favquloddagi   hodisalarga)   yoki   maqsadlarga,
ezgu niyatlarga, xohish - intilishlariga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
5. Reaksiya	
 tempi .   Turli   xususiyat l i   psixik   reaksiyalar   va   jarayonlarning
kechish   tezligiga,   nutq   s u r’atiga,   farosatlili gi ga,   aql   tezligiga   asoslanib   xulosa
chiqariladi.
6.Harakatlarning   silliqligi   va   unga   qarama - qarshi   sifat   rigidlik   (qotib
qolganlik),   shaxsning   o‘zgaruvchan   tashqi   taassurotlarga   q a nchalik   engillik   va
chaqqonlik  bilan   muvofiqlashishiga   (silliqlik  bilan   moslashishga),   shuningdek,
uning xatti - harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligiqotib qolganligicha)
nisbatan baho berishdan iboratdir.
7. Ekstravert lik   va   introvert lik .   SHaxsning   faoliyati   va   reaksiya si   ko‘p
jihatdan   kechinmalarga   bog‘liq,   chunonchi   favqulo t dagi   tashqi   taassurotlarga
(ekstravert lik )   yoki   aksincha,   timsollarga,   tasavvurlarga   (introvert lik )
taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir.[2]
Uchitыvaya   ukazannыe   svoystva,   dadim   kratkuyu   psixologicheskuyu
xarakteristiku osnovnыx klassicheskix tipov temperamenta (po YA.  Strelyau). Sangvinik   yuksak   reaktivlik.   Bo‘lar-bo‘lmas   narsalarga   qattiq   xoxolab
kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan
hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va
harakatlari   yaqqol   ko‘rinib   turadi.   Uning   aft-basharasiga   qarab   kayfiyatining
qandayligini,   narsalarga   yoki   odamga   bo‘lgan   munosabatlarini   bilish   oson.
Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.
                            Sust   senzitivlikka   ega.   Sezgirlik   chegarasi   yuksak.   Juda   kuchsiz
tovushlarni   va   yorug‘lik   qo‘zg‘ovchilarni   payqamaydi.   Aktivligi   yuksak,   juda
g‘ayratli   va   ishchan,   darslarda   tez-tez   qo‘l   ko‘tarib   turadi,   toliqmasdan   uzoq
vaqt   ishlashi   mumkin,   yangi   ishlarga   g‘ayrat   bilan   kirishadi.   Faolligi   va
reaktivligi   muvozanatli.   Uni   intizomga   chaqirish   oson.   U   o‘z   hissiyotlarining
namoyon   bo‘lishini   va   o‘zining   ixtiyorsiz   harakatlarini   tez   ushlab   qola   oladi.
Harakatlari   shiddatli,  nutqi  tez,  yangi  ishga   tezlik bilan  kirishadi,  diqqatini  tez
to‘playdi.   Aqli   tez   ishlaydi,   topqir.   Harakatlari   nihoyat   darajada   silliqlik
xususiyatiga   ega.   Hissiyotlari,   kayfiyatlari,   qiziqishlari   va   intilishlari   juda
o‘zgaruvchan. U yangi kishilar  bilan tez kirishib ketadi. YAngi  talablar, yangi
sharoitga   osonlik   bilan   o‘rganadi.   Bir   ishdan   ikkinchi   ishga   tez   ko‘cha   oladi.
Malakalarni   tez   o‘zlashtiradi   va   tez   qayta   o‘zgartiradi.   Aqli   ixcham.
Ekstrovertlik   xususiyatiga   ega.   O‘tgan   va   kelajak   hayot   haqida   tasavvurlariga
qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi.[1]
                            Xolerik   xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda
faollik   bilan   ajralib   turadi,   lekin   faollikdan   reaktivlik   ustunlik   qiladi.   SHuning
uchun   u   tinimsiz   o‘zini   ushlay   olmaydigan,   betoqat,   serzarda.   Sangvinikka
qaraganda   ozroq   silliq   va   qo‘proq   qotib   qolgan.   SHuning   uchun   intilishlari   va
qiziqishlarida   katta   barqarorlik,   zo‘r   qatiylik   bor,   diqqatini   ko‘chirishda
qiyinchilikka   uchraydi.   Psixik   tempi   tez.   Bir   ishni   boshlasa   oxiriga   etkazadi,
ammo unga qiziqsa.
                            Flegmatik   –   senzitivligi   sust,   hissiy   qo‘zgaluvchanligi   oz,   kuldirish,
jahlini   chiqarish,   kayfiyatini   buzish   qiyin.   Ammo   bir   narsa   yuzasidan   qattiq
kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham
osoyishtaligini   buzmaydi.   Imo-ishoralari   oz,   harakatlari   ifodasiz.   G‘ayrati  
ishchanligi   bilan   ajralib   turadi.   YUksak   faolligi   oz,   reaktivligidan   ancha
ustunlik   qiladi.   CHidamliligi,   matonati,   o‘zini   tuta   bilish   bilan   ajralib   turadi.
Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan
to‘playdi.   Rigid   (qotib   qolgan),   diqqatini   qiyinchilik   bilan   ko‘chiradi.   YAngi
sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi.  Introvert. YAngi  odamlarga  qiyinchilik
bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
                            Melanxolik   –   yuksak   senzitivlik   xususiyatiga   ega.   Sezgirligi   yuksak
(sezgi   chegaralari   yuqori).   Arzimagan   sababga   ko‘ra,   ko‘zlaridan   yosh   oqib
ketaveradi.   Nihoyatda   arazchan,   sekin   yi g‘ laydi.   Samimiy,   juda   oz   kuladi, faolligi   sust.   O‘ ziga   ishonmaydi,   tortinchoq,   ozgina   qiyinchilik   tu g‘ iladigan
bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘lti g‘ iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsizqatiy emas. Diqqati
tez   chal g‘ iydi,   barqaror   emas.   Psixik   tempi   sust.   Rigid   (qotib   qolgan).
Introvert lik   xususiyatiga ega.
SHunday   qilib,   temperament   individning   tabiiy   belgilangan   psixik
xususiyatlarining individual o‘ziga xos yig‘indisidir .   bu xususiyatlarga umumiy
nerv-psixik   faollikning   jadallligi,   zo‘riqqanligi,   ta’sirlanish   va   harakatlarning
maromi,   individning   motorli,   aqliy   va   kommunikativ   sohasida   namoyon
bo‘ladigan   xususiyatlarning   kuchayishi   va   susayishi ;
sub’ektemotsional   tuzilishining   qo‘zg‘aluvchanligi,   reaktivligi,   barqarorligi,
hissiyotlarning   nazorat   qilinishi   kiradi .   Temperament   faqat   faoliyat   va   hulq-
atvor usullarining dinamik xususiyatlarini belgilaydi .
 
4 .   Psixologiyada xarakter muammosi
  Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual psixologik 
xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter 
muammosiga qaratiladi. “ Xarakter”   so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ 
tamg‘a, belgi “ degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat 
ko‘rsatayotgan har qanday shaxs o‘zining individual-psixologik xususiyatlari 
bilan boshqa insonlardan    ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida 
ifodasini topadi. S h u boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini 
xarakter xislati tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. CHunonchi aqlning topqirligi, 
xotiraning barqarorligi, ko‘rishning o‘tkirligi kabi individual psixologik 
xususiyatlar bunga misoldir.
 
              Psixologiya   fanida   xarakterga   turlicha   ta’rif   berilishiga   qaramay,   uning
asosiy   belgilari   ta’kidlanganligi   bilan   bir-biriga   muvofiq   tushadi.   Masalan,
shaxs   xulqining   tipik   usullar   bilan   bog‘liq   faoliyat   muomala   va   munosabatda
namoyon   bo‘luvchi,   mujassamlanuvchi   uning   barqaror   xususiyatlari
majmuasi   xarakter   deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning
asosiy belgisi hisoblanadi.
Xarakterning   asosiy   xususiyati   uning   doimo   faoliyatda,   insonning   atrof-
olam va odamlarga munosabatida namoyon bo‘lishidan iborat. Inson xarakterini
aniqlashda o‘sha odamning jasurlik, vijdoniylik, samimiylik namoyon qilganini
emas, balki, bu odam jasur, to‘g‘riso‘z, samimiy inson deb aytiladi, ya’ni, inson
xarakterining   xususiyatlari   insonning   o‘ziga   tegishli   bo‘ladi.   Lekin   barcha xususiyatlarni   ham   insonga   xos   deb   bo‘lmaydi,   ular   ahamiyatga   molik   va
barqaror bo‘lishi lozim.
Xarakter   –   bu   insonning     o‘ziga   xos   asosi,   o‘zagi .   X arakter da   fokusdagi
kabi   insonning   faoliyat,   muloqot   va   bilish   sub’ekti   sifatida   eng   ahamiyatli
xususiyatlar   jamlanadi .   Xarakter   hayot   davomida   tarkib   topib   boradi   va   vaqt
o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin .
Xarakter   odam   ko‘zlagan   maqsadi   va   uni   amalga   oshirish   vositasi   yoki
usullarida hulq-atvor mazmuni va shaklida ifodalanishi mumkin .
S h akllanishi,   rivojlanishi   va   vazifa   bajarishida   inson   xarakteri
temperament   bilan   uzviy   bog‘langan .   Fanda   xarakter   va   temperament   o‘zaro
munosabatlariga doir hukmron nuqtai nazarlardan to‘rt xil asosiysi: xarakter va
temperamentning   o‘xshatilishi   (E.   Krechmer,   A.   Rujitskiy);   xarakter   va
temperamentni   qiyoslash,   ular   o‘rtasidagi   qarama-qarshilikni   ta’kidlash     (P.
Viktorov,   V.   Virenius);   temperamentni   xarakterning   elementi,   mag‘zi,
o‘zgarmas   qismi   sifatida   tan   olish   (S.L.   Rubinshteyn,   S.   Gorodetskiy);
temperamentni xarakterning tabiiy asosida sifatida qabul qilish (L.S. Vigotskiy,
B.G. Ananev) kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.[2]
Xarakter  va temperament  uchun umumiy bo‘lgan xususiyat  sifatida odam
fiziologik   xususiyatlari   va   birinchi   galda,   asab   tizimi   tipiga   bog‘liqlik
hisoblanadi.   Temperament   xarakterdagi   hulq-atvor   mutanosibligi   yoki
nomutanosibligi,   ta’sirlanishning   harakatchanligi   yoki   sustligi   va   h.k.lar   kabi
qirralarni   belgilaydi.   Lekin   temperament   xarakterni   oldindan   belgilab
bermaydi .   Temperamentning   bir   xil   xossalariga   ega   bo‘lgan   odamlarning
xarakterlari   umuman   turlicha   bo‘lishi   mumkin .   Temperament   xususiyatlari
xarakterning   u   yoki   bu   qirralarining   shakllanishiga   yordam   berishi   yoki
qarshilik ko‘rsatishi mumkin .
Xarkter qirralari   deganda   insonning   umumiy   sharoitlardagi   hulq-atvorini
aniqlovchi   psixik   xossalar   tushuniladi .   Jasurlik   yoki   qo‘rqoqlik   xavfli
vaziyatlarda   namoyon   bo‘ladi,   muloqotchanlik   yoki   odamovilik   –   muloqot
vaziyatida ,   xotirjamlik yoki dovdirash   –    stress   vaziyatlarida namoyon bo‘ladi .
Xarakterning   alohida   xossalari   bir-biriga   bog‘liq   va   ular   xarakter
tuzilishi     deb   ataladigan   yaxlit   hosilani   tashkil   etadi .   Xarakter   tuzilishida
qirralarning ikki xil guruhini ajratadilar .   Birinchi vaziyatda xarakterning barcha
qirralarni   psixik   jarayonlar   bilan   bog‘liqligi   uchun   iroda,   emotsional   va   aqliy
qirralarni ajratadilar .
Xarakterning   irodaviy	
 	qirralari   –   hulq-atvor   va   faoliyatni   ongli,
tushunchaviy-vositali   boshqarishning   barqaror   individual - tipologik
xususiyatlari.   Xarakterning   irodaviy   qirralari   insonning   qiyinchiliklarni   engish bilan   bog‘liq   faoliyatini   ongli   boshqarish   malakasi   va   bunga   shayligini,   hulq-
atvorni   ma’lum   tamoyillar   va   vazifalarga   muvofiq   ravishda   yo‘naltirishni
belgilaydilar.   Xarakterning   irodaviy   qirralariga   maqsadga   yo‘nalganlik,
mustaqillik,   qat’iyatlilik,   dadillik,   o‘zini   tuta   bilish,   jasurlik,   matonat,
intizomlilik,   sabr   va   x.k.lar   kiradi.   Iroda   sifatlarining   turli   xillari     shaxs
xarakterining   iroda   tuzilishini   belgilaydi   .   Iroda   tuzilishining   asosiy
xususiyatlariga     xarakterning yaxlitligi   –   turli   vaziyatlarda   qarashlar   va
fikrlarning barqarorligi, so‘z va xarakat birligi;   xarakterning	
 kuchi   – insonning
xarakatchanligi,   davomli   zo‘riqish   vaziyatlarida   qiyinchiliklarni
engishi;     xarakter	
 mustahkamligi   –   xarakter   kuchining   asoslaganlik   bilan
birligi;   vazminlik   –   faollik   va   bosiqlikning   qulay   nisbati,   hulq-atvorning   bir
tekisdaligi, o‘z imkoniyatlarini turli sharoitlarda qo‘llash kiradi.
Xarakterning
 emotsional	 qirralari   –   xarakatning   bevosita,     o‘z-o‘zidan  
boshqarilishning   barqaror   individual-tipologik   xususiyatlari.   Xarakterning
emotsional   qirralari   xaqida   so‘z   yuritganda   qo‘zg‘alish   ko‘rsatkichi,   insonning
real xodisalarga, nimani yoqtirish va yoqtirmasligi, befarqligi, ustunlik qiluvchi
kayfiyat   ko‘zda   tutiladi.   Eng   muhim   emotsional   xususiyat   insonning   ustunlik
qiluvchi   kayfiyati,  uning  emotsional   barqarorligi   hisoblanadi.  Hissiyotlar   bilan
bir   qatorda   shaxs   xarakterining   qirralari   sezgilarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari
bilan belgilanadi. Barqaror sezgilar  kengligi va chuqurligi, voqeiyligi, aqliy va
irodaviy   soha   bilan   uyg‘unligi   –   shaxsning   muhim   xarakterologik   xususiyati
hisoblanadi.   Xarakterning   emotsional   qirralariga:   shiddatlilik,   ta’sirchanilik,
qiziqqonlik, faoliyatsizlik, befarqlik, hozirjavoblik va boshqalar kiradi.
Xarakterning	
 intellektual	 qirralari –   aqliy   qobiliyatlarning   barqaror
individual – tipologik   xususiyatlari.       Xarakterning   intellektual   qirralari   xaqida
so‘z   yuritganda,     avvalambor,     aqlning   tarkib   topgan   sifati   ko‘zda   tutiladi.
Intellektual sifatlar bo‘yicha nazariy yoki amaliy aql egalari, aql egiluvchanligi
va   chuqurligining   turli   darajalari,   tafakkur   jarayonlari   kechishining   tezligi,
tajriba   elementlarining   ijodiy   o‘zgarishiga,   qobilyatning   turli–tumanligiga,
yangi   muammolarni   tuzish   va   hal   etish   mustaqilligiga   ko‘ra   farqlanadilar.
Xarakterning intellektual qirralariga qiziquvchanlik, mulohazalilik, sinchkovlik
va boshqalar kiradi.
Boshqa   vaziyatda   xarakter   qirralari   shaxs	
 yo‘nalganligi ga   muvofiq
ravishda   ko‘rib   chiqiladi.   SHaxs   yo‘nalganligining   mazmuni   odamlarga,
faoliyatga, atrof-olam va o‘ziga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Xuddi
shunday,   insonning   atrof-olamga   munosabati   yoki   ma’lum   mulohazalar
mavjudligida,   dunyoni   sezish   va   bilishda,   tamoyillarning   mavjud   emasligida
namoyon   bo‘ladi.   Insonning   jamiyatga,   boshqa   odamlarga   munosabatini   shaxs
sifati va inson xarakteri, uning axloqiyligini belgilab beradi.   Boshqa	
 odamlarga
nisbatan	
 munosabatlar	 tizimi to‘rt   xil   asosiy   chizmada   birlashadi:   «Men
yaxshiman	
 va	 barcha	 odamlar	 yaxshi»     –   yaxlit-yo‘nalishli   chizma, xayrixohligi,   yuqori   ijtimoiy   kommunikativlik,   xushchaqchaqlik,   mutanosib
o‘zini   baholash   va   xuddi   shu   darajadagi   intilishlar,   qiyin   vaziyatlarda
psixikasining barqarorligi bilan ajralib turuvchi ijtimoiy-moslashgan shaxslarga
xos.   «Men yomonman,	 barcha	 boshqa	 odamlar	 esa	 yaxshi»   -   o‘zini   past
baholovchi va past darajadagi intilishlarga ega, qat’iyatsiz, o‘z imkoniyatlaridan
doimo   shubhalanadigan,   qiyin   vaziyatlarda   psixik   beqarorlikni   namoyon
qiladigan,  ijtimoiy     aloqalarni   o‘rnatishga  qiynaladigan   odamlarga   xos  bo‘lgan
hayot   chizmasi.   «Men	
 yaxshiman,	 barcha	 boshqa	 odamlar	 esa	 yomon»   -
intilishlarning ortiqcha darajasiga ega va o‘zini yuqori baholaydigan odamlarga
xos chizma. Ularga takabburlik, xudbinlik, shafqatsizlikka o‘tuvchi qat’iyatlilik,
o‘ziga  alohida  harakatlar   huquqini  o‘zlashtirish  xos  bo‘ladi.   «Men	
 yomonman
va	
 barcha	 odamlar	 ham	 yomon»   - hayotdan faqat yomonlik kutib yashaydigan
tuzalmas pessimistlarning nuqtai nazari.
Insonning	
 	mehnatga   va   boshqa   faoliyat
turlariga   munosabati   mehnatsevarlik,   ishdagi   qiyinchiliklarni   bartaraf   etish,
vijdonan   bajarish   va   boshqalarni   belgilab   beradi.   Ushbu   guruhning   salbiy
sifatlariga ishyoqmaslik, tanballik, darbadarlik va boshqalar kiradi.
Narsalarga	
 inson	 mehnatining	 mahsuli	 sifatida	 munosabat   bildirish  
puxtalik,   tejamkorlik   va   boshqalarda,   salbiy   sifatlar   –   g‘arazgo‘ylik,     xasislik,
cheksiz manfaatdorlik, mezonlarga,    «dabdabali hayotga» to‘xtovsiz havasdir.
Har   bir   odamda   o‘ziga	
 nisbatan	 munosabati   –   « Men -konsepsiya» siga
intilish   mavjud .   Haqiqiy   «Men»   obrazi   bir   qator   tarkibiy   qismlar:   kognitiv   –
tashqi   ko‘rinish   obrazi,   ahloqiy   sifatlar,   psixik   xususiyatlar,   ijtimoiy
ahamiyatlilik;   emotsional   – o‘ziga hurmat, o‘zidan mamnunlik, o‘zini tahqirlash
va   boshqalar;   davo-irodaviy   –   o‘zini   tasdiqlash   tilagi,   boshqa   idividlar
tomonidan afzalliklarining tan olinishidan iborat.
Inson   shaxsining   barcha   qirralarini   shartli   ravishda   motivatsion   va
i nstrumental   turlariga   bo‘linishi   mumkin .   Motivatsion qirralarfaoliyatni
qo‘zg‘atadi   va   yo‘naltiradi,   instrumental esa   unga   ma’lum   uslub   beradi .
Xarakter   shaxsning   motivatsion   qirrasi   kabi   faoliyat   maqsadini   tanlashda
namoyon   bo‘ladi .   Lekin ,   maqsad   aniqlab   olinganda,   xarakter   instrumental
vazifasida   namoyon   bo‘ladi,   ya’ni,   ko‘zlangan   maqsadga   erishish   vositalarini
belgilab beradi .
Xarakter   shaxs   namoyon   bo‘lishining   asosiy   ifodalaridan   biri   bo‘lib
hisoblanadi .   SHuning   uchun   shaxs   qirralarini   xarakter   qirralari   sifatida   ko‘rib
chiqish   mumkin .   Bunday   qirralarga,   birinchi   navbatda,   shaxs   xossalarining
faoliyat   maqsadini   tanlashni   belgilaydiganlarni   keltirish   lozim .   Bularga
muvofiqlik,   tejamkorlik   yoki   ularga   qarama-qarshi   bo‘lgan   sifatlar
kiradi .   Ikkinchidan ,   xarakter   tarkibiga   ko‘zlangan   maqsadlarga   erishishga qaratilgan faoliyatda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik, maqsadga yo‘nalganlik,
izchillik   kabi   qirralar   kiritiladi .   Uchinchidan ,   xarakter   tuzilishiga   temperament
bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘lgan   instrumental   qirralar,   masalan ,   ekstraversiya   –
introversiya,   xotirjamlik   –   xavotirlanish ,   vazminlik   –
impulsiv lik ,   ta’sirchanlik   – rigid lik va boshqalar kiradi .
Xarakterlar   t ipologiya si   ma’lum   tipik   qirralarning   mavjudligida   tarkib
topadi .   Xarakterning   t ipi k   ifodalari va qirralari deb, odamlarning ba’zi guruhlari
uchun   umumiy   ko‘rgazmali   bo‘lgan   xarakter   qirralari   va   ifodalariga
aytiladi .   Bunga   muvofiq   ravishda   xarakter   tipi   deganda   odamlarning   ba’zi
guruhi   uchun   umumiy   bo‘lgan   individual   xarakter   qirralaridagi   ifodasi
tushuniladi .   Inson   xarakterlarining   barcha   tipologiyalari   quyidagi   umumiy
g‘oyalardan   kelib   chiqadi :   a)   inson   xarakteri   ontogenezda   nisbatan   erta
rivojlanadi   va   hayotning   qolgan   qismi   davomida   o‘zini   u   yoki   bu   darajada
barqaror   shaxs   tuzilishi   sifatida   namoyon   qiladi ;   b)   xarakter   tarkibidagi   shaxs
qirralarining birikmasi tasodifiy bo‘lmaydi ; v)   ko‘pchilik odamlar xarakterining
asosiy qirralari muvofiq ravishda guruhlarga bo‘linishi mumkin .
Xarakter   tipologiyalarining   yaratilishi   har   doim   ham   ilmiy   metodlarga
tayangan holda amalga oshirilmagan .   Tipologiyalar yaratishning usullaridan biri
inson   xarakteri   va   harakatlarini   uning   tug‘ilgan   sanasi   orqali   tushuntirib
berishdir .   Bu tamoyil bo‘yicha inson taqdiri va     xarakterini bashorat  qilishning
turli-tuman usullari   munajjimlar bashorati   nomini olgan .
Xarakterni   tadqiq   qilishga fiziognomika   –   insonning   tashqi   ko‘rinishi   va
uning ma’lum shaxs  tipiga mansubligi  o‘rtasidagi  aloqa haqidagi  ta’limot  ham
katta   ta’sir   ko‘rsatdi .   Ushbu   ta’limotning   asosiy   g‘oyasi   tashqi   belgilarga
asoslangan   holda   u   yoki   bu   tipga   mansub   bo‘lgan   insonning   psixologik
xarakteristikasini   aniqlash   mumkinligi   taxminlaridan   iborat.   Inson   xarakterini
bilishning   asosiy   yo‘li   bosh   tuzilishi,   kalla   qutisining   shakli,   mimikasini
o‘rganish   deb   hisoblagan   I.K.   Lafaterning   fiziognomik   tizimi   keng
ommalashgan edi.[2]
Xarakterologiyaning   alohida   yo‘nalishi   sifatida   inson   individual
xususiyatlarini   uning   tana   holati   bo‘yicha   aniqlashga   asoslangan   yondoshuvni
ajratish mumkin. Ba’zi psixologlarning fikriga ko‘ra, inson tana holati, yurish-
turishi, o‘tirishi va qay holatda uyquga ketishi bo‘yicha inson xarakterini ochib
berish mumkin.
Fiziognomikadan tashqari,     xiromantiya   (yunonchadan qo‘l – fol ochish) ham 
qiziqarli tarixga ega. Xiromantiya – bu inson xarakteri qirralari va taqdirini qo‘l 
kaftining teri relefi bo‘yicha bashorat qilish tizimi. Ilmiy 
psixologiyaxiromantiyani inkor etadi, lekin, barmoqlardagi chiziqlarni o‘rganish
irsiyat bilan bog‘liq bo‘lgan yangi soha –   dermatoglifika ning paydo bo‘lishiga  turtki berdi.tadqiqotlar jarayonida har bir odam kaft chiziqlarning shakllanishi 
miyaning rivojlanishi kabi ona qornidagi rivojlanishning 3-4 oyida sodir 
bo‘ladi, bu jarayonga ota-ona irsiy belgilari yoki homilaning xromosoma 
nuqsonlari bir xilda ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun barmoqlar chiziqlarini 
organizmning anatomik yoki fiziologik xususiyat sifatida o‘rganish lozim,    
dermatoglifika esa xarakterologiyaning asosiy yo‘nalishlari qatoridan joy olishi 
mumkin.
Xarakter tipologiyasining quyidagi asosiy turlarini aytib o‘tish mumkin: inson 
xarakteri xususiyatlarini insonning tashqi ko‘rinishi, tana tuzilishi, gabitus bilan 
bog‘lovchi konstitutsion nazariyalar (E. Krechmer, Rostan, Lombrozo, U. 
SHeldon va boshqalar); xarakter xususiyatlarini uning    aksentuatsiyasi – 
psixikaning psixopatiya quyi chegarasi bo‘lib hisoblanadigan    xarakterning 
alohida qirralari va ular yig‘indisining o‘ta ifodalanganligi bilan bog‘lovchi 
aksentual nazariyalar (K. Leongard, A.E. Lichko va boshqalar); shaxsning 
etakchi yo‘nalganligi bo‘yicha nazariyalar (E. SHpranger, M.I. Enikeev); 
shaxsning ijtimoiy muhitga moslashishning umumiy usuli bo‘yicha nazariyalar 
(M. Enikeev); insonning hayotga, jamiyatga, ma’naviy qadriyatlarga 
munosabati asosidagi xarakterlarning ijtimoiy tipologiyasi (E. Fromm);    
ekstraversiya-introversiya (K. YUng) bo‘yicha nazariyalar shular jumlasidandir.
[1]
  « A ksentuatsi ya »   tushunchasi   psixologi yaga   K. Leongard   tomonidan kiritilgan 
edi .   Xarakter a ksentuatsiya si –   xarakter alohida xossalarining boshqalarga 
ziyon    keltirish hisobiga ortiqcha rivojlanishi, buning natijasida atrofdagilar 
bilan o‘zaro aloqalar yomonlashadi .    Leongard ning fikriga 
ko‘ra ,   shaxs   aksentuatsi yasi, avvalambor, boshqa odamlar bilan muloqotda 
namoyon bo‘ladi .     SHuning uchun, muloqot uslublarini baholashda 
aksentuatsiyaning ma’lum tiplarini ajratish mumkin. K. Leongard quyidagi 
tiplarni keltiradi:
1.   Gipertim	
 tip   o‘ta muloqotchanligi, sergapligi, imo-ishoralar, mimika va 
pantomimikaning kuchli ifodalanganligi bilan xarakterlanadi. Bunday odamda 
suhbatning boshlang‘ich mavzusidan chetlashishi kuzatiladi. Xizmat va oiladagi
vazifalariga etarlicha jiddiy e’tibor bermasligi vajidan    atrofdagilar bilan 
tasodifiy nizolar sodir bo‘lib turadi. Bu tipdagi odamlar ko‘p hollarda nizolar 
tashabbuskori bo‘lib chiqadilar, lekin atrofdagilardan bu haqda tanbeh 
eshitsalar, hafa bo‘ladilar. Ushbu tip odamlarining ijobiy sifatlaridan 
chaqqonlik, faoliyatga chanqoqlik, ruhiy ko‘tarinkilik, tashabbuskorlik kabilarni
keltirish mumkin. SHu bilan birga, ular ba’zi bir yoqimsiz qirralar: engil 
tabiatlilik, ahloqsiz harakatlarga moyillik, o‘ta ta’sirchanlik, xomxayollik, o‘z 
vazifalariga etarlicha jiddiy yondoshmaslik kabilarga ega. Ular qat’iy intizom, 
zerikarli faoliyat majburiy yolg‘izlik sharoitlariga qiyin moslashadilar. 2.   Distim tip   –   bu tip past muloqotchanlik, kamgaplik, ustun tushkunlik 
kayfiyati bilan xarakterlanadi .   Bunday odamlar, odatda, uydan chiqmaydilar, 
shovqindan qiynaladilar, nizolarga qo‘shilmaydilar, odamovilik turmush tarzini 
kechiradilar .   Ular do‘stlarini qadrlaydilar va ularga bo‘ysunishga tayyor 
bo‘ladilar .   Ushbu tip odamlarining ijobiy sifatlaridan :   jiddiylik, vijdoniylik, 
haqgo‘ylik kabilarni keltirish mumkin .   Lekin ularda yoqimsiz sifatlar ham 
mavjud, bulardan :   sustlik, tafakkurning sekinlashganligi ,   harakatlarining 
qovushmaganligi , individual likdir .
10.   O‘ta
 hayajonli	 tip –bunday odamlarga yuqori muloqotchanlik, sergaplik, 
oshiqlik xosdir. Ular ko‘p bahslashadilar. Lekin nizogacha olib bormaydilar. 
Nizoli vaziyatlarda ham faol, ham sust holatda bo‘ladilar. SHu bilan birga, 
bunday tipdagi odamlar do‘stlari va yaqinlariga e’tiborli va sadoqatli bo‘ladilar. 
Ular altruistlikka moyil, ularga hamdardlik hissi, yaxshi did xos bo‘lib, 
sezgilarning yorqinligi va samimiyligini namoyon qiladilar. YOqimsiz qirralari:
vahimachilik, vaqtinchalik kayfiyatga berilganlik kabilardir.
11.   Ekstravert    	
tip   – bunday odamlar yuqori muloqotchanlik bilan ajralib 
turadilar, ularning do‘stlari, tanishlari ko‘p, ular sergap, istalgan ma’lumotni 
qabul qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar bilan nizolarga boradilar, bunda, 
odatda, sust tarafda bo‘ladilar. Do‘stlar bilan muloqotda, ishda va oiladagi ko‘p 
holatlarda liderlikda boshqalarga yon bosadilar, bo‘ysunishni va chetda turishni 
afzal ko‘radilar. Boshqalarni tinglay olishga shaylik, iltimoslarni bajarish, 
ishchanlik kabi yoqimli qirralarga egadirlar. YOqimsiz qirralari: ta’sirlarga 
beriluvchanlik, engil tabiatlilik, o‘ylamasdan harakat qilish, ko‘ngilochar 
qiziqishlarga, gap-so‘z va mish-mishlarni tarqatishda ishtirok etishga 
ishtiyoqmandlik.
12.   Introvert	
 tip   – ular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan uzilganlik, 
falsafa so‘qishga moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday odamlarni yolg‘izlikni 
xush ko‘radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy hayotlariga takallufsizlik bilan 
aralashish holatlaridagina nizolarga 
2 .	
 Iqtisodchi	 odam . Bu, albatta, ishlab chiqarish bilan bog‘liq odam bo‘lishi 
shart emas. Eng asosiysi, shaxs turli sohalari va turmush tarzini belgilab 
beruvchi bosh motiv sifatida foydalilik motivining mavjudligidir. Barcha 
hayotiy aloqalarda bunday odam foyda chiqishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U 
maksimal darajada foyda olish uchun xom ashyo, kuch va vaqtni tejay 
oladi .   Bunday odamni ishbilarmon odam deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi .
3.   Esteti k	
 didli	 odam .   Sof estetik hulq-atvorga hirs qo‘yish xos emas .   Olam 
bilan bevosita aloqada bo‘lish doimo og‘riqli kechadi, bu yashash uchun kurash 
bilan bog‘liq .   Lekin boshqa olam borki, bunda og‘riq quvonch kabi shirin, azob 
tortish shodlanish kabi ilohiylashgandir :   bu fantaziya olami .   Estetik tipni ko‘rib  chiqishda moddiy asar yaratuvchi san’at arboblari emas, balki o‘zini yaratuvchi,
estetik tipli ichki tuzilishiga ega bo‘lgan odamlar ko‘zda tutiladi .
4.   Ijtimoiy odam .   Ijtimoiy deb atalgan alohida hayot shakli o‘zgalar manfaati 
yo‘lida o‘zidan voz kechish ehtiyoji etakchi hayotiy ehtiyojga aylanganida 
yuzaga keladi .
O‘zining yuksak ifodasida ijtimoiy yo‘nalganlik mehr-muruvvatdan tashkil 
topgan .   Biror odamni, unda haqiqat yoki go‘zallik, yoki oliyjanoblik qadriyati 
namoyon bo‘lganligi sababli sevish mumkin .   Mehribonlik odamlarda yashirin 
holatdagi ma’lum qadriyatlar tashuvchilarni ochib beradi va ular o‘z hayoti 
mazmunini bu odamlarga sadoqatli bo‘lishda topadi .
5.   Siyosiy
 odam .   Inson uchun qudratga ega bo‘lish asosiy ahamiyat kasb etgan 
alohida holat .   Bunday odamning olamni his etishi umumiyligi bilan ajralib 
turadi, umumiyliko‘z mavqeini belgilash, muvaffaqiyatga erishish, hayotiy 
quvvat, turmushdagi harakatda namoyon bo‘ladi .   Bunday odamlar yuqori 
ijtimoiy darajaga intiladilar va faqat o‘sha darajadagina dohiy sifatida, shon-
shuhrat pog‘onasida o‘zlarida mamnunlik his qiladilar .
6.   Diniy	
 e’tiqodli	 odam .   Bu ma’naviy hayot yo‘li diniy qonunlar asosida 
hayotning yuksak mazmuniga erishishga qaratilgan odam .   Diniy e’tiqodli 
odamlar hulq-atvorida altruizm yo‘nalishi dominantlik qiladi .   Hayotlarining oliy
mazmunini odamlarga oliyjanoblik bilan beminnat xizmat ko‘rsatish   –   zarar 
ko‘rganlar, yaralanganlar, shikastlanganlar, muhtojlar, tahqirlanganlar va 
yolg‘izlarga yordam ko‘rsatishda deb biladilar .
Diniy aqidaparastlar dindor odamlar ong osti sohasiga inson psixikasining 
murakkab ichki tuyg‘usi     –   ishonch mexanizmi bilan qamrab olgan holda    
mustahkam singdirib boradilar .   Dindor odam hulq-atvori o‘zgarib boradi    
–     psixikasida insonga nisbatan yaxshilik, mehribonlik g‘oyalari dominantlik 
qila boshlaydi .
Xarakter tiplarining boshqa tasniflari ham mavjud .   Xuddi shunday, insonning 
hayotga, jamiyatga va ahloqiy qadriyatlarga munosabati asosidagi xarakterlar 
tipologiyasi keng tarqalgan .   Uning muallifi    –    E. Fromm   ushbu tasniflashni 
xarakterlarning ijtimoiy tipologiyasi deb nomladi .   Turli odamlar hulq-atvorini 
kuzatishdan to‘plagan ma’lumotlarni umumlashtirib, ularni klinikadagi amaliyot
bilan solishtirgan holda , E. Fromm   ijtimoiy xarakterlarning quyidagi asosiy 
tiplarini keltirib chiqardi .
eplaydilar .   Inson tashqi ko‘rinishi ayollar 
 
Ayollar	
 nazarida	 erkaklarning	 asosiy	 kamchiliklari : a)   ishda   –   ustunlik 
hissi,maqtanchoqlik ,   ichk
i hisning 
etishmovchiligi ,   hukmron
likka 
intilish ,   ikkiyuzlamachali
k ,   qo‘rqoqlik ,   qo‘pollik b)   hayotda   –   xudbinlik ,   munofiqli
k ,   tashabbussizlik ,   ayollarni 
himoya qilmaydilar ,   ayollarga 
kamroq 
achinadilar ,   xushmuomala 
emaslar ,   ayollarni orzu qilishga 
majburlamaydilar v)   oilada  
– TV 
oldida
o‘tira
dilar, 
ayolla
rga 
quloq 
tutma
ydilar,
tanbal
dirlar,
sami
miy 
emasl
ar, 
qovoq
larini 
uyub 
o‘tira
dilar, 
ovqat 
ustida
gazeta
o‘qiy
dilar, 
o‘z 
onalar
ini 
maqta
ydilar,
ayolni
ng 
didlar
iga 
mos 
kiying
anligi
ni 
yashir
adilar  
Erkaklar nazarida	 ayollarning	 kamchiliklari : zaif aqliy xususiyatlar, 
ziyraklik,    hazilkashlik, chaqqonlik, hozir javobgarlikning etishmasligi, 
arzimagan narsalardan hafa bo‘lish, betartiblilik, betayinlik.
Odamlarning xarakteri turli yoshlarda yanada ifodaliroq namoyon bo‘lishi 
mumkin. Ba’zilar yoshlik davrida ko‘zga yaqin, boshqalar    – etuklik davrida 
faol, samarali va go‘zal bo‘ladilar. Ba’zilar keksayganda samimiy, xayrixoh, 
ko‘ngilchan bo‘lib qolganlarida, shuningdek, oqilligi, hamda xolisona 
insonparvarligi bilan foydali bo‘lganlarida, ayniqsa, jozibadorroq bo‘ladilar. 
Balki, individ xarakterida ma’lum yoshda to‘liq namoyon bo‘lishga qaratilgan 
biror bir xususiyat mavjud bo‘lsa kerak.
Inson hayotining yakuniga kelib, illyuziyalar batamom yo‘qoladi, xarakter o‘z 
samimiyati bilan to‘liq namoyon bo‘ladi, yuzaga kelgan ijtimoiy-rolli 
xususiyatlar kuchsizlanadi. Va inson, o‘zini, o‘zining haqiqiy munosabatlarini 
taniydi. Hayot qaytadan oqillik tusiga ega bo‘ladi, ehtiroslar tinchiydi,          inson 
barcha narsalarning haqiqiy bahosini bilgan holda o‘zini erkin sezadi. Va inson, 
nihoyat, undagi eng qadrli narsa uning o‘zi ekanligini tushunib etadi.
 
 
6.   Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzilishi. turlari .
 
                               Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, 
ko‘nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, bu 
xususiyatlarning o‘zi bu bilim va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Malaka, 
ko‘nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat 
tarzida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo‘lib, biror bir 
ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo‘ladigan musiqaga 
qobiliyati uning musiqachi bo‘lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta’lim berilishi,
qat’iylik, salomatligining yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa 
ko‘pgina sharoitlar bo‘lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq 
so‘nib ketishi mumkin.
 
                            Qobiliyatlar   faqat   faoliyatda   namoyon   bo‘ladi.   SHuning   uchun   ham
faqat   ana   shu   qobiliyatlarsiz   amalga   oshirilishi   mumkin   bo‘lmagan
faoliyatlardagina   namoyon   bo‘ladi.   O‘quvchida   ham   zaruriy   ko‘nikma   va malaka   tizimi   hamda   mustahkam   bilimlar   tarkib   topish   uslublari   yo‘qligiga
asoslanib, jiddiy tekshirib ko‘rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q,
deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo‘ladi.
                           Masalan, Albert Eynshteyn o‘rta maktabda uncha yaxshi o‘qimaydigan
o‘quvchi  hisoblangan va uning kelajakda genial  bo‘lishidan hech narsa dalolat
bermas edi. [2]
                            Qobiliyat   bilim   va   malakalarning   o‘zida   ko‘rinmaydi,   balki   ularni
egallash   tizimida   namoyon   bo‘ladi   ya’ni,   boshqacha   qilib   aytganda   mazkur
faoliyat   uchun   muhim   bo‘lgan   bilim   va   ko‘nikmalarni   o‘zlashtirish   jarayonida
turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishida
namoyon bo‘ladi.
                            Qobiliyatlar   individual   psixologik   xususiyatlar   bo‘lishi   bilan   aql
sifatlari   xotira   xususiyatlariga,   hissiy   xususiyatlar   va   shu   kabilarni   qarama-
qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan
bir   qatorga   qo‘yish   ham   mumkin   emas.   Agar   shu   sifatlarning   birortasi   yoki
ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta’siri bilan
tarkib   topsa   bu   shaxsning   mazkur   individual   xususiyatlarini   qobiliyatlar   deb
hisoblashiga asos bo‘ladi.
                            Qobiliyat   kishining   psixologik   va   fiziologik   tuzilishi   xususiyatidir.
Qobiliyat   bilim   olish   uchun   zaruriy   shart-sharoit   bo‘lib,   shuning   bilan   birga   u
ma’lum   darajada   bilim   olish   mahsuli   hamdir.   Umumiy   va   maxsus   bilimlarni
o‘zlashtirish,   shuningdek,   kasbiy   ko‘nikmalarni   egallab   olish   jarayonida
qobiliyat   mukamallashib   va   rivojlanib   boradi.   Qobiliyatga   yaqinroq   turadigan
tushunchalar   ko‘nikma   va   malakadir.   Ular   faoliyat   mexanizmini   tashkil
qiladilar.   Hamda   ular   qobiliyat   bilan   birgalikda   mahoratga   erishishni
ta’minlaydilarki,   buning   natijasida   mehnatda   katta   yutuqlar   qo‘lga   kiritiladi.
Qobiliyatli,   ammo   noshut   inson   ko‘p   narsaga   erisha   olmaydi.   Qobiliyat
ko‘nikmada ro‘yobga chiqadi. [1]
                            Darhaqiqat,   qobiliyatli   kishining   ko‘nikma   va   malakalari   ko‘p   qirrali
va   mukammallashgan   bo‘ladi.   SHuning   bilan   birga   ko‘nikma   va   malalakalar
etishmagan   qobiliyatni   bir   muncha   to‘ldirish   yoki   undagi   kamchilikni   tugatish
mumkin.   Ko‘nikmalarni   umumlashmasi   mohirlik   deb   ataladi.   Mohirlik   ham
qobiliyatning o‘zginasidir. [5] [3]
                            Har   qanday   qobiliyat   ham   murakkab   bo‘lib,   u   kishiga   turli-tuman
talablar   qo‘yadi.   Agar   shaxs   xususiyatlari   tizimi   shu   talabga   javob   bera   olsa
kishi   faoliyatni   muvaffaqiyat   bilan   amalga   oshirish   uchun   o‘z   qobiliyatliligini
ko‘rsata   oladi,   agarda   xususiyatlardan   qaysi   biri   rivojlanmagan   bo‘lsa,   shaxs
mehnatning   muayyan   turiga   nisbatan   ham   qobiliyatli   deb   baholanadi.   Har   bir qobiliyatning o‘ziga xos tuzilishi mavjud. Qobiliyat tarkibida tayanch va etakchi
xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim.
                            Barcha   qobiliyatlar   uchun   asosiy   tayanch   xususiyat   kuzatuvchanlik,
bilish ko‘nikmasidir. Bu individual narsaning o‘ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat
uchun   boshlang‘ich   materialni   ko‘ra   bilish   demakdir.   Qobiliyatning   etakchi
xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi.
                            Quyidagilarni   yordamchi   xususiyat   deb   hisoblash   mumkin:   xotira   (u
faoliyat   talablariga   muvofiq   ravishda   o‘ziga   xos   tuzilishda   bo‘ladi),
emotsionallik,   ya’ni   his   tuyg‘uga   beriluvchanlik   (bu   xususiyat   shaxsning
faoliyatini   oshiradi)   va   shunga   o‘xshashlar.   Amaliy   faoliyatning   ba’zi
ko‘rinishlarida shaxsning irodasi oldingi o‘ringa chiqadi. Qobiliyat tuzilishidagi
turli   xususiyatlarning   tarkibi   faoliyatning   turli   davrlarida   yoki   ijodiyotning
bosqichlarida   turlicha   bo‘lishi   mumkin.   Demak,   tuzilish   ham   barqaror,   ham
o‘zgaruvchandir.
                        Rus   psixologi   B.M.Teplov   va   uning   shogirdlari   ishlarida   oliy   nerv
faoliyati     tiplarining   xislatlari   ta’siri   tufayli   shaxs   qobiliyatlarining   tuzilishida
qandaydir sifat xususiyatlari paydo bo‘lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan,
nerv tizimining alohida sezgirligi  ma’lum  qobiliyat  nishonasi     sifatida vujudga
kelishi mumkin.
Qobiliyatlar   B.M.   Teplovning   fikricha,   muntazam   rivojlanish   jarayonida
mavjud   bo‘ladilar.   SHuningdek,   ta’kidlab   o‘tish   lozimki,   har   bir   faoliyatning
bajarilish   samaradorligi   bir   xil   emas,   balki,   turli   qobiliyatlar   uyg‘unligiga
bog‘liq.    Ba’zi qobiliyatlar rivojlanishiga zarur nishonalarning mavjud emasligi,
ularning   tanqisligi     boshqa   qobiliyatlarning   yuksak   darajada   rivojlanganligi
hisobiga to‘ldirilishi mumkin.[2]
Rus   psixologiyasida   qobiliyatlar   muammosini   o‘rganishda   ikki   yo‘nalish
mavjud.   Birinchisi   –   asab   tizimi   asosiy   xossalarining   aloqalari   va     insonning
umumiy   psixik   qobiliyatlarini   tadqiq   etuvchi   psixofiziologik   yo‘nalish   (E.L.
Golubeva, V.M. Rusalov). Boshqa yo‘nalish –   qobiliyatlarni individual,	 o‘yin,
o‘quv,	
 mehnat	 faoliyatida	 tadqiq	 qilish   (A.N.   Leontevning   faoliyatga
yondoshuvidan).   Bu   yo‘nalish   faoliyat   bo‘yicha   qobiliyatlarning   rivojlanish
aniqlovchilarini   o‘rganadi,   bunda   iste’dod   nishonalari   ahamiyatga   olinmaydi.
Keyinchalik   S.L.   Rubinshteyn   maktabida   (A.V.   Brushlinskiy,   K.A.
Abdulxanova-Slavskaya)   qobiliyatlar   muammosini   o‘rganishga   o‘zaro
kelishuvga   asoslangan   nuqtai   nazar   tarkib   topdi.   Bu   qarashning   tarafdorlari
bo‘lgan   olimlar,   odamda   yuzaga   keladigan   qobiliyatlarni   iste’dod   nishonalari
asosida,    faoliyat usullarining rivojlanishi sifatida ko‘rib chiqqan edilar.[2]
Qobiliyatlarning   rivojlanishi   uchun   dastlab   iste’dod   nishonalaridan   iborat
bo‘lgan   muayyan   asos   bo‘lishi   zarur.   Iste’dod   nishonalari   ostida,   qobiliyatlar rivojlanishining   tabiiy   asosini   tashkil   etuvchi   asab   tizimining   anatomik-
fiziologik   xususiyatlari   tushuniladi.   Masalan,   qobiliyatning   tug‘ma   nishonalari
sifatida   turli   analizatorlar   rivojlanishining   xususiyatlari   namoyon   bo‘lishi
mumkin.   Xuddi   shunday,   eshitish   idrokining   muayyan   xarakteristikalari
musiqiy   qobiliyatlarning   rivojlanishi   uchun   asos   sifatida   yuzaga   kelishi
mumkin. Intellektual qobiliyatlarning nishonalari esa,     avvalambor, miyaning u
yoki   bu   darajadagi   qo‘zg‘aluvchanligida,   asab   jarayonlarining
harakatchanligida,   vaqtincha   aloqalarning   hosil   bo‘lish   tezligida,   ya’ni,     I.P.
Pavlov   genotip   –   asab   tizimining   tug‘ma   xususiyatlari   deb   atagan   miya
faoliyatining shular kabi vazifalarida namoyon bo‘ladi.[1]
Miya,   his-tuyg‘u   organlari,   harakat   (tug‘ma   nishonalar)   tuzilishining
tug‘ma   anatomik-fiziologik   xususiyatlari   odamlar   o‘rtasidagi   individual
farqlarning tabiiy asosini belgilab beradi.
Ko‘pchilik psixologlarning fikricha ,   nishonalar   –   bu asab tizimining irsiyat
tomonidan   belgilangan   (tug‘ma)   anatom ik -fiziologi k   xususiyatlari .   Lekin
olimlarning   ayrimlari ,   masalan ,   R.S.   Nemov,   odamda         ikki   xil
nishonalarning :   tug‘ma   ( tabiiy )   va   orttirilgan   ( ijtimoiy )   turlari   mavjudligini
faraz qiladilar .
Nishonalarning   rivojlanishi     –   bu   tarbiya   sharoitlari   va   jamiyat
rivojlanishining   xususiyatlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   ijtimoiy   shartlangan
jarayon .   Jamiyatda   u   yoki   bu   kasbga   ehtiyoj   tug‘ilgan   sharoitda   nishonalar
rivojlanadi va qobiliyatlarga aylanadi ;   nishonalar rivojlanishining ikki
 
 

S H A X S R I V O J L A N I S H I N I N G I N D I V I D U A L L I K X U S U S I Y A T L A R I V A U L A R N I N G R O L I REJA: 1. S h axs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial psixologiyaning predmeti sifati 2. Temperament. ONF tiplari xususiyatlari, nazariyalari. 3. Temperamentning fiziologik asoslari. 4. Psixologiyada xarakter muammosi. Xarakter aksentuatsiyasi. 5. Jinsiy diformizm va individning psixologik tavsifi. 6. Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari. 7. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi.   1. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial psixologiyaning predmeti sifati S h axs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz. Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi. Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami.

Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir. Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat     bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang- barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchuninsonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur . Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir . Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi . Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi . Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «m ening » ichki olamim dunyosigamurojaat qilamiz . Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la . Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi , ijtimoiy hulq- atvoresa « mening » dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish , boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi . « Mening » dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari : o‘yin , san’at , din , ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi . [1] [3] Although our personality traits may be both stable and potent, the consistency of our specific behaviors from one situation to the next is another matter. As Walter Mischel (1968, 1984, 2004) has pointed out, people do not act with predictable con-sistency. Mischel's studies of college students' conscientiousness revealed but a mod¬est relationship between a student's being conscientious on one occasion (say, showing up for class on time) and being similarly conscientious on another occasion (say, turning in assignments on time). Pirandello would not have been surprised. If you've noticed how outgoing you are in some situations and how reserved you are in others, perhaps you're not surprised either (though for certain traits, Mischel reports, you may accurately assess yourself as more consistent) « I ndivid» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin . Avvalambor , individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam , Homo sapiens turiga

mansub vakil . Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi , ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi . Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi . Agar « inson » tushunchasio‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa,u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarniham kiritadi . Bundan tashqari , ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi . S h axs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud . A.N. Leontev ta’rifigako‘ra : « SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalev ning – « shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekt i sifatida », K.K. Aflotunov ning – « shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi », S.L. Rubinshteyn ning – « shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi », A.V. Petrovskiy ning – « shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat », G. Ollport ning – « shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq- atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi » va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat .[1] Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz : « S h axs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi inson ». S h unday qilib , inson , birinchidan , tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida , ikkinchidan , ongli faoliyat sub’ekt i sifatidava , uchinchidan , ijtimoiy mavjudot sifatidao‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi insonning yig‘indi xususiyatlarini – uning individualliginishakllantiradi .[2] Individuallik – bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi . Individuallik – bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi.U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq

qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi . Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motiv lar , temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari . « Individuallik » tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologi k ( bo‘y o‘lchami , tana tuzilishi , yuz tuzilishi va h.k. ) xususiyatlarini ham aks ettiradi . Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra , boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa . Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin . [2] [3] Individualism giving priority to one's own goals over group goals and defining one's identity in terms of personal attributes rather than group identifications. S h unday qilib , bizlar ko‘rib chiqqan « odam , individ, shaxsvaindividuallik » tushunchalari hajmiga ko‘ra turlichadir . Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha « inson » atamasidir , eng tor atama esa – « individuallik » tushunchasi .   2. Temperament. ONF tiplari xususiyatlari, nazariyalari. Temperament muammosiga bo‘lgan qiziqish 2,5 ming yil avval paydo bo‘lgan. Bu qiziqishning paydo bo‘lishiga organizm biologik va fiologik tuzilish va rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarning takrorlanmasligi xususiyatlari asosidagi individual farqlarning mavjudligi sabab bo‘ldi. Temperament shaxsning biologik jihatdan shartlangan tuzilmalariga kiradi. Temperament odamlar o‘rtasida, shuningdek, hissiyotlar, hissiy taassurotlilik, harakatlarning maromi va jadalligi, va boshqa bir qator dinamikaga ega bo‘lgan xususiyatlardagi ko‘plab psixik farqlarning mavjudligini belgilab beradi. Hozirgi kunda temperamentni tadqiq etishga doir ko‘plab yondoshuvlar mavjud. Lekin bu yondoshuvlarning xilma-xilligiga qaramay, ko‘pchilik tadqiqotchilarning tan olishiga ko‘ra, temperament – bu shaxsning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanadigan biologik ustqurma, temperament asosidagi shaxs xossalari esa barqaror va davomli bo‘lib hisoblanadi.

B.M. Teplov temperamentga quyidagicha ta’rif beradi: «Temperament deb, ayni bir odam uchun xos bo‘lgan emotsional qo‘zg‘auvchanlik, ya’ni, bir tomondan, hislar paydo bo‘lishining tezligi, va ikkinchi tomondan, ularning kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan psixik xususiyatlarning yig‘indisiga aytiladi». Temperament – bu inson faoliyati va hulq-atvorining dinamik va emotsional holatini xarakterlovchi shaxs individual xususiyatlarining yig‘indi. SHunday qilib, temperament ikki tarkibiy qism – faollik va hissiyotlilikka ega. Hulq - atvorning faolligi harakatchanlik, intiluvchanlik, tezlik, yoki, aksincha, sustlik va harakatsizlik darajasini xarakterlaydi. O‘z navbatda emotsionallik belgi (ijobiy va salbiy) modallik (shodlik, qayg‘u, qo‘rqinch, g‘azab va boshqalar)ni aniqlagan holda emotsional jarayonlar kechishini xarakterlaydi. [3] [3] Temperament a person's characteristic emotional reactivity and intensity.As most parents will tell you after having their second child, babies differ even before gulping their first breath. Consider one quickly apparent aspect of personality. In¬fants' temperaments are their emotional excitability— whether reactive, intense, and fidgety, or easygoing, quiet, and placid. From the first weeks of life, difficult babies are more irritable, intense, and unpredictable. Easy babies are cheerful, relaxed, and pre¬dictable in feeding and sleeping. Slow-to-warm-up infants tend to resist or withdraw from new people and situations. Qadimgi zamonlardan boshlab, temperament to‘rt xil asosiy tiplarga bo‘lingan edi, bular xolerik, sangvinik, melanxolik va flegmatik temperament turlaridir. Temperamentning bu asosiy turlari bir-biridan paydo bo‘lish dinamikasi va emotsional holatlar jadalligiga ko‘ra farqlanadi. Xolerik tipi uchun tezda paydo bo‘ladigan kuchsiz hislar, melanxolik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan, lekin kuchli hislar, flegmatik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan va kuchsiz hislar xosdir. Bundan tashqari, xolerik va sangvinik temperamentlar uchun harakatlar tezligi, umumiy harakatchanlik va hislarning tashqi kuchli (harakatlarda, nutqda, mimikada va boshqalarda) ifodalanishi, melanxolik va flegmatik temperamentlar uchun, aksincha, harakatlar sustligi va hislarning kuchsiz ifodalanishi xosdir. Temperament tiplarini turmush psixologiyasi nuqtai nazaridan shunday xarakterlash mumkin: xolerik – tez, ba’zida, hatto, juda keskin, nutqda, mimika va imo-ishoralarda yaqqol ifodalanadigan kuchli tezda alangalanadigan hislarga ega, jadal emotsional ta’sirlanishga moyil odam; sangvinik – tez, harakatchan, barcha taassurotlarga emotsional javob beruvchi odam, uning hislari bevosita tashqi xulq-atvorida ifodalanadi, lekin ular kuchli emas, va bir-birini oson almashtiradi; melanxolik – emotsional kechinmalar xilma-xilligining uncha katta emasligi, lekin katta kuchga va davomiylikka egaligi bilan farq qiluvchi