logo

Shayboniylar davrida Buxoro xonligining boshkaruv tizimi markaziy va maxalliy boshkaruvi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.6650390625 KB
Mavzu:Shayboniylar davrida Buxoro xonligining 
boshkaruv tizimi markaziy va maxalliy boshkaruvi
Reja:
1.Shayboniylar davri davlatchiligi Siyosiy tarixi.
2.Ma ь muriy boshkaruv. Mansab va unvonlar.
3.Xarbiy kurilish va boshkaruv. Mahlumki, XIV asr boshlariga kelib, 1236 yilda Botuxon tomonidan asos solingan
Oltin   O’rda   davlati     ikki   qismga   bo’linib   ketadi   va     uning     sharqiy   qimida   Oq
O’rda   davlati   tashkil   topadi.   Ayrim   tarixiy   manbalarda   bu   hududlar   “O’zbeklar
mamlakati”   deb   ham   eslatiladi.   XV   asrning     o’rtalariga   kelib   SHarqiy   Dashti
Qipchoq     hududlarida     Jo’jixonning   beshinchi   o’g’li   SHaybon   urug’idan   bo’lgan
Abulxayrxon   ko’chmanchi   o’zbeklar   davlatiga   asos   soldi.   Movarounnahrdagi
o’zaro   kurashlardan   foydalangan   Abulxayrxon   Sirdaryoning   o’rta   oqimidagi   bir
qancha  shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olishga erishdi.
            Manbalarning (Mulla SHodi, “Fathnoma”) mahlumot berishicha 864 hijriy
(1459-1460   yy.)   yilda   Abulxayrxonning   katta   o’g’li   SHohbudog’   vafot   etadi.
Undan qolgan sakkiz yoshli Muhammad va besh yoshli Mahmud uyg’ur Boyshayx
ko’kaldosh   tarbiyasiga   beriladi.   SHohbudog’ning   katta   o’g’li   Muhammad
SHohbaxt keyinchalik SHayboniylar davltiga asos soladi. Manbalarning mahlumot
berishicha,   Muhammad   SHohbaxt   SHayboniyxon   istehdodli   shoir   va   sarkarda,
zamonasining o’qimishli va bilimdon kishilaridan bo’lgan.
           XV asrning so’nggi choragiga kelib temuriy shahzodalar o’rtasidagi toj-taxt
uchun   o’zaro   kurashlar   avj   olgan   edi.   Ko’pgina   mulklar   va   viloyatlar,   xususan,
Farg’ona,   Hisor,   Samarqand   bilan   Buxoro,   Toshkent,   Xorazm   o’zlarini   mustaqil
hisoblab,ko’p hollarda      bir-birlari  bilan  kurash   olib  borar   edilar.  SHuning uchun
ham   Movarounnahrdagi   temuriylar   saltanati   amalda   mustaqil   boshqariladigan
kichik-kichik   viloyatlarga   bo’linib   ketgan   edi.   SHayboniyxon   esa   temuriylar
hukmronligiga barham berish uchun bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalanishga
harakat  qildi.
                      Temuriylar   o’rtasidagi   sulolaviy   urishlar,   keyinroq     esa   SHayboniyxon
qo’shinlarini   qo’llab-quvvatlashda   Toshkent   mulki   zodagonlari   katta   rol
o’ynadilar.   1485   yilda   Toshkent   hokimiyatini   mashhur   diniy   arbob   Xo’ja   Ahror
yordamida   Yunusxon   egallagan   bo’lsa,   uning   vafotidan   so’ng   o’g’li
Mahmudxon(1487-1503yy)   Toshkent   taxtini   egallaydi.   Mahmudxon   temuriylarga
qarshi   kurashda   SHayboniyxon   ittifoqini   umid   qilgan   bo’lsa-da,   niyatiga   yeta
olmadi. 1494 yilda Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzo vafot etgach, temuriylar
o’rtasidagi   nizolar   yanada   kuchayib   ketdi.   Bundan   foydalangan   SHayboniyxon
1497 va 1499 yillarda Samarqandga hujum uyushtirib, uni ikki marta qamal qildi.
           1500 yilda Andijon hokimi Bobur Mirzo Samarqandga yurish qildi. Ammo,
SHayboniyxon   undan   oldinroq   harakat   qilib   Samarqandni   qamal   qildi   hamda
shahar   hokimi   Sulton   Ali   bilan   kelishib,   Samarqandni   egalladi.   Boburning
Samarqandni   egallash   borasidagi   harakatlari   zoe   ketdi.   Bunga   qadar
SHayboniyxon Buxoroni   ham  qo’lga kiritgan edi.  SHundan  so’ng SHayboniyxon
1503   yil   bahorida   asosiy   qo’shinlari   bilan   Toshkent   hokimi   Mahmudxon   va
Farg’ona   hokimi   Ahmadxonlarga   qarshi   yurish   qilib   Toshkent   viloyatidagi
SHohruhiya   va   boshqa   ko’pgina   qalhalarni   bosib   olishga   erishadi.   Farg’onadagi Arxian   qalhasi   yonida   bo’lgan   shafqatsiz   jangda   Maxmudxon   halok   bo’ladi   va
Toshkentda qoldirilgan uning o’g’li Muhammad Sulton SHayboniyxon  qo’shinlari
yaqinlashishi bilan Toshkentdan qochib ketadi.
                     Toshkentga  mustahkam  o’rnashib  olgan  SHayboniyxon    qo’shinlarining
katta   qismi   uning   ukasi   Mahmud   Sulton   boshchiligida   Xorazmga   yurish
boshladilar.   Kat   va   Buldumsoz   qalhalarini   egallagan   Mahmud   Sulton   bu
hududlardagi   bir   qism   aholini   majburan   Buxoroga   ko’chirishga   buyruq   beradi.
1505   yilda   o’n   oylik   qamaldan   so’ng   ko’chmanchi   o’zbeklar   Urganch   shahrini
egallaydilar.
                      SHayboniyxonning   o’zi   katta   qo’shni   bilan   1504  yilda   Hisor   viloyatiga
yurish qildi. Bu paytdagi Hisor viloyatining hokimi Xusravshoh ancha katta harbiy
kuchga   ega   bo’lsa-da,   SHayboniyxonga   jiddiy   qarshilik   ko’rsata   olmadi.   Buning
natijasida   Hisor   viloyati   barcha   tog’li   tumanlari   bilan   birga     SHayboniyxon
ixtiyoriga o’tdi va Qunduz, Tolqon, Badahshon hamda Balx ishg’ol etildi.
                     SHaybonixonning markazlashgan davlat tuzish yo’lidagi raqiblaridan biri
Dashti Qipchoqdagi  qozoq sultonlari edi. XVI asrning boshlarida qozoq sultonlari
SHayboniyxonning   janubga   qilgan   harbiy   yurishlaridan   foydalanib
Movarounnahrga bir necha marta bosqinchilik urushlari uyushtiradilar, Buxoro va
Samarqandni   talon-taroj   qilib,   aholini   asir   qilib   olib   ketadilar.   1509   yilda
SHayboniyxon qozoq sultonlari Jonish Sulton, Burunduqxon va Qosim Sultonlarga
qattiq zarbalar berib, buning natijasida Sig’noq, Yassi, Savron shaharlarini  qo’lga
kiritadi   hamda   Turkistondagi   Xo’ja   Ahmad   Yassaviy   maqbarasini   tahmirlashga
buyruq beradi.
                     SHayboniyxon 1509 yilning yozida Marvni  egallashga muvaffaq bo’ldi.
Uning   bu   davrga     qadar     bo’lgan   yurishlari     natijasida   Dashti   Qipchoq,   Xorazm,
Movarounnahr va Xurosonning katta qismi SHayboniylar qo’l ostida birlashtirildi.
Marv   shahrini   egallagan   SHayboniyxon   Eronning   kichik     viloyatlariga     yurish
qiladi   hamda   Mashhad   va   Tus   shaharlarini   egallab,   ulardagi   muqaddas   joylarni
ziyorat  qilib, bahzi  mehmoriy   inshootlarni tahmirlashga  buyruq beradi. Mashhad
va Tus    shaharlarini  egallagan SHayboniyxon Erondogi  SHoh Ismoil  asos  solgan
Safaviylar davlatiga xavf soladi.
            1510 yilda Erondan orqaga qaygan SHayboniyxon uning izidan katta kuch
bilan   yetib   kelgan   Eron   shohi   Ismoil   Safaviy   qo’shinlari   bilan   jangga   kirishdi.
Marv yaqinida bo’lib o’tgan bu jangda SHayboniyxonning kam sonli   qo’shinlari 1
mag’lubiyatga   uchradi     hamda   zamondoshlari   tomonidan   “Xalifa   ur-Rahmon   va
Imom   az-Zamon”   deb   ulug’langan   Muhammad   SHohbaxt   SHayboniyxon   bu
jangda halok bo’ldi.
1
.                       Marv   yaqinidagi   g’alabadan   so’ng   SHoh   Ismoil   SHayboniylarga   qarshi
kurashda   temuriy   shahzoda   Zahiriddin   Bobur   bilan   ittifoqchilikni   taklif   etdi.
Undan   tashqari,   SHayboniyxon     o’limidan   keyinoq   o’zbek   sultonlari   orasida
boshlangan   kelishmovchiliklar   davlatni   zaiflashuviga   olib   keldi   hamda
shayboniylar   keyingi   janglarda   mag’lubiyatga   uchray   boshladilar.   Natijada
Huroson   va   Xorazm   qo’ldan   boy   berildi.   Bobur   1511   yilda   SHoh   Ismoil
qo’shinlari   yordamida     shayboniylar   qo’l   ostidagi   Hisor,   Ko’lob,   Qunduz,
Badaxshon   va Qarshi   yerlarini   egallab,   Samarqandni  ham   uchinchi   marta  qo’lga
kiritdi.   Movarounnahrni   butunlay   qo’lga   kiritish   niyatida   bo’lgan   Boburga
Safaviylarning   tajribali   sarkardasi   Najmiddan   Soniy     boshchiligidagi   12   ming
qo’shini kelib qo’shildi.
           Boburning ittifoqchilari, shia mazhabidagi eroniy qizilboshlilarning 2
  talon-
tarojlari   (ayniqsa,   Samarqand   va   Qarshi   shaharlarida)   tufayli   mahalliy   aholi
Boburni qo’llab-quvvatlamadi. Bobur va eroniylarning birlashgan qo’shinlari bilan
SHayboniylar   o’rtasidagi   hal   qiluvchi   jang   1512   yilning     noyabrida   G’ijduvon
yaqinida   bo’lib   o’tadi.   Mazkur   jangda   SHayboniyxonning   jiyani,   Sulton
Mahmudning o’g’li   Ubaydulla Sulton   tomonidan   ittifoqchilar qo’shnini tor-mor
etildi. Bu mag’lubiyatdan so’ng Bobur Movarounnahrdan butunlay  chiqib ketdi va
Qobul   hamda   uning   atroflarida   o’z   hukmronligini   to’la   mustahkamladi.   1526
yilning   boshida   Bobur   Hindistonga   yurish   boshladi   va   u   yerdagi   Ibrohim
Lo’diyning   qo’shinlarini   to’la   tor-mor   keltirib,   yangi   saltanat-Boburiylar
saltanatiga asos soldi. Bu saltanat Hindistonda 332 yil (1526-1858 yy) hukmronlik
qildi.
                      Muhammad   SHayboniyxonning   vafotidan   so’ng   davlatdagi   markaziy
hokimiyat     anchagina   zaiflashdi.   Beklar   (amirlar)   va   sultonlarning   ko’pchiligi
SHayboniyxondan   keyingi   bir   nechta   xonlarga   nomigagina   bo’ysundilar.
SHayboniyxon   vafotidan   so’ng   uning   jiyani   Sulton   Mahmudning   o’g’li
Kuchkunchixon   (1510-1530   yy.)   taxtga   o’tirdi.   Aynan   Kuchkunchixon   davrida
sultonlarning   mustaqilligi   kuchaya   borib,   ular   orasida   Buxoro   mulki   hukmdori
Ubaydulla   Sultonning   obruyi   ancha     baland   edi.   Kuchkunchixondan   keyingi
hukmdor   Abu   Sahid   (1530-1533   yy.)   ning   qiska   hukmronligi   davrida
Movarounnahr   va   Xurosonda   markaziy   hokimiyat   zaiflashib,   amirlar   va   sultonlar
o’rtasidagi   nizolar   yanada   kuchaydi.   Bu   paytda   Xorazm   mustaqil   davlat   bo’lib
ajralib  chiqdi va Turkiston yerlari parchalana boshladi.
                     O’zaro urushlarga birmuncha barham berishga erishgan Ubaydulla Sulton
1512   yilda   Buxoro   hukmdori   bo’lgan   bo’lsa,   1533   yildan   butun   markazlashgan
o’zbek   davlatining   oliy   hukmdori   etib   saylanadi.   Ubaydullaxon   paytaxtni
Samarqanddan   Buxoroga   ko’chiradi.   O’sha   paytda   Samarqand   hukmdori   bo’lgan
2 Kuchkunchixonning   o’g’li   Abdulla   Sulton   ham   Ubaydullaxon   hokimiyatini   tan
olishga majbur bo’ldi.
                      XVI   asrning   40-yilariga   kelib   yirik   zadagonlar   va     sulolalar     o’rtasida
Movarounnahrning poytaxt shaharlari va mulklari uchun o’zaro kurashlar yana avj
oldi. Hukmdor xonadoni vakillari   o’rtasida ayniqsa Buxoro va Samarqand uchun
kurash   kuchaydi.   Bu   davrda   Samarqandda   Kuchkunchixonning   uchinchi   o’g’li
Abdullatifxon   (1541-1552   yy.)   Buxoroda   esa   Ubaydullaxonning   o’g’li
Abdulazizxon   (1540-1550   yy.)   hukmronlik   qilib   har   ikkalasi   ham   o’zini   rasmiy
xon deb hisoblar edi.
                      O’zaro   hamda   sulolaviy   kurashlar   davom   etayotgan   bir     sharoitda
SHayboniyxonning   nabirasi   Muhammad   Yorsulton   bir   necha     oy   taxtni
boshqarganidan   so’ng   amaldagi   hokimiyat   Baroqxon   (Navro’z   Ahmadxon,   1551-
1556   yy.)   qo’liga   o’tdi.   Toshkent   va   Sirdaryo   bo’yidagi     shaharlar   hukmdori
bo’lgan   Navro’z   Ahmadxon   Buxoroda   o’z   hokimiyatini   tan   oldirish   uchun
Samarqand   va   Movarounnahrning   boshqa   shaharlariga   bir   necha   marta   yurishlar
qilib turdi.
                      1556   yilda   Navro’z   Ahmadxon     vafot   etgach   Balx   hukmdori
Pirmuhammadxon   (1556-1561   yy.)   Buxoro   taxtiga   o’tiradi.   SHunga   qaramasdan
1556   yilda     Axsi   va   Andijon     mulki   hukmdorlari   Buxoroni   egallashga   harakat
qilib ko’rdilar. Ammo, o’sha paytda juda katta nufuzga ega bo’lgan  jo’ybor shayxi
Xo’ja   Islom   tomonidan   qo’llab   quvvatlangan     shayboniy   Iskandar   Sultonning
o’g’li Abdulla Sulton bunga  yo’l qo’ymadi. Pirmuxammadxon Balxda qolib taxtni
boshqarayotgan,  uning nomiga  xutba o’qitilib,  tangalar  zarb  etilayotgan bo’lsada,
1557  yildan Buxoroda Abdulla Sulton hukmronlik qila boshlaydi.
                      Mustaqil   mulklar   va   yirik   zadagonlarning   o’zaro   urushlaridan   ularning
o’zlariga   qarshi   foydalangan   Abdullaxon   II   asta-sekinlik   balan   Movarounnahr   va
Xuroson   yerlarini   o’z   hokimiyati   ostiga     birlashtira   boshladi.   Uning     bu
harakatlarini jo’ybor shayxlari  Xo’ja Islom hamda uning o’g’li Xo’ja Sahdlar faol
qo’llab-quvvatlab   turdilar.   1561   yilda   Abdullaxon   II     Pirmuxammad   bilan
aloqalarni   uzdi   va   otasi     Iskandar   Sultonni   (1561-1583   yy.)   xon   deb   ehlon   qildi.
Iskandar   Sulton   nomigagina     xon   bo’lib,   mamlakatni   boshqaruv   ishlariga   deyarli
aralashmas,   hokimiyat   amalda   Abdullaxon   II   qo’lida   edi.   1583   yilda     Iskandar
Sulton vafot etgach Abdullaxon  II rasmiy  xon deb ehlon etildi.
                      SHayboniy     hukimdorlari   orasida   Abdullaxon   II   o’zining   qathiyatliligi,
yaxshi   siyosatchi   va   sarkardalik     qobiliyati   bilan   ajralib   turadi.   U   markazlashgan
shayboniylar   davlatini   tiklash   maqsadida   bebosh   va   o’zlarini   mustaqil
hisoblaydigan   amirlar,   sultonlar,   mulklar   hukmdorlari   bilan   tinimsiz   kurash   olib
borishga   majbur   bo’ldi.   Tinimsiz   urushlar   natijasida   1573   yilda   Farg’ona,   1574
yilda   SHahrisabz   Qarshi,   Hisor   viloyatlari,   1578   yilda   Samarqand,   1582   yilda Toshkent,   SHohruhiya,   Sayram,   Ohangaron,   1583   yilda     Balx,   1584   yilda
Badaxshon, 1588 yilda Hirot va uning atroflari,1595 yilda  Xorazm Abdullaxon II
hokimiyati   ostiga     birlashtirildi.   Tinimsiz     urushlardan   charchagan   joylardagi
mahalliy   aholi   ko’p   hollarda   Abdullaxon   II   ning   markazlashtirish   siyosatini
qo’llab-quvvatlar edi.
                      Abdullaxon     II   uzoq   yillik   olib   borilgan   urushlardan   so’ng   butun
Movarounnahr,   Hisor,   Xurosonning   katta   qismi,   Xorazm   va   Turkistonni   qo’lga
kiritib   SHayboniyxon   tuzgan   davlatni   qayta   tiklashga   erishdi.   Ammo,   hududiy
jihatdan juda  katta  bo’lgan  bu davlat   siyosiy     jihatdan o’ta  mustahkam   emas  edi.
Bu   davlatning   kuch-qudrati   hokimiyat   tepasida   turgan   hukmdorning     shahsiy
fazilatlariga suyanar hamda unda mustahkam davlatchilik tizimi yaratilmagan edi.
Aynan   shuning   uchun   ham   1598   yilda   Abdullaxon   II   vafot   etgach,   oradan   qisqa
muddat   o’tib   qiyinchiliklar   va     jangu-jadallar   natijasida   tiklangan   bu   davlat
inqirozga yuz tutda, hamda hokimiyat tepasiga  boshqa sulola vakillari keldilar.
                      Mahmuriy   boshqaruv.  Mansab   va   unvonlar .  XIV   asrning  boshlarida
Movarounnahrning     Muhammad   SHayboniyxon   tomonidan   bosib   olinishi   bu
hududlarning   xon   urug’i   vakillari   bo’lgan   o’zbek   sultonlari   tomonidan   bo’lib
olinishiga sabab bo’ldi. Ayrim   hollarda SHayboniyxon bahzi qabila boshliqlariga
mahlum   mulklarni   ham   bergan.   XVI   asrning   60-yilllaridan   boshlab     Buxoro
shayboniylar   davlatining   mahmuriy-siyosiy   markazi   sifatida   ehtirof   etilgannidan
so’ng   qonun   kuchiga   ega   bo’lgan   barcha   hujjatlar     Buxorodan   chiqarilgan.
Davlatdagi   murakkab   boshqaruv   apparatini   tashkil   etgan   ko’p   sonli   amaldorlar
guruhi ham aynan  Buxoroda markazlashgan.
                     Mahmuriy  jihatdan Buxoro  xonligi  viloyatlar  va   tumanlarga  bo’lingan.
Mirza Devonning mahlumot berishicha, Buxoro xonligi   boshqaruvida o’ziga xos
anhana   va     qonunlar   o’rnatilgan   bo’lib,   joylardagi   yuqori   mansabga   ega   bo’lgan
zodagonlar davlat boshlig’i tomonidan hokimlikka ko’tarilgan.
                      Yirik   hududlarda   tashkil   topgan     shayboniylar   davlati   xon   tomonidan
boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida o’zbek davlatchiligining  somoniylardan
temuriylargacha   bo’lgan   davrida   qaror   topgan   davlat   boshqaruvi   qonun-qoidalari
hamda xususiyatlari bilan birgalikda ko’chmanchilarga xos anhanalar ham mavjud
bo’lgan. Xon-cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lib, u o’z atrofida viloyat, tuman
hokikimlari   hamda   nufuzli   qabila   boshliqlarini   birlashtirganidan   so’ng   mustaqil
siyosat   olib   borgan.   Ammo,   ayrim   viloyat   hokimlari   mavqei   kuchayib   markaziy
hokimiyatga   bo’ysunmay   qo’ygan   holatlar   ham   bo’lib   turgan.     Bunday   holat
ayniqsa   Abdullaxon   II   davrida   kuchayib   bo’lib,   u   buysunmas   hokimlarning
barchasini zo’rlik bilan bo’ysundirgan edi.
                      SHayboniylar   davlati     boshqaruvida   islomiy   odat   va   shariat   qonun-
qoidalariga qattiq rioya qilingan.  Davlatdagi oliy hukmdorlik otadan bolaga emas, balki   suloladan   eng   ulug’   yoshli   shaxsga   o’tish   tartibi   dastlabki     shayboniylar
davrida   saqlanib   qolgan   bo’lsada,   XVI   asrning   40-yillaridan   boshlab   vorisiylikda
otadan   bolaga   o’tish   anhanasi     kuchayadi   hamda   Abdullaxon   II   davrida   aniq   bir
shaklga tushadi. Ammo, bu holat uzoq davom etmadi.
                      Davlat   boshqaruvida   xon   saroyidagi   oliy   darajali   amaldorlardan   tashkil
topgan   markaziy   boshqaruv   hamda   viloyatlar   va   tumanlar   qo’lida   mahalliy
boshqaruv   asosiy o’rinda turar edi. Tabiiyki, xon ular yordamida hamda bevosita
ishtirokida davlatdagi mahmuriy boshqaruvni amalga oshirgan.
                Ilgarigi sulolalar davrida bo’lgani kabi shayboniylar davrida ham eng oliy
davlat     idorasi- dargoh   hisoblangan.   Dargoh   tepasida   xon   turgan   bo’lib,   bu   idora
saroy   devonida   jamlangan   hamda   davlatning   ichki   va   tashqi   hayotiga   oid   barcha
masalalarni   hal   qilgan.   CHunonchi,   davlatning   oliy   darajali   amaldorlari   ahzo
hamda   odatda   bosh   vazir   tomonidan   boshqariladigan   bu   mahkama   davlatning
siyosiy,  moliyaviy, harbiy, tashkiliy va  boshqa masalalarini  ko’rib chiqar  edi. Bu
yerda qabul   qilingan qarorlar   xonning tasdig’i   bilan  kuchga  kirib,  hayotga  tadbiq
etilgan.   Tahkidlash   joizki,   ko’plab   ko’kaldosh,   otaliq,   naqib,   vaziri   ahzam,   vazir,
devonbegi   kabi   oliy   darajali   saroy   amaldorlari,   nuyon,   tug’begi,   kutvol,   dorug’a,
qurchiboshi   kabi   harbiy   amaldorlar,   jo’ybor   shayxlari,   sadrlar,   shayxulislom   kabi
diniy   ulomolarning   fikrlari   va   manfaatlari   ham   qarorlar   qabul   qilinishida   muhim
ahamiyatga ega bo’lgan.
                      SHayboniylar   davlat   boshqaruvidagi   muhim   vazifalardan   biri   naqib
hisoblangan.   Naqiblik   mansabi   xon   huzurida   juda   katta   vakolatlarga   ega   bo’lib,
naqib xonning eng yaqin va ishonchli kishilaridan hisoblangan. Manbalarga ko’ra,
rasmiy   qabul   marosimlarida   naqibning   oliy   hukmdordan   chap   tomonda   birinchi
bo’lib   joy   olishi   naqibning   dargohdagi   yuksak   martabasidan   dalolat   beradi.
SHuningdek,   xon   tomonidan   chiqarilgan   farmon   va   yorliqlarda   ham   naqibning
nomi   birinchi   bo’lib   zikr   etilgan.   Naqibga   davlatning   ichki   va   tashqi   siyosati
hamda   harbiy   masalalarda   oliy   hukmdorning   birinchi   maslahatchisi   sifatida
qaralgan Ayrim hollarda  harbiy muzokaralar uchun ham xon raqiblar tomonga o’z
naqibini  jo’natgan.
                     Harbiy yurishlarni   uyushtirish, urushlarni davom ettirish yoki to’xtatish,
raqib   tomonning   harbiy-strategik   tomonlarini     o’rganish   kabi   vazifalar   ham
naqibga   yuklatilgan   hamda   xon   uning   maslahatlari     bilan   qaror   qabul   qilgan.
Manbalarga   ko’ra,   naqiblarga   o’ta   mahsuliyatli   bo’lgan   elchilik   vazifalari   ham
yuklatilgan.   SHayboniy   hukmdorlari   naqiblik   lavozimiga   asosan     payg’ambar
avlodlari hisoblangan sayidlar xonadoniga mansub shaxslarni tayinlaganlar.
                      SHayboniylar   davlatidagi   muhim   mansablardan   yana   biri   otaliqdir.   Bu
mansabga   tayinlangan   shaxs,   avvalo,   voyaga   yetmagan   shahzodaning   tarbiyasi
uchun   mashul   bo’lgan.   Mazkur   lavozim   egasi   shahzodaga   otaliq   qilib,   otasining o’rnini   bosadigan   darajada   tarbiya   bergan.   Otaliqlar   shahzodalarga   mulk   qilib
berilgan   viloyatlardagi   xon   hokimiyati   siyosatini   belgilash   va   amalga   oshirishda
katta   ahamiyatga   ega   bo’lganlar.   Xonlar   voyaga   yetmagan   shahzodalarga
viloyatlarni   mulk   sifati   taqsimlab   berganda   ularni   doimiy   nazorat   qilish   uchun
o’zining ishonchli kishilarini otaliq qilib tayinlagan. Bunday hollarda shahzodalar
voyaga yetguniga qadar mahlum viloyatlardagi boshqaruv ishlari  otaliqlar qo’lida
bo’lgan.   Otaliqlar   amalda   butun   bir   viloyat   taqdirini,   uning     markaziy   hokimiyat
bilan munosabatlarini hal qilganlar.
                      Davlat   ishlarida   ko’kaldosh     (aynan     mahnosi-bir   onadan   sut   emgan)
mansabi ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ko’kaldoshlar davlat bilan do’stona
va   dushmanlik   munosabatida   bo’lganlar   haqida   mahlumotlar   to’plagan.   SHuning
uchun   ham   ko’kaldosh   dargohning   eng   ishonchli     kishilaridan     hisoblanib,   bu
amaldagi   kishilarning   vazifasi   mamlakatda   oliy   hukmdor   olib   borayotgan   siyosat
daxlsizligi,   unga   fuqaroning     munosabatlarini   o’rganishdan   iborat   bo’lgan.
Ko’kaldoshlar  yuqori  mavqega ega bo’lib, badavlat  kishilar bo’lgan. Toshkent  va
Buxoroda ko’kaldoshlar o’z mablag’lari hisobidan madrasa qurdirgani mahlum.
                      Xon   yasovuli     lavozimidagi   shaxslar   sulola   ichki     munosabatlariga   oid
bo’ladigan   tadbirlarni   boshqarib   turgan.   CHunonchi,   oliy   hukmdor   bilan
shahzodalar   o’rtasidagi   munosabatlarni   o’rnatilgan   tartib   asosida   yo’lga   qo’yish,
xonning shahzodalarni qabul qilishi, ularning arzlari, iltimoslarini xonga yetkazish
kabi tadbirlar shular jumlasidandir.
                     SHayboniylar xonlari hayotida ovchilik muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
SHuning   uchun   ham   xon   huzuridagi     qushbegi   yoki   amiri   shikor     lavozimi
mahsuliyatli  hisoblangan. Amiri  shikorning vazifasi  xon va sultonlarning ovlarini
uyushtirib turish bo’lgan. Ov   qilinadigan joy atrofidagi qishloqlar  aholisi  o’z ot-
ulovi,   qurol-aslahasi   bilan   kelib   xon   va     sultonlarning   ov   o’tkazishlarida   ularga
yordam berish, ular qo’nib qolganlarida qo’noq hamda oziq-ovqat bilan tahminlash
ishlari   ham   qushbegining   vazifasi   hisoblangan.   Manba   tili   bilan   aytganda,   “turli
ovchi   qushlar   (lochin,   burgut-E.B.),   tozi   itlar   va   boshqalar”   ni   tayyorlash   ham
amiri shikorning zimmasida bo’lgan. 
                      Davlat   dargohidagi   xavfsilikni   tahminlash,   ichki   tartib   qoidalar,   keldi-
ketdidan   xabardorlik   eshikog’aboshi   lavozimidagi   shahs   zimmasida   bo’lgan.
Ushbu   mansab   chap   eshikog’aboshi,   o’ng   eshikog’aboshi,   eshikog’aboshi   kabi
lavozimlarga taqsilanib, bu xizmat vakillari urush paytlarida oliy hukmdorning eng
muhim harbiy topshiriqlarini ham bajarib borganlar.
                      Umuman     olganda,   A.Ziyo   tadqiqotlariga   ko’ra,   o’sha   zamonlarga   xos
ravishda   davlatning   biror-bir   xizmat   idorasi,   xizmat   turi   namoyondalari   urush
paytlarida   o’zlarining   to’g’ridan-to’g’ri   vazifalariga   qo’shimcha   ravishda   harbiy
faoliyat bilan ham shug’ullanib kelganlar. Bu holatni     miroxo’r     (oliy hukmdorga tegishli   yilqi,  ot-ulov,  ularning   tahminoti   kabilarga  mashul),   shig’ovul     (  chet  el
elchilarini qabul qilish bo’yicha maxsus xizmat boshlig’i), qushbegi,  chuhraboshi
(maxsus   harbiy   qism   boshlig’i),   bakovul,   dasturxonchi   kabi   xizmatlar   faoliyati
orqali   ham   ko’rishimiz   mumkin.   Yahni,   ular   o’z   idoraviy   vazifalaridan   tashqari
harbiy yumushlarni ham  bajarib kelganlar. 
                      Mamlakatning   siyosiy   hayotida,   davlat   boshqaruvida   harbiy   mahmuriy
amaldorlar, yirik sarkardalar, qo’shin boshliqlarining (umaro) ham o’rni katta edi.
Dargohdagi     harbiy   ishlar   bilaan   bog’liq     chuhraboshi   va   qurchiboshi   (qurol-
aslaha   xizmati   boshlig’i)   vazifalaridan   tashqari   jibachi,   jarchi,   qorovulbegi,
tug’begi kabi xizmatlar ham bo’lgan. Ichki  va tashqi xavfni bartaraf etishda, yangi
yerlarni bosib olish uchun qilinadigan istilochilik yurishlarda qo’shinlarning soni,
harbiy tayyorgarligi, qo’shin boshliqlarining qo’mondonlik mahorati kabilar  katta
ahamiyat kasb etgan.
                      SHayboniylar   davlati   boshqaruvida   harbiy-mahmuriy   amaldorlardan
tashqari,   ulamolar,   shayxlar   va   xojalar ning   ham   mavqei   katta   bo’lgan.   Eng
kuchli   hukmdorlar   ham   ulamolar   bilan   hisoblashishga   majbur   bo’lganlar.     XVI
asrning boshlarida SHayboniyxon yirik din peshvolarning davlat ishlariga siyosiy
tahsirini   anchagina   pasaytirishga   muvaffaq   bo’lgan   va   diniy   hamda   dunyoviy
hokimiyatni   o’z   qo’l   ostida   birlashtirgan   edi.   Oradan   ko’p   o’tmasdan   Buxoro
xonliligining   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayotida,   ayniqsa   Buxoro
shahrida   yirik   din   peshvolarining   tahsiri   yana   kuchayadi.   Bu   davrda   ayniqsa,
Buxoro   yaqinidagi   Jo’ybor   qishlog’idan   chiqqan   xojalarning   mavqei   juda   oshib
ketadi.
            XVI asrning o’rtalaridan boshlab Jo’ybor shayxlari oliy hukmdor taqdirini
hal   qilish   darajasidagi   mavqega   ko’tariladilar.   Qishloqlarda   katta-katta   yerlarga,
shaharlarda esa yirik ko’chmas mulklarga ega bo’lgan shayxlar yirik zodagonlar va
amaldorlarga   ham   o’z   tahsirini   o’tkazganlar.   Manbalarga   ko’ra,   zabardast
shayboniylar   hukmdorlaridan   biri   bo’lgan   Abdullaxon   II   ham   avval   Xoja   Islom,
keyin   esa   Xoja   Sahdlarning   siyosiy   va   xo’jalik   faoliyatini   qo’llab-quvvatlashga
majbur bo’lgan.   SHayx-ul-islom   ham jo’ybor shayxlari xonadonidan     saylangan.
Din     peshvolari   orasida   shayx   ul-islom,   sadr,   qozi   kalon,   mufti   kabi   diniy
mansablarning mavqei ancha yuqori bo’lgan.
                      Ye r   egaligi   munosabatlari.     Barcha   turkiy   xalqlarda   bo’lgani   kabi
shayboniylar   davlatida   ham   hokimiyat   masalasi,     qo’shinlarning   tuzilishi
masalalarida   odat   huquqlari   nisbatan   ustunroq   bo’lgan.   Ushbu     davlat     tashkil
topgan   dastlabki     davrda   unda   asosan   Abulxayrxon   davlatining   tuzilishi   hamda
anhanalari   saqlanib   qolindi.   Undan   tashqari   yer-mulk   masalasida   temuriylar
davlatida   shakllangan   xizmat   evaziga   yer-mulk   inhom   qilish   shakllaridan
shayboniylar davlatida ham qo’llanilgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko’ra bu
davrda   Buxoro   xonligida   yer   huquqi   masalalarida:   davlatga   qarashli   yerlar,   ushr yerlari,   xurri   xoris   yerlar,   vaqf   yerlari,   xon   va   amaldorlarga   tegishli   yerlar,
qo’chmanchi   qabila   va   urug’larga   tegishli   yerlar,   suyurg’ol   yerlari,   tanho   yerlar
hamda tarxonlik yerlari mavjud bo’lgan.
           Iqtoh atamasi  XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab garchi muomaladan
chiqib,   o’z   o’rnini   turkiycha   “suyurg’ol”   atamasiga   bo’shatib   bergan     bo’lsa-da,
shayboniylar davri ayrim manbalari va   hujjatlarida   “iqtoh”     atamasini   uchratish
mumkin.   CHunki,   iqtoh,   suyurg’ol,   tanho   atamalari   va   shu     shakldagi   yer   mulki
huquqining mazmuni bir-biriga deyarli yaqin bo’lgan. Yahni, bunday yer mulklari
davlat   oldidagi   mahlum   bir     xizmatlari   uchun   mahlum   hadya   yoki   inhom
mahnosini anglatgan.
           Suyurg’ol shayboniylar davrida ham keng qo’llanilgan bo’lib, shahzodalar,
yirik   zodagonlar   va   nufuzli   din   peshvolariga   mahlum   shart   va   imtiyozlar   asosida
berilgan   yer   mulki   bo’lib,   u   nasldan     naslga   o’tgan.   Suyurg’ol   egasi   davlatga
to’lanadigan   soliqlardan   ozod   qilingan   bo’lib,   o’z   suyurg’olidan   oladigan
daromaddan   o’z   ixtiyoricha   foydalangan.   Bunday   imtiyozli   suyurg’ol   “darubast
suyurg’ol”   deb atalgan.
                     SHaharlar, tumanlar va hatto viloyatlar   ham   alohida xizmat ko’rsatgan
shaxslarga suyurg’ol qilib berilgan. Misol uchun   XVI asrning   boshlarida Qarshi
Xudoyberdi Sultonning suyurg’ol mulki bo’lgan.
                     Davlat yerlari dehqonlarga muddatsiz merosiy foydalanishga ijara sifatida
berilgan.   Darubast   sifatida   mulk   va   yer   berish,   Abdullaxon   II   davrida   ayniqsa
rivojlanib,   u   o’zining   pirlari   Xoja   Islom   va   uning   avlodlaridan   Xoja   Saahdga
hamda boshqa  Jo’ybor  xojalariga butun-butun bosib olingan viloyatlarni  darubast
sifatida hadya qilgan. Tadqiqotchilarning fikricha,  ushbu mulk merosiy suyurg’ol
(hadya)   bo’lib,   u   barcha   soliqlardan   ozod   qilish   haqidagi   imtiyozlar   bilan   birga
vorislikka   qoldirish   huquqi   bilan   berilgan   yer   va   boshqa   mulklardan     iborat
bo’lgan.
            Jo’ybor xojalarining Buxoro, Samarqand, Nasaf (Qarshi), Marv va boshqa
viloyatlarda   katta   yer     maydonlari   bo’lib,   bu   mulklar   meros   tariqasida   avloddan
avlodga   o’tgan   va   barcha   soliqlardan   ozod   etilgan.     Xonlar   va   boshqa   yirik
amaldorlar   tomonidan   ularga     hadya     etilgan   yer   mulklaridan   tashqari     ular
Movarounnahr   va   Xurosonning   serunum   yaylovlariga,   behisob   podalarga,   katta
shaharlarda   joylashgan   o’z   hunarmandchilik   do’konlariga,   savdo   rastalariga,
tegirmonlar,   hammom   va   karvonsaroylardan     keladigan   daromadlarga   ham   ega
bo’lganlar.
                      Kattadan-katta   boyliklarga   ega   bo’lgan   Jo’ybor   shayxlari   o’z   xususiy
yerlaridan   tashqari   vaqf   yerlardan   keladigan   daromadni   ham   nazorat   qilganlar.
Xojalarning   davlat   ishlaridagi   mavqei   shunchalik   kuchli   ediki,   ular   hatto, amaldorlarni   yuqori   mansablarga   tayinlash   yoki   chetlatishda   ham   katta   tahsirga
ega bo’lganlar.
           SHayboniylar davrida yer egaligining quyidagi asosiy turlari mavjud edi:
                      1.   Mulki   sultoniy   yoki   mulki   mamlaka   (manbalarda     mamlakai   devon,
mamlakai podshohiy, zamini mamlaka, mamlakati sultoniy, mamlaka atamalarida
ham   uchraydi)   davlatga   qarashli   yerlar   bo’lib,   bu   yerlarni   sotish,   hadya   etish,
vaqfga berish faqat xonning ixtiyorida bo’lgan.
                     2. Mulki xolis yoki mulki xurri xolis-muhlum shaxslarga tegishli  bo’lib,
hukmdor   tomonidan   davlat   oldidagi   xizmatlari   uchun   berilgan   shaxsiy   yerlar
(suyurg’ol,   iqtoh,   tarxon,   tiul   va   boshq.)   Bunday   yerlar   va   ularning   egalari
daftardor tomonidan maxsus daftarga qayd etib borilgan.
                      3.   Vaqf   yerlari-hukmdor   yoki   boshqa   shahslar   tomonidan   diniy
muassasalarga   mulk   qilib   berilgan   yerlar   va   sug’orish   inshootlari.   Bunday
yerlardan   kelgan   daromadning   asosiy   qismi   mutavallilar,   qozilar   va   musulmon
dindorlariga tushgan.
           4. Qishloq  jamoalari egalik qiladigan yerlar.
                      SHayboniylar   davrida   dehqonchilikka   alohida   ehtibor   qaratilgan   bo’lib,
avvolo,   sug’orish   tizimini   tartibga   keltirish   uchun   qator   tadbirlar   amalga
oshirilgan.   Bu   jarayonda     mintaqadagi   yirik   suv   manbalari-Zarafshon,   CHirchiq,
Sirdaryo,   Amudaryo,   Vaxsh,   Murg’ob   kabi   yirik   daryolar   va     ko’plab   kichik
daryolar   hamda   ko’llar,   tog’   suvlarining   imkoniyatlaridan   keng   foydalanilgan.
SHayboniyxon   darida,   siyosiy   beqarorlik   yillarida,   Abdullaxon   II   davrida   sunhiy
sug’orish   ishlarining   ahamiyati   yo’qolmagan.   Undan     tashqari   shayboniylar
davrida   dehqonchilikning   taraqqiyotini   tahminlovchi   islohotlar   o’tkazilgan.
Xususan,   qarovsiz   va   lalmi     yerlarni   davlat     mulkiga   kiritib,   bunday   yerlarda
dehqonchilikni rivojlantirish, dehqonchilik qilishni   hohlaganlarga har tomonlama
yordam   berish,   mahlum   muddat   soliqlardan   ozod   etish,   yerdan   olinadigan
soliqlarni   yig’ishdan   mahalliy   amaldorlarning   o’z   mansablarini   suistehmol
qilishlariga yo’l qo’ymaslik uchun ham tegishli tadbirlar amalga oshirilgan.
Soliq   tizimi.     Buxoro   xonligi   devonxonasida   moliyaviy   va   soliq   ishlari
hisobi   bo’yicha   maxsus   daftarlar   mavjud   bo’lib,   ularda   turli   soliqlar,   ijara
to’lovlari, mahlum mahsulotlar savdosidan tushgan daromadlar qayd etib borilgan.
Ammo, ko’pgina sabablarga ko’ra, jumladan, xon xazinasining davlat xazinasidan
ajratilmaganligi,   ko’pchilik   amaldorlarning   o’zboshimchaligi,   to’plangan
o’lponlarni ijaraga berish, aholidan olinadigan soliqlarning to’satdan oshib ketishi
kabilar   soliq   tizimidangi   tartibsizliklarni   keltirib   chiqarar   edi.   Bunday   holatda
o’lpon   to’lovlarining   qattiq   o’rnatilgan   mehyorlari   mavjud   bo’lmasdan,   yagona
umumdavlat soliq tizimi ko’pincha buzilib turgan.

Mavzu:Shayboniylar davrida Buxoro xonligining boshkaruv tizimi markaziy va maxalliy boshkaruvi Reja: 1.Shayboniylar davri davlatchiligi Siyosiy tarixi. 2.Ma ь muriy boshkaruv. Mansab va unvonlar. 3.Xarbiy kurilish va boshkaruv.

Mahlumki, XIV asr boshlariga kelib, 1236 yilda Botuxon tomonidan asos solingan Oltin O’rda davlati ikki qismga bo’linib ketadi va uning sharqiy qimida Oq O’rda davlati tashkil topadi. Ayrim tarixiy manbalarda bu hududlar “O’zbeklar mamlakati” deb ham eslatiladi. XV asrning o’rtalariga kelib SHarqiy Dashti Qipchoq hududlarida Jo’jixonning beshinchi o’g’li SHaybon urug’idan bo’lgan Abulxayrxon ko’chmanchi o’zbeklar davlatiga asos soldi. Movarounnahrdagi o’zaro kurashlardan foydalangan Abulxayrxon Sirdaryoning o’rta oqimidagi bir qancha shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olishga erishdi. Manbalarning (Mulla SHodi, “Fathnoma”) mahlumot berishicha 864 hijriy (1459-1460 yy.) yilda Abulxayrxonning katta o’g’li SHohbudog’ vafot etadi. Undan qolgan sakkiz yoshli Muhammad va besh yoshli Mahmud uyg’ur Boyshayx ko’kaldosh tarbiyasiga beriladi. SHohbudog’ning katta o’g’li Muhammad SHohbaxt keyinchalik SHayboniylar davltiga asos soladi. Manbalarning mahlumot berishicha, Muhammad SHohbaxt SHayboniyxon istehdodli shoir va sarkarda, zamonasining o’qimishli va bilimdon kishilaridan bo’lgan. XV asrning so’nggi choragiga kelib temuriy shahzodalar o’rtasidagi toj-taxt uchun o’zaro kurashlar avj olgan edi. Ko’pgina mulklar va viloyatlar, xususan, Farg’ona, Hisor, Samarqand bilan Buxoro, Toshkent, Xorazm o’zlarini mustaqil hisoblab,ko’p hollarda bir-birlari bilan kurash olib borar edilar. SHuning uchun ham Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga bo’linib ketgan edi. SHayboniyxon esa temuriylar hukmronligiga barham berish uchun bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalanishga harakat qildi. Temuriylar o’rtasidagi sulolaviy urishlar, keyinroq esa SHayboniyxon qo’shinlarini qo’llab-quvvatlashda Toshkent mulki zodagonlari katta rol o’ynadilar. 1485 yilda Toshkent hokimiyatini mashhur diniy arbob Xo’ja Ahror yordamida Yunusxon egallagan bo’lsa, uning vafotidan so’ng o’g’li Mahmudxon(1487-1503yy) Toshkent taxtini egallaydi. Mahmudxon temuriylarga qarshi kurashda SHayboniyxon ittifoqini umid qilgan bo’lsa-da, niyatiga yeta olmadi. 1494 yilda Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzo vafot etgach, temuriylar o’rtasidagi nizolar yanada kuchayib ketdi. Bundan foydalangan SHayboniyxon 1497 va 1499 yillarda Samarqandga hujum uyushtirib, uni ikki marta qamal qildi. 1500 yilda Andijon hokimi Bobur Mirzo Samarqandga yurish qildi. Ammo, SHayboniyxon undan oldinroq harakat qilib Samarqandni qamal qildi hamda shahar hokimi Sulton Ali bilan kelishib, Samarqandni egalladi. Boburning Samarqandni egallash borasidagi harakatlari zoe ketdi. Bunga qadar SHayboniyxon Buxoroni ham qo’lga kiritgan edi. SHundan so’ng SHayboniyxon 1503 yil bahorida asosiy qo’shinlari bilan Toshkent hokimi Mahmudxon va Farg’ona hokimi Ahmadxonlarga qarshi yurish qilib Toshkent viloyatidagi SHohruhiya va boshqa ko’pgina qalhalarni bosib olishga erishadi. Farg’onadagi

Arxian qalhasi yonida bo’lgan shafqatsiz jangda Maxmudxon halok bo’ladi va Toshkentda qoldirilgan uning o’g’li Muhammad Sulton SHayboniyxon qo’shinlari yaqinlashishi bilan Toshkentdan qochib ketadi. Toshkentga mustahkam o’rnashib olgan SHayboniyxon qo’shinlarining katta qismi uning ukasi Mahmud Sulton boshchiligida Xorazmga yurish boshladilar. Kat va Buldumsoz qalhalarini egallagan Mahmud Sulton bu hududlardagi bir qism aholini majburan Buxoroga ko’chirishga buyruq beradi. 1505 yilda o’n oylik qamaldan so’ng ko’chmanchi o’zbeklar Urganch shahrini egallaydilar. SHayboniyxonning o’zi katta qo’shni bilan 1504 yilda Hisor viloyatiga yurish qildi. Bu paytdagi Hisor viloyatining hokimi Xusravshoh ancha katta harbiy kuchga ega bo’lsa-da, SHayboniyxonga jiddiy qarshilik ko’rsata olmadi. Buning natijasida Hisor viloyati barcha tog’li tumanlari bilan birga SHayboniyxon ixtiyoriga o’tdi va Qunduz, Tolqon, Badahshon hamda Balx ishg’ol etildi. SHaybonixonning markazlashgan davlat tuzish yo’lidagi raqiblaridan biri Dashti Qipchoqdagi qozoq sultonlari edi. XVI asrning boshlarida qozoq sultonlari SHayboniyxonning janubga qilgan harbiy yurishlaridan foydalanib Movarounnahrga bir necha marta bosqinchilik urushlari uyushtiradilar, Buxoro va Samarqandni talon-taroj qilib, aholini asir qilib olib ketadilar. 1509 yilda SHayboniyxon qozoq sultonlari Jonish Sulton, Burunduqxon va Qosim Sultonlarga qattiq zarbalar berib, buning natijasida Sig’noq, Yassi, Savron shaharlarini qo’lga kiritadi hamda Turkistondagi Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasini tahmirlashga buyruq beradi. SHayboniyxon 1509 yilning yozida Marvni egallashga muvaffaq bo’ldi. Uning bu davrga qadar bo’lgan yurishlari natijasida Dashti Qipchoq, Xorazm, Movarounnahr va Xurosonning katta qismi SHayboniylar qo’l ostida birlashtirildi. Marv shahrini egallagan SHayboniyxon Eronning kichik viloyatlariga yurish qiladi hamda Mashhad va Tus shaharlarini egallab, ulardagi muqaddas joylarni ziyorat qilib, bahzi mehmoriy inshootlarni tahmirlashga buyruq beradi. Mashhad va Tus shaharlarini egallagan SHayboniyxon Erondogi SHoh Ismoil asos solgan Safaviylar davlatiga xavf soladi. 1510 yilda Erondan orqaga qaygan SHayboniyxon uning izidan katta kuch bilan yetib kelgan Eron shohi Ismoil Safaviy qo’shinlari bilan jangga kirishdi. Marv yaqinida bo’lib o’tgan bu jangda SHayboniyxonning kam sonli qo’shinlari 1 mag’lubiyatga uchradi hamda zamondoshlari tomonidan “Xalifa ur-Rahmon va Imom az-Zamon” deb ulug’langan Muhammad SHohbaxt SHayboniyxon bu jangda halok bo’ldi. 1 .

Marv yaqinidagi g’alabadan so’ng SHoh Ismoil SHayboniylarga qarshi kurashda temuriy shahzoda Zahiriddin Bobur bilan ittifoqchilikni taklif etdi. Undan tashqari, SHayboniyxon o’limidan keyinoq o’zbek sultonlari orasida boshlangan kelishmovchiliklar davlatni zaiflashuviga olib keldi hamda shayboniylar keyingi janglarda mag’lubiyatga uchray boshladilar. Natijada Huroson va Xorazm qo’ldan boy berildi. Bobur 1511 yilda SHoh Ismoil qo’shinlari yordamida shayboniylar qo’l ostidagi Hisor, Ko’lob, Qunduz, Badaxshon va Qarshi yerlarini egallab, Samarqandni ham uchinchi marta qo’lga kiritdi. Movarounnahrni butunlay qo’lga kiritish niyatida bo’lgan Boburga Safaviylarning tajribali sarkardasi Najmiddan Soniy boshchiligidagi 12 ming qo’shini kelib qo’shildi. Boburning ittifoqchilari, shia mazhabidagi eroniy qizilboshlilarning 2 talon- tarojlari (ayniqsa, Samarqand va Qarshi shaharlarida) tufayli mahalliy aholi Boburni qo’llab-quvvatlamadi. Bobur va eroniylarning birlashgan qo’shinlari bilan SHayboniylar o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1512 yilning noyabrida G’ijduvon yaqinida bo’lib o’tadi. Mazkur jangda SHayboniyxonning jiyani, Sulton Mahmudning o’g’li Ubaydulla Sulton tomonidan ittifoqchilar qo’shnini tor-mor etildi. Bu mag’lubiyatdan so’ng Bobur Movarounnahrdan butunlay chiqib ketdi va Qobul hamda uning atroflarida o’z hukmronligini to’la mustahkamladi. 1526 yilning boshida Bobur Hindistonga yurish boshladi va u yerdagi Ibrohim Lo’diyning qo’shinlarini to’la tor-mor keltirib, yangi saltanat-Boburiylar saltanatiga asos soldi. Bu saltanat Hindistonda 332 yil (1526-1858 yy) hukmronlik qildi. Muhammad SHayboniyxonning vafotidan so’ng davlatdagi markaziy hokimiyat anchagina zaiflashdi. Beklar (amirlar) va sultonlarning ko’pchiligi SHayboniyxondan keyingi bir nechta xonlarga nomigagina bo’ysundilar. SHayboniyxon vafotidan so’ng uning jiyani Sulton Mahmudning o’g’li Kuchkunchixon (1510-1530 yy.) taxtga o’tirdi. Aynan Kuchkunchixon davrida sultonlarning mustaqilligi kuchaya borib, ular orasida Buxoro mulki hukmdori Ubaydulla Sultonning obruyi ancha baland edi. Kuchkunchixondan keyingi hukmdor Abu Sahid (1530-1533 yy.) ning qiska hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar o’rtasidagi nizolar yanada kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo’lib ajralib chiqdi va Turkiston yerlari parchalana boshladi. O’zaro urushlarga birmuncha barham berishga erishgan Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo’lgan bo’lsa, 1533 yildan butun markazlashgan o’zbek davlatining oliy hukmdori etib saylanadi. Ubaydullaxon paytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko’chiradi. O’sha paytda Samarqand hukmdori bo’lgan 2

Kuchkunchixonning o’g’li Abdulla Sulton ham Ubaydullaxon hokimiyatini tan olishga majbur bo’ldi. XVI asrning 40-yilariga kelib yirik zadagonlar va sulolalar o’rtasida Movarounnahrning poytaxt shaharlari va mulklari uchun o’zaro kurashlar yana avj oldi. Hukmdor xonadoni vakillari o’rtasida ayniqsa Buxoro va Samarqand uchun kurash kuchaydi. Bu davrda Samarqandda Kuchkunchixonning uchinchi o’g’li Abdullatifxon (1541-1552 yy.) Buxoroda esa Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxon (1540-1550 yy.) hukmronlik qilib har ikkalasi ham o’zini rasmiy xon deb hisoblar edi. O’zaro hamda sulolaviy kurashlar davom etayotgan bir sharoitda SHayboniyxonning nabirasi Muhammad Yorsulton bir necha oy taxtni boshqarganidan so’ng amaldagi hokimiyat Baroqxon (Navro’z Ahmadxon, 1551- 1556 yy.) qo’liga o’tdi. Toshkent va Sirdaryo bo’yidagi shaharlar hukmdori bo’lgan Navro’z Ahmadxon Buxoroda o’z hokimiyatini tan oldirish uchun Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlariga bir necha marta yurishlar qilib turdi. 1556 yilda Navro’z Ahmadxon vafot etgach Balx hukmdori Pirmuhammadxon (1556-1561 yy.) Buxoro taxtiga o’tiradi. SHunga qaramasdan 1556 yilda Axsi va Andijon mulki hukmdorlari Buxoroni egallashga harakat qilib ko’rdilar. Ammo, o’sha paytda juda katta nufuzga ega bo’lgan jo’ybor shayxi Xo’ja Islom tomonidan qo’llab quvvatlangan shayboniy Iskandar Sultonning o’g’li Abdulla Sulton bunga yo’l qo’ymadi. Pirmuxammadxon Balxda qolib taxtni boshqarayotgan, uning nomiga xutba o’qitilib, tangalar zarb etilayotgan bo’lsada, 1557 yildan Buxoroda Abdulla Sulton hukmronlik qila boshlaydi. Mustaqil mulklar va yirik zadagonlarning o’zaro urushlaridan ularning o’zlariga qarshi foydalangan Abdullaxon II asta-sekinlik balan Movarounnahr va Xuroson yerlarini o’z hokimiyati ostiga birlashtira boshladi. Uning bu harakatlarini jo’ybor shayxlari Xo’ja Islom hamda uning o’g’li Xo’ja Sahdlar faol qo’llab-quvvatlab turdilar. 1561 yilda Abdullaxon II Pirmuxammad bilan aloqalarni uzdi va otasi Iskandar Sultonni (1561-1583 yy.) xon deb ehlon qildi. Iskandar Sulton nomigagina xon bo’lib, mamlakatni boshqaruv ishlariga deyarli aralashmas, hokimiyat amalda Abdullaxon II qo’lida edi. 1583 yilda Iskandar Sulton vafot etgach Abdullaxon II rasmiy xon deb ehlon etildi. SHayboniy hukimdorlari orasida Abdullaxon II o’zining qathiyatliligi, yaxshi siyosatchi va sarkardalik qobiliyati bilan ajralib turadi. U markazlashgan shayboniylar davlatini tiklash maqsadida bebosh va o’zlarini mustaqil hisoblaydigan amirlar, sultonlar, mulklar hukmdorlari bilan tinimsiz kurash olib borishga majbur bo’ldi. Tinimsiz urushlar natijasida 1573 yilda Farg’ona, 1574 yilda SHahrisabz Qarshi, Hisor viloyatlari, 1578 yilda Samarqand, 1582 yilda