logo

Statistik modellashtirishning elementlari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

91.5439453125 KB
Mavzu: Statistik modellashtirishning elementlari
Reja:
1. Iqtisodiy-statistik modellashtirishning qo‘llanilishi.
2. Statistik va ekonometrik modellashtirish
3. Sotsiologiyada simulyatsiya simulyatsiyasi 1.Iqtisodiy-statistik modellashtirishning qo‘llanilishi.
             Iqtisodiy jarayonlarni  vaqt davomida o‘zgarishini  o‘rganish muhim  ahamiyatga
ega.   Chunki   barcha   iqtisodiy   jarayonlar   va   hodisalar   vaqt   davomida   o‘zgaruvchan
bo‘ladi.   Iqtisodiyotda   barcha   iqtisodiy   jarayonlarni   iqtisodiy-statistik   modellar   orqali
o‘rganish   natijasida  u  yoki  bu  iqtisodiy  ko‘rsatkichning  hozirgi   holati   va  kelajakdagi
o‘zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy-statistik   modellashtirish   usuli   -   bozor   iqtisodiyoti   sub’ektlarining
iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni  takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan
biridir.
Iqtisodiy-statistik   modellashtirish   iqtisodiy   ko‘rsatkichlar   va   ishlab   chiqarish
omillari   o‘rtasidagi   aloqalar   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   stoxastik   bo‘lgan   asosga   tayanadi.
Iqtisodiy   sub’ektlar   faoliyatini   statistik   modellashtirish   zamon   va   makonda   ularning
rivojlanish jarayonini o‘rganishda asosiy o‘rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish
tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir.
Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning
butun   aloqadorligini   qamrab   olishga   qodir   emas.   Shunga   ko‘ra,   iqtisodiy   tahlil   va
iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo‘llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud
bo‘ladi. Odatda, iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo‘llash samaradorligining asosiy
shartlaridan biri uning real ko‘rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi.
Iqtisodiy-statistik   modellashtirishni   noaniq   bo‘lishligining   sabablari   quyidagi
hollarda sodir bo‘lishi mumkin:
1.   Axborotli   –   axborotning   xatoligi ,   uning   ko‘rsatkichlari,   omillar   va   ob’ektlar
majmuining noaniqligi.
2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi.
3.   Modelli   –   ko‘rsatkichlar   va   dalillar   o‘rtasida   bog‘lanish   shakllaridan   noto‘g‘ri
foydalanish.
Iqtisodiy-statistik   kuzatuvlar   olib   borilganda ,   texnik-iqtisodiy   ko‘rsatkichlar
ko‘rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch kelamiz.   Shu nuqtai nazardan ,
ishlab   chiqarishga   -   kirish   axborotini ,   chiqish   axborotiga   o‘zgartirgich   sifatida
qaraladi.
Korxona faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan barcha ko‘rsatkichlarni quyidagi
3 ta guruhga bo‘lish mumkin: a)   kiritiladigan   ma’lumot   –   moddiy   resurslar   xarajatining   ko‘lami   va   tarkibi
(xomashyo,   asosiy fondlar , ishchi kuchi va boshqalar);
b)   ishlab   chiqarish   jarayonida   resurslardan   foydalanish   sharoiti   (ishlab
chiqarishning   texnologik sharoiti , tabiiy sharoiti va boshqalar);
c)   chiqish   ma’lumotlari   –   ishlab   chiqarish   natijalari   (tayyor   mahsulot   hajmi ,   uning
tarkibi , sifati va boshqalar).
Bir tomondan chiqish ko‘rsatkichlari bilan ikkinchi tomondan barcha qolganlari
o‘rtasida   kiritiladigan   ko‘rsatkichlar   ta’siri   hamda   chiqish   ma’lumotlarida   ishlab
chiqarish   ehtiyojlari   sharoitini   o‘zida   mujassamlashtirgan   qandaydir   qonuniy   aloqa
mavjud. Bunday aloqa modeliga ega bo‘lgach, iqtisodiy xarakterdagi hisob-kitoblarni
olib borish hamda chiqish ma’lumotlarini boshqarish mumkin.
Iqtisodiy-statistik   modellarning   tasnifi
Modellar   vazifasidan   amalda   rejali-iqtisodiy   foydalanish   tushunchasi   kompleks
tushunchaga   ega.   U   o‘zida   model   tuzishning   funktsional   maqsadini,   model
mo‘ljallangan  korxonaning ma’muriy-xo‘jalik  saviyasini,  undan  foydalanishdagi   vaqt
oralig‘ini   o‘zida   mujassamlashtirgan   bo‘lishi   lozim.   Yuqoridagi   tushuncha   asosida
model   vazifasidan   foydalanish   modeldan   aniq   talablar   xarakteristikasini   talab   etadi.
Bunday xarakteristikalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
a) modellashtirish uchun mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar to‘plami; b) modellashtirish uchun tadqiqotlar ko‘lami va ob’ekt   rivojlanish darajasi ;
v) iqtisodiy jarayonlar dinamikasining hisobot darajasi;
g) o‘zgaruvchan modellarning xarakteri va to‘plami;
d) modelning umumiylik darajasi.
Modellashtirilayotgan   iqtisodiy   ko‘rsatkichlar   turi   bo‘yicha   resurslarni
mahsulotga   (ishlab   chiqarish   hajmi)   aylantiruvchi   intensiv   oqimlari   ko‘rsatkichi
modeli   bilan   turli   umumiylik   darajasi   (materiallar   harajatining   salmog‘i,   tannarx,
rentabellik,   mehnat   xarajatlari   va   boshqalar)   o‘zgartiruvchi   samaradorlik   darajasi
ko‘rsatkichlari modeli o‘rtasidagi farqni ajrata bilish kerak.
Birinchi   xildagi   ko‘rsatkichlarni   hohlagan   darajadagi   sanoat   ob’ektlari   uchun
modellashtirish   mumkin.   Ishlab   chiqarish   samaradorligi   ko‘rsatkichidan   esa   odatda ,
quyi   darajadagi   sanoat   ishlab   chiqarish   tizimi   uchun   shaxsiy   ko‘rsatkichlar
modellashtiriladi.   Mana   shu   tasnif   qilingan   alomatlarga   ko‘ra,   bir   ko‘rsatkich
modelidan ko‘rsatkichlar vektori shakllanish jarayonini tavsiflanayotgan modelni farq
qilish lozim.
Tadqiqotlar ko‘lamiga ko‘ra, ikki xildagi modellarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1.  Korxona ichidagi.  
2. Korxonalararo tahlil va rejalashtirish modellari. Birinchi   turdagi   modellar   ayrim   korxonalar   doirasida   foydalanish   uchun
mo‘ljallangan. Ikkinchi turdagi modellar esa, bir guruhdagi sanoat ob’ektlari bo‘yicha
tahlil   va   qarorlar   qabul   qilish   uchun   mo‘ljallangan.   Bunday   taqsimlanish   qisman
ob’ekt darajasini modellashtirish bilan mos keladi.
Iqtisodiy   jarayonlar   dinamikasini   aks   ettirish   mohiyatiga   ko‘ra,   statik   va   dinamik
modellar mavjud.
Statik   modellar   o‘zida   vaqtning   ayrim,   qayd   qilingan   oralig‘ini   qamrab   oladi.
Dinamik   model   vaqtning   izchil   oraliq   tizimi   holatini   aks   ettiradi.   O‘zgaruvchan
xarakterga   ko‘ra,   boshlang‘ich   iqtisodiy   ishlab   chiqarish   omillari   yoki   aralash
omillarni o‘z ichiga olgan modellarni ko‘rsatish mumkin.
Ishlab   chiqarishning   boshlang‘ich   omillari   deganda ,   keyinchalik   taqsimlab
bo‘lmaydigan oddiy omillar, masalan, resurslar harajati - jonli mehnat, vosita, mehnat
qurollari tushuniladi.   Modelning tuzilishiga qarab , ularni modelga turli o‘lchov birligi
(natural, qiymat) va turli aniqlik darajasi bilan kiritish mumkin.  Bunday holda ularning
boshlang‘ich xarakteri saqlanadi.
Quyidagi   modellar   turi   boshlang‘ich   va   ishlab   chiqarish   omillarining   turli
kombinatsiyalarini beradi:
a)   ishlab   chiqarish   natijalarining   boshlang‘ich   resurslar   xarajati   darajasi   va   tarkibiga
hamda   ishlab   chiqarish   ehtiyojlari   sharoitiga   bog‘liqligini   xarakterlaydigan   to‘liq
modellar;
b)   ishlab   chiqarish   ehtiyojlari   sharoiti   ob’ektlari   guruhi   yoki   vaqt   bo‘yicha   barqaror
hisoblangan paytlarda qo‘llaniladigan «vazifalar - mahsulot ishlab chiqarish» modeli;
c)   ishlab   chiqarish   texnik-iqtisodiy   ko‘rsatkichlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   va   boshlang‘ich
ishlab chiqarish omillari bilan aloqalarini xarakterlovchi turli xil modellar.
Modellar   o‘zgaruvchanligiga   ko‘ra,   umumiy   va   xususiy   modellarga   bo‘linadi.
Umumiy model o‘lchanadigan alomatlarning barchasini hamda o‘rganilayotgan ishlab
chiqarish   jarayonining   bir   tomonini,   masalan,   tabiiy   sharoit   belgilarini   qisman   o‘z
ichiga oladi. Alomatlarning barchasini o‘z ichiga olgan model bilan xususiy (masalan,
faqat   tabiiy   sharoit   omillari)   modelni   taqqoslab ,   ishlab   chiqarish   tabiiy   iqlim
omillarining   ta’siri   qaysi   vaqtda   ko‘proq,   qaysi   vaqtda   kamroq   bo‘lishini   aniqlash
mumkin. Umumiylik   darajasi   bo‘yicha   iqtisodiy   ko‘rsatkichlar   avtonom   tizimidagi   farqlarni
ajrata   bilish   lozim.   Birinchi   xil   modellar   mustaqil   foydalanish,   ikkinchi   xil   modellar
esa   qandaydir   tizimdagi   modellarning   organik   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   va   ularni
qo‘llash xarakterini aniqlaydi.
Tasniflashning   mana   shu   turiga   modellarning   bir   sathli,   pog‘onali   va   ko‘p   sathli
bo‘linishi ham kiradi. Ayrim hollarda ishlab chiqarish boshlang‘ich omillarining katta
sonlarni   hisobga   olish   va   xususiy   texnik-iqtisodiy   ko‘rsatkichlar   orqali   ularni
samaradorlikning umumiy sintetik ko‘rsatkichlariga ta’sirini tekshirish xususiyati bilan
ikkinchi sxema ustun turadi.
Pog‘onali,   ko‘p   sathli   modellar   faqat   turli   darajadagi   iqtisodiy   aloqalarni   aks   ettirish
uchun   tuzilmay ,   balki   turli   davrlarga   mansub   bo‘lgan   iqtisodiy   ko‘rsatkichlarni
modellashtirish yo‘li bilan aniqlash uchun ham tuziladi.
Modellarni   tuzilishi   bo‘yicha   tasniflash   jarayonini   modellar   yordamida   ifodalash   va
boshlang‘ich   axborotdan   foydalanish   xarakteri   alomati   bo‘yicha   tasniflashdan   iborat.
Birinchi   xil   alomat   (belgi)   bo‘yicha   ikki   xil   statistik   modellarni   ko‘rsatish   mumkin.
Ular prognozlarni tavsiflash va tushuntirish modellaridir.
Tavsiflash   modellari   -   o‘zgaruvchan   o‘zaro   aloqalarni   eng   yaxshi   tarzda
tavsiflaydigan   regressiyalarni   tenglashtirish   modeli   hisoblanadi.   Bunday   hollarda
modellar   parametri   mazmundor   ma’noga   ega   bo‘lmaydi.   Mazkur   parametrlar
qiymatini   belgilashda   approksimatsiya,   ya’ni   tavsiflanayotgan   o‘zgaruvchan   kirish
bilan tavsiflanayotgan chiqish o‘rtasidagi statistik muvofiqlik barqarorlik vazifalari hal
etiladi.
Tavsiflash   modellarini   tuzish   paytida   ko‘pincha   belgilangan   muddatdagi   iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning aralashma faktlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda ko‘rsatkichlar
harakatidagi   ketma-ketlik   va   aloqalar   mavjudligi   to‘g‘risidagi   statistik   ma’lumotlar
tadqiqotchilarni qiziqtiradi.
Ko‘pincha   tavsiflash   modellarini   tuzish   vaqtida   iqtisodiy   ko‘rsatkichlarning   aralash
faktlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda tadqiqotchilarni dalil sifatida tanlab olingan
ko‘rsatkichlar funksiyalarning o‘zgarishiga sabab bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi
statistik   dalil   qiziqtiradi.   Tushuntirish   -   prognozlash   modelining   nomi,   uning   milliy
iqtisodiyotda   qanday   rol   tutishini   aniq   tushuntiradi.   Ular   belgilangan   faktlar   majmui ,
gipotezalar  o‘rtasidagi   muvofiqlikni  aniqlaydi.  Bunday  omillar   -  dalillarni   taqqoslash
asosida   prognozlashtirilayotgan   ko‘rsatkich   shakllanish   mexanizmini   o‘rganish,   ya’ni
sanoat ob’ekti rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash masalasi turadi. Tushuntirish   -   prognozlash   modeli   parametrlarini   baholashda   aynan   tenglashtirish
masalasi hal qilinadi. Masalaning mohiyati qandaydir to‘g‘ri keladigan statistik usullar
yordamida   chuqur   ma’noli   farazlar   asosida   tuzilgan   tenglamalarning   noma’lum
parametrlarini   qidirib   topishdan   iborat.   Binobarin,   identifikatsiya   masalalarining
approksimatsiya masalalaridan farqi shundaki, unda oldindan o‘zgaruvchan bog‘lanish
tarkibi berilgan bo‘ladi.
EKONOMETRIKAning predmeti   – bu iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning o‘zaro
bog‘lanishini   miqdoriy   jihatdan   ifodalashni   o‘rganishdan   iborat.   Ushbu   termin   ikkita
so‘z “EKONOMIKA” va “METRIKA” so‘zlarining yig‘indisidan hosil bo‘lgan. Grek
tilidan   tarjima   qilinganda   OIKONOMOS   (ekonomist)–   bu   uy   boshqaruvchisi,
METRIKA (metrihe, metron) – o‘lchov ma’nolarini bildiradi . 
Ekonometrikaning   maqsadi -   bu   real   iqtisodiy   ob’ektlarni   modellashtirish   va
miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat. Ekonometrikaning
vazifalari:  1)  Modelni  spetsifikatsiya qilish - empirik tahlil  uchun ekonometrik
modellarni tuzish. 2) Modelni parametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini
baholash.   3)   Modelni   verifikatsiya   qilish   -   model   parametrlari   sifatini   va
modelning   o‘zini   tekshirish.   4)   Model   asosida   prognoz   qilish   -   ekonometrik
modellashtirish   natijalari   bo‘yicha   aniq   iqtisodiy   hodisalar   uchun   prognozlar
tuzish va takliflar ishlab chiqish.  3. Sotsiologiyada simulyatsiya simulyatsiyasi
Simulyakrlar   va   Simulyatsiya“   ( frans.   Simulacres   et   Simulation)   —   fransuz   sotsiologi   va   faylasufi   Jan
Bodriyarning   1980-yilda   yozilgan   asari   bo lib,   unda   Bodriyarʻ   reallik ,   timsollar   va   jamiyat   orasidagi   o zaro	ʻ
munosabatlarni   tahlil   qiladi.   Asar   18   bobdan   iborat   bo lib,   ularning   har   biri   mustaqil   ijodiy   ish   sifatida	
ʻ
ko rilishi mumkin. Asarning epigrafi sifatida quyidagi ibora keltirilgan:	
ʻ
„ Simulyakr   —   bu   o zida   haqiqatni   yashirib   yotuvchi   narsa   emas,	
ʻ   —   bu   haqiqat
yo qligini yashiruvchi haqiqatdir. Simulyakr	
ʻ   — haqiqatdir.“
Ekkleziast
Asar   boshida   Bodriyar   Xorxe   Luis   Borxesning   „Fandagi   aniqlik   to g risida“   hikoyasi	
ʻ ʻ
syujeti   yordamida   bir   o xshatish	
ʻ   keltiradi.   Bu   o xshatishga   ko ra,   bir   buyuk	ʻ ʻ
imperiyada xaritashunoslar ulkan, favqulodda aniq hamda o z imperiyalari chegaralari	
ʻ
bilan tutashib ketuvchi xarita yaratadi. Imperiyaning boshqa hududlarni egallashi yoki
boy   berishi   bilan   xarita   ham   kengayib,   torayib   turar   edi.   Imperiya   parokandalikka
uchragandan keyin esa, aynan shu xarita imperiyadan yagona meros bo lib qoldi	
ʻ
3.SOTSIOLOGIYANING STRUKTURASI
  Struktura   bu   fandagi   asosiy   elementlar   ularning   joylashishi,   munosabati   va   tartibidir.
Struktura   bevosita   fanning   rivojlanish   darajasn   va   uning   elementlariga   bog‗liqdir.
Fanning   rivojlanib   borishi   davrida   uniig   elementlari   bir   tizimga   tushlanib,   bu   sistema
orqali  esa bilimlarni  tashkil  qilish vositaligi ta'inlanadi. Buning natijasida esa nazarny,
metodologik, metodik va boshqa elementlar o‗rganilayotgan voqelikni (reallikni) yaxlit
18   ko‗rinishda   aks   ettiradilar.   Fan   bir   tizim   sifatida,   qachonki   umumiy   asoslar,
kategoriya   va   tushunchalarni   ishlab   chiqgandagina   va   bilishning   har   hil   darajalari   va shakllari   orasida   mantiqiy   bog‗lanish   bulsagina   yuzaga   kelishi   mumkin.   Bu   holatda
fanning   turli   hil   rivojlanish   yunalishlari   bilimning   shakllangan   tizimi   bilan
muvofiqlashadi.  Agarda sotsiologiya haqida gapiradigan bulsak,  u hali  stuk birlashgan
ilmiy tizimi sifatida shakllangani yo‗q yosh va rivojlanayotgan fan sifatida sotsiologiya
har-hil   ilmiy   tizimlariing   tupllami   sifatida   kuzga   tashlanyapti.   Sotsiologiyaning
strukturasini   xar   xil   taxlil   qilish   mumkin.   Ayniqsa,   bu   strukturani   aniqlash   nazariy
sotsiologiya, metodologiya va empirik tadqiqotni ajratib olishlik bilan kupincha yuzaga
keladi.   Lekin   bu   sotsiologiyaning   komponentlarini   ajratib   olish   umumiyroq   ma'noga
ega,   natijada   esa   fanning   murakkab   va   har   hil   kurinishga   zga   bulgan   strukturasining
mazmuni   kashf   etilmaydi.   Shuning   uchun   tularoq   va   har   tomondama   hususiyatga   ega
bulish   bilangina   sotsiologiyani   strukturasini   kursatib   berish   lozim.   Sotsiologiya
strukturasida   fundamental   va   amaliy   yunalishlarni,   nazarny   va   empirik   tadqiqotlarni,
mahsus   va   tarmoq   sohalarni   ajratib   kursatish   darkor.   Ular   bir-birlari   bilan   juda
murakkab o‗zaro dialektik aloqodorlar. Ayrim hollarda bir-birlariga qo‗shilib ketadilar,
boshqa holatlarda esa bir-birlarinn inkor qiladilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran bo‗lishligi
uchun   sotsiologiya   strukturasini   bu   elementlarini   alohida   tahlil   qilib   chiqshga   harakat
qilamiz.   Fundamental   sotsiologiya   boshka   elementlardan   uzinig   hal   qilayotgan
muammolarining   darajasi,   iqlami   va   ahamiyati   bilan   farq   qiladi.   Fundamental
sotsiologiya mohiyatidan muammolar, abstraktsiyannng (mavqumlik) oliy darajasi bilan
shug‗ullanib, sotsial olamning taraqiyoti va borliga uchun zarur bulgan umumiy qonun
va   qonuniyatlari   izlash   bilan   faoliyat   kursatadi.   Fundamental   sotsiologiya   minglab
maktablar   va   yo‗nalishlarga   egadirki,   ular   sotsiologiya   fanining   asosini   ijodiy   izlash
bilan banddir. Fanning asosini ijodiy ishlashning uchta asosiy aspektini ajratib kursatish
mumkin.   Birinchisi,   ontologik,   ya'ni   sotsial   voqelikni   mohiyati   masalalarini   yanada
aniqrok   aytadigan   bulsak   sotsiologiya   ob'ektini,   uning   faoliyat   kursatish   shakllarini
taxlil   qilib   urganadi.   Ma'lumki,   sotsial   dunyo   murakkab   ko‗p   qatlamlik,   dinamik   va
o‗zgaruvchanlik   hususiyatiga   egadir.   Ontologiya   borlik   hakidagi   ta'limot   sifatida
falsafada   vujudga   keladi   va   ushbu   fanning   bosh   mavzusi   hisoblanadi.   Sotsiologiyada
esa   ontologiya   masalalari   ikkinchi   jaxon   urushidan   keyin,   yanada   keng   qulamda   esa
oxirgi o‗n yillikda kutarildi. Chunki bu vaqtda «pozitivistak» krizis degan jarayon keng
kuloch   yozgan   19   edi.   Bu   krizis   jarayonining   asosiy   mohiyati   shundan   iborat   ediki,
stsienistiklikka   asoslangan   sotsiologiya   natijalaridan   ranjish,   ya'ni   tradntsion   ilmiy
metodlar kutilgan ilmiy natijalar bermay qo‗ydi. Nafaqat bilishniig shakl va metodlarini
kayta   kurib   chiqish   ehtiyoji   paydo   buldi   va   yana   sotsiologiyaning   ob'ektini   mohiyati,
bilishning   darajalari   va   mezonlarini   ham   qayta   ishlash   zaruriyati   tug‗ildi.   Ontologik
muammo   masalalarini   sotsiologiyadagi   barcha   nazariy   yunalish   vakillari   uzlaricha   hal
qilishga   harakat   qilganlar.   Ayniqsa,   sotsiologik   muammoga   ekzistentsial   va
fenomenologik   maktablar   chuqur   e'tibor   bilai   qaraydilar.   Lekin   realistik   yunalish
vakillari   qdomadan   ham   bu   muamoga   kengroq   e'tibor   beradilar.   Realizm—bu   sotom fikrli   ongologiyadir,   deb   ta'kidlaydi,   ushbu   yo‗nalish   vakillaridan   biri   u.   Autveyt.
Sotsial   reallik   insonlarning   mustahkam   uzaro   harakati   yangilanayotgan   strukturaning
natijasi   sifatida   tushuniladigan   sinflar,   jarayonlar   va   interpretatsiyadir.   Realistik
yunalish   reallikni   har   hil   darajasi,   tabaqasini   ajratib   tahlil   qildiki,   bular   shunday
jabhalardir   real,   aktual   va   empiriklikdir.   Bu   intilishlar   esa   metodologik   munosabat
sifatida juda muhimdir. Reallikiing ushbu jabqdoari orasidagi o‗zaro borlig‗lik ularning
sotsial   voqelikni   shakllantirishdagi   urni   va   ahamiyatining   tashkil   etilishi   ushbu
yunalishning   behiyos   xizmatidir.   Fundamental   sotsiologiya   nafaqat   nazariy   asoslarni
ishlab  chiqish   bilan  shug‗ullanadi,  binobarin  bilishning  umumsotsiologik   fundamental
printsnplarini   ham   keng   ma'noda   ishlab   chiqadi.   Sotsiologik   bilishning   mohiyati
vazifalari, bilimlarning ob'ektivligi, u yoki bu printsish va yondoshishlarni qullash ham
fundamental   sotsiologiya   muammolari   majmuasiga   taalluqlidir.   Har   hil   nazariyalar
negizida «sistemalilik», «funktsional yondoshish», «sababiyat», «tushunuvchi» yunalish
deb   ataladigan   fundamental   printsiplar   ishlab   chiqildi.   Sotsial   reallik   mohiyatining
masalalarini   yo‗q   qilish   bilan   birgalikda,   taraqqiyot   qonunlari   va   insonning   sotsial
dunyodagi  o‗rni  muammolari  echimini   topish  sababli   ma'lum   bir   sotsiologik  metodlar
shakllanadi.   Sotsiologiyaning   rivojlanishi   davrida   o‗rganilayotgan   muammolar,
tadqiqot   yo‗nalishlari   o‗zgardi,   lekin   asosiy,   fundamental   harakterga   ega   bo‗lgan   fan
uchun   juda   muhim   ahamiyatga   doir   umumiy   printsiplar:   sotsiologiyaning   ob'ekti   va
predmeti,   sotsial   reaklliqning   moqiyati,   uning   rivojlanish   kokunlari,   sotsial   olamdagi
insonning   ahamiyati   va   o‗rni,   uning   ongi   va   tafakkuri   kabilar   o‗z   ahamiyatini
yo‗qotmadi.   20   Fundamental   sotsiologiyaning   maqsadi   —   bu   sotsial   olamning   to‗liq
tasvirini yaratashdir va bu sotsial olamning taraqqiyot manbai va shakllarini aniqlashdir.
Ilk bor fundamental nazariyalar tabiiy fanlar taraqqiyotiga tayangan, ayniqsa biologiya
va   fizikaga.   Sotsiologiya   fanining   asoschilari   huddi   shu   fanlarning   eksperimental   va
empirik negizga o‗hshagan negiz asosida yangi sotsial fanni yaratishmokchi bo‗ldilar.
XIX asrning ikkinchi yarmidagi  yo‗nalishlar  —pozitivizm, naturalizm  va psixologizm
sotsial   hayotning   doimiy   harakatlanuvchi   mexanizmini   kashf   etish,   sotsiologiyada
empirik   metodni   yaratish   uchun   o‗z   kuch-g‗ayratlarini   birlashtiradilar.   Buning
natijasida   ular   tabiiy   fanlarning   tushunchalarini,   umumilmiy   metod   va   yunalishlarini
qullaydilar.  Ammo   XX   asrning   boshlarida   sotsiologiya   tabiiy   fanlar   tizimidan   ajralib
chiqa   boshlaydi.   Sotsial   voqelikning   pozitivistik   ruhidagi   kurinishi   urniga
strukturfunktsional,   empirik   kurinishlari   xuddi.   Bu   yunalishlar   sotsiologiyaning   uz
asosini,   mustaqilligini   izlashga   katta   ta'sir   kursatdi.   Ammo   empirizm   nafaqat
fundamental   nazariya   ahamiyatini,   balki   nazariyani   o‗zini   ham   butkul   inkor   qila
boshladi.   Buning   natijasida   esa   sotsiologiya   o‗zining   yahlitligini   yo‗qota   boshlab,
ijtimoiy   hayotning   har   hil   yunalishlarini   alohida-alohida   tahlil   qiladigan   fanga   aylana
boshladi.   Lekin   XX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   sotsiologiya   uzining
umumnazariy   muammolariga   qaytishni   boshladi,   shuningdek   metodologik tadqiqotlarning   ahamiyati   kup   osha   boshladi.   Bu   jarayonlar   esa   sotsiologlarni
filosofiyaga   qayta   murojaat   qilishga   majbur   qildi.   Buning   natijasida   esa   ekzestentsial,
fenomenologik   yunalishlar   paydo   buldilar.   Ular   esa   sotsiologiyaning   asosini,   yangi
metanazariyasini   yaratishga   harakat   qila   boshladilar   hozirda   bu   tendentsiya
kuchayyapti. Sh.Shtompkaning fikricha sotsiologlar yana eski bo‗lmagan topishmoqni:
Jamiyat nima uzi? — topish bilan ovoralar. 80-yillarning «Katta nazariyasi»ning yangi
to‗lqinlarining   effekta   sifatida   falsafa   va   sotsiologiyaning   yangi   munosabatlarn   deb
tushunish   mumkin.   Nafaqat   sotsiologiya   falsafaning   ta'siri   ostidadir,   balki   falsafaning
uzi   ham   sotsiologiyaning   aktiv   ta'siri   doirasidir.   Fundamental   sotsiologiya   rivojining
ikkinchi muhim tushunchasi bu sotsial jarayonlarning markaziy omili sifatida sub'ektga
murojaat   qilish   bilan   belgilanadi.   Shunday   qilib,   fundamental   sotsiologiya   bu
nazariyadir,  u  fanning  strukturasi,   mazmuni,  kategoriyasi  va  metodlarini   o‗rganadigan
umumsotsiologik   muammoni   tadqiq   qiladi.   Shuning   uchun   fundamental   21
tadqiqotlarning   roli   beqiyosdir,   funktsiyalari   esa   hilma-hildir.   Quyidagi   funktsiyalarni
ajratib   kursatish   mumkin:   dunyoqarash,   metodologik,   integratsiyalashtiruvchi,   evristik
va hokozolar. Dunyoqarash funksiyasi  bevosita borliq va ong, insoniing mohiyati kabi
dolzarb   muammolari   bilan   bog‗liqdir.   Chunki   bu   muammolar   sotsiologiya   faniinng
predmeti   va   ob'ekt   yadrosini   tashkil   etadi.   Bu   muammolarni   hal   qilish   jarayonida
sotsiologiya   filosofiya   bilan   juda   faol   uzaro   muloqot   va   dialektik   aloqada   buladi   va
sotsial   olam   haqida   ilmiy   tasavvur   yaratadilar.   Umumsotsiologik   nazariya   negizida
sotsiolognyaning   umumiy   netodologiyasi   ishlab   chiqiladi.   Integratsiyalashtiruvchi
funktsiya   fundamental   nazariyani   barcha   bilimlar   bilan   boshlaydi.   Fundamental
sotsiologiyaning   yahlit   yondoshuvi   yangi   muammolarni   hal   qilish,   njtimoiy   hayotning
hali   yahshi   urganilmagan   tomonlarini   chuqur   ilmiy   taxlid   qilishga   yordam   beradi.
Sotsiologiya   fani   tizimida   amaliy   tadqiqotlar   paydo   bo‗ldi   va   rivojlanayapti.  Amaliy
sotsiologiya tadqiqotlar fundamental sotsiologiyadan o‗zining strukturasi, mazmuni va
maqsadi bilan farq qiladi. Amaliy sotsiologiyaning hususiyati shundan iboratki, u orqali
jamiyatning   har   bir   sohasi   uchun   kerakli   bo‗lgan   nazariy   va   empirik   tadqiqotlarni
natijalarini   qo‗llash   uslublari   va   vositalari   joriy   etiladi.  Amaliy   sotsiologiya   XX   asr
boshlarida tashkil topgan empirik tadqiqotlar negizida shaklandi va rivojlandi. Empirik
va amaliy tadqiqotlarni tenglashtirishning yana bir sababi shundaki, empirik tadqiqotlar
sotsial   amaliyotga   olib   chiqadigan   vosita   hisoblangan.   Binobarin   bu   masalaga   bunday
yondoshish   uning   mohiyatini   to‗g‗ri   tushunishga   halaqit   beradi.   Empirik   tadqiqotlar
jonli   faoliyatni   bevosita   shaklandi   urgansa   ham,   u   uzgartiruvchanlik   faoliyat   emasdir.
Empirik tadqiqtlarning vazifasi bu kuzatish, eksperiment, hujatlarni o‗rganish va so‗rov
metodlari   orqali   sotsial   jarayonlar   haqida   faktlar   va   empirik   ma'lumotlar   yig‗ishdir.
Empirik   tadqiqotlar   natijalaridan   ham   amaliy   maqsadlarda   ham   nazariy   bilimlar   rivoji
uchun   foydalanish   mumkin.   Amaliy   tadqiqotlar   tizimida   ham   nazariy,   ham   empirik
bilimlar   mavjud   bo‗lib,   ular   amaliy   tadqiqotlarni   ijtimoiy   hayotni   turli   sohalari faoliyatini   takomillashtirish   uchun   amaliy   tavsiyanomalariga   aylantnradi.   Boshqaruv
sistemasini   elementi   sifatida   amaliy   tadqiqotlar   fanning   ijtimoiy   funktsiyalarini   bajara
borib,   uning   natija   va   yutuqlarini   amaliy   faoliyatga   aylantiradi,   o‗zining   amaliy
yunalishiga   qarab   ayrim   hollarda   amaliy   tadqiqotlar   ilmiy   tadqiqotlar   bilan   qarama-
qarshilik   munosabatida   bo‗ladi.   22   Foydaliylik   va   ob'ektivlik   munosabatlari   nisbati
amaliy   sotsiologiyaning   eng   muhim   metodologik   muamolaridan   biridir.   Ilmiy
ob'ektivlik   urganiladigan   ob'ektning   hususiyatlariga   mosligi   bilan   belgilanadi.   Ayni
vaqtda   foydaliylik   bilimlar   kimning   manfaatlari   uchunligini   nazarda   tutilishi   bilan
belgilanadi.   Sotsiologik   tadqiqotlar   umumiy   ijtimoiy-madaniy   kontekst   bilan
chambarchas bog‗liq bulgan sotsial faoliyatning bir turi hisoblanadi. Buning natijasida
esa   tadqiqot   natijalaridan   iqtisodiy,   siyosiy   manfaatlar   uchun   foydalanadi.   Ilmiylik   va
foydaliylik   bir-birlari   bilan   ziddiyatli   munosabatlarga   kirishmasliklari   uchun   M.
Veberning fikricha haqiqat uchun intilish kerak, ya'ni boshqacha qilib aytadigak bulsak
ilmiy   bilimlardan   tug‗ri   foydalanish   uchun   iqtisodiy,   soiial-siyosiy   va   ma'naviy
tuzilishlarning ma'lum tizimi mavjud bo‗lishi zarur. Shunday qilib, amaliy sotsiologiya
nafaqat  tayyor  bilimlarni  ishlatadi, balki  yangi  nazariy va metodologik bilimlarni  ham
shakllantiradi.  Amaliy   sotsiologiya   ilmiy   bo‗limning   amaliy   effektivligi   masalalarini
hal   qila   turib   fundamental   tadqiqotlarni   rivojiga   stimul   berish   uchun   yangi
muammolarni   urtaga   qo‗yadi.  Amaliy   tadqiqotlar   ilmiy   faoliyatning   alohida   bir   turi
sifatida   faqatgina   nazariy   va   metodologik   muammolarni   hal   qilmasdan   protsedura   va
metodik   muammolarni   ham   echishga   intiladi.   Metodologiya   va   metodikaning   muhim
muammolaridan   kontseptualizatsiya,   formalizatsiya   va   operatsionalizatsiyalarning
tutgan   o‗rinlari   juda   aktualddir.   Chunkn   bu   muammolar   sotsial   qurilish   va   sotsial
injenerlikning   muammolarini   hal   etishda   ilmiy   bilishning   realizatsiya   qilishning   uziga
hosligi   bilan   bevosita   bog‗liqdirlar.   Sotsial   injenerlik   amaliy   tadqiqotlarning   negizida
shakllangan faoliyatining ma'lum bir yunalish sifatida shakllandi. Sotsial injenerlik—bu
sotsial   strukturani   (iqtisodiy,   siyosiy,   madaniy,   ma'naviy)   maqsadga   yunaltirilgan,
tubdan   uzgartirishlik   bilan   uni   optimal   va   effektov   shaklga   keltirishdir.   Amaliy
sotsiologiyaning   sotsial   injenerlikdan   tashqari   yana   sotsial   tehnologiya   qismi   ham
muhim   ahamiyatga   egadir.   U   maqsadga   erishishni   ta'miilaydigan   metodlar
vositalarining   majmuasidir.   Amaliy   sotsiologiya   taraqqiyotini   belgilab   beradigan   bu
omil  ijtimoiy-siyosiy holatdir, chunki  sotsial  amaliyotning muammolarini  belgilab, hal
qilib   berish   bu   sotsial   buyurtmadir,   har   hil   konkret-tarihiy   sharoitlarda   har   turli   xil
muammolar   oldingi   uringa   chiqishi   mumkin.   Ilk   bor   ishlab   chiqarishni   tashkil   etish,
shaxsning   ijtimoiylashuvi,   og‗ishma   hulk-atvor,   urbanizatsiya   va   jamiyatni
stabillashtirish   muammolarini   echish   uchun   sotsial   buyurtmalar   berilgan.   23   Amaliy
tadqiqotlar   tarmoq,   yunalishlarini   shakllantiradi.   Bu   yunalishlarning   orasida   og‗ishli
xulq-atvor   sotsiologiyasi,   shahar   sotsiologiyasi,   industrial   sotsiologiyalar   kuprok
tarakkiy   etgan.   Inson   ulimi   muammosini   o‗rganadigan—nekrosotsiologiya, sotsialdiagnostikalar tarmok yunalishlari orasida eng yangilari hisoblanadi. Sotsiologik
tadqiqot   ham   nazariy,   ham   empirik   bulishi   mumkin.   Ularni   chegaralanishi   shartli
ravishdadir, chunki har qanday fundamental sotsiologiya nazariydir, empirik tadqiqotlar
esa   nazariya   bilan   jipslashgan   o‗zaro   aloqalik   bilan   utkaziladi.   Lekin   hususiyatni
ajratish   va   aniqlash   zaruriyatdir.  Agarda   har   qanday   fundamental   sotsiologiya   nazariy
hisoblansa, har qanday nazariya fundamental sotsiologiya hisoblanmaydi. Fundamental
sotsiologiya   distsiplinar   muammolarga   fanning   poydevorining   asosini   urganishga
yunaltirilgan   bo‗lib,   uz   navbatida   nazariy   sotsiologiyaning   o‗rganish   ob'ekti   sifatida
ham   umumiy,   ham   xususiy   jarayonlar,   jamiyat   hayotinnng   ayrim   sohalari   va
faoliyatinint   biror   bir   tomoni   bo‗lishi   mumkin.   Nazariy   va   empirik   sotsiologik
bilimlarni   qabul   qilish   va   jamiyatni   tahlil   qilish   darajasi   bilan   bir-biridan   farq   qiladi.
«Nazariylashtirishni   —   deb   yoeadi   tainikli   amerikalik   sotsiolog   Dj.   Terner,—shunday
vositalarga   taalluqli   deb   xisoblash   mumkinki,   u   orqali   fan   deb   ataladigan   tafakkur
faoliyati   uzining   uchta   asosiy   maqsadini   amalga   oshiradi:   olamda,   shaklanayotgan
voqealarni   shunday   klassifikatsiyalash   (tasniflash)   va   tashkil   qilishlikni   buning
natijasida   ularni   istiqbolda   kura   bilishlik;   utgan   voqealarni   sabablarini   tushuntirish   va
kelajakda bo‗ladigan voqealarni oldindan kura bilish; voqealarni nima uchun va qanday
bo‗lib   utishini   «tushunishni   intuitiv   ravishda   taklif   qilish».   Nazariya—bu   kategoriya,
tushunchalar,   holatlar   va   printsishlarning   kontseshtual   birligi   bulib,   u   hodisalarni
xossalari,   munosabatlari   va   qonuniyatli   aloqalarini   ochib   beradi.   Nazariyalarda
markaziy urinni tushunchalar egallaydi. Ularda fanning tajriba va yutuqlari tuplanadi va
ular   nazariyaning   mazmunini   belgilaydi.   Nazariyani   yaratish   vositasi   bu
mavxumlashtirishlikdir.   Chunki   u   konkret   xolatlar   va   xodisalarni   tashkil   qilishda
chegaralardan   sakrab   utishga   yo‗l   beradi.   Sotsiologiyada   nazariyani   turli   darajasini
ajratib   kursatish   mumkin:   umumsotsiologik   nazariyalar   jamiyatni   yaxlit   qamrab
oladigan muammolarni hal qiladi. Masalan, jamiyatni rivojlanish davrlari va strukturasi,
uni   faoliyat   qonunlari   va   boshqalar.   Maxsus   nazariyalar   sotsiologiyaning   ob'ektini
muhim   tomonlarini   o‗rganadi.   sotsial   struktura   nazariyasi,   o‗zaro   ta'sir   nazariyasi,
institutlar   24   nazariyasi   va   hokozolar   maxsus   soxalar   sifatida   shakllandilar.   Maxsus
nazariya yoki o‗rta daraja nazariyasi tushunchasini fanga R. Merton joriy etgan. O‗rta
daraja   nazariyasi   sotsial   tizimlarning   ummiy   nazariyasini   sotsial   hatti-xarakatning
tashkil   etilishning   umumiyligiga   mahsus   kuzatilayotgan   turlari   bilan   bog‗lashi   kerak.
Bu   nazariyalar   mavhum   tushunchalardan   foydalanadilar,   lekin   ular   kupincha   faktlar
bilan   bog‗liqdirlar   va   bitirish   tadqiqotlar   asosida   shakllanadilar.   Shuningdek,   xususiy
nazariyalarni ham ajratib ko‗rsatish mumkin va ular sotsial jarayonlar quyidagi empirik
ma'lumotlar   bilan   ko‗prok   bog‗langanlar.   Bunday   nazariyalar   deb   ko‗yidagilarni
aytamiz:   hramli   fe'l-atvor,   referent   guruhlar   nazariyasi,   kichik   guruhlar   nazariyasi   va
boshqalar.   Bu   nazariyalar   inson   fe'l-atvorining   mustahkam   mexanizmlarini   har   xil
sharoit   va   holatlarda   ko‗rinishni   aniqlashga   harakat   qiladilar.   Nafaqat   axloqli nazariyalar   balki   faoliyatning   turli   hil   turlari   nazariyalari:   mehnat   munosabatlari,
qadriyatli   moslashni   shakllantirish,   tashkil   qilish   va   boshqarish.   Empirik   tadqiqotlar
sotsiologiyaning   muhim   komponenti   hisoblanadi.   Dastlabki   empirik   tadqiqotlar   XVII
asrdayoq   o‗tkazilgan   edi,   lekin   faqatgina   XX   asrning   birinchi   choragidan   AQShda
ommaviy   ravishda   o‗rin   oladi.   Empirik   tadqiqotlar   tajribali   bilishni   anglatadi.   Ular
sotsial   guruhlar,   individlar,   tashkilotlar,   muammolarni   bevosita   o‗rganishni   o‗zining
asosiy   maqsadi   deb   hisoblaydilar.   Empirik   sotsiologik   tadqiqotlarning   ob'ekti—bu
ijtimoiy   hayotning   mikrojarayonlari,   insonlarning   harakatlari,   tafakkur   tarzi,   fikri   va
munosabatlaridir. Empirik tadqiqotlarlarni sotsiologik fanning muhim bir bulagi sifatida
empirizm kontseptsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, chunki empirizm kontseptsiya
sifatida   nazariy   sotsiologik   bilimlarni   tuliq   inkor   etadi.   Empirizm   xissiy   idrokni
bevositaligini   fanning   asosi   deb   hisoblaydi.   Empirik   tadqiqotlarning   vazifasi   sezgilar
maydoniga bilimlarni olib chiqishi emas, aksincha bu bilimlarni rivojlantirish, empirik
faktlar   yig‗ish,   real   jarayonlarni   tadqiqot   qilishligi   bilan   muammolarni   kundalang
ko‗yish   va   hal   qilishlikdir.   Empirik   tadqiqotlar   huddi   boshqa   fanlar   ynlaetgan   kabi
bilimning   ma'lum   bir   vositasi,   davri   va   darajasidir.   Empirik   sotsiologiyaning   ob'ekta
mikrojarayonlar   bulsa,   predmet   sifatida   takomillanishning   turli   muammolari
munosabatlar uyg‗unlashuvi, faoliyatning sermaq.sulligi, shahsning sotsial xususiyatlari
turli xil institut 25 va tashkilotlar namoyon bulishlari mumkin. Empirik sotsiologiyaning
ob'eqti   va   predmetining   hususiyati   mahsus   metodologiya   va   metodni   ishlab   chiqishni
talab   qiladi.   Buni   anglash   esa   birdan   yuz   bermadi.   Dastlab   empirik   metodni   ishlab
chiqish aniqrogi sotsial jabhalar uchun tabiiy fanlarning metodlarini qayta ishlab chiqish
g‗oyasi   etarlidir   degan   fikrlar   vujudga   keldi   va   bu   qayta   ishlangan   uslublar   bilan
empirik   tadqiqotlarni   muvaffaqiyatli   utkazish   mumkin   degan   hulosa   paydo   buldi.
Ammo   tez   orada   ma'lum   buldiki,   empirik   tadqiqotlarni   utkazish   chog‗ida   kuplab
metodologik   harakterga   ega   bulgan   muammolar:   sotsial   faktning   mohiyati,   nazariy
bilimning   empirik   ma'lumotlar   bilan   uzapo   munosabatlari,   surov,   kuzatish   va
utkazilayotgan   ma'lumotlarni   tashkil   qilish   jarayonida   sub'ektiv   omilning   roli   kabilar
paydo   buldi.   Sotsiologiyada   bilimning   sub'ektiv   aslekti   masalasi   metodologik
muammolarnnng   eng   markaziylaridan   hisoblanadn.   Empirik   sotsiologiyaning
tadqiqotida   empirik   metodlar:   surov,   kuzatish,   hujjatlarni   o‗rgannsh   va   eksperiment
usullarn   shakllanib   joriy   etildi.   Bu   metodlarning   har   birini   hususiyati   jarayonning
tomonlarini   huddi   shu   metod   bilan   taxlil   qilishlik   bilan   belgilanadi.   Masalan,   eng
ommabop   metod   —   surov   metodi   asosan   insonlarning   sub'ektiv   dunssiin:   qarashlari,
munosabat   bildirishlar,   juda   tez   rivojlanishlik   va   uzgaruvchanliklarga   yunaltirilgandir.
Bundan   tashqari,   sotsiolog   tomonidan   olingan   ma'lumotlarga   uning   munosabat
bildirishi, nntershretatsnl (tahlil qilishlik), tushunishi  bilan tus beriladi. Shu tufayli esa
empirik   tadqiqotlar   metodologiyasi   shunday   printsip   va   yunalishlar   ishlab   chiqilishi
kerakki,   u   orqali   empirik   ma'lumotlarining   ob'ektivligi   va   haqqoniyligi   ta'minlansin, sotsiolog   va   respondent   o‗zaro   harakatlarining   murakkab   aspektlari   tuliq   majmuasini
nazarda   tutadigan   tadqiqot   vositalari,   mantiliy   masalalari   va   davri   muammolarni   hal
qilsin.   Shunday   qilib,   empirik   sotsiologiya   bu   bilimning   yirik   bir   sohasidir-u   uzining
tarkibida   empirik   metodlar   bilan   bir   qatorda   metodologiya,   ma'lumotlar   tamini   va
empirik  ma'lumotlarni   qayta  ishlash  sistemasini  uzida  mujassamlashtiradi.  Shu  sababli
empirik   tadqiqotlar   odatda   har   hil   mutahassislikning   tadqiqotchilari:   psixologlar,
metodologlar,   matematiklar   jamoasining   Uzaro   hamkorligi   ostida   utkaziladi.   Empirik
tadqiqotlar   asosan   statistik   ma'lumotlarga   tayangan   holda   utkaziladi.   Rivojlangan
mamlakatlarda informatsion ta'minot empirik tadqiqrtning muhim manbasi hisoblanadi.
Empirik   tadqiqotlarning   rivojlanishi   uchun   asosiy   muammo   —   bu   tehnik   vositalar
ta'minoti bilan bogliqdir, chunki tadqiqotlar natijalari hamda qayta ishlanishi zarur.
SOTSIOLOGIYANING METODOLOGIYASI 
Sotsiologiyaning   metodologiyasi   fundamental,   maxsus,   amaliy   va   empirik   tadqiqotlar
asosida   vujudga   keladi.   U   an'anaviy   fanlar   va   ularning   metodologiyasi   bilan   o‗zaro
hamkorlikda   ishlab   chiqiladi   va   bunda   falsafaning   bilish   nazariyasining   o‘rni
beqiyosdir.   Sotsiologiya   metodologiyasining   bosh   vazifasi—bu   sotsial   jarayonlarni
tadqiqot prinsiplari, shakllari va metodlarini ishlab chiqishdir. Amerikalik olim T. Kun
tomonidan   fanga   kiritilgan   «paradigma»   termini   sotsiologiya   metodologiyasini   tadqiq
qilishda   muhim   rol   o‘ynadi.   Paradigma   deb,   muallif   o‘zida   ma'lum   bir   tushuncha,
prinsip,   yondoshuv   va   metodlarni   mujassamlashtirgan   ma'lum   bir   konsepsiyasini
tushunadi uni fanda muammolarni hal qilishlik modeli yoki namunasi deb e'tirof etadi.
Sotsiologiya   metodologiyasi   taraqqiyoti   tarixni   turli   xil   paradigmalarning   almashuvi,
ya'ni:   pozitivistik,   psixoanalitik,   sitsiyontistik,   funksional,   fenomenologik
paradigmalarni deb ta'riflashsa, mubolag‗a bo‗lmaydi. Funksional paradigma ssentizm
tadqiq qilgan turli o‗zaro aloqalarni birlashtirishga harakat qilib umumiy yondoshishni
tashkil   qilmoqchi   bo‗ladi.   Funktsionalizm   metodologiyasi   universal   funksiyalar   va
maxsus funksiyalar tushunchalar asosida qurilib, jamiyatdagi hodisalarning ahamiyatini
aniqlashga   intiladi.  Agarda   yuqorida   sanab   o‘tilgan   metodologiya   yo‘nalishlar   sotsial
voqelikni   pozitivistik   tasavvur   talqin   qilish   natijasida   barpo   bo‘lgan   bo‘lsalar
fenomenologiya:   paradigma   esa   butunlay   boshqacha   xarakter   va   xususiyatga   egadir.
Fenomenologiya   metodologiya   turli   voqealarni   tushunish,   ahamiyat   kasb   qilishlik
tadqiqotlarni,   individlarining   xarakterlarini   sub'ektiv   ma'nolarini   o‘rganadi   va   ishlab
chiqadi.   Bunda   u   sotsiologik   jarayonlarni   taxlil   qilishda   sub'ektiv   omilga   asosiy   rolni
ajratadi. Funksional va fenomenologik paradigmalar sotsiologiya metodologiyasida XX
asr   ikkinchi   yarimida   yetakchi   mavqeni   egallaydilar,   lekin   keyingi   o‘n   yillikda   yangi
yo‘nalishlar   ham   shakillanmoqdalar.   29   Shunday   qilib   hozirda   sotsiologiya
metodologiyasining   yagona   va   umumiy   shakli   mavjud   emas.   Binobarin   ob'ekt   va
muammolarni   o‘rganish   xususiyatiga   ko‘ra   turli   xil   metodologiq   yo‘nalishlar   faoliyat ko‘rsatmoqdalar.   Har   bir   paradigma   ijtimoiy   hayotning   ma'lum   tomonlarini   taxlil
qilishda   o‘zlarining   xissalarini   qo‘shmoqdalar,   lekin   jamiyat   hayotini   hamma
tomonlarini   universal   qamrab   oladigan   metod   hali   yaratilganicha   yo‘q.   Vaxolanki
bunday urinishlar ko‘zga tashlanyapti. Tadqiqotlarda qo‘llanadigan asosiy metodologik
turlarni   alohida   taxlil   qilib   chiqishlik   muhum   ahamiyatga   ega.   Metodologiya   turlarini
turli   mezonlar   asosida   ajratish   mumkin.   Metodologiyaning   turlarga   ajratishning   eng
keng   tarqalgan   mezoni   bu   taxlil   qilish   va   tadbiq   qilish   darajasi   mezonidir.   Bu   mezon
asosida   umumiy   metodologiya,   maxsus   metodologiya   va   emperik   metodologiyani
ajratib   ko‘rsatish   mumkin.   Umumiy   metodologiya   fundamental   tadqiqotlar   (sotsial
voqelik   mohiyatini,   inson   borliq   va   madaniyat   muammolari   yechimi)   asosida
shakllanadi.   U   sotsial   jarayonlarning   bilishni   yalpi   prinsiplari   va   shakllarini   ishlab
chiqish, nazariy va empirik bilimlarning mohiyati umummetodologik muammolarini hal
qilish,   bilishning   turli   shakllari   va   metodlarining   ahamiyatlarini   aniqlashga   intiladi.
Umummetodologik   tushunchalar   va   prinsiplar   tadqiqotlarning   barcha   darajalarida
ishlatadilar, ya'ni ham yalpi yaxlitlik tahlili darajasida — jamiyatda, ham uning alohida
sohalari   va   xususiy   voqealar   tahlili   darajasida.  Yalpi   metodologiya   roliga   o‗z   vaqtida
naturalizim va psixologizm XX asr o‗rtalarida funksionalizm va strukturalizm, keyingi
o‗n   yilliklarda   realizm   da'vogarchilik   qildilar.   AQSH   da   funksionalizm   o‗zining
yetakchi   o‗rnini   saqlab   kelmoqda   va   hozirda   u   akademik   sotsiologiya   deb   ataladi.
Umumiy   metodologiya   bilan   bir   qatorda   sotsiaolognyada   maxsus   metodologiya   ham
shakillandi.   Bu   metodologiya   ob'ekt   tadqiqotning   ma'lum   bir   soqasiga   tadbiq   qilish
uchun   ishlab   chiqilgan   maxsus   metodologiya   bo‗lib,   u   sotsiologiya   fanining   kamroq
rivojlangan   sohasidir.   Uning   shakllanishi   sotsiaologiyada   maxsus   va   tarmoq,
yo‗nalishlarining   rivoji   bilan   bevosita   bog‗liqdir.   Jamoatchilik   fikri,   mehnat
munosabatlari,   guruh,   sotsial   struktura   tadqiqotlarning   maxsus   metodologiyasi
chuqurroq   ishlab   chiqilgan.   Maxsus   metodologik   yo‘nalish   sifatida   rollik   yondoshish,
statusli   tahlil,   qadriyatli   yoki   aksiologik   yondoshishni,   sotsiometriyani   e'tirof   etish
mumkin. Sotsiometriya asoschisi Dj. Moreno o‗zining ta'limotini umum 30 sotsiologik
deb   ta'kidlagan   bo‗lsa   ham,   ammo   sotsiologiya   taraqqiyoti   etaplarida   sotsiometriya
shaxslararo   munosabatni   tadqiq   qiladigan   metod   sifatida   tan   olindi.  Amaliy   tadqotlar
aloqida   metodologiyani   talab   qiladilar,   chunki   bu   metodologiya   nafaqat   yangi
bilimlarga erishish uchun, balki bu bilimlarni sotsnal amaliyotda qo‗llash yo‗nalishlari
bo‗lib   ham   xizmat   qilishi   darkor.   Empirik   tadqiqotlar   ham   o‗zlari   uchun   alohida   bir
metodologiyaga   ega   bo‗lishga   erishdilar.   Empirik   tadqiqrtlarni   oddiy   bir   ma'lumotlar
yig‗ish   haqidagi   dastlabki   tasavvurlar   deb   talqin   qilishlik   ko‗pgina   metodologik
muammolarni   hal   qilishlik   zarurati   bilan   almashadi.   XX   asrning   birinchi   choragida
amerekalik   olimlar   Dodd,   Landberg,   Lazersfel‘d   tomonidan   ishlab   chiqilgan
metodologik muammolar empirik tadqiqotlarning predmeti, tushunchalari muammolari
yechimining   harakati   edi.   P.Lazersfel‘d   metodologiyani   tadqiqotlarda   foylalaniladigan metodlarning oddiy bir to‗plami emas, balki tadqiqotlar metodini tanqidiy baholaydigan
faoliyat   deb   tushunadi   va   bu   faoliyat   tushunchalar   ma'nosini,   nazariyalar   mazmunini
aniqlash   darkor.   P.   Lazersfel‘dning   metodologiya   tushunchasi   empirik   tadqiqotlarning
umumiy,   nazariy   va   konseptual   masalalarni   hal   qilishga   qaratilgan.   Tabiiy   va   aniq,
fanlarning yutuqlarga asoslanib P. Lazersfel‘d va Landberg empirik tahlilning quyidagi
metodologik   protseduralarini:   tushunchalar   interpretatsiyasi,   opeeratsionalizatsiyani
ishlab   chiqdilarki,   ular   empirik   tadqiqotlarning   amaliyotda   o‗zlarining   muhim   o‗rnini
egalladilar.   Empirik   tadqiqotlar   metodologiyasini   yaratish   va   ishlab   chiqishda   asosiy
e'tiborga loyiq xizmat neopozitivizmga, aniqrog‗i uning vakillari — F. Znametskiy va P.
Lazersfel‘dga   taaluqlidir.   Umumiy,   maxsus   va   empirik   metodologiyalarni   ajratib
ko‗rsatish   ma'lum   bir   ma'noda   shartlidir,   chunki   ko‗pgina   xususiy   yo‗nalishlar
umumiylikka   da'vo   qilsalar,   fundamental   prinsiplar   empirik   tadqiqotlarga   aylanadilar.
Sotsiologiya   fanining   ob'ektini   turlicha   tushunsh   natijasida   metodologiyaning   uchta
asosiy   turi   shakllanadi   tushuntiruvchi,   ta'riflovchi   va   tushunuvchi.   Tushuntiruvchi
metodologiya   umumiy   qonunlarni   yoki   bo‗lmasa   qonun   shakliga   ega   bo‗lgan
ob'ektning   hislatlarni   belgilaydigan   mustahkam   aloqa   va   munosabatlarni   o‗rnatilishini
nazarda   tutadi.Bu   metodologiya   ijtimoiy   jarayonlarni   qonuniyati   muvofiqligini,   sotsial
guruh 31 va individlarning faoliyatini tan oluvchi yo‗nalish vakillari tomonidan ishlab
chiqilgan.   Ushbu   yo‗nalishlar   tomonidan   ishlab   chiqiladigan   metodologiyaning
umumiy   ko‗rinishi   bo‗lib   ob'ektivizm,   ya'ni   voqealarni   aniqlovchi   ma'lum   bir   omilni
ob'ektiv   deb   ajratish   namayon   bo‗ladi.   Pozitivistik-naturalistik   metodologiya   shunday
omil   sifatida   jamiyatning   tabiiy   asoslarini,   psixologik   metodologiya—psixologik
mexanizmlarni,   struktur   funksionalizm   yaxlit   sistemaning   funksiyalarini   ajratib
ko‗rsatadi . XULOSA
Sotsiologiya   kursi   bo‗yicha   bayon   qilingan   ma'lumotlar   asosida   quyidagi   xulosalarga
kelish mumkin. 1) Jamiyatda yashab turib, uni bilmaslik — bu katta yo‗lga tushib olib
istagan   makonini   qidirib   topolmaslikdir.  Ammo   jamiyat   inson   hayotida   va   faoliyatida
o‗rganishi   va   ilmiy   bilishi   lozim   bo‗lgan   eng   murakkab   og‗ir   bo‗lgan   ob'ektdir.
Jamiyatshunoslik,   jumladan   sotsiologiya   fani   tabiatshunoslik   fanlaridan   ancha   orqada
qolmoqda.   Lekin   jamiyat   faoliyati   va   taraqqiyoti,   boshqaruv   mexanizmlari,   sotsial
progressning   istiqbollari   haqidagi   qonunlar   tan   olinishi   va   ularni   bilish   talab   etiladi.
XXI   asriing   eng   asosiy   vazifasi   jamiyat   taraqqiyotini   chuqurroq   o‗rganib,   uning
ochilmagan   qonunlarini   ochish   va   inson   taraqqiyotini   muqobil   tarzda   olib   borishni
taqozo   qiladi.   Insonlarni   dunyo   taraqqiyotiga   mos   ravishda   tarbiyalashda,   inson
tafakkurini   ilmiy   asosda   va   millim   ruhda   shakllaiishida   va   nihoyat   jamiyat
taraqqiyotining   optimallashuvida   sotsiologiya   fanining   o‗rni   beqiyosdir   va   u   hozirgi
zamon   jamiyatshunosligida   yetakchi   rol   o‗ynaydi.   Prezident   devoni   OO‘Yu   va   OMM
vazirligi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   maktab   muammolari   insituti   Vazirlar   Maxkamasi
O‘MMYu   lari   OO‘Yu   Vazirligi   Sotiologik   tadqiqotlar   markazi   О O‘Yu   lari   Х ududiy
muxbirlik punktlari 172 Sotsiologik fikrlar ming yillar ilgari ma'lum bo‗lsa ham, u fan
sifatida   tan   olinganligiga   yuz   ellik   yildan   oshdi.   Shu   qisqa   vaqt   ichida   bu   fan
insonlarning   o‗z-o‗zini   bilish,   jamiyat   taraqqiyotining   yangi   modelini   yaratishda
o‗zining salmoqli hissasini qo‗shdi. Jamiyat bugun sotsiologiya yordamida o‗z-o‗zini
yo‗naltirish   va   o‗z-o‗ziii   taraqqiy   ettirish   imkoniyatiga   ega   bo‗lmoqda.   U   o‗z   tarixi
mobaynida   har   xil   va   qaramaqarshi   dunyoqarashlarni   ham   talqin   qildi.   Plyuralizm   va
dunyoqarashlar   o‗rtasidagi   qarashlarni   tahlil   va   talqin   qilish   hozirgi   zamon
sotsiologiyasining   asosiy   jihatlaridandir.   Sotsiologiyaning   bu   jihatlari   fandagi   bitmas
tuganmas   manbai   bo‗lib,   fan   ular   orqali,   boyidi   va   taraqqiy   etib   boradi.   Agar
umumsotsiologik   nazariyalar   majmuasini   yaratish   mumkin   bo‗lsa,   u   holda   hozirgacha
yaratilgan   konsepsiyalar,   maktablar   bunga   asos   bo‗la   oladi.   Sotsiologiyaning   diqqat
markazida   shaxsiing   o‗zaro   ta'sir   muammolari,   sotsial   guruhlap   bir   butun   jamiyat
yotadi. Aytish lozimki, bu muammolar sotsiologiyaning asosiy vazifalarini tashkil etadi.
Ularning   o‗rtasidagi   munosabatlarni   o‗rganish,   ularning   o‗zaro   ta'sirini   foydali,   ya'ni
garmonik asosda tashkil etish sotsiologiyaning xizmati va mahsuli hisoblanadi. Shaxsni, ya'ni   oila   a'zolarini   takomillashtirmasdan   turib,   jamiyatni   takomillashtirib   bo‗lmaydi.
Inson   ikki   xil:   aqlli   va   hayvonsifat   bo‗ladi.  Aqlli   odamda   ijtimoiy   mohiyat   birinchi
o‗ringa   chiqsa,   undan   oliyjanob,   sahovatli,   odob-ahloqli   va   yuqori   ma'naviyatln   inson
chiqadi.   Bu   odam   ijtimoiylashgan   inson   sifatlarini   o‗zida   mujassamlashtirib,   tarixan
tarkib   topgan   eng   ezgu   munosabatlarning   timsoliga   aylanadi,   muayyan   jamiyat   jamoa
tomonidan   qabul   qilingan   ko‗pchilik   e'tirof   etgan   odobahloq   va   huquq   maqomlari
doirasidagina faoliyat yo‗nalishini belgilaydi.
ADABIYOTLAR :
  1. I.A. Karimov. O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barkamollik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., «O‗zbekiston», 1997. 
2. I. A. Karimov. O‗zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.,«O‗zbekiston», 1999. 
3. Aliqoriyev N.S. va boshqalar. Oliy o‗quv yurtlari professor o‗qituvchilari faoliyatini
rivojlantirish bo‗yicha tavsiyalar. Ta'lim muammolari, ilmiy-uslubiy yutuqlar va ilg‗or
tajribalar. T., 3—6, 1997.
 4. Aliqoriyev N.S. Sotsiologiya va ta'lim taraqqiyoti. Ta'lim muammolari, ilmiyuslubiy
yutuqlar va ilg‗or tajribalar. T,2, 1998. 
5.   Aliqoriyev   N.S.   Upravlenie   zanyatostyu   i   trudovo‗mi   resursami   v   regionalno‗x
sistemax. T., «Fan», 1991.
 6. Aliqoriyev N.S. Modelirovanie sotsialno‗x protsessov. T.,«Fan», 1979. 7. Aitov N.A.
Sotsiologiya truda. Alma-Ata, 1996. 
8.  Alekseyev   N.I.   Ekonomicheskiy   eksperiment:   sotsialno‗e   aspekto‗.   M.,   «Nauka»,
1987.
 9. Amerikanskaya sotsiologicheskaya mo‗sl. M., 1991.
  10.  Amerikanskaya   sotsiologicheskaya   mo‗sl.   Tekst   Pod   red.   V.I.   Dobrenkova.   M.,
1994.   11.   Andreyeva   G.M.   K   voprosu   ob   otnosheniyax   mejdu   mikro   i
makrosotsiologiey. M. Izdatelstvo MGU, 1970. 
12.  Andreyev  Yu.M.   Korjevskaya   N.M.   i   dr.   Sotsialnie   instituto‗,   soderjanie,   funksii,
kontrol. Sverdlovsk, 1989. 13. Antonov A.I. Medkov V.M Sotsiologiya semi. M., 1996. 
14. Afonin A.S. Trudovoe povedenie: sotsiologo-ekonomicheskiy analiz. Kiyev, 1991.
 15. Bato‗gin G.S. Leksii po metodologii sotsiologicheskix issledovaniy: Uchebnik. M.,
1995.   16.   Borhevskiy   I.I.,   Truxov   V.A.   Proizvoditelnost   truda:   Metodi   analiza   i
prognozirovanie. Minsk, 1988. 17. Veber M. Izbrannie proizvedeniya. M., 1990. 
18. Vladislavlev A.P. Neprerivnoe obrazovanie. M., 1983.
 19. Volkov I. P. Sotsiometricheskie metodi v sotsialno-psixologicheskix issledovaniyax.
LGU, 1970. 
20. Volkov Yu. G. Lichnost i gumanizm. (Sotsiologicheskiy aspekt). M., 1995.   21.   Gavra   D.P.   Obshestvennoe   mnenie   kak   sotsiologicheskaya   kategoriya   i   sotsialniy
institut. Spb., 1998. 
21. Gorshkov M. K. Obshestvennoe mnenie. Istoriya i sovremennost. M., 1980. 
22. Gofman A.B.  Sem  leksiy  po  istorii   sotsiologii.  M.,  1995.  23. Guryev V. I. Osnovi
sotsialnoy   statistiki.   M,   1991-.   24.   Davidov  A.A.   Reprezentativnost   viborki   //   Sotsiol.
issled.1990, 1. 
25.   Davidov   A.A.   Ekspertnie   osenki   dayot   respondent.   Sotsis   3,   1989.   26.   Danilo
Markovich. Sotsiologiya truda. M., «Progress», 1988. 
27. Dvoretskaya G.V., Maxnarilov V.Ya. Sotsiologiya truda: Ucheb. posobie. M.,

Mavzu: Statistik modellashtirishning elementlari Reja: 1. Iqtisodiy-statistik modellashtirishning qo‘llanilishi. 2. Statistik va ekonometrik modellashtirish 3. Sotsiologiyada simulyatsiya simulyatsiyasi

1.Iqtisodiy-statistik modellashtirishning qo‘llanilishi. Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o‘zgarishini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o‘rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o‘zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir. Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi aloqalar o‘z mohiyatiga ko‘ra stoxastik bo‘lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o‘rganishda asosiy o‘rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir. Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. Shunga ko‘ra, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo‘llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo‘ladi. Odatda, iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo‘llash samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko‘rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi. Iqtisodiy-statistik modellashtirishni noaniq bo‘lishligining sabablari quyidagi hollarda sodir bo‘lishi mumkin: 1. Axborotli – axborotning xatoligi , uning ko‘rsatkichlari, omillar va ob’ektlar majmuining noaniqligi. 2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi. 3. Modelli – ko‘rsatkichlar va dalillar o‘rtasida bog‘lanish shakllaridan noto‘g‘ri foydalanish. Iqtisodiy-statistik kuzatuvlar olib borilganda , texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch kelamiz. Shu nuqtai nazardan , ishlab chiqarishga - kirish axborotini , chiqish axborotiga o‘zgartirgich sifatida qaraladi. Korxona faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan barcha ko‘rsatkichlarni quyidagi 3 ta guruhga bo‘lish mumkin:

a) kiritiladigan ma’lumot – moddiy resurslar xarajatining ko‘lami va tarkibi (xomashyo, asosiy fondlar , ishchi kuchi va boshqalar); b) ishlab chiqarish jarayonida resurslardan foydalanish sharoiti (ishlab chiqarishning texnologik sharoiti , tabiiy sharoiti va boshqalar); c) chiqish ma’lumotlari – ishlab chiqarish natijalari (tayyor mahsulot hajmi , uning tarkibi , sifati va boshqalar). Bir tomondan chiqish ko‘rsatkichlari bilan ikkinchi tomondan barcha qolganlari o‘rtasida kiritiladigan ko‘rsatkichlar ta’siri hamda chiqish ma’lumotlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoitini o‘zida mujassamlashtirgan qandaydir qonuniy aloqa mavjud. Bunday aloqa modeliga ega bo‘lgach, iqtisodiy xarakterdagi hisob-kitoblarni olib borish hamda chiqish ma’lumotlarini boshqarish mumkin. Iqtisodiy-statistik modellarning tasnifi Modellar vazifasidan amalda rejali-iqtisodiy foydalanish tushunchasi kompleks tushunchaga ega. U o‘zida model tuzishning funktsional maqsadini, model mo‘ljallangan korxonaning ma’muriy-xo‘jalik saviyasini, undan foydalanishdagi vaqt oralig‘ini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. Yuqoridagi tushuncha asosida model vazifasidan foydalanish modeldan aniq talablar xarakteristikasini talab etadi. Bunday xarakteristikalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: a) modellashtirish uchun mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar to‘plami;

b) modellashtirish uchun tadqiqotlar ko‘lami va ob’ekt rivojlanish darajasi ; v) iqtisodiy jarayonlar dinamikasining hisobot darajasi; g) o‘zgaruvchan modellarning xarakteri va to‘plami; d) modelning umumiylik darajasi. Modellashtirilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar turi bo‘yicha resurslarni mahsulotga (ishlab chiqarish hajmi) aylantiruvchi intensiv oqimlari ko‘rsatkichi modeli bilan turli umumiylik darajasi (materiallar harajatining salmog‘i, tannarx, rentabellik, mehnat xarajatlari va boshqalar) o‘zgartiruvchi samaradorlik darajasi ko‘rsatkichlari modeli o‘rtasidagi farqni ajrata bilish kerak. Birinchi xildagi ko‘rsatkichlarni hohlagan darajadagi sanoat ob’ektlari uchun modellashtirish mumkin. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichidan esa odatda , quyi darajadagi sanoat ishlab chiqarish tizimi uchun shaxsiy ko‘rsatkichlar modellashtiriladi. Mana shu tasnif qilingan alomatlarga ko‘ra, bir ko‘rsatkich modelidan ko‘rsatkichlar vektori shakllanish jarayonini tavsiflanayotgan modelni farq qilish lozim. Tadqiqotlar ko‘lamiga ko‘ra, ikki xildagi modellarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1. Korxona ichidagi. 2. Korxonalararo tahlil va rejalashtirish modellari.

Birinchi turdagi modellar ayrim korxonalar doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ikkinchi turdagi modellar esa, bir guruhdagi sanoat ob’ektlari bo‘yicha tahlil va qarorlar qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday taqsimlanish qisman ob’ekt darajasini modellashtirish bilan mos keladi. Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini aks ettirish mohiyatiga ko‘ra, statik va dinamik modellar mavjud. Statik modellar o‘zida vaqtning ayrim, qayd qilingan oralig‘ini qamrab oladi. Dinamik model vaqtning izchil oraliq tizimi holatini aks ettiradi. O‘zgaruvchan xarakterga ko‘ra, boshlang‘ich iqtisodiy ishlab chiqarish omillari yoki aralash omillarni o‘z ichiga olgan modellarni ko‘rsatish mumkin. Ishlab chiqarishning boshlang‘ich omillari deganda , keyinchalik taqsimlab bo‘lmaydigan oddiy omillar, masalan, resurslar harajati - jonli mehnat, vosita, mehnat qurollari tushuniladi. Modelning tuzilishiga qarab , ularni modelga turli o‘lchov birligi (natural, qiymat) va turli aniqlik darajasi bilan kiritish mumkin. Bunday holda ularning boshlang‘ich xarakteri saqlanadi. Quyidagi modellar turi boshlang‘ich va ishlab chiqarish omillarining turli kombinatsiyalarini beradi: a) ishlab chiqarish natijalarining boshlang‘ich resurslar xarajati darajasi va tarkibiga hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoitiga bog‘liqligini xarakterlaydigan to‘liq modellar; b) ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoiti ob’ektlari guruhi yoki vaqt bo‘yicha barqaror hisoblangan paytlarda qo‘llaniladigan «vazifalar - mahsulot ishlab chiqarish» modeli; c) ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro va boshlang‘ich ishlab chiqarish omillari bilan aloqalarini xarakterlovchi turli xil modellar. Modellar o‘zgaruvchanligiga ko‘ra, umumiy va xususiy modellarga bo‘linadi. Umumiy model o‘lchanadigan alomatlarning barchasini hamda o‘rganilayotgan ishlab chiqarish jarayonining bir tomonini, masalan, tabiiy sharoit belgilarini qisman o‘z ichiga oladi. Alomatlarning barchasini o‘z ichiga olgan model bilan xususiy (masalan, faqat tabiiy sharoit omillari) modelni taqqoslab , ishlab chiqarish tabiiy iqlim omillarining ta’siri qaysi vaqtda ko‘proq, qaysi vaqtda kamroq bo‘lishini aniqlash mumkin.