logo

TAFAKKURNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. TA‘LIM YO‘NALISHI AMALIY PSIXOLOGIYA

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

130.2900390625 KB
MAVZU:  TAFAKKURNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI.
TA‘LIM YO‘NALISHI: AMALIY PSIXOLOGIYA 
1 MUNDARIJA
KIRISH ...................................................................................................................... 3
I.BOB Tafakkur tushunchasiga psixologik tavsif berish ........................................... 5
1.1. Tafakkur xususiyatlari va uning turlari. ............................................................. 5
1.2. Tafakkurni eksperimental usullar yordamida o‘rganish. .................................. 15
II.BOB Tafakkurni o‘rganish bo‘yicha chet el olimlarining fikrlari ....................... 19
2.1. Tafakkurning rivojlanish bosqichlari. .............................................................. 19
2.2. Tafakkur nazariyalari va ularning ahamiyati. ................................................... 25
XULOSA ................................................................................................................. 28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................................................. 29
PSIXOLOGIYA YONALISHI ............................................................................... 30
2 KIRISH
              Mavzuning dolzarblig i.  Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan
boshlanadi   va   keyin   tafakkurga   o`tib   ketishi   mumkin.   Biroq   tafakkur,   hatto   eng
rivojlangan   tafakkur   ham   hamisha   hissiy   bilish   bilan,   ya`ni   sezgilar,   idrok   va
tasavvurlar   bilan   bog`langan   bo`ladi.   Tafakkur   faoliyati   o`zining   butun
"materialini"   faqat   bitta   manbadan,   ya`ni   hissiy   bilishdan   oladi.   Tafakkur   faqat
sezgilar   va   idrok   orqaligina   tashqi   muhit   bilan   bog`lanadi   va   shu   tariqa   tashqi
olamni aks ettiradi. Ammo sezgilar va idrok kabi hissiy bilish jarayonlari olamning
turli   xildagi   aloqalarini,   ular   orasidagi   bog`lanishlarni,   paydo   bo`ladigan   turli
muammolarni hal qilish imkonini bermaydi.
Tafakkur qilish davomida tashqi olamni bilish chuqurroq amalga oshiriladi.
Buning   natijasida   narsalar,   hodisalar   va   boshqa   shuning   kabilar   o`rtasidagi
murakkab   o`zaro   bog`lanishlarni   ajratish,   echish   mumkin   bo`ladi.   Zarur   hollarda
turli   vositalar   qo`llaniladi.   Quyidagi   uch   xil   hodisalarni   o`rganish   davomida
vositalar qo`llaniladi.
1.   Hozirgi   paytda   bevosita   idrok   qilishning   imkoni   bo`lmagan   hodisalarni
o`rganish uchun. Bunga tarixiy voqealar, kelajak rejalar, gipotezalar, umuman yoki
o`tmishda   ruy   bergan   yoki   kelajakda   ruy   berishi   mumkin   bo`lgan   hodisalarni
o`rganish davomida;
2.   Sezgi   organlarimizning   moslashmaganligi   sababli   bevosita   idrok
qilishning imkoni bo`lmagan hodisalarni o`rganishda. Bunga misol tariqasida juda
kichik   zarrachalar,   elementlar,   inson   sezgi   organlari   "sezmaydigan"   turli   to`lqin
uzunliklari yoki juda uzoq masofada joylashgan ob`ektlar (planetalar, yulduzlar va
h.k.);
3.  Bevosita   idrok   qilishning   imkoni   mavjud,  ammo   vosita   kullash   samarali
bo`lgan   hollar.   Masalan,   o`sib   turgan   daraxtning   balandligini   trigonometrik
funktsiyalar   yordamida   o`lchash,   havo   haroratini   termometr   yordamida   o`lchash
kabilar.
3 Kurs ishining obyekti.   Shaxslarda tafakkur  darajasini  aniqlash,  tafakkurga
oid   fikrlar   keltirish,   turli   chet   el   olimlarining   tafakkur   tushunchasiga   bergan
tariflari. 
Kurs   ishining   predmeti.   Tafakkur   turlari   va   tafakkurning   rivojlanish
bosqichlari haqida turli fikrlarni o‘rganish.
Kurs ishining maqsadi.  Shaxslarda tafakkur tushunchasiga bo‘lgan fikrlash
doirasini   kengaytirish,   talabalarda   tafakkur   darajalarini   rivojlantirish,   chet   el
olimlari fikrlari bilan tanishtirish.
Kurs ishining vazifalari. 
Tafakkur tushunchasiga ijtimoiy-psixologik tavsif berish;
Tafakkur turlari haqida ma'lumot berish;
Tafakkurning rivojlanish bosqichlari haqida tushuncha berish;
Tafakkur tushunchasining rivojlanish bosqichlarini o‘rganish;
Tafakkur nazariyalari va ularning fandagi ahamiyatini aniqlash;
Tafakkur   jarayonini   eksperimental   usullar   yordamida   aniqlashni
tavsiflash .
4 I.BOB Tafakkur tushunchasiga psixologik tavsif berish
1.1. Tafakkur xususiyatlari va uning turlari.
                        Tafakkur   —   inson   aqliy   faoliyatining   yuksak   shakli;   obyektiv
voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni,
voqelikni   bilish   quroli,   shuningdek,   inson   faoliyatini   amalga   oshirishning   asosiy
sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to la va aniq aksʻ
ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni
ular   o rtasidagi   bog lanishlarni   fikran,   umumlashtirib,   vositali   yo l   bilan   aks	
ʻ ʻ ʻ
ettirishga   aytiladi.   Voqelik   tafakkurda,   idrok   va   tasavvurgina   nisbatan   chuqurroq
va   to laroq   aks   etadi.   Biz   sezgi,   idrok   vositasi   bilan   bilib   olishimiz   mumkin
ʻ
bo lmagan   narsa   yoki   hodisalarni,   narsa   yoki   hodisalarning   xususiyatlarini,	
ʻ
ularning   bog lanish   va   munosabatlarini   tafakkur   vositasi   bilan   bilib   olamiz.	
ʻ
Tafakkur   —   inson   miyasining   alohida   funksiyasi.   Uning   nerv   fiziologik   asosi
birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o zaro munosabatidan iborat. Tafakkur	
ʻ
jarayonida   insonda   fikr,   mulohaza,   g oya,   faraz   kabilar   vujudga   keladi   va   ular	
ʻ
shaxsning   ongida   tushunchalar,   hukmlar,   xulosalar   shaklida   ifodalanadi   (qarang
ong).   Tafakkur   til   va   nutq   bilan   chambarchas   bog liq   ravishda   namoyon   bo ladi.	
ʻ ʻ
Fikrlash   faoliyati   nutq   shaklida   namoyon   bo ladi.   Nutq   aloqasi   jarayonida
ʻ
insonning   hissiy   mushohada   doirasi   kengayib   qolmay,   orttirilgan   tajriba   boshqa
kishilarga ham beriladi. Inson o zining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati	
ʻ
bilan   boshqa   mavjudotlardan   ajralib   turadi.   U   fikr   yuritish   faoliyatida   o zida   aks	
ʻ
ettirgan,   idrok   qilgan,   tasavvur   etgan   narsa   va   hodisalarning   haqiqiyligini
aniqlaydi,   hosil   qilingan   hukmlar,   tushunchalar,   xulosalar   chin   yoki   chin
emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita
(bilvosita)   aks   ettiradi,   narsa   va   hodisalar   o rtasidagi   eng   muhim   bog lanishlar,	
ʻ ʻ
munosabatlar,   xususiyatlarni   anglab   yetadi.   Binobarin,   inson   muayyan   qonun,
qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga
kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko rish imkoniyatiga ega.	
ʻ
5 Tafakkur   -   bu   aksiomatik   qoidalar   asosida   atrofdagi   dunyoning   naqshlarini
modellashtirishning aqliy jarayonidir .Biroq, psixologiyada boshqa ko'plab ta'riflar
mavjud.
Masalan:   inson   ma'lumotlarini   qayta   ishlashning   eng   yuqori   bosqichi,
atrofdagi  dunyo ob'ektlari  yoki hodisalari  o'rtasidagi  aloqalarni  o'rnatish jarayoni;
yoki   -   ob'ektiv   voqelik   haqidagi   g'oyalarning   paydo   bo'lishiga   olib   keladigan
ob'ektlarning   muhim   xususiyatlarini,   shuningdek   ular   o'rtasidagi   munosabatlarni
aks ettirish jarayoni. Ta'rif bo'yicha bahslar bugungi kungacha davom etmoqda.
Patopsikologiya   va   neyropsixologiya   fikrlash   eng   yuqori   aqliy
funksiyalardan biridir. U motivatsiyalar, maqsad, harakatlar va operatsiyalar tizimi,
natija va boshqaruvga ega bo'lgan faoliyat sifatida qaraladi.
Tafakkur   inson   bilimining   eng   yuqori   bosqichidir;   atrofdagi   real   dunyoni
bilish   jarayoni,   uning   asosi   tushunchalar,   g'oyalar   zaxirasini   ta'lim   va   doimiy
ravishda  to'ldirishdir; yangi hukmlarni  chiqarishni  (xulosalarni  amalga oshirishni)
o'z ichiga oladi. Fikrlash sizga birinchi signal tizimi yordamida bevosita idrok etib
bo'lmaydigan   bunday   ob'ektlar,   xususiyatlar   va   atrofdagi   dunyo   munosabatlari
haqida bilim olishga imkon beradi. Fikrlash shakllari va qonuniyatlari mantiqning,
psixofiziologik mexanizmlarning esa psixologiya va fiziologiyaning ko'rib chiqish
predmeti hisoblanadi.
  Tafakkur   -   ijtimoiy   sababiy,   nutq   bilan   chambarchas   bog`liq,   muhim   bir
yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Tafakkur hissiy bilish idrok
qilish   imkonini   bermaydigan   voqea,   hodisalarni   ham   o`rganish   imkonini   beradi.
Masalan,   yorug`lik   tezligini   o`lchash,   o`rganish,   uning   xossalaridan   foydalanish
faqat   tafakkur   orqaligina   amalga   oshirilishi   mumkin.Qachon   tafakkur   faoliyati
boshlanadi   (qachon   biz   fikrlab   boshlaymiz)?   Biz   doimo   fikrlamaymiz.   Agar
vaziyat bizga tushunarli bo`lsa, etarli hamma ma`lumot va vositalarga ega bo`lsak
biz   "o`ylamaymiz".   Tafakkur   jarayoni   muammo   paydo   bo`lsa,   muammoli
vaziyatda   paydo   bo`ladi.   Muammoli   vaziyat   -   biror   masalani   echish   uchun   zarur
bilimlar,   vosita   yoki   ma`lumot,   malakalarning   etishmasligi   bilan   bog`liq   bo`ladi.
Muammoli   vaziyatda   bizning   avvalgi   vosita   va   usullarimiz   etishmay   qoladi.   Shu
6 sababli   oddiy,   tushunarli,   o`zida   yangilikni   aks   ettirmaydigan   ma`lumotni
eshitayotgan   talaba   va   o`quvchi   fikrlamaydi.   Ularni   fikrlashga   undash   uchun
muammoli   vaziyatlar   yaratish   lozim.   Kelib   chiqishi   va   rivojlanishi   bo`yicha
tafakkur   ijtimoiy   tabiatga   ega.   Chunki   bilishning   barcha   vositalari,   usullari   va
manbaalari   inson   tomonidan   yaratilgan   moddiy   va   ma`naviy   boyliklar   bilan
bog`liqdir.   Odamning   aqliy   taraqqiyoti   insoniyatning   ijtimoiy-tarixiy   taraqqiyoti
davomida   to`plangan   bilimlarni   o`zlashtirish   jarayonida   amalga   oshadi.   Bu   erda
shaxsning   faolligini   inkor   qilmaymiz.   Mavjud,   tayyor   bilimlarni   o`zlashtirish
boladan fikriy zur berish, ijodiy ishlash, yangilik ochishni taqoza qiladi. Aks holda
o`zlashtirilgan bilim yuzaki, mexanistik bo`lib qoladi.Psixologiya fani mantiq fani
bilan birgalikda tafakkurning mantiqiy shakllarini o`rgandi. Tafakkurning mantiqiy
shakllari -tushuncha, hukm va xulosa chiqarishlardir.Tushuncha shunday bir fikrki,
bu   fikrda   voqelikdagi   narsa   va   hodisalarning   umumiy,   muhim,   farq   qiladigan
belgilari aks ettiriladi. Masalan, odam tushunchasi uning mehnat faoliyati, mehnat
qurollarini   ishlab   chiqarish,   nutq,   inson   ongi   va   shular   kabi   nihoyatda   muhim
belgilarni o`zida mujassamlashtirgan. Mana shu belgilar bilan odam hayvonlardan
farq   qiladi.Tafakkur   ko pgina   fan   sohalari   (falsafa,   mantiq,   jamiyatshunoslik,ʻ
fiziologiya,   kibernetika,   biologiya)ning   tadqiqot   ob yekti   hisoblanadi.	
ʼ
Psixologiyada   tafakkur   voqelikni   umumlashtirish   darajasiga,   muammoni   yechish
vositasi   xususiyatiga,   holatlarning   inson   uchun   yangiligi,   shaxsning   faollik
ko rsatish   darajasiga   ko ra   bir   necha   turlarga   (ko rgazmali   harakat,   ko rgazmali	
ʻ ʻ ʻ ʻ
obrazli,   amaliy,   nazariy,   ixtiyoriy,   ixtiyorsiz,   mavhum,   ijodiy   va   hokazo)   ajratib
tadqiq   qilinadi.   Ijtimoiy   hayotda,   ta lim   jarayoni   va   ishlab   chiqarish.da   odamlar	
ʼ
o rtasidagi   aloqa   va   munosabatlar   ham   tafakkur   yordamida   namoyon   bo ladi.	
ʻ ʻ
Jamoada   tanqidiy   qarash,   o zini   o zi   tanqid,   baholash,   tekshirish,   o zini   o zi	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tekshirish, nazorat qilish, o zini o zi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan	
ʻ ʻ
iborat tafakkur sifatlari vujudga keladi.   Insonning inson tomonidan idrok kilinishi
ham tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar
tafakkurning mahsuli  hisoblanadi.  Psixologiya tafakkurning filogenetik (insoniyat
paydo   bo lishi   davri),   ontogenetik   (kishi   umri   davomida)   bilishga   oid   tarixiy	
ʻ
7 jihatlarini ham o rganadi. Hozirgi zamon fanining juda ko p murakkab masalalariʻ ʻ
tafakkurdagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq o rganishni taqozo etmoqda.	
ʻ
Tafakkur   muammosini   ko‘rib   chiqqan   A.   A.   Smirnov   tafakkur   va   aqliy
jarayonlarning   assotsiativ   tarzda   kechishini   tafovutlash   zaruriyati   haqida
ogohlantirgan   edi.   Gap   shundaki,   aqliy   faoliyatda   biz   assotsiatsiyalardan   keng
foydalanamiz,   chunki   ular   tafakkur   masalalarini   echishda   ahamiyatli   yordam
ko‘rsatadi.   Aqliy   jarayonlarning   assotsiativ   kechishida   holat   o‘zgacha   bo‘ladi.
Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad
qo‘ymaymiz,   chunki   hech   qanday   vazifani   bajarmaymiz.   Bunda   bir   jarayon
ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan
bo‘ladi.   Tafakkur   jarayonlarining   assotsiativ   tarzda   kechishi   ko‘p   hollarda   inson
toliqqan bo‘lib, hordiq olishni  xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin
xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar
ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi.
  Tafakkurning   alohida   muhim   o‘ziga   xos   xususiyati   –   bu   uning   nutq   bilan
uzluksiz   aloqasi.   Tafakkur   va   nutqning   bunday   aloqasi,   avvalambor,   fikrlarning,
hatto,   nutq   tovush   shakliga   ega   bo‘lmagan   holat,   masalan,   kar-soqov   odamlarda
ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar
orqali   fikr   yuritamiz.Qisqartirilganlik,   muxtasarlik,   ixchamlilik   xususiyatiga   ega
bo‘lgan   yashirin,   tovushsiz,   ichki   nutq   insonning   tafakkur   mexanizmi   bo‘lib
hisoblanadi.
Nutq tafakkur qurolidir.   Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur
jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy
maqsad),   ichki   nutq,   fikrni   tashqi   tomondan   nutqiy   ifodalash   kabi   bosqichlaridan
iborat   bo‘lgan   murakkab   jarayon.Tafakkur   moddiy   olam   qonuniyatlari,   tabiat   va
ijtimoiy-tarixiy   hayotdagi   sababiy-oqibat   aloqalari,   insonlar   psixikasi
qonuniyatlarini   tushunish   imkonini   beradi.   Aqliy   faoliyat   natijalarini   qo‘llash
sohasi   bo‘lgan   amaliyot   tafakkur   faoliyatining   manbai   bo‘lib   xizmat
qiladi.Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik
jarayonlar,   masalan,   sezgilar   uchun   asos     vazifasini   o‘taydigan   yuqoriroq
8 darajadagi   miya   jarayonlari   tafakkurning   fiziologik   asosini   tashkil   etadi.   Lekin
hozirda   tafakkur   jarayonini   ta’minlovchi   barcha   fiziologik   tuzilmalarning   o‘zaro
ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida
miya   peshona   qismlari   alohida   ahamiyatga   ega   ekanligi   shubhasizdir.   Bundan
tashqari,   bosh   miya   po‘stlog‘ining   tafakkurni   gnostik   (bilish)   vazifasi   bilan
ta’minlovchi   doirasi,   shuningdek,   tafakkur   jarayonini   ta’minlovchi   miya   nutq
markazlari   ham   katta   ahamiyatga   ega.Tafakkurning   ikki   darajasi   mavjud:   fahm-
farosat   –   abstraksiyalardan   foydalanish   o‘zgarmas   chizmalar,   namunalar
chegarasida   sodir   bo‘ladigan   oddiy   tafakkur,   sog‘lom   fikr,   tafakkurning
boshlang‘ich   darajasi,   uning   mantiqiy   mazmunini   emas,   balki,   ibora   va   dalillar
tuzilishini o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri
tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) –
abstraksiyalarni ijodiy qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega
bo‘lgan   nazariy   bilishning   oliy   darajasi,   aql   yordamida   inson   narsalar   mohiyati,
ularning   qonunlari   va   qarama-qarshiliklarini   anglab   etadi.Tafakkurning   psixik
faoliyat sifatidagi umumiy  xususiyatlarni chizma shaklida keltirish mumkin.
9 Tafakkur   –   bu   o‘z   tuzilishi   va   turlariga   ega   bo‘lgan   o‘ziga   xos   faoliyat.
Tafakkurning turlarga bo‘linishi shakli, xususiyati, ochib berilganlik, yangililik va
voqelikka moslik kabi xususiyatlarga qarab bo‘linadi.Tafakkur, odatda, nazariy va
amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur,
amaliy   tafakkurda   esa   –ko‘rgazmali-obrazli   va   ko‘rgazmali-harakatli   tafakkur
ajratiladi.
Tushunchali tafakkur   – bu ma’lum  tushunchalar  qo‘llaniladigan tafakkur.
U   yoki   bu   aqliy   masalalarni   echishda   boshqa   odamlar   tomonidan   aniqlangan   va
10 tushunchalar,   mulohazalar,   xulosalar   shaklida   ifodalangan   tayyor   bilimlardan
foydalanamiz.
Obrazli tafakkur   – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining
bir   turi.   Ular   xotiradan   olinadi   yoki   tasavvurda   hosil   qilinadi.   Ko‘pincha
tafakkurning   bu   turi   badiiy   ijodkorlik   faoliyati   bilan   shug‘ullanuvchi   odamlarda
ustun bo‘ladi.
Tushunchali   tafakkur   voqelikni   aniq   va   umumlashtirgan   holda   aks   ettiradi,
lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi
olamni   aniq  va  sub’ektiv  aks   ettirish   imkonini  beradi.  Shunday  qilib,  tushunchali
va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi.
Ko‘rgazmali-obrazli  tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur
odam   biror   masalani   echishda   turli   obrazlarni,   hodisalar   va   jismlar   haqidagi
tasavvurlarni   tahlil   qilishida,   qiyoslashtirishida,   umumlashtirishida   namoyon
bo‘ladi.
Ko‘rgazmali-harakatli   tafakkur   –   mohiyati   real   jismlar   bilan   amalga
oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida
turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi
mehnat bilan mashg‘ul  bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.Yana til vositalari
asosida vazifa bajaruvchi  so‘z-mantiqiy tafakkur  mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixiy
rivojlanishining   so‘nggi   bosqichidir.     Unga   tushunchalar   va   mantiqiy   hosilalarni
qo‘llash   xosdir.Amaliy   tafakkur   tajriba,   amaliy   harakatlar   asosida   amalga
oshiriladi   va   aniq   vazifalarni   bajarishga   qaratilgan,     nazariy   –   tajriba   bilan   ish
ko‘rmasdan   tushunchalardan   foydalanadi.   Diskursiv   tafakkur   –   kengaytirilgan
tafakkur, ichki sezgi  kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud
emasligi,   oz   darajada   anglanganligi   bilan   xaraterlanadi.   Reproduktiv,   ishlab
chiqaruvchi   tafakkur   –   bu   namuna   bo‘yicha   tafakkur,   ijodkorlik   esa     –     yangi
kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni
to‘g‘ri aks ettiradi, odam o‘z hulq-atvorini anglaydi, autistik tafakkur esa, asosan,
ob’ektga   emas,   affektga   mos   bo‘lganlarni   ifodalaydi,   ehtiyojni   qondirishga,   kelib
chiqqan hissiy zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Tafakkurning aqliy
11 jarayonning   natijasi   hisoblangan   uch   xil   shakli:   tushuncha,   mulohaza   va   xulosa
farq qilinadi.
Tushuncha    –   bu jism  va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan
va   farqlanuvchi   belgilarini   aks   ettiruvchi   tafakkur   shakli.   Tushunchalar   asosida
hodisalar   va   jismlar   haqidagi   mavjud   bilimlarimiz   yotadi.   U   aniq   va   mavhum
bo‘lishi   mumkin.   Jismning   barcha   belgilaridan   aynan   ushbu   jism   yoki   o‘xshash
jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u
holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, g‘oya,
jamiyat  va  boshqalar   kiradi.  Agar  jismdagi  biror-bir   alohida belgi   ajratilib,  va  bu
belgi   o‘rganish   predmeti   bo‘lib   xizmat   qilsa,   alohida   jism   sifatida   o‘rganilsa,
mavhum   tushuncha   hosil   bo‘ladi.   Bunday   tushunchalarga   fidokorlik,   tenglik,
vijdoniylik   va   boshqalar   kiradi.Tushunchalar   ayrim   va  umumiy  bo‘lishi   mumkin.
Ayrim   belgilar   deb,   jismning   qaysi   sinfga   tegishliligidan   qat’iy   nazar,   yagona
jismga   taalluqli   bo‘lgan   tushunchaga   aytiladi.   Ayrim   tushunchalarga   moskva,
toshkent,   baykal   ko‘li   va   boshqalar   kiradi.   Umumiy   tushuncha   deb,   bir   jismga
emas,   balki,   jismlar   sinfiga,   bu   sinfdagilarning   istalgan   jismiga   tegishli   bo‘lgan
tushunchaga   aytiladi.   Masalan,   samolyot,   davlat,   korxona,   institut   va   h.k
tushunchalarning   tasavvurdan   farq   qiluvchi   o‘ziga   xos   xususiyatlariga,
tasavvurlarning   doimiy   obrazga   ega   ekanligi,   tushuncha   esa     –   bu   so‘zda   o‘z
ifodasini   topgan   fikr   ekanligidan   iboratligi   kiradi;   tasavvur   ahamiyatli   va
ahamiyatga ega bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina
ahamiyatli   belgilar   saqlanib   qoladi.   Tushuncha   tasavvurdan   ko‘ra   ko‘proq
umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.
Hukm   –     jismlar   va   hodisalar   o‘rtasidagi   aloqani   aks   ettiruvchi   tafakkur
shakli;   biror   narsani   tasdiqlash   yoki   inkor   etish.   Tasdiqlovchi   hukmga   misol
sifatida:   «psixika   miyaning   vazifasi»,   «barcha   metallar   elektr   tokini   o‘tkazadi»,
inkor   etishga   –     «suvda   hech   qanday   yog‘   erimaydi»   kabi   hukmlarni   keltirish
mumkin.Biz   tasdiqlayotgan   yoki   inkor   etayotgan   hukmning   ma’lum   sinfning
jislaridan   birortasi,   ba’zilari   yoki   har   qaysi   jismga   taalluqli   bo‘lishiga   bog‘liq
ravishda hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim hukm: «bu
12 odam hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi». Xususiy hukm: «ba’zi metallar suvdan
og‘irroq».   Umumiy   hukm:   «suyuqlikdagi   har   bir   jismga   u   siqib   chiqargan
suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir ko‘rsatadi».
Hukmlarning   ob’ektiv   voqelikni   aks   ettirishiga   ko‘ra   ular   chin   va   soxta
bo‘lishi   mumkin.   Chin   hukm   jismlar   va   ularning   xossalari   o‘rtasidagi   voqelikda
mavjud   bo‘lgan   aloqalarni   ifodalaydi.   «massa   –   inertlik   o‘lchovi»   chin   hukmdir.
Xato   hukm   ob’ektiv   hodisalar   o‘rtasidagi   voqelikda   mavjud   bo‘lmagan   aloqani
ifodalaydi,   masalan:   «barcha   odamlar   uchun   o‘lim   muqarrar   emas».Bir   yoki   bir
necha   hukmlardan   yangi   hukm   yuzaga   keladigan   tafakkur   shakli   xulosa   deb
ataladi.   Boshqa   hukmlar   keltirib   chiqariladigan   boshlang‘ich   hukmlar   xulosa
dalillari   deb   ataladi.   Masalan,   barcha   slanetslarning   yonuvchanligi   ma’lum,   va
ushbu   modda   slanets   bo‘lsa,   u   holda   «ushbu   moddaning   yonuvchanligi»   haqida
xulosa   yasash   mumkin.Xulosa   chiqarishning   sodda   va   tipik   shakli   sillogizm
hisoblanadi.   Masalan:   «barcha   metallar   –   elektr   o‘tkazuvchi.   Qalay   –   metall
bo‘lgani uchun, qalay – elektr tokini o‘tkazadi».
Inson   asosan   xulosalarning   ikki   turi   –     induksiya   va   deduksiyadan
foydalanadi.     Induksiya   –   bu   xususiy   xulosalardan   umumiy   xulosalarni   keltirib
chiqarish,   ayrim   dalillar   va   hodisalarni   o‘rganish   asosida   umumiy   qoidalar   va
qonunlar o‘rnatish usuli.
Deduksiya   –   bu   umumiy   mulohazalardan   xususiy   mulohazalar   keltirib
chiqarish,   umumiy   qonunlar   va     qoidalar   asosida   ayrim   dalillar   va   hodisalarni
bilish.
Tafakkur   operatsiyalari   va     qonuniyatlari.
fikrlash   jarayonida   inson   atrof-olamni   o‘ziga   xos   aqliy   opersiyalar   vositasida
o‘rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, abstraksiya
va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Analiz   –   bu   yaxlitlikni   fikran   qismlarga   yoki   yaxlitlikni   tomonlar,
harakatlar,   munosabatlarga   ajratish.     Stolni,   masalan,   qopqog‘i,   tirgaklari,
g‘aladonlari   va   boshqalarga   bo‘lish   mumkin.   Fikrlash   jarayoni   bevosita     nutqiy
faoliyatga kiritilganida analiz amaliy, va nazariy holatda aqliy bo‘ladi.
13 Sintez   –   bu   qismlar,   xossalar,   harakatlarni   fikran   yaxlitlikka   birlashtirish.
Xuddi   shunday,   o‘quvchi   biror   mavzuni   o‘rganishda   matnning   hammasini   o‘qib
chiqadi, so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni ajratadi, ya’ni matnni
tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‘ladi.
Taqqoslash   –   bu   jism   va   hodisalar,   yoki   ularning   alohida   belgilari
o‘rtasidagi  o‘xshashlik yoki  farqlarni  aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala)
va   ko‘p   tomonlama   (to‘liq);   yuzaki   va   chuqur;   bevosita   va   vositali   bo‘lishi
mumkin.
Umumlashtirish     –     jism   va   hodisalarni   ularning   umumiy   va   ahamiyatli
belgilari   bo‘yicha   fikran   birlashtirish.   Masalan,   olma,   nok,   olxo‘ri,   o‘rik   va
h.k.lardagi   o‘xshash   belgilar     «mevalar»   so‘zi   bilan   ifodalanadigan   yagona
tushunchada   namoyon   bo‘ladi.   Sodda   umumlashtirishlar   ob’ektlarni   alohida,
tasodifiy   belgilar   asosida   birlashtirishdan   iborat,   majmuiy   umumlashtirish
murakkab bo‘lib hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.
Abstraksiya  – bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va belgilarini
fikran ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda
ko‘rsatish. Xuddi shunday, mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z yuritganimizda, biror-
bir   ishchi,   muhandis,   talabaning   emas,   balki   har   bir   insonning   muhim   xususiyati
sifatida   gapiramiz.   Abstraklashtirish   odatda   tahlil   natijasida   amalga   oshiriladi.
Aynan,   abstraktlashtirish   vositasida   uzunlik,   kenglik,   miqdor,   narx   va   boshqa
tushunchalar yuzaga kelgan.
Aniqlashtirish   –   bu   umumlashtirilgan   bilimlardan   yagona,   alohida
vaziyatga fikran o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun,
qoida,   nizomni   tasdiqlovchi   misol,   rasm,   aniq   dalilni   keltirish   demakdir.Jism   va
hodisalarni tizimlashtirish yoki tasniflash ularni bir-biriga o‘xshashlik yoki farqlari
asosida   guruhlarga   bo‘lish.   Masalan,   o‘quvchilarni   o‘zlashtirish,   intizom,   jamoat
ishlaridagi   faollik   bo‘yicha   guruhlarga   bo‘lish   mumkin.Tafakkur   quyidagi   asosiy
qonuniyatlarga bo‘linadi:
1.   Tafakkur   muammoni   hal   etish   bilan   bog‘liq   ravishda   yuzaga   keladi;
muammoli   vaziyat   yuzaga   kelish   sharoiti   vazifasini   o‘taydi,   u   boshlang‘ich
14 ma’lumotning   taqchilligi,   sub’ektning   aqliy   faolligi   yordamida   engib   o‘tish   zarur
bo‘lgan   ma’lum   bilish   to‘siqlari,   qiyinchiliklarning   yuzaga   kelishi   bilan
xarakterlanadi.
2.   Tafakkurning   asosiy   mexanizmi,   uning   umumiy   qonuniyati   sintez   orqali
tahlil   qilish:   ob’ektni   boshqa   ob’ektlar   bilan   taqqoslash   vositasida   unda   yangi
xossalarni   ajratish   hisoblanadi;   shunday   qilib,   «ob’ektdan,   yangi   mazmun   yig‘ib
olinadi,   u   har   safar   o‘zining   boshqa   tomonlari   bilan   o‘girilgandek   bo‘ladi,   unda
yanada yangi xossalar namoyon bo‘ladi» (s.l. rubinshteyn).
3.   Tafakkurning   asoslanganligi:   har   bir   dalil,   har   bir   hodisa   o‘tmishdagi
dalillar   va   hodisalar     asosida   tayyorlanadi.   Hech   bir   narsa   etarlicha   asossiz   sodir
bo‘lmaydi.   Etarlicha   asoslash   qonuni   inson   fikrining   har   bir   mulohazada   o‘zaro
bog‘langan   bo‘lishini,   birining   ikkinchisidan   kelib   chiqishini   talab   etadi.   Har   bir
xususiy fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
4.   Selektivlik   (lot.   –   tanlash,   tanlanish)   –   ma’lum   vaziyat   uchun   zarur
bo‘lgan   bilimlarni   tanlash,   barcha   imkoniyatga   ega   bo‘lgan   holatlarni   chetlab
o‘tgan holda ularni muammoni hal etishga safarbar qilish. 
5.   Antitsipatsiya   (lat.   –   oldindan   sezish)   voqealar   rivojini   oldindan   ko‘ra
bilish,   oldindan   sezishni   bildiradi.   Inson   voqealar   rivojini   oldindan   ko‘ra   bilish,
ularning   natijalarini   bashorat   qilish,   muammo   echimining   ehtimolligi   chizmasini
tasavvur qilish qobiliyatiga ega.
6.   Tafakkur   refleksivligi.   Fikrlovchi   sub’ekt   doimiy   refleksiya   holatida
bo‘ladi.
1.2.  Tafakkurni eksperimental usullar yordamida o‘rganish.
Psixologiyada   eksperimental   usullar   yordamida   kuzatish   bilan   bir   qatorda
umuman   ilmiy   bilishning,   xususan,   psixologik   tadqiqot   usullaridan   biridir.
Eksperiment   kuzatuvdan   bir   yoki   bir   nechta   o'zgaruvchilar   (omillar)   bilan   tizimli
manipulyatsiyalarni   amalga   oshiradigan   va   o'rganilayotgan   hodisa   bilan   sodir
bo'lgan   o'zgarishlarni   qayd   qiluvchi   tadqiqotchining   vaziyatga   faol   aralashuvi
imkoniyati  bilan  farq qiladi.  Eksperimentning  tadqiqot  usul  qiymatini  belgilovchi
15 asosiy   xususiyatlari   quyidagilardan   iborat:   i)   tajribada   tadqiqotchining   o'zi
hodisalarning   tasodifiy   oqimi   imkon   berguncha   kutish   o'rniga   (odatni   ob'ektiv
kuzatishda   bo'lgani   kabi)   o'zi   o'rganayotgan   hodisani   keltirib   chiqaradi.   unga   bu
hodisani   kuzatish,   2)   eksperimentator   hodisaning   tasodifiy   berilgan   kontekstda
ularni   idrok   etish   o'rniga,   o'z   xususiyatlarini   namoyon   qiladigan   sharoitlarni
o'zgartirishi   mumkin;   3)   eksperimentatorning   o'rganish   shartlari   bo'yicha
o'zgaruvchan manipulyatsiyasi muayyan jarayonlar, hodisalarning muayyan sharoit
va   vaziyatlardagi   qonuniyatlarini   aniqlash   imkonini   beradi;   4)   eksperiment
jarayonida   turli   darajadagi   hodisalar   o'rtasida   miqdoriy   qonuniyatlarni   o'rnatish
mumkin, ularning o'zaro ta'siri aniq tadqiqot tartibida modellashtiriladi.
Psixologiyada tajriba laboratoriya yoki tabiiy bo'lishi mumkin. Laboratoriya
tajribasi o'rganilayotgan hodisa uchun sun'iy (laboratoriya) sharoitda, hodisani yoki
uning   individual   xususiyatlarini   aniqlashtirish   uchun   vaziyatda   maxsus   tashkil
etilgan   eksperimentator   kutilgan   jarayonni   boshlaganida   va   buning   uchun   barcha
zarur   shart-sharoitlarni   sun'iy   ravishda   simulyatsiya   qilganda   amalga   oshiriladi.
Laboratoriya tajribasi na tashqi ta'sirlarni (qo'zg'atuvchilarning kuchi, davomiyligi
va   ketma-ketligi   yoki   ularning   kombinatsiyasi)   va   insonning   ushbu
ogohlantirishlarga bo'lgan reaktsiyalarini (harakatlari va bayonotlari) aniq hisobga
olish imkonini beradi. Demak, masalan, sezgi va idrokni o`rganish jarayonida turli
qo`zg`atuvchilarning   kuchi   va   ketma-ketligi,   shuningdek,   turli   sezgi   a`zolarining
ularga   bo`lgan   javoblari   aniq   hisobga   olinadi.   Xotirani   o'rganishda   eslab   qolgan
materialning miqdori va sifati aniq hisobga olinadi; turli yo'llar bilan esda saqlash
(to'liq,   qismlarga   bo'lib,   ovoz   chiqarib,   «o'ziga»,   takrorlar   soni   va   boshqalar),
so'ngra   barcha   ma'lumotlarni   taqqoslash   orqali   u   yoki   bu   turdagi   materialni   va
boshqa qonuniyatlarni samarali esda saqlash shartlari o'rnatiladi.
Birinchidan eksperimental tadqiqotlar psixik jarayonlar (birinchi sezgilar) da
amalga oshirilgan o'n to'qqizinchi o'rtalari ichida.  MWeber va. GFechner. Birinchi
eksperimental   psixologik   laboratoriyalar   tashkil   etildi.   VWundt   (in.   N.
Germaniya),   va   keyinchalik   -.   V.M.Bekhterev   va.   ALI-Karskiy   (Rossiyada).
MMLange   (Ukrainada).   Psixologiyada   laboratoriya   tajribasini   rivojlantirishda,
16 masalan, ishlab chiqilgan xotirani o'rganish usullari muhim rol o'ynadi. Inka 19-asr
Gebbinghaus. Laboratoriya psixologik eksperimentining katta afzalligi shundaki, u
nafaqat   sub'ektlarning   tashqi   harakatlari   va   bayonotlarini,   balki   ichki   (yashirin)
fiziologik   reaktsiyalarni   ham   hisobga   olish   imkonini   beradi:   miyaning   elektr
potentsialidagi   o'zgarishlar,   faoliyatdagi   o'zgarishlar.   yurak   va   qon   tomirlari,
proprioseptiv   va   miokenetik   reaktsiyalar   va   boshqalar   ..   Bu   fiziologik
reaktsiyalarni   aniqlash.   Videoqo‘ng‘iroq   maxsus   jihozlar   yordamida   amalga
oshiriladi. Umuman olganda, eksperimentda o'rganilayotgan hodisaning tabiati  va
tadqiqot   maqsadlariga   qarab,   ma'lum   texnik   vositalar   yoki   eksperimental
vaziyatning boshqa modellashtirish elementlari qo'llaniladi.
Laboratoriya   tajribasi   natijalari   har   doim   quyidagi   xususiyatlarni   hisobga
olgan   holda   tahlil   qilinadi:   1)   eksperimental   vaziyatning   sun'iyligi;   2)
eksperimental   jarayonning   analitikligi   va   mavhumligi;3)   eksperimentator
ta'sirining   eksperimentning   borishi   va   natijalariga   murakkablashtiruvchi   ta'siri.
Bundan   tashqari,   eksperiment   har   doim   u   yoki   bu   metodologik   vositalar   bilan
to'ldiriladi,   bu   eksperimentning   tadqiqot   tekisligini   kengaytirish   va   tadqiqot
samarasini butunga oshirish imkonini beradi.
Kuzatish   va   eksperiment   o'rtasidagi   oraliq   shakl   bo'lgan   tajribaning   o'ziga
xos   versiyasi   taklif   qilingan   tabiiy   eksperiment   usulidir.   OF.   L   va   kurskiy.   U
laboratoriyada   emas,   balki   oddiy   hayot   sharoitida   amalga   oshiriladi,   faoliyat   olib
boriladigan sharoit eksperimental ta'sirga duchor bo'lsa, o'rganilayotgan ob'ektning
faolligi   uning   tabiiy   ko'rinishida   kuzatiladi.   Biroq,   tajribaning   tabiiy   holatini
tanlash   o'z-o'zidan,   tasodifiy   emas.   Tadqiqot   tadqiqot   maqsadlariga   javob
beradigan   tanlangan   shartlarga   muvofiq   amalga   oshiriladi   va   jarayonlar
o'zlashtiriladi, eksperimentatorning aralashuvisiz tabiiy tartibda va ketma-ketlikda
davom   etadi.   Tabiiy   tajriba   birlashtiradi   ijobiy   fazilatlar   kuzatish   va   laboratoriya
tajribasi,   lekin   qolganlari   bilan   solishtirganda,   u   kamroq   aniq   va   ko'p   hollarda   u
bilan to'ldirilishi kerak.
Mening   fikrimcha,   eksperimentning   asosiy   atributi   iste'molchiga   faol   ta'sir
ko'rsatishdir.   Shuning   uchun,   "maydon"   va   laboratoriya   tajribalari   bu   usulning
17 butunlay   boshqa   sinflari.   Birinchi   holda,   marketolog   iste'molchilarga   real,   faol
ta'sir   ko'rsatadi,   ikkinchidan   -   ma'lum   sharoitlarda   uydirma,   shartli   yoki
simulyatsiya.   Shunga   ko'ra,   bu   ikki   tajriba   sinfi   turli   afzalliklarga   va
kamchiliklarga ega.
"Dala"   tajribasi   tabiiy   sharoitda   mustaqil   o'zgaruvchini   o'zgartirishni   o'z
ichiga   oladi:   do'konda,   iste'molchining   uyida   va   hokazo.   Bu   erda   o'rganilayotgan
omilning   ta'siri   hodisalarning   tabiiy   yo'nalishi   bilan   bog'liq,   shuning   uchun
sharoitlarni   diqqat   bilan   nazorat   qilishni   ta'minlash   juda   qiyin.   "Dala"   tajribalari
bozor testi yoki sinov marketingi deb ham ataladi. Odatda, "nol" eksperimenti bir
yoki   bir   nechta   cheklangan   geografik   bozorlarda   keng   ko'lamli   marketing
dasturining bir qismini amalga oshirishdir.
18 II.BOB Tafakkurni o‘rganish bo‘yicha chet el olimlarining fikrlari
2.1. Tafakkurning rivojlanish bosqichlari.
Tafakkur   boshqa   bilish   jarayonlari   kabi   o’zining   individual   xususiyatlariga
ega   bo’lib,   fikr   yuritish   faoliyatining   shakllari,   vositalari   va   operatsiyalarining
munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda
tafakkurning   individual   xususiyat-lari,   sifatlariga   bilish   faoliyatining
mazmundorligi,   mustaqillik,   epchillik,   samaradorlik,   fikrning   kengligi,   tezligi,
chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.
  Tafakkur   mazmundorligi   deganda   insoning   tevarak-atrofdagi   moddiy
voqelik   to’g’risida   ongda   qay   miqdorda,   ko’lamda   mulohazalar,   muhokamalar,
fikrlar,   muammolar,   tushunchalar   joy   olganligi   nazarda   tutiladi.   Insonda   sanab
o’tilgan   xarakterdagi   g’oyalar   to’lib   toshsa,   shunchalik   tafakkur   mazmundor
bo’ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan
tafovutlanadi.
Tafakkurning   chuqurligi   deganimizda   moddiy   dunyodagi   narsa-
hodisalarning   asosiy   qonunlari,   qonuniyatlari,   xossalari,   sifatlari   ularning   o’zaro
bog’lanishlari,   munosabatlari,   tafakkurimizda   to’liq   aks   etganligini   tushunishimiz
kerak.   Tafakkur   arsenalida   joylashgan   narsalarning   qay   yo’sinda
sistemalashganligiga   qarab   to’g’ri   va   ratsional   yo’l   nazarda   tutiladi,   u   yoki   bu
shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin.
  Tafakkurning   kengligi   o’zining   mazmundorligi,   chuqurligi   kabi   sifatlari
bilan  muntazam   aloqada   bo’ladi.   Insonlardagi   narsa   va   hodisalarning   eng  muhim
belgi,   xususiyatlarini   o’zida   mujassamlashtirgan   o’tmish   yuzasidan,   hozirgi   davr
haqida,   shuningdek,   kelajak   to’g’risida   mulohazalar,   muammolar   va
tushunchalarni   qamrab   olgan   tafakkur   keng   tafakkur   deyiladi.   Fikr   doirasi   keng
bilim saviyasi yuqori serg’oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon
yoki   tafakkuri   keng   kishilar   deb   atash   mumkin.   Demak,   insonning   aql-zakovati,
bilimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.
19   Inson   tafakkuri   o’zining   mustaqilligi   jihatidan   mustaqil   va   nomustaqil
tafakkurga   ajratiladi.   Tafakkurni   mustaqilligi   deganda   kishining   shaxsiy
tashabbusi   bilan   o’z   oldiga   aniq   maqsad,   yangi   vazifalar   qo’ya   bilishi,   ular
yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga
keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining
aqliy   izlanishi   tufayli   turli   yo’l,   usul   va   vositalar   topib,   mustaqil   ravishda   hal
qilishdan   iborat   aqliy   qobiliyatni   tushunish   kerak.   Tafakkurning   mustaqilligi
aqlning   sertashabbusligi,   pishiqligi   va   tanqidiyligida   namoyon   bo’ladi.   Aqlning
sertashabbusligi   deganda   insonning   o’z   oldiga   yangi   muammo,   aniq   maqsad   va
konkret   vazifalar   qo’yishni,   ana   shularning   barchasini   amalga   oshirishda,
nihoyasiga  etkazishda  echimni   qidirishda   usul   va  vositalarni  shaxsan   o’zi  izlashi,
aqliy   zo’r   berib   intilishi,   ularga   taaalluqli   qo’shimcha   belgi   va   alomatlarni
kiritishdan   iborat   bosqichlarning   namoyon   bo’lishini   nazarda   tutamiz.   Aqlning
pishiqligi   vazifalarni   tez   echishda,   echish   paytida   yangi   usul   va   vositalarni   o’z
o’rnida   aniq   qo’llashda,   trafaretga   aylangan   eski   yo’l   hamda   usullardan   forig’
bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O’zining   o’zgalarning   mulohazalarini,   bu   mulohazalarning   chin   yoki   chin
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga,
muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol  o’ynaydi.
Tafakkurning   tanqidiyligi   ob’ektiv   va   sub’ektiv   ravishda   ifodalanishi   mumkin.
Mazkur   sifat   insonni   baholash,   o’z-o’zini   baholash   kabi   tafakkurning   individual
xususiyatlari   bilan   bog’liq   ravishda   namoyon   bo’ladi.   Agar   tanqidiylik   oqilona,
muhim   belgilarga,   muammo   mohiyatining   to’g’ri   ochilishiga,   ba’zan   etalonga
asoslanib   amalga   oshsa,   unday   tanqidiylik   ob’ektiv   tanqidiylik   deb   ataladi.
Mabodo   tafakkurning   tanqidiyligi   sub’ektiv   xatolarga,   umuman   sub’ektivizmga
og’ib   ketsa,   bunday   holda   sub’ektiv   tanqidiylik   deyiladi.   Sub’ektiv   tanqidiylik
salbiy   oqibatlarga   olib   keladi,   shuningdek   insonlar   o’rtasida   anglashilmovchilik
g’ovini   vujudga   keltiradi,   ikki   shaxs   o’rtasida   kutilmaganda   ziddiyat   paydo
bo’ladi.   Insonda   tafakkurning   tanqidiyligi   oqilona   ratsional   tarzda   vujudga   kelsa,
unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.
20 Maqsad,   muammo   va   vazifalar   o’zga   shaxslar   tomonidan   qo’yilib,   tayyor
usul   va   vositalarga   tayangan   holda   o’zga   kishilarning   bevosita   yordami   bilan
amalga   oshirilishi   jarayonida   bir   oz   ishtirok   etgan   tafakkur   nomustaqil   deb
ataladi.   Nomustaqil   tafakkurli   kishilar   tayyor   mahsulotlar   quliga   aylanadilar,
o’sishdan   orqada   qolish   xavfi   tug’iladi.   Natijada   aql-zakovatli   inson   bo’lish
o’rniga,   kaltabin,   aqldan   erinchoq,   behafsala   odam   bo’lib   voyaga   etadi.   Demak,
tafakkurning   nomustaqillik   illati   rivojlanishiga   to’siq   bo’lib,   yakka   shaxs   uchun
esa   tragediya   rolini   bajarishi   ehtimoldan   xoli   emas.   Fikrning   mustaqilligi   uning
mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida
ma’lum   soha   uchun   qimmatli   va   yangi   fikrlar,   g’oyalar,   tavsifnomalar   yaratilgan
hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday kishining tafakkuri
sermahsul   tafakkur   deb   ataladi.   Demak,   vaqt   oralig’ida   bajarilgan   ish   ko’lami   va
sifatiga   oqilona   baho   berish   tafakkur   mahsuldorligini   o’lchash   mezoni   sifatida
xizmat   qiladi.Tafakkur   ixchamligi   deganda   muammoni   hal   qilishning   dastlab
tuzilgan   rejasi   mazkur   jarayonda   masala   echish   shartini   qanoatlantirmay   qolsa,
nomutanosiblik   hosil   bo’lsa   hech   ikkilanmay   elastik   ravishda   o’zgartirishlar
kiritishdan   iborat   fikr   yuritish   faoliyatini   tasavvur   qilmog’imiz   shart.   Fikrning
operativ   jihatdan   tezkorlik   bilan   o’zgartirishdan   va   to’g’ri   yo’nalishga     yo’llab
yuborishdan   iborat   tafakkur   sifati   uning   ixchamligi   deyiladi.   Masalan,   talaba
imtihonda   avval   g’oyani   noto’g’ri   yoritayotib,   o’z-o’zicha   birdaniga   xatosini
anglab   to’g’ri   javob   bera   boshlashi   kabilar.   Demak,   tafakkurning   mazkur   sifati
fikrlarni,   axborotlarni   tinglovchilarga   xato   va   kamchiliklarsiz   etkazib   berish
garovidir.Tafakkurning   tezligi   qo’yilgan   savolga   va   muammoga   to’liq   javob
olingan   vaqt   bilan   belgilanadi.   Uning   tezligi   qator   omillarga,   jumladan   fikrlar
uchun   zarur   materialni   tez   yodga   tushira   olishga,   muvaqqat   bog’lanishlarning
tezligi,   turli   hislarning   mavjudligiga,   insonning   diqqatiga,   qiziqishiga   bog’liq
bo’ladi. Bundan tashqari  tafakkurning tezligi boshqa shartlarga – insonning bilim
saviyasiga,   fikrlash   qobiliyatiga,   mavjud   ko’nikma   va   malakalariga   ham   bog’liq
ekanligi   isbotlangan.   Xulosa   qilib   aytganda,   tafakkur   jarayonlarining   tezligi   va
jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
21 Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib xizmat
qiladi.   Imtihon   paytida,   seminar   mashg’ulotlarida   faol   ishtirok   qilgan   talaba
hayajonlanib,   egallagan   bilimlarini   vaqtincha   unutib   o’zini   yo’qotib   qo’yadi.
O’rinsiz   salbiy   emotsiyalar   uning   tafakkurini   tormozlab,   muvaffaqqiyatsizlikka
olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay
tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar aksincha, imtihonda hayajonlanib fikrlari
ravshanlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim
neyronlar uyg’onib, funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi
mumkin.   SHuning   uchun   o’qitish   jarayonida   talaba   va   o’quvchilarning   aqliy
faoliyatini to’g’ri baholashda ularning individual tipologik xususiyatlarini hisobga
olish   maqsadga   muvofiqdir.   Jahon   psixologlarining   ko’rsatishiga   qaraganda,
yuqorida   tahlil   qilib   chiqilgan   tafakkur   sifatlari   ularning   asosiy   xususiyati   bilan
uzviy bog’liqdir. Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy
voqelikdagi   muhim   jihatlarni   ajratib   mustaqil   ravishda   yangi   mazmundagi
umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. 
Insonlar fikrlash faoliyatidagi indvidual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik,
tafakkur   kengligi,   chuqurligi   va   mustaqilligi,   fikrning   eguluvchanligi,   aqlning
sertashabbusligi   va   tanqidiyligi,   mantiqiylik,   isbotlanganlik   va   ijodkorlik   kabi
sifatlarida ifodalanishi mumkin.
Aqlning pishiqligi –   u yoki bu hodisani ahamiyatga molik munosabatlarda
har   tomonlama   bilishga   intilish;   tafakkur   kengligi   –   bu   savolni   yaxlitligicha,   shu
bilan birga zarur bo‘lgan xususiyatlarni chetda qoldirmay qamrab olish qobiliyati.
tafakkur   kengligi   inson   dunyoqarashi   va   har   bir   hodisani   boshqa   hodisalar   bilan
turli   aloqalarda   ko‘rib   chiqish   qobiliyatida   ifodalanadi.   tafakkurning   chuqurligi
murakkab  savollar  mohiyatiga kirib borish, asosiy  holatni  ikkinchi  darajalilardan,
zaruriyatni   tasodifiydan   ajratish   malakasida   ifodalanadi.   tafakkur   chuqurligigiga
qarama-qarshi sifat bo‘lib hukm va xulosalarning yuzasi hisoblanadi, bunda odam
mayda-chuydalarga e’tibor qaratib, asosiysini ko‘rmaydi. tafakkurning mustaqilligi
insonning   yangi   vazifalarni   ilgari   surishi   va   boshqalarning   yordamidan
foydalanmasdan   ularning   echimini   topish   malakasi   bilan   xarakterlanadi.   Fikrning
22 egiluvchanligi   masalalarni   echishda   avvaldan   qo‘llanilib   kelayotgan   usullarning
ta’siridan   holi   bo‘lishda,   sharoit   o‘zgarganda   harakatlarni   tezda   o‘zgartirish
malakasida   ifodalanadi.   tafakkurning   tezligi   –   insonning   yangi   vaziyatda   o‘zini
yo‘qotib   qo‘ymaslik,   o‘ylab   olgan   holda   to‘g‘ri   qaror   qabul   qilish   qobiliyati.
aqlning sertashabbusligini insonning o‘ylamasdan masalaning bir tomonini ushlab
olib,   qaror   qilishga   shoshishi,   etarlicha   o‘ylanmagan   javoblar   bildirishida
ifodalanadigan shoshqaloqlikdan farqlash lozim . Aqlning tanqidiyligi   – bu inson
o‘zining va boshqalarning fikrlarini ob’ektiv baholashi,ilgari surilayotgan nizomlar
va   xulosalarni   izchillik   bilan   har   tomonlama   tekshirib   chiqish   malakasi.
tafakkurning   mantiqiyligi   –   tadqiq   etilayotgan   ob’ektning   barcha   ahamiyatli
tomonlarini   hisobga   olgan   holda   mulohazalarning   qat’iy   izchilligiga   rioya   qilish
qobiliyati.   tafakkurning   isbotlanganligi   –   zarur   vaqtda   hukm   va   xulosalarning
to‘g‘riligini   tasdiqlovchi   dalillar,   qonuniyatlardan   foydalanish   qobiliyati.     aql
ijodkorligi   –   ijodkorlik   tafakkuriga   bo‘lgan   qobiliyat.   tafakkurning   salbiy   sifati
uning   rigidligi   –   hodisa   mohiyatiga   nisbatan   xolis   bo‘lmagan   munosabat,   hissiy
taassurotning   oshirib   yuborilishi,   bir   xil   qolipdagi   baholarga   berilganlik
hisoblanadi.Inson   aqliy   rivojlanganligining   ko‘rsatkichi   sub’ektning   tashqi
cheklovlar   bilan   bog‘lanmaganligidir.Shunday   qilib,   odamlardagi   tafakkurning
individual   xususiyatlari  eqorida  ko‘rib  chiqilgan  aqliy  sifatlarda  turli  uyg‘unlikda
ifodalanadi.
Tafakkur   shakllanishi   va   rivojlanishida   bir   nechta   bosqichlarni   ajratib
ko‘rsatish mumkin. Hozirda mavjud bo‘lgan tafakkur taraqqiyotining bosqichlarga
bo‘linishiga   nisbatan   yondoshuvlarning   ko‘pchiligida   inson   tafakkuri
rivojlanishining   dastlabki   bosqichi   umumlashtirish   bilan     bog‘liqligi   ko‘rsatib
o‘tiladi.   Bunda   bolaning   birinchi   umumlashtirishlari   amaliy   faoliyatdan
ajralmasdir,   bu   bolaning   o‘zaro   o‘xshash   jismlar   bilan   bajaradigan   bir   xildagi
harakatlarida   o‘z   ifodasini   topadi.   Bu   intilish   bola   hayotining   dastlabki   yilining
oxiriga   kelib   namoyon   bo‘la   boshlaydi.   jismlarning   alohida   xossalarini   bilgan
holda  ikki   yoshli   bola   ma’lum   amaliy   masalalarni   echa   oladi.  xuddi   shunday,   bir
23 yoshu   uch   oylik   bola   narsalar   solingan   og‘ir   qutini   joyidan   surish   uchun
narsalarning yarmini olib tashlaydi, so‘ngra zarur harakatni amalga oshiradi.
Bola tafakkuri rivojlanishining keyingi bosqichi nutqni egallab borishi bilan
bog‘liq. bola bilib olgan so‘zlar unga umumlashtirishni amalga oshirishda tayanch
bo‘ladi.   ular   tez   orada   bola   uchun   umumiy   ma’noga   ega   bo‘lib,   bir   jismdan
ikkinchisiga oson ko‘chiriladi. lekin ko‘p hollarda jism va hodisalarning qandaydir
alohida   belgilari   bola   o‘sha   jismlarga   nisbatan   qo‘laydigan   birinchi   so‘zlar
ma’nosini   bildiradi.   xuddi   shunday,   ko‘pincha   «olma»     so‘zi     bolalar   tomonidan
barcha dumaloq shakldagi yoki qizil rangdagi jismlar bilan solishtiriladi.
Bola   tafakkurining   navbatdagi   bosqichida   bola   bir   xildagi   jismni   bir   necha
so‘zlar   bilan   atashi   mumkin.   bu   hodisa   bolada   ikki   yosh   atrofida   kuzatiladi   va
solishtirish tafakkur  operatsiyasining  shakllanishidan  dalolat  beradi.Bayon etilgan
ma’lumotlar   asosida   maktabgacha   yoshdagi   bola   tafakkurining   bir   nechta
ahamiyatli   bo‘lgan   xususiyatlarini   aniqlashimiz   mumkin.   Xuddi   shunday,   bola
tafakkurining ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati bolaning birinchi umumlashtirishi
harakat   bilan   bog‘liqligidan   iborat.   bola   harakatlanib,   fikr   yuritadi.   Bola
tafakkuriga   xos   bo‘lgan   xususiyat     –   tafakkur   aniqligida   namoyon   bo‘ladigan
ko‘rgazmaliligidir.
Bola   maktab   yoshiga   etganida   unda   fikrlash   imkoniyatlarining   taraqqiyoti
kuzatiladi.   bu   hodisa   yosh   o‘zgarishlari   bilan   birga,   birinchi   navbatda,   maktabda
ta’lim   olishda   bola   echishi   zarur   bo‘lgan   intellektual   masalalar   bilan   ham
bog‘liqdir.   tushunchalar   hosil   bo‘lish   jarayonida   fikrlash   operatsiyalarining
taraqqiyoti   sodir   bo‘ladi.   maktab   bolani   tahlil   qilishga,   sintezlashga,
umumlashtirishga   o‘rgatadi,   induksiya   va   deduksiyani   rivojlantiradi.   maktabni
tugatganida   odamda   tafakkurni   rivojlantirish   imkoniyati   saqlanib   qoladi.   lekin
bunday   rivojlanish   dinamikasi,   yo‘nalganligi   uning   faqat   o‘zigagina   bog‘liq
bo‘ladi.
Hozirgi   kunda   fan   tafakkurni   rivojlantirish   masalasiga   alohida   e’tibor
qaratgan.   amaliyotda   tafakkurni   rivojlantirishning   filogenetik,   ontogenetik   va
tajribaviy yo‘nalishlari  mavjud. Filogenetik yo‘nalish insoniyat  tarixiy rivojlanish
24 jarayonida   inson   tafakkuri   rivojlanishi   va   takomillashishini   o‘rganishni   taqazo
etadi. ontogenetik yo‘nalish  bir odamning hayotiy jarayoni asosiy bosqichlarining
rivojlanishi   bilan   bog‘liq.   O‘z   navbatida,   tajriba   yo‘nalishi     tafakkurni   tajribada
tadqiq   etish   muammolari     va   aqlning   alohida,   sun’iy   tashkil   etilgan   sharoitlarda
rivojlanish imkoniyati bilan bog‘liq.
2.2. Tafakkur nazariyalari va ularning ahamiyati.
Psixologiya fanlari doktori, professor   E.G‘oziev  esa, mazkur íushunchaning
mohiyatini   quyidagicha   izohlaydi:   “Tafakkur   inson   aqliy   faoliyatining,   aqliy
zakovotining,   ongli   harakatining   yuksak   shakíi   hisoblanadi.   Tafakkur   tevarak-
atrofni,   ijtimoiy   muhitni   hamda   voqelikni   bilish   quroli,   shuningdek,   insonning
keng   ko‘lamdagi   faoliyatini   oqilona   amalga   oshirishning   asosiy   sharti
hisoblanadi”.   E.Z.Usmonova ning   fikricha,   tafakkur   ijtimoiy   hayot   sharoitida
shakllanadigan jarayon b o iib , dastavval keng predmetli (amaliy) faoliyat tarzida
namoyon   bo‘ladi,   keyinchalik   u   “aqliy”   xatti-harakat   xarakterini   oluvchi   shaklga
aylanadi.   Q.Shonazarov   “tafakkur”   tushunchasining   quyidagi   ta’riflar   majmuini
taklif   etgan:   tafakkur   voqelikni   inson   tomonidan   bevosita   hissiy   idrok   qilib
bo‘lmaydigan obyektiv xususiyatlari, aloqalari, munosabatlari bilan ongli ravishda
aks   ettirilishini   bildiradi;   tafakkur   biror   tayyor   yechimi   yo‘q   muammo   paydo
bo‘lganda   boshlanadi.   Inson   biror   narsani   bilish   ehtiyoji   paydo   bo‘lganda   fikrlay
boshlaydi;   tafakkur   ongning   voqelikni   aniq,   chuqur,   to   liq   va   bevosita
umumlashtirib va bevosita aks ettirish (bilish)ga qaratilgan faoliyatidir; tafakkur bu
inson miyasida predmet  va hodisalaming o ‘z qonuniy aloqalari va munosabatlari
bilan   umumlashtirib   aks   ettirish   jarayonidir;   tafakkur   yangilikni   qidirish   va
ochishga   sotsial   jihatdan   bog'liq,   aloqador,   analiz,   sintez   jarayonida   voqelikni
bevosita  va  umumlashtirib  aks  ettirish  jarayonidir;  tafakkur  individni  bilvosita  va
umumlashgan   holda   aks   ettirishga   qaratilgan   bilish   jarayoni;   tafakkur   obyektiv
voqelikning faol in’ijodi.
Sharq   faylasuflari   Аl-Kindiy,   Аl-Forobiy,   Ibn   Sino,   Аl-G azzoliy   va   Ibnʼ
Rushd   ilk   o rta   asrlar   sharoitidayoq   kreativ   tafakkur   tushunchasining   ma no   va	
ʼ ʼ
25 mohiyati, mazmun va shaklini aniqlab berishga va u haqda bir butun yaxlit ta limotʼ
yaratishga   harakat   qildilar.   Аbu   Nasr   Forobiy   shoirlar   misolida:   “Endi   biz   senga
aytsak, shoirlar chindan tug ma qobiliyatli va she r bitishga tayyor tabiatli kishilar	
ʼ ʼ
bo ladi va ularda tashbeh va tamsilga layoqati yaxshi ishlaydigan bo ladi. Qadimda	
ʼ ʼ
yunon faylasuflari  bu masala  yuzasidan  turli  xil  qarashlarni  o rtaga  tashlaganlar.  	
ʼ
Suqrot   kreativ   taffakkurni   ijodiy   tafakkurning   o rtacha   holati   inson   amaliy	
ʼ
faoliyatini   muvofiqlashtiruvchi   ichki   qoidalarni   yaratish   borasidagi   qobiliyati   deb
tushunadi. Suqrotning shogirdi Аflotunning fikriga ko ra, kreativlik insonning turli
ʼ
tushunchalar   yaratishga   qaratilgan   mushohada   yuritish   qobiliyati   bo lsa,   kreativ	
ʼ
tafakkur   esa,   uni   kundalik   amaliy   faoliyatga   tadbiq   etish   uchun   zarur   bo ladi.	
ʼ
Umuman olganda, antik falsafiy tafakkur kreativlik mazmuniga ikki xil mavqedan
turib  yondoshadilar:  1)   kreativlikni  aynan   kosmoontologik  tushuncha   ekanligi;   2)
individual   xususiyatga   ega   bo lgan   biosotsial   tushuncha   sifatida   e tirof   etadilar.	
ʼ ʼ
Kosmoontologik   mazmunga   ega   bo lgan   “kreativlik”   asosan,   Platon   va   Аrastu	
ʼ
asarlarida olamiy  yohud dunyoviy  ijodiy aql   mahsuli   ko rinishida  sinkritek  holda	
ʼ
uchraydi,   lekin   bundan   yunon   mutafakkirlari   kreativlikning   individual
xususiyatlarini inkor etadi degan fikr kelib chiqmaydi. Biosotsial  xususiyatga ega
bo lgan   kreativlik   tarafdorlari   asosan   kreativ   tafakkurni   shakllanishini   avtomatik	
ʼ
jarayon   sifatida   tabiat   va   jamiyat   xodisalarining   inson   bioorganizmidagi   in ikosi	
ʼ
deb   tushunadilar.   Tafakkur   ko pgina   fan   sohalari   (falsafa,   mantiq,	
ʻ
jamiyatshunoslik,   fiziologiya,   kibernetika,   biologiya)ning   tadqiqot   ob yekti	
ʼ
hisoblanadi.   Psixologiyada   tafakkur   voqelikni   umumlashtirish   darajasiga,
muammoni   yechish   vositasi   xususiyatiga,   holatlarning   inson   uchun   yangiligi,
shaxsning   faollik   ko rsatish   darajasiga   ko ra   bir   necha   turlarga   (ko rgazmali	
ʻ ʻ ʻ
harakat, ko rgazmali obrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy	
ʻ
va   hokazo)   ajratib   tadqiq   qilinadi.   Ijtimoiy   hayotda,   ta lim   jarayoni   va   ishlab	
ʼ
chiqarish.da   odamlar   o rtasidagi   aloqa   va   munosabatlar   ham   tafakkur   yordamida	
ʻ
namoyon bo ladi. Jamoada tanqidiy qarash, o zini o zi tanqid, baholash, tekshirish,	
ʻ ʻ ʻ
o zini   o zi   tekshirish,   nazorat   qilish,   o zini   o zi   nazorat   qilish,   guruhiy   mulohaza	
ʻ ʻ ʻ ʻ
yuritishdan   iborat   tafakkur   sifatlari   vujudga   keladi.   Insonning   inson   tomonidan
26 idrok   kilinishi   ham   tafakkur   bilan   uzviy   aloqadadir.   Ijodiy   ishlar,   kashfiyotlar,
ixtirolar,   takliflar   tafakkurning   mahsuli   hisoblanadi.   Psixologiya   tafakkurning
filogenetik   (insoniyat   paydo   bo lishi   davri),   ontogenetik   (kishi   umri   davomida)ʻ
bilishga   oid   tarixiy   jihatlarini   ham   o rganadi.   Hozirgi   zamon   fanining   juda   ko p	
ʻ ʻ
murakkab   masalalari   tafakkurdagi   mantiqiy   jarayonlarni   yanada   chuqurroq
o rganishni taqozo etmoqda.	
ʻ
Qadimgi Yunon falsafasida kreativlik ijod manbai emas, balki ijodning o zi,	
ʼ
ya ni ijodiy fenomendir. Аrastu (er. avv. 384-322 y.) o z qarashlarida “kreativlik”	
ʼ ʼ
va   “kreativ   tafakkur”   tushunchalarini   ishlatib,   bu   ikki   terminni   bir-biridan
ajratishga   ham   harakat   qilgan.   Uning   fikriga   ko ra,   “kreativlik”-   ijodiy	
ʼ
imkoniyatdan   ijodiy   voqelikka   o tish   jarayoni   bo lsa,   “kreativ   tafakkur”   mazkur	
ʼ ʼ
jarayonning   pirovard   natijasidir.   Biroq   ajablanarli   joyi   shundaki,   mutafakkirning
keyingi mulohaza va qarashlarida ushbu xulosa rivojlanmay qolgan, buning ustiga
har ikkala tushuncha aynan bir-biriga o xshash to ldiruvchi mazmunda ishlatilgan.	
ʼ ʼ
                                       
                                
27 XULOSA
Tafakkur   —   inson   aqliy   faoliyatining   yuksak   shakli;   obyektiv   voqelikning
ongda   aks   etish   jarayoni.   Tafakkur   atrof   muhitni,   ijtimoiy   hodisalarni,   voqelikni
bilish   quroli,   shuningdek,   inson   faoliyatini   amalga   oshirishning   asosiy   sharti
sanaladi.   U   sezgi,   idrok,   tasavvurlarga   qaraganda   voqelikni   to la   va   aniq   aksʻ
ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni
ular   o rtasidagi   bog lanishlarni   fikran,   umumlashtirib,   vositali   yo l   bilan   aks	
ʻ ʻ ʻ
ettirishga   aytiladi.   Voqelik   tafakkurda,   idrok   va   tasavvurgina   nisbatan   chuqurroq
va   to laroq   aks   etadi.   Biz   sezgi,   idrok   vositasi   bilan   bilib   olishimiz   mumkin
ʻ
bo lmagan   narsa   yoki   hodisalarni,   narsa   yoki   hodisalarning   xususiyatlarini,	
ʻ
ularning   bog lanish   va   munosabatlarini   tafakkur   vositasi   bilan   bilib   olamiz.	
ʻ
Tafakkur   —   inson   miyasining   alohida   funksiyasi.   Uning   nerv   fiziologik   asosi
birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o zaro munosabatidan iborat. Tafakkur	
ʻ
jarayonida   insonda   fikr,   mulohaza,   g oya,   faraz   kabilar   vujudga   keladi   va   ular	
ʻ
shaxsning   ongida   tushunchalar,   hukmlar,   xulosalar   shaklida   ifodalanadi   (qarang
ong).   Tafakkur   til   va   nutq   bilan   chambarchas   bog liq   ravishda   namoyon   bo ladi.	
ʻ ʻ
Fikrlash   faoliyati   nutq   shaklida   namoyon   bo ladi.   Nutq   aloqasi   jarayonida
ʻ
insonning   hissiy   mushohada   doirasi   kengayib   qolmay,   orttirilgan   tajriba   boshqa
kishilarga ham beriladi. Inson o zining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati	
ʻ
bilan   boshqa   mavjudotlardan   ajralib   turadi.   U   fikr   yuritish   faoliyatida   o zida   aks	
ʻ
ettirgan,   idrok   qilgan,   tasavvur   etgan   narsa   va   hodisalarning   haqiqiyligini
aniqlaydi,   hosil   qilingan   hukmlar,   tushunchalar,   xulosalar   chin   yoki   chin
emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita
(bilvosita)   aks   ettiradi,   narsa   va   hodisalar   o rtasidagi   eng   muhim   bog lanishlar,	
ʻ ʻ
munosabatlar,   xususiyatlarni   anglab   yetadi.   Binobarin,   inson   muayyan   qonun,
qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga
kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko rish imkoniyatiga ega.	
ʻ
                           
28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.P е trovskiy A.V. Psixologiya, Toshk е nt 1992 yl
2.Karimova V.M. «Ijtimoiy psixologiya asoslari».-T., 1994 yil
3.Gozi е v E. Psixologiya. T., O`qituvchi, 1994 yil
4.Baratov Sh. O`quvchi shaxsini o`rganish usullari. T., 1995 yil
5.Gozi е v E. Int е ll е kt psixologiyasi. T., O`qituvchi, 1996 yil
6.Gozi е v E. va b. Psixologiya muammolari. T., O`qituvchi, 1996 yil
7.Gozi е v M. Oliy maktab psixologiyasi, T.: 1997 yil
8.   Maxmudova   Z.M.,   Olimov   L.Ya.   O`smirlarda   ekstremal   vaziyatlarda
psixologik   himoya   mexanizmlarini   shakllantirish.   Monografiya.   “Buxoro   viloyat
bosmaxonasi MChJ” nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 160
.9.   Maxmudova   Z.M.,   Olimov   L.Ya.   Psychodiagnostics.   O‘quv   qo‘llanma.
“Turon zamin ziyo” nashriyoti. Toshkent 2014. -B. 298.
10.   Olimov   L.Ya.   Psixodiagnostika   va   psixometrika   asoslari.   Darslik.
“Durdona” nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 747.
11. Olimov L.Ya. Umumiy psixodiagnostika. “Durdona” nashriyoti.  Buxoro .
2020. - B . 1103. 
12.   Олимов   Л.Я.   Социально-психологический   подход   кисследованию
конфликтов.   Вестник   интегративной   психологии.(журнал   для   психологов).
2019 год, Выпуск 19. 379-381 ст
                               
29 SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YONALISHI
209-guruh talabasi Tursunboyev Navro‘zbekning "Tafakkurning
rivojlanish bosqichlari  mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Ilmiy rahbar:   ________________________ Akilov Faridun Firdavsovich.
 
30

MAVZU: TAFAKKURNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. TA‘LIM YO‘NALISHI: AMALIY PSIXOLOGIYA 1

MUNDARIJA KIRISH ...................................................................................................................... 3 I.BOB Tafakkur tushunchasiga psixologik tavsif berish ........................................... 5 1.1. Tafakkur xususiyatlari va uning turlari. ............................................................. 5 1.2. Tafakkurni eksperimental usullar yordamida o‘rganish. .................................. 15 II.BOB Tafakkurni o‘rganish bo‘yicha chet el olimlarining fikrlari ....................... 19 2.1. Tafakkurning rivojlanish bosqichlari. .............................................................. 19 2.2. Tafakkur nazariyalari va ularning ahamiyati. ................................................... 25 XULOSA ................................................................................................................. 28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................................................. 29 PSIXOLOGIYA YONALISHI ............................................................................... 30 2

KIRISH Mavzuning dolzarblig i. Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o`tib ketishi mumkin. Biroq tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan, ya`ni sezgilar, idrok va tasavvurlar bilan bog`langan bo`ladi. Tafakkur faoliyati o`zining butun "materialini" faqat bitta manbadan, ya`ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur faqat sezgilar va idrok orqaligina tashqi muhit bilan bog`lanadi va shu tariqa tashqi olamni aks ettiradi. Ammo sezgilar va idrok kabi hissiy bilish jarayonlari olamning turli xildagi aloqalarini, ular orasidagi bog`lanishlarni, paydo bo`ladigan turli muammolarni hal qilish imkonini bermaydi. Tafakkur qilish davomida tashqi olamni bilish chuqurroq amalga oshiriladi. Buning natijasida narsalar, hodisalar va boshqa shuning kabilar o`rtasidagi murakkab o`zaro bog`lanishlarni ajratish, echish mumkin bo`ladi. Zarur hollarda turli vositalar qo`llaniladi. Quyidagi uch xil hodisalarni o`rganish davomida vositalar qo`llaniladi. 1. Hozirgi paytda bevosita idrok qilishning imkoni bo`lmagan hodisalarni o`rganish uchun. Bunga tarixiy voqealar, kelajak rejalar, gipotezalar, umuman yoki o`tmishda ruy bergan yoki kelajakda ruy berishi mumkin bo`lgan hodisalarni o`rganish davomida; 2. Sezgi organlarimizning moslashmaganligi sababli bevosita idrok qilishning imkoni bo`lmagan hodisalarni o`rganishda. Bunga misol tariqasida juda kichik zarrachalar, elementlar, inson sezgi organlari "sezmaydigan" turli to`lqin uzunliklari yoki juda uzoq masofada joylashgan ob`ektlar (planetalar, yulduzlar va h.k.); 3. Bevosita idrok qilishning imkoni mavjud, ammo vosita kullash samarali bo`lgan hollar. Masalan, o`sib turgan daraxtning balandligini trigonometrik funktsiyalar yordamida o`lchash, havo haroratini termometr yordamida o`lchash kabilar. 3

Kurs ishining obyekti. Shaxslarda tafakkur darajasini aniqlash, tafakkurga oid fikrlar keltirish, turli chet el olimlarining tafakkur tushunchasiga bergan tariflari. Kurs ishining predmeti. Tafakkur turlari va tafakkurning rivojlanish bosqichlari haqida turli fikrlarni o‘rganish. Kurs ishining maqsadi. Shaxslarda tafakkur tushunchasiga bo‘lgan fikrlash doirasini kengaytirish, talabalarda tafakkur darajalarini rivojlantirish, chet el olimlari fikrlari bilan tanishtirish. Kurs ishining vazifalari. Tafakkur tushunchasiga ijtimoiy-psixologik tavsif berish; Tafakkur turlari haqida ma'lumot berish; Tafakkurning rivojlanish bosqichlari haqida tushuncha berish; Tafakkur tushunchasining rivojlanish bosqichlarini o‘rganish; Tafakkur nazariyalari va ularning fandagi ahamiyatini aniqlash; Tafakkur jarayonini eksperimental usullar yordamida aniqlashni tavsiflash . 4

I.BOB Tafakkur tushunchasiga psixologik tavsif berish 1.1. Tafakkur xususiyatlari va uning turlari. Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to la va aniq aksʻ ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular o rtasidagi bog lanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yo l bilan aks ʻ ʻ ʻ ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va to laroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin ʻ bo lmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ʻ ularning bog lanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. ʻ Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o zaro munosabatidan iborat. Tafakkur ʻ jarayonida insonda fikr, mulohaza, g oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular ʻ shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang ong). Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bog liq ravishda namoyon bo ladi. ʻ ʻ Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon bo ladi. Nutq aloqasi jarayonida ʻ insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson o zining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati ʻ bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida o zida aks ʻ ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar o rtasidagi eng muhim bog lanishlar, ʻ ʻ munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko rish imkoniyatiga ega. ʻ 5