logo

Tamom boʻlmagan sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayyinlash

Yuklangan vaqt:

16.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

49.953125 KB
Tamom bo lmagan sodir etilgan jinoyat uchun jazoʻ
tayyinlas h
M U N D A R I J A
Kirish...........................................................................................................2
1-bob   Tamom   bo`lmagan   jinoyatlarni   sodir   etishning   nazariy
masalalari............................................................................................................4
1.1 Tamom bo`lmagan jinoyatlar tushunchasi...................................................4
1.2   Tamom   bo`lmagan   jinoyatlar   uchun   jazo   tayinlashning   umumiy
qoidalari.............................................................................................................9
2-bob   Tamom   bo`lmagan   jinoyatlarni   kvalifikatsiya   qilish
asoslari.............................................................................................11
2.1  Jinoyatga tayyorgarlik ko`rishni kvalifikatsiya qilish ................11
2.2. Jinoyatga suiqasd qilishni kvalifikatsiya qilish ................................15
2.3. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni kvalifikatsiya qilish…………20
3-bob Tamom bo`lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlashning xorijiy tajribasi
3.1.   Rossiya   federatsiyasida   tamom   bo`lmagan   jinoyatlarning   huquqiy
ahamiyati……………………………………………………………………...25
3.2.   Ukraina   davlatida   tamom   bo`lmagan   jinoyatlar   uchun   jazo   tayinlash
asoslari…………………………………………………………………………... 31
Xulosa................................................................................................... 33
Foydalanilgan adabiyotlar.............. ......................................................35 KIRISH
Bugungi   kunda   jinoyat   sodir   etgan   shaxslarga   nisbatan   adolatli   hukm
chiqarish,   odil   sudlovni   amalga   oshirish   davlat   siyosatining   asosiy   bo‘g‘inlaridan
biri   hisoblanadi.   Bu   o‘rinda   Jinoyat   kodeksining   odillik   va   insonparvarlik
prinsiplari ro‘baro keladi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsga tayinlanadigan jinoiy
jazoning miqdori va muddati adolatli va shaxsning ijtimoiy holatlariga mutanosib
bo‘lishi   lozim.   2022-2026-yillarga   mo‘ljallangan   Yangi   O‘zbekistonning
taraqqiyot   strategiyasining   15-maqsadida   “Davlat   organlari   va   mansabdor
shaxslarning   faoliyati   ustidan   samarali   sud   nazoratini   o‘rnatish   hamda   fuqaro   va
tadbirkorik   subyektlarining   odil   sudlovga   erishish   darajasini   oshirish”   kerakligi
keltirib   o‘tilgan.   Bu   esa   sudlar   faoliyatiga   va   odil   sudlovga   qaratilayotgan
e’tiborning oshishidan darak beradi. 
O‘zbekistonda   Respublikasida   birinchi   instansiya   sudlarida   2018-yilda   38
183 ta, 2019-yilda 28 846 ta, 2020-yilda 30 282, 2021-yilda esa 47 657 ta jinoyat
ishlari   ko‘rib   chiqilgan.   Shuningdek,   shaxslarni   sud   zalidan   qamoqqa   olish
ko‘rsatkichlari 2018-yilda 1990 ta, 2019-yilda 1542 ta, 2020-yilda 1747 ta, 2021-
yilda   2707   tani   tashkil   etgan   bo‘lsa,   ozod   etilgan   shaxslar   2018-yilda   3290   ta,
2019-yilda   3080   tani   tashkil   qilgan.   Sudlar   tomonidan   oqlangan   shaxslar
dinamikasi esa 2018-yilda 867 ta, 2019-yilda 859 ta, 2020-yilda 781 ta, 2021-yilda
esa   932   tani   tashkil   qilgan.   Ushbu   raqamlarga   e’tiborimizni   qaratadigan   bo‘lsak,
sudlar   tomonidan   jnoyat   ishlarini   ko‘rib  chiqish   ko‘rsatkichi   2018-yilga   nisbatan,
2021-yillarda   oshganini,   shunigdek,   sudlar   tomonidan   oqlov   hukmi   chiqarish
ko‘rsatkichlari ham nisbatan ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin. 
MATERIAL VA METODLAR   Mazkur kurs ishi tahliliy tadqiqot sifatida ilmiy-
nazariy   manbaalar   tahlilini   va   qonun   hujjatlari   asoslarini   o‘z   ichiga   oladi.   Ushbu
1 kurs   ishi   sohaga   oid   bo‘lgan   ilmiy   tushunchalar,   nazariyotchi   olimlarning
qarashlari,   xorijiy   mamlakatlarda   ushbu   sohada   amalda   bo‘lgan   holatlar   tahlil
qilinib,   milliy   tizimga   joriy   qilish   imkoniytalari   va   istiqbollari   tahlil   qilingan.
Ushbu   tadqiqotni   amalga   oshirishda   bilishning   umumiy-ilmiy   metodlari   bo‘lgan
dialektik   metod,   tarixiy-qiyosiy   tahlil,   tizimli   tahlil   qilish   uslublari,   shuningdek,
umumiy   mantiqiy   metodlar   –   induksiya,   deduksiya,   analiz,   sintez   va   maxsus
huquqiy metodlar qo‘llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda
grammatik tahlil metodidan ham foydalanilgan.
2 1- bob Tamom bo`lmagan jinoyatlarni sodir etishning nazariy masalalari 
1.1 Jinoyatda tamom bo`lmagan jinoyat tushunchasi.
O`zbekiston   Jinoyat   kodeksi   VI   bobida   tamom   bo`lmagan   jinoyatlar
tushunchasi   va   ularning   turlari   nazarda   tutilgan.   Qasddan   sodir   etilgan   jinoyatlar
uchta bosqichdan iborat bo`ladi. Bular quyidagilar: 
1. Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish;
2. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish;
3. Tamom bo`lgan jinoyat.
Jinoyatga   tayyorgarlik   ko`rish   va   sodir   etishga   suiqasd   qilish   va   ularni   sodir
etish   qonun   bilan   qo`llanadigan   manfaatlarni   aniq   xavf   ostida   qoldiradi.   Shunga
ko`ra,   bunday   jinoyatlarda   tamom   bo`lmagan   jinoyat   tarkibi,   ya`ni   jinoyatga
suiqasd   qilish   tarkibi   mavjud   bo`ladi.   Jinoyatga   tayyorgarlik   ko`rishni   umumiy
tarzda   ifodalaganda,   jinoyatni   sodir   qilish   uchun   aniq   sharoit   yaratdi.   Aybdor
bunda   jinoyatga   tayyorgarlik   ko`rishning   obyektiv   tomonini   bajaradi.   Jinoyatga
suiqasd   qilishda   esa,   bevosita   jinoyatni   amalga   oshirish   harakatlari   boshlandi     va
jinoiy maqsadni qisman amalga oshirgan bo`lishi mumkin. Ammo aybdor o`zining
irodasiga   bog`liq   bo`lmagan   holda   jinoyatni   oxiriga   yetkaza   olmaydi.   Tamom
bo`lgan   jinoyatda   esa   muayyan   jinoyat   tarkibining   barcha   belgilari   to`la   amalga
oshiriladi. 
Faqat   to`g`ri   qasddan   sodir   etiladigan   jinoyatlardagina   jinoyat   bosqichlari
bo`ladi. Quyidagi jinoyat bosqichlari bo`lmaydi:
 Egri qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda;
 Ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlarda;
3 Amaldagi Jinoyat kodeksi 25-moddasi 1-qismiga jinoyatga tayyorgarlik ko`rish
tushunchasi  berilgan bo`lib, unga ko`ra “Shaxsning qasddan  qilinadigan jinoyatni
sodir   etish   yoki   yashirish   uchun   shart-sharoit   yaratuvchi   qilmishi   o`ziga   bog`liq
bo`lmagan   holatlarga   ko`ra   sodir   etilishi   boshlangunga   qadar   to`xtatilgan   bo`lsa,
bunday   qilmish   jinoyatga   tayyorgarlik   ko`rish   deb   topiladi”,   deyilgan.   Jinoyatga
tayyorgarlik ko`rish tarkibi alohida xususiyatga ega bo`lib, u obyektiv va subyektiv
tomondan   namoyon   bo`ladi.   Jinoyatga   tayyorgarlik   ko`rish   obyektiv   tomondan
quyidagi harakatlarda ifodalanishi mumkin:
-Jinoyat sodir etish vositasi yoki qurolllarini qidirib topish, ya`ni xohlagan yo`l
bilan jinoyatni sodir etish vositasi  hamda (yoki) qurollariga ega bo`lish. Jinoyatni
sodir   etish   vositasi   va   qurollariga   ega   bo`lish   qonuniy   (masalan,   aholi   yashash
joylariga   qonunga   xilof   ravishda   kirish   maqsadida   chilangarlik   asbobini
do`kondan   xarid   qilish,   narkotik   moddalarni   yashirish   hamda   ularni   noqonuniy
tarzda   chegaradan   olib   o`tish   maqsadida   avtotransport   vositasini   tanishidan
vaqtincha ijaraga olish va boshqalar) yoxud noqonuniy bo`lishi mumkin (masalan,
o`g`irlangan   mol-mulkni   tashish   maqsadida   o`q   otish   qurolini   o`g`irlash,
o`g`irlangan   mol-mulkni   tashish   maqsadida   avtotransportni   olib   qochish   va
boshqalar);
-   jinoyat   sodir   etish   vositasi   va   qurollarini   moslashtirish,   ya`ni   qasd   qilingan
jinoyat   sodir   etishda   foydalanish   maqsadida   qo`l   ostidagi   buyumlarning
ko`rinishini o`rgartirish hamda qayta ishlash;
-   jinoyat   sodir   etish   vositasi   va   qurollarini   yasash,   ya`ni   ularni   yarimfabrikatlar.
Yarimmahsulot,   xomashyodan   zavodda   yoki   hunarmandchilik   usuli   bilan   yasash
(masalan.   Fuqrolarga   tegishli   mulkka   noqonuniy   tarzda   egalik   qilish   maqsadida,
militsiya   xodimning   qalbaki   guvohnomasini   yasash,   uy-joyga   kirish   uchun   eshik
ochadigan moslamalarni tayyorlash, firibgarlik yo`li bilan pul o`g`irlash maqsadida
hujjatlarni qalbakilashtirish va boshqalar) 
4 -   jinoyat   sodir   etiladigan   joyni   va   vaqtni   o`rganish   (masalan,   do`kondan   mol
o`g`irlashga   ahd   qilgan   shaxs   dastlab   do`konning   ish   tartibi,   ish   kunining
boshlanishi   va   yakunlanishi,   qo`riqlash   xizmatining   ish   tartibi   hamda   do`konni
aylanish   vaqti   va   yo`nalishini,   do`kon   ichiga   kirishning   eng   qulay   va   xavfsiz
yo`llarini o`rganish);
-   jinoyat   sodir   etish   imkoniyatlarni   aniqlash   (masalan,   qo`riqlash   texnikasining
ishonchliligi, xavfsizlik xizmatining mavjudligi, uning qurollanganligi, sifat va son
hamda   bank   bo`limini   talon-taroj   qilishda   xavf-xatarni   kuchaytirishi   yoki
kamaytirishi mumkin bo`lgan boshqa holatlarni o`rgaish); 
-   jinoyatni   sodir   etish   vaqtida   ko`zlangan   maqsadga   erishishga   halaqit   berishi
mumkin bo`lgan to`siqlarni bartaraf etish usullarini o`ylab topish (masalan, shaxsni
o`ldirish maqsadida  uni qo`riqlayotgan soqchilarni  chalg`itish xonaga yashirincha
jinoiy   maqsadda   kirish   uchun   signalizatsiya   va   telekuzatuv   vositalarini   ishdan
chiqarish);
- jinoyat ishtirokchilarini jalb etish, jinoiy guruhlar tuzish, ya`ni bir yoki bir nechta
jinoyatlar sodir etish uchun o`z maqsadlarini birlashtira oladigan shaxslarni qidirib
topish.
Jinoyatga   tayyorgarlik   ko`rish   tarkibining   subyektiv   tomoniga   xos   jihat
shundaki,   u  faqat   to`g`ri   qasd   bilan  sodir   etiladi,  ya`ni   shaxs   o`z   xatti-harakatlari
keyinchalik jinoyatni amalga oshirishga hamda uni yashirishga shart-sharoit yarata
oladi, deb o`ylaydi va buni xolaydi.
Qonun   loyihasi   shuningdek,   o`n   sakkiz   yoshga   to`lmagan   jabrlanuvchining
nomusiga   tegish   yoki   unga   nisbatan   zo`rlik   ishlatib,   jinsiy   ehtiyojni     g`ayritabiiy
usulda   qondiradigan   yoxud   uni   jinsiy   aloqa   qilishga   majbur   etgan   yoki
fohishalikka   jalb   qilgan,   voyaga   yetmagan   shaxs   tavsiflangan   pornografik
5 mahsulotni tayyorlagan shaxslarga nisbatan jazodan tashqari boshqa javobgarlik va
ta`sir choralari ham kuchaytirilib, xususan, ularga nisbatan:
-jazodan   muddatidan   ilgari   shartli   ozod   qilish   yoki   jazoni   yengilrog`i   bilan
almashtirish tariqasidagi insonparvarlik aktlari qo`llanilmaslligi;
-   tamom   bo`lmagan   jinoyatlar   uchun  jazi   tayinlash   yengillik  berilmasligi   nazarda
tutilgan. 
Jinoyatlar   sodir   etilgan   vaqti   va   o‘rniga   qarab   ularni   tamom   bo‘lgan   va
tamom   bo‘lmagan   jinoyatlar   turkumiga   ajratiladi.   Tamom   bo‘lgan   jinoyat
O‘zbekiston   Respublikasi   JKning   21-moddasida   ta’kidlanganidek,   ushbu   Kodeks
moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb
hisoblangan   bo‘lib,   uni   sodir   etgan   shaxs   o‘z   qilmishining   ijtimoiy   xavflilik
xususiyatini   anglagan   va   shunday   qilmishni   sodir   etishni   istagan   bo‘lsa,   bunday
jinoyat   qasddan   sodir   etilgan   deb   topiladi.   Ushbu   Kodeks   moddasida   jinoyat
tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar
to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
Tamom  bo‘lmagan jinoyatlarni  o‘rganganimizda ularni  turkumlarga bo‘lish
maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Xususan,   O‘zbekiston   Respublikasi   JKning   oltinchi
bobida   tamom   bo‘lmagan   jinoyatlarning   turkumlarga   tasniflangan   bo‘lib,   unga
ko‘ra,   tamom   bo‘lmagan   jinoyat   jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rish,   jinoyat   sodir
etishga   suiqasd   qilish   va   jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytish   kabilarga
bo‘linadi.
Xususan,   ushbu   kodeksning   25-moddasida   jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rish,
shaxsning   qasddan   qilinadigan   jinoyatni   sodir   etish   yoki   yashirish   uchun   shart-
sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi
boshlangunga   qadar   to‘xtatilgan   bo‘lsa,   bunday   qilmish   jinoyatga   tayyorgarlik
ko‘rish deb topilishi ko‘rsatilgan.
6 Bundan tashqari, qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq
bo‘lmagan   holatlarga   ko‘ra   oxiriga   yetkazilmagan   bo‘lsa,   jinoyat   sodir   etishga
suiqasd   deb   topilishi   ushbu   kodeksda   belgilab   qo‘yilgan.   Jinoyat   sodir   etishga
suiqasd   qilish   kabi   jinoyatlarni   tavsiflashda   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   sudi
Plenumining   2004   yil   24   sentyabrdagi   13-sonli   «Qasddan   odam   o‘ldirishga   oid
ishlar   bo‘yicha   sud   amaliyoti   to‘g‘risida»gi   qarori   3-bandida,   qasddan   odam
o‘ldirishga   suiqasd   qilish   faqat   to‘g‘ri   qasd   bilan   sodir   etilishi   mumkin,   chunki,
bunda   aybdor   o‘z   qilmishining   ijtimoiy   xavfli   xususiyatini   anglagan,
jabrlanuvchining   o‘limiga   ko‘zi   yetgan   va   uning   o‘limini   istagan   bo‘ladi,   biroq
o‘lim  aybdorga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra (jabrdiydaning faol qarshiligi,
boshqa   shaxslarning   aralashuvi,   jabrlanuvchiga   o‘z   vaqtida   tibbiy   yordam
ko‘rsatilganligi va h.k tufayli) yuz bermasligi ko‘rsatilgan.
Ushbu   kodeksning   25-moddasi   3-qismida   esa   jinoyatga   tayyorgarlik
ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu
Kodeks Maxsus qismining tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi
moddasiga   muvofiq   hal   qilinishini   ko‘rishimiz   mumkin.   Jinoyat   sodir   etishdan
ixtiyoriy   qaytish   -   shaxs   jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rish   harakatlarini   yoki   jinoyat
sodir   etishga   bevosita   qaratilgan   harakatlarni   oxiriga   yetkazish   mumkinligini
anglagan   holda   to‘xtatsa,   shuningdek   jinoiy   oqibat   kelib   chiqishi   mumkinligini
anglagan   holda,   shunday   oqibat   kelib   chiqishining   oldini   olsa,   jinoyat   sodir
etishdan   ixtiyoriy   qaytish   deb   topiladi.   Jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytish
javobgarlikni istisno qiladi.
Bu   holatni   qonun   hujjatidagi   norma   bilan   ko‘rib   o‘tishimiz   mumkin.
Masalan,   O‘zbekiston   Respublikasining   15.12.2000   yildagi   167-II-sonli
«Terrorizmga   qarshi   kurash   to‘g‘risida»gi   Qonuni   28-moddasining   ikkinchi
qismida, shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o‘z ixtiyori bilan qaytgan,
bu   haqda   tegishli   davlat   organlariga   xabar   bergan   hamda   og‘ir   oqibatlar   yuzaga
kelishining   va   terrorchilar   maqsadlari   amalga   oshirilishining   oldini   olishga   faol
7 ko‘maklashgan   taqdirda,   qonunchilikka   muvofiq   javobgarlikdan   ozod   etilishi
mumkinligi ko‘rsatilgan.
.   Xulosa   o‘rnida   shuni   ta’kidlashimiz   joizki,   sud   va   tergov   organi   sodir
etilgan   qilmishning   harakatlariga   huquqiy   baho   berishda   jinoyatlarning   tamom
bo‘lgan   va   tamom   bo‘lmaganligi,   ularning   sodir   etilgan   vaqti,   o‘rni,   aybdorning
shaxsi va holatlarini to‘la, xolisona va har tomonlama e’tiborga olishi lozim.
1.2   Tamom   bo`lmagan   jinoyatlar   uchun   jazo   tayinlashning   umumiy
qoidalari
Jazo   tayinlash   –   ijtimoiy   munsabatlarni   jinoyat-huquqiy   tarafdan   himoya
qilishning   asosiy   bo‘g‘inlardan   biri   hisoblanadi.   Bunga   sabab   jazoning   o‘zi   bu
jinoyat-huquqiy   himoya  qilish   mexanizmining   asosiy   elementi   bo‘lib,   davlat   jazo
choralarini  tanlash jarayonini qanchalik to‘g‘ri  va sermaxsul  tashkil  etilganligi va
qanchalik   darajada   natija   berishini   aniqlab   beradi.   Jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rish
deb,   shaxsning   qasddan   qilinadigan   jinoyatni   sodir   etish   yoki   yashirish   uchun
sharoitlar   yaratuvchi   qilmishi   o‘ziga   bog‘liq   bo‘lmagan   holatlarga   ko‘ra   sodir
etilishi   boshlangunga   qadar   to‘xtatilishiga   aytiladi   (JK   25-moddasi   1-qismi).
Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish jinoiy faoliyatning ikkinchi bosqichidir. JK 25-
moddasi   2-qismiga   muvofiq,   qasddan   sodir   etiladigan   jinoyat   boshlanib,   shaxsga
bog‘liq   bo‘lmagan   holatlarga   ko‘ra   oxiriga   yetkazilmagan   bo‘lsa,   jinoyat   sodir
etishga suiqasd deb topiladi. Ishtirokchilik tushunchasi – O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining 27- moddasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan
jinoyat   sodir   etishda   birgalashib   qatnashishi   ishtirokchilik   deb   topiladi.
Ishtirokchilikda   jinoyat   sodir   etish   jazoni   va   qilmishni   og‘irlashtiruvchi   holat
bo‘lganligi sababli qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish hamda adolatli va qonuniy
jazo   tayinlashda   jinoyatda   ishtirokchilik   tushunchasini   va   uning   belgilarini   bilish
8 muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi JK ning 58-moddasida: Sud
tamom   bo‘lmagan   jinoyat   uchun   jazo   tayinlashda   jazo   tayinlashning   umumiy
asoslariga   amal   qilgan   holda   jinoyatning   og‘ir-yengilligini,   jinoiy   niyat   amalga
oshirilishining darajasini  va jinoyatni  oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini  ham
hisobga   oladi.   Jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rganlik   hamda   jinoyat   sodir   etishga
suiqasd   qilganlik   uchun   jazoning   muddati   yoki   miqdori   JK   Maxsus   qismining
tegishli   moddasida   nazarda   tutilgan   eng   ko‘p   jazoning   to‘rtdan   uch   qismidan
oshmasligi   kerakligi   keltirib   o‘tilgan.   Mazkur   kodeksda   ushbu   tartib   tatbiq
etilmaydigan   holatlar   ham   keltirib   o‘tilgan.   Shuningdek,   tamom   bo‘lmagan
jinoyatlar   uchun   umrbod   ozodlikdan   mahrum   qilish   tariqasidagi   jazo   tayinlanishi
mumkin emas. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun sud jazo tayinlashda har
bitta aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. 
9 2-bob. Tamom bo`lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlash asoslari 
2.1 Jinoyatga tayyorgarlik ko`rishni kvalifikatsiya qilish 
Biz   yuqorida   tamom   bo`lmagan   jinoiy   faoliyatni   kvalifikatsiya   qilish   masalas
ini,   ya’ni   birinchidan,   jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rish   va   jinoyat   sodir   etishga   suiqd  
qilishni   tamom   boTgan   jinoyatdan   farqlash   va   ikkinchidan,   jinoyatga   tayyorgarlik  
ko‘rishni   jinoyat   sodir   etishga   suiqasd   qilishdan   farqlashni   o‘z   ichiga   oladi   deb   qa
yd   etdik.   Endi   mana   shu   muammolarni   qanday   hal   etish   lozimligini   yoritib
beramiz.
Sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni kvalifikatsiya qilish mobaynida uning
tamom boTgan yoki tamom boTmaganligini aniqlash uchun biz muayyan jinoyat
tarkibining   tuzilishiga   (konstruksiyasiga)   asoslanishimiz   lozim.   Jinoyat   tarkibi
moddiy tarkibga tegishli boTsa, jinoyat jinoiy- huquqiy normada nazarda tutilgan
jinoiy   oqibat   yuzaga   kelgan   vaqtdan   tamom   boTgan   hisoblanadi.   Agar   jinoyat
tarkibi   formal   tarkibli   hisoblansa,   jinoiy-huquqiy   normada   ko‘rsatilgan   harakat
yoki   harakatsizlik   amalga   oshirilgan   vaqtdan   tamom   boTgan   hisoblanadi
vajinoyatni   tamom   boTgan   deb   tan   olish   uchun   qandaydir   jinoiy   oqibatning
yuzaga kelishi talab qilinmaydi.
Jinoyatlarni   kvalifikatsiya   qilishda   kesik   tarkiblijinoyatlarni   ham   esda   tutish
lozim.  Kesik  tarkibni,  jinoyat   tarkibining  turi   sifatida  ba’zi   olimlar  hozirga  kelib
10 rad   etayotgan   boTsalar   ham,   biz   uni   jinoiy-huquqiy   kvalifikatsiyani   amalga
oshirishda   katta   ahamiyatga   ega   deb   hisoblaymiz.   Bundayjinoyatlardajinoiy
oqibat,jinoiy faoliyatning dastlabki bosqichida to‘xtatilgan boTadi va qonun bilan
qo‘riqlanadigan   ijtimoiy   munosabatlarga   zarar   yetkazilgan   yoki
yetkazilmaganligidan   qat’i   nazar,   normada   nazarda   tutilgan   harakatlar   amalga
oshirilgan vaqtdan boshlab tamom boTgan hisoblanadi.
Tamom   boTmagan   jinoiy   faoliyatni   tamom   boTgan   jinoyatdan   farqlash
vaqtida   tamom   boTgan   jinoyatda   har   doim   muayyan   jinoiy-   huquqiy   normada
nazarda   tutilgan   belgilarning   barchasi   mavjud   boTishini   nazarda   tutish   lozim.
Tamom   boTmagan   jinoiy   faoliyatda   esa   har   doim   jinoyat   obyektiv   tomonining
biron-bir belgisi boTmaydi. Bunday hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish u
yoki bu jinoyatni sodir etishga suiqasd deb JK 25-moddasiga murojaat etgan holda
kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, 0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-
moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi shunday tuzilganki, u jabrlanuvchining
oTimi yuzaga kelgan vaqtdan tamom boTgan hisoblanadi. Agar aybdorning odam
oTdirishga   qaratilgan   ijtimoiy   xavfli   qilmishi   natijasida   uning   irodasiga   bogTiq
boTmagan   holatlarga   ko‘ra   oTim   yuz   bermasa,   lekin   jabrlanuvchiga   tan   jarohati
yetkazilsa,   qilmish   qasddan   odam   oTdirish   jinoyatini   sodir   etishga   suiqasd   deb
kvalifikatsiya   qilinadi.   Qo‘shimcha   ravishda   badanga   shikast   yetkazish   uchun
nazarda   tutilgan   normalar   qoTlanilmaydi,   chunki   sodir   etilgan   qilmishni   tamom
boTmagan   deb   kvalifikatsiya   qilishning   o‘zi   aybdor   ko‘zda   tutgan   jinoiy
oqibatdan yengilroq boTgan barcha holatlarni qamrab oladi.
Tamom   boTgan  jinoiy faoliyat  kvalifikatsiya  qilinayotganida  unga qasdning
borligi va aniq ijtimoiy xavfli qilmish mavjudligini nazarda tutish lozim. Aybdor
shaxs bunday hollarda nimani niyat qilib qo‘ygan boTsa, o‘shani amalga oshiradi
va niyatiga yetadi. Masalan, Ochilov o‘zganing mulkini egallab olishni niyat qilib,
uni amalga oshirdi ya’ni mulkni egallab oldi va uni taqsimlash, undan foydalanish
hamda unga egalik qilishning real imkoniyatiga ega boTdi. Misoldan ko‘rinadiki,
qilmish   tamom   boTgan   talon-toroj   deb   kvalifikatsiya   qilinadi.   Ushbu   qilmishni
tamom   boTmaganjinoiy   faoliyat   deb   kvalifikatsiya   qilish   uchun   aybdor
11 o‘ziningjinoiy   niyatini   amalga   oshira   olmagan   boTishi   kerak,   ya’ni   o‘zganing
mulkini   irodasiga   bogTiq   boTmagan   hollarga   ko‘ra   egallab   olmagan   boTishi
lozim.   Masalan,   boshqa   bir   holatda   Ochilov   o‘zganing   mulkini   egallab   olishni
niyat qilib qo‘ydi, lekin jinoiy maqsad amalga oshirilayotgan vaqtda u ichki ishlar
idoralari xodimlari tomonidan qoTga olindi. Natijada ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etishda   aybdor   boTgan   shaxsning   zararli   niyati   amalga   oshmay   qoldi.   Bunday
qilmish   talon-toroj   jinoyatini   sodir   etishga   suiqasd   qilish   deb   JK   25-moddasiga
ko‘ra kvalifikatsiya qilinadi.
Tamom   boTmagan   jinoiy   faoliyatni   kvalifikatsiya   qilish   muam-   molaridan
ikkinchisi   -   bu   jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rishni,   jinoyat   sodir   etishga   suiqasd
qilishdan   farqlashdir.   Tamom   boTmagan   jinoiy   faoliyatni   kvalifikatsiya   qilish
jarayonida   jinoyat   qaysi   bosqichda   majburiy   to‘xtatilgan:   tayyorgarlik
bosqichidami yoki suiqasd bosqichidami, aniq ko‘rsatilishi lozim. Shuning uchun
ham   ushbu   bosqichlarni   kvalifikatsiya   qilishda   JK   25-moddasining   1   yoki   2-
qismlari qoTlanilishi lozim. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishning obyektiv belgilari
quyidagilardan   iborat:   1)   jinoyat   sodir   etish   uchun   shart-sharoit   yaratishga
qaratilgan   qilmishlar;   2)jinoyatni   yashirish   uchun   shart-sharoit   yaratuvchi
qilmishlar;   3)   shaxsga   bogTiq   boTmagan   sabablarga   ko‘ra   jinoyat   sodir   etilishi
boshlangunga qadar qilmishning to‘xtatilishi.
Tamom   bo‘lmagan   jinoiy   faoliyatni   kvalifikatsiya   qilish   jarayonida
yuqoridagi   belgilarning   birinchisi   va   ikkinchisi   muqobil   tabiatga   ega   ekanligiga
e’tibor   berish   lozim.   Aybdorning   qilmishi,   faqat   jinoyat   sodir   etish   yoki   uni
yashirishga   shart-sharoit   yaratishdan   iborat   boTishi   mumkin,   ba’zi   hollarda   esa
qilmish   har   ikki   harakatni   amalga   oshirishga   qaratilgan   boTadi.   Tayyorgarlik
harakatlarini jinoyat tarkibini amalga oshirish uchun zarur boTgan harakatlar bilan
bogTiqlikda ko‘rib chiqilishi lozim. Tayyorgarlik harakatlari jinoiy niyatni amalga
oshirish   yoki   uni   yashirish   uchun   shart-sharoit   yaratishga   qaratiladi   va   ular
o‘rtasida uzviy aloqa boTadi. Ana shu tayyorgarlik harakatlari o‘rtasidagi aloqani
to‘g‘ri   belgilash,   qilmishni   jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rish   deb   kvalifikatsiya
qilishga   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ular   o‘rtasidagi   aloqadorlik   aniqlanayotganda
12 tayyorgarlikni   qasdni   izhor   etish   va   suiqasddan   aniq   farqlash   zarur.   Agar   jinoiy
faoliyat   tayyorgarlik   bosqichida   aybdorning   irodasiga   bogTiq   boTmagan
holatlarga   ko‘ra   to‘xtatilgan   boTsa,   qilmish   JK   25-moddasi   1-   qismiga   binoan
kvalifikatsiya qilinishi lozim. Masalan, aybdor qalbaki pul yasashni maqsad qiladi
va uni amalga oshirish niyatida bo‘yoq tayyorlaydi, unga to‘g‘ri keladigan qog‘oz,
pul   chiqaruvchi   moslama   topadi.   Bu   haqida   xabar   topgan   ichki   ishlar   idoralari
xodimlari   tomonidan   aybdor   shaxs   qoTga   olinadi.   Ushbu   hodisada   aybdor
shaxsning   jinoiy   faoliyati   tayyorgarlik   bosqichida   uning   irodasiga   bogTiq
boTmagan   holatlarga   ko‘ra   to‘xtatilganligi   ko‘rinib   turibdi.   Yuqorida   aytib
o‘tilgan qoidaga asosan aybdorning harakatlarini 0‘zbekiston Respublikasi JK 25-
moddasining 1-qismi va 176-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
13 2.2.  Jinoyatga suiqasd qilishni kvalifikatsiya qilish
Jinoiy-huquqiy   kvalifikatsiyani   amalga   oshirayotgan   shaxs   aybdorning
qilmishi,   qasddan   sodir   etiladigan   jinoyatlarning   suiqasd   bosqichida   uning
irodasiga   bogTiq   boTmagan   holatlarga   ko‘ra   majburiy   to‘xtatilganini   aniqlasa,
qilmish   JK   25-moddasining   2-qismiga   binoan   uning   barcha   belgilarini   qamrab
oluvchijinoiy-huquqiy normani ko‘rsatib kvalifikatsiya qilinadi.
Qasddan   sodir   etiladigan   jinoyatning   boshlanishi   va   shaxsga   bog‘liq
bo‘lmagan holatlarga ko‘ra to‘xtatilishida jinoyat sodir etishga suiqasd qilishning
qo‘yidagi   belgilarini   ajratish   mumkin:   l)jinoyat   sodir   etishning   boshlanishi;   2)
majburiy to‘xtatilganlik; 3) to‘g‘ri qasd.
Shaxs jinoyat sodir etishga suiqasd qilganida u o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga
erishish uchun zarur boTgan harakatlarning barchasini amalga oshira olmaydi yoki
ba’zi   hollarda  ko‘zlangan   maqsad   kelib   chiqishi   uchun  barcha   harakatlar   amalga
oshiriladi, lekin shunga qaramay kutilgan jinoiy oqibat yuzaga kelmaydi.
Jinoyat   huquqi   nazariyasi   va   sud   amaliyotida   jinoyat   sodir   etishga   suiqasd
qilish   tugallangan   va   tugallanmagan   turlarga   boTinadi.   Tugallangan   suiqasdga
aybdor jinoiy maqsadiga erishish uchun zarur boTgan barcha harakatlarni amalga
oshiradi,   lekin   kutilgan   oqibat   unga   bogTiq   boTmagan   sabablarga   ko‘ra   yuzaga
kelmaydi.   Masalan,   otilgan   o‘q   jabrlanuvchiga   tegmaydi,   jabrlanuvchiga   zahar
14 beriladi, biroq u turli sabablarga ko‘ra o‘z kuchini yo‘qotgan boTib ta’sir qilmaydi
va   hokazo.   Tugallanmagan   suiqasdda   esa   shaxs   ko‘zlab   qo‘ygan   maqsadini
amalga oshirish uchun zarur deb hisoblagan harakatlarning bir qismini sodir etadi,
jinoiy   faoliyat   unga   bogTiq   boTmagan   sabablarga   ko‘ra   to‘xtaydi.   Masalan,
aybdor jabrlanuvchiga pichoq bilan zarba berish uchun qoT ko‘tardi, lekin uning
qoTidan   ushlab   olishadi.   Suiqasdning   boshlangTch   vaqti   shaxs   jinoyatning
obyektiv   tomonini   bajarishga   kirishish   vaqti   boTsa,   yakuniy   vaqti   jinoyat
tarkibining   obyektiv   tomonini   toTa   bajarishidir.   Moddiy   tarkibli   jinoyatlarda
suiqasd   bosqichini   aniqlash   deyarli   qiyinchilik   tug‘dirmaydi.   Formal   tarkibli
jinoyatlarda   esa   bu   muammoni   yechish   bir   muncha   mushkuldir.   Ularda   suiqasd
bilan   tamom   boTganjinoyat   bosqichlari   birjinoiy   xulqqa   birlashib   ketadi,   chunki
shaxs   tomonidan   taqiqlangan   harakatlarni   bajarilishining   o‘zi   tamom   boTgan
jinoyat deb tan olinadi. Jinoiy-huquqiy kvalifikatsiyani amalga oshirayotgan shaxs
formal   tarkibli   jinoyatlarda   suiqasd   bosqichi   faqat   obyektiv   tomoni   bir   necha
harakatlardan iborat jinoyatlardagina boTishini  esda tutishi  lozim. Masalan:  pora
berish   jinoyati   mansabdor   shaxs   porani   olganidan   so‘ng   tamom   boTgan
hisoblanadi.   Agar   mansabdor   shaxs   taklif   qilinayotgan   porani   olishdan   bosh
tortsa,   pora   beruvchining   harakatlarida   suiqasd   bosqichining   belgilari   mavjuddir
va   qilmish   JK   25-moddasining   2-   qismi   va   211-moddasi   bilan   kvalifikatsiya
qilinmogT   lozim.   Qilmishni   bunday   kvalifikatsiya   qilishning   sababi   pora
beruvchining   jinoiy   maqsadi   unga   bogTiq   boTmagan   sabablarga   ko‘ra   amalga
oshmaganligidir.
Bizga   jinoyat   huquqidan   ma’lumki,   suiqasdning   yaroqsiz   turi   ham   mavjud.
Suiqasdning bu turida aybdor yaroqsiz obyektga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan
obyektlarga   yaroqsiz   vositalar   bilan   tajovuz   qiladi.   Agar   jinoiy-huquqiy
kvalifikatsiyani   amalga   oshirayotgan   shaxs,   aybdor   yaroqsiz   obyektga   yoki
obyektga   yaroqsiz   vositalar   bilan   tajovuz   qilganligini   aniqlasa,   sodir   etilgan
qilmish suiqasd deb kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Yaroqsiz   obyektga   tajovuz   qilganda   shaxs   shunday   harakat   qiladiki,   yuzaga   k
elgan   sharoitda   unga   real   zarar   yetkazishi   mumkin   emas.   Masalan,   Ergashev   g‘ara
15 zgo‘ylik   maqsadida   Toshmatovni   oTdirmoqchi   bo‘ladi   va   qulay   paytni   poylab   uni
ng   uyiga   keladi   hamda   jabrlanuvchi   divanda   uxlab   yotganligini   oynadan   ko‘radi.  
Ergashev   oynadan   Toshmatovga   qarata   o‘qotar   quroldan   o‘q   uzadi   va   uni   o‘ldirdi
m   deb   o‘ylaydi.   Aslida   esa   Toshmatov   ikki   soat   oldin   yurak   xastaligi   natijasida
o‘lgan   bo‘ladi.   Yuqoridagi   qoidaga   asosan   obyektga   nisbatan   xatolikka   yo‘l
qo‘yilgan   deb   hisoblanadi   va   qilmish   JK   25-moddasi   orqali   97-   moddasi   2-
qismining   «и»   bandi   bilan   kvalifikatsiya   qilinadi.   Bunday   hollarga   yana   misol
tariqasida   quyidagini   keltirish   mumkin:   shaxs   o‘g‘irlik   jinoyatini   sodir   etish
maqsadida   do‘konga   kiradi,   shu   payt   u   qorong‘ilikda   turgan   manikenni   do‘kon
qorovuli deb o‘ylab unga qarata o‘q uzadi yoki o‘g‘ri birovning cho‘ntagiga qo‘l
soladi, cho‘ntakda hech narsa bo‘lmaydi.
Shaxsning qasdi amalga oshmay qolganida kvalifikatsiya masalasi qanday hal
qilinadi?   Bunday   hollarda   qilmish   kutilgan   niyatga   suiqasd   deb   kvalifikatsiya
qilinadi.   Shu   bois   shaxs   talon-toroj   jinoyatini   sodir   etganida   u   ko‘zlab   qo‘ygan
mulkning miqdori  kvalifikatsiyani  aniqlab beradi. Agar  shaxs o‘zganing mulkiga
ancha,   ko‘p,   juda   ko‘p   miqdorda   talon-toroj   qilishni   ko‘zlab   qo‘ygan   bo‘lsa-yu,
lekin   jinoiy   niyat   unga   bog‘liq   bo‘lmagan   sabablarga   ko‘ra   to‘liq   amalga
oshirilmay qolgan bo‘lsa, qilmish ko‘zlangan miqdorda talon-toroj jinoyatini sodir
etishga   suiqasd   deb   kvalifikatsiya   qilinadi.   Bunday   hollarda   real   egallab   olingan
mulkning   miqdori   inobatga   olinmaydi.   Masalan,   Aliyev   zavod   g‘aznasiga
(kassasiga)  ishchilar  uchun  mo‘ljallangan  ish  haqi  olib  kelinganligi  haqida  xabar
topadi. Aliyev ushbu pullarni  egallab olish  maqsadida kechqurun zavod  g‘aznasi
binosiga   kiradi   va   shu   yerdagi   seyfni   kalit   tanlash   yo‘li   bilan   ochadi   hamda   u
yerda   oz   miqdorda   pul   borligini   ko‘radi.   0‘zining   harakatlari   natijasida   Aliyev
ellik   ming   so‘m   miqdordagi   pulni   egallab   oladi,   uning   niyati   esa   juda   ko‘p
miqdordagi   mulkni   talon-toroj   qilish   edi.   Lekin   niyat   unga   bog‘liq   bo‘lmagan
sabablarga   ko‘ra   to‘la   amalga   oshirilmadi.   Qilmish   ushbu   belgilarga   asosan
JKning   25-moddasining   2-   qismi   va   169-moddasi   4-qismining   «а»   bandi   bilan
kvalifikatsiya   qilinadi.   Jinoyat   sodir   etishda   shaxs   o‘ylab   qo‘ygan   jinoyati   bilan
real   amalga   oshirgan   jinoyat   o‘rtasida   sezilarli   darajada   jiddiy   farqi   bo‘lmasa,
16 erishilgan   natija   va   qilmish   tugallangan   jinoyat   tariqasida   kvalifikatsiya   qilinadi.
Chunki suiqasd deb qilmish faqatgina shaxs og‘irlashtiruvchi tarkibli talon-torojni
maqsad   qilib   qo‘yib,   amalda   esa   oddiy   talon-torojni   sodir   etgani   uchun
kvalifikatsiya   qilinadi.   Agar   aybdor   million   so‘m   miqdordagi   pulni   egallab   olish
maqsadini ko‘zlab o‘g‘irlikjinoyatini sodir etsa-yu, amalda esa 10000 (o‘n ming)
so‘m pulni egallab olsa, qilmishda JK 169-moddasining 2, 3, 4-qismlarida nazarda
tutilgan og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud boTmasa, JK 169-moddasining 1-qismi
bilan   kvalifikatsiya   qilinadi.   Agar   OgTrlashtiruvchi   holatlar   mavjud   boTsa,   u
holda   qilmish   OgTrlashtiruvchi   belgiga   nisbatan   suiqasd   sifatida   baholanadi.
Ushbu aytilgan fikrlar  asosida,  agar  shaxs  OgTrlashtiruvchi  tarkibli  jinoyat  sodir
etish maqsadini o‘ziga bogTiq boTmagan sabablarga ko‘ra amalga oshira olmagan
boTsa,   qilmishga   tamom   boTmagan   jinoiy   faoliyat   deb   qaraladi   degan   umumiy
qoidani   ishlab   chiqish   mumkin.   OgTrlashtiruvchi   tarkibning   yo‘qligi,   oddiy
tarkibning mavjudligi qilmishni tamom boTgan jinoiy faoliyat deb tan olish uchun
asos   boTa   olmaydi,   chunki   bunday   hollarda   o‘ylab   qo‘yilgan   maqsad   shaxsga
bogTiq   boTmagan   sabablarga   ko‘ra   yuzaga   kelmaydi,   u   esa   OgTrlashtiruvchi
tarkiblijinoyat sodir etishni maqsad qilib qo‘ygan.
Ikki   yoki   undan   ortiq   shaxsni   qasddan   oTdirishjinoyatini   sodir   etishda   bir
shaxs   oTsa-yu,   ikkinchisi   tirik   qolsa,   qilmishni   tamom   boTgan   jinoyat   deb   tan
olish   mumkin   emas,   chunki   ikki   yoki   undan   ortiq   shaxsning   oTimi   aybdorga
bogTiq boTmagan sabablarga ko‘ra yuzaga kelmagan. Shu bois qilmishni JK 97-
moddasining 2-qismi va 25-moddaning 2-qismi orqali 97- modda 2-qismining «а»
bandi bilan kvalifikatsiya qilish lozim.
Yaroqsiz   vositalar   bilan   suiqasd   qilishda   aybdor   shaxs   jinoyat   sodir   etishda
shunday   vosita   va   qurollardan   foydalanadiki,   ular   o‘zining   xususiyatlariga   ko‘ra
kutilayotgan jinoiy oqibatni yuzaga keltira olmaydi. Masalan, Karimov Ilyosovni
oTdirish   uchun   unga   to‘pponchadan   o‘q   uzmoqchi   boTib,   tepkini   bosadi,   lekin
to‘pponchaning   tepkisi   yo‘qligi   uchun   o‘q   otilmaydi.   Qilmishga   yaroqsiz   qurol
bilan suiqasd qilish deb qaraladi va JK 25-moddasiing 2-qismi va 97-moddasining
tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
17 Yaroqsiz obyektga tajovuz qilishda ham yaroqsiz vositalar bilan qonun bilan
qo‘riqlanadigan obyektlarga tajovuz qilishda ham shaxs o‘zi ko‘zlagan maqsadga
olib   keluvchi   va   muayyan   jinoyat   tarkibining   obyek tiv   tomonini   tashkil   etuvchi
ma’lum   bir   harakatlarni   amalga   oshiradi,   lekin   jinoiy   oqibat   uning   irodasiga
bogTiq boTmagan holatlarga ko‘ra yuzaga kelmaydi. Shuning uchun ham bunday
holat   jinoyat   sodir   etishga   suiqasd   qilish   uchunjavobgarlikka   doir   umumiy
qoidalar asosida ko‘rib chiqiladi.
Jinoyat   kodeksining   25-moddasi   2-bandiga   ko’ra,   qasddan   sodir   etiladigan
jinoyat   boshlanib,   shaxsga   bog‘liq   bo‘lmagan   holatlarga   ko‘ra   oxiriga
yetkazilmagan   bo‘lsa,   jinoyat   sodir   etishga   suiqasd   deb   topiladi.   Jinoyatga
tayyorgarlik   ko‘rganlik   va   jinoyat   sodir   etishga   suiqasd   qilganlik   uchun
javobgarlik   ham   Jinoyat   kodeksining   Maxsus   qismining   tamom   bo‘lgan   jinoyat
uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.
Demak,   nomusga   tegishga   bo’lgan   harakat   jinoyatchiga   bog’liq   bo’lmagan
sabablarga   ko’ra   yakuniga   yetmagan   bo’lsa,   uni   Jinoyat   kodeksi   118-
moddasi   “Nomusga   tegish”   jinoyatining   2-qismi   “a”   —   “shaxsning   o‘n   sakkiz
yoshga   to‘lmaganligi   aybdorga   ayon   bo‘lgan   holda”   bandiga   25-modda   orqali
suiqasd qilish deb jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. 118-moddaning 2-qismi
“a”   bandi   jazoni   og’irlashtiruvchi   holat   hisoblanib,   ushbu   jinoyatni   sodir   etishda
aybdor deb topilgan shaxs o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
18 2.3. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni kvalifikatsiya qilish
Jinoiy-huquqiy   faoliyat   yuqorida   ko‘rsatilganidek,   bir   necha   bosqichdan   o‘tad
i.   Bosqichlar ba’zi hollarda bir-biridan vaqt oraligT bilan ajralib turadi. Ba’zan esa
muayyan   bosqichning   o‘zi,   vaqt   oralig‘ida   o‘tish   mobaynida   shaxs   boshlagan
jinoiy faoliyatni davom ettirishni to‘xtatishi mumkin.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, jinoyat huquqida muhim ahamiyatga
ega,   chunki   ujavobgarlikni   istisno   qiladi.   Shuning   uchun   ham   u   jinoyatlarning
oldini olish va profilaktika qilish vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyatga
ega.
Jinoyat huquqida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deganda, shaxs o‘zi
boshlagan   jinoiy   faoliyatni,   uni   oxiriga   yetkazish   uchun   imkoniyat   mavjudligini
anglagan   holda   to‘xtatishi   yoki   jinoiy   oqibat   kelib   chiqishini   oldini   olishi
tushuniladi.   Bunda   shaxsning   o‘z   jinoiy   faoliyatini   amalga   oshirishdan   bosh
tortishi, ixtiyoriy va butunlay qaytishi nazarda tutiladi.
Jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytish,   ko‘zda   tutilayotgan   jinoiy   oqibatga
olib kelmagan harakatlarni qaytarishdan bosh tortishni o‘z ichiga olmaydi. Jinoyat
sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni, shaxs  ko‘zlagan jinoiy oqibatga olib kelmagan
harakatlarni  qaytarishdan  bosh tortishidan ajrata bilishi  lozim. Masalan,  Jo‘rayev
G‘ofurovni   o‘ldirish   maqsadida   uning   orqasidan   kuzatadi   va   odam   kam   bo‘lgan
xilvat   joydan   unga   qarata   to‘pponchadan   o‘q   uzadi,   lekin   o‘q   jabrlanuvchiga
19 tegmaydi.   Jo‘rayev   G‘ofurovga   qarata   ikkinchi   marotaba   o‘q   uzadi,   bu   gal   ham
o‘q nishonga tegmaydi. Shunda aybdor voqea sodir bo‘lgan joydan qochib ketadi.
Jo‘rayevning   harakatlari   qasddan   odam   o‘ldirishga   qaratilgan   bo‘lsa   ham,   u   o‘z
jinoiy   faoliyatini   davom   ettirishdan   ixtiyoriy   qaytadi,   chunki   maqsadni   amalga
oshirish   uchun   barcha   imkoniyatlar   mavjud   edi   degan   xulosaga   kelishi   mumkin.
Bunday fikr xatodir, chunki, Jo‘rayev ikki marta jabrlanuvchiga qarata o‘q uzadi,
ikkalasida   ham   o‘q   uning   irodasiga   bog‘liq   bo‘lmagan   holda   jabrlanuvchiga
tegmaydi. Shunda u o‘z harakatlarini davom ettirmaydi. Aybdorning boshlang‘ich
ikki   harakati-   dayoq   odam   o‘ldirishga   suiqasd   qilishning   tamom   bo‘lgan   tarkibi
mavjud. Ushbu belgilarga asoslangan holda qilmishni JKning 25-moddasini 2-qis-
mi va 97-moddasining tegishli qismi, bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Agar   jabrlanuvchiga   birinchi   marotaba   o‘q   uzilganda   tegmasa,   ikkinchi
marotaba o‘q uzilganda esa o‘q nishonga tegsa va turli sabablarga ko‘ra o‘q uzgan
shaxs,   jabrlanuvchiga   birinchi   tibbiy   yordam   ko‘rsatgan   taqdirda   ham
kvalifikatsiya   masalasi   yuqoridagi   holat   kabi   hal   qilinadi.   Aybdorning
jabrlanuvchiga   birinchi   tibbiy   yordam   ko‘rsatganligi   kvalifikatsiyaga   ta’sir
ko‘rsatmaydi, balki jazo tayinlashda inobatga olinishi mumkin.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish tamom boTmagan jinoiy faoliyatning
ikki   bosqichida   ham   uchrashi   mumkin.   Bunda   tamom   boTmagan   jinoiy
faoliyatning   xususiyati,   shaxs   qaysi   bosqichda   jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy
qaytganligi,   jinoyat   sodir   etishda   shaxsning   roli   e’tiborga   olinishi   lozim.
Respublikamiz   jinoyat   qonunchiligiga   asosan   shaxsning   jinoyatni   oxiriga
yetkazishdan   ixtiyoriy   qaytganligi   belgilangan   barcha   hollarda,   uning   ixtiyoriy
qaytganligiga   ko‘ra   jinoiy   javobgarlikdan   ozod   qilish   masalasini   hisobga   olish
lozim.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va uni
sodir   etishga   suiqasd   qilish   bosqichlarida   ham   boTishi   mumkin.   Ba’zi   olimlar
jinoyat   sodir   etishdan  ixtiyoriy  qaytish  suiqasdning  tamom  boTmagan   turidagina
mumkin,   tamom   boTgan   suiqasdda   esajinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytish
mumkin   emas,   degan   fikrlarni   bildirganlar.   Bunday   mualliflarning   fikriga
20 qo‘shilib   boTmaydi.   Jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytish   tamom   boTgan
suiqasdda   ham   uchrab   turadi.   To‘g‘ri,   bir   daqiqali   jinoyatlarda   ixtiyoriy   qaytish
boTmaydi  va bu kvalifikatsiyada  inobatga olinadigan holatdir. Masalan,  qasddan
odam   oTdirish,   badanga   shikast   yetkazish   va   hokazo   jinoyatlarda   maqsadni
amalga   oshirishga   qaratilgan   harakatlar   toTiq   amalga   oshirilganidan   so‘ng
jinoyatdan   ixtiyoriy   qaytish   mumkin   emas,   chunki   aybdor   maqsadini   amalga
oshirish   uchun   zarur   deb   hisoblagan   barcha   harakatlarni   bajaradi,   lekin   jinoiy
oqibat   unga   bogTiq   boTmagan   holatlarga   ko‘ra   yuzaga   kelmaydi.   Bunday
jinoyatlarda   jinoiy   oqibat   tarkibning   obyektiv   tomonini   tashkil   etuvchi   harakat
(harakatsizlik)   bajarilganidan   so‘ng   darhol   yuzaga   keladi.   Jinoyat   sodir   etishdan
ixtiyoriy qaytishning sust  (passiv) turi jinoiy faoliyatning tayyorgarlik va suiqasd
bosqichlarida   uchrashi   mumkin.   Faol   (aktiv)   turi   esa   faqat   tamom   boTgan
suiqasdda mavjud boTadi.
Tamom   boTgan   suiqasdda   qachonki   harakat   bilan   rejalashtirilgan   jinoiy
oqibat   o‘rtasida   ma’lum   vaqt   oraligT   mavjud   boTsa,   shaxs   o‘z   jinoiy   maqsadini
amalga  oshirishdan   ixtiyoriy  qaytishi  mumkin.  Bu   vaqt   oralig‘ida  shaxsda  jinoiy
oqibatning   oldini   olish   uchun   imkoniyat   boTadi.   Bunday   hollarda   shaxsning
harakatlarini   rag‘batlantirishga   toTa   asos   boTadi,   chunki   shaxs   o‘zining   faol
harakatlari bilan jinoiy oqibatning yuzaga kelishini oldini olishi mumkin. Tamom
boTgan   suiqasdda   jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytishning   faqatgina   faol   turi
mavjud   boTadi.   Shaxs   harakatlarni   toTa   bajarganidan   so‘ng   jinoiy   oqibatning
oldini   olish   uchun   faqat   faol   harakat   qiladi.   Harakatsizlik   bilan   tamom   boTgan
suiqasddajinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish mumkin emas.
Tamom   boTgan   suiqasdda   shaxs   jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytishda,
qilmishni   kvalifikatsiya   qilish   uchun   kutilayotgan   zararli   oqibatning   oldi   olingan
boTishi lozim. Agar amalga oshirilgan harakatlarga qaramay, jinoiy oqibat yuzaga
kelsa,   sodir   etilgan   qilmish   tamom   boTganjinoyat   tariqasida   umumiy   asoslarda
kvalifikatsiya   qilinadi.   Aybdorning   jinoiy   oqibatning   oldini   olishga   qaratilgan
harakatlari   jinoiy   javobgarlikdan   ozod   qilish   uchun   asos   boTa   olmaydi.   Ular
faqatgina sud tomonidan jazo tayinlashda inobatga olinishi mumkin. Agar bunday
21 harakatlar   natijasida   shaxs   kutilayotgan   jinoiy   oqibatni   qisman   oldini   olsa   va
kutilayotgan   oqibatga   qaraganda   yengilroq   oqibat   yuzaga   kelsa,   kvalifikatsiya
masalasi   boshqacha   hal   qilinadi.   Masalan,   Pirmatov   rashk   orqasida   xotinini
oTdirmoqchi boTib unga zahar beradi, bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng uning xotiniga
raxmi keladi va unga zaharning kuchini yo‘qotuvchi boshqa dori beradi. Natijada
jabrlanuvchining   hayoti   saqlab   qolinadi,   biroq   unga   og‘ir   shikast   yetkaziladi.
Bunday   holatda   aybdorni   odam   oTdirishga   suiqasd   qilganlik   uchun   JK   26-
moddasiga   binoan   jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytish   qoidalarini   qoTlab
jinoiy   javobgarlik   istisno   qilinishi   mumkin.   Shaxs   faqatgina   haqiqatda   keltirib
chiqargan zararli oqibati uchungina javobgarlikka tortiladi va qilmish JKning 104-
moddasi   bilan   kvalifikatsiya   qilinadi.   0‘zbekiston   Respublikasi   jinoyat
qonunchiligiga   asosan   shaxs   jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytganligi   uchun
javobgarlik   faqatgina   uning   haqiqatda   amalga   oshirgan   harakatlarida   boshqa   bir
jinoyat tarkibi mavjud boTmasagini istisno qilinadi.
Jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytishni   to‘g‘ri   aniqlash   uchunjinoiy-
huquqiy   kvalifikatsiya   aniq   va   ravshan   amalga   oshirilgan   bo‘lishi   lozim.   Uning
yordamida u yoki bu shaxs qaysi jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytganligi va u
qaysi jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi lozimligi aniqlab olinadi. Shaxs qaysi
jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi lozimligi aniqlanayotganida jinoyat tarkibini
to‘g‘ri   aniqlash   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy
qaytgan   shaxsning   qilmishi   javobgarlikni   istisno   qiladi   va   uning   harakatlarida
boshqa   jinoyat   tarkibi   mavjud   boTsa,   javobgarlikka   tamom   boTmagan   jinoiy
faoliyat uchun emas, balki tamom boTganjinoyat uchunjavobgarlikka tortiladi.
Jinoyat   ishtirokchilikda   sodir   etilgan   boTsa,   ixtiyoriy   qaytish   masalasi
boshqacha   hal   qilinadi.   Ishtirokchilarning   harakatlari   bir-biri   bilan   chambarchas
bogTiqdir.   Shu   bois   ham   ishtirokchilarning   jinoyat   sodir   etishdagi   roliga   ko‘ra
jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytishining   hususiyatlari   aniqlanadi.   JK   30-
moddasining   5-qismiga   asosan   tashkilotchi,   dalolatchi   yoki   yordamchi   jinoyat
sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytgan   deb   ishtirokchilik   uchun   javobgarlikdan   ozod
22 qilinishi uchun ular o‘z vaqtida jinoyatning oldini olish borasida o‘zlariga bog‘liq
barcha choralarni ko‘rgan bo‘lishlari lozim.
Tashkilotchijinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytishi   uchun   bajaruvchi
tomonidan   sodir   etiladigan   jinoyatning   oldini   olish   borasida   faol   harakat   qilgan
bo‘lishi   lozim.   Tashkilotchining   amalga   oshirgan   barcha   faol   harakatlariga
qaramay,   jinoyatning   oldi   olinmasa,   uning   amalga   oshirgan   harakatlari
kvalifikatsiyaga   ta’sir   ko‘rsatmaydi.   Ular   faqat   sud   tomonidan   jazo   tayinlashda
inobatga olinishi  mumkin. Tashkilotchining javobgarligi istisno qilinishi uchun u
o‘zining faol harakatlari bilan jinoyatning oldini olgan bo‘lishi lozim.
Jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytganligi   uchun   dalolatchiningjinoiy
javobgarligi masalasi ham yuqoridagidek hal qilinadi.
Yordamchi   tomonidan   jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytish   ham   faol   va   sus
t   qilmishlarda   ifoda   etishi   mumkin.
Bajaruvchi   tomonidan   jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy   qaytish   sust   hulq-atvor  
shaklida   namoyon   bo‘ladi.   Bunda   u   jinoiy   oqibatni   keltirib   chiqaruvchi   harakatlar
ni   davom   ettirishdan   bosh   tortadi.   Bu   holat   uning   jinoyat   sodir   etishdan   ixtiyoriy
qaytganligidan   dalolat   beradi.   Agar   bajaruvchi   jinoiy   maqsadga   erishish   uchun
lozim   deb   topgan   harakatlarning   barchasini   bajarsayu,jinoiy   oqibatning   oldini
olish borasida ma’lum harakatlarni amalga oshirsa, u faol harakat qilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, shaxsni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishdan ixtiyoriy qaytdi,
deb   kvalifikatsiya   qilish   uchun   ujinoiy   faoliyatni   oxiriga   yetkazish   imkoniyatini
anglagan   holda   o‘z   harakatlarini   to‘xtatish   yoki   jinoiy   oqibatga   olib   kelishiga
ko‘zi   yetgan   barcha   harakatlarni   amalga   oshirib,   jinoiy   oqibatning   oldini   olishi
lozim.   Shaxs   jinoyat   sodir   etishdan   o‘z   irodasi,   xohishiga   ko‘ra   ixtiyoriy   va
butunlay   qaytishi   lozim,   ya’ni   jinoiy   faoliyat   tashqi   ta’sirlar   ostida   to‘xtatilgan
bo‘lmasligi kerak. Jinoiy- huquqiy kvalifikatsiyani amalga oshirishdajinoyat sodir
etishdan   ixtiyoriy   qaytishni   aniqlash   lozim,   chunki   ular   javobgarlikni,   agar
ularning harakatlarida boshqa bir mustaqil jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmasa, istisno
qiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish jinoyatlarning oldini olish va ularni
profilaktika qilishda katta ahamiyatga ega. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
23 instituti   jinoiy   faoliyatni   boshlagan   shaxslarga,   normal   hayotga   qaytish
imkoniyatini yaratadi va bunday qilmishlar rag‘batlantirilmog‘i lozim.
 
3-bob Tamom bo`lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlashning xorijiy tajribasi
3.1.   Rossiya   federatsiyasida   tamom   bo`lmagan   jinoyatlarning   huquqiy
ahamiyati
Rossiyada   tugallanmagan   jinoiy   faoliyat   uchun   javobgarlik   to'g'risidagi
qonun   hujjatlari   tahlil   qilinadi,   shuningdek   uning   shakllanishining   asosiy
bosqichlari   ko'rib   chiqiladi.   Har   bir   bosqichda   tugallanmagan   jinoyat   institutiga
o'ziga   xos   xususiyatlarga   va   individual   yondashuvlarga   ega   bo'lgan   o'ziga   xos
normativ-huquqiy hujjatlar mavjud.
Tugallanmagan   jinoyat,   inqilobdan   oldingi   Qonunchilik,   jinoyatga
tayyorgarlik,   jinoyatga   urinish,   inqilobdan   oldingi   Rossiya   qonuni   Ilmiy
huquqshunoslar, tarixchilar va boshqa tadqiqotchilar doiralarida inqilobdan oldingi
davrdagi jinoyat qonunchiligida bosqichlar tushunchasi umuman mavjudmi degan
savol   tug'iladi   jinoyat   sodir   etilgan,   qurilgan   tugallanmagan   jinoyat   institute   va   u
qanchalik   batafsil   edi   o'sha   davr   jamiyatlari.   Tugallanmagan   jinoyatning   tarkibi
jazolanish   uchun   asos   bo'lishi   mumkinmi   degan   savollar   ham   ko'tarildi.   Shuning
uchun bumaqola hali ham yuqori dolzarblikka ega, chunki har doim tarixchilar va
huquqshunoslar ko'tarildi va ko'tarildi u yoki bu huquqiy institutning, shu jumladan
institutning  kelib  chiqishi  mavzusi   tugallanmagan  jinoiy  faoliyat.  Rossiya  jinoyat
24 huquqining kelib chiqishi va dastlabki rivojlanishi o'z ildizlarini oladi tarix uchun
erishib bo'lmaydigan antik davrdan. Erta huquqiy normalarni o'rganish davrlar, shu
jumladan   jinoyat   huquqi   normalari,   eng   mashhurlaridan   kelib   chiqadi   hozirgi
vaqtda huquqiy yodgorliklar:
- Rossiyaning Vizantiya bilan shartnomalari;
- Rus Haqiqati;
- Sudnikov 1497 va 1550 yillar;
- Sobor kodeksi 1649 yil
I. D. Belyayev kabi tarixchilar tomonidan, S. V. Bahrushin, A. S. Orlov va
boshqalar   ular   faqat   rus   huquqining   umumiy   tizimini   o'rganish   vazifalarini   o'z
zimmalariga   oldilar,   ammo   va   alohida   toifalarga   ajratilgan   huquq   institutlarini
o'rganish   bo'yicha   tarixiy   tahlil   va   individual   davr   qonunchiligini   taqqoslash.
Huquq   tarixini   o'rganishda   dogmatik   usulning   ustunligiga   qaramay   Rus   tilini
o'rganishga   imkon   bergan   Rossiya   umuman   huquq,   huquqshunoslar   tomonidan
tarixchilar   tomonidan,   shunga   qaramay,   keng   tahlillar   o'tkazildi   ayrim   institutlar
ham,   ular   orasida   ham   tugallanmagan   jinoyat   instituti   oxirgi   o'rinni   egallamaydi.
Biroq,   tarixchilar   bunday   turga   etarlicha   qiziqish   bildirsa   ham   inqilobdan   oldingi
davrdagi mahalliy olimlarning asarlarida tugallanmagan jinoyat  sifatida jinoyatlar
kuzatilmagan   etarli   o'rganish.   Adabiyotda   huquqiy   yo'nalish   mavjud
tugallanmagan jinoyat va javobgarlik to'g'risida faqat alohida eslatmalar unga.
Ba'zi   olimlarning   fikriga   ko'ra,   tugallanmagan   jinoyatlar   haqida   eslatib
o'tilgan   birinchi   manbalardan   biri,   rus   haqiqati   paydo   bo'ldi.   Tarixchilar   ushbu
tarixiy   hujjatni   tahlil   qilganda,   yuqorida   aytib   o'tilgan   huquqiy   manbada
tugallangan   jinoyatlar,   shuningdek,   suiqasd   kabi   tugallanmagan   jinoyat   turlari
ta'kidlanganligi   qayd   etildi   jinoyat   uchun.   Rossiya   haqiqatida   jinoyatga   urinish
bitta   ko'rsatma   bilan   belgilandi   -   "   jazo   odam   tomonidan   amalga   oshiriladi,
qilichini yechdi, lekin urmadi"
25 Qurol   namoyishi   taxmin   qilinmoqda   umuman   olganda,   u   allaqachon
tugallangan   jinoyat   sifatida   hisoblanishi   mumkin   edi,   ammo   bu   sohadagi
tarixchilarning   fikrlari   turlicha.   Masalan,   ba'zi   olimlar   tomonidan   ilgari   surilgan
"qilichni ochish" degan taxmin – tahdid mavjud", ya'ni qoidalarga asoslanib hujjat,
bu harakat hali mavjud emas oxirigacha yetkazilgan jinoyat; boshqalar esa bunday
qilmish deb hisoblashadi haqorat, bu allaqachon ko'rib chiqilgan tugallangan jinoiy
harakat.   Ular   ham   bor   edi,   qurolning   ta'sirini   kim   taxmin   qilgan   bu   bir   vaqtning
o'zida   tahdid   va   haqoratdir   -   men   bunday   fikrga   amal   qildim   L.   E.   Presnyakov,
ammo etarli bunday fikr argumentatsiya olmadi. Tarixiy va huquqiy tahlil
Rus   haqiqati   qurol   bilan   qilingan   harakatlar   uchun   javobgarlik   kelib
chiqqanligini ko'rsatdi quyidagi harakatlarni bajarishda:
- qilich tutqichi bilan urish yoki qilich bilan urish, g'ilofda yashiringan;
- qo'lni kesish yoki shikastlash;
- oyoqning kesilishi yoki shikastlanishi;
- barmoqlarning kesilishi yoki shikastlanishi;
- soqol va mo'ylovning shikastlanishi;
- qilichni qindan olib tashlash, agar bu hech qanday zarba yoki zarar ko'rmadi.
Yuqorida   sanab   o'tilgan   harakatlar   jinoiy   deb   topildi   va   jazoga   tortildi.
Shunday qilib, sanktsiyalar taqdim etildi, ular ko'proq edi, odatda jarimalar 1 dan
40  grivnagacha.   Eng  qat'iy   sanktsiya   bu  vaziyatda  qilichni  g'ilofdan  olib  tashlash
uchun   tayinlangan   kishi   edi   bu   harakat   suiqasd   sifatida   qabul   qilinmadi   inson
salomatligi   yoki   hayoti   to'g'risida.   Biroq,   yo'q   kamroq,   qilichni   g'ilofdan   olib
tashlash   tahdid   deb   hisoblangan,   ya'ni.   bunday   harakat   bu   jinoyatga   urinish
belgilari.   Yuqoridagi   faktlar   shuni   ko'rsatadiki,   rus   haqiqatida   jinoyat   sodir
etishning turli bosqichlari haqidagi g'oyalar juda noaniq edi, chunki hatto birinchi
qarashda   ham,   pishirishga   o'xshash   harakat   yoki   suiqasd   quyidagicha   aniqlandi
"xafagarchilik"   deb   nomlangan   –   ular   ishongan   yakuniy   jinoiy   harakat   jiddiy
26 sanktsiyalar, shu jumladan qon qasos. 1497 yilgi sud kodeksiga murojaat qilib, biz
ushbu   qonun   hujjati   ekanligini   ta'kidladik   tugallanmagan   uchun   jinoiy
javobgarlikning aniq ta'rifini o'z ichiga olmagan jinoiy faoliyat, ammo olimlar ular
o'zlari   uchun   suiqasd   deb   hisoblanishi   mumkin   bo'lgan   2   ta   harakatning
mavjudligini ta'kidladilar jinoyat. Bunday harakatlar:
- davlatga suiqasd;
- jamiyatdagi huquqiy tartibga urinish. Va shunga qaramay, ushbu maqolalar to'liq
ma'lumot   olish   uchun   da'vo   qila   olmaydi   tugallanmagan   jinoyatchilik,   chunki
ularga   faqat   davlat   uchun   ayniqsa   xavfli   deb   hisoblangan   shaxslar   ko'rsatilgan.
Jinoyatning   o'zi   uchun   hech   qanday   sanktsiyalar   yoki   tavsif   berilmagan.   Bunday
noto'g'ri   tushunchalar   mavjud   ular   sud   kitobini   noto'g'ri   talqin   qilish   natijasida
yuzaga   kelishi   mumkin   -   "suiqasd"   deganda   "tajovuz"   degan   ma'noni   anglatadi.
1550   yildagi   sud   kodeksi   hech   qanday   hissa   qo'shmagan   tugallanmagan   jinoyat
institutining rivojlanishi bilan bog'liq muhim o'zgarishlar va ta'kidlanganidek V. P.
Portnov  tomonidan,  1550  yildagi   sud  kitobi  "mazmuni  bo'yicha   1497  yildagi   sud
kitobining  yangi   tahriri". Asosiy   qismda  har  bir  "o'g'rilik  ishi"  feodal   rus  davrida
tugallangan   jinoyat   o'sha   paytdagi   tegishli   jazolar   bilan   shafqatsiz   jazolandi.
Garchi   ba'zi   tarkiblar   hech   bo'lmaganda   uzoqdan   tugallanmagan   jinoyatlarga
o'xshasa   ham,   malaka   ular   suiqasd   yoki   tayyorgarlik   sifatida   feodal   huquqining
repressiv haqiqatlari bilan bog'liq holda noo'rin ko'rinadi.
Zamonaviy   tadqiqotchilar   tomonidan   keyingi   ma'lum   qonun   hujjati
Sobornoye   ekanligi   aniqlandi   1649-yilgi   Nizomda   bunday   jinoyatga
qalbakilashtirish   kabi   tayyorgarlik   va   allaqachon   Farmon   1661   yil   turli
bosqichlarni belgilab berdi ushbu jinoyatni sodir etish. 1661-yilgi Farmon qoidalari
bilan   qattiq   jazolangan   hatto   soxta   pul   ishlab   chiqarish   niyatini   aniqlash,
ya'ni.harakatga   aylanmagan   niyat   uchun.   Shuningdek,   ayrim   huquqshunoslar
tomonidan ushbu farmondagi harakat "suiqasd" sifatida xonimning hayoti, sharafi
va   sog'lig'i".   Shuningdek,   quyidagilar   uchun   javobgarlik   nazarda   tutilgan
27 "suverenning   sog'lig'i   va   hayotiga   suiqasd".   1845   yilgi   Nizom,   avvalgi   me'yoriy
hujjatlardan   farqli   o'laroq,   bo'linish   bosqichlariga   bo'lingan   jinoyatlar.   Shunday
qilib, Kodeks jinoiy harakatni amalga oshirishning quyidagi bosqichlarini aniqladi:
- niyatni aniqlash;
- jinoyatga tayyorgarlik;
- jinoyatga urinish;
-   sodir   etilgan   jinoyat.   Niyatning   jazolanishi   sodir   bo'ldi   faqat   u   yo'naltirilgan
bo'lsa   og'ir   jinoyatlarni   sodir   etish   uchun   (bunday   holda,   yo'naltirilgan   og'ir
jinoyatlar   sodir   etilishi   nazarda   tutiladi   to'g'ridan-to'g'ri   davlatga   qurilish).   Niyat
quyidagicha   aniqlandi   tasvir:   agar   yuz   aniqlangan   bo'lsa   istakni   yozma   yoki
og'zaki   ifoda   etdi   yoki   qilish   niyatini   bildirdi   jinoyat,   keyin   u   allaqachon   qabul
qilingan niyat. Bunday harakatlar  orasida tahdidlar, jinoiy harakat  qilish takliflari
kiritilgan. 1845 yilgi Nizom bu jinoiy harakatni belgilaydigan so'nggi qonun hujjati
edi   bunday   harakatlar   uchun   javobgarlik   –   ma'lumki,   hech   qanday   keyingi
normativ   hujjatda   bayonot   mavjud   emas   yoki   jinoyat   haqidagi   taxmin   alohida
bosqich   emas   edi.   Jinoyatga   urinish   ostida   Kodeks   jinoiy   niyatni   haqiqatga
aylantira   boshlagan   yoki   davom   ettirgan   harakatlar   sifatida   tushunilgan.   Suiqasd
gradatsiyasi mavjud edi. 1845 yilgi Nizomda:
- jinoyat sodir etishga ko'proq yaqinlik qilishga urinish:
- jinoyat sodir etishga kamroq yaqin bo'lishga urinish. 1845 yilgi Nizomda jinoyat
sodir   etishdan   ixtiyoriy  ravishda   voz   kechish   kabi   institutning   mavjudligi.  Ushbu
bosqichning aniq ta'rifi yo'qligiga qaramay, Kodeks normasi ixtiyoriy ravishda rad
etishni   quyidagicha   aniqladi:   "jinoyatga   tayyorgarlik   ko'rgan   yoki   uni   allaqachon
tishlagan   kishi   to'xtaganida   va   bundan   keyin   u   o'z   xohishiga   ko'ra   o'z   rejasini
amalga oshirdi, keyin u faqat  tayyorgarlik paytida qilgan ishi  va suiqasdning  o'zi
jinoyatdir".   Agar   biz   ushbu   atamani   talqin   qilsak   zamonaviyroq,   biz   buni
aytishimiz mumkin ixtiyoriy rad etish deganda aybdor o'z xohish-irodasi bilan rad
28 etgan   xatti-harakatlar   va   agar   bir   vaqtning   o'zida   sodir   etilgan   bo'lsa   uning
harakatlari oxirigacha yetkazilgan jinoyat sifatida hisoblanmagan.
Yuqoridagilarni   xulosa   qilib   shuni   aytish   kerakki,   inqilobdan   oldingi
qonunchilikni   tahlil   qilish   quyidagilarni   ko'rsatdi   natija:   tugallanmagan   jinoyat
instituti   o'zining   "mukammalligi"   ga   erishishdan   oldin   juda   uzoq   va   qiyin   yo'lni
bosib   o'tdi   va   faqat   XIX   asr   o'rtalarida   shakllangan.   Ushbu   davrga   qadar
Qonunchilik   yanada   shafqatsiz   bo'lib   tuyuldi   va   jinoiy   harakatlarni   to'liq
bajarilmagan va kuchga kirmaganlarga ajratmadi feodal tuzumning qattiq asoslari.
Davlat   shakllanishining   boshidanoq   Qonunchilik   bosqichlarni   ajratmadi   umuman
olganda,   umuman   olganda,   u   bunday   tushunchani   kiritmagan   yoki   jinoyat   sodir
etish   rejasini   alohida   deb   tan   olgan   buning   uchun   belgilangan   jazolardan   kam
bo'lmagan   muayyan   jazolarni   nazarda   tutadigan   bosqichlar   tugallangan   jinoiy
faoliyat.   Biroq,   inqilobdan   oldingi   tajribasiz   jinoyat   bosqichlari   sohasidagi   rus
qonunchiligi,   ya'ni   ularsiz   normativ   hujjatlar   rus   haqiqati   sifatida,   1497   va   1550
yillardagi sud hujjatlari, Sobor 1649 yilgi Nizom aniq bo'lmaydi va eng rivojlangan
zamonaviy tuzilgan Qonunchilik o'tgan va oldingi xatolardan sohada qonunchilikni
rivojlantirishning muhim bosqichlari jinoyat huquqi.
29 3.2.   Ukraina   davlatida   tamom   bo`lmagan   jinoyatlar   uchun   jazo   tayinlash
asoslari.
Har   qaysi   ishtirokchining   shaxsiga   tegishli   bo‘lgan   yengillashtiruvchi   va
og‘irlashtiruvchi   holatlar   sud   tomonidan   faqat   shu   ishtirokchining   o‘ziga   jazo
tayinlashda hisobga olinishi belgilangan. Tamom bo‘lmagan jinoyat sifatida, faqat
jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rish   va   suiqasd   qilish   tan   olinishi   lozim.   Jinoyat   sodir
etishdan   ixtiyoriy   ravishda   qaytish,   tamom   bo‘lmagan   noqonuniy   tajovuz   turi
sifatida   baholanib   jinoiy   javobgarlikka   tortishni   istisno   qiladi.   Shuningdek,
jazoning   og‘irligi   jinoyatning   sodir   etilishi   bosqichlari   bilan   mutanosib   bo‘lishi
kerak.   Shuning   uchun   ham   jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rish,   jinoyat   sodir   etishga
suiqasd qilish va tugallangan jinoyatlar uchun bir me’yorda jazo tayinlash mumkin
bo‘lmaydi.   Bunda   uning   ijtimoiy   xavflilik   darjasini   aniqlash   muhim   hisoblanadi.
Ukraina  Jinoyat  kodeksining  68-moddasida  tamom  bo‘lmagan  va ishtirokchilikda
sodir   etilgan   jinoyatlar   uchun   jazo   tayinlashning   asoslari   keltirib   o‘tilgan.   Unga
ko‘ra:
1. Tugallanmagan jinoiy huquqbuzarlik uchun jazo tayinlashda sud Ukraina
Jinoyat   Kodeksning   65-67   -moddalari   qoidalariga   amal   qilgan   holda,   shaxs
tomonidan   sodir   etilgan   qilmishning   og‘irligini,   jinoiy   g‘ayriqonuniy   niyatning
30 amalga oshirilganlik darajasini va jinoyat sodir etilganligini, jinoiy huquqbuzarlik
sodir etilmaganligi sabablarini hisobga oladi. 
2   Jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rganlik   uchun   jazoning   muddati   yoki   miqdori
Jinoyat kodeks maxsus qism moddasining sanksiyasida (moddaning bir qismining
sanksiyasida)   nazarda   tutilgan   eng   og‘ir   jazo   turining   eng   yuqori   muddati   yoki
miqdorining yarmidan oshmasligi kerak. 
3.   Jinoiy   huquqbuzarlikka   suiqasd   sodir   etganlik   uchun   jazoning   muddati
yoki   miqdori   eng   og‘ir   turdagi   eng   ko‘p   muddat   yoki   miqdorning   uchdan   ikki
qismidan oshmasligi kerak. 
4.   Jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rganlik   va   jinoyatga   suiqasd   qilganlik   uchun
umrbod   ozodlikdan   mahrum   qilish   jazosi   qo‘llanilmaydi,   109-114-1-moddalarida
nazarda   tutilgan   Ukraina   milliy   xavfsizligi   asoslariga,   tinchlikka,   fuqarolar
xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir etish hollari bundan mustasno. 
5.   Sud   jinoyat   sodir   etishda   ishtirokchilarga   jazo   tayinlashda   Jinoyat
Kodeksning 65-67 -moddalari qoidalariga amal qilgan holda, ularning har birining
jinoiy huquqbuzarlik sodir etishdagi ishtirokining xususiyati va darajasini hisobga
oladi.   Ukraina   Jinoyat   kodeksining   ushbu   moddasida   nazarda   tutilgan   holatlarga
nazar   tashlaydigan   bo‘lsak,   Jinoytaga   tayyorgarlik   ko‘rish   va   suiqasd   uchun   jazo
tayinlash   alohida   alohida   nazarda   tutilgan,   ya’ni   jinoytaga   tayyorgarlik   uchun
Maxsus   qism   moddasida   nazarda   tutilgan   eng   ko‘p   jazo   muddatining   yarmidan,
suiqasd uchun esa uchdan ikki qismidan oshib ketmasligi belgilangan. O‘zbekiston
Respublikasining   amaldagi   JK   ga  ko‘ra   jinoyatga   tayyorgarlik  ko‘rish   va   suiqasd
uchun   umumiy   eng   ko’p   jazoning   uchdan   ikki   qismidan   ortiq   bo‘lmasligi
belgilangan. Boshqa holatlarda mamlakatlar o‘rtasidagi qonunchilik normalarining
o‘zaro   o‘xshash   ekanligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Belorussiya   davlati   Jinoyat
kodeksining   67-moddasiga   asosan:   1   Tugallanmagan   jinoyat   uchun   jazo
tayinlashda   aybdor   tomonidan   sodir   etilgan   xatti-harakatlarning   xususiyati   va
31 jamoat   xavflilik   darajasi,   jinoiy   niyatni   amalga   oshirish   darajasi   hamda   jinoyat
tugallanmagan   holatlar   hisobga   olinadi.   2.   Jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rganlik   va
jinoyatga   suiqasd   qilganlik   uchun   o‘lim   jazosi   qo‘llanilmaydi.   Ushbu   holatlar
yuqorida   keltirib   o‘tilgan   Ukraina   Jinoyat   kodeksi   O‘zbekiston   JK   moddalarida
nazarda turtilgan holatlar o‘xshashlikni ko‘rsatmoqda. 
XULOSA
Tamom   bo‘lmagan   jinoyatlar   uchun   jinoiy   jazo   tayinlash   masalalalarini
tahlil qilish jarayonida amaldagi O‘zbekiston Respublikasi  JK ning 58-moddasiga
asosan   “Jinoyatga   tayyorgarlik   ko‘rganlik   hamda   jinoyat   sodir   etishga   suiqasd
qilganlik uchun  jazoning muddati   yoki  miqdori  ushbu  Kodeks  Maxsus   qismining
tegishli   moddasida   nazarda   tutilgan   eng   ko‘p   jazoning   to‘rtdan   uch   qismidan
oshmasligi   kerak”ligi   belgilangan,   ammo   Ukraina   Jinoyat   kodeksiga   asosan
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish uchun eng ko‘p jazo muddatining yarmidan, uchun
esa  uchdan ikki  qismidan oshmasligi  belgilangan. Jinoyatga  suiqasd  jinoyat  sodir
qilishga tayyorgarlik ko‘rishga nisbatan ijtimoiy xavfli hisoblanadi.
Shuni   inobatga   olgan   holda   quyidagicha   o‘zgartirish   kiritilishini   lozim   deb
hisoblaymiz: Birinchidan, JK ning 58-moddasida Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va
jinoyat   sodir   qilishga   suiqasd   uchun   jazo   tayinlashning   alohida-alohida   tartibini
belgilash.   (Ukraina   davlati   tajribasi).   Ikkinchidan,   JK   ning   30-moddasiga   asosan
jinoyatda   ishtirokchilik   turlari   hisoblangan   Tashkilotchi,   dalolatchi   va
yordamchilar   ham   JK   Maxsus   qismida   bajaruvchini   javobgarlikka   tortish
belgilangan   moddasi   bo‘yicha   javobgarlikka   tortilishi   nazarda   tutilgan.   Ammo
32 jinoyat   sodir   etilish   holatlari   bo‘yicha   vazifalarning   og‘ir   yengilligi   har   xil
hisoblanadi.   Bu   kabi   o‘zgartirishlar   jazo   tayinblash   uchun,   sudlar   faoliyatida
yengilliklar   yaratishi   va   ko‘p   jihatlarning   sudyaning   ichki   ishonchiga   havola
etilishi   holatlariga   barham   berishi   mumkin.   Jinoyat   sodir   etishda   aybdor   deb
topilgan shaxslarga sud tomonidan yetarli va zarur bo‘lgan jazo tayinlanishi lozim,
shundagina jazo tayinlashdan ko‘zlangan maqsadga erishiladi . 
  Darhaqiqat,  Jinoyat  kodeksida  tamom   bo‘lmagan   jinoyatlar  uchun  jazoning
muddati yoki miqdori Kodeks maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan
eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerakligi belgilangan.   Tamom
bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda yengillik berilmaydi (hozirda tamom
bo‘lmagan   jinoyatlar   uchun   tayinlanadigan   jazo   Jinoyat   kodeksining   tegishli
moddasida   nazarda   tutilgan   eng   ko‘p   jazoning   to‘rtdan   uch   qismidan   oshmasligi
kerak).
33 Foydalanilgan adabiyotlar
Rahbariy adabiyotlar
1. Mirziyoev,   Shavkat   Miromonovich   “Erkin   va   farovon,   demokratik
O'zbekiston   davlatini   birgalikda   barpo   etamiz”.   O'zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   lavozimiga   kirishish   tantanali   marosimiga   bag'ishlangan   Oliy   Majlis
palatalarining   qo'shma   majlisidagi   nutq   /Sh.M.   Mirziyoev.   –     Toshkent   :
O'zbekiston, 2017. - 56 b.
2. Mirziyoev,   Shavkat   Miromonovich   “Tanqidiy   tahlil,   qat'iy   tartib-
intizom   va   shaxsiy   javobgarlik   -   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi
bo'lishi   kerak”.   Mamlakatimizni   2016   yilda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirishning
asosiy   yakunlari   va   2017   yilga   mo'ljallangan   iqtisodiy   dasturning   eng   muhim
ustuvor   yo'nalishlariga   bag'ishlangan   Vazirlar   Mahkamasining   kengaytirilgan
majlisidagi   ma'ruza.   2017   yil   14   yanvar'   /Sh.M.   Mirziyoev.   –     Toshkent   :
O'zbekiston, 2017. - 104 b. (.pdf 32.5Mb)
3. Mirziyoev,   Shavkat   Miromonovich   “Buyuk   kelajagimizni   mard   va
olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Mazkur kitobdan O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning   2016   yil   1   noyabrdan   24   noyabrga   qadar
34 Qoraqalpog'iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahri   saylovchilari
vakillari   bilan   o'tkazilgan   saylovoldi   uchrashuvlarida   so'zlagan   nutqlari   o'rin
olgan /Sh.M.Mirziyoev. – Toshkent : “O'zbekiston”, 2017. – 488 b. (.pdf 214 Mb).
4. Mirziyoev,   Shavkat   Miromonovich   “Milliy   taraqqiyot   yo'limizni
qat'iyat   bilan   davom   ettirib,   yangi   bosqichga   ko'taramiz”   /Sh.   M.   Mirziyoev.   –
Toshkent : O'zbekiston, 2017. - 592 b. (.pdf 170Mb)
Normativ-huquqiy hujjatlar
1.Jinoyat-ijroiya kodeks:T:.”Adolat” 2022
2.O'zbekiston   Respublikasi   Ichki   ishlar   vazirining   2012-yil   29-dekabrdagi
“O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi
jazoni   ijro   etish   muassasalarining   ichki   tartib   qoidalarini   tasdiqlash   to'g'risida”gi
174-sonli buyrug'i
3. Ugolovniy kodeks Amerika. SPb., 1996. S.57.
4. Po UK Frantsii  period "nadejnosti" – eto period, v techenie kotorogo na
osujdennogo   ne   rasprostranyayutsya   polojeniya,   kasayushiesya   priostanovleniya
ispolneniya   nakazaniya   i   ispolneniya   nakazaniya   po   chastyam,   pomesheniya   vne
ispravitel'nogo   uchrejdeniya,   razresheniya   vixoda,   polusvobodi   i   uslovnogo
osvobojdeniya.
5. Ugolovniy kodeks Shvetsii. SPb., 2001. S.237.
6. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi:T:.”Adolat” 2022.
7. O'zbekiston SSR Jinoyat kodeksi:T:.”O'zbekiston” 1970.
Darslik va o'quv qo'llanmalar
1.   Rustamboev   M.H.,   Axrorov   B.J.   va   boshqalar.   Jinoyatijroiya   huquqi.
Darslik. –T.: O'qituvchi, 2002. -208 b. 
2.   Kadirov   R.   Sovershenstvovanie   pravovogo   regulirovaniya   i   primeneniya
distsiplinarnix mer k osujdennim. –T.: Shark, 2002. – 187 s. 
35 3.   Abduxalikov   M.A.,   Payzullaev   Q.,   Abduqodirov   Sh.Yo.   Jinoyat-ijroiya
huquqi (al'bom sxemalar). –T.TDYuI, 2005. -142 b. 
4.   Jinoyat   ijroiya   kodeksiga   sharhlar.   Mas'ul   muharrir:   yu.f.d.,prof.
M.H.Rustamboev. –T.: TDYuI, 2007. –574 bet.
5.   Salaev   N.S.,   Rasulev   A.K.   Jinoyat-ijroiya   huquqi.   Ma'ruza   va   amaliy
mashg'ulot   o'tkazish   bo'yicha   o'quv-uslubiy   qo'llanma.   Mas'ul   muharrir:   yu.f.d.,
prof. Q.R.Abdurasulova. –T.: TDYuI, 2013. - 320 b. 
6.   Jinoyat-ijroiya   huquqi.   Darslik.   Mualliflar   jamoasi.   Mas'ul   muharrir:
yu.f.n., dots. B.J.Axrorov. –T.: O'qituvchi, 2002. – 208 b. 
7.   Payzullaev   Q.,   Abduqodirov   Sh.Yo.   Jinoyat-ijroiya   huquqi   (al'bom
sxemalar). –T.: TDYuI, 2010. – 147 b. 
8.   Payzullaev   K.P.,   Maxkamov   O.M.,   Salaev   N.S.   Ugolovnoispolnitel'noe
pravo (al'bom-sxema). Uchebnoe posobie. – T.: TGYuI, 2011. – 144 s.
9. Muxamedov  X-M.  Xorijiy mamlakatlar  davlati  va xuquqi  tarixi.2-  qism.
Darslik. - T.: TDYuI 2004. - 540 b.
10. Muxamedov X-M. Urta asrlarda Angliya davlati va \ukuk,m. T..Adolat,
2000. — 80 b.
10.Yuldashev   M.Sh.   Mahkumlar   huquqlari   to'g'risidagi   halqaro
standartlarning   milliy   qonunchilikka   implementatsiya   qilinishi.   –   Toshkent:
O'zbekiston   Respublikasi   IIV   Akademiyasi,   2010.   –   32   b.   11.Turg'unov   I.T.,
Yuldashev   M.Sh.   Mahkumlarning   huquqiy   holati.   O'quv   qo'llanma.   Mas'ul
muharrir A.X.Saidov. – T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. -118
b. 
12.   Mahkumlar   huquqlari:   xalqaro   va   milliy   standartlar   //F.X.Bakaeva   va
boshqalar. Mas'ul muharrir A.X.Saidov. – T.: 2011. -220 b.
36 14.Krilova N.E., Serebrennikova A.V. Ugolovnoe pravo zarubejnix stran…
S. 
15.   Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom
2.   Jazo   haqida   ta’limot.   Darslik.   2-nashr,   to‘ldirilgan   va   qayta   ishlangan.   –   T.:
O‘zbekiston   Respublikasi   Milliy   gvardiyasi   Harbiy-texnik   instituti,   2018.   –   335
bet .
37

Tamom bo lmagan sodir etilgan jinoyat uchun jazoʻ tayyinlas h M U N D A R I J A Kirish...........................................................................................................2 1-bob Tamom bo`lmagan jinoyatlarni sodir etishning nazariy masalalari............................................................................................................4 1.1 Tamom bo`lmagan jinoyatlar tushunchasi...................................................4 1.2 Tamom bo`lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlashning umumiy qoidalari.............................................................................................................9 2-bob Tamom bo`lmagan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish asoslari.............................................................................................11 2.1 Jinoyatga tayyorgarlik ko`rishni kvalifikatsiya qilish ................11 2.2. Jinoyatga suiqasd qilishni kvalifikatsiya qilish ................................15 2.3. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni kvalifikatsiya qilish…………20 3-bob Tamom bo`lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlashning xorijiy tajribasi 3.1. Rossiya federatsiyasida tamom bo`lmagan jinoyatlarning huquqiy ahamiyati……………………………………………………………………...25 3.2. Ukraina davlatida tamom bo`lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlash asoslari…………………………………………………………………………... 31 Xulosa................................................................................................... 33 Foydalanilgan adabiyotlar.............. ......................................................35

KIRISH Bugungi kunda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan adolatli hukm chiqarish, odil sudlovni amalga oshirish davlat siyosatining asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Bu o‘rinda Jinoyat kodeksining odillik va insonparvarlik prinsiplari ro‘baro keladi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsga tayinlanadigan jinoiy jazoning miqdori va muddati adolatli va shaxsning ijtimoiy holatlariga mutanosib bo‘lishi lozim. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 15-maqsadida “Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish” kerakligi keltirib o‘tilgan. Bu esa sudlar faoliyatiga va odil sudlovga qaratilayotgan e’tiborning oshishidan darak beradi. O‘zbekistonda Respublikasida birinchi instansiya sudlarida 2018-yilda 38 183 ta, 2019-yilda 28 846 ta, 2020-yilda 30 282, 2021-yilda esa 47 657 ta jinoyat ishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, shaxslarni sud zalidan qamoqqa olish ko‘rsatkichlari 2018-yilda 1990 ta, 2019-yilda 1542 ta, 2020-yilda 1747 ta, 2021- yilda 2707 tani tashkil etgan bo‘lsa, ozod etilgan shaxslar 2018-yilda 3290 ta, 2019-yilda 3080 tani tashkil qilgan. Sudlar tomonidan oqlangan shaxslar dinamikasi esa 2018-yilda 867 ta, 2019-yilda 859 ta, 2020-yilda 781 ta, 2021-yilda esa 932 tani tashkil qilgan. Ushbu raqamlarga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, sudlar tomonidan jnoyat ishlarini ko‘rib chiqish ko‘rsatkichi 2018-yilga nisbatan, 2021-yillarda oshganini, shunigdek, sudlar tomonidan oqlov hukmi chiqarish ko‘rsatkichlari ham nisbatan ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin. MATERIAL VA METODLAR Mazkur kurs ishi tahliliy tadqiqot sifatida ilmiy- nazariy manbaalar tahlilini va qonun hujjatlari asoslarini o‘z ichiga oladi. Ushbu 1

kurs ishi sohaga oid bo‘lgan ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, xorijiy mamlakatlarda ushbu sohada amalda bo‘lgan holatlar tahlil qilinib, milliy tizimga joriy qilish imkoniytalari va istiqbollari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda bilishning umumiy-ilmiy metodlari bo‘lgan dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli tahlil qilish uslublari, shuningdek, umumiy mantiqiy metodlar – induksiya, deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo‘llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanilgan. 2

1- bob Tamom bo`lmagan jinoyatlarni sodir etishning nazariy masalalari 1.1 Jinoyatda tamom bo`lmagan jinoyat tushunchasi. O`zbekiston Jinoyat kodeksi VI bobida tamom bo`lmagan jinoyatlar tushunchasi va ularning turlari nazarda tutilgan. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchta bosqichdan iborat bo`ladi. Bular quyidagilar: 1. Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish; 2. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish; 3. Tamom bo`lgan jinoyat. Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va sodir etishga suiqasd qilish va ularni sodir etish qonun bilan qo`llanadigan manfaatlarni aniq xavf ostida qoldiradi. Shunga ko`ra, bunday jinoyatlarda tamom bo`lmagan jinoyat tarkibi, ya`ni jinoyatga suiqasd qilish tarkibi mavjud bo`ladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko`rishni umumiy tarzda ifodalaganda, jinoyatni sodir qilish uchun aniq sharoit yaratdi. Aybdor bunda jinoyatga tayyorgarlik ko`rishning obyektiv tomonini bajaradi. Jinoyatga suiqasd qilishda esa, bevosita jinoyatni amalga oshirish harakatlari boshlandi va jinoiy maqsadni qisman amalga oshirgan bo`lishi mumkin. Ammo aybdor o`zining irodasiga bog`liq bo`lmagan holda jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi. Tamom bo`lgan jinoyatda esa muayyan jinoyat tarkibining barcha belgilari to`la amalga oshiriladi. Faqat to`g`ri qasddan sodir etiladigan jinoyatlardagina jinoyat bosqichlari bo`ladi. Quyidagi jinoyat bosqichlari bo`lmaydi:  Egri qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda;  Ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlarda; 3

Amaldagi Jinoyat kodeksi 25-moddasi 1-qismiga jinoyatga tayyorgarlik ko`rish tushunchasi berilgan bo`lib, unga ko`ra “Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o`ziga bog`liq bo`lmagan holatlarga ko`ra sodir etilishi boshlangunga qadar to`xtatilgan bo`lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko`rish deb topiladi”, deyilgan. Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish tarkibi alohida xususiyatga ega bo`lib, u obyektiv va subyektiv tomondan namoyon bo`ladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish obyektiv tomondan quyidagi harakatlarda ifodalanishi mumkin: -Jinoyat sodir etish vositasi yoki qurolllarini qidirib topish, ya`ni xohlagan yo`l bilan jinoyatni sodir etish vositasi hamda (yoki) qurollariga ega bo`lish. Jinoyatni sodir etish vositasi va qurollariga ega bo`lish qonuniy (masalan, aholi yashash joylariga qonunga xilof ravishda kirish maqsadida chilangarlik asbobini do`kondan xarid qilish, narkotik moddalarni yashirish hamda ularni noqonuniy tarzda chegaradan olib o`tish maqsadida avtotransport vositasini tanishidan vaqtincha ijaraga olish va boshqalar) yoxud noqonuniy bo`lishi mumkin (masalan, o`g`irlangan mol-mulkni tashish maqsadida o`q otish qurolini o`g`irlash, o`g`irlangan mol-mulkni tashish maqsadida avtotransportni olib qochish va boshqalar); - jinoyat sodir etish vositasi va qurollarini moslashtirish, ya`ni qasd qilingan jinoyat sodir etishda foydalanish maqsadida qo`l ostidagi buyumlarning ko`rinishini o`rgartirish hamda qayta ishlash; - jinoyat sodir etish vositasi va qurollarini yasash, ya`ni ularni yarimfabrikatlar. Yarimmahsulot, xomashyodan zavodda yoki hunarmandchilik usuli bilan yasash (masalan. Fuqrolarga tegishli mulkka noqonuniy tarzda egalik qilish maqsadida, militsiya xodimning qalbaki guvohnomasini yasash, uy-joyga kirish uchun eshik ochadigan moslamalarni tayyorlash, firibgarlik yo`li bilan pul o`g`irlash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirish va boshqalar) 4