logo

Taqrizlar, ilmiy maqolalar yozish amaIiyoti

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50.580078125 KB
Taqrizlar, ilmiy maqolalar yozish amaIiyoti
Reja:
Kirish
Asosiy qism.
1.Taqriz yozish amaliyotini shakllantirish
2. Ilmiy maqola yozish tartibi
3. Ilmiy maqolaga qo’yiladigan talablar 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
             Inson ilmiy tadqiqotlar yordamida o’zini qurshagan olamga epistemologik
jihatdan   muttasil   ravishda   chuqur   va   keng   kirib   boradi.   O’sib   boruvchi   ilmiy
bilishning   epistemologik   jihatdan   bunday   faolligi   murakkab,   kompleksli
hodisadir.   Bu   hodisaning   bir   ma noli   talqinini   berish   juda   qiyin.   Fanning‟
epistemologik   sabablari   orasida   insoniyatning   o’z   hayotiy   faoliyatining   tashqi
sharoitlariga moslashish borasidagi faoliyatini tilga olish o’rinli bo’ladi. Insoniyat
tabiat   qo’ynida   vujudga   kelgan,   yashaydi   va   rivojlanadi.   Atrof   muhit,   bir
tomondan,   insoniyat   mavjudligining   zarur   va   etarli   sharti   bo’lsa,   ikkinchi
tomondan,   tabiatning   o’zi   eng   maqbul   holatda   insonga   befarq,   eng   nomaqbul
holatda   esa   unga   nisbatan   dushmanona   kayfiyatdadir.   Yashab   qolish   uchun
insoniyat   murakkab,   ba’zan   o’ziga   nisbatan   dushmanona   kayfiyatdagi   tashqi
sharoitlarga   moslashishi   zarur,   shuning   uchun   ham   u   ilmiy   bilimni   tabiatga
ijtimoiy   qalqon,   tabiatning   so’qir   va   ayovsiz   kuchlaridan   o’ziga   xos   himoya
vositasi   sifatida   qarshi   qo’yadi.   Fan   bu   erda   butun   kishilik   jamiyatining
rivojlanish, moslashish va yashab qolish jarayonida himoya vositasi bo’lib xizmat
qiladi.
          Ilmiy bilish ob’ektiga epistemologik jihatdan chuqur kirib borish uchun fan
ijtimoiy   institut   sifatida   ilmiy   kadrlar   bilan   uzluksiz   to’ldirilib   borilishi   kerak.
SHuning   uchun   ham   u   jamiyatda   ma’rifiy,   o’qituvchilik   funksiyasini   bajaradi,
zotan, olimlarning o’sishi, shakllanishi aynan ilmiy jamoalarda sodir bo’ladi.  Taqriz yozish amaliyotini shakllantirish
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri -   yangi badiiy, ilmiy
yoki   ilmiy-ommabop   asar   tahlili.   Taqrizda   asarning   bibliografik   tavsifi,
shuningdek,   mazmuni,   unda   ko’tarilgan   muammolar,   asarning   g‘oyaviy   badiiy
xususiyatlari,   muallif   ijodida,   adabiyotda   tutgan   o’rni   haqida   ma’lumot   bo’ladi:
asarga baho beriladi, uning asosiy  fazilatlari  va nuqsonlari  qayd qilinadi. Taqriz
asosan   keng   kitobxonlar   ommasi   uchun   mo’ljallanadi,   ularni   yangi   asarlardan
ogoh   qiladi.Zarurini   tanlab   olishga   ko’maklashadi.   Ichki   т aqriz   ham   bo’ladi.
Masalan,   nashriyotga   kelgan   badiiy,   tanqidiy   va   ilmiy-ommabop   asar   ichki
taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.
Taqriz - s а yl а nm а   b а y о nning bir  turi. U b а diiy, ilmiy, m е t о dik v а   b о shq а
а s а rl а rg а   b е rilg а n   b а h о dir.   Taqrizd а   а s а r   t а nqidiy   t а hlil   е til а di.   Shu   nuqt а i
n а z а rd а n   b а h о l а n а di.   А s а rning   yutuql а ri   h а m,   nuqs о nl а ri   h а m   ko’rs а til а di.
T а qrizchi   o’zining   d а ’v о l а rini   turli   d а lill а r   а s о sid а   isb о tl а b   b о r а di,   а s а rg а   ilmiy
iz о hl а r b е r а di. Taqriz y о zish   о d о bi   хо lislikni, h а qiq а td а n ch е tl а shm а slikni  t а l а b
е t а di.   T а qriz   qilin а y о tg а n   а s а rning   yutuq   v а   k а mchilikl а ri,   n а z а riy   v а   а m а liy
а h а miyati   h а qq о niy   ko’rs а tilishi   l о zim.   А s а rg а   b а h о   b е rishd а   mu а llifning
sh ах siyati,   о bro’si   е m а s,   b а lki   uning   ( а s а rning)   х ususiyatl а ri,   а h а miyati   ko’zd а
tutil а di.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr, maqola)ning baholanishi.
Taqrizning   boshlang‘ich   qismida   quyidagi   konstruksiyalardan
foydalaniladi:
Kitob (film, teatr, maqola)da hikoya qilinadi.
Kitob (film, teatr, maqola)da muammolar ko’tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman …
Mening fikrimcha…
Mening nazarimda… … menga yoqdi.
… menda katta taassurot uyg‘otdi.
Kitob (film, teatr, maqola) … o’rgatadi.
  Rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta.
U taqrizni haqiqiy san at darajasiga ko tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchakiʼ ʻ
ma lumot   beruvchi   janr   darajasidan   adabiy   hayotning   muhim   masalalarini	
ʼ
ko taruvchi,   kitobxonni   hayot   va   adabiyot   haqida   o ylashga   o rgatuvchi,   uning
ʻ ʻ ʻ
estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz   xarakteriga
ko ra   xilma-xil   bo ladi.   Masalan,     kengaytirilgan   annotatsiya   tipidagi   taqrizda
ʻ ʻ
asar haqida bibliografik ma lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik  taqrizlarida	
ʼ
konkret   asar   munosabati   bilan   biron   muhim   masala   haqida   fikr   yuritiladi.   Esse
(adabiy o ylar) xarakteridagi taqrizda taqrizchi o z fikr tuyg ularini, asarni o qish	
ʻ ʻ ʻ ʻ
jarayonida   hosil   bo lgan   taassurotlarini   lirik   tarzda   ifodalaydi.   Nihoyat,   muallif	
ʻ
o z   asariga   ham   taqriz   yozishi   mumkin   (avtotaqriz).   Bunda   muallifning   asarga	
ʻ
qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
O zbek   adabiyotida   taqriz   XX   asr.   boshlarida   vaqtli   matbuot   bilan   teng	
ʻ
rivojlana boshlagan. Endilikda Taqriz o zbek adabiy tanqidchiligining eng muhim	
ʻ
janrlaridan bo lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G afur G ulom kabi	
ʻ ʻ ʻ
yozuvchilar,   O’.Hoshimov,   S.Husayn,   Olim   Sharafiddinov,   V.Zohidov,
I.Sultonov,   H.Yoqubov,   M.   Qo shjonov,   Ozod   Sharafiddinov,   U.Normatov,   N.	
ʻ
Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o zbek adabiy hayotida chuqur iz	
ʻ
qoldirgan   taqrizlar   yaratdilar.   Adabiy   jarayonda   paydo   bo’lgan   yangi   asarni
birinchi bo’lib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham,
siqiq   shaklda,   ommaga   tushunarli   tarzda   o’z   ifodasini   topadi.   Shuning   uchun
taqriz   birgina   asar   tahlili   orqali   adabiy   jarayondagi   yangi   tamoyillarni   baholay
oladigan   xususiyatga   ega.   Taqriz   muayyan   asarning   tahlili   orqali   ijodkorning
hayot   haqiqatini   to’g‘ri   yorita   olganligi,   kitobxonga   badiiy   asarning   qanday
bo’lishi   haqida   tasavvur   bera   oladi.
            Bugungi   adabiy   jarayonda   ham   taqrizchilik   ma’lum   darajada   rivojlanib
bormoqda.   Ammo   u   qay   darajada   taraqqiy   etmoqda,   bu   sohada
qanday yutuq va nuqsonlarga yo’l qo’yilmoqda degan savollar tug‘ilishi, tabiiy. Shu
jihatdan,   2006–2009   yillar   oralig‘ida   “O’zbekiston   adabiyoti   va   san’ati”
gazetasida   bosilgan   ayrim   taqrizlarni   ko’zdan   kechirdik.   Mustaqillikning
dastlabki   davrlarida   taqrizlar   ko’pincha   “Kitobingizni   o’qidim”,   “Doimiy
hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to’g‘ridan to’g‘ri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi.  Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam
ko’rinadi.   “Doimiy   hamroh”   ruknida   esa   taqrizdan   ko’ra,   yangi   kitob   haqida
ma’lumotnomalar   berilmoqda.   “Kitobingizni   o’qidim”   ruknida   bosilayotgan
taqrizlar   rang-barangligi   bilan   e’tiborni   tortadi.   “Tuyg‘ular   musavviri”   deb
nomlangan   taqriz   (2008,   №41)   shoir   Tursun   Alining   “Oy   yaprog‘i”   to’plamiga
bag‘ishlangan.   U   o’quvchi   diqqatini   tortadigan   so’zlar   bilan   boshlanadi:   “Sokin
kuz oqshomida oyning ko’kdan ming bir hayoda anhorga inganini va suv betida
iymanibgina  yuzaganini   ko’rganmisiz?”.   Taqrizchi   Sh.   Subhon  modern  she’rlari
bilan   o’zbek   she’riyatida   o’z   o’rniga   ega   shoirning   she’rlaridagi   o’ziga   xoslikni
ochib   bera   olgan,   tahlillardan   o’quvchi   qoniqadi.   Shu   bilan   birga,   to’plamning
kamchiliklari   ham   ko’rsatilgan.   Ijodkor   keying   she’rlarida   bu   nuqsonlarni
takrorlamaslikka   harakat   qiladi,   deb   o’ylaymiz.   Haqiqatan   ham   samimiy   dil
izhorlaridan   iborat   taqriz   o’quvchini   “dilkashu   dardkash   shoir   bilan   suhbat”ga
chorlay   oladi.   Uni   o’qigan   o’quvchi   shoir   she’rlariga   xolislik   bilan   berilgan
bahodan   shunday   xulosa   chiqaradi.
              A.   Ko’chimovning   “Ko’zlarimning   qarog‘idasan”   she’riy   to’plamiga
adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, №49).”Sermavj tuyg‘ular”
deb   atalgan   taqrizda   shoir   she’rlaridan   eng   saralari   tahlilga   tortilgan.   Shuning
uchun   shoirning   bu   to’plami   o’quvchida   qiziqish   uyg‘ota   oladi,   ammo
to’plamning kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan.Taqrizning vazifasi, u yoki bu
janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi
o’rnini   aniqlash,   yutuq   va   kamchiligini   ko’rsatish,   fikrini   isbotlash   va
baholashdan   iborat.   Yangi   asarni   birinchi   bo’lib   baholaydigan   taqrizda   ilmiy-
estetik   tahlil   ixcham,   siqiq   shaklda,   ommaga   tushunarli   tarzda   o’z   ifodasini
topadi.   Shuning   uchun   taqriz   ayrim   tanqidchilar   aytayotganidek,   faqat“kutib
oluvchi   janr”   emas.   Balki   u   bir   asar   tahlili   orqali   adabiy   jarayondagi   yangi
tamoyillarni   ko’rsatadigan,   uning   yozuvchi   ijodida   tutgan   o’rnini   tezlik   bilan
baholay   oladigan   estetik   xususiyatga   ega.   S.   Sayyidning   “So’z   yo’li”   ikki   jildli
saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yog‘du ichra gullagan so’z”
deb   nomlangan   taqrizida   buni   ko’rish   mumkin.   Taqrizchi,   eng   avvalo,   she’rdan
olgan  taassurotlarini   ifodali   tarzda   bayon  etadi.   Taqriz   sarlavhani   izohlash   bilan
boshlanadi:   “Yog‘du   ichra   gullagan   so’z   –   she’r   bo’ladi.   Bunday   she’rning
mazasi dardingga malham bo’ladi… She’rdagi otash – so’zdagi otash. Ochiq ko’z
bilan   otashga   o’zini   otgan   odam   –   shoir   bo’ladi”.   She’rdan   ta’sirlangan   bunday
qalb   izhorlarini   o’qigan   kitobxon   beixtiyor   shoir   she’rlariga   qiziqib   qolganini
sezadi.   Taqrizda   “Saylanma”ning   mundarijasi   haqida   so’z   yuritilmaydi,   balki   S.
Sayyid she’rlari o’ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir
uslubining   o’ziga   xos   tomonlari   ochiladi.   Masalan:   “Sirojiddin   siylagan
so’zlarning   bittasi   –   ayvon…”.   (Keyin   ayvon   so’zi   izohlanadi   –   Sh.   A.) “Uyingizning   ayvoni   –   umringizning   ayvoni…   Shoir   bejizga   “Onam   ayvonidan
keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab
berishni   xayol   qilish   shoirona   jununlik   emas.   Balki   ota-ona   oldidagi   farzandlik
mas’uliyatini   his   qilishning   yorqin   e’tirofidir”.   Ijodkor   she’rlariga   ana   shunday
shoirona   baho   berish   bilan   taqriznavis   ikki   muddaoga   erishgan:   birinchidan,
o’quvchiga yangi va yaxshi  kitob haqida yetarli  ma’lumot berib, uni  she’riyatga
oshno   etmoqda,   ikkinchidan,   taqrizning   vazifalarini   to’liq   bo’lmasa-da,
bajarmoqda.   Tilga   olingan   taqrizlarda,   birinchidan,   yangi   e’lon   qilingan   asar
tahlilining   mavjudligi,   ikkinchidan,   mazkur   asarga   adabiy-badiiy   jarayon   nuqtai
nazaridan   turib   berilgan   baho   o’z   aksini   topganligi   ularning   ijobiy
xususiyatlaridir.   Uchinchidan,   asarning   yozuvchi   ijodida   qanday   o’rin   egallashi:
bu   –   uning   yutug‘imi,   ijodiy   g‘alabasimi   yoki   avvalgi   asarlariga   qaraganda
orqaga   chekinishmi,   bu   haqida   fikr   bildirilganda,   taqrizlarning   yanada
mukammalligi ta’minlangan bo’lur edi. 
Shu   bilan   birga,   taqriznavislikda   bir   xillik,   ma’lum   qoliplarga   bo’ysunish,   baho
berishdan   ko’ra   maqtash,   syujet   voqealarini   bayon   etish
kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz
bosilgan. Birinchisi, O. Sharafiddinovning “Ijodni  anglash baxti” kitobiga taqriz
bo’lib,   u   tanqidni   tanqid   ruhida   yozilgan.   Ikkinchisi,   X.   Sultonning
“Boburiynoma”   asariga   bag‘ishlangan   “Ma’rifatning   badiiy   talqini”   deb
nomlangan   taqrizda   bu   ma’rifiy   romanning   yutuqlari   haqida   so’z   yuritilgan.
Uchinchi   taqriz,   shoir   Mirpo’lat   Mirzoning   “Saylanma”si   bosilib   chiqishi
munosabati   bilan   yozilgan,   adabiyotshunos   olim   E.   Ochilov   qalamiga   mansub,
“Hassos   ko’ngil   mavjlari”   deb   nomlanadi.   Unda   shoir   she’rlariga   baho   beriladi,
ba’zilari   tahlilga   tortiladi,   shoirning   “serqirra   iste’dod   sohibi   ekanligi”
ko’rsatiladi,   ba’zan   maqtovlar   haddan   oshiriladi:   shoir   ijodining   “beqiyos
samimiyati” haqida so’z yuritilganda kitobxonda “hamma she’rlaridami?” degan
ishtiboh uyg‘onadi yoki shoirni “go’zal va hassos ishqiy she’rlar muallifi sifatida
mashhur”   deb   hisoblagan   taqrizchi   shunday   she’rlarining   nomlarini   keltiradi,
xolos. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Yoki shoir Salim
Ashurning   “Sensiz”   deb   nomlangan   kitobiga   shu   ruknda   “Hijrondek   yaqin,
visoldek olis” deb nomlangan taqriz (2004, № 42) e’lon qilingan. Taqriz muallifi
A. Mengqobilov shoir  she’rlarining tahliliga  kirishishdan  oldin shunday  da’voni
ilgari suradi: “… yangi kitob shoir ijodiy mahoratining she’rdan she’rga, kitobdan
kitobga yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi
kerak   edi.
                  Taqrizda   bevosita   tahlildan   tashqari,   ijodkorga   munosabat   masalasi   ham
muhim.   Taqriz   hajmi   katta-kichikligidan   qat’i   nazar,   yangi   asar   haqida o’quvchida ma’lum taassurot uyg‘otsin, rost so’zlasin. Ba’zan shunday bo’ladiki,
taqrizchining   va’dalari,   maqtovlariga   ishonib,     qo’lingizga   olgan   kitob   sizni
o’ziga   tortmaydi,   yolg‘on   aldovlarga   uchib   qolmasligi   uchun   adabiyot   ham,
adabiyotshunos   ham   kitobxonga   rost   gapirishi   kerak.   Adabiyotshunos   olim   H.
Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini” deb atalgan (2004, №32).
Iste’dodli   yozuvchi   A.   Yo’ldoshning   “Timsohning   ko’z   yoshlari”   qissalar
to’plamiga   yozilgan   taqrizni   o’qir   ekansiz,   adib   ijodiga   qiziqishingiz   oshadi.
Taqrizda,   garchand,   qissalar   mazmunini   so’zlab   berishga   ko’p   o’rin   ajratilgan
bo’lsa-da   (aslida,   V.   Belinskiydan   qolgan   bu   usulni   akademik   M.   Qo’shjonov
o’zbek   tanqidchiligiga   olib   kirib,   tahlilning   yaxshi   usullaridan   biri   sifatida
ko’rsatgan   edi),   kitobxon   asar   qahramonlarining   hayoti,   taqdiriga   qiziqadi.
Ayniqsa,   “Otchopar   yoxud   13–uy”   qissasi   tahlilida   Nozima   obrazi   birmuncha
aniq   tahlil   etilgani   yaxshi.Olim   taqrizning   o’qishli   chiqishi,   kitobxonning
diqqatini   tortish,   o’z   fikrlarini   isbotlash   uchun   Belinskiy   maqolalariga   murojaat
qiladiki,   o’quvchi   taqriznavis   da’volarining   asosli   ekanligiga   shubha   qilmaydi.
Ammo   yozuvchi   qissalari   adabiyotimizda   yaratilayotgan   qissalardan   qaysi
jihatlari bilan farq qiladi, adibning o’ziga xos uslubi qay tarzda namoyon bo’lgan,
degan savollar ochiq qoladi. Adib yo’l qo’ygan kamchiliklar ham ko’rsatilsa edi,
taqrizning   butunligi   ta’minlangan   bo’lur   edi.   Shuni   unutmaslik   zarurki,   asarga
birinchi   bo’lib   baho   berish,   uning   yozuvchi   ijodi   va   adabiy   jarayondagi   o’rnini
ko’rsatish;   baholashdagi   tezkorlik   va   hozirjavoblik;   tashviqiy   mohiyatga   ega
ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida ma’lumot berib, uning estetik tasavvurini
boyitish   hamda   o’sha   asarni   o’qishga   da’vat   qilish   jihatidan   adabiy   tanqidda
taqriz   ayricha   o’rin   kasb   etadi.   Taqrizda   asarning   qisqa   tahlili   orqali   uning
mohiyati hamda badiiyatiga berilgan baho asosiydir. Olimjon Xoldor Qamchibek
Kenjaning   ikki   jildli   “Saylanma”siga   yozgan   “Ehtiros   va   e’tirof”   deb   nomlagan
taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki jildlikning mundarijasi haqida so’z yuritilgan.
Muallif   o’z   fikrlarini   isbotlash   uchun   ko’chirma   keltiradi.   Bu   –   yaxshi   usul.
Ammo   kichik   bir   taqrizda   taqriz   To’la,   O.   Yoqubov,   M.   Shayxzoda   va   yana
qaysidir   adabiyotshunos   (nomi   berilmagan)ning   fikrlarini   keltirish   o’quvchini
taqriznavisning   o’z   so’zlari   yo’q   ekanmi,   degan   ishtibohga   olib   bormaydimi?
Keyin   taqrizda   sanoq   ko’pligi   bois   tahlilga   kam   o’rin   berilgan,   ammo   taqrizchi
“Saylanma”ning   qusurlarini   ham   birma-bir   ko’rsatadi.     Shunisi   qiziqki,   adib
hikoyalarida   “xulosa   chiqarish   esa   ko’pincha   o’quvchining   o’ziga   qoldiriladi”
deya, bu xususiyatni ham nuqson sanaydi. Holbuki, modern yo’nalishga mansub
asarlarning   ko’pchiligida   olimlar   ayni   xususiyatni   yutuq   hisoblaydilar.   Shu   bois
o’quvchi  nazariga havola etiladigan har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami,
suhbatmi   –   qaysi   janrda   bo’lishidan   qat’i   nazar,   mas’uliyat   bilan   yozilmog‘i,
kitobxonda   shubha   emas,   ishonch   uyg‘otishi   lozim.   Ayniqsa,   taqrizchilikda   bu juda   muhimdir.   Ba’zan   shunday   bo’ladiki,   asarni   o’qimasdan   oldin   u   haqidagi
taqrizni   o’qib   qolasiz.   Samimiy,   ortiqcha   maqtovlarsiz,   xolislik   bilan   bitilgan
taqriz   sizni   tezroq   o’sha   asarni   topib   o’qishga   undaydi.   Shuning   uchun   ham
adabiy   jarayonda,   kitobxon   qiziqishlarida   doimo   taqrizning   o’rni   muhim   bo’lib
kelgan.Agar e’tibor qaratsak, bosilayotgan taqrizlarning ko’pchiligi dabdabali va
juda   yuksak   pafosga   ega   sarlavhalar   bilan   chiqadi.   Ularning   ba’zilari   shu
sarlavhani   oqlasa,   ba’zilari   “usti   yaltiroq,   ichi   qaltiroq”   ekanligi   sezilib   qoladi.
Shuning uchun sarlavha tanlanganda ham mas’uliyat  va e’tibor juda zarur  ekan.
Asarga   sarlavha   topish   uning   mazmun-mohiyatini   ochib   berishga   xizmat   qiladi.
M. Qo’shjonovning “Adashganlar  fojiasi” deb nomlangan taqrizi A. Qahhorning
“Sarob”iga   bag‘ishlangan.   Unda   ortiqcha   dabdaba   ham   yo’q,   ammo   u   asarning
bor   mazmunini   o’zida   aks   ettira   olganligi   bilan   diqqatni   tortadi.   O.
Sharafiddinovning   “She’r   ko’p,   ammo   shoirchi?”   maqolasi   nomidanoq   ayovsiz
tanqid   ruhida   ekanligi   seziladi.   Biz   nazardan   o’tkazayotgan   taqrizlarning
ko’pchiligida   sarlavha   o’quvchiga   ko’p   narsa   va’da   qiladi,   ammo   ichidagini
o’qisangiz, va’daga vafo yo’qligiga amin bo’lasiz. “Taqriz” ruknida bosilayotgan
asarlarda mas’uliyat yanada oshadi, chunki ular janr talablariga javob bera olishi
zarur.   Masalan,   “Taassurot”   degan   rukndan   taqriz   janri   vazifalarini   talab
qilishning hojati bo’lmasa kerak. Chunki nomi bilan asardan olingan taassurotlar
kitobxon   bilan   baham   ko’riladi.   Shuning   uchun   tahririyatlar   ham   ana   shu
masalaga   diqqat   qaratsa,   ayni   muddao   bo’lur   edi.   “So’qmoqlarda   toblangan
muhabbat”   deb   nomlangan   taqriz   (2005,   №   51)   R.   Bobojonning   “Muhabbat
mezoni”   romaniga   bag‘ishlangan   ekan.   To’g‘risi,   men   ham   shu   taqrizdan   keyin
shoir   R.   Bobojonning   roman   yozganidan   xabar   topdim.   Viloyatlarga   hamma
kitoblar   ham   yetib   kelavermaydi-da.   Taqrizda   romanda   tasvirlangan   davr,   asar
qahramonlari   haqida   fikr   yuritiladi.   Ammo   bu   qahramonlar   qaysi   jihatlari   bilan
xarakter darajasiga ko’tarilgan, qaysi tomonlari bilan bugungi kun o’quvchisining
ongu   tafakkurini   o’zgartirishga   xizmat   qiladi,   degan   savollarga   javob
ololmaymiz.   Shu   bilan   birga,   unda   asardan   olingan   his-hayajon,   kechinmalar
ta’siri   sezilmaydi.   O’rtamiyona   taqrizda   romanning   adabiy   jarayondagi,
romanchilikdagi   o’rni   ko’rsatilmagan.   “Tabiiy   tuyg‘ular   talqini”   deb   nomlangan
L.   Bo’rixonning   “Jaziramadagi   odamlar”   romaniga   bag‘ishlab   yozilgan   taqrizda
(2007,   №   3)   taqriznavis   X.   Hamroqulova   romandan   olgan   taassurotlarini
nihoyatda   samimiyat   bilan   bayon   etgan.   Roman   qahramonlarining,   asarning
original   jihatlarini   ko’rsatib   bergan.   Bu   asar   o’zbek   romanchiligida   “yangi   bir
toza   nafas   bo’ldi”,   deyiladi   taqrizda.   Ammoqaysi   fazilatlari   bilan?   “Lolaxon.
Ergash,   Samad   kabi   kichik   taqdir   egalari   orqali   ularning   ulkan   ruhiy   olamlarini
yorita olish, omma o’rtasidagi shaxs  darajasiga chiqqan obrazlarni yaratish yosh
adibning   ijodiy   yutug‘idir”   so’zlari   bilan   tugallangan   taqrizda   asarning   birorta nuqsoni   ko’rsatilmaydi.   Bu   mulohazalardan   taqrizlarda   kamchilik   ko’rsatilishi
qat’iy   qilib   qo’yilgan   ekan-da,   degan   xulosa   kelib   chiqmasligi   lozim.  
        Shunday   san’at   asarlari   bo’ladiki,   ular   badiiyligi,   tabiiyligi   va   jozibasi   bilan
o’quvchi qalbini tezda rom eta oladi, ulardan chiroq yoqib izlasangiz ham nuqson
topolmaysiz.   Ammo   ular   ko’p   emas.   Shu   bois   ana   shunday   asarlar   ko’payishini
istagan   taqrizchi   so’zga   mas’uliyat   bilan   qarashi,   o’zi   tahlil   etayotgan   asardan
ham shuni talab qilishi zarur bo’ladi. Boshqa ruknlarda ham taqrizlar berilmoqda.
Masalan,   “O’quvchi   fikri”   ruknida   “Bir   asar   quvonchi”,   degan   kichik   taqriz
(2006,   №   29)   berilgan,   muallifi   Axtamqul   Karim.   U   dastlab   Luqmon
Bo’rixonning ijodi adabiy gurunglarda bahs-munozaralarga sabab bo’layotganligi
haqida gapirib, adibning “Tahlika” qissasiga munosabat bildiradi. Asarda “yorqin
obrazlarni”  ko’rgan,  bundan “huzurlangan”  taqrizchi   qissadagi  har   bir   detal, har
bir   manzara   tasviri   o’z   o’rnida,   ma’lum   bir   maqsadni   ko’zlab   qo’llanilganligini
uning  yutug‘i  sifatida  ko’rsatadi,  shu   bilan   birga,  ayrim   juz’iy  nuqsonlarga   ham
to’xtaladi. Ammo negadir  uning fikrlarida chalkashlik  seziladi. Masalan,  qissani
“qiziqish   bilan   o’qigan”   muallif   shunday   yozadi:   “Tahlika”   detektiv   janrning
unsurlariga   tayangan   bo’lsa-da,   meningcha,   u   ko’proq   lirik   asarlar   sirasiga
kiradi”.   Balki   buni   isbot   qilish   kerakdir   yoki   taqrizchi   asarda   lirizm   kuchli
demoqchimi?   Chunki   yozuvchi   bir   jinoyatning   sodir   etilishi   va   fosh   qilinishi
jarayonini   tasvirlar   ekan,   aslida,   qalam   quvvatini   o’sha   jinoyat   tevaragidagi
qahramonlarning xarakterini, ruhiyatini ochishga qaratadi”. Nazarimizda, bu lirik
asarlarga   xos   xususiyat   emas.   “Taqriz   ham   san’at,   shuning   uchun   uni   shunday
yozish   kerakki,   kitobxon   taqrizchi   bilan   muloqotda   bo’lganidan   qoniqish   his
etsin”,   deb   yozgan   edi   rus   olimi   V.   Yanovskiy.   Darhaqiqat,   ham   keng
jamoatchilikning   yangi   asarni   qanday   qabul   qilishi,   ma’lum   jihatdan,   uni
baholagan, tahlil qilgan taqrizga ham bog‘liq. Bu qonuniyat tusiga kirgan hodisa
bo’lmasa-da,   haqqoniy   taqriz   yangi   asar   haqida   jamoatchilik   fikrining
shakllanishiga   muayyan   darajada   ta’sir   ko’rsatadi.   Negaki,   taqrizchi   asarning
mohiyatini ilmiy-estetik tahlil vositasida yoritish orqali kitobxon dunyoqarashiga
ta’sir   qilib,   tasavvurini   boyitishga   xizmat   qiladi,   estetik   didini   o’stirishga
ko’maklashadi.   Mana   shu   nuqtai   nazardan   qaraganda,   matbuotda   bosilayotgan
hamma taqrizlar hama bu xususiyatlarni o’zida jamlamaganligi ko’rinadi. Bu esa
adabiy   tanqid   va   adabiyot   rivojiga   ma’lum   darajada   ta’sir   ko’rsatishini
unutmasligimiz   lozim.   Adabiy   tanqidning   bosh   vazifasi   esa   adabiyotni
yuksaklikka ko’tarishga ko’maklashishdan iborat . Biz kimning avlodimiz? “Insoniyatning qisqacha tarixi” asariga taqriz
Shukurjon Islomov 
Tarix   bu   o‘tmish   voqealarining   ketma-ketligi   hamda   ularning   o‘zaro
bog‘liqligini,   rivojlanish   qonuniyatlarini   o‘rganuvchi   fandir.   Rivojlangan
davlatlar darsliklarida bu bog‘liqliklar o‘quvchilarga o‘tiladi. Ammo bizning tarix
kitobimiz   quyidagicha   (ko‘pchilikka   tushunarli   bo‘lishi   uchun,   asosan
“O‘zbekiston   tarixi”ni   nazarda   tutyapman)   eramizdan   avval:   To‘maris,   Shiroq,
yunonlar   istilosi,   Spitamen;   eramizdan   keyin:   turk   hoqonligi,   arablar   kelishi,
Beruniy,   Ibn   Sino   kabi   olimlar,   so‘ng   mo‘g‘ullar   bosqini,   Amir   Temur   davlati,
keyin Temuriylar va Shayboniylar ziddiyati, xonliklar, shu bilan ruslar istilosiga
o‘tib   ketamiz.   Bu   voqealar   va   shaxslar   faoliyatining   bugungi   kunimizga   ta’siri
haqida   nechtamiz   bilamiz?   Masalan,   men   deyarli   bilmayman,   ammo   bilgim
keladi.   Aniqrog‘i,   biz   tarixni   voqealar   va   sanalar   shaklida   bilamiz,   ularning
rivojlanish  qonuniyati, o‘zaro bog‘liqligi  va bugunimizga  ta’sirini  bilmaymiz va
bilishga   urinmaymiz.   Keling,   savollar   qo‘yaylik:   barmoqlarimiz   soni   sakkizta
bo‘lganda   bugun   sakkizlik   sanoq   tizimini   qo‘llayotgan   bo‘larmidik?   Turkiston
Muxtoriyati   saqlanib   qolganda   bugun   qanday   davlatda   yashayotgan   bo‘lardik?
Shayboniyzodalar shialar bilan urushmaganda bugun e’tiqodda shia bo‘larmidik?
Chor   Rossiyasi   va   sovetlar   o‘lkamizni   paxtaga   emas   za’faron   yetishtirishga
yo‘naltirganda   sanoat   va   infrastrukturamiz   qanday   holatda   bo‘lardi?   Shunga
o‘xshash   savollar.   Faktlarni   to‘plash,   ularni   tizimlashtirish   va   sabab-oqibat
tarozisida   o‘lchash   hamda   qonuniyatlarini   aniqlash   bu   fanning   xususiyatidir.
Yuqorida   keltirganlarim   “Insoniyatning   qisqacha   tarixi”   kitobining   ahamiyatini
tanishtirish   uchun   kirishso‘z   edi.   Avvaldan   aytib   qo‘yay:   bu   kitobni   hali   to‘liq
o‘qib chiqmaganman. Ruscha tanishtiruv versiyasini  yuklab olib, o‘qiganimga 1
yilcha bo‘ldi.
      Kitob inson avlodining paydo bo‘lishi, jamoalarga to‘planib yashay boshlashi,
o‘zaro   munosabatlar,   kognitiv   inqilob   (ya’ni   inson   bilimining   oshib   ma’lum
bosqichga   yetishi   va   buning   vositasida   jamiyatni   o‘zgartirishi),   agrar   inqilob
(odamzot ekin yetishtirishni o‘rganib o‘zini ta’minlay olgani), o‘zaro xabarlashuv
imkoniyati   tufayli   birlashib   yashashga   intilishi,   ilmiy   inqilob,   kapitalizm   va
boshqa   masalalarga   to‘xtaladi.   Va   bu   jarayondagi   birlamchi   sabablarni
sharhlashga   urinadi.   Hararining   uqtirishicha,   inson   jamiki   mavjudotlar
hukmdoriga   aylanishiga   uning   o‘zaro   axborot   almasha   olish   va   birlasha   olish qobiliyati   sabab   bo‘ldi   (shu   qobiliyat   boshqa   mavjudotda   bo‘lganda   hozir   yer
yuzining   hukmdori   u   bo‘lardi).   Harari   deydiki,   insonlar   birlashgan   barcha
ijtimoiy   tuzilmalar   xoh   kompaniya,   xoh   davlat,   xoh   din,   xoh   siyosiy   partiya   –
barchasi   xayolot   mahsuliga   (ruschada   “mif”   va   “vimisel”,   ya’ni   “to‘qima”,
“uydirma”,   “ertak”   ma’nosida   tarjima   qilingan.   Men   ayni   so‘zni   “xayolot
mahsuli”   deb   oldim,   chunki   bu   yerda   aynan   mif-ertak   so‘zi   tushmaydi,   ma’no
ko‘proq   “g‘oya”,   “aqida”   so‘ziga   tortadi,   nazarimda.   Shunday   bo‘lsa-da,   dinni
xayolot   mahsuli   deb   atash   islomiy   aqidamizga   zidligini   eslatib   o‘taman,   e’tibor
berish kerak nuqtalaridan biri shudir) ishonish oqibatida yuzaga keladi.
Kitob garchi ilmiy bo‘lsa-da, sodda uslubda yozilgan. Hatto, rus yoki ingliz
tilini   yangi   o‘rgangan   o‘quvchi   ham   qiynalmasdan   tushunadi.   Muallif   muayyan
voqelikni   ravshanroq   tushuntirish   uchun   badiiylikka   yaqin   tasvirlardan
foydalanadi, sarlavhalarni qiziqarli tanlaydi: “Odam va Havoning bir kuni”, “Pejo
afsonasi, “Ruhlar bilan muloqot”, “Urushmi tinchlik?” va hokazo. Marksizmdan
ma’lumki,   Karl   Marks   kishilik   jamiyatini   beshta   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiyaga
bo‘ladi. Bunday tasnifga u iqtisodchi sifatida ishlab chiqarish vositalariga egalik
nuqtai nazaridan yondashadi. Harari “aql-idrokli odam” (Xomo Sapiyens) tarixini
to‘rt   davrga   bo‘ladi:   kognitiv   inqilob   (taxminan   eramizdan   avvalgi   70-12   ming
yillar   oralig‘i,   bu   davrda   odamzod   tasavvuri   rivojlanib   aqlini   tanigan),   qishloq
xo‘jaligi   inqilobi   (taxminan   er.av   12   asrdan   to   eramizgacha,   bu   davrda   qishloq
xo‘jaligi   rivojlandi),   insoniyatning   siyosiy   tashkilot   va   imperiyalarga   birlashuvi
(taxminan   eramizdan   to   1500   yillargacha)   va   ilmiy   inqilob   davri   (1500   yildan
hozirgacha   ilm-fan   taraqqiy   topish   davri).   Harari   insoniyat   tarixini   bo‘laklarga
ajratishda   iqtisod   emas,   tabiiy   fanlar,   xususan,   biologiya   nuqtai   nazaridan
yondashadi,   ya’ni   odamni   bir   biologik   tur   deb   qaraydi.   Harari   o‘zaro   bir-birini
tanib munosabat o‘rnatib guruhga uyusha oladigan odamlar soni uzog‘i bilan 150
nafarga   yaqin   deydi.   Guruhda   odamlar   soni   150   nafardan   ortsa,   boshqarish
murakkablashadi,   yetakchi   ularni   adashtira   boshlaydi.   Xo‘sh,   shunday   ekan,
odamlar   ming,   mln   kishilik   birlashmalarga   qanday   uyushadi?   Chunki   ularni
o‘zaro bir “xayolot mahsuli”ga ishonch birlashtiradi, deydi u. Bir-birini mutlaqo
tanimaydigan ikki serb o‘zaro gaplashib ketishi mumkin, chunki ular serb xalqi,
serb   mamlakati   va   bayrog‘i   borligiga   shubha   qilmaydi.   Guglning   ikki   xodimi
tanish   bo‘lmasa-da,   birgalikda   samarali   ishlaydi,   chunki   ular   Gugl   nomli
kompaniya   borligiga,   uning   aksiyalari   va   pullari   mavjudligiga   ishonadi.   Ko‘rib
turganingizdek,   barchasini   odamzot   o‘ylab   topgan   xayolot   mahsuliga   ishonch
birlashtiradi.   Kitobda   nazariyalarga   ko‘p   erk   berilgani   uchun   ishonchsiz
tuyuluvchi   joylari   ham   uchraydi.   Muallif   ba’zan   o‘zidan   avvalgi   olimlarning
fikrlariga   “barchasi   ertak”   deb   bepisand   yondashadi.   Ayniqsa,   insonning odamsimon maymundan kelib chiqishi  da’vosi insoniyat Odam  Atodan tarqagan
deb  ishonuvchilarga  yoqmasligi   tabiiy.  Ammo  musulmon   olimlar  orasida  Odam
Ato  birinchi  jismoniy  odam   emas,  undan  avval   ham   odamlar   bo‘lganligi,  Odam
Ato   esa   birinchi   payg‘ambar   va   Yaratganning   elchisi   sifatida   tanlanganligini
aytuvchilar ham borligini (Rossiya Islom qo‘mitasi raisi Haydar Jamolning fikrini
ko‘ring)   unutmasligimiz   kerak.   Bu   haqda   turk   tafsirchi   olimi   Mehmet
Okuyanning   ham   qiziqarli   fikrlari   bor.   Endi   biz   musulmonlarning   bu   kitobga
munosabatimizga   oid   ikki   og‘iz   gap.   Avvalo   bu   kitob   ayrim   birodarlarimiz
ogohlantirganidek, bachchabozlik va dahriylikni targ‘ib qilish uchun yozilmagan.
Asosiy   mazmunini   yuqorida   yozdim.   O‘quvchi   kitobdan   qidirganini   topadi,   bir
kitob   bilan   aqidamiz   buzilib   ketsa,   demak   bu   mustahkam   aqida   emas   ekan,   biz
aqidamizni   yanayam   mustahkamlashimiz,   yo‘ldan   adashtirmasligini   O‘zidan
so‘rashimiz lozim. Shunda ham kimdir taqvo uchun o‘qimaslikni istasa, bu uning
xohishidir.   Bilimsizlik   kulfat   keltirmaydi,   ammo   yutqazib   qo‘yish   yomon,
deydilar.   Modomiki,   shunday   ekan,   men   bunday   asarlarni   atoqli   yozuvchimiz
O‘tkir   Hoshimov   aytganidek   mag‘zini   yeb   po‘chog‘ini   tashlab   yuborish   kerak
bo‘lgan kitoblar qatorida ko‘raman. Ilm-fan sezgilarga asoslanadi, turli nazariya,
farazlarni   ilgari   surishi   mumkin   va   mutlaq   haqiqatga   da’vo   qilmaydi,   shu   bilan
birga   tinimsiz   o‘zgarishda,   yangilanishda   bo‘ladi.   Ammo   biz   musulmon   olami
ilm-fanda,   ayniqsa   tabiiy   fanlarni   o‘zlashtirishda   benihoya   achinarli   ahvolga
tushib  qolganligimizni   e’tirof   etmasak  bo‘lmaydi.   Tabiat  va   jamiyat   qonunlarini
anglashga  urinmaymiz, kelajakni  prognozlay olmaymiz. Shu sababli  ham  dunyo
bo‘yicha   kashfiyotlarning   1   foizi   ham   musulmonlar   hissasiga   to‘g‘ri   kelmaydi,
boshimiz   o‘zaro   nizodan   chiqmaydi,   rivojlangan   nomusulmon   davlatlar   bizni
osongina   boshqarishadi   va   kerak   bo‘lsa   qurbon   qilishadi.   Abbosiylar   davridagi
musulmon   olimlari   “aqidamizga   putur   yetmasin”,   deya   Hararining   kitobidan
parhez   qilishimizni   ko‘rganda   balki   kulardi.   Chunki   ular   ilm-fanga   oid   har
qanday   kitobni   o‘rgangan   va   “Zevs   haqqi”   deb   boshlanuvchi   yunon   olimlari
asarlarini   ham   arabchaga   tarjima   qilishdan   bosh   tortmagandi.   Dunyo   olimlari
bugun   Amerika,   Yevropa,   Yaponiyaga   intilganidek   o‘sha   davrda   Qohira,
Bag‘dod, Xorazm, Damashq kabi shaharlarga intilardi. Shubha yo‘qki, biz tabiiy
fanlarni   o‘rganmasdan   katta   xato   qildik   va   jabrini   tortmoqdamiz.   Musulmonlar
haqida   hozir   g‘ayridinlar   ularning   o‘zlaridan   ko‘proq   biladi   va   shu   tufayli   ham
ustundir. Musulmonlar g‘oyaviy muxoliflarini o‘rganishlari, ularning yondashuvi,
ilmi,   g‘oyalari,   davlat   boshqaruvi   bilan   tanishishlari   kerak.   Aqidamizga   putur
yetmasin,   deb   o‘zini   chetga   tortmasligi   zarurdir.   Islomiy   aqida   kerak,   ammo
bugun   birgina   aqidaning   o‘zi   taraqqiy   etish   uchun   yetarli   emas.   Aqidamiz
qachonki  qalbimizga  joylashib,   e’tiqodga  aylangandagina  foydalidir.  Men   tabiiy
va ijtimoiy fanlarni musulmonlar xuddi diniy ilmlarni o‘rgangandek harislik bilan o‘rganishini   orzu   qilaman.   Kichik   bir   misol:   ijtimoiy   tarmoqda   dahriy   va
musulmon   tortishganda   musulmonga   ko‘pincha   rahmim   keladi.   Dahriylar   uni
shunday  kalaka  qiladiki, hatto  ustidan  kulishayotganini   o‘zi   sezmaydi.  Goh  zo‘r
berib   o‘zini   oqlashga   tushadi,   goh   haqoratga   o‘tadi   –   asli   bu   ikkalasi   ham
yutqiziqdir.   Bu   xuddi   “katta   dunyo”ning   “kichik   dunyo”dagi   aksiga   o‘xshaydi.
Biz   musulmonlar   ko‘pmiz,   ammo   aksariyatimiz   ijtimoiy   va   tabiiy   fanlarni
bilmaymiz.   Bularning   barchasini   yozishimga   sabab   nomusulmonlar   yozgan
kitoblardan  xavfsirashning   xatoligini   aytishdir.  Yuval   Hararining  “Insoniyatning
qisqacha   tarixi”   kitobini   o‘tgan   yili   vazirlikdagi   bir   yosh   tashabbuskor   yigit
tarjima   qilib   nashr   ettirmoqchi   bo‘lgandi,   ammo   imkoni   va   resursi   bo‘laturib,
nega   to‘xtaganini   bilmayman.   Shunga   qaramasdan   bu   bestseller   asarning
tarjimasiga Nurbek Alimov kirishibdi. Boshini  o‘qib ko‘rdim, tarjima nazarimda
yomon emas.  Qiziquvchilar uchun foydali kitob bo‘ladi, deb o‘ylayman . Ilmiy maqola yozish tartibi
Maqola   –   fransuzcha   so’z   bo’lib,   asl   ma’nosi   “urinish”,   “sinash”,   “ocherk”dir.
Esse   orqali   narsa   va   hodisalarga   yoki   shaxsga   oid   subyektiv   fikr   bayon   qilinadi
Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo’lib, hajm jihatidan ancha katta bo’ladi.
Maqola   hayotning   muhim   va   dolzarb   masalalariga   bag‘ishlanishi   yoki   ilm-
fanning biror sohasini  yoritishi mumkin. Shunga ko’ra maqolalar ilmiy, uslubiy,
publitsistik kabi turlarga bo’linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo’ladi:
1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
2.   Asosiy   qism   –   muallif   tomonidan   rejalangan   fikr,   muammo   yoki   yangilik
bayon qilindi.
3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar   ilmiy   yoki   publitsistik   uslubda,   adabiy   til   me’yorlariga   to’liq   amal
qilingan   holatda   yoziladi.   Maqola   yozishda   maqolaning   mavzusini   belgilash   va
unga   sarlavha   tanlash   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Maqolaning   sarlavhasi
qisqa,   lekin   e’tiborni   jalb   qiladigan   va,   albatta,   maqolaning   bosh   mavzusini
yoritib   beradigan   bo’lishi   lozim.   Bundan   tashqari,   maqolalarda   muallif   haqida
qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ko’rsatiladi.
 Kirish qismi -mavzuning asoslanishi -mavzuning dolzarbligi -asosiy tezis -
qoyilgan   mavzuning   retrospektiv   tahlili.   -   mavzuni   bugungi   kun   pozisiyalaridan
korib   chiqish   zarurligining   asoslanishi.   -   mavzu   asosiy   tushunchalarining
izohlanishi. - mavzuni bayon qilish bilan bogliq xatolar bayoni va hokazo Asosiy
qism   -   dalillar   -   ilgari   surilgan   tezis   -   tasdiqlaydigan   faktlar   -   induksiyadan
foydalanish - deduksiyadan foydalanish Yakunlovchi qism - Ilgari surilgan tezisni
tasdiqlaydigan   yoki   inkor   qiladigan   xulosalar   -   asosiy   fikrning   tezislar   shaklida
bayon qilinishi - xulosalar; - muammoning davomiyligini ko’rsatish.
Matnni rasmiylashtirishdagi xarakterli nuqsonlar:
 1. Mavzudan chetga chiqish, uni boshqasi bilan almashlash. 
2. Haddan ortiq hajmli kirish qismi,aniq xulosalar yoqligi.   3.   Fikrni   bayon   qilishdagi   muayyan   bosqichlarni   ko’rsatadigan
xatboshilarni ajrata bilmaslik.
 4. Materialni bayon qilishning uzunligi va haddan ortiq ko’psozlilik. 
5. Har xil nutqiy va uslubiy xatolar.
Maqolaning   vazifasi   fan,   madaniyat,   texnika   yutuqlarini   tushuntirish,   biz
o’quvchilarning   g'oyaviy,   ilmiy   saviyamizni   oshirishdan   iborat.   Maqola   yozish
shartlari   ancha   murakkab   va   juda   qiziqarlidir.   Maqolalar   adabiy   til   meyorlariga
to’liq   amal   qilgan   holda   ilmiy   va   publisistik   uslubda   yoziladi.   Bundan   tashqari
maqolada   muayyan   masala   yuzasidan   yo’l-yo’riq   ko’rsatishi,   mavjud
kamchiliklarni olib tashlashi har bir ishning asosiy haqiqiy yo’lini belgilab beradi.
Maqola asosan bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir. Maqolalarning hamma
turlarida   materiallar   berib   borilishini   bilib   oldik.   Maqola   keng   ma'noda   gazeta
jurnal,   radio,   televideniya   shuningdek   to’plamlardagi   ilmiy   asarlariga   nisbatan
ham qollaniladi. Maqolaning eng ahamiyatli jihati shuki unga sarlavha tanlash va
tanlangan sarlavha bosh mavzuni yoritib beradigan bolishi lozimdir.
Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari
 1. Mavzuning belgilanishi, uning tahlili, reja,tezislarning tuzilishi;
 2. Reja,tezislar asosida maqolaning birinchi varianti ustida ishlash;
 3. Ishning yakunlanishi, matn tahlili, takomillashtirish, tuzatish.
Ilmiy maqola yoki maqolaning ba'zi bir asosiy xususiyatlari:
Originallik
Ilmiy   maqola   boshqa   tadqiqotchilar   tomonidan   nashr   etilgan   tadqiqotlarga
asoslangan   bo’lishi   mumkin,   ammo   u   muallifning   o’z   izlanishlari   asosida   yangi
ma'lumotlarni   o’z   ichiga   olishi   kerak.   Uning   maqsadi   ilmiy   yoki   ilmiy   qiziqish
mavzusi bo’yicha yangi ma'lumotlarni tarqatishdir.
Aniqlik
Ilmiy   maqolalar   ma'lum   bir   auditoriyaga   yo’naltirilgan   bo’lsa-da,   matndagi
aniqlik o’quvchiga nimani ifoda etishni maqsad qilganini tezda anglashga imkon
beradi. 
Buyurtma Tarkibning   iyerarxiyasi   va   uning   maqoladagi   to’g'ri   joylashuvi   uning   talqiniga
foyda keltiradigan buyruq beradi.
Ishonchlilik
Ilmiy  maqolalar   ishonchli   ma'lumotlar  va  izlanishlar   asosida  tayyorlangan,  ya'ni
ular xato va noaniqliklarsiz tegishli tarzda olingan.
Aniqlik
To’liq   mo’ljallangan   narsani   etkazish   uchun   ishlatilgan   so’zlar   aniq   bo’lishi
kerak, shuning uchun chalkashliklarga yo’l yo’q.
Iqtiboslar va adabiyotlar
Ilmiy   maqolalarni   tayyorlash   uchun   turli   xil   manbalar   va   tekshiruvlardan
foydalanilishini  hisobga olsak, ularning barchasi  uni tayyorlash uchun tanlangan
standart   uslubiga   rioya   qilgan   holda   to’g'ri   keltirilgan   va   havolalangan   bo’lishi
kerak.
Nazariy asos
Maqolada keltirilgan barcha ma'lumotlar va xulosalar tasdiqlanishi kerak.
Kashfiyotlar   va   yangi   bilimlarni   ishlab   chiqaradi   Barcha   ilmiy   maqolalar   ilmiy
jamoatchilik   tomonidan   ishlatilishi   mumkin   bo’lgan   yangi   bilimlarni   yoki
kashfiyotlarni kiritishi kerak.
Ilmiy maqola tarkibi
Ilmiy   maqolaning   asosiy   tarkibi   IMRYD   formati   deb   nomlanuvchi   mantiqan
kelib   chiqadi,   uning   nomi   Kirish,   Metod,   Natija   va   Muhokama   qisqartmasidan
kelib   chiqadi.   Shu   bilan   birga,   quyida   muhokama   qilinadigan   boshqa   bir   xil
muhim qismlar mavjud.
Tuzilishni tartibga solish quyidagicha amalga oshiriladi:
Sarlavha
Garchi bu printsipial jihatdan ilmiy maqolaning eng qisqa qismi bo’lsa-da, ammo
buning uchun ahamiyatini yo’qotmaydi. Sarlavha - bu o’quvchi ko’rgan birinchi
narsa,   shuningdek,   ular   Internet,   ma'lumotlar   bazalari   va   omborlarni   qidirib
topadigan ma'lumotnoma. Umuman   olganda,   ular   15   dan   ortiq   so’zlarga   ega   emas   va   bularda   maqolaning
mazmuni   ob'ektivlikni   yo’qotmasdan   umumlashtirilishi   kerak.   Odatda,
qisqartirilgan   so’zlardan   foydalanish   tavsiya   etilmaydi,   faqat   ommabop
bo’lganlardan   tashqari,   shuning   uchun   uni   bir   xil   sohada   ixtisoslashgan
bo’lmagan   odamlar   tushunishga   imkon   beradi.   Agar   15   dan   ortiq   so’zlardan
foydalanish   zarur   bo’lsa,   sarlavha   va   undan   keyin   ko’p   nuqta   bilan   subtitrdan
foydalanish tavsiya etiladi.
Muallif yoki mualliflar
Maqola   yozishda   qatnashgan   muallif   yoki   mualliflar   tan   olinishi   uchun   ham,
ularning ishonchliligi uchun ham aniqlanishi kerak. Mualliflarning familiyalari va
ismlarining   paydo   bo’lishi   maqola   tayyorlanadigan   standart   uslubiga   bog'liq.
Biroq, ismning to’liq familiyasi va bosh harflari odatda ro’yxatga olinadi, garchi
ba'zi hollarda to’liq ismlar berilgan.
Xulosa
Xulosa   yoki   "abstrakt"   maqolaning   maqsadlari,   ishlatilgan   metodika,   olingan
natijalar   va   xulosalarning   sintezini   o’z   ichiga   olishi   kerak,   shunda   o’quvchi
maqolada nimani o’z ichiga olganligini biladi. Bu juda muhimdir, chunki raqamli
versiyalar uchun ular to’liq maqolani yuklab olishdan oldin birinchi narsa bo’lib
taqdim   etiladi,   shuning   uchun   ular   odatda   150   so’zdan   oshmaydi.   Bundan
tashqari,   ixtisoslashgan   jurnallar   uni   asl   tilida   va   umuman   ingliz   tilida   yozishni
so’raydi.
Kalit so’zlar
Ular ma'lumotlar bazalarida qidirish uchun ishlatiladigan maqolada keltirilgan bir
qator so’zlardir. Odatda 3 dan 10 gacha tanlanadi va ular vergul bilan ajratiladi.
Kirish
Odatda   bu   maqolaning   birinchi   qismi   sifatida   ko’rib   chiqiladi   va   qaerda   savol
tug'iladi, nima uchun ish bajarildi ?, O’rganilgan sohaning hozirgi holati bilan bir
qatorda,   avvalgi   maqolalarda   aniq   bo’lmagan   jihatlar   va   xuddi   shu   maqsadlar.
Qisqacha  bo’lishi   kerak  va  siz  tergov  natijalari  yoki   xulosalarni  kiritmasligingiz
kerak.
Nazariy asos
Nazariy   doirada   muhokama   qilinadigan   mavzu   bo’yicha   mavjud   bo’lgan
nazariyalar va tushunchalar tushuntiriladi. Masalan, COVID-19 ga bag'ishlangan maqolada bog'liq kasalliklar, ushbu kasallik haqida ishonchli ma'lumot va SARS-
CoV-2 virusi haqida ma'lumot esga olinadi.
Materiallar va metodika
Ushbu   bo’lim   tadqiqotni   amalga   oshirish   uchun   ishlatiladigan   materiallar   va
usullarga ishora qiladi. U quyidagi qismlardan iborat:
Dizayn: bu erda tadqiqot dizayni batafsil bayon etilgan.
Aholi soni: namunalar qaysi tarmoqlardan olinganligini tushuntiradi.
Atrof-muhit: tergov o’tkazilgan joyni nazarda tutadi.
Aralashuvlar: Ushbu bo’limda ishlatiladigan texnikalar va asboblar tushuntiriladi.
Statistik   tahlil:   Aynan   shu   erda   qaysi   dasturlardan,   ularning   versiyalari   bilan
birgalikda   foydalanilganligi   va   ma'lumotlarni   tekshirish   uchun   qanday   statistik
testlardan foydalanilganligi aniq bo’ladi.
Natijalar
Ma'lumotlarning   qisqarishi   va   izchilligi   tufayli   ushbu   bo’lim   maqoladagi   eng
qisqasi   hisoblanadi.   Odatda   bu   tergov   natijasi   aniq   bo’lgan   aniq   jumla   bilan
boshlanadi.   So’ngra,   tadqiqotdan   kelib   chiqadigan   turli   xil   topilmalarni
muhokama qilish mumkin.
Hatto   grafikalardan   foydalanish   ham   natijalarni   talqin   qilishni   osonlashtirishda
foydali bo’lishi mumkin.
Munozara
Bu   eng   ko’p   o’qilgan   bo’limlardan   biridir,   chunki   bu   erda   kirish   qismidagi
savolga   javob   berilgan   va   uni   tasdiqlovchi   dalillar   keltirilgan.   Bundan   tashqari,
taqqoslashlar   o’xshashlik   va   farqlarni   ta'kidlab,   boshqa   tadqiqotlarda   olingan
natijalar bilan amalga oshiriladi.
Tan olish
Ushbu   bo’lim   tadqiqotda   hamkorlik   qilgan   muassasalar   va   odamlarni   eslatib
o’tish va ularni tan olish uchun ishlatiladi.
Adabiyotlar
Bu   yakuniy   bo’lim   bo’lib,   u   matnda   yaratilgan   havolalar   havolalarini   topish
uchun   ishlatiladi.   Xuddi   shu   narsaning   joylashuvi   maqolani   ishlab   chiqarish uchun   ishlatiladigan   standartni   hisobga   olgan   holda   amalga   oshiriladi.
Ko’rsatilgan   mualliflarni   tan   olish   uchun   ham,   o’quvchiga   ushbu   manbalarga
murojaat   qilish   uchun   ruxsat   berish   uchun   havolalardan   yaxshi   foydalanish
muhimdir.
Ilmiy maqolani qanday keltirish mumkin
Bu   erda   APA   va   Vankuver   uslubidagi   ilmiy   maqolalarga   bir   nechta   misollar
keltirilgan.
APA uslubi
Ushbu   uslubda   matnda   keltirilgan   iqtiboslar   mualliflarning   familiyalariga
(familiyalariga) va maqola chop etilgan yiliga ega. Xuddi shunday, iqtibos matnli
yoki bilvosita bo’lishi mumkin. Ilmiy maqolaga qo’yiladigan talablar
Maqolalarga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
Nashrga   original,   ilgari   nashr   qilinmagan   maqolalar   va   jurnal   mavzusiga   mos
keladigan   materiallar   qabul   qilinadi.   Original   maqolaning   hajmi   10-12   betdan
oshmasligi  kerak. Maqola Microsoft Word dasturi, “Times New Roman” shrifti,
14   kegl,   sahifa   maydoni   barcha   tomondan   2   sm   va   1,5   intervalda
rasmiylashtirilishi kerak. 
Qo’lyozmaning nomi:
Maqola va boshqa materiallar sarlаvhasi yetarlicha qisqa, mazmunga muvofiq va
13 so’zdan oshmasligi kerak.
Mualliflar:
Mualliflarning   nomlari   quyidagi   tartibda   to’liq   qayd   etilishi   kerak:   familiyasi,
ismi,   keyin   uning   otasining   ismi,   ikki   yoki   undan   ortiq   mualliflar   uchun   vergul
bilan ajralib turiladi. Oxirgi muallif qolgan muallifdan “va” so’zi bilan ajratilishi
kerak.
Muallif (lar) ning ish joyi:
Ushbu   ma’lumot   quyidagi   tartibda   taqdim   etilishi   kerak:   institut,   shahar   va
mamlakat.   Muallif   o’zining   pochta   manzili,   telefon   raqami,   faks   raqami   (agar
mavjud bo’lsa), elektron pochta manzilini keltirib o’tishi kerak.
Annotatsiya va kalit so’zlar:
Agar   maqola   o‘zbek   tilida   yozilgan   bo‘lsa,   annotatsiya   rus   va   ingliz   tillarida;
maqola   rus   tilida   yozilgan   bo‘lsa,   annotatsiya   o‘zbek   va   ingliz   tillarida,   xorijiy
mualliflar   uchun   esa   annotatsiya   rus   va   o‘zbek   tillarida   qisqa   va   aniq   bo’lishi
kerak.   Annotatsiya   “Adabiyotlar”   dan   keyin,   8-10   ta   kalit   so’z   va   iboralar
maqolaning boshida muallif nomidan keyin ko’rsatilishi kerak.
Maqolaning mazmuni Maqolaning   asosiy   qismida   tadqiqot   jarayoni   va   erishilgan   natijalarning   batafsil
bayoni beriladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
Adabiyotlar   ro’yxati   GOST   R   7.0.5.-2008   talablariga   javob   berishi   kerak.
(Система   стандартов   по   информации,   библиотечному   и   издательскому
делу).
Matn ichidagi adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida muallifning familiyasi,
nashr   yili   va   sahifasi   tartibida   beriladi.   [Bo’ronov   2002:   3].   Agar   havolada   bir
nechta   adabiyotdan   foydalanilganligi   ko’rsatilsa   ular   nuqtali   vergul   bilan
ajratiladi [Safarov 2018: 30; Hakimov 2013: 76].
Maqolada   foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxati   matn   oxirida,   alfavit   tartibida
“Adabiyotlar” sarlavhasi ostida beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida oxirgi 10 yilda chop etilgan ishlar berilishi
maqsadga   muvofiqdir.   Ilmiy   maqoladagi   adabiyotlar   ro’yxati   10   tadan,
adabiyotlar sharhi esa 20 tadan oshmasligi kerak.
Adabiyotlar ro’yxatini rasmiylashtirish bo’yicha namunalar:
Monografiya
Bushuy   T.,   Safarov   Sh.   Til   qurilishi:   tahlil   metodlari   va   metodologiyasi.   –
Toshkent: Fan, 2007. – 234 b.
Roget P.M. Roget’s Thesaurus of English Words and Phrases. London: Penguin
books, 2000.  810  p .
Jurnaldan   maqolalar
Трегубов,   А.Н.   О   возможностях   использования   метода   бинарного
семантического анализа лексики //Вестник ВЭГУ. - 2009. - №3(41). - С. 97-
103.
Cornish F. Relations de coherence et anaphores en contexte inter-phrastique: une
symbiose parfaite // Langages, 2006, 40e annee, n°163. P . 37–55.
To ’ plamlardan   maqolalar
Маджаева С.И. Термин как когнитивная единица научного текста / Термины
в коммуникативном пространстве. Астрахань: Изд. Астраханского гос. мед.
унив., 2017. С. 237–240. Dissertatsiya
Гуреева   Е.И.   Спортивная   терминология   в   лингвокогнитивном   аспекте:
дис. ... канд. филол. наук.  Челябинск, 2007. 175 с.
Internet-manbalar:
Kipling   R.   The   Ballad   of   East   and   West   [Электроный   ресурс]   //   Kipling
Society:   [сайт].   URL :   http :// www . kiplingsociety . co . uk / poems _ eastwest . htm
(дата обращения: 24.01.2017).
Jadval   va   rasmlar
Maqolada   jadval ,   formula ,   rasm   va   grafiklar   bayon   qilinadigan   jarayonni   matn
shaklida   berish   imkoniyati   bo ’ lmagan   holda   berilishi   maqsadga   muvofiq .   Barcha
obyektlar   oq - qora   shaklda   rangsiz   bo ’ lishi   kerak .   Barcha   formulalar   Microsoft
Equation   komponentidan   foydalangan   holda   yoki   aniq   rasmlar   shaklida
rasmiylashtirilishi kerak.
Qisqartmalar va belgilar
Faqat   standart   qisqartmalardan   foydalaning.   Maqolaning   sarlavhasida   va
annotatsiyalarida   qisqartmalardan   foydalanmang.   Qisqartma   matnda   birinchi
marta ishlatilishdan oldin (standart o’lchov birligidan tashqari) bo’lishi kerak. Xulosa
O’zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy-iqtisodiy   siyosati   asosida   jahon
miqyosida   raqobatbardosh   kadrlarni   voyaga   yetkazish   –   yetakchi,   ustuvor
yo’nalishlardan   biri   hisoblanadi.   Bu   vazifani   amalga   oshirish,   uning   huquqiy,
qonuniy   asoslarini   tashkil   etish   maqsadida   1991-yil   31-avgustda   “Ta lim‟
to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Bugungi  kunda
fan   va   ishlab   chiqarish   integrasiyasini   amalga   oshirish   maqsadida   innovasion
korporativ   shartnomalar   va   ushbu   yo’nalishdagi   ishlarning   amalga   oshirilishi   –
barchasi   yuqori   saviyadagi   kadrlarni   yetishtirish   va   ularda   ijodkorlik   va   mehnat
samaradorligini   oshirishga   qaratilgandir.   Ijod   psixologiyasini   o’rganish,   oily
o’quv yurtlari bitiruvchilfrini original fikrlovchi, yaratuvchi ijodkor shaxslar qilib
tarbiyalash ishlab chiqarish mahsuldorligining ortishi, talantlarning kashf etilishi,
kashfiyotchilikning   rivojlanishi   va   o’z   navbatida,   iqtisodiy   va   ijtimoiy
taraqqiyotga   yo’l   ochadi.  
            Talabalarning   ijodiy   faoliyatiga   tayyorligini   yoki   ularning   o’z   bo’lajak
kasblariga   ijodiy   yondasha   olishlarini   psixologik   jihatdan   o’rganishdan   maqsad
talabalar muhiti, ularga ta’lim berish xususiyatlari, ularning ilmiy va badiiy ijod,
kasbiy   ijodkorlik   va   ijodiy   faoliyat   haqidagi   tasavvurlari,   talabalar   jamoasi,
bo’lajak   mutaxassis   –   talaba   shaxsi   ijodiy   faoliyati   uchun   qulay   psixologik
shartsharoitlar   yaratishdir.   Talabalarda   ijodiy   faoliyatga   tayyorlik   dinamikasi   –
ya’ni,   o’sib   boorish   jarayonini   bosqichma-bosqich   o’rganish   natijasida   talabalar
ijodiy tafakkurining o’ziga xos jihatlari namoyon bo ladi. Talabalarni o z kasbiga	
‟ ‟
ijodiy   yondasha   olishi   darajasida   tayyorlash   murakkab   jarayon   bo’lib,   u
talabaning   ehtiyojlari,   qadriyatlari,   hissiyotlari   va   intellekti   hamda   kasbiy   va
hayotiy motivasiyasiga bog’liq bo’ladi. Tarix badiiy asar nigohida
 Dilnoza Mamanova
 SamDU 2-kurs magistri
e-mail.dilnoza.mamanova.1998@gmail.com
Annotatsiya:   Maqolada   Sa’dixon   Mavlavixon   o’g’lining   “Tanazzul”   romani,
romanda   Rossiya-Qo’qon   munosabatlarining   tarixiy   haqiqat   va   badiiy   to’qimaning
mutanosibligi to’g’risida  so’z yuritilgan.
Kalit   so’z:   tarixiy   fakt,   badiiylik,   tarixiy   makon-zamon,   tarixchi,   yozuvchi,
pentologiya, xonlik,
Yozuvchi tarixiy janrga murojaat etar ekan, tarixiylik prinspini buzmagan undan
boshqa   bir   qolip   yaratmagan,   estetik   ideali   tarixiy   haqiqatga   monand   bo'lgandagina
yetuk tarixiy asar yarata oladi. Bu esa yozuvchidan katta mahorat talab etadi. "... Shu
bois   ham   tarixchi   bilan   ijodkorning   tarixiy   fakt   va   materiallarga   munosabati   turlicha
bo'ladi.   To'g'ri,   tarixiy   makon   va   zamonda   voqea-hodisalarni   fakt   hamda   materiallar
asosida sinchiklab, batafsil o'rganish borasida tarixchi ham birday mashaqqat chekadi,
ko'p   mehnat   sarflaydi.   Ammo,   ijodkor   mehnati   tarixchiga   nisbatan   og'irroq   va
mas'uliyatliroqdir. Chunki, agar tarixchini, asosan, muhim tarixiy voqeaning mohiyati,
mazmuni   qiziqtirsa,   ijodkor   har   bir   kichik   detalning   haqqoniyligi   borasida   ham   ko'p
tashvish   chekadi.   Tarixchi   ko'rganlarini,   bilganlarini   xolis,   haqqoniylik   bilan   aks
ettirsa,   ijodkor   esa   tarixiy   faktlarga   tayansa   ham,   baribir,   asarda   yangi   bir   olam
yaratadi.   Bu   olam   ijodkor   badiiy   tafakkuri   mahsuli   bo'lib,   unga   o'z   bahosini   beradi."
[1,1]   Xuddi   shunday   bahosi   berilayotgan   va   hali   ko'p   beriladigan   asarlar   sirasiga
Sa'dixon   Mavlavixon   o'g'li   Eshonjonovning"   Tanazzul"   pentologiyasini   kiritirish
mumkin.   Zamonaviy   adabiyotimiz   ijod   bog'idan   o'rin   olgan   ushbu   roman   yorqinlik
bilan   yaqin   tarix   Qo'qon   xonligi,   Xudoyorxon   davri   va   undagi   vaziyat,   qo'shni
xonliklar  bilan munosabati, Rossiyaning  O'rta Osiyoga hujumi va uni bosib olishi  va
boshqa   tarixiy   jarayonni   qamrab   olgan.   Roman   yozuvchining   besh   kitobdan   tashkil
topgan   ilk   romani   bo'lishiga   qaramay   XIX   asrning   2-choragida   xonlikning   ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy-madaniy, harbiy jabhalari tarixiy haqiqat badiiy to'qimaga mutanosib
yozilgan va diqqatga sazovor  asar  hisoblanadi.    Ushbu maqolada  Rossiya  va Qo’qon
xonligidagi ba’zi voqealarning tadqiqini ko’rib chiqamiz. 
Yurtimiz qadimdan joylashuv jihatidan ham  savdo yo’li, tabiiy boyliklarga ega,
ajoyib yurt sifatida ma’lum. Turkistonning uchga bo’linib ketishi va Qo’qon xonligida
bo’layotgan voqealar tufayli avvaldan tuzilgan puxta reja asosida   Rossiya imperiyasi
xonliklarni   bosib   olish   harakatida   bo’ladi.   Unda   general-adyutant     Perovskiy,
Velyaminov-Zernov, Xrulyov, Blaramberg  va boshqalar  asosiy rolni o’ynagan.
“Tanazzul”   romanida   ham   bosib   olish   harakatini   Oqmasjid   qal’asidan
boshlagan.   Oqmasjiddagi   jang   tufayli   rus   qo’shiniga   ancha   zarar   yetadi.     Qal’aliklar
ham   oxirgi   jonigacha   kurashadi.   Xususan,   Perovskiy   tomonidan   qal’a   begiga
yuborilgan maktubni    Abduvali  dodxoh o’qib, javob yozmay keltirgan elchiga qarab,
“…Borib     o’ruslarning   kattasiga   qattiqqina   qilib   aytib   qo’y:   Biz   hech   qachon   taslim
bo’lmaymiz.   Hech   qachon   xotin   ,   bola-chaqalarmizni   oyoqosti   qildirib   qo’ymaymiz.
Bir   tomchi   qonimiz,   oxirgi   o’q-dorimiz,   bir   dona   tosh,   kesak   qolguncha,   hamma
qurollarimiz   sinib,   bitguncha   jang   qilamiz.”   [2,210]   deb   qaytaradi.   Xuddi     shunday
ham   bo’ldi.   Tarix   kitoblarimizda     bu   jang   haqida   “Shunisi   diqqatga   sazovorki,
qal’aning   himoyasidagi     jangda   o’zbek   ayollari     ham   qatnashib     dushmanni   lol
qoldirgan.   Rus   qo’shini   qal’a     devorining   ustiga   porox   qo’yib     portlatib   ichkariga
bostirib   kirib   qilichda   jang     qilayotgan   erkaklar   va   ayollarni   ko’radi.   Shu   darajada
urushdiki,   bunday   manzarani   osmon-u   falak  hali   hech   ko’rmagan   va  eshitmagan   edi.
Qal’adagi   erkak   va   ayollar   asir   tushishni   or   bilib,   o’zlarini   o’limga   mahkum
etganliklari   ruslarni   juda   hayratlantirgan.”   [3,132]   Qurbonlar   haqida   ba’zi
ma’lumotlarda   “   Oqmachit   jangida   300ta   qo’qonlikdan   212tasi,   shu   jumladan:
erkaklardan   206ta,   ayollardan   4ta   va   eng   kichik   bolalardan   2tasi   halok   bo’lgan.   52
qo’qonlik,   shular   jumlasidan:   35ta   erkak,   7ta   ayol,   10ta   kichik   bolalar   yarador
bo’lgan.” [4,55] Yana bir ma’lumotda “250 himoyachidan 74 kishi tirik qolgan, 35tasi
yarador   bo’lgan,   o’lganlarning   orasida   ayollar   ham   bo’lgan.   Qal’adan   80ta   ayol   va
25ta bola asir olindi” [3,132]degan tavsilotlar uchraydi. 
Asarda   rus   ofitserlari   aniq   manbalar   orqali   badiiylashtirilgan.     Yozuvchi   ikki
mamlakat voqealarini bayon etishda o’ziga xos yo’sindan foydalangan. Ya’ni Qo’qon
xonligidagi voqealarni o’zlari qo’llaydigan hijriy yil hisobda 1269 dalv shaklida, ruslar
bilan   bog’liq   voqealarni   milodiy   1853   kabi   ifodalagan.   Asarning   boblarida   ham
alohidalikda yoritib berilgan ruslarning harakatlari va inglizlar munosabatida   siyosiy
tarix anchayin batafsil   yozilgan. Ruslar tomonidan tayinlangan Perovskiy bosib olish
to’g’risida   reja   tuzishga   kirishar   ekan,   Xiva   xonligiga   qilingan     yurishning
muvaffaqiyatsizlikka   uchragani   evaziga   Qo’qonni   bosib   olishi   kerak   edi.   Buning ustiga   o’ziga   dushman   hisoblagan   Kaufmandan   o’zib   imperatorga   yoqishni   maqsad
qilib, harbiy unvonni ham ko’zlayotgan edi. 
Romanda   ruslarning   mamlakat   hududini   bosib   olishga   kirishishi   qipchoqlar
qirg’ini davrida ham boshlangan edi. Musulmonqul mingboshining ruslar bilan aloqasi
tufayli Qo’qon va Rossiya  munosabatlari keskinlashmasligini  istagan xon 1269 hijriy
sanada   Rossiya   imperatoriga   maktub   yozadi:   “Oxirgi   oraliqdagi   vaqtda   qipchoq
daydilarining  o’zlariga  oziq-ovqatni  vijdonsiz  tarzda topib  qo’lga  kiritib,  shu  yerdagi
o’lkalarda   notinchliklar,   janjallar   keltirib   chiqarishga   jur’at   qilmoqdalar   va   dabdabali
amr   farmoniga   zid   ba’zi   bir   xatti-harakatlar   qilishga   yo’l   qo’ydilar.   Bu   to’daning
oxirgi   kirdikori   bizning   marhamatli   tabiatimiz   uchun   ko’ngilsiz   bo’ladi.   …Bu
qalang’i-qasang’ilar   qisqa   muddatda   shafqatsizlik   bilan   qilichga   duchor   bo’ldilar   va
qilgan   ishlariga   muvofiq   ravishda   qasosini   oldilar,   bizga   qaram   yerlar   uzoqni
ko’rolmaydigan   va   jinoyatkorona   ishlar   qiladigan   qo’zg’alonchilardan   batamom
tozalandi.[2,165]”  Bu haqida Orenburg  chegara komissiyasining raisi o’zining 1853-
yil   16-fevralda   Orenburg   gubernatoriga   yozma     ma’ruzasida   quyidagicha   yozadi:
“Qo’qonda   qo’zg’alon   qilgan   sartlar     haqiqatdan   ham   hamma   qipchoqlarning   halok
bo’lishini  niyat  qildilar va Turkiston va Oqmachitda qo’shinlarini oshirdi.[5,27]”   Bu
vaqtgacha xonlik ayg’oqchilar orqali o’rganib  borilgani, ancha tayyorgarlik ko’rilgani
seziladi.   Buning   ustiga   qishda   urush   qilish   har   tomonlama   ziyon   edi.     Nabiyev
“Qo’qon   xonligi   tarixidan”   nomli   monografiyasida   Qo’qon   xoni   Xudoyorxon
Rossiyaning   tajavvuzkor   siyosati   kuchayib   borishini   bilib,   munosabatni   yaxshi
tomonga   o’zgartirish   maqsadida   qilayotgan   xatti-harakatlari   behuda   bo’lib,   ijobiy
natija bermasligi aniq ekanini bildirgan. Shunday bo’lsa ham Xudoyorxon 1853-yil o’z
elchisini   sovg’a   va   yorliq   bilan   Rossiyaga   yuborganligini   va   ular   iyul   oyining
boshlarida     Omsk   shahriga   yetib   kelganini   yozadi.   Shuningdek   ularning   asl   maqsadi
Rossiya   bilan   do’stlik   aloqalarini   tiklash     va   Qo’qon   xonligida   tinchlik-totuvchik
bo’lib, qipchoqlarga barham berilgani yozilgandi.
“Tanazzul”   tarixiy   roman   bo’lgani   bois   tarixiy   haqiqat   va   faktlarga   muvofiq
bo’lishi,   ayniqsa   tarixiy     jarayondan   chetga   chiqmasligi   shart   edi.   Buni   yuqorida
tarixiy   adabiyotlar   va   roman   miqyosidagi   ba’zi   voqealarda   ko’rib   chiqdik.   Bizga
ma’lumki,   tarixga   zid   bo’lsa,   ishonarsiz   chiqadi   va   badiiy   asar   mavqeyini   ham
yo’qotadi. Bizning tadqiq obyekti sifatida olgan   asar badiiylik va tarixiylik prinspiga
muvofiq   va   mutanosib   yozilgani   yozuvchining   mahorati   va   ilmi   sabablidir.   Shu
sababdan   ham   roman   o’zining   yangidan   yangi   o’quvchilarini   kashf   etib   borsa   ajab
emas.  
Foydalanilgan adabiyotlar 1.To’ychiyev.A.Tarixiy   badiiyatda   makon   va   zamon.   –   T.,   “Sharq   yulduzi”   2012.5-
son.
2.Eshonjonov.S. Tanazzul. 2-kitob. – T., “Turon zamin ziyo” 2015.
3.Ziyoyev.H.   Oqmasjiddagi   jangdan   Toshkentning   urushib   olinishigacha.
“O’zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi”. – T., “Sharq” 2001. 
4.   Ishquvvatov.V.   Qo’qon-Rossiya   diplomatik   munosabatlar   tarixshunosligi.   –   T.,
2009
5.  АВПРФ . Главный   архив .1853.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.”Pedogogik mahorat” ilmiy –nazariy va metodik jurnal. 4-son.2018.
2. https://www samxorfil.uz
3.https://www ziyouz.com
4.https://www .hozir org
5.https://www .Dessertant,uz
6.https://www .yomi.uz
      Foydalanilgan adabiyotlar.
1.K.Usmonova.Adabiyta`limdailg`orpedagogiktexnologiyalar.Toshkent,2004,3-13-betlar.
2.D.Abdurazzokova.Interfaolusullardanfoydalanish.Toshkent,2005,3-9-betlar.
3.El`koninD.B.Psixologiyaigriu.Moskva.Pedagogika.1978.
KarimovI.Barkamolavlodorzusi.–T.«Sharq»1999
3.MirqosimovaM.Adabiyta`limmetodikasi.–T.1993
4.Adabiyoto`qitishmetodikasi(tuzuvchilar.Q.Yo`ldoshev,O.Madayev,A.Abdurazzoqov).Toshkent.1994yil.
5.To`xliyevB.Adabiyoto`qitishmetodikasi.Toshkent«Yangiasravlodi»,-2006
6
?

Taqrizlar, ilmiy maqolalar yozish amaIiyoti Reja: Kirish Asosiy qism. 1.Taqriz yozish amaliyotini shakllantirish 2. Ilmiy maqola yozish tartibi 3. Ilmiy maqolaga qo’yiladigan talablar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish Inson ilmiy tadqiqotlar yordamida o’zini qurshagan olamga epistemologik jihatdan muttasil ravishda chuqur va keng kirib boradi. O’sib boruvchi ilmiy bilishning epistemologik jihatdan bunday faolligi murakkab, kompleksli hodisadir. Bu hodisaning bir ma noli talqinini berish juda qiyin. Fanning‟ epistemologik sabablari orasida insoniyatning o’z hayotiy faoliyatining tashqi sharoitlariga moslashish borasidagi faoliyatini tilga olish o’rinli bo’ladi. Insoniyat tabiat qo’ynida vujudga kelgan, yashaydi va rivojlanadi. Atrof muhit, bir tomondan, insoniyat mavjudligining zarur va etarli sharti bo’lsa, ikkinchi tomondan, tabiatning o’zi eng maqbul holatda insonga befarq, eng nomaqbul holatda esa unga nisbatan dushmanona kayfiyatdadir. Yashab qolish uchun insoniyat murakkab, ba’zan o’ziga nisbatan dushmanona kayfiyatdagi tashqi sharoitlarga moslashishi zarur, shuning uchun ham u ilmiy bilimni tabiatga ijtimoiy qalqon, tabiatning so’qir va ayovsiz kuchlaridan o’ziga xos himoya vositasi sifatida qarshi qo’yadi. Fan bu erda butun kishilik jamiyatining rivojlanish, moslashish va yashab qolish jarayonida himoya vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy bilish ob’ektiga epistemologik jihatdan chuqur kirib borish uchun fan ijtimoiy institut sifatida ilmiy kadrlar bilan uzluksiz to’ldirilib borilishi kerak. SHuning uchun ham u jamiyatda ma’rifiy, o’qituvchilik funksiyasini bajaradi, zotan, olimlarning o’sishi, shakllanishi aynan ilmiy jamoalarda sodir bo’ladi.

Taqriz yozish amaliyotini shakllantirish Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri - yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko’tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o’rni haqida ma’lumot bo’ladi: asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi.Zarurini tanlab olishga ko’maklashadi. Ichki т aqriz ham bo’ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi. Taqriz - s а yl а nm а b а y о nning bir turi. U b а diiy, ilmiy, m е t о dik v а b о shq а а s а rl а rg а b е rilg а n b а h о dir. Taqrizd а а s а r t а nqidiy t а hlil е til а di. Shu nuqt а i n а z а rd а n b а h о l а n а di. А s а rning yutuql а ri h а m, nuqs о nl а ri h а m ko’rs а til а di. T а qrizchi o’zining d а ’v о l а rini turli d а lill а r а s о sid а isb о tl а b b о r а di, а s а rg а ilmiy iz о hl а r b е r а di. Taqriz y о zish о d о bi хо lislikni, h а qiq а td а n ch е tl а shm а slikni t а l а b е t а di. T а qriz qilin а y о tg а n а s а rning yutuq v а k а mchilikl а ri, n а z а riy v а а m а liy а h а miyati h а qq о niy ko’rs а tilishi l о zim. А s а rg а b а h о b е rishd а mu а llifning sh ах siyati, о bro’si е m а s, b а lki uning ( а s а rning) х ususiyatl а ri, а h а miyati ko’zd а tutil а di. Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi: 1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish. 2. Kitob (film, teatr, maqola)ning baholanishi. Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: Kitob (film, teatr, maqola)da hikoya qilinadi. Kitob (film, teatr, maqola)da muammolar ko’tariladi. Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: Men … hisoblayman … Mening fikrimcha… Mening nazarimda…

… menga yoqdi. … menda katta taassurot uyg‘otdi. Kitob (film, teatr, maqola) … o’rgatadi. Rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy san at darajasiga ko tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchakiʼ ʻ ma lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ʼ ko taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o ylashga o rgatuvchi, uning ʻ ʻ ʻ estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko ra xilma-xil bo ladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda ʻ ʻ asar haqida bibliografik ma lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik taqrizlarida ʼ konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy o ylar) xarakteridagi taqrizda taqrizchi o z fikr tuyg ularini, asarni o qish ʻ ʻ ʻ ʻ jarayonida hosil bo lgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif ʻ o z asariga ham taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga ʻ qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi. O zbek adabiyotida taqriz XX asr. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng ʻ rivojlana boshlagan. Endilikda Taqriz o zbek adabiy tanqidchiligining eng muhim ʻ janrlaridan bo lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G afur G ulom kabi ʻ ʻ ʻ yozuvchilar, O’.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qo shjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. ʻ Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o zbek adabiy hayotida chuqur iz ʻ qoldirgan taqrizlar yaratdilar. Adabiy jarayonda paydo bo’lgan yangi asarni birinchi bo’lib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o’z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini to’g‘ri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday bo’lishi haqida tasavvur bera oladi. Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik ma’lum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yo’l qo’yilmoqda degan savollar tug‘ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oralig‘ida “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni ko’zdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar ko’pincha “Kitobingizni o’qidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to’g‘ridan to’g‘ri “Taqriz” rukni

ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam ko’rinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan ko’ra, yangi kitob haqida ma’lumotnomalar berilmoqda. “Kitobingizni o’qidim” ruknida bosilayotgan taqrizlar rang-barangligi bilan e’tiborni tortadi. “Tuyg‘ular musavviri” deb nomlangan taqriz (2008, №41) shoir Tursun Alining “Oy yaprog‘i” to’plamiga bag‘ishlangan. U o’quvchi diqqatini tortadigan so’zlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning ko’kdan ming bir hayoda anhorga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini ko’rganmisiz?”. Taqrizchi Sh. Subhon modern she’rlari bilan o’zbek she’riyatida o’z o’rniga ega shoirning she’rlaridagi o’ziga xoslikni ochib bera olgan, tahlillardan o’quvchi qoniqadi. Shu bilan birga, to’plamning kamchiliklari ham ko’rsatilgan. Ijodkor keying she’rlarida bu nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb o’ylaymiz. Haqiqatan ham samimiy dil izhorlaridan iborat taqriz o’quvchini “dilkashu dardkash shoir bilan suhbat”ga chorlay oladi. Uni o’qigan o’quvchi shoir she’rlariga xolislik bilan berilgan bahodan shunday xulosa chiqaradi. A. Ko’chimovning “Ko’zlarimning qarog‘idasan” she’riy to’plamiga adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, №49).”Sermavj tuyg‘ular” deb atalgan taqrizda shoir she’rlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning uchun shoirning bu to’plami o’quvchida qiziqish uyg‘ota oladi, ammo to’plamning kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan.Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o’rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko’rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo’lib baholaydigan taqrizda ilmiy- estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o’z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat“kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko’rsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan o’rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “So’z yo’li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yog‘du ichra gullagan so’z” deb nomlangan taqrizida buni ko’rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog‘du ichra gullagan so’z – she’r bo’ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo’ladi… She’rdagi otash – so’zdagi otash. Ochiq ko’z bilan otashga o’zini otgan odam – shoir bo’ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o’qigan kitobxon beixtiyor shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida so’z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o’ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o’ziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan so’zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so’zi izohlanadi – Sh. A.)