Treningning muhim jihatlari


Treningning muhim jihatlari Kirish I.bob.Treningni asosiy bosqichi 1.1. Trening mashg‘ulotlarini olib borish usullari 1.2. Treningda “Ma’ruza” usuli va uni tashkil etish 1.3. "Aqliy hujum" (breynstorming) usuli 1.4. Bahs-munozara usuli 1.5. “Keys metodi” II.bob. Treningni tashkiliy bosqichi 2.1. Guruhni tashkil etish bosqichi 2.2. Treningni tashkil etishda muhim jihatlar 2.3. Trening uchun dastur va rejaning ahamiyati III.bob.Treningni boshlangtcii bosqichi 3.1. Treningni birinchi kuni 3.2. Treningda tanishuvni tashkil qilish 3.3. Ishtirokchilarning kutishlarni aniqiash Foydalanilgan adabiyot
Kirish "Shaxsni baholamaslik" normasi. Trening mashg‘ulotlari jarayonida har bir ishtirokchi o‘z fikr-mulohazalarini va hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari hamda so‘zlovchining o‘sha paytdagi xulq-atvori, xatti-harakatini baholashdan qochishlari kerak. Masalan, "o‘sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi" kabi jumlalarning qo‘llanilishi ishtirokchining e’tiroziga sabab bo‘lishi bilan birga qolgan ishtirokchilar o‘z fikrlarini va muammolarini bayon etishda ochiq gapirishdan tortinishlari mumkin. Shuning uchun, “bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki degan bo‘lardim” kabi variantlarda so‘zlashish yoki fikrini bildirish so‘raladi. Yuqorida sanab o‘tilgan normalarning barchasi hamma treninglarda qo‘llanilishi shart emas. Normalarni qabul qilishda guruhning tuzilishi, trening mashg‘ulotning davomiyligi kabilar ham e’tiborga olinishi maqsadga muvofiqdir. Sanalgan normalardan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tilishi shart: Birovning fikrini umuman noto‘g‘ri deb hisoblagan yoki unga qo‘shilmagan holatda ham uning gapini bo‘lishga, to‘xtatib qo‘yishga yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yo‘q. Ishtirokchilar bir-birini masxaralashi yoki g‘ururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas. Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lsa, javob bermaslik huquqiga ega. Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya’ni boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi kerak. Normalarni mashg‘ulot o‘tkazishdan avvalroq katta qog‘ozga yozib, xonaga osib qo‘yish yoki guruh a’zolari bilan birgalikda "Aqliy hujum" usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq.
Bu trener va ishtirokchilar orasidagi birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini so‘rash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qo‘yish kerakmas. Chunki agar kimdir guruhning fikriga norozi bo‘ladigan bo‘lsa, uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim bo‘ladi. Uning fikrini inobatga olmaslik esa guruhdagi pisixologik iqlimga salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo bo‘ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida noroziligini namoyon qilib, qolganlarga xalaqit berishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari agar bu shaxs o‘zini past baholovchi shaxs bo‘lsa, unda ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini baholashning pasayishi va h.k.lar ham paydo bo‘lish ehtimolini tug‘diradi. Treningda tanishuvni tashkil qilish . Trening mashg‘ulotining birinchi kunida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan asosiy qismlardan biri – guruh a’zolarining bir-biri bilan va trenerlar bilan tanishuvidir. Bu qism trener tomonidan taklif etiladigan turli xil o‘yinlar orqali amalga oshiriladi. Demak, tanishuvni turli xil usulda tashkil etish mumkin, lekin tanishuv qismining mohiyati bitta bo‘ladiki, har bir ishtirokchi o‘zini shu guruhda boshqalar qanday tanishini yoki uni qanday nom bilan atashlarini istasa, o‘zini shunday tanishtirishi mumkin. Tanishuv boqichini tashkil etishda guruhda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan quyidagi 3 ta tipik vaziyatga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Bu bosqichni trener va ishtirokchilarning shunchaki bir-birlarining ismini bilishi bilan bog‘liq bo‘lgan rasmiyatchilik deb qabul qilmaslik kerak. Ishtirokchilarning tanishuv qismi - ularning o‘tkazilayotgan mashg‘ulotga va ayni paytdagi muhitga moslashish jarayoni bo‘lib, ulardagi hayajon va noqulaylik holatlarini bartaraf etishning eng qulay va samarali yo‘lidir. Mashg‘ulot avvalida trener o‘zini auditoriyaga tanishtirib, qaysi tashkilot yoki muassasadan ekanligini va o‘zi haqidagi ayrim ma’lumotlarni (yoqtirgan rangi, qiziqishlari va h.k.) aytadi. Trener haqida ishtirokchilarda paydo bo‘lgan ilk tasavvur keyingi ishlar natijasiga, trener va guruh a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar
xarakteriga va albatta, mashg‘ulotning yakuniga, samaradorligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tanishuvda ishtirokchilar imkon darajasida doira shaklida yoki aynan bir-birlariga yuzlangan boshqagi shakllarda o‘tirishlari tavsiya etiladi. Chunki bunday o‘tirish ular orasida samimiylik muhitini yuzaga keltirib, o‘zaro munosabatlarni jipslashtiradi. Tanishuv qismini tashkil qilish uchun juda ko‘plab o‘yinlar mavjud bo‘lsada, umuman trening jarayonlarida quyidagi usullar ko‘proq qo‘llanilishi mutaxassislar tomonidan qayd etib o‘tilgan. Intervyu usuli . Bu usul eng keng qo‘llaniladigan usul bo‘lib, ikki xil shaklda o‘tkazilishi mumkin: Sheriklar bir-birlari to‘g‘risida ma’lumot to‘plab bo‘lganlaridan so‘ng har bir juftlikni navbat bilan maxsus joyga taklif etiladi va har bir ishtirokchi o‘zining sherigini guruh a’zolariga iloji boricha batafsilroq tarzda tanishtirishi lozim bo‘ladi. Bu usulning qulayligi shundaki, butunlay notanish bo‘lgan kishilar orasida o‘zini noqulay his etayotgan ishtirokchilar o‘zlari uchun birinchi tanish orttirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu usulning qulayligi shundaki, u tortinchoq, o‘ziga past baho beruvchi yoki turli sabablar bilan o‘zini boshqalarga tanishtirishni istamaydigan ishtirokchilar bilan tanishuvni tashkil etishda juda qulaydir. Kartochkalar usuli — har bir ishtirokchi trener tomonidan tarqatilgan maxsus kartochkaga o‘zi to‘g‘risida nima ma’lumotni berishni istasa, o‘shani yozadi. "Qor uyumi" o‘yini orqali tashkil etiladigan tanishuvlarda esa guruhdagi qo‘shnisining aytganini takrorlash uchun eshitishning, ayniqsa o‘zidan oldingi kishini eshitishning qiyinligini his qilish imkoni beriladi. Ko‘pchilik ishtirokchilar o‘zidan oldingi ishtirokchi nima deganligini eshitmaydi, chunki u eshitishdan ko‘ra o‘zi nima deyishi kerakligi haqida o‘ylaydi. Muhokamada trener tomonidan ishtirokchi "diqqat markazida" bo‘lganida o‘zini qanday his qilganligi so‘raladi. Ko‘pincha treninglarda tanishuv jarayonida ishtirokchilardan ismini aytish bilan birga muloqotga kirishish jarayoniga salbiy va ijobiy ta’sir etuvchi jihatlarini ham