USMON NOSIR IJODIDA AN’ANA VA NOVATORLIK


USMON NOSIR IJODIDA AN’ANA VA NOVATORLIK MUNDARIJA: KIRISH .......................................................................................................................................................... 3 1.1. Usmon Nosir ijodida lirik qahramon va muallif “men”i. XX asr 30-yillarida eng ko‘zga tashlangan ijodkorlardan biri Usmon Nosir sanaladi. O‘z davrida Turob To‘la shoir ijodini “Chaqmoqqa” o‘xshatgan edi. Mana shu chaqmoq o‘z ruhiyatida qiyinchiliklar bilan o‘tgan bolaligini, o‘smirlik yillarini, umri davomida uchragan, uchratgan insonlarini, turli-tuman taqdirlarni, ularning dardlarini, tashvishlarini, o‘ylarini, orzularini va armonlarini qamrab oldi. Natijada. xalq dardi bilan yashagan shoir lirikasida bularning barchasi aks sado berib turdi. Shoir she’riyatidagi lirik qahramon shu jihatdan alohida ahamiyatga ega. Lirik qahramon haqida fikr yuritilganda muallif “men”i, bilan farqlash lozim sanaladi. Aristotel bu haqda esa quyidagicha xulosaga keladi. Ya’ni lirik qahramon muallif “men”idir deydi. Gegel esa o‘zining “Lirik poeziya” asarida “lirik subyekt” atamasini ishlatadi. V.G.Belenskiy ham Gegel fikrlariga qo‘shilgan holda sub’yekt deb ataydi. Bundan tashqari u “shoirning shaxsiyati birinchi o‘rinda turadi, faqat u orqaligina biz hamma narsani qabul qilamiz va anglaymiz” deydi. Jamol Kamol esa “Lirik she’riyat”da “lirikada – birinchi shaxs men” orqali amalga oshadi, deb hisoblaydi. Lirika esa olamni ana shu shaxs orqali aks ettiradi deb hisoblaydi. “Adabiy tur va janrlar”da ta’kidlanishicha: “Men” tushunchasini dastlab N.G.Chernishevskiyning Rostovchina she’rlari haqida yozgan taqrizida ishlatilgan. Taqriz muallifi bu haqda shunday degan edi: “Bundan beshak ma’lum bo‘ladiki: 1)lirik she’rning “men”i har doim ham bu she’rni yozgan muallif “men”ining o‘zi deb bo‘lavermaydi; 2) lirik she’rdagi “men”da mavjud bo‘lgan qiliqlar, holatlar va hislarni shoirning o‘ziga nisbat berishda nihoyatda ehtiyot bo‘lishi kerak va bu lirik “men”ning his-tuyg‘ulari va harakatlarini ijobiy tarixiy-adabiy omillar tushunishdan o‘zga narsa emas”. Demak, yuqoridagi fikrlarga e’tibor qaratilsa, lirik qahramon muallifning o‘zi ham yoki o‘zga shaxs ham bo‘lishi mumkin. Bu haqda O.Sharafiddinov quyodagi fikrlarni keltirib o‘tadi. O.Sharafiddinov S.Mamajonovning “Lirik qahramon – shoirning o‘zi emas” , degan fikriga e’tiroz qilib deydiki, “Menimcha S.Mamajonov ikkita masalani – lirikaning ob’yekti, predmeti va bu ob’yektni ifodalash masalasini aralashtirib yuborgan”… “shoir, “men” bilan birga yana bir lirik qahramon” “o‘ylab chiqarish uchun zarurat yo‘q” degan haqli e’tirozni bildiradi. ............................................................................................... 9 G.N.Pospelov lirik qahramonni Gegel izidan borib, “lirik sub’yekt” deb ataydi. U shunday degan edi: “lirik meditatsiya sub’yekti o‘zining atamashunoslik jihatdan tayin etilishini talab qiladi. Uni ko‘pincha “lirik qahramon” deb atashadi. Biroq bunday belgilash predmetning o‘ziga xos xususiyatlariga mos kelmaydi. Qahramon – so‘zi keng ma’noda tushuniladi – bu, asardagi harakat etuvchi shaxsdir, meditative lirika esa harakatni, uni maishiy turmushdagi aniqlikda tasvirlamaydi. Bu еrda lirik personaj atamasi ham muvaffaqiyatsiz chiqadi. Personaj – bu maishiy turmush jihatidan individuallashtirilgan shaxsdir, meditativ lirikada esa bunday individuallashtirish yo‘q”. .......................................................................... 10 1
2
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Jahon adabiyotshunosligida jadid davri adabiyoti va jadid adabiyoti vakillarining ijodini o‘rganish eng qiziqarli va bahstalab masalalardan biriga aylangan. Chunki bu davr adabiyoti ikki qutb orasidagi yangilanish bo‘sag‘asi sanaladi. U Sharq va G‘arb adabiyoti an’analarini o‘zida jamlagan hamda o‘ziga xos novatorlikka asoslangan. Shu nuqtayi nazardan bu davr ijodkorlarini ijodini o‘rganish va ularning asarlariga bugungi adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan baho berish asosiy muammolaridan biridir. Ayniqsa, Usmon Nosir ijodini an’ana va novatorlik asosida o‘rganish va u yaratgan asarlarning ahamiyatini shu nuqtayi nazardan asoslash o‘zbek adabiyotshunoslikdagi dolzarb masala hisoblanadi. Usmon Nosir o‘zbek adabiyotida 1930-yillardan boshlab kirib kelgan bo‘lsa-da, biroq tez fursat ichida eng yosh qalamkash sifatida dovruq qozona oldi. U yaratgan asarlar esa ham Sharq, ham G‘arb an’analarini o‘zida jamlagan asar sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, asarlaridagi novatorlik hamda o‘ziga xoslik fenomen darajasiga ko‘tarildi. Umuman, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning ularning qalbida doimo aks sado berib tursin”. 1 Ushbu fikrlarini amalda qo‘llashda ham mazkur tadqiqot dolzarblik kasb etadi. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy ideallarining o‘sib borishi, umuminsoniy qadriyatlarimizning tiklanishi adabiyotimizda ham o‘z aksini topib bormoqda. Shu bilan bir qatorda 1 Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O‘zbekiston NMIU, 2017. 55-b. 3
yoshlarning ma’nan еtuk inson sifatida qaror topishida jadid vakillarining o‘rni ham beqiyosligini unutmaslik lozim. Adabiyotni esa har doim ma’nan еtuklikka erishishning kaliti sifatida tushunishimiz va ijodkorlarining asarlari orqali jamiyat yoshlarini tarbiyalashimiz lozimligini ko‘rsatadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug‘ adib Cho‘lpon aytganidek, adabiyot yashasa millat yashaydi”. 2 Ushbu qarashlar ham mazkur tadqiqot ishining dolzarbligini ko‘rsatadi. Mamlakatimiz Prezidentining 2017 - yil 12 - yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi F-4789 -son Farmoyishi, 2017 - yil 16 - fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 - yil 18 - apreldagi PQ–28-29-son Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi q arori, 2017 - yil 17 - fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 - yil 13 - sentyabrdagi PQ- 3271-son «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaror lar i va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. 2 I. Karimov. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T: “Ma‘naviyat”. 2008. 140-b. 4