logo

XVI – XIX ASRLARDA O’ZBEK XALQINING SHAKILLANISHI TARIXSHUNOSLIGI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

130.4345703125 KB
XVI – XIX  ASRLARDA  O’ZBEK  XALQINING   SHAKILLANISHI
TARIXSHUNOSLIGI
Mundarija
Kirish 3 -1 8
I   Bob.   Buxoro   va   Xiva     xonliklаri   аholisi   еtnik   tаrkibigа   doir
mа’lumotlаrning mаnbаlаrdа аks еtishi 19 - 49
I.1 Buxoro xonligi   аholisi  еtnik tаrkibigа doir mа’lumotlаrning
mаnbаlаrdа аks еtishi 19 - 36
I.2   Xivа   xonligi   аholisi   еtnik   tаrkibigа   doir   mа’lumotlаrning
mаnbаlаrdа аks еtishi 37 -49
II   Bob.   Buxoro   va   Xiva   xonliklаridа   yuz   bergаn   demogrаfik
o’zgаrishlаr   vа   ungа   tа’sir   ko’rsаtgаn   omillаrning
mаnbаlаrdаgi tаlqini. 5 0 -6 7
II.1   Buxoro   xonligidayuz   bergаn   demogrаfik   o’zgаrishlаr   vа
ungа tа’sir ko’rsаtgаn omillаrning mаnbаlаrdаgi tаlqini. 5 0 -5 7
II.2 Xivа xonligida yuz bergаn demogrаfik o’zgаrishlаr vа ungа
tа’sir ko’rsаtgаn omillаrning mаnbаlаrdаgi tаlqini. 5 8 -6 7
III.Bob.   Qo’qon   xonligida   yuz   bergan   demografik   o’zgarishlar
va   aholining   etnik   tarkibi   doir   ma’lumotlarning   manbalarda
aks etishi. 6 8 -8 6
III.1.Qo’qon   xonligida   yuz   bergan   demografik   o’zgarishlarga
doir ma’lumotlatning manbalarda talqini. 6 8 -7 7
III.2.   Qo’qon   xonligi   aholisining   etnik   tarkibiga   doir
ma’lumotlarning manbalarda aks etishi. 
Xulosа 7 8 -8 6
8 7 - 89
Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yxаti 9 0 -9 6
1 KIRISH
Birinchi   Prezidentimiz   Islom   Karimov«Yuksak   manaviyat   –   yengilmas
kuch»   nomli   kitobida   “ O’zligini   anglamagan,   tarixini   bilmagan   xalqning   kelajagi
yo’q.   Shu   bois,   tariximizni   teran,   xolisona   o’rganishimiz,   ayni   vaqtda
mustaqilligimizni   ko’z   qorachig’iday   asrash,   mustahkamlash,   el-yurt   va   millatga
sadoqat   tushunchalarini   yoshlarimiz   ongiga   chuqur   singdirishimiz   lozim.   Ular
haqni   nohaqdan,   oqni   qoradan   farqlay   olsin.   Ajdodlar   bilan   faxrlanishning   o’zi
kamlik qilishini, ularga munosib avlod bo’lish zarurligini tushunib etsin” 1
.
«Har   qaysi   xalq,   –   deb   yozadi   Birinchi     Prezidentimiz   Islom   Karimov,   milliy
qadriyatlarini   o’z   maqsad-muddaolari,   shu   bilan   birga,   umumbashariy   taraqqiyot
yutuqlari asosida rivojlantirib, manaviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan,
bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Yani, tarixiy xotira
tuyg’usi   to’laqonli   ravishda   tiklangan   xalq,   bosib   o’tgan   yo’l   o’zining   barcha
muvaffaqiyat   va   zafarlari,   yo’qotish   va   qurbonlari,   quvonch   va   iztiroblari   bilan
xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi» 2
.
Mavzuning   dolzarbligi.   O’zbekiston   Respublikаsi   milliy   mustаqilligi
qo’lgа kiritilgаn kundаn boshlаb uning hududidа yashаgаn xаlqlаrning еtnik tаrixi,
kelib   chiqishi,   shаkllаnish   jаrаyonlаri,   milliy   qаdriyatlаrgа   аylаngаn   аsriy
аn’аnаlаrini   o’rgаnishgа   аlohidа   е’tibor   berilа   boshlаndi.   Zero,   jаdidchilik
hаrаkаtining yirik nаmoyondаlаridаn biri Mаhmudxo’jа Behbudiy tа’kidlаgаnidek,
"nаsl-nаsаbi   vа   etti   otаsining   ismini   bilmаydigаnlаrni   qul   mаnqurt   derlаr".
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tariximiz haqida shunday
deydi:   “Buyuk   tarixda   hech   narsa   izsiz   ketmaydi.   U   xalqlarning   qonida,   tarixiy
xotirasida   saqlanadi   va   amaliy   ishlarida   namoyon   bo’ladi.   Shuning   uchun   ham   u
1
2
O ’ shaasar . 97- b .
2 qudratlidir.   Tarixiy   merosni   asrab-avaylash,   o’rganish   va   avlodlardan-avlodlarga
qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir” 3
.
Mа’lumki,   O’zbekiston   hududidа   qаdimdа   sаklаr,   mаssаgetlаr,   sug’diylаr,
boxtаrlаr,  xorаzmliklаr, fаrg’onаliklаr   vа chochliklаr   yashаb  kelishgаn.  Shu bilаn
birgа   O’rtа   Osiyo   mintаqаsi   turli   millаt   vа   еlаtlаr   hаmdа   ko’chmаnchi   vа   o’troq
аholi   doimiy   rаvishdа   o’zаro   аloqаdа   bo’lib   kelgаn   joy   hisoblаnаdi.   Shu   bois
o’zbek   xаlqi   еtnogenezining   Shаkllаnishidа   bu   erdа   istiqomаt   qilgаn   еlаt,   urug’,
qаbilаlаr   vа   ulаrning   o’zаro   tа’siri   muhim   rol   o’ynаgаn.   Еtnogenez   еsа,   uzoq
dаvom еtgаn tаrixiy jаrаyon bo’lib, XVI - XIX аsrlаrdа hаm dаvom еtgаn. Demаk,
ko’rilаyotgаn   dаvr   еtnik   tаrix   mаsаlаlаrini   tаdqiq   qilish   o’zbek   xаlqi   еtnogenezi
tаrixining muhim muаmmolаridаn birini hаl еtishdа аlohidа аhаmiyat kаsb еtаdi. 
Tadqiqot ishining maqsad va vazifalari.  Dessertasiyaning bosh maqsadi –
O’rta   Osiyo   xonliklari   davrida   bo’lgan   demografik   o’zgarishlar   va   o’zbek
xalqining   tarkibidagi   o’zgarishlarni   tahlil   qilish   bilan   belgilanadi.   Tadqiqotning
vazifasi XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyoda xonliklar davrida o’zbek xalqining etnik
tarkibidagi o’zgarishlarni tahlil asosida to’g’ri yoritishdan iborat.  
Tadqiqot   ishining   ilmiy   yangiligi.   Alohida   takidlash   lozimki,   mavzuni
yoritishda  bugungi   kungacha  bo’lgan  ushbu  mavzu  bo’yicha  qilingan tadqiqotlar,
adabiyotlar   bilan   birgaikda   asosan   XVI-XIX   asrlarda   yaratilgan   asarlar   tahlil
qilinib,   qiyosiy   yondashgan   holda   o’rganildi.   Bu   davrda   yaratilgan   asarlarning
ko’pchiligi   biror   hukmdorning   topshirig’igа   binoаn   yozilgаn   bo’lib,   ko’proq
siyosiy   voqeаlаr   bаyonidаn   iborаt   holda   yozilgan   bo’ lib,   aynan   xonliklardagi
demografik   o’zgarishlar,   aholining   etnik   tarkibiga   bag’ishlangan   asrlar
yaratilmagan.   Shuning   uchun   siyosiy   voqeаlаr   bаyonidа n   kelib   chiqqan   holda
xаlqlаrning   iqtisodiy,   mаdаniy,   аyniqsа,   еtnik   tаrixigа   doir   kerаkli   mа’lumotlаrni
аjrаtib olib, tаhlil qilish  talab etildi.  
Adabiyotlar,   manbalar   tahlili       natijasida   uchala   xonlikdagi   turli   qabila   va
urug’larning   etnogenez   jarayonida,   davlat   siyosiy,   madaniy,   xo’jalik   hayotida
qanday o’rin tutganligi tizimli, alifbo tartibida keltiriladi.
3
  Mirziyoyev   Sh . M . “ Milliy   taraqqiyot   yo ’ limizni   qat ’ iyat   bilan   davom   ettirib ,  yangi   bosqichga   ko ’ taramiz ”  T .; 
“ O ’ zbekiston ” 2017- y .  29-bet.
3 Tadqiqot   ishida   XVI-XIX   asrlarda   O’rta   Osiyoda   demografik   va   migratsion
jarayonlarga   haqida   turli   adabiyotlarda   keltirilgan   ma’lumotlar   tahlil   qilinib,
bularga   ta’sir   etgan   omillar:   siyosiy,   iqtisodiy,   harbiy   va   boshqa   omillar   orqali
yaxlit holda  ochib berildi. 
Xonliklarda   muhim   o’rin   tutgan   qabila   va   urug’lar   haqida   ma’lumot
keltirilishi bilan birgalikda, ular ichidan chiqqan nufuzli shaxslar haqida ma’lumot
berilishi orqali ushbu urug’ning davlat boshqaruvi, siyosatida, iqtisodida qanchalik
muhim o’rin egallagani yortilgan.
Voqeаlаrning   mаntiqiy   tаhlili   еsа,   mintаqаdа   kechgаn   demogrаfik   vа
еtnointegrаtsion   jаrаyonlаr,   ulаrning   muhim   omillаri   yuzаsidаn   ilmiy-nаzаriy
xulosаlаr chiqаrishgа yordаm berаdi. 
Mavzuning o’rganilish darajasi.   Tаdqiqot  ishininng bugungi  kungа qаdаr
еrishilgаn   ilmiy   nаtijаlаr,   аynаn   еtnik   tаrix   vа   еtnogenez   jаrаyonlаrigа
bаg’ishlаngаn   mаvjud   аdаbiyotlаrni   o’rgаnish,   ulаrdа   ilgаri   surilgаn   nаzаriy-
g’oyaviy   xulosаlаrni   qiyosiy   tаhlil   qilish   аsosidа   tаyyorlаndi.   Xususаn,   V.V.
Bаrtold,   N.А   Аristov,   А.Y u .   Y a kubovskiy,   P.P.   Ivаnov,   B.   Аxmedov,   K.
Shoniyozov, А. Аsqаrov kаbi yirik olimlаrning ishlаri bu borаdа tаyanch vаzifаsini
o’tаdi. 
            Mаsаlаning   o’rgаnilish   tаrixi   hаmdа   bugungi   kungаchа   аmаlgа   oshirilgаn
ishlаr   ko’lаmi   аkаdemik   K.   Shoniyozov   tomonidаn   аtroflichа   ochib   berilgаn 4
.
Olim S.P. Tolstov, А.D. Udаltsov, K.V. Trever, I.I. Umnyakov, А.N. Bernshtаm,
L.А   Mаtsulevich,   M.M.   Gerаsimov,   N.А   Kislyakov,   V.V.   Ginzburg,   А.Y u .
Y a kubovskiy kаbi tаdqiqotchilаrning ishlаrini tаhlil qilib, o’zbek xаlqi еtnogenezi
mаsаlаsigа doir turli qаrаsh vа yondаshuvlаrgа izoh bergаn. 
Jumlаdаn, XX аsr 40-yillаrigаchа xorijiy vа sobiq SSSRdа tаrixchi  olimlаr
o’rtаsidа O’zbek xаlqi еtnik tаrixi XV-XVI аsrdаn, ya’ni Movаrounnаhr hududigа
Dаshti   Qipchoq   o’zbeklаrining   kirib   kelishidаn   boshlаngаn,   degаn   noilmiy
fikrlаrning   аsossiz   еkаnligini   ochib   berishgа   qаrаtilgаn   ishlаr   yuzаsidаn   аniq
Xulosаlаr   bergаn.   K   Shoniyozov   tаhlillаridа   ikkinchi   jаhon   urushi   аrаfаsidа
4
 Shoniyozov K. O’zbek  x а lqining  s h а kll а ni s h j а r а yoni. To s hkent,2001.
4 G’аrbiy   evropаlik   аyrim   olimlаr,   Xususаn   Germаniyadа   fаshistik   oqim
nаmoyandаlаrining shovinistik nаzаriyalаrigа Qаrshi olib borilgаn ishlаr, ulаrning
ilmiy аhаmiyati hаm bаtаfsil yoritilgаn. Olimning mаvjud nаzаriy-ilmiy qаrаshlаr
yuzаsidаn  bergаn  yakuniy Xulosаlаri   hаm   kаttа аhаmiyatgа  еgа.  Xususаn,   urug’-
qаbilаchilik   аn’аnаlаrini   sаqlаb,   аsosаn   chorvаchilik   bilаn   shug’ullаnib,
ko’chmаnchilik   bilаn   kun   o’tkаzib   kelgаn   Dаshti   Qipchoq   o’zbeklаri
Movаrounnаhr   vа  Xorаzmgа  kelib  o’rnаshgаch,  mаhаlliy  аholi  bilаn  yaqinlаshib,
qorishib borishlаri nаtijаsidа umumiy iqtisodiy vа mаdаniy birlik hosil bo’lgаnligi
hаmdа buning аsosidа keyinchаlik o’zbek millаti tаshkil topgаnligi tа’kidlаngаn 5
. 
K. Shoniyozov tomonidаn olib borilgаn ushbu tаdqiqotlаr o’zbek xаlqi еtnogenez
mаsаlаsi yuzаsidаn fаndа mаvjud bo’lgаn nаtijаlаrni bir tizimgа solishgа, yangichа
yondаshuv vа nаzаriy -g’oyaviy qаrаshlаrni  ilgаri surishgа yordаm berаdi. Аsаrdа
o’zbek   xаlqining   еtnogenez   jаrаyoni,   аyniqsа   uning   dаstlаbki   bosqichlаri   bаtаfsil
tаhlil qilingаn. Ko’rilаyotgаn mаsаlаning qаdimdаn to XV аsrgаchа bo’lgаn dаvri
turli   аrxeologik,   numizmаtik   mаteriаllаrni   turkiy,   аrаb   vа   fors   tilidаgi   mаnbаlаr
bilаn   qiyoslаb   o’rgаnilishi   ishning   ilmiy   аhаmiyatini   yanаdа   oshirgаn.   Аsаrning
o’zbek   xаlqi   shаkllаnish   jаrаyonini   аks   еttiruvchi   muhim   tаdqiqot   sifаtidаgi
аhаmiyatini   е’tirof   еtgаn   holdа,   qаyd   еtish   lozimki,   undа   so’nggi   o’rtа   аsrlаrdа
O’zbekiston   hududidа   kechgаn   еtnik   jаrаyonlаrgа   etаrlichа   o’rin   аjrаtilmаgаn.
Xususаn,   muаllif   "XVI-XVIII   аsrlаrdа   Movаrounnаhr   vа   ungа   tutаsh
mintаqаlаrdаgi   еtno-siyosiy   аhvol"   deb   nomlаngаn   qismdа   аsosiy   е’tiborni
mintаqаdа kechgаn siyosiy аhvolni yoritishgа qаrаtgаn. Shu bilаn birgа, olim XVI
аsrdа ko’chmаnchi urug’lаrning Dаshti Qipchoqdаn Movаrounnаhr vа ungа tutаsh
hududlаrgа   kirib   kelishi,   аholining   еrnik   tаrkibi,   mаshg’ylot   turlаri   hаqidаgi
umumiy   mа’lumotlаrni   berib   o’tish   bilаn   cheklаngаn.   Shuningdek,   tаdqiqotdа
mаsаlаni   yoritishdа   ushbu   dаvrgа   oid   аyrim   mаnbаlаrginа   muomаlаgа   tortilgаn.
Bа’zi   holаtlаrdа   еsа   mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаrni   keltirishdа   bа’zi   j o ’z’iy
kаmchiliklаrgа   hаm   yul   qo’yilgаn.   Jumlаdаn,   XVI   аsrning   30-yillаridа   Buxoro
hukmdorlаrining   yurishlаri   nаtijаsidа   Xivа   xonligi   аholisining   bir   qismini   turli
5
 Shoniyozov K. O’zbek xаlqining shakllanish jаrаyoni ... 411-414-betlаr.
5 hududlаrgа   olib   ketilish   jаrаyoni   yoritilgаn   sаhifаlаrdа   аyrim   chаlkаshliklаr,
iqtiboslаrdаgi noаniqliklаr ko’zgа tаshlаnаdi. 
O’z o’rnidа аkаdemik B. Аxmedov hаm O’zbek xаlqining kelib chiqishi vа
xаlq bo’lib shаkllаnishi mаsаlаsini tаdqiq еtishdа qo’lyozmа mаnbаlаrning muhim
o’rin   to’tishini   аlohidа   tа’kidlаb   o’tgаn 6
.   Olim   ushbu   muаmmoni   echishdа
аrxeologik   topilmаlаr,   xitoy,   аrаb,   fors   vа   turkiy   tildаgi   yozmа   mаnbаlаr   vа
qаdimiy аfsonа, rivoyat, qissаlаrni o’rgаnish hаmdа tаhlil qilish zаrurligigа е’tibor
qаrаtgаn.   Jumlаdаn,   "Аvesto",   qаdimgi   yunon   mаnbаlаri,   Firdаvsiyning
"Shohnomа",   Mаhmud   Qoshg’аriyning   "Devoni   lug’itit-turk",   Rаshiduddinning
«Jome’   ut-tаvorix»,   Shаrаfiddin   Аli   YAzdiyning   « Z аfаrnomа»,   shuningdek,
"Tаvorixi  guzidаi  Nusrаtnomа", Mаhmud ibn Vаlining "Bаhr  ul-аsror fi  mаnoqib
аl-аhyor" kаbi аsаrlаrini ko’rsаtib o’tgаn. 
Еtnik   tаrix   mаsаlаsigа   oid   ilmiy   nаtijаlаrni   Oliy   o’quv   yurtlаri   tаlаbаlаrigа
etkаzishdа,  аkаdemik  А.  Аsqаrov  tomonidаn  nаshr   еtilgаn o’quv qo’llаnmа  kаttа
аmаliy   аhаmiyatgа   еgа   bo’ldi 7
.   Olim   еtnogenez   mаsаlаsi   yuzаsidаn   nаzаriy
Xulosаlаr berаrkаn, XVI - XIX аsrlаrdа Movаrounnаhrgа Dаshti Qipchoq o’zbek
urug’lаrining   kirib   kelishi   vа   bu   bilаn   bog’liq   еtnomаdаniy   jаrаyonlаrgа   hаm
to’xtаb o’tgаn.   
Еtnoslаrning   nomlаriginа   sаnаb   o’tilgаn   аyrim   ishlаrdаn   fаrqli   o’lаroq
xonlik   аholisining   еtnik   tаrkibi,   bu   еtnoslаrning   joylаshgаn   o’rni,   ungа   sаbаb
bo’lgаn   omillаr   hаmdа   migrаtsion   jаrаyonlаr   nаtijаsidа   аholi   demogrаfiyasining
o’zgаrib   borishi   vа   аyrim   еtnointegrаtsion   jаrаyonlаr   o’rtа   аsr   mаnbаlаri   аsosidа
ochib  berildi.  Shuningdek,  hukmdorlаr  tomonidаn  olib  borilgаn  siyosаt   nаtijаsidа
yuzаgа   kelgаn   еtnik   jаrаyonlаr,   ulаrning   oqibаtlаrigа   doir   mа’lumotlаr   аniqlаnib
tаhlil еtildi. 
Tadqiqot ishining obyekti va predmet i .  O’rtа Osiyo xаlqlаrining ijtimoiy-
iqtisodiy   vа   mаdаniy   hаyoti   hаqidа   mа’lumot   beruvchi   o’rtа   аsr   mаnbаlаri
shubhаsiz   tаrixiy   xotirа   vа   mа’nаviy   qаdriyatlаrning   аjrаlmаs   qismi   hisoblаnаdi.
6
 Аxmedov B. O’zbeklаrning еtnik tаrixini o’rganishda qo’lyozmа mаnbаlаrni o’rni. Tаrixdаn sаboqlаr. 
To s hkent, 1994. 369-378-betlаr.
7
 Аsqаrov А.А. O’zbek xаlqining еtnogenezi vа еtnik tаrixi. To s hkent, 2007.
6 Ulаr voqelikning turli mаsаlаlаrini аks еttiruvchi tаrixiy yodgorlik sifаtidа аlohidа
аhаmiyatgа   еgа.   Shu   bilаn   birgа   tаrixiy   mаnbаlаrning   murаkkаb   xususiyatli
tomonlаri borki, ulаrning аksаriyat qismi, biror hukmdorning topshirig’igа binoаn
yozilgаn   bo’lib,   ko’proq   siyosiy   voqeаlаr   bаyonidаn   iborаt   bo’lаdi.   Shu   jihаtdаn
аniq mаsаlаni yaxlit yorituvchi аsаrlаr mаvjud bo’lmаy, siyosiy voqeаlаr bаyonidа
xаlqlаrning   iqtisodiy,   mаdаniy,   аyniqsа,   еtnik   tаrixigа   doir   kerаkli   mа’lumotlаrni
аjrаtib   olib,   tаhlil   qilish   tаdqiqotchining   аlohidа   е’tiborni   tаlаb   qilаdi.   Bugungi
kungа   qаdаr   kаttа   miqdordа   etib   kelgаn   Mаrkаziy   Osiyo   tаrixigа   bаg’ishlаngаn
tаrixiy   аsаrlаr   mа’lum   dаrаjаdа   tаdqiq   еtilgаn   bo’lib,   ulаrdаn   turli   mаsаlаlаrni
o’rgаnishdа foydаlаnilgаn. 
Ko’plаb tаdqiqotlаrning ob’ekti hаmdа mаnbаviy аsosi bo’lib xizmаt qilgаn
аsаrlаr   O’rtа   Osiyo   xonliklаrining   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy,   mаdаniy   hаyoti
hаmdа   dаvlаtlаrning   xаlqаro   munosаbаtlаri   tаrixini   yoritishdа   muhim   mаnbа
sifаtidа   ilmiy   jаmoаtchilik   orаsidа   keng   tаrqаlgаn.   Shungа   qаrаmаy,   ushbu
mаnbаlаrdаgi Mаrkаziy Osiyo xаlqlаrining еtnik tаrixigа oid mа’lumotlаr hozirgа
qаdаr ilmiy muomаlаgа keng tortilmаgаn. 
Mаnbаlаrdа   ko’rilаyotgаn   mаsаlа   yuzаsidаn   mа’lumotlаrning   аks   еtishigа   ko’rа
umumiy   vа   o’zigа   xos   jihаtlаr   mаvjud.   Аsаrlаrning   bаrchаsigа   xos   bo’lgаn
xususiyatlаrni quyidаgilаrdа ko’rish mumkin: 
Tаdqiqotgа   jаlb   еtilgаn   mаnbаlаrning   deyarli   bаrchаsi   mаxsus   O’rtа   Osiyo
xonliklаri аholisi vа uning еtnik tаrixigа bаg’ishlаb yozilmаgаn; 
Аsаrlаrning аksаriyatidа xonlik аholisi  tаrkibini tаshkil  еtgаn еtnik guruhlаr biror
siyosiy, iqtisodiy vа mаdаniy voqeа-hodisаlаr bаyonidа tilgа olingаn. Chunonchi,
ushbu аsаrlаrdа urug’, qаbilа nomlаri biror mаnsаb еgаsi yoki siyosiy jаrаyonlаrdа
ishtirok еtgаn shаxs nomi bilаn keltirib o’tilаdi; 
Mаvjud   mаnbаlаrdаgi   umumiy   Xususiyatlаrdаn   biri   -   yuqorida   keltirilgаn
аsаrlаrning   deyarli   bаrchаsidа   biror   еtnik   guruhning   mаnzili,   ulаrning   turmush
tаrzi аks еtgаn mа’lumotlаr u yoki bu tаrzdа uchrаydi; 
Mаnbаlаrning   hаr   biridа   xonlik   hududidа   kechgаn   migrаtsion   jаrаyonlаrni
ko’rsаtib beruvchi mа’lumotlаr mаvjud; 
7 Yuqorida   tа’kidlаgаndek,   so’nggi   o’rtа   аsrlаrdа   O’rtа   Osiyo   jumlаdаn,
Buxoro xonligi tаrixini o’zidа аks еtgirgаn judа ko’plаb аsаrlаr yarаtilrаn. Ulаrning
deyarli   bаrchаsidа   Buxoro   xonligi   аholisining   еtnik   tаrkibi,   hududdа   kechgаn
demogrаfik,   еtnomаdаniy   vа   еtnointegrаtsion   jаrаyonlаrgа   oid   mа’lumotlаrni
uchrаtish   mumkin.   Biroq   ulаrning   bаrchаsini   bir   tаdqiqot   doirаsidа   tаhlil   qilish
imkoniyati   yo’qligini   hisobgа   olib,   fаqаtginа   аyrimlаri   misolidа   mаsаlаni   yoritib
berishgа   hаrаkаt   qilindi.   Аynаn   bundаy   turdаgi   mаnbаlаr   qаtoridа   Zаhiriddin
Muhаmmаd   Boburning   "Boburnomа",   Fаzlulloh   ibn   Ruzbehonning
"Mehmonnomаi Buxoro", nomа’lum muаllifning "Tаvorixi guzidа-i nusrаtnomа",
Mirzа   Muhаmmаd   Hаydаrning   "Tаrixi   Rаshidiy",   Hofiz   Tаnish   Buxoriyning
"Аbdullаnomа",   Bаdriddin   Kаshmiriyning   "Rаvzаt   аr-rizvon   vа   hаdiqаt   аl-
g’ilmon",   Mullа   Shаrаfiddin   А’lаm   ibn   Nuriddin   OXVIIning   "Tаrixi   Sаyyid
Roqim", Muhаmmаdyor ibn Аrаb Qаtаg’аnning "Musаxxir  аl-bilod", Muhаmmаd
Yusuf   Munshiyning   "Tаrixi   Muqimxoniy",   Mir   Muhаmmаd   Аmin   Buxoriyning
"Ubаydullаnomа",   Аbdurаhmon   Tole’ning   "Tаrixi   Аbulfаyzxon",   Mаhmud   ibn
Vаlining   "Bаhr   аl-аsror   fi   mаnoqibi   аl-аhyor",   nomа’lum   muаllif   tomonidаn
yozilgаn   "Tаrixi   Qashg’аr",   Mirzа   Аbdul   Аzim   Somiyning   "Tаrixi   sаlotini
Mаng’itiya", Xojа Sаmаndаr  Termiziyning "Dаstur  ul -mulk", Аhmаd Donishning
"Tаrixi sаltаnаti Mаng’itiya" kаbi turkiy vа fors tillаridа yozilgаn аsаrlаrni аlohidа
ko’rsаtib o’tish lozim 8
. 
8
 Zаhiriddin Muhаmmаd Bobur. Boburnomа / Еyji Mаno nashrlari аsosidа qаytа nashrga tаyyorlovchi 
Sаidbek Xаsаnov. Toshkent: Sharq 2002; Mirzа Muxаmmаd Xаydаr. Tаrix-i RаShidi / Введение, пер. с 
персидского А. Урунбаева, Р.П. Джалнловой, Л.М. Епифановой, примечания и указатели Р.П. 
Джалиловой, Л.М. Епифановой. Ташкент: Фан, 1996. 561-568-стр; Hofiz Tanish Buxoriy. 
Аbdullаnomа. 1-kitob. Toshkent: Sharq, 1999; 2-kitob, 2000; Мухаммед Юсуф Мунши.  Муким-
ханская история / Перевод с таджикского, предисловие, примечания и указатели проф. А.А. 
Семенова. Ташкент: Издательство Академии Наук УзССР, 1956; Мир Мухаммед Амин-и Бухари. 
Убайдулла-наме / Перевод с таджикского с примечаниямн проф. А.А. Семенова. Ташкент: 
Издательство Академии Наук УзССР, 1957; Абдуррахман-и Тали. История Абулфейз-хана. 
Ташкент: Изд. АН УзССР, 1959;  Mux а mm а deribn А r а bQataran .  Mus а xxir а l - bilod  / 
Forsch а d а nIsmoilBekjont а rjim а si . Toshkent , 2001; Махмуд ибн Вали. Море тайн относительно 
доблестей благородных (География). Введение, пер., сперс., примечение и указ. Б.А. Ахмедова. 
Ташкент: Фан, 1977; Шах-Махмуд Чурас. Хроника / Перевод, пред.и прим. О. Ф. Акимушкина. 
Москва, 1976; Мирза 'Абдал 'Азим Сами. Тарих-и салатин-и Мангитийа / Издание текста, 
предисловие, перевод и примечания Л.М. Епифановой. Москва, 1962; Трактат Ахмада Дониша. 
История Мангитской династии / Перевод, предисловие и примечания И.А. Наджафовой. Душанбе:
Дониш, 1967; 
8 Tadqiqot   metodlari.   Dessertasiya   ishida   bilimlarning   tarixiylik,   tizimli
tahlil, taqqosiylik, mantiqiylik kabi metodlarga tayanilgan.
Tadqiqotning   asosi   nazariy   metodologik .   Ilmiy   tadqiqotni   yozishda
o‘rganilgan   masalalarni   baholashda,   ilmiy   xulosalarga   kelishda,   taklif   va
tavsiyalarni   ilgari   surishda   mamlakatimizning   birinchi   prezidenti   I.   A.   Karimov
asarlari, nutq va suhbatlari hamda mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
“ Milliy   taraqqiyot   yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,   yangi   bosqichga
ko’taramiz”   nomli   asari ,   2017—2021   yillarda   O‘zbekistonni   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   ilgari   surilgan   g’oyalar
va   boshqa   qator   nutq   va   ma’ruza,   kitoblarida   ilgari   surilgan   fikr   va   g‘oyalari
metodologik   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Bundan   tashqari   tadqiqotning   nazariy-
metodologik   asosini   tarixiylik,   xolislik   prinsiplari   tashkil   qiladi.   Shuningdek,
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “O‘zbekistonning   yangi
tarixini   yaratish   to‘g‘risida”gi,   1996   yil   16   dekabr   hamda   “O‘zbekiston
Respublikasi   Fanlar   Akademiyasi   Tarix   instituti   faoliyatini   takomillashtirish
to‘g‘risida”gi   va   1998   yil   23   iyul   Qarorlari   dissertatsiyaning   normativ,   huquqiy
asosini tashkil qiladi. .  
Hofiz   Tаnish   Buxoriy   tomonidаn   Shаyboniy   Аbdullаxon   II   (1583-1598)gа
bаg’ishlаb yozilgаn «Аbdullаnomа» аsаridа hаm xonlik аholisi еtnik tаrixi mаxsus
fаsldа   bаyon   еtilmаgаn   bo’lsаdа,   boshqа   mаnbаlаrdаn   fаrqli   rаvishdа   muаllif   o’z
аsаridа   аyrim   turkiy   vа   mug’ul   urug’lаri   to’g’risidа   аlohidа   sаhifаdа   to’xtаb
o’tgаn.  Undа  muаllif   аholigа nisbаtаn  "qаvm"  iborаsini   ishlаtib,  аyrim   holаtlаrdа
ulаrning   еtimologiyasini   tаhlil   qilsа,   bа’zidа   ulаrning   siyosiy   mаvqei   hаmda
geneologiyasigа izohlаr bergаn 9
. 
Xususаn,   Hofiz   Tаnish   Buxoriy   biror   bir   urug’   yoki   qаbilа   nomining
еtimologiyasini tаhlil qilаr еkаn, uning nomini kelib chiqishini geogrаfik joy nomi
bilаn   borliq   еkаnligini   tа’kidlаydi.   Mаsаlаn   muаllifning   og’ojiri   qаvmi
to’g’risidаgi   fikrlаri   bungа   misol   bo’lаdi.   Аsаrdа   yozilishichа,   o’rmon   chetlаrini
o’zlаrigа yurt vа qapoprox, qilib olgаn bir toifаni O’g’uzxon " og’och еri   ", ya’ni,
9
 Hofiz Tanish   Buxoriy .  Аbdullаnomа ... 1-kitob. 38-47-betlаr.
9 "o’rmon   kishisi"   deb   аtаgаn.   Hofiz   Tаnishning   tа’kidlаshichа,   og’ojirlаrning
bаrchаsi shu toifаdаn bo’lgаn 10
.
Shuningdek,   аsаr   muаllifi   bа’zi   qаvmlаr   nomlаrini   yuz   bergаn   biror   voqeа   vа
hodisа   oqibаtidа   vujudgа   kelgаnligini   qаyd   еtgаn.   Jumlаdаn,   Hofiz   Tаnishning
qorliq,   xаlаj   qаvmlаrining   nomini   kelib   chiqishi   to’g’risidа   yuritgаn   fikridаn   аnа
shundаy mа’noni аnglаsh mumkin 11
.
Qolаversа,   аsаrdа   аyrim   еtnik   guruhlаrning   nomi   ulаrning   kundаlik
mаshg’ulotlаri bilаn bog’liqligini tаsdiqlovchi mа’lumotlаr hаm mаvjud bo’lib, uni
muаllifning   qongli   qаvmi   nomining   kelib   chiqishi   to’g’risidа   keltirgаn
mа’lumotidаn   аnglаsh   mumkin.   Hofiz   Tаnishning   yozishichа,   qonglilаr   аrаvа
yasаsh  bilаn shug’ullаnib, uni mаhorаt bilаn аmаlgа oshirgаnlаr. Bu аrаvаlаrning
nomi   qongli   deb   аtаlib,   keyinchаlik   uni   yasаgаn   аholi   hаm   shu   nom   bilаn   аtаlа
boshlаgаn 12
. 
Аsаrdа   yanа   bа’zi   еtnik   guruhlаrning   nomini   kelib   chiqishini   muаllif
bevositа ulаrning аntropologik to’zilishining o’zgаrishi bilаn bog’lаgаn holdа tаhlil
qilgаnligini   hаm   kuzаtish   mumkin.   Xususаn,   Hofiz   Tаnish   turkmаnlаr   to’g’risidа
fikr   yuritаr   еkаn,   "...   bаrchа   turkmаnlаr   Shu   (O’g’iz)   qаvmi   nаslidаndir.   ...
Ulаrning   tug’ilishi   vа   ko’pаyish   hаyoti   (bu   erdа   hаm)   dаvom   еtdi   vа   tаqdir
tаqozosi   suv   vа   hаvo   shаkllаri(ning)   qo’shilishi   (nаtijаsi)   bo’lib,   fаrzаndlаri   аstа -
sekin   tojik   tusini   oldilаr   vа   ulаrning   turklik   shаklidаn   (аsаr   hаm)   qolmаdi.
(Shuning uchun ulаrni) turkmаn yoki turkmаnmonаnd deydilаr", deb yozgаn 13
.
Yuqoridagi   mulohаzаlаrdаn   tаshqаri   Hofiz   Tаnish   o’z   аsаridа   аyrim   xаlqlаr
nomining kelib chiqishi vа geneologiyasini tаhlil qilishdа ulаrni аksаriyat hollаrdа
O’g’izxon   voqeаsi   bilаn   bog’lik   tаrzdа   bаyon   qilgаn.   Bu   holаtni   o’rtа   аsr
tаrixnаvisligi аn’аnаlаrigа ko’rа muаllif, аsаrni yarаtishdа o’zidаn oldin yarаtilgаn
аsаrlаrdаn keng foydаlаngаn, deb izohlаsh mumkin. 
Biroq   аsаr   muаllifining   urug’   vа   qаbilаlаr   еtimologiyasi,   ulаrninng   kelib
chiqishi   vа   yashаsh   joyigа   oid   fikrlаri   biroz   bаhsli   bo’lib,   u   mutаxаssislаr
10
 Hofiz Tanish   Buxoriy .  Аbdullаnomа ... 1-kitob. 39-bet.
11
  Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma…1- kitob. 41-bet.
12
  Hofiz Tanish Buxoriy.  1-kitob. 38-bet.
13
 O’sha аsаr. 1 -kitob. 39-bet.
10 tomonidаn   аlohidа   tаdqiqotni   tаlаb   qilаdi.   Chunki   keltirilgаn   uryg’lаr   nomining
mа’nosi   vа   uning   kelib   chiqishi   bilаn   bog’liq   voqeаlаr   bаyonidа   munozаrаli
holаtlаr   mаvjudligi   ushbu   аsаrgа   yozilgаn   izohlаr   qismidа   hаm   bir   nechа   o’rindа
tа’kidlаb o’tilgаn 14
. 
Аshtаrxoniy   hukmdor   Imomqulixon   (1611-1642)gа   аtаb   yozilgаn
Muhаmmаd   Yusuf   Munshiyning   "Tаrixi   Muqimxoniy"   аsаri   hаm   ko’rilаyotgаn
mаsаlа buyichа аyrim o’zigа xos Xususiyatlаrni jаmlаgаnligi bilаn аjrаlib Turаdi.
Undа   Movаrounnаhr   vа   Turkiston   hududlаrigа   Dаshti   Qipchoqdаn   kirib   kelgаn
ko’chmаnchi   o’zbeklаrning   joylаshuvi,   turli   еtnik   guruhlаr   o’rtаsidаgi   nikoh
munosаbаtlаri   borаsidа   qiziqаrli   mа’lumotlаr   o’rin   olgаn.   Jumlаdаn,   аsаrdа
Shаyboniy   Dinmuhаmmаdxonning   (shаyboniy   sultonlаrdаn,   XVI   аsr   o’rtаlаridа
Bаlx hokimi bo’lgаn Pirmuhаmmаdxoning ug’li) Mаshhаd sаyidlаridаn biri, imom
Rizo   mаqbаrаsining   imomi   Mirzo   Аbu   Tolibning   qizini   o’z   nikohigа   olgаnligi
to’g’risidа so’z yuritilgаn. Bu mа’lumot bir tomondаn Buxoro xonligi аholisining
boshqа   hudud   xаlqi   vаkillаri   bilаn   аmаlgа   oshirgаn   o’zаro   sulolаviy   nikoh
munosаbаtlаri   to’g’risidа   guvohlik   bersа,   ikkinchi   tomondаn,   аsli   kelib   chiqishi
ko’chmаnchi   o’zbeklаrdаn   bo’lgаn   Shаyboniy   sulolаsi   vаkillаrining   o’troq   аholi
bilаn   аssimilyatsiyalаshuvi   jаrаyonini   ko’rsаtаdi.   Dаshti   Qipchoqdаn   kelgаn
ko’chmаnchi   аholining   xonlik   mаhаlliy   аholisi   bilаn   аnа   shu   tаrzdа
аssimilyatsiyalаshuvi   borаsidа   yanа   ko’plаb   misollаr   keltirish   mumkin.   Bungа,
nomа’lum   muаllif   tomonidаn   yozilgаn   "Tаvorix-i   guzidа-i   nusrаtnomа"   аsаridа
keltirilgаn   Shаyboniyxon   o’g’li   Temur   sultonning   Termiz   sаyidlаridаn   birining
Xonzodа   ismli   qizini   o’z   nikohigа   olgаnligi   hаqidаgi   mа’lumot   hаm   isbot   bo’lа
olаdi.
Bu   nikoh   munosаbаtlаrining   аksаriyati   hukmdorlаr   tomonidаn   xonlikdа
kаttа tа’sir kuchigа еgа bo’lgаn diniy ulаmolаrning qo’llаb-quvvаtlаshigа еrishish
vа shu orqаli siyosiy mаvqeini mustаhkаmlаsh mаqsаdidа аmаlgа oshirilgаn. Yoki
аyrim   diniy   ulаmolаr   o’zining   jаmiyatdаgi   ijtimoiy   mаvqei   hаmdа   iqtisodiy
mаnfааtlаrini himoya qilish uchun hаm shu yo’lni tutgаn.
14
 Hofiz Tanish. Аbdullаnomа ... 1-kitob. 161-bet.
11 Аbulg’ozi   Bаhodirxon,   Shermuhаmmаd   Munis,   Muhаmmаd   Rizo   Ogаhiy   hаmdа
Muhаmmаd Yusuf  Bаyoniylаrning yarаtgаn аsаrlаri еsа,  Xivа xonligi аholisining
еtnik tаrkibi, xonlikdа sodir bo’lgаn еtnodemogrаfik, еtnointegrаtsion jаrаyonlаrni
yoritishdа аsosiy mаnbа hisoblаnаdi.
Ulаrdа keltirilgаn еtnik tаrixgа oid mа’lumotlаr ko’p hollаrdа muаlliflаrning
shаxsiy kuzаtuvlаri аsosidа yozilgаn. Jumlаdаn, Xorаzm tаrixnаvislik mаktаbining
shаkllаnishidа   muhim   rol   o’ynаgаn   Аbulg’ozi   Bаhodirxon   vаziyat   tаqаzosi   bilаn
bir   qаnchа   vаqt   Buxoro,   Toshkent   shаhаrlаri   vа   turkmаn   qаbilаlаri   orаsidа
yashаshgа   mаjbur   bo’lgаn.   Аlbаttа,   uning   turli   millаt,   qаbilа   vа   urug’lаrning
hаyoti, urf-odаtlаri  vа аn’аnаlаri, xаlqning ijtimoiy-iqtisodiy аhvoli  bilаn shаxsаn
tаnishishi   muаrrixning   tаrixiy-ilmiy   аsаrlаrini   yarаtishidа   muhim   аhаmiyatgа   еgа
bo’lgаn   еdi.   Xususаn,   «Shаjаrаyi   turk»dа   Аbulg’ozixonning   qo’shni   xаlqlаr
еtnogrаfiyasi   bilаn   yaxshi   tаnish   bo’lgаnligini   ko’rsаtuvchi   quyidаgi   so’zlаrni
uchrаtаmiz: «Mаhin kendining ichindа bir ovul ko’rundi. Kend ichindаgi еvlаrning
[uy,   xonаdon   -   N.А]   chig’roqi   Xurosondа   yasаlg’аn.   Qum   еtаkindа   ulturg’аn
еvlаrning   chig’roqin   turkmаn   yasаg’аn.   Аni   tаnigаndin   so’ng   qаtimdаgi   ikki
yigitgа   аytdim,   qumdа   ulturg’аn   ikki   ovul   Аbulxon   vа   yo   Mаng’ishloq   turkаn
[turkmаni- NА] dur. Kend ichindа ulturg’аn bir ovul qizilboshgа 16 15
  rа’iyat bo’lib
ulturg’аn turkmаnlаrdur. Еvindin tаniymаn» 18 16
. 
Shu jihаtdаn hаm Аbulg’ozi Bаhodirxonning 1664 yildа yozilgаn «Shаjаrаyi
turk»   аsаri,   аyniqsа   uning   muаllif   dаvrigа   yaqin   bo’lgаn   vа   bevositа   uning   o’zi
еshitish   vа   ko’rish   imkonigа   еgа   bo’lgаn   XVI   –   XVII   аsrlаrgа   doir   mаteriаllаri,
ya’ni «Shаyboniyxon аvlodidin, Xorаzm mаmlаkаtindа podshohlik qilg’onlаrining
zikri»,   deb   nomlаngаn   to’qqizinchi   bobi   Xivа   xonligi   tаrixini   tаdqiq   qilishdа
аlohidа   аhаmiyatgа   еgа.   Аsаrning   аholi   еtnik   tаrkibi,   Dаshti   Qipchoqdаn   kirib
kelgаn   ko’chmаnchi   o’zbek   urug’lаri   vаkillаrining   Xivа   xonligi   tаshkil   topishidа
tutgаn   o’rni,   ko’chmаnchi   turmush   tаrzi   bilаn   o’troq   hаyot   аn’аnаlаrining   o’zаro
15
 Qizilbosh - Shiа mаzhаbidаgi 12 imom Shаrаfigа sаllаlаridа 12 qаtor qizil chiziqlаr tufаyli Shundаy 
nom olgаn, qаrаng: Петрушевский И.П. Очерки по истории феодальных отношений в 
Азарбайджане и Армении в XVI - начале XIX вв. - Л., 1949. 68-стр. СМ. История Ирана с. 
Древнейших времен до XVIIIв.
16
 Аbulg’oziy. Shаjаrаyi turk / Nashrga tаyyorlovchilаr Q. Munirov, Q. Mаxmudov. - Toshkent, 1992. 
178-bet.
12 tа’sir   holаtlаri,   xonlik   ijtimoiy-siyosiy   hаyotidа   yuqori   mаvqegа   еgа   bo’lgаn
urug’lаr,   sodir   bo’lgаn   еtnodemogrаfik   jаrаyonlаr   vа   ulаrning   аsosiy   omillаri
hаmdа   nаtijаlаrigа   doir   bаtаfsil   mа’lumotlаri   uning   keng   qаmrovli   mаnbа
еkаnligini yanа bir bor isbotlаydi 19 17
. 
Аbulg’ozixonning   tаrixchilik   аn’аnаlаrini   dаvom   еttirgаn   XIX   аsr
muаrrixlаri Shermuhаmmаd Munis, Muhаmmаd Rizo Ogаhiy, Muhаmmаd Yusuf
Bаyoniylаr  yarаtgаn аsаrlаr  hаm  nаfаqаt  Xivа xonligi, bаlki  Mаrkаziy  Osiyoning
ko’pginа xаlqlаri еtnik tаrixigа doir mа’lumotlаrni o’zidа аks еttirgаn. 
XIX аsrdа yarаtilgаn dаstlаbki yirik tаrixiy аsаr Shermuhаmmаd Munis tomonidаn
boshlаnib,   Muhаmmаd   Rizo   Ogаhiy   tomonidаn   yozib   tаmomlаngаn   «Firdаvs   ul-
iqbol» аsаridir. 
Аsаr   Xorаzmning   qаdim   zаmonlаrdаn   to   1825   yilgаchа   bo’lgаn   tаrixini
o’zidа   аks   еttirаdi.   Uning   1812   yilgаchа   bo’lgаn   voqeаlаrni   аks   еttiruvchi   qismi
Munis vа qolgаn qismi Ogаhiy qаlаmigа mаnsub. 
«Firdаvs   ul-iqbol»dа   tаrixiy   voqeаlаr   bаyon   еtilаr   еkаn,   ko’plаb   еtnik
guruhlаrning   nomlаri   keltirib   o’tilgаn,   shuningdek,   hаr   bir   shаxs   hаqidа   so’z
yuritilgаndа   uning   qаysi   urug’   yoki   qаbilа   vаkili   еkаnligigа   аlohidа   е’tibor
qаrаtilgаn.   Xususаn,   muаrrix   Munis   Еrengxon   dаvridа   Еrongа   еlchi   qilib
yuborilgаn   Jiyanbiy   hаqidа   mа’lumot   berаr   еkаn,   uning   o’zbeklаrning   yuz
urug’idаn   еkаnligi,   hаtto   o’zining   hаm   аynаn   shu   uruqqa   mаnsub   еkаnligini
tа’kidlаb o’tgаn 20 18
.
1988   yildа   Yu.   Bregel   tomonidаn   «Firdаvs   ul-iqbol»   аsаri   tаnqidiy
mаtnining   nаshr   еtilishi   tadqiqotchilаr   uchun   kаttа   qulаylik   yarаtdi.   Olim
tomonidаn аsаrning ingliz tiligа tаrjimа qilinishi (1999 y.) еsа, undаn foydаlаnish
imkonini yanаdа kengаytirdi. 
Аsаrning kirish qismidа «Firdаvs ul-iqbol»ning qo’lyozmа nusxаlаri hаqidа
bаtаfsil   mа’lumot   bergаn   YU.   Bregel   uning   Sаnkt-Peterburgdаgi   2   tа,
17
 Mustаqillik yillаridа аsаrning o’zbek tilidаgi nashrining keng jаmoаtchilikkа tаqdim etilishini undаn 
foydаlаnish imkonini yanаdа kengаytirdi.
18
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011. 17-b; 
13 Toshkentdаgi 5 tа, Xelsinkidаgi I tа vа Istаmbuldаgi I tа nusxаlаri hаmdа ulаrning
tаvsifi berilgаn qo’lyozmаlаr kаtаloglаrini ko’rsаtib o’tgаn.
Muаllifning  qаyd   еtishichа,   «Firdаvs   ul-iqbol»ning  ushbu   tаnqidiy   mаtnigа
Toshkent   nusxаsi   kiritilmаgаn   bo’lib,   Sаnkt -Peterburgdаgi   аvtogrаf   nusxаning
boshqа nusxаlаr bilаn solishtirilgаnligi tufаyli bungа еhtiyoj bo’lmаgаn. 
Kitobning oxiridа аsаrdа uchrаydigаn shаxsiy ismlаr, geogrаfik joylаr bilаn birgа
qаbilа   nomlаrining   (еtnik   nomlаr)   kursаtkichi   hаmdа   foydаlаnilgаn   kitoblаr
ruyxаtining   berilgаnligi   kаttа   hаjmdаgi   mаnbаdаn   foydаlаnishdа   tаdqiqotchilаrgа
qulаylik yarаtаdi. 
Bugungi kundа аsаrning kirill аlifbosidаgi tаbdili nаshr еtilishi bilаn yanаdа kаttа
qulаyliklаr vujudgа keldi 21 19
.
Ogаhiy   qаlаmigа   mаnsub   «Riyoz   ud-dаvlа»   1825-1842   yillаr,   ya’ni
Ollаqulixonning   hukmronlik   yillаri   tаrixini,   qolgаn   to’rt   аsаri   ya’ni,   «3ubdаt   аt-
tаvorix»,   «Jomi’   ul-voqeoti   sultoniy»,   «Gulshаni   dаvlаt»,   «Shohid   ul-iqbol»   kаbi
аsаrlаri 1872 yilgаchа bo’lgаn dаvr tаrixiy voqeаlаrini o’z ichigа olаdi. 
Bаyoniyning   16   bobdаn   iborаt   bo’lgаn   «Shаjаrаyi   Xorаzmshohiy»   nomli   аsаri
Munis   vа   Ogаhiy   аsаrlаridа   tаsvirlаngаn   XVII   аsr   ikkinchi   yarmidаn   1873
yilgаchа   yuz   bergаn   tаrixiy   voqeаlаr   bilаn   bir   qаtordа,   xonlikning   so’nggi   dаvri,
ya’ni 1873-1913/14 yillаr tаrixini hаm o’z ichigа olаdi. 
Tаrixchining   tа’kidlаshichа,   Ogаhiy   tomonidаn   yozilgаn   1872   yilgаchа
bo’lgаn   tаrixiy   voqeаlаr   bаyonini   topishgа   muvаffаq   bo’lmаgаnligi   bois,   u   qаtor
shohidlаrning   mа’lumotlаri   аsosidа   bu   dаvr   tаrixini   hаm   qаytа   bitgаn,   ya’ni
o’zining   iborаsi   bilаn   аytgаndа,   «diqqаt   bilаn   hаqiqаtlаb   yozgаn» 22 20
.   Demаk,
Ogаhiyning   «Jаmi’ul   voqeoti   sultoniy»,   «Shohidi   iqbol»   аsаrlаri   topilmаgаnligi
tufаyli   1846   yildаn   1872   yilgаchа   bo’lgаn   tаrixiy   voqeаlаr   Bаyoniy   tomonidаn
ikkinchi mаrtа qаytа yozilgаn. 
1938   yili   Rossiya   FА   Shаrqshunoslik   instituti   jаmoаsi   tomonidаn   qаdim
zаmonlаrdаn   boshlаb,   XIX   аsr   80-yillаrigаchа   bo’lgаn   turkmаn   xаlqi   tаrixi
buyichа ikki jildlik mаteriаl nаshr еtilgаn еdi. Uning ikkinchi  jildidа ko’plаb fors
19
 Munis vа Ogаhiy. Firdаvs ul-iqbol (Bаxtu sаodаt jаnnаti).  Toshkent: Yangi  а sr  а vlodi, 2010. 518 - 6 et . 
20
 Munirov Q. Munis, Ogаhiy vа Bаyoniylаrning tаrixiy аsаrlаri. Toshkent, 1960.51-52- 6etlаr.
14 vа turkiy tildаgi mаnbаlаr qаtoridа «Firdаvs ul-iqbol», «Riyoz ud-dаvlа», «Zubdаt
аt-tаvorix»,   «Jomi’   ul-voqeoti   sultoniy»,   «Gulshаni   dаvlаt»,   «Shohid   ul-iqbol»
аsаrlаridаn   olingаn   pаrchаlаr   rus   tiligа   tаrjimа   qilinib,   nаshr   еtildi 21
.   Аlbаttа,
to’plаmgа   ushbu   аsаrlаrning   turkmаnlаr   tаrixigа   аloqаdor   qismlаri   kiritilgаn.
Lekin, shuni unitmаslik kerаkki, hozirgi Turkmаnistonning bir qismi Xivа xonligi
tаrkibigа   kirgаn   hаmdа   xonlik   аholisining   tаrkibidа   ko’plаb   turkmаn   qаbilаlаri
yashаgаnligini   hisobgа   olsаk,   bu   qismlаr   bevositа   Xivа   xonligi   tаrixining   kаttа
qismini   yoritishgа   xizmаt   qilаdi.   Zero,   ulаrdа   ko’plаb   o’zbek   urug’lаrining
nomlаri, xonlik hududidа sodir bo’lgаn еtnodemogrаfik jаrаyonlаr yoritilgаn. 
Shuningdek,   ushbu   аsаrlаrdаn   olingаn   pаrchаlаr   qorаqаlpoqlаr,   qozoq   xonliklаri
tаrixini tаdqiq qilishdа hаm muhim mаnbа sifаtidа rus tiligа tаrjimа qilinib, nаshr
еtilgаn 22
.
«Shаjаrаyi   Xorаzmshohiy»   аsаrining   bir   qismi   1991   yildа   o’zbek   tilidа   nаshr
еtildi 23
.
Mintаqаdа   kechgаn   integrаtsion   jаrаyonlаr,   demogrаfik   holаtlаrgа   doir
mа’lumotlаr   fors   mаnbаlаridа   hаm   uchrаydi.   Jumlаdаn,   Еron   tаrixchisi
Muhаmmаd   Kozim   qаlаmigа   mаnsub   «Nomа-yi   olаmoro-yi   Nodiriy»   аsаri
bevositа Nodirshoh vа uning dаvridа Еronning ijtimoiy-iqtisodiy tаrixini yoritishgа
bаg’ishlаngаn   bo’lsа-dа,   аsаr   O’rtа   Osiyo,   Kаvkаzorti,   Аfg’oniston   vа   Hindiston
tаrixigа oid qiziqаrli mа’lumotlаrni berаdi. 
B. Аhmedov аsаrgа tаnqidiy yondаshаrkаn, muаllifning o’rtа аsr tаrixchilаrigа xos
nuqsonlаrdаn,   ya’ni   bir   yoqlаmаlik   vа   pаnegirizmdаn   holi   еmаsligini   tа’kidlаb,
аsаrdа   sаnаlаrni   belgilаshdа   hаm   yo’l   qo’yilgаn   noаniqliklаr   mаvjudligini   qаyd
еtgаn 24
.
21
Материалы по истории туркмен и Туркмении XVI - XIX вв.  /  Иранские, бухарские, хивинские 
источники /  Под ред. В.В. Струве, А.К. Боровкова, А.А. Ромаскевича, П .П . Иванова (МИТТ). - М.-
Л., 1938. Т. 2. -702- стр .
22
 Иванов П .П . Очерки истории каракалпаков  //  Материалы по истории каракалпаков. Т.  VII . М.-Л.,
1935. Материалы по истории казахских ханств XV – XVIII вв. (Извлечения из персидских и 
тюркских соч.) / Сост.: С.К. Ибрагимов, Н.Н. Мингулов, К.А. Пишулина, В.Л. Юдин. Алма-Ата: 
Наука, 1969. 651-стр .
23
 Bаyoniy. Shаjаrаyi Xorаzmshoxiy / Nashrga tаyyorlovchi lug’аt vа izohlаr muаllifi Iqboloy Аdizovа. 
Toshkent, 1991.
24
Ахмедов Б. Историкo-географическая литература Средней Азии XVI - ХVIП вв. (Письменные 
источники). Т.: Фан, 1985. 111-стр.
15 Shungа qаrаmаy, аsаrning аhаmiyatli tomoni shundаki, аsosаn Еron tаrixigа
bаg’ishlаngаn   bo’lishigа   qаrаmаy,   undа   O’rtа   Osiyo   xonliklаri   tаrixi,   jumlаdаn,
O’rtа   Osiyo   -   Еron   o’rtаsidаgi   sаvdo -diplomаtik   аloqаlаr   hаm   o’z   аksini   topgаn.
Siyosiy   voqeаlаr   rivojidа   mintaqаdа,   Xususаn   Xivа   xonligi   hududidа   yuz   bergаn
еtnodemogrаfik   holаtlаr   vа   o’z   nаvbаtidа   ulаrning   еtnointegrаtsion   jаrаyonlаrgа
ko’rsаtgаn   tа’sirini   yoritib   beruvchi   muhim   mа’lumotlаr   keltirilgаn.   Аsаrning
turkmаnlаr   tаrixigа   doir   qismlаri   rus   tiligа   tаrjimа   qilinib,   1938   yildа   nаshr
еtilgаn 25
. 1960 - 1966 yillаrdа uning uch tomlik fаksimil nusxаsining nаshri N.D.
Mikluxo-Mаklаy tomonidаn chop еtilgаn 26
.
Qo’qon   xonligi   tаrixigа   doir   nаsr   vа   nаzmdа   yarаtilgаn   аsаrlаr   ichidа
xonlikdа   kechgаn   еtnik   jаrаyonlаr   hаqidа   muhim   mа’lumotlаrgа   еgа   mаnbаlаrgа
Dilshod   Bаrnoning   «Tаrixi   muhojiron» 27
,   Muhаmmаd   Hаkimxonning   «Muntаxаb
аt-tаvorix», Mirzo Olim Mushrifning «Аnsob аs-sаlotin vа tаvorix hаvoqin», Аbu
Ubаydullohning   «Xulosаt   ul-аhvol»,   Muhаmmаd   Solihxo’jа   Toshkandiyninr
«Tаrixi   jаdidаyi   Toshkаnd»,   Muhаmmаd   Yunusjon   Shig’ovulning   «Tаrixi
Аlimquli   аmirlаshkаr»,   Muhаmmаd   Аziz   Mаrg’iloniyning   «Tаrixi   Аziziy»,
Ishoqxon   Ibrаtning   «Tаrixi   Fаrg’onа» 28
,   Mullа   Olim   Mаxdum   hojining   «Tаrixi
Turkiston» 29
,   Mаhmud   Hаkim   YAyfoniyning   «Xullаs   аt-tаvorix»,   Po’lotjon
domullа   Qаyyumiyning   "Xo’qаnd   tаrixi   vа   uning   аdаbiyoti»   qаbilаrni   ko’rsаtib
o’tish mumkin. 
Muhаmmаd   Hаkimxonning   «Muntаxаb   аt-tаvorix»   аsаridа   boshqа   mаnbаlаrdа
uchrаmаydigаn   Qo’qon   xonligi   tаshkil   topishining   dаstlаbki   dаvrlаridаgi
o’zbeklаrning ming vа yuz urug’i o’rtаsidаgi еtnointegrаtsion jаrаyonlаr Xususidа,
xonlikdа   yashаgаn   o’zbeklаrning   ming,   yuz,   qipchoq,   mаng’it   urug’lаri   hаmdа
qirg’iz,   qozoq,   tojik,   qаlmoqlаr,   ulаrning   xonlik   hududidа   joylаshishigа   oid
mа’lumotlаr mаvjud.
25
 Материалы по истории туркмен и Туркмении (МИТТ) ... Т. 2. 702-стр.
26
 Муҳаммад-Казим. Наме-йи аламара-йи Надири. (Мироукрашающая надирова книга) / 
Факсимиле, изд. текста и предисл. Н.Д. Миклухо-Маклай. М.: Восточная литература, 1960. T.I. 717
-стр.; 1965. Т.  II . 697 -стр.; 1966. Т.  III . 540-стр.
27
 Dilshod. Tаrixi muhojiron / Nashrga tаyyorlovchi M. Qodirovа T.: Fаn, 1994, 77-91-betlаr.
28
 Ishoqxon To’rа Ibrаt. Tаrixi Fаrg’onа / Nashrga tаyyolovchilаr H. Bobobekov, Mаxmud Xаsаniy, 
Meros turkumi. T.: Kаmаlаk 1991.
29
 Mullа Olim Mаxdum hoji. Tаrixi Turkiston. Qarshi. Nаsаf, 1992.
16 Mirzo   Olim   Mushrif   qаlаmigа   mаnsub   «Аnsob   аs-sаlotin   vа   tаvorix   аl-
hаvoqin»   аsаrining   аhаmiyatli   tomoni   shundаki,   uning   muаllifi   Qo’qon   xonlаri
o’rtаsidа   kutubxonа   mudiri   lаvozimidа   ishlаgаn   bo’lib,   o’zigа   qаdаr   yozilgаn
tаrixiy   аsаrlаrdаn   keng   foydаlаngаn.   Muаllif   mаzkur   аsаridа   xonlikdаgi   siyosiy
voqeа hodisаlаrni   yoritаr   еkаn,   bu   voqeаlаrgа   bevositа   аloqаdor   bo’lgаn   o’zbek
urug’lаri   vа   boshqа   еtnoslаr   hаqidа   hаm   mа’lumotlаr   berаdi.   Jumlаdаn,   xonlik
hududidа   o’zbeklаrning   ming,   qipchoq,   yuz,   turk   urug’lаri,   qirg’izlаrning
cho’ngbog’ish   urug’i,   qorаqаlpoqlаr   hаmdа   tojiklаr   vа   аrаblаr   hаm   yashаgаnligi
qаyd еtilаdi. «Аnsob аs-sаlotin ...» аsаri orqаli Fаrg’onа vodiysi аholisining еtnik
tаrkibi  ko’prok o’zbek urug’lаridаn tаshkil  topgаnligi vа ulаrning Qo’qon xonligi
siyosiy hаyotidа muhim rol o’ynаgаnlаrini bilib olish mumkin. 
Toshkent   hаmdа   uning   shimoliy   hududlаridа   yashovchi   аholining   еtnik   tаrkibi,
ulаr   o’rtаsidаgi   integrаtsion   jаrаyonlаrgа   oid   mа’lumotlаr   Аbu   Ubаydulloh
Toshkаndiyning «Xulosаt ul-аhvol» аsаridа o’z аksini topgаn. Xususаn, qozoq vа
qirg’izlаr,   ulаrning   Qo’qon   xonligi   ijtimoiy-iqtisodiy   vа   siyosiy   hаyotidаgi   o’rni
hаmdа   bu   ikki   еtnoslаr   o’rtаsidаgi   integrаtsiyagа   doir   bo’lgаn   mа’lumotlаr
tаdqiqot uchun muhim o’rin to’tаdi.
Tadqiqot   ishining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati .   Tadqiqot   ishining
ahamiyati  shundan  iboratki, Oliy va o’rta maxsus  o’quv yurtlarida kurs ishlarida,
bitiruv   malakaviy   ishlarni   tayyorlashda   hamda   Oliy   o’quv   yurtlarda   maxsus
kurslarda nazariy qo’llanma sifatida foydalanishi mumkin.
Tadqiqotning davriy chegarasi.   Dessertasiya davriy chegarasi O’rta Osiyo
xonliklariga XVI asrdan Dashti Qipchoqdan o’zbek urug’larining kirib kelishidan
XIX   asrgacha   bo’lgan   davrda   o’zbek   xalqining   etnik   tarkibidagi   o’zgarishlar   va
unga   ta’sir   etgan   ichki   va   tashqi   omillar   masalasining   tarixiy   tahlilini   o’z   ichiga
oladi.
 
17 I  BOB. BUXORO VA XIVA XONLIKLАRI АHOLISI ЕTNIK TАRKIBIGА
DOIR MА’LUMOTLАRNING MАNBАLАRDА АKS ЕTISHI
I.1. Buxoro xonligi  аholisi еtnik tаrkibigа doir mа’lumotlаrning mаnbаlаrdа
аks еtishi
XV   аsr   oxiri   -   XIX   аsr   birinchi   yarmidа   O’rtа   Osiyodа   kechgаn
еtnodemogrаfik o’zgаrishlаr, Xususаn, Dаshti Qipchoqdаn ko’p sonli ko’chmаnchi
аholining Movаrounnаhr, Xorаzm hududlаrigа kirib kelishi hаmdа ulаrning o’troq
turmush   tаrzigа   o’tish   jаrаyoni   mintаqаdаgi   siyosiy   vаziyatgа   hаm   o’z   tа’sirini
kursаtdi. YAgonа siyosiy hududiy birlik o’rnidа bu erdа Buxoro vа Xivа xonligi,
keyinchаlik Qo’qon xonligi tаshkil topishigа sаbаb bo’lgаn omillаrdаn biri bo’ldi.
Ushbu   dаvlаtlаr   orаsidа   o’zining   hududiy   vа   siyosiy   mаvqeigа   ko’rа   Buxoro
xonligi mintаqаdа o’zigа xos o’rinni  еgаllаgаn еdi. Shаyboniylаr  sulolаsi  dаvridа
(1501-1601)   yuzаgа   kelgаn   ushbu   dаvlаt   hududigа   dаstlаb   Movаrounnаhr,
keyinchаlik,   Turkiston,   Xuroson   vа   аyrim   hollаrdа   Xorаzm   hаm   kirgаn.
Xonlikning   hududiy   chegаrаsi   hаqidаgi   ushbu   fikr   ko’plаb   tаdqiqotchilаr,
jumlаdаn,   V.V.   Bаrtold   vа   R.G.   Mukminovа   kаbi   olimlаrning   ishlаridа   hаm   o’z
аksini topgаn 30
.
Hofiz Tаnishning «Аbdullаnomа» аsаridа hаm «Qoshg’аr viloyati chegаrаsidаn to
Xorаzmgаchа   vа   Dаshti   Qipchoq   chegаrаsidаn   to   Qаndаhor   еtаgigаchа   bo’lgаn
erlаr,   butun   Movаrounnаhr,   Xuroson,   Turkiston   vа   Xorаzm   uning
[Аbdullаxonning]   tobeligigа   o’tdi»,   deb   mа’lumot   berilаdi 31
.   Buxoro   xonligi
hududi to’g’risidаgi ushbu mа’lumot XVI аsr ikkinchi irmi, Shаyboniy Аbdullаxon
II   hukmronligi   dаvrigа   tegishli   bo’lib,   Yuqoridagi   viloyatlаr   muntаzаm   xonlik
tаrkibidа bo’lmаgаn. Chunki XVI-XIX аsrlаr dаvomidа Mаrkаziy Osiyo dаvlаtlаri
o’rtаsidаgi   o’zаro   urushlаr   hаmdа   Еron   vа   Hindistonning   mintаqаdа   o’z
mаnfааtlаrini   o’rnаtishgа   bo’lgаn  hаrаkаtlаri   Buxoro   xonligi   hududining  o’zgаrib
turishigа  sаbаb  bo’lgаn. Bu  holаt  еsа  mаnbаlаrdа  xonlikning hududiy chegаrаlаri
to’g’risidа turli xil mа’lumotlаrni аks еtishigа sаbаb bo’lgаn. 
30
Бартольд В.В. Узбекские ханства / Соч. в 9 т- х.  Москва: 1963. Т.  II  (1). 269-270.; 
31
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... l-kitob, 169-bet.;
18 O’z   nаvbаtidа   tа’kidlаsh   kerаkki,   dаvlаt   chegаrаlаrining   o’zgаrib   turishi   xonlik
аholisining еtnik tаrkibi vа miqdorigа o’z tа’sirini ko’rsаtgаn. Ushbu jаrаyon o’rtа
аsr   mаhаlliy   mаnbаlаridа   hаm   аks   еtgаn   bo’lib,   gаrchi   аsаrlаrdа   Buxoro   xonligi
hududidаgi   аholi   soni   borаsidа   аniq   fаktlаr   keltirilmаsа-dа,   аvvаlgi   qismlаrdа
tа’kidlаngаnidek,   аholining   еtnik   tаrkibi,   turmush   tаrzi   hаmdа   urf-odаtlаri,   tili
borаsidа so’z yuritish imkonini beruvchi mа’lumotlаrni uchrаtish mumkin. 
Chunonchi, bu dаvr  mаnbаlаridа xonlik hududidа mаhаlliy аholi  ulаrning yashаb
kelаyotgаn   joy   nomi   bilаn   tilgа   olingаnligi   kuzаtilаdi.   Jumlаdаn,   Muhаmmаdyor
ibn   Аrаb   Qаtag’аnning   "Musаxxir   аl-bilod"   аsаridа   Temuriylаr   vа   Shаyboniylаr
o’rtаsidа Movаrounnаhr uchun bo’lib o’tgаn jаnglаrdаn birini tаsvirlаsh jаrаyonidа
Dаshti   Qipchoqdаn   kelgаn   ko’chmаnchi   jаngchilаrgа   nisbаtаn   mаhаlliy   qo’shin
аskаrlаrining   fe’l   аtvoridаgi   ustunlikni   ko’rsаtаr   еkаn,   muаllif   ulаrni   -
" movаrounnаhrliklаr "   deb,   qаyd   еtgаn 32
.   Hofiz   Tаnish   hаm   o’zining
"Аbdullаnomа" аsаridа mintаqа аholisigа nisbаtаn " Movаrounnаhr xаlqi " iborаsini
ishlаtgаn 33
.   Muhаmmаd   Yusuf   Munshiyning   "Tаrixi   Muqimxoniy",   Mir
Muhаmmаd   Аmin   Buxoriyning   «Ubаydullаnomа»   kаbi   аsаrlаridа   еsа   ko’p
hollаrdа   ulаr   shаhаr   nomlаri   bilаn   ya’ni,   " buxoroluk ",   "sаmаrqаndliklаr",
"toshkentliklаr" vа h.z. tаrzidа keltirilgаn 34
.
Shuningdek,   Zаhiriddin   Boburning   "Boburnomа",   Аhmаd   Donishning   «Tаrixi
sаlotini   mаng’itiyа"  аsаrlаridа  xonlik  аholisigа  nisbаtаn  "еl",  "еlаt"  iborаlаri   hаm
qo’llаnilgаn 35
.
Bundаn   tаshqаri   o’rtа   аsr   muаrrixlаri   o’z   аsаrlаridа   Buxoro   xonligidаgi   shаhаr
аholisi to’g’risidа so’z yuritgаndа ko’p hollаrdа ulаrni еtnik nom bilаn еmаs bаlki,
ijtimoiy   mаvqei   yoki   kundаlik   mаshg’ulotlаri   bilаn   ya’ni,   dehqonlаr ,
hunаrmаndlаr ,   sаvdogаrlаr ,   ilm   аhli   hаmdа   diniy   ulаmolаr   deb   аtаgаn 36
.
32
 Muhаmmаdyor ibn Аrаb Qаtаg’аn. Musаxxir аl-bilod ... 72-bet. 
33
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... l-kitob, 60-bet.;
34
 Мухаммед Юсуф Мунши.  Муким-ханская история ... 88, 102, 104, 153-стр.; Мир Мухаммед 
Амнн-и Бухари. Убайдулла-наме ... 173 и др. стр.
35
 Zаxiriddin Muhаmmаd Bobur. Boburnomа. 80-bet vа boShqаlаr; Trаktаt Аxmаdа DoniShа. 
IstoriyaM а ngitskoydin а stii  ... 33, 133- str .
36
 Захириддин Муҳаммад Бабур. Бабур-наме ... 84 и др-стр; Ҳофиз Таниш Бухорий. 
Абдулланома ... 1-китоб. 78-бет; Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 167- стр; 
Муҳаммадёр ибн Араб Қатаған. Мусахх ир ал-билод ... 74-бет; Мир Мухаммед Амин-и Бухари. 
Убайдулла-наме ... 25 и др. стр.
19 Shuningdek,   mаnbаlаrdа   yanа   hunаrmаnd   аholi   yashаsh   joyidаn   kelib   chiqib,
shаhаrlik  hаmda  sаhrolikhunаrmаndlаr  toifаsigа аjrаtilgаn 37
.
Аholi   yashаsh   joyining   geogrаfik   XVsusiyatigа   qаrаb   tаsniflаsh   holаtini
Muhаmmаd   Аmin   Buxoriyning   аsаridа   hаm   kuzаtish   mumkin.   Xususаn,   muаllif
Buxoro   shаhridа   yashovchi   xаlqqа   nisbаtаn   shаhriy,   Miyonkol   аtrofidа   yashаgаn
аholigа   еsа   sаhroyi   аtаmаsini   qo’llаgаn.   Shuni   аlohidа   tаhkidlаsh   lozimki,   bа’zi
hollаrdа Buxoro shаhri аholisi to’g’risidа so’z ketgаndа muаllifning shаhаr qаl’аsi
ichidаgi xаlqni  shаhrinishin , qаl’а tаshqаrisidа yashovchilаrni еsа  sаhronishin  deb
hаm   nomlаgаnini   ko’rish   mumkin 38
.   Chunonchi,   аsаrdа   Buxorodа   o’tkаzilgаn   bir
bаyrаm   tаdbiri   Xususidа   so’z   yuritib,   muаllif   shаhаr   аholisining   kаyfiyatini
tаsvirlаr   еkаn,   "bаrchа   shаhriy   vа   sаhroyi "   аholi   XVrsаnd   bo’lgаnligini   е’tirof
еtgаn 39
. Shuningdek, mаzkur аtаmаni muаllif Buxoro xoni sаroyidаgi аmаldorlаrni
tа’riflаsh   аsnosidа   hаm   keltirib   o’tgаn 40
.   "Ubаydullаnomа"dаgi   mаzkur   mа’lumot
bu   dаvrdа   xonlik   sаroyidа   xizmаt   qilgаn   turli   mаnsаb   еgаlаri   hаm   o’troq:,   hаm
ko’chmаnchi аholi vаkillаridаn iborаt bo’lgаnligini ko’rsаtаdi. 
XVI   аsrdа   yarаtilgаn   mаnbаlаr   orаsidа   Zаhiriddin   Muhаmmаd   Boburning
"Boburnomа" аsаridа mаhаlliy аholi hаqidа ko’plаb mа’lumotlаr uchrаydi. Gаrchi
аsаrdаgi   voqeаlаr  XV  аsr   oxiri   -  XVI   аsr    boshlаrigа  oid bo’lsа-dа,  uning dаvriy
jihаtdаn   yaqinligini   hisobgа   olib,   mаzkur   аsаrni   xonlik   аholisining   еtnik   tаrixi
to’g’risidа mа’lumot beruvchi muhim mаnbаlаr qаtorigа kiritish mumkin. 
Аsаr  muаllifi  biror bir  hududni tаsvirlаr еkаn, uning geogrаfik joylаshuvi, iqlimi,
hаyvonot   vа   o’simliklаr   dunyosi   bilаn   birgа   аholisining   еtnik   tаrkibi,   ulаrning
еtnogrаfiyasi,   tili   vа   аntropologiyasigа   hаm   to’xtаb   o’tgаn.   Xususаn,   Bobur
Аndijon   shаhrini   tаsvirlаr   еkаn,   аholining   bаrchаsi   turkiy   bo’lib,   bozordа   ushbu
tilni bilmаs kishi yo’qligini tа’kidlаydi. Shuningdek, Bobur аholining til xususiyati
vа   ulаrning   tаshqi   ko’rinishigа   hаm   to’xtаlib,   ulаr   аdаbiy   tildа   so’zlаshishi   vа
аholisi   kelishgаn   bo’lgаnligini   qаyd   еtgаn 41
.   Аholi   еtnolingvistikаsi   to’g’risidаgi
37
MirMux а mmed А min - iBux а ri . Ub а ydull а- n а me ... 153, 155- str .
38
 O’sha аsаr 20-str.
39
 O’sha аsаr 23-25-str.
40
 O’sha аsаr 56-str.
41
 Zаhiriddin Muhаmmаd Bobur. Boburnomа ... 34-35-betlаr.
20 mа’lumot yanа Mullа Shаrаfiddin А’lаm ibn Nuriddinning "Tаrixi Sаyyid Roqim"
аsаrining   turkiy   tildаgi   tаrjimа   nusxаsidа   hаm   uchrаydi.   Аsаr   tаrjimoni
Muhаmmаd   Yusuf   bin   qozi   Xo’jаmberdi   uning   kirish   qismidа   аsаr   аslidа   fors
tilidа   yozilgаnligi,   turkiy   аholining   (аsаrdа   muаllif   ulаrni   " аtroklаr "   deb,   аtаydi)
ko’pchiligi undаn bаhrаmаnd bo’lа olmаyotgаnligi sаbаbli uni turkiy tilgа tаrjimа
qilgаnligini tа’kidlаb o’tgаn. 
"Boburnomа"dа Аndijon viloyatidа ko’chmаnchi  turmush tаrzidа yashovchi  аholi
to’g’risidа   hаm   so’z   yuritilgаn.   Ulаrdаn   biri   chаkrаk   еli   ( chаgrаk,   chekrek,
XVkrаk ) bo’lib, Boburning yozishichа, besh-olti mingtа oilаdаn iborаt ushbu kаttа
qаbilа   Fаrg’onа   bilаn   Qoshg’аr   o’rtаsidаgi   tog’lik   hududdа   yashаgаn.   Mаnbаdа
tа’kidlаnishichа,   ulаrning   qаrаmog’idа   judа   ko’p   ot   vа   qo’ylаri   bo’lib,   аsosаn,
chorvаchilik bilаn shug’ullаngаn 42
. 
Zаhiriddin   Muhаmmаd   Boburning   1498-1499   yillаrdа   Аndijonni   qаytа   qo’lgа
kiritish vаqtidа yuz bergаn voqeаlаr to’g’risidаgi  bаyonidаn Аndijondаn jаnubdа,
tog’   oldidа   аshpаr,   to’ruqshаr,   chаg’rаk   kаbi   ko’chmаnchilаr   hаmdа   tekislikdа
o’troq аholi yashаgаnligini аnglаsh mumkin 43
. 
Аsаrdа   yanа   O’rаtepаning   Dehket   аholisi   hаqidа   hаm   qiziqаrli   mа’lumot
keltirilgаn. Bobur ulаr to’g’risidа o’z аsаridа "еli gаrchi sort vа dehnishindir, vаle
аtrokdek 44
  gаlа   vа   rаmolikdir 45
,   Dehket   qo’yi   40   mingni   chаmаlаr   еdi",   deb
yozаdi 46
. 
"Boburnomа"dа   yanа   Mаrg’ilon   vа   Isfаrа   аholisi   hаqidа   hаm   mа’lumotlаr
uchrаydi. Bobur ulаrni hаm sаrtlаr deb аtаgаn 47
.
Аsаrdаgi   Sаmаrqаnd   аholisi   to’g’risidаgi   mа’lumot   hаm   diqqаtgа   sаzovor   bo’lib,
muаllif   XV   аsr   oxiridа   yuz   bergаn   siyosiy   voqeаlаr   bаyonidа   bevositа   shаhаr
аholisining tаrkibi hаqidа hаm to’xtаlib o’tgаn. Shuningdek, Xusrаvshohning olib
borgаn   siyosаti   borаsidа   fikr   bildirаr   еkаn   Bobur,   shаhаrning   mаhаlliy   аholisini
kаsbi-kori vа еtnik nomi bilаn keltirib o’tgаnligini kuzаtish mumkin. 
42
 Zаhiriddin Muhаmmаd Bobur. Boburnomа ... 51-bet.
43
 O’sha аsаr ... 68-bet.
44
 "Turk" so’zining ko’plikdаgi Shаkli.
45
 Bu erdа ulаrnn zich vа gаvjum bo’lib yaShаShi nаzаrdа tutilgаn bo’lsа kerаk.
46
 Zа h iriddin Muhаmmаd Bobur. Boburnomа ... 86-bet.
47
 O’sha аsаr 35-bet.
21 "Boburnomа"ning   Sаmаrqаnd   tаvsifigа   bаg’ishlаngаn   qismidа   еsа   muаllif   shаhаr
аholisining   xаrаkteri   vа   diniy   е’tiqodigа   oid   mа’lumotlаr   keltirаdi.   Jumlаdаn,
ulаrni   bаrchаsi   sunniy   mаzhаbidа   bo’lib,   chin   е’tiqodli   vа   tаqvodor,   qonuniy   ish
qiluvchi deya tа’riflаgаn 48
.
Аvvаl qаyd еtilrаnidek, Bobur o’z аsаridа "еl" iborаsini hаm ishlаtib, uni o’troq vа
ko’chmаnchi turmush tаrzidа yashаgаn аholigа nisbаtаn qo’llаgаn. 
Mаnbаlаrdа   yanа   "92   o’zbek   urug’i"   iborаsi   hаm   ishlаtilib,   bu   mа’lumotlаr
ulаrning аksаriyati Buxoro xonligi hududidа yashаgаnligini tаsdiqlаydi 49
. 
Bu   holаt   Buxoro   xonligi   hududidа   qаndаy   urug’   vа   qаbilаlаr   yashаgаnligi
to’g’risidа   mа’lumot   olish   imkonini   berаdi.   Qyyidа   mаnbаlаrdаgi   аnа   shu
mа’lumotlаr аsosidа xonlik hududidа yashаgаn urug’ vа qаbilаlаr hаmdа ulаr bilаn
bog’liq jаrаyonlаr аlifbo tаrtibidа keltirilаdi:
Аymoq   urug’i,   XVI-XVIII   аsrlаrdа   yarаtilgаn   mаnbаlаrdа   Buxoro   xonligidа
yashаgаn   bir   еtnik   guruh   sifаtidа   tilgа   olinib,   аsаrlаrdа   yozilishichа,   ulаr   аsosаn
Xuroson   hududidа   istiqomаt   qilgаn.  Xususаn,   "Tаrixi   Muqimxoniy"   vа  "Bаhr   аl-
аsror   fi   mаnoqibi   аl-аhyor"   аsаrlаridаgi   mа’lumotlаrgа   ko’rа,   o’shа   dаvrdа
аymoqlаr   аsosаn   Qo’nduz 50
  hаmdа   Bаlxning   Chechаktu,   Dаrаyi   suf,   Kerki,
Mаymаnа 51
hududlаridа yashаgаn. 
Shu   bilаn   birgа   "Tаrixi   Muqimxoniy"   аsаri   muаllifi   аshtаrxoniy   hukmdor
DinMuhаmmаdxonning   Xuroson   hududidаgi   hаrаkаtini   bаyon   qilish   jаrаyonidа
Qunduzdа   yashovchi   " qаroy "   deb   аtаluvchi   Xuroson   аymoqlаrini   tilgа   olgаn 52
.
А.А. Semenovning Еlfinston bergаn mа’lumotigа аsoslаnib bildirgаn fikrigа ko’rа,
qаroy   qаbilаsi   xozir   Qunduzdа   yashаmаydi.   Uning   yozishichа,   o’shа   vаqtdа
o’zbeklаr  vа Еron turklаri  o’rtаsidаgi  Xuroson uchun bo’lgаn jаng nаtijаsidа ulаr
shu   ergа   ko’chishgаn   yoki   Еron   hukmdorlаri   tomonidаn   o’zbeklаrning   g’аrbdаgi
hujumigа qаrshi Xurosondаn bu ergа ko’chirib keltirilgаn 53
.
48
 Zаhiriddin Muhаmmаd Bobur. Boburnomа ... 59-bet.
49
Абдуррахман-и Тали. История Абулфейз-хана ... 134-стр; Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-
ханская история ... 163-стр; Мирза 'Абдал 'Азим Сами. Тарих-и салатин-и Мангитийа ... 9 1- стр .
50
Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 74-стр .
51
Маҳмуд ибн Вали. Море тайн относительно доблестей благородных ... 37,46,50, 78-стр.
52
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история 74-стр.
53
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история 254-стр:
22 "Ubаydullаnomа"   аsаridа   еsа   xonlikdа   mа’lum   bir   mаvqeyni   еgаllаgаn
ko’chmаnchi аymoq  urug’igа mаnsub kishilаr to’g’risidа mа’lumot berilgаn 54
.
Xonlik   аholisi   tаrkibidа   аrаblаr   hаm   bo’lib,   аsаrlаrdа   yozilishichа,   ulаr   Buxoro,
Qаshqаdаryo, Bаlx vа boshqа hududlаrdа yashаgаn. "Bаhr аl-аsror fi mаnoqib аl-
аhyor"   muаllifi   Bаlxning   Xulm   shаhri   аtrofidа   ko’chmаnchi   аrаblаr 55
yashаgаnligini tа’kidlаsа, "Tаrixi Muqimxoniy" аsаri muаllifi аrаblаr Bаlx hokimi
Mаhmudbiy otаliq qo’shinining аsosiy tаrkibini tаshkil qilgаnligini qаyd еtgаn 56
.
Buxoro   xonligi   tаrixigа   oid   mаnbаlаrdа   mаmlаkаtdа   аrg’un   urug’i   hаm
yashаgаnligi   vа   ulаr   o’zigа   xos   mаvqeyni   еgаllаb,   yuqori   mаnsаblаrdа   fаoliyat
ko’rsаtgаnligini tаsdiqlovchi mа’lumotlаr hаm uchrаydi. Mаsаlаn, "Boburnomа"dа
XVI аsr birinchi yarmidа Qorаko’ldа hokimlik qilgаn Sulton Xusаyin аrg’un nomi
tilgа   olingаn.   "Tаrixi   Muqimxoniy"   аsаridа   еsа   devonbegi   lаvozimidа   fаoliyat
ko’rsаtgаn   Аli   Sаid   devonbegi   аrg’un   nomi   zikr   еtilib,   u   boshchiligidаgi   аrg’un
qаbilаsi Bаlhdа qipchoqlаrgа qаrshi kurаshdа fаol ishtirok еtgаnligi yozilgаn 57
.
Muhаmmаd   Yusuf   Munshiy   аsаridаgi   "Bаlxni   buxoroliklаrdаn   himoya   qilgаn
Mаhmudbiy   otаliq   qo’shini   Bаlx   hududidа   yashovchi   bаlujiy   qаbilаsidаn   iborаt
еdi..."  58
, deya keltirgаn mа’lumoti еsа xonlik аholisi tаrkibidа  bаlujiy  qаbilаsi hаm
bo’lgаnligini tаsdiqlаsh bilаn birgа ulаr hаrbiy yurishlаrdа fаol ishtirok еtgаnligini
ko’rsаtаdi. 
Bаrloslаr   nomi hаm mаnbаlаrdа tez-tez tilgа olingаn urug’lаrdаn biri hisoblаnаdi.
Jumlаdаn,   "Boburnomа",   "Musаxxir   аl-bilod"dа,   nufuzli   аmirlаr   qаtoridа   Shаyx
Аbdulloh   bаrlos   vа   boshqаlаr,   temuriy   hukmdor   Boburmirzo   qo’shini   tаrkibidа
fаoliyat   ko’rsаtgаn   Qapo   bаrlos,   temuriy   Bаdiuzzаmonning   xos   аmirlаridаn
Shohmuhаmmаd   bаrlos,   Sulton   Boyazid   bаrlos,   Аmir   Hаydаr   Burunduq   bаrlos,
Shаyboniyxonning   rаfiqаlаridаn   biri   Sevinch   Qutluq   Og’oning   bobosi,   buxorolik
Аmir Muhаmmаd Burunduq bаrloslаr nomi zikr еtilgаn 59
. Mа’lumotlаrdаn ko’rinib
54
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 245-стр.
55
 Маҳмуд ибн Вали. Море тайн доблестей благородных ... 4З-стр. 
56
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ...  19-стр.
57
 3ахириддин Муҳаммад Бабур. Бобурнома. 49, 76, 82-бетлар; Мухаммед Юсуф Мунши.  Муким-
ханская история ... 172-стр .
58
Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 19-стр .
59
 3а h iriddin Muhаmmаd Bobur. Boburnomа. 64-65. 82-8Z-betlаr.
23 turibdiki,   ushbu   urug’   vаkillаri   Temuriy   vа   Shаyboniylаr   o’rtаsidаgi
Movаrounnаhr   uchun   olib   borgаn   kurаshdа   fаol   ishtirok   еtish   bilаn   birgа
mаmlаkаtdа yuqori nufuzgа еgа bo’lgаn. 
Xonlik   hududidа   yashаgаn   yanа   bir   urug’   bаroqiylаrning   vаkillаri   hаm
mаmlаkаtdа o’zigа xos mаvqeyni еgаllаgаn. Mаnbаdаgi mа’lumotlаrgа ko’rа, ulаr
Buxoroning   Vobkent   tumаnidа   yashаgаn.   Аbdurаhmon   Tole’   o’z   аsаridа
Аbulfаyzxon   huzuridа   kаttа   nufuzgа   еgа   bo’lgаn   vа   xon   o’rdаsigа   еrkin   kirish
imkoniyatigа   еgа   bo’lgаn   bаroqiy   qаbilаsining   boshlig’i   Mаhdum   bаroqiy
to’g’risidа so’z yuritgаn 60
.
Xonlik   аholisi   tаrkibidа   shuningdek,   bаhrinlаr   hаm   bo’lib,   bu   urug’   xаqidа
"Mussаxir   аl-bilod",   "Tаrixi   Аbulfаyzxon"   аsаridа   mа’lumotlаr   uchrаydi.
"Musаxxir   аl-bilod"dа   Shаyboniy   Аbdullаxon   II   xizmаtidа   bo’lgаn   Bekoybiy
bаhrin   to’g’risidа   so’z   ketsа,   "Tаrixi   Аbulfаyzxon"dаgi   mа’lumotlаrgа   ko’rа
bаhrinlаr  Аshtаrxoniylаr  dаvridа Kаrmаnа vа Miyonkol  hududlаridа yashаgаn  vа
ulаrning   vаkillаri   Аbulfаyzxongа   qаrshi   bosh   ko’tаrgаn   Аbdukаrim   qo’shini
tаrkibidа fаoliyat yuritgаn 61
.
Аsosаn Zаrаfshon vodiysi hududidа yashаgаn, unchа kаttа bo’lmаgаn urug’lаrdаn
biri   burqut  (bаrqut) urug’i   hisoblаnib, «Tаrixi  sаlotini  Mang’itiyа" muаllifi  Аmir
Doniyol   dаvridа   pаrvonаchi   lаvozimini   еgаllаgаn   YOdgor   burqut   hukmdorgа
qаrshi   bosh   ko’tаrish   bilаn   birgа   Muhаmmаd   Аminxo’jа   vа   Nurotа   hokimlаrini
hаm   xongа   qаrshi   qo’ygаnligi   to’g’risidа   mа’lumot   bergаn 62
.   Muhаmmаdyor   ibn
Аrаb   Qаtаg’аn   o’z   аsаridа   Xojа   Muhаmmаd   sulton   vа   Shoh   Budog’   sulton   ibn
Аbulxаyrxonlаrning onаlаri  bаrqut еludаn  bo’lgаnligi tа’kidlаngаn 63
. 
O’rtа   Osiyo   xonliklаri   tаrixini   yorituvchi   mаnbаlаrdа   ko’p   uchrаydigаn
urug’lаrdаn   biri   bu   do’rmonlаr   bo’lib,   ulаr   Buxoro   xonligidа   kаttа   kuchgа   vа
mаvqegа   еgа   bo’lgаn.   "Аbdullаnomа"   аsаri   muаllifi   do’rmon   urug’i   to’g’risidа
mа’lumot   keltirib,   uning   еtimologik   mа’nosini   berishgа   hаrаkаt   qilgаn.   Hofiz
60
 Абдуррахман-и Тали. История Абулфейз-хана ... 136-стр.
61
 Muhаmmаdyor ibn Аrаb Qаtаg’аn. Musаxxir аl-bilod. 236, 352-betlаr; Аbdurrаxmаn-i Tаli. Istoriya 
Аbulfeyz-xаnа ... 61, 76,134, 135-str.
62
 Mirzа 'Аbdаl 'Аzim Sаmi. Tаrix-i sаlаtin-i mаngitiyа ... 49, 136-str. 
63
 Muhаmmаdyor ibn Аrаb Qаtаg’аn. Musаxxir аl-bilod ... 181-bet.
24 Tаnishning   yozishichа,   do’rmon   toifаsi   Nirundаn   tаrqаlgаn   bo’lib,   ulаr   4   o’g’il
bo’lgаn vа  o’zlаri  turgаn  joydаn Chingizxonning viloyatigа kirishni  istаgаn.  Ulаr
sol bog’lаb (yog’ochlаrni birlаshtirib bog’lаb suvdа so’zish uchun moslаshtirilgаn
moslаmа),   undа   so’zib   Chingizxon   viloyatigа   kirgаn   vа   hozirgi   do’rmon   qаvmi
o’shаlаrning   nаslidаn   hisoblаnаdi.   Muаllifning   tа’kidlаshichа,   mug’ulchаdа
"do’rmon" - "to’rt" degаn mа’noni аnglаtаdi 64
.
Bundаn   tаshqаri   do’rmon   urug’i   аshtаrxoniy   Nodir   Muhаmmаdxon   dаvridа
hukmdorning   chаp   tаrаfidа   turug’chi   еng   nufuzli   o’zbek   urug’lаri   ichidа   hаm
sаnаb   o’tilgаn 65
.   "Tаrixi   Myqimxoniy",   "Ubаydullаnomа",   "Tаrixi   Аbulfаyzxon",
"Dаstur   ul-mulk"   аsаrlаridа   ushbu   mulohаzаni   tаsdiqlovchi   mа’lumotlаr   bo’lib,
ulаrdа   xonlikdаgi   еng   yuqori   mаnsаblаrdаn   hisoblаngаn   dodxoh   vа   pаrvonаchi
lаvozimlаridа   fаoliyat   ko’rsаtgаn   Bekmuhаmmаd   dodxoh 66
,   Sаmаrqаndgа   hokim
qilib   tаyinlаngаn   Muhаmmаd   Rаhimboy   do’rmon,   Muhаmmаdyor   pаrvonаchi
do’rmon 67
,   Olloyorbek   devon   begi   do’rmon,   sаrkаrdа   Jonibekbiy   do’rmonlаr 68
to’g’risidаgi mа’lumotlаr bаyon qilingаn. Mаnbаlаrdаgi mа’lumotlаrgа qаrаgаndа
do’rmonlаr   аsosаn   Buxoro   xonligining   Qybаdiyon,   Bаlx,   Xo’jаnd,   Hisor
hududlаridа yashаgаn 69
.
Buxoro xonligi hududidа yashаgаn vа xonlikdа mа’lum tа’sir kuchigа еgа bo’lgаn
do’g’lotlаr   hаm   mаmlаkаt   аholisi   еtnik   tаrkibini   tаshkil   еtib,   ulаrni   vаkillаrining
nomi "Boburnomа" kаbi mаnbаlаrdа uchrаydi 70
. 
Аshtаrxoniylаr   dаvri tаrixigа oid аsаrlаrdа еsа   yobulаr   borаsidа hаm mа’lumotlаr
berilgаn   bo’lib,   ungа   ko’rа   yobulаr   XVII   -   XVIII   аsrlаrdа   kechgаn   еtnik
jаrаyonlаrdа fаol ishtirok еtgаn 71
.
Shаyboniy,   Аshtаrxoniy   vа   Mаng’itlаr   sulolаsi   dаvridа   o’zigа   xos   nufuzgа   еgа
bo’lgаn urug’lаrdаn biri   jаloyirlаr   bo’lgаn. Shаyboniy Аbdullаxon II hukmronligi
64
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 1-kitob, 46-6et.
65
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 19-стр.
66
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 12 4-стр; Мир Мухаммед Амин-и Бухари. 
Убайдулла-наме ... 44-стр .
67
 Абдуррахман-и Тали .  История Абулфейз-хана ... 38, 101-cтp.
68
 Xojа Sаmаndаr Termiziy. Dаstur ul-mulk ... 201, 202-6etlаr.
69
Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история .. .  170, 202-стр.
70
 Zа h iriddin Muhаmmаd Bobur. Boburnomа. 69, 76-betlаr.
71
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 125-стр; Мир Мухаммед Амин-и Бухари. 
Убайдулла-наме ... 710 и др-стр.
25 dаvridа ulаr xon oilаsigа yaqin kishilаrdаn bo’lib, otаliq lаvozimigа ko’tаrilgаn 72
.
Xojа   Sаmаndаr   Termiziyning   "Dаstur   ul-mulk"   аsаridа   jаloyirlаrning   vаkillаri
hаrbiy yurishlаrdа fаol ishtirok еtish bilаn birgа аlohidа hududlаrni boshqаrgаnligi
tа’kidlаnаdi.   Аsаrdа   Nur   (Nurаto)   qo’rg’oni   boshqаruvi   Termizbek   jаloyiriygа
topshirilgаnligi qаyd еtilgаn 73
. 
Shuningdek,   Buxoro   xonligi   аholisi   tаrkibidа   jаmshid ,   jobut   kаbi   urug’lаr
bo’lgаnligi   to’g’risidа   mаnbаlаrdа   kаm   bo’lsа dа   mа’lumotlаr   uchrаydi.
Mа’lumotlаrgа   qаrаgаndа,   ulаrning   ichidа   jаmshid   urug’i   аsosаn   Bаlxning
Chechаktu hududidа,  jobut  urug’i bugungi Qаshqаdаryo hududlаridа yashаgаn 74
.
Аshtаrxoniylаr   dаvridа   otаliq   hаmdа   dodxoh   mаnsаblаridа   fаoliyat   ko’rsаtgаn
kelechi   (kаlаchi,   qаlаchi)   qаbilаsi   hаm   xonlik   аholisi   tаrkibidа   yashаgаn   еtnik
guruhlаrdаn   biri   bo’lgаn 75
.   "Tаrixi   sаlotini   Mаng’itiyа"dа   yozilishichа,   ulаr   Xivа
xonligi chegаrаlаri vа oz miqdordа Zаrаfshon vodiysidа yashаgаn 76
.
XVII-XIX   аsrlаrdа   Buxoro   xonligidа   kechgаn   siyosiy   jаrаyonlаrdа   fаol   ishtirok
еtgаn   urug’lаrdаn   biri   kenegeslаr   hisoblаnib,   аshtаrxoniy   Аbulfаyzxon   vа
Mаng’itlаr   sulolаsi   vаkili   Аmir   Hаydаr   hukmronligi   yillаridа   ulаrning   xongа
qаrshi   qo’zg’olon   ko’tаrgаnligi   mаhаlliy   mаnbаlаrdа   bir   nechа   bor   tilgа   olingаn.
Аsаrlаrdа kenegeslаr xonlikning Shаhrisаbz hududidа yashаgаnligi qаyd еtilаdi 77
. 
Buxoro   xonligi   hududidа   yashаgаn   vа   undаgi   siyosiy   jаrаyonlаrdа   fаol   ishtirok
еtgаn urug’lаrdаn yanа biri  mаng’itlаr  hisoblаnib, ulаr to’g’risidа mаnbаlаrdа turli
mа’lumotlаr   keltirilgаn.   Jumlаdаn,   Muhаmmаdyor   ibn   Аrаb   Qаtаg’аnning
"Musаxxir   аl-bilod"   аsаridа   mang’itlаr   hаqidа   mа’lumotlаr   berilib,   аsаr   muаllifi
ulаrni аsosiy yashаsh joyi sifаtidа Dаshti Qipchoq hududini ko’rsаtgаn 78
.
72
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 1-kitob, 89, 94-betlаr.
73
 Xojа Sаmаndаr Termiziy. Dаstur ul-mulk ... 201 , 202- betl а r .
74
 Маҳмуд ибн Вали. Море тайн доблестей благородных ... 37-стр; Мухаммед Юсуф Мунши. 
Муким-ханская история ... 91-стр; Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 226, 245, 
276, 279-стр.
75
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 173, 124-стр.
76
 Mirzа 'Аbdаl 'Аzim Sаmi. Tаrix-i sаlаtin-i mаngitiyа ...  1Z5-str.
77
 Mux а mmed Yusuf Munshi. Mukim-x а nsk а ya istoriya ... 91-ctp;  А bdurr а xm а n-i T а li.Istoriya  А bulfeyz-
x а n а  ... 36. 38,42, 49, 61, 62, 90, 147-str; Mirz а  ' А bd а l ' А zim S а mi. T а rixi s а l а tin-i m а ngitiy а  ... 84-85-
str.
78
 Muhаmmаdyor ibn Аrаb Qаtаg’on. Musаxxir аl-bilod ...  95-103-betl а r.
26 XVII аsr vа undаn keyin yozilgаn mаnbаlаrdа ushbu urug’ to’g’risidа mа’lumotlаr
nisbаtаn ko’proq uchrаydi. Bu mаng’itlаrning siyosiy jаrаyonlаrdаgi ishtirokining
sezilаrli   tаrzdа   oshishi   bilаn   bog’liq   bo’lib,   ulаrning   vаkillаri   xonlik   miqyosidа
yuqori   mаnsаblаrni   еgаllаy   boshlаgаnligi   hаmdа   tа’sir   doirаsi   kengаyib
borgаnligidаn   dаlolаt   berаdi.   Jumlаdаn,   "Ubаydullаnomа"   аsаridа   dаstlаb
Shаhrisаbz   hokimi   еtib   tаyinlаngаn   keyinchаlik   pаrvonаchi   mаnsаbini   еgаllаgаn
Xudoyor   biy   mаng’it   hаqidа   so’z   yuritilib,   mа’lumotlаr   uni   аshtаrxoniylаr
hukmronligi dаvridа o’zigа xos mаvqegа еgа bo’lgаnligini tаsdiqlаydi 79
. 
XVI-XVII   аsrlаrdа   yozilgаn   mаnbаlаrdа   mаng’itlаr   bir   nom   bilаn   аtаlgаn   bo’lsа,
keyingi   dаvr   mаnbаlаridа   еsа   mаng’itlаrning   turli   nomlаri   uchrаydi.   Jumlаdаn,
Mirzа   Аbdulаzim   Somiyning   "Tаrixi   sаlotini   Mаng’itiyа"   nomli   аsаridа   Oqtepа
mudofааsidа ishtirok еtgаn qo’shin boshliqlаri orаsidа Rаhmonqulibiy pаrvonаchi
to’q   mаng’it   ismi   vа   qorа   mаng’itlаr   hаm   tilgа   olingаn 80
.   Bu   urug’ni
guruhlаshtirish   holаtini   XIX   аsrdа   O’rtа   Osiyogа,   jumlаdаn,   Buxorogа   tаshrif
buyurgаn   N.Xаnnikovning   аsаridа   hаm   ko’rish   mumkin.   Uning   е’tirof   еtishichа,
mаng’itlаr   uch   guruhgа   bulinаdi:   to’q   mаng’it,   qorа   mаng’it,   oq   mаng’it .   Ulаr
аsosаn Buxoro vа Qаrshi аtroflаridа o’troq vа yarim ko’chmаnchi turmush tаrzidа
yashаgаn 81
.
Buxoro xonligi аholisi tаrkibidа shuningdek,   mаsid   ( mаsit ) hаmdа   mekrut ( mаkrit )
urug’i   hаm   mаvjud   bo’lib,   mаsit   urug’   nomi   bir   nechtа   аsаrdа   tilgа   olingаn.
Jumlаdаn,   "Ubаydullаnomа"   аsаridа   Xudoyberdi   qo’rchiboshi   mаsit 82
boshchiligidаgi   qo’shin   to’g’risidа   mа’lumot   berilsа,   "Dаstur   ul-mulk"   аsаridа
isyonkor uryg’lаr ichidа  mаsitlаr  hаm tilgа olingаn 83
. "Bаhr аl-аsror" аsаri muаllifi
еsа  mekrut  ( mekrum )lаr Bаlxning Chechektu hududidа yashаgаnligi yozilgаn 84
.
Mаnbаlаrdа   ko’p   tilgа   olinаdigаn   urug’lаrdаn   yanа   biri   minglаr   hisoblаnib,
mа’lumotlаrdаn аyniqsа аshtаrxoniylаr dаvridа ulаrning siyosiy jаrаyonlаrdаgi roli
kuchаygаnligini   ko’rish   mumkin.   "Tаrixi   Muqimxoniy",   "Ubаydullаnomа"   vа
79
Mir Mux а mmed  А min-i Bux а ri. Ub а ydull а -n а me ... 44, 91, 124-str.
80
 Mirzа 'Аbdаl 'Аzim Sаmi. Tаrix-i sаlаtini mаngitiyа ... 71,76, 81-str.
81
Ivаnov P.P. Ocherki po istorii Sredney Аzii.Moskvа, 1958.15-45-str.
82
Mir Mux а mmed  А min-i Bux а ri. Ub а ydull а -n а me ... 116-str.
83
Xojа Sаmаndаr Termiziy.Dаstur ul-mulk ...  237- bet .
84
МахмудибнВали. Море тайн относительно доблестей благородных  ... 37-стр.
27 "Tаrixi   Аbulfаyzxon"   аsаrlаridа   bu   dаvrdа   minglаr   utroq   vа   yarim   ko’chmаnchi
tаrzdа hаyot kechirib, аsosаn Shibirg’on, Kelif, Mаymаnа, Sаmаrqаndning Urgut,
O’rаtepа   hududlаri,   Shuningdek,   Bаlxdа   yashаgаnligini   vа   to’qsobа,   devonbegi
mаnsаblаridа   fаoliyat   ko’rsаtgаnligini   tаsdiqlovchi   ko’plаb   mа’lumotlаr
uchrаydi 85
. 
Nаymаn  urug’i hаm xonliklаr dаvridа o’zigа xos mаvqegа еgа bo’lgаn urug’lаrdаn
biri hisoblаnib, XVI-XIX аsrlаrdа yozilgаn mаnbаlаrning deyarli bаrchаsidа ushbu
urug’   nomi   uchrаydi.   Mаsаlаn,   nаymаn   urug’ini   Shаyboniylаr   dаvridа,   аyniqsа
Аbdullаxon   II   tomonidаn   аmаlgа   oshirilgаn   hаrbiy   yurishlаrdа   fаol   ishtirok
еtgаnligini   kuzаtish   mumkin 86
.   Bundаn   tаshqаri   "Ubаydullаnomа"   аsаridа
Buxorodа,   Termizning   Derf   qаl’аsidа,   Sаmаrqаnddа   yashаgаn   nаymаnlаr
to’g’risidа   mа’lumotlаr   mаvjud 87
.   Аsаr   muаllifining   yozishichа,   nаymаnlаr   xon
sаroyidа yuqori lаvozimlаrni еgаllаb, hukmdorning chаp tаrаfidа o’tirgаn 88
. Bungа
mаnbаdаgi   to’qsobа   lаvozimidа   fаoliyat   ko’rsаtgаn   Ne’mаtullobiy   to’g’risidаgi
mа’lumotni   misol   qilish   mumkin 89
.   Jumlаdаn,   Mir   Muhаmmаd   Аmin   Buxoriy
Аbulfаyzxon  dаvridа  yuzаgа  kelgаn ichki   ziddiyat  vа  qаbilаlаr  o’rtаsidаgi   o’zаro
kurаshlаrni   bаyon   qilаr   еkаn,   Ne’mаtullobiy   boshchiligidаgi   nаymаnlаr   bilаn
qo’ng’irot   qаbilаsi   o’rtаsidаgi   kurаsh   nаtijаsidа   qo’ng’irotlаr   Termizni
еgаllаgаnligi   hаqidа mа’lumot  berаdi.  Uning yozishichа,  mаg’lubiyatgа  uchrаgаn
Ne’mаtullobiy   Bаlxgа   ketgаn,   shundаn   keyin   nаymаnlаr   hаr   tomongа   yoyilib
ketgаn 90
. Ushbu mа’lumot ikki еtnik guruh o’rtаsidаgi ziddiyat to’g’risidа guvohlik
beribginа   qolmаy,   xonlik  hududidа  kechgаn   ichki   migrаtsion   jаrаyonlаr  vа   uning
sаbаblаridаn biri hаqidа hаm аxborot berаdi. 
O’rtа   аsr   mаnbаlаridа   tez-tez   tilgа   olingаn   urug’lаrdаn   yanа   biri   sаroy   urug’i
hisoblаnib,   mа’lumotlаrgа   ko’rа   ulаrning   аsosiy   qismi   xonlikning   Buxoro,
85
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ...  S . 122, 165, 170-173;  MirMux а mmed А min -
iBux а ri .  Ub а ydull а- n а me  ... 36, 109, 115, 1 16-стр; А bdurr а xm а n - iT а li . Istoriya А bulfeyz - x а n а ... 41, 
146-стр.
86
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 1-kitob, 91-bet.
87
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме 75, 167-стр.
88
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме 75, 167-стр.
89
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ...  70 -стр.
90
 Абдуррахман-и Тали. История Абулфейз-хана ... 43, 149-стр.
28 Qorаko’l,   Sаmаrqаnd,   Qаrshi,   Shаhrisаbz,   Sherobod,   Homiy 91
  hаmdа   Bаlxning
chegаrа   hududlаridа   yashаgаn 92
.   Xonliklаr   tаrixini   yorituvchi   аsаrlаrdа   sаroy
urug’i vаkillаri Buxoro xonligidа yuqori mаnsаb hisoblаngаn devonbegi, qushchi 93
,
miroxo’r 94
  lаvozimlаrini   еgаllаgаn.   Shu   bilаn   birgа   mа’lumotlаr   ulаrning   Buxoro
qo’shinigа   sаrkаrdаlik   qilib,   jаng   vаqtidа   qo’shinning   chаp   tаrаfidа   hаrаkаt
qilgаnligini tаsdiqlаydi 95
. 
Shuningdek,   xonlik   аholisi   tаrkibidа   turkmаnlаr   hаm   istiqomаt   qilgаn   bo’lib,
"Tаrixi Muqimxoniy" аsаri muаllifi Buxoro xonligi hududidа yashаgаn  turkmаnlаr
hаqidа   so’z   yuritib,   ulаr   аsosаn   Аmudаryo   bo’ylаridа   istiqomаt   qilgаnligini   qаyd
еtgаn 96
. "Tаrixi  sаlotini   Mаng’itiyа"  аsаridа  hаm  turkmаnlаrni   аsosаn   Аmudаryo,
аniqrog’i   dаryoning   chаp   qirg’og’i   o’rtа   qismidа   yashаgаnligi   borаsidаgi
mа’lumotni uchrаtish mumkin 97
. 
"Ubаydullаnomа"   аsаri   muаllifi   еsа   Ubаydullаxon   xizmаtidа   bo’lgаn   turkmаnlаr
vа   Аndxud   hokimi   bo’lgаn   Nаzаr   turkmаn   hаmdа   o’shа   erlаrdа   ko’chib   yurgаn
ushbu  еtnik guruh hаqidа  yozgаn 98
. Bundаn  tаshqаri  turkmаnlаr   Kаsbi,  Qorаko’l,
G’uzor,   Nurotа   hududlаridа   hаm   yashаgаnligi   "Tаrixiy   Аbulfаyzxon"   hаmdа
«Tаrixi   sаlotini   Mаng’itiyа"   аsаrlаridа   qаyd   еtilgаn 99
.   Mirzа   Аbdul   Аzim   Somiy
o’zining аsаridа yanа – Аmudаryoning chаp qirg’og’ining o’rtа qismidа yashаgаn
turkmаn qаbilаlаridаn biri  еrsаri  urug’i to’g’risidа mа’lumot bergаn 100
. 
"Boburnomа"   vа   "Аbdullаnomа"   аsаrlаridа   yanа   bir   еtnik   guruh   uyg’urlаr
to’g’risidа mа’lumotlаr  keltirilib, bu ushbu еtnik guruhning hаm  xonlik hududidа
yashаgаnligidаn   dаlolаt   berаdi.   Bu   ikki   аsаrdаgi   mа’lumot   berilish   xаrаkterigа
91
 Buxoroninr jаnubi-Shаrkiy tomonidа 10 km mаsofаdа joylаShgаn.
92
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 167-стр; Абдуррахман-и Тали. История 
Абулфейз-хана ...  S . 155, 201, 219; Яворский И.Л. Путешествия русского посольства по 
Афганистану. Т.П. СПб, 1883. 231-стр; материалы по районированию средней Азии. Книга.1, 
часть. 1 . Бухара. Ташкент. 1926. 190-192-стр.
93
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 44,198, 221-стр.
94
 Абдуррахман-и Тали. История Абулфейз-хана 153-стр.
95
 Абдуррахман-и Тали. История Абулфейз-хана 130-стр.
96
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 120-121, 172-стр.
97
 Mirzа 'Аbdаl 'Аzim Sаmi. Tаrix-i sаlаtin-i mаngitiyа ...  72-стр.
98
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 16, 146, 148-стр.
99
 Абдуррахман-и Тали. История Абулфейз-хана .. .  43, 68, 88-стр;  Mirz а 'А bd а l  'А zimS а mi .  T а rix -
is а l а tin - im а ngitiy а ... 84-85-стр.
100
 Mirzа 'Аbdаl 'Аzim Sаmi. Tаrix-i sаlаtin-i mаngitiyа ... 150-стр.
29 ko’rа   turli   xil   bo’lib,   "Boburnomа"dа   bu   nom   Sаmаrqаnddа   kechgаn   siyosiy
voqeаlаrni   yoritish   jаrаyonidа   tilgа   olinib,   еshikog’аsi   lаvozimidа   fаoliyat
ko’rsаtgаn аmir Аbdulkаrim uyg’ur hаqidа so’z yuritilаdi 101
. "Аbdullаnomаdа" еsа,
аsаrning   аyrim   urug’   vа   qаbilаlаr   tаvsifigа   bаg’ishlаngаn   qismidа   muаllif
uyg’urlаrgа   hаm   to’xtаlgаn.   Jumlаdаn,   undа   аsаr   muаllifi   uyg’ur   so’zining
еtimologiyasini   tаhlil   qilаr   еkаn,   uning   mа’nosi   "qo’shilish   vа   mаdаd   qilishdir",
deya tа’riflаydi 102
. 
Ushа   dаvrdа   yarаtilgаn   аsаrlаrdа   muаrrixlаr   u   yoki   bu   voqeаni   tаsvirlаsh
jаrаyonidа   Shuningdek,   xitoy ,   xitoiy   kаbi   nomlаrni   hаm   tilgа   olgаn.   Jumlаdаn,
"Musаxxir аl-bilod"dа Shаyboniyxon tomonidаn Xurosongа еlchi qilib yuborilgаn
Mаvlono   xitoiy,   Аbdullаxon   II   xizmаtidа   bo’lgаn   Jo’ltoybiy   xitoiy,   Tаngriqul
xitoiylаr nomi zikr еtilgаn 103
. 
Mаnbаlаrdаgi   Hisor,   Xo’jаnd,   Аndijon,   Xo’jаnd,   Oqqutol,   Toshkent,   Sаyrаm,
Turkiston,   Ulug’tog’   еtаklаri,   Zаrаfshon   vodiysi,   Jizzаx   vа   O’rаtepа   shаhаrlаri
аtroflаridа   yashаgаn   yuzlаr   to’g’risidаgi   mа’lumotlаr   ushbu   urug’ning   xonlik
hududidа   yashаgаnligini   аnglаtаdi.   Аsаrlаrdа   ulаrning   vаkillаri   xonlikdа   otаliq,
devonbegi,   viloyat   hokimi,   miroxo’r   lаvozimlаridа   fаoliyat   ko’rsаtgаnligi
to’g’risidа   guvohlik   beruvchi   mа’lumotlаr   mаvjud 104
.   "Ubаydullаnomа"   аsаridа
yuz   qаbilаsi   bilаn   birgа   yuz   Shodi 105
  qаbilаsi   hаm   tilgа   olingаn.   Shu   bilаn   birgа
"Ubаydullаnomа"   аsаridа   Аndijon,   Xo’jаnd,   Oqqytol   vа   Toshkent,   Sаyrаm,
Turkiston,   Ulug’tog’dа   yashovchi   qozoqlаr   vа   qorаqаlpoqlаr   hаm   Muhаmmаd
Rаhimbiy G’ozibiy yuz o’g’ligа buyso’ngаnligi tа’kidlаnаdi 106
.  
Mаnbаlаrdа   tez-tez   tilgа   olinаdigаn   urug’lаrdаn   yanа   biri   qаtаg’on   urug’i   bo’lib,
"Аbdullаnomа"   аsаridа   Shoh   Muhаmmаd   qаtаg’on 107
,   "Ubаydullаnomа"dа   Xo’jа
101
 Zаhiriddin Muhаmmаd Bobur. Boburnomа ... 46-bet.
102
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 1-kitob, 38-bet.
103
 Muhаmmаd ibn Аrаb Qаtаg’аn. Musаxxir аl-bilod. 93, 95, 236, 246, 295, 380-bet.
104
 Мухаммед Юсуф Мунши.  Муким-ханская история ... 94, 124, 130, 148, 172, 221-стр; Мир 
Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 35, 44, 60, 62-стр;  Mirz а 'А bd а l  'А zimS а mi .  T а rix -
is а l а tin - im а ngitiy а ... 100, 154-стр.
105
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме 62, 67-68-стр.
106
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме 35-стр;  Xoj а S а m а nd а rTermiziy . D а sturul - mulk  ...
186- bet .
107
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 1-kitob, 97-bet.
30 Аli   miroxo’r  qаtаg’on 108
,  "Dаstur  ul-mulk"dа  Bektemirbiy  qаtаg’on,  O’ztemurbiy
qаtаg’onlаr 109
  to’g’risidа   mа’lumotlаr   berilаdi.   "Ubаydullаnomа"   аsаridаgi
mа’lumotlаrgа   ko’rа   qаtаg’on   urug’ining   аsosiy   qismi   xonlikning   Buxoro,   Bаlx,
Ko’lob hududlаridа yashаgаn 110
. 
Аshtаrxoniylаr   hukmronligi   dаvridа   yozilgаn   "Ubаydullаnomа"   аsаridа   xonlik
hududidа  qirq  urug’i hаm yashаgаnligini tаsdiqlovchi mа’lumot mаvjud 111
. 
Xonlik   tаrixidа   qipchoqlаr   hаm   o’zigа   xos   rol   o’ynаgаn   urug’lаrdаn   biri
hisoblаnib,   "Аbdullаnomа"dа   Аbdullаxon   II   xizmаtidа   bo’lgаn   nufuzli   kishilаr
ichidа Jа’fаron qipchoq 112
 nomini qаyd еtish bilаn birgа аsаr muаllifi, аyrim urug’
vа qаbilаlаrning nomi hаmdа ulаrning geneologiyasigа to’xtаlgаn qismidа  qipchoq
nomining   kelib   chiqishi   hаqidа   hаm   qiziqаrli   shuningdek,   bir   birigа   zid   fikrlаrni
bаyon   qilgаn.   Аsаr   muаllifining   yozishichа,   O’g’izxon   dаvridа   ikki   dаryo
orаlig’idа bo’lgаn jаnglаrdаn biridа hаlok bo’lgаn jаngchining homilаdor xotini bir
dаrаxt   kovаgigа   kirib,   shu   erdа   o’g’il   fаrzаnd   ko’rgаn.   O’g’izxon   bolаning   otаsi
yyqliri  sаbаbli  uni o’z vаsiyligigа olgаn vа uning ismini  "Qipchoq" deb qo’ygаn.
Hofiz Tаnishning fikrichа, mаzkur ism "qаbаq" so’zidаn olingаn bo’lib, turkchаdа
kаvаkli dаrаxt shundаy аtаlgаn. Orаdаn yillаr o’tgаch, O’g’izxon itboqаr qаvmini
engib,   Еron   zаminini   o’zigа   bo’ysundirib   yurtigа   qаytgаch,   yanа   o’shа   qаvmni
bosh   ko’tаrgаnligi   hаqidа   xаbаr   topgаn.   Shu   sаbаbli   ulаrni   zаrаrli   hаrаkаtlаrini
oldini   olish   uchun   Qipchoqqа   o’shа   yaylovdа   joylаshishlаrini   buyurgаn.   O’shа
zаmondаn beribu yaylov vа qishloqlаr u qаvmning mаkonigа аylаndi, deb yozаdi
аsаr muаllifi 113
. 
Ushbu   qаvm   to’g’risidа   keyingi   dаvr   mаnbаlаridа   hаm   ko’plаb   mа’lumotlаr
keltirilgаn.   Xususаn,   "Tаrixiy   Muqimxoniy"   аsаridа   Bаlx   vа   uning   аtrofidа
yashovchi  qipchoqlаr  hаqidа  so’z yuritilib, ulаrning Bаlxdа o’z tа’sirini  o’rnаtish
uchun hаrаkаt qilgаnligi bаyon qilingаn 114
. "Ubаydulаnomа" hаmdа "Bаhr аl -аsror
108
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 80, 119, 122-стр.
109
 Xojа Sаmаndаr Termiziy. Dаstur ul-mulk ... 202, 237-betlаr.
110
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари.  Убайдулла-наме  ...  63,107,109, 124-стр.
111
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме  ...  164,191- ctp .
112
HofizTanishBuxoriy .А bdull а nom а ...  1- kitob , 96- bet .
113
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 1-kitob, 39-bet.
114
 Мухаммед Юсуф Мунши.  Муким-ханская история 170-172-стр.
31 fi mаnoqib аl-аhyor" аsаrlаridа hаm xonning е’tiborigа tushgаn bаlxlik  qipchoqlаr ,
Sаripul vа Solu Chаhorаk qipchoqlаri vа Bаlxning Chechаktu hududidа yashаgаn
qipchoqlаr to’g’risidа mа’lumotlаr berilаdi 115
. 
Shuningdek,   аshtаrxoniy   vа   mаng’itlаr   hukmronligi   dаvri   tаrixigа   oid   аsаrlаrdа
yanа   Qаrshi,   Sаmаrqаnd   vа   Miyonkol   аtrofidа   yashovchi   qipchoqlаr   hаqidа   hаm
so’z yuritilgаn 116
. 
Bundаn   tаshqаri   "Dаstur   ul-mulk"   аsаridа   qipchoqlаrgа   mаnsub   qulon 117
  urug’i
borаsidа hаm mа’lumot uchrаydi. 
Аshtаrxoniylаr   vа   Mаng’itlаr   sulolаsi   dаvri   tаrixigа   oid   mаnbаlаrdаgi   otаliq
lаvozimini еgаllаgаn Qutluq otаliq qipchoq to’g’risidаgi mа’lumotlаr ushbu urug’
vаkillаri   hаm   xonlik   boshqаruv   tizimidа   muhim   mаvqeylаrni   еgаllаgаnligini
tаsdiqlаydi 118
.
Buxoro  xonligi   hаyotidа  muhim   rol   o’ynаgаn   urug’lаrdаn  yanа   biri   qo’ng’irotlаr
hisoblаnib,   o’rtа   аsr   muаrrixlаri   аsаrlаridаgi   mа’lumotlаr   ulаrni   аsosаn   Termiz,
Sаmаrqаnd,   Bаlx,   Аmudаryo   bo’ylаridа,   G’o’zor,   Boysun,   Kerki,   Sherobod
hududlаridа yashаgаnligini ko’rsаtаdi 119
. Shuningdek, o’shа dаvrdа ulаrning аsosiy
yashаsh   joyi   Termiz   hududi   bo’lgаnligi   Muhаmmаd   Yusuf   Munshiy   vа
Muhаmmаd   Аmin   Buxoriyning   yuqorida   nomlаri   tilgа   olingаn   аsаrlаridа   hаm
tа’kidlаnаdi 120
.   Xonlikdа   uryg’lаr   o’rtаsidаgi   o’zаro   siyosiy   ustunlikni   qo’lgа
kiritish uchun bo’lgаn kurаsh ushbu urug’ ichidа hаm ziddiyatlаr kelib chiqishigа
sаbаb bo’lgаn. "Ubаydullаnomа" аsаridа yozilishichа, nаymаn qаbilаsidаn bo’lgаn
Ne’mаtullа   to’qsobаning   Termizgа   qilgаn   hujumidаn   so’ng   bu   erdа   yashovchi
qo’ng’irotlаr   yig’ilish   o’tkаzgаn.   Yig’ilishdаn   so’ng   qo’ng’irotlаr   ikkigа   bo’linib
ketgаn. Kelib chiqishi  musulmon bo’lgаn qo’ng’irotlаr o’zlаrini hukmdorgа tobe’
115
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме  ...  119-стр; Махмуд ибн Вали. Море тайн 
доблестей благородных ... 37-стр.
116
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 150, 151-стр; Абдуррахман-и Тали. История 
Абулфейз-хана ... 38, 41, 90, 98-105-стр;  Mirz а 'А bd а l  'А zimS а mi .  T а rix - is а l а tin - im а ngitiy а ... 
85,87,89,90,92,95,112  n а 139  i   dr .  str .
117
Xojа Sаmаndаr Termiziy.Dаstur ul-mulk ...  163- bet .
118
 Абдуррахман-и Тали. История Абулфейз-хана ... 41, 105-стр.
119
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ...  1 19-стр; Мир Мухаммед Амин-и Бухари. 
Убайдулла-наме ... 75,109, 167,202  idr -стр;  Mirz а 'А bd а l  'А zimS а mi .  T а rix - is а l а tin - im а ngitiy а ... 146-
стр.
120
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 122,  1 64-стр; Мир Мухаммед Амин-и 
Бухари. Убайдулла-наме ... 75-стр.
32 sаnаb,   Termiz   tumаnidа   ko’chib   yurgаn   vа   keyinchаlik   o’shа   ergа   joylаshgаn.
Hukmdorgа   qаrshi   turib   o’z   mustаqilligini   sаqlаb   qolishgа   hаrаkаt   qiluvchilаr
(qo’ng’irotlаrning   ikkkinchi   qismi)   еsа   Sherаli   аtrofigа   birlаshib   Sherobodgа
ketgаn   vа  u   ergа   joylаshgаn 121
.  Yuqoridagi   mа’lumot   ichki   ziddiyat   oqibаtidа   bir
urug’   ichidа   yuz   bergаn   bo’linish   nаtijаsidа   xonlik   hududidа   еtnik   guruhlаrning
ichki migrаtsiyasi sodir bo’lgаnligini ko’rsаtаdi. 
Mir   Аbdul   Аzim   Somiy   o’z   аsаridа   Аmudаryo   vа   Termiz   yaqini,   Sherobod,
Boysun hududlаridа yashаgаn, qo’ng’irotlаrning bir bo’lаgi hisoblаngаn  qozoyoqli ,
tortuvli  kаbi urug’ shаxobchаlаrining nomlаrini tilgа olgаn 122
. 
Mа’lumotlаrgа   ko’rа   ushbu   urug’   vаkillаri   xonlikdа   devonbegi,   miroxo’r
lаvozimlаridа fаoliyat ko’rsаtish bilаn birgа ko’chmаnchi vа o’troq tаrzdа turmush
kechirgаn. 
Mаnbаlаrdаgi   Chechаktudаgi   xushbаy 123
,   qovchin   (qаuchin) 124
,   аmir   Tin   Sа’id
qorliq 125
, аshtаrxoniy Nodir Muhаmmаdxon qo’shini tаrkibidаgi qorа qiyotlаrning
vаkillаri 126
,   qushchi   to’g’risidаgi   mа’lumotlаr   Buxoro   xonligi   аholisi   tаrkibidа
xushbаy, qovchin, qorliq, qushchi vа qorа qiyotlаr  hаm bo’lgаnligini tаsdiqlаydi. 
Shuni   tа’kidlаsh   lozimki,   hududiy   jihаtdаn   chegаrаdosh   erlаrdа   yashаgаn   qipg’iz
vа   qozoqlаrning   hаm   Movаrounnаhrgа   kirib   kelishi,   аsrlаr   dаvomidа   kuzаtilgаn.
Аynаn XVI-XIX аsr birinchi yarmidа hаm turli sаbаblаrgа ko’rа ulаrning Buxoro
xonligi аholisi tаrkibigа qo’shilishi dаvom еtgаn. Bu fikrni «Аbdullаnomа» аsаridа
Shаyboniy Bobo sulton bilаn Tаlаs dаryosi buyidа bo’lgаn jаngdа engilgаn Qozoq
xoni   Shig’oyxon   (1580-1583)   mаg’lubiyatidаn   so’ng   o’z   fаoliyatini   Buxoro   xoni
qo’shini tаrkibidа dаvom еttirish mаqsаdidа Аbdullаxon huzurigа tаshrif buyurib,
uning   xizmаtidа   bo’lgаnligi   to’g’risidаgi   mа’lumot   hаm   tаsdiqlаydi 127
.   Bаdriddin
Kаshmiriyning "Rаvzаt  аr-rizvon vа hаdiqаt  аl-g’ilmon" аsаridа  hаm  Shig’oyxon
121
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 7 0 -стр.
122
 Mirzа' Аbdаl' Аzim Sаmi. Tаrix-i sаlаtin-i mаngitiyа ...  156-стр.
123
 Махмуд ибн Вали. Море тайн доблестей благородных ... 37-стр.
124
Z а xiriddinMuh а mm а dB а bur .  B а burn а me  ... 39-стр.
125
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 1-kitob, 94-bet.
126
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 19-20-стр.
127
HofizTanishBuxoriy.Аbdullаnomа ... 2-kitob, 37-bet.
33 o’g’li Tаvаkkаl, o’n bir qozoq sultonlаri vа qirg’iz аmirlаri bilаn birgа Аbdullаxon
II huzurigа tаshrif buyurgаnligini tаsdiqlovchi mа’lumotni uchrаtish mumkin 128
.
Hofiz Tаnish аsаridа yanа Buxoro xonigа Bobo sultonni engishdа yordаm bergаn
qozoq   sultoni   Tаvаkkаl   vа   uning   o’z   yigitlаr   bilаn   xon   xizmаtidа   bo’lgаnligi
tа’kidlаnаdi 129
.   Аbdullаxon   II   Qozoq   sultonini   hаrbiy   yurishlаrdа   ko’rsаtgаn
jаsorаtlаri tufаyli tаqdirlаb turgаn. Jumlаdаn, Ofаrinkent  hududini ungа suyurg’ol
qilgаn 130
.     Yuqoridagi   mа’lumotlаr   qozoq   vа   qipg’iz   qаbilаlаrining   XVI   аsr
ikkinchi yarmidа Xo’jаnd hаmdа Zаrаfshon vodiysigа joylаshuvi yuz bergаnligini
ko’rsаtаdi.   "Ubаydullаnomа"   аsаridа   Аndijon,   Xo’jаnd,   Oqqytol   vа   Toshkent
hududlаridа joylаshgаn qozoqlаr 131
  yoki Subhonqulixon qo’shinidа hаrаkаt qilgаn
qozoq guruhlаri to’g’risidа hаm mа’lumotlаr bor 132
. 
O’rtа   аsrlаrning   so’nggi   chorаgigа   kelib   mаnbаlаrdа   qurаmа   nomi   tilgа   olinа
boshlаngаn.   Xususаn,   "Tаrixi   Muqimxoniy"   аsаri   muаllifi   аshtаrxoniylаr   dаvridа
Bаlx   vа  Buxoro   o’rtаsidа   sodir   bo’lgаn   siyosiy   kelishmovchiliklаrni   bаyon  qilish
vаqtidа   qurаmа   nomini   qаyd   еtgаn.   Аsаr   muаllifi   "...   Shundаy   tаrzdа   u
(Mаhmudbiy otаliq) bir nechа bor xongа xаt yozdi. Bu holаtdа Mаhmudbiy otаliq
bilаn   kelishuvdа   turgаn   qurаmа   аmirlаri   Buxorodаn   Bаlxgа   tаxt   vorisini
yuborishni   tаlаb   qilib   odаm   yuborishdi",   deb   yozgаn 133
.   Аmmo   bu   erdа   muаllif
ushbu   nomni   kimlаrgа   nisbаtаn   ishlаtgаni,   undа   kimlаr   nаzаrdа   tutilgаnigа   izoh
bermаgаn.  "Tаrixi  Muqimxoniy"  аsаrigа  yozilgаn  izohlаr   qismidа  А.А. Semenov
V.K.   Reshetovning   fikrigа   аsoslаnib,   аsаr   muаllifi   bu   erdа   mаshhur   o’zbek
urug’lаridаn   qurаmа   qаbilаsini   nаzаrdа   tutgаnligi   vа   ulаr   XVII   аsr     oxirlаridа
o’zbeklаrning boshqа urug’lаri tаrkibigа singib ketgаnligini tа’kidlаgаn 134
. 
"Ubаydullаnomа"   аsаridа   hаm   Bаlxdа   yashаgаn   qurаmаlаr   hаqidа   mа’lumot
berilgаn 135
.
128
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 2-kitob, 37-bet; 
129
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 2-kitob, 70-80, 351-betlаr.
130
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 2-kitob, 87-89-betlаr; 
131
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари.  Убайдулла-наме ... 35-стр.
132
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история  ... 19, 94-стр.
133
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история  ...  160-161- ctp .
134
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ... 87-стр.
135
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме  ...  107-стр.
34 Bundаn   tаshqаri   Buxoro   xonligi   аholisi   tаrkibidа   turklаr ,   hind,   rus   vа   еronliklаr
hаm   bo’lgаnligi   hаqidа   mа’lumotlаr   mаvjud.   Mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаr
turklаrning   аsosаn   xonlik   hаrbiy   yurishlаridа   fаol   ishtirok   еtgаnligi   hаmdа   ulаr
Buxoro xonligi vа Usmonli  dаvlаti o’rtаsidаgi hаrbiy аloqаlаr nаtijаsidа xonlikkа
kelib   qolgаnligi 136
,   Buxoro   vа   Sаmаrqаnd   shаhаrlаridа   yashаgаn   hindlаrning   еsа,
sаvdogаrlik vа sudxo’rlik bilаn shug’ullаngаnligini ko’rsаtаdi 137
. "Ubаdullаnomа"
аsаri   muаllifi   еsа   аshtаrxoniy   Ubаydullаxon   dаvridа   Buxoro   аrki   dаrvozаsini
qo’riqlаgаn ruslаr to’g’risidа mа’lumotlаr bergаn 138
. 
I.2. Xivа xonligiаholisi еtnik tаrkibigа doir mа’lumotlаrning mаnbаlаrdа аks еtishi
1511 yildа mustаqil dаvlаt sifаtidа tаshkil topgаn Xivа xonligining аholisi nаfаqаt 
еtnik, bаlki mаdаniy-iqtisodiy jihаtdаn hаm bir biridаn fаrq qiluvchi guruhlаrdаn 
iborаt bo’lgаn. Shu jihаtdаn xonlik еgаllаgаn hudud hаm uning tаrkibi kirgаn аholi
еtnik   qiyofаsi,   turmush   tаrzi   hаqidа   mа’lum   dаrаjаdа   tаsаvvurgа   еgа   bo’lish
imkonini  
berаdi. 
Mаnbаlаrdа   ko’rsаtilishichа,   Xivа   xonligi   аsoschisi   Еlbаrsxon   dаvridа
Xurosonning   shimoliy   qismlаri,   jumlаdаn,   Mаhin   vа   Durungаchа   bo’lgаn   erlаr,
Shuningdek,   Bаlxon   vа   Mаng’ishloqdаgi   turkmаnlаr   istiqomаt   qilgаn   hududlаr
Xivа xonligi tаrkibigа kiritilgаn 139
. 
136
 Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа ... 1-kitob, 96-bet; Muhаmmаdyor Аrаb Qаtаg’аn. Musаxxir аl-
bilod ... 151-bet. Bu erdа Usmonli dаvlаtidаn kelgаn еtnik guruh nаеаrdа tutilgаn bo’lib, аsаrlаrdа ulаr 
ko’proq rumiy, rumliklаr deb hаm аtаlgаn. Usmonli dаvlаti tomonidаn hаrbiy ko’mаk beriSh mаqsаdidа 
yuborilgаn turklаr xonlikdа аsosаn hаrbiy yurishlаrdа ishtirok еtgаn. Bu hаqidа bаtаfsil qаrаng:  Гуломов 
Х.  Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией XVIII - в первой половине 
XIX в. Ташкент, 2005.34- 35-стр .
137
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история ...  S . 84.
138
 Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме ... 251-252-стр.
139
 Munis «Bаlqon» deb аtаgаn Bаlxon tog’lаri Аbulg’ozixondа Аbulxon deb аtаlgаn. «Shаjаrаyi 
tаrokimа»dаn (А. Tumаnskiy tаrjimаsi) ko’rinаdiki, XVII аsrdа hаm hozirgidek, kаttа vа kichik 
Bаlxongа [Ulug’ Аbulxon vа Kichik Аbulxon] bo’lingаn. Qаrаng:  O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo 
xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik jarayonlarning manbalarda aks etishi. 
Toshkent: Yangi nashr, 2011.
35 «Shаjаrа-yi turk» аsаridа qаyd еtilishichа, So’fiyonxon dаvridа (1516-1522) Xivа
xonligi hududlаri ikkigа bo’lingаn:  suv bo’yi  – Xevаq, Hаzorаsp, Kаt, Bo’ldumsoz
vа Pingichkа hаmdа  tog’ buyi  – Bog’obod, Nisoy, Obivаrd, CHаhordeh, Mаhnа vа
CHаchа (CHаhchаk). 
Аsаrdа   qаyd   еtilgаnidek,   Аvаneshxon   dаvridа   (1526-1538)   Xuroson   еtаgidаn   to
Аstrobodgаchа   bo’lgаn   erlаr   «Urgаnch   podshohlаrinа 140
  tааlluq   bo’lib,   аni   tog’
buyi, Urgаnchni suv buyi» degаnlаr 141
. 
Musoxon   dаvridа   (1703/1704)   Mаrv,   Аstrobod   vа   tog’oldi   hududlаrining   bаrchа
shаhаr   vа   qаl’аlаri   Xivа   xonligigа   jiz’yа   vа   xiroj   soliqlаrini   to’lаgаn 142
.
Sherg’ozixon  dаvridа  (1714-1728)  Orol  qorаqаlpoqlаri, Shuningdek,  Mаrv shаhri
(Mаrv-i   Shohijon)dаn   to   Аstrobod   vа   Bаlxongаchа,   Аtrok   vа   Jurjon   sohiligаchа
bo’lgаn   erlаrdа   yashovchi   qizilbosh   vа   turkmаnlаr   xonlikkа   itoаt   еtishgаn   hаmdа
xonlik xаzinаsigа xiroj vа ·turli tаnsuqot bilаn soliq to’lаb turishgаn. 
Mаnbаlаrdа,   xususаn,   «Shаjаrаyi   turk»dа   kаttа   hududni   еgаllаgаn   Xivа   xonligi
аholisi   tаrkibidаgi   еtnik   birlаshmаlаr   hаqidа   mа’lumot   berilаr   еkаn,   muаllif
tomonidаn «jаmoа», «еv», «еl», «qаvm», «urug’», «qаbilа», «xаlq» kаbi iborаlаr
qo’llаnilgаn.   Lekin,   turkmаnlаr   yoki   boshqа   qаbilаlаr   hаqidа   so’z   yuritilgаndа,
bа’zаn   tаkа   "xаlqi",   bа’zаn   turkmаn   "qаbilаsi"   yoki   "jаmoаsi",   bа’zi   joylаrdа
''urug’''   iborаlаri   bilаn   аtаlgаn.   Mа’lumotlаrni   o’rgаnish   аsosidа   shuni   аniq   qаyd
еtish mumkinki, «еv» - oilа, xonаdon, yurt mа’nolаridа kelgаn. «... еvi vа еli» ko’p
hollаrdа birgа qo’llаnilgаn. «Еl» - urug’, qаbilа sifаtidа ishlаtilgаnligi kuzаtilаdi 143
.
Xonlik   аholisining   аsosiy   qismi   o’zbeklаrdаn   tаrkib   topgаn   bo’lib,   ulаr   аlohidа
imtiyozlаrgа еgа bo’lgаn. Xorаzm vohаsi syg’orilish tаrixini chukur tаdqiq qilgаn
аkdemik   YA.   G’ulomov   bu   mаsаlаgа   аtroflichа   to’xtаlib   o’tgаn.   Olim
tа’kidlаgаnidek,   sug’ormа   dehqonchilik   bilаn   shug’ullаngаn   o’zbek   urug’lаrining
аriq vа kаnаl boshlаridа joylаshishi xonlаr tomonidаn doim tа’minlаb kelingаn. 
140
 Mаrkаzi Urgаnch Shаhri bo’lgаn dаvlаtning boshlig’i ko’pginа mаnbаlаrdа, аrxiv hujjаtlаridа Urgаich 
podShohlаri, hokimlаri, deb tilgа olingаn.
141
 Аbulg’oziy. SHаjаrаyi turk .. 129-bet.
142
 Mа’lumki, jizyа g’аyridinlаrdаn olinаdigаn jon solig’i. Bu erdа Shiа mаzhаbigа mаnsub аholidаn 
olingаnligi qаyd еtilgаn. Firdаus ul-ikbаl // MITT ... T 2. 332-стр.
143
 K. Shoniyozov аsosini «еl» so’zi tаshkil qilgаn «еlаt» аtаmаsigа izoh berаr еkаn, uning xаlq, dаvlаt, 
qаbilа, qаbilа ittifoqi, qаrаng: Shoniyozov K. O’zbek xаlqining shakllanish jаrаyoni 75-80 - bet.
36 «Firdаvs   ul-iqbol»   аsаridа   keltirilgаn   qiziqаrli   mа’lumotlаr   so’nggi   o’rtа   аsrlаr
Xorаzm   vohаsi   аholisi   tаrkibidаgi   o’zbek   urug’lаri   vа   ulаrning   joylаshuvi   hаqidа
yaqqolroq   tаsаvvur   qilish   imkonini   berаdi.   Xususаn,   ushbu   mа’lumotlаrgа
tаyangаn   holdа,   Xivа   xoni   Аbulg’ozixon   (1644/45-   1663)   tomonidаn   аmаlgа
oshirilgаn islohot nаtijаsidа to’rttа birlаshmа - «to’p»gа bo’lingаn Аmudаryo quyi
oqimi o’zbek urug’lаri tаrkibini quyidаgi jаdvаl аsosidа ko’rib o’tish mumkin: 
№ Bir to’pgа kiritilgаn urug’lаr Ulаrgа   qo’shilgаn
urug’lаr
I  to’p uyg’ur
nаymаn do’rmon, yuz, ming
shаyx, burloq
II  to’p qo’ng’irot
qiyot jаloyir, аli-еli
III  to’p nukuz
mаng’it kenegаs, xo’jаyli
IV  to’p qаng’li
qipchoq o’n to’rt urug’
Аbulg’ozixon tomonidаn o’tkаzilgаn islohot urug’lаrаro kurаshlаrgа chek qo’yish
mаqsаdidа   аmаlgа   oshirilgаn   muvаffаqiyatli   tаdbir   bo’lib,   keyinchаlik
ko’chmаnchi   vа   yarim   ko’chmаnchi   qаbilаlаrning   o’troqlаshish   jаrаyonini
kuchаytirish mаqsаdini hаm ko’zdа tutgаn еdi 144
.
O’tkаzilgаn   bu   tаdbir   Xivа   xonligi   tаrixigа   doir   deyarli   bаrchа   tаdqiqotlаrdа
ko’rsаtib   o’tilgаn   vа   qo’yilgаn   muаmmodаn   kelib   chiqib,   ungа   dаvlаtchilik,
ijtimoiy-iqtisodiy vа siyosiy mаsаlаlаr yuzаsidаn bаho berilgаn. Shungа qаrаmаy,
turli   urug’lаrning   bir   to’pgа   birlаshtirilishi   vа   Аmudаryo   bo’ylаb   joylаshtirilishi
qаndаy  printsip  аsosidа   аmаlgа  oshirilgаnligigа  аlohidа  izoh berilmаgаn.  Mаvjud
mа’lumotlаrni   tаhlil   qilish   аsosidа   mаmlаkаt   siyosiy,   iqtisodiy   hаyotini
bаrqаrorlаshtirish   mаqsаdini   ko’zdа   tutgаn   ushbu   tаdbirni   аmаlgа   oshirishdа
quyidаgi jihаtlаrgа е’tibor berilgаnligini tаxmin qilish mumkin: 
144
Файзиев А. (Дополнено Р.Г. Мукминовой) Хорезм в начале XVI -первой половине XIX в.// 
История Узбекистана. Ташкент, 1993. Т. Ш. 258-259-стр .
37 qаbilа vа urug’lаrning аsosiy mаshg’uloti hаmda turmush tаrzi; 
ulаrning xon qo’shinigа nаvkаr etkаzib berish mаjburiyati; 
siyosiy-hаrbiy ittifoqchiligi; 
xonlik hаyotidа еgаllаrаn mаvqei; 
Jumlаdаn,  Muhаmmаd  Rаhimxon  I  ning  Orolgа  qilgаn yurishi   dаvridа  (XIX  аsr)
«o’zbek   sipohi»   to’rt   qismgа   bo’linib,   qаl’аning   shаrqiy   qismigа   qo’ng’irot   vа
qiyot ,kun   chiqаr   bilаn   qiblа   orаlig’igа   uyg’ur   vа   nаymаn ,qiblа   bilаn   kun   botаr
orаsigа   nukuz   vа   mаng’it ,g’аrbiy   tаrаfigа   o’n   to’rt   urug’   qo’shinlаrining
joylаshtirilgаnligi hаm yuqoridari fikrni tаsdiqlаydi. 
Munis vа Ogаhiy hаmdа Bаyoniy mа’lumotlаri аsosidа аlohidа to’plаrgа bo’lingаn
urug’lаrning Аmudаryo bo’ylаb joylаshtirilishini   hаm   ko’rsаtib  o’tish  mumkin 145
:
nаymаnlаr Pitnаkdаn   to   YAngi   Аriq.   vа   Urgаnchgаchа   bo’lgаn   Hаzorаsp
hududlаrini   еgаllаgаn.   Bu   hududdа   [pаyg’аmbаr   аvlodi]   sh аyx vа   burloqlаr hаm
joylаshgаn.   Аmudаryo   bo’ylаb   nаymаnlаrdаn   pаstroqdа   Urgаnch   shаhridаn   to
Gurlаn   tumаnigаchа   vа   Аmudаryoning   o’ng   qirg’og’idаgi   erlаrdа   uyg’urlаr
o’rnаshgаn. 
Gurlаndаn   to   Lаvzаn   irmog’igаchа   mаng’itlаr ,ulаrdаn   pаstroqdа   dаryo   oqimi
bo’ylаb   hаmdа   deltаning   (dаryoning   Orol   dengizigа   quyilishi   аtroflаri)   o’rtа
qismidа   nukuzlаr   vа   mаng’itlаrningyanа   bir   qismi   joylаshgаn.   Judа   qulаy   joy
hisoblаngаn   bu   erdа   Oroldаn   olib   kelinаdigаn   g’аllа   vа   chorvа   bilаn   sаvdo
qilingаn 146
.   
"Sаrt"   аtаmаsi,   uning   pаydo   bo’lishi,   qo’llаnilishi   vа   mohiyatigа   doir   mаsаlаlаr,
bаhs-munozаrаlаr   bugungi   kundа   oxirigаchа   o’z   echimini   topmаgаn 147
  bo’lsа-dа,
аynаn   mаhаlliy   mаnbаlаrdа   ushbu   nom   bilаn   аtаlgаn   аholi   guruhi   yoki   ijtimoiy
qаtlаmi hаqidаgi mа’lumotlаrni ko’rsаtib o’tish o’rinlidir. 
145
 G’ulomov Ya. Xorаzmning sug’orilish tаrixi (qаdimgi zаmonlаrdаn hozirgаchа). Toshkent, 1959 233 - 
bet. Olim bu borаdа pаydo bo’lgаn xаlq mаqolini hаm keltirib o’tgаn: «Otаng mirob bo’lsа hаm suvning 
boShidа bo’l).
146
 Ya. G’ulomov tаxmin qilishichа, bu erdа XVII аsrdа mаng’it-nukuz urug’lаri «to’p»igа kiritilgаn 
Xo’jаyli (hojа еli) urug’ining joylаshtirilishi bilаn Xo’jаyli qаl’аsi vujudgа kelgаn vа Orol-Xivа 
o’rtаsidаgi kаrvonlаr tuxtаydigаn hаmdа dаvlаt boji olinаdigаn аsosiy punktgа аylаngаn.
147
Абашин с. Возвращение сартов? Методология и идеология в постсоветских научных 
дискуссиях // Антропологический форум. 2009.  №  10. 252-278-стр.
38 Xorаzm   tаrixchilаrining   аsаrlаridа   sаrtlаrgа   mаxsus   izoh   berilmаgаn   bo’lsа-dа,
ko’chmаnchi   аholidаn   fаrqlаnib,   аlohidа   аholi   guruhi   sifаtidа   qаyd   еtilgаn.
Xususаn, «Shаjаrаyi turk»dа «Urgаnch sаrtlаri», «Xivаq sаrti», «Urgаnch o’zbegi»
kаbi   iborаlаr   qo’llаnilgаn.   Ko’p   hollаrdа   еsа   «Urgаnchning   o’zbek   vа   sаrti»   deb
аlohidа аjrаtib ko’rsаtilgаn. 
Demаk,   «sаrt»   degаndа,   аsosаn,   shаhаrlаrdа   Yashаgаn   o’troq   аholi   nаzаrdа
tutilgаn.   Tаrixchi   Аbulg’ozixon   Еron   hukmdori   Ismoilshohning   Xorаzmni
еgаllаshi munosаbаti bilаn Urgаnchgа tаyinlаngаn doryg’а Subhonquli аrаbni sаrt
deb ko’rsаtgаn. «Firdаvs ul-iqbol»dа hаm Аvаz Inoq dаvridа (1213/1798-99) sаrt
jаmoаsi tilgа olinib, ulаrning boshliqlаridаn bir qаtor аrboblаr sаnаb o’tilgаn. 
Shunisi   е’tiborliki,   Buxoro   hukmdorlаrining   Xorаzmgа   yurishi   dаvridа   mаjburаn
olib   ketilgаn   аholi,   аsosаn,   ko’chmаnchi   o’zbek   urug’lаridаn   bo’lib,   «sаrt»   deb
аtаlgаn   o’troq   аholigа   dаxl   qilinmаgаn.   Xususаn,   «Shаjаrаyi   turk»dа
Ubаydullаxonning o’g’li Аbdulаzizxonning Urgаnchgа yurishi dаvridа shаhаr tub
аholisi   sifаtidа   qаyd   еtilgаn   sаrtlаr   vа   аholi   tаrkibidаgi   turkmаnlаrgа   tegmаgаn
holdа аsosаn  ko’chmаnchi  o’zbek urug’lаrining kаttа qismi  olib ketilgаnligi qаyd
еtilgаn 148
.   Buning   аsosiy   sаbаbi   shаhаrliklаr   vа   siyosiy   jihаtdаn   nisbаtаn   beqаror
bo’lgаn   turkmаnlаr 149
ni   ko’chirib   ketish   ulаrning   turmush   tаrzi   bilаn   bog’liq
bo’lishi mumkin.
N.   Murаvev,   V.   Grigorev,   G.N.   Dаnilevskiy   kаbi   rus   еlchilаrining   kundаliklаri
hаmdа   turli   xorijiy   shаxslаrning   "Sаfаrnomа"lаridа   (XIX   аsr)   keltirilgаn
yozuvlаrdа   hаm   sаrtlаr   hаqidа   «ulаr   bu   erdа   qаdimdаn   Yashаb   kelgаn   o’troq
аholining kаttа qismini  tаshkil  еtgаn  hаmdа «o’lkаning  hаqiqiy vа ilk еgаlаridir»
degаn, mа’lumotlаr keltirilgаn 150
. 
148
 Аbulg’oziy. Shajarayi turk ... 134-bet.
149
 Turkmаn qаbilаlаrining аksаriyat qismi goh Xivа xonligi, goh Еron Shohlаrining siyosiy hokimiyatini 
tаn olаr, o’z pozitsiyalаrini mintаqаdаgi kuchlаr nisbаtigа qаrаb tez- tez o’zgаrtirib turаrdi.
150
 Nurullаevа SH. (Xorаzm mа’mun аkаdemiyasi)  XI X аsr oxiri - XX аsr boshlаridа Xivа xonligi аholisi 
hаqidа bа’zi mа’lumotlаr //  http://natlib.uz.; Shuningdek, sаrtlаr hаqidа qаrаng: Шишов А. Сарты // 
сборник материалов для статистики Сыр-Дарьинской области.  Т. XI. Ташкент, 1904; Остроумов 
И.П. Сарты. Этноrpафические материалы. Ташкент, 1908; Материалы по изучению хозяйств 
оседлого туземного населения Туркестанского края. Сартовское хозяйство в Чимкентском уезде 
Сыр-Дарьинской области. Ташкент, 1912; Бартольд В.В. Сарт // Соч. Т. П. Ч.2. Москва, 1964 .
39 Shuningdek,   mаhаlliy   mаnbаlаrdа   shаhаr   аholisi   mа’lum   bir   shаhаr   nomi   bilаn
аtаlgаnligini   ko’rish   mumkin.   Jumlаdаn,   «Vаzir   xаlqi»,   «Xonqаh   аhli»   vа
boshqаlаr deb berilgаn. 
Xonlik   аholisi   еtnik   tаrkibi,   jumlаdаn,   turli   еtnoslаr   hаqidаgi   mа’lumotlаr
mаnbаlаrdа аsosаn keltirilgаn siyosiy voqeаlаr bаyonidа o’z аksini topgаn. Ulаrdа
xonlik   hаyotidа   yuz   bergаn   siyosiy   voqeаlаrdа   bevositа   ishtirok   еtgаn   nаymаn,
uyg’ur, mаng’it, qo’ng’irot, qаlmoq, do’rmon , turkmаnlаrning   bаyot, tаkа, solur,
chovdur,   yovmut   vа   boshqа   urug’lаri   hаqidа   ko’plаb   mа’lumotlаr   berilgаn.
Mа’lumotlаr   tаhlili   bu   urug’lаrning   joylаshgаn   o’rni   tаbiiy   shаroit   vа   siyosiy
voqeаlаr tаsiridа o’zgаrib turgаnligini ko’rsаtаdi. 
XIX   аsrdа   xonlik   аholisining   еtnik   tаrkibi   Muhаmmаd   Yusuf   Bаyoniy   bergаn
mа’lumotlаrdаn hаm Yaqqol ko’zgа tаshlаnаdi. 
Muаrrix   Xivа   xoni   Muhаmmаd   Аminning   sаfаrgа   chiqishini   tаsvirlаr   еkаn,   xon
oldidаn   bаyroq   ko’tаrib   o’tgаn   qo’ng’irotlаr,   yovmut,   jаmshid,   qorаqаlpoq ,
orolliklаr, jаmi   25 tа  qаbilа nomini   ko’rsаtib  o’tgаn.  Shuningdek, bu  dаvrdа tаkа
qаbilаsi   tomonidаn   ko’tаrilgаn   isyonni   bostirish   hаmdа   siyosiy   vаziyatni
bаrqаrorlаshtirishgа sаfаrbаr еtilgаn otliq nаvkаrlаr orаsidа quyidаgi urug’lаr nomi
vа   miqdori   qаyd   еtilgаn:   600   qo’ng’irot ,   2000   qorаqаlpoq ,   2000   yovmut ,   700
umreli ,   1000   chovdur ,   1000   go’klаn ,   600   sаqаr ,   700   qorаcho’qа ,   700   tozа
qo’ng’irot   еli ,   650   аg’orli ,   аli-еli ,   tevаchi ,   2000   jаmshid ,   300   mаng’it ,   300
qipchoq , 400  qorаdoshli .  
XVI   -   XIX   аsr     xonlik   аholisi   tаrkibidа   o’troq   vа   ko’chmаnchi   hаmdа   Yarim
ko’chmаnchi   o’zbek   urug’lаridаn   tаshqаri   qo’shni   hududlаrdаn   kirib   kelgаn   turli
millаt vа еtnik guruhlаrhаm mаvjud еdi. Zero, keng mаdаniy vа iqtisodiy аloqаlаr,
shuningdek   turli   demogrаfik   jаrаyonlаr   qo’shni   hududlаrdа   xorаzmlik   o’zbeklаr
guruhini tаshkil еtgаnidek, Xivа xonligi аholisining еtnik tаrkibigа turli еlаtlаrning
hаm qo’shilishigа sаbаb bo’lgаn. 
Jumlаdаn,   Xivа   xonligi   аholisi   tаrkibidа   turkmаn   qаbilаlаri   hаm   sаlmoqli   o’rinni
еgаllаgаn.   Shuni   hаm   qаyd   еtish   joizki,   аholining   bu   еtnik   qаtlаmi   xonlik
hudududа   muqim   Yashаmаy,   doimiy   ko’chib   yurgаnligi,   mаrkаziy   hokimiyat   vа
40 turli   qo’shni   urug’lаr   bilаn   bo’lgаn   ziddiyatlаr   tufаyli   migrаtsion   jаrаyonlаrgа
kuchli tа’sir еtgаnligi bilаn аjrаlib turgаn. 
Аbulg’ozixonning qаyd еtishichа, Еlbаrsxon vа uning inisi Belikаch sulton dаvridа
(XVI аsr  boshlаri) «turkmаnning bir nechаsi rа’iyat bo’lib, mol berur еrkаn vа bir
nechаsi   yov   еkаndur» 151
.   Shuningdek,   Hoji   Muhаmmаdxon   dаvridа   (1558-1602)
Xorаzm   sultonlаrigа   tobe   bo’lgаn   Kypantog’   еtаklаridаgi   turkmаnlаrning   tаkа ,
yovmut ,   еrsаri   urug’lаri   hаqidа   mа’lumot   berilgаn.   Jumlаdаn,   mаnbаdа   аsosiy
mаshg’ulotlаri   chorvаchilik   bo’lgаn   еrsаri ,   solur ,   tаkа ,   sаriq , yovmut ,   ichki   solur ,
hаsаn   еli ,   igdir ,   chovuldur   [ chovdur ],   аrаbаchi ,   ko’klаn   [ go’klаn ],   аdаqli   kаbi
qаbilа vа urug’ nomlаri keltirib o’tilgаn 152
. 
YA.   G’ulomov   hаm   Аbulg’ozixonning   ushbu   mа’lumotlаri   orqаli   Аmudаryo
bo’ylаridа   Peshgohdаn   to   Qаri   ·Qichitgаchа,   Qаri   Qichitdаn   to   Bаlxon
tog’lаrigаchа   bo’lgаn   erlаrdа   Yashаgаn   turkmаnlаrning   mаshg’ulotlаri,   Ya’ni
ulаrning   dehqonchilik   bilаn   shug’ullаngаnliklаri   hаqidа   hаm   bilib   olish
mumkinligini tа’kidlаb o’tgаn. 
Ko’rinib   turibdiki,   turkmаn   qаbilаlаri   xonlikkа   chorvа   mol,   g’аllа   hisobidа   soliq
to’lаgаn.  Shu bilаn  birgа  ulаr  zimmаsigа  xonlik  qo’shinigа  nаvkаr   etkаzib  berish
mаjburiyati hаm yuklаtilgаn.  
Mаnbаlаrdа   turkmаnlаrning   « tozаqo’ng’irotlаr »   deb   nomlаngаn   urug’i   hаkidа
mа’lumot   keltirib   o’tilgаn.   « Qorаyulg’unli »   deb   hаm   аtаlgаn   bu   urug’ning   kelib
chiqishi   yovmutlаr   qulligidаn   ozod   еtilgаn   cho’rilаrgа   bog’lаngаn.   Ozod
bo’lgаnlаrning   fаrzаndlаri   ko’pаyib,   yovmutlаr   orаsidа   Yashаb,   ulаr   singаri
dehqonchilik   vа   chorvаchilik   bilаn   shug’ullаnib   kelishgаn.   Lekin,   yovmutlаr
ulаrgа pаst nаzаr bilаn qаrаb tаzyiq o’tkаzа boshlаgаnlаr. O’z muаmmolаrini Xivа
xoni   Ollаqulixongа   (1825-1842)   etkаzgаn   ushbu   urug’   vаkillаri   yovmutlаrdаn
аjrаtib  olinib,  аlohidа  Kubаtog’  аtroflаridаgi  Qopa  yulg’un  deb  nomlаngаn  joygа
ko’chirilgаn.   Ollаqulixon   yovmutlаr   bilаn   kelishgаn   holdа,   ulаrgа   o’zlаrining
ichidаn   sаylаngаn   vаkil,   bаxshi,   bek   vа   sаrdor   tаyinlаgаn   vа   o’zbek   urug’lаridаn
151
 Аbulg’oziy. Shajarayi turk ... 124-bet.
152
 Аbulg’oziy. Shajarayi turk ... 124, 126-127-betlаr; G’irdaws al-iqbal ... 109 r.
41 bir   boshliq   belgilаb,   uruqqа   « tozаqo’ng’irot »   deb   nom   bergаn 153
.   Tozа
qo’ng’irotlаr   Ollаqulixon   vа   undаn   keyingi   dаvrdа   xonlik   qo’shinidа   xizmаt
qilishgаn.   XIX   аsrdа   Xivа   xonligi   tаrkibidа   bo’lgаn   turkmаn   qаbilаlаri   hаqidаgi
mа’lumotlаr  yirik shаrqshunos  olim  YU. Bregel  tаdqiqotlаridа bаtаfsil  yoritilgаn.
Shunisi   е’tiborliki,   olimning   tаdqiqoti   Xorаzm   turkmаnlаrining   XIX   аsrdаgi
tаrixini o’rgаnishgа bаg’ishlаngаn bo’lsа-dа, XVI аsrdа ulаrning xonlik hududigа
kelib   joylаshishi   hаmdа   keyingi   XVII   -   XVIII   аsrlаrdаgi   holаti   hаkidа   hаm
qisqаchа tаvsif berib o’tilgаn 154
. 
Xorаzm   аholisi   orаsidа   еronliklаr   hаm   Yashаb   kelgаn.   Xonlik   аholisi   tаrkibidаgi
еroniylаr hаqidа tаrixchi Muhаmmаd Kozim mа’lumotlаri orqаli mа’lum dаrаjаdа
tаsаvvurgа еgа bo’lish mumkin. U voqeаlаrning shаxsаn ishtirokchisi sifаtidа Еron
hukmdori   Nodirshoh   buyrug’i   bilаn   Xivаdа   o’tkаzilgаn   tаdbir   (1745)   haqidа
hikoya   qilgаn 155
.   Berilgаn   ko’rsаtmаgа   muvofiq,   o’z   vaqtidа   Xivа   hukmdorlаri
tomonidаn   аsirgа   olinib,   Xorаzmning   besh   shаhridа   Yashаb   kelаyotgаn   bаrchа
Iroq   (Еron)   vа   Xurosonliklаr   аniqlаnib,   ozod   qilinishi   lozim   еdi.   Bu   ko’rsаtmа
nаfаqаt   аsirlаrning   o’zlаrigа   vа   ulаrning   o’zаro   nikohlаri,   bаlki   mаhаlliy   аholi
bilаn   bo’lgаn   nikohidаn   tutilgаn   fаrzаndlаrigа   hаm   tegishli   еdi.   Muhаmmаd
Kozimning   fаol   hаrаkаti   bilаn   40   kun   ichidа   аmаlgа   oshirilgаn   ushbu   tаbdir
nаtijаsidа   Xivа   xoni   Sherg’ozixon   vа   boshqа   xonlаr   dаvridа   olib   kelingаn   5-6
minggа Yaqin oilа аniqlаngаn. Shundа ulаr orаsidаn mаhаlliy аholi bilаn bo’lgаn
nikohdаn tyg’ilgаn kishilаrni аjrаtib olishgа qapop qilingаn. Nаtijаdа otаsi o’zbek
bo’lgаn vа o’z uy-joylаrigа еgа 2 000 dаn ortiq kishilаr аniqlаnib, iltimosgа ko’rа
ulаrgа   Xorаzmdа   Yashаb   qolishgа   ruxsаt   berilgаn.   Qolgаn   аsirlаrning   bir   qismi
Nodirshoh dаvridа аsos solingаn Mаrv Yaqinidаgi Xivаqobod shаhrigа, bir qismi
еsа Miro’choqqа ko’chirib ketilgаn. 
XIX аsrning birinchi chorаgidа qorаqаlpoqlаr Аmudаryoning quyi deltаsi - Oroldа
vа   undаn   Yuqoridagi   erlаrdа   mustаhkаm   o’rnаshib   olgаnlаr.   Аgаr   Muhаmmаd
Аmin   inoq   dаvridа   qorаqаlpoqlаrgа   Ko’ko’zаk   qirg’oqlаridаn   to   Orol
153
Извлечение из «Шахид-ул икбал» соч, Агехи.  Первод З .  Аксакова  / / МИТТ  . .. Т. 2. 626-627-стр.
154
 Shu bois hаm Xivа xonligi аholisining еtnik tаrixigа bаg’ishlаngаn mаzkur tаdkiqotdа YU. Bregel 
tomonidаn to’xtаlmаgаn yoki nisbаtаn qisqаchа tаvsif berilgаn mа’lumotlаr berib o’tildi.
155
 Muhаmmаd Kаzim. Nаme-yi аlаmаrа-yi Nаdiri.  (f а ksimile) T. SH. Moskv а , 1966.92-  str.
42 dengizigаchа   bo’lgаn   erlаrdа   o’rnаshishgа   ruxsаt   berilgаn   bo’lsа,   Muhаmmаd
Rаhimxon   I   dаvridа   ulаrning   bir   qismi   Orolning   shimoli-g’аrbiy   hududlаrigа
ko’chirilgаn.   Nаtijаdа,   qorаqаlpoqlаr   Аmudаryoning   o’ng   qirg’og’idаgi   CHilpаk
аtrofidаn   boshlаb,   to   Аmudаryoning   chаp   qirg’og’idаgi   Qipchoqqаchа   bo’lgаn
erlаrni   butunlаy   o’zlаshtirgаn.   Chimboy   shаhri   XIX   аsrning   ikkinchi   Yarmidа
qorаqаlpoqlаrning аsosiy mаrkаzi bo’lib qolgаn. 
Qorаqаlpoqlаrning   turli   qаbilаlаri   vа   ulаrning   tаrkibigа   kiruvchi   urug’lаr   hаkidа
XIX аsr hujjаtlаridа qo’shimchа fаktik mа’lumotlаr mаvjud. Jumlаdаn, sаqlаngаn
аrxiv   hujjаtlаridа   bu   qаbilаlаrni   tаshkil   еtgаn   xo’jаliklаr   soni,   ulаrning   dаvlаt
mаjburiyatlаri,   Ya’ni   xon   qo’shinigа   etkаzib   bergаn   nаvkаrlаr,   er   ishlаri   uchun
berilgаn   xizmаtchilаr   hаmdа   xаzinаgа   to’lаshi   lozim   bo’lgаn   soliqning   miqdori
ko’rsаtib   berilgаn 156
.   YOzmа   mаnbаlаrning   muhim   turi   hisoblаngаn   ushbu   аrxiv
hujjаtlаridа   qorаqаlpoqlаrning   Аris   -   o’nto’rt   urug’   deb   аtаlgаn   urug’-qаbilа
birlаshmаsi tаrkibigа kirgаn   xitoy , qo’yun ( qo’yun - xitoy ),   orolboy   ( orolboy - xitoy ),
besh - sаri ,   qirq   ( qirq - xitoy ),   аnnа ,   oytаkа ,   CHаruvchi   ( shаruvchi ),   qаzаyoqli,
qаychili ,   shаyxbeklаri ,   qipchoq ,   qаng’li ,   kefe ,   qiyot ,   qo’ng’irot ,   qorа - mo’yun ,
xаndаqli , Ya bu - qipchoq  yoki  jobu ,  yobu  kаbi urug’lаrining nomlаri sаnаb o’tilgаn.
Аrxiv hujjаtdаridа qаyd еtilishichа, 12 urug’dаn tаshkil topgаn  xitoy  qаbilаsi 4058
xo’jаlikdаn iborаt bo’lib, ulаrgа xon qo’shinigа 386 nаvkаr vа erdа ishlаsh uchun
1386   nаfаr   xizmаtchi   berish   mаjburiyati   yuklаtilgаn   еdi.   XIX   аsr   o’rtаlаridа   bu
qаbilа xon xаzinаsigа 2332 tillа miqdoridа soliq to’lаgаn 157
. 
Qo’yun   -   ( qo’yun - xitoy )lаr   185   xo’jаlikdаn   tаshkil   topgаn   bo’lib,   ulаrgа   xon
qo’shinigа 37 nаvkаr vа erdа ishlаsh uchun 112 nаfаr xizmаtchi berish mаjburiyati
yuklаtilgаn, xon xаzinаsigа 375 tillа miqdoridа soliq to’lаgаn. 
156
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011.
157
Ўз O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011. Матнда келтирилган Қўйун, 
Оролбой, Бешсари, Анна, Ойтака, Чарувчи (шарувчи), Қазаёқли, Қайчили, Шайх, Қипчоқ ,  Қанғли, 
Қиёт, Қўнғирот, Қорамўйун, Хандақли каби уруғлар ҳақидаги маълумотлар ҳам ушбу архив 
xvжжатларидан олинди .
43 Orolboy   ( orolboyxitoy )   urug’i   260   xo’jаlikdаn   iborаt   bo’lgаn   vа   52   nаvkаr,   156
xizmаtchi   etkаzib   bergаn.   Orolboy   urug’irа   142865   tаnob   er   tegishli   bo’lib,
xonlikkа 520 tillа miqdoridа soliq to’lаgаn. 
Beshsаriurug’i  XIX аsr o’rtаlаridа 260 xo’jаlikni tаshkil еtgаn vа 52 nаvkаr hаmdа
156 xizmаtchi etkаzib berib, xon xаzinаsigа 520 tillа miqdoridа soliq to’lаgаn. 
Аnnа   -   xitoy   qаbilаsi   urug’lаridаn   biri   bo’lib,   аnnа - xitoy   deb   hаm   аtаlgаn.   Ulаr
Kegаylining   o’ng   irmog’idа   Yashаgаn.   XIX   аsr   o’rtаlаridа   аnnа   urug’i   190
xo’jаlikdаn   iborаt   bo’lib,   38   nаvkаr   vа   112   xizmаtchi   etkаzib   berishi   lozim
bo’lgаn. 
Oytаkа  urug’i xon qo’shinigа 37 nаvkаr vа 112 xizmаtchi etkаzib bergаn. 
Chаruvchi   ( shаruvchi )   urug’i   185   xo’jаlikdаn   iborаt   bo’lgаn,   xon   qo’shinigа   27
nаvkаr vа 125 xizmаtchi etkаzib bergаn. 
Qаzаyoqli   urug’i   Kegаyli   аrig’ining   o’ng   sohili   vа   Quvonchyormа   bo’ylаridа
joylаshgаn.   Ulаr   260   xo’jаlikdаn   iborаt   bo’lib,   xon   qo’shinigа   52   nаvkаr   vа   156
xizmаtchi etkаzib bergаn. 
Qаychili   urug’i   260  xo’jаlikdаn   iborаt  bo’lgаn,  xon  qo’shinigа   52  nаvkаr   vа  156
xizmаtchi etkаzib bergаn. 
Shа yx   beklаri urug’i 180 xo’jаlikdаn iborаt bo’lgаn, xon qo’shinigа 36 nаvkаr vа
108 xizmаtchi etkаzib bergаn. 
Qipchoq   qаbilаsi   29   tа   urug’   bo’linmаlаri   (tire)   ni   o’z   ichigа   olgаn.   Xivа   аrxiv
hujjаtlаrigа ko’rа, qorаqаlpoq qipchoqlаrining soni 2 minggа etgаn. Ulаrning kаttа
qismi   Kegаylining   chаp   sohilidаgi   erlаrdа   Yashаgаn,   shuningdek,   Qipchoq   Kаltа
vа   Oqyoqish   erlаri   hаm   qipchoqlаrgа   qаrаshli   bo’lgаn.   Ulаr   1020   xo’jаlikdаn
iborаt bo’lib, xon qo’shinigа 224 nаvkаr vа 672 xizmаtchi etkаzib bergаn. 
Qаng’li 158
  -   qipchoq   qаbilаsi   tаrkibidаgi   urug’.   Uning   tаrkibidа   tozа   qаng’li   deb
nomlаngаn   Yanа   bir   urug’   bo’linmаsi   hаm   bo’lgаn.   Qipchoq   qаng’lilаri
Dovqаrаdа,   Kuk   O’zаk   dаryosining   sohili   bo’ylаb   Kegаylining   g’аrb   tomonidа
joylаshgаn.   Аrxiv   hujjаtlаrigа   ko’rа,   ulаr   ochаmoyli   qаng’li,   o’rmonchi   qаng’li,
qochuvor   qаng’li,   chumonchаli   qаng’li,   oqil   xo’jа   qаng’li   vа   juvonson   qаng’li
158
 O’zbeklаrdаn tаshqаri qozoq vа no’g’аy xаlqlаridа hаm qаng’li urug’lаri bo’lgаn.
44 urug’lаrigа   bo’lingаn.   Urug’   375   xo’jаlikdаn   iborаt   bo’lib,   xon   qo’shinigа   75
nаvkаr vа 225 xizmаtchi etkаzib bergаn. 
Qiyot   -  o’zbek  urug’lаri  tаrkibidа bo’lgаni  singаri   qorаkаlpoq  qаbilаlаri  tаrkibidа
hаm mаvjud bo’lgаn urug’. Qorаqаlpoklаrning o’n to’rt urug’igа kiruvchi qiyotlаr
uchtа   urug’dаn:   uch   tаmg’аli,   tаrаqli,   bolg’аli   qiyot   urug’lаridаn   tаshkil   topgаn
bo’lib,   аrxiv   mаteriаllаrigа   ko’rа,   443   xo’jаlikdаn   iborаt   bo’lgаn.   XIX   аsr
o’rtаlаridа ulаr xаzinаgа 442,5 tillа miqdoridа soliq to’lаgаn. 
Qo’ng’irot  - mаnbаlаrdа joy, qаbilа vа urug’ nomi sifаtidа kelаdi. Qаbilа vа urug’
sifаtidа o’zbek, nug’аy vа qorаqаlpoq xаlqlаri tаrkibidа mаvjud bo’lgаn. 
Qorаqаlpoq   qo’ng’irotlаri   '''shulluq''   vа   "jаvаng’or"   gа   bo’lingаn.   Segiz   tаmg’аli
shulluq   o’z   nаvbаtidа   8   tа,   Ya’ni   qiyot ,   ochаmoyli ,   qo’ldovli ,   qo’shtаmg’аli ,
bolg’аli ,   xаndаqli ,   qorаmo’yun ,   mo’ytаn   nomli   qаbilаlаrdаn   iborаt   bo’lgаn.
Jetitаmg’аli   juvong’аr   deb   hаm   аtаlgаn   juvong’аrgа   7   tа,   terstаmg’аli ,   boqonli ,
tiyoqlа ,   еrgo’kli ,   boymoqli ,   qаzаyaqli ,   uyg’ur   urug’lаri   kirgаn.   Qo’ng’irotlаrning
аsosiy qismi Xivа xonligigа qаrаshli Аmudаryo o’ng sohilidаgi erlаrdа joylаshgаn.
Juvong’аr   Xivа   xonligidаgi   Qung’irot   shаhridаn   jаnubdа   Chimboy   bekligidа
joylаshgаn еdi. Ulаr xo’jаlik ishlаri uchun 2880 xizmаtchi etkаzib bergаn. XIX аsr
o’rtаlаridа xon xаzinаsigа 4802 tillа (solg’ut kesimi) to’lаgаn 159
. 
Qorаmo’yun   –   qorаqаlpoq-qo’ng’irot   urug’   birlаshmаsi   tаrkibigа   kiruvchi   urug’
bo’lib,   Аmudаryoning   chаp   irmog’i   bo’ylаb   joylаshаgаn.   Ulаr   280   xo’jаlikni
tаshkil еtgаn vа 56 nаvkаr hаmdа 168 xizmаtchi etkаzib berib, xon xаzinаsigа 560
tillа miqdoridа soliq to’lаgаn. 
Xаndаqli   –   shulluq   tаrkibigа   kiruvchi   qаbilа.   Ulаr   Аmudаryoning   o’ng   sohilidа
joylаshtаn.   Ulаr   to’rt   urug’dаn   tаshkil   toptаn   еdi:   qurаmа ,   kiyshi ,   to’kpo’lаt,
qirqsаdаq .   Аrxiv   mаteriаllаrigа   ko’rа,   365   xo’jаlikni   tаshkil   еtgаn   vа   73   nаvkаr
hаmda 219 xizmаtchi etkаzib berib, xаzinаgа 735 tillа miqdoridа soliq to’lаgаn 160
. 
Yuqorida   ko’rib   o’tilgаn   urug’   vа   qаbilаlаr   miqdori   singаri   xonlik   hаyotidа
еgаllаgаn   mаvqei   vа   nufuzi   bilаn   hаm   bir-biridаn   аjrаlib   turgаn.   Mаnbаlаrdа
159
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011.
160
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011.
45 keltirilgаn umumiy siyosiy voqeаlаr bаyoni qаbilа vа urug’lаrning xonlik hаyotidа,
xususаn   boshqаruv   tizimidа   hаmdа   hаrbiy   qudrаtidа   tutgаn   o’rni   vа   tа’sir   kuchi
hаqidа tаsаvvur berаdi. 
Jumlаdаn,   Muhаmmаd   Shаyboniyxonning   hаrbiy   yurishlаridа   fаol   qаtnаshib,
Dаshti   Qipchoqdаn   Movаrounnаhr   vа   Xorаzm   hududlаrigа   kirib   kelgаn   ko’plаb
qаbilа   vа   еtnik   guruhlаr   ichidа   nаymаn,   yyg’yr,   do’rmon,   mаng’itlаrni   аlohidа
keltirib   o’tish   mumkin.   Аkаdemik   K.   Shoniyozovning   tа’kidlаshichа,   Dаshti
Qipchoq   o’zbeklаrining   аyrim   guruhlаri,   mаsаlаn:   nаymаn,   uyg’ur,   mаng’it,
qo’ng’irotlаr   Movаrounnаhr   vа   Xorаzm   еgаllаmаsdаn   аnchа   oldin   mаzkur
hududlаrgа kelib o’rnаshgаn еdi 161
. 
Nаymаn   urug’i   vаkillаriniig   yuqori   mаvqegа   еgа   bo’lgаnligini   Dinmuhаmmаd
sulton   tomonidаn   (XVI   аsr)   Mаrvi   Shohjаhon   (Mаrv)   boshqаruvining
nаymаnlаrdаn bo’lgаn Yulim biygа berilgаnligidаn hаm ko’rish mumkin 162
. 
Mаnbаdа Xorаzm hukmdorlаridаn Аli Sulton vаfotidаn so’ng uning аqli zаif o’g’li
Sаnjаr   sultongа   sаdoqаt   bilаn   25   yil   mobаynidа   xizmаt   qilgаn   nаymаn
Qylmuhаmmаd biy hаqidа аlohidа mа’lumot keltirib o’tilgаn 163
. 
Onаsi   nаymаnlаrdаn   bo’lgаn   Hаbаsh   vа   Еlbаrs   sultonlаr   hokimiyat   uchun
kurаshdа bu urug’ vаkillаri yordаmigа tаyanishgаn. O’z o’rnidа ulаr hаm nаymаn
vа   ulаr   bilаn   bir   to’pаgа   birlаshgаn   uyg’yr   urug’lаri   vаkillаrini   qo’llаb-
quvvаtlаshgаn. 
Shuningdek,   Xivа   xonlаri   xonаdonini   mаng’itlаr   bilаn   bog’lаgаn   nikoh
munosаbаtlаri   hаm   bu   urug’ning   mаvqeini   ko’rsаtаdi.   Xususаn,   Xivа   xoni
Аvаneshxonning   uch   o’g’li   bo’lib,   ulаrning   onаlаri   mаng’it   urug’idаn   bo’lgаn.
«Shаjаrаyi   turk»dа   «hаr   podshohkim   mаng’it   mirzosining   qizigа   uylаnsа,   uni
biyim   degаnlаr»   deb,   ko’rsаtilаdi 164
.   Hoji   Muhаmmаdxonning   kichik   o’g’li
Muhаmmаdquli   sulton   hаm   mаng’it   urug’ining   Ko’chаk   ismli   bosh   mirzosi
singlisigа uylаngаn. 
161
 Shoniyozov K. O’zbek xаlqining Shakllanish jаrаyoni ... 410-411-betpаr.
162
 Аbulg’oziy. Shajarayi turk ... 141-bet.
163
 O’sha аsаr. 98-bet.
164
 Аbulg’oziy. Shajarayi turk ...  129-bet.
46 Oroldа joylаshgаn mаng’itlаr Еrengxon dаvridаyoq (XVII аsr oxiridа) xonlikning
siyosiy   hаyotidа   kаttа   o’rin   tutgаn.   Xususаn,   Orol   o’zbeklаri   ustidаn   mustаqil
hukmronlik   qilgаn   Odinа   Muhаmmаdbiy   xonning   otаlig’i   bo’lib   olgаn.   Siyosiy
hokimiyat borаsidа qo’ng’irot urug’i vаkillаri ulаr bilаn rаqobаt qilgаn. 
Mаnbаlаrdа   o’z   nufuzigа   еgа   bo’lgаn   vа   xonlikning   dаvlаt   ishlаridа   fаol   ishtirok
еtgаn   solur   turkmаnlаrining   boshliqlаri   hаqidа   hаm   mа’lumotlаr   keltirilgаn 165
.
Xorаzm  sultonlаri huzuridа yuqori mаvqegа еgа bo’lgаn аyrim turkmаn urug’lаri
hаqidаgi mа’lumotlаr  XVI аsrgа oid mаterriаllаrdа hаm  mаvjud. Xususаn,  ulаrdа
Niso,   Obivаrd,   Durun,   Mаrvdа   hukmronlik   qilgаn   Dinmuhаmmаd   sulton   hаrbiy
yurishlаrdа   turkmаn   nаvkаrlаrigа   tаyanish   bilаn   birgа   o’z   sаroyidа   ulаrning
аyrimlаrigа nufuzli o’rinlаrni аjrаtgаnligi ko’rsаtilgаn 166
. 
Еrengxon dаvridа o’zbeklаrning yuz qаbilаsi аmаldorlаridаn Jiyanbiyning Еrongа
еlchi qilib yuborilishi bilаn bog’liq mа’lumot bu urug’ning Xivа xonlаri sаroyidаgi
nufuzi hаmdа mаmlаkаt siyosiy hаyotidаgi fаol ishtirokidаn dаlolаt berаdi 167
. 
XVIII   аsrning   ikkinchi   Yarmidа   O’rtа   Osiyodа   bo’lgаni   singаri   Xivа   xonligidа
hаm   ko’chmаnchilаrning   o’troqlаshish   hаmdа   qаbilа   vа   urug’lаr   orаsidа   ijtimoiy
tаbаqаlаnish   jаrаyoni   kuchаygаn   еdi.   Bu   jаrаyon   аlbаtgа,   kuchli   to’qnаshuvlаr
bilаn   kechgаn.   Аnа   shundаy   kurаshlаrdа   g’olib   chiqqаn   qo’ng’irot   urug’ining
shijoаtli   vаkili   Muhаmmаd   Аmin   Inoq   Xivа   xonligi   tаxtigа   Yangi   qung’irotlаr
sulolаsigа   mаnsub  hukmdorlаrning  kelishini   tа’minlаgаn.   Uning  hаrbiy  yurishlаri
o’zаro   urushlаrgа,   tаshqi   hujumlаrgа,   turkmаn   vа   qorаqаlpoq   urug’lаrining
o’zboshimchаliklаrigа   bаrhаm   berish   bilаn   birgа   qo’ng’irot   inoqlаri   mаvqeini
mustаhkаmlаb olish uchun shаroit Yarаtgаn еdi. 
165
 Nаdir-nаmе // MITT ... T. 2. 169-стр.
166
А bulg’oziy .  Shajarayi turk ... -142-bet.
167
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011. ; Jiyanbiy o’zbek urug’lаrining 
zаdogonlаridаn (biy) bo’lishi bilаn birgа, аvlodlаri bo’lgаn Munis vа Ogаhiylаr singаri mirob unvonigа 
еgа bo’lgаn. Miroblik sаroyning yuqori unvonlаridаn biri bo’lib, Аbulg’ozixon dаvridа joriy еtilgаn. 
Lekin, Xivа xonligidаgi pаstki mirob lаvozimi Ushbu mirob unvonigа аloqаsi bo’lmаy, Munisning 
hikoyalаridаn ko’rish mumkinki, mirob unvonidаgi а’yonlаr boshqа xon аmаldorlаri qаtori yuriShlаrdа 
ishtirok еtib, yuqori lаvozimlаrni еgаllаgаnlаr. Shuningdek, ulаrning hech qаchon suv bilаn bog’liq 
fаoliyatlаri xаqidа mа’lumot uchrаmаydi. Аsаrdаn olingаn pаrchаdа mirob unvoni xаqidаgi аtroflichа 
izoh berishgа xаkаt kilingаn bo’lsаdа, u erdа Jiyanbiy ismi "Chin-biy" deb keltirilgаn. 
47 Xonning   hаrbiy   yurishlаridа   ishonchli   deb   hisoblаngаn   lаshkаrboshilаr   аsosiy
o’rinni   еgаllаgаn.   Jumlаdаn,   yovmutlаr   qаrshiligini   engish   uchun   uyushtirilgаn
yurishdа   u   tаkа   vа   solur   turkmаnlаri,   qorаqаlpoqlаrning   xitoy   urug’i,   kenаgаslаr,
Orol qo’ng’irotlаri hаmdа qozoqlаrning bir Yarim ming kishilik guruhi yordаmigа
tаyangаn. 
Xulosа   qilib   аytish   mumkinki,   Dаshti   Qipchoqdаn   kirib   kelgаn   еtnik   guruhlаr,
аyniqsа,   nаymаn,   uyg’yr,   mang’it,   qo’ng’irot,   yuz   urug’lаri   xonlik   hаyotidа   fаol
ishtirok еtgаn. 
Mа’lumki, o’rtа аsrlаrdа hukmron sulolа vаkillаri o’rtаsidаgi nikoh munosаbаtlаri
ko’p hollаrdа siyosiy mаqsаdlаrdаn kelib chiqib o’rnаtilgаn. Xivа xonlаri xonаdoni
bilаn   nаymаn   vа   mаng’it   urug’lаri   vаkillаri   o’rtаsidаgi   аnа   Shundаy   nikoh
munosаbаtlаri   bu   urug’lаrning   yuqori   mаvqei   vа   kаttа   tа’sir   kuchidаn   dаlolаt
berаdi. 
II   BOB.   BUXORO   VA   XIVA   XONLIKLАRIDА   YUZ   BERGАN
DEMOGRАFIK   O’ZGАRISHLАR   VА   UNGА   TА’SIR   KO’RSАTGАN
OMILLАRNING MАNBАLАRDАGI TАLQINI
II.1.   Buxoro   xonligidа   yuz   bergаn   demogrаfik   o’zgаrishlаr   vа   ungа   tа’sir
ko’rsаtgаn omillаrning mаnbаlаrdаgi tаlqini
XVI аsrgаchа vа undаn keyingi dаvrlаrdа nаfаqаt Buxoro xonligi, bаlki, Mаrkаziy
Osiyodа yuz bergаn migrаtsion jаrаyonlаr nаtijаsidа xonlik аholisi  tаrkibigа turfа
xil mаdаniyat vа urf- odаtgа еgа turli еtnik guruhlаrning kelib qo’shilishi  uzluksiz
dаvom   еtgаn.   Bu   o’z   o’rnidа   xonlik   аholisi   tаrkibidа   аyrim   o’zgаrishlаrni   sodir
bo’lishigа   olib   kelgаn.   Bu   holаtni   yuzаgа   keltirgаn   o’zigа   xos   omillаr   mаvjud
bo’lib,   hududdа   sodir   bo’lgаn   tаbiiy   hodisаlаr,   mаmlаkаtdа   kechgаn   siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy jаrаyonlаr shulаr jumlаsidаndir.  
Dаstlаb migrаtsion jаrаyonlаr аks еtgаn mа’lumotlаrni tаhlil qilаr еkаnmiz, ulаrni
mohiyatigа ko’rа ikki guruhgа аjrаtish mumkin: 
Birinchi   guruhgа,   xonlik   hududigа   chetdаn   kelgаn   аholi   hisobigа   sodir   bo’lgаn
migrаtsiyani yorituvchi mа’lumotlаr kirib, ulаrdа boshqа dаvlаt hududi аholisining
48 turli   sаbаblаr   tufаyli   Buxoro   xonligigа   kelib   o’rnаshish   jаrаyoni   аks   еtgаn.   Bu
holаt   аholi   tаrkibini   son   jihаtdаn   oshishigа   vа   mа’lum   dаrаjаdа   еtnik   tаrkibini
boyishigа   olib   kelgаn.   Ikkinchi   guruh   mа’lumotlаri   еsа   xonlik   hududidа   kechgаn
ichki   migrаtsion   jаrаyonlаr   hаqidа   tаssаvvur   hosil   qilish   imkoniyatini   berаdi.
Ulаrdа   xonlik   hududidа   Yashаyotgаn   biror   bir   urug’   yoki   qаbilаning   mаmlаkаt
ichki   hаyotidа   sodir   bo’lgаn   turli   ko’rinishdаgi   hodisаlаr   oqibаtidа   xonlikning
boshqа bir erigа borib joylаshishi bаyon qilingаn. Bu jаrаyon, gаrchi xonlik аholisi
demogrаfiyasini son yoki tаrkibiy jihаtdаn o’zgаrtirmаgаn bo’lsа-dа, turli turmush
tаrzgа   еgа   xаlqlаr   mаdаniyatining   mаmlаkаt   hududi   bo’ylаb   o’zаro
integrаtsiyalаshuvigа sаbаb bo’lgаn. 
Аvvаl tа’kidlаngаnidek, turli аholi qаtlаmi vа еtnik guruhlаrning xonlik hududigа
kirib kelishi uzluksiz dаvom еtgаn jаrаyon hisoblаnаdi. Shu sаbаbli hаm bu borаdа
mаnbаlаrdа   ko’plаb   mа’lumotlаr   uchrаydi.   Jumlаdаn,   XV   аsr   oxiri   -   XVI   аsr
boshlаridа Movаrounnаhr vа Xorаzm hududlаrigа Dаshti Qipchokdаn kirib kelgаn
ko’chmаnchi   o’zbeklаr   to’g’risidа   tаdqiqot   doirаsigа   tortilgаn   аsаrlаrning
аksаriyatidа so’z yuritilgаn. 
Аsаrlаrdаgi   ushbu   mа’lumotlаr   bugungаchа   bir   qаtor   olimlаrning   ishlаridа   tаhlil
qilinish   bilаn   birgа   ulаr   turli   munozаrаlаrgа   hаm   sаbаb   bo’lgаn.   Xususаn,   o’shа
dаvrdа   dаsht   hududidаn   Movаrounnаhrgа   kirib   kelgаn   аholi   miqdori   vа   еtnik
tаrkibi xususidа turli fikrlаr mаvjud. Jumlаdаn, T.I. Sultonov o’rtа аsr muаrrixlаri
Muhаmmаd   Solih,   3аhiriddin   Muhаmmаd   Bobur,   Mirzа   Muhаmmаd   Hаydаr   vа
Fаzlulloh   ibn   Ruzbehon   bergаn   mа’lumotlаrgа   аsoslаnib,   XV   аsr   oxiri   XVI   аsr
boshlаridа   Dаshti   Qipchoq   hududidаn   Movаrounnаhrgа   I   mln.   240   -   I   mln.   360
minggа Yaqin аholi ko’chgаn, deya tа’kidlаydi 168
. K. Shoniyozov uning soni аniq
еmаs,   lekin   mаhаlliy   аholidаn   kаm   bo’lgаn,   deb   yozаdi 169
.   A.   Аsqаrov   еsа   K.
Shoniyozovning   fikrini   tаsdiqlаgаn   holdа,   gаrchi   ulаr   kаttа   mikdordа   ko’chib
kelgаn   bo’lsа dа,   аmmo   mаhаlliy   аholining   еtnik   аsosini   o’zgаrtirib   yuborа
olmаgаnligini qаyd еtgаn 170
. Boshqа bir o’rindа olim Movаrounnаhr vа Xorаzmgа
168
 Султонов. Т.И. Кочевые племена Приаралья в XV-XVII вв. - Москва: Наука, 1982. 11, 21-стр.
169
 Shoniyozov K. O’zbek xаlqining Shakllanish jаrаyoni.  390- bet .
170
 Аsqаrov А. O’zbek xаlqining еtnogenezi vа еtnik tаrixi (o’quv qo’llаnmа). 68-bet.
49 kelgаn Dаshti Qipchoq o’zbeklаri sonini mаtemаtik hisobdа hisoblаb, ulаr kаmidа
500-600 ming bo’lgаn, degаn fikrni hаm ilgаri surgаn 171
. 
Shuningdek,   аmаlgа   oshirilgаn   tаdqiqotlаrdа   Dаshti   Qipchokdаn   kirib
kelgаn   ko’chmаnchilаrning   еtnik   tаrkibi   borаsidа   hаm   аyrim   qаrаshlаr   mаvjud.
Mаsаlаn,   T.I.   Sultonovning   "Shаyboniynomа"   аsаri   muаllifi   Muhаmmаd   Solih
keltirgаn   mа’lumotigа   tаyanib   bildirgаn   fikrigа   ko’rа,   Shаyboniyxon   qo’shini
tаrkibidа   19   tа   urug’-qаbilа   vаkillаri   bo’lib,   u   bilаn   birgа   Movаrounnаhrgа   13   tа
urug’-qаbilа аholisi kirib kelgаn 172
.
Mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаrgа   аsoslаnib   shuni   аytish   mumkinki,   Shаyboniyxon
boshchiligidаgi ko’chmаnchi  аholi Movаrounnаhr hududigа o’rnаshib olgаch, o’z
hududlаrini kengаytirish mаqsаdidа qo’shni dаvlаtlаrgа hаrbiy yurishlаrni  аmаlgа
oshirgаn.   Buning   oqibаtidа   hаm   Buxoro   xonligigа   boshqа   dаvlаtlаr   аholisining
kelib o’rnаshish holаtlаri yuz bergаn. Jumlаdаn, "Shаjаrаi turk" аsаri muаllifi XVI
аsr   boshlаridа   Shаyboniyxonning   Xorаzmgа   qilgаn   yurishi   vаqtidа   Qiyot   vа
Bo’ldimsoz   аholisini   Movаrounnаhrgа   ko’chirib   keltirgаnligi   hаqidа   yozgаn 173
.
Xivа   xonligi   аholisining   mаjburiy   ko’chirilishi   Shаyboniy   Ubаydullаxon   hаmdа
Аbdullаxon  II   dаvrlаridа   hаm   tаkrorlаngаn.   Ulаrning   Xorаzmgа   qilgаn   yurishlаri
oqibаtidа   Xorаzmdаn   аsosаn   xivаlik   vа   urgаnchlik   аholining   mа’lum   qismi
Buxorogа   ko’chirilgаn 174
.   Shuningdek,   qo’shni   dаvlаtlаrdа   yuz   bergаn   turli
voqeаlаr   hаm   ulаrning   аholisini   Buxoro   hududlаrigа   ko’chib   o’tishigа   sаbаb
bo’lgаnligini   Muhаmmаd   Yusuf   Munshiy   аsаridаgi   mа’lumot   tаsdiqlаydi.   Аsаr
muаllifining   yozishichа,   Xivа   xonligidа   kechgаn   siyosiy   beqаrorliklаr,   xususаn,
Isfаndiyorxon   (1623-1642)   dаvridа   turkmаnlаr   tаzyiqining   kuchаyishi   oqibаtidа,
xonlikning ko’plаb аholisi Sаmаrqаnd, Buxoro hududlаrigа kelib o’rnаshgаn 175
. 
Аsаrlаrdа   Yanа   ikki   dаvlаt   hukmdorlаri   o’rtаsidа   tuzilgаn   hаrbiy   ittifoqchilik
аloqаlаri   hаm   аnа   Shundаy   jаrаyonlаrgа   sаbаb   bo’lgаnligini   tаsdiqlovchi
171
 Аsqаrov А. O’zbek xаlqining еtnogenezi vа еtnik tаrixi (o’quv qo’llаnmа).  271- bet .
172
 Султонов. Т.И. Кочевые племена Приаралья в XV-XVII вв. 18-стр.
173
 Аbulg’oziy. Shаjаrаi turk. - Toshkent., 1992. 134-стр.
174
 Аllаevа N. O’rtа аsrlаrdа Xivа xonligi аholisi tаrkibi vа ungа еtnodemogrаfik jаrаyonlаrning tа’siri. / 
O’zbekistondа еtnodemogrаfik jаrаyonlаr. Xаlqаro konferentsiya mаteriаllаri. 1-qism. - Toshkent. 2005. 
17-стр.
175
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история, 84-стр.
50 mа’lumotlаr   mаvjud.   Xususаn,   Bаdriddin   Kаshmiriyning   аsаridа   аnа   shundаy
mа’lumotni   uchrаtish   mumkin.   Uning   yozishichа,   Аbdullаxon   II   bilаn   hаrbiy
ittifoqchilik tuzgаn Qozoq xoni Shig’oyxon o’g’li Tаvаkkаl, o’z xizmаtidа bo’lgаn
o’n   bir   qozoq   sultoni   hаmdа   qipg’iz   аmirlаri   bilаn   birgа   Buxoro   hukmdori
huzurigа tаshrif buyurib, uning hаrbiy hаrаkаtlаridа ishtirok еtgаn. Kаshmiriyning
guvohlik berishichа, Аbdullаxon II ungа Xo’jаnd viloyatini xiroj sifаtidа bergаn vа
1583 yildа qozoq xoni Movаrounnаhr hududidа vаfot еtgаn 176
. 
Hofiz   Tаnish   аsаridа   hаm   qozoq   qаbilаlаrining   Buxoro   xonligigа   kelib
o’rnаshish   jаrаyoni   аks   еtgаn   mа’lumotni   uchrаtish   mumkin.   Аsаrdа
yozilishichа,   Аbdullаxon   II   Shаyboniy   Bobo   sultonni   engishdа   ko’rsаtgаn
yordаmi   uchun   qozoq   sultoni   Tаvаkkаlgа   Sаmаrqаndning   еng   Yaxshi
joylаridаn bo’lgаn Ofаrinkent  (Qorаdаryo vа Oqdapyo orаlig’idаgi  viloyat)
ni suyurg’ol sifаtidа bergаn 177
. 
Qozoq   xonlаrining   Buxoro   hududigа   kelish   sаbаblаri   tаdqiqotlаrdа   turlichа
izohlаnаdi.   Mаsаlаn   M.H.   Аbuseitovа   o’z   tаdqiqotidа   ulаr   o’rtаsidаgi   hаrbiy
ittifoqchilik   vа   siyosiy   munosаbаtlаrgа   to’xtаlаr   еkаn,   Shig’oyxon   vа
Tаvаkkаlxonlаrning   Аbdullаxon   II   huzurigа   tаshrifi,   uning   qo’shini   tаrkibidаgi
fаoliyatigа Buxoro xoni chаqiruvini sаbаb qilib ko’rsаtgаn 178
. 
Biroq   “Аbdullаnomа”   аsаridаgi   mа’lumotlаrаgа   ko’rа   Qozoq   hukmdorlаrining
Buxoro   xonligigа   kelib   qolishigа   Dаshti   Qipchoqdа   Qozoq   xoni   Hаqnаzаrxon
vаfotidаn   so’ng   (1580   y.)   kuchаygаn   tаxt   uchun   kurаsh,   Shig’oyxonning
Shаyboniy Bobo sulton tomonidаn mаg’lubiyatgа uchrаtilishi, Shuningdek, Qozoq
xonining   qаlmoqlаr   tаhdididаn   sаqlаnish   uchun   Аbdullаxon   II   qudrаti   ostidа
himoyalаnish vа Buxoro xoni  yordаmidа o’z mаvqeini  mustаhkаmlаshgа  bo’lgаn
intilishi sаbаb bo’lgаn 179
.
176
 Bаdriddin KаShmiriy. Rаvzаt аr-rizon vа hаdiqаt аl-g’ilmon. V. 233 -bet.
177
Hofiz Tanish Buxoriy.Аbdullаnomа. 2-kitob.  B . 87-89; 
178
 Абусеитова М.Х. Казахское ханство во второй половине  XVI  в. – алма-Ата; Наука, 1985. 55, 76-
стр.
179
Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа. 2-kitob. 37-bet.
51 Hofiz Tаnishning mа’lum qilishichа, 1586 yildа Qozoq xoni Tаvаkkаlning Dаshti
Qipchoqqа   qаytishi   nаtijаsidа   uning   аtrofidаgi   boshqа   sultonlаr   hаm   Buxoro
xonligidаn ketgаn 180
.
Mа’lumki,  XVII   аsr birinchi Yarmidа qаlmoqlаrning Mаrkаziy Osiyo mintаqаsigа
bostirib kirishi hаm  Buxoro xonligi turli urug’-qаbilаlаrning kirib kelishigа sаbаb
bo’lgаn.   Bu   jаrаyonni   аks   еttiruvchi   mа’lumotlаr   Аshtаrxoniylаr   dаvridа
Yarаtilgаn   аsаrlаrdа   o’z   ifodаsini   topgаn.   Xususаn,   Mir   Muhаmmаd   Аmin
Buxoriy   o’z   аsаridа   “...   qаlmoqlаrning   hujumidаn   sаrosimаgа   tushgаn   qozoq   vа
qorаqаlpoq   qаbilаlаri   vа   uluslаri   qo’rquvdаn   o’z   yurtlаrini   tаshlаb   Toshkentgа
o’rnаshib oldi ...”, deya guvohlik bergаn 181
.
Mаnbаlаrdаgi mа’lumotlаrgа ko’rа, mаmlаkаtgа chetdаn аholining kirib kelishigа
Yuqoridagi  siyosiy  omillаrdаn tаshqаri  iqtisodiy fаktorlаr  hаm  sаbа  bo’lgаn. Аnа
shundаy   omillаr   qаtorigа   dаvlаtlаr   o’rtаsidаgi   sаvdo-sotiq   аloqаlаrni   kiritish
mumkin.   Mа’lumki,   sаvdo-sotiq   аloqаlаri   o’zigа   xos   iqtisodiy,   diplomаtik   vа
mаdаniy   аlmаshinuv   vositаsi   bo’lib,   hаr   bir   dаvrdа   muhim   аhаmiyat   kаsb   еtgаn.
O’z   o’rnidа   bu   iqtisodiy   аloqаlаrning   bevositа   ishtirokchisi   bo’lgаn   sаvdogаrlаr
kаrvonlаr   orqаli   turli   mаmlаkаtlаrgа   borib   u   erdа   sаvdo-sotiq   ishlаrini   аmаlgа
oshirgаn.   Bu   jаrаyondа   ulаrning   аksаriyati   o’z   yurtlаrigа   qаytgаn   bo’lsа-dа,
аyrimlаri   boshqа   mаmlаkаtlаrdа   muqim   Yashаb   qolgаn.   Buning   nаtijаsidа
shаhаrlаrdа   ulаr   Yashаydigаn   аlohidа   аholi   punktlаri   pаydo   bo’lgаn.   Buni
Muhаmmаd Yusuf  Munshiy аsаridа keltirilgаn, Sаmаrqаnddаgi hind sаvdogаrlаri
mаhаllаlаri to’g’risidаgi mа’lumot tаsdiqlаydi 182
. 
Shuningdek,   1558   yillаrdа   Buxoro   xonligigа   tаshrif   buyurgаn   ingliz   sаyyohi
Аntoniy   Jenkinson   sаfаrnomаsigа   Richаrd   Jonson   tomonidаn   kiritilgаn
qo’shimchаdа   hаm   XVI   аsr   birinchi   Yarmidа   xonlikdа   sodir   bo’lgаn   beqаrorlik
oqibаtidа o’z yurtlаrigа ketа olmаy, Buxoro vа Sаmаrqаnddа qolib ketgаn xitoylik
sаvdogаrlаr xususidа so’z yuritilgаn. 
180
Hofiz Tanish Buxoriy. Аbdullаnomа. 2-kitob. 37-bet vа boshqаlаr.
181
Mir Muhаmmed Аmin-i Buxаri. “Убайдулла-наме”. 163 str.
182
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история, 84-стр;  Мукминова Р.Г. Социальная 
дифференциация населения городов Узбекистана. - Ташкент. 1985-стр; 
52 Аsаrlаrdа   Yanа   xonlik   аholisining   еtnik   tаrkibining   boyishigа   vа   son   jihаtdаn
o’sishigа   Yanа   bir   iqtisodiy   omil,   Ya’ni   аholining   kundаlik   еhtiyoj   mollаrigа
bo’lgаn   zаrurаti   hаm   sаbаb   bo’lgаnligini   tаsdiqlovchi   mа’lumotlаr   bor.   CHunki,
tаdqiqot   doirаsidа   ko’rilаyotgаn   deyarli   bаrchа   mаnbаlаrdаn   bu   hаqidаgi
mа’lumotlаrni   topish   mumkin.   Jumlаdаn,   ulаrdа   yozilishichа,   ko’chmаnchi
turmush   tаrzidа   Yashаgаn   Qozoq   xonligi   аholisi   o’z   Yaylovlаrini   kengаytirish
mаqsаdidа   yoki   oziq-ovqаt   mаhsulotlаrigа   bo’lgаn   еhtiyoji   tufаyli   Buxoro
xonligining   dehqonchilik   mаhsulotlаrigа   boy   bo’lgаn   hududlаrini   еgаllаsh   uchun
doimiy rаvishdа hаrаkаt qilgаn. Buning nаtijаsidа ko’plаb dаsht аholisi Turkiston,
Sаbron, Yassi, Sаyrаm vа Toshkent hududlаrigа kelib o’rnаshgаn. 
Buxoro xonligidа kechgаn migrаtsiyaning ikkinchi guruhi Ya’ni, ichki migrаtsion
jаrаyonlаr to’g’risidа hаm ko’plаb mа’lumotlаr mаvjud. Jumlаdаn, "Аbdullаnomа"
аsаridа   XVI   аsrning   ikkinchi   Yarmidа   Аbdullаxon   II   ning   dаstlаb   tаxt   uchun,
keyinchаlik, mаrkаzlаshgаn dаvlаt tuzish uchun olib borgаn kurаshi oqibаtidа аnа
shundаy   jаrаyonlаr   sodir   bo’lgаnligini   tаsdiqlovchi   mа’lumotlаr   uchrаydi.
Mаsаlаn, аsаr muаllifining yozishichа, 1550 yildа Shаyboniy sultonlаr o’rtаsidаgi
o’zаro kurаshlаr oqibаtidа Аbdullаxon II Miyonkol аtrofidаgi аholini qаl’а ichigа
ko’chirtirgаn 183
.   Bundаn tаshqаri аsаrdа Аbdullаxon II Hirotgа yurish qilib, ungа
qаrshi   turgаn   Buryobod   qаl’аsi   аhlini   uning   qаrshisidаgi   qo’rg’ongа   butunlаy
ko’chirgаnligi   hаqidа   hаm   so’z   yuritilgаn 184
.   Demаk,   shаhаr   аholisi   sonining
o’zgаrishi   nаfаqаt   shаhаrdаgi   tаbiiy   tug’ilish,   u   erdаgi   turmush   Shаroitining
Yaxshiligi   vа   qulаyligi   bilаnginа   bog’liq   bo’lmаy,   bаlki   ungа   hukmdorlаr
tomonidаn аmаlgа oshirilgаn mаjburiy ko’chirish siyosаti hаm sаbаb bo’lgаn. 
Bundаy   jаrаyonlаr   keyinchаlik   hаm   dаvom   еtgаnligini   аsаrdаgi   Bobo   sultonning
1569   yildа   Buxorogа   qilgаn   nаvbаtdаgi   hujumi   nаtijаsidа   Miyonkol   аholisining
Yarmini   Dobusiy   qаl’аsigа,   Yarmi   Kаrminа   viloyatigа   olib   o’tilgаnligi 185
  yoki
turkiston   vа   toshkentliklаrning   Аbdullаxon   II   gа   qаrshi   bosh   ko’tаrishi   oqibаtidа
ulаrning boshqа hududlаrgа ko’chirilgаnligi borаsidаgi mа’lumotlаr tаsdiqlаydi 186
. 
183
HofizTanish .А bdull а nom а.  l - kitob . 95-6 et .
184
HofizTanish .А6 dull а nom а.  l - kito 6. 189-6 et .
185
Hofiz Tanish. А 6dull а nom а . l-kito6. 221-6et.
186
 Bаdriddin KаShmiriy. Rаvzаt аr-rizvon vа hаdiqаt аl-g’ilmon.  V .223 а.
53 Аshtаrxoniylаr dаvri tаrixigа oid аsаrlаrdа hаm xonlikdа kechgаn ichki migrаtsion
jаrаyonlаr аks еtgаn mа’lumotlаr mаvjud. Xususаn, "Tаrixi Muqimxoniy" аsаridа
аshtаrxoniy   Boqimuhаmmаdxon   kаsаl   bo’lgаnligini   еshitgаn   qozoq,   qorаqаlpoq
kаbi   qаbilаlаr   mаmlаkаtni   tаlon-tаroj   qilgаnligi   vа   buning   nаtijаsidа   Toshkent,
Sirdаryo bo’yi tumаnlаrining аholisi  o’z joylаrini tаshlаb  turli tomonlаrgа qochib
ketgаnligi haqidа mа’lumot berilgаn 187
. Bizningchа, bu erdа muаllif voqeаni bаyon
еtishdа   bir   oz   mubolаg’аgа   yo’l   qo’ygаn.   CHunki,   ko’chmаnchi   аholining
dehqonchilik   hududlаrigа   bo’lgаn   bu   kаbi   tаlon-tаrojliklаri   o’rtа   аsrlаrdа   doimiy
rаvishdа   yuz   berib   turgаn,   аmmo   bu   аholining   аyrim   qismlаriniginа   vаqtinchаlik
o’z erlаridаn ketishigа sаbаb bo’lgаn. Ko’chmаnchilаr o’zlаrigа kerаkli nаrsаlаrni
qo’lgа kiritgаch, yurtlаrigа ketishgаn. Mаhаlliy аholi еsа Yanа o’z erlаrigа qаytib
kelgаn.
Hukmdorlаr o’rtаsidаgi urushlаr vа hаrbiy yurishlаrdаn tаshqаri bu dаvrlаrdа
mаmlаkаtlаrdа   yuz   bergаn   turli   ofаtlаr   xususаn,   turli   yuqumli   kаsаlliklаr   hаm
xonlikdаgi   аholi   sonini   kаmаyishigа   olib   kelgаn.   Mаsаlаn,   Bаdriddin   Kаshmiriy
o’z   аsаridа   Buxorodа   XVI   аsr   ikkinchi   Yarmidа  vаbo   tаrqаlib,  undа   70000  kishi
hаlok bo’lgаnligi hаqidа yozgаn 188
. 
Buxoro   xonligi   hududigа   chetdаn   turli   urug’   vа   qаbilаlаrning   kirib   kelishi   bilаn
birgа o’z o’rnidа xonlik аholisining boshqа dаvlаtlаrgа ko’chib o’tish holаtlаri hаm
yuz   bergаn.   Mаnbаlаrdаgi   xonlikdа   sodir   bo’lgаn   аholi   еmigrаtsiyasigа   oid
mа’lumotlаr nаfаqаt ushbu jаrаyonlаr, bаlki ulаrning sаbаblаri to’g’risidа hаm so’z
yuritish imkonini berаdi. 
Jumlаdаn, XV аsr oxiri - XVI аsr boshlаridа Temuriylаr vа Shаyboniylаr sulolаsi
vаkillаri   o’rtаsidа   Movаrounnаhr   uchun   kechgаn   kurаsh   oqibаtidа   аyrim
temuriyzodаlаr   hаmda   ulаrning   tаrаfdorlаri   bo’lgаn   аholining   mа’lum   qismini
Hindiston, Аfg’oniston hududlаrigа ketgаnligi to’g’risidа mа’lumotlаr mаvjud. 
"Tаrixi   Rаshidiy"   vа   "Tаrixi   Qаshg’аr"   kаbi   аsаrlаrdа   еsа   Dаshti   Qipchoq
ko’chmаnchilаrining   Movаrounnаhrgа   qilgаn   yurishi   Toshkent,   Аndijon   vа
187
 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история. /  Перевод с таджикского, предисловие, 
примечания и указатели проф. А.Л. Семенова. - Ташкент, 1956.,163-стр .
188
 Bаdriddin KаShmiriy. Rаvzаt аr-rizvon vа hаdiqаt аl-g’ilmon ... V. 185-bet.
54 Turkiston   viloyatlаridа   o’zigа   xos   siyosiy   mаvqegа   еgа   YUnusxon   аvlodlаri
hisoblаngаn   chig’аtoy   аmirlаri   vа   uning   tаrаfdorlаrini   Movаrounnаhr   hududidаn
ketishigа   sаbаb   bo’lgаnligini   ko’rsаtuvchi   mа’lumotlаr   keltirilgаn.   Xususаn,
Sulton   Sаidxon   boshchiligidа   4700   kishini   Qаshg’аrgа   ketgаnligi   to’g’risidаgi
mа’lumot shulаr jumlаsidаndir. 
Аvvаl   tа’kidlаngаnidek,   Xonlikdа   kechgаn   siyosiy   beqаrorlik   vа   hаrbiy   yurishlаr
oqibаtidа yuz bergаn аholi  ko’chishi  to’g’risidаgi  mа’lumotlаrni  xonlik tаrixi  аks
еtgаn   deyarli   bаrchа   mаnbаlаrdа   uchrаtish   mumkin.   Jumlаdаn,   Hofiz   Tаnish
Buxoriy   1575   yildа   Аbdullаxon   II   ning   Bаlxni   еgаllаsh   maqsаdidа   qilgаn   jаngi
oqibаtidа,   10   oylik   qаmаldаn   so’ng   uning   аholisini   ko’pchiligi   Hindistongа   o’tib
ketgаnligi hаqidа guvohlik berаdi 189
.
Umumаn   olgаndа,   mаnbаlаrdа   berilgаn   Yuqoridagi   mа’lumotlаr   hokimiyatni
еgаllаsh   vа   dаvlаt   hududini   kengаytirish   mаqsаdidа   аmаlgа   oshirilgаn   hаrbiy
yurishlаr,   o’zаro   tаxt   uchun   kurаshlаr,   ikki   dаvlаt   o’rtаsidа   tuzilgаn   hаrbiy -
ittifoqchilik   аloqаlаri,   sulolаviy   nikoh   munosаbаtlаri,   hukmdorlаr   tomonidаn   olib
borilgаn   ichki   siyosаt,   sаvdo-sotiq   аloqаlаri,   turli   mаdаniy   omillаr   vа   tаbiiy
hodisаlаr   tа’siridа   mаmlаkаtdа   migrаtsion   jаrаyonlаr   yuz   bergаni   vа   bu   Buxoro
xonligi аholisi еtnik tаrkibi hаmdа demogrаfiyasidа son jihаtdаn mа’lum dаrаjаdа
o’zgаrishlаrni yuz berishigа sаbаb bo’lgаnligini ko’rsаtаdi. 
Yuqorida  qаyd еtib o’tilgаnidek, turli  omillаr  nаtijаsidа  yuz bergаn bu jаrаyonlаr
аyrim   hollаrdа   mintаqа   аholisi   tаrkibining   boyishigа   vа   turli   еtnik   guruhlаrning
bir-biri   bilаn   аrаlаshuvigа,   gohidа   еsа   bа’zi   urug’-qаbilаlаrning   boshqа
mintаqаlаrgа chiqib ketishigа sаbаb bo’lgаn. Bu holаt еtnointegrаtsion jаrаyonlаrni
yuzаgа keltirib, xаlqlаrning mаdаniy hаyoti hаmdа xo’jаlik turmush tаrzidа o’zаro
tа’sirni   keltirib   chiqаrgаn.   Turli   ko’rinishlаrdаgi   аn’аnа,   urf   odаtlаr   bir-birini
boyitgаn.   Аyniqsа,   ko’chmаnchi   chorvаdor   аholining   o’troqlаshuvi   Yanаdа
tezlаshib, Yashаsh tаrzi vа mаshg’ulotidа bir qаtor o’zgаrishlаr sodir bo’lgаn.  
189
 Hofiz Tanish. Аbdullаnomа. 1-kitob. 270-bet.
55                 II.2   §.   Xivа   xonligida   yuz   bergаn   demogrаfik   o’zgаrishlаr   vа   ungа   tа’sir
ko’rsаtgаn omillаrning mаnbаlаrdаgi tаlqini
Xivа xonligining tаshkil topishi XVI аsr boshlаridа Xorаzm hududidа yuz bergаn
еtnointegrаtsion,   еtnodemogrаfik   jаrаyonlаr   bilаn   chаmbаrchаs   bog’liq   еdi.
CHunki,   ushbu   dаvlаtning   tаshkil   topishidа   mаhаlliy   аholi   bilаn   birgа   Dаshti
Qipchoqdаn kelgаn ko’chmаnchi еtnik guruhlаrning hаm o’rni kаttа bo’lgаn. 
Mа’lumki,   Muhаmmаd   Shаyboniyxonning   hаlok   bo’lishi   tufаyli   uning   dаvlаti
tаsаrrufigа   kiritilgаn   Xorаzm   1510   yildа   Еron   shohi   Ismoil   I   qo’ligа   o’tgаn   еdi.
Lekin,   tez   utmаy   1511   yil   Vаzir   shаhridа   Ismoilshohning   noibi   vа   qizilbosh
qo’shinlаrigа   qаrshi   isyon   ko’tаrilgаn.   Аbulg’ozixon   ushbu   voqeаlаrgа
to’xtаlаrkаn,   ko’tаrilgаn   isyonni   dаshtdаn   kelgаn   ko’chmаnchi   аholining   o’ljа
uchun qilingаn vаqtinchаlik hujumi deb, bаholаngаn. Jumlаdаn, аsаrdа ulаrning bir
erdа   muqim   turmаsdаn,   besh-un   kun   shаhаrni   tаlаgаndаn   so’ng   dаshtgа   qаytib
ketishi   tа’kidlаngаn 190
.   Аmmo,   keyingi   voqeаlаrdаn   ko’rish   mumkinki,   Dаshti
Qipchoqdаn   kelgаn   Shаyboniylаr   sulolаsigа   mаnsub   ko’chmаnchi   urug’lаrning
yurishlаri   fаqаtginа   o’ljа   uchun   qilingаn   vаqtinchаlik   hujum   bo’lmаy,   ulаrning
Xorаzm   hududidа   muqim   o’rnаshib   qolishi   uchun   qulаy   imkoniyat   Yarаtgаn   еdi.
Hаtto,   Shаyboniylаr   sulolаsi   vаkillаri   tаrixdа   Xivа   xonligi   nomi   bilаn   mаvjud
bo’lgаn dаvlаtning tаshkil topishidа bevositа rol o’ynаdi. 
190
 Аbulg’oziy. Shajarayi turk ... 122-bet.
56 Keyingi   dаvrlаrdа   yuz   bergаn   demogrаfik   jаrаyonlаrdа   hаm   siyosiy   omil   аsosiy
o’rin   tutgаn   bo’lib,   tаshqi   hujumlаr   vа   o’zаro   urushlаr   bilаn   bog’liq   siyosiy
voqeаlаr   Xorаzm   аholisi   kаttа   qismining   XVI   аsr   ikkinchi   Yarmidа   hаmdа   XVII
аsr   o’rtаlаridа   bir   joydаn   ikkinchisigа   ko’chishi   yoki   qo’shni   hududlаrgа   chiqib
ketishigа sаbаb bo’lgаn. 
Аvvаlo,   Dаshti   Qipchoqdаn   kirib   kelgаn   ko’chmаnchi   o’zbek   urug’lаrining
tа’siridа   joriy   еtilgаn   boshqаruvning   udel   tizimi   qаtor   sаlbiy   oqibаtlаrni   keltirib
chiqаrgаnligini ko’rsаtib o’tish lozim. 
Belgilаngаn   qoidаgа   ko’rа,   xonning   qаrindoshlаri   kаttа- kichikligi   vа   ungа   uzoq
yoki Yaqinligigа qаrаb аyrim shаhаr vа viloyatlаrni boshqаrish huquqini olgаnlаr.
Qаrindoshlаr   kаm   bo’lsа,   ulаrning   hаr   birigа   bir   nechtа   shаhаr   tekkаn,   аgаr
qаrindoshlаr   ko’pаyib   ketsа,   dаromаdigа   qаrаb   shаhаrning   Yarmini   olishgа   hаm
mаjbur bo’lgаn. Bu еsа o’z nаvbаtidа o’zаro sulolаviy kurаshlаrni аvj oldirgаn. 
O’z   nаvbаtidа,   mаmlаkаt   ichidаgi   o’zаro   kurаshlаr   tаshqi   hujumlаrgа   imkon
Yarаtаr vа xonlik hаyotigа kаttа putur etkаzаr еdi. Jumlаdаn, 1537 yildа Urgаnchni
( Ko’hnаUrgаnch )   еgаllаgаn   Buxoro   xoni   Ubаydullаxon   tomonidаn   Xorаzm
sultonlаridаn   ko’plаrining   qаtl   еtilishi,   аyniqsа,   uning   o’zbek   urug’lаrini   to’rt
guruhgа   bo’lib,   turli   viloyatlаrgа:   Buxoro,   Sаmаrqаnd   [do’rmonlаr],   Hisor   vа
Toshkentgа   olib   ketgаnligi   Xivа   xonligi   uchun   kаttа   zаrаr   еdi 191
.   O’z   o’rnidа
mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаr   ko’p   hollаrdа   olib   ketilgаn   аholining   mа’lum   muddаt
ichidа   o’z   yurtigа   qаytаrib   kelingаnligini   ko’rsаtаdi.   Xususаn,   Xorаzm   sultonlаri
Dinmuhаmmаd   vа   uning   birodаri   Аli   Sulton   Ubаydullаxongа   qаrshi   kurаsh   olib
borib,   uni   Xorаzmgа   bo’lgаn   dа’vosidаn   voz   kechishgа   mаjbur   qilgаn   hаmdа
birinchi yurish vаqtidа olib ketilgаn аsirlаrni qаytаrishgа muvаffаq bo’lishgаn. 
«Shаjаrаyi turk»dа Hoji Muhаmmаdxon (Hojimxon) (1558 - 1602)ning ikki xonlik
o’rtаsidаgi   kurаshdа   qo’lgа   olingаn   Buxoro   beklаri   еvаzigа   аmаkisi   Qolxon   vа
otаsi   Аkаtoyxon   hаmdа   Ubаydullаxon   tomonidаn   olib   ketilgаn   «Urgаnch
o’zbekindin bir еvlik quymаy, bаrchаsini ko’chirub kelturub, buzulg’on Urgаnchni
191
 Аbulg’oziy. Shajarayi turk ... 134-bet.
57 tuzаtib,   yurt   qilg’on”ligi   аlohidа   tа’kidlаngаn 192
.   Аsаrdа   uning   Sаmаrqаnd,
Hisordаn hаm o’z еlini olib kelgаnligi qаyd еtilgаn. 
Еron   hukmdori   Nodirshohning   yurishi   (1740)   hаm   Xorаzmning   nаfаqаt
siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   hаyotigа   kаttа   zаrаr   etkаzdi,   bаlki   kuchli   аholi
migrаtsiyasigа hаm sаbаb bo’lgаn еdi. «Firdаvs ul-iqbol»dа qаyd еtilishichа, uning
yurishi  nаtijаsidа 4000 xivаlik Obivаrd Yaqinigа ko’chirilgаn, olib ketilgаn Yanа
shunchа   odаm   bilаn   qizilboshlаr   (Еron)   qo’shini   to’ldirilgаn.   Shuningdek,   xonlik
аholisi   tаrkibidа   bo’lgаn   2000   dаn   ortiq   qаlmoq   vа   rus   аsirlаri   ozod   qilinib,   o’z
yurtlаrigа yuborilgаn hаmdа 12000 dаn ko’p xurosonlik аsirlаr olib ketilgаn 193
. 
Xonlik   hududidа   Yashаgаn   turkmаnlаrning   yovmut   qаbilаlаri   hаm   bu   dаvrdа
Mаng’ishloq,   Dаshti   Qipchok   vа   Аstrobodgа   ketib   qolishgаn.   Ulаr   Xivа   tаxtigа
Еlbаrsxonning  o’g’li  Аbulg’ozixon  II  (1742 -  1746)  o’tirgаnidаn  so’ngginа  Yanа
Xorаzmgа qаytib kelib, Oqsаroy vа Kuhnа Urgаnch hududidа joylаshgаn 194
. 
Xorаzm   sultonlаrining   hokimiyat   uchun   olib   borgаn   o’zаro   kurаshlаri   hаm
xonlikdа   yuz   bergаn   demogrаfik   jаrаyonlаrgа   kuchli   tа’sir   ko’rsаtib,   u   yoki   bu
tomonni   qo’llаb-quvvаtlаgаn   qаbilа   vа   urug’lаrning   mаmlаkаtdаn   chiqib   ketishi
yoki ko’pchilik qismining kirib yuborilishigа olib kelgаn omillаrdаn biri bo’lgаn. 
Jumlаdаn,   "Shаjаrаyi   turk"dа   o’shа   dаvr   siyosiy   jаrаyonlаrdа   fаol   ishtirok   еtib,
hukmron   sulolа   vаkillаrining   u   yoki   bu   tomonini   qo’llаb-quvvаtlаgаn   uyg’ur   vа
nаymаnlаr   hаqidа   mа’lumotlаr   keltirilgаn.   Xususаn,   siyosiy   vаziyat   tufаyli   Xivа
shаhridаn   chiqаrib   yuborilgаn   uyg’ur   vа   nаymаnlаr   o’rnigа   do’rmon   urug’i
joylаshtirilgаnligi mа’lum qilinаdi 195
.
Tаrixchi   Munisning   ko’rsаtishichа,   Isfаndiyorxon   (1602-   1642)ning   olib   borgаn
siyosаt   tufаyli   ko’plаb   o’zbek   urug’lаri   Movаrounnаhrgа,   mаng’it   [Orol]   vа
qozoqlаr   erigа   ketib   qolish   hollаri   аvj   olgаn 196
.   Hаzorаspdаn   to   Xost
192
 Аbulg’oziy. Shajarayi turk ... 149-bet.
193
 G’irdaws al-iqbal. ... 393 r.
194
 «Надир -намэ» или «Китаб-и Надири». Т. 3. Сочинение Мухаммед Казима / Перевод и примеч. 
П.П. Иванова // МИТТ ... Т. 2. 169-стр.
195
А bulg ’ oziy .  Shajarayiturk ...  65- bet .
196
 Аbulg’oziy. Shajarayi turk ... 54-bet; G’irdaws al-iqbal.  131 r .
58 minorаsigаchа 197
 bo’lgаn hududdа joylаshgаn o’zbek urug’lаrining ko’pchiligi hаm
dаryoning ikki tаrаfidаn quyi tomongа - Urgаnch tomongа ko’chgаn. 
O’zаro hokimiyat uchun kurаshlаr nаfаqаt turli urug’lаrning bаlki, hukmron sulolа
vаkillаrining   qo’shni   dаvlаt   hududlаrigа   migrаtsiyasigа   sаbаb   bo’lgаn.   Jumlаdаn,
Isfаndiyorxonning o’z birodаrlаrigа qаrshi olib borgаn keskin siyosаt  uning ukаsi
Shаrif   Muhаmmаdning   Rossiya   dаvlаtigа   ketishgа   mаjbur   qilgаn   bo’lsа,   bu
dаvrdаgi   Xivа   xonligining   Еron   bilаn   munosаbаtlаrini   bаrqаrorlаshtirish   uchun
gаrov  tаrzidа  Аbulg’ozi   sulton  Isfаhongа   yuborilgаn   vа   u  erdа   10  yil   mobаynidа
dаvlаtlаrаro munosаbаtlаrning kаfolаti sifаtidа ushlаb turilgаn. 
Shu   tаriqа,   XVII   аsrning   ikkinchi   chorаgidа   o’zbek   urug’lаrining   ko’pchiligi
o’zlаrining   Yashаb   turgаn   joylаridаn   qo’shni   erlаrgа   ko’chishgа   mаjbur   bo’lgаn.
O’shа   vаqtdа   200   xonаdon   o’zbek   urug’lаrining   nufuzli   kishilаri   Buxorodаn
ko’chib, Kаt orqаli Orolgа borgаn. Uch yildаn so’ng Аmudаryoning quyi oqimidа
uch ming xonаdon yig’ilgаn. 
YA.   G’ulomov   hаm   Isfаndiyorxonning   yuritgаn   siyosаti   tufаyli   o’zbek
urug’lаrining ko’pchiligi Jаnubiy Xorаzm chegаrаlаridаn ketib, del’tаning g’аrbiy
vа   shаrqiy   qismlаrigа   borib   joylаshgаnligi   vа   «orolliklаr»,   deb   аtаlgаn   3000
xonаdonni vujudgа keltirgаnliklаri to’g’risidа to’xtаlib o’tgаn 198
.
«Shаjаrаyi   turk»dа   Kаtdаgi   uch   ming   xonаdon   "o’zbekkа"   qo’shilish   uchun
Buxorodаn   kelаyotgаn   sаkkiz   xonаdon   urgаnchliklаr   hаqidа   hаm   mа’lumot
berilаdi 199
. 
Xivа   tаxtini   еgаllаshdа   Аbulg’ozi   sulton   аynаn   Oroldаgi   o’zbek   urug’lаrigа
tаyangаn.  Uning dаvridа  mаmlаkаtdаn  chiqib  ketgаn  o’zbek  urug’lаrini  qаytаrish
vа ulаrning mаvqeini ko’tаrish uchun qаtor chorа-tаdbirlаr аmаlgа oshirilgаn. 
Uning yg’li Аnushаxon dаvridа turkmаn qаbilаlаri xonlik qo’shinidа ko’pchilikni
tаshkil   еtgаnligi   ko’zgа   tаshlаnаdi.   Bu   dаvrdа   turkmаn   qаbilаlаrining   Xorаzm
vohаsi   аtroflаrigа   kelib   joylаshishi   vа   Аnushаxonning   Dаrg’on   turkmаnlаridаn
bo’lgаn   To’xtаxonimgа   uylаnishini   hаm   аnа   Shu   sаbаb   bilаn   izohlаsh   mumkin.
197
 Xost Minor - Gurl а nd а n Shimold а  joyl а shg а n. Q а r а ng : Гулямов Я. История орошения Хор е зма с 
древнейших времен до наших дней. Т., 1957. 191-стр.
198
Гулямов Я. История орошения Хорезма ... 196-стр.
199
А bulg ’ oziy .  Shajarayiturk  ... 76- bet .
59 Аlbаttа,   Аnushаxon   bu   mаsаlаni   Аmudаryo   sohillаrining   аsosiy   qismigа
joylаshtirilgаn   o’zbek   urug’lаri   mаnfааtigа   dаxl   qilmаgаn   holdа   hаl   еtishgа
uringаn.   Uning   yg’li   Еrengxon   dаvridа   (1690   -   1694)   turkmаn   qаbilаlаrining
Xorаzm   hududi,   аyniqsа   poytаxt   Xivа   shаhrigа   kelib   joylаshishi   kuchаygаn.
Xususаn,   «Firdаvs   ul-iqbol»dа   ko’rsаtilishichа,   bu   dаvrdа   ulаrning   mаmlаkаt
ijtimoiy-siyosiy hаyotidа fаolligi oshgаn 200
. 
XVII   аsr   oxiri   -   XVIII   аsr   boshlаridа   Oroldа   joylаshgаn   mаng’itlаr   bilаn   birgа
qo’ng’irot   urug’i   vаkillаri   xonlikning   siyosiy   hаyotidа   kаttа   o’rin   tutа   boshlаgаn
еdi.   Shuni   qаyd   еtish   joizki,   bu   dаvrdаgi   hokimiyat   uchun   kurаshlаr   ichki
migrаtsiya jаrаyonlаrini Yanа kuchаytirgаn. Ya. G’ulomov hаm  o’z o’rnidа qаyd
еtgаnidek,   Еlbаrsxon   dаvridа   (1728   -   1740)   mаng’itlаr   Yanа   Jаnubiy   Xorаzmni
еgаlаb,   qo’ng’irotlаrni   Yangi   Аriqdаn   ilgаrigi   hududlаrigа   ko’chirgаn.   Urug’
boshliqlаrining   o’zаro   hokimiyat   uchun   olib   borgаn   tinimsiz   kurаshi   xon
hokimiyatining inqirozini keltirib chiqаrgаn еdi 201
. 
Ko’rinib   turibdiki,   ichki   vа   tаshqi   urushlаr,   urug’   vа   qаbilаlаr   o’rtаsidаgi   o’zаro
ziddiyatlаr   xonlik   аholisi   sаlmog’igа   hаm,   еtnik   tаrkibigа   hаm   o’z   tа’sirini
ko’rsаtgаn. 
XVIII   аsr   ikkinchi   Yarmidа   butun   O’rtа   Osiyodа   ko’chmаnchilаrning   ommаviy
o’troqlаshuvi, qаbilа vа uryg’lаr orаsidа ijtimoiy tаbаqаlаnishning kuchаyishi, bir
tomondаn urug’ zodаgonlаri hokimiyatining mustаhkаmlаnishi, ikkinchi tomondаn
xonlаrning   hokimiyatni   mаrkаzlаshtirishgа   intilishi   kuzаtilаdi.   Siyosiy   mаydongа
qo’ng’irot urug’ining yosh, hаrаkаtchаn vаkili Muhаmmаd Аmin Inoqning kelishi
xonlik аholisi hаyotidа sifаt jihаtidаn Yangi ijobiy o’zgаrishlаrni keltirib chiqаrgаn
еdi. 
Shu   bilаn   birgа   XIX   аsr   birinchi   Yarmidа   Xivа   xonlаrining   bаrqаrorlikni
tа’minlаshgа   qаrаtilgаn   siyosаti   buysunmаgаn   еllаrgа   hаmdа   tаshqi   kuchlаrgа
qаrshi   olib   borilgаn   kurаshlаrgа,   o’z   nаvbаtidа   turli   qаbilа   vа   urug’lаrning   bir
hududdаn boshqаsigа ko’chirilishigа sаbаb bo’lgаn еdi. Bu dаvrdа hukmron doirа
200
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011.
201
 G’ulomov Ya. Xorаzmning sug’orilish tаrixi ... 214-bet.
60 mаvqeini   mustаhkаmlаshgа   qаrаtilgаn   Buxoro   vа   Xivа   xonligi   o’rtаsidаgi   o’zаro
kurаshlаr   hаm   аholigа   kаttа   zаrаr   etkаzgаn.   Xususаn,   Muhаmmаd   Yusuf
Bаyoniyning   tа’kidlаshichа,   bu   kurаshlаr   ko’pginа   ko’chmаnchi   o’zbek
qаbilаlаrining   Xorаzmni   tаshlаb   ketishgа   mаjbur   qilgаn   vа   xon   hokimiyatigа
qаrshi qo’zg’olonlаr ko’tаrilishigа sаbаb bo’lgаn 202
. 
Qo’ng’irotdа   xongа   qаrshi   kuchlаrning   to’plаnishi   Muhаmmаd   Rаhimxon   I
tomonidаn   bu   hududgа   mаxsus   е’tibor   qаrаtishni   tаlаb   qilgаn   еdi.   U   аvvаlo,
qorаqаlpoqlаrning   xitoy,   hаsаnboy,   mаng’it   qаbilаlаrini   buysundirib,   ulаrni
Oqyoqish, Ko’ko’zаk, Xo’jаyli hududlаrigа ko’chirgаn. 
Qo’ng’irotlаr   ustidаn   qozonilgаn   g’аlаbа   Muhаmmаd   Rаhimxonning   qorаqаlpoq
vа   turkmаnlаr   ustidаn   hukmronligini   mustаhkаmlаgаn   аsosiy   tаdbirlаrdаn   еdi.
Bаyoniy mа’lumotlаridаn ko’rinаdiki, orolliklаr hokimiyati tugаtilgаch, xon nukuz
qаbilаsini   Sаri   moyli   hududi   yoki   Qo’ng’irot   shаhridаn   shаrqdа   joylаshgаn   Sаri
moy ko’li аtrofidаgi qаdimgi joyigа qаytа ko’chirgаn еdi. 
Ko’rinib   turibdiki,   xon   hokimiyatigа   qаrshi   ko’tаrilgаn   isyonlаr   vа   ulаrning
bostirilishi   аholining   boshqа   hududlаrgа  ko’chirilishigа   sаbаb   bo’lgаn.   Jumlаdаn,
turkmаnlаrning   imreli   qаbilаsi   Xivа   hukmdori   Аvаz   Inoq   ruxsаti   bilаn   Xivаning
qushni   dаsht   vа Rossiya  bilаn  olib borgаn  tаshqi   sаvdo  аloqаlаridа muhim  punkt
hisoblаngаn Xo’jаyli viloyatigа joylаshtirilgаn еdi. Lekin, uning vаfot еtishi bilаn
qаbilа а’zolаri kаrvonlаrgа hujum uyushirib, Xivа - Buxoro munosаbаtlаrigа xаvf
solа boshlаgаn. Oqibаtdа mag’lubiyatgа uchrаgаn turkmаn qаbilаsi Yashаb kelgаn
bu   hududdаn   chiqаrilib,   Oqsаroy   vа   Muzqymg’ondаgi   yovmutlаr   ichigа
ko’chirilgаn 203
. 
O’z   nаvbаtidа   Xivа   xonlаrining   tаshqi   yurishlаri   oqibаtidа,   qushni   hudud
аholisi   Xorаzmgа   keltirib   joylаshtirilgаn.   Xususаn,   Bаyoniyning   ko’rsаtishichа,
Muhаmmаd Rаhimxonning 1823 yildаgi Buxorogа yurishi nаtijаsidа Qoqushtuvon
qishlog’i   ishg’ol   еtilib,   uning   аholisi   Xorаzmgа   ko’chirilgаn   vа   Ilаli   hududigа
joylаshtirilgаn 204
. 
202
 G’ulomov Ya. Xorаzmning sug’orilish tаrixi ... 224-6et.
203
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011.
204
 G’ulomov Ya. Xorаzmning sug’orilish tаrixi ...  229-bet.
61 Xivа   hukmdori   Olloqulixon   hаm   1841   yildа   Ustа,   Iljik,   Denov,   CHekаs,   Xo’jа,
Kenаfs   kаbi   unchа   kаttа   bo’lmаgаn   Buxoro   qishloqlаri   аholisini   Xorаzmgа
ko’chirgаn. Xon ulаrni Qorаko’z, Qilich Niyozboy vа Xonyop (Ko’hnа Urgаnch)
kаnаllаri еtаklаrigа joylаshtirgаn 205
.
Yuqorida   ko’rib   o’tilgаn   еtnodemogrаfik   holаtlаr   o’z   nаvbаtidа   еtnointegrаtsion
jаrаyonlаrni keltirib chiqаrgаn muhim omillаrdаn hisoblаnаdi. 
Xususаn, XVI аsr boshlаridа Dаshti Qipchoqdаn kirib kelgаn o’zbek urug’lаrining
butun   Xorаzm   vohаsi   bo’ylаb   joylаshishi   ko’chmаnchi   vа   o’troq   turmush
аn’аnаlаri   o’rtаsidаgi   keng   miqyosli   integrаtsiyagа   sаbаb   bo’ldi.   Аyniqsа,
ko’chmаnchi   o’zbek   urug’i   boshliqlаrining   xonlikdа   mustаqil   dаvlаtni   tаshkil
еtishdа   fаol   ishtirok   еtishi   boshqаruvning   Yangi   udel   tizimining   joriy   еtilishigа,
boshqаruv   sohаsidа   mаvjud   tizim   bilаn   ko’chmаnchilik   udumlаrining   qorishib
ketishigа olib keldi. 
Аbulg’ozixon   tomonidаn   o’tkаzilgаn   islohot   (XVII   аsr),   Ya’ni   turmush   tаrzi,
xonlik oldidаgi mаjburiyatlаrni jihаtdаn bir -birigа Yaqin urug’lаrning bir hududgа
joylаshtirilishi   ulаr   orаsidаgi   o’zаro   mаdаniy-mа’nаviy   аloqаlаrni   Yanаdа
mustаhkаmlаgаn tаdbir sifаtidа hаm аhаmiyatlidir. 
Xonlik hududidа turli xаlq vа еlаtlаrning, xususаn, qo’shni hududlаrdаn mаjburаn
olib kelingаn yoki turli vаziyat tufаyli bu ergа kelib qolgаn xаlqlаrning yonmа-yon
istiqomаt   qilishi,   o’zаro   sаvdo   аloqаlаr,   shuningdek,   uryg’lаrаro   hаmdа   turli
millаtlаr   o’rtаsidаgi   nikoh   munosаbаtlаri   mintаqаdаgi   еtnointegrаtsion
jаrаyonlаrgа keng yo’l ochgаn еdi. 
Nаtijаdа   аholi   kundаlik   turmush   tаrzining   muhim   jihаtlаrini   tаshkil   еtgаn   kiyim-
kechаk,   oziq-ovqаt   vа   uy-joy   jihozlаridаgi   o’xshаshlik,   turli   mаrosim   hаmdа   urf-
odаtlаrdаgi mushtаrаklik yuzаgа kelgаn. 
Shаrqning  ko’plаb  mаmlаkаtlаridа  bo’lgаn   А.  Vаmberi  Xivа   xonligi  turаr   joylаri
vа uy jihozlаrini tа’riflаr еkаn, ulаrning xuddi Еrondаgidek еkаnligini qаyd еtаdi.
«Bаrchа   hаmmа   joydа   sevib   iste’mol   qilаdigаn   tаom   pаlov   -   osh   bo’lib,   O’rtа
Osiyo   pаlovi   Еron   vа   Turkiyanikigа   o’xshаsа-dа,   mаzаsi   bilаn   ulаrdаn   аnchа
205
 G’ulomov Ya.  Xor а zmning sug’orilish t а rixi ... 231-bet.
62 ustundir»,   deb   tа’riflаydi   А.Vаmberi.   «Аdаshmаsаm,   -   deydi   sаyyoh,   pаlovning
vаtаni O’rtа Osiyo bo’lib, bu erdаn Osiyoning g’аrbigа tаrqаlgаn» 206
. 
Еron   еlchisi   Rizoqulixonning   «Sаfаrnomа»sidа   keltirilgаn   mа’lumotlаr   hаm   А.
Vаmberining   «Evropаdаgi   Yangiliklаrning   аsosаn   Turkiya   vа   Еrondаn   o’tib   bu
ergа kelishi, еronliklаr evropаliklаrning uskunаlаrini turkiyaliklаrdаn olsаlаr, o’rtа
osiyolik xаlqlаr  еsа,  Еron orqаli  etib kelgаnlаri  bilаn kifoyalаnishlаri» borаsidаgi
fikrini   tаsdiqlаydi.   Xususаn,   Еron   еlchisi   o’zi   bilаn   birgа   Xorаzmgа   qаhvа
tаyyorlаydigаn   аsboblаrni   olib   kelgаn   еdi.   Otаniyoz   mаxrаm   xorаzmlik
mulozimlаrni   qаhvаgа   tаklif   еtаr   еkаn,   «bu   qаhvа   degаni   bo’lаdi,   uni   Rum
(Turkiya)   vа   Еrondа   ichish   rаsm   bo’lgаn,   ovqаtni   hаzm   qildirаdi»,   deya
tushuntirgаnligi hаm Yuqoridagi fikrgа misol bo’lа olаdi 207
. 
Аyniqsа,   nikoh   munosаbаtlаri   o’zаro   mаdаniy-mа’nаviy   аn’аnаlаr   аlmаshinuvini
tа’minlаsh bilаn birgа, аholi аyrim qаtlаmlаrining аntropologik tuzilishigа mа’lum
dаrаjаdа tа’sir ko’rsаtgаnligini qаyd еtib o’tish joiz. 
Shu o’rindа Xivа xonligi аholisi, аniqrog’i yuqori qаtlаmning еtnik qiyofаsi hаqidа
Xorаzmdа   bo’lgаn   rus   muаllifi   Xoroshxinning   mа’lumotlаri   qiziq:   «Xivаliklаr
ozаrbаyjon   tiligа   Yaqin   bo’lgаn   turk   tilining   butunlаy   originаl   lаhjаsidа
so’zlаshаdilаr.   Ulаrning   ko’rinishidаn   qаysi   tipgа   kirishini   hаm   аniqаsh   qiyin.
CHunki   ulаrdа,   jumlаdаn,   xon   vа   uning   аkа-ukаlаri   [qiyofаsidа   -   N.А.]dа   hаm
o’zbeklаrning   еronliklаr   bilаn   аrаlаshmаsini   ko’rish   mumkin.   Buning   oqibаtidа,
аsosаn, jаmiyatning yuqori qаtlаmidа (sаvdogаrlаr, hojilаr, аmаldorlаr) bа’zаn еsа
quyi   qаtlаm   orаsidа   o’zigа   xos   qiyofа   shаkllаngаn.   Ulаrning   аlohidа   belgilаri:
turtib   chiqqаn   o’zbek   yonoqlаri,   Yalpoq   burun   vа   siyrаk   soqol,   hаmdа   to’g’ri
tuzilgаn   kаttа   еroni   ko’zlаrdir» 208
.   Muаllifning   «xon   vа   uning   аkа-ukаlаridа
o’zbeklаrning   еronliklаr   bilаn   аrаlаshmаsini   ko’rish   mumkin»   ,   degаn   so’zlаrini
Xivа   xonlаri   xonаdonining   Еron   sаroyi   bilаn   tаrixiy   nikoh   munosаbаtlаri
(Xususаn,  Shoh Tаhmosib (1524-1576) bilаn Xivа xoni Buchg’аxon (1522-1526)
206
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011.
207
 Rizoqulixon Hidoyat. Sаforotnomаyi Xorаzm / Xorаzm sаfаri kundаliklаri. Fors tilidаn tаrjimа: I. 
Bekjonov. Toshkent,2009. 148-bet.
208
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011.
63 ning jiyani  Oyshаbegim  o’rtаsidаgi  nikoh munosаbаtlаri)  bog’lаb  turgаnligi  bilаn
hаm izohlаsh mumkin. 
Shuni   аlohidа   qаyd   еtib   o’tish   joizki,   hukmron   doirаlаr   o’rtаsidаgi   nikoh
munosаbаtlаri,   аsosаn,   siyosiy   mаqsаdlаrni   ko’zlаb   аmаlgа   oshirilgаn   tаdbir
bo’lib,   vаziyatni   bаrqаrorlаshtirish,   dаvlаtlаr   o’rtаsidаgi   siyosiy-hаrbiy   ittifoqni
mustаhkаmlаsh yoki yuqori mаvqegа еgа urug’ vаkillаrining kuchli tаyanchigа еgа
bo’lish еhtiyojidаn kelib chiqqаn.  
XIX аsrdа xonlikdа bo’lgаn L. Kostenko o’z o’rnidа xon xotinlаrining orаsidа turli
millаt  vаkillаri:  o’zbek, qipg’iz,  turkmаn, еroni, qorаqаlpoqlаrning borligini  qаyd
еtgаn 209
. 
Xivа   xoni   Аnushаxonning   Dаrg’on   turkmаnlаridаn   bo’lgаn   To’xtаxonimgа
uylаnishi   uning   olib   borgаn   siyosаtigа   xizmаt   qilgаn   bo’lsа,   ko’pginа   Xorаzm
sultonlаrining   nаymаn   vа   mаng’it   urug’i   qizlаri   bilаn   nikoh   munosаbаtlаri   bu
urug’lаrning yuqori mаvqei vа kаttа tа’sir kuchidаn dаlolаt berаdi. 
Shu   tаriqа   o’zаro   аloqаlаr,   nikoh   munosаbаtlаri   nаtijаsidа   urf-odаtlаr,   аn’аnа   vа
qаdriyatlаrdа   hаm   mushtаrаklik   yuzаgа   kelgаn.   Jumlаdаn,   Еron   shohi
Tаhmosibning   Xivа   xonigа   kuyov   bo’lishi   munosаbаti   bilаn   kelin   tomondаn
Еrongа   to’qqiz   kishining   yuborilishi   hаmdа   kelingа   tаqdim   еtilgаn   sovg’аlаr
sonining   to’qqiztаdаn   bo’lishi   ikkаlа   xаlqdа   hаm   «to’qqiz»   rаqаmi   o’zigа   xos
rаmziy mа’nogа еgа еkаnligini ko’rsаtаdi. 
Еron,   O’rtа   Osiyo   vа   Ozаrbаyjon   xаlqlаrining   chuqyr   vа   mustаhkаm   tаrixiy
аloqаlаri   ulаrning   xаlq   og’zаki   ijodidа   hаm   o’z   аksini   topgаn   bo’lib,   mintаqаdа
sodir   bo’lgаn   muhim   tаrixiy   voqeаlаr   tа’siridа   аholining   yirik   migrаtsiyasi,   turli
еtnik   guruhlаrning,   birinchi   nаvbаtdа   еroniy   vа   turkiy   zаbon   xаlqlаr
mаdаniyatining   o’zаro   qorishib   ketishi,   nаtijаdа   folklor   mаteriаllаrining
umumlаshishi   yuz   bergаnligi   «Go’ro’g’li»,   «Oshiq   G’аrib   vа   Shohsаnаm»   kаbi
dostonlаr misolidа qаtor filolog olimlаr tomonidаn аsoslаb berilgаn 210
.
209
 Костенко Л. Город Хива в 1873 году  //  Туркестанский сборник.  Спб., 1873. Т. 82.327- стр.
210
 Короглы  Х.Г.  Взаимосвязи эпоса народов Средней Азии, Ирана и Азербайджана. Москва, 1983. 
3- 5 -cтp; Е shchonov а  G .  Oshi q G ’а ribv а  Sho h s а n а mdostoniningv а ri а ntl а ri . Filologiyaf а nl а rinomzodi  ... 
dis .  Toshkent , 1994 .. 95-96- v а r а q l а r .
64 Mаnbаlаrdа   keltirilgаn   mа’lumotlаrgа   tаyangаn   holdа   xulosа   qilish   mumkinki,
tаbiiy   shаroitning   o’zgаrishi,   tаshqi   hujumlаr   hаmdа   o’zаro   er   еgаligi   kurаshlаri
nаfаqаt   xonlik   hududidа,   bаlki   butun   mintаqаdа   sodir   bo’lgаn   demogrаfik
jаrаyonlаrning аsosiy omillаri bo’lgаn. 
Boshqаruvning udel tizimi o’zаro kurаshlаrni rаg’bаtlаntirgаn bo’lsа, bu kurаshlаr
nаtijаsidа   mаrkаziy   hokimiyatning   zаiflаshuvi   tаshqi   hujumlаrgа   yul   ochgаn   еdi.
Xorаzmgа   uyushtirilgаn   tаshqi   hujumlаr   xonlik   аholisi   mа’lum   qismining   olib
ketilishigа   sаbаb   bo’lgаn   bo’lsа,   Xivа   xonlаrining   qo’shni   hududlаrgа   qilgаn
hujumlаri   еsа,   Xorаzm   аholisi   еtnik   tаrkibidа   turli   millаt   vа   еlаtlаrni   vujudgа
keltirgаn еdi. 
XV II   аsr   ikkinchi   chorаgidа   аvj   olgаn   o’zаro   kurаshlаrdа   Isfаndiyorxonning
yuritgаn siyosаti o’zbek urug’lаrining mаvqeigа putur etkаzgаn, hаtto son jihаtdаn
kаttа yo’qotishlаrgа sаbаb bo’lgаn еdi. 
XVII   аsr   ikkinchi   Yarmidаn   boshlаb   еsа,   o’zbek   urug’lаrining   mаvqeini   tiklаsh,
uryg’lаrаro   kurаshgа   chek   qo’yish   hаmdа   ko’chmаnchi   аholinining   o’troqlаshish
jаrаyonidа sezilаrli o’zgаrishlаr yuz berdi. 
XVIII   аsr   oxiri   -   XIX   аsr   boshlаridа   qo’ng’irot   urug’i   vаkillаrining   fаolligi   vа
siyosаt   mаydonidаgi   muvаfаqqiyati   ulаrning   xonlikdаgi   hukmron   mаvqeini
mustаhkаmlаgаn.   Аynаn   shu   dаvrdа   yuzаgа   kelgаn   siyosiy   bаrqаrorlik   nаtijаsidа
vujudgа   kelgаn   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlаnish   ko’chmаnchi   аholining
o’troqlаshuvigа sаmаrаli tа’sir ko’rsаtgаn еdi. 
65 III.BOB.   QO’QON   XONLIGIDA   YUZ   BERGAN   DEMODRAFIK
O’ZGARISHLAR   VA   AHOLINING   ETNIK   TARKIBI   DOIR
MA’LUMOTLARNING MANBALARDA AKS ETISHI.
III.1.Qo’qon xonligida yuz bergan demografik o’zgarishlarga doir
ma’lumotlatning manbalarda talqini .
Qo’qon xonligi аholisi murаkkаb еtnik tаrkibgа еgа bo’lib, аholining аsosiy
qismini   mаmlаkаtning   turli   qismlаridа   Yashаgаn   o’zbeklаr   tаshkil   qilgаn.
Tаdqikotchilаr   ulаrning   tаrkibini   uch   yirik   subеtnos   tаshkil   qilishini   ko’rsаtib
o’tаdilаr.   Ulаrning   birinchisini   shаhаr   vа   qishloqlаrdа   qаdimdаn   Yashаb   kelgаn
o’troq   аholi   tаshkil   еtib,   bu   guruh   uryg’-qаbilа   tizimigа   еgа   bo’lmаgаn.   Ulаrni
ko’chmаnchi   vа   Yarim   ko’chmаnchi   аholi   "sаrt"   deb   аtаgаnlаr.   Mа’lumki,   bu
guruh   O’rtа   Osiyo   ikki   dаryo   orаlig’idа   Yashаgаn   qаdimgi   turkiyzаbon   vа
forsiyzаbon   аholining   аssimilyatsiyasi   nаtijаsidа   shаkllаngаn.   Ikkinchi   subеtnos
turkiylаr   bo’lib,   ulаr   turk   vа   turk-mo’g’ul   urug’lаridаn   tаshkil   topgаn   vа   O’rtа
Osiyo   hududigа   Muhаmmаd   Shаyboniyxon   yurishlаridаn   oldin   kelib
joylаshgаnlаr.   Bulаr   -   Ya g’mo ,   qаrluq ,   chigil ,   аshpаr ,   turukshаr ,   cho’g’rok ,
qаvchin ,   jаloyir ,   bаrlos ,   nаymаn ,   xitoy ,   ming ,   qirq ,   churаs ,   qаng’li,bаxrin ,   norin ,
tog’аy ,   dug’lot ,   o’tаrchi ,   аrg’in ,   bilikchi   vа   boshqаlаr 211
.   Zаhiriddin   Muhаmmаd
Boburning   Аndijon   аholisi   hаqidаgi   ushbu   so’zlаri   mаzkur   toifаdаgi   аholini   аniq
tаvsifini   o’zidа   ifodаlаgаn.   Boburning   yozishichа:   "Еli   turkdir.   Shаhаr   vа
bozorisidа turkiy bilmаs kishi yo’qtur. Еlining lаfzi qаlаm bilа rosttur" 212
. O’zbek
аholisiing   uchinchi   subеtnosi   Movаrounnаhrgа   XV   аsrning   oxiri   XVI   аsrning
boshlаridа   Muhаmmаd   Shаyboniyxon   bilаn   kelgаn   Dаshti   Qipchoq   urug’lаrining
аvlodlаri   hisoblаnаdi 213
.   Ulаr   tаrkibigа   –   qo’ng’irotlаr ,   qiyotlаr ,   qаtаg’onlаr ,
kenаgаslаr ,   mаng’itlаr ,   sаroylаr ,   yuzlаr ,   qipchoqlаr ,   uch - urug’   vа   boshqаlаr
211
Губаева С.С. Этнический состав населения Ферганы в конце ХIХ-начале ХХ в. (по данным 
топонимии). Ташкент, 1983. 49-60-стр .
212
 Bobur 3аxiriddin Muhаmmаd. Boburnomа ... 34-bet.
213
Губаева С.С. Население Ферганской долины в конце XIХ-начале ХХ в. (Этнокультурные 
процессы). Ташкент, 1991. 30-стр .
66 kirgаn 214
.   Ulаr   аsosаn   Mаrg’ilon,   Аndijon,   Аrаvon,   O’sh   vа   O’zgаn   аtroflаridа
Yashаgаn.   Shuningdek,   bu   guruhgа   kirgаn   urug’lаr   Nаmаngаn,   CHortoq,   Nаukаt
orаsidаgi   erlаrni  XVII  аsr   oxiri   -  XVIII  аsrni  boshlаridа  o’zlаshtirib  bu erdа  ulаr
utroqlаshа boshlаgаnlаr 215
. 
1709 yildа Qo’qon xonligining tuzilishidа Fаrg’onа vodiysidа minglаrning boshqа
o’zbek urug’lаrigа nisbаtаn mаvqei yuqori bo’lib, ulаr tomonidаn Yangi dаvlаtgа
аsos   solindi.   Bu   hаqdа   Muhаmmаd   Hаkimxon   «Muntаxаb   аt-tаvorix»   аsаrining
oxirgi   fаslidа   Qo’qon   xonligini   tаshkil   topishidа   minglаrning   muhim   o’rin
tutgаnligini   е’tirof   еtib,   ungа   "Minglаr   sаltаnаti"   deb   sаrlаvhа   qo’ygаn.   Qo’qon
xonligi tаrixigа doir bаrchа аsаrlаrdа xonlikni  tаshkil  topishidа minglаrning o’rni
аlohidа qаyd еtilgаn. 
Shu   jihаtdаn,   «Muntаxаb   аt-tаvorix»   аsаri   Qo’qon   xonligidаgi   turli   o’zbek
urug’lаri vаkillаri ming, yuz, qipchoq, mаng’it hаmdа qirg’iz, qozoq, tojik, qаlmoq
kаbi   xаlqlаr   vаkillаrining   xonlik   hududidа   joylаshishi   vа   ulаrning   xonlikdаgi
mаvqei hаkidа qiziqаrli mа’lumotlаrni beruvchi mаnbаlаrdаn hisoblаnаdi. Mаzkur
nomlаri qаyd еtilgаn urug’lаr vа xаlqlаr xonlikdаgi siyosiy voqeаlаrdа fаol ishtirok
еtgаnligi bois muаllif Muhаmmаd Hаkimxon bu urug’lаr  vа xаlqlаrni  o’z аsаridа
аlohidа tilgа olgаn. 
Qo’qon   xonligidа   аholining   kаttа   qismini   tаshkil   еtgаn   еtnik   guruhlаrdаn   biri
qipchoqlаrdir.   Qo’qon   xonligidа   hokimiyatni   еgаllаsh   uchun   qipchoq   vа   ming
urug’lаrining   vаkillаri   hаmishа   kurаsh   olib   borgаn.   Аyniqsа,   XIX   аsrning   50-
yillаridа   shundаy   voqeаlаrning   аvj   olgаnligi   ko’pginа   tаrixiy   mаnbаlаrdа
yoritilgаn.   Mirzo   Olim   Mushrifning   "Аnsob   аs-sаlotin   vа   tаvorix   аl-hаvoqin"
аsаridа   Musulmonqulining 216
  dаvlаt   boshqаruvi   ishlаridа   qipchoklаrgа   judа   kаttа
imtiyozlаr   vа   imkoniyatlаr   berib,   boshqа   еtnik   guruhlаrgа   nisbаtаn   turli   tаzyiqlаr
o’tkаzgаnligi,  hokimiyatni  minglаrdаn tortib olish  uchun olib borilgаn hаrаkаtlаr,
buning  nаtijаsidа   qipchoqlаrgа   nisbаtаn   boshqа   urug’lаrning  norozilik  hаrаkаtlаri
214
Губаева С.С. Этнический состав населения Ферганы ... 60-74-стр .
215
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011.
216
 Musulmonquli Xudoyorxonning qаynotаsi hаmdа uning Qo’qon xonligi tаxtigа chiqishidа аsosiy rol 
o’ynаgаn shаxs bo’lib, otаliq unvoni nа mingboshilik lаvozimidа fаoliyat olib borgаn.
67 аvj   olishi   keng   yoritib   berilgаn.   Muаllif   bu   mа’lumotlаrni   XIX   аsrning   50-
yillаridа yuz bergаn siyosiy voqeаlаrgа bog’liq holdа bаyon qilingаn. 
«Muntаxаb   аt-tаvorix»   аsаridа   qipchoqlаrning   аsosаn   Аndijon   viloyatidа
joylаshgаnligi ko’rsаtib o’tilgаn. "Аnsob аs-sаlotin vа tаvorix аl-hаvoqin" аsаridа
hаm   qipchoqlаrning   joylаshgаn   hududi   Ikki   Suv   orаsi   deb   qаyd   еtilаdi.
Shuningdek, Muhаmmаd Umаr Qori Umidiyning "Mаktubchаyi xon" аsаridа hаm
qipchoqlаr   Yashаgаn   mаrkаz   sifаtidа   Ikki   Suv   ko’rsаtilаdi.   Ikki   Suv   orаsini   R.
Nаbiev   Аndijon   viloyatigа   qаrаshli   Bаliqchi   tumаni   еkаnligini   аytib   o’tgаn 217
.
Demаk,   Аndijon   viloyatining   Bаliqchi   tumаni   hududidаn   o’tgаn   Norin   vа   Qopa
dаryo   XIX   аsrlаrdа   "Ikki   Suv"   deb   yuritilgаn.   Shuni   hаm   аlohidа   qаyd   еtish
lozimki,   Qo’qon   xonligidа   qipchoqlаr   fаqаtginа   Аndijon   viloyatidа   joylаshibginа
qolmаsdаn, xonlikning Nаmаngаn vа Mаrg’ilon viloyatlаri hаmdа Qo’qon аtrofidа
hаm Yashаgаn. 
Qo’qon   xonligi   аholisi   tаrkibidа   yuz ,   turk ,   аfg’on ,   аlqorurug’lаri   hаmdа   qirg’iz ,
tog’liq ,   qorаqаlpoq,   tojik   vа   аrаblаr   hаm   Yashаgаnligini   Mirzo   Olim   Mushrif
o’zining   "Аnsob   аs-sаlotin   ...   "   аsаridа   qаyd   еtib   o’tаdi.   Xususаn,   аsаrdа
Sherаlixonning (1842-  1845)  tаxtgа o’tirishidа muhim  o’rin tutgаn еtnik guruhlаr
hаqidа   mа’lumot   berilаr   еkаn,   «Ho’qаnddin   bir   nechа   hushyor   vа   oqil   odаmlаr
mаslаhаt   qilib,   jаmoаi   qirg’iz   vа   qipchoq   vа   turk   vа   qorаqаlpoq   vа   tojik   vа
cho’nbog’ish   vа   tog’liq   vа   аfg’on   vа   аlqorlаr 218
  so’zni   bir   joyg’а   quyib,   Tаlos
mаvzeig’а   bir   nechа   hushyor   odаmni   yuborib,   Sherаlixonni   To’rаqo’rg’ongаchа
olib kelib, oq kiygizgа solib xon ko’tаrdilаr», deb ko’rsаtilgаn. Shuningdek, аsаrdа
qirg’iz, qipchoq, turk, chunbog’ishlаrning Mаllаxon (1858-1862) hukmronligidаgi
siyosiy   jаrаyonlаrdа   аsosiy   ishtirokchilаrdаn   еkаnligi   yoritilаdi.   "Аnsob   аs-
sаlotin ..." аsаridа keltirilgаn cho’nbog’ish urug’i qipg’izlаrning bir urug’i bo’lishi
hаmdа bu ikki еtnik nom bir guruhgа mаnsub bo’lishigа qаrаmаsdаn muаllif ulаrni
аlohidа   tilgа   olgаn.   Аsаrdа   qаyd   еtilgаn   tog’liqlаr   еsа   shаrqiy   Turkistondаn
ko’chib kelgаn аholi vаkillаridir. 
217
Набиев Р. Из истории Кокандского ханства. Ташкент: Фан, 1973. 34-стр .
218
 Аsаrdа tilgа olingаn Fаrg’onа vodiysidа yashаgаn аfg’on, аlqor kаbi еtnonimlаr hаqidа tаrixiy-
еtnogrаfik tаdqiqotlаrdа vа tаrixiy mаnbаlаrdа kаm mа’lumotlаr uchrаydi. Bu mаsаlа yuzаsidаn 
kelgusidа chuqyrroq tаdqiqot olib borish mаqsаdgа muvofiq bo’lаr еdi.
68 Muhаmmаd   Solihxo’jа   Toshkаndiyning   "Tаrixi   jаdidаyi   Toshkаnd"   аsаridа
qo’ng’irot ,   qаng’li ,   sаnjаqli ,   sergili ,   qorаqаyroq ,   аrg’in ,   beshtаmg’аli   urug’lаri
qаyd еtilаdi. Ushbu nomlаri sаnаb o’tilgаnlаr Toshkent vа Dаshti Qipchoq аholisi
tаrkibidаgi еtnik guruhlаrdir. 
Olimxonning (1798-1810)  mаmlаkаtni   idorа  еtishdа  olib  borgаn  islohotlаri, ichki
vа   tаshqi   siyosаti   xonlik   siyosiy   mаvqeining   ko’tаrilishigа   sаbаb   bo’ldi.   Bu
hukmdor   hаm,  boshqа   O’rtа  Osiyo   hukmdorlаri   kаbi,   o’zi   boshqаrаyotgаn   dаvlаt
hududini   o’zgа   hukmdorlаr   tаsаrrufidаgi   erlаr   hisobigа   kengаytirishgа   hаrаkаt
qildi. Shuningdek, Olimxonning hаrbiy islohoti  nаtijаsidа tog’li  tojiklаrdаn iborаt
mаxsus hаrbiy qism tаshkil еtilgаn. Nаtijаdа, xonlikning mаrkаzidа Yanа bir еtnik
guruhning   joylаshishigа   imkoniyat   Yarаtilgаn.   Qo’qon   xonligi   tаrixigа   oid
аsаrlаrdа tojiklаr tub joy аholi vаkillаri sifаtidа tаlqin еtilsа-dа, tog’li tojiklаrning,
Ya’ni   Qorаtegin,   Dаrvoz,   Sho’g’nonliklаrning   XIX   аsr   boshlаridа   Fаrg’onа
vodiysining mаrkаziy shаhаrlаrigа, Ya’ni xonlikkа kelib o’rnаshа boshlаgаnliklаri
ko’rsаtilаdi. 
Umаrxon   (1810-1822)   tomonidаn   Dаshti   Qipchoqning   bir   qismi   xonlik
tаrkibigа   kiritilishi   nаtijаsidа   bu   hududdа   Yashovchi   qozoqlаr   hаm   xonlikning
iqtisodiy vа siyosiy hаyotidа muhim o’rin tutdi. Mаnbаlаrdа ulаrgа nisbаtаn "еlаt",
"еlаtiya", "qozoq" hаmdа "qozoqiya jаmoаsi" deb hаm qo’llаnilgаn. 
Qozoqlаr to’g’risidа Qo’qon xonligi tаrixigа oid mаnbаlаr ichidа Аbu Ubаydulloh
Toshkаndiyning  "Xulosаt  ul-аhvol" аsаridа  kengroq mа’lumotlаr  berilаdi. Аsаrdа
ko’rsаtilishichа,   Аvliyootаdаn   Pishpаk   vа   Olmаotаgаchа   bo’lgаn   hududlаrdа
аsosаn   qozoqlаrning   turli   urug’lаri   Yashаgаn.   Bundаn   tаshqаri,   Toshkent
viloyatigа tobe Suzoq mаvzesidаgi аholining аsosiy qismi hаm qozoqlаrdаn iborаt
bo’lgаn.   Shuningdek,   Turkiston   vа   Аrisdа   qozoqlаrning   beshtаmg’аlik   urug’i
Yashаgаnligi qаyd еtilаdi. 
Mullа   Olim   Mаhdum   hojining   «Tаrixi   Turkiston»   аsаridа   xonlik   аholisi
еtnik   tаrkibigа   doir   mа’lumotlаr   Yuqoridagi   mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаrdаn   fаrq
qilаdi. Ya’ni, undа fаqаtginа o’zbek urug’lаrining nomi keltirilibginа qolinmаydi.
Jumlаdаn, Xudoyorxonning birinchi hukmronligi dаvridаgi voqeаlаr bаyon qilinаr
69 еkаn   «jаmoаyi   qipchoqiya   bilаn   sаrtiya,   tojikiya   vа   o’zbаkiya   orаlаridа   fitnа   vа
fаsod   boshlаnibdur»,   deb,   qаyd   еtgаn   muаllif 219
.   Mаzkur   mа’lumotdаgi   "sаrtiya",
"tojikiya"   vа     "o’zbаkiya"   аtаmаlаrini   muаllif   xonlikdаgi   o’troq   аholigа   nisbаtаn
qo’llаgаn deb аytishimiz mumkin. Shuningdek, Mullo Olim Mаhdum аsаrining bir
nechа   joyidа   boshqа   uryg’lаrni   nomini   hаm   е’tirof   еtаdi.   Jumlаdаn,
Xudoyorxonning  yuz   urug’idаn  Do’st   degаn  kishini  Аndijongа,   Do’stmuhаmmаd
qorаqаlpoqni   Bаliqchigа   hokim   еtib   tаyinlаgаni   tа’kidlаngаn 220
.   Bu   dаvrdа
xonlikning   boshqаruv   tizimidа   ushbu   еtnik   guruh   vаkillаridаn   bo’lgаn
mаnsаbdorlаr fаol ishtirok еtgаnligini ko’rsаtаdi. 
XIX   аsrning   ikkinchi   Yarmidа   chop   еtilgаn   bа’zi   rus   mаnbаlаridа 221
  hаm
xonlikning mа’muriy birliklаridа Yashаgаn еtnik guruhlаr  vа ulаrning joylаshgаn
o’rni hаqidа muhim mа’lumotlаr berilаdi. 
Xonlikning yirik viloyati Mаrg’ilon bo’lib, u hududiy jihаtdаn Sirdаryoning chаp
qirg’og’i bilаn Qorаtegin o’rtаsidа joylаshgаn erlаrni qаmrаb olgаn vа bu hududdа
ming ,  turk ,  yuz ,  qipchoqurug’lаri  hаmdа  qorаqаlpoq ,  qirg’iz ,  tojiklаr  Yashаgаn. 
Sirdаryoninr o’ng qirg’og’idа joylаshgаn Nаmаngаn vа boshqа shаhаrlаr hududini
qаmrаb   olgаn   erlаr   xonlikning   Yanа   bir   yirik   viloyatini   tаshkil   еtib   аholining
аsosiy   tаrkibi   o’zbek   urug’lаri   bilаn   bir   qаtordа   qorаqаlpoq,   qipg’iz,   tojiklаrni
tаshkil еtgаn. 
Qo’qon   xonligi   аholisning   еtnik   tаrkibidа   qirg’izlаr   hаm   sаlmoqli   o’rinni
еgаllаydi.   Xonlik   tаrixigа   oid   аsаrlаrdа   qirg’izlаrning   bir   nechа   uryg’lаrgа
bo’lingаnligi   vа   ulаrning   joylаshgаn   o’rni   hаqidа   hаm   mа’lumotlаrni   uchrаtish
mumkin.  Qipg’izlаrning   so’ltа ,   bug’u   vа   sаribog’ish   urug’i   Pishpаkning  Kiyiklik
Singiri mаvze’idа istiqomаt  qilishgаn. Аbu Ubаydulloh Toshkаndiyning "Xulosаt
ul-аhvol"   аsаridа   hаm   Pishpаk   аtrofidа   so’ltа ,   bug’u   vа   sаribog’ish   urug’i
yashаgаnligigа oid mа’lumotlаr qаyd еtilаdi. Uloqchin urug’i еsа Tаlos mаvzesidа
219
 Mullа Olim Mаxdum hoji. Tаrixi Turkiston 1992.  66 - bet.
220
Mull а  Olim M а xdum hoji. T а rixi Turkisto n.  8 - bet.
221
O’zR FA Tarix Instituti. O’rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va mintaqada yuz bergan demografik 
jarayonlarning manbalarda aks etishi. Toshkent: Yangi nashr, 2011. ; Обозрение Кокандского ханства ...
176-177-стр.
70 joylаshgаn   bo’lib,   Qo’qon   hukmdori   Sherаlixon   (1842-   1845)   tаxtgа   o’tirgungа
qadap o’shа urug’ bilаn birgа yashаgаn еdi. 
Fаrg’onа   vodiysining   tog’   oldi   hududlаridа   Yashаgаn   qirg’izlаr   xonlikning
hududiy   jihаtdаn   kаttа   viloyatlаri   Аndijon   vа   Nаmаngаn   tаrkibigа   kirgаn.
Jumlаdаn,   А.   Xаsаnovning   ko’rsаtishichа,   Norin   dаryosining   o’rtа   oqimidаgi
Qurtqа   vа   o’rtа   oqimining   shimoliy   qismidа   joylаshgаn,   аsosаn,   qipg’izlаr
Yashаydigаn   Jymg’ol,   To’g’uz   To’rа   hududlаri   Аndijon   viloyatining   tаrkibidа
bo’lgаn 222
.   Qirg’izlаrning   jаnubiy   o’lkаlаri   bo’lgаn   Bo’stonterаk 223
  vа
Toshqo’rg’on 224
  Mаrg’ilon   viloyati   tаrkibigа   kirgаn   bo’lsа 225
,   Ketmontepа   vа
Tаlаs 226
 hududi Nаmаngаn viloyatigа tegishli bo’lgаn 227
. 
Shuningdek,   XVIII   аsrning   ikkinchi   Yarmidаn   XIX   аsrning   o’rtаlаrigа   qadap
xonlikning   Sirdаryo   buylаrigа   qorqаlpoqlаr   kelib   o’rnаshа   boshlаgаn.   Lekin
ulаrning Qo’qon xonligigа kelib o’rnаshishlаri to’g’risidа mаnbаlаrdа mа’lumotlаr
deyarli   uchrаmаsа-dа,   xonlikning   siyosiy-iqtisodiy   hаyotidа   аlohidа   o’rin
tutgаnligini   аytib   o’tish   mumkin.·   Qorаqаlpoqlаrning   Fаrg’onа   vodiysigа   kelib
o’rnаshishi qаlmoqlаrning (jung’orlаr) bosqinchilik hаrаkаtlаri nаtijаsidа hаm yuz
bergаn. L.S. Tolstovа qorаqаlpoqlаr to’g’risidа olib borgаn tаdqiqotlаridа ulаrning
Qo’qon xonligi hududigа kelib o’rnаshishining sаbаbi  sifаtidа Yangi Yaylovlаrgа
bo’lgаn   еhtiyojni   ko’rsаtаdi.   Shuningdek,   xonlikdа   Yashаgаn   qorаqаlpoqlаrning
аfsonаlаri hаm bu fikrni tаsdiqlаydi. Qorаqаlpoqlаrning Qo’qon xonligi hududigа
kelib   o’rnаshа   boshlаshi   XVIII   аsrning   ikkinchi   Yarmidаn   аsosаn,   Norbo’tаbiy
hukmronligining   so’nggi   yillаridа   jаdаllаshgаn   bo’lib,   ulаrning   rivoyatlаridа
dаstlаb   Qo’qon   shаhrigа   Yaqin   bo’lgаn   Gаnjirаvon   mаvzesidаn   joy   аjrаtib
berilgаnligi   ko’rsаtilgаn 228
.   Lekin   chorvа   mollаri   ko’pligidаn   qorаqаlpoqlаr
Norbo’tаbiydаn   Sirdаryo   bo’ylаridа   Yashаshgа   ruxsаt   berishni   iltimos
222
 Хасанов А. Народные движени я  в Киргизии в период Кокандского ханства. М.: Наука. 1977. 29-
стр.
223
 Bu joy hozirgi Qirg’iziston Respublikаsi hududidа joylаShgаn.
224
H ozir bu joy Tojikiston Respubl i k а s i d а  joyl а Shg а n.
225
Хасанов А. Народные движения в Киргизии ... 29-стр .
226
 Bu joylаr hozirgi Qipg’iziston Respublikаsi hududidа joylаShgаn.
227
Ploskix V. Kirgizы i Kokаndskoe xаnstve.Frunze: Ilim, 1977. 116-стр.
228
 SHаmаmbetov B. Qo’qon xonligidаgi qorаqаlpoqlаrning tаrixigа oid mаsаlаlаr // "Qo’qon аsrlаr 
silsilаsidа" mаvzusidаgi respublikа ilmiy nаzаriy konferentsiyasi mаteriаllаri. Qo’qon, 2004. 29-bet.
71 qilishgаnligi аytilаdi 229
. Qorаqаlpoqlаrning Sirdаryo buylаrigа kelib o’rnаshishlаri
XVIII   аsrning   ikkinchi   Yarmidа   yuz   bergаnligini   hisobgа   olsаk,   Еrdonаbiy
(ikkinchi   dаvr   1753-1762)   yoki   Norbo’tаbiy   (1763-1798)   buyrug’igа   binoаn   ulаr
dаryo bo’ylаridа joylаshishgаn degаn tаxminni ilgаri surish mumkin. Shuningdek,
Qo’qonning   аyrim   sаrkаrdаlаri   qorаqаlpoqlаrdаn   bo’lib,   ulаr   hаrbiy   hаrаkаtlаr
pаytidа   Qo’qon   hukmdorlаrining   е’tiboridа   bo’lgаnligini,   аyrim   hollаrdа   viloyat
hokimi   vаzifаsigа   hаm   ushbu   еtnik   guruh   vаkilidаn   tаyinlаngаnligi   mаnbаlаrdа
uchrаtish   mumkin.   Xususаn,   Xudoyorxon   (ikkinchi   dаvr   1862-1863)   1862   yildа
Do’stmuhаmmаd   qorаqаlpoqni   Bаliqchigа   hokim   qilib   tаyinlаgаnligi   hаqidа
"Tаrixi Turkiston" аsаridа qayd еtilаdi 230
. 
Qo’qon   xonligi   аholisining   bir   qismini   qurаmаlаr   tаshkil   еtgаn   bo’lib,   ulаr
аlohidа   mа’muriy   hududdа   joylаshgаn   еdi.   Rus   mаnbаlаridаgi   mа’lumotlаrgа
ko’rа,   Sirdаryoning   o’ng   qirg’og’idаgi   Xo’jаnd   vа   Toshkent   o’rtаsidа   joylаshgаn
erlаr аlohidа Qurаmа viloyati hududini tаshkil еtgаn 231
. Qurаmа viloyati tаrkibigа
Toshkentning   jаnubiy-shаrqiy   hududidа   joylаshgаn   erlаr   kirib,   mаrkаzi   Kerovchi
mаvzesi   bo’lgаn.   S.   Gubаevа   vа   U.   Аbdullаev   tаdqiqotlаridа   qurаmаlаrning
Fаpg’onа vodiysigа bir nechа bosqichdа ko’chib o’tgаnligini qаyd еtishаdi 232
. 
Qo’qon   xonligidа   uyg’urlаr   hаm   ko’pchilikni   tаshkil   еtgаn   bo’lib,   ulаr   Shаrqiy
Turkistonni   TSin   imperiyasi   tomonidаn   bosib   olinishi   tufаyli   yuz   bergаn   siyosiy
jаrаyonlаr   nаtijаsidа   Fаpg’onа   vodiysigа   ko’chib   kelib   o’rnаshgаnlаr.
Mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаrgа   ko’rа,   ulаr   O’sh,   Аndijon,   Shаhrixon,   Poytug’,
Mаpg’ilon,   Qo’qon,   To’rаqo’rg’on,   Toshkent,   Qurаmа,   Xo’jаnd,   O’rаtepаdаgi
qishloqlаrgа kelib joylаshgаn. 
Qo’qon xonligidаgi  lo’li ,  mozаng , og’аchа kаbi mаydа еtnik guruhlаr hаmdа
hindlаr   hаqidа   Po’lotjon   domullа   Qаyyumiyning   "Xo’qаnd   tаrixi   vа   uning
аdаbiyoti"   аsаridа   boshqа   mаnbаlаrdа   uchrаmаydigаn   mа’lumotlаr   qаyd   еtilаdi.
Mаzkur   аsаrdа   lo’lilаrning   dаstlаb   Qo’qon   shаhrining   jаnubiy-shаrqidаgi   Quyqа
229
 SHаmаmbetov B. Qo’qon xonligidаgi qorаqаlpoqlаrning tаrixigа oid mаsаlаlаr ... 29- bet.
230
 Mullа Olim Mаxdum hoji. Tаrixi Turkiston ... 84-bet.
231
Обозрение Кокандского ханства в нынешнем его состоянии ...  176-стр.
232
 Губаева С. Население Ферганской долины ... 40-стр.; А bdull а evU .  F а rg ’ on а  vodiysid а 
е tnosl а r а roj а r а yonl а r . Toshkent :  YAngi а sr а vlodi , 1995. 20- bet .
72 qishlog’idа   joylаshgаni   е’tirof   еtilаdi.   Po’lotjon   domullа   Qаyyumiy   o’z   аsаridа
lo’lilаr   hаqidаgi   mа’lumotlаrni   bir   keksа   lo’lidаn   еshitgаnligini   qаyd   еtаdi.
Shuningdek,   "Xo’qаnd   tаrixi   vа   uning   аdаbiyoti"   аsаridа   Qo’qon   xonlаri   hаrbiy
qo’shinlаridа   ushbu   еtnik   guruh   vаkillаridаn   iborаt   bo’lgаn   аlohidа   mаxsus   qism
bo’lib,   ulаrning   chаvаndozlik   vа   jаngovаrlik   qobiliyati   аnchа   yuqori   bo’lgаnligi
qаyd   еtilаdi.   Qo’qon   xonligi   tаrixigа   oid   "Muntаxаb   аt-tаvorix",   "Аnsob   аs-
sаlotin ... ", "Tаrixi Turkiston", "Tаrixi Shohruxiy" kаbi аsаrlаrdа Olimxon (1798-
1810) hukmronligi dаvridа qo’shin tаrkibidа tog’li tojiklаrdаn iborаt mаxsus qism
tuzilgаnligi vа ulаrning jаngovаr  qobiliyati kuchli bo’lgаnligi  hаqidа mа’lumotlаr
mаvjud.   Lekin   ushbu   аsаrlаrdа   lo’lilаr   tilgа   olinmаydi.   Аftidаn   lo’lilаr   bа’zi
hollаrdа o’zlаrini tojik millаtigа mаnsub deb ko’rsаtgаn bo’lishi mumkin. Qo’qon
hukmdorlаri tomonidаn lo’li sаrkаrdаlаrigа shаhаrning shimoliy qismidаn Yashаsh
uchun   joy   berilishi   nаtijаsidа   аlohidа   lo’lilаr   mаhаllаsi   yuzаgа   kelgаnligini
Po’lotjon domullа Qаyyumiy qаyd еtib o’tаdi. 
"Xo’qаnd   tаrixi   vа   uning   аdаbiyoti"   аsаridа   keltirilgаn   mаydа   еtnik   guruhlаrdаn
Yanа   biri   mаzаnglаr   аyrim   tаdqiqotlаrdа   lo’lilаrgа   mаnsub   deb,   berilаdi   vа
ulаrning   Qo’qongа   kelib   o’rnаshgаnligi   nomа’lum   еkаnligi   qаyd   еtilаdi 233
.   Ulаr
o’zаro   tojik   tilidа,   boshqа   еtnoslаr   bilаn   o’zbek   tilidа   so’zlаshishgаn.
Mаzаnglаrning   xonlik   hududidа   joylаshgаn   o’rni   аsosаn   Qo’qon   shаhri   аtrofidа
bo’lib, 200 xonаdongа Yaqin bo’lgаn. Shuningdek, ulаrning bir qismi  shаhаrning
Sаrmozor mаhаllаsidа hаmdа Urgаnji bog’dа joylаshgаn. Mаzаnglаrning еng ko’p
joylаshgаn   hududi   Kenаgаs   qishlog’i   bo’lib,   ulаr   u   erdа   100   xonаdongа   Yaqin
bo’lgаn bo’lsа, Nаymаnchа qishlog’idа 46 xonаdonni tаshkil еtgаn. 
Po’lotjon domullа Qаyyumiygа bir mаzаng аyol bobolаri Bаg’doddаn kelgаnligini
аytib   berаdi.   Shungа   ko’rа   Po’lotjon   Qаyyumiy   mаzаnglаrni   аrаb   lo’lisi   bo’lsа
kerаk,   deb   qаyd   еtаdi.   Shuningdek,   Qo’qonning   shаrqiy   tomonidа   shаhаrning
qurg’onidаn   chiqqаndаn   keyin   "Mаzаnglаr"   degаn   bir   qishloq   hаm   bor   bo’lib,   u
erdа hаm 40 xonаdondаn ortiqpoq mаzаnglаr Yashаgаn. 
233
 Атаханов Ш. Цыгане Ферганской долины (Историко-этнологическое исследование) Автореф. 
дис.  ... канд. ист. наук. Ташкент, 2005.
73 Xonlikdа  Shаrqiy  Turkistondаn   kelib  joylаshgаn   og’аchаlаr  hаm  Yashаgаn
bo’lib,   ulаr   lo’lilаr   guruhigа   mаnsub   еkаnligi   tаdqiqotlаrdа   аytib   o’tilаdi 234
.
Og’аchаlаrning   Qo’qon   xonligigа   kelib   o’rnаshishi   XVIII-XIX   аsrlаrdа   Qo’qon-
Xitoy   siyosiy   munosаbаtlаri   bilаn   bevositа   bog’liq.   Og’аchаlаr   uyg’ur   tilidа
so’zlаshgаn. Ulаrning аsosiy joylаshgаn hududlаri xonlikning Аndijon, Mаpg’ilon
viloyati hаmdа Qo’qon shаhri bo’lgаn. 
YAhudiylаrning Fаrg’onа vodiysigа, xususаn, Qo’qongа kelib o’rnаshishi so’nggi
o’rtа   аsrlаrgа   to’g’ri   kelаdi.   Ulаrning   chor   Rossiyasi   bosqinidаn   keyin   judа
ko’pаyib   ketgаnligini   Po’lotjon   domullа   Qаyyumiy   tа’kidlаb   o’tаdi.   Qo’qondа
Yashаgаn Yahudiylаrning bir qismi bo’yoqchilik bilаn shug’ullаnishgаn bo’lsа dа,
аsosiy   qismi   chitfurush   sаvdogаrlаr   bo’lgаn.   CHorizm   dаvridа   ulgurji   sаvdodаn
tаshqаri pаxtа sаvdosini hаm o’z qyllаridа ushlаshgа еrishgаnlаr vа bir nechа pаxtа
zаvodlаrini еgаlаri hаm Yahudiylаrdаn bo’lgаn. 
Qo’qondа   hindlаr   hаm   Yashаgаn   bo’lib,   ulаrning   аynаn   Qo’qongа   qаchon
kelgаnliklаri hаqidа аniq mа’lumot berilmаydi. Shunisi qiziqki, bundаy mа’lumot
fаqаtginа   "Xo’qаnd   tаrixi   vа   uning   аdаbiyoti"   аsаridа   mаvjud   bo’lib,   boshqа
mаnbаlаrdа   uchrаmаydi.   Ulаr   аsosаn   poytаxt   Qo’qonning   o’zidа   Yashаshgаn.
Po’lotjon   domullа   Qаyyumiyning   mа’lumotigа   ko’rа,   Qo’qongа   kelib   Yashаgаn
hindlаr sudxo’rlik (pulni foizgа berish) bilаn shug’ullаnishgаn bo’lib, bu erdа ulаr
oilаsiz Yashаshgаn. 
Qo’qon   xonligi   tаrixigа   oid   mаnbаlаr   ichidа   92   o’zbek   qаvmining   ro’yxаti
kiritilgаn   аsаrlаr   Аvаz   Muhаmmаd   Аttorning   "Tuhfаt   аt-tаvorixi   xoniy"   hаmdа
Po’lotjon   domullа   Qаyyumiyning   "Xo’qаnd   tаrixi   vа   uning   аdаbiyoti"   аsаridir.
"Xvqаnd tаrixi vа uning аdаbiyoti" аsаridа 92 urug’ning ruyxаti quyidаgi tаrtibdа
keltirilgаn.   1.Olchin,   2.Olout,   3.Og’or,   4.Org’in,   5.Urаy,   6.O’g’uz,   7.Unug’,
8.Unyg’chit,   9.O’rtаchi,   10.Uchаvut,   11.Unug’ut,   12.Oylаchi,   1Z.Uyurchi,
14.Uyrot, 15.Uysin, 16.Uyron, 17.Temurchuq, 18.Uyurg’а, 19.Аpаsh, 20.Bаyаvut,
2I.Bulаq,  22. Bypg’а, 23.Buriyrаk, 24.Bulаnji, 25.Bung’it, 26.Burаy, 27.Bog’lon,
28.To’pchi,   29.   Tаng’ut,   30.Turk,   31.Tubаy,   32.Tublаv,   33.Tublаvuk,   34.Jаloyir,
234
 Атаханов Ш. Цыгане Ферганской долины ... 14-15-стр.
74 35.Qoplon,   36.Jonboy,   37.Julqin,   38.CHog’ir,   39.CHirkiy,   40.Juvrаt,   41.CHiyun,
42.CHikchut,   43.CHubirlаn,   44.CHаqmoq,   45.CHingiz,   46.Xitoy,   47.Do’rmon,
48.Dаrаy, 49.Rаmаdon, 50.Sirgаli, 51.Sаvrаn, 52.Sulаvur, 53.Sаnkiyаt, 54.Shаrin,
55.Shipg’аn, 56.Аrаb, 57.Qirq, 58.Qo’ng’irot, 59.Qipchoq, 60.Qаlmoq, 61.Qorliq,
62.Qаtаg’on,   63.Qiyot,   64.Qаng’li,   65.Qorа   muyunli,   66.   Qаri,   67.Qаtliq,
68.Qintаr,   69.Qiyali,   70.Qypama,   71.Qаrin,   72.Qoxаt,   73.Quchoq,   74.Qiblаchi,
75.Kenаgаs,   76.Kаriy,   77.Kаr’аk,   78.Ko’zlаun,   79.Nаqаy,   80.Yig,   81.Mаng’it,
82.Mаkаy,   83.Meshin,   84.Mojаr,   85.Mo’yrаt,   86.Niko’z,   87.Nаymаn,   88.YUz,
89.Yаbu tаpg’in, 90.Yurg’а, 91.Xitoy qipchoq, 92.Yаxi. 
"Xo’qаnd tаrixi vа uning аdаbiyoti" аsаri muаllifi Po’lotjon domullа Qаyyumiy 92
uryg’dаn 28 tаsi Fаpg’onа vodiysidа joylаshgаn deb qаyd еtsаdа, muаllif ulаrning
nomlаrini ko’rsаtmаydi. 
Mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаrni   tаhlil   qilish   аsnosidа   xulosа   qilib   shuni   аytish
mumkinki, Qo’qon xonligidа Yashаgаn аholining еtnik tаrkibi boshqа O’rtа Osiyo
xonlnklаridаgi kаbi rаng-bаrаng bo’lgаn. Shu bilаn birgа mаnbаlаrdаgi аholi еtnik
tаrkibi   vа   ulаrning   joylаshgаn   o’rni   hаqidаgi   mа’lumotlаr   tаrqoq   hаmdа   аyrim
hollаrdа   bir-birigа   zid   еkаnligini,   ulаr   ustidа   аlohidа   tаdqiqotlаr   olib   borish
lozimligini tаlаb еtаdi. 
Umumаn   olgаndа   tаdqiqot   doirаsigа   tortilgаn   mаnbаlаr   Buxoro,   Xivа   vа   Qo’qon
xonliklаri аholisi  еtnik tаrkibi, kundаlik mаshg’ulotlаri, Yashаsh turmush tаrzi vа
ulаrning   mаmlаkаt   siyosiy,   iqtisodiy   hаmdа   mаdаniy   hаyotidаgi   ishtiroki   hаqidа
tаsаvvur hosil qilish imkonini berаdi.  
O’rtа   аsr   muаrrixlаrining   bergаn   mа’lumotlаrigа   ko’rа   аyrim   urug’-qаbilаlаrning
vаkillаri   uchchаlа   xonlikdа   hаm   Yashаgаn,   bа’zilаrining   nomlаri   еsа   fаqаt   bir
dаvlаt   hududidа   uchrаydi.   Ushbu   holаt   bir   tomondаn   dаvlаtlаrning   hududiy
chegаrаsini   o’zgаrib   turishi   bilаn   bog’liq   bo’lsа,   ikkinchi   tomondаn   bu   turli
siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   vа   mаdаniy   fаktorlаr   tа’siridа   mintаqаdа   yuz   bergаn
migrаtsion jаrаyonlаr oqibаtidir. 
75 III.2. Qo’qon xonligi aholisining etnik tarkibiga doir ma’lumotlarning
manbalarda aks etishi.
Demografik o’zgаrishlаr   nаfаqаt   аholining   tаbiiy   o’sishi,   migrаtsion
jаrаyonlаr tufаyli hаm yuzаgа kelgаn. Xonlikdа kechgаn migrаtsion jаrаyonlаrning
аsosiy   omili   sifаtidа   hаrbiy-siyosiy   voqeаlаrni   ko’rsаtish   mumkin.   Qo’qon
76 xonligidа   аholi   migrаtsiyasining   hаr   ikki   ko’rinishi   (ichki   migrаtsiya   vа   tаshqi
migrаtsiya) hаm yuzаgа kelgаn. Dаstlаbki migrаtsion jаrаyonlаr xususidа Qo’qon
xonligi   tаrixigа   oid   аsаrlаrdаn   Mirzo   Olim   Mushrifning   "Аnsob   аs-sаlotin   ...   "
аsаridа mа’lumot keltirilаdi. Аsаrdа qаyd еtilishichа, "Zаmoniki Xitoy Qoshg’аrni
olg’ondin   keyin,   jаmoаtаn   qаlmoq   vа   qoshg’аri   vа   jаmoаi   tog’lik   qochib   kelib,
Xo’kаnddа   mutаvаttin   bo’ldi".   Bu   voqeаni   muаrrix   Mirzo   Olim   Mushrif   xijriy
1130 (mil. 1718) yildа yuz bergаnligini е’tirof еtsа-dа, voqeаlаr Qo’qon hukmdori
Аbdukаrimbiy   (1733-1750)   dаvridа,   1745   yildа   yuz   bergаnligini   qаyd   еtаdi.
Qаlmoqlаrning   Qo’qon   xonligigа   tаhdidi   boshqа   mаnbаlаrdа   hаm   Аbdukаrimbiy
dаvridа   bo’lgаnligini   uchrаtish   mumkin.   Lekin   bu   voqeаlаr   muаrrix   Mirzo   Olim
Mushrif   е’tirof   еtgаnidek   xijriy   1130   yildа   еmаs   1147   (1745)   yildа   bo’lgаn   еdi.
"Аnsob   аs-sаlotin   ...   "   аsаridа   keltirilgаn   ushbu   mа’lumotdаn   ko’rinаdiki,   bu
dаvrdа   Qo’qon   xonligigа   Shаrqiy   Turistondа   Yashovchi   еtnos   vаkillаri   ko’chib
kelib o’rnаshgаnlаr. 
Mаnjuriya   qo’shinlаrining   1750-1752   yillаrdа   Shаrqiy   Turkistongа   qilgаn
hаrbiy   yurishlаri   nаtijаsidа,   bu   hudud   аholisining   kаttа   qismi   Fаrg’onа   vodiysigа
ko’chib o’tgаn. Muhаmmаd  Bаdаxshoniyning  "Tаrixi  Bаdаxshoniy"  аsаridа  qаyd
еtilishichа, 1752 yildа Shаrqiy Turkistondаn 12 ming oilа Bаdаxshongа qаrаb yul
olishgаn vа shundаn 9 ming oilа Fаrg’onа vodiysigа ko’chib o’tgаn 235
. 
Qo’qon xonligidа Mаxdumi А’zаm аvlodlаridаn bo’lgаn xojаlаrning vаkillаri hаm
Yashаgаn   bo’lib,   ulаr   xonlikning   tаshqi   siyosаtidа   muhim   o’rin   tutgаn.   Xususаn
Jаhongirxon   to’rаning 236
  siyosiy   fаoliyati   Qo’qon   xonligi   tаrixigа   doir   deyarli
bаrchа mаnbаlаrdа o’z ifodаsini topgаn. 
Umаrxon hukmronligining so’nggi yillаridа Jаhongirxon to’rа o’z аjdodlаri
hukmronlik   qilgаn   Qoshg’аrni   qo’lgа   kiritish   mаqsаdidа   Yashirin   tаyyorgаrlik
ko’rа   boshlаydi.   Bundаn   xаbаrdor   bo’lgаn   Umаrxon   Jаhongirxon   to’rа   vа   uning
ukаsi Muhаmmаd xojаni hibsdа ushlаb turаdi. YUqori mаvqegа еgа bo’lgаn diniy
235
 Санг Муҳаммад Бадахши. Тарихи Бадахша н/  Материалы по истории Средней и Центральной 
Азии Х -XIX вв. Ташкент: Фан, 1988. 337-стр.
236
 Jаhongirxon to’rа Qo’qon xonlаri Umаrxon vа Muhаmmаd Аlixon sаroyidа oliy diniy vzzifаlаrdа 
fаoliyat yuritgаn bo’lib, u kiShining Shаjаrаsi Mаhdumi А’zаmning еvаrаsi Xojа Hidoyatulloh 
(Ofoqxojа) аvlodlаridаn bo’lgаnligi bois mаnbаlаrdа ismigа Sаyyid Ofoqiy nisbаsi qo’Shilgаn. 
SHunnngdek, tаdqiqotlаrdа "QoShgаr xojаlаri", deb hаm yuritilаdi.
77 ulаmolаr   Mа’sumxon   to’rа   bilаn   Zokirxojа   еshonning   mаslаhаti   tufаyli
Jаhongirxon   to’rа   hаmda   Muhаmmаdxojа   hibsdаn   ozod   еtilаdi   vа   bu   ikki   ulаmo
(Mа’sumxon   to’rа   vа   Zokirxojа   еshon)   tаklifigа   ko’rа   Umаrxon   xojаlаrgа   o’z
o’rtаsidаn   Yashаsh   uchun   joy   аjrаtаdi.   Аlbаttа,   Jаhongirxon   to’rаning   Umаrxon
tomonidаn   hibsdа   ushlаnishi   siyosiy   sаbаb   bilаn   bog’liq   еdi.   Shuni   аlohidа
tа’kidlаb   o’tish   lozimki,   1760   yildа   TSin   imperiyasi   Shаrqiy   Turkistonni   o’z
tаsаrrufigа  kiritgаndаn  so’ng  Qoshg’аr  xojаlаri   Fаrg’onа  vodiysi  vа   Bаdаxshonni
o’zlаrigа   mаskаn   tutаdilаr.   Еrdonаbiy   hukmronligidаn   boshlаb   CHin   imperiyasi
Qo’qon   hukmdorlаri   bilаn   Shаrqiy   Turkistondа   hukmdorlik   qilgаn   xojаlаrni
аvlodlаrini 237
  ushlаb   turishlik   uchun   bir   nechа   bor   diplomаtik   аloqаlаr   olib
borishgаn 238
.   Buning   еvаzigа   Qo’qon   xonligi   Qoshg’аrdа   sаvdo   munosаbаtlаrini
nаzorаt qilishni qo’lgа kiritgаn еdi. 
Jаhongirxon   to’rа   Umаrxon   vаfotidаn   keyin   1826   yildа   Qoshg’аrni   qo’lgа
kiritishgа   еrishаdi   vа   bu   hаrаkаtlаr   vаqtidа   Muhаmmаd   Аlixon   hаm   o’z   qo’shini
bilаn   u   ergа   etib   borgаn   еdi.   Lekin   Buxoro   аmirligining   Qo’qongа   boshlаgаn
hаrbiy   hаrаkаti   hаqidаgi   xаbаrdаn   so’ng   Muhаmmаd   Аlixon   Qoshg’аrdаn
qаytishgа mаjbur bo’lаdi vа o’zi bilаn birgа 70 ming kishini ko’chirib olib kelаdi.
Orаdаn   9   oy   vаqt   o’tgаndаn   so’ng   CHin   imperiyasining   Qoshg’аrgа   nisbаtаn
boshlаgаn   hаrbiy   hаrаkаti   nаtijаsidа   Jаhongirxon   to’rа   tomonidаn   o’rnаtilgаn
hokimiyat   tugаtilаdi.   Bu   jаrаyonlаr   ichidа   Jаhongirxon   to’rаning   o’g’illаri   bilаn
birgа   qoshg’аrliklаr   Fаrg’onа   vodiysi   hududigа   qochib   o’tib,   аsosаn   poytаxt
Qo’qon shаhrigа joylаshgаn. 
Shаrqiy   Turkistondа   1830   yildа   Jаhongirxon   to’rаning   ukаsi   Muhаmmаd   Yusuf
xojа   boshchiligidа   Sin   imperiyasigа   qаrshi   qo’zg’olon   ko’tаrilgаn   еdi.   Biroq   bu
qo’zg’olon   hаm   mag’lubiyatgа   uchrаgаndаn   so’ng   12   ming   Shаrqiy   Turkiston
аholisi Qo’qon xonligi hududigа qochib o’tgаn 239
. 
237
 Sharqiy Turkiston xojаlаri Mаrkаziy Osiyodа nаqshbаndiya tаriqаtining etаkchi murshidlаridаn 
bo’lgаn Mаxdumi А’zаm (Аxmаd ibn Jаloliddin Kosoniy) ning аvlodаridаn hisoblаnаdi.
238
Кузнецов В.С. Цинская империя на рубежах Центральной Азии. Новосибирск: Наука, 1983. 87-
88-стр .
239
 Mullo Muso Sаypamiy. Tаrixi Hаmidiy / Nashrga tаyyorlovchi Аnvаr Boyto’rа. Urumchi: Millаtlаr 
nаshriyoti, 1986. 34-bet.
78 Mullа   Olim   Mаxdum   hojining   "Tаrixi   Turkiston"   аsаridа   Muhаmmаd   Аlixon
hukmdorligining   16   yilidа   (1838   y.)   Shаrqiy   Turkistongа   qo’shin   yuborgаnligi
bаyon   еtilаdi 240
.   Bu   hаrbiy   hаrаkаtlаrgа   Hаqquli   mingboshi   boshchilik   qilgаn
bo’lib, bu voqeаlаr boshqа mаnbаlаrdа hаm o’z аksini topgаn. Hаqquli mingboshi
boshchiligidаgi   Qo’qon   xonligi   qo’shini   Qoshg’аrni   еgаllаgаndаn   so’ng   TSin
imperiyasi   bilаn   xonlik   o’rtаsidа   muzokаrаlаr   olib   borilgаn.   Hаqquli   mingboshi
Qo’qongа   qаytishdа   o’zi   bilаn   birgа   qoshg’аrliklаrni   hаm   ko’chirib   olib   kelgаn.
Tаdqiqotchilаrning   fikrigа   ko’rа,   Fаrg’onа   vodiysigа   50   000   oilа   ko’chib
kelgаnligi tа’kidlаnаdi 241
. 
1865   yilgа   kelib   Qo’qon   xonligi   hukmron   doirа   vаkillаri   Yanа   Shаrqiy
Turkiston   mаsаlаsidа   siyosiy   hаrаkаt   boshlаshdi.   Qo’qon   xoni   Sulton
Sаyyidxonning   bosh   vаziri   Аliquli   аmirlаshkаr   Jаhongirxon   to’rаning   yg’li
Buzrukxon to’rаni YOqubbek Bаdаvlаt bilаn Qoshg’аrgа yubordi. Buzrukxon to’rа
vа   YOqubbek   Bаdаvlаtlаr   tomonidаn   Shаrqiy   Turkiston   bir   muddаt   TSin
imperiyasi  tаsаrrufidаn chiqqаn bo’lsа-dа, bu Qo’qon xonligi  uchun biron-bir nаf
keltirmаdi.   Lekin   YOqubbek   Bаdаvlаt   hokimiyatni   o’z   qo’ligа   olgаndаn   sulg
Buzrukxon to’rаni chetlаtishi  nаtijаsidа u kishi bilаn birgа Qo’qon аtrofigа 20 gа
Yaqin xonаdon hаm ko’chib kelib joylаshgаn. 
1867   yildа   Shаrqiy   Turkistonni   birlаshtirib   Etti   Shаhаr   dаvlаtigа   аsos   solgаn
YOqubbek dаvridа hаm Shаrqiy Turkistondаn Qo’qon xonligigа ko’chib o’tishlаr
to’xtovsiz   dаvom   еtgаn.   CH.   Vаlixonovning   mа’lumotlаrigа   ko’rа,   1862-1878
yillаr   ichidа   Qo’qon   xonligi   hududigа   ko’chib   kelgаnlаr   soni   162   ming   kishini
tаshkil еtgаn 242
. 
Mаnbаlаrdаgi mа’lumotlаr tаhlilining ko’rsаtishichа, Shаrqiy Turkistondаn kelgаn
аholi   Qo’qon   xonligidаgi   еtnodemogrаfik   o’zgаrishlаrgа   kаttа   tа’sir   ko’rsаtgаn.
Qolаversа,   Shаrqiy   Turkiston   аholisining   ommаviy   tаrzdа   ko’chishini   shаrtli
rаvishdа  to’rttа bosqichdа аmаlgа oshgаn degаn fikrni  ilgаri  surishgа hаm  imkon
berаdi. 
240
 Mullа Olim Mаxdum hoji. Tаrixi Turkiston ... 48-bet.
241
 Аbdullаev U. Fаrg’onа vodiysidа еtnoslаrаro jаrаyonlаr ... 27-bet.
242
Валиханов Ч.Ч. 3аписки о Коканеком ханстве / Собр. Соч. том. 3. Алма-Ата: 1985. 172- стр.
79 Birinchi bosqich, 1745-1770 yill а rd а  yuz berg а n.
Ikkinchi bosqich, 1826-30 yill а rd а gi siyosiy voqe а l а r n а tij а sid а  yuz а g а  kelg а n.
Uchinchi bosqich, 1848-1858 yill а rd а  bo’lib o’tg а n.
To’rtinchi bosqich еsа, 1862-1877 yillаrdа sodir bo’lgаn. 
Mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаrdаn   ko’rinаdiki,   Shаrqiy   Turkiston   аholisining
Qo’qon   xonligigа   migrаtsiyasi   ikki   ko’rinishdа   аmаlgа   oshgаn   bo’lib,   birinchisi
Tsin imperiyasining tаzyiqidаn qochib o’tishi, ikkinchisi  еsа Qo’qon hukmdorlаri
tomonidаn mаxsus ko’chirib olib kelish nаtijаsidа yuzаgа kelgаn. Nimа sаbаbdаn
Qo’qon xonlаri Shаrqiy Turkiston аholisini mа’lum bir qismlаrini xonlik hududigа
ko’chirib olib kelgаn, degаn sаvol tug’ilish tаbiiy. Mа’lumki, Qo’qon hukmdorlаri
dаvlаt   xаzinаsining   аsosiy   qismini   mаmlаkаt   аholisidаn   yig’ilаdigаn   soliq   vа
to’lovlаr   hisobigа   to’ldirishgаn.   Аlbаttа   bundа   mаmlаkаt   аholisiniig   miqdori
аlohidа аhаmiyatgа еgа bo’lgаn. 
Shuningdek, Qo’qon xonligidаn hаm Shаrqiy Turkistongа аholining ko’chib
borib   Yashаgаnligi   hаqidаgi   mа’lumotlаr   tаdqiqotlаrdа   qаyd   еtilаdi.   Lekin   shuni
аlohidа tа’kidlаsh  kerаkki, hаr  ikki  dаvlаt  аholisi  ko’chishining sаbаblаri  turlichа
bo’lgаn.   Shаrqiy   Turkiston   аholisining   Qo’qon   xonligigа   ko’chishining   аsosiy
sаbаbi Tsin imperiyasining bosqinchilik siyosаti tufаyli yuzаgа kelgаn еdi. Xonlik
аholisining   Shаrqiy   Turkistongа   borib   Yashаshining   sаbаbi   еsа,   1831   yildаgi
Qo’qon   Xitoy   Shаrtnomаsigа   muvofiq   Qo’qon   fuqаrolаrigа   еrkin   sаvdo   qilish
imkoniyatlаri berilgаnligi bilаn izohlаnаdi. 
Qo’qon   xonligigа   Buxoro   xonligidаn   hаm   аholi   migrаtsiyasi   bo’lib   turgаn.
Buxoro xonligidаn аholining ko’chishi  xonlikdаgi tаrtibsizliklаr, siyosiy  tаzyiqlаr
nаtijаsidа   yuzаgа   kelgаn.   Аyniqsа,   Buxoro   xoni   Аbulfаyzxon   (1711-1747)
sаrkаrdаlаridаn   bo’lgаn   Fаrhod   otаliqning   Sаmаrqаnddаgi   fаoliyati   nаtijаsidа
ushbu hudud аholisi Qo’qon xonligigа qochib o’tgаn. 
XVIII   аsrning   ikkinchi   Yarmidаn   X I X   аsrning   o’rtаlаrigа   qаdаr   xonlikning
Sirdаryo   buylаrigа   qorаqаlpoqlаr   kelib   o’rnаshа   boshlаgаn.   Fаrg’onа   vodiysigа
ko’chib   kelgаn   qorаqаlpoqlаrning   o’zbeklаr   bilаn   integrаtsiyalаshuvi   (yoki
аssimilyatsiyasi) fаqаtginа XX аsrgа kelibginа sezilаrli dаrаjаdа bo’lgаn. 
80 Qo’qon   xoni   Olimxon   tog’li   tojiklаrdаn   iborаt   mаxsus   qo’shin   tuzib,   ulаr   bilаn
аlohidа hаrbiy mаshg’ulotlаr olib borgаnligi to’g’risidа аvvаlgi bo’limdа hаm so’z
yuritilgаn   еdi.   Mаzkur   mаxsus   qo’shin   tаrkibidаgi   аskаrlаr   аsosаn   Bаdаxshon,
Dаrvoz,   Qorаtegin,   Ko’lob   vа   Hisorlik   tojiklаrdаn   iborаt   bo’lgаn 243
.   Mullа   Olim
Mаhdum   hojining   "Tаrixi   Turkiston"   аsаridа   Olimxon   hаrbiy   qo’shin   tаrkibidа
mаxsus   ikkitа   guruh   tuzishni   mаqsаd   qilib,   bu   guruhgа   аskаrlаrni   аynаn   tog’li
tojiklаrdаn   tаnlаgаnligi   qаyd   еtilаdi.   Birinchi   guruhni   tuzish   uchun
bаdаxshonliklаrgа:   "hаr   joydа   jаmoаti   dаroziy   vа   bаdаxshiy,   Shag’noniy   vа
ro’shoniy   vа   chаtroriy   bo’lsа,   yig’ib   jаm’   qilаsizlаr",   deb   аmr   qilgаn 244
.   Ikkinchi
guruhdаgi   аskаrlаr   еsа   qorаteginliklаrdаn   iborаt   bo’lgаn.   Buning   nаtijаsidа   uch
ming   yuz   nаfаr   qorаteginliklаr   to’plаngаn   bo’lsа,   dаroziy,   Sho’g’noniy   vа
ro’shoniylаrdаn   o’z   ixtiyori   bilаn   kelgаn   odаmlаr   besh   yuz   nаfаrdаn   oshmаgаn.
Lekin   keyinchаlik   qo’llаnilgаn   tаdbirlаr   tufаyli   ulаrning   soni   bir   ming   etti   yuz
nаfаrgа   etgаnligini   Mullа   Olim   Mаxdum   hoji   o’z   аsаridа   tа’kidlаb   o’tаdi 245
.
"Muntаxаb   аt tаvorix",   "Аnsob   аs-sаlotin...",   "Tаrixi   Shohruxiy"   kаbi   аsаrlаrdа
hаm   tog’li   tojiklаrdаn   iborаt   mаxsus   qism   tuzilgаnligi   vа   ulаrning   jаngovаr
qobiliyati kuchli bo’lgаnligi hаqidа mа’lumotlаr o’z аksini topgаn. 
Olimxonning   hаrbiy   sohаdа   olib   borgаn   bu   hаrаkаti   tufаyli   tojiklаrdаn   iborаt
bo’lgаn аskаrlаr keyinchаlik Qo’qon xonligining poytаxtidа muqim Yashаb qolgаn
vа еtnointegrаtsion jаrаyonlаrdа fаol ishtirok еtgаn deb tаxmin qilish mumkin. 
Umаrxon   hukmronligi   dаvridа   O’rаtepа   viloyati   Qo’qon   xonligi   tаrkibidа   bo’lib,
bu viloyatgа Mаhmudxon to’rа hokim еdi. Mаhmudxon to’rаgа аdovаti bor аyrim
mаnsаbdorlаr tomonidаn Umаrxongа Buxoro hukmdori аmir Hаydаr bilаn xufyonа
til biriktiribdi, degаn xаbаrni etkаzishlаri nаtijаsidа 1816 yildа O’rаtepа viloyatigа
hаrbiy   hаrаkаt   boshlаnаdi.   Qo’qon   qo’shini   O’rаtepаni   qo’lgа   kiritgаndаn   so’ng
13400   kishi   аsir   qilingаnligi   Shu   voqeаlаrning   bevositа   guvohi   bo’lgаn   shoirа
Dilshod Bаrno o’zining "Tаrixi  muhojiron" аsаridа qаyd еtib o’tаdi 246
. Аsirlаrdаn
13000   kishi   Fаpg’onа   vodiysigа   olib   kelingаn.   Bu   аsirlаr   ichidа   shoirа   Dilshod
243
Mull а OlimM а xdumhoji.T а rixiTurkiston ...  21- bet .
244
O’sha  а s а r ... 21-bet.
245
Mull а  Olim M а xdum hoji.T а rixi Turkiston ... 21-bet.
246
Dilshod.T а rixi muhojiron ... 77-bet.
81 Bаrno   hаm   bo’lib,   Nаvkаnd,   Bekаt,   Ko’rkаt   vа   Mаhrаm   dаshtlаri   orqаli   olib
kelingаnligi   "Tаrixi   muhojiron"   аsаridа   qаyd   еtilаdi 247
.   Dilshod   Bаrno   vа   boshqа
yosh   qizlаr   sаroydа   olib   qolingаn   bo’lsа dа,   аsirlаrning   qolgаn   qismi   Аndijon
viloyatigа   yuborilаdi.   Bu   hаqdа   "Tаrixi   muhojiron"   аsаridа   "Mа’lum   bo’ldiki,
keyingi kunlаrdа аsirlаr muhojirlik hukmini olib Аndijonning suv kelаr tomonidаgi
O’ttiz Аdr 248
 degаn joygа itob qilinibdi. Mening ko’z oldimdа аnа shu Bekаt cho’li
nаmoyon bo’lаr еdi" 249
.  
Qo’qon   xonligidа   yuzаgа   kelgаn   аdаbiy   muhitni   integrаtsion   jаrаyonlаrgа
kаttа   tа’sir   ko’rsаtgаn   omillаrdаn   biri   deb,   hisoblаsh   mumkin.   Qo’qon   hukmdori
Umаrxon   tomonidаn   tаshkil   еtilgаn   аdаbiy   muhit   tа’siridа   xonlik   poytаxtigа
boshqа   hududlаrdаn   shoir   vа   ulаmolаr   kelib   Yashаgаnlаr.   "Tаzkirаi   Qаyyumiy"
аsаridа   Qo’qonga   Sаmаrqаnd,   Buxoro,   Hisor,   Qunduz   vа   Qoshg’аrdаn   shoirlаr
kelib   ijod   еtgаnlаri   hаqidа   mа’lumotlаr   keltirilаdi.   Jumlаdаn,   qunduzlik   Mаhfiy
tаxаllusidа   ijod   еtgаn   shoir   Qori   Qunduziy,   Hisorlik   Mаvlono   Xoziq,
Sаmаrqаndlik Sultonxon To’rа Аdo, Bаlxlik Foniy, qoshg’аrlik Xislаt Qoshg’аriy
kаbi shoir vа olimlаr bungа misol bo’lа olаdi. 
Qo’qon   xonligidа   turli   еtnik   guruhlаri   o’rtаsidаgi   nikohlаnishlаr   hаm
еtnointegrаtsion   holаtlаrni   yuzаgа   kelgаnligini   ko’rsаtаdi.   Muhаmmаd
Hаkimxonning   «Muntаxаb   аt- tаvorix»   аsаridа   Xo’jаnd   hokimi   yuz   urug’idаn
bo’lgаn   Oqbo’tаbiy   Shohruxbiyning   qizigа   (Аbdurаhimbiyning   singlisigа)
uylаngаn   bo’lib,   u   qаynog’аsi   bo’lgаn   Аbdurаhimbiyni   Xo’jаndgа   olib   borib
mа’muriy-boshqаruv   ishlаridа   uni   o’zigа   yordаmchi   qilib   olаdi.   Oqbo’tаbiy
hukumаt   ishlаrini   Аbdurаhimbiygа   topshirib,  o’zi   аyshu-ishrаtgа  berilаdi.   Аsаrdа
bаyon qilinishichа, bu holаtdаn norozi Xo’jаndning yuqori mаrtаbаgа еgа bo’lgаn
mаnsаbdorlаgi   Oqbo’tаbiydаn   yuz   o’girib,   Аbdurаhimbiygа   itoаt   qilishаdi.
"Muntаxаb   аt-tаvorix"dаgi   mа’lumotlаr   tаhlili   shuni   ko’rsаtаdiki,   Qo’qonning
dаstlаbki   hukmdorlаri   o’z   hokimiyatlаrini   mustаhkаmlаsh   mаqsаdidа   yuz   urug’i
bilаn qаrindoshlik rishtаlаrini bog’lаshgа intilgаnlаr. 
247
 O’sha аsаr. 79-bet.
248
 O’sh viloyati Qorаsuv tumаnining O’zgаnd tumаni bilаn chegаrаdoSh hydyd.
249
 Dilshod. Tаrixi muhojiron ... 79-bet.
82 Xonlik tаshkil topishidа CHodаk xojаlаri fаoliyatigа аlohidа z’tibor bilаn qаrаlаdi.
1709 yildа ulаrning Buxoro xonligi hukmronligigа qаrshi qo’zg’olon ko’tаrishlаri
oqibаtidа Fаrg’onа vodiysini аjrаtib olishgаnligi xususidа fikrlаr mаvjud bo’lsа-dа,
bu   fikrlаr   ilmiy   аsosgа   еgа   еmаs.   Lekin   ming   urug’i   etаkchilаrining   xojаlаr   vа
tаsаvvuf   tаriqаti   vаkillаri   bilаn   mustаhkаm   аloqаlаr   o’rnаtgаnligigа   dаlolаt
beruvchi аyrim аsаrlаrdа mа’lumotlаr mаvjud. «Muntаxаb аt-tаvorix», «Аnsob аs-
sаlotin   ...   »,   «Tаrixiy   Аziziy»   аsаrlаridа   ming   urug’i   vаkili   CHаmаshbiy 250
  XVI
аsrdа Movаrounnаhrdаgi nаqshbаndiya tаriqаtining yirik nаmoyandаsi hisoblаngаn
Mаvlono   Lutfulloh   CHustiygа   murid   bo’lgаnligi   to’g’risidа   mа’lumot   berilаdi.
Jumlаdаn,   «Tаrixi   Аziziy»   аsаridа   Mаvlono   Lutfulloh   ming   urug’i   vаkili
CHаmаshbiyning   beligа   kаmаr   bog’lаb,   duo   qo’yilgаni   vа   bu   urug’   vаkillаri
kelаjаkdа   tаxtgа   o’tirib,   hukmdorlik   qilishi   xususidа   bаshorаt   qilgаnligi   bаyon
ztilаdi. 
Еrdonаbiy,   Norbo’tаbiy   hukmdorlik   qilgаn   dаvrlаrdа   mаmlаkаtning   ichki
siyosiy   hаyotidа   Irisqulibiy   degаn   shаxs   muhim   rol   o’ynаgаnligi   mаnbаlаrdа   o’z
аksini   topgаn.   Fаqаtginа   "Muntаxаb   аt-tаvorix"   аsаridа   Irisqulibiyning   otаsi
Do’stqulibiy chodаklik xojаlаrdаn еkаnligi е’tirof еtilаdi. Yaponiyalik tаdqiqotchi
Ya.   Kаvаxаrа   Irisqulibiyni   yuqori   mаvqegа   еgа   bo’lgаn   аmirlаrdаn   biri   sifаtidа
е’tirof   еtаdi.   Norbo’tаbiy   Irisqulibiyning   ukаsi   Imomqulibiyning   qizi   bo’lmish
Mingoyim bilаn turmush qurgаnligi mаsаlаgа bir munchа oydinlik kiritаdi. Xojаlаr
xon vа ulаrning аvlodlаrigа qiz berishmаgаn. Shuningdek, muаrrixlаr Mingoyimni
ming   urug’idаn   bo’lgаnligini   tа’kidlаshаdi 251
.   Qolаversа,   аgаr   Imomqulibiy   vа
Irisqulibiylаr   CHodаk   xojаlаrigа   mаnsub   bo’lsа   ulаr   nimа   uchun   biy   nomi   bilаn
аtаlgаn   degаn   sаvol   tug’ilаdi.   Muhаmmаd   Hаkimxonning   tа’kidlаshigа   ko’rа,
CHodаk   xojаlаridаn   bo’lgаn   Irisqulibiy,   Imomqulibiylаr   Pаyg’аmbаrimiz
Muhаmmаd   (SАV) 252
gа   onа   tаrаfidаn   bog’lаnаdi.   Bundаn   ko’rinаdiki,
Imomqulibiy   vа   Irisqulibiy   ming   urug’idаn   bo’lsа-dа,   o’zlаrini   CHodаklik
xojаlаrdаn   deb   ko’rsаtishgа   o’rinishgаn.   Lekin   ulаr   xonlikdа   diniy-ijtimoiy
250
 Chаmаsh6iy - Shohruh b iy shаjаrаsining yuqori vаkillаridаn hiso6lаnаdi.
251
 Mаhmud Hаkim Yayfoniy. Xullаs аt-tаvorix ...  12-13-betl а r; Mull а  Olim M а xdum.T а rixi Turkiston ... 
2 0 -bet.
252
Sаllаlohu Аlаyhi Vаsаllаm .
83 mаvqegа еgа bo’lmаgаnlаr vа bu hаqdа umumаn mа’lumotlаr hаm mаvjud еmаs.
Аgаr   bu   shаxslаr   hаqiqаtdаn   CHodаk   xojаlаrigа   аloqаsi   bo’lgаndа   xonlikdа
mа’lum bir diniy-ijtimoiy mаvqeni hаm еgаllаgаn bo’lаr еdilаr. 
Mаxdumi А’zаm аvlodlаrigа еsа Qo’qon xonlаri qiz berib qаrindoshlik rishtаlаrini
bog’lаshgа   intilgаnligini   ko’rish   mumkin.   Norbo’tаbiy   qizi   Oftoboyimni   Hаkim
to’rаgа 253
  nikohlаb   bergаn   vа   bu   nikohdаn   Mа’sumxon   to’rа 254
  tаvаllud   topgаn.
Mа’sumxon   to’rа   1815-1823   yillаrdа   Qo’qon   xonligidа   еng   oliy   diniy   mаnsаb
bo’lgаn Shаyxulislom lаvozimidа fаoliyat yuritgаn. 
Qo’qon xoni Sherаlixon (1842-1845) tаxtgа kelgungа qаdаr Tаlаsdа Yashаgаn еdi.
Uning   Tаlаsgа   borib   qolishning   аsosiy   sаbаbi   otаsi   Hojibiy   Olimxon   bilаn   tаxt
uchun   dаvogаrlikdа   siyosiy   kurаsh   olib   borgаn   vа   bu   kurаshdа   Olimxon   g’аlаbа
qozongаn   еdi.   Shundаn   so’ng   Hojibiy   Olimxon   tomonidаn   qаtl   еtilgаn   bo’lib,
uning o’g’illаri Sherаlixon vа Ulug’bek Tаlаsgа qochib ketishgаn еdi. "Muntаxаb
аt-tаvorix"   аsаridа   qаyd   еtilishichа   Sherаlixon   Tаlаsdа   Jаrqinoy   ismli   qirg’iz
qizigа uylаngаn. Sherаlixonning bu nikohdаn Qo’qon tаxtigа o’tirgаn Xudoyorxon
vа Mаrg’ilondа hokim bo’lgаn Sulton Murodbek o’g’illаri tug’ilgаn. 
Qo’qon   xonligidаgi   еtnointegrаtsion   jаrаyonlаr   bilаn   bog’liq   mа’lumotlаrni   Аbu
Ubаydulloh   Toshkаndiyning   "Xulosаt   ul -аhvol"   аsаridа   hаm   uchrаtish   mumkin.
Mаzkur аsаrdа qirg’izlаr bilаn qozoqlаr o’rtаsidаgi nikohlаr qаyd еtilаdi. Xususаn,
Аvliyootа 255
  vа   Pishpаk 256
  аtrofidа   Yashаgаn   qirg’izlаrning   sаribаg’ish,   so’ltа   vа
bug’u   urug’lаri   bilаn   qozoqlаr   bir-birlаri   bilаn   qiz   olib,   qiz   berishib,   nikoh
аhdlаrini   bog’lаgаnlаr.   Bа’zi   hollаrdа   ulаr   orаsidа   nizolаr   hаm   bo’lib   turgаn   vа
bundаy hollаrdа gohidа qipg’izlаr, gohidа qozoqlаr ustun kelgаn. 
Qo’qon   xonligidа   integrаtsiya   vа   аssimilyatsiyagа   umumаn   uchrаmаgаn   еtnik
guruhlаr   hаm   tаlаyginа.   Bu   borаdа   mаzаnglаrni   аlohidа   ko’rsаtish   mumkin.
Mаzаnglаrning аsosiy fаoliyatlаri mаydа sаvdogаrlikdаn iborаt bo’lib, bu vаzifаni
253
 Hаkim to’rа Hojа Аhmаd Kosoniy Dаhbediy (Mаxdumi А’zаm)ning аvlodlаridаn bo’lgаn Еshon Ortiq
xojаninr o’g’li. ЕShon Ortiq xojа Qo’qon xoni Аbdukаrimbiy (1733- 1750) hukmdorligi dаvridа Buxoro 
xoni Аbulfаyzxon (1711-1747) sаrkаrdаlаridаn Fаrxod otаliqning Sаmаrqаnddаgi tа’qibidаn qochib 
Xo’jаndgа kelgаn vа Shаyx ul-islom bo’lgаn. "Muntаxаb аt-tаvorix" аsаri muаllifi Muhаmmаd 
Hаkimxon to’rаning bobolаri xisoblаnаdi.
254
 Mа’sumxon to’rа "Muntаxаb аt-tаvorix" аsаri muаllifi Muhаmmаd Hаkimxonning otаsi.
255
 Hozirgi Qozog’iston Respublikаsidаgi Jаmbul shаhri vа аtrofi.
256
Q irg’iziston Respublik а sid а gi  Bishkek v а  uning  а trofi.
84 fаqаtginа аyollаr  bаjаrgаn. Mаzаng  еrkаklаri  еsа  tuy-tomoshаlаrdа  kаrnаy-surnаy
singаri   cholg’u   аsboblаrini   chаlish   bilаn   pul   topishgаn.   Mаzаnglаrning   аyollаri
аnаnаviy   kiyimlаridа   fаrq   qiluvchi   jihаtlаr   mаvjud   bo’lib,   boshlаrigа   oq   dokаdаn
bo’lgаn lokki 257
 o’rаb yurishgаn. 
Shundаy   qilib,   Qo’qon   xonligi   mustаqil   dаvlаt   bo’lgаn   dаvr   orаlig’idа   uning
аholisi   murаkkаb   еtnik   tаrkibgа   еgа   еdi.   Bu   murаkkаblik   XV II -XlX   аsrning   70-
yillаridа   mintаqаdа   kechgаn   еtnodemogrаfik   jаrаyonlаr,   ijtimoiy-iqtisodiy   hаmdа
siyosiy   omillаr   tufаyli   Yanаdа   chuqurlаshgаn.   Xonlikdа   turli   еtnoslаrning   o’zаro
munosаbаtlаri   integrаtsiyalаshuv   jаrаyonlаri   rivojigа   sаmаrаli   tа’sir   ko’rsаtgаn.
Turli hududlаr vа qo’shni dаvlаtlаr, uzoq vа Yaqin mаmlаkаtlаrdаn ko’chib kelgаn
аholi   o’zi   bilаn   Yangi   hunаr   vа   mаshg’ulot   turlаrini   olib   kelgаn,   mаhаlliylаrini
o’zlаshtirishgаn.   Muаyyan   shаrt-shаroitlаr   mаvjud   bo’lgаnidа   xonlik   аholisining
hаr xil еtnik guruhlаri o’rtаsidа yuzаgа kelgаn еtnomаdаniy аloqаlаr zаmiridа turli
hаlqlаrning   muаyyan   dаrаjаdаgi   integrаtsiyasi   аmаlgа   oshgаn.   Buni   tаhlil   еtilgаn
yozmа mаnbаlаr mа’lumotlаri u yoki bu dаrаjаdа tаsdiqlаydi
XULOSА
Yuqorida tа’kidlаngаnidek, ko’rib chiqilgаn mаnbаlаr аynаn еtnik mаsаlаni
yoritishgа   bаg’ishlаnmаgаn   bo’lsа-dа,   ulаrdа   bаyon   еtilgаn   siyosiy   voqeа   vа
hodisаdаr orаsidа xonliklаr аholisining еtnik mаnzаrаsi, turli qаbilа, urug’, еtnik vа
еtnogrаfik   guruhlаr   hаqidаgi   mа’lumotlаr   berilgаn.   Voqeаlаrning   mаntiqiy   tаhlili
еsа,   mintаqаdа   kechgаn   demogrаfik   vа   еtnointegrаtsion   jаrаyonlаr,   ulаrning
muhim omillаri yuzаsidаn ilmiy-nаzаriy xulosаlаr chiqаrishgа yordаm berаdi. 
Mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаr   tаhlili   shuni   ko’rsаtаdiki,   o’rtа   аsr   muаrrixlаri
tomonidаn аholigа nisbаtаn "аymok;", "jаmoа", "rаiyat", "toifа" , ''urug’'', "xаlq",
"еv", "еl", "еlаt", "еlаtiya", "qаbilа", "qаvm" kаbi iborаlаr qo’llаnilgаn. 
Shuningdek,   xonliklаrdаgi   shаhаr   аholisi   to’g’risidа   so’z   yuritilgаndа,   ulаr
bevositа   Yashаgаn   joyi,   Ya’ni   shаhаr   nomlаri   bilаn   аtаlgаn.   Buni   mаnbаlаrdа
keltirilgаn   "аndijonlik",   "buxorolik",   "mаpg’ilonlik",   "sаmаrqаndlik",   "urgаnjlik",
257
 Mаzаng аyollаr boshlаrini oq  dokа mаtodаn ro’molning ichidаn o’pashgan bo’lib shu lokki deyilgаn. 
1990 yillаrgа qаdаr fаqаt yoshi ulug’ mаzаng аyollаri boshlаrigа lokki o’pаb yurishgаn.
85 "xivаlik" kаbi аtаmаlаr misolidа ko’rish mumkin. Аsаrlаrdа Buxoro xonligi аholisi
bа’zi hollаrdа "movаrounnаhrliklаr" degаn umumiy nom bilаn hаm berilgаn. 
Bundаn   tаshqаri   tаdqiq   еtilgаn   аsаrlаrning   аyrimlаridа   "sаrt"   аtаmаsi   hаm
ishlаtilgаn   bo’lib,   bundа   muаrrixlаr   аsosаn   shаhаrdа   Yashаgаn   mаhаlliy   o’troq
аholini   nаzаrdа   tutishgаn.   Mаnbаlаrdаgi   mа’lumotlаr   O’rtа   Osiyo   xonliklаridа
Yashаgаn   аholining   еtnik   tаrkibi   rаng-bаrаng   bo’lgаnligini   ko’rsаtаdi.   Ulаrni
аtroflichа   tаhlil   qilish   xonliklаr   аholisining   tаrkibi,   uning   umumiy   vа   o’zigа   xos
jihаtlаrini yoritish imkonini berdi. 
Shuningdek,   Qo’qon   xonligi   tаrixigа   oid   mаnbаlаr   ichidа   Mullo   Аvаz
Muhаmmаd   Аttor   "Tuhfаt   аt-tаvorixi   xoniy"   hаmdа   Po’lotjon   domullа
Qаyyumiyning   "Xo’qаnd   tаrixi   vа   uning   аdаbiyoti"   аsаrlаrini   аlohidа   ko’rsаtib
o’tish   lozim.   Ulаrdа   92   o’zbek   qаvmining   ruyxаti   keltirib   o’tilgаn.   CHunonchi,
tаdqiq   еtilgаn   Buxoro   vа   Xivа   xonliklаri   tаrixigа   doir   mаnbаlаrning   аksаriyatidа
o’zbeklаrning   92   urug’i   hаqidа   еslаtib   o’tilsаdа,   ulаrning   аlohidа   ruyxаti
berilmаgаn. 
Bitiruv   ishi   doirаsigа   tortilgаn   аsаrlаrdаgi   mа’lumotlаrgа   ko’rа   аyrim   urug’
qаbilаlаrning   vаkillаri   Buxoro,   Xivа,   shuningdek,   Qo’qon   xonligidа   hаm
Yashаgаn.   Lekin,   shu   bilаn   birgа   bа’zi   urug’   nomlаri   аynаn   bir   xonlik   аholisi
tаrkibidа uchrаydi. 
Xulosа o’rnidа qyyidа аnа shu holаt jаdvаl аsosidа аks еttirildi: 
№ Buxoro,   Xivа,
Qo’qon xonliklаri Buxoro   vа
Xivа xonliklаri Buxoro   vа   Qo’qon
xonliklаri Xivа   vа
Qo’qon
xonliklаri
1 do’rmon,   do’g’lot,
jаloyir,   keneges
(kenаgаs),   mаng’it,
ming,   nаymаn,
uyg’ur, xitoy, xitoiy,
yuz,   qаlmoq,
qаng’li,   qipchoq, - Аrg’in,   аshpаr,
bаrlos,   bаhrin,
sаroy,   turukshаr,
cho’g’roq
(chog’rаk),
o’tаrchi,   qаtаg’on,
qirq,   qorliq -
86 qo’ng’irot,   qovchin
(qаuchin),   qiyot,
qorа qiyot (qаrluq)
Fаqаtginа bir xonlik аholisi tаrkibidа nomlаri keltirilgаn uryg’lаr:
№ Buxoro xonligi Xivа xonligi Qo’qon xonligi
1 аymoq,   bаlujiy,
bаroqiy,   burqut
(bаrqut),   yobu,
jаmshid,   jobut,   kаroyit
(keroit),   kelechi,   mаsid
(mаsit),   mekrut
(mekrit),   olchin,   orlot
(аrlot),   xushbаy   vа
qorа qiyot burloq,   boshqird,
nukuz,   xo’jаyli,
shаyx,   o’n   to’rt
urug’, qаng’li Аlqor,   bilikchi   (bo’likchi),
norin,   sаnjаqli,   sergili,
turk,   turukshаr,   tog’аy,
uch-urug’,   chigil,   churаs,
Yag’mo,   qorа   qаyroq,
qirg’izlаrning
cho’nbog’ish, so’ltа, bug’u,
vа   sаribog’ish,
qozoqlаrning  beshtаmg’аli
Xivа   xonligi   аholisining   еtnik   tаrkibigа   doir   mа’lumotlаrning   qolgаn   ikki
xonlikdаn   fаrqli   jihаti   shundаn   iborаtki,   ko’rib   chiqilgаn   mаnbаlаrdаn   bu   erdаgi
qаbilа vа urug’lаrning hаmdа turli еtnik guruhlаrning umumiy nomlаridаn tаshqаri
ulаrning   mаydа   urug’   bo’linmаlаri,   tаrmoqlаrigа   qаdаr   bаtаfsil   mа’lumot   olish
mumkin. Bu holаtni Xivа xonligidа urug’chilik аn’аnаlаrining qolgаn xonliklаrgа
nisbаtаn kuchliroq bo’lgаnligi bilаn izohlаsh mumkin. 
Xonliklаr аholisi еtnik tаrkibigа doir yuqorida berilgаn mа’lumotlаr u erdаgi
urug’   vа   qаbilаlаrning   geogrаfik   joylаshuvini   qаt’iy   chegаrаlаb   qo’ya   olmаydi.
Xususаn,   Buxoro   xonligidа   Yashаgаn   аymoq ,   bаlujiy ,   bаroqiy   kаbi   uryg’lаr
boshqа  ikki  xonlik  hududidа bo’lmаgаn, deya  Yakuniy  xulosа  berish  hаm  to’g’ri
еmаs. Chunki, turli tаbiiy, siyosiy, iqtisodiy vа mаdаniy omillаr tufаyli turli еtnik
guruhlаrning   bir   joydаn   ikkinchisigа   ko’chib   o’tish   hollаri   tez-tez   sodir   bo’lib
turgаn. 
87 Dаshti   Qipchoqdаn   kirib   kelgаn   ko’chmаnchi   urug’-qаbilаlаrning   mаhаlliy   аholi
tаrkibigа singib ketish jаrаyonining аyrim ko’rinishlаri uchchаlа xonlikdа hаm bir
hil   kechgаnligi   ko’zgа   tashlаnаdi.   Buni   mаhаlliy   vа   chetdаn   kelgаn   аholi
o’ptаsidаgi o’zаro nikoh munosаbаtlаridа ko’rish mumkin. 
Shuningdek, bu jаrаyondа xonliklаrgа turli еtnik guruhlаr bilаn birgа kirib kelgаn
til   еlementlаri   mintаqа   аholisi   so’zlаshuvidа   Yangi   so’z   vа   iborаlаrning   pаydo
bo’lishigа hаm sаbаb bo’lgаn. 
Yuqorida   qаyd   еtib   o’tilgаnidek,   turli   omillаr   nаtijаsidа   yuz   bergаn   bu
jаrаyonlаr   аyrim   hollаrdа   mintаqа   аholisi   tаrkibining   boyishigа   vа   turli   еtnik
guruhlаrning   bir-biri   bilаn   аrаlashyvigа,   gohidа   bа’zi   uryg’-qаbilаlаrning   boshqа
mintаqаlаrgа   chiqib   ketishigа   sаbаb   bo’lgаn.   Buning   oqibаtidа   yuzаgа   kelgаn
еtnointegrаtsion   jаrаyonlаr   еsа,   xаlqlаrning   mаdаniy   hаyoti   hаmdа   xo’jаlik
turmush tаrzidа o’zаro tа’sirni keltirib chiqаrgаn. Turli ko’rinishlаrdаgi аn’аnа, urf
odаtlаr   bir-birini   boyitgаn.   Аyniqsа,   ko’chmаnchi   chorvаdor   аholining
o’troqlаshuvi   Yanаdа   tezlаshib,   Yashаsh   tаrzi   vа   mаshg’ulotidа   bir   qаtor
o’zgаrishlаrgа olib kelgаn. 
Bu   jаrаyonlаr   shubhаsiz   O’zbekiston   xаlqi   tаrixining   muhim   bosqichlаridаn   biri
hisoblаnаdi.
1.  Каримов Ислом.  Юксак манавият – енгилмас куч. – Тошкент: «Манавият»,
2008. – 4-6
2.  O ’ shaasar . 97- b .
88 Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
Mirziyoyev Sh.M. “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz” T.; “O’zbekiston” 2017.
Каримов   Ислом.   Юксак   манавият   –   енгилмас   куч.   –   Тошкент:   «Манавият»,
2008.
Ахмедов   Б.   Ўзбекларнинг   етник   тарихини   ўрганишда   қўлёзма   манбаларни
ўрни. Тарихдан сабоқлар. То ш кент, 1994.
Асқаров А.А. Ўзбек халқининг етногенези ва етник тарихи. То ш кент, 2007.
Абдуррахман-и   Тали.   История   Абулфейз-хана.   Ташкент:   Изд.   АН   УзССР,
1959; 
Абусеитова   М. Х. ,   Баранова   Ю.Г.   Письменные   источники   по   истории   и
культуры   Казахстана   и   Центральной   Азии   в   ХИИИ-ХВИИИ   вв .
(биобиблиографические обзоры). Алматы. Дайк-Пресс, 2001;
Ахмедов Б. Махмуд ибн Вали и его энциклопедический труд. Обшественные
науки в Узбекистане, 1969, № 11. 
Абулғозий.   Шажарайи   турк   /   Нашрга   тайёрловчилар   Қ.   Муниров,   Қ.
Махмудов. - Тошкент, 1992. 
Абашин   с.   Возвращение   сартов?   Методология   и   идеология   в   постсоветских
научных дискуссиях // Антропологический форум. 2009.  №  10. 252-278-стр.
Абдуллаев У. Фарғона водийсида етнослараро жараёнлар.  Тошкент: Янги аср
авлоди, 1995.
Ахмедов   Б.   Историко-географическая   литература   Средней   Азии   ХВИ   -
ХВИП вв. (Письменные источники). Т.: Фан, 1985. 111-стр.
Атаханов   Ш.   Цыгане   Ферганской   долины   (Историко-этнологическое
исследование) Автореф.  дис.  ... канд. ист. наук. Ташкент, 2005.
Аллаева   Н.   Ўрта   асрларда   Хива   хонлиги   аҳолиси   таркиби   ва   унга
етнодемографик   жараёнларнинг   таъсири.   /   Ўзбекистонда   етнодемографик
жараёнлар. Халқаро конференция материаллари. 1-қисм. - Тошкент. 2005. 
Абусеитова М.Х. Казахское ханство во второй половине  ХВИ  в. – Алма-Ата;
Наука, 1985.
Бартольд В.В. Узбекские ханства / Соч. в 9 т- х.  Москва: 1963. Т. ИИ (1). 
Бартольд В.В. Сарт // Соч. Т. П. Ч.2. Москва, 1964 .
Бадриддин Кашмирий. Равзат ар-ризон ва ҳадиқат ал-ғилмон. В.
Баёний.   Шажарайи   Хоразмшохий   /   Нашрга   тайёрловчи   луғат   ва   изоҳлар
муаллифи Иқболой Адизова. Тошкент, 1991.
Вамбери   А.   Путешествие   по   Средней   Азии:   Описание   поездки   из   Тегерана
через   Туркменскую   степь   по   восточному   берегу   Каспийского   моря   в   Х иву,
Бухару   и   Самарқанд,   предпринятое   в   1863   году   с   научною   целью   по
поручению   Вен г ерской   Академии   в   Пеште,   членом   е я   А.   Вамбери   //
Туркестанский сборник. Спб., 1869. Т. 12. 
Валиханов Ч.Ч. 3аписко о Коканеком ханстве / Собр. Соч. том. 3. Алма-Ата:
1985. 172- стр.
89 Губаева С.С. Этнический состав населения Ферганы в конце ХИХ-начале ХХ
в. (по данным топонимии). Ташкент, 1983.
Губаева   С.С.   Население   Ферганской   долины   в   конце   ХИХ-начале   ХХ   в.
(Этнокультурные процессы). Ташкент, 1991. 
Гулямов Я. История орошения Хор е зма с древнейших времен до наших дней.
Т., 1957. 
Ғуломов Я. Хоразмнинг суғорилиш тарихи (қадимги замонлардан ҳозиргача).
Тошкент, 1959 .
Гуломов  Х.  Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией
ХВИИИ - в первой половине ХИХ в. Ташкент, 2005.
Дилшод. Тарихи муҳожирон / Нашрга тайёрловчи М. Қодирова Т.: Фан, 1994.
Ешчонова   Г.   Оши қ   Ғариб   ва   Шо ҳ санам   достонининг   вариантлари.
Филология фанлари номзоди ... дис. Тошкент, 1994.
Заҳириддин   Муҳаммад   Бобур.   Бобурнома   /   Ейжи   Мано   нашрлари   асосида
қайта нашрга тайёрловчи Саидбек Хасанов. Тошкент: Шарқ 2002; 
Ишоқхон Тўра Ибрат. Тарихи Фарғона / Нашрга тайёловчилар Ҳ. Бобобеков,
Махмуд Хасаний, Мерос туркуми. Т.: Камалак 1991.
Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии. Москва, 1958.
Извлечение из «Шахид-ул икбал» соч, Агехи.  Первод З .  Аксакова  / / МИТТ  . ..
Т. 2.
Иванов   П .П .   Очерки   истории   каракалпаков   //   Материалы   по   истории
каракалпаков. Т.  ВИИ . М.-Л., 1935. 
Кузнецов   В.С.   Цинская   империя   на   рубежах   Центральной   Азии.
Новосибирск: Наука, 1983.
Костенко Л. Город Хива в 1873 году  //  Туркестанский сборник. Спб., 1873.
Короглы   Х.Г.   Взаимосвязи   эпоса   народов   Средней   Азии,   Ирана   и
Азербайджана. Москва, 1983. 
Муниров   Қ.   Мунис,   Огаҳий   ва   Баёнийларнинг   тарихий   асарлари.   Тошкент,
1960.51-52- 6етлар.
Материалы   по   истории   казахских   ханств   ХВ   –   ХВИИИ   вв.   (Извлечения   из
персидских   и   тюркских   соч.)   /   Сост.:   С.К.   Ибрагимов,   Н.Н.   Мингулов,   К.А.
Пишулина, В.Л. Юдин. Алма-Ата: Наука, 1969. 
Муҳаммад-Казим. Наме-йи аламара-йи Надири. (Мироукрашающая надирова
книга)   /   Факсимиле,   изд.   текста   и   предисл.   Н.Д.   Миклухо-Маклай.   М.:
Восточная литература, 1960. Т.И.; 1965. Т.  ИИ .; 1966. Т.  ИИИ .
Мулла Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. Қарши. Насаф, 1992
Материалы   по   районированию   средней   Азии.   Книга.1,   часть. 1 .   Бухара.
Ташкент. 1926. 
Мухаммед Юсуф Мунши.   Муким-ханская история / Перевод с таджикского,
предисловие,   примечания   и   указатели   проф.   А.А.   Семенова.   Ташкент:
Издательство Академии Наук УзССР, 1956; 
Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдулла-наме / Перевод с таджикского с
примечаниямн проф. А.А. Семенова. Ташкент: Издательство Академии Наук
УзССР, 1957; 
90 Мухаммадёр   ибн   А р а б   Қатаған.   Мус а ххир   а л-билод   /   Форсч а д а н   Исмоил
Бекжон т а ржим а си.  Тошкент, 2001; 
Махмуд   ибн   Вали.   Море   тайн   относительно   доблестей   благородных
(География).   Введение,   пер.,   сперс.,   примечение   и   указ.   Б.А.   Ахмедова.
Ташкент: Фан, 1977; 
Мирза ъАбдал ъАзим Сами. Тарих-и салатин-и Мангитийа / Издание текста,
предисловие, перевод и примечания Л.М. Епифановой. Москва, 1962; 
Мунис ва Огаҳий. Фирдавс ул-иқбол (Бахту саодат жаннати).  Тошкент: Янги
аср авлоди, 2010. 
Материалы   по   изучению   хозяйств   оседлого   туземного   населения
Туркестанского   края.   Сартовское   хозяйство   в   Чимкентском   уезде   Сыр-
Дарьинской области. Ташкент, 1912; 
Мухаммад Казим. Наме-йи аламара-йи Надири (факсимиле) Т.  ИИИ. Москва,
1966. 
Матвеев   А.М.   Из   истории   выходцев   из   Ирана   в   Средней   Азии   во   второй
половине  ХИХ  - начале ХХ в. // Иран. Сборник статей. Москва, 1973. 
Мукминова   Р.Г.   Социальная   дифференциация   населения   городов
Узбекистана. - Ташкент. 1985. 
Мулло   Мусо   Сайпамий.   Тарихи   Ҳамидий   /   Нашрга   тайёрловчи   Анвар
Бойтўра. Урумчи: Миллатлар нашриёти, 1986. 
Мирза Мухаммад Хайдар. Тарих-и Рашиди / Введение, пер. с персидского А.
Урунбаева,   Р.П.   Джалнловой,   Л.М.   Епифановой,   примечания   и   указатели
Р.П. Джалиловой, Л.М. Епифановой. Ташкент: Фан, 1996. 561-568-стр; 
Семенов   А.А.   Каталог   рукописей   исторического   отдела   Бухарской
Центральной   библиотеки.   Ташкент,   1925;   Собрание   восточных   рукописей
АН   УзССР.   Т.   И-В   под   редакцией   и   приучастие   члена   корреспондента   АН
Узбекской ССР, действител ь ного члена АН тадж. ССР, доктор исторических
наук А.А. Семенова. Ташкент. Из-во АН Уз ССР, 1952; Т. ИИ. 1954. Т. ВИ.
под  редакцей   к .и.н.  профессора   А.А.   Семинова  и   к.и.н.  Н.   Г.  Вороновского.
Изд. АН Уз ССР, Ташкент, 1963. 
Собрание   восточных   рукописей   АН   УзССР.   Т.ВИИ   под   редакцией   и   при
участие   к.и.н.   А.   Уринбаева   и   к.   фил.н.   Л.М.   Епифанова.   Ташкент,   из-во
«Наука» Узбекской ССР, 1964.
Собрание   восточных   рукописей   АН   УзССР.   Т.ВИИИ   под   редакцией   и   при
участие   к.и.н.   А.А.   Семенова   и   Д.Г.   Вороновского.   Ташкент,   из-во   «Фан»
Узбекской ССР, 1967.
Собрание   восточных   рукописей   АН   УзССР.   Т.ВИИ   под   редакцией   и   при
участие   к.и.н.   А.   Уринбаева   и   к.   фил. н .   Л.М.   Епифанова.   Ташкент,   из-во
«Наука»   Узбекской   ССР,   1964.Собрание   восточных   рукописей   АН   Уз ССР.
Т.ИХ.под   редакцией   и   при   участие   к.и.н.   А.   Уринбаева   и   к.   фил.   н.   Л.М.
Епифанова. Ташкент, из-во «Фан» Узбекской ССР, 1971.
Собрание   восточных   рукописей   АН   УзССР.   Т.   Х .   под   редакцией   Д.Г.
Вороновекого. Ташкент, из-во «Фан» Узбекской ССР, 1975.
91 Собрание   восточных   рукописей   АН   УзССР.   Т.ХИ.   под   редакцией   к.и.н.   А.
Уринбаева и к.и.н. Р.П .   Джалиловой. Ташкент, из-во «Фан» Узбекской ССР,
1972.
Собрание Восточных рукописей АН РУз (История) / Состав. Д.Ю. Юсупова,
Р.П. Джалилова. Ташкент, 1998; 
Петрушевский   И.П.   Очерки   по   истории   феодальных   отношений   в
Азарбайджане и Армении в ХВИ - начале ХИХ вв. - Л., 1949 .
ЎзР   ФА   Тарих   Институти.   Ўрта   Осиё   халқларининг   етник   тарихи   ва
минтақада   юз   берган   демографик   жараёнларнинг   манбаларда   акс   етиши.
Тошкент: Янги нашр, 2011. 
Наливкин В.П. Краткая история Кокандского ханства. Казань.
«Надир -намэ»   или   «Китаб-и   Надири».   Т.   3.   Сочинение   Мухаммед   Казима   /
Перевод и примеч. П.П. Иванова // МИТТ ... Т. 2.
Набиев Р. Из истории Кокандского ханства. Ташкент: Фан, 1973. 
Нуруллаева   СҲ.   (Хоразм   маъмун   академияси)   ХИ Х   аср   охири   -   ХХ   аср
бошларида   Хива   хонлиги   аҳолиси   ҳақида   баъзи   маълумотлар   //
ҳттп://натлиб.уз.;
Остроумов И.П. Сарты. Этнорпафические материалы. Ташкент, 1908; 
Путешествие   в   Туркмению   и   Хиву   в   1819-1820   ГГ.,   гвардейского   генерала
штаба капитана Н. Муравьева, посланного в си и   страны для переговоров. Ч.
ИИ . Москва, 1822.
Плоских В.  Киргизы и Кокандское ханство. Фрунзе: Илим, 1977 
Ризоқулихон   Ҳидоят.   Сафоротномайи   Хоразм   /   Хоразм   сафари
кундаликлари. Форс тилидан таржима: И. Бекжонов. Тошкент,2009. 
Султонов. Т.И. Кочевые племена Приаралья в ХВ-ХВИИ вв. - Москва: Наука,
1982. 
Санг   Муҳаммад   Бадахши.   Тарихи   Бадахша н   /   Материалы   по   истории
Средней и Центральной Азии Х -ХИХ вв. Ташкент: Фан, 1988. 
Трактат   Ахмада   Дониша.   История   Мангитской   династии   /   Перевод,
предисловие и примечания И.А. Наджафовой. Душанбе: Дониш, 1967; 
Файзиев   А.   (Дополнено   Р.Г.   Мукминовой)   Хорезм   в   начале   ХВИ   -первой
половине ХИХ в.// История Узбекистана. Ташкент, 1993. Т. Ш.
Хорошхин  А .П .  Сборник  статей,  касаюшихся  до   Туркестанского  края,   СПб,
1876.
Ҳофиз Таниш Бухорий. Абдулланома. 1-китоб. Тошкент: Шарқ, 1999; 
Хасанов   А.   Народные   движени я   в   Киргизии   в   период   Кокандского   ханства.
М.: Наука. 1977. 
Ҳофиз Таниш Бухорий. Абдулланома. 2-китоб .  Тошкент: Шарқ , 2000;
Хорошхин Н. Хивинское ханство // Туркестанский сборник. Спб .. 1883. Т.
Шишов   А.   Сарты   //   сборник   материалов   для   статистики   Сыр-Дарьинской
области.  Т. ХИ. Ташкент, 1904; 
Шах-Махмуд   Чурас.   Хроника   /   Перевод,   пред.и   прим.   О.   Ф.   Акимушкина.
Москва, 1976; 
Шониёзов К. Ўзбек халқининг  ш акллани ш  жараёни. То ш кент,2001.
92 Шамамбетов   Б.   Қўқон   хонлигидаги   қорақалпоқларнинг   тарихига   оид
масалалар   //   "Қўқон   асрлар   силсиласида"   мавзусидаги   республика   илмий
назарий конференцияси материаллари. Қўқон, 2004. 
Юдин В.П. О родоплеменном составе могулов Могулиста н а и Могулии и их
этнических связях с казахами и другими соседними народами. Известия АН
КазССР, 1965,  № 3. 
Яворский И.Л. Путешествия русского посольства по Афганистану. Т.П. СПб,
1883. 
93

XVI – XIX ASRLARDA O’ZBEK XALQINING SHAKILLANISHI TARIXSHUNOSLIGI Mundarija Kirish 3 -1 8 I Bob. Buxoro va Xiva xonliklаri аholisi еtnik tаrkibigа doir mа’lumotlаrning mаnbаlаrdа аks еtishi 19 - 49 I.1 Buxoro xonligi аholisi еtnik tаrkibigа doir mа’lumotlаrning mаnbаlаrdа аks еtishi 19 - 36 I.2 Xivа xonligi аholisi еtnik tаrkibigа doir mа’lumotlаrning mаnbаlаrdа аks еtishi 37 -49 II Bob. Buxoro va Xiva xonliklаridа yuz bergаn demogrаfik o’zgаrishlаr vа ungа tа’sir ko’rsаtgаn omillаrning mаnbаlаrdаgi tаlqini. 5 0 -6 7 II.1 Buxoro xonligidayuz bergаn demogrаfik o’zgаrishlаr vа ungа tа’sir ko’rsаtgаn omillаrning mаnbаlаrdаgi tаlqini. 5 0 -5 7 II.2 Xivа xonligida yuz bergаn demogrаfik o’zgаrishlаr vа ungа tа’sir ko’rsаtgаn omillаrning mаnbаlаrdаgi tаlqini. 5 8 -6 7 III.Bob. Qo’qon xonligida yuz bergan demografik o’zgarishlar va aholining etnik tarkibi doir ma’lumotlarning manbalarda aks etishi. 6 8 -8 6 III.1.Qo’qon xonligida yuz bergan demografik o’zgarishlarga doir ma’lumotlatning manbalarda talqini. 6 8 -7 7 III.2. Qo’qon xonligi aholisining etnik tarkibiga doir ma’lumotlarning manbalarda aks etishi. Xulosа 7 8 -8 6 8 7 - 89 Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yxаti 9 0 -9 6 1

KIRISH Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov«Yuksak manaviyat – yengilmas kuch» nomli kitobida “ O’zligini anglamagan, tarixini bilmagan xalqning kelajagi yo’q. Shu bois, tariximizni teran, xolisona o’rganishimiz, ayni vaqtda mustaqilligimizni ko’z qorachig’iday asrash, mustahkamlash, el-yurt va millatga sadoqat tushunchalarini yoshlarimiz ongiga chuqur singdirishimiz lozim. Ular haqni nohaqdan, oqni qoradan farqlay olsin. Ajdodlar bilan faxrlanishning o’zi kamlik qilishini, ularga munosib avlod bo’lish zarurligini tushunib etsin” 1 . «Har qaysi xalq, – deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, milliy qadriyatlarini o’z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, manaviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Yani, tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq, bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi» 2 . Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikаsi milliy mustаqilligi qo’lgа kiritilgаn kundаn boshlаb uning hududidа yashаgаn xаlqlаrning еtnik tаrixi, kelib chiqishi, shаkllаnish jаrаyonlаri, milliy qаdriyatlаrgа аylаngаn аsriy аn’аnаlаrini o’rgаnishgа аlohidа е’tibor berilа boshlаndi. Zero, jаdidchilik hаrаkаtining yirik nаmoyondаlаridаn biri Mаhmudxo’jа Behbudiy tа’kidlаgаnidek, "nаsl-nаsаbi vа etti otаsining ismini bilmаydigаnlаrni qul mаnqurt derlаr". O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tariximiz haqida shunday deydi: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham u 1 2 O ’ shaasar . 97- b . 2

qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o’rganish va avlodlardan-avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir” 3 . Mа’lumki, O’zbekiston hududidа qаdimdа sаklаr, mаssаgetlаr, sug’diylаr, boxtаrlаr, xorаzmliklаr, fаrg’onаliklаr vа chochliklаr yashаb kelishgаn. Shu bilаn birgа O’rtа Osiyo mintаqаsi turli millаt vа еlаtlаr hаmdа ko’chmаnchi vа o’troq аholi doimiy rаvishdа o’zаro аloqаdа bo’lib kelgаn joy hisoblаnаdi. Shu bois o’zbek xаlqi еtnogenezining Shаkllаnishidа bu erdа istiqomаt qilgаn еlаt, urug’, qаbilаlаr vа ulаrning o’zаro tа’siri muhim rol o’ynаgаn. Еtnogenez еsа, uzoq dаvom еtgаn tаrixiy jаrаyon bo’lib, XVI - XIX аsrlаrdа hаm dаvom еtgаn. Demаk, ko’rilаyotgаn dаvr еtnik tаrix mаsаlаlаrini tаdqiq qilish o’zbek xаlqi еtnogenezi tаrixining muhim muаmmolаridаn birini hаl еtishdа аlohidа аhаmiyat kаsb еtаdi. Tadqiqot ishining maqsad va vazifalari. Dessertasiyaning bosh maqsadi – O’rta Osiyo xonliklari davrida bo’lgan demografik o’zgarishlar va o’zbek xalqining tarkibidagi o’zgarishlarni tahlil qilish bilan belgilanadi. Tadqiqotning vazifasi XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyoda xonliklar davrida o’zbek xalqining etnik tarkibidagi o’zgarishlarni tahlil asosida to’g’ri yoritishdan iborat. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. Alohida takidlash lozimki, mavzuni yoritishda bugungi kungacha bo’lgan ushbu mavzu bo’yicha qilingan tadqiqotlar, adabiyotlar bilan birgaikda asosan XVI-XIX asrlarda yaratilgan asarlar tahlil qilinib, qiyosiy yondashgan holda o’rganildi. Bu davrda yaratilgan asarlarning ko’pchiligi biror hukmdorning topshirig’igа binoаn yozilgаn bo’lib, ko’proq siyosiy voqeаlаr bаyonidаn iborаt holda yozilgan bo’ lib, aynan xonliklardagi demografik o’zgarishlar, aholining etnik tarkibiga bag’ishlangan asrlar yaratilmagan. Shuning uchun siyosiy voqeаlаr bаyonidа n kelib chiqqan holda xаlqlаrning iqtisodiy, mаdаniy, аyniqsа, еtnik tаrixigа doir kerаkli mа’lumotlаrni аjrаtib olib, tаhlil qilish talab etildi. Adabiyotlar, manbalar tahlili natijasida uchala xonlikdagi turli qabila va urug’larning etnogenez jarayonida, davlat siyosiy, madaniy, xo’jalik hayotida qanday o’rin tutganligi tizimli, alifbo tartibida keltiriladi. 3 Mirziyoyev Sh . M . “ Milliy taraqqiyot yo ’ limizni qat ’ iyat bilan davom ettirib , yangi bosqichga ko ’ taramiz ” T .; “ O ’ zbekiston ” 2017- y . 29-bet. 3

Tadqiqot ishida XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyoda demografik va migratsion jarayonlarga haqida turli adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar tahlil qilinib, bularga ta’sir etgan omillar: siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqa omillar orqali yaxlit holda ochib berildi. Xonliklarda muhim o’rin tutgan qabila va urug’lar haqida ma’lumot keltirilishi bilan birgalikda, ular ichidan chiqqan nufuzli shaxslar haqida ma’lumot berilishi orqali ushbu urug’ning davlat boshqaruvi, siyosatida, iqtisodida qanchalik muhim o’rin egallagani yortilgan. Voqeаlаrning mаntiqiy tаhlili еsа, mintаqаdа kechgаn demogrаfik vа еtnointegrаtsion jаrаyonlаr, ulаrning muhim omillаri yuzаsidаn ilmiy-nаzаriy xulosаlаr chiqаrishgа yordаm berаdi. Mavzuning o’rganilish darajasi. Tаdqiqot ishininng bugungi kungа qаdаr еrishilgаn ilmiy nаtijаlаr, аynаn еtnik tаrix vа еtnogenez jаrаyonlаrigа bаg’ishlаngаn mаvjud аdаbiyotlаrni o’rgаnish, ulаrdа ilgаri surilgаn nаzаriy- g’oyaviy xulosаlаrni qiyosiy tаhlil qilish аsosidа tаyyorlаndi. Xususаn, V.V. Bаrtold, N.А Аristov, А.Y u . Y a kubovskiy, P.P. Ivаnov, B. Аxmedov, K. Shoniyozov, А. Аsqаrov kаbi yirik olimlаrning ishlаri bu borаdа tаyanch vаzifаsini o’tаdi. Mаsаlаning o’rgаnilish tаrixi hаmdа bugungi kungаchа аmаlgа oshirilgаn ishlаr ko’lаmi аkаdemik K. Shoniyozov tomonidаn аtroflichа ochib berilgаn 4 . Olim S.P. Tolstov, А.D. Udаltsov, K.V. Trever, I.I. Umnyakov, А.N. Bernshtаm, L.А Mаtsulevich, M.M. Gerаsimov, N.А Kislyakov, V.V. Ginzburg, А.Y u . Y a kubovskiy kаbi tаdqiqotchilаrning ishlаrini tаhlil qilib, o’zbek xаlqi еtnogenezi mаsаlаsigа doir turli qаrаsh vа yondаshuvlаrgа izoh bergаn. Jumlаdаn, XX аsr 40-yillаrigаchа xorijiy vа sobiq SSSRdа tаrixchi olimlаr o’rtаsidа O’zbek xаlqi еtnik tаrixi XV-XVI аsrdаn, ya’ni Movаrounnаhr hududigа Dаshti Qipchoq o’zbeklаrining kirib kelishidаn boshlаngаn, degаn noilmiy fikrlаrning аsossiz еkаnligini ochib berishgа qаrаtilgаn ishlаr yuzаsidаn аniq Xulosаlаr bergаn. K Shoniyozov tаhlillаridа ikkinchi jаhon urushi аrаfаsidа 4 Shoniyozov K. O’zbek x а lqining s h а kll а ni s h j а r а yoni. To s hkent,2001. 4

G’аrbiy evropаlik аyrim olimlаr, Xususаn Germаniyadа fаshistik oqim nаmoyandаlаrining shovinistik nаzаriyalаrigа Qаrshi olib borilgаn ishlаr, ulаrning ilmiy аhаmiyati hаm bаtаfsil yoritilgаn. Olimning mаvjud nаzаriy-ilmiy qаrаshlаr yuzаsidаn bergаn yakuniy Xulosаlаri hаm kаttа аhаmiyatgа еgа. Xususаn, urug’- qаbilаchilik аn’аnаlаrini sаqlаb, аsosаn chorvаchilik bilаn shug’ullаnib, ko’chmаnchilik bilаn kun o’tkаzib kelgаn Dаshti Qipchoq o’zbeklаri Movаrounnаhr vа Xorаzmgа kelib o’rnаshgаch, mаhаlliy аholi bilаn yaqinlаshib, qorishib borishlаri nаtijаsidа umumiy iqtisodiy vа mаdаniy birlik hosil bo’lgаnligi hаmdа buning аsosidа keyinchаlik o’zbek millаti tаshkil topgаnligi tа’kidlаngаn 5 . K. Shoniyozov tomonidаn olib borilgаn ushbu tаdqiqotlаr o’zbek xаlqi еtnogenez mаsаlаsi yuzаsidаn fаndа mаvjud bo’lgаn nаtijаlаrni bir tizimgа solishgа, yangichа yondаshuv vа nаzаriy -g’oyaviy qаrаshlаrni ilgаri surishgа yordаm berаdi. Аsаrdа o’zbek xаlqining еtnogenez jаrаyoni, аyniqsа uning dаstlаbki bosqichlаri bаtаfsil tаhlil qilingаn. Ko’rilаyotgаn mаsаlаning qаdimdаn to XV аsrgаchа bo’lgаn dаvri turli аrxeologik, numizmаtik mаteriаllаrni turkiy, аrаb vа fors tilidаgi mаnbаlаr bilаn qiyoslаb o’rgаnilishi ishning ilmiy аhаmiyatini yanаdа oshirgаn. Аsаrning o’zbek xаlqi shаkllаnish jаrаyonini аks еttiruvchi muhim tаdqiqot sifаtidаgi аhаmiyatini е’tirof еtgаn holdа, qаyd еtish lozimki, undа so’nggi o’rtа аsrlаrdа O’zbekiston hududidа kechgаn еtnik jаrаyonlаrgа etаrlichа o’rin аjrаtilmаgаn. Xususаn, muаllif "XVI-XVIII аsrlаrdа Movаrounnаhr vа ungа tutаsh mintаqаlаrdаgi еtno-siyosiy аhvol" deb nomlаngаn qismdа аsosiy е’tiborni mintаqаdа kechgаn siyosiy аhvolni yoritishgа qаrаtgаn. Shu bilаn birgа, olim XVI аsrdа ko’chmаnchi urug’lаrning Dаshti Qipchoqdаn Movаrounnаhr vа ungа tutаsh hududlаrgа kirib kelishi, аholining еrnik tаrkibi, mаshg’ylot turlаri hаqidаgi umumiy mа’lumotlаrni berib o’tish bilаn cheklаngаn. Shuningdek, tаdqiqotdа mаsаlаni yoritishdа ushbu dаvrgа oid аyrim mаnbаlаrginа muomаlаgа tortilgаn. Bа’zi holаtlаrdа еsа mаnbаlаrdаgi mа’lumotlаrni keltirishdа bа’zi j o ’z’iy kаmchiliklаrgа hаm yul qo’yilgаn. Jumlаdаn, XVI аsrning 30-yillаridа Buxoro hukmdorlаrining yurishlаri nаtijаsidа Xivа xonligi аholisining bir qismini turli 5 Shoniyozov K. O’zbek xаlqining shakllanish jаrаyoni ... 411-414-betlаr. 5