XX asr oxiri XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo davlatlarida ta`lim tizimi
XX asr oxiri XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo davlatlarida ta`lim tizimi Mundarija: Kirish……………………………………………………………………...…......3-8 I Bob. Sovet davlatida deportatsiya siyosati 1.1 -§. Ikkinchi jahon urushi yillarida deportatsiya siyosatining boshlanishi va bunda Stalin shaxsining roli………………………………………………...….9-20 1. 2 -§. Kavkaz xalqlarining deportatsiyasi sabablari………………...………...21-33 II Bob. Qorachoy va bolqorlarning deportatsiyasi siyosati 2.1-§. Qorachoy avtonom viloyatining tugatilishi. Qorachoylarning Qozog‘iston SSR va Qirg‘iziston SSR hududlariga deportatsiya qilinishi…………………34-45 2.2-§. Bolqorlarning deportatsiyasi oqibatlari………………….…………...... 46-58 III bob. Qalmoqlar va mesxeti turklarning deportatsiyasi 3. 1 -§. Qalmoqlar deportatsiyasi oqibatlari….………………………………...59-75 3.2- §. M esxeti turklar deportatsiyasi… …………………………….. ………... 76-86 Xulosa……………………………………………………………………...…8 7-90 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………...9 1 -9 5
Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng, barcha sohalarda islohotlar o‘tkazilishi uzluksiz davom etmoqda. Tarix ilmida ham ochiqlikka e’tibor qaratilib, hozirgi globallashuv davrida mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagidek ilmiy izlanishlardagi senzura va cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Mamlakatimizda tarix sohasini yanada rivojlantirish maqsadida yurtimiz tarixini o‘rganishdan tashqari, jahon tarixini o‘rganishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish borasida zamonaviy yechimlar ishlab chiqish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “ Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz ” 1 degan fikrni bildirib o‘tgan. Jahon tarixida chuqur iz qoldirgan ikkinchi jahon urushi tarixi hamisha dolzarb mavzu bo‘lib kelgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlari borasidagi izlanishlar bugungi kungacha qisman mavjud. Ammo, bu mavzuni o‘rganish natijasida, uning yangi jihatlari kelib chiqaveradi. Tadqiqotchilarning turlicha nuqtai nazarlari bir to‘xtamga kelishda chalg‘ituvchi omil sanaladi. Ikkinchi jahon urushi davrida ommaviy deportatsiyalarning amalga oshirilishi sobiq sovet ittifoqi davrida Xrushchev davrigacha umuman tilga olinmaydigan mavzulardan biri edi. Bu boradagi arxiv hujjatlari esa yaqin davrlargacha maxfiylikda saqlab kelindi. Xrushchev davrida Stalin shaxsiga sig‘inishning fosh etilishi va deportatsiyalar borasidagi dastlabki eslatmalar paydo bo‘la boshlagandi. Umuman sobiq sovet ittifoqi davrida xalqlarning tub yashash yerlaridan deportatsiya qilinishlari 1 Mirziyoyev Sh. M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash- yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” T.: O‘zbekiston, 2017. 24-b. 2
borasidagi ma’lumotlar kam uchraydi. Bu mavzuga murojaat etishga tegishli tartibdagi cheklovlar mavjud bo‘lgan. Deportatsiyalarning asosiy qismi maxfiylikda olib borilgan bo‘lib, uni ovoza qilish davlat manfaatlariga zid kelishi aniq edi. Sovet ittifoqi parchalangandan so‘ng, tadqiqotchilarning deportatsiyalar va shunga yaqin mavzularda izlanishlar olib borishlariga cheklovlar yo‘qqa chiqdi. 1990-yillardagi tarixchilarning aksariyati deportatsiyalar Stalin shaxsining istagi bilan amalga oshirilgan degan fikrda qoladi. Ammo, 2000-yillardan keyingi davrda va yaqin yillarda ikkinchi jahon urushi davridagi deportatsiyalar borasidagi maxfiy hujjatlarning oshkoralikka berilishi yangi ma’lumotlarning yuzaga chiqishiga olib keldi. Bu esa tadqiqotchilarning mavzuga yangicha burchakdan nazar solishga imkon berdi. Sobiq sovet tuzumi davridagi tadqiqotchilarning ilmiy ishlari, maxfiy arxiv hujjarlari va ommaviy deportatsiya guvohlarining ma’lumotlari birgalikda bizga reallikka yaqinlashgan tarixni ochib beradi. Sobiq sovet ittifoqi 30-40- yillarda umumiy 3 mlndan ortiq aholini tub yashash yeridan nisbatan noqulay bo‘lgan hududlarga ko‘chirishi, ko‘chirish jarayonlaridagi qiyinchiliklar, o‘lim holatlarining oshib ketishi va shu kabi omillar ko‘plab xalqlarning taqdirida o‘chmas qora dog‘ bo‘lib qoldi. 2010-yildan boshlab tadqiqotchilar Stalin davridagi deportatsiyalarni ochiqchasiga qoralay boshlashdi. Shuning uchun ham “Ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlari” mavzusi bugungi kundagi dolzarb mavzulardan biriligicha saqlanib qolmoqda. Tadqiqot obyekti va predmeti. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ayni shu davrdagi sobiq sovet ittifoqi hukumatining Kavkaz xalqlariga nisbatan olib borgan siyosati tadqiqot ishining predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlarini ilmiy tomondan ochib berish. Bu xalqlarning tub 3
yashash joyidan boshqa hududlarga ko‘chirilishida qanday omillarga asoslanganligi, ularning ko‘chirilgan hududlarga taqsimlanishi xususiyatlari, bunga kimlar tashabbus bildirganligi, ko‘chirish jarayonlaridagi o‘lim holatlari rasmiy ma’lumotlari va guvohlar ma’lumotlarining nomutanosibligiga aniqlik kiritishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar magistrlik dissertatsiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi: Kavkaz xalqlarining deportatsiya qilinishi zaruratining kelib chiqishi sabablarini aniqlash; Kavkaz x alqlari deportatsiya qilinishida Stalin shaxsining rolini aniqlash; deportatsiyalardagi L.Beriyaning roli; chechen va ingushlarning deportatsiya qilinishi sabablarini aniqlash; qalmoqlarning surgun qilinishi sabablarini o‘rganish; milliy avtonomiyalarning tugatilishi, nomining o‘zgartirilishi yoki boshqa bir viloyatga qo‘shib berilishida qanday omillarga asoslanganligini ochib berish; qorachoy, bolqorlar va shu kabi xalqlarning asosiy qismi Markaziy Osiyoga ko‘chirilishi sabablarini o‘rganish; mesxeti turklarining Turkiyaga josuslik qilishda ayblanishi sabablarini aniqlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasi ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlarini yoritishga xizmat qiladi. Bugungi kungacha ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlari mavzusida magistrlik dissertatsiyasi himoya qilinmagan. Shundan kelib chiqib tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilishi sabablari va oqibatlari bilan bog‘liq jihatlariga e’tibor qaratilganligi; nisbatan yangi ya’ni sobiq sovet ittifoqi parchalangan davrdan keyingi va so‘nggi yillarda nashr etilgan ilmiy izlanishlardan foydalanilganligi; deportatsiyalar tashabbuskori sifatida faqatgina I.Stalin emas, boshqa shaxslar ham muhim rol o‘ynaganligiga e’tibor qaratilganligi; 4
xalqlarning tub yashash yeridan o‘zga hududlarga deportatsiya qilinishida qanday jihatlarga asoslanib joylashtirib chiqilganligiga e’tibor qaratildi; Markaziy Osiyoga joylashtirilgan xalqlarga berilgan imtiyozlar borasidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tildi; mavzu yuzasidan rus, ingliz tilidagi adabiyotlar, ilmiy jurnallar, monografiyalarda chop etilgan maqolalar, Rossiya, Kavkaz davlatlari va ingliz mutaxasislarining ilmiy tadqiqot ishlarini o‘zbek tiliga tarjimasi va ularning tahlili yuzasidan xolisona, ilmiy yondashuv. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ikkinchi jahon urushida SSSR hukumatining kun tartibidagi masalalaridan biri – bu urush davrida harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan, nemislar va turklarga ayg‘ochilik qilgan, sovet ittifoqi hukumatiga qarshi bo‘lgan kuchlarni munosib jazolash edi. Shu masalalarni asos qilib ko‘rsatgan holda hukumatining boshqa maqsadlarini ham amalga oshirish, xususan, ommaviy deportatsiyalarga ham shu sabablar ko‘rsatib o‘tilgandi. Deportatsiyalarning haqiqiy sabablarini ochib berish maqsadida quyidagilar ilmiy ishning asosiy masalalari va farazlari sifatida belgilandi: turli sabablar asosida Kavkaz xalqlarining nisbatan noqulay hududlarga surgun qilinishi; Kavkaz xalqlarining ko‘chirish jarayonidagi yo‘qotishlari; ayrim shaxslar va guruhlar jinoyati tufayli butun xalqlarning deportatsiya qilinishi; I.Stalinning gruziyalik bo‘lishiga qaramay, Gruziya SSR dan ko‘plab xalqlarni ko‘chirib yuborishi; qalmoq, chechen, ingush, bolqor, kabardin va boshqa xalqlarning Markaziy Osiyoga ko‘chirilishi jarayoni; Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga joylashishi uchun yaratib berilgan imkoniyatlar. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining deportatsiya qilinishi tarixini Rossiya, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari mutaxassislari keng ko‘lamda o‘rganib chiqqan. Xususan, Rossiya 5