ZAMAXSHARIYNING “MUXTASAR” ASARINING ARAB LINGVISTIKASIDA TUTGAN O‘RNI

























![7. “Al- Mufassal fi san’ati-l-i’rob” O‘zR FA ShI. Qo‘lyozma, inv.№
8972/I
8. “ Al Unmuzaj fi-n- nahv” O‘zR FA ShI Qo‘lyozma, inv.№ 7151
Ushbu nusxa117/1705- 1706- yili kotib Ali Ibn Mirza Keldi tomonidan
Mulla Said Nurilloh afandining Nukus madrasasida Qozi Qirolxon zamonida
ko‘chirilgan. Kitobning asl nusxasi saqlanmagan. Qo‘lyozma qayta
ta’mirlanganda qadimgi qo‘lyozmaning muqovasiga jildlangan. Asar 121
varoqdan iborat, 16x22sm o‘lchovli. Matnning o‘lchovi 8,5x13 sm, har varoqqa
10 satrdan matn joylashtirilgan. Asar 1b sahifada an’anaviy “Basmala” dan
so‘ng Ardabliyning “…
نا??يبلا حا ??تفم ةيبرعلا لعج يذلا للها دمحلا …” – “ Arab tilini bayon qilishning kaliti
qilgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin…” – degan kirish so‘z bilan boshlangan.
So‘ng Mahmud Zamaxshariy ilmiy ijodiga xos bo‘lgan qisqa muqaddima
keltirilgan. Ya’ni “ در
??فم ة ??ملكلا:ىلا ??عت للها ة ??محر ?فن ??صملا .ميحر ??لا نمحر ??لا للها م ??سب ” -“
Bismillahir rohmanir rohiym. [Ushbu] asar Alloh Taoloning rahmatidir. So ‘z
bitta [birlik]dir.” Asar nasx va nastaliq xatlarining qorishig ‘ida yozilgan.
Varaqlar poygir bilan belgilangan. Boblar, mavzular nomlari go ‘zal xat bilan
hoshiya chiqarilib jadvalga olingan.1b sahifadan 52a sahifagacha 98b
sahifadan121a sahifagacha bo‘lgan varoqlarning hoshiyasiga, satr oralariga
ayrim so‘zlarning sharhlari kiritilgan 25
.
9. “ Al Unmuzaj fi-n- nahv” O‘zR FA ShI Qo‘lyozma, inv.№12858
Ushbu qo‘lyozma 5ta turli hajmdagi nahvga oid risolalar ko‘chirilgan
majmua tarkibiga kiritilgan. Qo‘lyozmalar yangidan muqovalangan va varaqlari
to‘liq raqamlangan bo‘lib, jami 159 sahifadan iborat. Qo‘lyozmaning 61 b
sahifasidan” Al Unmuzaj fi-n nahv” va uning sharhi boshlanadi. Mazkur nusxa
1263/1846- 1847- yillarda kotib Alauddin Ibn Fattohuddin tomonidan “Ustari
25
Nosirova M. O ‘rta asr arab nahvidan namunalar(Mahmud Zamaxshariyning”Al- unmuzaj fi-n – nahv” risolasi
asosida). – T.:ToshDShI nashriyoti,2004. B- 19
26](/data/documents/180c4b19-b63f-4252-8359-6cd374e33529/page_26.png)
![bosh” madrasasida ko‘chirilgan. Qo‘lyozma 17,5x22,5 sm o‘lchovli rus
qog‘oziga ko‘chirilgan 62b sahifaning o‘ng tomon tepa burchagida chiroyli
shakl ichida “gonchevara5” so‘zlari yozilgan rangsiz qavariq muhr bosilgan.
Matnning o‘lchovi 11x16 sm (ba’zi sahifalarda 12,5x16 sm. Sahifadagi
matnning joylashishi bir xil emas, ya’ni sahifadagi jadval ichiga, aksariyat
hollarda 15 qatordan matn kiritilgan. Lekin ayrimlariga 13, 14 (68a, 70b,
108a77b, 11a, 114b)satrdan matn joylashtirilgan bo‘lsa, 144a sahifada 16 yo‘l
qator matn yozilgan. Qo‘lyozma hoshiyalarida esa turli to‘ldirish bor. Matn
varaqning o ‘ratasidan basmala bilan boshlangan va Jamoluddin Ardabliyni
kirish so ‘zi bilan davom etgan. Ardabliyning muqaddimasidan so ‘ng asar matni
boshlangan ya’ni در??فم ة ??ملكلا so‘z bitta [birlik]dir. Mazkur nusxada Mahmud
Zamaxshariyning kirish so‘zi tushib qolgan. Asar nastaliq xatida yozilgan.
Mazkur nusxaning 7151 raqamli nusxadan farqi shundaki,ushbu nusxada matn
tuishib qolgan yoki xato ko‘chirilgan so‘z ibora, birikma hatto gaplar asar
hoshiyasiga chiqarib yozib qo‘yilgan. Ba’zi xato ko‘chirilgan so‘zlar ustidan
chiziq tortilib shu satr hoshiyasiga matnning to‘g‘ri shakli yozilgan 136b
sahifaning o‘ng tomon hoshiyasiga kata harflar bilan - “Kitob Valiyuddin
Aliyuddin uchun”- deb yozilgansahifaning hoshiyasiga esa – “Mulla Tojuddin
Do ‘stim Aliyuddin uchun”- so‘zlari yozilgan. Qo‘lyozma so‘ngidagi xotimaga
ko‘ra u 1263- yil 1- aprel juma kunida domla Hoji Eshon Abdulloh ibn
Ne’matullohning “Ustari bosh”madrasasida ko‘chirilgan. 26
10. “ Al Unmuzaj fi-n- nahv” O‘zR FA ShI Qo‘lyozma, inv.№12474
Ushbu 12474 raqam bilan ro‘yxatga olingan qo‘lyozma nusxasi an’anaviy
“basmala” bilan boshlanib, Jamoluddin al-Ardabiliyning kirish so‘zi bilan
davom etadi. Asar ya‘ni “Al Unmuzaj fi-n- nahv” esa Ardabliyning
muqaddimasidan so‘ng در
??فم ة ??ملكلا رد ??صملا -uning masdari so‘z bitta birlikdir
jumlasi bilan boshlangan. Ammo رد
??صملا so‘zi grammatik jihatdan noto‘g‘ri
yozilgan. Bu so‘zdagi al ortiqcha qo‘yilgan. Qo‘lyozmaning umumiy hajmi 109
26
Nosirova M. O ‘rta asr arab nahvidan namunalar(Mahmud Zamaxshariyning”Al- unmuzaj fi-n – nahv” risolasi
asosida). – T.:ToshDShI nashriyoti,2004. B- 23
27](/data/documents/180c4b19-b63f-4252-8359-6cd374e33529/page_27.png)













![8. “A’jabu-l-ajab fi “Lomiyati-l-arab” 22– inv.№ 3077. – S I, 54 [Cmt.3]
9. “Al-Jibal va-l-amkina va-l-miyah” – inv.№ 2219 – I, 348 [IX]
10. “Asosu-l-balog‘a” – inv.№ 6720
11. “Atvoqu-z-zahab fi-mavo‘iz va-l-xutab” - inv.№ 3948
12. “Al-Kashshof ‘an haqoiqi g‘avomizi-t-tanzil va ‘uyunu-l-aqavil fi
vujuhi-t-ta’vil” – inv.№ 597
13. “Al-Kashshof ‘an haqoiqi g‘avomizi-t-tanzil va ‘uyunu-l-aqavil fi
vujuhi-t-ta’vil” – inv.№603
14. “Al-Kashshof ‘an haqoiqi g‘avomizi-t-tanzil va ‘uyunu-l-aqavil fi
vujuhi-t-ta’vil” – inv.№606
15. “Al-Mufassal fi san’ati-l-I’rob” – inv.№ 4001
16. “Al-Mufassal fi san’ati-l-I’rob” – inv.№4002
17. “Al-Mufassal fi san’ati-l-I’rob” – inv.№6608
18. “Muqaddamatu-l-adab” – inv.№ 4823
19. “Muqaddamatu-l-adab” – inv.№ 449 fors
20. “Muqaddamatu-l-adab” – inv.№ 1631fors
21. “Muqaddamatu-l-adab” – inv.№, 286turk
22. “Muqaddamatu-l-adab” – inv.№ -287turk
23. “Mustaqsa fil-amtal” - inv.№ 3967
24. “Navobig‘u-l-kalim” – inv.№ 1620,
25. “Navobig‘u-l-kalim” – inv.№ 3965,
26. “Navobig‘u-l-kalim” – inv.№ 3973,
41](/data/documents/180c4b19-b63f-4252-8359-6cd374e33529/page_41.png)



















![Ammo xalq vakillaridan birini ifodalashda ٌة
bilan yasalmaydi, balki
ٌّ ي
bilan hosil qilinadi.
ٌّ
ي ِمو ُر ?← ٌمور ،يكبزأ ← كبزأ ،يبرع ←برع
ة bilan dona otlar yasash mevalar, daraxtlar, gullar va boshqa predmetlarni
ifodalovchi otlardan yasalishi bilan xarakterlidir 62
Sanalmaydigan otlardan dona
otlar yasalmaydi. Masalan:
ٌ
ءام - suv, ٌ نَبل
-sut, ٌ لَسَع
-asal.
Turkiy tillardan hisoblanuvchi o‘zbek tilida, somiy tillardan bo‘lgan arab
tilida son kategoriyasi olmosh va fe’llarda ham ifodalanishi mumkin. Arab tilida
son kategoriyasi sifat so‘z turkumiga ham birdek taalluqlidir. O‘zbek tilida sifat
so‘z turkumida son kategoriyasi yo‘q, faqatgina sifat bo‘lib otlashgan
so‘zlardagina ko‘plik son kategoriyasini kuzatish mumkin. Masalan: Kattalarga
hurmat, kichiklarga izzat. Ayrim tadqiqotlarda grammatik son kategoriyasi
tildagi bir necha so‘z turkumida o‘z aksini topishi, uning nutqdagi vazifasi bir
xil bo‘lmasligi hamda turkiy tillardagi sifat so‘z turkumida son kategoriyasi
yo‘qligi ta’kidlanadi 63
.
Qadimiy va zamonaviy arab tilshunoslari arab tilidagi so‘zlarni 3
turkumga bo‘lishadi. Muhammad Tantaviyning “Nahv paydo bo‘lishi va eng
mashhur nahvshunoslar” kitobida dastlabki so‘z turkumlari bo‘linishlari
bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni keltiradi 64
. Abul Asvad ad-Dualiy aytadi: Ali
ibn Abu Tolib: Gap ism, fe’l, harfdan iborat. Ism – ataladigan narsa haqida
xabar beradi. Fe’l – atab kelingan narsadan xabar beradi (shaxs yoki
predmetning harakatini ifodalaydi). Harf – ma’no ifodalamaydi (o‘zi yakka
holda), deb aytadilar. Zamonaviy olimlarning hammasi an’anaviylikka sodiq
holda shu 3 bo‘linish asosida kengaytirib, to‘ldirib bordilar. Abul Asvad ad-
Dualiy sifat, so‘roq olmoshlari, taajjub, egaga ta’sir qiluvchi yuklamalarni
qo‘shdi. Mashhur arab tilshunoslaridan Abdurahmon ibn Muhammad al-Anbariy
o‘zining “Arab tili sirlari” 65
kitobida so‘z turkumlari 3 ta ekanligini aytib, otning
62
] يفطصم عماج .ينييلاغلا سوردلا .نورشان :.قشمد – .ةيبرعلا2010 – .250ص
63
Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. - T., 1992. – B.74.
64
4 دمحم ةأشن .يواطنطلا وحنلا و خيرأت رهشأ راد :.ةرهاقلا .ءاحنلا فراعملا .1995-.32ص
65
5 ص 12دبع نامحرلا نب دمحم رارسا .يربنلاا قيقحتب( .ةيبرعلا دمحم .قشمد
ـ-)راطيبلا1958
61](/data/documents/180c4b19-b63f-4252-8359-6cd374e33529/page_61.png)






![Agar “ikkita shunday ismli” ma’nosida bo‘lsa, murakkab atoqli otlardan
ikkilik sintaktik yo‘l bilan hosil qilinadi:
اَوَذ ikkita Sibaviyhi ismlilar هيوبيس ا َوَذ
Turni, to‘dani ifodalovchi jamlovchi otlardan ham ikkilik son kategoriyasi
qo‘shimchasi bilan shu tur yoki to‘dani ifodalash mumkin:
ٌ
لْبإ
- urg‘ochi tuyalar
ِ نلا ْبإ ikki urg‘ochi tuyalar to‘dasi
نيمنغلا نيب ةرئاعلا ةاشلاك قفانملا
ُلث َم 71
]
Munofiq ikkita qo‘y podasini buzuvchi bir qo‘y kabidir.
Ko‘plik son kategoriyasininig ikkilik son kategoriyasi o‘rnida kelishi arab
tilining asl masdari Qur’onda keltirilib, ikkilikni ifodalaydi.
ا
َمُكُبوُلُق ْت َعَض د َقَف - Siz ikkingizning qalblaringiz moyil bo‘ladi 72
.
ٌ
بل َق yurak,
ٌ بو ??ُلُق - qalblar. Oyatdagi
ٌ بو ??ُلُق qalblarni emas, ikki insonning ikki
qalbini ifodalab kelmoqda.
Ko‘plik son kategoriyasi bilan ikkilik ma’noni ifodalash ikki narsa ikkita
insonda bo‘lib, ularning har biri o‘zi tegishli bo‘lgan insonga bog‘liq bo‘lgan
holda qo‘llaniladi. U ikkovining boshlari qanday yaxshi – ا
َمُهَسو ُؤُر َنسحأ ام
Arab tilida so‘zlarning ko‘pligini hosil qilish ancha murakkabdir. U bir
necha usulda yasaladi.: 1. Siniq ko‘plik yasash usuli; 2. To‘g‘ri ko‘plik yasash
usuli. Siniq ko‘plik. Ismdan siniq ko‘plik yasashda so‘zning o‘zagi go‘yoki
“sindiriladi” — ya’ni so‘z o‘zagini tashkil etuvchi undoshlarning unlilari
o‘zgaradi, ko‘plik shakl yasovchi undoshlar kiritiladi. Natijada uning birlik
shakli o‘zgaradi. Shuning uchun bunday ko‘plik yasash usuli deb ataladi. Siniq
ko‘plikdagi tanvin z(d)amma bilan tugagan ismlar uch kelishikda, d(z)amma
bilan tugagan ismlar esa ikki kelishikda turlanadi:
71
. :. – . .
نورشان قشمد ةيبرعلا سوردلا عماج ينييلاغلا يفطصم2010 – .213 ص .
72
Tafsiri Hilol.www.islom.uz.tarhim surasi 4- oyat.
68](/data/documents/180c4b19-b63f-4252-8359-6cd374e33529/page_68.png)













![نيونتلاو ةكرحلا نع اضوع ةروسكم نون و ةينثتلا ىنعمل اهلبق ام حوتفم ءاي و فلأ هرخآ تقحل ام وه و
ابوث و ناسحلا املاغ:وحن نكاس اهاقلا اذإ فللأا و ،ديز املاغ
?:وحن:ةفاضلإا دنع نونلا طقسي و 89
Ma’nosi: Ikkilik bu so‘zning oxiri harakat yoki tanvinning o‘rniga ikkilik
ma‘nosini beruvchi kasrali nun va nundan oldingisi alif va yoy bo‘lganlaridir.
Va izofa bo‘lib kelganda ushbu nun tushadi. Misol: Zaydning ikki quli. Va agar
sukunli bo‘lsa: Hasanning ikki g‘ulomi, va O‘g‘lingni ikki kiyimi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, so‘z oxiridagi tanvin domma o‘rniga نا - ani qo‘shimchasi
qo‘shilishi bilan, jar(qaratqich kelishigi) va nasb(tushum kelishigi) holatlarida
bir xil نى - ayni qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan sodir bo‘ladi 90
. Izofa bo‘lib
kelganda umumiy qoida yani ن nun ning tushirilishi bilan bo‘ladi.
Izoh: Ismlarda ikkilik hosil qilinganda, birlikdagi so‘zning oxirgi harakati
fathalanib, so‘z oxirida alif va nun orttirilishi orqali hosil qilinadi. Misol: و ناباتك
ناملاغ . Bu ikkilikda noaniq holatda, bosh kelishikdagi so‘z hisoblanadi. Aniq
holatda so‘z oxirida hech qanday o‘zgarish ro‘y bermaydi, so‘z boshida “al”-
aniqlik artikli qo‘shiladi. Misol: ناملاغلا و ناباتكلا
Tushum va qaratqich kelishiklarda so‘z oxiri fathali bo‘lib, unga sukunli
yoy va kasrali nun orttirilishi orqali hosil qilinadi. Misol: نيملاغلا و نيباتكلا
Agar izofaning muzof qismi ikkilik bo‘lsa, u holda so‘z oxiridagi nun
tushirilib qoldiriladi, bosh kelishikda sukunli alif, tushum va qaratqich
kelishikda sukunli yoy qoldiriladi. Misol: نسحلا املاغ و ديز املاغ
نايحر و ناوصع:وحن،ةينثتلا دنع هلصأ ىلإ در ايثلاث ناك نا ةروصقم فلأ هرخ
آ يف ام و
] 91
Ma’nosi: va so‘z oxiri alif maqsura bilan tugagan uch o‘zakli so‘z bo‘lsa
ikkilik shaklda asli holatiga qaytadi. Misol: ikki tayoq, ikki ruh. ي qo‘shimchasi
bilan tugagan so‘zlardan نا
??ي - yani qo‘shimchasi qo‘shish bilan. Ayrim ikki
89
Mahmud Zamaxshariy “Al- unmuzaj”. – T.: Toshkent Islom Universiteti,2001.B24
90
Ibrohimov N, Yusupov M.(1997). Arab tili grammatikasi. -T.: O'zb е kiston milliy ensiklop е diyasi. B 97
91
Mahmud Zamaxshariy “Al- unmuzaj”. – T.: Toshkent Islom Universiteti,2001.B24
82](/data/documents/180c4b19-b63f-4252-8359-6cd374e33529/page_82.png)

























ZAMAXSHARIYNING “MUXTASAR” ASARINING ARAB LINGVISTIKASIDA TUTGAN O‘RNI MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………….………….…..3 I BOB. MAHMUD ZAMAXSHARIYNING TILSHUNOSLIKKA OID ILMIY MEROSI 1.1. Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslikka oid asarlari. Arab lingvistikasiga oid muxtasar asari………………………………….7 1.2 . Alloma asarlarining O‘zbekiston va dunyo fondlarida saqlanayotgan nusxalari…………………………………………..….25 Birinchi bob bo‘yicha xulosa……………………………………………47 II BOB. “AL- UNMUZAJ” ASARINING LEKSIK- GRAMMATIK XUSUSIYATLARI 2.1. “Al- Unmuzaj” asarining arab tili grammatikasini o‘rganishda tutgan o‘rni. ………………………………………………………49 2.2. Arab adabiy tilida son va jins kategoriyalarining ahamiyati….....62 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa…………………………………………...81 III BOB. “AL- UNMUZAJ” ASARIDA SON VA JINS KATEGORIYALARI TUSHUNCHASI, FE’L BOBINING TAHLILI 3.1. “Al- Unmuzaj” asarida jins va son kategoriyalarining yoritilishi…………………………………………………………..……84 3.2. “Al- Unmuzaj” asarida fe’l bobi ……………………………..…93 Uchinchi bob bo‘yicha xulosa……………………………………….…101 XULOSA ……………………………………………………………………..102
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………...106 KIRISH Magistrlik desertetsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Bugungi kunda ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibor, xorijiy tillarni o‘qitishga bo‘lgan talab oshirib bormoqda. Mamlakatimizning xorijiy mamlakatlar bilan xususan sharq, arab mamlakatlari bilan diplomatik, ijtimoiy, siyosiy, diniy, madaniy, iqtisodiy aloqalari rivojlanib bormoqda. “Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bugungi O‘zbеkiston hududida turli davrlarda o‘ziga xos sivilizatsiyalar vujudga kеlgan. Ushbu o‘lka fan va madaniyat markazi sifatida butun dunyoga dong taratgan, bu yеrda hayratomuz go‘zallikka ega shaharlar barpo etilgan, buyuk shoirlar va allomalar yashab ijod qilgan. Buyuk ilmiy kashfiyotlar, adabiyot va san’at, xalq og ‘zaki ijodining o‘lmas obidalari shu maskanda yaratilgan. Bu noyob milliy, tarixiy-madaniy mеros, haqli ravishda butun insoniyat xazinasi bo‘lib, ayni paytda xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasidan dalolat bеradi” 1 O‘rta Osiyo va Arab mamlakatlari ta’limiy aloqalari yildan yilga tadrijiy rivojlanib bormoqda. Uzoq va sharafli tarixga ega bo‘lgan xalqning madaniy qadriyatlari ma’naviy merosi ming yillar mobaynida sharq mamlakatlari uchun manaviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Ulug‘siymolar Imom al-Buxoriy (810-870), Imom at-Termiziy (824/825-892), Bahouddin Naqshband (1318-1389), Imom al-Moturidiy (870-944), Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144) kabi ilm-ma’rifat yo‘lida jon fido qilgan, yurtimiz dovrug‘ini butun olamga mashhur. Bu zaminda tug‘ilib ijod etgan buyuk alomalarimiz yaratgan boy ilmiy meros ma’daniy meros jahon madaniy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib diqqat e’tiborni o‘ziga tortib kelmoqda. Ibn Sino, Ulug‘bek, Xorazmiy va Zamaxshariy kabi ajdodlarimizning nomlari hamda asarlari mashhur bo‘lib ijodlari jahon madaniyati bebaho boylik hisoblanadi. Ular yaratgan asarlar ilm fan durdonasi sifatida dunyoning mashhur qo‘lyozma fondlarida saqlanib kelinmoqda va dunyo olimlari tomonidan o‘rganilib, ular 1 Sh. M. Mirziyoyev Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug ‘hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo’ladi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2019. – B. 276 2
asosida ko‘pgina dissеrtatsiyalar, ilmiy ishlar va darsliklar yaratilmoqda. Jumladan, buyuk alloma Mahmud Az-Zamaxshariy ham o‘zining ko‘plab asarlari bilan dunyoga nom taratgan, uning merosi bugungi kunda har tomonlama o‘rganilmoqda, uning arab tilida yetmishdan ortiq turli sohaga oid asarlari didaktik, grammmatik, ilmiy- badiiy nazm, nasrda yozilgan asarlari orasida “Al- Unmuzaj”, “Mufassal”, “Asosul balog‘a” asarlari mashhur. “Al Unmuzaj fi-n nahv” arab tili lingvistikasiga bag‘ishlangan muxtasar va yuksak darajadagi asarlardan biri hisoblanadi. Asar arab grammatikasini soda bayon etishga qaratilgan va ajam xalqlari balki arab xalqlari uchun ham nodir qo‘lyozma manba hisoblanadi. Asar uch tarkibiy qismdan tashkil topgan. Ushbu asar arab tilini tez va oson o‘rgatish maqsadida yozilgan. Alloma bu muxtasar asarni 1121- yilda yozgan va Mujur Ad-Davla Abdul Fath ibn Husayn al Adristoniyga hadya etgan. O‘z davrida ushbu asar mashhur bo‘lib unga sharhlar bitilgan. Arab tilida to‘g‘ri savodli gapirish uchun tilda son kategoriyalari, jins kategoriyalarini bilish o‘ta muhum. Bu mavzuda juda ko‘p izlanishlar qilindi, lekin bu borada Zamaxshariyning “Al- Unmuzaj” asari tanlangani bejis emas buyuk nahvshunos olim ushbu asarda o‘zgacha uslub qo‘llagan. XXI asr arabshunoslari o‘z asarlarida grammatik masalalarining avval sintaksis keyin morfologik so‘ngra fonetik bayon qilganlari, ishtiqoq tartibi, alifbo tartibida kabi emas balki, so‘z turkumlariga ajratgan holda bayon etdi. Shu jihatdan, “Al- Unmuzaj fi-n nahv” asarini nodir manba sifatida tadqiq etish va morfologik xususiyatlarini o‘rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotning ob’еkti va prеdmеti. Tadqiqot ishining ob’еkti qilib Mahmud Zamaxshariyning “Al-Unmuzaj” asarida jins hamda son katеgoriyasi olindi. Morfologik ko‘rsatkichi bo‘lgan yoki bo‘lmagan muannas jinsdagi so‘zlar, ikki jins uchun bir xil bo‘lgan so‘zlar, muannas jinsning ko‘plik shakli hamda son kategoriyalari, ikkilik son kategoriyasi tadqiqotning prеdmеti qilib bеlgilandi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Mazkur mavzuni tadqiq etishda avvalo quyidagilarni maqsad qildik: 3
- Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslikka oid asarlari haqida ma’lumot yig‘ish; - “Al- unmuzaj” asarida muannas va muzakkar jins masalasini haqidagi fikrlarni o‘rganish; - Arab tilida jins katеgoriyasining paydo bo‘lishini aniqlash; -“Al- Unmuzaj” da son kategoriyasi haqidagi qarashlarni o‘rganish. Tadqiqodning ilmiy yangiligi. Ushbu ish orqali “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” asari va uning xususiyatlari , dunyo fondlaridagi qo‘lyozma nusxalari masalalarga ahamiyat qaratilib, asarning arab tili lingvistikasida tutgan o‘rni, asarning grammatik tahili masalalariga to‘xtalib o‘tildi; - Arab tilida son kategoriyasi sintaksis hamda morfologik masalalari tahlil qilindi ; - Asarda fe’l bobidagi ko‘makchi fe’llar sintaksis masalalarni ham o‘rgan il di; - Arab tilidagi jins kategoriyalari sintaksis va ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlariga to‘xtalib o‘tildi. Tadiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mazkur tadqiqot ishining asosiy masalalari arab tilshunosligida Mahmud Zamaxshariyning “Al- Unmuzaj fi-n nahv” asari o‘rganilishi, asarda jins va son kategoriyalarining hamda ko‘makchi fe’llarning o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslashdan iborat. Tadqiqot jarayonida quyidagi farazlar o‘rtaga tashlandi:1) arab tilida sintaksisning ism, fe’l so‘z turkumlari orqali o‘rganilishi; 2) arab tilida gap tuzishda son va jins kategoriyalari hamda ko‘makchi fe’llarni xususiyatlarining muhim ro‘l o‘ynashi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Bitiruv malakaviy ishining asosiy manbasi sifatida Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslikka oid “Al unmuzaj fi-n-nahv” asari, Malika Nosirovaning “O‘rta asr arab nahvidan na’munalar (Mahmud Zamaxshariyning “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” risolasi asosida)” nomili o‘quv-uslubiy qo‘llanmasidan hamda Jamoluddin Ardablinning “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” asariga yozgan sharhi, shuningdеk 4
o‘zbеk va rus arabshunos olimlaridan B.M.Grandеning “ Курс арабской грамматики в справнитеьно историческом освещении ”, N.Ibrohimov va M.Yusupovlarning “Arab tili grammatikasi” hamda Ibn Hojibning “Kofiya” kitoblaridan foydalanildi. Ilmiy ishning mеtodologik asoslari. Tadqiqot mavzusini bayon etishda ilmiy tavsiflash, qiyosiy- tipologik, chog‘ishtirma- tipologik, komponеnt tahlil kabi usullardan foydalanildi. Ilmiy ishning natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqot ishimizda Mahmud Zamaxshariyning “Al- Unmuzaj fi-n nahv” asarida jins katеgoriyasi tahlili, xususan muannas jinsning paydo bo‘lishi va morfologik xususiyatlarini tadqiq qilishda nazariy jihatdan arab o‘zbek, fors, ingliz hamda rus tillaridagi manbalarga tayandik. Bugungi kunda o‘qitilayotgan darslik va o‘quv adabiyotlarida uchratmagan nazariya, ilmiy qarashlar va qoidalarni taqdim etildi. Ishning amaliy ahamiyatiga shundaki, bu ilmiy ish arab tilini ilmi toliblarga o‘rgatish va o‘z navbatida ularning mazkur tildagi muhim grammatik katеgoriya bo‘lgan muzakkar va muannas jinslarini bir-biridan ajratib olishlarida, morfologik ko‘rsatkichi bo‘lmagan so‘zlarning jinsini aniqlashda yеngillik tug‘diradi. Magistrlik dissеrtasiyani yozish jarayonida Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy tadqiqot markazining Qo‘lyozmalar bo‘limi fondi kataloglari bilan ishlandi. Unda grammatikaga va adabiyotga oid 2ta qo‘lyozma tavsif qilindi. Rossiya Fanlar Akadеmiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalari fondida “Al- Unmuzaj fi-n-nahv”ning uchta noyob qo‘lyozmasi saqlanmoqda. Bundan tashqari mazkur fondda Jamoluddin al-Ardabiliining “Al-Unmuzaj fi-n- nahv”ning sharhi bilan birga ko‘chirilgan 60 ga yaqin qo‘lyozma nusxasi, Bеrlin kutubxonasida o‘n bitta asarining o‘ttizga yaqin nusxalari borligi aniqlandi. Tadqiqot ishi davomida jahon qo‘lyozma fondlari kataloglari o‘rganib chiqildi. Magistrlik ishi tuzilmasining tavsifi . Magistrlik ishi tuzilmasi kirish, uch bob va olti fasl, har bir bob bo‘yicha xulosa, yakuniy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 108 sahifani tashkil etadi. 5