logo

ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG’ VA TOG'OLDILANDSHAFTLARINI MUHOFAZA QILISH

Yuklangan vaqt:

13.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23830 KB
ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG’ VA TOG'OLDILANDSHAFTLARINI
MUHOFAZA QILISH
М undarija
Kirish ………………………………………………………………….….…….3      
I. BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG LARI VA TOG'OLDI 
TEKISLIK LARI  TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
1.1. Geografik o'rni va chegaralari ………………………………………………...6
1.2. Geologik tuzilishi va tektonikasi……………………………………………... 7
1.3. Relefi va uning landshaftlarni shakllanishiga ta'siri…… .... ………………….15
1.4. Iqlimi va uning balandlik ozgarishi…………………………………………..16
1.5. Ichki suvlari…………………………………………………………………..20
1.6. Tuproq-o'simlik qplami va hayvonot dunyosi………………………………..21
II.   BOB.   ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN   TOG'LARI   VA   TOG'OLDI
TEKISLIK LANDSHAFTLARINI RAYONLASHTIRISH
2.1.   Landshaft rayonlashtirish masalasi  ………………………………………. …23
22.   Zirabuloq   past   tog'   landshafti……………… . ……………………………35
2.3. Kattaqo'rg'on voha landshafti………………………………………………..36
2.4.  Qarnobcho’l tog’oldi landshaftlari ..............................................................45
2.5. Malikcho'l tog'oldi tekislik landshafti………………………………………..49
III .   BOB.   ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN   TOG’LARI   VA   TOG’OLDI
TEKISLIK  LANDSHAFTLARINING   GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR
3.1. To g’   oldi   tekisliklarini   sug'orish   natijasida   vujudga   kelgan   geoekologik
muammolar ………………………………………………………………………  63
3.2. Malik choli er osti suvlarining minerallashishi va ularning agrolandshaftlar 
ekologiyasiga ta'siri…...…………………………………………………………. 6 8
3.3   Zirabuloq   –   Z iyovuddin   tog’   va   tog’oldi   landshaftlari,   ulardan   oqilona
foydalanish   ............................................................................................................   72
3.4   Zirabuloq   –   Ziyovuddin   tog’   va   tog’oldi   tekisliklarining   geoekologik
muammolari.............................................................................................................74 XULOSA ………………………….…………………………………………….. 80
Foydalangan adabiyotlar …………. ..………………………………...………… 82
Kirish
Mavzuning dolzarbligi . Zirabuloq-Ziyovuddin tog' va tog'oldi landshaftlarini
muhofaza   qilish.   O'zbekistonimizning   Janubiy-G'arbiy   qismining   cho'lli-tekis   va
nisbatan gumud tog'li o'lkalari oralig'idagi o'tkinchi zonada joylashgan bo'lib, juda
ko'p   janubiy   potensial   imkoniyatlarga   ega.   Shu   bilan   birga   o'lka   hududi   turli
antropogen omillar ta'siri ostida ekosistemalar va landshaft komplekslari holatining
beqarorligi bilan ajralib turadi .
Yildan-yilga   aholi   sonining   ko'payib   borayotganligi,   uning   xo'jalik
ehtiyojlarining   ortib   borayotganligi,   turli   o'g'itlar   va   zaharli   ximikatlarni   intensiv
ishlatilishi   oqibatada   atrof-mihitning   ifloslanish   darajasi   va   degradatsiyasi   ortib
bormoqda,   natijada   sho'rli   salbiy   oqibatlarga   olib   kelib,   qishloq   xo'jalik
ekinlarining hosildorligi kamayib bormoqda.
Shuning   uchun   ham   landshaft   komplekslarini   o'rganish   va   ularni
xaritalashtirish,   uning   relyef   bilan   aloqadorligini   aniqlash   tabiiy   jarayonlar
o'zgarishining   sabablarini   va   antropogen   ta'sirlar   oqibatlarini   o'rganish,   bu
komplekslardan   samarali   foydalanish,   bo'yicha   ilmiy   asoslangan   tavsiyalarini
ishlab chiqarish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Ishning   maqsadi.   Olib   barilgan   ishning   maqsadi   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'
va   tog'oldi   landshaftlarini   muhofaza   qilish ,   tabiatni   kompleks   o'rganish,   tabiiy
resurslardan   yanada   samarali   foydalanish   va   muhofoza   qilish   bo'yicha   tavsiyalar
ishlab   chiqarish,   landshaft   komplekslarida   qo'shilayotgan   va   mumkin   bo'lgan
o'zgarishlarni bashoratlashtirishdan iborat.
Tadqiqotimiz oldida qo'yilgan maqsadni hayotga tadbiq etish uchun quyidagi
vazifalarni   amalga   oshirish   ko'zda   tutilgan;   Relyef   tuzilishi   bilan   bog'liq   bo'lgan
landshaft   kompleslarining   hududiy   aniqlash;   hozirgi   zamon   va   qisman   tiklangan
landshaft   komplekslarining   o'rniga   va   yirik   masshtabli   kartalarni   tuzish;
landshaftlardan   foydalanishning   hozirgi   holatini   baholash   va   ularning
2 degradatsiyasi   sabablarini   aniqlash;   landshaft   komplekslaridan   samarali
foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqarish. 
To'plangan   ma'lumotlar.   Magistrlik   dissertatsiyasini   yaratish   jarayonida
2022-2023-yilar   davomida   dala   tatqiqot   sharoitida   to'plangan   ma'lumotlar,
Zirabuloq-Ziyovuddin tog' va tog'oldi   relyefi va landshaftlari haqida ma'lumotlar,
hamda   mavjud   adabiyotlardagi   materialllarni   umumlashtirish   va   tahlil   qilish   va
kartografik materiallardan samarali foydalanildi.
Tadqiqot metodikasi (usullari).   Magistrlik dissertatsiya matinini tayyorlash
va   dala   tadqiqotlarini   olib   borishda   kompleks   metodik   usullardan   foydalanildi.
Ulardan asosiysi kartografik, statistik, dala marshurt, landshaft-hududiy, landhsaft-
tarixiygenetik, kompleks landshaft qiyosiy taqqoslash va boshqalar hisoblanadi.
Ilmiy   yangiligi.   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'   va   tog'oldi   landshaftlarini
muhofaza qilish  va ekologik muammolari ilk marotoba landshaftlarning balandlik-
hududiy   differensiyasi   relyef,   eng   yangi   harakatlar   ular   bilan   bog'liq
marfosturukturalar   bilan   aloqadorligi   qo'llanilgan.   Shu   asosida   ilk   marotoba   o'rta
va   yirik   masshtabli   geomorfologok   landshaft   xaritalari   tuzilgan   va   landshaft
komplekslaridan samarali foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Amaliy   ahamiyati .   albatta   erishilgan   natijalardan   Samarqand   viloyati
Davlatagroplan mutahasislari, ilmiy tadqiqot loyihalash va tabiatni muhofaza qilish
tashkilotlari mutahasislari tomonidan foydalanishi mumkin. 
Tavsiyalar   xalq   xo'jaligi   obektlarini   va   qishloq   xo'jaligi   ekinlarini
joylashtirishni   optimallashtirish,   yaylovlardan   oqilona   foydalanish   hamda   yangi
yerlarni o'zlashtirish imkonini beradi. 
Ishning   sinalganligi .   Magistrlik   dissertatsiyasining   asosiy   mazmuni
"Geografik   tadqiqotlar:   Innovatsion   g’oyalar   istiqbollari   (xalqaro   ilmiy-amaliy
konferensiya, Toshkent 15-16-aprel 2022)",Tog’ va tog’oldi cho’l landshaftlaridan
samarali foydalanish muammolari. M; Zamonaviy geografik tadqiqotlar: nazariya,
amaliyot,   innovatsiya   (xalqaro   ilmiy-amaliy   konferensiya   I-II-qism,   Samarqand
12-13-may   2023),M;   Zarafshon   tizmasi   va   unga   tutash   tekislik   landshaftlarining
geoekologik   muammolari,   M;   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog’   oldi   tekisliklarini
3 sug’orish   natijasida   vujudga   kelgan   geoekologik   muammolar   (Malikcho’l
misolida),   M;   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog’   oldi   tekislik   landshaftlarida   ro’y
berayotgan erozion jarayonlar.
Natijalarning   e'lon   qilinganligi.   Magistrlik   dissertatsiya-mavzusi   bo'yicha
to’rtta maqola e'lon qilindi.
Magistrlik dissrtatsiyaning hajmi va tuzilishi.  Magistrlik dissertatsiya ____
bosma   varaqdan   iborat,   __   ta   rasm   va   ___   ta   tablitsa   ilova   qilingan.   Adabiyatlar
ro'yxatida 40 ta kitob. Magistrlik dissertatsiya kirish qismi, 3 ta qism, xulosalardan
iborat. 
Magistrlik ish g.f.n.prof: X. Jo'raqulov rahbarligida bajarildi. Magistrant ilmiy
rahbariga minnaddorchilik isxor qiladi.
Foydali   maslahatlar   bergani   uchun   magistrant   ,   t.f.d.,   prof.   Qobilov   E.E.
hamda g.f.n.dots: Haydarov.S.A. minnatdorchilik bildiradi.
4 1 BOB. 
ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG LARI VA TOG'OLDI TEKISLIKLARI
TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
1.1. Geografik o'rni va chegaralari
Zirabuloq-Ziyovuddin   past   tog'lari   va   tog'oldi   prolyuvial   tekisliklaridan
tarkib   topgan   arid   iqlimli   tabiiy   geografik   region   Zarafshon   tog'   tizmasining   eng
g'arbiy tarmog'i  hisoblanadi.   Bu region ma'muriy jihatdan  Samarqand,  Navoiy va
Qashqadaryo   viloyatlari   hududlarida   joylashgan.   U   sharqda   Ulus   tog'oralig'i
tekisligi,   shimolda   Zarafshon   daryosi,   janubda   Sho'rsoy   va   To'dako'l   sho'rliklari,
g'arbda Qiziltepa va Oqmozor platolarining Buxoro vohasiga tutashgan qismi bilan
chegaralangan. Ana shu chegaralar doirasida Zirabuloq-Ziyovuddin past tog'lari va
tog'oldi prolyuvial tekislik landshaftlarining umumiy maydoni 8368 km 2
 ni tashkil
etadi.   Shundan   past   tog'   landshaftlariga   1845   km 2
  va   tog'oldi   prolyuvial   tekislik
landshaftlariga 6523 km 2
 maydon to'g'ri keladi.
Zirabuloq-Ziyovuddin tog'lari va tog'oldi tekisliklari tabiiy geografik regioni
hududida Malik cho'l massivi eng kuchli o'zlashtirilgan tog'oldi prolyuvial tekislik
cho'l landshaftlaridan hisoblanadi. Malik cho'lining er yuzasi to'lqinsimon va yassi
tekislik bo'lib, uning mutloq balandligi sharqda va janubi-sharqda 450-470 m dan
g'arbda va shimoli-g'arbda 270-280 m gacha pasayib boradi.
Malikcho'lini   o'zlashirilishi   natijasida   tabiiy   landshaftlar   maydoni   qisqarib
sug'oriladigan   agrolandshaftlar   maydoni   kengaydi.   Obikor   dehqonchilikning
rivojlanishi   bilan   jamoa   xo'jaliklarining   markazlari   -   qishloq   seliteb   landshaftlari,
irrigatsion   landshaftlar   barpo   etildi.   Ammo   qishloq   xo'jalik   ekinlarini   sug'orishda
agrotexnika   qoidalariga   amal   qilmaslik,   agromelioratsiya   chora-tadbirlarini   talab
etilgan   darajada   amalga   oshirmaslik,   drenaj   tarmoqlarining   uzunligi   va   holati
nihoyat darajada qoniqarsiz ekanligi va boshqa salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar bir
qator   geoekologik   muammolarni   vujudga   keltirdi.   Bunday   geoekologik
5 muammolarga   grunt   suvlari   sathining   ko'tarilishi,   ekin   maydonlaridagi
sug'oriladigan   madaniy   tuproqlarning   sho'rlanishi,   zaharli   kimyoviy   moddalarni
me'yoridan   ortiq   ishlatilishi   natijasida   tuproqlarning   ifloslanishi,   erusti   va   erosti
suvlarining   minerallashish   darajasini   ortib   borishi   va   boshqalar   kiradi.   Yuqorida
zikr   etilgan   geoekologik   muammolar   majmuasi   o'z   navbatida   sotsial-ekologik
muammoni ham vujudga keltiradi.
1.2 Geologik tuzilishi va tektonikasi.
Zirabuloq - Ziyovuddin   tog ' lari   va   tog ' oldi   tekisliklarining   geologik   va
tektonik   tuzilishi   o ' zining   murakkabligi   bilan   xarakterlanadi .   Bu   regionning
geologik va tektonik tuzilishini o'rganishda Yu.A. Skvortsov (1950), G.F. Tetyuxin
(1958),   O.A.   Rijkov   (1962),   N.P.   Kostenko,   A.A.   Chistyakov   (1962),   Sh.D.
Davlatov (1971) va boshqalarning xizmati katta.
Bu   regionni   bir   necha   marta   takrorlangan   tog"   hosil   bo'lish   jarayonlari   va
Alp   orogenezi   bilan   yakunlangan   tektonik   harakatlar   natijasida   vujudga   kelgan
antiklinal   va   sinklinal   morfostrukturalar   past   tog'   massivlarini   va   tog'oldi
prolyuvial-allyuvial   tekisliklarini   barpo   etdi.   Zarafshon   megaantiklinoriysi   tadqiq
etilayotgan region doirasida Zirabuloq va Ziyovuddin past tog' massivlarini tashkil
etuvchi   antiklinal   ko'tarilmalardan   va   megasinklinal   zonasi   Zarafshon   tog'oralig'i
botig'i va Jom tog'oralig'i bukilmasi sinklinoriylaridan tarkib topgan.
Zirabuloq   antiklinal   ko'tarilmasi   Zarafshon   megaantiklinoriy   zonasining   shimoli-
g'arbiy   davomi   hisoblanadi.   Antiklinalning   tuzilishida   silur,   bo'r   va   uchlamchi
davrlarning   yotqiziqlari   ko'p   uchraydi.   Quyi   bo'r   yotqiziqlari   qizil   tusli
konglomeratlardan   va   qumtoshlardan,   yuqori   bo'r   yotqiziqlari   yashil-kulrang   gil,
qum va ohaktoshlardan iborat. Bu jinslar Zirabuloq past tog' massivining shimoliy
va janubiy yonbag'rlarida uchraydi.
Paleogen   yotqiziqlari   chegaralangan   holda   tarqalgan   bo'lib,   litologik
chegarasi   deyarli   aniq   ifodalanmagan.   Ular   oq,   kulrang-oq,   va   g'ovak   gipsli
6 ohaktoshlardan,   dolomitlardan   va   dolomitlashgan   ohaktoshlardan   hamda   tuzli   va
yashilsimon gipsli gillardan tashkil topgan.
Neogen   yotqiziqlari   Zirabuloq   massivining   eng   chekka   sharqiy   qismida   mavjud
bo"lib,   ular   kontinental   sharoitda   hosil   bo'lgan   konglomeratlardan   va   qumlardan
iborat.
Ziyovuddin   antiklinal   ko'tarilmasi   g'arbiy,   shimoli-g'arbiy   yo'nalishda
cho'zilib  yotgan  past   tog'  massivi   hisoblanadi.  Uning  shimoliy   yonbag'ri   nisbatan
qiyaroq   bo'lib,   mezozoy   va   kaynozoy   qoplama   yotqiziqlari   yaxshi   saqlangan.
Janubiy   yonbag'ri   aksincha   tik.   Antiklinalning   janubiy   qanotida   paleozoy
yotqiziqlari   50-60°   qiyalikda   Qarnobcho'l   tekisligi   tomon   pasayib   boradi.
Ziyovuddin   past   tog'   massivida   quyi   silur   yotqiziqlari   kristalli   slanetslardan
dolomitlashgan   ohaktoshlardan   tarkib   topgan.   Ayrim   joylarda   paleozoy
yotqiziqlarini intruziv jinslar yorib o'tgan. Yuqori bo'r yotqiziqlari keng tarqalgan.
Paleogen   va   neogen   davr   yotqiziqlari   yuqori   bo'r   yotqiziqlari   tarqalgan   joylarda
uchraydi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   antiklinal   ko'tarilmalaridan   shimolda   Samarqand
megasinklinali   joylashgan.   Zarafshon   daryosi   vodiysi   ana   shu   megasinklinal
yo'nalishi bo'ylab cho'zilgan. Bu erda struktura nuqtai nazardan ikki qavat tektonik
hosila   ajratiladi.   Birinchi   quyi   tektonik   qavat   paleozoy   asosni   va   ikkinchi   yuqori
tektonik qavat mezo-kaynozoy qoplamni tashkil etadi. SH.D.
Davlatovning   (1971)   ma'lumoti   bo'yicha   paleozoy   poydevor   2500-2800   m
chuqurlikda yotadi. Mezo-kaynozoy qoplamning qalinligi turlicha bo'lib, bir necha
yuz   metrdan   2000-2800   m   gacha   boradi.   Sh.D.   Davlatovning   (1971)   fikricha
Samarqand   megasinklinali,   jumladan   Zirabuloq   va   Ziyovuddin   antiklinallaridan
shimolda   joylashgan   Kattaqo'rg'on   sinklinali   ham   yura   davrida   shakllana
boshlagan.   Quyi   bo'rda   relefi,   konfiguratsiyasi   aniq   ifodalangan.   Uning   hozirgi
strukturasi  esa to'rtlamchi  davrda sodir  bo'lgan yangi tektonik haraktlar  natijasida
shakllangan.
To'rtlamchi   davr   yotqiziqlari   past   tog'   massivlarida   kam   tarqalgan   bo'lib,   ular
asosan   tog'   etaklarida,   soy   va   daryo   vodiylarida   ko'p   uchraydi.   Bu   yotqiziqlar
7 delyuvial,   prolyuvial,   allyuvial   va   elyuvial   jarayonlar   natijasida   tarkib   topgan.
Delyuvial yotqiziqlar tog' yonbag'rlari etaklarida va soylarning chekkalarida keng
tarqalgan.   Prolyuviylar   tog'oldi   tekisligida,   allyuviylar   esa   daryo   vodiylarida
hulanronlik   qiladi.   Ular   toshlar,   shag'allar,   qumlar,   lyossimon   jinslar,   soz
tuproqlardan iborat.
To'rtlamchi   davr   yotqiziqlarining   qalinligi   turli   xil   omillarga   -   joyning
tektonik   harakatchanligi,   terrasalarning   o'sish   tezligi,   eroziya   bazisining
chuqurlashib   borishi,   tog'oldi   bukilmalarini   to'lishi   va   boshqalarga   bog'liq.
Ularning qalinligi tog' tomondan Zarafshon vodiysi tomon 5-10 m dan 650-700 m
gacha ortib boradi.
Demak Zirabuloq-Ziyovuddin tog'lari va tog'oldi tekisliklarining geologik tuzilishi
shuni   ko'rsatadiki,   antiklinal   ko'tarilmalarda   silur   va   bo'r   davr   yotqiziqlari
landshaftlarni shakllanishida muhim rol o'ynasa, tog'oldi tekisliklari va vodiylarda
to'rtlamchi davr yotqiziqlari faol ishtirok etadi.
Zirabuloq-Ziyovuddin tog'larida tog' jinslarining yotish sxemasi quyidagi 1-2-3-4-
rasmlarda o'z aksini topgan.
8 9 10 11 12 13 14 15 16 1.3. Relefi va uning landshaftlarni shakllanishiga ta'siri.
Zirabuloq - Ziyovuddin   past   tog ’   massivlari   va   ularga   tutash   bo ' lgan   Oqtosh ,
Malikcho ' l   va   Qarnobcho ' l   tog ' oldi   prolyuvial   tekisliklar   Zarafshon   tog '
tizmasining   eng   g ' arbiy ,   Turon   pasttekisligi   tomon   pasayib   boruvchi   tarmog ' i
hisoblanadi .   Bu   regionning   eng   baland   qismi   Zirabuloq   tog'   massivi   bo'lib,
markaziy   platodan   shimolda   va   shimoli-sharqda   joylashgan   Qo'chqorli   va
Chang'ali   tog'larining  maksimal   balandligi   1000-1100  m  gacha   etadi.  Regionning
eng   past   joyi   tog'oldi   prolyuvial   tekislikning   Quyi   Zarafshon   vodiysi   bilan
tutashgan qismidir. Bu erda uning balandligi 225-250 m ni tashkil etadi.
Zirabuloq-Ziyovuddin past  tog' massivlari  va tog'oldi  prolyuvial tekisliklari
tektonik   va   geomorfologik   jihatdan   bir-biridan   farq   qiluvchi   monoklinal
tizmalardan,   tog'oldi   cho'kmalarida   emirilgan   tog'   jinslaridan   va   to'rtlamchi   davr
yotqiziqlaridan   tashkil   topgan   prolyuvial   tekishklardan   hamda   Zarafshon
daryosining   allyuvial   yotqiziqlaridan   vujudga   kelgan   qayir   va   qayirusti
terrasalaridan iborat.
Tadqiq   etilayotgan   regionning   tabiiy   sharoiti   va   landshaft   komplekslari
xilma-xil.   Bunga   sabab,   birinchidan,   relefning   g'arbdan   sharqqa   qarab   ko'tarilib
borishi   bo'lsa,   ikkinchidan   shu   yo'nalish   bo'ylab   iqlimning   o'zgarib   borishidir.
Bular   o'z   navbatida   tuproq-o'simlik   qoplamining   o'zgarishiga   ta'sir   ko'rsatadi.
Masalan,   Malik   cho'lida   iyulning   o'rtacha   harorati   28-28,5 0
  S   bo'lsa,   Zirabuloq
tog'larida   bu   ko'rsatkich   25,5-26   0
  S   ni   tashkil   etadi.   Yog'ingarchilik   miqdori   esa
g'arbdan   sharqqa   tomon   127-277   mm   dan   (Malik   cho'lida)   300-350   mm   gacha
(Zirabuloq tog'larida) ortib boradi. Demak Zirabuloq-Ziyovuddin tog'lari va ularga
tutash   bo'lgan   tog'oldi   tekisliklarida   vujudga   kelgan   va   rivojlangan   landshaftlar
ham   rang-barang   bo'lib,   ular   o'zlarining   morfologik   tuzilishi,   ichki   xususiyatlari
bilan bir-biridan farq qiladi.
17 1.4. Iqlimi va uning balandlik ozgarishi.
Zirabuloq - Ziyovuddin   tog ' lari   va   tog ' oldi   tekisliklarining   iqlim   sharoiti
umuman   O ' rta   Osiyo   iqlim   sharoitiga   o ' xshash   bo ' lsada ,  uning   orografik   joylashishi
tufayli   vujudga   kelgan   iqlim   xususiyatlari   bu   regionni   o ' rab   turgan   hududlardan   bir
oz   bo ' lsada   farq   qilishiga   ta ' sir   ko ' rsatadi .   Tavsif   berilayotgan   hudud   sharq,
shimoli-sharq   va   janubi-sharqdagi   katta   tog'   sistemalari   bilan   g'arbda   va   janubi-
g'arbda   yastanib   yotgan   bepoyon   tekisliklar   oralig'ida   joylashgan.   Bunday   holat
iqlim   elementlarini   turli   xil   taqsimlanishiga   imkoniyat   yaratadi.   Iqlim
elementlarining   taqsimlanishi   joyning   balandligi,   relef   shakli,   yonbag'rlarning
ekspozitsiyasi   va   ularning   nam   havo   massalari   oqimiga   nisbatan   joylashishi   va
boshqa omillarga bog'liq.
Tadqiq   qilinayotgan   regionning   harorat   rejimi   relef   shakllari,   yonbag'rlar
ekspozitsiyasi,   tog'   massivining   mutloq   balandligi   kabi   omillar   ta'sirida
shakllanadi. Masalan, o'rtacha yillik haroratning pasayishi g'arbdan sharqqa qarab
mutloq   balandlikning   ortib   borishi   bilan   uzviy   bog'liq.   SHunday   ekan,   shu
yo'nalish   bo' у   lab   joylashgan   shaharlarda,   Kogonda   (dengiz   sathidan   mutloq
balandligi   222   m)   o'rtacha   yillik   havo   harorati   15,1°   S   ni,   Navoiyda   (347   m)
14,2° S ni, Kattaqo'rg'onda (485 m) 13° S ni tashkil etadi (1-jadval).
Jadval-1
O'RTACHA OYLIK VA YILLIK HAVO HARORATINING BALANDLIK
BO'YICHA O'ZGARISHI,  0
  S
T./r Stantsiya Dengiz
sathidan
balandligi, m O'rtacha
yanvar O'rtacha
iyul O'rtacha
yillik
1. Kogon 222 -0,6 29,6 15,1
2. Navoiy 347 -0,4 28,3 14,2
3. Qattaqo'rg'on 485 -1,9 27,2 13,0
18 4. Samarqand 695 -0,2 25,9 13,4
5. Omonqo'ton 1213 -0,6 24,0 11,7
Zirabuloq - Ziyovuddin   tog ' lari   va   tog ' oldi   tekisliklari   uchun   eng   sovuq   oy
yanvar   hisoblanadi .  YAnvar oyining o'rtacha harorati bu erda 0 0
 S dan past. Yozgi
harorat   rejimi   bo'yicha   tavsif   berilayotgan   hudud   O'zbekistonning   issiq   rayonlari
qatoriga   kiradi.   Iyulning   o'rtacha   havo   harorati   tekislik   va   tog'oldi   rayonlari
bo'yicha   29,6°   S   dan   25°   S   gacha   o'zgarib   boradi.   Iyul   oyida   havo   haroratining
umumiy   pasayishi   g'arbdan   sharqqa   tomon   joyning   ko'tarilib   borishi   bilan   uzviy
bog'liq.
Sovuq bo'lmaydigan davrning davomiyligi 193 kundan 215 kungacha o'zgarib
boradi.   O'simliklarning   asosiy   rivojlanish   davri,   ya'ni   harorat   +5°   dan   yuqori
bo'lgan   davr   260-280   kunni   tashkil   etadi.   Issiqlikni   sevuvchi   madaniy
o'simliklarning  faol   vegetatsiya   davri,  ya'ni   harorat   +10°  dan   yuqori   bo'lgan   davr
balandlikka   qarab   224   kundan   200   kungacha   o'zgarib   boradi.   Tog'oldi
tekisliklarida   havo   harorati   +10°   dan   yuqori   bo'lgan   haroratning   yig'indisi   4300°
dan 5000° gacha boradi.
Hududda   atmosfera   yog'inlarining   taqsimlanishi   region   orografiyasining
murakkabligi,   tog'   yonbag'rlarining   turli   qiyalikka   ega   ekanligi,   ekspozitsiyasi,
cho'l va vohalarning yaqinligi munosabati bilan ancha murakkablashgan. Eng kam
yog'in  yog'adigan   joylar   regionning   g'arbiy  qismi,   Malikcho'l   va   Qarnob  cho'llari
hisoblanadi. Masalan, Kogon va Qiziltepada yillik yog'in miqdori 125-127 mm ni
tashkil   etadi.   Sharqqa   borgan   sari   yog'in   miqdori   asta-sekin   orta   boradi   va
Navoiyda 177 mm, Kattaqo'rg'onda 282 mm, Samarqandda 328 mm yog'in tushadi.
Yog'in   miqdori   faqat   oylar   bo'yicha   emas,   balki   fasllar   bo'yicha   ham   bir   xilda
taqsimlanmagan.   Eng   ko'p   yog'ingarchilik   qish   va   bahor   fasllariga,   eng   kam
yog'ingarchilik kuz va yoz fasllariga to'g'ri keladi (2-jadval).
19 Jadval-2
YILLI K YOG'IN MIQDORINING BALANDLIK VA FASLLLAR Bo'YICHA
TAQSIMLANISHI, mm HISOBDA
T./r. Stantsiya Dengiz
sathidan
balandligi
, m Yillik
yog'in
miqdori,
mm Fasllar   bo'yicha,   yillik   miqdorga
nisbatan % hisobida
IX-XI XII-II III-V VI-VIII
1. Kogon 222 125 10 45 43 2
2. Qiziltepa 270 127 12 37 48 3
3. Navoiy 347 177 10 44 44 2
4. Kattaqo'rg'on 485 282 13 43 42 2
5. Samarqand 695 328 14 35 48 3
6. Omonqo'ton 1213 881 14 38 45 3
Zirabuloq-Ziyovuddin tog'lari   va tog'oldi   tekisliklarida qor  qoplami   unchalik
qalin   emas   va   uzoq   saqlanmaydi.   Uning   g ' arbiy   cho ' l   tekisliklarida   qor *
qoplamining   qalinligi  10-11  sm   atrofida .  Sharqqa   borgan   sari   ko ' payib  15-18  sm   ni
tashkil   etadi  ( Balashova   va   boshq ., 1963).
20 1 .5.  Ichki   suvlari
21 Zirabuloq - Ziyovuddin   tog ' lari   va   tog ' oldi   tekisligining   asosiy   suv   manbai
Zarafshon   daryosi   va   o ' rganilayotgan   hududdagi   tog ' lardan   oqib   tushadigan   soy
suvlari   hisoblanadi .   Zarafshon   daryosi   O ' rta   Osiyoning   asosiy   daryolaridan
hisoblanib ,   u   Ko ' ksuv   tog '   tugunida   joylashgan   Zarafshon   muzligidan   boshlanib ,
Amudaryoga  20   km   etmasdan   Sandiqli   va   Eshakchi   qumlari   orasida   singib   ketadi .
Uning   uzunligi   781   km,   havzasining   maydoni   esa   43   ming   km   ni   tashkil   etadi.
Zarafshon daryosi bu hudud uchun tranzit daryo hisoblanadi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   uncha   baland   bo'lmaganligi   uchun   unda
muzliklar   kuzatilmaydi.   Bu   tog'lardan   boshlanadigan   soylar   erta   bahorda   erigan
qor   va   yomg'ir   suvlaridan   to'yinadi.   Yozda   esa   ularning   suvi   juda   kamayib,
ba'zilari qurib ham qoladi. Soylarda yillik suv oqimini yarmidan ko'p qismi bahor
oylariga   to'g'ri   keladi.   Umuman   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'   soylari   juda   kam   suv
soylar   hisoblanadi.   Ularning   ko'pchiligini   o'rtacha   yillik   suv   sarfi   sekundiga   bir
necha   litrni   tashkil   qiladi.   Faqatgina   Qo'chqorliotasoy,   Oqtoshsoy   kabi   kattaroq
soylarning suv sarfi sekundiga bir necha yuz m 3
 dan iborat xolos. Qish va ayniqsa
bahor   oylarida   qorlarning   erishi   va   yomg'irning   ko'p   yog'ishi   natijasida   soylarda
suv ancha to'lib oqadi. Ba'zan bahorda yomg'irning ko'p yog'ishi va qorlarning tez
erib ketishi natijasida sel oqimlari vujudga keladi. Bunday katta oqimlar o'z yo'lida
uchragan   ekin   maydonlarini,   ko'prik   va   yo'llarni   buzib   o'tadi.   Tuproqni   yuvib,
jarliklarni hosil qiladi.
Shuning   uchun   sellarni   zararli   oqibatlarini   oldini   olish   va   soy   suvlaridan
oqilona   foydalanish   maqsadida   soylarda   kichik   suv   omborlarini   qurib ,   bahorgi
suvni   to ' plash   va   ulardan   yozda   ekin   maydonlarini   sug ' orishda   foydalanish   lozim .
Bulardan   tashqari   qishloq   xo'jaligi   ekin   maydonlarini   sug'orish   maqsadida   bir
necha, jumladan «Narpay», «Islom SHoir» kabi kanallar ham barpo etilgan.
Hududda   er   osti   suvlari   ham   notekis   taqsimlangan.   Er   osti   suvlarining
harakati tog'oldidan daryo o'zani tomon yo'nalgan bo'lib, daryo qayirlarida 05-1 m
chuqurlikda yotsa, tog'oldi hududlarida 15-20 m chuqurlikda yotadi.
1.6. Tuproq-o'simlik qoplami va hayvonot dunyosi
22 Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   tekisligining   tuproq   qoplami
hamma joyda ham bir xil emas. Ular joyning relefi, mikroiqlim namlanish darajasi,
o'simlik  qoplami  va  boshqa  tuproq  hosil   bo'lishi   sharoitiga qarab  o'zgarib boradi.
Umuman   tuproqlarning   tarqalishida   balandlik   mintaqalari   katta   rol   o'ynaydi.   Bu
erda  bo'z   tuproqlarning   uch  xili   -   och  bo'z,   tipik   bo'z  va   to'q   bo'z   tuproqlar   keng
tarqalgan.
Bo'z   tuproqlarni   umumiy   xususiyati   shundan   iboratki,   ularni   hammasi
karbonatli   xususiyatga   ega   b o’ ladi.   Bo’z   tuproqlar   tarkibidagi   chirindi   miqdori
1-2   %   dan   4   %   gacha   bo’ladi.   Och   tusli   bo'z   tuproqlar   asosan,   Zirabuloq-
Ziyovuddin   tog’larining   g'arbiy   chekkasidagi   ancha   pastroq   bo'lgan   tekisliklarida
keng   tarqalgan.   Ular   yupqa   qumli   lyoss   jinslarida   va   yoyilma   konuslarning
allyuvial-prolyuvial yotqiziqlarida rivojlangan.
Tipik b o’ z   tuproqlar Zirabuloq-Ziyovuddin   to g’ larining past-baland   tog'oldi
tekisliklarida va  terrasali  tekisliklarida tarqalgan. Bu tuproqlarni hosil qiluvchi tog'
jinslari asosan lyoss va lyossimon suglinkali yotqiziqlar hisoblanadi.
To'q   tusli   bo'z   tuproqlar   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'larining   800   m   dan   balandida
joylashgan.   To'q   tusli   bo'z   tuproqlar   tipik   bo'z   tuproqlardan   tarkibidagi   chirindi
miqdorining   ko'pligi   va   chirindi   qatlamining   qalinligi   bilan   farq   qiladi.   Bu
tuproqlarda chirindi miqdori 3-4 % ni tashkil etadi.
Zarafshon  daryosi  qayirida  o'tloq  va  botqoq-o'tloq  kabi  gidromorf   tuproqlar   keng
tarqalgan.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   tekisliklarining   tabiiy   sharoiti
hamma joyda bir xil emasligi uning o'simliklarini xilma-xil bo'lishiga olib kelgan.
Cho'l o'simlik mintaqasiga Zirabuloq-Ziyovuddin tog'oldi tekisliklari kiradi. Cho'l
mintaqasi   yozning   qurg'oqchiligi   va   issiqligi   bilan   ajralib   turadi.   Bu   erda   asosan
namsizlikka chidamli bo'lgan shuvoq, yantoq, juzg'un, iloq, karrak, oqquvray kabi
kserofit   o'simliklar   keng   tarqalgan.   Adir   mintaqasida   efemer   va   efemeroid
o'simliklardan   rang,   qo'ng'irbosh,   yaltirbosh,   oqquvray,   lolaqizg'aldoq,   yovvoyi
bug'doy, chalov, betaga, mingboshi, qo'ziquloq, shirach va boshqa o'simliklar keng
tarqalgan.
23 Daryo   qayiri   bo'ylab   to'qayzorlar   tarqalgan.   Bu   erda   asosan   qizilmiya,
chuchukmiya,   ajriq,   turong'il,   yulg'un,   qamish,   jiyda,   tol   hamda   chirmoviqlar
o'sadi. Vohalarda esa madaniy o'simliklar ekilib, mevali va manzarali bog'lar barpo
etilgan.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   tekisliklari   hayvonot   dunyosi   ham
tabiiy   sharoitga   ko'ra   hudud   bo'ylab   turlicha   taqsimlangan.   Bu   erlarda   cho'l
(tekislik),   adir,   tog'   va   to'qay   hayvonlari   tarqalgan.   Hududda   kemiruvchilardan
yumronqoziq,   qum   sichqoni,   qo'shoyoq,   sudralib   yuruvchilardan   ilon,   cho'l
toshbaqasi,   O'rta   Osiyo   kobrasi,   charxilon,   o'qilon,   Turkiston   agamasi,   gekkon;
sutemizuvchilardan   bo'ri,   tulki,   mushuk,   chiya   bo'ri,   shog'ol;   qushlardan
so'fito'rg'ay,   chumchuq,   mayna,   musicha,   chittak,   sassiqpopishak,   qirg'iy,   kalkat,
yovvoyi kaptar, zag'cha, qarg'a, bedana va boshqa hayvon turlari keng tarqalgan.
II- BOB.
ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG'LARI VA TOG'OLDI TEKISLIK
LANDSHAFTLARINI RAYONLASHTIRISH
24 2.1. Landshaft rayonlashtirish masalasi
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   tekislik   landshaftlarini
rayonlashtirish   masalasi   bilan   L.N.   Babushkin,   N.A.   Kogay   (1964),   N.A.
Gvozdetskiy   (1965),   A.A.   Abdulqosimov,   S.A.   Nishonov   (1966),   L.A.   Alibekov
(1982) va boshqalar shug'ullangan.
L.N.   Babushkin   va   N.A.   Kogay   (1964)   O'zbekistonni   tabiiy   geografik
rayonlashtirishda   O'rta   Zarafshonni   okrug   deb   qarab,   uning   doirasida   biz   tadqiq
etgan   regionni   Kattaqo'rg'on   tabiiy   geografik   rayoni   deb   ajratgan.   Uning   janubiy
qismini Qashqadaryo okrugiga kiritgan.
N.A.   Gvozdetskiy   (1965)   Samarqand   oblasti   hududini   landshaft
kartalashtirish   va   tabiiy   geografik   ra   yonlashtirish   masalasi   bilan   shug'ullanib,
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   tekisliklarini   ikkita   tabiiy   geografik
rayonga   ajratgan:   1.   Kattaqo'rg'on   rayoni,   2.   Zirabuloq-Qarnobcho'l   rayoni.   Har
qaysi   rayonga   landshat   tavsiloti   berilgan.   A.A.   Abdulqosimov   va   S.A.
Nishonovlarning   (1966)   ishida   ham   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi
tekisliklari ikkita tabiiy geografik rayonga bo'lingan: 
1. Zirabuloq-Qarnobcho'l rayoni va  
2. Kattqo'rg'on voha landshafti.
L.A.   Alibekov   (1982)   o'zining   «Zarafshon   tog'lari   va   tutash   tekisliklarining
landshaftlari   va   er   tiplari»   («Landshaftbi   i   tipbi   zemel   Zarafshanskix   gor   i
prilegayunxix ravnin», 1982) monografiyasida 12 ta landshatni ajratgan, shundan 6
tasi   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   tekisliklari   hududiga   to'g'ri   keladi.
Masalan, Zirabuloq past tog' landshafti, Kattaqo'rg'on voha landshafti, Qarnobcho'l
landshafti va boshqalar.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   tekisliklarining   tabiiy   sharoitida
bo'lgan   ichki   tafovutlarini   ochib   berish,   morfologik   birliklarini   ajratish,   ularning
sxematik   kartalarini   tuzish   va   kompleks   tavsifini   berish   uchun   landshaft
rayonlashtirishni   amalga   oshirish   maqsadga   muvofiqdir.   Landshaft
25 rayonlashtirishni   bajarishda   biz   tabiiy   geograflar   tomonidan   ishlab   chiqilgan
quyidagi printsiplarga va uslublarga asoslandik.
Tabiiy geografik rayonlashtirish printsiplari:
1.   Hududiy   yaxlitlik   printsipi.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   regional
birliklarning eng muhim xususiyatlaridan biri - hudud jihatdan yaxlitligidir. Tabiiy
geografik   birliklar   -   o'lka,   provintsiya,   okrug,   rayon   -   hudud   jihatdan   bir-biridan
ajralgan holda uchraydigan uchastkalardan tashkil topishi mumkin emas. Hududiy
yaxlitlik printsipi har bir regionning makonda takrorlanmasligiga, ularning xususiy
belgilariga   ega   ekanligiga   asoslanadi.   Er   yuzida   regional   birliklarni   aynan
takrorlanish   holati   umuman   uchramaydi.   Tabiatda   ularning   faqatgina   bir-biriga
o'xshashlari uchrashi mumkin. Lekin ular ham o'zaro o'xshash bo'lishiga qaramay,
bir-biridan ajralgan holda joylashganligi sababli  har biri mustaqil  regionni tashkil
etadi.
Hududiy yaxlitlik  printsipiga  amal   qilmaslik  ayrim  hollarda  bir-biridan  uzoq
bo'lgan, lekin o'zaro o'xshash hududlarni bitta regionga birlashtirishga olib keladi.
Masalan,   E.M.   Murzaev   (1953)   O'rta   Osiyoni   tabiiy   geografik   rayonlashtirish
sxemasida   hudud   jihatdan   bir-biridan   ajralgan   holda   joylashgan   Amudaryo,
Sirdaryo,   Tajan   va   Murg'ob   daryolarining   vodiy   va   deltalarini   bitta   geografik
oblastga - yirik daryo vodiylari va deltalari oblastiga birlashtiradi. Vaholanki, O'rta
Osiyo   daryo   vodiylari   va   deltalarining   umumiy   yig'indisi   regional   kompleksni
emas, balki tipologik kompleksni tashkil etadi.
2. Genetik   yoki   rivojlanish   tarixi   birligi   printsipi.   Hududning   genetik   yoki
rivojlanish tarixi jihatdan bir xilligi kompleks tabiiy geografik rayonlashtirishning
muhim   printsipi   bo'lib   hisoblanadi   va   u  rayonlashtirishning   hamma  bosqichlarida
asos qilib olinishi kerak.
Genetik   printsip   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   amaliyotida   XIX   asrning
ikkinchi   yarimidan   beri   qo'llanib   kelinadi.   Bu   printsipni   birinchi   bo'lib,
F.I.   Ruprext   1866   yilda   Rossiya   qoratuproqli   dashtlarini   shimoliy   erratik   yoki   el
oblastiga va Orol-Kaspiy cho'l  oblastiga nisbatan paydo bo'lishi, rivojlanish tarixi
26 nuqtai nazardan qadimiy ekanligini aytib o'tgan va flora komplekslarining yoshiga
qarab Rossiyani floristik oblastlarga ajratgan edi.
Ayrim   geografilar   (N.A.   Solntsev)   genetik   printsip   deb   geologik-
geomorfologik   taraqqiyot   tarixi   bir   xil   bo'lgan   hudud   birligini   tushunadilar.
Shunday   ekan   geografik   zona   provintsiya   yoki   rayonga   o'xshash   hudud   jihatdan
geologik-geomorfologik   bir   xillikka   ega   emas.   Lekin   har   bir   zona   -   tayga,   dasht,
cho'l   bir-biridan   nafaqat   landshaft   xususiyatlarining   tashqi   ko'rinishi   bilan   farq
qilibgina qolmay, balki ular o'zlarining landshat tipi sifatida vujudga kelish davri,
fauna va flora landshaft elementlarining tarkib topishi va taraqqiyot tarixining bir
xilligi   bilan   farq   qiladi.   Binobarin,   tabiiy   geografik   regionlarning   hamma
taksonomik birliklari - o'lka, zona, provintsiya, rayon - tarkib topishi va taraqqiyot
tarixining bir xilligi bilan xarakterlanadi. Tabiiy geografik birliklarning genetik bir
xilligi   nisbiydir.   Aks   holda   o'lkalarda   genetik   jihatdan   bir   xil   bo'lgan   zonalarni,
yoki zonalarda genetik jihatdan bir xil bo'lgan provintsiyalarni va provintsiyalarda
tabiiy geografik rayonlarni ajratish mumkin bo'lmas edi.
3. Komplekslik   printsipi.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   uchun   muhim
printsiplardan     biri   komplekslik   printsipidir.   Uning   mohiyati   shundaki,   tabiiy
geografik   rayon   lashtirishda   hudud   farqlarini   ochib   berish   uchun   landshaftning
bitta   yoki   bir   necha   etakchi   komponentlari   e'tiborga   olinmasdan,   balki   ularning
hammasi  birgalikda nazarda tutilishi  kerak. Tabiiy geografik birliklarni ajratishda
relef yoki iqlim komponentlari tahlil qilinibgina qolmasdan, balki tuproq, o’ simlik,
hayvonot dunyosi,   grunt suvlari, tabiiy geografik   jarayonlar tahlil qilinib, ulardagi
o’ xshashlik   yoki   farqlar   ham   aniqlamshi   va   e'tiborga   olinishi   kerak.   Anna
shundagina   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   kompleks   rayonlashtirish   bo'ladi   va
boshqa   tarmoqdagi   rayonlashtirishlardan   farq   qiladi.   Bu   printsip   A.A.   Grigorev
(1957)  tomnidan asoslangan.
4.   Nisbiy   bir   xillik   printsipi.   Nisbiy   bir   xillik   printsipi   ham   tabiiy   geografik
rayonashtirishda   boshqa   printsiplar   qatori   keng   qo'llaniladi.   Har   qanday
rayonlashtirishda Er yuzasini  bo'laklarga bo'lishda ularning o'xshashlik  va tafovut
27 xususiyatlan   asos   qilib   olinadi.   Ana   shu   bo'laklar   o'xshash   xususiyatlariga   qarab
yaxlitlashtiriladi va tafovutlanga qarab bir-iridan ajratiladi va chegaralanadi.
Nisbiy bir  xillik tabiiy geografik komplekslarning muqarrar xususiyatlaridan
biri   bo'lib,   hamma   bajarilgan   tabiiy   geografik   rayonlashtirishlar   ana   shu   printsip
asosida   amalga   oshirilgan.   Ajratilgan   hududlaraing   o'xshash   va   bir   xillik
xususiyatlarini amqlash rayonlashtirish bosqichlariga hamda tadqiqot masshtabiga
bog'liq.
Geografik   komplekslarning   nisbiy   bir   xillik   xarakteri   rayonlashtirish
taksonomik   birliklar   tizimining   hamma   qatorlarida   ifodalanadi.   Shunga   asosan
yirik bir xil region nisbatan bir xil bo'lgan o'rtacha va kichik regionlarga bo'linadi.
Nisbiy   bir   xillik   printsipining   asosiy   mohiyati   ham   ana   shundadir.   Bu   printsip
xo'jalik   chora-tadbirlarini   ishlashda   va   ularni   boshqa   o'xshash   geografik
komplekslarga ham tadbiq etishda katta amaliy ahamiyatga ega.
5. Antropogen printsip. Tabiiy geografik rayonlashtirishda boshqa printsiplar
qatori antropogen printsipi ham o'z   о 'mini topishi kerak. Bu printsipning mohiyati
shundaki,   Erning   landshaft   sferasida   sodir   bo'layotgan   antropogen   o'zgarishlarni
har   tomonlama   e'tiborga   olishdir.   U   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   va   landshaft
tipologik kartalashtirish uchun taalluqli bo'lib, tabiiy komplekslar bilan antropogen
komplekslar o'rtasidagi farqlami ochib beradi.
Tabiiy   geografik   rayonlashtirishda   antropogen   printsipga   amal   qilish,   Er
landshaftlarida obektiv ravishda mavjud bo'lgan antropogen komplekslar sharoitini
e'tirof   etishdir.   Binobarin,   landshaft   sferasining   rivojlanishida   tabiiy   jarayonlar
qatori  antropogen manba ham  katta rol  o'ynaydi.  Hatto uning ta'sir  doirasi  yildan
yilga   kuchayib   bormoqda.   Landshaft   sferasi   strukturasida   antropogen   komplkslar
geografiyasi kengayib, katta-katta hududlarni egallamoqda. Antropogen fatsiyalar,
antropogen   urochishalar,   antropogen   joy   tiplari   shakllanib   qolmasdan,   yirik-yirik
regionlar   ham   vujudga   keldi.   Masalan,   O'rta   Osiyo   tog'li   o'lkasida   Farg'ona   va
Samarqand   tog'   oralig'i   botiqlari   inson   xo'jalik   faoliyati   tufayli   o'zlashtirilgan
provintsiyalarga   aylandi.   Bu   provintsiyalarda   to'liq   antropogen   landshaftlardan
tarkib   topgan   tabiiy   geografik   rayonlar   ham   mavjud.   Bunday   rayonlarga
28 Samarqand   va   Kattaqo'rg'on   voha   landshaftlarini   ko'rsatish   mumkin.   Tabiiy
geografik rayonlashtirishda antropogen printsipga amal qilish
hududuning landshaft strukturasiga va kategoriyasiga oid miqdor ko'rsatkichlardan
keng foydalanishni taqozo etadi.
Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy uslublari.
Tadqiqotchi geograflar hududlarni tabiiy geografik rayonlashtirishda yuqorida
izoh berib o'tilgan printsiplardan tashqari turli xil uslublardan ham foydalanadi. Bu
uslublar   quyidagilardan   iborat:   1)   turli   xil   rayonlashtirish   kartalarini   bir-biriga
qiyoslash   uslubi,   2)   etakchi   omil   uslubi,   3)   landshaft-tipologik   komplekslari
kartalari   asosida   regional   birliklarni   aniqlash   uslubi,   4)   xarakterli   landshaft
komplekslarning   takrorlanish   uslubi,   5)   miqdoriy   tafsilot   uslubi,   6)   kartografiya
uslubi,   7)   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   birliklarini   dalada   aniqlash   uslubi   va
boshqalar.
1. Turli xil rayonlashtirish kartalarini bir-biriga qiyoslash usubi. Bu uslubning
mohiyati   shundan   iboratki,   turli   xildagi   rayonlashtirish   karta-sxemalanni
(geomorfologik,   gidrologik,   gidrogeologik,   geobotanik,   iqlimiy,   tuproq,
zoogeografik   va   h.k.)   bir-biri   bilan   mos   kelgan   yoki   yaqin   kelgan   chegaralar
geografik komplekslar chegarasi deb qabul qilinadi. Bu uslub o'zining mazmuniga
ko'ra   tabiiy   geografik   rayonlashtirishning   komplekslilik   printsipiga   asoslangan
bo'lib,   unda   landshaft   komponentlarining   rayonlashtirish   sxemalari
umumlashtirilgan holda hisobga olinadi. Qiyoslash uslubi ko'pchilik hollarda yirik
regionlarning   chegaralarini   aniqlashda   qo'l   keladi.   U   hozirgi   paytda   asosiy
uslublardan hisoblanmasa ham, undan rayonlashtirishning tashqi ko'rinishini oddiy
taqqoslash   yo'li   bilan   emas,   balki   tahliliy   taqqoslash   yo'li   bilan   keng   foydalanish
mumkin.
2. Etakchi omil uslubi. Tabiiy geografik rayonlashtirishda etakchi omil uslubi
eng   muhim   uslublardan   biri   hisoblanadi.   Etakchi   omil   landshaft   kompleksining
boshqa hamma komponentlarini xususiyaini  ma'lum darajada aniqlab ham beradi.
Bu   uslubning   rayonlashtirishdagi   ahamiyaiga   A.A.   Grigorev   (1946)   e'tibor   berib,
klassifikatsiyalash   shu   vaqtdagina   haqiqiy   ilmiy   bo'la   oladi,   qachonki,   u   eng
29 muhim,   obektiv   etakchi   jarayon   asosida   tuzilgan   bo'lsa.   Uning   ikkinchi   nuqtai
nazari   shundan   iboratki,   tabiiy   geografik   rayonlashtirishning   turli   taksonomik
birliklarida   etakchi   omil   o'zgara   boradi.   Bu   fikrga   D.L.   Armand   va   F.N.   Milkov
ham amal qiladilar.
Har   qaysi   taksonomik   birlik   o'zining   etakchi   omili   yoki   boshqacha   qilib
aytganda etakchi omillar kompleksi bilan xarakterlanadi. Masalan, tabiiy geografik
o'lkalarni   ajratishda   hududning   geologik-geomorfologik   strukturasining
umumiyligi,   makroiqlim   jarayonlarining   birligi,   landshaftlarning   hududiy
taqsimlanishida   kenglik   zonallik   va   balandlik   mintaqalanishining   o'ziga   xosligi,
provintsiyalarni   ajratishda   orografik   va   tektonik   omillar   bilan   birga   iqlimning
uzoqlik   bo'yicha   farqlari   e'tiborga   olinadi.   Demak,   regional   taksonmik   uliklarni
ajratishda ularning har birini o'ziga xos etakchi omillar kompleksini tahlil qilish va
ularga asoslanish shart.
3.   Landshaft-tipologik   komplekslari   kartalari   asosida   regional   birliklarni
aniqlash uslubi. Bu uslub tabiiy geografik rayonlashtirishning yangi davridan keng
qo'llanila   boshlandi.   U   o'zining   yangiligiga   qaramasdan   tadqiqtchi   geograflar
tomonidan eng ishonchli va qulay uslub deb tan olingan. Yangi uslubning mohiyati
shundan   iboratki,   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   ishini   amalga   oshirish   uchun
birinchi   navbatda   shu   hududning   landshaft-tipologik   komplekslari
kartasi   tuziladi.   Ana   shu   karta   asosida   tabiiy   geografik   birliklar   ajratiladi   va
ularning  chegaralari  o'tkaziladi.  Malum  darajada  tipologik  komplekslar   yig'indisi,
ular   egallab   olgan   maydon   va   komplekslarning   joylanishi   har   bir   regional
birlikning   ichki   mazmunini   va   strukturasini   belgilaydi,   hamda   bitta   regional
birlikni   ikkinchi   regional   birlikdan   ajratib   turuvchi   individual
xususiyatlarin va farqlarini ochib beradi. Bu uslubda geograflar Rus tekisligi, Ural,
Sharqiy   Karpat,   Kavkaz,   O'rta   Osiyo,   Janubiy   Sibir   tog'li   o'lkalarini   tabiiy
geografik rayonlashtirishda keng foydalanganlar.
4. Xarakterli landshaft komplekslarining takrorlanish uslubi. Tabiiy geografik
rayonlashtirishda xarakterli landshaft komplekslarining takrorlanish uslubidan ham
foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   uslub   landshaft-tipologik   komplekslari
30 kartalari   asosida   regional   birliklarni   aniqlash   usubining   alohida   ko'rinishidir.   Bu
uslubdan tabiiy geografik rayonlashtirishda foydalanish uchun rayonlashtiriladigan
hududning   landshaft   tipologik   komplekslari   -   fatsiya,   urochisha,   joy   va   ularning
tiplari   yaxshi   o'rganilgan   hamda   kartalashtirilgan   bo'lishi   kerak.   Rayonlarai   va
provintsiyalarni ajratishda xarakterli landshaft komplekslarining takrorlanishi asos
bo'lib xizmat qiladi. Masalan, F.N. Milkov (1961) Markaziy Qoratuproqli oblastlar
hududida   tabiiy   geografik   rayonlarni   ajatish   uchun   xarakterli   urochishalarning
takrorlanishi mezon sifatida qo'lanadi. Umuman tabiiy geografik rayonlashtirishda
xarakterli   landshaft   komplekslarining   takrorlanish   uslubidan   foydalanish   uchun
tadqiq   etilayotgan   hudud   landshaft-tipologik   jihatdan   yaxshi   o'rganilgan   bo'lishi
kerak.
5. Miqdoriy tavsif uslubi. Tabiiy geografik rayonlashtirishda miqdoriy tavsif
uslubi ancha qadimdan beri qo'llanib kelinadi. Lekin shunga qaramasdan bu uslub
hozirga   qadar   ham   to'liq   ishlab   chiqilmagan.   Uning   mohiyati   shundaki,   tabiiy
geografik   rayonlashtirishda   landshaft   komponentlariga   va   tabiiy   hududiy
komplekslarga   tegishli   bo'lgan   miqdoriy   ko'rsatkichlarga
asoslanadi.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirishda   turli   tarmoqdagi   miqdoriy
ko'rsatkichlardan   foydalanish   mumkin.   Shulardan   eng   muhimi   landshaft
komplekslarining asosiy xususiyatlarini aks ettiradigan va ifodalaydigan miqdoriy
ko'rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Masalan,   eng   yirik   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   birliklarini,   ayniqsa,
mintaqalar   va   zonalarni   ajratishda   Er   yuzasining   radiatsiya   balansi,   namlik
koeffitsienti, 10 0
  S dan yuqori barqaror harorat yig'indisi va boshqalar eng muhim
ko'rsatkichlar hisoblanadi. Turli bosqichdagi tabiiy komplekslarni xo'jalik jihatdan
baholashda hududning biologik hosildorligi ham (tuproq hosildorligi, o'simlikning
yalpi   zahirasi,   biomassaning   yillik   o'sishi   va   h.k.)   muhim   ko'rsatkich   bo'lishi
mumkin. Bundan tashqari landshaft-tipologik komplekslarning (fatsiya, urochisha,
joy   tiplari)   miqdoriy   ko'rsatkichlari   ham   tabiiy   geografik   rayonlashtirishda   asos
bo'lib xizmat qiladi.
31 6.Tabiiy geografik rayonlashtirish birliklarini dalada aniqlash uslubi. Hududni
tabiiy   geografik   rayonlashtirishdagi   eng   muhim   uslublardan   biri   ekspeditsiya
tadqiqot   ishlariga   amal   qilishdir.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   maqsadida   olib
borilgan   dala   ishlari   paytida   joyning   o'zida   tabiiy   geografik   rayonlar   sxemasi
belgilanadi,   ularning   morfologik   strukturasi   o'rganiladi   va   noaniq   bo'lgan   rayon
chegaralari aniqlanadi. Bu uslubdan tabiiy geografik rayonlashtirish muammolarini
hal   etishda   Rossiya   Fanlar   Akademiyasi   Geogafiya   instituti,   Moskva,   Sankt-
Peterburg, Voronej, Lvov, Toshkent va Samarqand davlat universitetlarining ilmiy
xodimlari muvaffaqiyatli foydalanganlar.
Quyida   F.N.   Milkov   (1966)   tomonidan   dalada   tabiiy   geografik   rayonni
o'rganish uchun tuzilgan dasturni misol tariqasida keltiramiz:
1. Geografik   o'rni,   maydoni   va   chegaralari.   Rayonning   yirik   regionlari   tabiiy
geografik   rayonlashtirish   sxemasida   tutgan   o'rni.   Qaysi   landshaft   zonasiga   va
provintsiyasiga taalluqligi va ma'muriy bo'linishi.
2. Landshat   komponentlarining   xususiyatlari   va   ularning   o'zaro   aloqadorligi.
Landshaft   komponentlarini   (relefning   parchalanganligi,   mutloq   va   nisbiy
balandligi, tog' jinslarining tarkibi, grunt suvlarining chuqurligi, tuproq va o'simlik
qoplamining   xarakteri   va   h.k.)   yaqin   joylashgan   tabiiy   geografik   rayonlarga
nisbatan qiyosiy ravishda ta'riflash.
3. Morfologik strukturasi. Joyning tiplari (maydoni km 2
  va % hisobida, tarqalishi)
va ularni tashkil etuvchi urochishalar, dominant, xarakterli va noyob urochishalar.
Joy   tiplari   va   urochishalarning   rayon   o'rtasida   va   chekka   polosalarida   joylanish
xarakteri. Rayon chegarasini morfologik asoslash.
4. Fasliy   ritmika .   Keng   ma ' noda   landshaft   « fenologiyasi »:   qishda   qor   to ' planish
jarayoni ,   geomorfologik   jarayonlarning   borishi ,   bahorda   organik   hayotning
rivojlanishi ,   yoz   faslining   xususiyati ,   yilning   iliq   davridan   sovuq   davrga   o ' tishi   va
h . k .
5. Rayonning   to ' rtlamchi   davrga   qadar   va   to ' rtlamchi   davrdagi   taraqqiyot
tarixi .  Landshaftning   hozirgi   taraqqiyotidagi   kuzatilayotgan   tendentsiyalar  ( erozion
32 jarayonning   o ' sishi   yoki   susayishi ,   tuproq   sho ' rlanishining   oshishi   yoki   kamayishi
va   h . x .).
6. Rayon   landshaftiga   insonning   ta'siri.   Rayonda   aholining   o'rnanish   tarixi   bilan
hududining   xo'jalik   o'zlashtiilishi.   Landshaft   komponentlariga   insonning   ta'sir
etishi   (tuproqni   madaniylashtirish   darajasi,   haydalish   foizi,   ekilgan   daraxtlarning
yoshi   va   holati,   ovlanadigan   hayvonlarning   qadimgi   va   hozirgi   geografiyasi,
iqlimlashtirilgan   hayvonlarga   misollar).   Antropogen   urochishalar.   Ekin
maydonlarining strukturasi va ekinlarning hosildorligi to'g'risida ma'lumotlar.
7. Tabiiy   resurslarni   umumiy   baholash.   Hududni   tashkillashtirish   bo'yicha
tavsiyalar.   Tabiatni   muhofaza   qilish   masalalari.   Oromgoh   joylar   va   turizmni
rivojlantirish imkoniyatlari.
Bunday   mezonlar   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   tekisliklari
doirasida quyidagi landshaftlarni ajratishga imkon berdi:
1. Zirabuloq past tog'lar landshafti.
2. Ziyovuddin past tog'lar landshafti.
3. Oqtosh tog'oldi tekislik landshafti.
4. Malikcho'l tog'oldi tekislik landshafti.
5. Qarnobcho'l tog'oldi tekislik landshafti.
6. Allyuvial terrasa voha landshafti.
Ajratilgan   landshaftlarning   morfologik   strukturasi   birmuncha   murakkab
tuzilgan   bo ' lib ,   ular   o ' ziga   xos   va   xarakterli   landshaft   yaruslaridan ,   joy   tiplaridan
va   urochishalardan   tarkib   topgan .
33 34 35 2.2.   Zirabuloq   past   tog'   landshafti
Zirabuloq past tog' landshafti Zarafshon tizmasining g'arbiy davomi bo'lib, u
sharqda Jom cho'li va Ulus tog'oralig'i to'lqinsimon tekisligi bilan, janubda Qarnob
cho'li,   shimolda   shimoliy   Zirabuloq   tog'oldi   tekisligi   bilan   chegaralangan.   Uning
umumiy   maydoni   838   km,   mutloq   balandligi   550   m   dan   1120   m   gacha   o'zgarib
boradi.   U   antiklinal   tektonik   ko'tarilma   bo'lib,   Zarafshon   megaantiklinoriyasining
shimoli-g'arbiy davomi hisoblanadi.
Zirabuloq   past   tog'   landshaftining   litogen   asosini   quyi   silurning   qumoq-
slanetsli   yotqiziqlari   tashkil   etadi.   Ular   past   tog'ning   shimoliy   va   shimoli-g'arbiy
qismlarida   keng   tarqalgan   bo'lib,   kenglik   yo'nalishida   ikki   polosa   hosil   qilib
cho'zilgan.   Bu   yotqiziqlar   Sipki   qishlog'imng   g'arbiy   va   shimoliy   qismida   tor
polosa shaklida uchraydi. Yuqori silur yotqiziqlari ham keng tarqalgan bo'lib, ular
36 asosan ohaktoshlardan iborat. Bu yotqiziqlar kenglik bo'ylab cho'zilib, past qoyali
tizmalar hosil qiladi. Landshaftning silur yutqiziqlarini  ко  pchilik joylarda intruziv
jinslar   yorib   chiqqan.   Ular   landshaftning   markaziy   qismida   granitlardan   tarkib
topgan plato hosil qiladi.
Zirabuloq   past   tog'   landshaftlari   doirasida   bo'r-uchlamchi   davr   yotqiziqlari
ham   keng   tarqalgan.   Bular   konglomeratlardan,   qumtoshlardan,   ohaktoshlardan,
gipslashgan   va   dolomitlashgan   ohaktoshlardan,   gillardan   va   qumlardan   tashkil
topgan. Bu yotqiziqlar past tog' massivining tevarak-atrofini tor polosa hosil qilib
o'rab   olgan.   Ular   ko'pincha   tepaliksimon   tog'oldi   zonasini   hosil   qiladi.   Mavjud
bo'lgan past tizmalar janubi-sharqdan shimoli-g'arb tomon yo'nalgan, quruq daryo
va soy vodiylari bilan kesilgan.
Zirabuloq   past   tog'   landshaftining   shimoliy   va   shimoli-g'arbiy   yon   bag'irlari
qiya   tog'oldi   tekislik   hosil   qilib,   Zarafshon   daryosi   vodiysi   bilan   tutashib   ketadi.
Janubiy va janubi-g'arbiy yon bag'ri Qarnobcho'l tog'oldi tekisligidan tik ko'tarilib
turadi. Landshaft hududida daryo to'ri uncha qalin emas. Ular ko'pincha bo'ylama
va ko'ndalang yo'nalgan vodiylar hosil qilib joylashgan. Daraitut, Tim va Sipka soy
vodiylari ko'ndalang va chuqur kesilgan vodiy hosil qilgan. Bo'ylama vodiylar esa
ko'pincha   kenglik   bo'ylab   cho'zilgan.   Bunga   Tim   soyining   chap   irmog'i   va   Sipka
soyining o'ng irmog'i bo'lgan Devonasoy va Kattsoylar misol bo'la oladi.
Past   tog'   landshaftining   iqlimi   quruq   kontinental   iqlim.   Bunga   sabab
Zirabuloq   tog'   massivining   gipsometrik   jihatdan   past   bo'lishi   va   Turon   past
tekisligi   cho'liga   yaqin   joylashganligidir.   Bu   erda   o'rtacha   yillik   yog'in   miqdori
350 mm dan oshmaydi. Shu tufayli landshaft hududida doimiy oqadigan daryo va
soylar   uchramaydi.   Faqatgina   bahor   oylarida   oqib,   keyinchalik   qurib   qoladigan
daryo   va   soylar   mavjud.   Bularga   Timsoy,   Sipkisoy,   Darautsoy   va   Kattasoylar
misol bo'la oladi.
Landshaftning   tuproq   qoplamida   kuchli   yuvilgan ,   skeletli   tipik   bo ' z   tuproqlar
hukmronlik   qiladi .   Ularning   tarkibida   chinndilar   kam   uchraydi   (0,8-1,2   %).
Tog'ning balandroq qismida esa  qoramtir bo'z tuproqlar  uchraydi. Bu tuproqlarda
37 gumus   qatlami   yaxshi   ifodalangan,   qoramtir   ranga   ega,   lekin   chirindiga
kambag'alroq va kuchli karbonatlashgan.
Landshaftning   morfologik   strukturasida   granitlardan   tashkil   topgan
platosimon   yuzaga   ega   bo'lgan   joy   tipi,   ohaktoshlarda   rivojlangan   efemer-buta
formatsiyali chala cho'l joy tipi va slanetslarda shakllangan efemer-efemeroid-buta
o'simlikli chala cho'l joy tipi asosiy o'rin egallaydi.
2.3. Kattaqo'rg'on voha iandshafti
Vohaning   landshaft   tavsifi .   Zarafshon   botig'ining   g'arbiy   qismini   egallab
olgan   Kattaqo'rg'on   voha   Iandshafti   Samarqand   voha   landshaftidan   geologik-
geomorfologik   tuzilishi,   gipsometrik   joylashishi,   agroiqlim   sharoiti,   antropogen
suv inshootlarining gidrologik rejimi, suv ombori va voha landshaftlarining o'zaro
paradinamik   aloqadorligi   hamda   boshqa   zonal-regional   xususiyatlari   bilan   farq
qiladi.
Kattaqo'rg'on vohasi shimolda  Oqto g’   tizmasi, janubda Zirabuloq-Ziyovuddin
past   tog'   etaklari,   g'arbda   Navoiy   vohasi   va   sharqda   Samarqand   vohasi   bilan
chegaradosh.   Uning   umumiy   maydoni   2174   km 2
  ni   tashkil   etadi.   Hududining
dengiz   sathidan   o'rtacha   balandligi   350-500   m   ga   teng   (Abdulqosimov,
Abduraxmonova,   1998).   O'rta   Osiyo   va   O'zbekiston   regionlarini   landshaft
rayonlashtirishda   Kattaqo'rg'on   va   Samarqand   vohalari   alohida-alohida   mustaqil
tabiiy   geografik   rayon   sifatida   ajratiladi   (Babushkin,   Kogay,   1964;   Gvozdetskiy,
1965;   Abdulqosimov,   1983;   Alibekov,   1982;   Saidov,   1972).   Kattaqo'rg'on   voha
geosistemasi hududiy jihatdan Zarafshon botig'ining g'arbiy tarkibiy qismi bo'lgan
Kattaqo'rg'on   geosinklinal   bukilmasiga   to'g'ri   keladi.   Bukilma   poydevorining   eng
pastki   qismi   2600-3000   m   chuqurlikda   joylashgan   bo'lib,   neogen   va   antropogen
davrlarining yotqiziqlari bilan to'lgan. Uning yuza qismini hozirgi zamon allyuvial,
allyuvial-prolyuvial,   lyoss   va   lyossimon   jinslar   qoplab   olgan.   Allyuvial
yotqiziqlarning   qalinligi   A.   I.   Shevchenkoning   (1961)   ma'lumoti   bo'yicha
vohaning sharqiy qayir qismida 20-30 m ni, qayir usti terra-salarida 110-118 m ni
tashkil   etadi.   Voha   hududida   g'arbdan-sharqqa   tomon   shag'al   toshlar   yaxshi
38 silliqlanib   maydalashib,   qumoq   jinslar   kamayib,   gilli   yotqiziqlar   qalinlashib
boradi.
Kattaqo'rg'on   vohasining   er   usti   tuzilishi   ancha   murakkab.   Uning   relef
shakllari   Oqdaryo,   Qoradaryo   va   Zarafshon   daryolarining   qayirlaridan,   qayir   usti
terrasalaridan   va   tog'oldi   prolyuvial   tekisliklardan   tarkib   topgan.   Bu   relef
shakllaridan   daryo   qayirlari   voha   hududini   kenglik   yo'nalishda   kesib   o4ib,   uning
eng   past   joyi   ham   hisoblanadi.   Daryo   qayirlandan   shimolda   va   janubda   unga
parallel   ravishda   allyuvial-shag'al   yotqiziqlardan   tuzilgan   qayir   usti   terrasalari
sharqdan-g'arbga   tomon   cho'zilgan.   Qayir   usti   terrasalari   tekis   relef   shakliga   ega
bo'lsada   ularning   yuzasini   umumiy   nishabligi   uncha   sezilarli   bo'lmagan   darajada
daryo   o'zani   tomon   pasayib   boradi.   Bu   esa   grunt   suvlarining   tabiiy
harakatlanishiga   va   tuproqlarning   tarkibidagi   sho'rlanish   jarayonini   kamayishiga
qulaylik   yaratadi.   Oqdaryo   bilan   Qoradaryo   oralig'ida   allyuvial   kelib   chiqishga
(genezisga)   ega   bo'lgan   qayir   usti   terrasali   Miyonqol   oroli   joylashgan.   Uning
g'arbiy qismi Kattaqo'rg'on voha Iandshafti tarkibiga kiradi.
Zarafshonning   chap   qirg'og'idagi   qayir   usti   terrasalariga   parallel   ravishda
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'   massivlarining   tog'oldi   prolyuvial   tekisliklari
cho'zilgan. Ular yuqori antropogenning maydalangan toshlari-dan tarkib topgan va
ustidan   lyossimon   jinslar   bilan   qoplangan.   Yuzasi   eroziya   tufayli   kuchli
parchalangan. Qiya tekislikning yuzasi bir qator yirik botiqsimon pastqamliklardan
birida   Kattaqo'rg'on   suv   ombori   barpo   etil-gan.   Zarafshonning   o'ng   qirg'og'ida
Oqtog'ning   janubiy   yonbag'iri   etaklanda   yastanib   yotgan   o'rta   antropogenning
prolyuvial   yotqiziqlaridan   tashkil   topgan   tog'oldi   qiya   tekisligi   sharqdan-g'arbga
tomon cho'zilib, vaqtincha suv oqimiga ega bo'lgan soy vodiylari va jarliklar bilan
kesilgan.
Kattaqo'rg'on   vohasining   iqlimi   Samarqand   vohasining   iqlimidan   tabiiy
namlanish   miqdorining   kamligi,   iqlimining   nisbatan   keskin   kontinentalligi,
qishining sovuqligi va yozining issiqligi, tog' yonbag'irlaridan oqib keladigan soy
suvlarining   kamligi   bilan   farq   qiladi.   L.N.Babushkin   va   N.A.Kogaylar   (1964)
Kattaqo'rg'on vohasida iqlim sharoitining uchta xususiyatini farqlaydilar.
39 Iqlim   sharoitining   farq   qiluvchi   birinchi   xususiyati   shundan   iboratki,   voha
hududi Zarafshon botig'ining gipsometrik jihatdan eng past qismini egallab olgan.
Bunday holat agrolandshaftlarni atmosfera yog'inlari bilan tabiiy namlanishiga va
tuproqlarda   to'planadigan   namlik   zahirasiga   sezilarli   darajada   ta'sir   ko'rsatadi.
Vohaning   g'arbiy   qismida,   Zarafshon   vodiysining   pasaygan   joylarida   yiliga
o'rtacha   180-200   mm   miqdorda   yog'in   tushadi.   Janubda,   daryo   terrasalari   ustidan
ko'tarilib   turgan   tog'oldi   prolyuvial   tekisliklarda   yog'in   miqdori   bir   oz   oshib
260-280 mm ni tashkil etadi. Bu erda tabiiy namlanish nisbatan yaxshi bo'lganligi
sababli   tuproqlardagi   namlik   zahirasining   to'liq   sarflanishi   may   oyining   birinchi
yarmida   kuzatilsa,   bu   jarayon   vohaning   vodiy  qismida   aprelning  oxirlariga   to'g'ri
keladi.
Kattaqo'rg'on   vohasining   iqlim   sharoitini   ikkinchi   farq   qiladigan   xususiyati
yilning   issiq   paytlarida   madaniy   o'simliklarning   vegetatsiya   davri   uchun   zarur
bo'lgan   termik   resurslarga   boyligi   bilan   belgilanadi.   Bu   erda   o'rtacha   sutkalik
ijobiy haroratning +10 0
 S dan yuqori bo'lgan yig'indisi 4300-4600 0
 ni tashkil etadi.
Bunday   miqdordagi   termik   resurslar   turli   xil   qishloq   x o’ jalik   ekinlarini   o’ sishiga
va   pishib  etilishiga   imkon  beradi. Havoning   o'rtacha  yillik   harorati   13°S  ga  teng.
YAnvaming  o'rtacha harorati  -1,9 0
S  ni,  iyulniki  esa  27,2 0
  S  ni tashkil etadi. Mutloq
minimal   harorat   -35 0
S   ga   va   maksimal   harorat   44 0
S   ga   teng.   Vegetatsiyali   qish
53% dan oshadi.
Iqlim   sharoitining   uchinchi   xususiyati   qishloq   xo'jalik   ekinlariga   zarar
keltiruvchi   garmsel   hodisalarining   tez-tez   takrorlanib   turishidir.   Yoz   paytlarida
garmsel   shamollarining   takrorlanishi   18-20   kunga   etadi   va   ayrim   yillarda   undan
ham oshadi.
Kattaqo'rg'on   vohasining   agrolandshaftlari   Zarafshon   daryosi   va   uning
irmoqlarini suvi bilan sug'oriladi. Vegetatsiya davrida voha agrolandshaftlarini suv
bilan   ta'minlashda   Miyonqol-Xatirchi   (uzunligi   36   km,   suv   sarfi   50   m 3
/sek)   va
Narpay   (uzunligi   90   km,   suv   sarfi   46,4   m 3
/sek)   magistral   kanallari   katta   rol
o'ynaydi. Bu kanallar 62 ming gektardan ziyod erai suv bilan to'liq ta'minlaydi.
40 Kattaqo'rg'on   voha   landshafti   Samarqand   voha   landshaftidan   er   osti
suvlariga   boyligi   va   ularning   minerallashganligi   bilan   farq   qiladi.   Grunt
suvlarining   chuqurligi   2   m   dan   10-12   m   gacha   o'zgarib   boradi.   Ayrim   pastqam
joylarda ularning chuqurligi 1-2 m ni tashkil etadi. Daryo qayirlarida grunt suvlari
0,5-1   m   chuqurlikda   joylashgan   bo'lib,   agrolandshaftlarning   tuproq   qoplamini
tabiiy   namlanishga,   o'tloq,   botqoq-o'tloq   va   botqoq   tuproqlarning   shakllanish
jarayoniga muhim ta'sir ko'rsa-tadi. Daryo qayirlarida grunt suvlarining er yuzasiga
buloqlar   sifatida   sizib   chiqish   hodisalari   ham   uchraydi.   Binobarin,   grunt
suvlarining makon-dagi tabaqalanishi va suv sathining chuqurlik bo'ylab o'zgarishi
voha   hududi-ning   geomorfologik   tuzilishi   bilan   uzviy   bog'liq.   SHuning   uchun
grunt suvlarining sathi daryo qayirlarida 0,5-1 m dan qayir usti terrasalarida 1-2 m
gacha, tog'oldi prolyuvial tekisliklarida 3-10 m gacha pasayib boradi.
Vohaning   grunt   suvlari   bir   oz   minerallashgan.   Suvning   minerallashish
darajasi   ikki   yo'nalishda   ortib   boradi:   birinchi   yo'nalishi   tog'oldi   qiya
tekisliklaridan   Zarafshon   vodiysi   tomon   va   ikkinchi   yo'nalishi   sharqdan   g'arbga
tomon   oqim   bo'ylab.   Vohaning   sharqiy   qismida   grunt   suvlarining   oqimi   uchun
relef sharoiti ancha qulay. Chunki tekislik yuzasining qiyaligi birmuncha sezilarli
bo'lganligi sababli mineral tuzlarning to'planib qolishiga imkon bermaydi. G'arbiy
qismida   esa   aksincha,   Malik   cho'li   tekisligidagi   braxiantiklinal   tektonik
ko'tarilmasi   tufayli   grunt   suvlarining   harakati   bir   oz   sekinlashadi   va   turli   xil
mineral   tuzlarning to'planishiga  imkon  yaratadi.  Kam   harakatdagi  minerallashgan
grunt   suvlari   cho'l   iqlim   sharoitida   kuchli   bug'lanib,   agrolandshaftlarning   tuproq
qoplamini   sho'rlanishiga   sabab   bo'ladi.   Bu   vohaning   grunt   suvlari   va   tuproqlari
suvda tez eriydigan sulfat va xlorid tuzlar bilan sho'rlangan.
Kattaqo'rg'on voha landshaftining tuproq qoplami xilma-xil. Bu erda asosan
sug'oriladigan   o'tloq,   sug'oriladigan   o'tloq-botqoq   va   sug'oriladigan   och   rush   va
tipik bo'z   tuproqlar hukmronlik   qiladi.   Baland qayirlarda   va   qayir usti terrasalarda
kam sh o’ rlangan   o’ rta   va   o g’ ir suglinkali   sug'oriladigan O’ tloq   tuproqlar, o'rtacha
sh o’ rlangan engil suglinkali su g’ oriladigan botqoq-o41oq  tuproqlar keng tarqalgan.
O'rta   va   quyi   qayirlarning   katta   maydoni   o'rtacha   sho'rlangan   gilli   va   og'ir
41 suglinkali   sug'oriladigan   botqoq-o'tloq   tuproqlari   bilan   band.   Qayirlarning
o'zlashtirilmagan  qo'riq va  bo'z  erlarida  tarkibida  3,2-4,2%  chirindi  bo'lgan  o'tloq
va   o'tloq-botqoq   tuproqlar   uchraydi.   Madaniylashtirilgan   tog'oldi   tekisliklarining
tuproq   qoplami   qalin   lyoss   va   lyossimon   jinslar   ustida   rivojlangan   sug'oriladigan
och tusli va tipik bo'z tuproqlardan iborat.
Vohaning mahalliy tabiiy geografik sharoitidan kelib chiqqan holda qishloq
xo'jaligida   erdan   foydalanish   strukturasi   ham   aniq   belgilangan.   Bu
Z.M.Akramovning   (1961)   "Samarqand   va   Buxoro   oblastlarining   qishloq   xo'jalik
geografiyasi"   monografiyasida   o'z   ifodasini   topgan.   Vohaning   sug'oriladigan
zonalaridagi   agrolandshaftlar   tizimining   strukturasi   paxta   plantatsiyalari,
bog'dorchilik,   uzumchilik,   donchilik   va   polizchilik   xo'jaliklaridan   tarkib   topgan.
Bular   Samarqand   voha   agrolandshaftlariga   o'xshash   madaniy   o'simliklar
qoplamining asosini tashkil etadi.
Voha   landshaftining   morfologik   strukturasi .   Kattaqo'rg'on   voha
landshaftining   kompleks   tahlili   shuni   ko'rsatadiki,   u   o'zining   tabiiy   geografik
sharoiti   va   geokomplekslarining   makondagi   farqlanish   xarakte-riga   ko'ra   xilma-
xildir. Vohaning landshaft strukturasi bir-biridan muayyan chegaralar bilan ajralib
turgan uchta voha joy tipidan tashkil topgan. Bular qayir voha (maydoni 618 km 2
),
qayir   usti   terrasali   voha   (1100   km 2
)   va   tog'oldi   tekislik   voha   (456   km 2
)   joy
tiplaridir   (Abdulqosimov,   Abduraxmonova,   1998).   Har   qaysi   joy   tipi   va   uning
morfologik   strukturasi   mustaqil   chegaraga   ega   bo'lgan   va   qo'shni
geokomplekslardan   o'zining   individual   xususiyatlari   bilan   ajralib   turgan
urochishalar majmuasidan tuzilgan. Quyida har bir voha joy tipiga alohida-alohida
izoh berib o'tamiz.
Qayir   voha   joy   tipi.   Kattaqo'rg'on   vohasi   hududidagi   qayir   voha   joy   tipi
daryo bo'ylab 300-500 m dan 800-1000 m gacha bo'lgan keng maydonni hosil qilib
sharqdan   g'arbga   tomon   cho'zilgan.   Litologik   tarkibi   shag'al,   qum,   mayda
zarrachali   gil   va   qumoq   jinslardan   iborat.   Qayirlarning   yuzasi   allyuvial   tekislik
relef   shakliga   ega.   Grunt   suvlari   asosan   gorizontal   almashinish   xarakteriga   ega
bo'lib,   er   yuzasiga   juda   yaqin   joylashgan,   ayrim   uchastkalarda   hatto   buloqlar
42 sifatida yuzaga sizib chiqqan. SHu boisdan gidromorf tupoqlar yaxshi rivojlangan
va   gidrofit   o'simliklarning   shakllanishi   uchun   qulay   sharoitlar   mavjud.   Qayirdagi
sug'oriladigan   o'tloq,   botqoq-o'tloq   va   botqoq   tuproqlar   kam   va   o'rtacha
sho'rlangan, ular paxta, don va sabzavot  ekinlari  bilan band. Bu erdagi  manzarali
daraxtzorlar, irrigatsiya shaxobchalari, tutzorlar, mevali bog'lar  voha landshaftlari
manzarasiga alohida jozibali go'zallik baxsh etadi.
Qayir   voha   joy   tipining   xarakterli   urochishalari .   Kattaqo'rg'on   vohasi
hududidagi   qayir   voha   joy   tipining   morfologik   strukturasi   Samarqand   voha
landshaftidagi   kabi   murakkab   tuzilgan   tarixiy   genetik   hosiladir.   Uning   larkibiy
qismlarini   tashkil   etuvchi   antropogen   urochishalarning   xarakteri   va   xususiyatlari
qayirning   quyi,   o'rta   va   yuqori   uchastkalarida   asta-sekin   o'zgarib,   bir-biri   bilan
almashinib boradi.
Tajriba   kuzatuv   uchastkalarida   olib   borilgan   dala   tadqiqot   ishlari   shuni
ko'rsatadiki,   qayirning   quyi   qismida   ko'pincha   sug'oriladigan   kam   sho'rlangan
botqoq   tuproqli   vohalar,   sug'oriladigan   o'rtacha   sho'rlangan   botqoq   tuproqli
vohalar,   o'rta   qismida   sug'oriladigan   kam   sho'rlangan   botqoq-o'tloq   tuproqli
vohalar,   sug'oriladigan   o'rtacha   sho'rlangan   botqoq-o'tloq   tuproqli   vohalar   va
yuqori qismida kuchli madaniylashtirilgan kam sho'rlangan o'tloq tuproqli vohalar
kabi antropogen urochishalar ko'pchilikni tashkil etadi.
Voha   hududidagi   qayirlarda   antropogen   urochishalardan   tashqari
degradatsiyalashgan   va   dastlabki   qiyofasini   yo'qotgan   to'qay   landshaft
komplekslari   ham   uchraydi.   Bular   past   qayirdagi   botqoqlangan   erlarai   qoplab
olgan   qiyoq-qamishzor   formatsiyali   to'qaylar,   sho'rlangan   o'tloq   tuproq-larni
qoplab  olgan   ajriq-yulg'unli   to'qaylar,  allyuvial   tuproqlarda  rivoj-langan   shumtol-
jiyda-chakandali to'qaylar, baland qayirdagi tol-turang'il formatsiyali to'qaylar, past
qayirdagi shag'al toshlar kompleksi kabi urochishalardir.
Shuni   ta'kidlash   lozimki,   bu   regiondagi   to'qay   landshaft   sistemalari   yildan
yilga   antropogen   omil   ta'sirida   degradatsiyalashib,   ularning   maydoni   keskin
qisqarib   bormoqda   va   to'qayzorlar   o'rnini   qishloq   xo'jalik   geokomplekslari
egallamoqda.   Shuning   uchun   ham   to'qayzorlarning   tarixiy   shakllangan   ekologik
43 muhit   mexanizmiga   salbiy   ta'sir   ko'rsatmaslikni   va   ularni   noyob   landshaftlar
qatorida muhofaza qilishni taqozo etadi.
Qayir   usti   terrasali   voha   joy   tipi.   Bu   landshaft   tipologik   kompleks
Zarafshon,   Oqdaryo   va   Qoradaryolarning   birinchi   va   ikkinchi   qayir   usti
terrasalaridan   tarkib   topgan.   Birinchi   terrasa   qayir   ustidan   0,5-2   m   ko'tarilgan,
kengligi   2-4   km   atrofida   bo'lib,   g'arbga   Hazar   yo'lagi   tomon   torayib   boradi.
Ikkinchi   terrasa   tik   pog'ona   hosil   qilib   birinchi   terrasa   ustidan   2-4   m   gacha
ko'tarilgan,   kengligi   5-6   km   ga   boradi.   Terrasalami   yuzasi   tekis,   jar   va   soyliklar
bilan kesilgan, daryo tomon pasayib boradi.
Terrasalarning   asosini   ancha   chuqurlikda   joylashgan   shag'al   va   qum
yotqiziqlari   tashkil   etadi,   ularning   yuzasini   gil   va   qumoq   jinslar   qoplab   olgan.
Terrasalarning   katta   maydoni   inson   xo'jalik   faoliyati   ta'sirida   o'zgargan.
O'zlashtirilgan erlar asosan sug'orma dehqonchilikda keng foyda-laniladi. Qishloq
xo'jaligida paxtachilik, donchilik va bog'dorchilik etakchi rol o'ynaydi.
Qayir usti terrasalarida sug'orma dehqonchilik qadimdan rivojlangan. Shuning
uchun   agrolandshaftlarni   tuproq   qoplamida   1,5-2   m   qalinlikdagi   agroirrigatsion
yotqiziqlar   vujudga   kelgan.   Bu   erda   sug'oriladigan   kam   va   o'rtacha   sho'rlangan
o'tloq, botqoq-o'tloq va sug'oriladigan o'tloq-bo'z tuproqlar bilan bir qatorda ayrim
uchastkalarda   saqlanib   qolgan   qo'nq   va   bo'z   erlarda   sho'rxok   o'tloq   va   sho'rxok
o'tloq-botqoq   tuproq   xillari   ham   uchraydi.   Soyliklardagi   sho'rxok   o'tloq
tuproqlarda   tabiiy   o'simliklarning   qora   ajriq   va   sho'ra   formatsiyalari   keng
tarqalgan.   Bunday   holat   qayir   usti   terrasali   voha   joy   tipining   morfologik
strukturasini murakkab va tarkibiy qismlarini rang-barang bo'lishiga olib kelgan.
Qayir   usti   terrasali   joy   tipining   xarakterli   urochishalari.   Qayir   usti
terrasalarida   shakllangan   voha   geosistemalarining   quyi   morfologik   birliklari
sug'oriladigan   o'tloq-bo'z   tuproqli   vohalar,   sug'oriladigan   o'tloq   tuproqli   vohalar,
sug'oriladigan   kam   sho'rlangan   o'tloq   tuproqli   vohalar,   sug'oriladigan   karbonat-
magniyli   o'tloq   tuproqli   vohalar,   allyuvial-prolyuvial   yotqiziqlarda
madaniylashtirilgan   og'ir   soz   tipik   bo'z   tuproqli   vohalar,   sug'oriladigan   botqoq-
44 o'tloq   tuproqli   vohalar,   o'rtacha   sho'rlangan   o'tloq   tuproqlardagi   ikkilamchi   ajriq-
qiyoqli o'tloq-zorlar kabi antropogen urochishalardan iborat.
Tog'oldi   tekislik   voha   joy   tipi.   Tog'oldi   tekislik   voha   landshaft   tipologik
kompleksi Kattaqo'rg'on vohasining shimoliy va janubiy qism-larida joylashgan va
daryo   vodiysining   o'ng   hamda   chap   qirg'oqlari   bo'ylab   sharqdan   g'arbga   tomon
keng   yo'lak   hosil   qilib   cho'zilgan.   Bu   yo'lak   vohaning   janubiy   qismida   Ulus,
Oqtosh   va   Malikcho'l   tog'oldi   prolyuvial-allyuvial   tekisliklarini   o'z   ichiga   oladi.
Ularning   dengiz   sathidan   baland-ligi   g'arbdan   sharqqa   tomon   280-300   m   dan
600-680 m gacha o'zgarib boradi.
Tog'oldi  prolyuvial  tekisliklarning asosini  neogen va antropogen davrlarning
katta qalinlikdagi uvoq jinslari tashkil etadi. Ularning yuqori yuza qatlami qalinligi
2-3 m  gacha bo'lgan qumoq, gilli va lyossimon jinslar  bilan qoplagan. Prolyuvial
qiya   tekisliklarning   yuzasi   daryo   vodiysi   tomon   pasayib   boradi.   Qiya   tekisliklar
aynan shu  yo'nalishda  vaqtincha suv oqimiga ega  bo'lgan soy vodiylari, soyliklar
va   chuqur   jarlar   bilan   kuchli   parchalangan.   Mayda   zarrachali   qumoq   va   gilli
prolyuvial yotqiziqlarning qalinligi qiya tekislikning yuqori qismidan vodiy tomon
orta boradi.
Tog'oldi   tekisligining   quyi   qismi   qadimdan   o'zlashtirilgan   va   sug'oriladigan
agrolandshaftlar   bilan   band.   Sug'oriladigan   maydonlarda   tipik   va   och   tusli   bo'z
tuproqlar keng tarqalgan. Haydalgan erlarning bir qismi bahorikor dehqonchilikda
foydalaniladi.
Tog'oldi   tekisligining   yuqori   qismi   er   usti   suvlari   nihoyatda   kam   bo'lganligi
sababli   kam   o'zlashtirilgan.   Tabiiy   holda   saqlangan   cho'l   va   chala   cho'l
geokomplekslar   zoogen   omil   ta'sirida,   ayniqsa   chorva   mollarini   me'yordan   ortiq
boqilishi   tufayli   kuchli   degradatsiyalashgan.   Tuproq   qoplami   kuchli   va   o'rtacha
yuvilgan   och   tusli   bo'z   tuproqlardan   iborat.   O'simlik   qoplamida   efemer   va
efemeroid   o'simliklardan   tarkib   topgan   formatsiyalar,   siyrak   holda   o’ sadigan
shuvoqlar, ebalak, chetir, lola qiz g’ aldoq,  er  sovun, momiq, karrak  va boshqa  turlar
uchraydi (Abdulqosimov,  Abduraxmonova. 1998).
45 Shunday   qilib,   tog'oldi   tekislik   voha   joy   tipining   morfologik   struk-turasini
tarkibiy   qismlarini   tashkil   boTishida   antropogen   urochishalar   bilan   bir   qatorda
inson   xo'jalik   faoliyati   ta'sirida   kuchli   degrada-tsiyalashgan   cho'l   va   chala   cho'l
urochishalar ham ishtirok etadi.
Tog'oldi tekislik voha joy tipining xarakterli urochishalari . Kattaqo'rg'on
voha   landshafti   tarkibidagi   tog'oldi   tekislik   joy   tipining   morfologik   strukturasi
ancha murakkabligi bilan farq qiladi. Uning murakkabligi joyning litologik tarkibi,
er   usti   tuzilishi,   relefining   nishabligi   va   parchalanganligi,   tuproq   qoplamimng
yuvilganlik   va   sho'rlanish   darajasi   va   boshqa   omillarga   bogTiq.   Bu   erdagi
tanlangan   uchastkalarda   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   quyidagi   xarakterli
urochishalar tizimi ajratilgan: tog'oldi to'lqinsimon tekislikdagi sug'oriladigan tipik
bo'z   tuproqli   vohalar,   tog'oldi   qiya   tekisligidagi   sug'o-riladigan   o'rtacha   soz   tipik
bo'z   tuproqli   vohalar,   tog'oldi   tekisligi   soylik-laridagi   sug'oriladigan   o'tloq-bo'z
tuproqli   vohalar,   allyuvial-prolyuvial   tekisliklardagi   sug'oriladigan   tipik   bo'z
tuproqli   vohalar,   allyuvial-pro-lyuvial   tekisliklardagi   sug'oriladigan   kam
sho'rlangan o'tloq tuproqli vohalar, yirik to'lqinsimon lyossli tekislikdagi tipik bo'z
tuproqlarda rivojlangan turli xil o't o'simlikli chala cho'l, pastqam joylardagi kuchli
sho'rlangan   o'tloq   tuproqlarda   rivojlangan   ajriq-qiyoq   formatsiyali   o'tloqzorlar,
prolyuvial   tekislikdagi   och   tusli   bo'z   tuproqlarda   shakllangan   efemer-efemeroid
formatsiyali komplekslar va boshqalar (5-chizma).
Shuni   ta'kidlab   o'tish   maqsadga   muvofiqki,   biz   Zarafshon   botig'i   voha
landshaftlarini   tarkibida   antropogen   voha   joy   tiplarini   va   antropogen   voha
urochishalarini   ajratishda   tabiiy   komponentlarning   bir-birlari   bilan   bo'lgan
munosabatlarini majmuali tahlil qilish uslublaridan foydalandik.
2.4. Qarnobcho’l tog’oldi landshaftlari
Qarnobcho’l   Zarafshon   daryosining   so’l   qirg’og’idagi   zirabuloq
tog’larining   janubiy   qismida,   dengiz   sathidan   310   m   balandlikdagi   yerlarni
egallaydi.   Ilmiy   adabiyotlarda   bu   hudu d   “Карнабская   степь”   nomi   bilan
46 yuritiladi.   Iqlim   jihatidan   Qarnobcho’l   o’rta   yer   dengizi   iqlim   tipiga   xosdir,
Qarnaobcho’lning   releyefi   umuman   sharqdan-g’arbga   qarab   pasayib   borishi   va
tekisligi,   shuningdek,   faqat   shimoil   qismigina,   ya’ni   tog’   yonbag’irlari   past-
baland,   to’lqinsimon   bo’lib,   ko’plab   soylar,   vaqtinchalik   oquvchi   suv   yo’llari
bilan bo’lingan. 
Iqlim   ko’rsatkichlari   bo’yicha   qarnobcho’l,   barcha   O’rta   Osiy   cho’llari
singari   qurg’oqchiligi   va   keskin   kontinentalligi   bilan   ajarlaib   turadi.   Ko’p   yillik
o’rtacha   harorati   17,1 0
  С.   Eng   issiq   havo   harorati   iyun-iyul   oylarida   kuzatilib,
soyada   bu   ko’rsatkich   +40+47 0
С   ni   tashkil   qiladi.   Eng   sovuq   havo   harorati
dekabr-fevral  oylarida kuzatilib, ba’zan  20-30 0
С ni  tashkil  qiladi. O’rtacha yillik
havoning nisbiy namligi 30% ni tashkil qilib, yoz faslida bu ko’rsatkich ko’pincha
10-20%   dan  ortmaydi.  Iqlim   diagrammasida  yilning  qirg’oqchil  va  namgarchilik
mavsumlari   yaqqol   ko’rsatilgan.   Yog’ingarchilikning   asosiy   qismi   noyabr-aprel
oylariga   to’gri   keladi.   O’rtacha   yillik   yog’ingarchilik   miqdori,   81,9-297,4   mm
gacha o’zgarib turib, ko’p yillik o’rtacha ko’rsatkich 162,0 mm ni tashkil qiladi.
Tuproqlarining   morfologik   tuzilishi .   Q a r n o b c h o ’ l n i n g   t u p r o q l a r i
o c h   t u s l i   b o ’ z   t u p r o q l a r   h i s o b l a n a d i .   Och   tusli   bo’z   tuproqlar   zonasida   yil
davomida   o’rtacha   200-300   mm   yog’in   yog’adi.   Tuproqlarning   ustki   qatlamidagi
sho’r tuzlar yaxshi yuvilmaydi, ma’lum chuqurlikda, taxminan 40-60 sm, ba’zan 1-
2   m   pastda   ham   sho’rlangan   qatlamuchraydi.   Och   tusli   bo’z   tuproqlar   boshqa
mintaqa   tuproqlariga   nisbatan   mexanik   tarkibiga   ko’ra   organik   moddalarga
kambag’al   hisoblanadi.   Xaydalma   qatlamda   0,5   dan   1,5   foiz   gumus   bo’ladi.   Och
tusli bo’z tuproqlar mintaqada jami lalmi yerlarning 10 foizni (ta’minlangan lalmi)
jami   sug’oriladigan   foizdan   (ta’minlangan   lalmi)   jami   sug’oriladigan
maydonlarning   18   foizni   tashkil   etadi.   Yangi   sug’oriladigan   yer   maydonlari
(Mirzacho’l,   Jizzax,   Qarshi)   cho’llarining   katta   qismi     och   tusli   bo’z
tuproqlardan   iborat.   Och tusli  bo’z tuprolarning donadorligi yaxshi  emas. Lekin
suv   o’tkauvchanligi   va   yuqori   darajada   kapillyarligi   bilan   ajralib   tuardi.   Shuning
uchun   bir   oz   nishab   yerlarda   och   tusli   bo’z   tuproqli   yerlar   yuvish   natijasida
sho’rsizlantiriladi,   ammo   relyefi   tekis   joylarda   ortiqcha   sug’orish   va   boshqa
47 omillar   ta’sirida   sho’r   yer   osti   suvi   bilan   birga   tuproq   yuzasiga   ko’tarilib,   qayta
sho’rlanishga   sabab   bo’ladi.   Bunday   hol   sizot   suvlarining   sathini   kamaytirish
uchun kollektor zovurlar qazish, tuproq sho’rini yuvsh, ekinlarni sug’orish rejimini
qat’iy tartibga solish, yerlarni tekislash, almashlab ekishni joriy etish, ixotazorlarni
barpo   etish   va   boshqa   tadbirlarni   amalga   oshirishni   taqazo   etadi.   Bo’z   tuproqlar
mintaqasidagi   tuproqlar   tarkibida   gumus,   azot   va   fosfor   miqdori   kam,   organic
moddalar tez minerallashadi. Tuproq strukturasi uncha mustahkam emas. Lekin bu
mintaqa   tuproqlarining   tabiiy   unumdorligi   tekis   sahro   mintaqasidagi   tuproqlarga
nisbatan sezilarli darajada yuqori.
Mexanik   va   mineralogik   tarkibi.   Bo’z-qo’ng’ir   tusli   tuproqlar   turli
tarkibli ona jinslardan shakllanganligi  tufayli, ularning mexanik tarkibi ham
har   xil   bo’lib,   ko’proq  qumloq  va  yengil   qumoq  xillari  tarqalgan.  Bu   tuproqlar
yuzasida ko’pincha qirrali shag’al toshlar bo’ladi. Tuproqning yuqori qatlamlarida
mayda   qum   va   yirik   chang   fraksiyalarining,   illyuvial   gorizontida   esa0,001   mm
dan kichik loyqa zarrachalarining ko’p (11-18%) bo’lishi harekterli. Qarnobcho’l
tuproqlarining   kattagina   qismi   och   sur-qo’ng’ir   tusli   tuproqlardan   iborat.   Bu
tuproqlarda   gipsli   sho’rlainsh   ancha   yuqori   bo’lib   (50-60   sm   chuqlikda),   gumus
miqdori   ham   anchagina—1,17%.   Karbonatlarning   asosiy   qismi   10-20   sm
chuqurlikda   yotadi,   chuqurlikka   kirib   brogan   sari   ularning   miqdori   kamayib
boradi.   Bo’z   sur-qo’ng’ir   va   sur-qo’ng’ir   tuproqlarining   mexanik   tarkibi   turli-
tumanligi   bilan   ajralib   turadi.   Mexanik   tarkibi   jihatidan   Qarnobcho’l   quyidagi
turlarga   bo’linadi:   qumoq-soz   tuproqli   och   tusli   bo’z-qo’ng’ir,   delyuvial-
prolyuvial   qatlamlari   sho’rlangan   tuproqlar,   gipsli-qumoq   och   sur-qo’ng’ir
tuproqlar   va   h.k.z.   Barcha   turdagi   tuproqlarga   zichligi,   mexanik   tarkibi   va
tuzlarning tarkibi jihatidan qatlam-qatlam joylashishi xosdir. Yengil loyqa qatlam
o’rta   loyqa,   qumoq   va   boshqa   qatlamlar   bilan   almashinib   boradi.   Ba’zi
qatlamlarda hajmi 0,001 mm bo;lgan loyqa miqdori 21% ga yetadi.
Tajriba   dala   tuproqlarining   suv-fizik   xususiyatlari.   Bo’z-qo’ng’ir   tusli
tuproqlarning   suv-fizik   va   agrokimyoviy   xosslari   ancha   noqulay,   tuproq   va   ona
jinslarda   gipsning   ko’p   va   yaqin   joylashganligi,   relyefning   murakkabligi   singari
48 sababli,   bu   tuproqlarni   o’zlashtirish   ancha   murakkab.   Tuproq   zarrachalarining
solishtirma hajmiy og’irligi zichligi 1,72 dan 1,37 g/sm 3
  gacha o’zgarib turadi  va
bu   ularning   kelib   chiqishining   turlicha   ekanligidan   dalolat   beradi.   Ular   orasidagi
farq   faqat   tog’   jinsi   parchalarining   mayda   tuproq   zarrachalari   bilan   birlashish
nisbatlari va sementlashganlik darajasi bilan ifodalanadi. Xaydalma qatlam zichligi
1,45-1,50  g/sm 3
,  tog’  jinsi   bo’laklari   ko’proq  uchraydigan  quyi   qatlamlar   zichligi
1,72 g/sm 3
. Umumiy kovakligi 48% gacha bo’lib, aeratsiya tuproqning kovakligi32
foizdan   45   foizgacha,   maksimal   gigroskopikligi   esa   10,4%   dan   2,2%   gacha
ozgaruvchanlikka ega.
O’simlik   qoplami.   Qarnobcho’lning   o’simlik   qoplamida   shuvoq-efemer
o’simliklar guruhi bilan birga, faqatgina efemer o’tlardan tashkil topgan guruhlar
ham   uchraydi.   Bunga   sabab,   tuproqning   kimyoviy   va   mexanik   xususiyatlaridir.
Lekin, Qarnobcho’l o’simlik qoplamiga ko’proq shuvoq va efemer  va efemeroid
turlarning birgalikda uchrashlari o’ziga xosdir, ya’ni ular birgalikda bitta o’simlik
qavmini   (fitotsenoz)   tashkil   qilishadi.   O’rta   Osiyo   cho’llari   o’simlik   qoplami
xususiyatlariga ko’ra 4 ta asosiy  tiplarga bo’lingan:  buta-o’tchil; o’tchil-sho’rali;
yarim   buta-efemerli   va   efemerli.   Umuman   olganda,   cho’l   mintaqasi   o’simlik
qoplami   hayotiy   formalar   va   turlarning   xilma-xilligi   bilan   ajaralib   turadi.   Olib
borilgan tadqiqotlariga ko’ra, Qarnobcho’l florasida 238 tur gulli o’simliklar qayd
etiligan.   Bu   o’simlik   turlari   138   turkumga   mansub   bo’lib,   shulardan   216   turi
o’tchil   o’simlikar   (90,8%),   12   turi   yarim   butalar   (5,0%)   va   10   turi   (4,2%)   buta
o’simliklardir.   Tadqiqotlar   olib   borilgan   hududning   o’simlik   qoplamida   ancha
ko’p   uchraydigan   turlarga   quyidagilarni     ko’rsatish   mumkin:   shuvoq   -Аrtemisia
diffusa   ,   Krasch.   Ex   Poljak,   A.turanica   Krasch,   Salsola   orientalis   S.Gmel.,
Halothamnus subaphulla (G.A.Mey), Carex pachyustulis L., Gade stritata Markel.
Ex   Bunge;   Ferula   assa   foetida   (Bunge)   Regel,   Anisantha   tectorum   (L) .   Nevski,
Bromus danthanige Trin, Malkolmia turkestanica Litv., Trigonella noeana Boiss.,
leptaleum   Filefolim   (Willd)   DS   arpog’on   turlari   - Eremopyrum   orientale   (L.)
Gaub.   1   Spach,E.   hirsitum   (Bertel.)   Nevski   va   boshqalar   ko’plab   uchraydi.
Qarnobcho’l tabiiy florasida bir yillik sho’ra o’tlardan seta -Salsola scleranta,  baliq
49 ko’z   -Climacoptera   lanata,   quyonjun -Halocharis   hispida   kabilar ,   dag’al   poyali
o’simliklardan   esa   yantoq   -Alhagi   pseudalhagi,   karrak   Сousinia   resinosa
uchraydi .   Shuvoq-efemerli   Qarnobcho’l   yaylovlari   ozuqasining   asosini   shuvoq
tashkil   qiladi   va   faqat   15-20%   ni   efemer   o’tlar   tashkil   qilib,   faqat   bahor
mavsumida   qorako’l   qo’ylari   ozuqasining   40-50%   ini   aynan   shu   barra   o’tlar
tashkil   qiladi.   Ozuqa   zaxiralari   bunday   yaylovlarda   turli   yillarda   gektaridan   1,6-
3,0   sentner   quruq   massa   bo’lib,   yil   mavsumlari   bo’ylab   ham   keskin   o’zgarib
turadi.   Ayniqsa,   kuz   va   qishki   mavsumlarda   ozuqa   tanqisligi   yuzaga   keladi   va
yuqori hosilli kuzgi-qishki yaylovlar yaratishning ahamiyati yanada ortadi.
2.5. Malikcho'l tog'oldi tekislik landshafti
Malikcho'l   yassi   tekisligi   Zarafshon   daryosi   quyi   oqimining   so'l   qismida
joylashgan.   Ma'muriy   jihatdan   O'zbekiston   Respublikasi   Navoiy   va   Buxoro
viloyatlari   hududlariga   to'g'ri   keladi.   Bu   rayonning   sharqiy   va   g'arbiy   chegaralari
34°   28'   va   34°   SI 1
  meridian   bo'ylab   o'tadi.   Malikcho'l   massivi   unchalik   chuqur
bo'lmagan   jarliklardan,   qum   tepaliklardan   va   onda-sonda   ko'zga   tashlanuvchi
qo'rg'onlardan iborat.
Zarafshon   vohasi   tog ' orasimon   shaklda   bo ' lib ,   Ziyovuddin   va   Azkamar
tog ' larining   kirib   kelgan   qismi ,   ya ' ni   g ' arbiy   qismi   birozgina   ochiq .   Ushbu
botiqning eng toraygan qismi  Hazora yo'lagi hisoblanadi. Malikcho'l  tekisligining
shimoli-sharqiy qismi voha bilan almashinadi va asta-sekin Qiziltepa to'lqinsimon
platosining   sahro   kengliklari   bilan   tutashadi,   shimoliy   qismida   Zarafshon   daryosi
bilan   tutashadi,   janubdan   T o’ rato g’   tizmalari   bilan   chegaralangan.   Hazora   darasi
o'ng   tomondan   Oftobachi,   chap   tomondan   Qiziltepa   platolarini   hosil   qilgan
konglomeratdan   iborat   bo'lib,   u   18   m   qalanlikka   egadir.   Bu   konglomeratlar   2   m
dan   iborat   qotib   qolgan   shag'al   qorishmasi   bilan   qoplangan.   Ustki   qismi   qum,
loydan   iborat.   Er   qatlamining   bunday   tuzilishi   bizning   tekshirishlarimiz   tufayli
50 tasdiqlangan. Shag'altosh qotishmalari mayda (1-2 sm) qattiq gipsli kristallsimon,
ba'zan juda qattiq qatlamlar ham uchraydi.
Malik yassi tekisligi shimoldan Zarafshon daryosining balandligi 5-6 m dan
16-20   m   gacha   bo'lgan   tik   jarliklari   bilan   tutashib   ketgan.   Buxoro   vohasidan
balandligi   7   m   gacha   bo'lgan   tik   qiyaliklar   bilan   ajralib   turadi.   Tog'lardan
boshlangan  nishablik  janubda 0,02 m, shimolda  0,005 m. Malikcho'l  massivining
janubiy relefi Azkamar va   T o’ rato g’   past va yassi tog'laridan, tog' etaklari bo'ylab
cho'zilib ketgan jarliklardan iborat. Biz o'rganib chiqqan hududning relefi tekislik
va   qiya   mshabliklar   bilan   xarakterlanadi.   Deyarli   barcha   tekisliklardan   yaylovlar
sifatida   foydalanadi.   Yog'ingarchilik   juda   kam   bo'lganligi   tufayli   iqlimi   quruq.
Shuning uchun ekin ekishda lalmi er sifatida foydalanib bo'lmaydi.
Malik   cho'lining  iqlimi   o'ta  kontinental   bo'lib,  janubiy   cho'llarga   xos.   O'rta
Osiyo cho'llarining iqlim  sharoiti  L.S. Berg (1913), L.N. Babushkin  (1959), E.N.
Balashov   (1963)   ilmiy   ishlarida   ta'kidlab   o'tilgan.   E.P.   Korovin   va   E.N.
Kashkarovlar (1933) Malik cho'li  iqlimining qishi  juda qisqa, o'ta sovuq, bahorgi
seryog'in   va   beqaror   jazirama   yozi   uzoq   davom   etishi,   kuzda   esa   qisqa
namgarchilik davrini boshidan kechirishini ta'kidlaydilar.
Cho'lning   shimoliy   va   janubiy   qismiga   xarakteristika   berishda   Navoiy
meteorologik stantsiyasi kuzatuv materiallaridan foydalandik. Bu rayonning iqlimi
subtropik kontinental  iqlimga  xos bo'lib, yillik yog'in miqdori  o'rtacha  170 mmni
tashkil   etadi. Havo  haroratini   absolyut   maksimumi   48° S bo'lib,  iyul  oyiga  to'g'ri
kelsa,   absolyut   minimumi   -29°   S   bo'lib,   dekabr   oyiga   to'g'ri   keladi.   Issiq   kunlar
230 kunni  tashkil  etadi. Foydali  issiq haroratning umumiy hajmi 2529° ni tashkil
etadi.   Havo   haroratining   namligi   vegetatsiya   davrida   29   %   gacha   bo'ladi.   Kuchli
shamollar   5   m/s   dan   yuqori,   10-15   kun   davomida   bo'ladi.   Shamollar   asosan
shimoli-sharqiy va sharqiy yo'nalishlar bo'yicha esadi. Yil davomida suv havzalari
yuzasidan 155 sm qalinlikdagi suv atmosferaga bug'lanib ketadi.
Er yuzasining qor bilan qoplangan kunlari 6-9 kun, qor qatlamining qalinligi
esa   1-3,2   sm,   tuproq   qatlamining   muzlash   chuqurligi   19-20   sm   ni   tashkil   etadi.
O'rganilayotgan   rayonning   xarakterli   iqlim   xususiyatlaridan   biri   bir   mavsumdan
51 ikkinchi   mavsumga   o'tishdagi   qarama-qarshilikdir.   Asosan   qish   mavsumidan
yozga o'tish davridagi kunlik va yillik temperatura amplitudasi, bulutli kunlarning
kamligi,   havoning   quruqligi   bilan   xarakterlanadi.   Yildan-yilga   meteorologik
o'zgarishlarning keskinligi bu rayondagi qishloq xo'jaligini yuritishga alohida ta'sir
ko'rsatadi.
A.N.   Rozanov   (1951)   manna   shunday   qarama-qarshi   gidrometeorologik
sharoitlardan   kelib   chiqib,   bu   erda   asosan   ikki   bosqichli   -   iliq   va   namli   bahor
(mezometrik) qisqa davom etuvchi, issiq va quruq (kserotermik), ammo biroz uzoq
davom etadigan yoz mavsumini ta'kidlab o'tadi.
Yil mavsumlarining xarakterli  jihati shundaki, asosiy yog'ingarchiliklar  qish-
bahor   mavsumiga   to'g'ri   keladi.   Yozda   yog'ingarchilik   deyarli   bo'lmaydi.   Bu
davrda havo va tuproqning harorati juda baland bo'ladi. Havoning o'rtacha harorati
iyun   oyida   +27°   S,   +29°   S   ni   tashkil   etadi.   S.   Alimaganbetovning   ma'lumotiga
ko'ra   (1966)   Konimex   depressiyasining   sug'orilmaydigan   qismidagi   tuproq   yuza
qatlamining   harorati   +70°   S,   +75°   S   ni   tashkil   etsa,   sug'oriladigan   erlar   tuproq
qatlamining harorati shu davrda +35° S, +40° S ni tashkil etadi.
V.M.   Legostaev   va   B.S.   Konikovlarning   (1967)   ma'lumotlariga   ko'ra   kam
sho'rlangan tuproq yuzasidagi  yillik bug'lanish miqdori 3542 mm ni tashkil etadi.
Bu   yillik   yog'ingarchilikdan   30   marta   miqdorni   ko'rsatadi.   D.M.   Kats   (1957)
ma'lumotiga   ko'ra   Qorako'lda   yillik   o'rtacha   bug'lanish   miqdori   1933   mm,
Buxoroda   esa   2080   mmni   tashkil   etadi.   Malik   cho'lining   iqlim   sharoiti   erlarni
sug'orib ekin etishtirish uchun qulaydir. Novoiy meteostantsiyasida ko'p yillik olib
borilgan   kuzatishlar   asosida   to'plangan   ma'lumotlar   3-4-5-6-jadvallarda
ifodalangan.
Malik cho'li hududining er qatlamining yuzasi kulrang-qo'ng'ir tusdagi  qattiq
tuproqdan tashkil topgan. Bunday tuproq maydoni 50 ming gektarni tashkil etadi.
Bu   tuproqning   o'ziga   xos   xususiyati   shundan   iboratki,   uning   yuzasi   qalin   nurash
po'sti   bilan   qoplangan.   Bu   po'stloqning   qalinligi   0,5-1,5   sm   ni   tashkil   etadi.
S. Mirzaev (1969) Malik cho'li hududida joylashgan tuproqlarni qo'yidagi turlarga
ajratadi:
52 1. Kulrang-qo'ng'ir,   gipslashgan,   kuchsiz   sho'rlangan,   ba'zan   sho'rlanmagan
tuproq.
2. Kulrang-qo'ng'ir, o'rtacha gipslashgan, o'rtacha sho'rxok.
3. Kulrang-qo'ng'ir, kuchli gipslashgan, o'rtacha sho'rxok.
4. Kulrang-qo'ng'ir tusli, kuchli gipslashgan, o'rtacha sho'rxok.
5. Kulrang-qo'ng'ir   tusli,   chuqur   gipslashgan,   kuchli   sho'rlangan,   kuchsiz
emirilgan.
6. Kulrang-qo'ng'ir, gipslashgan, o'rtacha sho'rxok, kuchsiz emirilgan.
7. Kulrang-qo'ng'ir,   kuchli   gipslashgan,   o'rtacha   sho'rlangan,   kuchsiz
emirilgan.
Bunday   tuproqlarning   0-30   sm   qalinlikdagi   qatlami   kuchli   gipslashgan ,
30-60  sm   qalinlikdagi   qatlami   kuchsiz   gipslashgan , 60  sm   cho ' qurlikda   tuproqning
chuqur   gipslashgan   qatlami   joylashgan .
       
53 Jadval – 3
NAVOIY  SHAHAR METEOSTANTSIYASINING 2008 YILGI IQLIM  КО  RSATKICHLARI
IQLIM
  КО' RSATKICHLARI О   Y L   A R
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Havo harorati, °S 1,7 2,4 9,1 15,4 20,8 28,8 27,6 25,9 19,6 12,7 9,3 5,2
Yog'ingarchilik, mm 26,5 18,6 51,2 49,1 30,4 1,8 0 0 0 11,6 24,2 21,0
Havoning nisbiy namligi,  % 60,0 72,0 66,0 68,0 48,0 37,0 38,0 42,0 50,0 66,0 73,0 74,0
Tuproq harorati  0-5  sm 0,8 3,0 9,8 16,8 23,6 28,7 30,4 28,1 23,0 15,3 10,3 6,0
5-10  sm 1,7 3,6 9,6 15,9 22,5 28,0 29,9 28,0 23,0 15,7 1 1,3 6,6
10-15  sm 2,0 3,8 9,4 15,2 22,2 27,3 29,4 27,7 23,0 16,1 11,7 7,3
15-20  sm 2,4 4,0 9,3 14,9 21,2 26,7 28,8 27,5 23,1 16,5 11,0 7,8
Bahorgi   va   kuzgi   eng   kechki
sovuq   tushishlar -1,4
16/ III -1,0
1/XI
Sovuqsiz davr davomiyligi 8,0 12,0 27,0 30,0 31,0 30,0 31,0 31,0 30,0 31,0 15,0 10
Jadval - 4 NAVOIY SHAHAR METEOSTANTSIYASINING 2009 YILGI IQLIM КО  RSATKICHLARI
IQLIM
K O’ RSATKICHLARI 0  YL AR
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Havo harorati, °S 6,9 8,0 9,1 15,2 21,3 19,6 28,5 26,0 20,3 12,5 5,1 3,5
Yog'ingarchilik, mm 6,6 6,5 40,4 13,2 8,8 0,9 5,2 0 0 14,9 0,8 12,8
Havoning nisbiy namligi,
% 65,0 69,0 68,0 57,0 35,0 32,0 36,0 47,0 45,0 60,0 58,0 65,0
Tuproq harorati  0-5  sm 5,1 8,5 10,4 17,4 23,9 30,8 31,9 31,2 24,5 15,2 7,0 4,0
5-10  sm 5,5 8,6 10,1 12,0 23,6 29,7 30,8 29,9 24,2 16,1 8,4 5,2
10-15  sm 5,8 8,4 10,3 16,1 22,4 29,0 30,0 29,5 24,3 16,6 9,3 5,9
15-20  sm 6,1 8,7 10,4 16,1 22,0 28,5 29,6 29,2 24,3 17,0 9,9 6,4
Bahorgi   va   kuzgi   eng
kechki   sovuq   tushishlar -0,9
26/111 -3,2
18/X
Sovuqsiz davr
davomiyligi 16,0 22,0 26,0 30,0 31,0 30,0 31,0 31,0 30,0 30,0 11,0 -
Jadval - 5
55 NAVOIY SHAHAR METEOSTANTSIYASINING 2010 YILGI IQLIM КО  RSATKICHLARI
IQLIM
КО'  RS ATKICHLARI 0   Y L   A R
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Havo harorati, °S -0,6 3,2 31,2 15,7 23,4 26,9 29,1 25,6 18,6 13,6 9,2 4,1
Yog'ingarchilik, mm 19,2 41,7 17,0 18,3 77,0 0 0 0 0 12,3 27,8 12,8
Havoning nisbiy namligi,
% 81,0 71,0 60,0 55,0 40,0 36,0 32,0 38,0 47,0 62,0 70,0 67,0
Tuproq harorati  0-5  sm 3,5 9,6 17,5 25,9 29,6 32,6 29,5 23,3 16,8 9,8 4,3 4,0
5-10  sm 3,6 9,8 16,4 24,3 28,0 30,8 28,8 23,6 17,6 11,2 5,1 4,3
10-15  sm 3,8 9,4 15,9 23,6 27,1 30,3 28,6 23,6 17,9 11,4 6,2 4,8
15-20  sm 3,9 9,2 14,8 22,6 26,2 29,2 27,5 21,5 15,7 10,9 5,8 5,0
Bahorgi   va   kuzgi   eng
kechki   sovuq   tushishlar -0,9
3/III -2,2
29/X
Sovuqsiz davr
davomiyligi 10,0 14,0 23,0 30,0 31,0 30,0 31,0 30,0 30,0 18,0 9,0 -
Jadval -6
NAVOIY SHAHAR METEOSTANTSIYASINING 2010 YILGIIQLIM КО  RSATKICHLARI
56 IQLIM
K O’RSATKICHLARI 0  YL AR
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Havo harorati, °S -4,5 3,5 10,4 13,7 20,9 25,9 29,6 25,1 19,4 9,4 7,7 -1,0
Yo g’ ingarchilik,  mm 14,4 31,6 57,2 106,1 13,0 0 0 0 0 0 7,0 104,8
Havoning  nisbiy
namligi,  % 69,0 76,0 68,0 76,0 48,0 38,0 42,0 42,0 48,0 54,0 51,0 66,0
Tuproq harorati  0-5  sm -1,4 3,9 10,7 14,7 24,4 29,8 31,6 29,2 23,4 14,0 9,0 1,9
5-10  sm -1,2 3,6 10,5 14,6 24,2 26,8 31,3 29,1 23,3 14,1 9,3 2,1
10-15  sm -1,0 3,8 10,4 14,8 23,7 29,0 30,9 28,8 23,5 14,4 9,2 2,8
15-20  sm 0,3 3,9 10,2 14,3 23,1 26,2 30,3 28,5 23,6 15,0 9,6 3,0
Bahorgi   va   kuzgi   eng
kechki   sovuq   tushishlar -5,8
5/III -1,0
8/X
Sovuqsiz davr
davomiyligi 0 19,0 25,0 30,0 31,0 30,0 31,0 31,0 30,0 24,0 16,0 3,0
57 Erning   yuza   qatlami   qalanligi   0.2-1   sm   sariq   suglinkali   tuproq,   pastroqda   esa
qumoq va qumli qatlamlar yastanib yotibdi. Gipsli gorizont joyning relef elementlariga
bog'liq   holda   har-xil   chuqurlikda   joylashgan.   Tuproq   qatlami   tuzlarni   joylashishini
D M .   Kuchugov  (1940)   temiryo'l   liniyasi   bo'ylab  o'rganib  chiqqan.  Joyning  relefi  tog'
yonbag'ri tekisligi, prolyuvial qatlamlardan iborat.
Tuproqning   morfologik   tuzilishi:   0-10   sm   da   rangi   sarg'ish,   serkesak,   yuza   qismi
qatlami   kulrangda,   mexanik   tarkibi   suglinkali   tuproqdan   iborat.   Kesib   ko'rilganda   oq
dog'lar ko'zga tashlanadi. 10-20 sm  da   gips dog'li qo'ng'ir-sarg'ish tusli, mexanik tarkibi
suglinkali   tuproq.   Tuproq   tarkibida   ko 'p   miqdorda   mayda   shag'altosh,   kvarts   dipiidda
jinslar uchraydi. 45-55 sm da sarg'ish rangda, shaklsiz bir qancha gips va bo'r uchraydi.
55-65 sm da qo'ng'ir tusli, suglinkali, boshqa qatlamlarga nisbatan gips ko'p.
Malik cho'li o'simlik qoplami asosan yarim butasimon bo'lib, bahor va yoz davrida
gurkirab rivojlanadi. E.P. Korovin va D.N. Kashkarov O'rta Osiyo   va   Qozog'istonda 4
ta asosiy cho'l zonasini belgilaydilar: qumli, tuproqli, sho'r tuproqli  va   gipsli. Ular gipsli
cho'lda   o'sadigan   gipsofitlarni   aniqlaganlar.   Malik   cho'li   massivida   gips   cho'llarida
o'simliklar rivojining uch davrini ko'rib chiqamiz:
1. Shuvoq.
2. Gulsapsar.
3. Pechak.
Shuvoq   qalinligi   avvalo   tuproq   tarkibidagi   shag ' al ,   qumlarga   bog ' liq   bo ' lib ,   ayrim
shuvoqlarning   oralig ' i   50-80   sm   bo ' lsa ,   ba ' zi   joylarda   1,5-2   m   ni   tashkil   etadi .   Malik
cho ' li   shuvoqzorlarida   bir   qancha   shuvoq   turlari   mavjud .
Gulsapsar   maydoni   Malik   cho ' lining   sharqiy   qismi   bo ' ylab   yastanib   yotadi .
Gulsapsarning  balandligi  70-80 sm  dan, 100 sm  gacha,  oralig'idagi  masofa 0,5-2 m  ni
tashkil   etadi.   Shuvoqdan   farqli   o'laroq   gulsapsarning   asosiy   vegetatsiya   davri   bahor
fasliga   to'g'ri   keladi.   U   may   oyining   birinchi   yarmida   gullab,   cho'lda   ajoyib   va   go'zal
manzara   hosil   qiladi.   Karmana   rayonidan   boshlanib   g'arbda   Malik   cho'li   tomon
tarqalgan   gulsapsar   sekin-asta   gips   qatlamidan   o'sib   chiquvchi   dala   pechagi   bilan almashinib   boradi.   Cho'lda   tekshiruvchilar   tomonidan   hammasi   bo'lib   25   turdagi
bahorda ko'karib, yozda qurib qoladigan o't-o'lanlar aniqlangan.
Cho'l pechaklari Malik cho'lining gipsli va shag'al toshli hududlarida ko 'p   uchraydi.
B.S.   Zakrjevskiy   (1934)   gips   qatlamining   cho'l   o'simliklari   ildiz   sistemasiga   ta'sin
to'g'risidagi ishida gipsning ayrim o'simliklarga salbiy ta'siri to'g'risida yozadi. Barglari
juda   mayda,   yon   shoxlari   kam   taraqqiy   etgan,   gullari   juda   kam,   umuman   o'simliklar
juda   past   o'sadi.   Gips   qatlami   cho'l   o'simliklari   ildiz   sistemasining   rivojlanishiga
to'sqinlik qiladi. Malik cho'li o'simlik qoplami juda siyrak bo'lib, pastliklarda 35-40 %
ni, balandliklarda esa 20-25 % ni tashkil etadi. O'simlikning bunday tipi-dukkamligidan
juda   kam   xirmon   to'plash   mumkin.   Sug'oriladigan   kulrang-qo'ng'ir   tuproqli   erlarda
paxta.   beda   va   mevali   ekinlar   ekiladi.   Bunday   maydonlarni   muntazam   sug'orib   turish
natijasida yuqori hosildorlikka erishish mumkin.
Malikcho'l tog'oldi tekislik landshaftining morfologik strukturasi.   Malik cho'li
Iandshafti   tog'oldi   prolyuvial   tekisligida   tarkib   topgan   bo'lishiga   qapamasdan,   uning
morfologik   strukturasi   ancha   murakkab   tuzilgan.   Bular   yassi   prolyuvial   tekislik   cho'l,
kam parchalangan qiya tekislik cho'l, qayir va qayir usti terrasa joy tiplaridan iborat.
Tog'oldi   yassi   prolyuvial   tekislik   joy   tipi   gipslashgan   soztuproq-gilli   va   qumoq
yotqiziqlardan   tarkib   topgan   bo'lib,   u   Malikcho'l   landshaftining   shimoliy   qismida
joylashgan.   Bu   erda   mayda   zarrachali   yotqiziqlar   keng   tarqalgan   bo'lib,   ularning
qalinligi   2-3   m   dan   oshmaydi.   Joy   tipining   relefi   yassi,   tekis,   bir   xil   ko'rinishga   ega.
Voha   landshaftlari   bilan   tutash   bo'lgan   joylarda   grunt   suvlarining   chuqurligi   3-5   m   ni
tashkil  etadi. Janubga  va sharqqa  borgan  sari  grunt  suvlarining chuqurligi  10 m  gacha
pasayib   ketadi.   Tuprog'i   sho'rlangan   sur-qo'ng'ir   tuproqlardan   iborat.   Ularning   katta
qismi o'zlashtirilgan va sug'oriladigan madaniy tuproqlarga aylangan.
Kam   parchalangan   tog'oldi   qiya   tekislik   cho'l   joy   tipii   Malikcho'l   landshaftining
janubiy   balandroq   qismida   tor   polosa   hosil   qilib   joylashgan.   Mayda   zarrachali
yotqiziqlar qumoq jinslar va soz tuproqlardan iborat bo'lib, ularning tarkibida dag'al tosh
parchalari keng tarqalgan. Bu erdagi barcha yotqiziqlar kuchli gipslashgan.
Tavsilot   berilayotgan   joy   tipining   er   yuzasi   keng   to'lqinsimon   xarakterga   ega,
umumiy   qiyaligi   shimol   va   shimoli-g'arb   tomon   yo'nalgan.   Sharqiy   tomondagi   kuchli
59 nishabli   qismida   erozion   jarayonlar   yaxshi   rivojlangan,   mayda   jarlar   keng   tarqalgan.
Tuproq   qoplami   engil   suglinkali   sur-qo'ng'ir   tuproqlardan   iborat.   O'simlik   qoplamida
shuvoq, iris, sho'ra, yantoq, efemer va efemeroidlar ko'pchilikni tashkil etadi.
Qayir   usti   terrasa   voha   joy   tipi   shag'al   toshlardan   tarkib   topgan   bo'lib,   ularning
yuza   qismini   mayda   zarrachali   soz   tuproqlar,   gillar   va   qumoq   jinslar   qoplab   olgan.
Birinchi terrasadagi shag'al toshlarning qalinligi 5-6 m ni, ikkinchi terrasada esa 0,6-1 m
ni   tashkil   etadi.   Birinchi   terrasa   suv   sathidan   1-1,2   m,   ikkinchi   terrasa   3-4   m   baland
ko'tarilib turadi. Qayir usti terrasalarida grunt suvlarining chuqurligi 2-3 m atrofida. Joy
tipining  barcha   hududi  kuchli  o'zlashtirilgan   va  agrolandshaftlar   bilan  band.  Shu  bilan
birga bu erda seliteb va irrigatsion landshaftlar ham rivoj topgan.
Barcha   joy   tiplari   o’ziga   xos   bo’lgan   tabiiy   va   antropogen   voha   urochishalar
yig’indisidan   tarkib   topgan.   Bular   Malikcho’l   landshafti   sharoitida   melioratiy   chora-
tadbirlarini qo’llashni taqozo etadi .
60 61 62 III .  BOB. 
ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG’LARI VA TOG’OLDI TEKISLIK
LANDSHAFTLARINING   GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR
3.1.  To g’  oldi tekisliklarini  sug'orish natijasida  vujudga kelgan geoekologik
muammolar
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   prolyuvial   tekislik   landshaftlarining
umumiy maydoni 8368 km 2
 ni tashkil etadi.  Shundan past tog' landshaftlariga 1845 km"
va tog'oldi prolyuvial tekislik landshaftlariga 6523 km 2
 maydon to'g'ri keladi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   prolyuvial   tekisliklari   tabiiy   geografik
regioni   hududida   Malikcho'l   massivi   eng   kuchli   o'zlashtirilgan   tog'oldi   prolyuvial
tekislik   cho'l   landshaftlaridan   hisoblanadi.   Respublikamizda   joylashgan   Mirzacho'l,
Qarshi, Nishon, Qarnob cho'llari kabi  Malik cho'li  ham kuchli  o'zlashtirilgan hududlar
qatoriga kiradi. Malikcho'l massivida  Navoiy  viloyati Navoiy tumanining  «А.  Navoiy»,
63 «K.   Musaev».   «lbn   Sino»,   «0'zbekiston»,   «Hazora»   shirkat   xo'jaliklarining   hamda
Qiziltepa   tumamng   «Malikcho'l»,   «Malikobod»   shirkat   xo'jaliklari   va   yordamchi
xo'jaliklarining sug'oriladigan erlari joylashgan.
Malik   cho'lining   o'zlashtirilishi,   sug'oriladigan   erlar   maydonining   kengayishi,
sug'orishda   agrotexnika   qoidalariga   amal   qilmaslik,   sug'orish   tarmoqlarining
samaradorligi   kamligi   va   agromelioratsiya   tadbirlarining   talab   darajasida   emasligi
sababli   bu   hududda   turli   ekologik   muammolar   vujudga   kelishiga   sabab   bo'lgan.   Bular
ichida eng dolzarblari O'zbekiston hududidagi barcha yangi o'zlashtirilgan hududlardagi
singari grunt suvlari sathining er yuzasiga yaqin ko'tarilishi va erlarning sho'rlanishidir.
Malik   cho'lining   sug'oriladigan   er   maydoni   6,7   ming   gektarni   tashkil   etadi.
Cho'lga suv Navriy nasos stantsiyasi yordamida «Shofrikon» kanalidan olib tashlanadi.
2000   yilda   sug'orishga   54,5   mln.   m 3
  miqdorida   suv   olindi   va   bu   suvlarning
mineralizatsiyasi o'rtacha, tarkibi xlorli-ionli bo'lib, 0,26 g/1, boshqa qoldiq tuzlar 1,40
g/1 ni tashkil etdi.
Tekislik   erlarning   sug'orilishi   hududning   tabiiy   gidrogeologik   holatini
o'zgarishiga   olib   keladi.   Natijada   grunt   suvlarining   sathi   ko'tariladi.   Sho'rlangan   va
botqoqlashgan   erlar   maydoni   kengayadi.   Malik   cho'lida   katta   hududlarda   sug'orish
ishlarini   olib   borilishi   grunt   suvlari   sathini   ko'tarilishiga   olib   keldi.   Navoiy   viloyat
statistika   boshqarmasidan   olingan   ma'lumotlarga   ko'ra   grunt   suvlarining   sathini
ko'tarilish tezligi qadimdan sug'oriladigan erlarda 30-40 sm, yangi o'zlashtirilgan erlarda
1   m   gacha   etadi.   « O’ zbekgidrogeologiya»   tashkilotining   ma'lumoti   bo'yicha   grunt
suvlarining   sathi   qadimdan   sug'oriladigan   erlarda   1   m   dan   3   m   gacha,   yangi
o'zlashtirilgan   erlarda   esa   3-5   m   gacha   etadi.   Cho'l   hududining   o'zlashtirilishigacha
grunt   suvlarining   yotish   sathi   4-5   m   bo'lgan.   O'zlashtirilgandan   keyin   1,5-3   m   gacha
bo'lgan   erlar   maydoni   kengayib   boradi.   Bu   esa   birinchi   navbatda   hududda   tabiiy
drenajning   yo'qligidir.   T.   Radjabov   va   A.   Botirovlarning   (1991)   ma'lumoticha   Malik
cho'lining janubiy qismida grunt  suvlarining sathi  keyingi  10-15 yil  ichida 2-2,5 m ga
ko'tarilgan bo'lsa, sho'rlangan erlarning maydoni 5 martaga yaqin ortgan. Sug'orish bilan
faqat   grunt   suvlarining   sathini   ko'tarilishi   bog'liq   bo'lmasdan,   balki   ular   tarkibining
sifatiy o'zgarishiga ham bog'liqdir.  « O’ zbekgidrogeologiya»  tashkilotining ma'lumotlari
64 shuni   ko'rsatadiki,   qayirda   grunt   suvlari   sathi   ko'tarilgan   bo'lsa,   shu   joylarda   er   osti
suvlarining minerallashish darajasi 2-3 g/1 dan 20-25 g/1 gacha ko'tarilgan.
Malik cho'lida zovur  tarmoqlarining umumiy uzunligi  180,4 km  ni  tashkil  etadi,
shundan   51,6   km   xo'jaliklararo   va   128,8   km   xo'jaliklar   ichidagi   zovurlardir.   Yopiq
drenajlar   qurilmagan.   Hududdagi   er   osti   suvlari   Malikobod   zovuri   orqali   Zarafshon
daryosiga   tashlanadi.   1996   yilda   16,9   mln.   m 3
  er   osti   sho'r   suvi   Zarafshon   daryosiga
chiqarilgan. Bu sug'oriladigan er maydonlaridagi sho'r suvlarning 31 % ini tashkil etadi.
Zovur   suvlarining   mineralizatsiyasi   o'rtacha   bo'lib,   tarkibi   xlorli   0,52   g/1   va   boshqa
tuzlar  4,41 g/1 ni  tashkil  etadi. Er  osti  suvlarining joylashish  chuqurligi  va sho'rlanish
darajasi 7-8-jadvallarda ifodalangan.
Malik   cho'lini   o'zlashtirish   natijasida   yuzaga   kelgan   muammolardan   biri   grunt
suvlarini   sathini   ko'tarilishi   bilan   bog'liq   bo'lgan   tuproqlarning   sho'rlanishidir.
Sug'oriladigan erlar  maydonining kengayishi  tufayli  Malik cho'lida shimolda Qiziltepa
balandliklari, janubda Qoratog' va Azkamar balandliklaridan cho'l hududining markaziy
qismiga   tomon   tuproqlarning   sho'rlanish   darajasi   ortib   boradi.   Qadimgi   kuchsiz
sho'rlangan erlar sug'orma dehqonchilik rivojlangandan keyin kuchli sho'rlangan erlarga
aylandi,   ayrim   pastqam   joylarda   sho'rxoklar   vujudga   kela   boshladi.   Kollektor-drenaj
tarmoqlarining   qo'rilishiga   qaramasdan   bu   jarayon   rivojlanib   yangi   sug'oriladigan
erlarni   ham   qamrab   olmoqda.   Mutaxassislarning   bashorat   qilishlaricha   Qiziltepa,
Qoratoq,   Azkamar   balandliklari   yonbag'rlarining   o'zlashtirilishi   Malik   cho'lida   grunt
suvlarini   ko'tarilishi   va   eralarni   sho'rlanish   darajasini   yanada   oshishiga   sabab   bo'ladi.
Chunki   Malik   cho'li   bu   balandliklar   o'rtasida   joylashgan   va   grunt   suvlarini   to'planish
bazisi   hisoblanadi.   Huddi   shunga   o'xshash   jarayonlar   Qarshi,   Mirzacho'llarai
o'zlashtirilganidan   keyin   ham   kuzatilgan.   Shuning   uchun   ham   Malik   cho'lini
o'zlashtirganda   yuqoridagi   cho'llarni   o'zlashtirilgandagi   sodir   bo'lgan   va   sodir
bo'layotgan jarayonlar sinchiklab o'rganilishi zarur edi.
65 66 Jadval-7
MALIK CHO'LI ER OSTI SUVLARINING JOYLASHISH CHUQURLIGI
Oylar Er maydoni, ming
ga Er osti suvlarining joylashish chuqurligi bo'yicha
0-1  m 1-1,5  m 1,5-2  m 2-3  m 3  m dan yuqori
Aprel 6,7 - 0,2 1,9 3,6 1,0
Iyul 6,7 - 1,3 2,1 2,8 0,5
Oktyabr 6,7 - 1,0 1,2 3,8 0,7
Jadval-8
MALIK CHO'LI ER OSTI SUVLARINING SHO'RLANISH DARAJASI
Oylar Er maydoni, ming
ga Er osti suvlarining joylashish chuqurligi bo'yicha
0-1  m, g/1 1-2  m, g/1 2-3  m, g/1 5-10  m, g/1 10  m, g/1
Aprel 6,7 - 1,2 4,1 0,8 -
Iyul 6,7 - 1,6 4,4 0,7 -
Oktyabr 6,7 - 1,9 4,3 0,8 - Ekinlarni sug'orishda gidromorf meliorativ usulning qo'llanilishi grunt suvlari
sathining   er   betiga   yaqin   joylashishiga   olib   kelgan.   Yotqiziqlar   tarkibidagi
tuzlarning   grunt   suvlari   ta'sirida   erishi   sababli   grunt   suvining   minerallashuv
darajasi   quyidan   yuqori   tomon   ortib   boradi   va   bug'lanish   jarayonida   tuproqda
tuzlarning   to'planishi   sodir   bo'ladi.   Tuproqning   suv-tuz   rejimini   boshqarish
gidromorf   va   yarim   gidromorf   meliorativ   sharoitda   o'ta   murakkab   masala
hisoblanadi.   Shuning   uchun   Malik   cho'lidagi   jami   sug'oriladigan   erlarning   qariyb
barchasi   turli   darajada   sho'rlangan.   Ayniqsa   uning   markaziy   va   quyi   qismlarida
erlarning sho'rlanishi ancha katta.
Erlarni  sug'orish  bilan  tuproqning  tuz  rejimi  ham  buziladi.  Hududning  tabiiy
geografik   sharoitini   hisobga   olgan   holda   agrotexnika   qoidalariga   rioya   qilinsa
pastqam   joylarda   tuproqlarning   sho'rlanish   jarayonini   oldini   olish   mumkin.
Ko'pgina   hollarda   agrotexnika   qoidalariga   rioya   qilinmaganligi   sababli   sug'orish
me'yori   qo'pol   ravishda   buzilmoqda.   Biz   ko'p   joylarda   dalalarni   sifatsiz
tekislanishi,   irrigatsiya   tarmoqlaridan   noto'g'ri   foydalanish,   drenaj   tarmoqlarim
sifati   past   va   etishmasligini,   drenaj   tarmoqlari   va   ariqlarni   tashlandiq   holga   kelib
qolganligini,   sug'orish   qoidalariga   amal   qilmayotganliklarini   guvohi   bo'ldik.
Sug'orish me'yori 8 ming m 3
/ga teng bo'lsada, Malik cho'lida bu 15-20 ming m 3
/ga
to'g'ri   keladi.   Bu   esa   tuproqlarning   sho'rlanish   va   botqoqlanishini,   irrigatsion
eroziyaning   rivojlanishiga   va   boshqa   salbiy   tabiiy   geografik   jarayonlarni
rivojlanishiga sabab bo'ladi. Erlarga noto'g'ri munosabatda bo'lish natijasida grunt
suvlarining   sathi   chuqur   bo'lgan   dastlabki   sho'rlangan   erlar   grunt   suvlari   sathi
ko'tarilgan   o'rtacha   va   kuchli   sho'rlangan,   grunt   suvlari   minerallashish   darajasi
yuqori bo'lgan erlarga aylanmoqda. Shu sababli ham sho'rlanmagan erlar maydoni
yildan-yilga kamayib bormoqda.
68 3.2. Malik choli er osti suvlarining minerallashishi va ularning
agrolandshaftlar ekologiyasiga ta'siri
Malik   cho'li   erlarini   hozirgi   meliorativ  holatini   drenaj   tarmoqlarisiz   tasavvur
etib bo'lmaydi. Hududda asosan gorizontal drenaj  tarmoqlari keng tashkil  etilgan.
O'zbekistonning yangi o'zlashtirilgan rayonlarida gorizontal drenaj tarmoqlarining
uzunligi   reja   bo'yicha   50   m/ga   to'g'ri   kelishi   kerak.   Ammo   Malik   cho'lida   bu
ko'rsatkich ancha past darajada. Masalan, 1980 yillarning boshlarida Malik cho'lida
drenaj   tarmoqlarining   uzunligi   4-5   m/ga   to'g'ri   kelgan.   Hozir   ham   drenaj
tarmoqlarining uzunligi oshgan emas. Mavjud bo'lgan drenaj tarmoqlarining holati
ham   qarovsiz   holatda.   Tabiiyki,   drenaj   tarmoqlarining   bunday   holati   sho'rlanish
jarayoni   darajasini   pasaytirmaydi   va   uni   oldini   olish   uchun   etarli   emas.   Drenaj
suvlarining   katta   qismi   Malik   cho'lida   asosiy   tarmoq   bo'lgan   «Malikobod»   arig'i
orqali   Zarafshon   daryosiga   tashlanadi.   Bu   ariqdan   yiliga   16-17   mln.   m 3
  suv
daryoga tashlanadi. Bu esa o'z navbatida Zarafshon daryosi suvining sifatiga ham
ta'sir ko'rsatadi.
Malik   cho'li   asosan   Zarafshon   daryosi   suvi   bilan   sug'oriladi.   Shunday   ekan
Zarafshon   daryosi   suvining   minerallashish   darajasi   ham   grunt   suvlarini
minerallashishiga   va   tuproqlarning   sho'rlanishiga   ta'sir   etadi.   Buni   quyidagi
jadvaldan ham bilib olish mumkin. 
69 Jadval - 9
ZARAFSHON DARYOSI SUVINING MINERALLASHISH DARAJASI
Gidrologik
rejim
bosqichlari.
1-to'lin suv
davri.   2-
mejen davriM
inerallashish	
g/l Tuz mg-ekv	
Ca(H
CO
3)2	
CaSO
4	
M
gSO
4	
N
a2SO
4	
N
aCl	
M
g(H
CO
3)2	
M
gCl2
1 2 3 4 5 6 7 8 9
Zarafshon daryosi  -  Dupuli qishlog'i
1 0,18 1,27 - 0,75 0,03 0,14 0,21 -
2 0,30 2,34 - 0,92 0,24 0,17 0,28 -
Zarafshon daryosi  -  Navoiy shahri
1 0,85 3,54 2,41 4,45 - 0,39 - -
2 1,37 3,16 1,74 4,85 7,79 2,02 - -
E . I .   Chembarisov ,   B . A .   Baxriddinovlar   bo ' yicha   ( Gidroximiya   rechnbix   i
drenajnbix   vod   Sredney   Azii . 1989).
Zarafshon   daryosi   suvining   minerallashish   darajasi   Dupulida   to'lin   suv   va
mejen   davrlarida   ham   uncha   katta   emasligi   jadvaldan   ko'rinib   turibdi.   Navoiy
shahri   yaqinida   barcha   tuzlarning   miqdori   har   ikkala   davrda   ham   yuqori.   Chunki
Samarqand   viloyatining   sug'oriladigan   erlaridan   chiqariladigan   drenajlar   ham   o'z
suvlarini   to'g'ridan-to'g'ri   Zarafshon   daryosiga   quyadi.   Daryo   suvining   kamaygan
davrida tuzlar miqdori ko'payishining birinchi sababi, bu davrda daryo to'yinishida
toza   suv   manbai   bo'lgan   muzlarning   salmog'ini   kamayishi   va   grunt   suvlari
salmog'ini ortishi bo'lsa, ikkinchidan bu davrda Malik cho'lidan sharqda joylashgan
Navoiy,   Xatirchi   va   Samarqand   viloyati   Paxtachi,   Narpay   tumanlan   dalalarida
erlarning   sho'rini   yuvishda   ishlatilgan   suvlarning   daryoga   tashlanishidir.   Malik
cho'liga   suv   beradigan   Shofrikon   kanali   ham   aynan   shu   daryodan   suv   oladi.   Bu
70 ham   o'z   navbatida   er   osti   suvlarini   minerallashish   darajasini   va   tuproqlarni
sho'rlanish   darajasini   ham   oshiradi.   Daryo   suvida   to'lin   suv   davridan   boshlab
sulfat-magniy   miqdori   ortsa,   mejen   davrida   esa   sulfat-natriy   miqdori   ortadi.
Shunday qilib Malik cho'liga zararli tuzlar bilan boyigan daryo suvi olinadi.
Malik cho'lida sharqdan g'arbga tomon sho'rlangan erlar maydoni ortib boradi.
Bu birinchidan tabiiy drenajning yo'qligi, ikkinchidan, Zarafshon daryosining quyi
qismida joylashganligi, uchinchidan, tuproq profilida gips qatlamining mavjudligi
bilan bog'liq.  Bu  erda gips  qatlami   50-80  sm   chuqurlikda  yotadi. Amaliyot   shuni
ko'rsatadiki,   agar   gipsli   gorizont   er   yuzasiga   yaqin   joylashgan   bo'lsa,   bunday
erlarda sug'orma dehqonchilikda foydalanib bo'lmaydi. Bu erlar sug'orilganda suv
gipsli gorizontga tez etib boradi va ularni eritib tuproq yuzasiga ko'tarilishiga olib
keladi.   Malik   cho'lida   yashovchi   mahalliy   aholining   fikriga   qaraganda   Malik
cho'lining barcha joylarida yangi erlar o'zlashtirilganidan so'ng ikki yil o'tib, erlarni
sho'r   bosadi.   Sho'rlanishdan   tashqari   ayrim   joylarda   tuproq   gorizonti   ostida
yotuvchi   gips   qatlamining   erishi   natijasida   soxta   karst   hodisalari   ham   uchraydi.
Agar kelajakda bunday erlardan oqilona foydalanilmasa va belgilangan agrotexnik
qoidalarga   rioya   etilmasa   sho'rlanish   va   soxta   karst   hodisalari   yanada   rivojlanib
ketadi.   Bizning   fikrimizcha   erlarga   paxta   va   boshqa   ekinlarni   ekishdan   oldin
hududning   drenaj   holatini   va   gips   gorizontini   yotish   chuqurligini   mukammal
o'rganib chiqish kerak. Gips qatlamlari  er yuzasiga yaqin bo'lgan joylarda mevali
daraxtlarni   ekish   maqsadga   muvofiqdir.   Sug'oriladigan   erlarning   meliorativ
holatini   yaxshilash   uchun   eng   avvalo   ilmiy   asoslangan   agrotexnik   va   meliorativ
chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Sho'rlangan   erlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash   maqsadida   azaldan   turli
zichilikda zovur tarmoqlari qurilgan. Malik cho'lida umumiy uzunligi 180,4 km ni
tashkil   etadigan   zovur   tarmoqlari   5-6   yillab   tozalanmagan.   Mavjud   irrigatsiya
tarmoqlarining katta qismida suvning ancha qismi erga shimilishga sarf bo'lmoqda.
O'zbekistonda   sug'orish   tarmoqlarining   foydali   ish   koeffitsienti   ko'pdan   beri   0,64
ga teng, aslida bu raqam 0,80-0,85 atrofida bo'lishi kerak. Malik cho'lidagi mavjud
sug'orish ariqlarining bir qismi betonli ariqlardan iborat, ammo ularning holati ham
71 talabga javob bermaydi. Latoklar ulangan joylarda suvning oqib chiqishi oqibatida
ular atrofga sarf bo'lmoqda.
Malik   cho'lida   sug'oriladigan   er   maydonlaridagi   tuproq   qoplamining
sho'rlanishi sulfatli-xloridli bo'lib, uning sho'rlanish darajasi quyidagicha:
Kam sho'rlangan erlar - 1,3 ming gektar.
O'rtacha sho'rlangan erlar - 4,5 ming gektar. 
Kuchli sho'rlangan erlar - 0,9 ming gektar.
Meliorativ holati yomon bo'lgan erlar 2,7 ming gektarni tashkil etadi, shundan
er osti suvlari yaqin chuqurlikda joylashgan maydonlar ming gektardan va tuproq
qoplami sho'rlangan erlar 1,7 ming gektardan iborat.
2001   yilda   mutaxassislar   tomonidan   4500   gektar   eraing   sho'rini   yuvish
to'g'risida   tavsiyalar   berilgan.   Ammo   xo'jaliklar   ishchi   kuchini   etishmasligini
bahona qilib, bu tadbirlar amalga oshirilmagan.
Massivdagi   sug'oriladigan   erlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash   uchun
2002 yilda quyidagi tadbirlar bajarildi:
- Sug'oriladigan   erlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash   ishlarini   1500   gektar
maydonda   o'tkazildi.   Shu   jumladan,   «Zarbdor»   shirkat   xo'jaligida   250   gektar,
«0'rtacho'l» shirkat xo'jaligida 500 gektar, «Sardoba» shirkat xo'jaligida 250 gektar
va «L.Axmedov» shirkat xo'jaligida 500 gektar.
- Xo'jaliklararo   zovurlarni   35   km   ni,   xo'jaliklar   ichidagi   120   km   uzunlikdagi
zovurlarni tozalash tadbirlari amalga oshirildi.
3.3  Zirabuloq   –  Ziyovuddin   tog’ va tog’oldi landshaftlari, ulardan
oqilona foydalanish.
72 Zirabuloq va Ziyovuddin tog’lari Zarafshon tog’ tizmasining g’arbiy davomi
bo’lib   Oloy   tog’   sistemasiga   kiradi.   Bu   tog’lar   paydo   bo’lishiga   ko’ra   gersin
burmalanishiga   to’g’ri   keladi.   Keyinchalik   yemirilib   siyqalanib   past   tog’larga
aylanib qolgan.Gersin burmalanishidan keyin bo’lib o’tgan kuchli alp burmalanishi
natijasida   bu   o’lka   qaytadan   ko’tarilgan.   Natijada   xozirgi   tog’   tizmalari   va   ular
orasidagi botiq vodiylar vujudga kelgan.
Zarafshon   tizmasining   Taxtaqoracha   dovoniga   qadar   bo’lgan   sharqiy   kismi
Chaqilkalon   tog’lari,   g’arbdagisi   esa   Qoratepa   tog’lari   deb   ataladi.   Qoratepa
tog’lari   g’arbda   Jom   qishlog’i   yaqinida   asta-sekin   tekislikka   qo’shilib
ketadi.Undan   g’arb   tomonda   Zirabulok   va   Ziyovuddin   tog’lari   joylashgan.Bu
tog’larning yuzasi  shamol,oqar suvlarning ishi natijasida nurab pasayib qolgan va
ayrim   joylarda   keng   tekislik   yuza   bilan   ko’shilib   ketgan.Zirabuloq   tog’ining   eng
baland Qorasuv cho’qqisi dengiz sathidan 1112 metrga, Ziyovuddin tog’ining eng
baland joyi Tirikbobo cho’qqisi 839 metr yuqori ko’tarilgan.
Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog’   landshaftlari   o’ziga   xos   xilma-xilligi   bilan
ajralib   turadi.Tog’   landshaftlariga   tavsif   berishda   tabiiy   resurslardan   oqilona
foydalanish   va   chora   tadbirlar   ishlab   chiqish   uchun   ularni   guruxlarga   ajratish
maqsadga muvofiqdir. Shu boisdan Zirabuloq va Ziyovuddin tog’ landshaftlarining
kelib   chiqishi   va   o’ziga   xos   xususiyatlariga   qarab   ularni   3   ta   landshaft   tiplariga
ajratdik.
1 .   Tekis   yuzali   tog’oldi   chalacho’l   landshaftlari.   Bu   landshaftlarga   Malik   va
Qarnob cho’llarining Zirabuloq   va Ziyovuddin   tog’lariga yondoshgan qismlari va
shu tog’lar atroflaridagi tekis yuzali joylar kiradi.Ularning dengiz sathidan o’rtacha
balandligi   270-420   metr   bo’lib,   tog’dan   K i zilqum   va   Zarafshon   vodiysi   tomon
pasayib   boradi.   Tekis   yuza   orasida onda-sonda gumbazsimon tepachalar uchraydi.
Ular   atrofidagi   tekisliklardan   2-3   metr   ko’tarilgan,   yonbag’irlari   asta-sekin
yonidagi tekisliklar bilan qo’shilib ketgan. Bu antiklinal tepachalar yadrosi neogen
davrining   konglomerat,   qumtosh   va   gillaridan   tuzilgan   bo’lib,   tektonik   xarakatlar
natijasida   ko’tarilgan.   Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog’larining   Zarafshon   vodiysiga
qaragan   shimoliy   tomonida   landshaft   yuzasi   tog’dan   keladigan   kuruq   jar   va
73 jilg’alar   bilan   ancha   parchalangan.   Yillik   o’rtacha   yog’in   miqdori   125-160mm
bo’lib, 10° dan yuqori harorat yig’indisi 5000° ga yetadi. Kuruqva issiq iklimli bu
landshaftlar   o’simlik   dunyosiga   boy   emas.   Asosiy   o’simliklari   efemir   va
efemeroidlardan   iborat.   Ko’p   yillik   buta   va   yarimbutalardan   shuvoq,   yontoq,
ko’zikuloklar   keng   tarqalgan.   Tuproqlari   och   bo’z,   sho’rtob   va   taqir   tuproqlar
bo’lib ular ichida birinchisi katta maydonni egallaydi. Tog’oldi tekislik chalacho’l
landshaftlari   tarkibida   urochishelar   keng   tarqalgan.   Lyossimon   jinslar   qoplagan
tekis   yuzalar,   quruq   jarlar ,   jilg’alar,   tepasi   gumbazsimon   balandliklar.   Bu
landshaftlar   yil   davomida   yaylov   sifatida   foydalanib   kelinadi.   Qudukdar
atroflaridagi o’t qoplami uzluksiz mol boqish natijasida kuchli degradasiyalangan.
Shuni  aytish kerakki  Malik cho’l  va Qarnob cho’lining katta qismida gips  tuzlari
yer   yuzasiga   yaqin   yotadi.   Sug’orish   natijasida   ular   yer   yuzasiga   chiqib   tuproqni
sho’rlatib   yuborishi   va   tuz   erishidan   yuza   qatlami   cho’kib   psevdokarst
hodisasining   keng   rivojlanishiga   imkon   yaratgan.   Bunday   jarayonlarni   Malik
cho’lining ayrim joylarida kuzatish mumkin.
2.Tog’oldi   chalacho’l   adir   lapdshaftlari.   Bu   landshaftlar   tog’lar   atrofini
halqadek   o’rab   olgan   prolyuvial,   delyuvial   yotqiziqdardan   keng   rivoj   topgan.
Landshaftlarning   absolyut   balandligi   400-650   metrgacha   boradi.   Tog’lardan   oqib
tushuvchi   soylar   adir   zonasidan   kesib   o’tib,   ko’p   joylarda   landshaft   yuzasini
parchalab   yuborgan.   Adir   landshaftlari   tarkibida   quyidagi   urochshyelar   keng
tarqalgan:   yassitepali   qirlar,   keng   vodiysimon   pasttekisliklar,   jarlar   va   quruq
vodiylar.
Adir landshaftlari h am qadimiy  yaylov sifatida foydalanib kelinadi.  Shu sababli
juda ko’p  joylarda  ozuqabop o’tlar o’rniga mollar yemaydigan yoki kam yeydigan
begona   o’tlar   ko’payib   bormo q da.O’simliklarni   antropogen   degredasiyalanishi
yildan-yilga kuchayib, ularning maydoni kengayib bormokda.
3 .   Kuchli   parchalangan   pasttog’   chalacho’l   landshaftlari.   Bu   landshaftlar   600-
900   metr   balandlikda   joylashgan   bo’lib,   Ziyovuddin   tog’larining   katta   q ismini
egallaydi.   Ularning   poydevori   mezazoy   davrining   ohaktoshlari,   qumtoshlari,
slanetslaridan tarkib topgan bo’lib, bu jinslar lyossimon, delyuvial yotqiziqlar bilan
74 qoplangan. Kuchli parchalangan joylarda yuza qatlam yuvilib ketgan va tub jinslar
yer yuziga chiqib qolgan.
Chalacho’l   landshaftlarda   o’rtacha   yillik   yog’in   mikdori   250-300   mm   bo’lib,
adir   landshaftlariga   nisbatan   qor   qoplami   uzoq   yotadi.   Bu   esa   o’simliklarning
ancha   xilma-xil   bo’lishiga   sabab   bo’ladi.   O’simlik   qoplamining   asosini
ko’ng’irbosh va qorabosh tashkil  qiladi. Soylarda tog’ yonbag’irlarining shimoliy
ekspozisiyasida   efemeroidlar   bilan   birga   shuvoq,   ko’ziquloq,   oqkuvray,   toshloq
uchastkalarda   tog’   kserofitlaridan   yostiqsimon   akantalimon,   makvis   hamda
karraklar uchraydi.
Pasttog’ chalacho’l landshaftlar tabiatini o’z holiga keltirish va yaxshilashning
yagona chorasi yaylovdan to’g’ri foydalanishni izga solishdir. 
3.4  Zirabuloq   –  Ziyovuddin   to g`   va  tog’oldi  tekisliklarining geoekologik
muammolari
Insoniyat   hayoti   uni   o’rab   turgan   tabiiy   muhit   bilan   uzviy   bog’li q dir.   U   butun
borliqni,   shu   jumladan   insonni,   o’zining   hayotbaxsh   nafasi   bilan   ta’minlab   turadi,
to’ydiradi, kiyintiradi. Insoniyat paydo bo’libdiki, to hozirga qadar tabiatning bu beminnat
ehsonidan bahramand bo’lib kelmoqda. Hozirgi vaqtda aholi sonining muttasil ko’payib
borishi, fan va texnika taraqqiyoti tabiiy muhitga antropogen ta’sirning kuchayib borishi
hodisalari   geoekologik   muvozanatning   sezilarli   darajada   buzilishiga   olib   kelmoqda.
Shuning uchun har bir hududning va shu jumladan G’arbiy Zarafshon tog’ va tog’oldi
tekisliklari   tabiiy   sharoitini   o’rganish,   yuzaga   kelgan   geoekologik   muammolarini   tahlil
etish hamda bu muammolarni bartaraf etish yo’llarini ilmiy jihatdan belgilab berish hozirgi
zamon geografiya fanlari tizimining eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
G’arbiy Zarafshon tog’ va tog’oldi tekisliklari O’zbekiston hududida g’arbdan sharqqa 160
km   ga   cho’zilgan   bo’lib,   u   Chaqilkalon,   Qoratepa,   Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog’
massivlarini hamda shimol va janubdan ularga tutash bo’lgan Zarafshon va Qashqadaryo
vodiylarining   tog’oldi   tekisliklarini   o’z   ichiga   oladi.   Bu   hudud   shar q dan   Tojikiston
Respublikasi, g’arbdan esa Navoiy viloya ti  bilan chegaralanadi.   G’arbiy Zarafshon tog’lari
Zarafshon-Olon   strukturali   formasiok   zonasining   bir   qismi   bo’lib,   G’arbiy   Pomir-Oloy
75 tog’ tizmalarining gersin tog’ ko’tarilishi davrida shakllangan va yangi tektonik harakatlar
yordamida yoshargan.   Bu tog’lar as osan  paleozoyning silur,   devon karbon   o h a k t o shlari
slanes   va   kumtoshlari   ha mda   mezozoy   va   ka yna azoy   yotqiziqlzridan   tash ki l   toptan:
Chaqilkalon   va   Qo ratepa   tog’larida   cho’kindi   jinslar   orasida   intruziv   yotqiziqlar   h am
uchraydi.   Bular   granit,   diorit,   porfirlardan   iborat   bo’lib,   ularning   paydo   bo’lishi   gersin
orogenetik jarayoni bilan bog’liq .
Chaqilkalon   tog’i   deyarli   kenglik   bo’ylab   cho’zilgan.   Eng   baland   nuqtasi   Zebon
cho’qisida 2336 mga yetadi. Bu tog’ asimmetrik tuzilgan bo’lib, shimoliy yonbag’ri qisqa
va   tik.   Bu   yerda   tog’   Zarafshon   vodiysidan   birdaniga   ko’tarilib   ketadi,   janubda   esa
aksincha,   Farob - Mog’iyon va Qashqadaryo  vodiylariga qiya bo’lib, asta  sekin pasayib
boradi.   Chaqilkalon   tog’i   devon   ohakktoshlaridan   tu zilganligi   sababli,   bu   yerda
voronkasimon, konussimon - karst shakllari ko’p   bo’lib bu yerda ba’zi karst konuslarining
diametri   80   m.   chuqurligi   esa   35-40   m   keladi.   So’nggi   paytda   Chaqilkalon   tog’ining
g’arbiy yonbag’rida joylashgan Qirqtog’ platosida O’rta Osiyodagi eng chuqur Kiley g’ori
(chug’urligi 1082 m) topilgan. Taxtaqoracha dovonidan boshlab (1630 m) g’arbga qarab
Qoratepa tog’i davom etadi. Bu tog’ intruziv jinslardan tuzilgan bo’lib, eng baland joyi
Kamko’ton cho’qqisida 2195 mga yetadi. U ham  Chaqilkalon tog’i  singari asimmetrik
tuzilishga ega bo’lib, shimolga qarab asta-sekin pasaya borsa, janub tomoni esa tikdir. Har
ikkala   tog’ning   ham   yonbag’irlari   katta   va   kichik   soylar   bilan   parchalangan   bo’lib,
tog’ning   yuqori   kismida   tik   va   chuqur   daralarni,   tog’   etagida   esa   keng   soy
vodiylarini hosil qiladi.
Qoratepa   tog’i   g’arbga   qarab   davom   etadi   va   Kattaqo’rg’on   shahri   janubida
yana   boshlanib,   Zirabuloq   tog’ini   hosil   qiladi.   Zirabuloq   tog’i   g’arbga   qarab
taxminan   100   kmga   cho’zilgan   (nisbiy   balandligi   500-600   m).   Eng   baland   joyi
Zindontog’   cho’qqisi   bo’lib,   1116   mga   yetadi.   Zirabuloq   tog’i   g’arbda   Qarnob
yo’lagi orqali Ziyovuddin tog’idan ajralib turadi. Bu   t o g ’   Zarafshon tizmasining
eng g’arbiy qismi bo’lib, nisbiy balandligi 300 m, mutloq balandligi esa 914 mga
yetadi. Ziyovuddin tog’ining eng baland yeri Navoiy sha h ridan sharqdagi Dartko’l
cho’qqisidir   (914   m).   Ziyovuddin   va   Zirabuloq   tog’lari   denudasiya   jarayonida
pasayib, yassilanib qolgan, ularda quruqsoylar ko’p. Har ikkala tog’ xam shimolda
76 O’rta   Zarafshon   va   janubda   Qashqadaryo   okrutlariga   tutashib   ketadi.   Hududning
tog’oldi   tekisliklari   asosan   paleogen,   neogen   va   antropogen   davr   cho’kindilari
jinslaridan tarkib topgan. Yer yuzasini allyuvial, allyuvial-prolyuvial va prolyuvial
yotqiziqlari   qoplab   olgan.   Relef   shakllari   qayir,   qayir   usti   terrasa,   tog’oldi
prolyuvial tekislik va adirlardan iborat.  Yer yuzasi  g’arbdan sharqa  tomon 300-350
m   dan   900-1000   m   gacha   kutarilib   boradi.   Bu   yerlar   P .G.Gorshkovning   seysmik
rayonlashtirish   sxemasi   bo’yicha   7-8   ballik   seysmik   zonaga   kiradi
(Abdurahmonova,   2003).   Bu   xududda   foydali   qazilmalardan   marmar,   granit,
oxaktosh, sement xom ashyosi,  kum-shag’al  materiallari, marganes, volfram, qalay
xamda mineral  buloqdar ko’plab uchraydi . 
G’arbiy   Zarafshonning   iqlimi   kontinental   bo’lib,   u   yozning   issiqligi   va
kurg’oqchiligi,   q ishning   nisbatan   sovuqligi   va   namgarchiligi   bilan   tavsiflanadi.
Tog’larda va voxalarda o’ziga xos mikroiqlim shakllangan. Hudud termik resurslar
bilan yetarli darajada ta’minlangan: +10° S dan yuqrri bo’lgan haroratning umumiy
yig’indisi   4200-4300°   dan   ortadi,   o’rtacha   yillik   xarorat   +   13,4°   S   ga   teng,
yanvarniki esa -0,2° S va iyulniki +26° S atrofida. Mutlaq past xdrorat ayrim yillari
-24°   -   35°   S   gacha   tushsa,   mutlaq   yuqori   qarorat   +40°   +44°   S   gacha   ko’tariladi
(Balashova va boshkalar, 1960). Relyefning murakkabligi tufayli g’arbdan sharqqa
hamda tekislikdan balandlikka ko’tarilgan sari havo harorati pasayib va aksincha,
yog’in   mikdori   ortib   boradi.   Yillik   yog’ing   miqdori   xududning   g’arbiy   tekislik
qismida 300 mm dan, sharqiy tog’li qismida 900 mm gacha yetadi. Omonqo’tonda
bir yilda o’rtacha 881 mm, ayrim yillari esa 1000 mm dan ko’p yog’in tushadi. Yer
usti   suvlari   asosan   Zarafshon   daryosi   (Ravotxo’ja   tug’oni)dan   boshlanuvchi
Darg’om   kanali   va   undan   suv   oluvchi   bir   necha   irrigasion   kanallardan   (Yangiariq   va
boshqalar)   hamda   G’arbiy   Zarafshon   tog’ining   shimoliy   va   janubiy   yonbag’irlaridan
boshlanuvchi   Mo’minobodsoy,   G’o’ssoy,   Urgutsoy,   Kamongaronsoy,   Omonko’tonsoy,
Ohaliksoy,   Sazag’onsoy,   Oqsoy,   Varganzasoy,   Sho’rabsoy,   Makridsoy,   Oyoqchisoy,
Qalqamasoy va bir qancha kichik soylardan iborat. Bu soylarning ko’pchiligi mavsumiy
xarakterga   ega   bo’lib,   yoz   oylari   qurib   qoladi.   Faqatgina   yirik   karst   buloklaridan   suv
oluvchi soylargina yil davomida oqadi.
77 X. J. Jo’raqulovning (1992) ma’lumotiga ko’ra tog’dagi barcha karst buloqlari suvining
o’rtacha yillik suv sarfi 200 m 3
/sek. ga teng bo’lib, bu birgina Darg’om kanalidan butun
yoz   davomida   oqib   o’tadigan   suvning   hajmiga   tengdir.   Chaqilkalon   tog’   yonbag’ridan
chiqayotgan   buloqlar   Urgut   shahri   hamda   Kamongaron,   G’o’s,   Varganza   kabi
qishlokdarni   ichimlik   suvi   bilan   ta’minlabgina   qolmasdan,   balki   tog’oldi   tekisligidagi
sug’oriladigan   yerlarni   ham   suv   bilan   ta’minlayli.   Yer   osti   suvlari   turli   xil   chuqurlikda
joylashgan bo’lib, tog’oldi tekisligida 15-20 m ni, daryo qayirlarida 1-2 m ni tashkil etadi.
Yer   osti   suvlari   chuchuk   va   iste’mol   qilishga   yarokli,   minerallashish   darajasi   oqim
yo’nalishi bo’ylab 0,1 g/l dan 1,0 g/l gacha ko’payib boradi (Abdurahmonova, 2003).
Sug’orma   dehdonchilikda   o’tloq,   botqoq-o’tloq,   tipik   va   qoramtir   bo’z
tuproqlardan   keng   foydalaniladi.   Bu   tuproqlarda   agroirrigasion   yotqiziqlarnint   qalinligi
1,5-2 m dan oshadi. Tog’larda esa to’q bo’z tuproklar hamda tog’ jigarrang tuproqdari
keng tarqalgan. Hudud o’simliklar dunyosiga boy bo’lib, unda cho’l o’simliklaridan tortib,
o’rtacha baland tog’ o’simliklarigacha uchraydi. Tekislik hamda qir-adirlarda efemer va
efemeroid   o’simliklardan   qorabosh   (rang),   ko’ng’irbosh,   ayiqtovon,   chalov,   darmana,
chuchmoma,   lolaqizg’aldoq,   bo’tako’z,   yaltirbosh,   astragal,   akontolimon   va   boshqalar
o’sadi. Bu yerlar, ayniqsa bahorda efemer va efemeroidlar qiygos gullaganda chor atrof
ajoyib   qirmizi   ranga   burkanadi.   Sug’oriladigan   yerlarda   asosan   madaniy   o’simliklar
ekiladi. Tog’larda esa tog’ lolasi, tog’ piyozi, ravoch, zira, tuyayaproq, kabi o’simliklari
bilan   bir   qatorda   tol,   terak,   chinor,   yong’oq,   olma,   o’rik,   shaftoli,   do’lana,   bodom,
tog’olchasi kabi mevali va manzarali daraxtlar o’sadi. Tog’larning 1200 m dan 2300 m
gacha bo’lgan balandliklarida oz bo’lsada, zarafshon hamda saur archalari uchraydi.
Shunday qilib, xududning tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lib, xalq xo’jaligining turli
tarmoqlarini rivojlantirish uchun juda qulay. Shuning uchun ham G’arbiy Zarafshon tog’
va   tog’oldi   tekisliklari   uzumchilik,   bog’dorchilik,   polizchilik,   kartoshkachilik,
tamakichilik,   g’allachilik,   paxtachilik,   asalarichilik,   pillachilik,   parrandachilik   va
boshqalarga ixtisoslashgan. Tog’ yonbag’rlarida esa jamoa xo’jaligi va mahalliy aholining
ko’plab chorva mollari boqiladi. Tog’larning so’lim, shifobaxsh, toza havo, daraxtlarga
boy xushmanzarali hamda zilol suvli karst buloqlari va sersuv soylari atrofida bir qancha
78 sport-sog’lomlashtirish   oromgohlari,   davolash-profilaktik   sanatoriyalari   va   dam   olish
maskanlari barpo etilgan. 
Lekin shu bilan bir qatorda hozirga kelib bu xudud tabiatiga insonning antropogen
ta’sirining kuchayib borishi bir qator geoekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Yer
osti   va   yer   usti   suvlarining   (jumladan   buloq   suvlarining)   ifloslanishi,   o’simliklar
degradasiyasi,   tog’   o’rmon   massivlarining   qisqarib   ketishi,   tuproq   qoplamining   kuchli
eroziyaga   uchrashi,   sug’oriladigan   agrolandshaftlarning   kimyoviy   ifloslanishi   shular
jumlasidandir. Kuyida biz ularning ayrimlariga to’xtalib o’tamiz.
So’nggi   vaqtlarda   kishilar   tomonidan   nodir,   dorivor,   ozuqabop   va   boshqa   foydali
o’simliklarning   ko’plab   yig’ib   olinishi   tabiiy   floraga   katta   zarar   keltirmoqda.   Bu   hol
o’simliklarning   yangi   turlarini   yaratishda   va   mavjud   turlarini   moslashtirishda   katta
ahamiyatga ega bo’lgan betakror genofondning yo’qolishiga olib keladi. Bulardan tashqari
aholi tomonidan tog’  yonbag’rlaridagi daraxt  va buta o’simliklarini  yoqilg’i va qurilish
maqsadlari   uchun   kesib   olish   hamda   yaylovlarda   chorva   mollarini   tartibsiz   boqish
oqibatida   o’simliklar   degradastiyaga   uchramoqda.   Ayniqsa,   G’o’ssoy,   Urgutsoy,
Kamongaronsoy,   Omonko’tonsoy,   Oxaklisoy   hamda   Sazag’onsoylarining
yonbag’irlaridagi   bodomcha,   do’lana,   na’matak   kabi   buta   o’simliklari   ko’plab   kesib
yuborilgan bo’lib, ular faqatgina tog’larning chiqish  qiyin   bo’lgan joylaridagina saqdanib
qolgan.   Yaylovlarda   chorva   mollarini   me’yordan   ortiq   va   tartibsiz   boq ish   natijasida
o’simliklar juda siyraklashib qolgan. Chorva mollari to’planib qoladigan qo’ralar atrofida
esa o’simliklar yo’q bo’lib, yalang’och yerga aylangan.
Tuproq   eroziyasi   tog’   yonbag’irlarida   va   tog’oldi   tekisliklarida   tabiiy   o’simlik
qoplami   siyraklashib   qolgan   qiyaliklardan   tuproqning   chirindiga   boy   bo’lgan   ustki
qatlamining vaqtincha oqar suv (yomg’ir, jala, do’l, qor)lar yordamida yuvilib ketishi bilan
xarakterlanadi. Suv okimlari g’ovak tuproqni yuvib ketishi bilan birga, o’zagini chukurroq
yemirishi   oqibatida   jarliklarni   vujudga   keltiradi.   Tuproqning   chirindi   moddalarining
yuvilib   ketishi   uning   unumdorligini   keskin   pasaytirsa,   jarlik   eroziyasi   ko’plab   yer
maydonini   parchalab,   uni   dehqonchilikda   foydalanish   uchun   yaroqsiz   bo’lib   qolishiga
olib   keladi.   Bunday holatlarni   soy   vodiylari   va   adirlarda   ko’plab   uchratish   mumkin.
Sug’oriladigan   yerlarying   aksariyati   irrigasion   eroziyasiga   uchragan.   Karst   q uduqlari,
79 buloqlar va soylar atroflarida sanitariya -  himoya  zonasining  yo’qligi,  chorva mollarining
ko’plab   boqilishi   hamda   maishiy-xo’jalik   chiqindilarini   tashlash   okibatida  bir  paytlari
ziloldek toza bulgai  buloq   va  soy suvlari  h o zirga  kelib ancha ifloslanib ketdi.
Hududning   sug’oriladigan   agrolandshaftlarida ham ekologik vaziyat ancha keskin.
Paxta   maydonining har gektariga 220 kg azot, 120-150 kg fosfor va 50 kg atrofida kaliy
o’g’itlari   solinadi.   Shundan   30-40   %   i   g’o’za   o’simliklari   tomonidan   o’zlashtiriladi.
Qolgan   qismi   yer   usti   suvlarini   ifloslantiradi,   tuproqdarda   to’planib,   sabzavot   va   poliz
ekinlarini   zaharlaydi.   Bunday   ekologik   vaziyat   inson   salomatligiga   ham   salbiy   ta’sir
ko’rsatadi (Abdulqosimov, Abdurahmonova, 2002).
Yuqoridagi   vaziyatlardan   kelib   chiqkan   holda   G’arbiy   Zarafshon   tog’   va   tog’oldi
tekisliklarida   vujudga kelgan geoekologik muammolarni  bartaraf  etish uchun quyidagi
kopleks chora tadbirlarni kechiktirmay amalga oshirishni zarur deb hisoblaymiz:
1.Tog’   o’rmonlarida   daraxt   va   butalarning   kesilushiga,   shuningdek   noyob   va   dorivor
o’simliklarni me’yordan ortiq hamda ildizi bilan kavlab olinishiga aslo yo’l qo’ymaslik; 2.
Usimlik  qoplami   kuchli  degradasiyaga   uchragan yaylovlarda  chorva mollarini  boqishni
tartibga solish hamda agrofitomeliorasiya tadbirlarini amalga oshirish, 3. Kuchli eroziyaga
uchragan   tog’   yonbag’rlarida,   karst   quduqlari,   buloqlar   va   soylar   atroflarida   chorva
mollarini   boqishga   chek   qo’yish;   4.   O’simlik   qoplami   kuchli   degradasiyalashgan
hududlarda   eroziya   va   sel   jarayonlarini   oldini   olish   uchun   tog’-o’rmonmeliorativ;
tadbirlarini   amalga   oshirish;   5.   Ekin   maydonlarining   nitratlar.   pestisidlar   va   gerbisidlar
bilan   zaharlanishiga   yo’l   qo’ymaslik;   6.Sug’oriladigan   yerlarda   yuz   berayotgan   tuproq
eroziyasiga   va tuproqlarning   qayta   sho’rlanishiga qarshi kurashish; 7. Agrolandshaftlar
unumdorligini   oshirish   va     qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarining   sifatini   yaxshilash   uchun
mineral o’g’itlarni me’yorida ishlatishni va organik o’g’itlardan keng foydalanishni tashkil
etish; 8. Geosistemalardan tabiat qonunlarini hisobga olgan holda oqilona foydalanish.
X U L O S A
80 Biz   o'rgangan   Zirabuloq   –   Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   teksiliklari
Zarafshon   tizmasining   eng   g'arbiy   qismi   bo'lib,   tabiiy   sharoitiga   ko'ra   boshqa
hududlardan o'ziga xos xislatlari bilan ajralib turadi.
Zirabuloq   –   Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi   teksiliklari   hududining   geologik
tuzilishi   paleozoy   uchlamchi   va   to'rtlamchi   davr   yoshidagi   tog'   jinslaridan   tarkib
topgan.   O'lkaning   iqlimi   kontinental   bo'lib,   yozi   issiq   va   qurg'oqchildir.   Yog'in
miqdori 100-127 mm atrofida.
Hududning   relefi   g'arbdan   sharqqa   tomon   ko'tarilib   boradi.   Bu   esa   o'z
navbatida   tabiiy   sharoitni   xilma-xilligiga   hamda   landshaft   komplekslarining
turlicha bo'lishiga olib keladi. Undan tashqari geologik strukturasining turli xilligi,
o'simlik va hayvonot olamining har xilligi, landshaft rayonlariga ajratishga imkon
tug'diradi.   Albatta   biz   landshaft   rayonlashtirishni   amalga   oshirishda   tabiiy
geograflar   tomonidan   ishlab   chiqilgan   printsip   va   uslublarga   tayandik.   В   uning
natijasida   ikkita,   ya'ni   Zirabuloq   past   tog'   landshafti   va   Ziyovuddin   past   tog'
landshafti,   uchta   Oqtosh   tog'oldi   tekislik   landshafti,   Malikcho'l   tog'oldi   tekislik
landshafti va Qarnobcho'l tog'oldi tekislik landshafti va bitta allyuvial terrasa voha
landshaftini ajratdik.
Ajratilgan   landshaftlarning   morfologik   strukturasi   bir   muncha   murakkab
luzilgan   bo'lib,   ular   o'ziga   xos   va   xarakterli   landshaft   yaruslaridan,   joy   tiplaridan
va   urochishalardan   tarkib   topgan.   Ma'lumki,   landshaft   komponentlari   inson
yashaydigan   konkret   muhit   hisoblanib,   uni   har   qanday   ko'ngilsiz   va   nooqilona
o'zgarishlar hamda ifloslanishlardan muhofaza qilish zarur.
Ilmiy   ishning   uchinchi   bobi   Zirabuloq   –   Ziyovuddin   tog'lari   va   tog'oldi
tekislik   landshaftlarining   geoekologik   muammolariga   bag'ishladik.   Bizga
ma'lumki,   tog'larga   nisbatan   tog'oldi   tekisliklariga   insonning   bevosita   ta'siri
anchayin   kuchli   hisoblanadi.   Qishloq   xo'jaligini   yuritishni   hozirgi   ko'lami   va
usullari   barcha   hududlarda   tabiatdagi   ekologik   muvozanatni   buzilishiga   olib
kelmoqda. Misol tariqasida hududning tog'oldi tekisligi hisoblangan Malik cho'lini
oladigan bo'lsak, hudud o'zining tabiiy xususiyatlari bilan Zirabuloq – Ziyovuddin
tog'lari va tog'oldi tekisliklarining boshqa hududlaridan ajralib turadi.
81 Malik cho'lini tez o'zlashtirilishi, sug'oriladigan maydonlami kengayib borishi
va   agrotexnika   qoidalariga   amal   qilmaslik   oqibatida   bir   qancha   geoekologik
muammolar   kelib   chiqqan.   Ya'ni   ulardan   eng   asosiylariga   er   osti   va   er   usti
suvlarining   isfloslanishi,   tuproqlarning   sho'rlanishi   hamda   turli   ximikatlar   bilan
ifloslanishidir.   Bular   o'z   navbatida   shu   hududda   yashayotgan   insonlarga   ham   o'z
salbiy   ta'sirini   ko'rsatadi.   Yuqoridagi   ekologik   muammolarga   asosiy   sabab   inson
xo'jalik   faoliyati   oqibatida   kelib   chiqqan   grunt   suvlarining   ko'tarilishi,   hududni
asosiy   suv   manbai   bo'lgan   Zarafshon   daryosi   suvining   minerallashish   darajasini
ortishidir.
Bundan tashqari tog' va tog'oldi yaylovlarining degradatsiyasi, suv va shamol
eroziyasi,   tuproq   unumdorligining   (degumizatsiya)   pasayishi   va   shu   kabi
muammolar   eng   dolzarb   geoekologik   muammolar   sirasiga   kiradi.   YUqorida
ko'rsatib   o'tilgan   geoekologik   muammolarini   bartaraf   etish   chora-tadbirlari   ilmiy
ishning uchinchi bobida batafsil bayon qilingan.
A D A B I Y O T L A R
82 1. Abdulkasimov A.A. Problemi izucheniya mejgorno-kotlovinnix landshaftov
Sredney Azii. - Tashkent: Fan, 1983 g .
2. Abdulkasimov   A.A.,   Abduraxmanova   Yu.X.   Landshaftno-ekologicheskaya
xarakteristika   Kattakurganskogo   oazisa   Zarafshanskoy   kotlovini.
//O’zbekistonning   ekologik   muammolari   va   tabiatni   mux o faza   qilish.   -
Samarkand, 1998 y.
3. Abdulqosimov   A.   A.,   Abduraxmanova   Yu.   H.   Zarafshon   boti g’ i   texnogen
landshaftlarini   ekologik   optimallashtirish   va   ulardan   foydalanish.   //Geografiya
va tabiiy resurslardan foydalanish. - Toshkent, 2001  y .
4. Abdulqosimov   A.   A.,   Abduraxmanova   Yu.   X,.   Zarafshon   botig’idagi
sug’oriladigan   agrolandshaftlarda   vujudga   kelgan   geoekologik   muammolar.
//Sug’oriladigan   bo’z   tuproqlar   unumdorligini   oshirish   va   uning   ekologik
muammolari. - Samarkand, 2002  y .
5. Abdulkasimov A. A., Abduraxmanova Yu. X. Formirovaniya antropogennix
landshaftov   v   basseyne   reki   Zarafshan.   //Problemi   osvoyeniya   pustin.   -
Ashxabad, 2003  y , № 2.
6. Abduraxmanova Yu. X. Landshaftniye kompleksi Zarafshanskoy kotlovini  i
ix selskoxozyaystvennoye   ispolzovaniye.  //Biologiya  va ekologiyaning   hozirgi
zamon muammolari. - Samarkand, 1999  y .
7. Abduraxmanova   Yu.   X,.   Voxa   landshaftlarini   katalashtirishda   qo’llanilgan
asosiy   prinsiplar   va   metodlar.  //Tabiiy  geografiyaning  regional   muammolari.  -
Samarkand, 2002  y .
8. Agroklimaticheskiyi   resursi   Djizakskoy   i   Samarkandskoy   oblastey
Uzbekskoy SSR. -L.: Gidrometeoizdat, 1977 g .
9. Azimov Sh. A.,  O’razboyev  A. K. Geografiya fanida tizimli usul va yer-suv
resurslaridan oqilona foydalanishda uning   a h amiyati. //O’zbekiston   Geografiya
jamiyati axboroti. 21-jild. - Toshkent, 2000  y .
10.   Akramov   Z.   M.   Geografiya   selskogo   xozyaystva   Samarkandskoy   i
Buxarskoy oblastey. Ch. 1. - Tashkent, 1961.
83 11.   Akramov   Z.M.   Problemi   xozyaystvennogo   osvoyeniya   pustinnix   i   gorno-
predgornix territoriy. - Tashkent, 1974  y .
12.   Alibekov   L.A.   Landshafti   i   tipi   zemel   Zarafshanskix   gor   i   prilegayushix
ravnin. -Tashkent: Fan, 1982  y .
13.   Alibekov L.A., Abbasov  S. B. Ekologicheskaya  situasiya  v sredney chasti
basseyna r. Zarafshan. // O’ zbekist o n Geografiya jamiyati                  axboroti. 1-
jild. - Toshkent, 2000  y .
14.   Andayeva D. B  Vohalarda geoekologik vaziyatlarning inson salomatligiga
ta’siri. //O’zbekiston Georafiya jamiyati axboroti. 19- jild. Toshkent,1998 y.
15.   Babushkin   L .  N .,  K   voprosu   agroklimaticheskogo   rayonirovaniya   respublik
Sredney   Azii . //  Trudi   TashGU ,  nov .  ser .  vip .186.- Tashkent , 1961  g .
16.   Babushkin   L.   N.,   Kogay   N.   A.   Fiziko-geograficheskoye   rayonirovaniye
Uzbekskoy SSR.  // Nauch.trud i  TashGU, v i p.231.-Tashkent, 1964 g.
17.   Balashova   Ye.   N.   i   dr.   Klimaticheskoye   opisaniye   Zeravshanskogo
rayona .-L., 1963 g.
18.   Baratov   P.   Prirodniye   resursi   Zarafshanskoy   dolini   i   ix   ispolzovaniye.   –
Tashkent: Fan, 1977 g.
19. Baratov P. O’zbekiston tabiiy geografiyasi .-   Toshkent: O’qituvchi, 1996 y.
20.   Baratov   P.   Mamatqulov   M.,   Rafiqov   A.   O’rta   Osiyo   tabiiy   geografiyasi.
- Toshkent: O’qituvchi, 2002 y.
21.   Buskov   N.   A.,   Muravyeva   N.   T.   Pochv i .   //   Prirodn i ye   usloviya   i   resur i
Yugo-Zapadnogo Uzbekistana. – Tashkent, 1965 g.
22.   Gorbunov   B.   V.   Oroshayem i ye   pochv i   sredney   Azii.   //Georafiya   i
klassifikasiya pochv Azii. – M., 1965 g.
23.   Davlyatov   Sh.   D.   Tektonika   neftegazonosn i x   raynov   Zapadnogo
O’zbekistana. – Tashkent, 1971 g.
24.   Zakirov K. Z. Flora i rastitelnost basseyna reki Zeravshan.  Ch. 1. Tashkent,
1955 g.
25.  Kasimov S. N. Lessoviye porodi Samarkandskoy vpadine. –Tashkent, 1970 g.
84 26.   Korovin   Ye.   P.   Rastitelnost   Sredney   Azii   i   Kazaxistan.   T.   I .   -
Tashkent,19 61  g.
27.   Korovin   Ye.   P.   Rastitelnost   Sredney   Azii   i   Kazaxistan.   T.   II .-
Tashkent,19 61  g.
28.   Kostenko  N.  P., Chityakov  A.  A. Nekotoriye  zakonomernosti   noveyshogo
razvitiya   gornix   vpadin   (na   primere   Zarfshanskoy   kotlovini).     //   Byulleten
Komissii po izucheniyu chetvertichnogo perioda. № 27. 1962 g.
29.   Krasnopolin   Ye.   S.   Nekotoriye   osobennosti   flori   Srednogo   Zeravshana.   //
Trudi In-ta karakulevodstva. – Samarkand, 1961 g.
30.   Kuguchkov   D.   M.   mineraogicheskiy   sostav   zasolennix   pochv
Zeravshanskoy dolini. // Trud. Uzb. selxoz. in-ta, t. 3. – Samarkand,   1960 g.
31.   MashkovsevS.   F.   Gidrogeologicheskoye   issledovaniya   v   basseyne   r.
Zeravshan. // Trud. GGRU,  str . 21. 1931 g. 
32. Molodsov   V.   A.   Xarakteristika   irrigasionn i x   nasosov   Samarkandskogo
oazisa. // Pochvovedeniye. 1958 g. № 2.
33.   Popov   M.   G.   Rastitelbnost   Samarkandskoy   oblasti.   //   Trud.   In-ta
karakulevodstva. T. 10.- Samarkand 1960 g.
34.   Saidov   A.   Gidrogeorafiya   i   rejim   basseyna   r.   Zeravshan.   //   Prirodniye
usloviya i resursi Yugo- Zapadnogo Uzbekistana. – Tashkent, 1965 g.
35.   Tetyuxin   G.   F.   K   voprosu   o   formirovanii   chetvertichnogo   pokrova
Karnabchulskoy stepi. // Trudi SamGU , ser. geogr. – Tashkent, 1958 g.
36.   Umarov   M.   U.   chetvertichniye   otlojeniya   drevney   delti   r.   Zerevshan.   Kak
odin   iz   faktorov   formiravaniya   landshafta.   //   Trudi   SamGU,   ser.   geogr.   –
Samarkand, 1963 g.
37.   Fedotova   G.   A.   Stroyeniye   paleozoyskogo   skladchatogo   osnovaniya
Zeravshanskoy mejgornoy vpadini. // Sovetskaya geologiya, 1963 g. № 7.
38.   Hamdamov X. Irrigasionnaya eroziya i meri borbi s ney v Zereavshanskoy
doline. // Avtoref. dokt.dis. – Tashkent, 1975 g.
39.  Shuls V. L reki Sredney Azii. – Tashkent, 1961 g.
85 40.  Yanshina M. S. Gidroximicheskaya xarkateristika basseyna r. Zeravshan. //
Trudi lab. Gidrogeolog. prob. T.16. – M., 1958 g. 
A D A B I Y O T L A R
1. Абдулкасимов   А.А.   Проблeмы   изучeния   мeжгорно-котловинных
ландшафтов Срeднeй Азии. - Ташкeнт: Фан, 1983 г .
86 2. Абдулкасимов   А.А.,   Абдурахманова   Ю.Х.   Ландшафтно-экологичeская
характeристика   Каттакурганского   оазиса   Зарафшанской   котловины.
//Ўзбeкистоннинг   экологик   муаммолари   ва   табиатни   мух о фаза   қилиш.   -
Самарканд, 1998 г .
3. Абдулқосимов   А.А.,   Абдурахманова   Ю.Ҳ.   Зарафшон   боти ғ и   тeхногeн
ландшафтларини   экологик   оптималлаштириш   ва   улардан   фойдаланиш.
//Гeография ва табиий рeсурслардан фойдаланиш. - Тошкeнт, 2001 й .
4. Абдулқосимов   А.А.,   Абдурахманова   Ю.Х,.   Зарафшон   ботиғидаги
суғориладиган   агроландшафтларда   вужудга   кeлган   гeоэкологик
муаммолар.   //Суғориладиган   бўз   тупроқлар   унумдорлигини   ошириш   ва
унинг экологик муаммолари. - Самарканд, 2002  й .
5. Абдулкасимов   А.А.,   Абдурахманова   Ю.Х.   Формирование
антропогeнных   ландшафтов   в   бассeйнe   рeки   Зарафшан.   //Проблeмы
освоения пустынь. - Ашхабад, 2003 й , № 2.
6. Абдурахманова   Ю.Х.   Ландшафтные   комплeксы   Зарафшанской
котловины   и   их   сeльскохозяйствeнное   использование.   //Биология   ва
экологиянинг  ҳозирги  замон муаммолари. - Самарканд, 1999  й .
7. Абдурахманова   Ю.Х,.   Вох,а   ландшафтларини   карталаштиришда
қўлланилган   асосий   принциплар   ва   мeтодлар.   //Табиий   гeографиянинг
рeгионал муаммолари. - Самарканд, 2002 й .
8. Агроклиматичeские   рeсурсы   Джизакской   и   Самаркандской   областeй
Узбeкской ССР. -Л.: Гидромeтeоиздат, 1977 г .
9. Азимов Ш.А.,  Ўразбоев  А.К. Гeография фанида тизимли усул ва ер-сув
рeсурсларидан   окилона   фойдаланишда   унинг   а ҳ амияти.   //Ўзбeкистон
Гeография жамияти ахбороти. 21-жилд. - Тошкeнт, 2000 й .
10.   Акрамов   З.М.   Гeография   сeльского   хозяйства   Самаркандской   и
Бухарской областeй. Ч. 1. - Ташкeнт, 1961.
11.  Акрамов З.М. Проблeмы хозяйствeнного освоения пустынных и горно-
прeдгорных тeрриторий. - Ташкeнт, 1974  й .
87 12.   Алибeков   Л.А.   Ландшафты   и   типы   зeмeль   Зарафшанских   гор   и
прилeгающих равнин. -Ташкeнт: Фан, 1982  й .
13.   Алибeков Л.А., Аббасов СБ. Экологичeская ситуация в срeднeй части
бассeйна   р.   Зарафшан.   // Ў збeкист о н   Гeография   жамияти   ахбороти.
21-жилд. - Тошкeнт, 2000  й .
14.   Андаева   Д.   Б   Воҳаларда   гeоэкологик   вазиятларнинг   инсон
саломатлигига   таъсири.   //Ўзбeкистон   Гeорафия   жамияти   ахбороти.19-
жилд. Тошкeнт,1998 й.
15.   Бабушкин   Л.   Н.,   К   вопросу   агроклиматичeского   районирования
рeспублик   Срeднeй   Азии.   //   Труды   ТашГУ,   нов.   сeр.   вып.186.-Ташкeнт,
1961 г.
16.   Бабушкин   Л.   Н.,   Когай   Н.   А.   Физико-гeографичeское   районирование
Узбeкской ССР.  // Науч.труды ТашГУ, вып.231.-Ташкeнт, 1964 г.
17.  Балашова Е. Н. и др. Климатичeское описание Зeравшанского района .-
Л., 1963 г.
18.   Баратов   П.   Природные   рeсурсы   Зарафшанской   долины   и   их
использование. – Ташкeнт: Фан, 1977 г.
19. Баратов   П.   Ўзбeкистон   табиий   гeографияси   .-     Тошкeнт:   Ўқитувчи,
1996 й.
20.   Баратов   П.   Маматқулов   М.,   Рафиқов   А.   Ўрта   Осиё   табиий
гeографияси. - .- Тошкeнт: Ўқитувчи, 2002 й.
21.  Буцков Н. А., Муравьева Н. Т. Почвы. // Природные условия и рeсуры
Юго-Западного Узбeкистана. – Ташкeнт, 1965 г.
22.   Горбунов   Б.   В.   Орошаемые   почвы   срeднeй   Азии.   //Гeорафия   и
классификация почв Азии. – М., 1965 г.
23.   Давлятов   Ш.   Д.   Тeктоника   нeфтeгазоносных   райнов   Западного
Ўзбeкистана. – Ташкeнт, 1971 г.
24.   Закиров   К.   З.   Флора   и   раститeльность   бассeйна   рeки   Зeравшан.   Ч.   1.
Ташкeнт, 1955 г.
88 25.   Касымов С. Н. Лeссовые породы Самаркандской впадины. – Ташкeнт,
1970 г.
26.   Коровин   Е.   П.   Раститeльность   Срeднeй   Азии   и   Казахистан.   Т.   I .   -
Ташкeнт, 19 61  г.
27.   Коровин   Е.   П.   Раститeльность   Срeднeй   Азии   и   Казахистан.   Т.   II .   -
Ташкeнт, 19 61  г.
28.   Костeнко Н. П., Читяков А. А. Нeкотор ы е закономeр ности новeйшого
развития   горных   впадин   (на   примeрe   Зарфшанской   котловины).     //
Бюллeтeнь Комиссии по изучeнию чeтвeртичного пeриода. № 27. 1962 г.
29.   Краснополин   Е.   С.   Нeкоторые   особeнности   флоры   Срeдного
Зeравшана. // Труды Ин-та каракулeводства. – Самарканд, 1961 г.
30.   Кугучков   Д.   М.   минeраогичeский   состав   засолeнных   почв
Зeравшанской   долины.   //   Труд.   Узб.   сeльхоз.   ин-та,   т.   3.   –   Самарканд,
1960 г.
31.   МашковцeвС.   Ф.   Гидрогeологичeское   исслeдования   в   бассeйнe   р.
Зeравшан. // Труд. ГГРУ, вып. 21. 1931 г. 
32. Молодцов   В.   А.   Характeристика   ирригационных   насосов
Самаркандского оазиса. // Почвовeдeние. 1958 г. № 2.
33.   Попов   М.   Г.   Раститeлбность   Самаркандской   области.   //   Труд.   Ин-та
каракулeводства. Т. 10.- Самарканд 1960 г.
34.  Саидов а. Гидрогeорафия и рeжим бассeйна р. Зeравшан. // Природные
условия и рeсурсы Юго- Западного Узбeкистана. – Ташкeнт, 1965 г.
35.   Тeтюхин   Г.   Ф.   К   вопросу   о   формировании   чeтвeртичного   покрова
Карнабчульской стeпи. // Труды СамГУ , сeр. гeогр. – Ташкeнт, 1958 г.
36.   Умаров   м.   У.   чeтвeртичные   отложeния   дрeвнeй   дeльты   р.   Зeрeвшан.
Как   один   из   факторов   формиравания   ландшафта.   //   Труды   СамГУ,   сeр.
гeогр. – Самарканд, 1963 г.
37.   Фeдотова   Г.   А.   Строение   палeозойского   складчатого   основания
Зeравшанской мeжгорной впадины. // Совeтская гeология, 1963 г. № 7.
89 38.   Ҳамдамов   Х.   Ирригационная   эрозия   и   мeры   борьбы   с   нeй   в
Зeрeавшанской долинe. // Авторeф. докт.дис. – Ташкeнт, 1975 г.
39.  Шульц В. Л рeки Срeднeй Азии. – Ташкeнт, 1961 г.
40.  Яншина М. С. Гидрохимичeская харкатeристика бассeйна р. Зeравшан.
// Труды лаб. Гидрогeолог. проб. Т.16. – М., 1958 г. 
90

ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG’ VA TOG'OLDILANDSHAFTLARINI MUHOFAZA QILISH М undarija Kirish ………………………………………………………………….….…….3 I. BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG LARI VA TOG'OLDI TEKISLIK LARI TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI 1.1. Geografik o'rni va chegaralari ………………………………………………...6 1.2. Geologik tuzilishi va tektonikasi……………………………………………... 7 1.3. Relefi va uning landshaftlarni shakllanishiga ta'siri…… .... ………………….15 1.4. Iqlimi va uning balandlik ozgarishi…………………………………………..16 1.5. Ichki suvlari…………………………………………………………………..20 1.6. Tuproq-o'simlik qplami va hayvonot dunyosi………………………………..21 II. BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG'LARI VA TOG'OLDI TEKISLIK LANDSHAFTLARINI RAYONLASHTIRISH 2.1. Landshaft rayonlashtirish masalasi ………………………………………. …23 22. Zirabuloq past tog' landshafti……………… . ……………………………35 2.3. Kattaqo'rg'on voha landshafti………………………………………………..36 2.4. Qarnobcho’l tog’oldi landshaftlari ..............................................................45 2.5. Malikcho'l tog'oldi tekislik landshafti………………………………………..49 III . BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG’LARI VA TOG’OLDI TEKISLIK LANDSHAFTLARINING GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR 3.1. To g’ oldi tekisliklarini sug'orish natijasida vujudga kelgan geoekologik muammolar ……………………………………………………………………… 63 3.2. Malik choli er osti suvlarining minerallashishi va ularning agrolandshaftlar ekologiyasiga ta'siri…...…………………………………………………………. 6 8 3.3 Zirabuloq – Z iyovuddin tog’ va tog’oldi landshaftlari, ulardan oqilona foydalanish ............................................................................................................ 72 3.4 Zirabuloq – Ziyovuddin tog’ va tog’oldi tekisliklarining geoekologik muammolari.............................................................................................................74

XULOSA ………………………….…………………………………………….. 80 Foydalangan adabiyotlar …………. ..………………………………...………… 82 Kirish Mavzuning dolzarbligi . Zirabuloq-Ziyovuddin tog' va tog'oldi landshaftlarini muhofaza qilish. O'zbekistonimizning Janubiy-G'arbiy qismining cho'lli-tekis va nisbatan gumud tog'li o'lkalari oralig'idagi o'tkinchi zonada joylashgan bo'lib, juda ko'p janubiy potensial imkoniyatlarga ega. Shu bilan birga o'lka hududi turli antropogen omillar ta'siri ostida ekosistemalar va landshaft komplekslari holatining beqarorligi bilan ajralib turadi . Yildan-yilga aholi sonining ko'payib borayotganligi, uning xo'jalik ehtiyojlarining ortib borayotganligi, turli o'g'itlar va zaharli ximikatlarni intensiv ishlatilishi oqibatada atrof-mihitning ifloslanish darajasi va degradatsiyasi ortib bormoqda, natijada sho'rli salbiy oqibatlarga olib kelib, qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligi kamayib bormoqda. Shuning uchun ham landshaft komplekslarini o'rganish va ularni xaritalashtirish, uning relyef bilan aloqadorligini aniqlash tabiiy jarayonlar o'zgarishining sabablarini va antropogen ta'sirlar oqibatlarini o'rganish, bu komplekslardan samarali foydalanish, bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarini ishlab chiqarish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ishning maqsadi. Olib barilgan ishning maqsadi Zirabuloq-Ziyovuddin tog' va tog'oldi landshaftlarini muhofaza qilish , tabiatni kompleks o'rganish, tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish va muhofoza qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqarish, landshaft komplekslarida qo'shilayotgan va mumkin bo'lgan o'zgarishlarni bashoratlashtirishdan iborat. Tadqiqotimiz oldida qo'yilgan maqsadni hayotga tadbiq etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan; Relyef tuzilishi bilan bog'liq bo'lgan landshaft kompleslarining hududiy aniqlash; hozirgi zamon va qisman tiklangan landshaft komplekslarining o'rniga va yirik masshtabli kartalarni tuzish; landshaftlardan foydalanishning hozirgi holatini baholash va ularning 2

degradatsiyasi sabablarini aniqlash; landshaft komplekslaridan samarali foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqarish. To'plangan ma'lumotlar. Magistrlik dissertatsiyasini yaratish jarayonida 2022-2023-yilar davomida dala tatqiqot sharoitida to'plangan ma'lumotlar, Zirabuloq-Ziyovuddin tog' va tog'oldi relyefi va landshaftlari haqida ma'lumotlar, hamda mavjud adabiyotlardagi materialllarni umumlashtirish va tahlil qilish va kartografik materiallardan samarali foydalanildi. Tadqiqot metodikasi (usullari). Magistrlik dissertatsiya matinini tayyorlash va dala tadqiqotlarini olib borishda kompleks metodik usullardan foydalanildi. Ulardan asosiysi kartografik, statistik, dala marshurt, landshaft-hududiy, landhsaft- tarixiygenetik, kompleks landshaft qiyosiy taqqoslash va boshqalar hisoblanadi. Ilmiy yangiligi. Zirabuloq-Ziyovuddin tog' va tog'oldi landshaftlarini muhofaza qilish va ekologik muammolari ilk marotoba landshaftlarning balandlik- hududiy differensiyasi relyef, eng yangi harakatlar ular bilan bog'liq marfosturukturalar bilan aloqadorligi qo'llanilgan. Shu asosida ilk marotoba o'rta va yirik masshtabli geomorfologok landshaft xaritalari tuzilgan va landshaft komplekslaridan samarali foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Amaliy ahamiyati . albatta erishilgan natijalardan Samarqand viloyati Davlatagroplan mutahasislari, ilmiy tadqiqot loyihalash va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari mutahasislari tomonidan foydalanishi mumkin. Tavsiyalar xalq xo'jaligi obektlarini va qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirishni optimallashtirish, yaylovlardan oqilona foydalanish hamda yangi yerlarni o'zlashtirish imkonini beradi. Ishning sinalganligi . Magistrlik dissertatsiyasining asosiy mazmuni "Geografik tadqiqotlar: Innovatsion g’oyalar istiqbollari (xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, Toshkent 15-16-aprel 2022)",Tog’ va tog’oldi cho’l landshaftlaridan samarali foydalanish muammolari. M; Zamonaviy geografik tadqiqotlar: nazariya, amaliyot, innovatsiya (xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya I-II-qism, Samarqand 12-13-may 2023),M; Zarafshon tizmasi va unga tutash tekislik landshaftlarining geoekologik muammolari, M; Zirabuloq-Ziyovuddin tog’ oldi tekisliklarini 3

sug’orish natijasida vujudga kelgan geoekologik muammolar (Malikcho’l misolida), M; Zirabuloq-Ziyovuddin tog’ oldi tekislik landshaftlarida ro’y berayotgan erozion jarayonlar. Natijalarning e'lon qilinganligi. Magistrlik dissertatsiya-mavzusi bo'yicha to’rtta maqola e'lon qilindi. Magistrlik dissrtatsiyaning hajmi va tuzilishi. Magistrlik dissertatsiya ____ bosma varaqdan iborat, __ ta rasm va ___ ta tablitsa ilova qilingan. Adabiyatlar ro'yxatida 40 ta kitob. Magistrlik dissertatsiya kirish qismi, 3 ta qism, xulosalardan iborat. Magistrlik ish g.f.n.prof: X. Jo'raqulov rahbarligida bajarildi. Magistrant ilmiy rahbariga minnaddorchilik isxor qiladi. Foydali maslahatlar bergani uchun magistrant , t.f.d., prof. Qobilov E.E. hamda g.f.n.dots: Haydarov.S.A. minnatdorchilik bildiradi. 4

1 BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG LARI VA TOG'OLDI TEKISLIKLARI TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI 1.1. Geografik o'rni va chegaralari Zirabuloq-Ziyovuddin past tog'lari va tog'oldi prolyuvial tekisliklaridan tarkib topgan arid iqlimli tabiiy geografik region Zarafshon tog' tizmasining eng g'arbiy tarmog'i hisoblanadi. Bu region ma'muriy jihatdan Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida joylashgan. U sharqda Ulus tog'oralig'i tekisligi, shimolda Zarafshon daryosi, janubda Sho'rsoy va To'dako'l sho'rliklari, g'arbda Qiziltepa va Oqmozor platolarining Buxoro vohasiga tutashgan qismi bilan chegaralangan. Ana shu chegaralar doirasida Zirabuloq-Ziyovuddin past tog'lari va tog'oldi prolyuvial tekislik landshaftlarining umumiy maydoni 8368 km 2 ni tashkil etadi. Shundan past tog' landshaftlariga 1845 km 2 va tog'oldi prolyuvial tekislik landshaftlariga 6523 km 2 maydon to'g'ri keladi. Zirabuloq-Ziyovuddin tog'lari va tog'oldi tekisliklari tabiiy geografik regioni hududida Malik cho'l massivi eng kuchli o'zlashtirilgan tog'oldi prolyuvial tekislik cho'l landshaftlaridan hisoblanadi. Malik cho'lining er yuzasi to'lqinsimon va yassi tekislik bo'lib, uning mutloq balandligi sharqda va janubi-sharqda 450-470 m dan g'arbda va shimoli-g'arbda 270-280 m gacha pasayib boradi. Malikcho'lini o'zlashirilishi natijasida tabiiy landshaftlar maydoni qisqarib sug'oriladigan agrolandshaftlar maydoni kengaydi. Obikor dehqonchilikning rivojlanishi bilan jamoa xo'jaliklarining markazlari - qishloq seliteb landshaftlari, irrigatsion landshaftlar barpo etildi. Ammo qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda agrotexnika qoidalariga amal qilmaslik, agromelioratsiya chora-tadbirlarini talab etilgan darajada amalga oshirmaslik, drenaj tarmoqlarining uzunligi va holati nihoyat darajada qoniqarsiz ekanligi va boshqa salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar bir qator geoekologik muammolarni vujudga keltirdi. Bunday geoekologik 5