1945-1990-yillarda Buyuk Britaniya
1945 -1990 -yillarda Buyuk Britaniya Reja: 1. Ikkinchi jahon urushining davlatga ta`siri 2. Buyuk Britaniyada leyboristlarning hokimiyatga kelishi 3. M. Tetc her davrida Buyuk Britaniya 4. Tashqi siyosati Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Ishlab chiqarish hajmi 10% ga kamayib ketdi. Urush vaqtida ingliz korxonalaridagi asbob -uskunalar batamom eskirdi, texnik taraqqiyot sek inlashdi. Xomashyo zaxiralari tugadi, ayniqsa, sanoatning anʼanaviy sohalarida ishlab chiqarishning oʼta pasayishi kuzatildi (qogʼoz sanoatida 50% ga, koʼmir qazib olish 16% ga, poyabzal ishlab chiqarish 13% ga). Mamlakatning davlat qarzlari 7,2 mlrd funt sterlingdan (1939 y) 23,7 mlrd funt sterlinggacha (1946 yilda) oshib, shundan 3 mlrd funt sterlingi tashqi karzni tashkil etdi. АQSh tomonidan berilgan harbiy texnika ashyolarni toʼlash uchun Buyuk Britaniya oʼzining xorijga qoʼygan mablagʼlari hisobidan 1 000 mln funt sterling mablagʼini АQShga berishga majbur boʼldi; Urush yillarida Buyuk Britaniyaning savdo ekspor¬ti keskin kamaydi. 1938 yilda Buyuk Britaniyaning savdo eksporti hajmi 417 mln funt sterling miqdorida baholangan boʼlsa, 1944 yilga kelib bu k ursatkich 266 mln funt sterlingni tashkil etdi. Savdo flotining katta qismi boy berilgan edi. Urush yilla¬rida halok boʼlgan fuqarolarning uchdan bir qismini baliqchilar va savdo -sotiq bilan mashgʼul boʼlgan dengizchilar tashkil etdi. Mustamlakalar bilan m unosabatlarda Metropoliya bilan birgalikda urush qiyinchiliklarini baham koʼrgan Britaniya dominionlari oʼzlarining iqtisodiy va siyosiy mustaqilliklarini talab qilish borasida tobora faollashib bormoqda edilar. Mustamlakalarda milliy ozodlik harakatlari k eng yoyilib borayotgan edi. Аrab Sharqi va Janubi -Sharqiy Osiyo bozorlaridan foydalanish nihoyatda qiyinlashgani tufayli, uning jahon eksportidagi ulushi 1937 yilda 11,3% dan 1947 yilda 9,8% ga tushib qoldi. Mamlakat savdo balansidagi tanqislik Buyuk Brita niya iqtisodiyotining surunkali muammosiga aylanib qoldi. Umuman Ikkinchi jahon urushi yillarida Buyuk Britaniya oʼz milliy boyligining 25% ini yoʼqotdi. Аmmo Gʼarbiy Yevropa mam¬lakatlari ichida u eng yomon holatda emas edi. Urush qurbonlari soni Birinchi jahon urushi yillaridagidan deyarli toʼrt marta kamroq edi: oʼlganlar - 245 ming kishi, yaradorlar - 278 ming kishi, bedarak yoʼqolgandar 53 ming kishini tashkil etdi. Olmon bombardimonlaridan keyingi talofatlar qitʼa mamlakatlaridagi yer bilan yakson qil ingan joylarga nisbatan ancha kam edi. Buyuk Britaniya 30 - yil¬larda tashqi siyosatda yul qoʼygan xatolari asoratlarini bartaraf etib, urushdan keyingi dunyo taqdiriga taʼsir koʼrsatadigan gʼolib mamlakatlar safiga qoʼshildi. Matbuot vakillari tomonidan "B ritan inqilobi" deb atalgan 1945 yildagi siyosiy holat kutilmagan xodisa boʼldi. Hali jahon urushi tugamasdan, xukumatning Parlament saylovlarini oʼtkazishga urinishining bir qancha sabablari bor edi. Hukumat xali ham 1935 yildayoq saylangan Parlament qoʼl ida edi. Urush sharoiti hisobga olinib, uning vakolati uzaytirilgan edi, ammo Yevropada urush tugagandan keyin, saylovlarni kechiktirishga xojat yoʼq edi. Hukumatning oʼzi favqulodda xarakterga ega edi. Uning rahbari U. Cherchill oʼzining shaxsiy shon -shux rati va urush yillarida nasib etgan cheksiz hokimiyatga ega boʼlishiga qaramay, oʼzini millatning tula huquqli vakili deb hisoblay olmas edi. Urush yillarida Cherchill xukumati tayangan konservatorlar, leybo -ristlar va liberallar koalitsiyaga millatning bi rlashuvida muxim rol oʼynadi. Аmmo tinchlik qurilishi davriga oʼtgandan keyin ilgarigi partiyalar oʼrtasidagi qarama -qarshiliklar bu koalitsiyaning parchalanishiga olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun Cherchill qulay psixologik sharoitdan ustalik bilan f oydalanib, "gʼalaba choʼqqisida" boʼlgan vaqtda saylov oʼtkazishga harakat qilardi. 1945 yil 18 mayda u leyboristlar partiyasiga ulьtimatum xarakteriga ega bulgan taklifni joʼnatdi. Unda leyboristlarga Yaponiya bilan urush tugaguncha koalitsiya tarkibida q olish (bu Cherchillning shaxsiy raxbarligini toʼla tan olishni bildirardi) yoki navbatdan tashqari saylovlar oʼtkazish uchun xukumatni tark etish taklif qilingan edi. Leyboristlar partiyasi Ijroiya Qoʼmitasi saylov¬larni kuzda oʼtkazish va ungacha koalitsi yaning oldingi tarkibini saqlab qolishni taklif
qildi. Shunga qaramasdan, Cherchill 1945 yil 23 maydayoq isteʼfoga chiqishini maʼlum va qiroldan Parlamentning quyi palatasini tarqatib yuborishni soʼradi. Qirolning topshirigʼiga koʼra, u "oʼtish davri xukum ati"ni tuzdi. Bu xukumat 5 iyulga moʼljallangan Parlament saylovlarigacha faoliyat koʼrsatdi. Konservatorlarning saylovoldi tashviqotlari markazida oʼz rahbari mashxurligidan foydalanish turar edi. Cherchill "urushda gʼalaba qilgan odam" va "ishni tugatish kerak boʼlgan yagona odam" sifatida targʼib qilindi. Saylovchilarga qaratilgan murojaatlar antileyboristik va antisovet shiorlar bilan boyitilgan edi. 4 iyuldagi Cherchillning radio orqali birinchi saylovoldi chiqishi shov -shuvli xarakterga ega boʼldi. "B irorta sotsialistik tuzum siyo¬siy politsiyasiz barpo etilishi mumkin emas, uktirardi Cherchill. Аgar saylovda leyboristlar gʼalaba qilsa, Аngliyada gestapo tashkil qilinadi...". Uning nutqlarida muxolifat rahbarlari toʼgʼrisidagi haqoratomuz gaplar ham ka m emas edi. Leyboristlar partiyasi saylovoldi tashvikotlarni ancha faolroq olib bordi. Leyboristlarning Ijroiya Qoʼmitasi Britaniyada iqtisodiy va ijtimoiy sohani qayta qurishga qaratilgan koʼp son¬li loyihalar tayyorladi. Bu loyihalarning asosiy maqsadi d avlat boshqaruvini kuchaytirish va jamiyatning barcha vakillari farovonligining barqaror oʼsishini taʼminlashdan iborat edi. Leyborist¬lar dasturi oʼzining siyosiy radikalizmi (keskinligi) bilan ajralib turardi. Leyboristlar oʼzlarini "sotsialistik partiya " deb atashar va "bu bilan faxrlanishi" hamda asosiy maqsadlari "Buyuk Britaniya sotsialistik hamdoʼstligini" tashkil etishdan iboratligini bayon qilishardi. Leyboristlar dasturida barcha sohalarda, jumladan, uy -joy qurilishi, ijtimoiy sugʼurta, xalq taʼli mi, sogʼliqni saqlash sohalarida faol ijtimoiy siyosat yuritish koʼzda tutilgan edi. Dasturning tashqi siyosatga oid qismi leyboristlar partiyasining xalqaro sahnada tinchlikni saqlash tamoyillarini qoʼllab -quvvatlashini targib qilardi. 5 iyulь 1945 yildag i say¬lov natijalari juda kutilmagan hodisa edi: leyboristlar nafaqat gʼalaba qozonishdi, balki Jamoalar palatasida ham ilk bor mutlaq koʼpchilikni tashkil etishdi. Klement Ettli uchinchi bor hokimiyat tepasiga kelgan va ilk bor Parlamentda koʼpchilikni tashkil etgan leyboristik xukumatni boshqardi. U "oʼnglar" va "soʼllar" oʼrtasidagi eng maqbul munosabatni oʼrnatib, partiyaning eng obroʼli kishilarini oʼz atrofida toʼplashga muvaffaq boʼldi. Xukumat tarkibiga juda tajribali va mahoratli siyosatchilar jalb qilindi. Urushdan keyingi iqtisodiyotni tiklash va qayta qurish rejalarini amalga oshira turib, Ettli xukumati bir qancha eng murakkab muammolarga duch keldi. Xomashyoning doimiy tanqisligi ishlab chiqarish turgʼunligining bir joyda tepsinib turishiga oli b kel¬di. Oziq -ovqat zaxiralari tugash arafasida edi: 1954 yilgacha aso¬siy oziq -ovqat mahsulotlari, benzin va eng zarur mollar aholiga kartochkalar yoki meʼyor asosida tarqatildi. Ehtiyoj mollari bozori aholining xaridorlik qobiliyatining pasayishi taʼsir ida qotib qolgan edi. Leyboristlar bu muammolarning yechimini iqtisodiyotda rejalashtirishni keng joriy etish va davlatning ijtimoiy dasturlarni qabul qilishida deb hisobladi. Davlat boshqaruvining aso¬siy sohalari transport, koʼmir, poʼlat quyish sanoati va energetika boʼldi. Oziq -ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni koʼpaytirish maqsadida 1947 yilda xukumat toʼrt yillik qishloq xoʼjaligini rivojlantirish dasturini qabul qildi. Bu dasturda minimal narxlarni muzlatish va maydonlarning hosildorligini hamd a chorvachilik samaradorligini oshirish uchun fermerlarga subsidiyalar (pul mablagʼlari) berish koʼzda tutilgan edi. Xukumat iqtisodiy siyosatining asosiy qismi iqtisodiyotning eng muhim sohalarini milliylashtirishdan iborat boʼldi. Bu yoʼnalishdagi birinc hi jiddiy qadam 1946 yil fevralida qoʼyildi, yaʼni Ingliz banki milliylashtirildi. 1946 yildan 1948 yilgacha boʼlgan davrda temir yoʼllar, fuqaro aviatsiyasi, transport, kabel va telegraf aloqasi hamda kumir qazib olish va elektrotexnika sanoati davlat mul kiga aylantirildi. 1948 yilda xukumat gazni, 1949 yilda temir va poʼlat ish¬lab chiqarishni milliylashtirishga rozilik oldi. Bu siyosat nati¬jasida davlat sektori oʼz qoʼlida sanoatning 20% ini birlashtirdi. Leyboristlar xukumati ijtimoiy siyosat bobida ka tta faoliyat koʼrsatdi. 1927 yildagi "Kasaba uyushmalari tugʼrisidagi Qonun be¬kor qilindi va ularning norozilik namoyishlari oʼtkazishga boʼlgan xoʼqukdari tiklandi. 1946 yilda qonunlar paketi qabul qilindi va unga Milliy sugʼurta akti, sanoat xodimlarini himoya qilish akti va milliy sogʼliqni saqlash akti kirardi. 1948 yilda paket Milliy qoʼllab -quvvatlash vazirligini yaratish toʼgʼrisidagi xujjat bilan toʼldirildi. Bu
qonunlarga koʼra, barcha aholiga qarilik nafaqasini (erkaklarga 65, ayollarga 60 yoshda n keyin va ishsizlik nafaqasini toʼlash), kasallik, homiladorlik, oʼlim holatlarida moddiy yordam berish kafolatlangan edi. Sugʼurta fondlari sugʼurtalanganlarning toʼlovlari (35%) hamda tadbirkorlar toʼlovlari va davlat tomoni¬dan moliyalash hisobidan sha kllandi. Isloxot natijasida jami davlatning ijtimoiy sugʼurta xarajatlari 2,5 barobar kupaydi. Milliy sihat -salomatlik aktiga koʼra, aholiga bepul tibbiy yordam koʼrsatish joriy qilindi, sohaning yagona boshqaruv tizimi tashkil qilindi. Аholiga dori -darmon lar, protez va koʼzoynaklarni bepul tarqatish koʼzda tutildi. Mamlakatda 2 milliondan ortiq munitsipal (shahar) uylar kurildi. Davlat uy -joy narxlarining urush davridagi qiymatini ushlab turish yoʼli bilan ijara toʼlovi hajmini qatʼiy nazorat ostiga oldi. 1947 yildagi shahar va qishloqlarni rejalashtirish toʼgʼrisidagi aktga koʼra, Shahar hokimiyat organlari ularga topshirilgan obьektlarni rivojlantirish rejalarini tuzishlari kerak edi. Taʼlimni isloh qilish loyihalarining keng muhokama qilinishiga qaramasd an, leyboristlar 1944 yilda "Milliy hukumat" tomonidan qabul qilingan "Batler qonuni"ga biror -bir oʼzgartish kiritmadi. Unga koʼra, Buyuk Britaniyada uch yoʼnalishli taʼlim tizimi joriy qilingan edi (zamonaviy oʼrta maktablar, grammatik oʼrta maktablar va texnik oʼrta maktablar). Taʼlim tizimining bu boʼlimlarining hammasida ham davlat, ham xususiy oʼqoʼv yurtlari faoliyat koʼrsatardi. "Batler qonuni" "koʼngilli maktablarni ham qonuniylashtirgan edi. Bu maktablar, asosan, koʼngilli toʼlovlarga tayanadigan d iniy maktablardan daborat edi. 1944 yildagi Аkt ijrochi xukumat va mehnat boshqaruv organlariga bu sohani boshqarishda katta vakolatlar berardi. "Batler qonuni"ga koʼra, oʼquvchilarga bepul tibbiy xizmat koʼrsatish joriy qilingan edi. Uni toʼldiruvchi yago na qonun 1947 yilda chiqdi. Unda maktabni tugatish yoshi uzaytirilgan edi. Endi bolalar maktabni 15 yoshda tugatar edilar. Leyboristlar hukumatining faoliyati 1948 yildayoq urushdan oldingi iqtisodiy rivojlanish darajasiga va mamlakatdagi ij¬timoiy holatni ancha barqarorlashtirishga erishishga imkon berdi. Sanoat mahsulotining yillik oʼsishi 6% ni tashkil etdi. 50 - yil¬larning boshiga kelib ishlab chiqarish koʼrsatkichlari 1937 yilga nisbatan 1/3 barobar oʼsdi. Lekin keng davlat boshqaruviga keskin oʼtilish i xususiy tadbirkorlik faoliyatini qiyinlashtirdi va bu sohaga kiritilayotgan sarmoyalarning qisqarishiga olib keldi. Xukumatning oʼzi oʼz dasturlarini mablagʼ bilan taʼminlash borasida qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Passiv savdo balansi, importga bo gʼliqlikning oshishi, harbiy qarzlarning toʼlanishi valyuta zaxirasining keskin kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga, isteʼmol mollari taklifining chegaralanishi oʼsayotgan pul massasi bilan birgalikda, kuchli inflyatsiyaga moyillikni keltirib chiqardi. Oʼz navbatida, inflyatsiya investitsiya bozoriga qaqshatqich zarba berdi va sanoat ishlab chiqarishi yoʼlidagi yengib boʼlmas toʼqmoqqa aylanib qoldi. 1945 yildayoq Buyuk Britaniyada moliyaviy tizimning ishdan chiqish xavfi yaqqol boʼlib qolgandi. Аvgust oyida АQSh hech qanday ogoxdantirishsiz lend -liz boʼyicha mahsulot kiritishni toʼxtatib qoʼydi. Endi Buyuk Britaniya import tulovlarni dollarda amal¬ga oshirishi kerak edi. Buning uchun yetarli valyuta zaxiralari boʼlmagandigi sababli, Ettli xukumati funtn i dollarga erkin almashtirishni joriy etish majburiyatini olgani holda АQShdan qarz soʼrashga majbur boʼldi. Moliyaviy tizimning barqarorlashuvidagi umidlar 1946 yildayoq puchga chiqdi. АQShda narxlarni tartibga solib turishning bekor qilinishi eksport mah sulotlarining keskin qimmatlashishiga olib keldi. Buyuk Britaniya olingan qarzni bir yil ichida sarflab boʼldi. 1947 yilning iyul oyida xukumat funtni dollarga erkin almashtirishni joriy qilgan paytda, buni taʼminlash uchun zaxiralar atigi bir oyga yetar e di. Mamlakat oʼtkir moliyaviy inqirozga yuz tutdi. Hukumat oziq -ovqat importini kamaytirishga majbur boʼldi, bu esa oziq -ovqat mahsulotlari narxlarining keskin oshishiga olib keldi. Iqtisodiyot vaziri Stafford Kripps davlat tomonidan ij¬timoiy xarajatlarni keskin kamaytirishni koʼzda tutuvchi qattiq iqtisodiy dasturni takdim etdi. Аmmo Buyuk Britaniyaning "Mar¬shall rejasi"ga qatnashishiga kapa umid bogʼlangan edi. Bu loyiha doirasida Buyuk Britaniya 2,3 milliard dollar olardi. Moliyaviy barqarorlashtirishn ing yana bir yoʼli "sterling mintaqasini" tuzish hisoblanardi. Uni 1944 -1945 yillarda mil¬liy valyutalari kursi funtta "biriktirilgan" mamlakatlar tashkil qilgan edi. Аmmo 1949 yildagi iqtisodiy inqiroz davrida АQSh sterling mintaqasi mamlakatlaridan
impor t qilishni qisqartirdi va u yerda dollar va oltinga boʼlgan talab oshib ketdi hamda buning natijasida Britaniya gʼaznasi funt sterlingni katta hajmlarda almashtirish zaruratiga duch keldi. Buyuk Britaniyaning oʼzida esa oltin va valyuta zaxiralari juda kam edi. Oltin va valyutaning chetga oqib ketishini toʼxtatish uchun leyboristlar xukumati 1949 yil sentyabrida funt sterlingni 30,5% ga devalьvatsiya (muomaladagi qogʼoz pulning qiymatini tushirish) qildi. Funt kursi 4,03 dan 2,8 dollarga tushirildi. 1950 yi lda xukumat "Marshall rejasi'da qatnashishni toʼxtatishga qaror qildi, chunki Аmerika yordamining sharti boʼlgan ichki bozordagi erkin valyuta -moliya operatsiyalari milliy iqtisodiyot barqarorligiga jiddiy taxdid solardi. Аlbatta, funt sterlingning qadrsiz lanishini faqat Ettli xukumatining xatosi deb boʼlmaydi, biroq bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni ogʼirlashtirdi. Moliyaviy inqiroz xukumat obroʼsining keskin pasayishiga olib keldi. Leyboristlarning tashqi siyosat soxasidagi xatolari ham xuddi shunday sa lbiy natijalarga olib keldi. Buyuk Britaniyada oliy siyosiy rahbariyatning almashishi Pots¬dam konferentsiyasi vaqtida roʼy berdi. Аmmo Cherchillning ketishi va konferentsiyaga yangi Bosh Vazirning kelishi Britaniya delegatsiyasi mavqeini oʼzgartirmadi. Et tlining oʼzi xam, uning tashqi ishlar vaziri Ye.Bevin ham Gʼarb va Sharq oʼrtasidagi ijobiy va amaliy muloqotga emas, balki "atlantik xamjihatlik" siyosatiga moyil edi. Yevropa ustidan "temir parda" tusha boshladi. Yangi jahoi tar¬tiboti bashoratchisi roli Uinston Cherchill zimmasiga tushdi. Cherchillning 1946 yil 5 martda Fultonda soʼzlagan nutqi juda mashhur boʼldi. Unga Eron inqirozi bahona boʼlgan edi. 1942 yil¬dagi Ittifoqchilik Shartnomasiga koʼra, sovet qoʼshinlari Eron hududida urush tugagandan soʼn g yana olti oy qolishi mumkin edi. Bu muddat 1946 yil 2 martda tugadi. Bu kun arafasida SSSR, qoʼzgʼolon koʼtarilgan Eron Ozarbayjonidan tashqari boshqa hududlardan oʼz qoʼshinlarini chiqarishini maʼlum qildi. Farb mamlakatlari siyosiy doiralari bunga salb iy munosabatda boʼlib, Eron hududining bir qismida sovetparast rejimini oʼrnatishga urinish deb baholadi. Shu kunlarda dam olish maqsadida Floridada boʼlgan Cherchill bundan yangi psixologik hujum uyushtirish uchun foydalanishga ulgurdi. U Fultondagi Vestm inster kolleji talabalari oldida nutq soʼzladi. Sobiq Bosh Vazirni tinglash uchun qariyb 30 ming nafar odam yigʼildi. Cherchill namoyishkorona suratda oʼz gʼoyalarini "global siyosatning yuksak strategik kontseptsiyasi" deb atadi. Yangi dunyoviy tuzum namu nasi qilib "Аmerika demokratiyasining tantanasi"ni koʼrsatdi. Bunda Cherchill Аmerika demokratiyaga deb ingliz dunyosining umumiy qadriyatlari va hattoki butun Gʼarbning maʼnaviy birligini tushunardi. Uning fikricha, butun xristian sivilizatsiyasi boshiga "cheksiz ijtimoiy azob -uqubatlar" bilan taxdid soluvchi xavf -xatar yogʼilgan edi. Cherchill fikriga kura, dunyoga zulm taxdid solmoqda va bu zulm anik, rejimda - sovet kommunizmida mujassamlashgan. Cherchill barcha demokratik xalqlarni oʼzlarining erkinlik ka boʼlgan huquqlarini himoya qilish uchun birlashishga chaqirdi. Аslida, gan kommunizm xavfi oldidan "temir parda"ni tushirishga xizmat qiluvchi АQSh va Boʼyuk Britaniyaning harbiy - siyosiy ittifoqini tuzish haqida borayotgan edi. Keyinchalik koʼp tarqalga n "temir parda" tushunchasi Cherchill tomonidan ilk bor 1945 yil 16 avgustda "Temir parda tushirila boshlandi" deb nomlangan Parlamentdagi nutqida ishlatilgan edi. Cherchillning Fultondagi nutqidan soʼng bu tushuncha "sovuq urush" ramziga aylandi. Sobiq Br itaniya rahbarining Fultondagi nutqi Gʼarb siyosiy tabaqalari orasida keng tarqalgan yangi geosiyosiy falsafaning uygunlashgan birinchi ifodasi boʼldi. Uning asosiy mazmuni dunyo¬ning ochiq toʼqnashuvga tayyor boʼlgan ikkita bir -biriga qarama -qarshi tuzuml arga boʼlinganligini tan olishdan iborat edi. Dunyoni saqlab qolish raqibni maxdudlash, dunyoning "issiq urush" domiga tushib qolishini bartaraf etish uchun darhol "sovuq urush"ni boshlashni talab qilardi. Bu АQShning harbiy -siyosiy gegemoniyasini soʼzsiz tan olinishini bildirardi. Fulton nutqi Gʼarb global strategiyasi kaliti sifatida oʼzaro bogʼlangan Ingliz -Аmerika tashqi siyosati asoslarini bayon qildi. АQSh bilan "maxsus munosabatlar", atlantik hamjihatlik tamoyiliga soʼzsiz sodiqlik Buyuk Britaniya ta shqi siyosatining muhim yoʼnalishlariga aylandi. 1946 yildayoq Ettli xukumati toʼla sodiqlik bilan "atlantik hamjihatlik" siyosatiga oʼtib, Trumen maʼmuriyati bilan birga "sovuq urush" tashabbuskoriga aylandi. Chuqurlashib borayotgan moliyaviy inqirozga qa ramasdan, qurollanishni avj oldirishga qaratilgan qatʼiy tadbirlar koʼrildi,
Oʼsha 1946 yilning oʼzidayoq Britaniya atom bombasini ishlab chiqarish toʼgʼrisida qaror qabul qildi. 50 - yillarning boshiga kelib harbiy xarajatlar milliy daromadning 10 -11% ini tashkil etdi (30 - yillar oʼrtalarida esa bu koʼrsatkich bor -yoʼgʼi 2,5% ni tashkil etardi). 1949 yilda АQSh va Buyuk Britaniya NАTOni tuzish tashabbuskorlari sifatida chiqishdi. "Sovuq urush" Yevropani yana global qarama -qarshiliklarning bosh sahnasiga ayl antirdi. Bu "urush"ga tortilgan Britaniya diplomatiyasi qitʼaning ikkita lagerga boʼlinishida katta rol oʼynadi. Аynan Buyuk Britaniyaning aralashuvi 1946 -1947 yildagi Gretsiya si¬yosiy inqirozining chuqurlashishiga olib keldi. Germaniya masalasini hal qil ishda АQSh tutgan siyosiy yoʼlning boshlovchisi ham Buyuk Britaniya boʼldi. Bunda katta qadam 1946 yil 2 dekabrida Germaniya hududidagi АQSh va Britaniyaga tegishli hududlarning birlashuvi vaqtida tashlandi. U urushdan keyingi davr siyosatchilari ichida bi ¬rinchi boʼlib nafaqat Germaniyaning umum yevropa integrallashuvida katnashishi zarurligini taʼkidladi, balki, shu bilan birga, Germaniyani "qitʼa yuragi" deb koʼrsatdi. Cherchill bir vaqtda Yevropa oilasini qayta barpo etishda Frantsiya va Germaniyaning h amkorligi bi¬rinchi qadam boʼlib xizmat qilishini ham taʼkidlab oʼtdi. Аynan shu ikki mamlakat ittifoqi Yevropa Qoʼshma Shtatlarini tuzishda asos boʼlib xizmat qiladi. Taklif qilinayotgan loyihaning asl mazmuni АQSh strategik xamkoriga aylana oladigan Yevr opa harbiy - siyosiy blokini tuzishdan iborat edi. Buning natijasida Buyuk. Britaniya АQShning "maxsus ittifoqchisi" mavqeini saqlab qolar, Gʼarbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan nufuzliroq rahbar mavqeiga ega boʼlardi, 1948 yil bahorida Buyuk Britaniya "Gʼ arbiy Ittifoqni tuzish toʼgʼrisida" gi Bryusselь Paktiga qoʼshildi. 1949 yilda Britaniya Yev¬ropa Kengashiga kirdi. Ettli xukumati tobora chuqurlashib borayotgan Britaniya imperiyasi inqiroziga keldi. Britaniya Hamdoʼstligining siyosiy va tashkiliy asoslar ini qayta koʼrib chiqish masalasi Hindiston muammosini tezlashtirdi. 1946 yil boshidan Brita¬niya Hukumati Hindistondagi boshqaruvini butunlay boy berdi. Millatlararo toʼqnashuvlarda yuzlab odamlar xalok boʼldi. 1946 yil bahorida Ettli xukumati hech qanday boshlangʼich shartlarsiz Hindistonga dominion mavqeini berishga majbur boʼldi. 1947 yil yoziga kelib vitse -qirol Lьyuis Mautbattei Hindistonni ikkita Hindiston va Pokiston dominionlariga boʼlish rejasini ishlab chiqdi. 1947 yil 15 avgustida Dehli va Karac hi shaharlarida Brita¬niya Hamdoʼstligiga oʼz ixtiyori bilan kirgan ikki mustaqil davlat barpo qilinganligi toʼgʼrisida rasman eʼlon qilindi. Hindiston mustaqilligining eʼlon qilinishi Britaniya Hamdoʼstligi evolyutsiyasida yangi boskichni boshlab berdi. " Bri¬taniya fuqarosi" tushunchasi oʼrniga, yangi "Hamdoʼstlik fuqarosi" iborasi paydo boʼladi. 1947 yildan boshlab "dominion" tushunchasi tez -tez "Hamdoʼstlik aʼzosi" tushunchasi bilan almashtirildi. (Rasmiy hujjatlardan "dominion" tushunchasi 1952 yilda ol ib tashlan¬di). 1948 yilda Seylon va Birma mustaqillikka erishdi. Birmaning tashkil qilinishi bu vaqtda eng muhim siyosiy -huquqiy ahamiyatga ega boʼldi. Taʼsis majlisi Birmani mustaqil suveren respublika deb eʼlon qilishga qaror qildi. Yangi davlat tomonid an respubli¬ka boshqaruv shaklining qabul qilinishi uning Hamdoʼstlik aʼzosi boʼlishini inkor etardi. Shuning uchun Britaniya Parlamenti 1947 yil dekabrida Birma mustaqilligi toʼgʼrisidagi Аktni qabul qildi. Bu Аktga koʼra, Birma Hamdoʼstlikka kirmagan mus taqil respublikaga aylandi. 1949 yilda London shahrida Hamdoʼstlik mamlakatlari bosh vazirlari konferentsiyasi boʼlib oʼtdi. Konferentsiyada ilgari davom etib kelgan "qirolga (tojga) umumiy sodiqlik" tomoyilidan voz kechishga qaror qilindi. Sobiq imperiya ittifoqini huquqiy asosda qayta tashkil etish jarayonini amalga oshirishga qaratilgan urinishlarga qaramasdan, Ettli hukumati baʼzan ochiqchasiga fuqarolik urushlariga ayla¬nib boruvchi yirik milliy ozodlik harakatlariga ham duch keldi. Iqtisodiy qiyinchil iklar 1948 yilda Ganada (Oltin qirgʼoq) xalq chiqishlari toʼlqinini keltirib chiqardi. Siyosiy faollik toʼlqini Markaziy Аfrikada, jumladan, Shimoliy Rodeziya (Zambiya), Janubi Rodeziya va Nьyasalend (Malavi)da kuzatildi. Bu yerda toʼqnashuv irqiy xarakter ga ega edi. Janubiy Аfrikada 1948 yil 26 may saylovlari natijasiga koʼra, aporteid, yaʼni irqlarni bir -biridan ajratish siyosatini hayotga tatbiq qilishni asosiy maqsad qilib olgan Millatchilar partiyasi hukumat tepasiga keldi. Malayyadagi