logo

Adabiy tanqid fanining tarixiy bosqichlari. Abdurauf Fitrat, Cho`lponning adabiy tanqidiy qarashlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

79.1259765625 KB
Adabiy tanqid fanining tarixiy bosqichlari. Abdurauf Fitrat, Cho`lponning
adabiy tanqidiy qarashlari
Reja:
1.Munaqqidlarning tanqidiy qarashlari
2.Mafkura izmidagi munaqqidlar 
3.Erk va hurriyat targ‘ibotchilari
4. Cho lponning adabiy tanqidiy qarashlariʻ
5. Fitratning adabiy tanqidiy qarashlari XX   asr   20   yillaridan   adabiy   tanqidning   keskin   sinfiy   kurash   sharoitida
rivojlanishi   munaqqidlarni   ham   ikki   guruhga   ajratib   yubordi.   Vadud   Mahmud,
Abduhamid   Cho‘lpon,   Abdurauf   Fitrat   kabilar   so‘z   san’atining   chin   ixlosmandi
bo‘lib adabiyotga sadoqatini to‘liq namoyon etdi.Ular badiiy asarni siyosatdan holi
baholashni   maqsad   ayladi.Abdurahmon   Sa’diy,Sotti   Husayn   kabilar   asardan
siyosiy   xato   topishga   urg‘u   berdilar.Tanqidchining   yozuvchi   ijodi
haqidagikuzatishlari,tanqidchining   tanqidchi   maqolasiga   munosabatini   o‘rganish
masalaga oydinlik kiritadi. Bunda asosiysi  ,xolis va adabiyotning mohiyati to‘g‘ri
anglangan   mulohazalar   tanqid   kelajagi   uchun   asos   sanaladi.   Munaqqidlar
faoliyatini   o‘rganish   talabaning   mustaqil   muqoyasa   etish,aniq   xulosa   chiqarish
malakasini orttiradi.
Adabiy   tanqid   badiiy   asar   yutuq   hamda   kamchiligini   shaxsiy   g‘araz,
maqtovsiz xolis aytish, to‘g‘ri baholash, fikrni ilmiy asoslashni talab etadi. Adabiy
tanqidni   mafkuralashtirish   jarayoni   tezlashishi   munaqqidlarni   ham   ikkiga   ajratdi.
Vulgar   sotsiologik   ruhdagi   qarashlar   S.Husayn,A.Sa’diy,J.Boybo‘latov   kabilar
ijodida   yetakchilik   qiladi.   Ma’rifiy,   ilmiy   yo‘nalishdagi   fikrlar   A.Fitrat,
A.Cho‘lpon   ,V.Mahmud   kabilar   ijodining   bosh   mezoni   edi.   Mumtoz   adabiyot
namunalarini   e’lon   qilish,zamonaviy   yozuvchilar   ijodining   xos   jihatini
yoritish,adabiy   janrlar   taraqqiyoti   borasidagi   fikrlarni   namoyon   etish
munaqqidning   sharafli   burchi.   Fitrat,   Qodiriy,   Cho‘lponlar   badiiy   asar
jozibasi,estetik   qimmati   masalasini   jiddiy   o‘rganib,   o‘zlari   ham   yetuk   asarlar
yaratishga   munosib   hissa   qo‘shdilar.”Adabiyot   nadir”,”Adabiyot   qoidalari”   kabi
asarlarda   tanqid,so‘z   san’ati,ijodkorga   yondashuv   yuksak   darajada   namoyon
bo‘lgani   kuzatiladi.   Ular   ijodini   noxolis   baholagan   tanqidchilarning   maqolasini
o‘rganish masalaga oydinlik kiritadi .”O‘zbek yosh shoirlari”,”O‘zbek adabiyotida
chig‘atoychilik”,”Roman   ham   haqiqat”   kabi   maqolalarda   ijodkor,badiiy   asarni
baholash   jarayoni   kuzatilib   tahlil   etiladi.   Badiiy   asarga   biryoqlama
yondashuv,zamonasozlikka berilish tanqid rivojiga putur yetkazishi ma’lum.
"Butun  jamiyatimiz tarixi kabi, adabiyotimiz tarixi kabi tanqidchiligimiz tarixi
ham   bag‘oyat   murakkab   bo‘lgan,   uning   har   lahzasi   ijodiy   fikr   bilan   dogmatizm, haqiqat   bilan   yolg‘ov   vijdoniylik   bilan   murosasozlik   o‘rtasidagi   kurashga   to‘la"
deb   yozgan   O.Sharafiddinov   yuqorida   eslatganimiz   maqolasida.   Binobarin,
yaratilajak   tanqid   tarixi   rivojlanish   yo‘llaridagi   keskinlikni   sira   yumshatmay,
bo‘yamay,   ro‘y-rost   ko‘rsatib   bermog‘i   darkor.   Shu   mantiqqa   suyangan  holda asr
boshidagi adabiy tavqidni xolis, obektiv yul bilan  tahdid etishga kirishish boshlandi.
Bu   silsilada   H.Boltaboyevning   Fitratning   adabiy-tanqidiy   qarashlariga
bag‘ishlangan qator maqolalari va Fitrat ilmiy merosi tadqiq etilgan doktorlik ishi,
Sh.Yoqubovning   "Otajon   Hoshimning   adabiy-tanqidiy   faoliyati",   U.Sultonovning
"Cho‘lponning adabiy-tanqidiy qarashlari", B. Karimovning "Vadud Mahmudning
20-yillar   adabiy   tanqidchiligidagi   o‘rni",   H.Umrzoqovning   "G‘ozi   Yunusning
ijodiy   yo‘li",   U.Jo‘raqulovning   "Fitratning   tadqiqotchilik   mahorati",   R.
Tojiboyevning   "O‘zbek   adabiy   tanqidi   tarixidan"   deb   nomlangan   nomzodlik
dissertatsiyalarini  misol qilib ko‘rsatish mumkin.
XX   asr   professional   o‘zbek   tanqidchiliga   shakllanishida   Vadud   Mahmud
hissasi   katta.   Badiiy   idrok   tanqidchining   asosiy   xususiyatlaridan   biri.   Alisher
Navoiy, Cho‘lpon ijodi   Vadud Mahmud talqinida. «Alisher Navoiy», «Turk shoiri
Ajziy»,   «Cho‘lponing   «Buloqlari»   maqolalari   va   taqrizining   tahlili,   Vadud
Mahmud ijodida tarixiy-qiyosiy, tarixiy-tipologik yondashuvining o‘rni. Tanqidchi
asarlarida R.Tagor, M.Gandi, Edgar Po asarlarga munosabat. Unnng maqolalarida
vorisiylik   masalasi.   Navoiy,   Fuzuliy,   Ajziy   asarlarining   xolis   talqini.   Mazkur
maqolalardagi   ishqi   ilohiy,   ishqi   majoziy   haqidagi   mulohazalar.   V.Mahmud   ijodi
haqida 20-30 yillar tanqidchiliga. 
Adabiy   tanqid   go‘zallik   kashf   etishi   zarurligi   haqida.   V.Mahmud   «Yosh
o‘zbek   shoirlari»,   «Sa’diyning   savodi»   singari   maqolalarda   didsizlik,   go‘zallikni
his etmaslikning tanqid qilinishi.
Tanqidchi ijodida bahsning o‘rni. Vadud Maxmudning vulgar sotsiologizmga
qarshi   kurashi.   Vadud   Mahmud   va   Abdurahmon   Sa’diy.   Vadud   Mahmud   va   20-
yillardagi   Samarqand   adabiy-tanqidiy   muhiti.   Vadud   Mahmud   va   tojik
ma’rifatchilari, yozuvchilari, olimlari. XX   asrning   birinchi   yarmi   adabiy-tanqidiy   jarayonda   Abdurahmon
Sa’diyning   o‘rni.   Unga   rus   va   turk   mumtoz   adabiyotshunosligining   ta’siri.
A.Sa’diy   ijodida   turkiy   adabiyot.   O‘zbek   yozuvchilari   ijodining   talqini.   Navoiy,
Yassaviy, Cho‘lpon haqidagi maqolalari.
A.Sa’diy   ijodi   va     mafkura.   Mafkura   tomonidan   tanqidchi   erkining
bo‘g‘ilganligi.   Vulgar   sotsiologizmning   A.Sa’diy   ijodidagi   ko‘rinishlari.   Uning
V.Mahmud,   H.Olimjon   haqidagi   maqolalari.   Oybekning   «Tanqid   sohasidagi
savodsizlik   va   ur-yiqitchilikka   qarshi   o‘t   ochaylik»   maqolasida   A.Sa’diyga
munosabat.
A.Sa’diy   Navoiy   ijodi   tadqiqotchisi.   «Navoiy   o‘zbek   mumtoz   adabiyoti
taraqqiyotining   yuksak   bosqichi»   mavzuidagi   doktorlik   dissertatsiyasidagi   yutuq
va kamchiliklar haqida Ye.E.Bertels.
A.Sa’diy   o‘zbek   tanqidchiligida   obzor   maqolalarning   asoschilaridan   biri
ekani.   “O‘zbek   yosh   shoirlari”   (1923),   “Olti   yil   ichida   o‘zbek   she’riy   adabiyoti”
(1924), «O‘zbek burjua adabiyotda maqolalarining tahlili.
Adabiy   tanqid   XX   asr   boshlarida   ancha   ijodiy   yutuqlarga   erishgan   esa-da,
malum nuqsonlarga yo‘l qo‘ydi. Shular haqida fikr yuritishdan oldin asr boshlarida
paydo   bo‘lgan   har   xil   tashkilotlar   va   ularning   adabiyot   hamda   adabiy   tanqidga
munosabatini   ko‘rsatib   o‘tish   joiz.   Zero,   XX   asrning   20-yillarii   adabiy   jarayoni
uchun mushtarak xususiyatlardan biri har xil adabiy tashkilotlarning mavjudligi va
bir-biriga   o‘xshamasligi   edi.   Buning   natijasida   ijodkorlarni   proletar   va   dehqon
yozuvchisi, inqilobiy yozuvchi  va "poputchik" (yo‘lovchi)  kabi toifalarga ajratish
odatga   aylangan   edi.   Jumladan,   o‘sha   davrdagi   adabiy-tanqidiy   maqolalarda
G‘ayratiy,   U.Ismoilov,   G‘.G‘ulom   -proletariat   yozuvchilari,   H.Olimjon,   Oydin,
Sh.Sulaymon,   S.Abdulla-inqilobiy   yozuvchilar,   Elbek   va   Oybek   -"poputchiklar"
deb   baholangan   edi.   Bu   davrdagi   adabiy   tanqid:   1)   adabiy   tansidiy   shakllar
(janrlar)   sohasida;   2)   mumtoz   merosga   munosabat;   3)   yangi   insonni   yaratishga
munosabat  kabi uch sohada izlanganini kuzatish mumkin .
Adabiy   tanqidning   shakllanish   bosqichida   o‘zining   ilk   qadamlarini,   asosan,
taqrizdan   boshlaganin   takidlash   joiz.   Adabiy   taqrizlar   avval   teatr   spektakllariga nisbatan ko‘proq yozilgai bo‘lsa,  keyinchalik badiiy asarlar yoki alohida to‘plamlar
nisbatan   ham   yozila   boshlandi.   Bunga   "Za-nay"   imzoli   muallifning   "Xalil
farakt"."Cho‘l   bolasi"   taxallusiy   muallifning   "Yer   yulduzlari",   S.Ayniyning
qissalari, A.Qodiriyning romanlariga yozgan taqrizlari misol bo‘la oladi.
Ayni   chog‘da   o‘tmishdagi   ijodkorlar   va   zamondoshlar   hayoti,   adabiy
faoliyatiga   bag‘ishlangan   maqolalar   yuzaga   kela   boshladi.   To‘g‘rulning   "Eski
shoirlarimizdan Muqimiy", L.Olimiyning "Unutilgan shoir"   (So‘fizoda   haqidagi)   kabi
adabiy   portret   harakteridagi,   Fitratning   "Muqaddimatul-adab”,   Cho‘lponning‘
"Tagor   va   tagorshunoslik",   "500   yil"   maqolalarida   mumtoz   badiiy   xazinamizning
qimmatini   yo‘qotmagani   va   uning   yangn   avlodga   xizmat   qila   oladigan   tomonlari
ochib beriladi. Bu  maqolalarning har biri o‘ziga hos fazilatlarga ega, albatta.
Yozuvchi   va   tanqidchilarning   ko‘pchiligi   o‘zbek   adabiyotining   dolzarb
masalalari bilan shug‘ullandilar. Fitrat, A.Qodiriy, Cho‘lpon,  A.Sadiy, Elbek, yoshlardan
esa   H.Olimjon,   G‘.G‘ulom,   Mirtemir,   Botu,   Sh.Sulaymon,   Sotti   Husayn,   A.Qahhor,
Oltoy, O.Hoshim, Yunus Latiflar tanqidiy, ilmiy-marifiy ishlari bilan matbuot sahifalarida
tez-tez   ko‘rinib   turdilar.   Ular   o‘zbek   adabiyotining   shakllanishiga   doir   eng   muhim
muammolar   ustida   bahs   yuritganlar.   Shu   tariqa,   adabiy   tanqid   o‘z   tadrijiy   shakllanish
jarayonida tubandagi ikki shaklda ko‘rinib turdi:
1. XX   asr   boshlaridagi   o‘zbek   matbuotida   "tanqid"   rukni   ostida,   asosan,
turli   ijtimoiy-siyosiy,   axloqiy   va   diniy   mavzudagi   bazi   adabiy,   ilmiy   maqolalar,
feleton, ocherk, hikoyalar, har xil  munozaralar, publitsistik maqolalar shaklida ko‘rinib
turdi, janriy  xilma-xillik asosida shakllandi, biroq ularda hali qorishiqlik  ustivor edi.
2. Y igirmanchi yillarga kelib, matbuotda "Tanqid va adabiy  mubohasalar", "Fanniy
tekshirishlar", "Matbuot va adabiyot","Sanoi   nafisa olamida" kabi yangi ruknlar ochildi,
ularda badiiy to‘plamlar,   sahna asarlari, darsliklar, nashriyot ishlariga oid taqrizlar elon
qilindi.   Adabiy   jarayonga   doir   bu   xildagi   original   maqolalar,   taqrizlar   qatorida
qardosh xalqlar adabiyoti, ularning sanatkorlariga  oid maqolalar yoritib borildi.
Sharq   va   G‘arb   sanati,   go‘zallik   haqidagi   qarashlar   xususida,   shuningdek,
V.Belinskiy,   N.Chernishevskiy,   V.Plexanov   va       A. Lunacharskiylarning   estetik qarashlariga  bag‘ishlangan   maqolalar   berila   boshlandi,   adabiyot   va   sanatni   partiya
itoatiga o‘tkazishga oid ko‘rsatmalarni kengrok yoyish harakati boshlandi.
O‘zbek   adabiy   tanqidining   shakllanishida   ozarbayjon     publitsisti
N.Narimonov va tatar adibi O.Ibrohimovlarning ilmiy-nazariy maqolalarining tasiri
sezilarli   bo‘ldi.   O‘sha   davrda   o‘zbek   matbuotida   ular   yozgan   materiallarning
bosilishi   ijobiy   hodisa   edi.   Ayni   zamonda   turli   adabiy   tur   va   janrlardagi   asarlarni
baholash zarurati adabiy-tanqidiy fikrning jonlanishiga sezilarli tasir ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda   yashagan   B.Pestovskiy,   M.Sheverdin   kabi   rus   yozuvchi   va
tanqidchilarining o‘zbek adabiyoti va teatr  sanatiga   bag‘ishlangan   chiqishlari   adabiy
tanqidning   faollashib   borayotganidan   darak   berib   turadi.   Natijada   XX   asr
boshlarida   adabiy   tanqidning   vujudga   kelishi   jarayonida   bir-biridan   tubdan   farq
kiladigan ikki tamoyil ko‘zga tashlanib koldi:
1. Xolisona   ilmiy   izlanishlar   yo‘lidan   borish .   Bu   silsilada   Fitrat,
Cho‘lpon,   A.Sadiy,   S.Ayniy,   V.Mahmud,   Olim   Sharafiddinov,   O.Hoshim   kabi
tanqidchi va adabiyotshunoslar va ular qatorida endigina  tanqidchilik faoliyatini boshlagan
H.Yoqubov, Oybek, Sh.Sulaymonlar  izlanishlari kiradi.
2.   Vul’gar   sotsiologizm   asosidagi   izlanishlar   yo‘li :   Bu   guruhga   mansub
adabiyotshunoslar madaniy merosga nigilistik munosabatda  bo‘lib, adabiy dalillarni
talqin   qilishda   sxematizmga   yo‘l   qo‘ydilar.   Masalan,   talantli   tanqidchi   S.Husayn
o‘zbek adabiyotining yosh xodimlarini tarbiyalashda, istedodlarni adabiyotga olib
kirishda   yaxshi   tashabbus   ko‘rsatdi.   Ammo   A.Qodiriy   ijodini   vulgar   sotsiologizm
nuqtai nazaridan turib, sxematik tarzda tahlil qildi.   Bunday   nuqsonlar   Miyonbuzruk
Solihov,   Ziyo   Said,   Umarjon   Ismoilov, Yunus Latif, J.Boybo‘latov kabi tanqidchilar
ijodida ko‘p  uchrar edi.
“Tanqid nima?" degan savolga birinchilardan bo‘lib Axlullo Haybul, Elbek,  Vadud
Mahmud,   Nemat   Hakim,   Abdurahmon   Sadiy   o‘z   maqolalarida   javob   izlay
boshladilar.
O‘z   davrining   ziyoli   kishilaridan   biri,   shoir,   nosir,   pedagog   Elbek   tanqidchilik
sohasida   samarali   ishlar   qildi.   Uning   tanqid   haqidagi   fikrlari   V.Belinskiy   qarashlariga
yaqinligi   bilan   ajralib   turadi.   U   tanqid   deganda   har   qanday   sohada   ishlovchi kishilarning o‘z kasbi   bo‘yicha yaratilgan asarlarining yutuq va kamchiliklarini shaxsiy
g‘araz  yoki maqtovlarsiz, xolisona aytib, ularga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni  nazarda
tutadi.   "Tanqid   demak,   bir   ishda   yo   bir   narsada   bo‘laturg‘on   kamchiliklarni   shul
ishning ishlovchilariga ko‘rsatib, kuzatdiruv va to‘ldiruv uchun aytiladurg‘on so‘z
demakdur".
Ne’mat   Hakim   esa   tanqidnint   fannny   (ilmiy)   tanqid,   satirik   tanqid,   adabiy-
badiiy   tanqid   kabi   turlari   hakida   gapirarkan,   ilk   bor   uning   ichki   tasnifini   amalga
oshiradi   va   har   biriga   xos   farqli   xususiyatlarinn   tushuntiradi,   shu   tariqa   adabiy
tanqid   xususidagi   tushunchalarni   kengaytirishga   harakat   qiladi.   U   tanqidchilar
orasida   A.Sadiy   faoliyatini   maqullaydi.   Chindan-da,   A.Sadiy   jiddiy   masalalar
haqida   birinchilardan   bo‘lib   fikr   yuritardi,   binobarin,   uning   tanqid   haqidagi
mulohazalari ham diqqatga sazovor.
XX asr boshi adabiy tanqid chiligida:  a) tanqidchining yozuvchi ijodi  haqidagi
kuzatishlari;   b)   yozuvchining   badiiy   asarlarga   bahosi   yoki   yozuvchi   tanqidi;
v)tanqidchining   tanqidchilar   maqolalariga   munosabati   singari   uch   yo‘nalish
ko‘zga tashlanadi.
Aytib o‘tish joizki, uchala yo‘nalishda yaratilgan tanqidiy ishlar orasida ilmiy,
obektiv   mulohazalarga   ega   ishlar   qatorida   dalillarni   buzib   ko‘rsatadigan   subektiv
namunalar   ham   uchraydiki,   bunday   qarashlar   adabiyotning,   adabiy   tanqidning
to‘g‘ri rivojlanishiga salbiy tasir ko‘rsatar edi.
Adabiy   tanqidning   jonlanishida   tanqidchining   yozuvchi   ijodi   haqidagi
xolisona fikrlari muhim rol o‘ynadi. Jumladan, Hamza va  A.Qodiriy ijodi haqidagi
dastlabki ilmiy maqolalar shunday qimmatga ega.
A.Sadiy   Hamza   ijodi   haqida   fikr   yuritar   ekan,   unga   sho‘ro   davri   va   uning
mafkurasi   nuqtai   nazaridan   baho   bersa-da,   jumladan,   uning   quyidagi   so‘zlari
Hamzaning   adabiyotda   tutgan   o‘rnini   to‘g‘ri   belgilagani   bilan   bugungi   kungacha
o‘z   ahamiyatini   yo‘qotgan   emas:   "Xususan   asarlarining   ko‘pi   o‘zbeklarning
zamondagi   o‘z   turmushlaridan,   shu   vaqtdagi   turli   ijtimoiy   hayot   voqealaridan
olinib   yozilgan   bo‘lmoqlari   ayrim   diqqatni   jalb   etib   turadi.   O‘zida   yurak   shoiri bo‘lish,   muzikachilik   va   turli   kuylar   ixtiro   etish,   dramaturglik   ham   artistlik
yig‘ilgan bir shaxsni ham biz hali yolg‘iz Hakimzoda o‘rtoqda ko‘ramiz".
XX   asr   boshlaridagi   adabiy   tanqid   Hamza   ijodini   o‘rganishda   ikki  yo‘ldan  :
biri   Hamza   ijodiga   obektiv,   sanat   mezonlari   asosida   baho   berish   va   ikkinchisi
Sho‘ro   mafkurasi   taqozosiga   ko‘ra   Hamza   ijodini   soxtalashtirish  yoki   uni  mohiyatan
sho‘ro   mafkurasi   talablariga   muvofiqlashtirgan   holda   talqin   qilish   yo‘lidan   bordi.     Shu
qarashdagi   mudaqqidlar   unga   "sho‘ro   ijodkori"   degan   siyosiy   yorliqni   “sharaf”ga
aylantirdilar.
Birinchi   yo‘nalishda   izlangan   "Bog‘bon"   taxallusi,   munaqqidning   "Iffat
qurboni", "Yulg‘inboy" kabi taqrizlari etiborli. Muallif ularda "Boy ila xizmatchi"
"sanoyi   nafisa"   nuqtai   nazaridan   talabga   javob   bermasligini   etirof   etib,   aktyorlar
o‘yinidagi zaif tomonlarni  to‘g‘ri ko‘rsatadi.
Teatr   tanqidchisi   Mirmulla   Shermuhammedov   Hamza   asarlarini   odilona   va
xolis, o‘zi aytganidek, "betarafona" tahlil etadi. 
Shu   tariqa   matbuotda   "Qizil   qalam"   majmuasida   Hamzaga   bag‘ishlab
yozilgan   maqolalar,   shoir   asarlariga   berilgan   taqrizlar   malum   manoda
hamzashunoslikning   o‘ziga   xos   o‘zanga   aylana   boshlanganini   taminlaydi.   Ammo
hamzashunoslik   shoir   ijodini   sho‘ro   tuzumi   manfaatlari   nuqtai   nazaridan
baholashni  ham  unutmadi. XX   asrning 20-yillari  oxirlarida boshlangan bu qusurli
biryoqlama jarayon   80-yillargacha adabiy tanqidda davom etdi. Shu uzoq muddat
davomida hamzashunoslik murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Hamza shaxsiyatini  "qip-
qizil"   proletar   shoiri,   kompartiya   mafkurasiga   sodiq,   diniy   etiqoddan   qaytgan
ijodkor   tarzida   ko‘rsatish   asosida   uni   "o‘zbek   sovet   adabiyotining   asoschisi,
yalovbardori"ga  aylantirdi. Adabiyotshunos   Q.   Yo‘ldoshev to‘g‘ri takidlaganidek:
"Hamza bir umr davridan oldin yurgan.  Shu bois bir umr fojeaviy hayot kechirgan.
Bir   umr   o‘z   xalqini   o‘tli   muhabbat   bilan   suygan,   biroq   o‘sha   xalq   zakovatli
o‘g‘loni qalbini na tirikligida, na hayotdan ketgach, to‘liq tushunolmagan... Hamza   ijodi   ataylab   ko‘tar-ko‘tar   qilindi.   U   o‘ziga   davrdosh,   kayfiyatdosh
bo‘lgan   ijodkorlarga   qarshi   qo‘yildi" 1
.   Binobarin,   Hamza   ijodini   qanday   bo‘lsa,
shundayligicha, obektiv baholash zarurati istiqlol tufayli jiddiy ehtiyojga aylandi.
O‘tgan   asrning   20-yillaridan   etiboran   adabiyot   va   adabiy   tanqidning   keskin
sinfiy   kurash   sharoitida   rivojlanishi   -   ularning   muhim   xususiyatidir.   Bunga
Cho‘lpon   asarlarining   adabiy   tanqidda   jiddiy   munozaralarga   sabab   bo‘lganini
misol qilib ko‘rsatish kifoya.
Adabiy   jarayondagi   munozaralar   ikki   yo‘nalishda   olib   borildi.   Birinchi
yo‘nalishga   shoir   ijodiga   ob’ektiv,   to‘g‘ri   baho   berilgan.   Bunga   A.Qodiriy,
A.Sadiy,   V.Mahmud,   A.Alaviya,   qisman   Z.Bashir   va   Oybeklarning   taqriz   va
maqolalarini mansub deyish mumkin.
Ikkinchi   yo‘nalishga   Ayn,   Usmonxon,   Miyonbuzruk   Solihov,   30-yillardan
boshlab   esa   A.Sa’diy   va   Tuyg‘unlar   yozgan   taqriz   va   maqolalar   mansub,   bo‘lib
ular   Cho‘lpon   ijodiga   sof   "markscha-lenincha"   estetika   nuqtai   nazaridan   baho
berish   asnosida   shoir   qismatining   fojeaga   giriftor   etilishini   tezlashtirishga   sabab
bo‘lishdi 2
.
Afsuski,   o‘zbek   adabiyoti   va   tanqidchiligining   tug‘ilishi   hamda   shakllanishi
jarayonida,   aniqrog‘i,   XX   asrning   20-30-yillarida   iste’dodlarga   shunday
yondashish   qaror   topa   boshlagan   edi.   Ayniqsa,   O‘zbekiston   Kompartiyasi
Markaziy   Komiteti   birinchi   sekretari   Akmal   Ikromovning   davr   mafkurasiga
asoslanib,   Cho‘lpon   ijodiga   noto‘g‘ri   yondashuvi   bu   jarayonni   yanada
keskinlashtirdi.   Bunday   biryoqlama   qarashlar   A.Qodiriy,   A.Cho‘lpon,   A.Fitrat
singari adiblarning nohaq  qamalib, fojeali qatl etilishlariga olib keldi.
Badiiy   ijodda   g‘oyaviylik   bilan   badiiylik   bir-biriga   shu   darajada   birlashib,
qorishib   ketgandagina   chinakam   san’at   asari   paydo   bo‘ladi.   Ularning   birini
ikkinchisidan   yuqori   qo‘yish,   badiiy   ijod   mohiyatini   ijtimoiy   borliq   taraqqiyoti
qonuniyatlaridan   kelib   chiqib   tushuntirish,   talqin   etish   vulgar   sotsiologizmga   olib
keladi, adabiy-badiiy, ilmiy-estetik tafakkur ravnaqiga putur yetkazadi.
1
 Йўлдошев Қ. Кашф этиш эҳтиёжи // Ёшлик. 1990, № 9. Б.34.
2
  Бунга қаранг: Шарафиддинов О. Чўлпонни англаш. Тошкент. “Чўлпон”, 1994. XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmiga kelib qator yosh shoirlarning kitoblari
nashr etildi, jumladan, 1925 yil Oltoyning "Yer yulduzlari" to‘plami bosib chiqdi-
yu, unga adabiy tanqid darhol o‘z munosabatini bildirishga shoshildi.
Oltoy  "Nafis   adabiyotda   sog‘lom   mafkura  va   sog‘lom   tanqid   kerak"  (1928),
Sotti   Husayn   "O‘zbek   adabiyotining   hozirgi   muhim   masalalari"   maqolalarini
proletar adabiyoti muammolariga bag‘ishlashdi. 1929 yili  nashr etilgan "Ko‘rmana"
to‘plamiga   yozgan   so‘z   boshisida   S.Xusayn   undan   o‘rin   olgan   yigirmaga   yaqin
ijodkorlarning   hammasini   proletar   yozuvchilari   tarzida   baholab,   sub’ektivlikka
yo‘l qo‘yadi. Shu tariqa  adabiy tanqidni mafkuralashtirish jarayoni tezlasha bordi.
Sheriyat,   nasr   va   dramaturgiyada   aksini   topgan   yangi   inson   obrazini   tahlil
qilishga   adabiy   tanqid   sustroq   kirishdi.   Bu   masalada   ham   taqriz   oldinda   bordi.
Taqrizchilar   M.Shermuhammedov,   Ayniy,   G‘ayratiy,   Elbek,   Oybek,   X.Olimjon,
Ziyo Said singari ijodkorlar   va   O.Sharafiddinov, O.Hoshim, S.Xusayn, A.Sadiy,
Anqaboy   kabi   tanqidchi,   adabiyotshunoslar   edilar.   Bular   orasida   ismi   sharifi
aniqlanmagan,   faqat   shartli   taxalluslari   ma’lum   mualliflar   ham   bor.   Chunonchi,
"Mudbir" taxallusli tanqidchi Hamzaning "Istibdod qurbonlari'' dramasi haqida fikr
yuritdi, undagi yangi obrazlarni o‘sha  davrga mos holda tahlil qildi.
  Cho lponʻ
«ADABIYOT YASHASA - MILLAT YASHAR...»
(OZOD SHARAFIDDINOV)
Har   qanday   chinakam   iste’dod   sohibi   kabi   Abdulhamid   Cho‘lpon   ham
ijodning deyarli hamma sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan.  U ham shoir, ham
nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publitsist bo‘lishi bilan birga, barkamol
munaqqid, mohir adabiyotshunos, o‘ziga xos tarzda fikrlaydigan san’atshunos ham
bo‘lgan.
  Uning badiiy asarlari xalq ma’naviyatini shakllantirishda qancha muhim rol
o‘ynagan  bo‘lsa,  adabiy-tanqidiy maqolalari  ham  shunchalik  katta qimmatga ega.
Ammo istibdod zamonida Cho‘lpon ijodini o‘rganish u yoqda tursin, nomini tilga
olish   ta’qiqlangani   uchun   keng   jamoatchilikkina   emas,   hatto   adabiyotshunos
mutaxassislar   ham   Cho‘lpon   ijodining   bu   qirrasi   to‘g‘risida   g‘oyat   mavhum   va tumanli tasavvurga ega edilar. Faqat so‘nggi yillardagina Sh. Turdiev, N. Karimov,
B. Do‘stqoraev, M. Olimov, U. Dolimov, Z. Eshonova, D. Quronov, U. Sultonov
kabi adabiyotshunoslarning harakati bilan Cho‘lponning. inqilobdan oldin va keyin
chop etilgan, hozir esa topilishi amri mahol bo‘lib qolgan, jurnallar va gazetalarda
sochilib   yotgan   adabiy-tanqidiy   asarlari   ilmiy   muomalaga   kira   boshladi.
Surxondaryolik   yosh   cho‘lponshunos   N.   Yo‘ldoshev   esa   Cho‘lpon   hayoti   va
ijodiga doir bibliografiya e’lon qilib, unda birinchi marta Cho‘lpon maqolalarining
ro‘yxatini   berdi.   Bibliografiyada   ko‘rsatilishicha,   shoirning   1914—1937   yillar
mobaynida   chop   etilgan   adabiy-tanqidiy   maqolalari   hozircha   63   ta   ekan.
Izlanishlar davom ettirilsa, bu raqamning ko‘payishi turgan gap.
Maqolalar   bilan   tynishish   natijasida   shunday   xulosaga   kelish   mumkinki,
Cho‘lpon  o‘zini  professional   munaqqid  yoki   muayyan   akademik  qoidalar   asosida
ish   yurituvchi   adabiyotshunos   olim   deb   hisoblagan   emas.   Cho‘lpon   estetika
bobida,   san’at   nazariyasida   yangi   sahifa   ochgan   emas,   jahon   san’atini   va
san’atshunosligini batamom yangi yo‘llarga burib yuboradigan tugal ta’limot ham
yaratmagan.   Shunga   qaramay,   yangn   o‘zbek   adabiyoti   tarixini   Cho‘lponning
adabiy-tanqidiy   faoliyatisiz   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.   Yangi   o‘zbek   adabiyotini
shakllantirishda,   20—30-yillardagi   g‘oyat   murakkab   ijodiy   kurashlar   muhitida
unda   izchil   realistik   uslubning   ustivorligini   ta’minlashda   Cho‘lponning   adabiy-
tanqidiy qarashlarining ahamiyatini kamsitish  mumkin emas. Cho‘lpon munaqqid
sifatida,   birinchi   navbatda,   adabiyot   va   san’atning   amaliy   masalalari   bilan
shug‘ullangan,   yanada   aniqroq   aytganda,   ma’naviy   uyg‘onish   va   madaniy
rivojlanish   asosida   adabiy   jarayon   davomida   qo‘ndalang   bo‘lgan   dolzarb
muammolarga   javob   topishga   intilgan,   shu   tarzda   adabiyotni   o‘z   davrining   ilg‘or
g‘oyalari   bilan   boyitishga,   Sharq   va   G’arbning   bebaho   tajribasini   yangi   o‘zbek
adabiyotiga olib kirishga harakat qilgan.
Cho‘lpon   adabiy-tanqidiy   merosining   ahamiyati   faqat   shu   bilan
cheklanmaydi. Yuqorida aytganimizdek, Cho‘lpon tanqidiy faoliyati bilan estetika
sohasida   yangi   bir   ta’limot   yaratishni   maqsad   qilib   qo‘ymagan   bo‘lsa-da,   uning
maqolalarini ichki yaxlitlikdan mahrum, har xil yillarda har xil munosabatlar bilan yozilib, har xil narsalar to‘g‘risida bahs yurituvchi parokanda asarlar yig‘nog‘idan
iborat  deb   qarash   mumkin  emas.  Aksincha,  har  bir   maqolaniyg  yugurik  misralari
ortidan   Cho‘lponning   o‘zi   qarab   turganday   bo‘ladi.   Har   bir   maqolada   Cho‘lpon
shaxsiyatining   aniq   muhri   borki,   xuddi   shu   narsa   ularni   bir   yaxlit   holga   keltirib
turadi.   Cho‘lponning   adabiy-tanqidiy   merosi   bu   ulug‘   adib   shaxsiyatining   turli
qirralarini,   madaniy   saviyasini,   e’tiqodi   va   dunyoqarashini   o‘rganishda,   ijtimoiy
hayotning   muhim   jihatlariga   uning   munosabatini   aniqlashda,   ijodiy
biografiyasining ba’zi nuqtalarini to‘laroq yoritishda ham g‘oyat ahamiyatlidir. Biz
bu   merosni   muayyan   tartibda   o‘rganish   natijasida   Cho‘lponning   g‘oyaviy-estetik
evolyutsiyasi   qanday   kechgani   haqida   tasavvurga   ega   bo‘lamiz,   hatto   «ijtimoiy
tuzum   va   iste’dod»   degan   muammoni   qo‘yib,   sovet   voqeligi   Cho‘lponning
san’atkor   sifatida   o‘sishiga   qanday   salbiy   ta’sir   etganini,   bir   san’atkor   taqdiri
misolida   totalitar   tuzumning   chinakam   iste’dodga   qanchalik   dushman   ekanini
to‘laroq tasavvur etishimiz mumkin.
Cho‘lponning   birinchi   tanqidiy   asari   «Adabiyot   nadur?»   degan   maqola
bo‘lib,   «Sadoi   Turkiston»   gazetasida   1914   yil   4   iyun   kuni   e’lon   qilingan.   Bu
maqola,   umuman,   Cho‘lponning   matbuot   yuzini   ko‘rgan   ilk   asarlaridan   biridir.
Cho‘lpon   uni   16   yoshida   yozgan.   Maqola   shaklan   juda   ixcham   bo‘lsa-da,
mazmunan   g‘oyat   teran.   Undagi   fikrlar   va   mulohazalar   shu   qadar   pishiqki,   16
yashar   o‘smirning   shunchalik   tiyraklik   bilan   qalam   tebratganiga   qoyil   qolmay
ilojingiz yo‘q. Faqat  favqulodda iqtidorga ega odamgina 16 yoshida tafakkurning
bunchalik yuqori pog‘onalariga ko‘tarilishi mumkin. Sarlavhaning o‘zidanoq ayon
ko‘rinib turiptiki, maqola juda muhim masalaga bag‘ishlangan. Adabiyot adabiyot
bo‘lgandan   beri   Sharqda   ham,   G’arbda   ham   ne-ne   buyuk   iste’dod   sohiblari
«Adabiyot,   san’at   nadur?   Uning   kimga   keragi   bor?   San’atkor   kim?   U   jamiyat
oldida   burchdormi?   Burchdor   bo‘lsa,   bu   burch   nimalardan   iborat?   Burchdorlik
bilan   ijod   erkinligi   o‘zaro   qanday   chiqishadi?»   kabi   muammolarga   ro‘para
kelishgan. Ko‘rinib turiptiki, bular ijodning hayot-mamot masalalari, ijodkor ularni
loaqal o‘zi uchun hal qilmay turib, e’tiqod qilib olsa arziydigan estetik nrintsiplarni
aniqlamay turib samarali  ijod qilolmaydi. Lekin shunga qaramay, hanuz adabiyot va san’atning yetakchi xossalarini qamrab oladigan, hamma davrlar uchun baravar
ma’qul   bo‘ladigan   universal   ta’rif,   mukammal   javob   topilgani   yo‘q.   Buyuk
san’atkorlarning   javoblarida   ham   masalaning   ayrim   jihatlarigina,   adabiyot   va
san’atning ayrim xislatlari, ayrim fazilatlarigina ifodalanadi.
Tabiiyki,   Cho‘lpon   ham   adabiyot   olamiga   qadam   qo‘yishi   bilanoq   shu
muammoga ro‘para keldi va unga javob nzlashga majbur bo‘ldi. Shunisi diqqatga
sazovorki, Cho‘lpon o‘z izlanishlarida yolg‘iz emas edi. Xuddi shu davrda boshqa
o‘zbek   ziyolilari   ham   «adabiyot   nadur?»   degan   muammoga   javob   izlab   ancha
urinishgan.   Masalan,   qo‘qonlik   mashhur   ma’rifatparvar,   «Ash’ori   nisvon»   degan
majmuaning   muallifi   Ibrohim   Davron   1909   yildayoq   «Turkiston   viloyati
gazetasi»da «Shoir nadur?» degan maqola e’lon qiladi. Yoki adabiyotshunos olim
Begali Qosimovning ta’kidlashicha, 1914 yilda Mirmuhsin Shermuhamedov bilan
Saidahmad Vasliy o‘rtasida adabiyotning mohiyati, vazifalarn va jamiyat oldidagi
burchi   to‘g‘risida   bahs-munozara   bo‘lgan.   Qolaversa,   bunday   izlanish   faqat
turkistonlik ziyolilar o‘rtasidagina sodir bo‘lgan emas. Xuddi shu yillarda qo‘shni
Qozog‘istonda   ham,   Ozarbayjon   yohud   tatarlar   yurtlarida   ham   adabiyotning,
mohiyatini   izlash,   uning   jamiyat   hayotidagi,   millat   ravnaqidagi   ahamiyatini
aniqlash   harakati   ancha   avj   olgan   edi.   Natijada,   «adabiyot   nadur?»   degan   mangu
savolga   turli   mintaqalarda   bir-biriga   yaqin   javoblar   paydo   bo‘la   boshlagan   edi,
Ozarbayjon   adiblari   Jalil   Mamadqulizoda   yohud   Abdurahim   Haqverdievlarning,
tatar   yozuvchilari   Abdulla   To‘qay,   yohud   Olimjon   Ibrohimovlarning   XX   asr
boshlarida   chop   etilgan   adabiyot   haqidagi   maqolalari   fikrimizning   dalili   bo‘la
oladi. O’z izlanishlari oqibatida ular naqadar bir-biriga yaqin xulosalarga kelganini
ko‘rsatish   uchun   bir   konkret   misolga   murojaat   qilaman:   taniqli   qozoq   jurnalisti,
ma’rifatparvar   va   demokrat   M.   Seralin   o‘zi   muharrirlik   qylgan   «Ayqap»
jurnalining   1922   yildagi   1-sonida   yozadi:   «Til   va   adabiyot   xalqning   qalbi   va
ruhidir... adabiyotsiz xalq zabonsiz boladay gap. Bunday bola boshqalarga o‘zining
dardu   quvonchlarini   gapirib   berolmaydi.   Xalqlarni   bir-biriga   yaqinlashtiradigan
eng   kuchli   vosita   til   va   adabiyotdir.   O’z   adabiyotining   haqiqiy   qadr-qimmatini
bilgan   xalqlarning   farzandlarigina   o‘z   tilini   chinakam   ardoqlay   oladi.   Qozoq xalqining   o‘z   tili   va   o‘z   adabiyoti   bor...   bizning   burchimiz   unutilib   yotgan   ulkan
xazinalarni yuzaga olib chiqish va hammaning mulkiga aylantirishdir» [1] .
Endi   Cho‘lponga   murojaat   qilaylik.   «Yosh   munaqqid   «Adabiyot   nadur?»
maqolasida,   birinchi   navbatda,   adabiyotning   ijtimoiy   mohiyati   to‘g‘risida   fikr
yuritadi.   Uning   fikricha,   adabiyot   millatni   taraqqiy   ettirish   vositasi,   uning
ma’naviyatiny ta’minlaydigan omil. Cho‘lpon bu xulosaning chinligiga shu qadar
ishonganki,   maqolada   hech   qanday   e’tirozga   o‘rin   qoldirmaydigan   tarzda
«adabiyot yashasa — millat yashar» deya tasdiqlaydi:
«Ha,   to‘xtamasdan   harakat   qilib   turg‘on   vujudimizga,   tanimizga   suv,   havo
naqadar   zarur   bo‘lsa,   maishat   yo‘lida   har   xil   qora   kirlar   bilan   kirlangan   ruhimiz
uchun   ham   shul   qadar   adabiyot   kerakdir.   Adabiyot   yashasa   —   millat   yashar.
Adabiyoti   o‘lmag‘an   va   adabiyotining   taraqqiyotiga   cholishmagan   va   adiblar
yetishtirmagan   millat   oxiri   bir   kun   hissiyotdan,   o‘ydan,   fikrdan   mahrum   qolib
sekin-sekin inqiroz bo‘lur».
Biri   Turkistonda,   biri   Qozog‘istonda   turib,   bir-biridan   bexabar   holda   ikki
muallif   deyarli   bir   xil   tarzda   adabiyotning   mohiyati,   jamiyat   hayotidagi,   millat
ravnaqidagi   ahamiyati   to‘g‘risida   fikr   yuritmoqda.   Bundagi   mushtaraklik   tasodif
emas,   albatta.   Bu   shu   bilan   izohlanadiki,   XX   asr   boshlarida   Turkistonda   ham,
Qozog‘istonda   ham   ulug‘   Uyg‘onish   shabadalari   esa   boshlagan   edi.   Turkistonda
shu kezlarda tarix maydoniga kirib kelgan, keyinchalik «jadidlar» deb nom olgan
fikri ochiq, taraqqiyparvar ziyolilar bu uyg‘onishni ta’minlagan asosiy kuch bo‘ldi.
Ular   mustamlakachilik   siyosati   tufayli   Turkiston   zabun   ahvolga   tushib   qolganini,
xalq jaholat va nodonlik qo‘ynida, erksizlik bo‘yinturug‘i ostida ikkiyoqlama zulm
iskanjalari   ostida   qattiq   ezilib   yotganini   chuqur   angladilar   va   bunday   hayotni
o‘zgartish,   yangilash   zarurligi   haqidagi   g‘oyalarni   olg‘a   surdilar.   Ular   xalqni
ma’rifatli   qilishni,   saviyasini   ko‘tarib,   oq-qorani   taniydigan   qilishni
yangilanishning   birlamchi   sharti   deb   bildilar   va   shu   olijanob   niyatni   amalga
oshirish   uchun   fidoyilik   bilan   ishga   kirishdilar.   Ular   har   xil   ta’qib   va   ta’qiqlarga
qaramay, moddiy qiyinchiliklarni yengib maktablar ochdilar, darsliklar yaratdilar,
gazetalar   chiqardilar,   nashriyotlar   ochib   kitoblar   chop   etdilar,   turli   madaniy- ma’rifiy   to‘garaklar   ochdilar...   Xullas,   qisqa   muddat   ichida   jadidlar   millatning
sadoqatli va fidokor farzandlari sifatida tanildi.
Cho‘lpon   shu   ulug‘   ma’rifatparvarlik   harakatining   qanotlarida   ijod
maydoniga   kirib   keldi.   U   mustaqil   o‘qib   o‘rganish   oqibatida   g‘oyat   yuksak
madaniy   saviyaga   ega   edi.   Sharq   klassiklari,   ayniqsa,   turk   va   hind
yozuvchilarining asarlari  bilan, shuningdek, Ovro‘pa va rus adabiyoti  bilan puxta
tanish   edi.   Shuning   uchun   15—16   yoshlaridayoq   ma’rifatparvarlik   g‘oyalarini
qabul   qilishga   har   jihatdan   tayyor   edi.   Shuning   uchun   Cho‘lpon   yoshligiga
qaramay,   Turkistonning   taqdiri   to‘g‘risida,   millatning   istiqboli   haqida   chuqur
qayg‘urish   bilan   o‘ylay   boshladi.   U   ham   jadidlarga   ergashib,   xalqni   jaholat   va
nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog‘idan qutqarib olishning birdan-bir yo‘li
ma’rifat degan e’tiqodga keldi. Millatni ravnaq toptirish uchun, birinchi navbatda,
uni   mustamlaka   asoratidan   xalos   etish   kerak,   buning   uchun   esa   xalq   o‘zinn   o‘zi
tanigan   bo‘lmog‘i,   hammani   birlashtiradigan,   yakdil   qiladigan   milliy   iftixor
tuyg‘usiga ega bo‘lmog‘i kerak. Cho‘lpon xalqni shu darajaga yetkazishga yordam
beradigan   imkoniyatlar,   chora-tadbirlar   izlaydi   va   adabiyot   ularning   eng
samaralisidir   degan   to‘xtamga   keladi.   Shuning   uchun   ham   yosh   munaqqid   komil
ishonch   bilan   hatto   millatning   yashashini   adabiyotning   yashashiga   bog‘liq   qilib
qo‘ydi.   Ehtimol,   Cho‘lpon   bu   o‘rinda   biroz   ehtirosga   berilgandir.   Biroz
mubolag‘aga   yo‘l   qo‘ygandir,   lekin   hech   shubha   yo‘qki,   XX   asr   boshlaridagi
Turkiston sharoitida «adabiyot yashasa — millat yashar» degan formula to‘g‘ri va
samarali   formula   edi.   Muhimi   shundaki,   adabiyotga   bunday   qarash,   uni   xalq
hayotini  yangilashning muhim  vositasi  deb hisoblash  Cho‘lpon ijodida shunchaki
yo‘l-yo‘lakay aytilgan bir fikr sifatida qolib ketgani yo‘q, balki uning keyingi ijodi
davomida doimiy ravishda rahnamolik qiluvchi dasturilamal bo‘ldi. Cho‘lpon shu
e’tiqoddan kelib chiqib, 20-yillarda yangi niqobga kirib olgan mustamlakachilikni
fosh etdi, xalq uchun kishan yasovchi turli-tuman to‘ralar va afandilarni qoraladi,
hurlikni,   erkinlikni   ulug‘lovchi   otashin   she’rlar   yaratdi,   keyinchalik   esa   xalq
hayotining   turli   qatlamlarini   haqqoniy   aks   ettiruvchi   roman   va   dramalar   yaratib,
xalqning ma’naviy ulg‘ayishiga katta hissa qo‘shdi. «Adabiyot   nadur?»   maqolasining   kishini   lol   qoldiradigan   yana   bir   juda
muhim   tomoni   shundaki,   16   yoshlik   munaqqid   adabiyotning   ijtimoiy   vazifasini
ta’kidlash   bilan   cheklanmaydi,   balki   uning   spetsifikasiga,   ya’ni   obrazli   tabiatiga
alohida   urg‘u   beradi.   Yosh   munaqqid   uchun   adabiyot   quruq   g‘oyalar   majmuasi
emas,   balki,   birinchi   navbatda,   inson   ruhiyati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   hodisadir.   U
odamlarning   shuurigagina   emas,   his-tuyg‘ulariga   ham   ta’sir   etishi,   ularni
quvontirib, yohud mahzun ahvolga solib, shu orqali ijtimoiy burchini o‘tashi zarur.
Cho‘lpon bu fikrlarni o‘ziga xos obrazlarda bunday ifodalagan:
«Adabiyot   chin   ma’nosi   ila   o‘lgan,   so‘ngan   qaralgan,   o‘chgan,   majruh
yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar
singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o‘tkir yurak qirlarini yuvadurg‘on toza
ma’rifat   suvi,   xiralashgan   oynalarimizni   yorug‘   va   ravshan   qiladurgan,   chang   va
tuproqlar   to‘lgan   ko‘zlarimizni   artub   tozalaydurg‘on   buloq   suvi   bo‘lganlikdan
bizga g‘oyat kerakdur».
Qadim-qadimlardan   beri   ma’lumki,   badiiy   asar   chinakam   san’at   darajasiga
ko‘tarilmog‘i   uchun   unda   g‘oyaviylik   bilan   badiiylik   chambarchas   birikib   ketgan
bo‘lmog‘i   kerak.   Badiiyatsiz   g‘oyaviylik   adabiyotni   muqarrar   o‘limga   mahkum
etadigan   rak   kasaliga   o‘xshaydi.   Adabiyot   faqat   badiiyati   orqaligina,   ya’ni   teran
hayotiy   mazmunni,   muhim   hayot   haqiqatini   odamlarni   hayajonlantiradigan,
to‘lqinlantiradigan   badiiy   shakllarda   ifodalaganidagina   jamiyat   ehtiyojini   qondira
oladigan   qudrat   kasb   etadi.   Buni   yaxshi   anglagan   Cho‘lpon   badiiyatning
mohiyatini o‘ziga xos tarzda shunday uqdiradi:
«...ba’zi vaqtda falak bir odamni qayg‘uga solar, ul o‘zi tushunib, o‘ylab turib, oh
tortib yig‘lar. Bu hasratlarni o‘z ichiga sig‘dirolmas. Birovga aytsa, «voy, bechora»
dermukin deb, albatta, o‘z qayg‘usini birovga aytmakka tilar. Tub to‘g‘ri aytganda
ul   qadar   ta’sir   qilmas.   Adabiyot   ila   aytganda,   albatta   ta’sir   qilar.   Mening   bir
oshnamning   o‘ldigi   xabari   kelar.   Men   hech   xafalanmayman.   Bir   vaqtda   maktub
kelar, maktubda alarning ko‘rgan kunlari adabiyot ila bunday yozilur:
Gullar bila pok qayg‘uli mahzun boqurdi,
Ko‘z yoshlarimiz to‘xtamay tun-kun oqurdi. Mana shuni o‘qib albatta, bir ta’sir ila alarning qayg‘usiga qo‘shilurmiz».
Cho‘lpon   adabiyotning   yangi   g‘oyaviy   mazmuni   uchungina   emas,   ayni
choqda   uning   yuksak   badiiyati   uchun   ham   kurashganida,   albatta,   o‘sha   davrdagi
adabiy   jarayonning   xususiyatlariga   tayangan.   Ma’lumki,   jadidlar   XX   asr
boshlarida   ma’rifatparvarlik   g‘oyalari   bilan   sug‘orilgan   yangi   mazmundagi
adabiyot   yaratdilar,   ammo   turli   sabablarga   ko‘ra   bu   adabiyot   hamma   vaqt   ham
yuksak   badiiyat   bilan   omuxta   bo‘lavermas   edi.   Shuning   uchun   bo‘lsa   kerak,
Cho‘lpon   adabiyotni   yean’atga   yaqinlashtirish   imkonlarini   izladi   va   bunga
erishishning   eng   cho‘g‘ri   yo‘li   haqqoniylikda   degan   xulosaga   keldi.
Haqqoniylikning   ildizlari   esa   xalqchillikda.   Adib   yoxud   shoir   xalq   hayotyning
ichida   bo‘lmog‘i   kerak   va   bu   hayotning   hamma   zamzamalarini   aks   ettirishga
intilishi   kerak.   Ehtimol,   yosh   Cho‘lpon   bunday   qarashlarga   stixiyali   tarzda
kelgandir, lekin nima bo‘lganda ham, u «qalam  ahllari»ni xalq hayotiga yaqinroq
«aralashib»   yurishga   undaydi.   «Adabiyot   nadur?»dan   keyin   yozilgan   va   «Sadoi
Turkiston»   gazetasining   1915   yil   6   fevral   sonida   chop   etilgan   «Muhtaram
yozg‘uvchilarimizga» degan murojaatnomada Cho‘lpon shunday xitob qiladi:
«Muhtaram   qalam   ahllari   milliy   maishatni   yomon   deb   bezmay,   zohirda
bo‘lsa ham to‘ylarda, gapxonalarda, bachchabozlar majlisida, bazmlarda va shunga
o‘xshash   millatning   eng   tanqid   qiladurgan   o‘rinlarida   birga   aralashib   yurmaklari
kerakdurki,   toki   komil   o‘sha   odatlarni   kitob   sahifalarida   chiroyliroq   qilib,
yozgunday   bo‘lsunlar.   Milliy   maishatdan   bezgan   bilan   bezilib,   ko‘milib
ketaberadilar.   Onda   aralashib   yurulsa,   ondagi   so‘zlarni,   odatlarni   o‘rganmoqqa
bo‘ladurki,   kitob   betlariga   ko‘churib   yozmoqqa   materiallarning   eng   asllari   xalq
orasidan olinur».
Cho‘lpon   inqilobdan   keyin   ham   o‘zining   estetik   printsiplarini   shakllantirib
bordi. U ko‘pgina maqolalarida konkret ijodkorlar misolida yoki muayyan asarlar
tahlili orqali realizmning turli-tuman masalalarini o‘rtaga qo‘ydi. Jumladan, uning
maqolalarida   talant   va   ijodiy   mehnat,   hayotiylik   va   haqqoniylik,   samimiyat   va
sun’iylik,   matn   ustida   ishlash,   badiiy   tasvirning   chinligi   va   rangdorligi,   tabiat
manzaralari   va   psixologizm   kabi   masalalar   qalamga   olingan   va   ular   to‘g‘risida bugun ham ahamiyatini yo‘qotmagan qimmatli fikrlar aytilgan. Masalan, Cho‘lpon
maqolalaridan   birida   adabiyotning   «tugallanishi»,   ya’ni   takomillashishiga   katta
e’tibor   berib,   bunga   «adabiyotga   kira   olmagan   narsalarni   shafqatsiz   sur’atda
maydondan haydash» bilan va badiiy asar tilini soddalashtirish orqali erishilar deb
hisoblaydi.   Cho‘lpon   «Chig‘atoy   gurungi»ga   mansub   odamlar   xuddi   shu   yo‘lda
faoliyat ko‘rsatganini aytadi. Ma’lumki, bizning «sovet» adabiyotshunosligimizda
bu   tashkilot   hamisha   panturkistik   tashkilot   sifatida,   aksilinqilobiy   g‘oyalarni
oldinga surgan guruh sifatida qoralanib kelindi.
Buning natijasida biz bugun «Chig‘atoy gurungi» haqida deyarli hech narsa
bilmaymiz.   Bugunga   kelib   bilganimiz   shu   bo‘ldiki,   «Chig‘atoy   gurungi»   haqida
aytilgan   gaplarning   bari   bo‘hton   ekan.   Shuning   uchun   Cho‘lpon   maqolasidan
olingan quyidagi   parcha shoirning  chin adabiyot  uchun  kurashini  ko‘rsatish   bilan
birga,   o‘sha   to‘garak   haqida   qisman   bo‘lsa-da,   ma’lumot   beradi:   «...u   jamiyatga
mansub   kishilar   tilni   soddalashtirmak   maqsadini   asos   qilib   ushlaganlari   holda
o‘zbek   adabiyotining   tugallanishiga   ham   katta   ahamiyat   berdilar.
Tugallanadurg‘on   adabiyot   chin   adabiyot   bo‘lmog‘i   kerak.   Shuning   uchun   ular
adabiy   asarlarga   haqiqiy   qiymatini   berib,   adabiyotga   kiraolmag‘an   narsalarni
shafqatsiz suvratda maydondan hayday boshladilar... «Chig‘atoy gurungi» asosini
mahkam qurg‘onlig‘i va chinakam to‘g‘ri chizg‘onlig‘i uchun o‘zi yo‘q ketsa ham,
o‘zbekning yangi adabiyotida yangi, porloq, sharafli sahifalar ochdi va ochmoqda
davom etadir».
1918 yilda Cho‘lponning o‘zi  ham  «Chig‘atoy gurungi», to‘garagining faol
a’zosi   bo‘lganini   aytsak,   «chin   adabiyot»   uchun   kurashda   uning   xizmatlari   ayon
bo‘ladi.
Albatta,   bizning   maqolamizda   Cho‘lponning   hamma   adabiy-tanqidiy
maqolalarini   tilga   olib,   ularda   ko‘tarilgan   masalalarni   batafsil   sharhlab   chiqish
imkoni yo‘q, Biroq yangi o‘zbek adabiyoti uchun uning izchil kurashi haqida gap
borar ekan, bir maqolani sira ham chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Bu «Ulug‘ hindi» degan
maqola bo‘lib, unda olg‘a surilgan fikrlar g‘oyat printsipial qimmatga ega. «Maorif   va   o‘qitg‘uvchi»   jurnalining   1925   yil   7—8   qo‘shma   sonida   chop
etilgan   bu   maqola   bir   qarashda   juz’iy   masalaga   —   buyuk   hind   shoiri   va
mutafakkiri   Rabindranat   Tagor   siymosini   targ‘ib   qilishga   bag‘ishlanganday
ko‘rinadi. Biroq aslida esa Cho‘lpon Tagor bahonasida o‘zbek adabiyotining rivoji
qay   yo‘ldan   borishi   kerakligi   haqidagi   mulohazalarini   bayon   qiladi.   Maqolada
Tagor   asarlari   ideal   darajasiga   ko‘tarilgan   chinakam   san’at   namunalari   sifatida
talqin qilingan. Xo‘sh, Cho‘lpon Tagor ijodini qay jihatdan ideal  ijod deb biladi?
Shunisi muhimki, Cho‘lpon bu to‘g‘rida fikr bildirar ekan, faqat o‘zbek adabiyoti
yohud   o‘zbek   yozuvchilarinigina   nazarda   tutmaydi,   balki,   umuman,   yangi
adabiyotning XX asr boshlarida adabiyotga kirib kelgan Sharq yoshlarini nazarda
tutadi.   Cho‘lponning   nazarida   bu   yoshlar   «yo‘lsizlik»   kasaliga   chalingan.
Qolaversa,   Cho‘lponning   o‘zi   ham   «yo‘lsizlik»   dardidan   ko‘p   aziyat   chekadi.
Nima   uchun?   «Yo‘lsizlik»   deganini   qanday   tushunmoq   kerak?   Cho‘lpon   yozadi:
«Eski adabiyot bilan yangi adabiyotning o‘rtasida qolg‘on sharqlik yosh chinakam
chuchmal bir vaziyatdadir. Eski adabiyot bir shirin: yangisi yana shirin: g‘arbniki
tag‘in yana shirin. Qaysi bittasiga ko‘proq berilsin? Afsuski, Cho‘lpon bu o‘rinda
eski   va   yangi   adabiyotning   «shirinligi»   nimalarda   ifodalanishini   aytmaydi,   faqat
maqola   davomida   yoshlarning   yo‘lsizligi,   «boshlab   o‘zi   yo‘lsiz»   ekanini   aytib,
uning mohiyati nimadaligiga ishora qiladi:
«O’zimning yo‘lsizligimdan biroz so‘zlab o‘tayin: Navoiy, Lutfiy, Boyqaro,
Mashrab,   Umarxon,   Fazliy,   Furqat,   Muqimiylarni   o‘qiyman:   bir   xil,   bir   xil,   bir
xil...   Ko‘ngil   boshqa   narsa   qidiradir.   Botu,   G’ayratiy,   Oltoy,   Oybek,
Julqunboylarni   o‘qiyman:   quvontiradir,   xolos!   Ular   mening   uchun   yongon
chiroqlar   bo‘lsa   ham,   mening   ertam   uchun!   Avloniy,   Tavallo,   Siddiqiy   va
Hakimzodalarni o‘qimayman, o‘qimayman. Meni shu holg‘a solg‘an o‘shalar!...»
Bu   parchada   Cho‘lpon   o‘zbek   namoyandalarining   nomlarini   tilga   olyapti,
ularning   ijodida   bir   xillik   borligidan,   ba’zilarida   esa   bundan   ham   jiddiyroq
nuqsonlar   borligidan   zorlanyapti.   Shu   parchaga   qarab   turib   Cho‘lponning   o‘zbek
klassiklariga   salbiy   munosabati   yoxud   mensimay   qaragani   haqida   gapirish
mumkinmi?   Afsuski,   men   Cho‘lpon   haqidagi   risolamda   shunga   yaqinroq   gapni aytganman   va   klassiklarimizni   o‘zimcha   Cho‘lpondan   himoya   qilmoqchi,
Cho‘lponning   o‘zini   ham   o‘z   maqolasidan   himoya   qilmoqchi   bo‘lganman.   Mana
o‘sha parcha:
«O’ylamanki   bugun   Cho‘lponning   bu   xulosasi   bilan   unchalik   kelishib
bo‘lmaydi   —   klassiklarimizning   har   qaysisi   o‘ziga   xos   qiyofaga,   bir-birinikidan
farq qiluvchi uslubga ega ekan, olamni idrok etishlari va olam haqidagi qarashlari
bilan   ham,   estetik   printsiplari   jihatidan   ham   bir-birlarini   takrorlamasliklari   isbot
qilinadi.  Lekin  Cho‘lpon   ularni   «bir   xil,  bir   xil,  bir   xil!»  deb   baholayotgan   ekan,
bunda Sharq she’riyatining o‘ziga xos ba’zi sifatlarini nazarda tutayotgan bo‘lishi
mumkin».
Gap   shundaki,   Cho‘lpon   bu   maqolada   faqat   o‘zbek   adabiyoti   haqidagina
mulohaza yuritayotgani yo‘q, balki u Sharq adabiyotidan ham, G’arb adabiyotidan
ham ko‘ngli uncha to‘lmasligini aytyapti, bu adabiyotlar yo «ortiqcha sharqliligi»
yoxud «ortiqcha g‘arbliligi» bilan taassuf tug‘dirinpshi izhor qilyapti. «To‘qaydan
tortib   Qavi   Najmiygacha   —   tatar   adabiyotini,   Hodidan   tortib   H.   Javodgacha   —
ozarbayjon adabiyotini (Husayn Jovidni ajratib olib qoldim!) Nomiq Kamoldan Ali
Sayfiga   dovur   usmonli   adabiyotini   o‘qiyman:   yo   ortiqcha   yangilik,   g‘arblilik   yo
ortiqcha   sharqlilik,   faqat   usmonlichadan   Rizo   Tavfiqning   ba’zi   bir   yangi   shakl
bilan   eski   ruhda   aytgan   so‘fiylarcha   she’rlarini   o‘qiyman,   shularga   durustgina
qonaman.   Undan   keyin   Yahyo   Kamolning   «Saydobod»   ruhida   ba’zi   narsalari.
Faqat ular shu qadar ozki...»
Savol tug‘iladi: nima uchun Cho‘lpon bir varakayiga ham o‘zbek, ham tatar,
ham   ozarbayjon,   ham   turk   adabiyotlarining   namunalaridan   qoniqmaslik
tuyg‘ularini   izhor   etyapti?   Menimcha,   buning   birdan-bir   sababi   shundaki,
Cho‘lpon Uyg‘onish davrining odami  bo‘lgani uchun adabiyotning ham  yangicha
bo‘lishini   xohlagan,   Yangi   adabiyot   Uyg‘onish   davrining   mohiyatiga   mos
keladigan,   xalq   hayotiga   yaqinroq   turadigan   adabiyot   bo‘lmog‘i   kerak.   Ortiqcha
«sharqlilikka»   yoki   ortiqcha   «g‘arblilikka»   berilgan   adabiyot   esa   bu   talablarga
javob   berolmaydi.   Xo‘sh,   nima   qilmoq   kerak?   Adabiyotni,   «shirinlikdan»,   «bir
xillikdan» qutultirishning yo‘li qanaqa bo‘ladi? Cho‘lpon bu savollarning javobini Tagor   ijodidan   izlaydi.   Munaqqid   Tagor   asarlarini   o‘qib,   «ulardan   qonganini»
ma’lum qilar ekan, buning asosiy boisi deb Tagorning «Sharq va G’arb o‘rtasidagi
oltin   ko‘prik»   ekanini   aytadi.   Darhaqiqat,   Tagor   ijodi   to‘laligicha   Hindiston
zaminida   o‘sib-ulg‘aygan   bo‘lsa-da,   betakror   milliy   ranglarga   ega   bo‘lsa-da,   bu
ijod milliy mahdudlikdan uzoq. U o‘z ijodida ham milliy, ham Sharq, ham G’arb
an’analarini birlashtirdi. Uning she’riyatida va romanlarida Sharqqa xos shartlilik,
ko‘tarinkilik,   donishmandlik   ham,   G’arbga   xos   psixologizm,   xarakterlar
mantig‘iga   amal   qilish,   dalillash   ham   bor.   Buning   oqibatida   u   hind   xalqining
hayotini   shunday   tasvirladiki,   bu   tasvir   butun   jahon   kitobxoniga   —   uning   millati
va   yashash   joyidan   kat’iy   nazar   —   baravar   ta’sir   qiladigan   kuchga   ega   bo‘ldi.
Yuksak badiiyat bilan tahlil  qilingan umumbashariy muammolar  Tagor  asarlariga
alohida   teranlik   va   o‘ziga   xos   falsafiylik   baxsh   etdiki,   xuddi   shu   sifatlar   ularni
Cho‘lpon uchun bag‘oyat jozibador qildi.
«Ulug‘   hindi»   maqolasida   Cho‘lpon   Tagordan   olingan   saboq   sifatida   yana
bir   masalani   qo‘yadi.   Shu   munosabat   bilan   yuqorida   maqoladan   keltirilgan   matn
parchasidagi   bir   nuqtaga   diqqatni   jalb   qilmoqchiman.   Cho‘lpon   boshqalarga
qaraganda   Avloniy,   Tavallo,   Siddiqiy   va   Hamza   Hakimzoda   sha’niga   keskinroq
ohangda   gapiradi,   «meni   shu   holga   solgan»,   «ya’ni   «yo‘lsizlikka»   «mubtalo
qilganlar   «o‘shalar»   deb,   bir   marta   emas,   ikki   marta   ularni   «o‘qimayman,
o‘qimayman» deb ta’kidlaydi.
Afsuski,   bizning   o‘zbek   «sovet»   adabi’atshunosligida   Cho‘lponning   bu
mulohazasi   ham   ilmiy   asosda   xolisona   tahlil   qilinish   o‘rniga   unga   siyosiy   ayblar
taqish   uchun   yana   bir   bahona   bo‘ldi.   Hatto   «jiddiy   adabiyotshunoslardan   biri»
sifatida tanilgan Izzat Sulton ham shu «dalil» asosida Cho‘lponni ayblashdan tiyina
olmaydi. «Bu yerda sovet voqeligini so‘zsiz va izchil qabul qilgan shoirlarga salbiy
baho   berganligi   (aftidan,   Hamza   va   Avloniy   nazarda   tutilyapti,   shekilli.   Unda
Tavallo   bilan   Siddiqiy   nima   bo‘ladi?   —   O.Sh.)   Cho‘lpon   «yo‘lsizligi»   ning
ma’nosini ochib beradi: u hali shoir sifatida yangi voqelikni tushunishga va madh
etishga (!— O. Sh.) tayyor emas». Cho‘lponning   adabiyotdagi   «yo‘lsizlikdan»   qutulish   yo‘llarini   izlagani
to‘satdan   kattakon   siyosiy   aybga   aylanib   qolgan.   Holbuki,   Cho‘lponning
maqolasida   na   sovet   voqeligi,   na   inqilob   haqida   gap   ketayotipti,   ayrim   shoirlar
haqida   keskinroq   ruhda   gapirilayotgan   ekan,   buni   Cho‘lpon   ularning   inqilobni
«so‘zsiz» qabul qilganlari uchun emas, boshqa sabablar tufayli qilyapti. Ma’lumki,
jadidlar   adabiyotdan   jamiyatni   yangilash   jarayonida   muhim   qurol   sifatida
foydalanishgan. Ammo ayrim jadid yozuvchilarining ijodida g‘oyalar targ‘ibotiga
ko‘proq   e’tibor   berilib,   badiiyat   masalalari   keyingi   o‘rinlarga   tushib   qolgan   edi.
Natijada   san’atning   eng   muhim   shartlaridan   biri   bo‘lmish   mazmun   bilan   shakl
birligiga putur yeta boshlagan, g‘oyaviylik badiiyat  hisobiga ustivor o‘rin egallay
boshlagan   edi.   Bu   nuqson   na   faqat   Hamza,   Siddiqiy   yoxud   Avloniy   asarlarida,
hatto   jadidchilik   harakatining   eng   yirik   siymosi   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   ijodida
ham   ko‘zga   tashlanadi.   Aftidan,   Cho‘lpon   bu   hodisani   juda   chuqur   his   qilgan,
uning   xavfini   juda   aniq   anglagan   va   maqolalarida   bunga   qarshi   ogohlantirgan.
Uning ayrim asarlarni «o‘qimayman» deb zorlanishining asosiy sababi ham shunda
— bu asarlarda g‘oyaga urg‘u berilgan-u, badiiyat oqsab qolgan.
Shunday   qilib,   Cho‘lponning   20-yillardagi   bir   qancha   maqolalarida   tilga
olingan   va   «Ulug‘   hindi»   maqolasida   ancha   to‘liq   ifodalangan   masala   —   yangi
o‘zbek   adabiyotini   yaratish   masalasi   edi.   Cho‘lponning   nazarida   bu   vazifani
muvaffaqiyatli   hal   qilish   uchun   Tagordek   buyuk   san’atkorlar   tajribasidan   kelib
chiqib,   Sharq   va   G’arb   san’atlarini   sintez   qilmoq   va   mazmun   bilan   shaklning
uyg‘unligiga erishmoq kerak, zinhor-bazinhor san’atni quruq g‘oyalar majmuasiga
aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Afsuski,   20-yillarda   ham,   undan   keyingi   davrlarda   ham   Cho‘lponning   bu
xitobi   hech   kimning   qulog‘iga   yetib   borgani   yo‘q.   Chunki   sovet   hokimiyati
yillarida   amalga   oshirilgan   adabiy   siyosat   —   chinakam   san’at   namunalarini
yaratishdan   ko‘ra   yozuvchilarni   hukmron   mafkuraning   sodiq   soldatlariga
aylantirishga   qaratilgan   edi.   Yozuvchi   o‘z   «yog‘iga   o‘zi   qovrylib,   ming   xil   ijod
iztiroblarini   kechirib,   matn   ustida   jon   kuydirib   ishlab   o‘tirishi   shart   bo‘lmay
qolgandi — u «dolzarb» mavzuni tanlasa, ilg‘or ishchi  yo sadoqatli  kommunistni qahramon   qilib   olsa,   xalqlar   do‘stligini   ulug‘lab,   ulug‘   og‘amizga   madhiyalar
o‘qisa,   «hayotimiz   farovon,   kelajagimiz   porloq,   partiyaga   ming   rahmat!»   degan
gaplarni   aytsa   kifoya   edi.   Bunday   asar,   badiiy   saviyasidan   qat’iy   nazar,   haqiqiy
adabiyot   deb   baholanar,   ortiqcha   to‘siqlarsiz   chop   etilar,   boshqa   tillarga   tarjima
qilinar,   har   xil   mukofotlar-u   unvonlar   bilan   rag‘batlantirilar   edi.   Bu   siyosat
muqarrar   ravishda   adabiyotda   «sxematizm»   degan   dahshatli   illatni   tug‘dirdi,
haqiqiy   iste’dod   egalarini   qadrsizlantirdi,   o‘rtamiyonachilikka   keng   yo‘l   ochdi,
san’at   bobida   talantsiz,   lekin   ig‘volarga,   fisqu   fasodlarga,   xushomad   va
laganbardorlikka,   zamonaga   moslashishga   ustasi   faranglar,   nafsi   uchun   vijdonini
sotishga   tayyor   odamlar   suv   betida   ko‘pikdek   qalqib   yurishiga   imkon,   yaratdi.
Afsuski,   bu   g‘ayritabiiy,   teskari   hodisaning   oqavalari   hozirgi   kunga   qadar   ham
sirqib   yotipti.   Cho‘lponning   zorlanishlariga   va   ogohlantirishlariga   e’tibor   berib,
o‘sha mahaldayoq bu hodisaning oldi olinganda, ehtimol, ahvol boshqacha bo‘lishi
mumkin   edi,   o‘zbek,   yozuvchilarining   asarlari   ham   hozirgidan   ko‘proq   darajada
jahon   miqyosida   tay   olingan   va   tanilgan   bo‘larmidi?   Nima   bo‘lganda   ham,   bizni
g‘oyat   quvontiradigan   joyi   shundaki,   shoir   va   dramaturg,   nosir   va   publitsist
Cho‘lpon   tanqidchilik   bilan   ham   jiddiy   shug‘ullanib,   bugun   ham   qimmatini
yo‘qotmagan   asarlar   meros   qoldirgan.   Uning   maqolalari   bu   ulug‘   insonning
chinakam   xalq   farzandi   bo‘lganini,   millat   ravnaqi   yo‘lida   astoydil   qayg‘urib
cholishganini,   o‘zbek   adabyyotining   tom   ma’nodagi   yuksak   adabiyot   bo‘lishi
uchun   qimmatli   fikrlar   bayon   qilganini   ko‘rsatadi.   Cho‘lpon   bu   fikrlarni   bayon
qilish bilan, yangi adabiyot yaratish yo‘lidagi mulohazalarini o‘rtaga tashlash bilan
cheklangani   yo‘q,   balki   o‘zining   amaliy   ijodida   bu   e’tiqodlarga   amal   qilib,   o‘zi
ham «G’arb va Sharq o‘rtasida oltii ko‘prik» bo‘ladigan asarlar yaratdi. O’zbek adabiy tanqidchilik janrlari
Reja:
1. O‘zbek adabiy tanqidining janriy tasnifi.
2. Taqriz  janrining estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni.
3. Maqola istilohi haqida, maqola janrining tabiati.
4. Tarixiy-biografik yondashuvga asoslangan adabiy-tanqidiy janrlar.
5. Adabiy muloqotga asoslangan janrlar. Mavzuga   oid   qisqacha   annotatsiya
Mumtoz   adabiyotimiz   ko ’ lami   va   miqyosi   jihatidan   qanday   rivojlangan
bo ’ lsa ,  bu   davrda   adabiy   tanqidchilik   ham   shunday   ravnaq   topganligini   ko ’ rishimiz
mumkin .   Akademik   B .   Valixo ’ jaev   bu   davr   tanqidchiligi   taraqqiyotini   va   uning
janrlar   tarkibini   ikki   yo ’ nalishda   ta ’ kidlab   o ’ tadi .   1.   Bavosita   janrlar .   Bunga
tanqidchilikka   daxli   bo ’ lmagan . ammo   tarkibida   adabiy -   tanqidiy   fikrlar   yuritilgan
asarlar .   2. Bevosita   janrlar .   Bunda   adabiy   tanqidning   o ’ zak   masalalari   aks   etgan
alohida   nazariy -  tanqidiy   asarlar   nazarda   tutilgan .
Tanqid   janrlarini   shartli   ravishda   ikki   yo ‘ nalishga  –  adabiy   jarayonni   hamda
yozuvchi   hayoti   va   ijodi   masalalarini   yorutuvchi   yo ‘ nalishlarga   ajratish   mumkin .
Ammo   mazkur   bo ’ linish   o ‘ ta   shartli ,   chunki   adabiy   jarayonni   yorutuvchi   sof
janrlar   bo ‘ lmaganidek ,   faqat   ijodkor   hayoti   va   ijodini   ochishga   xizmat   qiladigan
janrlar   ham   yo ‘ q .   Haqiqatan   ham ,   tanqidchilik   janrlari   qaysi   janrda   bo ’ lmasin ,
bevosita   adabiy   jarayon   bilan   bog ‘ liq   holda   ijodkor   va   uning   asari   haqida   fikr
yuritadi .
Ma’lumki,   o’tmishda   adabiyotshunoslik   va   adabiyot   tanqid   tushunchalari
o’zaro     chambarchas   bog’liq   bo’lib,   adabiyotshunoslik   atamasi   hozir
ishlatayotganimiz   shaklda   uchramaydi.   Adabiy   tanqidchilikdagi     janr   va   shakllar
xususida adabiyotshunos olimlar Boturxon Valixo’jayev va Abdug’afur Rasulovlar
ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib   borgan.   Shuning   uchun   ham   biz   mazkur   mavzuni
yoritishda   ularning   darslik   va   ilmiy   maqolalari,   maruza   matnlari   manbalariga
asoslanib   ish   kurdik.       “Tanqid”   arabcha-naqada   so’zidan   tashkil   topgan   bo’lib,
muhokama qilmoq, topshiriq, o’rganmoq, nimaningdir haqqoniyligi va to’g’riligini
isbotlamoq,   yutuq   va   kamchiliklarni   belgilamoq   va   nihoyat,   badiiy   asarni   tahlil
qilish,   izohlash   kabi   ma’nolarni   ifodalaydi.   Demak,   bu   hol   tanqid   tushunchasi
doirasining kengligi, uning   hayotdagi barcha hodisa-voqyealarga tegishli  ekanini
ko’rsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bo’lsa, u shu
nom bilan ataladi. Jumladan, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid va hokazo.
San’atning   turli-tuman   sohalari   va   uning   o’ziga   xos   xususiyatlari   nazarga
olinib, hozirgi  kunda  har  bir  sohaga  tegishli  tanqid  bir-biridan  farq  qiladi. Bunga teatr     tanqidi,   kino   tanqidi   va   boshqalarni   misol   tarzida   keltirish   mumkin.
San’atning sohalaridan biri bo’lmish adabiyot bilan bog’liq bo’lgan tanqid-adabiy
tanqid   deb   nomlanadi.   Chunki   adabiy   tanqidning     qiziqish   doirasini   so’z   orqali
o’ymakorlarcha   tasvirlash   san’ati   hisoblangan   adabiyot   tashkil   etadi.   Adabiy
tanqid,   bir   tomondan,   badiiy     tanqidning   shakllaridan   hisoblansa,   o’ziga   xos
xususiyati - adabiyot uning qiziqish doirasi bo’ladi.  O’tmish adabiy tanqidchiligini
2   guruhga   bo’lish   mumkin:   Birinchi   guruh:   1)   Faxriya,   2)   She’riy   parchalar-
g’azalning   ayrim   baytlari,   qit’a,   soqiynoma,   kichik   masnaviy;   3)   Ilmi   adabga
bag’ishlangan asarlar; 4) Dostonlarning ayrim boblari; 5) Tarixiy va tarixiy-esdalik
asarlar; 6) Nasihatnomalarni kiritish mumkin.
2-   guruh.   Bevosita   “janr”lar,   ya’ni   adabiyotshunoslik   va   adabiy   tanqid
masalalaridan bahs yurituvchi asarlar guruhi. Bu guruhga: 1) Tazkira; 2) Manoqib-
holatlar, Faxriya; 3) Aruz, qofiya va she’riy san’atlarga bag’ishlangan risllalar; 4)
Debocha;   5)   Ro’znoma   va   oynomalarda   (XIX     asrning   II   yarmi   va   XX   asrning
avvali)   e’lon   qilingan   taqriz   va     ixcham   maqolalarni   keltirish   mumkin.   Ikkinchi
guruhga   kiritilganlarni   o’tmish   adabiyotshunosligi   va   adabiy   tanqidning   maxsus
janrlari  sifatida qarash mumkin.
Tazkira-arabcha   zikr   so’zidan   olingan   bo’lib,   esdalik   daftari   ma’nosini
anglatadi. XIII asrda Muhammad Avfiy Buxoriyning “Lubob ul-albob” (“Bilimlar
mag’zi”)   tazkirasi   yaratilgan.   Muhammad   Avfiy   aslan   Buxorolik   bo’lib,
Samarqandda yashab,  keyinchalik Xurosonga safar  qilib va, nihoyat, Hindistonda
turg’un bo’lib qolgan adiblardandir. Uning “Lubob ul-albob” tazkirasi  1221 yilda
hind   o’lkasida   yozib   tugatilgan.   Taskirada   she’r   va   shoirlar   xususiyatlariga
bag’ishlangan   alohida   boblardan   tashqari     uch   asr   mobaynida   yashab   ijod   etgan
300   shoirlarning   tarjimai   holi   va   ijodi   haqida   ma’lumot   hamda   asarlardan
namunalar  keltirilgan. Muallif   shoirlarni   zikr   etar  ekan,  o’sha  davrdagi  jarayonda
mavjud bo’lgan ikki  yo’nalishni  ta’kidlab, bir  guruh   shoirlar ijodiyotini  Rudakiy
uslubiga   (“Ravoni   Ro’dakiy)   mansubligini   qayd   qilsa,   boshqa   bir   guruhdagi
shoirlar   ijodiyotini   Unsuriy   uslubiga   (“Ravoni   Unsuriy”)   mansub   deb   biladi. A.Navoiyning  “Majolisun-nafois”i   XV    asr  adabiy     muhiti,  aniqrog’i  shu   asrning
39-90 yillari orasida faoliyat ko’rsatayotgan  459 shoir haqida ma’lumot beradi.
20-yillardan   boshlangan   o’zbek   professional   tanqidchiligi   taqriz,   adabiy   obzor,
problematik   maqola,   badia,   xotira-memuar,   tanqidiy-biografik   ocherk,   adabiy
portret, ilmiy-biografik tadqiqot singari janrlar, taqriz-maktub, taqriz-bahs, taqriz-
monografiya,   maqola-dialog,   maqola-suhbat,   portret   chizgilari,   adabiy   o’ylar
singari shakllardan keng foydalanib keldi.
Tanqidchilik janrlarini shartli ikki guruhga bo’lish mumkin.
1.Adabiy jarayonni tahlil etuvchi janr va shakllar.
2.Yozuvchining hayoti va ijodi masalalarini yorituvchi janr va shakllar.
Umuman,   adabiy   jarayonni   yorituvchi   “sof”   janrlar   bo’lmaganiday,   faqat
ijodkor   hayoti,   ijodini   ochishga   xizmat   qiladigan   janrlar   yo’q.   Tanqidchilik   va
adabiyotshunoslik   adabiyot   tarixi   bilan   o’zviy   birlik   va   bog’liqda       rivojlangan.
O’zbek     adabiyoti   tarixida   adabiyotshunoslikka   oid   asarlarni,   adabiy   jarayon
haqida   ma’lumot   beruvchi   tazkiralar   biz   yuqorida   qayd   etib   o’tgandik.
Adabiyotshunoslik   va   tanqidchilikka   oid   asarlar   janrini   biz   endigina
belgilamoqdamiz. Bunda Navoiy, Boburlar   ilmiy-nazariy tadqiqot yaratganligini,
“Majolisun-nafois”   adabiy     portret   va   portret   chizgilaridan   tashkil   topganligini,
“Boburnoma”da,   Ogahiy,   Munis   asarlarida   xotira,   portret   chizgilari   janrlari
diqqatni   jalb   qilishligini,   nihoyat   klassik   adabiyotda   biografik   asarlar   paydo
bo’lganligini nazarda tutmoqdamiz. XX asr arafasida taqriz, maqola singari janrlar
vaqtli   matbuotda   uchray   boshlaganligini   aniq   faktlar   misolida   aytish     mumkin.
Asrimiz boshlarida talay gazeta va jurnallar chop etildiki, ular tanqidchilik janr va
shakllarining paydo bo’lishi, rivojlanishiga hissa qo’shdi.
Taqriz   Adabiy   tanqidning   eng   qadimiy   janri.   V.G.Belinskiyning   “Aqllilik
balosi”,   A.S.Griboyedov   asari,   “Zamonamiz   qahramoni.   M.Lermontov   asari”,
N.G.Chernishevskiyning   “Kambag’allik   ayb   emas.   A.Ostrovskiy   komediyasi”,
“N.Ogoryov   she’rlari”,   N.A.Dobrolyubovning   “Zulmat   ichra   nur”   singari
monografik taqrizlari qimmatbaho uzukka qo’yilgan bebaho ko’z vazifasini o’tadi.
Shoh   asar   shuhratini   yetuk   taqrizlar   avloddan   avlodga   yetkazganday, tanqidchilikning toji bo’lgan maqolalar taqrizlarning uzoq “umr” ko’rishida o’lmas
asarlarning     hissasi   katta.   Demak,   taqriz-tanqidchi   qalamining   qayroqi,
“tanqidchining tikonli guli” (I.G’afurov), tanqidiy bahoning izchil o’lchovi, adabiy
talqinning lo’nda, siqiq ko’rinishi. Har zamon ruhi taqrizda aks etadi. 20-50-yillar
tanqidchiligida,   xususan,   taqrizda   vulgar-sosiologik   qarash   aks   etdi.   Asarning
qanday   yozilganligidan   ko’ra   u   kim   tomonidan   yaratilganligiga   e’tibor   berildi.
Taqrizchi   asarning   g’oyaviy   asosi,   qahramonlarning   qaysi   sinf   vakili   ekanligi,
sosialistik realizm metodi talablariga qanchalik mosligi singari masalalarga birma-
bir to’xtalish joiz edi. Taqrizlar g’oyaviy-estetik yaxlitdan ko’ra, anketa savollariga
javobga   o’xshab   qolardi.   60-yillardan   boshlab   o’zbek   tanqidchiligida   g’oyaviy-
estetik   tahlil   jonlana   bordi.   60-yillardan   boshlab,   hayotimizda   demokratiya,
oshkoralik ruhi  aniq sezila boshlandi. “Sinchalak”, “Muqaddas”, “Qadrim”, “Qaro
ko’zlar”,   “Sevgim,   sevgilim”   singari   asarlarga   yozilgan   taqrizlar   sistemali   tahlil,
asarning   badiiy-estetik   mohiyatini   ochishga   harakat   sezildi.   “Ulug’bek   xazinasi”
romani       yaratilgach,   tanqidchilikning   diqqati   shu   asarga   qaratildi.
P.Shermuhammedovning “Ulug’bek xazinasi”  (“Sovet O’zbekistoni”, 1973 yil 26
avgust), N.Xudoyberganovning “Ikki hayot, ikki o’lim” (Toshkent oqshomi”, 1973
yil 14 sentyabr), I.G’afurovning “Roman tarix oynasi” (“O’zbekiston madaniyati”,
1974 yil 6 avgust) taqrizlari bosildi. Mazkur taqrizlarda g’oyaviy-estetik tahlil, har
bir   munaqqidning   uslubi,   nihoyat,   turg’unlik   yillarining   ayrim   belgilari   aks   etdi.
P.Shermuhamedov   taqrizida   roman   tili   masalasi,   N.Xudoyberganov   maqolasida
qarama-qarshi     obrazlar   qiyosi,   I.G’afurov   ishida   romandagi   uslubiy   toblanishlar
har xilligiga urg’u beriladi. G’oyaviy-badiiy mukammal asarlar haqida ijobiy taqriz
yozilsa, yaxshi  asarni  “a’lo”   deb ulug’lansa, unga katta gunoh bo’lmaydi. O’tkir
Hoshimovning   “Dunyoning   ishlari”   qissasi   yetuk   tanqidchilar   tomonidan   yuksak
baholandi. O.Sharofiddinov “Ona” (“O’zb. Adabiyoti va san’ati) gazetasi, 1982 yil
23-son), M.Qo’shjonov “Onaga ta’zim” (“Qishloq  haqiqati” gazetasi, 1982 yil 66-
son),   S.Mirvaliyev   “Ona   haqida   qo’shiq”   (“Yosh   leninchi   gazetasi,   1982   yil,   23-
son),   B.G’ulomov   “Mehr   dostoni”   (“Toshkent   oqshomi”   gazetasi,   1982   yil,   23-
son)   taqrizlarida   “Dunyoning   ishlari”   qissasidagi   yuksak   badiyilikni,   emosional ta’sirlilikni alohida ta’kidladilar. Tanqidchi N.Xudoyberganov “Me’yor va tasvir”
maqolasida   “Dunyoning   ishlari”   yaxshi   asar   ekanligini   tan   oladi-yu,   biroq   uning
o’ta   maqtab   yuborilishiga,   qissa   muallifini,   o’zbekning     Aytmatovi,   Markesi
darajasiga   ko’tarib   qo’yilishiga   qarshi   chiqadi.     N.Xudoyberganov   asarda
kamchilik   bor   ekanligini   his   qiladi,   lekin   u   nimalarda     ko’rinishini   aniq   aytib
berolmaydi. Turg’unlik yillarining illatini taqriz janriga munosabat, uning   adabiy
jarayondagi o’rnida aniq sezish mumkin. Turg’unlik yillari (70-80) taqrizchiligida
ofarinbozlik,   ko’tar-ko’tarchilik   ruhi   yetakchilik   qildi,-deb   to’g’riqayd   etiladi
Norboy.   Xudayberganov   va   Abdug’afur   Rasulovlarning   «O’zbek   adabiy
tanqidchiligi   tarixi»darsligida.-O’rtaga,   hatto   yaroqsiz   asarlar   haqida   maqtov
taqrizlar   bosildi.   70-80-yillardagi   taqrizlarga   qarab   o’zbek   adabiyoti   haqida   fikr
yuritsak, bizda kashfiyot, nodir, mo’jiza asarlar to’lib-toshib ketdi. Bo’sh   asarlar
bo’sh   taqrizlarda,   havaskor   tanqidchilar   tomonidan   maqtalsa,   uni   tushunish
mumkin.   Yomoni   shundaki,   estetik   didi   yuksak,   kitobxonni   o’z   og’ziga   qaratib
o’rgangan   tanqidchilardan   M.Qo’shjonov,   I.G’afurov,   N.Xudoyberganov,
O.Abdullayev,   U.Normatovlar   “Navro’z”,   “Momaqaldiroq”   (N.Safarov)   “So’nggi
barxan”,   “Degrez   o’g’li”,   “Chotqol   yo’lbarsi”   singari   asarlarga   maqtov   taqrizlar
bitdilar.   O’rtamiyona   asarlar   ko’paya   borgani,   maqtov   taqrizlar   soni   orta   borgani
sayin  tanqidchilikda  tang   ahvol   yuzaga  keldi.  Tanqidchi   Rafael  Mustafin   “taqriz-
so’z     bilan   berilgan   pora”   degan   aybnomani   aytgan   edi.   Ustiga   ustak   taqrizni
adabiy-tanqidiy   janrdan   chiqarib   tashlashni   taklif   qildi.   Emishki,   taqriz   adabiy-
tarixiy jarayondan chetda turib metodologik asoslarga suyanmasdan yaratiladigan,
demakki,   ilmga   aloqasi   yo’q   janr   deb   ham   e’lon   qildilar   (“Voproso’   lit-ro’   “
jurnali,  1985,  10-son,  76-bet).  Taqriz  madhiyabozlik,  oshna-og’aynichilik  kasriga
qolib yomon otliq bo’ldi. Lekin u adabiy jarayondagi o’rnini zinhor  yo’qotmadi.
Adabiy   obzor   tanqidning   qadimiy   janrlaridan.   V.G.Belinskiy   ko’plab
adabiy   obzorlar     yaratib,   mazkur   janrni   yuksak   darajaga   olib   chiqqan   edi.   Uning
“1841   yil   rus   adabiyoti”,     “1842   yil   rus   adabiyoti”,   “Kitob   do’konida   eshitilib
qolingan   adabiy   gurung”   obzor   maqolalari   yuksak   ko’tarinkilik     va   zavq-shavq
bilan   yozilgan   dialog   shaklidan   unumli   foydalangan,   kimlar   bilan   bahsga kirishgan, jonli  takliflarni bayon qilgan edi. Shiddatli Vissarion xronologik obzor
yaratadimi,   tematik   obzorga   qo’l   uradimi,   shoh   asarlarni   kashf   etishni   maqsad
qilib   qo’yadi,   o’sha   yillar   rus   adabiyoti   umri   boqiy   asarlar   yaratilmaganidan
afsuslanadi.   Hozir   ham   adabiy   obzor   yaratuvchining   maqsadi   jonli   adabiy
jarayondagi   kurashlar,   holatlar,   intilishlar   samarasi   o’laroq       mo’jizani,   shoh
asarlarni   kashf     etishdir.   Obzorchi   ma’lum   chegaradagi,   doiradagi   asarlarni
o’rganadi.   Zamonaviy   obzorchi   vazifasining   mushkulligi   shundaki,   u   jahon
adabiyotidagi, aniqrog’i, dunyodagi eng rivojlangan adabiyotlardagi holatni yaxshi
bilmoqi,   ilg’or   tendensiyalardan   xabardor   bo’lmoqi,   insonni   mukammal
tasvirlayotgan   ulug’   ijodkorlarning   izlanishlarini   ziyraklik   bilan   kuzatib   bormoqi,
nihoyat   jahondagi   ilg’or   adabiyotlar   tarixidan   xabardor   bo’lmoqi   lozim.   To’g’ri,
adabiy   obzorni   hamma   adabiyotshunos,   tanqidchi   yozaverishi   mumkin.   Lekin
donishmand,   bilog’on   tanqidchi,   adabiyotshunos   obzorida   ostki   oqim,   yashirin
ma’no sezilib turadi. Bunday obzorlar zamonlar o’tishi bilan eskirmaydi, ulardagi
ichki   mazmun,   badiiy   ijod   qonuniyatlari   xususidagi   fikrlar   hamisha   kitobxon
diqqatini jalb etib boradi.
O.Sharafiddinovning   “Yillar   va   yo’llar”   asarini   ilmiy-nazariy   obzor   desa   bo’ladi.
1966   yilda   yozilgan.   Unda   Cho’lpon,   Usmon   Nosir   haqida   gaplar   aytilgan.
M.Qo’shjonovning     “Qayta   qurish   va   o’zbek   romani”,   K.Yashinning   “O’zbek
adabiyoti   yuksalishida”   (T.,   1964,   O’zbekiston   nashriyoti),   M.Qo’shjonovning
“Ma’no-mahoratning   bosh   masalasi”.   1972   prozasi”,   I.G’afurovning   1973   yil
prozasi   haqidagi   “Nasrimizning   bugungi   tendensiyalari”   kabi   obzorlari   bor.
I.G’afurovning   1973   yil   o’zbek     prozasi   haqidagi   “Nasrimizning   bugungi
tendensiyalari” obzorida tarix va inson konsepsiyasi masalasida jiddiy mulohazalar
bayon     etiladi.   Muhimi,   munaqqid   o’zi   yashab   turgan   sharoitni   eng   mukammal,
haqiqat   tantana   qilgan   davr   deb   biladi.   Munaqqid:   “Biz   tariximizni   sevamiz
dedik.   Lekin   tarix,   uning   qaysi   sahifasini   ochib   ko’rmang,   dahshatli     fojialar,
dramalar bilan to’liq, nahot biz shu fojialar va dramalarni sevsak? Yo’q, biz o’sha
fojialardan omon chiqqan, o’zining   ulug’vor va olijanob ruhini saqlab   qolaolgan
va   doimo   adolat   tantanasi   uchun   kurashgan,   adolat   va   hurriyat   qachon   bo’lmasin barqaror   bo’lishiga   ishongan   xalqimizning   bosib   o’tgan   yo’lini,   uning   yengilmas
sog’lom   irodasini   sevamiz”,-deb   yozadi.   P.Shermuhammedovning   “Nuqtai-nazar
haqida”     (“Umid   muhabbatdadir...”   kitobi,   5-47-betlar)   obzorida   muallif   70-
yillarning   2-yarmida   yaratilgan   proza   asarlari,   bolalar   she’riyati,   o’smirlar
adabiyoti haqida fikr yuritadi. Ikkinchidan, obzorda “Alpomish” dostonidan tortib
Ibn   Sinoning   “Salomon   va   Ibsol”,   A.Jomiyning   “Bahoriston”,   Abu   Rayhon
Beruniyning “Kitobut-tahorim”, “Boburnoma” va “Shohnoma” asarlarigacha tilga
olinadi.   Uchinchidan,   mazkur   obzorda   umumittifoq   adabiyoti   qamrab   olinadi.
Shukshinning   “Nuqtai   nazar”   hikoyasidan     tortib,   Yuriy   Skopning   “Xavfsizlik
texnikasi”,   Ch.Aytmatovning   “Dengiz   sohilidagi     olapar”   hikoyasi   va   boshqa
romanlargacha qamrab oladi.
Problimatik   maqola   mutaxassislargina   adabiy-badiiy   tanqid   janrlarini
farqlaydilar,   ularning   o’ziga   xosliklari   haqidagi   bilimga   ega   bo’ladilar.   Oddiy
kitobxonlar uchun taqriz-u obzor, badia-yu tanqidiy ocherk, adabiy portretu xotira-
hammasi   maqola.   Problematik   maqola   (bahs-maqola,   tadqiqot-maqola)
tanqidchilik   va   adabiyotshunoslikning   tayanch,   asosiy   janri.   U   biron   asar
poetikasiga bag’ishlangan monografik xarakterda, badiiy ijod muammosi, nazariya
masalalarini   yorituvchi   ilmiy   bahs   shaklida   bo’lishi   mumkin.   Problematik
maqolada   ilmiy-nazariy   mohiyat,   tadqiqotchi   konsepsiyasi   muhim   ahamiyatga
molik   bo’ladi.   V.G.Belinskiy   ijodida   tanqidiy-falsafiy   tajriba   nomi   bilan
yuritiladigan   maqolalar   diqqatni   jalb   etadi.   “Getening   “Rim   ellegiyalari”,
“Odoyevskiy   asarlari”,   “Appalon   Maykov   she’riyati”   singari   tanqidiy-falsafiy
tajribalarda shiddatli Vissarionning jo’shqin subyektiv qarashlari bilan teran ilmiy
mushohada   o’zaro   birlashib,   konseptual   yaxlitlikni   vujudga   keltirgan.   Bir   qancha
maqolalarda   ilmiy   muammoni   keng   va   ishonarli   yoritish,   olimning   subyektiv
qarashlari   va   uslubi,   adabiyotshunoslik   ilmidagi   yangi   qarashlardan   xabardorligi
diqqatni   tortadi.   Masalan,   M.Qo’shjonov   maqolalarida   mantiqiy   izchillik,   ilmiy
muammo   mohiyatini   ochishga   intilish   ko’zga   yaqqol   tashlanadi.   Olim   diqqatidan
kichik   detal,   ko’zga   tashlanmaydigan   u   yoki   bu   belgi   chetda   qolmaydi.
M.Qo’shjonov   maqolalarida   zo’rma-zo’rakilik,   kuchanish   sezilmaydi. O.Sharafiddinov   maqolalarida   hayotiy   va   adabiy   faktning   ilmiy-nazariy   xulosalar
chiqarishga   to’liq   bo’ysundirilganligi   yaqqol   ko’rinadi.   Haqiqiy   olim   faktlar
mohiyatini   yoritadi,   ularni   quruqdan-quruq   sanayverishdan   o’zini   tiyadi.   “Faqat
aql-zakovat   yordamida   faktlarni   haqqoniy   talqin   etish   mumkin.   Buning   uchun
fantaziya   ham   darkor.   Manbalardagi   faktlar   tosh   va   g’isht   misoli.   Haqiqiy
san’atkor   shu   materialdan   xushbichim   imorat   quradi”,-deb   yozgan   edi
V.G.Belinskiy.
Badia   (esse)   adabiy-tanqidiy   mavzularda   yozilgan,   adabiyotshunoslik,
estetika,   falsafa   masalalari   erkin   talqin   qilinadigan     janrga   badia   (esse)   deyiladi.
Badiada   adabiyotshunoslik   qonun-qoidalariga   to’la-to’kis   rioya   qilinishi,
dalillarning   ilmiy   jihatidan   har   tomonlama   isbotlangan   bo’lishi   ko’pam   talab
qilinmaydi.   Badia   janrning   Yevropa   adabiyotidagi   asoschisi   fransuz   yozuvchisi-
gumanist   va filosof  M.Monten   bo’lib,  1580 yilda  inson  va jamiyat   taqdiri   haqida
mulohaza yurituvchi “Esselar” kitobini yozgan. Sharq adabiyotida badianing tarixi
ancha   qadimdan   boshlanadi.   Beruniy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Mahmud   Qoshg’ariy
ijodida   badianing   yetuk   namunalari   mavjud.   Ular   noma,   holat,   xotira   shakllarida
ko’zga tashlanadi. Yozuvchi tanqidi ko’pincha esse janrida yoziladi. Unda ijod va
hayot   tajribasidan   kelib   chiqqan   xulosalar,   qarashlar,   kuzatishlar   aks   etadi.   Badia
o’zbek tanqidchiligida  adabiy o’ylar nomi bilan ham ataladi. A.Muxtorning “Yosh
do’stlarimga”   (1971,   1980),   P.Qodirovning   “O’ylar”   (1971),   A.Oripovning
“Ehtiyoj   farzandi”   (1988),   E.Vohidovning   “Shoiru   she’ru   shuur”   (1987)
to’plamlarini   asosan   badialar   tashkil   etsa,   badiada   ham   yozuvchi-tanqidchining
betakror qiyofasi aks etib turadi. Tanqidiy-biografik ocherk janri yozuvchi hayoti,
adabiy-ijtimoiy   mohiyati,   asarlarining   yaratilishi   tarixi,   mohiyati   xususida,
ijodkorning   adabiy-tarixiy   jarayondagi   o’rni,   qiyofasi   haqida   ma’lumot   beradi.
Tanqidiy   -biografik   ocherk   faktlar   va   ilmiy   xulosalar   birligidan   tashkil   topadi.
Munaqqid     yozuvchi   hayoti,   ijodi   faktlaridan   tahlillar,   taxminlar,   qiyoslar,
munozaralar   orqali   ilmiy   xulosalar   chiqaradi.   Ilmiy-biografik   tadqiqot   -
adabiyotshunoslikning   asosiy   janrlaridan   biri.   60-yillarga   kelib   o’zbek
adabiyotshunoslari   ijodkorning   hayoti   va   ijodini   mukammal   yorituvchi monografiyalar   yaratishga   kirishdilar.   XX   asr   adabiyotining   asoschilari,   yirik
nomoyandalari haqida salmoqli tadqiqotlar paydo bo’ldi. Lekin hozirgi kun nuqtai-
nazaridan   yondashsak   ularda   ancha-muncha   yetishmovchiliklar   mavjudligini
anglaymiz.   Tadqiqotchilar   yozuvchilar   ijodi   va   hayoti   mukammal   yoritilayotgan
yozuvchilarni imkoni boricha ulug’lashga, ular hamisha ham g’oyaviy, ham badiiy
yuksaklikka   ko’tarilganliklarini   ta’minlashga   intiladilar.   Bu   holat   ular   ruhiyatida
yetakchi   edi.   Ilmiy-biografik   asar   yaratishdagi   ikkinchi   manba-jonli,   ishonchli
xotiralardir.   Ayniqsa   70-yillardan   boshlab   o’zbek     adabiyoti   klassiklari   haqida
xotiralar   yaratila   boshlandi.   Tanqidchilik   janrlaridan   biri   bo’lgan   xotiralarni
yozuvchilar,   san’atkorlar,   olimlar   yaratmoqdalar.   Shu   kungacha   “Hamza
zamondoshlar   xotirasida”   (1978),   “Oybek     zamondoshlar   xotirasida”   (1979),
“Abdulla   Qahhor   zamondoshlar   xotirasida”   (1987),   “Maqsud   Shayxzoda
zamondoshlar   xotirasida”   (1983),   “Mirtemir   zamondoshlar   xotirasida”   (1982),
“Islom   shoir   zamondoshlar   xotirasida”   (1981)   nomli   kitoblar   chop   etildi.   70-80-
yillarida o’nlab avtorlarning bitta qahramon-yozuvchi haqidagi xotiralari yozilgan
bo’lsa,   80-yillarning   o’rtalaridan   boshlab   bitta   avtorning   bir   qancha   yozuvchilar
ijodiga bag’ishlangan asarlari ham paydo bo’la boshladi. 
Umuman,   bosib   o’tgan   yo’limiz   haqida   bor   haqiqatni   baralla   aytishga
qaratilgan   turli   adabiy-tanqidiy   janrdagi   tadqiqotlarni   atroflicha   o’rganish
maqsadga   muvofiqdir.   Adabiy   talqin   badiiy   asarning   qanday   tarixiy   sharoitda,
adabiy jarayonda yaratilganligini aniq ko’rsatmog’i, yozuvchining o’z davri kishisi
ekanligini zinhor chetlab o’tmasligi lozim.
Ko’rinadiki, adabiy asarni idrok etish oddiy jarayon emas. Yozuvchi-badiiy
boylik   yaratuvchi   bilan   kitobxon-iste’molchi   orasida   yana   bir   kuch   bor.   Bu   -
adabiy talqinchi, idrok etuvchi kuch. Bu kuch ham  boylik yaratadi. Idrok etuvchi
yaratgan   boylik   yozuvchi   yaratgan   boylik   asosida   paydo   bo’ladi.   Boshqacha
aytganda,  tanqidchi    yozuvchi   bolidan   holva   pishiradi.  Hozirgi  adabiyotshunoslik
va   tanqidchilik   bobidagi   janrlarda   idrok   etuvchi   estetika   yo’nalishi   kuchli
rivojlanmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Валихўжаев   Б .   Ўзбек   адабиётшунослиги   тарихи   ( X - X 1 X   асрлар ).   T.:
Ўзбекистон , 1993.
2. Назаров   Б.   ва   бошқалар .   Ўзбек   адабий   танқиди   тарихи .   T.   Чўлпон   НМИУ .
2012
3. Расулов А .  Badiiylik  –  bezavol   yangilik . T.:  Фан,  2006
4. Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т.  TURON - IQBOL .  2011
5. Норматов У. Ижод сеҳри. Шарқ. 2007.

Adabiy tanqid fanining tarixiy bosqichlari. Abdurauf Fitrat, Cho`lponning adabiy tanqidiy qarashlari Reja: 1.Munaqqidlarning tanqidiy qarashlari 2.Mafkura izmidagi munaqqidlar 3.Erk va hurriyat targ‘ibotchilari 4. Cho lponning adabiy tanqidiy qarashlariʻ 5. Fitratning adabiy tanqidiy qarashlari

XX asr 20 yillaridan adabiy tanqidning keskin sinfiy kurash sharoitida rivojlanishi munaqqidlarni ham ikki guruhga ajratib yubordi. Vadud Mahmud, Abduhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabilar so‘z san’atining chin ixlosmandi bo‘lib adabiyotga sadoqatini to‘liq namoyon etdi.Ular badiiy asarni siyosatdan holi baholashni maqsad ayladi.Abdurahmon Sa’diy,Sotti Husayn kabilar asardan siyosiy xato topishga urg‘u berdilar.Tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagikuzatishlari,tanqidchining tanqidchi maqolasiga munosabatini o‘rganish masalaga oydinlik kiritadi. Bunda asosiysi ,xolis va adabiyotning mohiyati to‘g‘ri anglangan mulohazalar tanqid kelajagi uchun asos sanaladi. Munaqqidlar faoliyatini o‘rganish talabaning mustaqil muqoyasa etish,aniq xulosa chiqarish malakasini orttiradi. Adabiy tanqid badiiy asar yutuq hamda kamchiligini shaxsiy g‘araz, maqtovsiz xolis aytish, to‘g‘ri baholash, fikrni ilmiy asoslashni talab etadi. Adabiy tanqidni mafkuralashtirish jarayoni tezlashishi munaqqidlarni ham ikkiga ajratdi. Vulgar sotsiologik ruhdagi qarashlar S.Husayn,A.Sa’diy,J.Boybo‘latov kabilar ijodida yetakchilik qiladi. Ma’rifiy, ilmiy yo‘nalishdagi fikrlar A.Fitrat, A.Cho‘lpon ,V.Mahmud kabilar ijodining bosh mezoni edi. Mumtoz adabiyot namunalarini e’lon qilish,zamonaviy yozuvchilar ijodining xos jihatini yoritish,adabiy janrlar taraqqiyoti borasidagi fikrlarni namoyon etish munaqqidning sharafli burchi. Fitrat, Qodiriy, Cho‘lponlar badiiy asar jozibasi,estetik qimmati masalasini jiddiy o‘rganib, o‘zlari ham yetuk asarlar yaratishga munosib hissa qo‘shdilar.”Adabiyot nadir”,”Adabiyot qoidalari” kabi asarlarda tanqid,so‘z san’ati,ijodkorga yondashuv yuksak darajada namoyon bo‘lgani kuzatiladi. Ular ijodini noxolis baholagan tanqidchilarning maqolasini o‘rganish masalaga oydinlik kiritadi .”O‘zbek yosh shoirlari”,”O‘zbek adabiyotida chig‘atoychilik”,”Roman ham haqiqat” kabi maqolalarda ijodkor,badiiy asarni baholash jarayoni kuzatilib tahlil etiladi. Badiiy asarga biryoqlama yondashuv,zamonasozlikka berilish tanqid rivojiga putur yetkazishi ma’lum. "Butun jamiyatimiz tarixi kabi, adabiyotimiz tarixi kabi tanqidchiligimiz tarixi ham bag‘oyat murakkab bo‘lgan, uning har lahzasi ijodiy fikr bilan dogmatizm,

haqiqat bilan yolg‘ov vijdoniylik bilan murosasozlik o‘rtasidagi kurashga to‘la" deb yozgan O.Sharafiddinov yuqorida eslatganimiz maqolasida. Binobarin, yaratilajak tanqid tarixi rivojlanish yo‘llaridagi keskinlikni sira yumshatmay, bo‘yamay, ro‘y-rost ko‘rsatib bermog‘i darkor. Shu mantiqqa suyangan holda asr boshidagi adabiy tavqidni xolis, obektiv yul bilan tahdid etishga kirishish boshlandi. Bu silsilada H.Boltaboyevning Fitratning adabiy-tanqidiy qarashlariga bag‘ishlangan qator maqolalari va Fitrat ilmiy merosi tadqiq etilgan doktorlik ishi, Sh.Yoqubovning "Otajon Hoshimning adabiy-tanqidiy faoliyati", U.Sultonovning "Cho‘lponning adabiy-tanqidiy qarashlari", B. Karimovning "Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi o‘rni", H.Umrzoqovning "G‘ozi Yunusning ijodiy yo‘li", U.Jo‘raqulovning "Fitratning tadqiqotchilik mahorati", R. Tojiboyevning "O‘zbek adabiy tanqidi tarixidan" deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. XX asr professional o‘zbek tanqidchiliga shakllanishida Vadud Mahmud hissasi katta. Badiiy idrok tanqidchining asosiy xususiyatlaridan biri. Alisher Navoiy, Cho‘lpon ijodi Vadud Mahmud talqinida. «Alisher Navoiy», «Turk shoiri Ajziy», «Cho‘lponing «Buloqlari» maqolalari va taqrizining tahlili, Vadud Mahmud ijodida tarixiy-qiyosiy, tarixiy-tipologik yondashuvining o‘rni. Tanqidchi asarlarida R.Tagor, M.Gandi, Edgar Po asarlarga munosabat. Unnng maqolalarida vorisiylik masalasi. Navoiy, Fuzuliy, Ajziy asarlarining xolis talqini. Mazkur maqolalardagi ishqi ilohiy, ishqi majoziy haqidagi mulohazalar. V.Mahmud ijodi haqida 20-30 yillar tanqidchiliga. Adabiy tanqid go‘zallik kashf etishi zarurligi haqida. V.Mahmud «Yosh o‘zbek shoirlari», «Sa’diyning savodi» singari maqolalarda didsizlik, go‘zallikni his etmaslikning tanqid qilinishi. Tanqidchi ijodida bahsning o‘rni. Vadud Maxmudning vulgar sotsiologizmga qarshi kurashi. Vadud Mahmud va Abdurahmon Sa’diy. Vadud Mahmud va 20- yillardagi Samarqand adabiy-tanqidiy muhiti. Vadud Mahmud va tojik ma’rifatchilari, yozuvchilari, olimlari.

XX asrning birinchi yarmi adabiy-tanqidiy jarayonda Abdurahmon Sa’diyning o‘rni. Unga rus va turk mumtoz adabiyotshunosligining ta’siri. A.Sa’diy ijodida turkiy adabiyot. O‘zbek yozuvchilari ijodining talqini. Navoiy, Yassaviy, Cho‘lpon haqidagi maqolalari. A.Sa’diy ijodi va mafkura. Mafkura tomonidan tanqidchi erkining bo‘g‘ilganligi. Vulgar sotsiologizmning A.Sa’diy ijodidagi ko‘rinishlari. Uning V.Mahmud, H.Olimjon haqidagi maqolalari. Oybekning «Tanqid sohasidagi savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o‘t ochaylik» maqolasida A.Sa’diyga munosabat. A.Sa’diy Navoiy ijodi tadqiqotchisi. «Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotining yuksak bosqichi» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasidagi yutuq va kamchiliklar haqida Ye.E.Bertels. A.Sa’diy o‘zbek tanqidchiligida obzor maqolalarning asoschilaridan biri ekani. “O‘zbek yosh shoirlari” (1923), “Olti yil ichida o‘zbek she’riy adabiyoti” (1924), «O‘zbek burjua adabiyotda maqolalarining tahlili. Adabiy tanqid XX asr boshlarida ancha ijodiy yutuqlarga erishgan esa-da, malum nuqsonlarga yo‘l qo‘ydi. Shular haqida fikr yuritishdan oldin asr boshlarida paydo bo‘lgan har xil tashkilotlar va ularning adabiyot hamda adabiy tanqidga munosabatini ko‘rsatib o‘tish joiz. Zero, XX asrning 20-yillarii adabiy jarayoni uchun mushtarak xususiyatlardan biri har xil adabiy tashkilotlarning mavjudligi va bir-biriga o‘xshamasligi edi. Buning natijasida ijodkorlarni proletar va dehqon yozuvchisi, inqilobiy yozuvchi va "poputchik" (yo‘lovchi) kabi toifalarga ajratish odatga aylangan edi. Jumladan, o‘sha davrdagi adabiy-tanqidiy maqolalarda G‘ayratiy, U.Ismoilov, G‘.G‘ulom -proletariat yozuvchilari, H.Olimjon, Oydin, Sh.Sulaymon, S.Abdulla-inqilobiy yozuvchilar, Elbek va Oybek -"poputchiklar" deb baholangan edi. Bu davrdagi adabiy tanqid: 1) adabiy tansidiy shakllar (janrlar) sohasida; 2) mumtoz merosga munosabat; 3) yangi insonni yaratishga munosabat kabi uch sohada izlanganini kuzatish mumkin . Adabiy tanqidning shakllanish bosqichida o‘zining ilk qadamlarini, asosan, taqrizdan boshlaganin takidlash joiz. Adabiy taqrizlar avval teatr spektakllariga

nisbatan ko‘proq yozilgai bo‘lsa, keyinchalik badiiy asarlar yoki alohida to‘plamlar nisbatan ham yozila boshlandi. Bunga "Za-nay" imzoli muallifning "Xalil farakt"."Cho‘l bolasi" taxallusiy muallifning "Yer yulduzlari", S.Ayniyning qissalari, A.Qodiriyning romanlariga yozgan taqrizlari misol bo‘la oladi. Ayni chog‘da o‘tmishdagi ijodkorlar va zamondoshlar hayoti, adabiy faoliyatiga bag‘ishlangan maqolalar yuzaga kela boshladi. To‘g‘rulning "Eski shoirlarimizdan Muqimiy", L.Olimiyning "Unutilgan shoir" (So‘fizoda haqidagi) kabi adabiy portret harakteridagi, Fitratning "Muqaddimatul-adab”, Cho‘lponning‘ "Tagor va tagorshunoslik", "500 yil" maqolalarida mumtoz badiiy xazinamizning qimmatini yo‘qotmagani va uning yangn avlodga xizmat qila oladigan tomonlari ochib beriladi. Bu maqolalarning har biri o‘ziga hos fazilatlarga ega, albatta. Yozuvchi va tanqidchilarning ko‘pchiligi o‘zbek adabiyotining dolzarb masalalari bilan shug‘ullandilar. Fitrat, A.Qodiriy, Cho‘lpon, A.Sadiy, Elbek, yoshlardan esa H.Olimjon, G‘.G‘ulom, Mirtemir, Botu, Sh.Sulaymon, Sotti Husayn, A.Qahhor, Oltoy, O.Hoshim, Yunus Latiflar tanqidiy, ilmiy-marifiy ishlari bilan matbuot sahifalarida tez-tez ko‘rinib turdilar. Ular o‘zbek adabiyotining shakllanishiga doir eng muhim muammolar ustida bahs yuritganlar. Shu tariqa, adabiy tanqid o‘z tadrijiy shakllanish jarayonida tubandagi ikki shaklda ko‘rinib turdi: 1. XX asr boshlaridagi o‘zbek matbuotida "tanqid" rukni ostida, asosan, turli ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va diniy mavzudagi bazi adabiy, ilmiy maqolalar, feleton, ocherk, hikoyalar, har xil munozaralar, publitsistik maqolalar shaklida ko‘rinib turdi, janriy xilma-xillik asosida shakllandi, biroq ularda hali qorishiqlik ustivor edi. 2. Y igirmanchi yillarga kelib, matbuotda "Tanqid va adabiy mubohasalar", "Fanniy tekshirishlar", "Matbuot va adabiyot","Sanoi nafisa olamida" kabi yangi ruknlar ochildi, ularda badiiy to‘plamlar, sahna asarlari, darsliklar, nashriyot ishlariga oid taqrizlar elon qilindi. Adabiy jarayonga doir bu xildagi original maqolalar, taqrizlar qatorida qardosh xalqlar adabiyoti, ularning sanatkorlariga oid maqolalar yoritib borildi. Sharq va G‘arb sanati, go‘zallik haqidagi qarashlar xususida, shuningdek, V.Belinskiy, N.Chernishevskiy, V.Plexanov va A. Lunacharskiylarning estetik