logo

Adobe PhotoShop rastrli tasvirlarni qayta ishlash tizimi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1393.5 KB
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
universiteti  Matematika fakulteti
______________________________________________
_________yo`nalishi_________gurh talabasi     
_______________________________________ning
__________________________________fandidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU_____________________________________________________ 
____________________________________________________________
FAN O`QITUVCHISI                     _________________________________
BAJARDI :                                      __________________________________
                                     2022 REJA:
1. Ishning maqsadi
        2.Asosiy qismini yoritib berish
        3.Xulosa
4.Adabiyotlar Adobe PhotoShop rastrli tasvirlarni qayta ishlash tizimi
Adobe Photoshop dasturi  – grafik obyektlarni qayta ishlash, o`zgartirish, saqlash uchun qo`llanuvchi ko`p
sonli dasturlardan biridir.  Adobe Photoshop palitra bilan ishlash, skanerlash, import va eksport qilish, 
sohani belgilash, konturlar, rasm chizish, rang tanlash, qatlamlar, niqoblar, filtr, tasvir o`lchami, tasvir 
ruxsat etilganligi, tasvirni almashtirish, tasvirni chop etish va boshqa ko`plab imkoniyatlarga ega. 
  Photoshop dasturi  – grafik muharriri bo`lib, rastr (nuqtali) tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan (rastr 
formatli grafik fayllar, fotografiya, tasvirlar va hokazo)   
PhotoShop dasturining  interfeysi  quyidagi qismlardan iborat:  
sarlavha satri va asosiy menyu;  
parametrlar satri;   
uskunalar satri;  
palitralar sohasi;  
ishchi soha;      holat satri. 
rasm. PhotoShop dasturining umumiy interfeysi. 
Asosiy menyuning  quyidagi bo`limlari mavjud: 
Файл  (Fayl) - tasvirlar saqlanadigan fayllar ustida amallar;  
Редактирование  (Tahrirlash) - tasvirlarni tahrirlash amallari;  
Изображение  (Tasvir) - tasvirning umumiy parametrlarini o`zgartirish;  
Слои  (Qatlam) - tasvir qatlamlari bilan ishlash;  
Шрифты  (Shrift) - shriftlar bilan ishlash;   Выделение  (Ajratma) - tasvir bo`lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash;   Фильтр  (Filtr) - tasvirni 
butunlay yoki qisman o`zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlarni qo`llash uchun ishlatiladi;  
3D  (Uch o`lchamli) – uch o`lchamli obyektlar bilan ishlash;  
Просмотр  (Ko`rish) - ilovaning tashqi ko`rinishi va undagi boshqarish obyektlarini ko`rsatish uchun 
xizmat qiladi;  
Окно  (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi;  
Справка  (Ma’lumot) - turli yordamlarni chaqirish uchun ishlatiladi.  
  Uskunalar satrida  foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda kerak bo`ladigan uskunalar joy 
olgan. Uskunalar soni ko`p bo`lganligi sababli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan 
bo`ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo`yilgan. Bu harfni ketma-ket bir necha marta 
bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo`yilgan 
va ularni chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura 
tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi. Parametrlar satrida tanlangan 
uskunaning joriy parametrlari ko`rsatiladi. Zarurat bo`lganda bu yerda uskunaning parametrlarini 
o`zgartirish mumkin. [6] 
  Palitralar sohasi PhotoShopning qo`shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda juda qo`l keladi. Zarur 
bo`lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerakmas paytda palitralar olib qo`yiladi va tasvir bilan ishlash 
uchun ko`proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan birini 
tanlash uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi. 
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
Adobe Photoshop dasturi. 
PhotoShop dasturining interfeysi.  
Asosiy menyu bo`limlari.  
Uskunalar satridan foydalanuvchi usullari. 
Chegara chiziqlarni ajratish usullari. 
Chegara chiziqlarni sifatlash usullari. 
Chiziqlarni segmentatsiyalash doir topshiriq bajaring. 
 
Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, 
tasvir, qatlam, ranglar, filtrlash va 
animatsiya. 
 
PhotoShopning  uskunalar satrida 23 ta tugma  bo`lib, ular dastlab bitta ustun ko`rinishida joylashgan 
bo`ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo`shaloq uchburchak ko`rinishidagi tugmani bosib,  uskunalarni ikki ustun
ko`rinishida joylab chiqish
mumkin. Yangidan paydo
bo`lgan qo`shaloq
uchburchaklarni yana bir marta
bosib, uskunalar satrini avvalgi
holatiga qaytarish mumkin.  
                            
6.2.2-rasm. PhotoShop dasturining uskunalar satri. 
Uskunalar satri   to`rt qismga ajratilgan  bo`lib, ularning birinchisida oltita, ikkinchisida sakkizta, 
uchinchisida to`rtta, to`rtinchisida esa beshta tugma joylashgan. Uskunalar satridagi har bir tugmaga bir 
yoki bir nechta uskuna mos keladi. Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko`p bo`lib, odatda, bitta 
tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo`ladi. Agar uskuna tugmasining o`ng quyi burchagida 
qora uchburchak bo`lsa, bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi. 
Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o`ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos keladigan 
uskunalar ro`yxati paydo bo`ladi va ulardan keraklisini tanlab olish mumkin. Odatda, har bir tugma 
uchun klaviaturada biron bir klavisha mos qo`yilgan bo`lib, uni ketma-ket bir necha marta bosish bilan bu
tugmaga mos uskunalardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan foydalanib bo`linganidan 
keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo`lsada, dastlab unga moslashish qiyin kechadi.[8] 
Shuning uchun uskunadan foydalanib bo`lgach, darhol  Рука  (Dasta)  uskunasini tanlashga odatlaning. Bu 
uskuna uskunalar satrining to`rtinchi bo`limida  birinchi bo`lib joylashgan . U ishchi sohaga sig`maydigan 
katta o`lchamli tasvirning kerakli qismiga o`tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun tasvirning ixtiyoriy 
joyida sichqonchaning chap tugmasini bosib, uni kerakli yo`nalishda sudrash yetarli. Asosiysi, bu uskuna 
tasvirga hech qanday o`zgarish kiritmaydi. 
   Palitra deb  rassomlar bo`yoqlarni aralashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga aytiladi. Uskunalar satrida
70 dan  ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham PhotoShopning barcha imkoniyatlarini ochib 
bermaydi. Uskunalarning keng imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi. Rassomlar palitraga kerakli 
bo`yoqlarni surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga kerakli  palitralami joylab, ilova bilan ishlashni yanada qulay qilib olish mumkin.Palitralar ilova oynasining o`ng 
tomonidagi palitralar sohasida joylashgan bo`lib, muloqot oynalariga o`xshab ketadi. Lekin ulardan farqli 
ravishda palitralardan keraklilarini ekranga o`zimiz chiqaramiz yoki uni yopib qo`yamiz. Bu palitralar 
yigirmadan ortiq bo`lib, odatda, bir nechtasi birlashtirilgan bo`ladi. Ba’zi uskunalarning o`z palitralari bor,
ba’zilari esa unchalik murakkab bo`lmay, ular bilan ishlash uchun parametrlar satri yetarli. Ba’zi 
palitralarda yangi uskunalar joylashgan, masalan, navigator, gistogramma, info palitralarini yangi 
uskunalar deb qarash mumkin. [7] 
Ba’zi palitralarni PhotoShopning ajralmas qismi deb qarash mumkin. Masalan, 
Слои  (Qatlamlar),  Каналы  (Kanallar),  История  (Oxirgi amallar) palitralari PhotoShopning o`ziga xos 
jihatlarini ochib beradiki, ularsiz PhotoShopni tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Palitralardan keraklisini 
ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning  Окно  (Oyna) bo`limidan foydalaniladi. Undagi bandlarning 
ba’zilarida bayroqchalar o`rnatilgan va bu palitralar ekranda ko`rinib turadi. Agar kerakli palitra ustida 
sichqonchaning chap tugmasini bossak, uning bayroqchasi o`rnatiladi va u ekranda paydo bo`ladi. 
Tanlangan band ustida sichqonchaning chap tugmasini yana bir marta bossak, bayroqcha olib tashlanadi 
va palitra ham ekrandan olib tashlanadi. Misol uchun,  Навигатор  (Yo`naltiruvchi) palitrasini ekranga 
chiqaraylik. Uning yordamida rasm masshtabini o`zgartish mumkin.  
 
6.2.3-rasm. PhotoShop dasturining  Окно   (Oyna) bo`limi. 
Bu palitra  Гистограмма  (Gistogramma) palitrasi bilan birgalikda ishlatiladi. Uning o`ng yuqori 
burchagidagi ikki tugmadan chapdagisi palitrani yashirish, o`ngdagisi ekrandan olib qo`yish uchun xizmat
qiladi. Ularning ostidagi tugma palitraning menyusini ochish uchun xizmat qiladi.   Palitraning 
o`lchamlarini o`zgartirish uchun o`ng quyi burchagini sichqoncha yordamida sudrash kerak bo`ladi. 
Palitra oynasining yuqorisidagi sarlavha satrini sichqoncha bilan sudrab, oynani ekranning boshqa joyiga 
olib o`tish mumkin. Palitra oynasining pastki qismidagi surgichning ko`rsatkichini sichqoncha yordamida 
chapga sudrab rasm masshtabini kamaytirish, o`ngga sudrab kattalashtirish mumkin. Surgichning o`ng 
tomonidagi tugma masshtabni kattalashtiradi. Chap tomonidagisi esa kichiklashtiradi.  Rasmning ishchi sohada ko`rinadigan qismi qizil ramkaga olib qo`yiladi. Ramkani sichqoncha bilan sudrab
tasvirning ishchi sohadagi qismini surish mumkin.
6.2.4-rasm. Rasmning ishchi sohasi. 
Masshtabni o`zgartirishning  boshqa usullari ham mavjud. Ulardan eng osoni klaviaturadagi qo`sh 
tugmalardan foydalanishdir.  Ctrl+"+"  (Ctrl va + tugmalarini bir paytda bosish) masshtabni kattalashtiradi.
Ctrl+"-"  esa masshtabni kamaytiradi. Dastak uskunasini ikki marta bosib, rasmni ishchi sohani to`liq 
egallaydigan qilib, masshtab uskunasini ikki marta bosib, 100% masshtabda rasmni ekranga chiqarish 
mumkin. Masshtab ekranning quyi qismidagi holat satrida ham ko`rsatiladi. Uni sichqoncha bilan tanlab, 
kerakli masshtabni kiritish mumkin. 
   Masshtab uskunasi ham rasm masshtabini o`zgartirish uchun xizmat qiladi. Sichqonchani bir marta 
bosib uni tanlaganimizda parametrlar satrida uning parametrlari paydo bo`ladi. Undagi kerakli tugmalar 
yordamida masshtabni o`zgartiramiz:
  
 
6.2.5-rasm. Masshtabni sozlash satri.  Ba’zi uskunalarda ular bilan ishlashni tugatmay turib, boshqa uskunani, shu jumladan masshtab 
uskunasini tanlab bo`lmaydi. Bunday paytda  Ctrl  va  Alt  tugmalaridan foydalanish mumkin.  Ctrlni  bosib 
turib, sichqonchani ishchi sohada bir marta bossak, masshtab kattalashadi.  Alt  tugmasini bosib turib, 
sichqonchani bossak, masshtab kichiklashadi. 
Photoshopda grafik obyekt fayllari bilan ishlash 
PhotoShop da ishni boshlash uchun unga birorta tasvirni yuklab olish yoki yangi tasvirni yaratish kerak 
bo`ladi. Bu amallarni qanday amalga oshirish bilan tanishib chiqamiz. Odatda,  PhotoShop da mavjud 
tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba`zan unda yangi tasvir yaratishga ham to`g`ri keladi. Yangi tasvirni 
yaratish uchun   Ctrl+N  ( New  - yangi so`zidan olingan) qo`shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning 
Файл   (Fayl) bo`limining birinchi bandi  Создать ... (... ni yaratish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda 
quyidagi  Новый  (Yangi) muloqot oynasi paydo bo`ladi. Oynaning o`ng tomonidagi  OK  (Ha) tugmasini 
bosib, taklif qilinayotgan parametrlar bo`yicha yangi tasvirni yaratish;  Отмена  (Bekor qilish) tugmasini 
bosib, yangi tasvir yaratishdan voz kechish mumkin. Bu tugmalar ostidagi  Сохранить   набор   параметров
(Parametrlar to`plamini saqlash) tugmasini bosib, o`rnatilgan parametrlardan keyingi tasvirlarni 
yaratishda foydalanish uchun saqlab qo`yish mumkin.  Удалить   набор   ...(Parametrlar to`plamini 
o`chirish) tugmasi kerak bo`lmay qolgan parametrlar to`plamini o`chirib tashlash uchun xizmat qiladi. Bu 
tugmalar ostida yaratiladigan tasvirning hajmi ko`rinib turadi: 
 
 
6.2.6-rasm. Yangi sahifa yaratish oynasi. 
Oynaning chap tomonidagi  Имя   (Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning 
ostidagi  Набор   (To`plam) maydonchasida parametrlar to`plamini tanlash mumkin. Odatda, bu 
parametrlar oxirgi yuklab olingan tasvir parametrlari bilan bir xil bo`ladi. Bu ro`yxatdan keraklisini tanlab 
parametrlarni birdaniga o`zgartirish mumkin. 
Paramertlarni bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o`zgartirish ham mumkin. Ulardan 
asosiylari  Ширина  (Eni) va  Высота  (Balandligi) lardir. Mavjud tasvirlarni ochish uchun  Ctrl+O  ( Open  - 
ochish  so`zidan olingan) qo`shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning  Файл   (Fayl) bo`limining birinchi 
bandi  Открыть  ... (Ochish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi  Открыть  (Ochish) muloqot 
oynasi paydo bo`ladi. 
Bu muloqot oynasi bilan ishlash boshqa ilovalar, masalan,  Word  yoki  Excel ning shu nomli muloqot 
oynalari bilan ishlashdan deyarli farq qilmaydi.    
6.2.7-rasm.  Открыть    (Ochish) oynasi. 
PhotoShop  oxirgi ochilgan fayllar ro`yxatini saqlab qo`yadi. Bu ro`yxatdagi tasvirlarni ochish uchun asosiy
menyuning  Файл   (Fayl) bo`limidagi  Последние   документы   (Oxirgi hujjatlar) bandidan foydalaniladi. 
PhotoShopda  qilingan ishlarni saqlash uchun bir nechta buyruqlar mavjud. Ulardan birinchisi  Ctrl+S 
qo`shtugmasi yordamida chaqiriladi. Bu buyruq joriy tasvirni joyi va nomini o`zgartirmasdan saqlab 
qo`yadi. 
Ctrl+Shift+S  qo`shtugmalari yordamida chaqiriladigan saqlash buyrug`i ekranga saqlash muloqot oynasini
chiqaradi. Bu oyna yordamida tasvirni yangi nom bilan yangi joyga yangi formatda saqlab qo`yish 
mumkin.  PhotoShopda  fayllar bilan ishlash boshqa ilovalardagidan ko`p farq qilmaydi. Kompyuter 
grafikasi ommaviy tarzda qo`llaniladi va tasvirlarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ko`plab formatlar
ishlab chiqilgan. Ulardan ba’zilari keng tarqalgan, ba’zilari faqat tor sohada ishlatiladi. 
PCX  ( PC eXchange ) - shaxsiy kompyuterda ma’lumot almashish jumlasidan olingan. Birinchi grafik 
formatlardan biri. Bu formatda juda ko`p tasvirlar saqlangan. Oxirgi paytda uning o`rniga  png, jpeg  
formatlaridan foydalanilmoqda. 
RAW  (ingliz tilida  raw ) - xom, hali tayyor emas, degan ma’noni bildiradi. Sifatli fotoapparatlarda olingan 
suratlarni saqlash uchun ishlatiladi. Odatda, fotoapparatlar olingan suratni darhol qayta ishlab, uning 
hajmini kamaytiradi. Bunda fotosuratlarning sifati ba`zan biroz, ba`zan ko`proq pasayadi. Bu formatda 
saqlangan fotosuratning kamchiliklarini va ularni bartaraf qilishni foydalanuvchining o`zi tanlaydi. Bu esa 
yaxshi chiqmagan fotosuratlarni ham qayta tiklash imkonini beradi. Kamchiligi fotosuratlar katta hajmda 
bo`lishi (25 MB gacha). Faqat qayta ishlanmagan fotosuratlarni saqlash uchun ishlatiladi. Oxirgi paytda 
ommaviylashib bormoqda. 
PNG  ( Portable Network Graphics ) - tarmoq uchun portativ (ixcham) grafika jumlasidan olingan. 
Internetda keng qo`llaniladi. U gif formati o`rnini egallab bormoqda.  
PDF  (ingliz tilida  Portable Document Format ) - elektron hujjatlar formati degan jumladan olingan. 
Dastlab poligrafiya mahsulotlarini elektron ko`rinishda saqlash uchun mo`ljallangan. Kompyuter 
texnikasining rivojlanishi bilan hajmi nisbatan kattaligi, tasvirlash ko`proq vaqt talab qilishi kabi 
kamchiliklari dolzarb bo`lmay qoldi. Hozirgi paytda keng tarqalgan. Unda matn bilan birga rastr va vektor
turidagi tasvirlar ham saqlanadi. Undan tasvirlarni ajratib olsa bo`ladi. Adobe kompaniyasi mahsuloti. Bu 
formatlar yordamida tasvirlarni nafaqat  PhotoShopda , balki boshqa ilovalarda ham ochish va ular bilan  ishlash mumkin.  PhotoShop  bu formatlardan tashqari o`zining bir nechta maxsus formatiga ham ega. Bu 
formatlar  orasida ko`p ishlatiladigani  .psd   kengaytmalisidir. Bu formatda saqlangan tasvirda 
PhotoShopning barcha imkoniyatlari saqlab qo`yiladi. Shu sababli, qayta ishlash tugallanmagan 
tasvirlarni shu formatda saqlash va kerak bo`lganda ularni qayta ishlashni davom ettirish mumkin.   
Photoshopda tasvirning geometrik shakl ko`rinishidagi qismini ajratib olish.     Word  matn protsessorida
matn bo`lagini ajratib olishni esga olaylik. Matn harf va boshqa belgilarning ketma-ketligi bo`lgani 
sababli, uning bo`lagini ajratish uchun bo`lakning birinchi va oxirgi belgilarini tanlash yetarli edi. Vektorli 
tasvirda ham uning bir qismini ajratib olish unchalik qiyin emas. Vektorli tasvirda, masalan,  Word da 
yaratilgan chizmada, bir nechtagina obyekt bo`lganligi sababli ulardan keraklilarini ketma-ket tanlab 
chiqish mumkin. Rastrli tasvirda uning bo`lagini ajratib olish u qadar oson ish emas. Unda bir necha 
milliongacha piksellar bor va ularni birma-bir tanlab chiqishning iloji yo`q. Shu sababli rastrli tasvirlarda 
ularning bir bo`lagini ajratib olish uchun bu bo`lak (soha) ning chegaralarini ajratib olish kerak bo`ladi. Bu
amal ancha qiyin bo`lib, uni bajarish anchagina mahorat talab qiladi. Bu amalni osonlashtirish uchun 
PhotoShop da bir qator uskunalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, asosiy menyuning oltinchi bo`limi 
( Выделение  - Ajratish) da tasvir bo`lagini ajratish uchun ishlatiladigan buyruqlar yig`ilgan. 
Tasvirni to`liq ajratib olish. Uni ofis ilovalaridagi kabi  Ctrl+A  (All - barchasi so`zidan olingan) qo`shtugma 
yordamida chaqirish mumkin. Bu amalni yana asosiy menyuning  Выделение  (Ajratish) bo`limining 
birinchi bandi  Bce  (Barchasi) ni tanlash bilan ham amalga oshirish mumkin. Tasvirning ajratilgan qismi 
chegarasida harakatlanadigan uzuq chiziq paydo bo`ladi. Ajratishni bekor qilish uchun  Ctrl+D  (Delete - 
olib tashlash) qo`shtugmasidan foydalanish yoki asosiy menyuning  Выделение  (Ajratish) bo`limining 
ikkinchi bandidagi  Отменить   выделение  (Ajratishni bekor qilish) buyrug`ini tanlash mumkin. 
         Ajratish uskunalari uskunalar satrida birinchi bo`lib joylashgan. Uning ustida sichqonchaning o`ng 
tugmasini bossak, bu tugmaga mos kelgan to`rtta uskuna ro`yxati ekranga chiqadi. Ular quyidagi 
uskunalardir:  
  6.2.8-rasm. Rasm ajratish satri. 
To`g`ri to`rtburchakli soha uskunasi  - to`g`ri to`rtburchak ko`rinishidagi sohani ajratish uchun ishlatiladi. 
Ellipssimon soha  - ellips ko`rinishidagi sohani ajratadi. 
Gorizontal qator  -   piksellarning gorizontal satrini ajratish uchun xizmat qiladi. 
Vertikal qator  - piksellarning vertikal qatorini ajratish uchun ishlatiladi.   6.2.9-rasm. Ajratish uskunalari. 
Biror-bir sohani ajratib olish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib, ajratiladigan sohaning bir 
burchagidan ikkinchi burchagiga o`tish va tugmani qo`yib yuborish kerak bo`ladi. Soha ajratilgach, yana 
bir marta yangi soha ajratilsa, eski ajratilgan soha bekor qilinadi va o`rnida yangi ajratilgan soha paydo 
bo`ladi.  
Rasmni  kerakli qismini belgilab olinib,  Shift  tugmasi bosib turib yana yangi soha belgilansa,  eski soha 
bilan yangi soha birlashtiriladi va hosil bo`lgan soha ajratiladi . 
Rasmni  kerakli qismini belgilab olinib, yangi soha ajratishda  Alt  tugmasi  bosib  turilsa,   yangi  ajratilgan  
soha  eskisidan ayirib tashlanadi.  
Rasmni  kerakli qismini belgilab olinib, yangi  sohani  ajratishda  Alt  va  Shift  tugmalarining  ikkalasi ham 
bosib turilsa,  yangi soha bilan eski sohaning kesishmasi ajratib olinadi. 
  Yuqoridagi belgilashlarni uskunalar satridan  Shift,   Alt  va  Shift+Alt  tugmalarini tanlab ham bajarish 
mumkin. 
Bu to`rtta holat yuqoridagi to`rtta suratda aks etgan. Ajratish uskunalaridan birortasi tanlanganda 
parametrlar satrida bu uskunalarning parametrlari paydo bo`ladi. Parametrlar satrining ko`rinishi 
quyidagi rasmda ko`rsatilgan:   
 
6.2.10-rasm. Rasmi ajratish uskunalar satri. 
Undagi ikkinchi, uchinchi, to`rtinchi va beshinchi tugmalar mos ravishda hech qaysi tugmani bosmasdan, 
Shift, Alt  va  Shift+Alt  tugmalarini bosib turib sohani ajratishga to`g`ri keladi. Ya’ni klaviaturadagi 
tugmalarni bosib turish o`rniga parametrlar satridagi tugmani bir marta bosib qo`yish mumkin. Oval 
ko`rinishidagi sohalarni ajratish ham shu kabi amalga oshiriladi. Shuningdek, to`rtta ajratish 
uskunalaridan bitta murakkab sohani ajratishda ham foydalanish mumkin.             
       Ajratilgan sohalardan namunalar quyidagi rasmlarda keltirilgan: 
 
6.2.11-rasm. Birlashtirish yoki ajrtish oynasi. 
PhotoShop da yana bir nechta ajratish uskunalari bo`lib, ular  JIacco   (Arqon), 
Прямолинейное   лассо   (To`g`ri chiziqli arqon),  Магнитное   лассо   (Magnitli arqon) deb ataladi:  
 
6.2.12-rasm. Rasmni qirqib olishni tanlash usuli. 
Магнитное   лассо   ( Magnitli arqon ) – bu arqon magnit kabi obyektning chegarasiga yopishib qoladi va 
obyektni ajratib olish osonlashadi. 
Ularning hammasi uskunalar satrida bitta  Лассо   (Arqon) tugmasi ostida yashirilgan. Ularni bu tugma 
ustida sichqonchaning o`ng tugmasini bosib, paydo bo`lgan menyudan tanlash yoki ularga mos qo`yilgan 
klaviaturaning  L harfini  bir yoki bir necha marta bosish bilan tanlash mumkin.  Arqon uskunasi 
tanlanganda sichqonchaning chap tugmasini bosib turib, sichqoncha yurgiziladi. Sichqonchaning 
ekrandagi izi arqon kabi uning orqasida qoladi. Chap tugmani qo`yib yuborish bilan arqonning ikkita uchi 
birlashtiriladi. Hosil bo`lgan yopiq chiziq o`rab turgan soha ajralib qoladi. Mashq sifatida quyidagi 
rasmdagi o`ngdan uchinchi daraxtni ajratib olamiz va  Ctrl+C  qo`shtugmasi bilan nusxalab,  Ctrl+V 
qo`shtugmasi bilan rasmga qo`shamiz. Uni surib kerakli joyga o`tkazamiz. Undagi avtomashinani ajratib 
olamiz.  Undan nusxa olamiz va 5 marta rasmga joylaymiz. Har safar joylangan nusxani kerakli joyga 
o`tkazishni unutmang. Aks holda bu nusxani yana ajratib olishga to`g`ri keladi. Qilingan ishlarning 
natijalari quyidagi rasmlarda aks etgan:  
 
6.2.13-rasm. Bino ko`rinishi. 
To`g`ri chiziqli lasso yordamida chegaralari to`g`ri chiziq kesmalari bo`lgan obyektlarni, masalan, 
binolarni, televizorlarni yoki ularning ekranlarini ajratib olish qulay. Mashq sifatida quyidagi rasmdagi 
noutbuk ekranini ajratib olaylik. Buning uchun to`g`ri chiziqli  JIacco  (arqon) uskunasini tanlaymiz. 
Sichqonchani ekranning bir burchagiga olib kelib, chap tugmasini bosamiz, so`ng sichqonchani 
navbatdagi burchakka olib kelib yana bir marta bosamiz, so`ng uchinchi burchakda, keyin to`rtinchi 
burchakda bosib, oxiri birinchi burchak ustida ikki marta bosamiz.        Natijada kompyuter ekranini ajratib olamiz:  
                  
6.2.14-rasm. Kompyuter ko`rinishi. 
Ajratib olingan sohani olib tashlash uchun klaviaturadagi  Delete  (o`chirish) tugmasini bosamiz. Ekranda 
muloqot oynasi paydo bo`ladi. Unda  Использовать  (Ishlatmoq) maydonchasida  Белый  (Oq rang) ni 
tanlaymiz va  OK  tugmasini bosamiz. Natijada kompyuter ekrani oq rangga bo`yalib qoladi.                  Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Misty E Vermaat, Susan L Sebok, Steven M Freund. Discovering Computers (C)2016 
(2016 edition). Textbook.USA, 2016
2. Brian P. Hogan. HTML5 and CSS3 Level Up with Today's Web
Technologies country. Tutorial. USA, 2013
3. M.Aripov., B.Begalov., U.Begimqulov., M.Mamarajabov. Axborot texnologiyalar, O‘quv 
qo‘llanma, T.: “Noshir”, 2009
4. Qosimov S.S. Axborot texnologiyalari, o‘quv qo‘llanma.  370 bet.
Toshkent –Aloqachi -2006 y.
5. M.Mamarajabov, S.Tursunov   Kompyuter grafikasi va Web dizayn
Darslik. – T.:“Cho’lpon”, 2013
6. R. X. Alimov va boshqalar. Axborot  tizimlari.- O‘quv qo‘llanma - T.: TDIU. 2013 y.-244 
bet
7. N.X.Noraliev, N.Qilichev. Informatika. O‘quv qo‘llanma. – T.:
ToshDAU nashr tahririyati, 2004. – 147 b.
8. Petrov V.YU.. Informatsionnie texnologii v menedjmente. Uchebnoe posobie. – SPb: 
Universitet ITMO, 2015. – 76c .
9. Fedotova E.L. Informatsionnie texnologii i sistemi: Uchebnoe posobiya – Forum INFRA- 
M, 2013 g. -426 str.
10. Gordeeva I.V.  Multimedia texnologiya: ucheb.posobie / – 2-e izd.,– Novosibirsk: SGGA, 
2010. – 158 s.
11. T.V. Zudilova, S.V. Odinochkina, I.S. Osetrova, N.A. Osipov -Rabota polzovatelya v 
Microsoft Excel 2010 - SPb: NIU ITMO, 2012. –  87 s.    Internet manzillari
1. O‘zbek internet resurslarining katalogi:  www.uz
2. Infocom.uz -elektron jurnali:  www.infocom.uz
3. Axborot resurs markazi  http://www.assc.uz/
4. http://www.xabar.uz   
5. www.ziyonet.uz   
6. www.edu.uz

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Matematika fakulteti ______________________________________________ _________yo`nalishi_________gurh talabasi _______________________________________ning __________________________________fandidan MUSTAQIL ISH MAVZU_____________________________________________________ ____________________________________________________________ FAN O`QITUVCHISI _________________________________ BAJARDI : __________________________________ 2022

REJA: 1. Ishning maqsadi 2.Asosiy qismini yoritib berish 3.Xulosa 4.Adabiyotlar

Adobe PhotoShop rastrli tasvirlarni qayta ishlash tizimi Adobe Photoshop dasturi – grafik obyektlarni qayta ishlash, o`zgartirish, saqlash uchun qo`llanuvchi ko`p sonli dasturlardan biridir. Adobe Photoshop palitra bilan ishlash, skanerlash, import va eksport qilish, sohani belgilash, konturlar, rasm chizish, rang tanlash, qatlamlar, niqoblar, filtr, tasvir o`lchami, tasvir ruxsat etilganligi, tasvirni almashtirish, tasvirni chop etish va boshqa ko`plab imkoniyatlarga ega. Photoshop dasturi – grafik muharriri bo`lib, rastr (nuqtali) tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan (rastr formatli grafik fayllar, fotografiya, tasvirlar va hokazo) PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat: sarlavha satri va asosiy menyu; parametrlar satri; uskunalar satri; palitralar sohasi; ishchi soha;  holat satri. rasm. PhotoShop dasturining umumiy interfeysi. Asosiy menyuning quyidagi bo`limlari mavjud: Файл (Fayl) - tasvirlar saqlanadigan fayllar ustida amallar; Редактирование (Tahrirlash) - tasvirlarni tahrirlash amallari; Изображение (Tasvir) - tasvirning umumiy parametrlarini o`zgartirish; Слои (Qatlam) - tasvir qatlamlari bilan ishlash; Шрифты (Shrift) - shriftlar bilan ishlash;

Выделение (Ajratma) - tasvir bo`lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash; Фильтр (Filtr) - tasvirni butunlay yoki qisman o`zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlarni qo`llash uchun ishlatiladi; 3D (Uch o`lchamli) – uch o`lchamli obyektlar bilan ishlash; Просмотр (Ko`rish) - ilovaning tashqi ko`rinishi va undagi boshqarish obyektlarini ko`rsatish uchun xizmat qiladi; Окно (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi; Справка (Ma’lumot) - turli yordamlarni chaqirish uchun ishlatiladi. Uskunalar satrida foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda kerak bo`ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko`p bo`lganligi sababli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan bo`ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo`yilgan. Bu harfni ketma-ket bir necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo`yilgan va ularni chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi. Parametrlar satrida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko`rsatiladi. Zarurat bo`lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o`zgartirish mumkin. [6] Palitralar sohasi PhotoShopning qo`shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda juda qo`l keladi. Zarur bo`lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerakmas paytda palitralar olib qo`yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko`proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan birini tanlash uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Adobe Photoshop dasturi. PhotoShop dasturining interfeysi. Asosiy menyu bo`limlari. Uskunalar satridan foydalanuvchi usullari. Chegara chiziqlarni ajratish usullari. Chegara chiziqlarni sifatlash usullari. Chiziqlarni segmentatsiyalash doir topshiriq bajaring. Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, tasvir, qatlam, ranglar, filtrlash va animatsiya. PhotoShopning uskunalar satrida 23 ta tugma bo`lib, ular dastlab bitta ustun ko`rinishida joylashgan bo`ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo`shaloq uchburchak ko`rinishidagi tugmani bosib,

uskunalarni ikki ustun ko`rinishida joylab chiqish mumkin. Yangidan paydo bo`lgan qo`shaloq uchburchaklarni yana bir marta bosib, uskunalar satrini avvalgi holatiga qaytarish mumkin. 6.2.2-rasm. PhotoShop dasturining uskunalar satri. Uskunalar satri to`rt qismga ajratilgan bo`lib, ularning birinchisida oltita, ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to`rtta, to`rtinchisida esa beshta tugma joylashgan. Uskunalar satridagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna mos keladi. Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko`p bo`lib, odatda, bitta tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo`ladi. Agar uskuna tugmasining o`ng quyi burchagida qora uchburchak bo`lsa, bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi. Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o`ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos keladigan uskunalar ro`yxati paydo bo`ladi va ulardan keraklisini tanlab olish mumkin. Odatda, har bir tugma uchun klaviaturada biron bir klavisha mos qo`yilgan bo`lib, uni ketma-ket bir necha marta bosish bilan bu tugmaga mos uskunalardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan foydalanib bo`linganidan keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo`lsada, dastlab unga moslashish qiyin kechadi.[8] Shuning uchun uskunadan foydalanib bo`lgach, darhol Рука (Dasta) uskunasini tanlashga odatlaning. Bu uskuna uskunalar satrining to`rtinchi bo`limida birinchi bo`lib joylashgan . U ishchi sohaga sig`maydigan katta o`lchamli tasvirning kerakli qismiga o`tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun tasvirning ixtiyoriy joyida sichqonchaning chap tugmasini bosib, uni kerakli yo`nalishda sudrash yetarli. Asosiysi, bu uskuna tasvirga hech qanday o`zgarish kiritmaydi. Palitra deb rassomlar bo`yoqlarni aralashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga aytiladi. Uskunalar satrida 70 dan ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham PhotoShopning barcha imkoniyatlarini ochib bermaydi. Uskunalarning keng imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi. Rassomlar palitraga kerakli bo`yoqlarni surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga kerakli