Alisher Navoiy ijodida Farhod va Majun obrazlarining qiyosiy tahlili.
Mavzu Alisher Navoiy ijodida Farhod va Majun obrazlarining qiyosiy tahlili. REJA: I bob. Alisher Navoiy xamsasidagi ishqiy-sarguzasht dostonlarining g’oyaviy-badiiy ahamiyati. 1.1Farhod obrazining g’oyaviy-badiiy talqini. 1.2 Majnun obrazing g’oyaviy-badiiy talqini.’ I bob bo’yicha xulosa II bob Alisher Navoiy xamsasida Farhod va Majnun obrazlaring xamsa asarida tutgan o’rni. 2.1 Ishq dardiga yuliqqan Farhod obrazi komil inson sifatida. 2.2 Xamsa asarida haqiqiy ishqni yoritgan Majnun qiyofasi. II bob bo’yicha xulosa III bob.Navoiy salaflari xamsasidagi Farhod hamda Majnun obrazli. 3.1 Xusrav va Farhod timsollarining tarixiy va badiiy ildizlari. 3.2”Layli va Majnun’’dostonining yaratilish haqida ma’lumot bering III bob bo’yicha xulosa Umumiy xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Ilova
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Xalqimizning azaliy orzularini ro’yobga chiqargan milliy istiqlol o’tmish madaniy va ma’naviy merosimizga yangicha, xolis nigoh tashlash imkonini berdi. Buning natijasida besh asrdan beri davom etib kelayotgan navoiyshunoslik yurtimizda yangi manbalar, tadqiqot metodlari, yo’nalishlar bilan tobora takomillashib bormoqda. Zero “ avliyolar avliyosi, mutafakkirlar mutafakkiri va shoirlar sultoni” bo’lgan “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy sha’nu shuhratini dunyoga tarannum qilgan so’z san’atkoridir… olamda turkiy va forsiy tilda so’zlashuvchi biron-bir inson yo’qki, navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa”. 1 Darhaqiqat, Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosi besh yarim asr davomida turli millat vakillari bo’lgan adabiyotshunos, sharqshunos olimlar tomonidan tadqiq va tahlil etilmoqda. Xususan, Alisher Navoiy ijodining undan oldin yashagan Sharqning buyuk mutafakkirlari, forsiyzabon va turkiyzabon shoirlar adabiy merosi bilan munosabati masalasida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Bular qatorida Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini shu mavzudagi asarlar bilan qiyosan o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega. Sosoniylar sulolasining oxirgi yirik hukmdorlaridan biri bo‘lgan Xusrav 2 II Parvez va uning ma’shuqasi Shirin haqidagi rivoyatlar juda qadimdan xalq og‘zaki ijodida, solnoma va tarixiy asarlarda, ayrim asarlar tarkibidagi kichik hikoyalarda keng tarqalib keldi. X-XI asarlarga kelib Eron solnomalari va adabiyotida mashhur va fojiaviy taqdirga ega bo‘lgan buyuk hukmdor va sohibjamol, yuksak aql-zakovatli malika Shirin haqidagi rivoyatlarga, g‘ayritabiiy kuch-qudratga ega bo‘lgan hunarmand, o‘z ishqi yo‘lida jonini fido qilgan oshiq Farhod haqidagi rivoyatlar ham kelib
qo‘shildi. Natijada, o‘zining jozibadorligi, murakkabligi bilan jahon adabiy an’analaridagi eng go‘zal ishqiy rivoyatlardan biriga aylandi. Nizomiy Ganjaviyning ushbu mavzudagi dastlabki yirik dostoni «Xusrav va Shirin» hamda Amir Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostonlari yaratilgandan keyin esa, ushbu mavzuda doston yozish sharq adabiyotidagi eng boy an’anaga aylandi. XIV-XVI asrlarda Eron, Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, turk, uyg‘ur, Hind xalqlari adabiyotida birin-ketin «Xusrav va Shirin», «Farhod va Shirin», «Farhodnoma» kabi nomlar bilan dostonlar maydoniga kela boshladi. Rus olimi G.Y.Alievning ma’lumot berishicha, adabiyotshunoslikda ushbu mavzuda yozilgan oltmishdan ortiq asar aniqlangan. 3 Ular orasida Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni alohida ahamiyatga ega. “Xusrav va Shirin” mavzusidagi dostonlarni aniqlash, o‘rganish va qiyoslashga doir jahon adabiyotshunosligida ko‘plab ilmiy-tanqidiy asarlar, monografiyalar yozilgan. Ularning deyarli barchasida Xusrav va Farhod munozarasi asarning eng muhim, boshqacha qilib aytganda, kulminatsiyasi ekanligi e’tirof etiladi. Biroq mavjud ilmiy manbalarda mazkur munozara atroflicha qiyoslangan holda tahlil va tadqiq etilmagan. Buning natijasida, munozara o‘zining asl mohiyatini yo‘qotib, shoh va hunarmand, yoxud ikki tabaqa vakilining ziddiyati va uning maqsadi: «…hokim tabaqaning jirkanchligi va ikkiyuzlamachiligi («…nichtojnostilitsimerie»)ni fosh qilish» 4 bo‘lib qoldi. Shundan kelib chiqqan holda, Alisher Navoiy ijodi, aniqrog’i, uning “Farhod va Shirin” dostonidagi Xusrav va Farhod munozarasini salaflarining asarlari bilan qiyosan o’rganish navoiyshunoslikning muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Bu, avvalambor Alisher Navoiy asarlarining mazmun va g’oyaviy mundarijasi, kompozitsion va badiiy barkamolligi haqida to’laroq tasavvurga ega bo’lish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, xamsanavislik an’anasining muhim jihatlaridan biri nazira va badiiy topilma, izdoshlik va o’ziga xoslik tamoyillari haqida ilmiy mulohaza yuritish, by boradagi nazariy tushunchalarni 3 Алиев Г.Ю. Легенда о Хусраве и Ширин в литературах народов Востока. – М.: Наука, 1960. стр. - 163. 4 Shukitob, 96- бет.
takomillashtirish uchun zamin hozirlaydi. “Xusrav va Farhod” munozarasi Sharq yozma dostonchiligi, masnaviynavisligi tarixida muhim o’ringa ega bo’lgan munozara usulining o’ziga xos namunasidir. Binobarin, uning qiyosiy-tipologik tadqiq etilishi munozara usulining ham janr ham kompozitsion vosita sifatidagi nazariy jihatlarini kengroq yoritish imkonini beradi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi shular bilan belgilanadi. Mavzuning o`rganilish darajasi. “Xusrav va Shirin” mavzusidagi dostonlarni aniqlash, o‘rganish va qiyoslashga doir jahon adabiyotshunosligida ko‘plab ilmiy-tanqidiy asarlar, monografiyalar yozilgan. Xususan, chex olimi G.Dudaning «Farhod va Shirin», rus olimlari A.E.Krimskiy va I.Braginskiyning fors-tojik adabiyoti tarixiga bag‘ishlangan qator asarlarida shu mavzuga doir ayrim fikrlar bildirilgan. XX asr navoiyshunosligining poydevorini qo’ygan olimlardan biri Y.E.Bertels o’zining “Nizomiy” va “Navoiy” monografiyalarida “Xusrav va Shirin” mavzusida yozilgan eng muhim asarlarni tavsiflar ekan Xusrav va Farhod munozarasi haqida ham qisman to’xtalib o’tadi, uni (Nizomiy dostonidagi munozarani) jang maydonidagi qilichlar zarbiga qiyoslaydi: “Farhodning Xusrav bilan suhbati – dostonning eng shoyondiqqat o’rinlaridan biri. Xusravning savollari va Farhodning javoblari qilichbozlarning shamshirlari kabi kesishadi”. 5 Shu o’rinda qayd etish lozimki, Y.E.Bertelsning “Navoiy” monografiyasi taniqli olim va tarjimot professor I.K.Mirzayev tomonidan tarjima qilinib nashr ettirilganligi adabiyotshunoslik sohasidagi muhim hodisalardan biri bo’ldi. Ushbu mavzuga bevosita aloqador bo‘lgan maxsus tadqiqotlardan biri G.Y.Alievning “Sharq xalqlari adabiyotida Xusrav va Shirin afsonasi” 6 , “Sharq xalqlari adabiyotida Nizomiyning mavzu va sujetlari” 7 , turkman olimi G‘.Begdelining «Sharq adabiyotida «Xusrav va Shirin mavzusi» 8 va o‘zbek 5 BertelsY.E. Navoiy (RustilidanI.Mirzayevtarjimasi) – Toshkent: Tafakkurqanoti, 2015. 234- bet. 6 Алиев Г.Ю.Легенда о Хусраве и Ширин в литературе народов Востока. – М.: Наука, 1960. 7 Алиев Г.Ю. Темы и сюжеты Низами в литературах народов Востока. – М.: Изд. Восточной литературы, 1985. 8 BegdeliG‘.Shergedebiyatinda «XosravvaShirin» mo‘vzusu. – Bakы: Elm, 1970.
adabiyotshunos olimi S.Erkinovning «Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili» 9 nomli monografiyalarni qayd etib o‘tish lozim. Ozarbayjon adabiyotshunosi M.Rafili Nizomiy va Navoiy asarlari xususida fikr bildirib, “ikki oshiq o’rtasida bo’lb o’tgan keskin aytishuvning maftunkorlik kuchi shu darajada ediki, Nizomiy mavzui bo’yicha o’z ona tilida doston yaratgan ulug’ o’zbek shoiri Navoiy shu o’rinlarga qo’l tegizmadi”,- deb yozadi. 10 Ya’ni uning fikriga ko’ra Navoiy munozarani aynan tarjima qilgan. Biroq bu mavzudagi barcha dostonlarni tadqiq etgan Y.E.Bertels Navoiy dostonida “dramatizm, hatto, Nizomiyga qaraganda ham kuchaytirilgan”ligini alohida qayd etadi: “U yerda (Nizomiyda) Farhod faqat raqib bo’lsa, bu yerda – dushman, qurolsiz, zanjirband dushman. Shuning uchun Farhodning tap tortmay qilgan javoblari Navoiyda yanada katta kuch kasb etadi ”. 11 Adabiyotshunos S.Erkinov ham bu fikrni tasdiqlagan holda: “…uchala muallif asarlaridagi lavhalar o’rtasidagi yaqinlik to’g’risida so’zlash bilan bilan bir qatorda o’rtadagi farqlar, har bir muallifning g’oyaviy niyati bilan bog’liq tomonlar, faktlarni umumlashtirishdagi mahorat haqida ham alohida fikr yuritishga to’g’ri keladi” deya ta’kidlaydi. Akademik A.P.Qayumov esa Navoiy dostonidagi munozara haqida: “Farhod bilan Xusrav o’rtasidagi dialog “Farhod va Shirin” dostonining, Navoiy she’riyatining, demak, butun o’zbek adabiyotining eng yorqin, eng mazmundor, eng go’zal va ta’sirli badiiy lavhasidir” 12 , - deb yozgan bo’lsa, yetuk olim N.Komilov: “Bu munozara dostonning o’zagidir. Navoiy dunyoqarashi, maqsad-muddaosi xuddi shu yerda aniq ifodalangan”,-deya baho beradi [ 23. 211]. 13 Yana bir ustoz adabiyotshunos A.Haitmetov Navoiy dostonida Farhod bilan Xusravning mashhur dialogi Xoja Yahyo (sarbadorlar harakati sardorlaridan) bilan Tog’aytemur o’rtasidagi dialogni eslatib turadi, deb yozgan edi [4. 280]. Shuningdek, “Farhod va Shirin” dostoniga bag’ishlangan A.Abdug’afurov [6], B.Valixo’jayev [18, 19, 20], T.Jalolov [22] va boshqa ko’plab olimlarning 9 Erkinov S. Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili.- Toshkent: Fan, 1971. 10 Рафили. Творчество Низами // Низами (Сборник научных статей). IV. Баку, 1947. Стр. 400. 11 BertelsY.E. Navoiy (RustilidanI.Mirzayevtarjimasi) – Toshkent: Tafakkurqanoti, 2015. 23- bet.12QayumovA.”FarhodvaShirin” sirlari. –T.: G’afurG’ulomnomidagiAdabiyotvasan’atnashriyoti, 1979. 109- bet. 13 Ko’pmurojaatetiladiganmanbalarningadabiyotlarro’yxatidagitartibraqamivasahifasikataqavsichidako’rsatilgan.