ANESTEZIOLOGIYA. NARKOZ VA UNI XIRURGIYA AMALIYOTIDA QO’LLASH
ANESTEZIOLOGIYA. NARKOZ VA UNI XIRURGIYA AMALIYOTIDA QO’LLASH. REJA: 1. Hayvonlarni operasiya qilishda og’riqsizlantirishning ahamiyati, og’riqning organizmga ta’siri. 2. Og’riqsizlantirish tarixidan qisqacha ma’lumot. 3. Narkoz tushunchasini aniqlash va uni qo’llash yoki qo’llamaslikka ko’rsatma. 4. Narkozning klassifikasiyasi va narkotik moddalarni yuborish usullari. 5. Hayvonlarni narkozga tayyorlash va uning kechishi. 6. Har xil hayvon turlarida narkozning qo’llanilishi.
Anesteziologiya – an–inkor etish, aestesis-sezgi, logos-fan og’riqsizlantirish to’g’risidagi fandir. I. Og’riq – bu hujayra va to’qimalarni yemiruvchi o’ta kuchli ta’sirlarga qarshi organizmda javoban ro’y beradigan o’ziga xos fiziologik jarayon, organizmni himoya qilish reaksiyasidir. Og’riqni sezish xavf- xatardan saqlanish choralarini ko’rish va uni bartaraf qilish uchun yordam beradi. Og’riq butun organizm yoki organlar funksiyasining buzilganligi haqida, kasallik to’g’risida ogohlantiradi. «Og’riq – sog’liqning qo’riqchi iti» der edilar qadimgi yunonda. Og’rituvchi ta’sirotga javoban organizmda bir qancha o’zgarishlar (vegetativ reaksiyalar) ro’y beradi: qon tomirlar torayadi, qon bosimi ko’tariladi, qonning ivish xossasi oshadi, qondagi qand miqdori kuchayadi, nafas olish tezlashadi va maromi buziladi. Oshqozon-ichak trakti bezlarining shira ishlab chiqarishi tormozlanadi. Og’rituvchi ta’sirotni sezadigan reseptorlar aniqlangan, ular orqali og’riq, talamus, gipotalamus va retikulyar formasiyasiga beriladi. Bu yerda og’riqqa javob berish xodisasi yuzaga keladi va organizmni zararli ta’sirotlardan saqlovchi vositalar birinchi marta safarbar qilinadi. Miya yarim sharining qobig’i va qobiq osti aloqa yo’llari orqali impulslar miya qobig’iga beriladi, bu yerda og’riq sezgisining sifati va unga javob berish xodisasining ancha mukammal mexanizmlari shakllanadi. Og’riqqa javob berishda turli fiziologik xodisalarni keltirib chiqaradigan nerv sistemasining vegetativ bo’limi ishtirok etadi. Simpato-adrenal sistema kuchayib gistomin va asetilxolin moddalari ko’p miqdorda yig’iladi. Bular hammasi og’riq ta’sirini kuchaytiradi va saqlab turadi. Og’riq haddan tashqari kuchli bo’lsa, shok ro’y berishi mumkin. Og’riq uzoqt vaqt ta’sir qilganda, hayvonlarning mahsuldorligini keskin pasaytiradi; sigirlarda sutning kamayishi, boqiladigan mollarni tirik
vaznining sezilarli pasayishiga olib keladi. Kuchli og’riq qo’zg’atuvchi kasalliklar hayvonlarga katta zarar va vet.vrachlarga tashvish keltiradi. Shuning uchun og’riqni yo’qotish yoki kamaytirish usullarini axtarib topmoq zarur. Xirurgik operasiyalarda og’riqsizlantirishni qo’llash katta ahamiyat kasb etadi. Og’riqni bartaraf qilish operasiya bajarish shart-sharoitlarini keskin o’zgartiradi: hayvonlarni tinchlantirib, harakatsizlantirib qo’yadi, bu bilan operasiyani olib borilishi uchun yaxshi sharoit yaratadi, xirurg esa to’qimalarda tinch va yaxshi ish olib borishi mumkin. Og’riqni yo’qotish yoki pasaytirish uchun hozirgi vaqtda og’riqsizlantirishning 2 ta asosiy usuli qo’llaniladi: narkoz va mahalliy anesteziya. Bundan tashqari og’riqsizlantirishning yana bir turi bor, u neyroleptanalgeziya deyiladi. Bu bedorlik ham, uyqu ham, narkoz ham bo’lmagan alohida bir holat bo’lib, es-xush i saqlangan, lekin quyi og’riq sezgisini yo’qolishi va atrofdagi bo’layotgan hodisalarga befarqlik paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Neyroleptanalgeziya usuli, neyroleptik va analgetik moddalarni birgalikda ishlatish bilan ifodalanadi, bunda og’riq sezuvchanlik va harakat yo’qoladi. Shuning uchun uni hayvonlar organizmini narkozga tayyorlash uchun qo’llash mumkin. Bunda: a) narkozni yuborilishi va kechish osonlashadi; b) narkotik moddalarni salbiy ta’siri y o’qoladi; v) xavfli vegetativ reflekslar kamayadi yoki yo’qoladi . Neyroleptanalgeziya (premidikasiya) o’tkazish uchun quyidagi farmakologik moddalar dan foydalanish mumkin: 1. Sedativ moddalar – aminazin, kombilen . 2. Vagolitik moddalar – atropin sulfat . 3. Analgetik moddalar – morfin .
4. Uxlatuvchi moddalar – barbituratlar . 5. Miorelaksantlar – rampun, rometar . 6. Antigistamin moddalar – dimedrol . Premidikasiya - bu hayvonni narkozga farmakologik tayyorlash . II. Og’riqsizlantirish tarixi . Og’riqsizlantiruvchi vositalar haqidagi dastlabki ma’lumotlar Misr qo’lyozmalarida keltirilgan. Ma’lumotlarga qaraganda 350 yilda Aspirt, Pelagoniy otlarni og’riqsizlantirish uchun sikuta, hind nashasi, afyun qo’llaganlar. X asrda (980g’1097) yashagan Abu Ali Ibn Sino og’riqsizlantirish uchun operasiya vaqtida sovuq ta’siridan foydalangan. Ruini 1550 yilda birinchi marta otlarda narkoz o’tkazish texnikasini va miqdorlri to’g’risida to’lig’icha ma’lumot bergan. XVII asrning o’rtalarida Uren (1657) va (1667) hayvonlarning vena qon tomirlariga afyunni inyeksiya qilishgan. X. Devi 1799 yilda azot (I)-oksidini tadbiq etdi. 1844 yilda tish vrachi G.Uels anesteziyalovchi modda sifatida taklif etdi. 1846 yilda Morton shu maqsadda efir ishlatib ko’rdi. Efir narkozi bilan birinchi marta jag’ osti o’smasini olib tashlash operasiyasini Uorren 1846 yil 16 oktyabrda bajardi. Shu vaqtda Dj. Simpson xloroformni og’riqsizlantirish xususiyatini aniqladi. Bule esa 1847 yilda uni itda va otlarda qo’lladi. 1832 yilda Libig xlor a lgidratni kashf etdi. Voronsov esa uni otlarda narkoz o’tkazish uchun qo’lladi. Niman 1860 yitlda Braziliyada o’sadigan kola butasi bargidan kokoin alkoloidini ajratib olishga erishdi. 1905 yilda Eyngorn - novokainni kashf etdi, bu esa maxalliy og’riqsizlantirishni keng qo’llashga yo’l ochib berdi. Oxirgi yillarda mamlakatimizda og’riqsizlantirishning yangi usuli – elektronarkoz ishlab chiqildi va qo’llanilmoqda.
III. Narkoz - (yunoncha Narcosis) karaxt bo’lish, karaxtlik ma’nosini bildiradi. Narkotik moddalar ta’sirida markaziy nerv sistemasining tormozlanishi bilan bog’liq bo’lgan bexushlik, sezgining yo’qolishi, harakatsizlanishi, shartli va ayrim shartsiz reflekslarning yo’qolishiga umumiy og’riqsizlantirish yoki narkoz deyish mumkin. Narkozda organizmning sezuvchanligi yo’qoladi, skelet muskullari bo’shashadi, reflekslar yo’qoladi, lekin uzunchoq miyada joylashgan hayotiy muhim markazlar, ya’ni nafas olish, yurak-tomir sistemasi, silliq muskulatura faoliyati saqlanadi. Narkotik moddalarning miqdorini me’yoridan oshirish shu markazlarning faoliyatini yo’qotib, hayvonlarni o’limga olib kelishi mumkin. Hayvonlar organizmining umumiy qoniqarli holati narkoz qilishga ko’rsatma bo’lishi mumkin, ayniqsa qorin va tos bo’shlig’ida joylashgan organlarni operasiya qilishda ishlatiladi. Quyidagi kasallik va holatlarda narkozni absolyut qo’llamaslik kerak: yurak-tomir sistemasida, nafas olish organlarida, jigarda, buyrakda biron bir kasallik bo’lganda, modda almashinuvining buzilishida, kaxeksiya va anemiyaning og’ir bosqichlarida. Qari va bug’oz hayvonlarda yuzaki narkoz bilan mahalliy og’riqsizlantirish qo’llaniladi. Ba’zi moddalarning (xloroform, efir) o’ziga xos xususiyatlarini ham inobatga olish kerak. Masalan, go’shtga hid berishini. Shuning uchun operasiya qilish muvaffaqiyatli natija berishiga ishonch bo’lmasa bunday narkotik moddalar qo’llanilmaydi. IV. Narkoz chuqur yoki yuzaki bo’lishi mumkin. Narkotik moddalarni organizmga yuborish yo’llariga ko’ra narkoz quyidagilarga bo’linadi: ingalyasion narkoz – nafas yo’llari orqali, noingalyasion boshqa yo’llar orqali yuboriladi. Ingalyasion narkozda efir, xloroform, azot (I) oksid, ftorotan, trilen, siklopropan va boshqalar nafas yo’llari orqali jo’natiladi.