logo

ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.1396484375 KB
MAVZU: ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR
Reja
Kirish
1. Antropogen landshaft va ularning omillari 
2. Tabiat va inson
3. Fan texnika taraqqiyotining jamiyat, tabiat, inson va atrof muhitga ta’siri
4.   .   Antropogen omillarni bioxilma xillikga ta’sir qilishi va oldini olish
Xulosa Kirish 
Antropogen omillar xozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri bo’lib 
hisoblanadi. Inson tirik organizmlarga to’gridan-to’gri ta’sir etib yoki yashash 
sharoitini o’zgartirib uni tarqalishida yoki qirilib yo’q bo’lishiga sababchi bo’lishi 
mumkin. Antropogen omil deganda insonning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq 
bo’lgan ta’sirlar tushuniladi. Insonning tabiatga ko’rsatadigan ikki turdagi ta’sirini 
bir-biridan yaxshi ajratish lozim ulardan biri tirik organizmlarga yoki ularning 
ayrim vakillari ko’rsatiladigan to’g’idan-to’g’ri ta’siri yani antropik omillar deb 
qalsa ikkinchisi esa insonning atrof-muhitini o’zgartirish kabi salbiy ta’sirini 
antropogen omillar deb qarash kerak.
Antropik omillarni o’z navbatida to’rt turga bo’lish mumkin
1. Ozuqa va boshqa ehtiyojlashi qondirish uchun ( ovlash, baliqchilik, o’rmonlarni 
kesish ularni o’rish va boshqalar) tirik organizmlardan foydalanish va qirish
2. O’simliklarni ko’paytirish (madaniylashtirish) va hayvonlarni qo’lga o’rgatish
3. Akkliminizatsiya va introduksiya yani organizmlarning tabiiy arealida boshqa 
joylarga ko’chirib olib boorish va moslashtirish
4. Yangi madaniy o’simlik navlar va hayvon zotlarini yaratish
Inson tabiatga ko’rsatadigan kuchli ta’siri orqa abiotik va biotic sharoitlarni 
o’zgartiradi. Insonning ongli yoki ongsiz ravishda o’simlik va hayvon turlarini 
yersharining birjoyidan ikkinchi joyga olib borishi bazan flora va fauna tarkibini 
birmuncha o’zgartib yuboradi. Inson tamonidan o’simlik va hayvonlarning yashash
sharoitlari o’zgartirildi natijada moayan joyda yashaydigan o’simlik va hayvonlar 
jamolari yo’q bo’lib yoki ularni sharoiti o’zgarib ketdi. Masalan tog’ o’rmonlarda 
daraxtlarni kesib tashlash shubhasiz ularning ostida yashaydigan soya sevar 
o’simliklarning yashash imkonidan mahrum qildi. Bundan tashqari hayoti 
daraxtlash bilan bog’langan (oziqlanuvchi , uya qurgan) qushlarning yo’qolishiga 
olib keldi.
Keyingi yill а rd а  f а n v а  texnik а ni t а r а qqiy etishi tuf а yli s а no а t korxon а l а ri v а  
tr а nsport vosit а l а ri k о ‘p а ydi, ul а rd а n chiqq а n chiqindil а rni biosfer а g а  t а ’siri 
kuch а ydi. Shuningdek s а yyor а mizd а   а holi sonini keskin  о ‘sishi, t а biiy resursl а rd а n
keng v а  not о ‘g‘ri foyd а l а nish t а bi а t muvoz а n а tini buzib, glob а l d а r а j а d а gi 
ekologik mu а mmol а rni (ozon q а v а tini siyr а kl а shuvi,  а tmosfer а  h а vosining isishi, 
ch о ‘ll а nishl а r, bioxilm а -xillikni qirilib bor а yotg а nligi, ichimlik suvini keskin 
k а m а yishi v а  hok а zol а r) keltirib chiq а rdi. Oqib а td а  n а f а q а t t а bi а td а gi b а rch а  tirik 
org а nizml а rni, h а tto insonning  о ‘zini yash а b qolishi x а vf ostid а  qoldi. Bund а y 
hol а tni kelib chiqishining  а sosiy s а b а bl а rid а n biri,  а holi  о ‘rt а sid а ,  а yniqs а , 
yoshl а rd а  ekologik t а ’lim t а rbiyaning p а st d а r а j а d а  ek а nligi, t а bi а t qonunl а rini 
chuqur bilm а g а nlikl а ri oqib а tid а n sodir qilindi. Antropogen  landshaft va ularning omillar, muhitning antropogen omillari — odam
va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va b. tabiat komponentlariga 
ta’siri b-n bog‘liq omillar guruhidir. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z 
ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va flora-ni 
o‘zgartiradi, bu esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon tur-
larining qirib yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va b.ga olib keladi.Odamning 
tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va 
kimyoviy tarkibini, yer-ning ustki qatlamini, tuproq struktu-rasi va b.ni o‘zgartirish
yo‘li bilann amalga oshiriladi. Qo‘riqerlarni o‘zlashtirish, monokulturali (bir 
ekinli) agrotsenozlar barpo etish va b. tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit o‘zgarishiga 
katta ta’sir ko‘rsatadi.   Atom sanoatining rivojlanishi , ayniqsa atom qurollarini 
sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslanti-ruvchi sanoat chiqindilarining 
ko‘payib borishi muammolari muhim bo‘lib bormoqda. Odam madaniy o‘simliklar
va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini 
yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda 
ko‘paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda bu-
zilishlarga olib keladigan faoliyat ku-tilmagan salbiy oqibatlarga olib keli-shi 
mumkin. Ekinlarni noto‘g‘ri sug‘orish yerning sho‘rlanishi va eroziyaga olib ke-
ladi; yerni ortiqcha quritish o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi. Hozirgi. zamon fani
va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar 
yaratib berib, o‘z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim mu-ammoga 
aylantirdi.
Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go'shadir. Tabiat ularni 
to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik mavjudot ham 
tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko'paytirish 
tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o'tmishimizda biz 
«Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekan-
ligimizni unutib qo'ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz «Ekologiya» deb 
nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» — uy, turar-joy, 
«logos» - fan so'zlaridan olingan bo'lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab
bo'lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish 
borasidagi bilimlarni targ'ib etish asoslarini o'rganadi.
Yangi asrning barkamol kishiisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham 
namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit 
to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda 
hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona 
foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy 
faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir.
Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb 
atash mumkin. Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv havzalarini 
ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-joylarni ozoda 
saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga 
g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga 
aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng 
oddiy ko'rinishlari sanaladi.
Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va 
ekologiya o'rtasida nomutanosiblik vujudga kelayotir. Bularning barchasi ekologik 
madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini ko'ndalang qo'ymoqda.
Ma'lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg'undir. Fan-texnika yutuqlaridan 
unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg'unlikni buzmoqda, unga nisbatan 
shafqatsizlarcha munosabatda bo'lmoqda. Tabiiy boyliklardan: suvdan, yerdan 
o'rinsiz foydalanish ekologiyani o'zgartirib yubordi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini 
noto'g'ri rejalashtirish, kimyoviy o'g'itlarni haddan ziyod ko'p qo'llash yer 
unumdorligi va inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti. Korxonalardan oqib 
chiqayotgan zaharli oqavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda 
hayvonot olami va o'simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport vositalaridan 
chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzyapti. Bularning barchasi insondan 
ekologik madaniyatni talab etmoqda.
Buni yodda tuting: 1992-yil 9-dekabrda O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni 
muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Sog'lom avlod davlat dasturi 
va «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ishlab chiqildi, «Ekosan» jamg'armasi 
tuzildi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va 
ekologiyaga oid   zarur hujjatiar qabul qiiib , ekologiya ishlarining huquqiy asosini 
yaratdi.
Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go'zalliklari bilan his qilishdan, 
sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va issiq, qurq'oqchilik, 
yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Bu
ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli munosabatga aylana boradi. Tabiatga bo'lgan 
mehr tuyg'usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo'lagini 
tashkil etadi.
Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas.
Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go'zalliklarini anglashdan, tabiat bilan 
munosabatga kirishishdan boshlanadi. O'z navbatida, tabiat insonda 
kuzatuvchanlik, sezgirlik, nazokatlilik kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi. Bu — insonda 
ikki ko'rinishda: tabiatga va o'ziga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi.
Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham 
o'rganadi. Natijada, o'zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo'lish imkonini bergan
«narsa»ni, ya'ni insonga xos madaniyat hislarini topishga intiladi. Demak, insoniy 
tuyg'ular tabiatga mehr bilan qarashdan oziq oladi.
Tabiat inson   vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko'p 
tuyg'ularni kamol toptiradi hamda ko'p narsalarni talab etadi. Madaniyatli,  ma'naviy kamol topgan inson uchun o'z Vatani tabiatini muhofaza qilish hayoti va 
faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi.
O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot 
olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar 
aytganlar.
Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga mehrli 
bo'lishga da'vat qjladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am 
kulfati tushgan bo'ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof 
qilmaslikni ham nazarda tutgandir?
Abu Rayhon Beraniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: «Ekin
ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi».
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko'rgan-kechirganlari, borgan
joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari va odamlari, xalqlarning urf-
odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko'plab 
fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan 
hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni 
ko'paytirishga e'tibor bergan.
Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada 
boshqalarni ham to'g'ri faoliyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda 
ko'chalarga   axlat tashlanmasligiga , suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo'shadi.
Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat 
boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish 
madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la olmaydi. 
Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik 
muammolar hal bo'ladi.
Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi.
Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan 
beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishidan 
oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, 
bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori 
tortildi.
Buni yodda fating: Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan 
O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta'sir 
etadi. Shu-ning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammodir.
Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha 
mavjud bolgan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni ekologik madaniyatimizni 
ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, bu — faqat tabiatga zarar keltirmaslik
emas, balki uning tiklanishi, yanada go'zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa 
qo'shish, atrof-muhitni g'orat etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani 
hamdir. Fan texnika inqilobi jamiat va tabiatning o’zaro munosabatida sifat jixatidan yangi 
bosqichni boshlab berdi. Bu bosqich tabiiy boyliklarni o’zlashtirish g’oyat zarurligi
sayyoramizdagi mavjud resurslardan misli ko’rilmagamn darajada foydalanish 
bilan tavsiflanadi. Fan texnika inqilobi ilgari ma’lum bo’lmagan texnik va 
txnologik vositalarni yuzaga keltirdi. Inson fan va texnika inqilobi natijasida 
tabiatga munosabat borasidagi erkinlikda yangi bosqichga ko'tarildi, natijada u 
o'ziga ilgari buysunmagan ko^pgina kuchlarni jilovlab oldi.
Fan texnikaning shiddatli taraqqiyoti hozirgi vaqtda insonning tabiatga ta'sir 
ko’rsatishi doirasi va mikeslarining kengayganligi shunga olib keldiki, antropogen 
omillarning ta'sirida tabiiy muhitda o’zgarishlar ro'y bermoqda. Bunday 
o’zgarishlar esa hayotning moddiy asoslarini qo'pormoqda. Insonni o'rab olgan 
atrof-muhitni, jamiyat hayot faoliyati uchun yaroqsiz holatga aylantirmoqda, 
sayyoramizning o'lib borish xavfini tug'dirmoqda. Hayot kechirish vositalarini 
saqlab qolish muammosi; Asr mavzusiga aylanib, jahon jamoatchiligi diqqat 
markazida turibdi. Ishlab chiqarish jarayonlari oqibatida muhitning ifloslanishi 
kelgusi avlodlar uchun mutloqo ochiq-ko’rinib turgan xavf bo’libgina qolmay, 
balki u hozirning o'zida ham ijtimoiy halokat yoqasiga kelib qoldi.
Fan texnika inqilobi atrofimizni o'rab turgan tabiatga ijtimoiy ta'sirning kuchayishi 
tabiatning jamiyatga ta'siri kuchayishiga olib kelganligini yaqqol ko’rsatmoqda.
Ishlab chiqarish jarayonlarining ro'y berayotgan jadallashuvi xalq xo'jaligiga 
tobora o'sib boruvchi miqdorlarda tabiat boyliklarini jalb qilishni taqozo etadi. Bu 
bilan jamiyatning tabiatga bevosita qaramligini ham kuchaytiradi. Hozirgi fan 
texnika inqilobi davrida insonning tabiat boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari 
g'oyat kengayadi. Shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning tabiatga va atrof 
muhitga xavfli zararli tasiri ancha ortadi. Keyingi 100 yilda insoniyat energetika 
boyliklarini ming barobar ko’paytirdi. Bu esa unga tabiatga jiddiy va oqibatlari 
uzoqqa cho'ziladigan tasir o'tkazish imkonini beradi. Fan texnika inqilobi 
davomida bu ko’rsatkichlar yana o'sib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar 
va xizmatlarning umumiy hajmi endilikda har 15 yilda 2 barobarga ortmokda. 
Shunga muvofiq ravishda atmosferani, suv havzalarini, tuproqni bulg'ovchi xo'jalik
faoliyati chiqindilari miqdori ham 2 barobar ko’paymoqda.
Ishlab chiqarish tabiatdan 100 shartli birlikni oladi, lekin 3-4 qismidan foydalanadi
xolos. qolgani esa ifloslangan modda va chiqindilar ko’rinishida atrof-muhitga 
chiqarib tashlanadi. Industriya jihatidan rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har 
yili jon boshiga 30 tonna modda chiqarib olinadi, shundan ayrim hollarda 1-1.5 % 
etmasa istemol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa ko’pincha tabiat 
uchun ham xavfli bo’lgan chiqindiga aylanadi. Fan texnika inqilobi shunga olib  keldiki, birinchidan biosferaning xarakat qilish   jarayonlari jadallashadi , 
ikkinchidan biosferaning materiya va energiyaning yangi ko’rinishlari joriy 
qilinadiki, ular tabiatda tabiiy ko'rinishda bo'lmaydi: uchinchidan tabiat kuchlari va
qonuniyatlari tobora yangi yo'nalishlari harakatga ega bo’lib boradi. Jamiyatning 
tabiat bilan munosabatlaridagi uygunlashuv talablari insoniyat oldiga yangi-yangi 
muammolarni qo'yaversa, bora-bora muammolar ham ko'ndalang bcHadi. Hozir 
atrof muhitga ta'sir o'tkazishning asosiy yo'nalishlari - bu ilmiy texnika 
taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori sur'atlarda o'sishi, moddiy 
iste'molning yuqori darajadaligi deb xisoblanmoqda. Keyingi yillarda ilgari ma'lum
bo'lmagan butun bir guruh kasalliklar yuzaga keldi va aniqlandi, o'ziga xos 
epidemiologik hamda amaliyotga ega yuqumli kasalliklar, oldini olish murakkab 
bcHgan genetik kasalliklar, endokrin, allergik va zaharlanish kasalliklari, shu 
jumladan ilgari bo'lmagan kimyoviy moddalar massasini ko’payishidan avj 
oladigan zaharlanishi-allergik kasalliklar shular jumlasidandir. Shunday qilib atrof 
muhit aholining sog'lig'ini va umuman inson rivojini belgilovchi omillar orasida 
muhim rol o'ynadi. Sog'liqni yaxshilash va mustahkamlash uchun shart-sharoitlar 
yaratilsa, uning ta'sirini hazm qilish mumkin.
Ijtimoiy guruhda odamlar birligi tarixiy shakllari oila, ishlab chiqarish jamoasi, 
kasbkorlar guruhi, millat, davlat, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli darajalarda 
aloqalar va munosabatlarning ijtimoiy tizimini chuqur urganmasdan inson 
ekologiyasini tushunib bo'lmaydi. Ekologik vaziyat turli ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalarda jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri aniq shakllarining rivojlanish 
darajasiga bevosita bog^liqdir. Organizm bilan atrof-muhit o'rtasidagi munosabat 
moslashuv negizida ro'y beradi. I.P.Pavlovning fikricha, jonzot eng umumiy tavsifi
shundan iboratki u o'zining muayyan o'ziga xos faoliyati bilan nafaqat tashqi 
kuzatuvchilarga balki shuningdek alohida davrida aloqada bo’lgan boshqa 
kuzatuvchilarga ham javob beradi. Ya'ni jonli mavjudot moslashish 
qobiliyatigaega bo’ladi.
Bu xususiyat turli tarzda namoyon bo"ladi, unga faqat tor ma'noda qaramaslik 
kerak. Hayvonot turlarining katta guruxi ob-havo sharoitlariga ham sust va faol 
moslashadi. Shu nuqtai nazardan moslashuv shunday jarayondirki, u ham 
organizmlarga ham uni o'rab turgan atrof muhitga ta'lluqlidir. Insoniyat jamiyati 
o'zining butun tarixi davomida atrof muhit bilan uzliksiz-munosabatda bo’ladi. 
Bunda u atrof muhitga muttasil moslashib boradi. Lekin bu moslashuv faol 
xarakterga ega bo’ladi. O'z atrofidagi muhitni va turmush tarzini asta-sekin 
takomillashtira borish insonning moslashuvida ayni faol shakl hisoblanadi. Inson 
atrof muhitga o'z ta'sirini mehnat orqali amalga oshiradi.
U ijtimoiy ishlab chiqarish jamiyatini tabiatdan ajratibgina qolmay, balki jamiyatni
tabiatning qolgan qismi bilan boglaydi ham. Boshqa jonli organizmlardan farqli 
o'larok, ayni ishlab chiqarish tabiatni o'zgartiruvchanlik faoliyati o'ziga xos va 
insonga xos faoliyatidir. Inson o'z atrofidagi muhitni shakllantiradi. Tabiat va inson
jonli mavjudotlarni tashkil etadi. Jamiyat tabiatdan tashqari o'zining noorganiq 
jismida yashay olmaydi. Xorijiy ijtimoiy amaliyotchilar, ijtimoiy gigienachilar fan 
texnika taraqqiyotining insoniyat taqdiriga ta'sirini baholab, fan va texnika o'z-
o'zidan insoniyatni elektron jannatga olib keladi, deb xisoblaydilar. Unda hozirgi  zamonning barcha ziddiyatlari bartaraf etiladi, odamlar va maorif rivoji ta'siri 
ostida eng oliy axloqiy sifatlarga ega bo’ladilar. Keyingi vaqtda yangi texnikaning 
umumiy tez rivojlanishi bilan birga xavfsizlikni ta'minlashda ham sezilarli siljish 
kuzatilmoqda. Ammo hayotning barcha jabhalari jadal texnikalashayotgani, 
texnikaviy uskunalar sonining keskin ko’payishi, ular hayoti tabiiy sharoitlarini 
uning sog'lig'i va hayotini muhofaza qilishning samarali chegaralari jiddiy ravishda
keskinlashmoqda.
Bu ziddiyat o'z manbasiga ko’ra ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bilan 
bog’liq emas va texnikani keng qo'llaydigan har bir jamiyatda paydo bulaveradi. 
Ammo ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bu ziddiyatlarni hal etishning shakl
va usullariga o'z ta'sirini ko’rsatadi. o'tmishdan xulosa chiqarib, ilmiy texnikaviy 
va muxandislik loyihalarini chinakamiga va ulkan miqyoslarga ijtimoiy ekspertiza 
qilishni yo'lga qo'yish zarur. Bu ishga keng jamoatchilikni jalb etish lozim. Ana 
shunda loyihalarni nazoratsiz ishlab chiqish va ularni amalga oshirish oqibatida 
ro'y berishi mumkin bo’lgan ekologik va boshqa qusurlarni juda kamaytirish va 
qolaversa to'la yo'q qilisb mumkin. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish 
muammolari jiddiy tus olgan hozirgi davrda tabiat va jamiyat urtasidagi 
munasabatlarni muvozanatga keltirish asosiy vazifalardan xisoblanadi. Tabiat, 
inson va jamiyat o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik muammosi asosiy masalalardan 
biridir. Tabiat jamiyatning yashash muhiti, uning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini 
qondirish manbai hisoblanadi. Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo'lib, 
alohida ijtimoiy mazmunga ega. Tabiat va jamiyat o'zaro uzviy boglangan bir 
butun materiyaning ikki qismi, o'ziga xos ijtimoiy ekosistema hisoblanadi. Tabiat 
va jamiyatning o'zaro aloqadorlik tizimida inson markaziy o'rin egallaydi. Inson bir
vaqtning o'zida ham tabiat ham jamiyatning ajralmas qismi bo’lib, ijtimoiy-
biologik mohiyatga ega. Modda va energiya almashinuvi tabiat mavjudligining 
asosidir. Materiya xarakatning yuqori shakli bo’lgan jamiyat tabiatning alohida 
qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi. Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida 
uning tabiatga bo’lgan munosabati ham o'zgarib borgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida 
insoniyat tabiatga sezilarli ta'sir o'tkazmagan. quldorlik tuzumida dehqonchilik va 
chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta'sirning kuchayishiga sabab bo’lgan. 
Feodalizm tuzumida mehnat vositalarining takomillashuvi, aholi sonining ortib 
borishi natijasida insonning ta'sir doirasi va surati o'sib borgan. Kapitalistik 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi   bilan fan va texnika rivoji , sanoat, 
transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o'zlashtirilishi tabiatga 
ta'sirning yuqori darajasiga etkazdi. Atrof muhitning zararli chiqindilar bilan 
ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o'rtasida o'ziga xos 
antropogen modda va energiya almashinuvi vujudga keldi. Antropogen modda 
almashinuvi yani xom ashyolarini tabiatdan oshig'i bilan olinishi va zararli chiqindi
xolida atrof muhitga tashlanishi tabial va jamiyat o'rtasidagi azaliy muvozanatning 
buzilishiga sabab bo'ldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rivojlanishida 
biogen, antropogen va texnogen (noogen) bosqichlar ajratiladi. Tubiiy muhit 
holatining inson ta'sirida o'/garishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli  antropogen ta'sir ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Mahalliy, mintaqaviy 
va umumjahon ekologik muammolarni ajratish mumkin. Ayrim yirik shahar, 
sanoat markazlari joylashgan alohidaa tumanlarda mahalliy, Orolbo'yi, 
Chernobilda mintaqaviy ekologik tang vaziyatlar vujudga kelgan. Ozon tuynuklari 
muammosi, kislotali yomgirlar, cho'lga aylanish, dunyo okeanining ifloslanishi va 
boshqalar umumsayyoraviy ekologik muammolar hisoblanadi.
Yer yuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning keskin ko’payishi ekologik 
inqiroz xavfining real ekanligini ko’rsatadi. Agar keyingi 30-40 yil ichida ekologik
muammolarni hal qilish uchun barcha zarur chora tadbirlar ko'rilmasa, ekologik 
inqiroz muqarrar bo"lib qolishi mumkin. Tabiat va jamiyatning o'zaro mutanosib 
rivojlanishi koevolyutsiya deb ataladi. Bu rivojlanish suratlari o'zaro mos kelmasa 
inqirozga olib keladi. Jamiyatning tabiatga ta'sirini meyorga solib turish lozimdir. 
Ekologiya deganda organizmlarning o'zaro va muhit bilan aloqadorligini 
o'rganadigan biologik fan tushuniladi.
Tabiatni muhofaza qilish deganda barcha avlodlarning extiyojlarini hisobga olgan 
xolda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni mussafo xolida 
saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va 
xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish deganda 
kompleks fan ham nazarda tutiladi. Demak, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish 
tushunchalari alohida mazmun va maqsadga ega bo’lgan tushunchalardir. 
Ekologiya tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi xisoblanadi.
  Antropogen omillarni o`simlik va hayvonot olamiga
ta’sir qilishi va oldini olish
O`simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o`rni. O`simlik va hayvonlar 
yerning – hayot qobii, biosferaning asosiy komponentlaridan bo`lib, tabiiy 
resurslar orasida alohida o`rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda o`simlik va 
hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin.
Biosferadagi o`ziga xos tabiiy muvozanat ko`p jihatdan o`simlik va hayvonlarning 
biologik rang-barangligini saqlashi bilan boliqdir.
O`simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yiliga 
380 mlrd.tonna organik modda hosil qiladi, buning 330 mlrd.tonnasi dengiz va 
okean o`simliklariga, 40 mlrd.tonnasi o`rmonlarga, 8-10 mlrd. tonnasi o`tloqlarga 
to`ri keladi. O`simliklar er yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. O`simliklar 
fotosintez jarayoni natijasida havodan karbonat angidrid gazini yutib, kislorod 
chiqaradi.
O`simliklar havoni xushbo`y hid, fitonsid deb ataluvchi uchuvchan moddalar bilan 
boyitib, kasallik tarqatuvchi bakteriyalarni qirib tashlaydi. Ular xilma-xil 
shovqinlarni so`ndiradi va changlarni yutib qoladi. Havoda kislorod miqdorining 
doimo etarli darajada mavjud bo`lib turishini ta`minlab, kishilar hayoti uchun eng 
yaxshi mikroiqlimni vujudga keltiradi. Olimlarning aniqlashicha, 1 gektar 20 
yoshli qaraayzor har yili 9,35 tonna SO2 ni yutib, 7,25 O2 chiqaradi. 1 ga  maydonga o`rtacha 60 yoshli qaraayzor yiliga 10 tonna O2 ajratib chiqarsa, 40 
yoshli emanzor 14 tonnaga yaqin O2 ni ajratib chiqaradi. Quyoshli issiq kunlarda 
1gektar o`rmonzor 220-230 kg SO2 ni yutib, 180-220 kg O2 ajratadi. O`rmonlar 
tabiiy muhitni tozalovchi, atmosfera va gidrosfera muvozanatini saqlovchi vosita. 
Hisoblashlarga qaraganda 1gektar oq qayin o`rmoni 1 kunda 47 ming litr suvni 
buga aylantiradi.   Bu suvni tozalash , havoni namlantirish va yoin yoishiga imkon 
yaratilishi demakdir. O`rmonlar o`ziga xos suv omborlaridir.
Shuningdek hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo`lib, tabiatda 
modda va energiya almashinuvida ular muhim rol o`ynaydi. Hayvonlar o`simliklar 
bilan uzviy aloqada bo`lib turadi. Hayvonlar biosferaning eng asosiy qismi bo`lib, 
o`simliklar bilan birgalikda geografik qobiqda kimyoviy elementlarning 
migrasiyasida katta rol o`ynaydi. Hayvonlar organik moddalardan quyosh 
energiyasi ta`sirida o`simliklar vujudga keltirgan tayyor organik mahsulotlarni 
iste`mol qiladi. Bir-birlari va o`simliklardan oziqlangan hayvonlar biologik hamda 
sayyoramiz modda almashinuvida aktiv qatnashadi.
Dengizda bir va ko`p hujayrali hayvonlarning qattiq chianoqlaridan chiqindi jinslar
(bo`r, ohaktosh) vujudga keladi. Marjon poliplarning faoliyati natijasida okeanning
sayyoz, iliq suvli katta hududlarida asosan tropik kengliklarida marjonorollari 
paydo bo`lgan. Hayvonlarning (yumaloq chuvalchanglar, tuproq chuvalchanglari, 
chumolilar, qo`nizlar, sut emuizuvchilarning ayrim turlari) nurash prosessida va 
ayniqsa tuproq hosil bo`lishda ahamiyati katta. Ayrim hayvonlar (ko`pchilik 
hasharotlar, ayrim qushlar va ko`rshapalak) o`simliklarni changlatadi, 
ba`zi   hayvonlar , qushlar o`simlik urularini tarqatadi. Hayvonlar hayoti o`simliklar 
hayoti bilan chambarchas bolangan bo`lib, hayvonlar sonining o`zgarishi bilan 
o`simliklar bilan o`simliklar soni ham o`zgaradi. O`simliklar hayotida bo`ladigan 
o`zgarishlar esa hayvonlarning yashashga, rivojlanishga va tarqalishiga ta`sir etadi.
O`simlik va hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati.
Insonning kundalik hayotida ham o`simliklarning ahamiyati juda katta. 
Shuningdek, o`simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida Yer yuzidagi suv 
oqimiga, bulanishga, tuproqda nam saqlanishida, atmosferaning pastki qismidagi 
havo oqimiga shamolning kuchi va yo`nalishiga, hayvonlarning hayotiga katta 
ta`sir etadi.
O`simliklar jamiyat uchun behisob oziq-ovqat, xom ashyo, dori-darmon, qurilish 
materiallari va boshqa sohalarning asosiy manbaidir.
O`simliklar har xil kiyim-bosh, ichimliklar tayyorlash uchun shuningdek, chorva 
mollari uchun asosiy ozuqa manbai bo`lib ham hisoblanadi, insonlarga zavq-shavq 
beradigan estetik lazzat sifatida ham ahamiyatlidir. Yer sharida mavjud bo`lgan 
500 ming o`simlik turining 6000 turidan inson kundalik hayotda foydalanadi. 
Shundan 1500 turi dorivor o`simlik sifatida ahamiyatga ega. O`zbekistonda 4148 
tur o`simlik mavjud bo`lib, shundan 577 tasi dorivor o`simliklar, 103 turi 
bo`yoqdor o`simliklar, 560 turi efir moyli o`simliklar hisoblanadi.
Insonning o`simliklarga ijobiy va salbiy ta`siri ajratiladi. O`rmonlarni tiklash, 
ko`kalamzorlashtirish, o`simliklarning serhosil navlarini yaratish va boshqalar 
ijobiy ta`sirga kiradi. Insonning salbiy ta`siri oqibatida sayyoramizdagi 
o`rmonlarning 2/3 qismi yo`q qilingan, ko`plab qimmatli o`simlik turlari yo`qolib  ketgan. Yangi erlarni o`zlashtirish, atrof muhitning ifloslanishi oqibatida yuzlab 
o`simlik turlari yo`qolmoqda. O`simliklardan har xil yo`nalishlarda tartibsiz 
foydalanish natijasida ularning turlari kamayib noyob o`simliklarga aylanib 
bormoqda.
Hayvonlarning ko`pchiligi xalq xo`jaligi ishlab chiqarish uchun texnikaviy xom 
ashyo hisoblanadi. Qishlok ho`jalik hayvonlari, baliqlar, mo`ynali hayvonlar, turli-
tuman yovvoyi hayvonlar jumlasidandir. Yovvoyi hayvonlar xonakilashtirishning 
bitmas-tuganmas manbaidir.
Hozirgi paytda mo`ynali hayvonlar (sobol, norka, shimol tulkisi, tulki) 
xonakilashtirilmoqda, los, tuyaqush, qirovul, oq kaklik va boshqalar qo`lga 
o`rgatilmoqda. Afrika, Avstraliya va Janubiy Kaliforniyada tuyaqush 
firmalaritashkil etilgan. O`tgan asrning oxirlaridayoq viloyatining o`zidagina 
xonakilashtirilgan tuyaqushlarning soni 200000 ga etgan.
Bundan tashqari hayvonlarda har xil dori-darmonlar olinadi. Hayvonlarning 
ma`lum turlari ekinlar, inson va ba`zi bir hayvonlar uchun zararli bo`lsa, boshqa 
bir turlari insoniyat uchun koni foydadir. Ammo hayvonlarning ayrim turlariga 
baho ularni tabiat uchun mutlaqo foydali yoki mutlaqo zararli deb bo`lmaydi. 
Masalan: chuurchiq yoz davrida juda ko`p hasharotlarni iste`mol qilib foyda 
keltirsa, kuz oylarida mevali bolarga ziyon etkazadi.
Avstraliyada kora (kakadu) to`tiqushni qaraay uruini ko`plab eyishda va to`kib 
yuborishida ayblab yaqin vaqtlargacha kirib yuborilayotgan edi. Keyinchalik juda 
aniq tekshirishlar va izlanishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, to`tiqush o`zi uzib
tushirgan uruning ma`lum qisminigina eb, qolgani yana unib chiqar ekan. 
Shuningdek to`tiqush tushirgan qaraay bujurini (tunsiz yonoq) kam mehnat sarflab 
terib olish mumkin ekan. Shundan keyingina qora to`tiqushni foydali qush sifatida 
himoya qilishga kirishildi.
Zaharli ilonlarni yaqin vaqtlargacha ko`plab ushlanar va o`ldirib yuborilar edi. 
Masalan: Hindistonning Ragnogari rayonida qabul punktlariga yiliga o`rtacha 
225000 dona, narxi oshirilgandan keyin esa sakkiz kun ichida 115000 dona ilon 
o`ligi topshirilgan. Ilonlarni qirib yuborilgan joylarda sichqon va boshqa 
kemiruvchi hayvonlar juda tez ko`payib ketdi, natijada alla hosili kamaydi, kishilar
o`rtasida o`lat, tuleremiya, sariq kasali kupaydi. Ilon zahrining medisinadan keyin 
katta ahamiyatini va ilonlarning tabiatdagi ayrim zararli hayvonlarni qirishdagi 
rolini hisobga olib, ilonlar endilikda davlat nazorati ostida muhofaza qilinmoqda. 
Hozirda yirtqich hayvonlarni butunlay yo`qolib ketishiga chek qo`yilmoqda, 
kamayib qolganlarini maxsus joylarda ko`paytirish choralari ko`rilmoqda. 
Masalan: bo`rilar va qiriylarni qirib yuborishga chek qo`yildi. Baliq xo`jaligida 
cho`rtan baliqlarini qirib yuborish ham noto`ri ekanligi aniqlandi.
Ko`pchilik sut emizuvchilar, ayniqsa hasharotxo`rlar va qo`lqanotlilar hamda 
ayrim yirtqich hayvonlar o`rmondagi zararkunanda hasharotlarni ko`plab kiradi. 
Masalan: bo`rsiq bir so`tkada 500 tagacha may qo`nizining lichinkasini eydi.
Demak, har qanday hayvon turi inson uchun bevosita yoki bilvosita ahamiyatga 
ega bo`lganligi uchun ularni qirib yuborishga chek qo`yish kerak. Hozirgi davrda 
o`simlik va hayvonlarning kamayib ketish sabablari. Atrof muhitni, shu jumladan o`simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish 
muammosi hozirgi davrda ekologik muammolarning eng muhim masalalaridan biri
bo`lib qoldi, chunki kishilar tabiatdan keragidan ortiq foydalanib, uning tabiiy 
manzarasini o`zgartirib, asrlar davomida vujudga kelgan hamjamoalarga salbiy 
ta`sir ko`rsatmoqda. Natijada o`simlik va hayvon turlarining ko`plab yo`qolib 
ketish xavfi tuilmoqda. O`simlik va hayvon turlarining bunday yo`qolib ketishi 
inson uchun tiklab bo`lmaydigan salbiy oqibatlarga sabab bo`lishi mumkin.
Dunyo okeani dengiz hayvonlariga nihoyatda boy muhitdir. Akademik 
V.G.Bogorovning ma`lumotlariga ko`ra dunyo okeani suvlaridagi baliqlarining 
umumiy massasi 1 mlrd. tonna, okeandagi barcha biomassa (plankton, suv o`tlar va
boshqalar) 36 mlrd tonnaga tengdir. Dunyo bo`yicha hayvonlardan olingan moylar 
40% ni tashkil etadi. Kishilarning oziqlanishi rasionida muhim element bo`lgan 
oqsilning asosiy manbai go`sht va baliqdir. Umuman olganda kishilar 
hayvonlardan har yili oqsilga boy bo`lgan 180 mln. tonnadan ortiq oziq-ovqat xom
ashyo olmoqdadir, ya`ni sayyoramizdagi har bir kishi 1 yilda 50 kg hayvon 
mahsulotini iste`mol qilmoqda.
O`rmonlar maydonining o`zgarishi, suv inshootlari qurilishi, shaharlarning paydo 
bo`lishi, atmosfera havosining o`zgarishi bilan er yuzasi landshaftlari 
o`zgarmoqda. Ayrim territoriyalarda hayvonlarning ba`zi turlari kishilar tomonidan
vujudga keltirilgan madaniy landshaftlarga juda moslashib borayotir. Uy sichqoni, 
dala sichqoni va kulrang kalamush shular jumlasidandir. Ayrim hayvon turlari 
madaniy landshaft sharoitiga moslasha olmay yo`qolib ketayotir, masalan: bir 
vaqtlar keng tarqalgan dala suurlari dalalar o`zlashtirilishi bilan kamayib 
ketmoqda.
Hozirda qushlarning taxminan 150 turi va kenja turi yo`qolib ketgan hamda 
100dan ortiq turi yo`qolib ketish arafasida turibdi. Sut emizuvchilardan 106 turi 
yo`q bo`lib ketgan. Hozirgi kunda umuman hayvonlarning 600 ga yaqin turi yo`q 
bo`lish arafasida turibdi.
Ayniqsa, yirik hayvonlarning tabiiy kamayib ketishi geografik landshaft va iqlimiy
sharoitlarning o`zgarishi bilan boliq. Kishilar mamont, junli nasorog, or ayii kabi 
yirik hayvonlarni ovlayverib qirib yuborgan. Qirib yuborilgan hayvonlarni turi va 
soni sivilizasiya kuchli taraqqiy etgan YEvropa mamlakatlariga to`ri keladi. 
Hozirgi qora mollarni ajdodi yovvoyi tarpanni odamlar qirib yuborganlar, 
o`rmonlar maydonining qisqarib borishi bilan zubrlar soni kamayib ketdi. 1892 yil 
zubrlar faqat Belaya Veja pushchasida 375 bosh qolgan. Ko`p ov qilishdan to 
echkisi hamda serna (yovvoyi echki) ning ba`zi turlari yo`qolib ketgan, fil, arslon, 
ayiq va bo`ri juda kam qolgan. Ayrim yirtqich qushlar (tasqara, boltayutar, burgut, 
shunqor) kamayib ketgan. XIX asr oxirlarida AQShda sayyor kaptarlar ko`p 
bo`lgan. Keyinchalik kishilar ularni qirib yuborishgan. Ularning oxirgi vakili 
urochi kaptar 1914 yilda hayvonot boida o`lgan. Hozirda oq qanotli Amerika 
turnasi yo`q bo`lish arafasida turibdi. Laylaklar ham kamayib ketmoqda. 1844 
yilda dengiz qushlaridan qanotsiz gagarkaning oxirgi nusxasini topishgan. Yirik 
hayvon hisoblangan bizon ham kamayib, Yellouston milliy parkida 635 ta qoldi 
xolos.   AQSh sharqidagi vapiti buusi , tundra buusi, panshaxa shoxli antilopa va 
boshkalar yo`q qilindi. AQShning Alabana shtatida ilonning 3 turi, Luizana shtatida baqaning 4 turi 
zaharli kimyviy moddalar ta`siridan nobud bo`ldi. Shimoliy Amerikaning janubi-
arbida baliqning 7 turi yo`q qilindi. Yana shinshila (kalamush turi) mo`ynasi 
qimmatbaho bo`lganligi uchun qirib yuborildi. Endilikda shinshila kataklarda 
urchitilmoqda.
Galopogos orollaridagi endemik hayvon turlari kaltakesaklar, toshbaqalar, ispanlar 
olib kelgan cho`chqalar bu hayvonlarni tuxumlarini kavlab eyishi natijasida 
kamayib ketdi.
Bundan tashkari, Hindiston karkidoni qirilib ketdi, ikki shoxli sumatra va bir 
shoxli yava karkidonlaridan sanoqli qoldi xolos. Karkidon, fil va jirafalar soni 
kamayib ketdi. Sut emizuvchilardan va qushlardan quyidagilar umuman yo`q 
bo`lib ketdi. M: tarpan, dengiz sigiri, antilopa, havorang ot, kvagra, evropa ibisi, 
sayyor kaptar, karolin to`tiqushi, qanotsiz gagarka.
O`simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari.
Noyob va yo`qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e`tiborni kuchaytirish 
uchun 1966 yili Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan xalqaro 
“Qizil kitob” tashkil qilingan. Qizil kitob faqatgina xatar darakchisi bo`lmay, balki 
muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O`simlik va hayvonlarni muhofaza qilish
faqatgina turli davlatlar o`rtasidagi hamkorlik yo`li bilangina muvaffaqiyatli olib 
borilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi o`ziga xos o`simlik va hayvonot dunyosiga ega so`nggi 
yillarda insonning xo`jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta`sir 
kuchaydi. O`zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur 
umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. 1983 yili O`zbekiston Qizil kitobining 1-jildi 
e`lon qilindi. O`zbekiston Qizil kitobiga umurtqali hayvonlarning 65 turi kiritilgan 
bo`lib, 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur 
baliqlardan iborat. Ustyurt qo`yi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro buusi va 
boshqa hayvonlar yo`qolish arafasidadir.
O`zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o`simlik turlarining 10-12 %i muhofaza 
talab (4148 tur). Eng qimmatli to o`rmonlarining maydoni o`nlab marta qisqarib 
ketgan. 
To`qaylar va qayir o`rmonlari ko`plab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning 
maydoni 6,5 mln.ga qisqargan. Shu bois 1984 yil O`zbekiston Qizil kitobining 2-
jildi nashr ettirildi. Unda muhofaza qilinishi kerak bo`lgan 400 o`simliklarning 163
turi kiritilgan. Masalan, cherkez, isiriq, etmak, shovul, anzur piyoz, yovvoyi anjir, 
yonoq, sumbul, bodom, lola, chinnigul va boshqa o`simliklar.
Yo`qolib borayotgan noyob hayvon turlarini yana ko`payishi xavf ostidadir. 
Hozirda bunday hayvon turlari davlat muhofazasigsa olindi. Ayrim joylarda 
qimmatbaho hayvlonlar zubr, daryo qunduzi, sobol, qulon, suv kalamushi uchun 
qo`riqhonalar tashkil etildi. M: Orol dengizidagi Borsa kelmas qo`riqhonasida 
sayoq ko`paytirilmoqda. Bodhiz qo`riqhonasida qulon (yovvoyi eshak) 
asralmoqda. Bundan tashqari hayvonlarni muhofaza qilishda Qizil kitob va halqaro
bitimlarni ahamiyati katta. Tabiiy muhitdagi bunday o`zgarishlar dunyo  mamlakatlari xalqlarini birgalashib muhofaza qilishga undamoqda. Baliq ovlash va
boshqa dengiz hayvonlarini ovlash bo`yicha 70 dan ortiq shartnomalarni 
tuzilganligi shular jumlasidandir.
Sayyoramizdagi o`simliklar va hayvon resurslari nihoyatda katta va rang-barang, 
lekin bu resurslar ulardan faqat oqilona foydalanilgan vaqtdagina hamda ularning 
tiklanish sharoiti ta`minlangandagina kishilar jamiyati talablarini qondira oladi.
X U L O S A
Biz yoshlarning endiki asosiy maqsadimiz tabiatdan oqilona foydalanish yer va yer
ostki resuslarda   tejamkorlik bilan foylalani , o’simlik va hayvonot dunyosini asrab 
avaylash ularni kupaytirish va bizdan keyingi avlodga bus butunligicha yerqazish 
bining oldungi asosiy maqsadlarimizdan bo’ladi. Bu so’zlar haqida faqatgina 
gapirib emas balki undagi resuslardan oqilona foydalanish kerak ekanligini yoddan
chiqarmasligimiz kerak. Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari — odam va uning xo‘jalik 
faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa. tabiat komponentlariga ta’siri b-n 
bog‘liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojlariga 
moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani o‘zgartiradi, bu 
esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining qirib 
yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va b.ga olib keladi. Odamning tabiatga 
bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy 
tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va b.ni o‘zgartirish yo‘li b-n 
amalga oshiriladi. Qo‘riqerlarni o‘zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) 
agrotsenozlar barpo etish va b. tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit o‘zgarishiga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, 
suv, atmosfera va tuproqni ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining ko‘payib borishi
muammolari muhim bo‘lib bormoqda. Odam madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari
uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va 
mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko‘paytirdi, lekin tabiat 
qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan 
faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni noto‘g‘ri 
sug‘orish yerning sho‘rlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish 
o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi. Hozirgi. zamon fani va texnikasi insonning 
tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, o‘z navbatida 
atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi.
Adabiyotlar ro’yhati:
1. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xafsizlikka tahdid, beqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari – T. “O’qituvchi”, 1997
2. Tursunov X. T., Rahimova T. U. Ekologiya “Chinor ENK” T., 2006 – 152 b.
3. Sultonov R. S. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari.  T., 
“Musiqa”, 2007 – 234 b.
4. «Охрана окружающей среды» (законы и нормативные документы) - M.: 
2002
5. Ergashev A., Ergashev T., Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., 
“Yangi asr avlodi”, 2005 – 430 b.
6. A.C. To’xtayev “Ekologiya” O’qtuvchi 1998
7. www.nature.uz 8. www.uznature.uz
9. www.econews.uznature.uz

MAVZU: ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR Reja Kirish 1. Antropogen landshaft va ularning omillari 2. Tabiat va inson 3. Fan texnika taraqqiyotining jamiyat, tabiat, inson va atrof muhitga ta’siri 4. . Antropogen omillarni bioxilma xillikga ta’sir qilishi va oldini olish Xulosa

Kirish Antropogen omillar xozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Inson tirik organizmlarga to’gridan-to’gri ta’sir etib yoki yashash sharoitini o’zgartirib uni tarqalishida yoki qirilib yo’q bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Antropogen omil deganda insonning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ta’sirlar tushuniladi. Insonning tabiatga ko’rsatadigan ikki turdagi ta’sirini bir-biridan yaxshi ajratish lozim ulardan biri tirik organizmlarga yoki ularning ayrim vakillari ko’rsatiladigan to’g’idan-to’g’ri ta’siri yani antropik omillar deb qalsa ikkinchisi esa insonning atrof-muhitini o’zgartirish kabi salbiy ta’sirini antropogen omillar deb qarash kerak. Antropik omillarni o’z navbatida to’rt turga bo’lish mumkin 1. Ozuqa va boshqa ehtiyojlashi qondirish uchun ( ovlash, baliqchilik, o’rmonlarni kesish ularni o’rish va boshqalar) tirik organizmlardan foydalanish va qirish 2. O’simliklarni ko’paytirish (madaniylashtirish) va hayvonlarni qo’lga o’rgatish 3. Akkliminizatsiya va introduksiya yani organizmlarning tabiiy arealida boshqa joylarga ko’chirib olib boorish va moslashtirish 4. Yangi madaniy o’simlik navlar va hayvon zotlarini yaratish Inson tabiatga ko’rsatadigan kuchli ta’siri orqa abiotik va biotic sharoitlarni o’zgartiradi. Insonning ongli yoki ongsiz ravishda o’simlik va hayvon turlarini yersharining birjoyidan ikkinchi joyga olib borishi bazan flora va fauna tarkibini birmuncha o’zgartib yuboradi. Inson tamonidan o’simlik va hayvonlarning yashash sharoitlari o’zgartirildi natijada moayan joyda yashaydigan o’simlik va hayvonlar jamolari yo’q bo’lib yoki ularni sharoiti o’zgarib ketdi. Masalan tog’ o’rmonlarda daraxtlarni kesib tashlash shubhasiz ularning ostida yashaydigan soya sevar o’simliklarning yashash imkonidan mahrum qildi. Bundan tashqari hayoti daraxtlash bilan bog’langan (oziqlanuvchi , uya qurgan) qushlarning yo’qolishiga olib keldi. Keyingi yill а rd а f а n v а texnik а ni t а r а qqiy etishi tuf а yli s а no а t korxon а l а ri v а tr а nsport vosit а l а ri k о ‘p а ydi, ul а rd а n chiqq а n chiqindil а rni biosfer а g а t а ’siri kuch а ydi. Shuningdek s а yyor а mizd а а holi sonini keskin о ‘sishi, t а biiy resursl а rd а n keng v а not о ‘g‘ri foyd а l а nish t а bi а t muvoz а n а tini buzib, glob а l d а r а j а d а gi ekologik mu а mmol а rni (ozon q а v а tini siyr а kl а shuvi, а tmosfer а h а vosining isishi, ch о ‘ll а nishl а r, bioxilm а -xillikni qirilib bor а yotg а nligi, ichimlik suvini keskin k а m а yishi v а hok а zol а r) keltirib chiq а rdi. Oqib а td а n а f а q а t t а bi а td а gi b а rch а tirik org а nizml а rni, h а tto insonning о ‘zini yash а b qolishi x а vf ostid а qoldi. Bund а y hol а tni kelib chiqishining а sosiy s а b а bl а rid а n biri, а holi о ‘rt а sid а , а yniqs а , yoshl а rd а ekologik t а ’lim t а rbiyaning p а st d а r а j а d а ek а nligi, t а bi а t qonunl а rini chuqur bilm а g а nlikl а ri oqib а tid а n sodir qilindi.

Antropogen landshaft va ularning omillar, muhitning antropogen omillari — odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va b. tabiat komponentlariga ta’siri b-n bog‘liq omillar guruhidir. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va flora-ni o‘zgartiradi, bu esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon tur- larining qirib yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va b.ga olib keladi.Odamning tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yer-ning ustki qatlamini, tuproq struktu-rasi va b.ni o‘zgartirish yo‘li bilann amalga oshiriladi. Qo‘riqerlarni o‘zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va b. tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi , ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslanti-ruvchi sanoat chiqindilarining ko‘payib borishi muammolari muhim bo‘lib bormoqda. Odam madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko‘paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda bu- zilishlarga olib keladigan faoliyat ku-tilmagan salbiy oqibatlarga olib keli-shi mumkin. Ekinlarni noto‘g‘ri sug‘orish yerning sho‘rlanishi va eroziyaga olib ke- ladi; yerni ortiqcha quritish o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi. Hozirgi. zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar yaratib berib, o‘z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim mu-ammoga aylantirdi. Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go'shadir. Tabiat ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko'paytirish tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o'tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekan- ligimizni unutib qo'ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz «Ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» - fan so'zlaridan olingan bo'lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ'ib etish asoslarini o'rganadi. Yangi asrning barkamol kishiisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir. Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin.

Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari sanaladi. Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o'rtasida nomutanosiblik vujudga kelayotir. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini ko'ndalang qo'ymoqda. Ma'lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg'undir. Fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg'unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo'lmoqda. Tabiiy boyliklardan: suvdan, yerdan o'rinsiz foydalanish ekologiyani o'zgartirib yubordi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini noto'g'ri rejalashtirish, kimyoviy o'g'itlarni haddan ziyod ko'p qo'llash yer unumdorligi va inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti. Korxonalardan oqib chiqayotgan zaharli oqavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot olami va o'simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzyapti. Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab etmoqda. Buni yodda tuting: 1992-yil 9-dekabrda O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Sog'lom avlod davlat dasturi va «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ishlab chiqildi, «Ekosan» jamg'armasi tuzildi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va ekologiyaga oid zarur hujjatiar qabul qiiib , ekologiya ishlarining huquqiy asosini yaratdi. Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go'zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va issiq, qurq'oqchilik, yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Bu ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli munosabatga aylana boradi. Tabiatga bo'lgan mehr tuyg'usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo'lagini tashkil etadi. Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go'zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi. O'z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik, nazokatlilik kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi. Bu — insonda ikki ko'rinishda: tabiatga va o'ziga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi. Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham o'rganadi. Natijada, o'zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo'lish imkonini bergan «narsa»ni, ya'ni insonga xos madaniyat hislarini topishga intiladi. Demak, insoniy tuyg'ular tabiatga mehr bilan qarashdan oziq oladi. Tabiat inson vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko'p tuyg'ularni kamol toptiradi hamda ko'p narsalarni talab etadi. Madaniyatli,

ma'naviy kamol topgan inson uchun o'z Vatani tabiatini muhofaza qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi. O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga mehrli bo'lishga da'vat qjladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am kulfati tushgan bo'ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tutgandir? Abu Rayhon Beraniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: «Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi». Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko'rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari va odamlari, xalqlarning urf- odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko'plab fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko'paytirishga e'tibor bergan. Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to'g'ri faoliyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga , suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo'shadi. Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi. Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi. Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi. Buni yodda fating: Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta'sir etadi. Shu-ning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammodir. Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha mavjud bolgan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, bu — faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada go'zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo'shish, atrof-muhitni g'orat etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir.