logo

Arxiv muassasalari ishini tashkil etish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.763671875 KB
Arxiv muassasalari ishini tashkil etish
REJA:
1. Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish
2. Arxivlarda mehnatni tashkil etish
3. Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlari Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Bosh   arxiv
boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi huzuridagi Arxiv Boshqarmasi,
viloyatlar   va   Toshkent   shahar   hokimliklarining   arxiv   bo’limlari   arxiv   ishini
boshqaruvchi   vakolatli   davlat   organilari   hisoblanadi.   O’zR   va   QQR   davlat
arxivlari   (ularning   filiallari),   viloyat   davlat   arxivlari   (ularning   filiallari)   va
Toshkent   shahar   davlat   arxivi   bevosita   arxiv   ishini   boshqarish   vakolatli
davlat organlariga bo’ysunadi.
Arxiv   ishini   boshqarish   vakolati   organining   faoliyatini   tashkil   etish
tartibi hamda tuzilishi O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat   arxiv   muassasalarini   moliyalash   tegishli   byudjet   mablag’lari
hisobiga,   shuningdek   byudjetdan   tashqari   mablag’lar   hisobiga   amalga
oshiriladi.   Pulli   xizmat   ko’rsatishdan   hamda   moliyalashning   boshqa
qo’shimcha   manbalaridan   olinadigan   mablag’lar   arxiv   muassasalarining
moddiy-texnika   bazasini   rivojlantirish   hamda   ularning   xodimlarini   moddiy
rag’datlantirishga yo’naltiriladi.
O’zbekiston   Respublikasi   «Arxivlar   to’g’risida»gi   Qonuni   hamda
boshqa me’yoriy hujjatlarga binoan arxivlarni boshqarish vakolatli organlari
o’z ishini tashkil etadi.
O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi:
 hujjatlarni ekspertiza qilish va DAFni to’ldirish ishiga boshchilik qiladi;
 hujjatlarni davlat arxivlariga taqsimlash masalalarini hal etadi;
 barcha   muassasalar,   tashkilotlar   va   korxonalar   uchun   majburiy   bo’lgan
hujjatlar bilan ishlashning qoida va yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqadi;
 DAF   hujjatlarining   ilmiy-ma’lumotnoma   apparatini   tuzish,   ulardan
foydalanish va ularni saqlash ishlarini tashkil etadi; Му ам м ол и савол :  Ўз бе к истон Ре спу бл ик аси Ваз ирл ар
Маҳ к ам аси ҳ уз у ридаги Бош архив бошқ арм аси
қ андай ф у нк циял арни баж аради?   davlat   va   muassasa   arziqlarida   saqlanayotgan   hujjatlarni   markazlashgan
holda hisobga oladi;
 arxiv   muassasalarining   ilmiy-tadqiqot   ishlarini   tashkil   etadi   va
muvofiqlashtiradi, hujjatlarni nashr etishga boshchilik qiladi;
 chet el arxiv muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
 kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va tarbiyalash bo’yicha ish
olib boradi;
 arxiv   inshootlari,   laboratoriya   va   ustaxonalar   qurilishi   hamda   ularni
ta’mirlash masalalari bilan shug’ullanadi.
Viloyat   arxiv   bo’limlari   ham   o’z   vakolati   doirasida   mazkur   masalalar
bilan   shug’ullanadilar   (chet   el   arxiv   muassasalari   bilan   aloqa   qilish,
umumdavlat miqyosidagi normativ hujjatlar chiqarish kabi masalalar bundan
mustasno).
Markaziy   va   mahalliy   arxivlarni   boshqarish   vakolatli   organlari   arxiv
ishining   istiqbolini   belgilaydi,   har   bir   bosqichda   arxiv   muassasalarining
ustivor  vazifalarini  belgilab  beradi.  Markaziy  davlat  arxivlari  bevosita  Bosh
arxiv boshqarmalariga, viloyat arxivlari va ularning filiallari esa viloyat arxiv
bo’limlariga bo’ysunadilar.
Yuqori arxiv organlari tomonidan boshqarish ishini tashkil etish asosan
3   ta   vazifani   bajarishga   qaratilgandir:   1)   vazifalarni   belgilash;   2)   yordam
berish; 3) nazorat qilish.
Arxivlar ishlarini takomillashtirishda yuqori tashkilotlar tomonidan olib
boriladigan tekshirishlar muhim o’rin tutadi.
Arxiv   faoliyati   vaqti-vaqti   bilan   kompleks   tarzda   yoki   konkret
yo’nalishlar   bo’yicha   tekshiriladi.   Tekshiruvchilarning   vazifalari   faqatgina
kamchiliklarni   oshkor   qilishdan   emas,   balki   ishni   yaxshilash   yo’llarini
ko’rsatish hamda ilg’or ish uslublarini aniqlash va yoyishdan iboratdir.
Davlat arxiv  xizmatining  muhim vazifalaridan  biri idoraviy  arxivlarga tashkiliy-uslubiy   jihatdan   rahbarlik   qilish   va   muassasalarda   ish   yuritishni
nazorat   qilishdan   iboratdir.   Bu   ish   arxiv   bo’limlari   hamda   markaziy   va
viloyat   davlat   arxivlari   tomonidan   amalga   oshriladi.   Har   bir   arxiv,   odatga
ko’ra,   hujjatlarini   unga   topshiradigan   tashkilotlar   va   muassasalar
arxivlarining   ustidan   nazorat   olib   boradi.   Ko’p   xollarda   davlat   arxivlari
xodimlari   bir   necha   muassasalar   ustidan   murabbiylik   qiladilar,   ularga   har
tomonlama yordam ko’rsatadilar.
Arxivlarda mehnatni tashkil qilish Arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash, eng avvalo,
bu   yerda   bu   yerda   ishlayotgan   xodimlarning   malakasiga   va   ularning
mehnatini   tashkil   etishga   bog’liqdir.   Arxiv   xodimlari   yuqori   malakali
mutaxassislar bo’lishi, chuqur kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari shart.
Arxiv   xodimi   hujjatlar   bilan   ishlash   uslublarini   mukammal   bilishi,
tadqiqotchilik   ko’nikmalariga   ega   bo’lishi,   yuqori   malakali   va   ma’lumotli
inson bo’lishi zarur.
Arxivlarda kadrlar bilan ishlash tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim asosan
quyidagilardan iborat:
 kadrlarni   to’g’ri   tanlash,   xodimlar   malakasini,   tajriba   va   shaxsiy
hislatlarini   hisobga   olgan   holda   ulardan   arxiv   ishining   turli
bo’g’inlarida foydalanish;
 arxiv xodimlari turli guruhlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyatini
ishlab chiqish;
 xodimlar malakasini muttasil oshirib borish;
 mehnat intizomini mustahkamlash;Му ам м ол и савол :  А рхивл арда к адрл ар бил ан ишл аш
ним ал арни ў з  ичига ол ади?   xodimlarni   moddiy   va   ma’naviy   jihatdan   rag’batlantirishni   yo’lga
qo’yish;
 jamoada yaxshi psixologik muhitni yaratish
Kadrlarni   tanlash   va   joy-joyiga   qo’yishda   ularning   egallab   to’rgan
lavozimiga   mos   kelishini   hisobga   olish   zarur.   Shu   maqsadda   arxiv
direktorlaridan bo’lim boshlig’igacha bo’lgan rahbar xodimlar uchun tegishli
malakaviy   tavsiyalar   ishlab   chiqiladi.   Bundan   tashqari   har   bir   xodimning
ishchanligi va professional sifatlarini e’tiborga olish zarur. Shuni ham hisbga
olish   kerakki,   rahbariy   lavozimdagi   xodimdan   faqat   chuqur   bilim   va
ishchanlikgina   emas,   amaliy   ish   sohasida   boy   tajribasi   bo’lishi   ham   talab
qilinadi.  Hamma  sohada  bo’lgani  kabi  arxiv  xodimlarining  barcha  guruhlari
uchun mansab instruksiyalari ishlab chiqilgan.
Kadrlar   bilan   ishlashning   muhim   yo’nalishi   ularning   malakasini
oshirishdir. Arxiv xodimlari malakalarini oshirish jamoaviy va yakka tarzda
quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
 Oliy o’quv yurtlari va aspiranturada tahsil olish;
 Rahbar   va   ilmiy   xodimlarning   ilmiy-nazariy   va   ilmiy-amaliy
anjumanlarini   o’tkazish.   Bunday   anjumanlarda   xodimlar
arxivshunoslik,   hujjatshunoslik,   arxeografiya,   manbashunoslik
fanlarining   dolzarb   nazariy   va   uslubiy   muammolariga   doir   ma’ruzalar
eshitadilar
Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlari Arxiv   muassasalarining   ilmiy-
tadqiqot   ishlari   deganda   arxiv   ishini   yanada   takomillashtirishga   qaratilgan
ilmiy   izlanishlar   tushuniladi.   Arxiv   muassasalarida   hujjatshunoslik,
arxivshunoslik,   arxeografiya,   tarix,   ko’makchi   tarix   fanlari   va   boshqa
sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Hujjatlarni nashr etish hamda arxiv
ma’lumotlarini   tayyorlash   ham   ilmiy-tadqiqot   ishlarining   tarkibiy   qismi hisoblanadi.
Arxivlarda   ilmiy   izlanishlar   3   xil   yo’nalishda   olib   boriladi:   1)   nazariy
tadqiqotlar; 2) amaliy tadqiqotlar; 3) ilmiy ishlanmalar
Nazariy   tadqiqotlar   hujjatshunoslik,   arxivshunoslik,   arxeografiya
singari   fanlarning   umumiy   masalalariga   bag’ishlanadi.   Nazariy   tadqiqotlar
ma’lumot   yig’ish,   eksperimentlar   o’tkazish,   ularning   natijalarini
umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarishdan iboratdir.
Amaliy   yo’nalishdagi   ilmiy   ishlar   esa   nazariy   tadqiqotlarga   hamda
amaliy   tajribaga   tayangan   holda   arxiv   muassasalarining   konkret   ish
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.
Amaliy   tadqiqotlar   aksariyat   hollarda   ilmiy   ishlanmalar   yaratish   bilan
yakunlanadi.   Ilmiy   ishlanmalar   ko’proq   uslubiy   tavsiyanomalar   shaklida
yoziladi.   Uslubiy   tavsiyanomalar   arxivshunoslik   sohasida   olib   boriladigan
nazariy   va   amaliy   ilmiy   tadqiqotlarni   hayotga   tadbiq   etish   vositasidir.
Uslubiy   tavsiyanomalar   taxminan   quyidagi   mavzularda   bo’lishi   mumkin:
«Davlat   arxivlari   faoliyatining   asosiy   qoidalari»,   «Ish   yuritishning   yagona
davlat tizimi» va hokazo.
Bundan   tashqari   konkret   masalalarga   bag’ishlangan   uslubiy   masalalar
ham ishlab chiqish mumkin. Masalan, kataloglashtirish, hujjatlarni ekspertiza
qilish  va  hokazo.  Yig’majildlarning nomenklaturasi  va  sistemalashtirishning
tarh   (sxema)   larini   ishab   chiqish,   arxiv   haqidagi   ilmiy-ma’lumotnoma
apparatini   yaratish,   ma’ruzalar   tayyorlash   bilan   bog’liq   ishlar   ham   uslubiy
ishlar qatoriga kiradi.
Muhim vazifalardan biri – bu arxivlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil Му ам м ол и савол :  А рхивл арда ол иб борил адиган
ил м ий-тадқ иқ от ишл арининг асосий м ақ сади ва
йў нал ишл ари ним ал ардан иборат?  etishdir. Bu ish ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, mavzu bilan tanishish,
mavzuga   oid   materiallar   yig’ish   va   ularni   tahlil   etish,   tadqiqot   natijalarini
rasmiylashtirish kabi bosqichlarga bo’linadi. Ishning yakuni bo’yicha hisobot
yoziladi.
Ilmiy-tadqiqot   ishlarining   yakunlari   arxivlar   qoshidagi   ilmiy
kengashlarda,   ilmiy-uslubiy   kengashlarda,   uslubiy   kengashlar   va   ekspert
uslubiy komissiyalarida muhokama etiladi. Bu kengashlarning yig’ilishlarida
arxiv   xodimlaridan   tashqari   chetdan   kelgan   mutaxassislar   ham   ishtirok
etishlari mumkin.
Arxiv   muassasalarida   olib   borilgan   ilmiy   ishlarning   asosiy   maqsadi   –
bu   arxiv   ishi   sifatini   oshirishdir.   Shunday   ekan   ilmiy   izlanishlarning
natijalarini   tez   muddatlarda   hayotga   tadbiq   etish   muhimdir.   Ilmiy
izlanishlarning   yakuni   bo’yicha   yangi   davlat   standartlari,   yangi   qoidalar   va
metodik qo’llanmalar nashr etiladi. Manbalar va adabiyotlar
Arxivlar   to’g’risida:   O’zR   1999   yil   15   aprelp   qonuni   //O’zbekistonning
yangi qonunlari. To’plam. 21-son. Toshkent, 1999.
Alimov I. va b. Arxivshunoslik.  Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR.  Moskva, 1980.
Krayskaya E. V. Organizasiya arxivnogo delo v SSSR.  Moskva, 1980.

Arxiv muassasalari ishini tashkil etish REJA: 1. Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish 2. Arxivlarda mehnatni tashkil etish 3. Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlari

Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi huzuridagi Arxiv Boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining arxiv bo’limlari arxiv ishini boshqaruvchi vakolatli davlat organilari hisoblanadi. O’zR va QQR davlat arxivlari (ularning filiallari), viloyat davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivi bevosita arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlariga bo’ysunadi. Arxiv ishini boshqarish vakolati organining faoliyatini tashkil etish tartibi hamda tuzilishi O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat arxiv muassasalarini moliyalash tegishli byudjet mablag’lari hisobiga, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. Pulli xizmat ko’rsatishdan hamda moliyalashning boshqa qo’shimcha manbalaridan olinadigan mablag’lar arxiv muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda ularning xodimlarini moddiy rag’datlantirishga yo’naltiriladi. O’zbekiston Respublikasi «Arxivlar to’g’risida»gi Qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga binoan arxivlarni boshqarish vakolatli organlari o’z ishini tashkil etadi. O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi:  hujjatlarni ekspertiza qilish va DAFni to’ldirish ishiga boshchilik qiladi;  hujjatlarni davlat arxivlariga taqsimlash masalalarini hal etadi;  barcha muassasalar, tashkilotlar va korxonalar uchun majburiy bo’lgan hujjatlar bilan ishlashning qoida va yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqadi;  DAF hujjatlarining ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish, ulardan foydalanish va ularni saqlash ishlarini tashkil etadi; Му ам м ол и савол : Ўз бе к истон Ре спу бл ик аси Ваз ирл ар Маҳ к ам аси ҳ уз у ридаги Бош архив бошқ арм аси қ андай ф у нк циял арни баж аради?

 davlat va muassasa arziqlarida saqlanayotgan hujjatlarni markazlashgan holda hisobga oladi;  arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, hujjatlarni nashr etishga boshchilik qiladi;  chet el arxiv muassasalari bilan hamkorlik qiladi;  kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va tarbiyalash bo’yicha ish olib boradi;  arxiv inshootlari, laboratoriya va ustaxonalar qurilishi hamda ularni ta’mirlash masalalari bilan shug’ullanadi. Viloyat arxiv bo’limlari ham o’z vakolati doirasida mazkur masalalar bilan shug’ullanadilar (chet el arxiv muassasalari bilan aloqa qilish, umumdavlat miqyosidagi normativ hujjatlar chiqarish kabi masalalar bundan mustasno). Markaziy va mahalliy arxivlarni boshqarish vakolatli organlari arxiv ishining istiqbolini belgilaydi, har bir bosqichda arxiv muassasalarining ustivor vazifalarini belgilab beradi. Markaziy davlat arxivlari bevosita Bosh arxiv boshqarmalariga, viloyat arxivlari va ularning filiallari esa viloyat arxiv bo’limlariga bo’ysunadilar. Yuqori arxiv organlari tomonidan boshqarish ishini tashkil etish asosan 3 ta vazifani bajarishga qaratilgandir: 1) vazifalarni belgilash; 2) yordam berish; 3) nazorat qilish. Arxivlar ishlarini takomillashtirishda yuqori tashkilotlar tomonidan olib boriladigan tekshirishlar muhim o’rin tutadi. Arxiv faoliyati vaqti-vaqti bilan kompleks tarzda yoki konkret yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi. Tekshiruvchilarning vazifalari faqatgina kamchiliklarni oshkor qilishdan emas, balki ishni yaxshilash yo’llarini ko’rsatish hamda ilg’or ish uslublarini aniqlash va yoyishdan iboratdir. Davlat arxiv xizmatining muhim vazifalaridan biri idoraviy arxivlarga

tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlik qilish va muassasalarda ish yuritishni nazorat qilishdan iboratdir. Bu ish arxiv bo’limlari hamda markaziy va viloyat davlat arxivlari tomonidan amalga oshriladi. Har bir arxiv, odatga ko’ra, hujjatlarini unga topshiradigan tashkilotlar va muassasalar arxivlarining ustidan nazorat olib boradi. Ko’p xollarda davlat arxivlari xodimlari bir necha muassasalar ustidan murabbiylik qiladilar, ularga har tomonlama yordam ko’rsatadilar. Arxivlarda mehnatni tashkil qilish Arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash, eng avvalo, bu yerda bu yerda ishlayotgan xodimlarning malakasiga va ularning mehnatini tashkil etishga bog’liqdir. Arxiv xodimlari yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi, chuqur kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari shart. Arxiv xodimi hujjatlar bilan ishlash uslublarini mukammal bilishi, tadqiqotchilik ko’nikmalariga ega bo’lishi, yuqori malakali va ma’lumotli inson bo’lishi zarur. Arxivlarda kadrlar bilan ishlash tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim asosan quyidagilardan iborat:  kadrlarni to’g’ri tanlash, xodimlar malakasini, tajriba va shaxsiy hislatlarini hisobga olgan holda ulardan arxiv ishining turli bo’g’inlarida foydalanish;  arxiv xodimlari turli guruhlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyatini ishlab chiqish;  xodimlar malakasini muttasil oshirib borish;  mehnat intizomini mustahkamlash;Му ам м ол и савол : А рхивл арда к адрл ар бил ан ишл аш ним ал арни ў з ичига ол ади?

 xodimlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirishni yo’lga qo’yish;  jamoada yaxshi psixologik muhitni yaratish Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ularning egallab to’rgan lavozimiga mos kelishini hisobga olish zarur. Shu maqsadda arxiv direktorlaridan bo’lim boshlig’igacha bo’lgan rahbar xodimlar uchun tegishli malakaviy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari har bir xodimning ishchanligi va professional sifatlarini e’tiborga olish zarur. Shuni ham hisbga olish kerakki, rahbariy lavozimdagi xodimdan faqat chuqur bilim va ishchanlikgina emas, amaliy ish sohasida boy tajribasi bo’lishi ham talab qilinadi. Hamma sohada bo’lgani kabi arxiv xodimlarining barcha guruhlari uchun mansab instruksiyalari ishlab chiqilgan. Kadrlar bilan ishlashning muhim yo’nalishi ularning malakasini oshirishdir. Arxiv xodimlari malakalarini oshirish jamoaviy va yakka tarzda quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:  Oliy o’quv yurtlari va aspiranturada tahsil olish;  Rahbar va ilmiy xodimlarning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlarini o’tkazish. Bunday anjumanlarda xodimlar arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya, manbashunoslik fanlarining dolzarb nazariy va uslubiy muammolariga doir ma’ruzalar eshitadilar Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlari Arxiv muassasalarining ilmiy- tadqiqot ishlari deganda arxiv ishini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar tushuniladi. Arxiv muassasalarida hujjatshunoslik, arxivshunoslik, arxeografiya, tarix, ko’makchi tarix fanlari va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Hujjatlarni nashr etish hamda arxiv ma’lumotlarini tayyorlash ham ilmiy-tadqiqot ishlarining tarkibiy qismi