Asalarilarning invazion (Nozematoz, Varroatoz, Akarapidoz, Braulyoz kasalliklari
Asalarilarning invazion (Nozematoz, V arroatoz, A karapidoz, B raulyoz kasalliklari . R e j a: 1. Nozematoz . 2. Varroatoz. 3. Akarapidoz. 4. Braulez kasalligi.
1 . Nozematoz – bu asalarilarning protozooz kasalligi bo‘lib, uni Nozema apis deb ataluvchi bir hujayrali parazitlarni asalarilarning ichak epiteliya hujayralarida, ba’zan esa malpigieva tomirida, tuxumdonida, jag‘osti bezida, gemolimfada parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atilib kasallik katta va yosh arilarning o‘rta ichaklarining funksiyasini buzilishi va o‘zgarishlari va asararilarni nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Iqtisodiy zarari. Kasallik asalarichilikda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Kasallikka chalingan asalari oilalarining kuchsizlanishi va nobud bo‘lishiga olib keladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi. Nozema apis – bu hujayra ichidagi parazit bo‘lib, asalarilarning o‘rta ichak epiteliyasida, ba’zan esa malpigieva tomirida, tuxumdonida, jag‘ osti bezida, gemolimfasida parazitlik qiladi. Nozema sporalari asalda va uyachalarda bir yilgacha saqlanib qolishi mumkin, asalni 60 groadusgacha isitilganda 60 daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi Nozema sporalarini formalinning 4%-li suvli eritmasi, harorat +25 gradus bo‘lsa, bir soat ichida o‘ldiradi, formalinning bug‘i esa 50 g bir metr kub hajmda, harorat +35 gradusda 15 minut ichida nobud qiladi, fenol preparatining 2%-li suvli eritmasi nozemalarni 10 daqiqa ichida, 2%-li natriy ishqori esa 15 daqiqa davomida o‘ldiradi. Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi ari ichagida ozuqa orqali kirib u erda rivojlanadi va tashqi muhitga sporalarni ari axlati orqali chiqaradi. Kasallikni rivojlanishida arilarni qishda tushgan asallar bilan oziqlantirilishi, qish mavsumi uzoq muddat davom etishi va arilar qishlaydigan arixonalarda namlik yuqori bo‘lishi kabi omillar yordam beradi. Diagnoz va differensial diagnoz. Qish faslining oxiri, ko‘pincha bahorda, asalari qutilarini arixonalardan tashqariga chaqarilgan boshlab ikki oy ichida kasal oilalarda arilarning, ba’zan esa ona arilarning nobud bo‘lishi kuzatiladi. Oilalar kuchsizlanib, o‘la boshlaydi. Kasal arilarning qorinchasi
kattalashgan, o‘rta ichak oq tusda bo‘ladi. Ichaklardan olingan qirindilarni mikroskopda tekshirilganda nozema sporalarini ko‘rish mumkin. Davolashda Nozematoz kasalligini davolashda N.I.Smirnova va O.N.Peregud (1971)lar entereseptol, R.I.Madatov (1971) esa sulfaperidazin (spofasol) preparati bilan davolash usulini tavsiya etadilar. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilgan dorilardan 1 g dan olib 1 l qiyomga aralashtirib beriladi. Kasallikni oldini olish maqsadida, qishda qoldirilayotgan asallar padga tekshiriladi, agarda qo‘shilgan bo‘lsa, unda uni guldan olingan asal yoki shakar qiyomi bilan almashtiriladi. Qishda har bir ari oilasi 3-5 kg shakar bilan oziqlantiriladi. YOzda esa ularni uyachalar qurish uchun yo‘naltiriladi. Oilalarni yosh arilar bilan ta’minlash maqsadida asalarilarni kuzgi o‘stirishini amalga oshirish kerak. Qishda arilarni quruq arixonalarda saqlash, bahorda esa ari uyalarini qisqartirib, yaxshilab isitib oziqalar bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish kerak. Kasallikka qarshi kurashish maqsadida, qishda ari oilasida kasallik qo‘zg‘atuvchisi kirib qolgan bo‘lsa, erta bahorda asalari qutilarini qishqi arixonalardan chiqarib, arixonalarni tozalash, ozuqa zaxirasini tekshirish, kerak bo‘lsa ularni to‘ldirish yoki yangilashni amalga oshirish kerak. Asalari oilalarni asosiy ko‘rikdan o‘tkazish paytida, ifloslangan ari uyachalarini olib tashlab, tozalari bilan almashtiriladi va unda oilalar o‘tkaziladi. Barcha ishlatilgan asbob-uskunalar 4%-li formalin eritmasi bilan dezinfeksiyalanadi. Varroatoz – bu asalarilarning invazion kasalligi bщlib, Varroa jacobsoni kanasini parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik asalari oilalarining bezovtalanishi, sershovqin bo‘lishi va arilarning nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Varroa jacobsoni kanasi ari lichinkalarini, g‘umbaklarini va katta yoshdagi ishchi arilar va ona arilarni zararlaydi. Varroa jacobsoni kanasining asosiy xo‘jayini bu Apis indica deb ataluvchi va janubiy-sharqiy Hindistonda va sobiq Ittifoqning primore o‘lkasida keng tarqalgan hind arisi bo‘lgan. O‘tgan asrning 50-chi yillarida kelib bu kanalar yangi irqlari (avlodlari) janubiy Osiyo davlatlari hududida qayd etildi va u erdan Primore va Xabarovsk o‘lkalarida, undan esa Sobiq Ittifoqning Sibir va evropa hududlarida tarqaldi. Bu kanalar asal beruvchi arilarda parazitlik qilishga moslashdi. Tanasida kanalar rivojlangan yosh arilar, erkak va ona arilar arixonalardan chiqsada, biroq tanasidagi yarachalar oqibatida tezda nobud bo‘ladi. Epizootologik ma’lumotlar. Varroa kanalari kasal ari oilalaridan sog‘lomlariga adashgan, o‘g‘ri arilar orqali, arixonalarni ko‘chirayotgan paytda, arilarni sotish paytida o‘tadi, tarqaladi. Varroa kanalari bilan zararlangan asalari oilalari bezovtalanadi, sershovqinli bo‘lib, ularning nobud bo‘lishi kuzatiladi. Diagnoz va differensial diagnoz. Kasallikka diagnoz arixonalarning o‘zida yoki laboratoriya sharoitida qo‘yiladi. Tekshirish uchun laboratoriyaga o‘lgan arilarni, ari uyachalari tagidan olingan axlatlardan, yopiq nasllardan namuna olib jo‘natiladi. Jo‘natilgan arilar, o‘lgan yopiq nasllarini va axlatlarda kanalar bor-yo‘qligini lupalar yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Arixonalarda, ari qutilarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchib kelib qo‘nadigan taxtalardagi axlatlarda kanalar borligiga tekshiriladi. So‘ngra esa ari oilasi ochiladi, birin-ketin qismlarga ajratiladi va kana borligiga tekshiriladi. Arilarning qorinchasida, ko‘kragida etuk kanalarni ko‘rishimiz mumkin, ari g‘umbaklarida esa kana tuxumlari, protonimfa va deytonimfalarni topish mumkin. Kanalarning to‘rt juft oyoqlari bor.
Kasallikni oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Kasallikni oldini olish maqsadida arixonalarga varroa kanalarini kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini amalga oshirish talab etiladi. Kasallikka qarshi kurashish maqsadida ari uyalaridagi varroa kanalarini yo‘qotish uchun quyidagi aerozollardan (tutun) foydalanish tavsiya etiladi: fenotiazin bir marotabalik dozada 0,7-0,8 g bir ari oilasi uchun, tedion (poliakaritoks) 1-2 g, efir-sulfonat 1,5 g, keltan 0,3 g dozada qo‘llaniladi. Bu preparatlarning akaritsidli va xavfsizligini aniqlash uchun ularni dastlab 3-5 ta ari oilasiga sinab ko‘riladi. Kanalarga qarshi ishlov o‘tkaziladigan ari oilasidagi 2-3 ta uyachali ramkalar o‘z o‘rnidan olinadi, qolganlari esa 2-3 sm masofada siljitadi, uyachalarning tagiga kanalarni yopishib qolishi uchun moy surtilgan qog‘oz qo‘yib chiqiladi. Ertasi kuni kanalar yopishgan qog‘oz olib tashlanib kanasi yuq qilinadi. Ishlovdan oldin uyachalarning yuqori qismi qog‘oz yoki loy bilan mahkam yopib tashlanadi. Ari oilasiga ishlov berishni ertalab, to arilar uchib chiqquncha yoki arilar qaytgandan so‘ng amalga oshiriladi. Ishlovdan o‘tkazilgan oilalar 1-2 choatdan so‘ng ochiladi, agarda tedion bilan ishlovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, unda 5 soatdan keyin ochiladi. Akarapidoz (akaroz, kanali kasallik) – asal oilalarning invazion kasalligi bo‘lib Acarapis woodi kanasining etuk arilarning traxeyasida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik arilarni uyasidan uchib chiqayotib erga tushib o‘rmalab qolishi, qanotlarini ikki yon tomonga katta ochib qo‘yishi hamda nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kasallikdan keladigan iqtisodiy zarar. Kasallik qish va bahorda ari oilalarning kuchsizlanishi va nobud bo‘lishini keltirib chiqaradi. Kasallik dastlab sust, sekinlik bilan tarqala boshlaydi, keyinchalik asal arixonalariga katta ziyon etkazadi.