Asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasi.
Asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasi . Reja 1 §. Asosiy miqdorlar va ular o ` lchovlarini o ` rgatishning umumiy metodikasi . 2 §. Uzunlik va ularning o ` lchov birliklarini o ` rganish metodikasi . 3 §. Massa va hajm hamda ularning o ` lchov birliklarini o ` rganish metodikasi . 4 §. Vaqt va ularning o`lchovlarini o`rganish metodikasi.
1 §. Asosiy miqdorlar va ular o`lchovlarini o`rgatishning umumiy metodikasi. Miqdor yoki kattalik tushunchasi matematikada asosiy tushunchalardan biridir. Boshlang`ich sinflarda uzunlik, massa va hajm , vaqt , figuraning yuzi kabi miqdorlar o`rganiladi. Boshlang`ich sinflarda bu miqdorlar asosiy miqdorlar deb ataladi. Bundan tashqari ba'zi hosilaviy miqdorlar, masalan tyekis harakat tezligi bilan ham tanishadilar. Boshlang`ich sinflarda asosiy miqdorlarni o`rganish arifmetik material bilan uzviy bog`liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan «O`lchashni o`rgatish, sanashni o`rganish bilan bog`lanadi; yangi o`lchov birliklari tegishli sanoq birliklari o`rganilgandan so`ng kiritiladi; ismli sonlarning hosil qilinishi, yozilishi va o`qilishi mavhum sonlarni nomerlash bilan bir vaqtda o`rganiladi; arifmetik amallar mavhum sonlar ustida va ismli sonlar ustida bajariladi». Miqdorlar haqida va ularni o`lchash haqida yuqorida ko`rsatib o`tilgan tasavvurlarni tarkib toptirish matematikaning hayot bilan bog`liqligini ta'limning polityexnik yo`nalganligini mustahkamlashga imkon beradi. O`quvchilarda puxta o`lchash va grafik ko`nikmalarni shakllantirish polityexnik ta'lim sharoitida matematika o`qitishda ham, myehnat ta'limi va bir qator matematikaga qo`shni fanlarni o`rganishda ham alohida kasb egallaydi. Turli hisoblashlar va yasashlarni bajarishda aniqlik va batartiblikka amal qilish o`quv ahamiyatidan tashqari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Batartib bajarilgan o`lchash va grafik ishlar bolalarning estyetik tarbiyalash imkonini beradi, ularning charchashlarini kamaytiradi, e'tiborini orttiradi. Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda asosan amaliy metodlar va labaratoriya ishlaridan foydalaniladi. Bunday ishlarni bajarishda syezgi organlaridan va ayniqsa, qo`lning xarakatlantirish apparatidan foydalanish o`quvchilarning predmetga qiziqishini uyg`otadi, ish kayfiyatini yaratadi, faollikka undaydi. Bu esa pedagogika nuqtai nazardan qimmatlidir. Amaliy ishlar o`tkazishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi.
Atrof - borliqni o`z « K ashfiyotlari» orqali bilib olish bolalar uchun qiziqarlidir. O`quvchilarni kichik tadqiqotchi o`rniga qo`ya olgan, o`quvchilarning shaxsiy fikrini uyg`ota olgan o`qituvchi keyin ishda samarali natijalarga erisha oladi. Muammoli o`qishning maqsadi ham, mazmuni ham shundan iborat. Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni to`g`ri va puxta shakllantirishda ko`rgazmalilikning turli vositalari asl nusxalar, modellar, chizmachilik va o`lchash asboblari, plakatlar, rasmlardan keng foydalanish kerak. 2 §. Uzunlik va uzunlik o`lchov birliklarini o`rganish metodikasi. Dastlab kesma uzunlik tushunchasi haqida tasavvurlar tarkib toptiriladi. Kesma uzunligi tushunchasi narsalarni uzunligi bo`yicha taqqoslash asoasida kiritiladi. Masalan, o`qituvchi bolalarga ikki bo`lak tasmani yoki qog`oz poloskalar va boshqalarni ustma – ust qo`shish yo`li bilan taqqoslashni (qisqa, uzun) taklif qiladi. Amaliy ishlar taqqoslashlarni so`zlar yordamida ifodalash bilan mustahkamlanadi. «Uzunliklar bo`yicha teng», «Uzunliklar bo`yicha teng emas» so`zlarining mazmunlari « b ir xil», «uzun», «qisqa» kabi so`zlar bilan almashtiriladi. Shundan keyin, yana amaliy ishlar asosida, tasma yoki poloskalar yordamida taqqoslash, ya'ni kesmalardan birini ikkichisining ustiga bevosita qo`yib bo`lmaydigan holatlar o`rgatiladi. Shu maqsadda o`quvchilar qog`oz poloska chyetiga qalam bilan bir kesmaning boshi va oxirini belgilaydilar, so`ngra poloskani boshqa kesma yoniga qo`yadilar. Ko`pburchak tomonlarini taqqoslashni ko`pincha shunday usul bilan amalga oshiriladi. Shunday mashqlarni bajarish natijasida bolalarda kesmalarni taqqoslashning amaliy tajribasi to`planadi. Shunga asoslanib o`qituvchi konkre ti hayotiy misollar asosida masalan, ma'lum uzunlikda tasma sotib olish kerak bo`lganda va shunga o`xshash xolatlarda kesmalarni taqqoslash uchun uzunlik o`lchov birligidan foydalanish zaruriyatiga o`quvchilar fikrini olib keladi. Bu yerda amaliy ishni
quyidagicha o`tkazish foydali: har bir o`quvchiga sanoq cho`pi uzunligini o`lchashni taklif qilinadi. Bunining uchun oldin o`lchov (birlik kesma) - qog`oz poloskani (tasma…) tanlab olish kerak. Har qaysi o`quvchi o`zida bor poloskalaridan o`z o`lchovini tanlaydi. Natijada har xil sonlar hosil bo`ladi, chunki o`quvchilar bir miqdor qiymatini topish uchun turli xil o`lchov tanlab oldilar. Bunday amaliy ishlar natijasida bolalarda o`lchash jarayoni haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo`ladi, hamda ularni uzunlik birligi sifatida har qanday kesma uzunligini olish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Shu sababli, kesmalarni taqqoslash uchun a niq o`lchov yordamida o`lchashlardan foydalaniladi. O`lchashlar oldin uncha katta bo`lmagan narsalar masalan, qalam, ruchka, cho`plar va boshqalarning uzunliklarini topishni o`rganib olamiz. Buning uchun aniq, umumiyat tomonidan qabul qilingan uzunlik birligi Santimetrdan foydalaniladi. O`quvchilar Santimetr haqida ayoniy tasavvurlarni olish uchun o`qituvchi rahbarligida Santimetr modellarini tayyorlashlari lozim. Buning uchun katakli qog`oz varag`idan bir nechta 1 smli poloskalar qirqib olinadi. Poloskalarni ustma – ust qo`yib ularning o`zaro teng ekanligi aniqla nadi. Qirqilgan poloskalarning har biri Santimetr modeli hisoblanadi. Santimetr modeli yordamida o`quvchilar: 1) berilgan kesm alarni o`lchash . 2) berilgan uzunlikdagi kesmani yasash va chizish malakasini egallb olishadi. O`lchash va yasashning ikkita usuli ajratiladi. 1- usul – ustiga qo`yish usuli. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, o`lchanayotgan yoki ajratib olinayotgan kesma Santimetr modellari bilan qoplanadi va ularning soni sanab chiladi, necha model bo`lsa shuncha sm bo`ladi deb tushuntiriladi. Bunday amaliy ish bolalarning har bir Santimetrni «payqashiga», «sezishiga» yordam beradi. Bu metodni kiritishdan oldin o`quvchilarga quyidagicha ko`rinishdagi mashqlarni bajarish kerak:
- sm modellarini ketma – ket qo`ying. Qanday uzunlikdagi poloska hosil bo`ldi? 2-usul - qo`yib borish usuli. O`qituvchi o`quvchilarga berilgan kesmani o`lchashni o`rgatishda, ularning har biri sm modeli oxirini o`lchanayotgan kesmaga qalam bilan modelning ikkinchi uchini belgilashlarini; hosil bo`lgan nuqtaga model oxirini yana bir marta qo`yishlarini va kesmaga yana bitta belgi qo`yishlarini kuzatib boradi. Ikkinchi belgi 2 sm ajratib sanalganini bildiradi. Shunga o`xshash ish qo`yilayotgan belgilardan oxirgisi o`rganayotgan kesmaning keyingi uchi bilan ustma – ust tushganicha davom etilavyeradi. Natijada o`quvchi kesmaga qo`yilgan sm lar sonini sanab, Santimetrlarning butun sonini topadi. Agar belgilar oxirgisi ustma – ust tushmasa, o`lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 6 sm – ga, 6 sm dan biroz ortiq, kam. Berilgan uzunlikdagi kesmani Santimetr modeli yordamida yasashda ish bunday amalga oshiriladi: - o`quvchi oldin to`g`ri chiziq chizadi; to`g`ri chiziqda nuqta (kesma uchlaridan biri belgilansin); shu nuqadan boshlab biror yo`nalishda Santimetrlarni keragicha sonda qo`yib chiqsin (har gal belgi qo`yiladi); kesmaning ikkinchi uchi belgilanadi. Shuni e'tiborga olish kerakki, berilgan kesmani o`lchashda ko`pincha ozmi – ko`pmi syezilarli qoldiqlar chiqishi mumkin. Natijada bajarilayotgan ish mohiyatini tushunish qiyinlashadi. Shu sababli kesmani o`lchashni ko`rsatilgan ikkala usul bilan bajarish maqsadga muvofiq. Kesmallarni o`lchashning puxta ko`nikmalarini shakllantirish m a qsadida o`quvchilarni faqat qog`ozda chizilgan kesmalarni o`lchash bo`yicha m ashq qilib qolmasdan, balki bu maqsadga uncha katta bo`lmagan boshqa narsalarni qalamdon, daftar kabilarni ham o`lchashga o`rgatish foydali. Ko`pburchak tomonlari ham o`lchash ob'yekti bo`lishi muhimdir. Shundan keyin, o`lchash va yasashda chizg`ich dan foydalanishga o`tish tasiya etiladi chizg`ichni o`quvchilar o`zlari qog`ozdan yasashlari mumkin. Bunday chizg`ich yasash uchun o`qituvchi katak daftarning bir necha varag`ini