ATMOSFERA HARAKATLARI HAVO BOSIMI VA HAVO MASSALARI
ATMOSFERA HARAKATLARI: HAVO BOSIMI VA HAVO MASSALARI Reja: 1. Havo bosimi 2. Havo massalarining geografik turlari va havo frontlari 3. Atmosfera harakatlari markazlari
1. Havo bosimi. Atmosfera havosining umumiy harakati atmosfera sirkulatsiyasini vujudga keltiradi. Uni vujudga kelishini asosiy omili issiqlikni atmosferada bir tekis taqsimlanmagani, ya’ni termik omil hisoblanadi. Vujudga kelgan harakat Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi ta’sirida (Koriolis kuchi), Yer yuzasiga ishqalanishi va boshqa bir qator omillar ta’sirida murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi. Havo molekulalarining harakati va ularning o‘z og‘irligi, ya’ni qattiq Yerga tortilishi atmosfera bosimini vujudga keltiradi. Havo tinch turganda bosimning maydon birligiga bo‘lgan kattaligi shu maydon ustidagi havo ustunining og‘irligiga teng bo‘ladi. Bu havo ustunidagi havo massasining kamayishi bosimning kamayishiga, ko‘payishi esa uning ortishiga olib keladi. Og‘irlik kuchi turli kengliklarda turlicha ekanligi, havo ustunining vazni dengiz sathidan balandlikka va haroratga bog‘liq bo‘lganligi sababli normal havo bosimi deb 45° kenglikdagi dengiz sathida harorat 0°C ga teng bo‘lgandagi atmosfera bosimi qabul qilingan. Bunday holatda havo ustunining og‘irligi 760 mm li simob ustunining og‘irligiga teng bo‘ladi. 0°C haroratda simobning zichligi 13,595 bo‘ladi, shu sababli ko‘ndalang kesimi 1 sm bo‘lgan 760 mm simob ustunining massasi 1033,2 g ga tengdir. Binobarin, atmosfera yer yuzasining har 1 sm2 yuzasiga 1 kg33 gkuch bilan bosib turadi. Atmosferaning yer yuzasiga bo‘lgan bosimi va uning taqsimlanishi barik maydon deyiladi. Barik maydon vaqt davomida to‘xtovsiz o‘zgarib turadi, har bir joyda bir ortib bir kamayib turadi, turli geografik zonalar va o‘lkalarda bir xilda bo‘lmaydi - yuqori va past bosim mintaqalari mavjud. Yuqori bosim mintaqalaridan past bosim mintaqalariga havo harakatlanadi. Atmosfera bosimining yer yuzasi yaqinida taqsimlanishi izobaralar bilan ko‘rsatiladi.
Izobaralar Yer yuzasidagi havo bosimi bir xil bo‘lgan joylarni tutashtiruvchi chiziq 1 . Past bosimli mintaqalar barik minimumlar, depressiyalar yoki siklonlar deb ataladi. Yanvar izobaralari kartasida Atlantika okeanining shimoliy qismida (markazi Islandiyada) juda katta barik minimum - Islandiya minimumi, ya’ni sikloni va Tinch okeanning shimoliy qismida Aleut minimumi, ya’ni sikloni ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Siklondan biror tomonga cho‘zilib ketadigan past bosimli polosa bosim soyligi deyiladi. Islandiya sikloni Shpitsbergen tomonga yo‘nalgan bosim soyligini hosil qiladi. Siklon markazida atmosfera bosimining pasayish darajasi “siklon chuqurligi” termini bilan ifodalanadi, bosimi juda past siklon - chuqur siklon deyiladi. Havo bosimi siklonlarning markazida odatda 970-980 mb gacha, eng chuqur siklonlarda esa 925 mb gacha, tropik tayfunlarda hatto 900 mb gacha pasayadi. Yuqori bosim mintaqalari barik maksimumlar, ya’ni antitsiklonlar deb ataladi. Ular ham kartalarda tutash (yopiq) izobaralar bilan ko‘rsatiladi, lekin ular markazida bosim eng yuqori bo‘ladi. Unda bosim 1070 mb ga yetishi mumkin. Barik maksimum tarmog‘i barik yol deb, kambar va uzun polosa esa yuqori bosim o‘qi deb ataladi. Yanvar izobaralari kartasida Osiyoda markazi Mongoliyada bo‘lgan juda katta antitsiklon mavjud, iyul izobaralari kartasida ham, yanvar izobaralari kartasida ham ikki qator subtropik barik maksimumlar - shimoliy yarim shar subtropiklarida Azor va Gavayi antitsiklonlari, janubiy yarim sharda Janubiy Atlantika, Janubiy Tinch okean va Janubiy Hind okean antitsiklonlari ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. 1 Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany. 2002 . 43-44-betlar.
Azor maksimumi hamma faslda ham O‘rta dengiz tomonda tarmoq, hosil qiladi, qishda esa Voyeykov Katta kontinental o‘qi orqali Sibir antitsikloni bilan qo‘shilib ketadi. Yer yuzasidagi yoki yuqoriroqdagi ikki nuqtaning atmosfera bosimidagi farq havo massalarining gorizontal harakatiga - shamollarga sabab bo‘ladi. Bosimdagi farq havo qarshiligini yenga oladigan va uni harakatga keltira oladigan darajada katta bo‘lgandagina shamol hosil bo‘ladi. Albatta, bosim farqi ma’lum bir masofaga nisbatan olinishi lozim. Bosimning past bosim tomonga qarab har 100 km da mb hisobida kamayishi gorizontal barik gradiyent deb ataladi. Agar sayyora aylanib turmaganda ancha oddiy havo sirkulyatsiyasi qaror topar edi. Ekvatorda isigan havo yuqoriga ko‘tariladi, ko‘tarilma oqimlar yer yuzasi ustida ekvatorial barik minimum, ya’ni ekvatorial barik depressiya deb ataladigan past bosim hosil qiladi. Troposferaning yuqori qismida izobarik yuzalar ham ko‘tarilib, havo qutblarga tomon oqadi. Qutbiy kengliklarda sovuq havo pastga tusha boradi, izobarik yuzalar pasayadi, dengiz sathi ustida bosim ortadi va yer yuzasi bo‘ylab havo ekvator tomonga qaytadi. Yer aylanib turganligi, materik va okeanlar o‘ziga xos taqsimlanganligi sababli atmosferaning haqiqiy sirkulyatsiyasi yuqorida bayon qilingan sxemadan ancha murakkabdir. Lekin oddiy bo‘lsa ham bu sxema kengliklar o‘rtasidagi termik tafovut atmosferaning meridian yo‘nalishidagi sirkulyatsiyasida qanday rol o‘ynashini ko‘rsatadi 2 . 2. Havo massalarining geografik turlari va havo frontlari Atmosfera bir xil xususiyatdagi havodan iborat emas. Radiatsiya va sirkulyatsiya jarayonlari uni alohida-alohida havo massalariga bo‘lib yuborgan. Havo massalari o‘lchami katta bo‘lib, materik va okeanlarning 2 Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany. 2002 . 44-bet.
katta-katta qismlariga to‘g‘ri keladi. Biror hudud ustida tarkib topgan va boshqa joylardagi havodan fizik xossalariga (namligi, harorati, bosimi, tiniqligi, harakatlariga ko‘ra farq qiluvchi havoga havo massasi deyiladi. Havo massalari muayyan radiatsiya sharoitida va bir holatdagi yuza ustida uzoq turib qolishi natijasida muayyan barqaror fizik xossalarga - harorat, namlik, tiniqlik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lib qoladi. Bu xususiyatlar bir havo massasi doirasida katta masofada asta-sekin o‘zgaradi, lekin bir xil havo massasidan ikkinchi xiliga o‘tganda tez o‘zgaradi. Troposfera ko‘ndalang yo‘nalishda havo massalariga bo‘linadi. Troposferada bir paytning o‘zida bir necha o‘nlab havo massalari mavjud bo‘lishi mumkin. Ular doimo harakatda bo‘ladi, shuning ushun ularining xossalari doimo o‘zgarib turadi va issiq, quruq, yomg‘irli, sovuq ob-havoni olib kelishi mumkin. Yer yuzasida iqlim hosil qiluvchi asosan to‘rtta havo massalari: ekvatorial, tropik, mo‘tadil va arktika (antarktik) havo massalari hukmronlik qiladi. Havo massalari quyidagi asosiy geografik turlarga va ular dengiz hamda kontinental turlarga ajratiladi. 1. Arktika havosi (AH). Unda quyidagi havo massalari ajratiladi: a) Arktika muzlari ustida, shuningdek, qish vaqtida Taymir, Kolima havzasi, Chukotka, Shimoliy Qanada ustida tarkib topadigan kontinental arktika havosi (KAH); u haroratning pastligi, namligining kamligi va juda tiniqligi bilan ajralib turadi; KAH o‘rta kengliklarga kirib kelganda havo ancha va keskin sovib ketadi, qishda qattiq sovuq, bahor va kuzda ushiqlar bo‘ladi, hamma hollarda ham havo bulutsiz va juda tiniq bo‘ladi; KAH barqaror bo‘lib, uzoq turib qoladi; janubiy yarim sharda unga o‘xshagan havo antarktika havosidir; b) dengiz arktika havosi (DAH), Yevropa Arktikasida okeanning muz bilan qoplanmagan qismi ustida tarKib topadi; KAH dan