logo

ATROF-MUHIT IFLOSLANISHI TURLARI VA SHAKLLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1089.5 KB
ATROF-MUHIT IFLOSLANISHI TURLARI VA SHAKLLARI
REJA:
1.Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari.
2.Ozon havo muhitining ifloslanishi.
3. Ifloslanish turlari
4.  Atrof-muhitni muhofaza qilish ob'yekti va prinsiplari.
Foydalanilgan adabiyotlar. Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari.
Sayyoramizdagi   hayotiy   muhitlar:   havo,   suv,   tuprog'u   zamin   va   o'simligu
hayvonlar   olami   hamda   boshqa   ko'plab   muhim   omillarning   tabiiy   sifat   va   miqdor
ko'rsatkichlari   hozirgi   davrda   keskin   o'zgargan.   Bu   haqda   yuqorida   ham,   ma'lum
darajada.   ma'lumotlar   ko'rsatildi.   Bunga   insonlarning   o'zlari   sababchi,
albatta.   aniqroq   fikr   bildiradigan   bo'lsak,   shu   paytgacha   insonlar   barcha   tur   tabiiy
manbalarga,   ya'ni   organik   va   noorganik   borliqdan   foydalanishda   suiis-te'molchilikka
yo'l qo'yib, atrof — muhitga katta ziyon etkazgan desak, aslo xato bo'lmaydi. O'rnida
ta'kidlash joizki, hozirgacha yer yuzida 80 mlrd. kishidan oniq odamlar yashab o'tgan
(Fransiyalik olimlarning hisob - kitobi) va so'zsiz, tabiatga turli davrlarda turlicha ta'sir
ko'rsatishgan.
Yer   yuzida   odam   zoti   paydo   bo'libdiki,   o'zining   barcha   hayoti   va   faoliyati
ehtiyojlarini   to'la   qondirish   maqsadida   atrof   -   muhitdagi   hayotiy   omillarga   nisbatan
doim tejamsizlik (nooqilona) munosabatida bo'lgan. Albatta, dastlabki davrlarda, ya'ni
odamlar son jihatdan unchalik ko'p bo'lmagan ibtidoiy zamonlarda, tabiiy hududlar Yer
yuzida yetarli darajada mo'l bo'lgan va atrof — muhit o'z tabiiy ko'rsatkichlarini tiklab
turishga   muvaffaq   ham   bo'lgan.   O'zini   o'zi   tiklay   olish   xislati   tabiatga   xos   ekanligi
ilmiy manbalarda yetarli darajada asoslab berilgan.
Yuqoridagilardan   tashqari,   qayd   etish   joizki,   o'tgan   bir   necha   ming   yilliklarda
mehnat qurollari va turli sohalarda ishlatiladigan asbob-uskuna, boshqa vositalar ham
hozirgidek, texnik jihatdan murakkab, ayniqsa, unchalik ko'p ham bo'lmagan. Demak,
tabiiy   muhit   va   hayotiy   manbalarga   kuchli   ta'sir   o'tkazilmagan,   desa   bo'ladi.   Atrof-
muhit va tabiatga ta'sir so'nggi yuz yillik - XX asrda nihoyatda kuchayganligi, asosan,
fan-texnika misli ko'rilmagan yuqori darajada bo'lganligidir.
Yer yuzida odamlar sonining jadallik bilan ortishi, shu bilan birga, ayniqsa, texnik
taraqqiyot natijasida atrof-muhit va Yer tabiatida chuqur ekologik o'zgarishlar amalga
oshdi.   Ma'lumotlarga   qaraganda,   1000   yil   oldin   jami   odamzod   Yer   yuzida   atigi   bir
necha  yuz  million  kishinigina  tashkil   etgan,  XX  asr  boshiga  kelib,  1,5  mlrd  dan   sal
ortiqroq   bo'lgan.   So'ngra   demografik   o'sish   nihoyatda   kuchaygan   (Demografiya   -
aholishunoslik fan sohasi). Fikrimiz isboti uchun ta'kidlash mumkin: 1940 yilda butun
dunyoda odamlar soni 2,3 mlrd, 1980 yili - 4,4 mlrd va 2000 yilga kelib esa, 6 mlrd
kishidan ortib ketgan.
O'tgan asrda ilrn-fan va texnik kashfiyot va ixtirolar turli soha ishlab chiqarishlarida
amalda   keng   qo'Uanila   boshlandi   ham.   Buning   negizida,   so'zsiz   -   cheksiz   ko'payib
borgan insoniyat talab-ehtiyojlarini to'laroq qondirish zaruriyati yotadi, albatta. Kerakli
barcha modda, mahsulot  va materiallar faqat tabiiy manbalardan beayov foydalanish
hisobigagina   olina   boshlandi:   o'rmonlar   qirqildi,   bo'sh   yotgan   quraq   Yerlar   qishloq
xo'jaligi   maqsadlari   uchun   o'zlashtirildi,   ko'plab   suv   omborlari   tashkil   qilindi,   turli-
tuman yer usti va yer osti qazilma boyliklari qazib olinib, qayta ishlana boshlandi va
hokazo.   Xullas,   dunyo   miqyosida   har   xil   sanoat   korxonalari,   texnika   —   transport
vositalari, energetika inshootlari faoliyat ko'rsata boshladi. Ko'pchilikka   yaxshi   ayonki,   deyarli   hamma   texnik   va   texnologik   qurilmalardan
atrof-muhitga   tarkib-tuzilmalari   bo'yicha   o'ta   zararli   yot   unsurlar,   chiqindi   moddalar
sifatida, chiqarib tashlanmoqda. Ular gaz, suyuq va qattiq holatdagi kimyoviy modda -
mahsulotlardir. Aslida, ularni qayta ishlash ham mumkin. Lekin, ko'p hollarda, nafaqat
qayta ishlash, hatto, ular yetarli daraj'ada tozalanmay va zararsizlantirilmasdan tashlab
yuboriladi.   Hozir   ham,   ko'pincha,   shunday.   Natijada,   hayotiy   muhitlar   o'z   tabiiy
ko'rsatkichlarini yo'qotib, o'zgarib, pirovard natijada turli xil muammolar yuzaga keldi.
Quyida Yerdagi 4 asosiy hayotiy muhitlar misolida, shu haqda ma'lumot beriladi.
Havo   muhitining   Ifloslanishi.   Ma'lumki,   barcha   tabiiy   omillar   uchun   eng   zarur
havo   muhitidir.   Boshqacha   aytganda,   havo   Yerdagi   jami   tirik   organizmlar
(o'simliklarvahayvonlar)   hamdajonsiz   tabiat   —   mineral   jinslar   o'rtasidagi   uzluksiz
modda   —   energiya   almashinish   jarayonlarini   amalga   oshishini   ta'minlaydi.   Havo
muhiti bo'lmaganda hayot ham bo'lmas edi.
Nihoyat, havo asosiy hayotiy muhit bo'lishi bilan birga, Yer ob-havosi, uning iqlim
sharoitini,   davriy   ravishda,   takror   shakllanib   turishi   uchun   muhim   omildir   ham.
Fikrimizni   tasdiqlash   uchun   olim   va   mutaxassislar   amalga   oshirgan   ayrim   ilmiy
kuzatuv hamda tadqiqot ishlari natijalarini bayon etamiz. Aniqlanishicha, havo muhiti
bo'lmasa, Yer yuzida kecha va kunduz haroratlari 200 °S gacha bir-biridan farq qilishi
mumkin ekan. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir jonzot, yashamasligi aniq, umuman,
bunga chidashi ham mumkin emas.
Havo, nafas olish manbailigidan tashqari, yuqorida ta'kidlangandek, ko'plab Yerdagi
tabiiy   jarayonlarni   talab   darajasida   amalga   oshishi   uchun   asosiy   omil   bo'lib   xizmat
qiladi.   Birgina   misol,   har   yili   qayta-qayta   takrorlanib   turadigan   yil   fasllari,   ularning
o'ziga   xos   ob-havo,   yog'in-sochini   va   boshqa   iqlimiy   ko'rsatkichlarning   namoyon
bo'lishi aynan atmosfera vositasi tufaylidir.
Dunyo   miqyosida,   evolyutsion   tarzda,   kishilik   jamiyatining   rivojlanishi   amalga
oshib, davrlar o'tish bilan asta-sekin turli-tuman sanoat korxonalari, energetik inshoot
va   shunga   o'xshash   texnogen   omillar   vujudga   kelib,   ularning   faoliyati   sabab,   atrof
tabiiy muhitga salbiy ta'sir kuchaya bordi. Jumladan, havoga juda ko'plab har xil gaz,
iflos gazsimon va zararli moddalar chiqarib yuborila boshlandi.
Havo muhitida kimyoviy birikmalar, kislorod gazi va suv bug'lari bilan ta'sirlashib,
quyosh   nurlari   vositasida,   har   xil   kimyoviy,   fizik-kimyoviy   jarayonlarni   sodir   etub,
yanada xavfli kimyoviy birikmalarni hosil qilishi olib borilgan tadqiqot va kuzatuvlar
natijasida isbotlangan. Masalan, kislotali yomg'irlar, turli rangda va sifatdagi yog'ilgan
qorlar,   «Ozon   yorig'i»   va   "Atmosfera   dimiqishi"   kabi   muammolar   aynan   shunday
o'zgarishlarning oqibat natijasidir. Xususan, sanoati va texnik vositalari nihoyatda ko'p
bo'lgan   Ovro'pa   shaharlari   havo   muhitida   kuzatiladigan   achchiq   (ko'zni
yoshlantiruvchi)   qora-qurum   tutun   (smog)   lar   ham   havoga   chiqarib   yuborilayotgan
zaharli gaz moddalari va ulardan hosil bo'lgan birikmalar mahsullari hisoblanadi.
Hozirgi   davrga   kelib,   shuni   alohida   qayd   etmoq   kerakki,   havoni   ifloslaydigan
texnik-texnologik omillar juda ko'paygan. Misol uchun, metallurgiya sanoatida faoliyat
ko'rsatuvchi birgina d   о   m n a qurilmasi faoliyatini olib ko'raylik.
Ularda tabiiy ma'danli mineral jinslar qayta ishlanadi. Bunda, muayyan metall ajratib
olinishi bilan birga, havoga yuqori haroratda tonnalab is gazi, hamda karbon. azot va oltingugurt   oksidlari,   metan   va   boshqa   karbonvodorod   birikmalari   kabilar   tashlab
yuboriladi.   Shunga   o'xshash   chiqindi   gazlar   qozonxona,   issiqlik   stansiyalari.   turli
texnik-transport vositaiaridan ham chiqarib yuboriladi.
O'tkazilgan   hisob   -   kitoblarga   ko'ra,   shu   narsa   ham   aniqlanganki,   1   ta   yengil
avtomashina 1 yil davomida, o'rtacha harakar faoliyati bilan, 2 t miqdorda benzin sarf
etadi. Buning uchun havo muhitidan 30 t kislorodni olib ishlatib, uning o'rniga har xil
qizigan   holdagi   gaz   moddalarni.   ya'ni   60   kg   is   gazi,   50   kg   metan   va   boshqa
karbonvodorodlar, 30 kg azot oksidlari, 5 kg turli aralashma (aerozol) lar, 3 kg gacha
oltingugurt   oksidi,   5   kg   benzopirin,   700   kg   yuqori   haroratli   karbonat   angidridi   va
boshqalarni chiqaradi.
Hozirgi   davrda,   dunyo   miqyosida   olib   qaralsa,   har   xil   rusumdagi   bir   necha   yuz
millionlab   avtomobillar,   yuk   mashinalari,   samolyot   va   paraxodlar,   shuningdek,   ichki
yonish   dvigatellariga   asoslangan   turli   texnik   vositalardan   ham   foydalaniladi.   Bular
uchun,   xomashyo   sifatida,   xilma   xil   tarkib   tuzilma   va   sifatdagi   yonilg'ilar   -   neft   va
ko'mir mahsulotlari, yonuvchi tabiiy gaz va hokazolar ishlatiladi. Pirovard natijada esa,
havoga,   yuqorida   qayd   etilgandek.   turli   xil   zaharli   chiqindi   moddalar   tashlab
yuborilmoqda.
Yana bir misol, XX asrning 80-yillarida olib borilgan kuzatuvlar va bajarilgan hisob-
kitoblarga ko'ra, 1 yil davomida butun dunyo bo'yicha havo (atmosfera) muhitiga 260
mln   t   atrofida   karbon   oksidlari,   xuddi   shuncha   oltingugurt   oksidi,   50-60   mln   t
miqdorida azot oksidlari, karbonvodorodlar va boshqa xil gazsimon organik birikmalar
chiqarib   yuborilgan.   Hozirgi   kecha-kunda   atrof   -   muhitga   chiqarilayotgan   gaz   va
gazsimon   chiqindilar   bundan   ham   ko'p   bo'lib,   ular,   ayniqsa,   havo   muhitini   dahshatli
sur'atda   ifloslab   buzmoqda.   Ana   shunday   chiqit   gazlarni   hosil   qilib   chiqarib
tashlaydigan   texnik-transport   vositalari   ham,   energetik   qurilma   va   inshootlar   ham,
sanoat korxonalari va boshqa manbalar ham dunyo miqyosida hozirgi paytda nihoyatda
ko'payib ketgani hammamizga yaxshi ayon.
Yuqoridagilardan   tashqari,   yangi   yaratilgan   texnik   vositalar,   mehnat   va   urush
qurollari,   hatto,   fazoni   tadqiq   qilishga   mo'ljallangan   uchish   vosita   (raketa)   lar
sinovi,   hamda   u   yoki   bu   muayyan   Yer   hududlarida   olib   boriladigan   turli   darajadagi
urushlar   natijasida   ham,   ko'plab   gaz   chiqindilari   havoni   ifloslantirmoqda.   Shu   kabi
ifloslanishlar sabab ham, Yer atmosferasida turli toifadagi ekologik muammolar yuzaga
keldi.   «Ozon   yorig'i»,   «Havo   dimiqishi»   («Parnik   effekti»),   iqlim   va   ob-havo
ko'rsatkichlarining   qator   yer   hududlarida   o'zgargani,   ayniqsa,   suv   toshqinlari,
kutilmagan paytda haddan tashqari yog'in-sochinlarning bo'lishi, kislotali yomg'irlar va
hokazolar shular jumlasiga kiradi.
Havo muhiti bilan bog'liq turli ekologik muammolarni bartaraf qilish bo'yicha zarur
chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilmas ekan, yerda kelgusida hayot umuman
katta   xavf   ostida   qolishi   mumkin.   Shuning   uchun   ham   dunyo   hamjamiyati   yakdillik
bilan, birlashgan holda, havo muhiti (atmosfera) ni muhofazasiga doir bir qator zarur
chora-tadbirlarni ishlab ham chiqqan. Shu bilan birgalikda, har bir davlat o'z hududida
aniq   ishlarni   bajarishi   zarurligi   ham   belgilangan.   Shu   bilan   bog'liq   holda,   bizning
fikrimizcha, havo muhitni ifloslantiradigan turli manbalarni qat'iy nazorat ostiga olib,
kerak bo'lganda, hatto, ular  faoliyatini  taqiqlab qo'yish  maqsadga muvofiq. Xususan, sovutish   vositalarida   freon   (xlor-ftorli   karbonvodorod   birikma)   larni   qo'llashni
ta'qiqlangani ayni muddao, albatta.
Suv   muhiti   va   uning   ifloslanishi.   Tabiatda   iste'molga   yaroqli   suv   manbalari   va
ulardagi suv miqdorlari chegaralangan. Bu haqda oldin ham gap borgan edi. Mavjud
bo'lgan manbalari ham turli oqava va chiqit moddalar aralashishi tufayli ifloslanmoqda.
Hozirgi  davrda  dunyo  miqyosida,   ichimlik  suv  tanqisligi  muammosi   yuzaga  kelgani
ham   ko'pchilikka   yaxshi   ayon.   Respublikamiz   va   umuman   Markaziy   Osiyo
mintaqasida ham shunday muammo mavjudligini qayd etmoq kerak.
Tabiiy suv manbalarining hozirgi paytda ifloslanishi, asosan, iflos oqavalar hisobiga
bo'lmoqda. Ma'lumki, iflos oqava suvlar, odatda, 2 xil yo'l bilan sodir etiladi: birinchisi,
tabiiy   omillar   sabab.   Ularga   yog'in-sochinlar   natijasida   paydo   bo'ladigan,   masalan,
katta   miqdorda   magistral   yo'llar   va   ishlab   chiqarish   korxonalar   hududlarida   paydo
bo'ladigan iflos oqavalar, hamda bahor faslida sodir bo'ladigan sel va suv toshqinlari
natijasidagi   iflos   suvlar   kiradi.   Ikkinchi   yo'li,   bu   sanoat   korxonalari,   xonadonlar   va
kommunal   -   maishiy   xo'jaliklar   faoliyati   bilan   yuzaga   keladigan   katta   miqdordagi
tashlandiq oqava suvlari.
Yuqorida ko'rsatilgan oqava suvlarining, ayniqsa, ikkinchi turlari tarkibida suv muhitini
buzadigan,   ular   sifatini   o'zgartiradigan   turli-tuman   zararli   birikmalar   nihoyatda   ko'p
bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, hozirgi paytda, bir kecha-kunduzda dunyo miqyosida, faqat
sanoat korxonalari hisobiga, 100 mln m kub dan ortiq miqdorda iflos oqava suvlar hosil
bo'lar ekan. Biosfera uchun o'ta zararli va xavfli har xil yot unsurlar, jumladan, zaharli
kimyoviy moddalar va har xil turdagi og'ir metallar (radioizotoplar ham), shuningdek,
ko'plab kasalliklarni  keltirib chiqaradigan bakteriya - vimslarning oqavalarda bo'lishi
eng katta muammolardandir.
Ta'kidlash   joizki,   iflos   oqava   suvlar   ko'proq   quyidagi   ishlab   chiqarish   sohalarida
sodir bo'ladi:
-   rabiiy   ma'danlarni   qayta   ishlaydigan   tog'   —   kon   sanoati,   metallurgiya   va
ba'zi mashinasozlik korxonalari;
-   energetika   (AES,   issiqlik   elektr   stansiyalari,   qozonxona   va   b.)   shahobchalari;
-sellyuloza va qog'oz ishlab chiqarish korxonalari;
-   kimyo,   neft   kimyosi   va   dori-darmon   ishlab   chiqarish   (farmasevtika)
korxonalari;
-     oziq-ovqat va biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar;
-     qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi (agrosanoat) va dehqonchilik:
-     kommunal   xo'jalik,   maishiy   xizmat   ko'rsatish   sohalari   va   xonadonlarda   hosil
bo'ladigan oqava suvlar va boshqalar.
Ko'pchilikka ayonki, tabiiy   о millar ta'siri (vaqti — vaqti bilan turli fasllar)da paydo
bo'ladigan   oqavalar   suv   havzalariga   tushsa   ham,   ma'lum   vaqt   o'tishi   bilan,   biologik
jarayonlarning   tabiatda   uzluksiz   bo'lib   turishi   natijasida.   tozalanishi   muqarrar.   Lekin
ba'zi   sanoat   oqava   suvlarining   tabiatda   o'z-o'zidan   tozalanishi   juda   qiyin.   Shuning
uchun   bunday   oqava   suvlarni,   o'zlari   hosil   bo'lgan   manbalaridayoq,   yaxshilab
tozalanishi maqsadga muvofiq. Biroq. hozirgi davrda juda ko'p turdagi ishlab chiqarish
oqavalari   oxirigacha   tozalanmay   tashqi   muhitga   chiqarib   tashlanadi   va   buning oqibatida   muammolar   sodir   bo'lmoqda   ham.   Shu   kungi   gidrosfera   bilan   bog'liq
kuzatilayotgan   ko'plab   ekologik   muammolar   ayniqsa,   toza   ichimlik   suvi   tanqisligi,
kasalliklar ortib borishi va hokazolar fikrimiz dalilidir.
Tozalanmaydigan va mavjud suv manbalarini bulg'ayotgan iflos oqavalarga ekinzor
yerlar va chorva mollari fermalari hududlaridan oqib chiqadigan suvlarni ham kiritish
mumkin.   Ularning   tarkibida   mineral   o'g'it   (nitrat   va   fosfat)   lar,   hamda   gerbisid
moddalar   qoldiqlari   bo'lganligi   sabab,   bunday   suvlardan   foydalangan   tirik
organizmlarda har xil kasalliklar kuzatilmoqda. Masalan, odamlar oshqozoni faoliyati
buzilish holarini ko'rsatish mumkin.
Tarkibida   uran,   plutoniy,   stronsiy   kabi   radioaktiv   element   izotoplari,   shuningdek,
qo'rg'oshin, simob va boshqa og'ir metallarni tutadigan turli xil oqavalar tirik jonzotlar
uchun o'ta xavfli hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, hozirgi paytda tabiiy suv manbalarining
radioaktiv   moddalar,   og'ir   metallar   va   zararli   bakteriyalar   bilan   ifloslanishi   ko'plab
kuzatilmoqda. Bunday oqava suvlarning, asosan,   3   xil yo'l bilan bo'lishi aniqlangan:
-     birinchisi   —   AES   reaktorlarida   ishlatib   bo'lingan   yadroviy   yonilg'i   modda
qoldiqlarining   oqava   suvlar   tarkibiga   o'tishi,   shuningdek,   radioaktiv   chiqitlarning
yirik   suv   havzalari   tubiga   hamda   yer   osti   qatlamlari   orasiga   ko'milishi   tufayli;
-     ikkinchi   yo'li   —   radioaktiv   izotoplar   bo'lgan   tabiiy   ma'danlarni   qazib   olish
va   yuvish   jarayonlarida   sodir   bo'ladigan   oqavalarning   suv   havzalariga   kelib
qo'shilishi;   Shunday   holatga   misol,   O'zbekiston   va   Qirg'iziston   Respublikalari
chegaraviy   hududlaridagi   suv   manbalarining   (masalan,   Norin   daryosining)
radioaktivlik darajasi nisbatan yuqoriligi;
-   uchinchisi,   bu   kasalxona   va   sihatgohlardan   chiqadigan,   hamda   chorva   mollari
fermalari oqavalari, ularning pirovard natijada, suv havzalariga qo'shilib qolayotgani.
Yuqoridagilardan   shunday   xulosa   chiqarish   mumkin:   havo   va   suv   muhitlarining
jiddiy sur'atda ifloslanib borishi negizida, asosan, turli ishlab chiqarish sohalari uchun
zarur   bo'lgan   tabiiy   manba   (resurs)larni   qayta   ishlash   jarayonlarida   sodir   etilayotgan
ham gaz-gazsimon, ham suyuq — oqava, hamda qattiq holatdagi chiqit moddalar ta'siri
yotadi.   Sunday   chiqitlar   tufayli,   nafaqat   atmosfera   va   gidrosfera,   balki   litosfera   va
biosfera ham borgan sari ifloslanib bormoqda.
Litosferadagi   o'zgarishlar   —   tuproqlarning   ifloslanishi.   Davrlar   o'tishi
bilan,   umuman,   Yer yuzasi qatlamlarining tarkib-tuzilmasi va sifat ko'rsatkichlari ham
o'zgarib   borayotgani   kuzatilmoqda.   Odamlarning   Yer   yuzida   ko'payishi,   ya'ni
demografik omil sabab, hozir inson oyog'i yetmagan joy qolmadi ham desak, aslo xato
bo'lmaydi.   Boshqacha   aytganda,   odamzod   yashamaydigan   tabiiy   holatdagi   hududlar
yildan — yilga keskin kamaymoqda. Shu narsa ham yaxshi ma'lumki, inson qayerda
yashamasin —o'z ehtiyojlarini, asosan, tabiat hisobiga qondirishga harakat qiladi. Shu
bilan birga. turli-tuman ishlab chiqarish korxonalarini barpo etadi va turli xil texnika
vositalari,   turli   ko'rinishdagi   transportlardan   foydalana   boshlaydi.   Buni   natijasi
nimalarga   olib   kelishi   esa,   yuqorida   bayon   qilingan   ma'lumotlardan   juda   yaxshi
ko'rinib turibdi.
Masalaning   boshqa   tomoni,   ya'ni   insoniyat   faoliyati   (antropogen   omil)   natijasida,
nafaqat   litosferaning   tarkib   —   tuzilmasi,   Yerdagi   barcha   tabiiy   manbalar   holati, shuningdek,   yer   landshaft   manzarasida   ham   keskin   o'zgarishlar   sodir   bo'lmoqda.
Fikrimiz isboti uchun quyida misollar keltiramiz.
Ko'pchilikka   yaxshi   ayonki,   hozirgi   davrda,   turli   —   tuman   sanoat   korxonalari,
energetika tarmog'i va boshqa sohalarni xomashyo bilan ta'minlash maqsadida litosfera
qa'ridan   tabiiy   gaz,   neft,   ko'mir   va   boshqa   har   xil   ma'danli   va   ma'dansiz   minerallar
qazib   olinmoqda.   Xuddi   shuningdek,   yer   osti   suvlaridan   ham   jadal   sur'atlarda
foydalanilmoqda.   Natijada,   nafaqat   tabiiy   manbalar   zahiralarining   kamayishi,   hatto,
litosfera  qatlamlari  tarkibida har   xil   ko ;
rinish  va  hajmlarda bo'shliqlar   paydo  bo'lishi
bilan Yer qatlamlari siljishlari kuzatilmoqda ham.
Yuqoridagidek   o'zgarishlar   tufayli,   yer   osti   qatlamlariga   xos   tektonik   kuch   va
jarayonlarning har xil ko'rinishda ta'siri ham namoyon bo'lmoqda. Yer ko'chmalari, har
xil darajadagi silkinish (zilzila) lar va boshqa turdagi abiotik voqea - hodisalar borgan
sari   ko'plab   kuzatilayotganini   ham   ko'rsatish   mumkin.   Boz   ustiga,   ayniqsa,   biosfera
uchun   o'ta   xavfli   chiqit   moddalar   (yadroviy   chiqitlar)   ham   litosfera   tarkibiga
joylashtirilmoqda. Bular hammasi hozirning o'zida yangi-yangi ekologik muammolarni
keltirib chiqarmoqda.
Litosferaga   chiqarib   tashlanayotgan   chiqit   moddalar   miqdori   bo'yicha   bir   qator
ma'lumotlarni keltiramiz. XX asr oxirlarida faqat 1 yilda 100 mln t.dan ortiq turli xil
tarkibidagi qattiq chiqitlar hosil bo'lgan va atrof - muhitga chiqarib tashlangan. Xuddi
shunday chiqitlar Fransiyada 600 mln t.. AQSh da 5 mlrd. t. dan ortiq darajada bo'lgan.
Endi,   dunyo   bo'yicha   200   dan   ortiq   davlat   borligi   inobatga   olinsa,   1   yilning   o'zida
qancha miqdorda qattiq chiqit moddalarning paydo etilishini tasavvur qilish unchalik
qiyin   emas.   Ana   shunday   chiqindi   moddalarning   aksariyati   qayta   ishlanmay,
tozalanmay,   zararsizlantirilmasdan   litosferaga   tashlanishi,   tabiiyki,   kelgusida   ko'plab
yangi ekologik muammolarni keltirib chiqarishi muqarrar.
Biosfera   o'zgarishlari   va   har   xil   kasalliklarning   vujudga   kelishi.   Yuqorida
bayon   qilinganidek,   atrof   —   muhitga   chiqarib   tashlanayotgan   gaz.   suyuq   oqava   va
qattiq holatlardagi chiqit moddalar hozirning o'zida tabiatga katta ziyon yetkazmoqda.
Turli ekologik muammolar hozir biosfera (o'simlik va hayvonot olami)ni ham qamrab
olgan. Bunga eng yaxshi dalil o'simlik zararkunandalarining ortib borishi, kasallanishi
va ular mahsuldorligining kamayishi, hayvonot olamida kuzatilayotgan turli — tuman
kasalliklar, hatto, ko'plab biologik turlarning yo'qolib iqirilib) borayotganidir.
O'simlik   va   hayvon   turlarining   keyingi   vaqtda   yo'qolib   borayotgani,   og'ir
kasalliklarga chalinayotgani, shu jumladan, odamlarning ham kasallanishlarini  ortishi
haqida ashyoviy ma'lumotlarni ta'kidlash ham joizki, axborot manba-laridan bilib olish
mumkin.   Shu   bilan   birgalikda,   yil   sayin   o'simlik   va   hayvonot   dunyosida   ko'plab
biologik turlarning yo'qolib borayotgani sababli, ularni muhofaza qilish bo'yicha turli
chora-tadbirlar ham ko'rilmoqda. Turli davlatlarda, shu jumladan O'zbekistonda ham,
ko'plab  «Qo'riqxona»  va  «Davlat   buyurtmalari»  tashkil  qilinib,  o'simlik  va  hayvonot
olamini muhofaza qilinishidan darak beradi.
Atrof-muhitning   ifloslanishi   ham   tirik   mavjudot,   ham   sayyora   va   ham
odamlarning sog'lig'iga bevosita ta'sir ko'rsatadigan asosiy muammolardan biridir. Ushbu ifloslanish har kuni ijtimoiy va sanoat rivojlanishi tufayli ortib boradi. Turli
xil   Ifloslanish turlari   kelib chiqishi va holatiga qarab. Har qanday ifloslanishning
sabablari va oqibatlari bor .
Atrof muhitning ifloslanishi nima?
Birinchidan,   atrof-muhitning   ifloslanishi   nima   ekanligini   bilish   va   u   erdan
qolgan ifloslanish turlarini  yoki turlarini  aniqlash. Atrof-muhit  ifloslanishi  haqida
gapirganda,  biz har  qanday turini  kiritish haqida gapiramiz   atrof  muhitga turli  xil
zararli   o'zgarishlarni   keltirib   chiqaradigan   kimyoviy,   fizik   yoki   biologik
vosita.   Ushbu   o'zgarishlar   umuman   biologik   xilma-xillikning   salomatligi,
farovonligi va hayotiga ta'sir qilishi mumkin yoki ta'sir qilmasligi ham mumkin.
Ifloslantiruvchi   moddalar,   masalan,   pestitsidlar,   gerbitsidlar,   ifloslantiruvchi
gazlar   va   neft,   radiatsiya   va   shahar   chiqindilari   kabi   boshqa   kimyoviy   moddalar
bo'lishi   mumkin.   Odamlar   turli   xil   ifloslantiruvchi   elementlarning   shakllanishini
shart   qiladigan   turli   xil   iqtisodiy   faoliyatga   ega.   Sanoat,   savdo   yoki   tog'-kon
sanoati   kabi   inson   faoliyati   yuqorida   aytib   o'tilgan   ushbu   ifloslantiruvchi
moddalarning ko'pini ishlab chiqarishda.
Atrof   muhitning   ifloslanishi   bevosita   mamlakatning   iqtisodiy   va   ijtimoiy
rivojlanishi   bilan   bog'liq .   Agar   mamlakat   rivojlangan   bo'lsa,   uning   ifloslanishi
ko'proq   bo'lishi   odatiy   holdir.   Shu   sababli   barcha   mamlakatlarda   barqaror
rivojlanish kontseptsiyasini joriy etish zarur.
Ifloslanish turlari
Suvning ifloslanishi
Bu   dengiz   va   daryo   suvlari   aziyat   chekadigan   atrof-muhit   ifloslanishining   bir
turi.   Ushbu   ifloslanish   ushbu   suvlarda   va   atrofdagi   ekotizimlarda   yashaydigan
barcha tirik mavjudotlarga ta'sir qiladi. Suvning ifloslanishi quyidagi kabi turli xil
manbalardan kelib chiqishi mumkin:
 Sanoat to'kiladi.
 Qishloq   xo'jaligida   hasharotlar   yoki   pestitsidlardan   ortiqcha
foydalanish. Ushbu kimyoviy moddalar muvozanatni buzadi va minglab suv
organizmlarini o'ldiradi.
 Evtrofikatsiyaga   olib   keladigan   kirlardan   yuvilgan   yuvish
vositasi   suvlar. Ushbu evrofikatsiya yorug'lik va kislorodning o'tishini to'sib
qo'yishi tufayli yuzaga keladi.
 Yirik neft burg'ulash minoralari oqibatida neftning to'kilishi.
 Dovullar yoki toshqinlar zararli moddalar aralashmasi tufayli suvning
ifloslanishiga ham olib kelishi mumkin.
 Iqlim o'zgarishi Havoning ifloslanishi
Bu bizning sayyoramizdagi eng keng tarqalgan ifloslanish turlaridan biridir. Bu
havoning kimyoviy va tabiiy tarkibi o'zgarganda, sayyoradagi barcha hayotga ta'sir
qilganda   paydo   bo'ladi.   Ayniqsa,   eng   ko'p   urilgan   hayvonlar.   Atmosferani
ifloslanishining sabablari orasida biz quyidagilarni topamiz:
 Yonish dvigatellaridan chiqarilgan gazlar.
 Yong'in   kabi   tabiiy   ofatlar   ko'pincha   karbonat   angidrid   kabi   zararli
gazlar chiqindilarini ko'paytiradi.
 Shuningdek, sanoat oltingugurt dioksidi yoki uglerod oksidi kabi katta
miqdordagi   kimyoviy   moddalarni   chiqaradi.   Issiqxona   gazlarining   bu
miqdori global miqyosda iqlim o'zgarishining salbiy ta'sirini oshiradi.
 Sabzavot kabi chiqindilarni yoqish qishloq xo'jaligida qoladi.
 Atrof   muhitni   ifloslantiruvchi   gazlar   chiqariladigan   elektr
energiyasini ishlab chiqarish jarayoni.
 Sigirlardan   gazlarni   chiqarib   yuborish   kabi   tabiiy   jarayonlar.
Chorvachilikning   ko'payishi   issiqxona   effekti   ta'siriga   ham   salbiy   ta'sir
ko'rsatmoqda. Tuproqning ifloslanishi
Bu   biz   tez-tez   uchraydigan   atrof-muhit   ifloslanishining   turlaridan   biridir.
Odatda tuproq unumdorligiga ta'sir qiluvchi kimyoviy moddalar kiritilishi  sababli
paydo   bo'ladi.   Ushbu   kimyoviy   moddalar   orasida   bizda   mavjud   eng   ko'p
pestitsidlar, hasharotlar va gerbitsidlar.
Ushbu   tuproq   ifloslanishining   asosiy   qurbonlari   o'simliklardir.   Garchi
hayvonlar ham bu ifloslangan tuproq bilan oziqlangan hayvonlar bilan oziqlangani
sababli   ta'sirlanishadi.   Ushbu   ifloslantiruvchi   moddalar   salbiy   oqibatlarni
ko'paytiradigan oziq-ovqat zanjiri orqali o'tishi mumkin.
Termal ifloslanish
Bu   global   darajadagi   haroratning   oshishi   natijasida   yuzaga   keladi.   Bu   iqlim
o'zgarishining   bevosita   ta'sirlaridan   biridir.   Ushbu   modifikatsiyalar   issiqxona
gazlarining haddan tashqari emissiyasi natijasida sun'iy ravishda ishlab chiqariladi.
Ushbu   issiqxona   gazlarining   asosiy   xarakteristikasi   shundaki,   ular   quyosh
ultrabinafsha   nurlanishining   bir   qismini   ushlab   tura   oladi   va   ularning   kosmosga
chiqishiga yo'l qo'ymaydi.
Agar   biz   doimo   ko'payib   borsak   issiqlikni   ushlab   turish,   global   o'rtacha
haroratni oshirish . Bu dunyodagi ko'plab ekotizimlarda ekologik muvozanatning
buzilishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Radioaktiv ifloslanish
Eng   ko'p   ishlatiladigan   energiya   turlaridan   biri   bu   atom   energiyasi.   Ushbu
energiya   uzoq   vaqt   davomida   radioaktiv   chiqindilarni   chiqarish   qobiliyatiga   ega
moddalarni   chiqaradi.   Bu   tirik   mavjudotlar   uchun   juda   zararli,   chunki   bu
radioaktiv   moddalar   turli   avlodlarda   malformatsiya   va   mutatsiyalarni   keltirib
chiqaradigan organizmlarning DNKlariga bevosita ta'sir qiladi.
Shovqin bilan ifloslanish
Bu   shaharlarda   ortiqcha   shovqin   tufayli   yuzaga   keladigan   ifloslanishning   bir
turi.   Ular   inson   faoliyati   va   ushbu   turdagi   ifloslanishni   keltirib   chiqaradigan
narsalar.   Bu   tirik   mavjudotlarning   omon   qolishiga   bevosita   ta'sir   qiladigan
ifloslanish   turi   emas,   balki   u   oziq-ovqat   va   reproduktiv   odatlar,   migratsiya   va
umuman farovonlik kabi odatlarga ta'sir qiladi. Engil ifloslanish
La   Engil   ifloslanish   Bu,   ayniqsa,   shaharlarda   sun'iy   yorug'likning   haddan
tashqari ko'pligi bilan bog'liq.
Elektromagnit ifloslanish
Bu   turli   xil   sanoat   faoliyatida   elektromagnit   zarralardan   voz   kechish   uchun
yuzaga   keladigan   atrof-muhit   ifloslanishining   bir   turi.   Bu   kasalliklarni   keltirib
chiqarishi va tirik mavjudotlarning turli xil odatlariga ta'sir qilishi mumkin.
Vizual ifloslanish
Bu har qanday shaharda juda keng tarqalgan. Bu uning estetikasini  buzadigan
landshaft   elementlarining   o'zgarishi   haqida.   Bu   asosan   tabiiy   bo'lmagan
elementlarning kiritilishi bilan bog'liq.
Oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi
Ushbu   ifloslanish   tanamizga   kiradigan   toksik   moddalar   va   ifloslantiruvchi
moddalarga ega mahsulotlarni iste'mol qilish bilan bog'liq bo'ladi. Bugungi kunda
oziq-ovqat   tarkibidagi   toksik   elementlarning   oldini   olish   bo'yicha   ko'plab
protokollar   va   nazorat   vositalari   mavjud   edi.   Biroq,   Bizda   hech   qachon   xavf
mavjud emas yoki oziq-ovqat tarkibida toksik moddalar mavjud.
Umid qilamanki, ushbu ma'lumotlar bilan siz ifloslanish turlari haqida ko'proq
bilib olishingiz mumkin.
Atrof-muhitni muhofaza qilish ob'yekti va prinsiplari.
Atrof-muhitni   muhofaza   qilish   deganda   har   bir   aniq   ifloslantiruvchiga
umumiy   huquqiy   talablarni   keltirib   chiqaradigan   va   uning   ushbu   talablarni
qondirishdan   manfaatdorligini,   ushbu   talablarni   amalga   oshirish   bo'yicha   aniq
ekologik   chora-tadbirlarni   ta'minlaydigan   xalqaro,   davlat   va   mintaqaviy   huquqiy
hujjatlar, ko'rsatmalar va standartlar majmui tushuniladi. Bu   tarkibiy   qismlarning   barchasi   mazmuni   va   rivojlanish   sur’atlari   jihatidan
bir-biriga   to‘g‘ri   kelsa,   ya’ni   atrof-muhitni   muhofaza   qilishning   yagona   tizimini
tashkil qilsagina muvaffaqiyatga ishonish mumkin.
Tabiatni  insonning salbiy ta'siridan himoya qilish muammosi  o'z vaqtida hal
etilmaganligi   sababli,   hozirgi   vaqtda   insonni   o'zgargan   tabiiy   muhit   ta'siridan
himoya   qilish   vazifasi   tobora   kuchayib   bormoqda.   Bu   ikkala   tushuncha   ham
“(inson) tabiiy muhitni muhofaza qilish” atamasi bilan birlashtirilgan.
Huquqiy   muhofaza   qilish,   ilmiy   ekologik   tamoyillarni   majburiy   bo'lgan
huquqiy qonunlar shaklida shakllantirish;
Muhandislik   muhofazasi,   atrof-muhit   va   resurslarni   tejovchi   texnologiya   va
uskunalarni ishlab chiqish.
Rossiya   Federatsiyasining   "Atrof-muhitni   muhofaza   qilish   to'g'risida"   gi
qonuniga muvofiq quyidagi ob'ektlar muhofaza qilinishi kerak:
Tabiiy ekologik tizimlar, atmosferaning ozon qatlami;
Yer,   uning   osti,   yer   usti   va   er   osti   suvlari,   atmosfera   havosi,   o'rmonlar   va
boshqa   o'simliklar,   hayvonot   dunyosi,   mikroorganizmlar,   genetik   fond,   tabiiy
landshaftlar.
Davlat   qo‘riqxonalari,   qo‘riqxonalar,   milliy   tabiat   bog‘lari,   tabiat
yodgorliklari, noyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonlar
turlari hamda ularning yashash joylari alohida muhofaza qilinadi.
Atrof-muhitni   muhofaza   qilishning   asosiy   tamoyillari   quyidagilardan   iborat
bo'lishi kerak:
Aholining   hayoti,   mehnati   va   dam   olishi   uchun   qulay   ekologik   sharoitlarni
ta'minlash ustuvorligi;
Jamiyatning   ekologik   va   iqtisodiy   manfaatlarining   ilmiy   asoslangan
kombinatsiyasi;
Tabiat   qonunlarini   va   uning   resurslarini   o'z-o'zini   davolash   va   o'z-o'zini
tozalash imkoniyatlarini hisobga olish; aholi   va   jamoat   tashkilotlarining   turli   ishlab   chiqarish   ob'ektlarining   atrof-
muhit holati va unga va odamlarning sog'lig'iga salbiy ta'siri to'g'risida o'z vaqtida
va ishonchli ma'lumot olish huquqi;
Ekologik   qonunchilik   talablarini   buzganlik   uchun   javobgarlikning
muqarrarligi. Adabiyotlar ro'yxati
1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -   Т ., "O'zbekiston", 1999 
2.S.Gulomov M, Jo rayev Y. Ekologiya : jinoyat va jazo.   Т ., "O'zbekiston".
3. Roziqov K. Atrof-muhit va inson ekologiyasi muammolari,   Т .,TITLP,
4.S.Roziqov K, To'xtayev S, Nigmatov A, Sultonov R . Ekologiya va atrof- muhit 
haqida yetti saboq .   Т ., "Bioekosan", 2004
5. RafiqovA. Geoekologik muammolar. - Т ., "O'qituvchi", 1998
6.T.Ergashev A. "Umumiy ekologiya"   Т ., "O'qituvchi" 2002

ATROF-MUHIT IFLOSLANISHI TURLARI VA SHAKLLARI REJA: 1.Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari. 2.Ozon havo muhitining ifloslanishi. 3. Ifloslanish turlari 4. Atrof-muhitni muhofaza qilish ob'yekti va prinsiplari. Foydalanilgan adabiyotlar.

Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari. Sayyoramizdagi hayotiy muhitlar: havo, suv, tuprog'u zamin va o'simligu hayvonlar olami hamda boshqa ko'plab muhim omillarning tabiiy sifat va miqdor ko'rsatkichlari hozirgi davrda keskin o'zgargan. Bu haqda yuqorida ham, ma'lum darajada. ma'lumotlar ko'rsatildi. Bunga insonlarning o'zlari sababchi, albatta. aniqroq fikr bildiradigan bo'lsak, shu paytgacha insonlar barcha tur tabiiy manbalarga, ya'ni organik va noorganik borliqdan foydalanishda suiis-te'molchilikka yo'l qo'yib, atrof — muhitga katta ziyon etkazgan desak, aslo xato bo'lmaydi. O'rnida ta'kidlash joizki, hozirgacha yer yuzida 80 mlrd. kishidan oniq odamlar yashab o'tgan (Fransiyalik olimlarning hisob - kitobi) va so'zsiz, tabiatga turli davrlarda turlicha ta'sir ko'rsatishgan. Yer yuzida odam zoti paydo bo'libdiki, o'zining barcha hayoti va faoliyati ehtiyojlarini to'la qondirish maqsadida atrof - muhitdagi hayotiy omillarga nisbatan doim tejamsizlik (nooqilona) munosabatida bo'lgan. Albatta, dastlabki davrlarda, ya'ni odamlar son jihatdan unchalik ko'p bo'lmagan ibtidoiy zamonlarda, tabiiy hududlar Yer yuzida yetarli darajada mo'l bo'lgan va atrof — muhit o'z tabiiy ko'rsatkichlarini tiklab turishga muvaffaq ham bo'lgan. O'zini o'zi tiklay olish xislati tabiatga xos ekanligi ilmiy manbalarda yetarli darajada asoslab berilgan. Yuqoridagilardan tashqari, qayd etish joizki, o'tgan bir necha ming yilliklarda mehnat qurollari va turli sohalarda ishlatiladigan asbob-uskuna, boshqa vositalar ham hozirgidek, texnik jihatdan murakkab, ayniqsa, unchalik ko'p ham bo'lmagan. Demak, tabiiy muhit va hayotiy manbalarga kuchli ta'sir o'tkazilmagan, desa bo'ladi. Atrof- muhit va tabiatga ta'sir so'nggi yuz yillik - XX asrda nihoyatda kuchayganligi, asosan, fan-texnika misli ko'rilmagan yuqori darajada bo'lganligidir. Yer yuzida odamlar sonining jadallik bilan ortishi, shu bilan birga, ayniqsa, texnik taraqqiyot natijasida atrof-muhit va Yer tabiatida chuqur ekologik o'zgarishlar amalga oshdi. Ma'lumotlarga qaraganda, 1000 yil oldin jami odamzod Yer yuzida atigi bir necha yuz million kishinigina tashkil etgan, XX asr boshiga kelib, 1,5 mlrd dan sal ortiqroq bo'lgan. So'ngra demografik o'sish nihoyatda kuchaygan (Demografiya - aholishunoslik fan sohasi). Fikrimiz isboti uchun ta'kidlash mumkin: 1940 yilda butun dunyoda odamlar soni 2,3 mlrd, 1980 yili - 4,4 mlrd va 2000 yilga kelib esa, 6 mlrd kishidan ortib ketgan. O'tgan asrda ilrn-fan va texnik kashfiyot va ixtirolar turli soha ishlab chiqarishlarida amalda keng qo'Uanila boshlandi ham. Buning negizida, so'zsiz - cheksiz ko'payib borgan insoniyat talab-ehtiyojlarini to'laroq qondirish zaruriyati yotadi, albatta. Kerakli barcha modda, mahsulot va materiallar faqat tabiiy manbalardan beayov foydalanish hisobigagina olina boshlandi: o'rmonlar qirqildi, bo'sh yotgan quraq Yerlar qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun o'zlashtirildi, ko'plab suv omborlari tashkil qilindi, turli- tuman yer usti va yer osti qazilma boyliklari qazib olinib, qayta ishlana boshlandi va hokazo. Xullas, dunyo miqyosida har xil sanoat korxonalari, texnika — transport vositalari, energetika inshootlari faoliyat ko'rsata boshladi.

Ko'pchilikka yaxshi ayonki, deyarli hamma texnik va texnologik qurilmalardan atrof-muhitga tarkib-tuzilmalari bo'yicha o'ta zararli yot unsurlar, chiqindi moddalar sifatida, chiqarib tashlanmoqda. Ular gaz, suyuq va qattiq holatdagi kimyoviy modda - mahsulotlardir. Aslida, ularni qayta ishlash ham mumkin. Lekin, ko'p hollarda, nafaqat qayta ishlash, hatto, ular yetarli daraj'ada tozalanmay va zararsizlantirilmasdan tashlab yuboriladi. Hozir ham, ko'pincha, shunday. Natijada, hayotiy muhitlar o'z tabiiy ko'rsatkichlarini yo'qotib, o'zgarib, pirovard natijada turli xil muammolar yuzaga keldi. Quyida Yerdagi 4 asosiy hayotiy muhitlar misolida, shu haqda ma'lumot beriladi. Havo muhitining Ifloslanishi.   Ma'lumki, barcha tabiiy omillar uchun eng zarur havo muhitidir. Boshqacha aytganda, havo Yerdagi jami tirik organizmlar (o'simliklarvahayvonlar) hamdajonsiz tabiat — mineral jinslar o'rtasidagi uzluksiz modda — energiya almashinish jarayonlarini amalga oshishini ta'minlaydi. Havo muhiti bo'lmaganda hayot ham bo'lmas edi. Nihoyat, havo asosiy hayotiy muhit bo'lishi bilan birga, Yer ob-havosi, uning iqlim sharoitini, davriy ravishda, takror shakllanib turishi uchun muhim omildir ham. Fikrimizni tasdiqlash uchun olim va mutaxassislar amalga oshirgan ayrim ilmiy kuzatuv hamda tadqiqot ishlari natijalarini bayon etamiz. Aniqlanishicha, havo muhiti bo'lmasa, Yer yuzida kecha va kunduz haroratlari 200 °S gacha bir-biridan farq qilishi mumkin ekan. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir jonzot, yashamasligi aniq, umuman, bunga chidashi ham mumkin emas. Havo, nafas olish manbailigidan tashqari, yuqorida ta'kidlangandek, ko'plab Yerdagi tabiiy jarayonlarni talab darajasida amalga oshishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Birgina misol, har yili qayta-qayta takrorlanib turadigan yil fasllari, ularning o'ziga xos ob-havo, yog'in-sochini va boshqa iqlimiy ko'rsatkichlarning namoyon bo'lishi aynan atmosfera vositasi tufaylidir. Dunyo miqyosida, evolyutsion tarzda, kishilik jamiyatining rivojlanishi amalga oshib, davrlar o'tish bilan asta-sekin turli-tuman sanoat korxonalari, energetik inshoot va shunga o'xshash texnogen omillar vujudga kelib, ularning faoliyati sabab, atrof tabiiy muhitga salbiy ta'sir kuchaya bordi. Jumladan, havoga juda ko'plab har xil gaz, iflos gazsimon va zararli moddalar chiqarib yuborila boshlandi. Havo muhitida kimyoviy birikmalar, kislorod gazi va suv bug'lari bilan ta'sirlashib, quyosh nurlari vositasida, har xil kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni sodir etub, yanada xavfli kimyoviy birikmalarni hosil qilishi olib borilgan tadqiqot va kuzatuvlar natijasida isbotlangan. Masalan, kislotali yomg'irlar, turli rangda va sifatdagi yog'ilgan qorlar, «Ozon yorig'i» va "Atmosfera dimiqishi" kabi muammolar aynan shunday o'zgarishlarning oqibat natijasidir. Xususan, sanoati va texnik vositalari nihoyatda ko'p bo'lgan Ovro'pa shaharlari havo muhitida kuzatiladigan achchiq (ko'zni yoshlantiruvchi) qora-qurum tutun (smog) lar ham havoga chiqarib yuborilayotgan zaharli gaz moddalari va ulardan hosil bo'lgan birikmalar mahsullari hisoblanadi. Hozirgi davrga kelib, shuni alohida qayd etmoq kerakki, havoni ifloslaydigan texnik-texnologik omillar juda ko'paygan. Misol uchun, metallurgiya sanoatida faoliyat ko'rsatuvchi birgina d о m n a qurilmasi faoliyatini olib ko'raylik. Ularda tabiiy ma'danli mineral jinslar qayta ishlanadi. Bunda, muayyan metall ajratib olinishi bilan birga, havoga yuqori haroratda tonnalab is gazi, hamda karbon. azot va

oltingugurt oksidlari, metan va boshqa karbonvodorod birikmalari kabilar tashlab yuboriladi. Shunga o'xshash chiqindi gazlar qozonxona, issiqlik stansiyalari. turli texnik-transport vositaiaridan ham chiqarib yuboriladi. O'tkazilgan hisob - kitoblarga ko'ra, shu narsa ham aniqlanganki, 1 ta yengil avtomashina 1 yil davomida, o'rtacha harakar faoliyati bilan, 2 t miqdorda benzin sarf etadi. Buning uchun havo muhitidan 30 t kislorodni olib ishlatib, uning o'rniga har xil qizigan holdagi gaz moddalarni. ya'ni 60 kg is gazi, 50 kg metan va boshqa karbonvodorodlar, 30 kg azot oksidlari, 5 kg turli aralashma (aerozol) lar, 3 kg gacha oltingugurt oksidi, 5 kg benzopirin, 700 kg yuqori haroratli karbonat angidridi va boshqalarni chiqaradi. Hozirgi davrda, dunyo miqyosida olib qaralsa, har xil rusumdagi bir necha yuz millionlab avtomobillar, yuk mashinalari, samolyot va paraxodlar, shuningdek, ichki yonish dvigatellariga asoslangan turli texnik vositalardan ham foydalaniladi. Bular uchun, xomashyo sifatida, xilma xil tarkib tuzilma va sifatdagi yonilg'ilar - neft va ko'mir mahsulotlari, yonuvchi tabiiy gaz va hokazolar ishlatiladi. Pirovard natijada esa, havoga, yuqorida qayd etilgandek. turli xil zaharli chiqindi moddalar tashlab yuborilmoqda. Yana bir misol, XX asrning 80-yillarida olib borilgan kuzatuvlar va bajarilgan hisob- kitoblarga ko'ra, 1 yil davomida butun dunyo bo'yicha havo (atmosfera) muhitiga 260 mln t atrofida karbon oksidlari, xuddi shuncha oltingugurt oksidi, 50-60 mln t miqdorida azot oksidlari, karbonvodorodlar va boshqa xil gazsimon organik birikmalar chiqarib yuborilgan. Hozirgi kecha-kunda atrof - muhitga chiqarilayotgan gaz va gazsimon chiqindilar bundan ham ko'p bo'lib, ular, ayniqsa, havo muhitini dahshatli sur'atda ifloslab buzmoqda. Ana shunday chiqit gazlarni hosil qilib chiqarib tashlaydigan texnik-transport vositalari ham, energetik qurilma va inshootlar ham, sanoat korxonalari va boshqa manbalar ham dunyo miqyosida hozirgi paytda nihoyatda ko'payib ketgani hammamizga yaxshi ayon. Yuqoridagilardan tashqari, yangi yaratilgan texnik vositalar, mehnat va urush qurollari, hatto, fazoni tadqiq qilishga mo'ljallangan uchish vosita (raketa) lar sinovi, hamda u yoki bu muayyan Yer hududlarida olib boriladigan turli darajadagi urushlar natijasida ham, ko'plab gaz chiqindilari havoni ifloslantirmoqda. Shu kabi ifloslanishlar sabab ham, Yer atmosferasida turli toifadagi ekologik muammolar yuzaga keldi. «Ozon yorig'i», «Havo dimiqishi» («Parnik effekti»), iqlim va ob-havo ko'rsatkichlarining qator yer hududlarida o'zgargani, ayniqsa, suv toshqinlari, kutilmagan paytda haddan tashqari yog'in-sochinlarning bo'lishi, kislotali yomg'irlar va hokazolar shular jumlasiga kiradi. Havo muhiti bilan bog'liq turli ekologik muammolarni bartaraf qilish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilmas ekan, yerda kelgusida hayot umuman katta xavf ostida qolishi mumkin. Shuning uchun ham dunyo hamjamiyati yakdillik bilan, birlashgan holda, havo muhiti (atmosfera) ni muhofazasiga doir bir qator zarur chora-tadbirlarni ishlab ham chiqqan. Shu bilan birgalikda, har bir davlat o'z hududida aniq ishlarni bajarishi zarurligi ham belgilangan. Shu bilan bog'liq holda, bizning fikrimizcha, havo muhitni ifloslantiradigan turli manbalarni qat'iy nazorat ostiga olib, kerak bo'lganda, hatto, ular faoliyatini taqiqlab qo'yish maqsadga muvofiq. Xususan,

sovutish vositalarida freon (xlor-ftorli karbonvodorod birikma) larni qo'llashni ta'qiqlangani ayni muddao, albatta. Suv muhiti va uning ifloslanishi.   Tabiatda iste'molga yaroqli suv manbalari va ulardagi suv miqdorlari chegaralangan. Bu haqda oldin ham gap borgan edi. Mavjud bo'lgan manbalari ham turli oqava va chiqit moddalar aralashishi tufayli ifloslanmoqda. Hozirgi davrda dunyo miqyosida, ichimlik suv tanqisligi muammosi yuzaga kelgani ham ko'pchilikka yaxshi ayon. Respublikamiz va umuman Markaziy Osiyo mintaqasida ham shunday muammo mavjudligini qayd etmoq kerak. Tabiiy suv manbalarining hozirgi paytda ifloslanishi, asosan, iflos oqavalar hisobiga bo'lmoqda. Ma'lumki, iflos oqava suvlar, odatda, 2 xil yo'l bilan sodir etiladi: birinchisi, tabiiy omillar sabab. Ularga yog'in-sochinlar natijasida paydo bo'ladigan, masalan, katta miqdorda magistral yo'llar va ishlab chiqarish korxonalar hududlarida paydo bo'ladigan iflos oqavalar, hamda bahor faslida sodir bo'ladigan sel va suv toshqinlari natijasidagi iflos suvlar kiradi. Ikkinchi yo'li, bu sanoat korxonalari, xonadonlar va kommunal - maishiy xo'jaliklar faoliyati bilan yuzaga keladigan katta miqdordagi tashlandiq oqava suvlari. Yuqorida ko'rsatilgan oqava suvlarining, ayniqsa, ikkinchi turlari tarkibida suv muhitini buzadigan, ular sifatini o'zgartiradigan turli-tuman zararli birikmalar nihoyatda ko'p bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, hozirgi paytda, bir kecha-kunduzda dunyo miqyosida, faqat sanoat korxonalari hisobiga, 100 mln m kub dan ortiq miqdorda iflos oqava suvlar hosil bo'lar ekan. Biosfera uchun o'ta zararli va xavfli har xil yot unsurlar, jumladan, zaharli kimyoviy moddalar va har xil turdagi og'ir metallar (radioizotoplar ham), shuningdek, ko'plab kasalliklarni keltirib chiqaradigan bakteriya - vimslarning oqavalarda bo'lishi eng katta muammolardandir. Ta'kidlash joizki, iflos oqava suvlar ko'proq quyidagi ishlab chiqarish sohalarida sodir bo'ladi: - rabiiy ma'danlarni qayta ishlaydigan tog' — kon sanoati, metallurgiya va ba'zi mashinasozlik korxonalari; - energetika (AES, issiqlik elektr stansiyalari, qozonxona va b.) shahobchalari; -sellyuloza va qog'oz ishlab chiqarish korxonalari; - kimyo, neft kimyosi va dori-darmon ishlab chiqarish (farmasevtika) korxonalari; - oziq-ovqat va biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar; - qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi (agrosanoat) va dehqonchilik: - kommunal xo'jalik, maishiy xizmat ko'rsatish sohalari va xonadonlarda hosil bo'ladigan oqava suvlar va boshqalar. Ko'pchilikka ayonki, tabiiy о millar ta'siri (vaqti — vaqti bilan turli fasllar)da paydo bo'ladigan oqavalar suv havzalariga tushsa ham, ma'lum vaqt o'tishi bilan, biologik jarayonlarning tabiatda uzluksiz bo'lib turishi natijasida. tozalanishi muqarrar. Lekin ba'zi sanoat oqava suvlarining tabiatda o'z-o'zidan tozalanishi juda qiyin. Shuning uchun bunday oqava suvlarni, o'zlari hosil bo'lgan manbalaridayoq, yaxshilab tozalanishi maqsadga muvofiq. Biroq. hozirgi davrda juda ko'p turdagi ishlab chiqarish oqavalari oxirigacha tozalanmay tashqi muhitga chiqarib tashlanadi va buning