Belgi bildiruvchi so‘zlar uslubiyati
Mavzu:Belgi bildiruvchi so‘zlar uslubiyati Reja Kirish Asosiy qism 1.1. Belgi bildiruvchi so‘z sifat uslubiyati va uning o‘rganilishi 1.2. Belgi bildiruvchi so‘z badiiy matnda rang –tus sifatlarining uslubiy voqelanishi 1.3. Belgi bildiruvchi so‘z badiiy matnda maza – ta’m sifatlariga xos konnotativ ma’nolar Xulosa Foydalanilgan adabiyot 2
Kirish Inson –Yaratganning eng buyuk mo‘jizasi. Uning buyukligi shundaki, Olloh unga teran fikr, aql –idrok, shuningdek, odob –axloq kabi bebaho boyliklarni in’om etgan. Ular orasida, ayniqsa, so‘zlashish qobiliyati, tillashish –dillashish imkoniyati insonning eng katta baxtidir. Har jabhada kishining mushkullarini oson qilguvchi va yaxshiliklarga yo‘llovchi vosita ham, shubhasiz, tildir. Til – millat ko‘zgusi, madaniyat beshigi, aloqa –munosabat vositasi. O‘z tili va millatini asray olmagan xalq eng g‘arib, eng qashshoq xalqqa aylanadi. Tilga muhabbat ham insonga ona suti orqali qon – qoniga singiguvchi tilsim tuyg‘udir. Ulug‘ qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov e’tirof etganidek, “Har birimiz bizni voyaga yetkazgan, bizga eng bebaho boyligini –tilini hadya etgan onalar oldida qarzdormiz. Tilimizning sofligi uchun, boyishi uchun jon kuydirsak farzandlik burchimizni ado etgan bo‘lamiz”. 1 Darhaqiqat, dunyoda nimaiki mavjud mo‘jizalar bor,bari – barisi parvarishga, asrab –avaylanishga muhtoj. Bevosita til ham. Bunda eng katta mas’uliyat tilshunoslar zimmasiga yuklanishi, tabiiy. Prezidentimiz Islom Karimov ham aynan shuni nazarda tutib, o‘zlarining “Yuksakma’naviyat –yengilmas kuch” asarlarida quyidagi dono fikrlarni keltirib o‘tganlar: “Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab– avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank – moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va milliy o‘zlikni, vatan tuyg‘usini anglashda ezgu maqsadlarga xizmat qilishi, shubhasiz.” 2 O‘zbekiston o‘z mustaqilligining yigirma uchinchi dovonidan mislsiz muvaffaqqiyatlar bilan o‘tdi. 1 Aytmatov Chingiz, Shoxonov Muxtor. Cho‘qqida qolgan ovchining oh-u zori. Toshkent -- 2009. 28-bet. 2 Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat - 2008. 87-bet. 3
Bu muvaffaqqiyatlarning zalvorli salmog‘i, hech bir istisnosiz, hayotimizning barcha sohalarida -iqtisodiyotda ham, ijtimoiyotda ham, ma’rifat–u ma’naviyatda ham tarozi pallasini ro‘yirost bosib turibdi. Ana shunday muvaffaqqiyatlarning eng muhtashamlaridan biri, shubhasiz, shuki, xalqimizning aqliy va ruhiy dunyosining oynasi, dunyolarga bermaydigan bebaho boyligi bo‘lgan, ammo asrlar davomida qizil va yana qancha ranglardagi istibdod iskanjasida to‘lg‘onsa –da, badiiyatning betakror bo‘stonini bunyod etmoqqa tuganmas kuch topgan tilimiz–o‘zbek tili o‘zining erkin taraqqiyot o‘zaniga tushib olib, bu oydin yo‘ldan hadiksiz va hormay odimlamoqda. Tilimiz qorong‘i kechadan kunduzga ko‘chdi. Istiqlol tufayli, uning jasur me’mori bo‘lmish Yurtboshimiz tufayli o‘zbek tili o‘z nufuzi va obro‘yini tikladi. Ammo xolisanlillo aytish joizki, bunga erishish osonlikcha bo‘lgani yo‘q. Ma’lumki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan hujjat –“Davlat tili haqida”gi Qonun 1989 –yilda, hali “markaz”ning qattol quyushqonidan chiqish tahlikali bo‘lga bir davrda qabul qilingan. Respublikaning o‘sha davrdagi rahbarlari ikki tilga–o‘zbek va rus tillariga davlat tili maqomini berish g‘oyasini zo‘r berib targ‘ib qilganlar, hatto ana shunday g‘oya asosidagi qonun loyihasi ham e’lon qilingan. Xayriyatki, 1989–yilning iyun oyida muhtaram Islom Karimov respublikaning birinchi rahbari sifatida ish boshladi. U kishining bevosita tashabbusi va jasorati bilan mazkur ikki tillilik g‘oyasi butunlay barham topdi, o‘zbek tilining qonuniy huquqi qonunlashtirildi. Prezidentimiz alohida ta’kidlaganlaridek, “Bu Vatanimiz tarixida tom ma’nodagi buyuk voqea edi”. 2 Ayni paytda Prezidentimiz iftixor bilan shunday yozadilar: “1992 –yil 7– dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi” 3 . 2 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008, 85-bet. 3 Islom Karimov. Ko‘rsatilgan asar. 85 – bet. 4
Bugun O‘zbekistonda Yurtboshimiz rahnamoligida benihoya xolis va odil til siyosati shakllangan, bu siyosatni hayotga joriy qilish borasida ishlab chiqilgan aniq chora -tadbirlar muntazam amalga oshirilmoqda. Qisqa vaqt ichida o‘zbek alifbosi va imlosi isloh qilindi, o‘zbek tilini ilmiy tadqiq qilish va o‘qitish ishlari mustaqillik davri talablariga javob beradigan darajaga keltirildi. Endilikda mana shu tarixiy o‘zgarishlarni, bu boradagi yutuq va tajribalarni umumlashtirmoq hamda galdagi ustuvor vazifalarni bajarmoqqa yeng shimarib kirishmoq, jadal harakat qilmoq lozimdir. Jahondagi rang–barang tillar dunyosining tirikchilik tarixi shuni ko‘rsatadiki, tilning taraqqiyoti barcha davrlarda siyosiy tuzumning milliy tilga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq bo‘lgan. Bordi –yu, tilga davlatning munosabati ijobiy bo‘lsa, tilning rivoji tezlashgan, u boyib borgan, bordi –yu, davlat tilga nopisand munosabatda bo‘lsa, til rivoji sekinlashgan yoki deyarli to‘xtagan, muloqot va hissiyot quroli sifatidagi vazifasi barham topgan, hatto o‘lik tilga aylangan. Til odamga tabiat in’om qilgan bebaho ne’mat, uni maxluqot to‘dasidan insoniyat rutbasidagi oliy sinf o‘laroq ayirgan qudratdir. Bu oliy sinfning aql va ko‘ngil mulki ayni shu tilga ko‘ra munavvardir.Bashariyatning necha ming yilliklar mobaynida to‘plangan butun aqliy va hissiy tajribalari ayni shu tilga ko‘ra salomat saqlanib keladi.Til faqatgina muloqot quroli emas,u inson ma’naviy –ruhiy dunyosining bekir va betakror tirgagidir. Shuning uchun ham tilsiz muhabbat, sadoqat, e’tiqod kabi bir qator cho‘ng tushunchalar tirgaksiz qoladi, shuning uchun ham tilga muhabbatsiz Vatan, el muhabbati muallaqlashadi. Buni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy ko‘p va xo‘p ta’kidlagan,uning “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz” degan hikmatli so‘zi ayni shu fikrlarning qaymog‘idir. Fransuz olimi M.Bellin 1861-yilda yozgan bir kitobida shunday yozgan: “Alisher Navoiy o‘z milliy tilining afzaliyatlarini inkor etib bo‘lmaydigan dalillar bilan isbot etganligi –o‘z xalqi orasida vatanparvarlikni boshlab berganligidan dalolatdir”. 4 4 Pirimqul Qodirov. Til va el. Toshkent: Ma’naviyat, 2010. 3 – bet. 5
Alisher Navoiyning teran tafakkuri va bepoyon badiiy taxayyuli mahsuli bo‘lmish benazir so‘z durdonalari tilimizning butun salohiyatini namoyon etuvchi ulkan qomusdir. Shuning uchun ham, Prezidentimiz aytganlaridek, “Ona tiliga muhabbat, uni ulug‘lash, beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ong– tafakkurimizga, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib kelgan”. 5 Ayni paytda biz Navoiyning izdoshlari sifatida o‘z tilimizga chuqur hurmat va muhabbat bilan yondashishimiz, uni yot unsurlardan, har xil begona illatlardan asrab– avaylamog‘imiz darkor bo‘ladi. Buning uchun esa, o‘z tilimizni har tomonlama mukammal bilmog‘imiz va uning kamol topishi uchun o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz darkor. 5 Islom Karimov. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10 – t. Toshkent: O‘zbekiston, 2002. 20 – bet. 6