logo

Biofizika fani haqida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.2138671875 KB
Biofizika  fani haqida
Reja.
1. Biofizikaning predmeti, vazifalari.
2. Biofizikaning bo‘limlari. Biofizikaning biologik fanlar
 orasida tutgan     o‘rni va boshqa fan sohalari bilan aloqasi.
3. Biofizik tadqiqotlarning usullari. 
4. O‘zbekistonda biofizik tadqiqotlarning rivojlanishi. 1. Biofizikaning predmeti va vazifalari.  Biofizika yosh fanlardan  bo‘lib,
akademik Frank so‘zi bo‘yicha u “barcha biologiya fanlarining nazariy poydevori”
dir.   Tabiiy   fanlarning   jadal   sur’atlar   bilan   rivojlanishi,   bilimlarning   yangi
sohalarining   kelib   chiqishi   zamonamizning   xarakterli   xususiyatidir.   Fizika   va
texnika   fanlarining   taraqqiyoti   boshqa   fanlar   qatori   biologiyaga   ham   katta   ta’sir
ko‘rsatmoqda.   Fizikaviy   uslublar   va   tahlillarni   barcha   tabiiy   fanlarda,   shu
jumladan   biologiyada   ham   keng   miqyosda   qo‘llanishi   natijasida   biologik
tizimlarda kechadigan fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni va fizik omillarning
ularga   ta’sirini   o‘rganuvchi   biofizika   fani   rivojlandi   va   u   hozirgi   vaqtda
fundamental biologik fanlarning biri bo‘lib hisoblanadi. Biofizika fani bu biologik
tizimlarda   kechadigan   va   ular   faoliyati   asosida   yotuvchi   fizikaviy   hamda   fizik-
kimyoviy jarayonlarni tadqiq etuvchi fandir.
Biofizika   materiyaning   harakati   va   o‘zaro   aloqadorligi   xususiyatlarini
o‘zida   mujassamlashtirgan   energiyaning   xossalari,   kuchlar   va   ular   o‘rtasidagi
munosabatlar,   kinetika,   termodinamika   hamda   axborot   qabul   qilinishi   va   qayta
ishlanishi   nazariyalari   haqidagi   umumiy   va   xususiy   qonuniyatlarni   biologik
tizimlarda   fizika   qonunlari   asosida   tadqiq   etadi.   Bunda   biofizika   tiriklikning   eng
murakkab, molekulyar darajada tuzilishi doirasida ham ish olib boradi. 
Murakkab   biologik   tizimlar,   ularning   dinamik   holati,   biologik
tuzilmalardagi   makromolekulalar   konformatsiya   tuzilishi   va   xossalari,   tizimdagi
jarayonlarning   tartibga   tushirilganlik   holatlari   kabi   keng   qamrovli   bilimlar
majmuasini   tahlil   qilish   jarayonida   biofizika   ko‘pgina   aniq   fanlar   tadqiqot
usullaridan   foydalaniladi.   XX   asrga   kelib   biofizikaning   rivojlanishida   fizika,
kimyo,   matematika   fanlari   erishgan   yutuqlar   asosida   izotop   atomlar   yordamida
tahlil, spektral va radiospektroskop tahlillar kabi uslublar yaratildi.
Biofizika   kimyoviy   kinetika,   energiya   transformatsiyasi   asosida
termodinamikaning   birinchi   qonuni,   biologik   tizimlar   dinamikasini   o‘rganish
asosida   termodinamikaning   ikkinchi   qonuni   kabi   umumbiologik   tushunchalarni
tahlil   qilishi   bilan   bir   qatorda   tirik   tizimlarning   molekulyar   darajadagi   struktura tuzilishlari   va   ushbu   tuzilish   darajalarida   boradigan   jarayonlarni   umumbiologik
qonuniyatlar bilan uyg‘unligi kabi murakkab holatlarni ham o‘rganadi.
Murakkab   biologik   tizimlar   xususiyatlarini   o‘rganishda   matematik
modellash   usullari   qo‘llaniladi.   Biofizika   umumiy   holda   biologik   tizimlarda
amalga  oshuvchi   jarayonlarni   tartibga   tushirish  va  boshqarish,  biopolimerlarning
fermentativ katalizi, biologik membranalar orqali moddalar tashilishi, qisqaruvchi
tizimlar   va   quyosh   energiyasining   tirik   tizimlarda   bog‘lanishi   kabi   jarayonlarini
biologiya sohasi doirasida fizika qonunlari asosida tushuntirib beradi.
Murakkab   biologik   tizimlar   kinetikasida   matematik   modellash   va
differensial   tenglamalar   asosida   hujayralar   o‘sish   dinamikasi   yoki   ekologik
tizimlarda   populyatsiya   soni   o‘zgarishlarining     dinamikasini   o‘rganish   biofizika
fanining muxim yo‘nalishlaridan biri  hisoblanadi.  
Murakkab   biologik   tizimlarda   differensial   tenglamalar   yordamida   asosan
sifat   tahlili   tizimdagi   barqaror   holatlar   mavjudligi   va   ularning   soni,   barqarorlik
xususiyatining   vaqt   davomida   ushlab   turilishi,   tizimda   bir   me’yoriy   holatdan
ikkinchisiga   o‘tish   imkoniyatlari,   shuningdek   avtotebranishli   jarayonlar   kabi
holatlar ustida olib boriladi.
Shuningdek, ushbu tizimda vaqt iyerarxiyasi o‘zgarishlari, biologik tizimda
o‘z-o‘zini   tashkil   etishda   (samoorganizatsiya)   parametrlar   o‘zgarishlari,   tizimda
bifurkatsiya nuqtasi orqali bog‘lanishlar xususiyatlari murakkab matematik usullar
yordamida ko‘rib chiqiladi.
Biologik   tizimlar   faoliyatidagi   turli   xil   o‘zgarishlar   tizimdagi
makromolekulalar   majmuasidagi   konformatsiya   o‘zgarishlari   bilan   bog‘liq
hisoblanadi.   Bunda   harorat,   muhitning   pH-ko‘rsatkichi   qiymati,   moddalar
konsentratsiyasining o‘zgarishlari kabi omillar ta’sirida tizimda barqaror me’yoriy
holatdan   bifurkatsiya   nuqtasi   orqali   amalga   oshuvchi   o‘zgarishlarni   keltirib
chiqaradi. 
Biofizika   fanining   termodinamika   bo‘limida   qaytmas   jarayonlarda
entropiya   tushunchasining   mavjudligini   hisobga   olgan   holda   tizimda   barqaror
holatni yuzaga keltirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Molekulyar   biofizika   makromolekulalarning   elektron-konformatsiya
tuzilishi   asosida   faoliyat   mexanizmlarini   tadqiq   etadi.   Bunda   makromolekula
faoliyat   dinamikasidagi   o‘zgarishlar,   energiya   shakli   o‘zgarishlari     kabi   tizim
xususiyatlari   o‘zgarishlarini   keltirib   chiqaruvchi   mexanizmlar   statistik   usulda
tadqiq etiladi.
Fotobiologik   jarayonlar   biofizikasida   biologik   membranada   energiya
bog‘lash mexanizmlari molekulyar darajada ko‘rib chiqiladi. 
Umumiy   holda   biofizika   biologik   tizimlarning   molekulyar   darajadagi
nazariy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan fan sohasi hisoblanadi. Ushbu asosda
biologik   tizimlarda   amalga   oshuvchi   dinamik   jarayonlarni   mantiqiy   xulosalarga
tayangan holda boshqarish uslublarini ishlab chiqish imkoniyati yuzaga keladi.
Murakkab   biologik   tizimlar   biofizikasida   jarayonlar   kinetikasi   aniq
yo‘nalishda   kechuvchi   biokimyoviy   o‘zgarishlar   va   biomembranalarda   elektr
potensialining   hosil   bo‘lishi   va   tarqalishi,   biologik   ritmlar,   biomassa   yoki
turlarning   ko‘payishi,   organizmlar   populyatsiyalari   o‘rtasidagi   aloqalar   kabi
jarayonlarning vaqt davomiyligiga bog‘liq o‘zgarishlarini o‘rganadi. 
Murakkab biologik tizimlarni umumiy holda biofizik jihatdan tadqiq qilish
murakkab   masala   hisoblanadi.   Chunki   bu   ko‘rinishdagi   tizimlarda   bir   vaqtning
o‘zida son jihatidan ko‘plab jarayonlar bosqichli tarzda amalga oshadi. Shu sababli
ushbu   jarayonlar   to‘g‘risida   xulosaga   kelish   uchun   tizimda   kechuvchi   jarayonlar
ma’lum bir ko‘rinishdagi qismlar yig‘indisidan iborat deb qaraladi va jarayonning
alohida   qismlarini   tadqiq   etish   orqali   umumiy   jarayon   dinamikasi   baholanadi.
Bunda shunga ham e’tibor berish lozimki, o‘rganilayotgan jarayon qismi umumiy
jarayonning   xususiyatlarini   to‘liq   aks   ettira   olishi   kerak   va   shu   bilan   birga
tadqiqotda qo‘llanilayotgan matematik modelning to‘g‘ri tanlanishiga ham bog‘liq.
Bunda   tirik   tizimlarning   iyerarxik   xarakterga   ega   ekanligi,   ya’ni   ularda
boruvchi   jarayonlar   o‘zaro   bog‘liq,   ammo   alohida   amalga   oshuvchi   jarayonlar
yig‘indisidan   iborat   ekanligini   hisobga   olish   muxim   ahamiyatga   ega.   Shu   asosda
biologik   tizimlarni   dinamik   jihatdan   o‘rganish   modellari   ancha   samarali hisoblanib,   natijada   ushbu   jarayonlarni   ijobiy   yo‘nalishda   boshqarish   imkoni
tug‘iladi.
Biofizikaviy   tadqiqotlarning   predmeti   bo‘lib   biopolimerlarning   strukturasi
va   xossalari,   tabiiy   va   sun’iy   membranalar,   ion   kanallari,   murakkab   tuzilgan
biologik   tizimlar   hisoblanadi.   Biofizika   o‘z   ichiga   alohida   olingan
makromolekulalarning   tuzilishi   va   xossalarini   o‘rganishdan   tortib,   biosfera
darajasida   kechadigan   murakkab   jarayonlarning   mexanizmi   va   ichki
dinamikasigacha   bo‘lgan   muammolarni   qamrab   oladi.   Biologiyadagi   ko‘p
muammolarni   tushunishda   tabiatdagi   qonuniyatlarning   o‘zaro   bog‘liqligini   bilish,
tirik   organizmlarga   va   tizimlarga   fizikaviy   qonunlarning   tatbiq   etilishi   yordam
beradi. 
Biomolekulalar,   membranalar   va   tirik   tizimlar   uchun   xarakterli   bo‘lgan
fizik   va   fizik-kimyoviy   jarayonlarning   mexanizmlarini,   ularga   tashqi   fizik
ta’sirotlarni o‘rganish biofizikaning asosiy vazifalaridan biridir. 
Biologik   qonunlar,   asosan,   fizikaviy   kimyo   qonuniyatlariga   asoslanadi.
Biologiyaga   ushbu   qonuniyatlardan   tashqari,   qandaydir   boshqacha   kuchlar,
maydonlar, maxsus  energetik kuchlar   va   shu kabilar ta’sirida qaraydigan fikrlar
hali   ham   mavjud.   Masalan,   turli   xil   ekstrasenslar,   “bioenergetiklar”   aniq   fanni
buzib,  undan o‘z maqsadlarida foydalanadilar. Hozirgi zamon biofizikasi  esa ro‘y
berayotgan   hodisalarni   aniq       qonuniyatlar   va   dalillar   asosida   o‘rganadi.
Shuningdek,   biofizika   organizmlarda   kechadigan     qon   aylanish,   nafas   olish,
harakat, ko‘rish va eshitish kabi fiziologik jarayonlar  mexanizmlarini  o‘rganadi.
Biofizika boshqa tabiiy fanlar bilan bevosita uzviy bog‘liq, masalan, fizika,
biokimyo,   anorganik   va   organik   kimyo,   kolloid   kimyo,   o‘simliklar   fiziologiyasi,
odam   va   hayvonlar   fiziologiyasi,   tibbiyot   va   boshqa   shu   kabi   fanlar   erishgan
yutuqlaridan   foydalanadi   va   o‘z   qonunlari   va   uslublari   bilan   ushbu   fanlar
o‘rganadigan   jarayonlarni   tushuntirib   beradi.   Biofizikaning   rivojlanishi     amaliy
jihatdan   turli   xil   kasalliklarga   tashhis   qo‘yish   va   davolash   uchun
elektrokardiografiya,   rentgenografiya,   qon   bosimini   o‘lchash   asboblardan foydalanishga,   izotoplar,   ultratovush,   lazer,   ultrabinafsha   nurlar   kabi   uslub   va
vositalarni ishlab chiqishga asos bo‘ldi.
  Biofizika yutuqlaridan qishloq xo‘jaligida yuqori  samaradorlikka erishish
uchun foydalanilmoqda. O‘simlik urug‘larini elektromagnit maydonlari bilan, yoki
infraqizil   nur   bilan   ishlov   berish   hosildorlikni   oshirishga   xizmat   qiladi.   Biofizika
o‘z   muammolarini   boshqa   fan   sohalari   yutuqlari   bilan   hal   qiladi   va   o‘ziga   yaqin
turgan   fanlarni   rivojlanishiga   turtki   bo‘ladi.   Hozirgi   vaqtda   tibbiyot,   ekologiya,
fiziologiya,   qishloq   xo‘jaligi   va   boshqa   yondosh   fanlarning   taraqqiyoti
biofizikaning rivojlanishi va uning uslublarini tadbiq qilish bilan  bog‘liq.
2.   Biofizikaning   bo‘limlari.   Biofizika   fani   bir   necha   bo‘limlarga   bo‘lib
o‘rganiladi, lekin bu bo‘limlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq va hech qanday
chegara   bilan   ularni   ajratish   mumkin   emas.   Molekulyar   biofizika,   membranalar
biofizikasi,   hujayraviy   jarayonlar   biofizikasi,   qisqaruvchan   tizimlar   biofizikasi,
bioenergetika,   fotobiologiya,   radiobiologiya,   biologik   jarayonlar   kinetikasi,
murakkab tizimlar biofizikasi biofizikaning asosiy bo‘limlari hisoblanadi.   
Molekulyar biofizika   biomolekulalarning fazoviy tuzilishi  va xossalarini,
ularning   o‘zaro   ta’sir   kuchlarini   o‘rganadi.   Ayniqsa,   makromolekulalarning
tuzilishi   va   funksiyasini   o‘rganishning   ahamiyati   katta   bo‘lib,   oqsillar,   nuklein
kislotalar,   uglevodlar   va   boshqa   biopolimerlarning   biologik   tizimlarda   tutgan
o‘rnini tushunishga yordam beradi.
Membranalar   biofizikasi   biomembranalarning   tuzilishi   va   fizikaviy
xususiyatlarini,   sun’iy   membranalar   tuzilishi   va   xossalari,   membrana
potensiallarining   hosil   bo‘lish   qonuniyatlarini   o‘rganadi.       Membranalardan
moddalarni   passiv   va   aktiv   transporti,   diffuziya   va   o‘tkazuvchanlik,   ion
kanallarining   tuzilishi   va   xususiyatlarini   ham   membranalar   biofizikasi   bo‘limida
o‘rganiladi.
Hujayraviy   jarayonlar   biofizikasi   hujayrada   kechadigan   fizikaviy   va
fizik-kimyoviy jarayonlarni o‘rganadi. Bu bo‘limning ahamiyati  shundaki, har bir
to‘qima hujayralardan tuzilgan va ular faoliyatida kechadigan jarayonlar mohiyati
va mexanizmini  biofizika  fanisiz  o‘rganish  va  tushunish  mumkin emas.   Masalan, hujayra   membranasi   o‘tkazuvchanligi,     muskullar   qisqarishi,     nerv   impulsi   hosil
bo‘lishi   va   tarqalishi,   retsepsiya,   fotosintez,   energiya   almashinuvi   va   hokazo.
Hujayra biofizikasi   membranalar   biofizikasi  va     molekulyar   biofizika  bilan uzviy
aloqada   bo‘ladi.   Tinchlik   va   harakat   potensiallarining   hosil   bo‘lishi   va   tarqalishi,
sinapslarning   tuzilishi   va   potensiallarning   ular   orqali     o‘tishini   o‘rganish
elektrofiziologiya   va   neyrofiziologiyada,   umuman   biologiyada   katta   ahamiyatga
ega. 
Qisqaruvchan   tizimlar   biofizikasi   mushaklarning   ultrastrukturasi,
qisqarishning molekulyar mexanizmlari, mushaklar mexanikasini o‘rganadi. 
Bioenergetika   tirik   tizimlarda   energiya   hosil   bo‘lishi,   transformatsiyasi,
ya’ni   bir   turdan   ikkinchi   turga   o‘tish   va   sarflanish   qonuniyatlarini   o‘rganuvchi
bo‘limdir.   Hujayrada   ATF   sintezini   bog‘lovchi   membranalar   –   mitoxondriya,
xloroplastlarning   tilakoid   membranalari   va   ba’zi   mikroorganizmlar
membranalarida   elektrokimyoviy   potensiali   hisobiga   hosil   bo‘lishining   kashf
qilinishi XX asr biofizikasining erishgan yutuqlaridan biridir.
Radiobiologiya     tirik   organizmlarga   va   umuman   biologik   tizimlarga
ionlovchi   nurlar   ta’siri   qonuniyatlarini   o‘rganuvchi   biofizikaning   bo‘limi
hisoblanadi. Radioaktiv nurlar  biologik molekulalarning fazoviy tuzilishiga ta’siri
orqali   hujayra   membranalari   xususiyatlari,   uning   organoidlari   funksional   holati
uzgarishlariga olib keladi hamda tirik tizimlar faoliyatini izdan chiqaradi.
Fotobiologiya   bo‘limi   esa     fotokimyoviy   reaksiyalar   va   energiyaning
uzatilishi   va   almashinishi,   fotosintez   mexanizmini,   turli   xil   to‘lqin   uzunligidagi
nurlarning  biologik   tizimlarga   ta’sir   jarayonlarini   o‘rganadigan   biofizika   fanining
bo‘limi hisoblanadi.
Murakkab   tizimlar   biofizikasi   hujayra,   organ,     organizm,   tur,
populyatsiyalar,   umuman   biotsenozda   bo‘ladigan   murakkab   jarayonlarning   fizik-
kimyoviy   asoslarini   va   ularga   turli   xil   fizik   omillarning   ta’sirini   o‘rganadi.
Murakkab tizim deganimizda nafaqat   organizm, populyatsiya, balki biogeotsenoz
yoki   biosfera   ham   tushuniladi.   Murakkab   tizimlar   biofizikasi   biologiya       fani
nazariyalari     bilan     ish ko‘radi.     Masalan,   Ch.Darvinning evolyutsion ta’limoti bo‘yicha   turlarning   kelib   chiqishida   tashqi   ta’sirlarning,   ya’ni   quyosh   nuri,
atmosfera   bosimi,   shamol,   radioaktiv   nurlar   ahamiyati   katta.   Murakkab   tizimlar
biofizikasi   rivojlanish,   ya’ni   filogenez   va   ontogenez   qonuniyatlari   bilan   birga
tashqi   omillarning   o‘rganilayotgan   tizimlarga   ta’sir   qilish   mexanizmlarini     ham
o‘rganadi.   Biofizikaning   ushbu   bo‘limida   kibernetika   uslublari,   matematik
modellash kabilardan keng foydalanadi.
3. Biofizik tadqiqotlarning usullari.  Albatta har bir fanning rivojlanishi u
foydalanadigan usullarga va yondashuvlarga bevosita bog‘liqdir. Biofizika boshqa
fanlarning aniqlash  usullaridan foydalanish bilan birgalikda hozirgi kunda turli xil
optik   usullar,   γ-rezonans   spektroskopiya,   mikroelektrod   texnika   yordamida
membrana   potensialini   qayd   etish,   xemilyuminessensiya,   lazer   spektroskopiyasi,
nishonlangan   atomlar   yordamida   biologik   jarayonlarni   o‘rganish   kabi   zamonaviy
biofizika   usullaridan   ham   keng   foydalaniladi.   Quyida   zamonaviy   biofizikaning
ayrim tadqiqot usullari haqida ma’lumot berilgan.
Elektron   mikroskopiya   usuli   bilan   makromolekulalar,   membranalar,
hujayra organoidlarining holati, shakl va o‘lchamlari o‘rganiladi.
Spektrofotometriya usuli  eritmalardan o‘tgan nurning bir qismi yutilishini
o‘lchashga   asoslangan.   Ushbu   usul   bilan   eritmalarda   modda   konsentratsiyasi
o‘lchanadi,   makromolekulalarning   ikkilamchi   strukturasi,   molekula   ayrim
guruhlarining ionlashuvi o‘rganiladi.
Rentgen   nurlari   difraksiyasi   usuli   bilan   biomolekulalarning   fazoviy
strukturasi,   ularning   shakli   va   o‘lchamlari,   ikkilamchi   struktura   elementlarining
fazoviy joylashish holatlari  aniqlanadi.
Fluoressent   zondlar   usuli.   Ushbu   usulda   maxsus   kimyoviy   organik
moddalar   -   zondlardan   foydalaniladi.   Zond   ”tikilgan”   biomolekulaga   ma’lum   bir
to‘lqin   uzunligidagi   nur   bilan   tasir   etganimizda,   ushbu   molekula   qo‘zg‘algan
holatga o‘tadi va o‘zidan boshqa to‘lqin uzunligidagi nurni chiqaradi hamda ushbu
nur   spektri   fluorimetr   asbobi   bilan   o‘lchanadi.   Fluoressensiya   usuli   bilan
makromolekulalarning   konformatsiya   holati,   xromofor   guruhlarning
harakatchanligi, ba’zi ionlarning membranalar orqali transporti o‘rganiladi. Doiraviy   dixroizm   usuli   asosida   qutblangan   nurning   optik   faol
molekulaga   ta’siri   yotadi.   Makromolekulalarning   turli   qismlari   anizotrop
bo‘lganligi   sababli   nurni   turlicha   yutadi,   hamda   ushbu   spektrlarni   yozib   olish
mumkin.
IK-spektroskopiya   usullari   bilan   infraqizil   nur   yordamida
makromolekulalarning   ikkilamchi   strukturasi   va   to‘lqinsimon   dinamikasi
o‘rganiladi.
Differensial   spektrofotometriya   usuli   makromolekulalarning
konformatsion   holati,   xromofor   guruhlarning   erituvchi   molekulalari   bilan   o‘zaro
ta’sirini o‘rganadi.
Elektron   paramagnit   rezonans   (EPR)   usuli   bilan   makromolekulalar
konformatsiyasi, strukturalar va gidrat qavatlari lokal harakatchanligini aniqlanadi.
Yadro   magnit   rezonans   usuli   makromolekulalar   va   ayrim   guruhlarining
konformatsiyasini,   dinamik   xossalari,   ligandlarning   bog‘lanish   darajasini
aniqlashda qo‘llaniladi.
Yuqorida   ko‘rib   chiqilgan   usullardan   tashqari   potensiometriya,   rN-
metriya,   fotometriya   va   polyarografiya   usullardan     biofizikada   keng
foydalaniladi.
4.   O‘zbekistonda   biofizik   tadqiqotlarning   rivojlanishi.   Biofizika
fanining shakllanishida ko‘pgina fizik, kimyogar va fiziolog olimlarning xizmatlari
katta bo‘ldi. XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida biofizika alohida fan sifatida
o‘rganila boshlandi. Gelmgolsning biologiyada termodinamika   hamda energetika
muammolari, sezgi organlari va qo‘zg‘alishni nerv tolalari bo‘yicha o‘tishi   ustida
ilmiy ishlari, rus olimi I.M. Sechenovning  fizik-kimyoviy uslublarni fiziologiyaga
qo‘llashi,   nafas   olish   jarayoni   dinamikasi,   biologik   suyuqlik   va   gazlar
aralashmasini hisoblash kabi tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega.
Fizkolloid   kimyo   yutuqlarini   biologiyada   qo‘llash   natijasida   muhim
jarayonlarning   mexanizmlarini   tushunishga   va   ilmiy   asoslarini   yaratishga
muvaffaq   bo‘lindi.   Biofizikani   fan   sifatida   tan   olinishida   olimlar   Lyob   va
Shadelarning   xizmatlari   katta   bo‘ldi.   Ularning   partenogenez,   yallig‘lanish   va serpushtlilik   kabi   jarayonlarni   fizik   kimyoviy   nuqtai   nazardan   o‘rganishi   katta
ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Rossiyada   olimlardan   P.P.Lazarev,   S.I.Vavilov,
P.A.Rebinder,   N.K.Kolsova,   B.N.Tarusov,   V.V.   Yefimov,   S.V.Kravkovlarning
fundamental   tadqiqotlari   natijasida   o‘ziga   xos   biofizika   maktabiga   asos   solindi.
O‘tgan   asrning   o‘rtalarida   biofizikaning   rivojlanishida   sobiq   Ittifoq   Fanlar
akademiyasining   Biofizika   instituti,   M.V.Lomonosov   nomidagi   Moskva   davlat
universiteti   Biofizika   kafedrasi   ilmiy   xodimlarining   tadqiqotlari   katta   ahamiyatga
ega  bo‘ldi.
O‘zbekistonda birinchi bor 1963 yilda akademik Y.X.Turaqulov  Toshkent
Davlat   universitetida   biokimyo   va   biofizika   kafedrasiga   asos   soldi   va   ushbu
kafedrada biofizik  mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 
1979   yil   esa   ushbu   kafedradan   akademik   B.O.Toshmuhamedov
rahbarligida   biofizika   va   tabiatni   muhofaza   qilish   kafedrasi   ajralib   chiqdi.
O‘zbekistonda   biofizika   maktabini   asosiy   yo‘nalishi   biologik   membranalarda
ionlar transporti, ion kanallari va biologik faol moddalarning membranalarga ta’sir
qilish mexanizmlarini o‘rganishdan iborat. 
Biofizika   fanining   O‘zbekistonda   rivojlanishida   O‘zR   FA   Fiziologiya   va
biofizika instituti o‘z o‘rniga ega.   O‘zR FA Fiziologiya va biofizika instituti 1985 yil
O‘zR   FA   Fiziologiya   instituti   va   O‘zR   FA   Biokimyo   institutining   Biofizika   bo‘limini
birlashishi natijasida tashkil topdi. Institut O‘zR FA Tibbiyot, Kimyo, biologik fanlar
kompleksi   tarkibiga   kiradi   va   o‘zining   faoliyatini   Fanlar   akademiyasining   ilmiy-
uslubiy rahbarligi ostida olib boradi.
O‘zR   FA   Biokimyo   instituti   biofizika   bo‘limiga   B.O.Toshmuhamedov
rahbarlik qilgan davr mobaynida (1985 y.) bo‘limga hujayra biofizikasi, molekulyar
biofizika,   membranalar   biofizikasi   laboratoriyalari   kirgan.   Keyinchalik   bu
laboratoriyalar O‘zR FA Fiziologiya va biofizika instituti tarkibida faoliyat ko‘rsatdi.
Institutda   olib   borilayotgan   ilmiy   tadqiqotlarning   asosiy   yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat: 9 - biologik   membranalarning   tuzilishi   va   funksiyalarini   fizik-
kimyoviy asoslari, ionlar va metabolitlar transportining molekulyar mexanizmlarini
(biofizika, biokimyo);
- qo‘zg‘aluvchan   membranalarning   ion   kanallari   va
neyroretseptorlarni (neyrofiziologiya), tabiiy va sintetik biologik faol moddalarning
ta’sirini (farmakologiya);
- organizm   turli   tizimlarining   tashqi   muhitdagi   ekstremal
omillarga   moslashish   mexanizmlari   va   gomeostazini   (fiziologiya,   ekologik
fiziologiya) o‘rganishdir.
Hujayra fiziologiyasi va neyrofiziologiya, biologik membranalardan  ionlar
transportini   molekulyar   mexanizmlari,   hujayra   faoliyatini   boshqarilishi   va
membrana   faol     birikmalarning   ta’sir   qilish   mexanizmlarini   o‘rganish   kabi
sohalardagi   tadqiqotlarning   rivojlanishiga   institut   jamoasi   tomonidan   katta   hissa
qo‘shildi. Institut xodimlari tomonidan   aksonal, pre- va postsinaptik ta’sirga ega,
turli   xil   ion   kanallariga   va   retseptorlarga   ta’sir   qiluvchi   yangi   neyrotoksinlar
aniqlandi.   Ushbu   neyrotoksinlar   yordamida     ba’zi   bir   ion   kanallari   va
neyroretseptorlar   tiplarining   strukturasi,   funksiyasi   va   boshqarilish   mexanizmlari
o‘rganildi.  
Fiziologik   faol   moddalar,   jumladan,   gormonlar,   yurak   glikozidlari   va
alkaloidlarni   biologik   membranalarda   ionlar   transportiga   ta’sir   qilish
mexanizmlarini   o‘rganildi.   Ba’zi   bakteriya   toksinlaridan   hosil   bo‘lgan   ion
kanallarining   strukturasi   va   faoliyati   qonuniyatlari   ochildi,   ionlar   transporti   va
oksidlanishli fosforlanishning hujayradagi tabiiy regulyatorlari topildi. 
Institut   xodimlari   odam   va   hayvonlarni   atrof-muhitning   ekstremal
omillariga   moslashuvining   asosiy   mexanizmlarining,   o‘sayotgan   organizmning
chidamliligining,   hujayra   faoliyatining   fiziologik   asoslarini   ochishga   katta   hissa
qo‘shdilar.   Bu   tadqiqotlar   natijasida   ba’zi   stress   omillari     organizm   funksional
tizimi   rivojlanishiga   ta’sir   qilishi   va   o‘z   navbatida   o‘sayotgan   organizmning
fiziologik   jarayonlarining   buzilishiga   olib   kelishi   aniqlandi.   Biologik membranalardan   ionlar   o‘tishining   molekulyar   mexanizmlari,   ularga   turli   xil
fiziologik moddalarning ta’siri va hujayra funksiyasining boshqaruv mexanizmlari
o‘rganildi.   Hujayrada   Ca 2+
  ioni   metabolizmi   va   uni   boshqaruv   roli   o‘rganildi.
Sun’iy   fosfolipid   membranalarda   mitoxondriya   kalsiy-o‘tkazuvchi   tizimi,   buyrak
apikal membranalaridan ajratib olingan natriy kanallari rekonstruksiya qilindi.
Hozirgi   vaqtda   institutda   nerv   va   yurak   qon-tomirlari   kasalliklarini
davolashda   farmakologik   vosita   sifatida   qo‘llanishi   mumkin   bo‘lgan   istiqbolli
bo‘lgan,   ion   kanallari   bilan   o‘zaro   ta’sirlashuvchi   yangi   tabiiy   birikmalarni
o‘rganish ustida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
Institut   olimlari   MDH,   Buyuk   Britaniya,   AQSH,   Yaponiya,   Belgiya,
Braziliya   va   boshqa   mamlakatlarning   yirik   ilmiy   markazlari   bilan   aloqa
o‘rnatishgan   va   fiziologiya   va   biofizikaning   turli   yo‘nalishlarida   hamkorlikda
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Akademik   B.O.Toshmuhamedov   «Biologicheskiye   membrani»   Xalqaro
jurnalining   redkollegiya   a’zosi,   molekulyar   fiziologiya   laboratoriyasining   mudiri,
b.f.d.   R.Z.Sobirov   Yaponiya   Milliy   Fiziologiya   instituti   Ilmiy   kengashi   a’zosi,
prof. P.B.Usmanov Xalqaro neyrofiziologiya jamiyatining mintaqaviy koordinatori
va «World Toxin review» Xalqaro jurnalining muharriyati a’zosidirlar. 
Xalqaro   ilmiy   jamoatchilik   tomonidan   institutda   olib   borilayotgan   ilmiy-
tadqiqotlar   tan   olindi   va   yuqori   baholandi.   Fundamental   tadqiqotlar   sohasida
erishgan   ulkan   yutuqlari   uchun   institutning   6   ta   ilmiy   xodimi   turli   xil   Davlat
mukofotlariga sazovor bo‘ldilar. Institut ilmiy-tadqiqotlari yuqori baholanib, 2002
yili   «International   arch   of   Europe»   Xalqaro   fondining   Oltin   medaliga   sazovor
bo‘lgan.
Institutning   faoliyati   davomida   200   dan   ortiq   fan   nomzodlari   va   55   dan
ortiq   fan   nomzodlari   fiziologiya   va   biofizika   sohalarida   himoya   qilib,
mutaxassislar yetishib chiqqan. 
So‘nggi   yillarda   O‘zbekistonda   olib   borilgan   biofizika   sohasidagi   ilmiy
tadqiqotlarning   asosiy   yo‘nalishlari:   biologik   membranalarning   tuzilishi   va
funksiyalarini   fizik-kimyoviy   asoslarini   o‘rganish   (B.O.Toshmuhamedov, 11 Z.U.Bekmuxametova,   M.M.Raximov,   M.U.To‘ychibayev,   E.M.Maxmudova),
ionlar   transportining   molekulyar   mexanizmlari   va   ion   kanallari   xususiyatlarini
o‘rganish   (O.V.Krasilnikov,   R.Z.Sobirov,   M.V.Zamarayeva),   qo‘zg‘aluvchan
membranalarning   ion   kanallari   va   neyroretseptorlarini   (P.B.Usmanov,
J.Kalikulov),   biologik faol moddalarning tuzilishi va ta’sir qilish mexanizmlarini
o‘rganish     (T.F.Aripov,   U.Z.Mirxo‘jayev,   B.X.Saloxutdinov,   B.T.Ibragimov)
bioenergetika   va   bog‘lovchi   membranalar   funksiyasini   o‘rganish   (A.I.Gagelgans,
M.X.Gaynutdinov,   M.I.Asrarov),   fotobiologik   jarayonlar     (YE.YE.Gussakovskiy,
I.G‘.Axmadjonov)   va   o‘simlik   membranalari   orqali     ionlar   tashilishini   o‘rganish
(A.Q.Qosimov, K.S.Safarov) kabilardan iborat bo‘ldi.
Hujayra   fiziologiyasi   va   neyrofiziologiya,   biologik   membranalar   orqali
ionlar tashilishining molekulyar mexanizmlari, hujayra faoliyatini boshqarilishi va
biologik   faol   birikmalar   ta’sir   qilish   mexanizmlari   kabi   sohalarda   tadqiqotlarning
rivojlanishiga   O‘zR   FA   FBI   jamoasi   tomonidan   katta   hissa   qo‘shildi.   Institut
xodimlari tomonidan  aksonal, presinaptik  va postsinaptik ta’sirga ega, turli xil ion
kanallariga   va   retseptorlarga   ta’sir   qiluvchi   yangi   neyrotoksinlar   ajratib   olindi   va
tuzilishi o‘rganildi.
Ushbu neyrotoksinlar yordamida ba’zi bir ion kanallari va neyroretseptor 
tiplarining strukturasi, funksiyasi va boshqarilish mexanizmlari o‘rganildi. ADABIYOTLAR
1.Ярмоне	нко С.П., Вайнсо	н А.А. Радиобиология человека 	
нживотных.
М., "Высшая школа", 2004.
2.
Remizov	.Tibbiy va biologik biofizika.	 Toshkent 	 Ibn Sino nashriyoti	
,2006.
3.
Yu.B. Kudryashov. Radiaщyunnaya 	bi	ofiz	ika ( ionnziruyush	ie 	
izlucheniya). Moskva, Fizmatlit.2004.
4. Ye	
. Ismoilov, N. Mamatqulov, G‘. Xodjaev, Q.Norboev, Biofizika 	
va radiobiologiya, Sano-standart nashriyoti, Toshkent-2018.
5.
 Radjabov A.I. Radiobiologiya, “Fan va texnologiya” Toshkent-
2018
6.
Umarova	F.T. Universitet.	 2003.

Biofizika fani haqida Reja. 1. Biofizikaning predmeti, vazifalari. 2. Biofizikaning bo‘limlari. Biofizikaning biologik fanlar orasida tutgan o‘rni va boshqa fan sohalari bilan aloqasi. 3. Biofizik tadqiqotlarning usullari. 4. O‘zbekistonda biofizik tadqiqotlarning rivojlanishi.

1. Biofizikaning predmeti va vazifalari. Biofizika yosh fanlardan bo‘lib, akademik Frank so‘zi bo‘yicha u “barcha biologiya fanlarining nazariy poydevori” dir. Tabiiy fanlarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, bilimlarning yangi sohalarining kelib chiqishi zamonamizning xarakterli xususiyatidir. Fizika va texnika fanlarining taraqqiyoti boshqa fanlar qatori biologiyaga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Fizikaviy uslublar va tahlillarni barcha tabiiy fanlarda, shu jumladan biologiyada ham keng miqyosda qo‘llanishi natijasida biologik tizimlarda kechadigan fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni va fizik omillarning ularga ta’sirini o‘rganuvchi biofizika fani rivojlandi va u hozirgi vaqtda fundamental biologik fanlarning biri bo‘lib hisoblanadi. Biofizika fani bu biologik tizimlarda kechadigan va ular faoliyati asosida yotuvchi fizikaviy hamda fizik- kimyoviy jarayonlarni tadqiq etuvchi fandir. Biofizika materiyaning harakati va o‘zaro aloqadorligi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan energiyaning xossalari, kuchlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar, kinetika, termodinamika hamda axborot qabul qilinishi va qayta ishlanishi nazariyalari haqidagi umumiy va xususiy qonuniyatlarni biologik tizimlarda fizika qonunlari asosida tadqiq etadi. Bunda biofizika tiriklikning eng murakkab, molekulyar darajada tuzilishi doirasida ham ish olib boradi. Murakkab biologik tizimlar, ularning dinamik holati, biologik tuzilmalardagi makromolekulalar konformatsiya tuzilishi va xossalari, tizimdagi jarayonlarning tartibga tushirilganlik holatlari kabi keng qamrovli bilimlar majmuasini tahlil qilish jarayonida biofizika ko‘pgina aniq fanlar tadqiqot usullaridan foydalaniladi. XX asrga kelib biofizikaning rivojlanishida fizika, kimyo, matematika fanlari erishgan yutuqlar asosida izotop atomlar yordamida tahlil, spektral va radiospektroskop tahlillar kabi uslublar yaratildi. Biofizika kimyoviy kinetika, energiya transformatsiyasi asosida termodinamikaning birinchi qonuni, biologik tizimlar dinamikasini o‘rganish asosida termodinamikaning ikkinchi qonuni kabi umumbiologik tushunchalarni tahlil qilishi bilan bir qatorda tirik tizimlarning molekulyar darajadagi struktura

tuzilishlari va ushbu tuzilish darajalarida boradigan jarayonlarni umumbiologik qonuniyatlar bilan uyg‘unligi kabi murakkab holatlarni ham o‘rganadi. Murakkab biologik tizimlar xususiyatlarini o‘rganishda matematik modellash usullari qo‘llaniladi. Biofizika umumiy holda biologik tizimlarda amalga oshuvchi jarayonlarni tartibga tushirish va boshqarish, biopolimerlarning fermentativ katalizi, biologik membranalar orqali moddalar tashilishi, qisqaruvchi tizimlar va quyosh energiyasining tirik tizimlarda bog‘lanishi kabi jarayonlarini biologiya sohasi doirasida fizika qonunlari asosida tushuntirib beradi. Murakkab biologik tizimlar kinetikasida matematik modellash va differensial tenglamalar asosida hujayralar o‘sish dinamikasi yoki ekologik tizimlarda populyatsiya soni o‘zgarishlarining dinamikasini o‘rganish biofizika fanining muxim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Murakkab biologik tizimlarda differensial tenglamalar yordamida asosan sifat tahlili tizimdagi barqaror holatlar mavjudligi va ularning soni, barqarorlik xususiyatining vaqt davomida ushlab turilishi, tizimda bir me’yoriy holatdan ikkinchisiga o‘tish imkoniyatlari, shuningdek avtotebranishli jarayonlar kabi holatlar ustida olib boriladi. Shuningdek, ushbu tizimda vaqt iyerarxiyasi o‘zgarishlari, biologik tizimda o‘z-o‘zini tashkil etishda (samoorganizatsiya) parametrlar o‘zgarishlari, tizimda bifurkatsiya nuqtasi orqali bog‘lanishlar xususiyatlari murakkab matematik usullar yordamida ko‘rib chiqiladi. Biologik tizimlar faoliyatidagi turli xil o‘zgarishlar tizimdagi makromolekulalar majmuasidagi konformatsiya o‘zgarishlari bilan bog‘liq hisoblanadi. Bunda harorat, muhitning pH-ko‘rsatkichi qiymati, moddalar konsentratsiyasining o‘zgarishlari kabi omillar ta’sirida tizimda barqaror me’yoriy holatdan bifurkatsiya nuqtasi orqali amalga oshuvchi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Biofizika fanining termodinamika bo‘limida qaytmas jarayonlarda entropiya tushunchasining mavjudligini hisobga olgan holda tizimda barqaror holatni yuzaga keltirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Molekulyar biofizika makromolekulalarning elektron-konformatsiya tuzilishi asosida faoliyat mexanizmlarini tadqiq etadi. Bunda makromolekula faoliyat dinamikasidagi o‘zgarishlar, energiya shakli o‘zgarishlari kabi tizim xususiyatlari o‘zgarishlarini keltirib chiqaruvchi mexanizmlar statistik usulda tadqiq etiladi. Fotobiologik jarayonlar biofizikasida biologik membranada energiya bog‘lash mexanizmlari molekulyar darajada ko‘rib chiqiladi. Umumiy holda biofizika biologik tizimlarning molekulyar darajadagi nazariy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan fan sohasi hisoblanadi. Ushbu asosda biologik tizimlarda amalga oshuvchi dinamik jarayonlarni mantiqiy xulosalarga tayangan holda boshqarish uslublarini ishlab chiqish imkoniyati yuzaga keladi. Murakkab biologik tizimlar biofizikasida jarayonlar kinetikasi aniq yo‘nalishda kechuvchi biokimyoviy o‘zgarishlar va biomembranalarda elektr potensialining hosil bo‘lishi va tarqalishi, biologik ritmlar, biomassa yoki turlarning ko‘payishi, organizmlar populyatsiyalari o‘rtasidagi aloqalar kabi jarayonlarning vaqt davomiyligiga bog‘liq o‘zgarishlarini o‘rganadi. Murakkab biologik tizimlarni umumiy holda biofizik jihatdan tadqiq qilish murakkab masala hisoblanadi. Chunki bu ko‘rinishdagi tizimlarda bir vaqtning o‘zida son jihatidan ko‘plab jarayonlar bosqichli tarzda amalga oshadi. Shu sababli ushbu jarayonlar to‘g‘risida xulosaga kelish uchun tizimda kechuvchi jarayonlar ma’lum bir ko‘rinishdagi qismlar yig‘indisidan iborat deb qaraladi va jarayonning alohida qismlarini tadqiq etish orqali umumiy jarayon dinamikasi baholanadi. Bunda shunga ham e’tibor berish lozimki, o‘rganilayotgan jarayon qismi umumiy jarayonning xususiyatlarini to‘liq aks ettira olishi kerak va shu bilan birga tadqiqotda qo‘llanilayotgan matematik modelning to‘g‘ri tanlanishiga ham bog‘liq. Bunda tirik tizimlarning iyerarxik xarakterga ega ekanligi, ya’ni ularda boruvchi jarayonlar o‘zaro bog‘liq, ammo alohida amalga oshuvchi jarayonlar yig‘indisidan iborat ekanligini hisobga olish muxim ahamiyatga ega. Shu asosda biologik tizimlarni dinamik jihatdan o‘rganish modellari ancha samarali

hisoblanib, natijada ushbu jarayonlarni ijobiy yo‘nalishda boshqarish imkoni tug‘iladi. Biofizikaviy tadqiqotlarning predmeti bo‘lib biopolimerlarning strukturasi va xossalari, tabiiy va sun’iy membranalar, ion kanallari, murakkab tuzilgan biologik tizimlar hisoblanadi. Biofizika o‘z ichiga alohida olingan makromolekulalarning tuzilishi va xossalarini o‘rganishdan tortib, biosfera darajasida kechadigan murakkab jarayonlarning mexanizmi va ichki dinamikasigacha bo‘lgan muammolarni qamrab oladi. Biologiyadagi ko‘p muammolarni tushunishda tabiatdagi qonuniyatlarning o‘zaro bog‘liqligini bilish, tirik organizmlarga va tizimlarga fizikaviy qonunlarning tatbiq etilishi yordam beradi. Biomolekulalar, membranalar va tirik tizimlar uchun xarakterli bo‘lgan fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarning mexanizmlarini, ularga tashqi fizik ta’sirotlarni o‘rganish biofizikaning asosiy vazifalaridan biridir. Biologik qonunlar, asosan, fizikaviy kimyo qonuniyatlariga asoslanadi. Biologiyaga ushbu qonuniyatlardan tashqari, qandaydir boshqacha kuchlar, maydonlar, maxsus energetik kuchlar va shu kabilar ta’sirida qaraydigan fikrlar hali ham mavjud. Masalan, turli xil ekstrasenslar, “bioenergetiklar” aniq fanni buzib, undan o‘z maqsadlarida foydalanadilar. Hozirgi zamon biofizikasi esa ro‘y berayotgan hodisalarni aniq qonuniyatlar va dalillar asosida o‘rganadi. Shuningdek, biofizika organizmlarda kechadigan qon aylanish, nafas olish, harakat, ko‘rish va eshitish kabi fiziologik jarayonlar mexanizmlarini o‘rganadi. Biofizika boshqa tabiiy fanlar bilan bevosita uzviy bog‘liq, masalan, fizika, biokimyo, anorganik va organik kimyo, kolloid kimyo, o‘simliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, tibbiyot va boshqa shu kabi fanlar erishgan yutuqlaridan foydalanadi va o‘z qonunlari va uslublari bilan ushbu fanlar o‘rganadigan jarayonlarni tushuntirib beradi. Biofizikaning rivojlanishi amaliy jihatdan turli xil kasalliklarga tashhis qo‘yish va davolash uchun elektrokardiografiya, rentgenografiya, qon bosimini o‘lchash asboblardan