logo

Biologiyada evolyusion nazariya va uning falsafiy muammolari Darvinizm ta’limoti

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.328125 KB
Biologiyada evolyusion nazariya va uning falsafiy muammolari
Darvinizm ta’limoti
1. Biologiyada evolyusion nazariya.
2. Darvinizm ta’limoti
3. Evolyusiyanining omillari va harakatlantiruvchi kuchlari 1 .  Biologiyada evolyusion nazariya  
Evolyusiya   (lot.   yevolyutio   -   avj   olish,   kengayish,   o’sish)
turli   ma’nolarda   ishlatiladi,   ko’p   hollarda   bu   so’zni
«tadrijiyot»   atamasi   bilan   ifodalab   «taraqqiyot»,
«rivojlanish» so’zlari bilan aynanlashtiradilar.
Adabiyotlarda   koinot   evolyusiyasi,   geologik   va   tirik   tabiat   evolyusiyasi
tushunchalari   ko’p   uchraydi,   ular   taxdil   qilinadi.   Bunda   evolyusiya   yoki
tadrijiy   taraqqiyot,   deb   yangi   modsiy   tizimlar,   strukturalar,   shakllar   va
turl.arni   vujudga   kelishi   bilan   yakunlanadigan,   tub   sifat   o’zgarishlarga   olib
keladigan   davomli,   bosqichma-bosqich,   asta-sekin   sodir   bo’ladigan
jarayonni   tushunadilar.   Ch.Darvin   ta’limotida   ishlatiladigan   evolyusiya
tushunchasiga shunday ma’no beradilar.
Shuni   aytish   kerakki,   barcha   o’simliklar   va   hayvonlarni   asta-sekin   va
to’xtovsiz o’zgarib borishi haqidagi g’oyalar Darvindan oldin ham aytilgan.
Shulardan eng qiziq g’oyani Lamark olg’a surgan.
Jan   Lamark   (1744-1829)   fransuz   tabiiyotshunosi   bo’lib,   u   o’zining
«Zoologiya   falsafasi»   asarida   (1809   y.)   birinchi   bo’lib   tirik   jonzotni
evolyusion   (tadrijiy)   taraqqiyoti   haqidagi   o’z   davrida   mukammal   bo’lgan
ta’limotni yaratdi. Fanga «biologiya» atamasini kiritdi. Oddiy organizmdan
tortib insongacha barcha  o’simlik va hayvonlarning shajara (silsila) daraxti
shaklida tasniflash (klassifikasiyalash-tirish) tamoyillarini ishlab chiqsi.
Lamark   o’z   zamonasi   tabiiyotshunoslik   ilmi   natijaparini   umumlashtirib
tashqi   muhitning   o’zgarishi   organizmlarda   yangi   xossalarning   paydo
bo’lishiga   olib   keladi   va   bu   xossalar   nasldan   -   naslga   o’tib   turadi   degan
qoidani   ilgari   suradi.   Olim   turlarning   doimiyligi   haqidagi   qarashlarga,
Kyuvyening halokatlar nazariyasiga e’tiroz bildirdi. Jorj Kyuvye (1769-1832) fransuz tabiiyotshunosi bo’lib, ' qiyosiy   
anatomiya   va   paleontologiyaning   (paleontologiya   -qazilma  o’simliklar  
va  hayvonlar   haqidagi  fan)  rivojiga katta hissa qo’shgan. Lekin turlarni 
o’zgarishini tan olmagan.
Uning   fikricha,   Yerda   vaqti   -   vaqti   bilan   halokatlar   sodir   bo’lgan,
nobud   bo’lgan   turlar   o’rniga   boshqalari   vujudga   kelgan.   Bu   fikrga
Lamark   qo’shilmadi.   Lamark   ilgari   surgan   g’oyaga   ko’ra,   tirik   jonzot
«flyuidlar» (lot.flyuidus ~ oquvchi:   XVIII asrda issiqlik, magayetizm va
elektr   hodisasiii   tushuntirish   uchun   ishlatilgan   atama   bo’lib,   nihoyatda
yupqa suyukdik degan farazli, ya’ni keyinchalik tasdiklanmagan ma’noni
anglatgan) yordami bilan notirik moddadan paydo   bo’ladi. Bunda, avval
eng oddiy shakllar tashkil topib, so’ngra   ulardan asta-sekin murakkabroq
shakllar   rivojlanadi.   Bu   jarayonni   u   gradasiya   (lot.fadatio   -   asta-sekin
ko’tarilish: bosqichma - bosqich o’tishdagi izchillik) deb atagan.
Lamark   muhitning   o’zgarishi   natijasida   har   doim   organizmlarda
foydali   o’zgarishlar   sodir   bo’ladi   deb;   keyinchalik   Darvinning   e’tirozini
tug’dirgan   taxminni   ilgari   surdi.   Olim   jonli   tabiatning   taraqqiyotiga
organizmlarning o’z tuzilishini takomillashtirishga intilishi sabab bo’ladi
deb hisoblagan.
Lamark   o’simliklarning   tashqi   muhitga   mosyaanishiga   ularning
o’zgargan   sharoitiga   qarab   maqsadga   muvofiq   ravishda   o’zgarishga
tug’ma   qobiliyatlari   borligi,   hayvonlarda   esa   badan'   a’zolarini   «mashq
qildirish   va   mashq   qildirmasligi»   sabab   bo’ladi   deb   aytgan.   Bu
keyinchalik   tasdiqdanmagan   farazlar,   g’oyalar   nimadan   dalolat   beradi?
Birinchi   navbatda,   evolyusion   taraqqiyot   qonuniyatlarini   ko’rsatadigan
empirik (tajribaviy, faktik) materiallarining kamligidan, shunga muvofiq,
puxta;   nazariya   ishlab   chiqilmagandan   darak   beradi.   Bu   kamchiliklarni
ingliz olimi Ch.Darvin bartaraf qilishga harakat qildi. 2.   Darvinshm   ta’limoti   Charlz   Robert   Darvin   (1809-1882)   ingliz
tabiatshunosi,   tirik   tabiat   tarixiy   taraqqiyoti   nazariyasining   asoschisi.
Uning evolyusion nazariyasini paydo bo’lishida ko’p shart -sharoitlar:
a) sosial - iqtisodiy:
- sanoatning jadal rivojlanishi;
- shaharlarning tez o’sishi; /
- qishloq xo’jaligini yuksaltirish;
- XXI   asr   boshlarida   Angliyada   o’simliklarning   yangi   navlarini,
hayvonlar zotlarini yetishtirishga doir seleksiya ishlarining jonlantirilishi;
b) ilmiy shart - sharoitlar:
- hayvonlar va o’simliklar sistematikasi (tasniflash)ni ishlab chiqilishi;
- biogeografiya,   paleontologiya,   solishtirma   anatomiya,   embiriologiya
va boshqa sohalarda yutuqlar, sabab bo’lgan.
Qator tabiiy fanlar, xususan:
- quyosh   tizimining   paydo   bo’lishini   isbotlagan   astronomiya   va
kosmologaya;
- cho’kindi   jinslarni   (jismlarning   izchillik   bilan   hosil   bo’lishini)   kashf
etgan geologiya:
- jonli   va   jonsiz   (tirik   va   notirik)   tabiatdagi   moddalar   tuzilishining
o’xshashligini anikdagan ximiya;
- barcha   jonzotlarni   bir   xujayradan   tashkil   topganini   asoslab   bergan
biologiya   fanlarida   erishilgan   yutuqdar   yerda   sodir   bo’layotgan   evolyusion
jarayonning  dalili  sifatida, Ch.Darvin faoliyat ko’rsatgan vaqtga kelib yetarli
nazariy va tajribaviy material bo’lib xizmat qiladi.
Darvin   o’z   kuzatishlariga   va   «Bigl»   kemasida   dunyo   bo’ylab   qilgan
sayohati   vaqtida   (1831-1837   y.)   to’plagan   juda   boy   materialga   asoslanib,
o’simlik va hayvon turlari o’zgaradi degan fikrga kelgan. U nihoyatda ko’p
tabiiy   (geologik,   biologik)   material   va   seleksiya   praktikasi   ma’lumotlarini analiz   qilib,   eng   katta,   fundamental   asari   bo’lgan   «Turlarning   kelib
chiqishi»da (1859) evolyusion nazariyani asoslab bergan.
Evolyusion   nazariyada   tirik   olam   rivojlanishining   asosiy   qonuniyatlari
talqin   qilindi.   Darvin   sayyoramizda   yashaydigan   va   yashash   sharoitiga
moslashgan nihoyatda xilma -xil turlar tabiatda doim yuz berib turadigan har
tomonlama   irsiy   o’zgarishlar   va   tabiiy   tanlanish   tufayli   hosip   bo’lganligini
ko’rsatdi. Organizmlarning jadal ko’payishiga qobiliyatliligi va bir vaqtning
o’zida   ko’p   bo’lmagan   individlarning   yashab   qolishi,   Darvinni   ular   orasida
yashash   uchun   kurash   boradi,   uning   natijasida   muayyan   muhit   sharoitiga
ko’proq   moslashganlari   yashab   qoladi,   moslashmaganlari   nobud   bo’ladi,
degan fikrga olib kelgan.
Tirik   mavjudot   tuzilishining   sekin   -   asta   murakkablashib,   takomillashib
borishini   olim   irsiy   o’zgaruvchanlik   va   tabiiy   tanlanish   natijasi   deb
hisoblagan.
Shunday   qilib,   evolyusion   nazariyaning   asosiy   tamoyillari
quyidagilardan iborat:
1. O’zgaruvchanlik,   ya’ni   doimo   turlarga   bo’linib
takomillashish    jonzotga,    tirik    tabiatga    oid    ajralmas
xossadir.
Tabiatda ikkita aynan organizmni uchratib bo’lmaydi. O’zgaruvchanlik
tufayli   bir   xil   organizmlar   noqulay   bo’lib   qolgan   sharoitga   ko’nikadi,
boshqalari nobud bo’ladi.
Darvin   ikki   xil   o’zgaruvchanlikni   farq   qilgan.   Birinchisi,   «individual»
yoki   «noaniq»   o’zgaruvanlik   deb   atalgan   va   nasldan   -   naslga   o’tadi.
Ikkinchisini   olim   «aniq»   (ma’lum)   yoki   «guruhiy»   o’zgaruvchanlik   deb
atagan.   Bu   .   o’zgaruvchanlik   tashqi   muhitning   ma’lum   omillari   ta’sirida
paydo bo’ladi. 2. Ikkinchi   tamoyilga   ko’ra,   barcha   organizmlar   geometrik
progressiyada   ko’payishga   moyilliklari   bor,   lekin   faqat   oz
mikdori   omon   qolib   voyaga   yetadi.   Mazqur   tamoyil   bilan
Darvin   tirik   tabiat   evolyusiyasining   ichki   ziddiyatini   ochib
bergan.
Ma’lumki,   ko’p   o’simliklar,   baliqlar   necha   ming,   millionlab   urug’
beradilar.   Bunday   sharoitda   tirik   qolish   uchun   kurash   ketadi.   Lekin
Darvinning   o’zi   ta’kidlaganidek,   «hayot   uchun   kurash»   iborasi   istiorali
ma’noga   ega   bo’lib,   bu   kurash   o’z   ichiga   organizmlar   orasida   bo’ladigan
hamkorlik   va   raqobat   munosabatlarini   ham   oladi.   Shu   bois   turlar   ichidagi
va turlar o’rtasida (turlararo) kurashni farkdaydilar.
3. Uchinchi    tamoyil    tabiiy    tanlanish    tamoyili   deb
ataladi.    Bu   tamoyil    orqali   tirik   organizmlarning   oz   ,
miqdorini      voyaga      yetishi      mumkinligi      tushuntirildi.,,
Darvinning fikricha,  tirik   tabiatda kuyidagi  qrnun   ama:^',.
qiladi:   kuchli  organizmlarning omon qolishi,  o’zgarishi  va
kuchayishi,   kuchsiz,   nimjon   organizmlarning  nobud   bo’lishi  ch
yo’li bilan tirik tabiat evolyusiyasi  sodir bo’ladi. Lekin
evolyusion  nazariyaning bytta ojiz joyi ham bor edi.  Bu^
narsaga   nazariyaning   muxoliflari   e’tibor   berishdi.   Agar
evolyusiya foydali o’zgarishlarni paydo bo’lishi va nasl orqali
berilish tufayli sodir bo’lsa,  unda hosil bo’lgan va juda
ozchilikni tashkil qilgan belgilar keyin qanday saqpanadi,
hatto kuchayadilar va tarqapib ketadilar?
Na   Darvin,   na   uni   muxoliflari   keyinchalik   genetika   kashf   etgan
qonuniyatlarni   bilishmas   edilar,   irsiyat   haqida   taxminiy   tasavvurlarga   ega
edilar.   Shu   sababli   Darvinga   kuyidagi   savollar   bilan   murojat   qilishdi:
foydali belgiga ega bo’lib qolgan zotlar (organizmlar) shunday belgiga ega bo’lmagan zotlar
bilan   chatishsalar,   bu   foydali   belgilar   keyingi   avlodga   aralashib   ketish
oqibatida   mikdor   va   sifat   jihatdan   kuchsizlanib   o’tmaydimi?   Aytaylik
lolaqizg’aldokdar   o’sgan   maydonda   bitta   oq   rangli   (sharoit   taqozo   etgan
foydali   irsiy   belgi   deb   faraz   qilaylik)   lolaqizg’aldoq   paydo   bo’ldi.   Lekin
ko’pchilikni   tashkil   qilgan   qizil   rangli   belgilarga   ega   bo’lgan   gullar   bilan
chatishish   jarayonida   va   ularning   ta’sirida   oq   rang   belgisi   yo’qolib
ketmaydimi?   Mazkur   e’tirozni   Ch.Darvin   asosli   deb   tan   oldi,   lekin
tushuntirib bera olmadi. Umrining oxirida olim evolyusion jarayonda tashqi
muhit   omillari   ta’sirida   sodir   bo’ladigan   yo’naltiruvchi   o’zgarishlarni   hal
qiluvchi rolini ta’kidlay boshladi. Bu esa Darvinni Lamark ta’limoti tomonga
o’tayotganini anglatar edi,
Shunday   bo’lsa-da,   Darvin   nazariyasining   ilmiy   va   falsafiy   ahamiyati
katta   bo’ldi.   Olim   tirik   tabiatni   o’rganishda   tabiiy   -   tarixiy   usulni   qo’lladi,
tirik   jonzot   evolyusiyasini   harakatlantiruvchi   kuchlarini   (irsiyat,
o’zgaruvchanlik   va   tabiiy   tanlanishni)   anikdadi.   Darvinizm   asosida
biologiyani barcha sohalarida qayta kurish yuz berdi.
2. Evolyusiyaning asosiy omillari va harakatlantiruvchi  kuchlari
XX   asrda   darvinizm   ta’limoti   bir   qator   yansh   g’oyalar   bilan   boyitildi.
Ayni   paytda   hozirgi   zamon   organik   (tirik   tabiat)   evolyusiya   nazariyasi
darvinizmdan farq qiladigan tushunchalar va tasavvurlarni ishlab chiqdi.
1.   Hozirgi   zamon   evolyusion   nazariya   evolyusiyani   boshlab   beradigan
dastlabki   elementar   (birlamchi)   strukturani   aniq   ajratib   berdi.   Shunday
struktura   ayrim   zot   yoki   tur   emas,   balki   populyasiyadir   (fransuzcha
populyasion - aholi ma’nosida). Populyasiya ma’lum makonni ishg’ol qilgan
va   bir   turga   taalluqli   bo’lgan,   o’zaro   bog’langan   zotlar   guruhidir.   Shu
ma’nodagi   populyasiya   evolyusion   jarayonning   elementar   birligi hisoblanadi.   Irsiy   o’zgarishlar   shu   populyasiyada   vujudga   keladi,
mustahkamlanadi   va   tarqaladi.   Bu   barqaror   irsiy   o’zgarish   populyasiyaning
genotipi (gen - tug’ilish, tug’ilgan, tip - birlik, turkum) deyiladi.
Genotip   -   barcha   genlarning   majmuasi   bo’lgan   organizm   irsiy
tuzilmasidir.   Shu   genotip   -   tuzilmada   paydo   bo’lgan   irsiy   o’zgarish
Darvinning  muxoliflari  o’ylaganlaridek  oz  -ozdan  yoyilib,  aralashib  ko’plik
ichida   yo’qolib   ketmas   ekan,   balki   populyasiyada   sakdanadi   va   tabiiy
tanlanish sinovidan
o’tadi.
2.   Yangi   nazariya   evolyusiyaning   harakatlantiruvchi   kuchlari   va
omillarini   kengroq   va   chuqurroq   tushuntiradi,   asosiy   va   asosiy   bo’lmagan
omillarni farqdaydi.
Ch. Darvin va uning izdoshlari evolyusiyaning asosiy  omillari deb irsiyat,
o’zgaruvchanlik   va   hayot   uchun   kurashni   tushunishgan.   Hozirga   vaqtda
bularga   bir   qator,   evolyusion   jarayonga   qatta   ta’sir   qo’rsatadigan   boshqa
qo’shimcha va asosiy bo’lmagan omillarni kiritmoqsalar.
Asosiy deb hisoblangan omillar ham hozir yangicha talqin qilinmoqsa.
Birinchi   asosiy   omil   irsiyat   qonunida   namoyon   bo’ladigan   mutasion
(lot.mutatio - o’zgarish) o’zgarishdir. Mutasiya organizmdagi irsiy axborotni
sakdaydigan   genetiq   strukturada   sodir   bo’ladigan,   shu   strukturada   barqaror
o’rinni oladigan favqulodda o’zgarishdir. Genetika ilmiga ko’ra ota -onadagi
irsiy o’zgarish darvinizm tanqidchilari aytganlarideq   qism  - qismga bo’linib
tarqalib ketmas ekan, balki Gregor Mendel (1822-1884) kashf etgan qonunga
ko’ra keyingi avlod geniga butunligicha beriladi.
Evolyusion   jarayonning   asosiy   qismini   tabiiy   yoki   sun’iy   ravishda   hosil
bo’ladigan   mutasiyalar   tashkil   qiladi.   Ularning   vujudga   kelishi   tasodif
jarayondir.   Lekin   tasodif   paydo   bo’lgan   mutasiya   zot   uchun   foydali   bo’lsa,
hayot uchun kurash olib borayotgan populyasiyada irsiyat mexanizmi orqali sakdanadi   va   demaq,   evolyusion   taraqqiyot   sodir   bo’ladi.   To’g’ri,   hamma
mutasiyalar   ham   foydali   bo’lavermaydi.   Populyasiyaning   mavjudligi
zidsiyatlarga boy hayotdir.
Ikkinchi   asosiy   omil   -   populyasiya   to’lqinlari,   obrazli   qilib   aytganda,
«hayot   to’lqinlaridir».   Populyasiya   to’lqinlari   populyasiyadaga   zotlar   sonini
o’rtacha   qiymatidan,   hamda   u   joylashgan   makondan   (arealdan)   miqsoriy
chetlashishni, ya’ni  fluqtuasiyasini belgalaydi.
Shu   narsa   aniqlanadiki,   na   kamchil,   na   ko’p   sonli   populyasiyalar
evolyusiya   va   jonzotlarning   yangi   shakllarini   paydo           bo’lishi           uchun
qulay           emas           ekan.           Ko’p           sonli   populyasiyalarda   yangi   irsiy
o’zgarishning   saqlanishi   qiyinroq   kechadi,   kamchil   populyasiyalarda   bu
o’zgarish turli tasodifiy jarayonlar ta’sirida bo’ladi. Demak, o’rtacha hajmga
ega   bo’lgan   populyasiyalarda   yangi   irsiy   o’zgarishlar   saqlanishining
imkoniyati ko’proqdir.
Evolyusiyaning   uchinchi   asosiy   omili   zotlar   guruhining   (populyasiyani
qismi)   ajralganligidir.   Tabiatda   geografik   sharoit   bunday   guruhni   ajratib
qo’yadi.   Zotlar   guruhi   shu   tabiiy   ajralgan   makonda   yashaydilar.   Demak,
genetik (irsiy) axborot tarqalib ketmaydi, irsiy o’zgarish barqaror saqlanadi.
Bunga   Ch.Darvin   ham   e’tibor   bergan   edi,   lekin   genetika   nuqtai   nazari
bo’yicha tushuntirib bera olmagan edi.
Qayd   etilgan   omillarga   boshqa   omillarni   ham   qo’shadilar.   Masalan,
avlodlar almashinuvining chastotasi (tezligi), mutasion jarayonlarning tezligi
va bovdqalar.
.   Eng   muhimi,   bu   omillar   alohida   olinganda   evolyusion   jarayonni
mexanizmi va harakatlantiruvchi kuchini tushuntirib bera olmaydi.
Asosiy   kuch   -   tabiiy   tanlanish   bo’lib,   u   populyasiya   va   atrof-muhit
o’rtasidagi   o’zaro   ta’sirning   natijasidir.   Muhit   tanlavd   imkoniyatini
chegaralaydi. Falsafa   tili   bilan   aytganda,   qarama   -   qarshi   moyilliklar   va   jarayonlar
kurashi,   bir   tomondan,   hayotni   saqlash   va   ko’payishiga   intilish,   ikkinchi
tomondan,   ko’payishni   cheklashga   qaratilgan   muhitning   ta’siri   evolyusion
jarayonning ichki, ziddiyatli mazmunini tashkil qiladi.
Shuni   aytish   kerakqi,   tabiiy   tanlanish   nafaqat   salbiy   (sharoitga
ko’nikmaganlarning   nobud   bo’lishi),   balki   ijobiy   hislatga   ham   egadir.
Tanlash   orqali   hayotning   eski   shakllari   bartaraf   etiladi,   yangilarining,   yana
ham mukammalroq shakllari yaratiladi.
Hozirgi   evolyusiya   nazariyasi   tabiiy   tanlanishning   ayrim   konkret
mexanizmlarini ochib beradi:
-   barqarorlashtirilgan   tanlashda   o’rtacha   normadan   chetg’a
chiqqanlar,   bartaraf   etiladi.   Bu   esa   yangi   shakllarning   vujudga   kelmasligini
bildiradi.   Nazariyaga   ko’ra,   bunday   tanlashning   roli   katta   emas,   chunki   u
zotlarni ko’nikib qolgan, hatto, eng qadimgi shakllarini saqlaydi.
- takomillashgan   turlarni   vujudga   keltiradigan   kichik   o’zgariissharni
ushlab oladigan tanlash yetakchi   (harakatlantiruvchi)   tanlash
shakli hisoblanadi.
- Muxit   keskin   o’zgarganda   tabiiy   tanlashni   bartaraf   etish   funksiyasi
ishga   tushadi,   o’rtacha   hajmga   ega   bo’lgan   guruxlar   noqulay   sharoitga
tushadi va nobud bo’ladi.
- Muvozanatlashgai   tanlash   murakkabroq   hislatga   ega,   bu   ko’nikkan
shakllarning mavjud bo’lishi va almashinuvidir.
Hozirgi   zamon   evolyusion   nazariyani   takomillashtirish   ishlari   davom
etmoqsa.

Biologiyada evolyusion nazariya va uning falsafiy muammolari Darvinizm ta’limoti 1. Biologiyada evolyusion nazariya. 2. Darvinizm ta’limoti 3. Evolyusiyanining omillari va harakatlantiruvchi kuchlari

1 . Biologiyada evolyusion nazariya Evolyusiya (lot. yevolyutio - avj olish, kengayish, o’sish) turli ma’nolarda ishlatiladi, ko’p hollarda bu so’zni «tadrijiyot» atamasi bilan ifodalab «taraqqiyot», «rivojlanish» so’zlari bilan aynanlashtiradilar. Adabiyotlarda koinot evolyusiyasi, geologik va tirik tabiat evolyusiyasi tushunchalari ko’p uchraydi, ular taxdil qilinadi. Bunda evolyusiya yoki tadrijiy taraqqiyot, deb yangi modsiy tizimlar, strukturalar, shakllar va turl.arni vujudga kelishi bilan yakunlanadigan, tub sifat o’zgarishlarga olib keladigan davomli, bosqichma-bosqich, asta-sekin sodir bo’ladigan jarayonni tushunadilar. Ch.Darvin ta’limotida ishlatiladigan evolyusiya tushunchasiga shunday ma’no beradilar. Shuni aytish kerakki, barcha o’simliklar va hayvonlarni asta-sekin va to’xtovsiz o’zgarib borishi haqidagi g’oyalar Darvindan oldin ham aytilgan. Shulardan eng qiziq g’oyani Lamark olg’a surgan. Jan Lamark (1744-1829) fransuz tabiiyotshunosi bo’lib, u o’zining «Zoologiya falsafasi» asarida (1809 y.) birinchi bo’lib tirik jonzotni evolyusion (tadrijiy) taraqqiyoti haqidagi o’z davrida mukammal bo’lgan ta’limotni yaratdi. Fanga «biologiya» atamasini kiritdi. Oddiy organizmdan tortib insongacha barcha o’simlik va hayvonlarning shajara (silsila) daraxti shaklida tasniflash (klassifikasiyalash-tirish) tamoyillarini ishlab chiqsi. Lamark o’z zamonasi tabiiyotshunoslik ilmi natijaparini umumlashtirib tashqi muhitning o’zgarishi organizmlarda yangi xossalarning paydo bo’lishiga olib keladi va bu xossalar nasldan - naslga o’tib turadi degan qoidani ilgari suradi. Olim turlarning doimiyligi haqidagi qarashlarga, Kyuvyening halokatlar nazariyasiga e’tiroz bildirdi.

Jorj Kyuvye (1769-1832) fransuz tabiiyotshunosi bo’lib, ' qiyosiy anatomiya va paleontologiyaning (paleontologiya -qazilma o’simliklar va hayvonlar haqidagi fan) rivojiga katta hissa qo’shgan. Lekin turlarni o’zgarishini tan olmagan. Uning fikricha, Yerda vaqti - vaqti bilan halokatlar sodir bo’lgan, nobud bo’lgan turlar o’rniga boshqalari vujudga kelgan. Bu fikrga Lamark qo’shilmadi. Lamark ilgari surgan g’oyaga ko’ra, tirik jonzot «flyuidlar» (lot.flyuidus ~ oquvchi: XVIII asrda issiqlik, magayetizm va elektr hodisasiii tushuntirish uchun ishlatilgan atama bo’lib, nihoyatda yupqa suyukdik degan farazli, ya’ni keyinchalik tasdiklanmagan ma’noni anglatgan) yordami bilan notirik moddadan paydo bo’ladi. Bunda, avval eng oddiy shakllar tashkil topib, so’ngra ulardan asta-sekin murakkabroq shakllar rivojlanadi. Bu jarayonni u gradasiya (lot.fadatio - asta-sekin ko’tarilish: bosqichma - bosqich o’tishdagi izchillik) deb atagan. Lamark muhitning o’zgarishi natijasida har doim organizmlarda foydali o’zgarishlar sodir bo’ladi deb; keyinchalik Darvinning e’tirozini tug’dirgan taxminni ilgari surdi. Olim jonli tabiatning taraqqiyotiga organizmlarning o’z tuzilishini takomillashtirishga intilishi sabab bo’ladi deb hisoblagan. Lamark o’simliklarning tashqi muhitga mosyaanishiga ularning o’zgargan sharoitiga qarab maqsadga muvofiq ravishda o’zgarishga tug’ma qobiliyatlari borligi, hayvonlarda esa badan' a’zolarini «mashq qildirish va mashq qildirmasligi» sabab bo’ladi deb aytgan. Bu keyinchalik tasdiqdanmagan farazlar, g’oyalar nimadan dalolat beradi? Birinchi navbatda, evolyusion taraqqiyot qonuniyatlarini ko’rsatadigan empirik (tajribaviy, faktik) materiallarining kamligidan, shunga muvofiq, puxta; nazariya ishlab chiqilmagandan darak beradi. Bu kamchiliklarni ingliz olimi Ch.Darvin bartaraf qilishga harakat qildi.

2. Darvinshm ta’limoti Charlz Robert Darvin (1809-1882) ingliz tabiatshunosi, tirik tabiat tarixiy taraqqiyoti nazariyasining asoschisi. Uning evolyusion nazariyasini paydo bo’lishida ko’p shart -sharoitlar: a) sosial - iqtisodiy: - sanoatning jadal rivojlanishi; - shaharlarning tez o’sishi; / - qishloq xo’jaligini yuksaltirish; - XXI asr boshlarida Angliyada o’simliklarning yangi navlarini, hayvonlar zotlarini yetishtirishga doir seleksiya ishlarining jonlantirilishi; b) ilmiy shart - sharoitlar: - hayvonlar va o’simliklar sistematikasi (tasniflash)ni ishlab chiqilishi; - biogeografiya, paleontologiya, solishtirma anatomiya, embiriologiya va boshqa sohalarda yutuqlar, sabab bo’lgan. Qator tabiiy fanlar, xususan: - quyosh tizimining paydo bo’lishini isbotlagan astronomiya va kosmologaya; - cho’kindi jinslarni (jismlarning izchillik bilan hosil bo’lishini) kashf etgan geologiya: - jonli va jonsiz (tirik va notirik) tabiatdagi moddalar tuzilishining o’xshashligini anikdagan ximiya; - barcha jonzotlarni bir xujayradan tashkil topganini asoslab bergan biologiya fanlarida erishilgan yutuqdar yerda sodir bo’layotgan evolyusion jarayonning dalili sifatida, Ch.Darvin faoliyat ko’rsatgan vaqtga kelib yetarli nazariy va tajribaviy material bo’lib xizmat qiladi. Darvin o’z kuzatishlariga va «Bigl» kemasida dunyo bo’ylab qilgan sayohati vaqtida (1831-1837 y.) to’plagan juda boy materialga asoslanib, o’simlik va hayvon turlari o’zgaradi degan fikrga kelgan. U nihoyatda ko’p tabiiy (geologik, biologik) material va seleksiya praktikasi ma’lumotlarini

analiz qilib, eng katta, fundamental asari bo’lgan «Turlarning kelib chiqishi»da (1859) evolyusion nazariyani asoslab bergan. Evolyusion nazariyada tirik olam rivojlanishining asosiy qonuniyatlari talqin qilindi. Darvin sayyoramizda yashaydigan va yashash sharoitiga moslashgan nihoyatda xilma -xil turlar tabiatda doim yuz berib turadigan har tomonlama irsiy o’zgarishlar va tabiiy tanlanish tufayli hosip bo’lganligini ko’rsatdi. Organizmlarning jadal ko’payishiga qobiliyatliligi va bir vaqtning o’zida ko’p bo’lmagan individlarning yashab qolishi, Darvinni ular orasida yashash uchun kurash boradi, uning natijasida muayyan muhit sharoitiga ko’proq moslashganlari yashab qoladi, moslashmaganlari nobud bo’ladi, degan fikrga olib kelgan. Tirik mavjudot tuzilishining sekin - asta murakkablashib, takomillashib borishini olim irsiy o’zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasi deb hisoblagan. Shunday qilib, evolyusion nazariyaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. O’zgaruvchanlik, ya’ni doimo turlarga bo’linib takomillashish jonzotga, tirik tabiatga oid ajralmas xossadir. Tabiatda ikkita aynan organizmni uchratib bo’lmaydi. O’zgaruvchanlik tufayli bir xil organizmlar noqulay bo’lib qolgan sharoitga ko’nikadi, boshqalari nobud bo’ladi. Darvin ikki xil o’zgaruvchanlikni farq qilgan. Birinchisi, «individual» yoki «noaniq» o’zgaruvanlik deb atalgan va nasldan - naslga o’tadi. Ikkinchisini olim «aniq» (ma’lum) yoki «guruhiy» o’zgaruvchanlik deb atagan. Bu . o’zgaruvchanlik tashqi muhitning ma’lum omillari ta’sirida paydo bo’ladi.