Boshlang`ich sinflarda ona tili fanining DTS va dasturi. Eski va yangi tahrirdagi DTS tahlili (1 – 4-sinflar)
Boshlang` ich sinfl arda ona t ili fanining DTS v a dast uri. Eski va yangi tahrirdagi DTS tahlili (1 – 4-sinflar) Reja: 1. Boshlang’ich sinflarda ona tili fanining DTS talablari va o’quv dasturi 2. Ona tili dasturining tuzilishi va mazmuni. 3. Ona tili o’qitishning lingvistik asoslari. 4. Eski va yangi tahrirdagi DTS tahlili.
Boshlang’ich sinfl arda ona t ili fanining DTS t alablari v a o’quv dast uri. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti ( DTS ) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. Davlat ta’lim standartining maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: 1) o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan
nut qiy k ompet ensiy a (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish, ya’ni A1- o’quvchi berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna olishi; matnni tushunib o‘qiy olishi; og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila olishi; 65-70 so‘zdan iborat diktantni yoza olishi; xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata olishi, xatboshi va husnixatga amal qilishi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila olishi; do‘sti, ota- onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza olishi. A1+ sodda matnning asosiy mazmunini tushunishi va tushuntira olishi; matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy olishi; 70-75 so‘zdan iborat diktantni yoza olishi; 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza olishi) ni rivojlantirish; 2) o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; 3) ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid, ya’ni A1 - ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay olishi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila olishi; mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olishi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olishii. A1+so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira olishii; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay olishi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay olishi)larni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Boshlang‘ich ta’limda ona tili o’qitish – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish. 2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap >matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
"Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ona t ili dast urining t uzilishi v a mazmuni. Ona tili (1-4-sinf) dasturining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: I. Nutq va gap. II. Ona tilining fonetik tizimi : 1) nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil); 2) bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil: bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar); III. So‘z tarkibi : asos va qo‘shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), asoslarda tovush o‘zgarishi, asos va qo‘shimchalar imlosi;