Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati
Mvzu: Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati Reja 1.“Tarbiya” tushunchasining mohiyati. 2. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari. 3. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. 4.Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi. 5. Komil inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash – bosh ijtimoiy maqsad. 6.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Tayanch so'zlar: Tarbiya, tarbiyaning maqsadi, tarbiya jarayoni, shaxs tarbiyasi, pedagogik qarashlar, xulq-odob qoidalari. “Tarbiya” tushunchasining mohiyati. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo xalokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» . Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo’yilgan maqsad va vazifalar bilan bog’liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalari: jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash; madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash; ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish. Tarbiya jarayoni - bu shaxsda muayyan ruhiy, aqlim, jismoniy, axloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Shuningdek u insonning jamiyatda qanday o'rin egallashi, kim bo'lishi, insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyatlardir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlovchi qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga ya'ni kelajak avlodga o'tadi. Tarbiya haqida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy shunday deb yozadi: ,,Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyaning ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma Ya'ni tarbiyani kerakli joyda va kerakli insonlarga berish haqida aytib o'tilgan. Ko'pchiligimiz o'ylaymizki, tarbiya faqatgina
o'qituvchilar tomonidan, uyda esa ota onalar tomonidan o'rgatiladigan jarayon. Lekin aslida tarbiya- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tartib topdirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tartib topdirishda yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Bunda nafaqat otaonaning va o'qituvchilarning balki jamiyatning o'rni ham beqiyosdir. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Bugungi kunda mamlakatimizda tarbiya jarayonlarini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish uchun ko'plab chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Uni rivojlantirishda birinchi qadam ta'lim muassasalari va oliy ta'lim yurtlari hisoblanadi. Shu sababli umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma'naviyatni yanada chuqur singdirish va ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi va unda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ,,Odobnoma", ,,Vatan tuyg'usi" , ,,Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" hamda ,,Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirgan holda yagona ,,Tarbiya" fani 1-9-sinflarda 2020/2021 o'quv yilidan, 10-11-sinflarda esa 2021/2022 o'quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilmoqda. Tarbiya ma'lum bir muddat ichida o'rganib va o'rgatib bo'linadigan jarayon emas. Shuning uchun bu jarayon bolalarni maktabda ketishi bilanoq boshlanadi va uni tamomlagunicha va undan keyin ham davom etadi. Shuningdek, bu jarayon-o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etuvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiyaning asosiy vazifasini tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiluvchi jarayon sifatida qaraladi. Har bir tushunchani ikki tomonlama ya'ni keng va tor ma'noda tushunish mumkin. Uni keng ma'noda, tarbiya shaxsga jamiyatning ta'sir etishga, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya
ijtimoiylashtirish bilan uyg'unlashadi. Tor ma'nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilar maxsus tashkil etilgan faoliyatoni tushunish mumkin. Tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari jamiyat a'zolarining maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojini qondirish uchun shart- sharoit yaratish. Shuningdek, bobolarimiz aytishganidek ta'limni tarbiyadan tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi,shuning uchun ular uzviy bog'liq. Buyuk faylasuf va mutaffakkir Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Hayyom aytganidek: ,,Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilan bo'ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tashriba bilan bo'ladi". Shu sababli yoshlarga tarbiya berishdan va biror nimani o'rgatishdan avval o'zimiz ham o'sha narsani qilib o'rnak bo'la oladigan darajada bo'lishimiz kerak. Tarbiya–muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham o’stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi. U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o’quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o’quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o’zini o’zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o’z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo’lib qoladi.Tarbiyani samarali yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama- qarshiliklar vujudga keladi. Faoliyat jarayonida hosil bo’lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o’qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin, sport, badiiy xavaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga