logo

Bozor iqtisodyotning avzalliklari va kamchiliklari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

181.828125 KB
Mavzu: Bozor iqtisodyotning avzalliklari va kamchiliklari
REJA: 
 
 
KIRISH 
 
1. BOZOR TUSHUNCHASI VA BOZORNNG VAZIFALARI  
2. BOZORNING IQTISODIY MAQSADLARI VA VAZIFALARI. 
 
3. BOZORNING TURLARI VA SHAKLLARI 
                                                    KIRISH
                        Bozor   mexanizmi   davlat   tomonidan   tartibga   solishsiz
ishlay   olmaydi.   Davlatning   tartibga   solishsiz   normal   bozorning
bo‘lishi   mumkin   emas.   Bu   davlatning     xo‘jalik   yurituvchi
subyektlarning   faoliyatiga   bozor   mexanizmining   ishlashi   uchun
normal   sharoitlar   ta’minlash,   iqtisodiy   va   ijtimoiy   muammolarni
hal   qilish   maqsadida   ta’siridir.   Iqtisodiyotning   davlat   tomonidan
tartibga   solinishi   o‘z   ichiga   turli:   byudjet-soliq,   pul-kredit,
ma’muriy   shakllarni   oladi.   Ma’muriy   tartibga   solish,   masalan,
majburan   kartellashtirish,   korxonalarni   ochish   uchun   ruxsat   olish
va hokazo kabi choralar yordamida amalga oshiriladi. Byudjetsoliq
shaklida   tartibga   solish   byudjetining   daromad   va   xarajat
qismlarini   tenglashtirishni   ko‘zda   tutadi.   Tanqislik   bilan
moliyalashtirish inflyatsiya jarayonlarini kichraytiradi, ularga turtki
va   zamin   bo‘ladi.   Shuning   uchun   davlat   byudjetni
muvozanatlashtirishga   intiladilar,   pul-kredit   shaklida   tartibga
solish   foiz   stavkalarini   o‘zgartirishni,   «ochiq   bozor»dagi   amallar
(operatsiyalar)ni,   majburiy   bank   zaxiralarining   me’yorlarini
o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. 
Xo‘jalik   yuritishning   bozor   tizimiga   xos   bo‘lgan   rag‘batlar   va
tamoyillarning   samaradorligini   ijobiy   baholagan   holda   unga   xos
bo‘lgan  salbiy  tomonlarni ham inkor  etib  bo‘lmaydi,  ular iqtisodni
nomo‘’tadil   rivojlanishi   tendensiyalari   (inflyatsiya,   ishsizlik,   o‘sish
sur’atlarining   pasayishi),   daromadlarning   taqsimlanishidagi
tengsizlikning   kuchayishiga   olib   keluvchi   tendensiyalarni   yuzaga
keltiruvchi,   ijtimoiy   ne’matlar   ishlab   chiqarish   va   xizmatlar
ko‘rsatish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   sohalarni   rivojlantirish
imkoniyatlarini   cheklovchi   bozor   qonunlarining   amal   qilishning
oqibatlaridir. 
Shuning   uchun   hozirgi   zamon   bozor   tizimi   uchun   iqtisodiy
rivojlanishga   davlatning   aralashishi   zarurdir.   Buning   miqyosi   va
shakllari har bir mamlakatda turlicha variantlardadir. Ammo bozor
iqtisodiyotida   davlatning   iqtisodiy   vazifalarini   kengaytirish   uchun
obyektiv   chegaralar   mavjuddir.   Bozor   mexanizmining
harakatlarini   to‘g‘rilab,   uning   salbiy   tomonlarini   yumshatib   turar
ekan   davlat   bozor   narxlarini   shakllantirishning  asoslarini   va  erkin
raqobatni buzilmasligi kerak. 
 
 
 
 
 
     BOZOR TUSHUNCHASI VA BOZORNING VAZIFALARI  
 
Zamonaviy bozor xo‘jaligi 
Ishlab   chiqarish   va   xo‘jalik   yuritishning   ijtimoiy   shakllarining   rivojlanishi
tadriji   (evolyutsiyasi)   asosida   butun   jamiyatning   va   alohida   olingan   har   bir
individning   talab   va   ehtiyojlarini   qondirishga   yo‘naltirilgan   ijtimoiylashtirilgan
tovar   ishlab   chiqarishning   faoliyat   yuritishi   bo‘lgan   Zamonaviy   bozor   tizimining
vujudga kelishiga olib keldi. 
Bozor   xo‘jaligi   –   iqtisodiyotni   tashkil   qilishning   tovar   ishlab   chiqarishga
asoslangan,   ishlab   chiqarish   va   iste’mol   o‘rtasidagi   o‘zaro   harakatini   Bozor
vositasida ta’minlovchi ijtimoiy shaklidir. 
Bozor  – tovar va pul muomalalarining o‘zaro qat’iy harakatlari asosida vujudga
keluvchi Iqtisodiy munosabatlarning tizimidir. 
Bozorning klassik modeli  quyidagi xususiyatlar bilan ta’minlanadi: 
• nima   ishlab   chiqarish,   nimaga   va   qanday   sotishni   o‘zlari   mustaqil
tovar ishlab chiquvchilarning ko‘pligi; 
• kimdan   mahsulot   sotib   olishni   o‘zlari   mustaqil   hal   qiluvchi   mustaqil
iste’molchilarning ko‘pligi; 
• qiymat bo‘yicha zamonaviy almashinuv; 
• talab va taklif asosida narxlarning stixiyali belgilanishi; 
• qayta   ishlab   chiqarish   jarayonlarining   stixiyali   ravishda   tartibga
solinishi; 
• erkin raqobat, kapitalning «erkin qayta qo‘yilishi». 
Hozirgi   zamon   sharoitlarida   bozor   o‘zini-o‘zi   tartibga   solishdan   tartibga
solinuvchiga   aylanadi,   bu   esa   bozor   xo‘jaligining   subyekt-obyekt   tuzilmasining
murakkablashishiga olib keladi. 
Bozor   xo‘jaligining   subyekt-obyekt   tuzilmasi,   bu   -   bozor   subyektlari
o‘rtasidagi   munosabatlar   tizimi   bo‘lib,   ularning   maqsadlarini,   turli   tomonlarga
yo‘naltirilib,   yo‘l-yo‘lakay   muqobil   kelishiluvchi   iqtisodiy   manfaatlarini,   bozor
aloqalarining Turli-tuman obyektlari harakatlanishining holati hamda tashkil qilish
shakllari va o‘zaro bog‘liq harakatlarini aks ettiradi. 
Bozor xo‘jaligini subyekti. 
Uy-xo‘jaligi  – bu bir yoki bir necha kishilik tarkibidagi iqtisodiy birlikdir.  U: 
- inson   kapitalining   ishlab   chiqarilishi   va   qayta   ishlab   chiqarilishini
ta’minlaydi; 
- o‘zi mustaqil qaror qabul qiladi; 
- ishlab chiqarish omillaridan qaysi biriga egalik qiladi; 
- o‘z talab va ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi.  Korxona  –
shunday iqtisodiy birlikki, u:  
• ishlab chiqarish omillarini sotish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish
uchun ishlatadi; 
• maksimal foyda olishga intiladi; 
• o‘zi mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.  Bank  – bozorning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan pul massasining
harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasidir. 
Davlat   –   huquqiy,   siyosiy   hokimiyatni   zarur   hollarda   ijtimoiy   aloqalarga
erishish   uchun   bozor   subyektlari   ustidan   nazoratni   ta’minlovchi   hukumat
muassasalari timsolida taqdim etiladi. 
Bozor   munosabatlari   tizimida   «ishlab   chiqaruvchi   –iste’molchi»   aloqasi
asosiylaridan   biri   hisoblanadi.   Bozor   xo‘jaligi   subyektlarining   o‘zaro
harakatining umumiy modeli: 
 
Bozor xo‘jalik obyektlari:  tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarish omillari 
(mehnat, yer, ishlab chiqarish vositalari), pul, kapital, qimmatbaho qog‘ozlar, 
davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va subsidiyalar, ijtimoiy to‘lovlar va 
preferentsiyalardir. 
Bozor tuzilmasining tasnifi: 
 
Bozor obyektlarining i
  qtisodiy  Tovarlar va xizmatlar bozori; ishlab chiqarish 
vositalari bozori; mehnat bozori; nazi   yalari  investitsiyalar  bozori;  moliya 
bozori;    qimmatbaho qog‘ozlar bozori 
 
 
 
Bozor iqtisodiyotining infratuzilmasi   – bu alohida bozorlar doirasida harakat
qiluvchi   va   uning   normal   ishlashini   ta’minlash   uchun   ma’lum   bir   vazifalarni
bajaruvchi, o‘zaro bog‘liq institutlarining yig‘indisidir. 
 
 
 
 
 
  B a nk    
Uy   x o
‘ j a li k gi     Davlat  
Korxona     
  Ma h alliy bozor: mi nt a q a v iy bozor;  j a h o n  
bozori  Jog
‘ rofiy holati bo
‘ yicha  
Monopolistik bozor; oli ga polik bozor; 
e rkin bozor  Raqobatning   c heklanganligi 
darajasi bo
‘ yicha  
Avtomobi l   bo z o r i, komp yu t er   bo z o r i  
Tarmoqlar bo
‘ yicha  
 
Ul g u rji   bozor , cha k an a   bozor  Sotishning holati bo
‘ yicha    
 
Bozorning afzalliklari: 
• resurslarning samarali taqsimlanishi; 
• moslanuvchanlik,   o‘zgaruvchi   sharoitlarga   yuqori   darajada
moslashish; 
• ishlab   chiqaruvchilar   va   iste’molchilarning   tanlash   va   harakat
erkinliklari; 
• ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini maksimal darajada ishlatish; 
• xilma-xil   talablarni   qondirish,   tovarlar   va   xizmatlar   sifatini   oshirish
salohiyati. 
Bozorning salbiy tomonlari: 
• qayta tiklanmaydigan resurslarning saqlanishiga yordam bermaydi; 
• qabul   qilinayotgan   qarorlarning   potensial   salbiy   oqibatlarini
ko‘pchilik holatlarda hisobga olmaydi, inkor etadi; 
• tovarlar   ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko‘rsatish   uchun   rag‘batlar
yaratilmaydi; 
• to‘liq   bandlikni   va   narxlarning   mo‘‘tadil   darajada   bo‘lishini
kafolatlamaydi; 
• fandagi tadqiqotlarning ta’sirchan asoslanishini ta’minlamaydi; 
• tegishli   rezession   va   inflyatsiya   jarayonlari   bilan   birga   rivojlanishi
nomo‘’tadil bo‘ladi. 
Bozor   mexanizmi   –   bu   resurslarni   shakllantirish   va   taqsimlash   mexanizmi,
sotuvchilar   va   xaridorlarning   narxlar   sifatini   ishlab   chiqarish   hajmi   hamda   uning
tuzilmasini belgilash bo‘yicha o‘zaro harakatlari, hamkorliklari mexanizmidir. 
Bozor   mexanizmi   murakkab   tizim   bo‘lib,   u   subyektlardan   (sotuvchilar,
xaridorlar   vositachilar,   davlat   va   mahalliy   hokimiyat   organlari   huquqni   himoya
qilish   idoralari);   obyektlar   (tovarlar   va   resurs   bozorining   turli   xillari,   kapitalning
qimmatbaho   qog‘ozlar,   bilimlar,   texnologiyalar,   yer,   uy-joylar   bozori)dan
subyektlar   o‘rtasidagi   aloqalar   (korporatsiya,   raqobat)dan,   narx   mexanizmi,
narxlarni   shakllantirish   mexanizmi   va   iqtisodiy   resurslarni   taqsimlash)dan,
iste’molchilar,   ishlab   chiqaruvchilar,   davlat   qabul   qilayotgan   qarorlar   haqidagi  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 Bozor infratuzilmasi  Tovar   birjalari ,  ulgurji   va   chakana   savdo  
korxonalari ;  auk z ion   ( ki m   o ch di   savdolarini 
o
‘ tka z uvchi   ta sh kilot ) lar ,  yarmarkalar ,  vositachi  
f i rmalar .  
 
Banklar, sug
‘ urta kompaniyalari, 
jamg
‘ armalari, birjalar i  
Mehnat birjalari   To va  xizmatlarning varlar 
ishlab  ch i q arish 
vo s italarining bozori  
 
Bozor  : pullik ;  
- jam g
‘ armali  
- in v esti ts i ya li  
Mehnat bozori  
Axborot markazlari, yuridik idoralar, r e klama ag en tlari, auditorlik  f irmalari   axborotdan, kelishilgan qarorlarni qabul qilish vositalari (muzokaralar, kontraktlar,
sotsiologik tadqiqotlar)dan iborat bo‘ladi. 
Bozor   mexanizmining   masalasi,   o‘zi   sotuvchilar   (ishlab   chiqaruvchilar)   va
xaridorlar   (iste’molchilar)   o‘rtasidagi   munosabatlardir.   Aynan   ular   tovarlarning
savdo-xarid jarayonini amalga oshiradilar. Bunda ular bu ishni bevosita bir-birlari
bilan   o‘tkazishlari   yoki   bilvosita,   uchinchi   shaxslar   (vositachilar)   orqali   amalga
oshirishlari mumkin. Bu halqacha ishlab chiqaruvchidan to pirovard xaridorgacha
qancha   uzaytirilishidan   qat’i   nazar,   u   bozor   mexanizmining   o‘zini   bekor   qila
olmaydi. Aksincha, bu ish uni ancha murakkabroq, chalkashroq, tovarning narxini
esa ancha balandroq qiladi. Biroq bu jarayonda so‘nggi qarorni, hal qiluvchi so‘zni
Ishlab  chiqaruvchi   va  iste’molchi  qabul  qiladi  va  aytadi.  Agar  ularga  vositachilar
bilan   savdo-xarid   bo‘yicha   oldindan   kelishib   olinib,   tegishli   shartnoma,   kontrakt
tuzib   olishlari   mumkin.   Shartnoma   bo‘yicha   sotuvchi   kelishilgan   tovarni
belgilangan   muddatda   jo‘natish,   xaridor   esa   uning   uchun   oldindan   belgilangan
narxda haq to‘lab sotib olish majburiyatlarini olishadi. 
Bozorning Iqtisodiy maqsadlari va vazifalari. 
Bozor   –   ijtimoiy   ishlab   chiqarishni   shunday   tashkil   qilishini,   unda   tovarlarni
ishlab chiqaruvchilar xaridorlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib   nimani   qachon va
qaysi miqdorda hamda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, bu tovarlarni  qanday qilib
ishlab   chiqarish   (qaysi   resurslardan   va   qaysi   texnologiyalar   yordamida),   kim
uchun ,   iste’molchi   kimligidan   qat’iy   nazar,   tovar   shaxsiy   iste’mol   uchunmi   yoki
daromad olish uchun ishlab chiqarilishini o‘zlari hal qiladilar. 
Bozorning ishi deyilganda bozorning majburiyati, vazifasi, roli nazarda tutiladi. 
Bozorning bu majburiyatlari jamiyatning iqtisodiy maqsadlaridan kelib chiqadi.  Bu
maqsadlar  quyidagilardan tashkil topadi: 
• iqtisodiy   o‘sishni   ta’minlash,   har   bir   odamning   talablarini   katta
miqdor   va   hajmdagi,   sifatli   tovarlar   ishlab   chiqarish   hamda   xizmat   ko‘rsatish
vositasida qoldirish; 
• iqtisodiyotning   samaradorligi   yoki   mavjud   resurslardan   minimal
xarajatlar qilib, maksimal samara (foyda) olish; 
• xo‘jalik  subyektlari:  ishlab  chiqaruvchilar, tadbirkorlar,  xodimlarning
iqtisodiy   erkinligi   va   ishlashni   xohlovchi   va   bunga   qobillarning   hammasini
to‘liq bandligi; 
• narxlar   va   baholar,   ularning   umumiy   darajasini   sezilarli   darajada
ko‘tarilmagan   yoki   tushirilmagan,   ya’ni   inflyatsiyasiz   va   defetsitsiz   optimal
darajasi; 
• jamiyatning   ishlovchi   va   ishlamovchi   a’zolari   (ishlashga   qobiliyati
yo‘q, kasal, qariyalar) o‘rtasida daromadlarning adolatli taqsimlanishidir. 
Bozorning   normal   ishlashi   va   jamiyat   uning   oldiga   qo‘ygan   iqtisodiy
maqsadlarni   real   amalga   oshirish   uchun   bir   qator   shart-sharoitlarni   ta’minlash
zarur.  Bular: 
1. Bozor,   tovar-bozor   munosabatlari   faqat   xususiylashtirilgan   mulk
asosidagina,   tovar   ishlab   chiqaruvchi,   ishlab   chiqarish   vositalarining   egasi bo‘lib, o‘z mehnati natijalarini erkin tasarruf eta olgandagina amalga oshirilishi
mumkin. 
2. Ijtimoiy   ishlab   chiqarishda   barcha   ishtirokchilarning   ishlab   chiqarish
va tijorat sohalarida erkinligi zarurdir. 
3. Qat’iy va avtoriter valyutaning mavjud bo‘lishi. 
4. Kredit   va   moliya   munosabatlarining   aniq   yo‘lga   qo‘yilgan   va   ishlab
turgan tizimi. 
5. Ishlab   chiqaruvchilar   va   boshqaruv   xodimlarining   bozor
munosabatlariga tashkiliy ravishda va ishonchli qo‘shilib ketish mahorati. 
Bozor iqtisodiyotida narxning vazifasi. 
Bozor iqtisodiyotida narxlar quyidagi vazifalarni bajarishadi: 
 
 
Taqsimlash   vazifasi   –   eng   muhimdir.   U   shundan   iboratki,   narxlar   tovarlarning
sotuvchilar   va   xaridorlar   o‘rtasidagi   taqsimlanishiga   ta’sir   qiladi.   Uy-joy   uchun
ijara   haqining   baland   bo‘lishi   uylarda   yashovchilarni   kambag‘allashtirsa,   uy
egalarini   boyitadi,   shuning   uchun   narxlarning   bu   vazifasi   turli   xildagi   tartibga
soluvchi mezonlarning ta’siriga eng ko‘p tushishiga ajablanarli xol emas. 
Narxlar iqtisodiyotda boshqa vazifani ham bajaradilar. Narxlar iste’mol talabini
mo‘l-ko‘l   bo‘lgan   tovarlarga   yo‘naltirib,   uni   o‘ta   tanqiq   tovarlardan   uzoqlashtirib
turadilar. Agar, aytaylik, yoqilg‘ining bir turining zaxiralari tugayotgan, shu bilan
bir   vaqtda   mahsulotning   ikkinchi   turi   hali   keragidan   ortiqcha   bo‘lsa,   ikkinchisiga
qaraganda birinchisining narxining oshishini kutish lozim bo‘ladi. Bu firmalarni va
yakka   tartibdagi   iste’molchilarni   yetishmayotgan   yoqilg‘i   turidagi   zaxirasi   yetarli
bo‘lgan   yoqilg‘iga   o‘tishiga   majbur   qiladi.   Yirik   firmalar   o‘z   uskunalarini   qayta
qurib   oladilar,   yangidan   qurilgan   uylarning   isitish   tizimi   arzon   yoqilg‘ini
ishlatishga mo‘ljallantiriladi. 
Narxlar   taqsimlash   vazifasini   bajara   borar   ekanlar,   resurslardan   samarali
foydalanishga erishish imkonini beradilar, tanqis resurslarini ularga eng katta talab
mavjud bo‘lgan soha va tarmoqlarga yo‘naltiradilar. 
Tanqis   resurslar   qimmatlashganida,   bozorda   ulardan   eng   katta   foyda   hisobiga
ishlata oladiganlargina qolishadi. 
Tanqis   xom   ashyo,   materialning   o‘rniga   uning   o‘rnini   bosuvchi   arzonrog‘ini
ishlata olish imkoniga ega bo‘lgan katta firmalar va ayrim shaxslar (individlar) bu
materiallarni   ishlatishga   tanqis   resursning   narxi   haddan   tashqari   baland   bo‘lib
ketganda   o‘tadilar.   Yoqilg‘ining   boshqa   turlarini   ishlatish   imkoniga   ega
bo‘lmaganlar   esa   narxlarning   qanchalik   o‘sganligiga   qaramay   o‘sha,   eski
yoqilg‘idan foydalanishni davom ettiraveradilar.   
  Xaridorlar  va  sotuvchilarnin g   h ara j at 
q ili sh lari uc hun ax b orot  Mo
‘ ljallatuvchi  
Ishlab  chi q arishning  eng  tejamk o r 
usullariga  v a talabni  oq il o na b o
‘ lishiga 
yor d am bera d i  Rag
‘ batlantiruvchi  
Taqsimlovchi   Bozor   iqtisodi yo ti   qatnashchilari  o
‘ rtasida  
fo y dani   taqsi m la y di   Ba’zida   narxlarning   oshishi   butun   jamiyatga   foydali   bo‘lishi   ham   mumkin.
Agar, masalan, mamlakatga tabiiy gazning yetmay qolishi xavf solib turgan bo‘lsa,
uning   narxini   ko‘tarish   zarur,   bu   potensial   iqtisodiy   zararni   kamaytirish   imkonini
beradi   deb   hisoblaydilar.   Albatta,   bir   qator   hollarda   narxlarning   o‘sishiga   yo‘l
qo‘ymaslik maqsadga muvofiqdir. 
Narxlarni tartibga solish. 
Ma’lumki, rivojlangan bozor iqtisodiyotida ishlab chiqaruvchi o‘z faoliyatining
maqsadga   muvofiq   yo‘nalishlari   haqidagi   hamma   axborotni   tovarlar,   xizmatlar,
resurslarga   bo‘lgan   narxlarning   tizimi   orqali   oladi.   Bunga   «marketing»   deb   nom
olgan   Bozor   strategiyasi   va   davlatning   tegishli   ravishda   mo‘ljallantirilgan
harakatlari   yordam   beradi.   Davlat   o‘z   zimmasiga   pul   muomalasini   to‘g‘ri   tashkil
qilish,   bozorning   iqtisodiyotining   salbiy   samaralari   uchun   tavon   to‘lash,   bunday
natijalarni   bartaraf   etish   yoki   ularga   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun   ma’suliyatni   o‘z
zimmasiga oladi.  
Bozor xo‘jaligida aniq korxona yoki firma mahsulotni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining   hisob-kitobiga   shu   mahsulotning   bozordagi   raqobat   natijasida
qo‘yiladigan   narxi   qarama-qarshi   turadi.   Ularning   keyingisi   sotuvchi   va   xaridor
o‘rtasidagi   erishilgan   kelishuv   (kompromiss)   bo‘lgan   talab   va   taklifning
nisbatining  narxda aks ettirilishiga olib keladi. 
Shunday   tarzda   hosil   bo‘ladigan   mexanizmning   amal   qilishi   ancha
takomillashgan:   jamiyatning   talablari   zaruriy   izchillik   bilan   qondiriladi.   Shunga
qaramay   ta’rifi   keltirilgan   mexanizm   ayrim   kamchiliklarga   ham   ega,   ulardan   eng
muhimi   vaqti-vaqti   bilan   tovarlarni   ortiqcha   ishlab   chiqarishining   vujudga
kelishidir.   Umuman   olganda,   albatta,   bozor   mexanizmining   imkoniyatlari
cheklangan   emas.   U   hamma   talablarni   emas,   balki   so‘rov   orqali   ifodalangan
talablarnigina   qondirish   imkonini   beradi.   Bunda,   eng   avvalo,   jamoaviy
foydalaniladigan tovarlar va xizmatlar yoki yana «ijtimoiy jamoaviy» tovarlar deb
ataluvchi   –   milliy   mudofaa,   davlat   boshqaruvi   yagona   energetika   tizimi,   jamoat
tartibini saqlash va boshqalar tushib qoladi. So‘ngra, bozor tizimi insonga munosib
hayot,   ishlashni   xohlovchi   va   bunga   qobil   bo‘lganlarga   mehnat   qilish   huquqini
ta’minlovchi  farovonlikni ma’lum standartlarda amalga oshirishni  kafolatlamaydi.
Yirik   investitsiya   loyihalarini   amalga   oshirishda,   tarixiy   va   milliy   omillar   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   mintaqaviy   muammolarni   hal   qilishda   bozor   mexanizmi   hamma
vaqt ham samarali bo‘lavermaydi. 
Shunisi   ham   ravshanki,   bozor   ijobiy   natija   bera   olmaydigan   joyda   davlatning
aralashishi talab qilinadi. 
Hozirgi   zamon   iqtisodiyotidagi   narxlar   tizimi   juda   murakkab,   lekin
detallashtirilishdan qochilsa, unining asosiy uchta turini keltirish mumkin. 
  Narxlarning turlari 
 
 
 
  Davlat   Shartnom aviy    Jahon    
Bozor   iqtisodiyoti   davrida   davlat   narxlari   belgilanishi   mumkin   bo‘lgan
mahsulotlar. 
 
 
Monopolist   Bazavi|y   (ushbu   Ijtimoiy   ahamiyatga     korzonalarning
mamlakat   uchun)   ega   bo‘lgan     mahsulotlari   mahsulot   mahsulot    
Davlat narxlari tizimi ikki elementdan iborat 
 
 
 
  Hukumat   tomonidan
qyiladigan at’iy belgilab
chegaqora‘--  
hisobga   olub-chi  
qilingan narslar  Tartibga   solinuvchi   narxlar,   bozor
kon’yunkturasining   o‘zgarishi.
(Narxning   eng   katta   chegarasi
darajasini yoki  uning qayd qilingan
darajasidan chekinishni belgilash) 
 
 
 
Shartnomaviy   narxlar   –   bu   sotuvchi   va   xaridorning   kelishuvi   bilan
belgilanadi,   ya’ni   faqat   ushbu   tovarga   bo‘lgan   talab   va   taklifni   hisobga   oluvchi
narxlardir.   Shartnomaviy   narxlarning   solishtirma   og‘irligi   ushbu   mamlakat
iqtisodiyotining, «bozoriylashganlik» darajasini belgilab boradi. 
Jahon baholari  mintaqaning o‘ziga xosligini, sharoitlarini va tijorat bitishuvlari
vaqtini aks ettirib, xalqaro savdoda qo‘llaniladi. Shuning uchun jahon narxlarining
hisob-kitobi eng yirik eksport-import amallari bazasida (asosida) o‘tkaziladi. 
Narxlar   darajasi   –   mamlakatda   ishlab   chiqarilgan   va   ko‘rsatilgan   xizmatlar
uchun to‘langan narxlarning o‘rtacha (bosiq) kattaligidir. 
Narxlarning   darajasi   indeks   shaklida   ifodalanadi.   Indeks   esa   mazkur   davrdagi
tovar   va   xizmatlarning   ma’lum   to‘plami   narxlar   yig‘indisining   bazis   davridagi
aynan   shu   (yoki   o‘xshash)   guruh   tovarlari   va   xizmatlar   narxlarining   yig‘indisi
o‘rtasidagi nisbati  sifatida ta’riflanadi. 
Narxlarning   darajasini   o‘lchash   zarurati   bu   ko‘rsatkichning   dinamikasi
(inflyatsiya   jarayonlari)ning   muhimligi   bilan   izohlanadi.   Bundan   tashqari,   ishlab
chiqarishning   turli   yillardagi   qiymat   hajmi   (YaMM)ni   solishtirish   faqat   pul
birligini   mo‘’tadilligi   saqlangan   hollardagina   mumkin   bo‘ladi.   Bu   esa   amalda
erkinlikni   juda   qiyin   bo‘lgan   natijadir.   YaMM   ning   dinamikasini   narxlar
o‘zgarishining ta’siridan soqit qilishga aynan narxlarning indeksi yordam beradi. 
BOZORNING TURLARI VA SHAKLLARI 
 
Bozorning eng eski shakli –  an’anaviy bozor  – bu sotuvchilar va xaridorlar 
bitishuvlarni   amalga   oshiruvchi   joydir.   Bizning   ko‘pchilik   shaharlarimizda
oldisotdi amalga oshiriladigan maydonlar va binolar haligacha mavjuddir.  Biroq   hozirgi   dunyoda   bozor   juda   ko‘p   shakllarga   ega.   Bozorni   xaridorlar   va
sotuvchilarga bitishuvlarni baholarni belgilash va almashinuvni o‘tkazish mumkin
bo‘lgan   tarzda   tuzish   imkonini   beruvchi   har   qanday   tuzilma   sifatida   ta’riflash
afzalroqdir. 
Oldingi vaqtlarda ko‘pchilik bozorlar mahalliy bo‘lgan. Odamlar asosan 
o‘zlarini-o‘zlari ta’minlaganlar, boshqalardan esa juda kam narsa sotib olganlar. 
Bugungi kunda  ichki  (milliy, bir davlat doirasidagi) va  tashqi   bozorni  farqlash
kerak bo‘ladi. 
Transport va aloqaning takomillashuvi, shuningdek, reklamadan foydalanish bir
tomondan,   jahon   iqtisodiyotining   ayrim   mamlakatlarda   ishlab   chiqarilayotgan
tovarlarga   o‘sib   borayotgan   talab   ikkinchi   tomondan,   ko‘plab   tovarlar   uchun
baynalmilal bozorlarning tuzilishiga olib keldi. 
Hozirgi   zamon   iqtisodiy   tizimda   jahon   bozorlari   shakllangan.   Turli
mamlakatlarning etakchi Ishlab chiqaruvchilarining nomlari butun dunyoga yaxshi
ma’lum.   Kauchuk,   neft,   bug‘doy,   qand,   kofe   va   choy   kabi   xom-ashyolar   ko‘p
yillardan buyon aynan shu bozorlarda sotilmoqda. 
Ishlab   chiqarishning   –   nima   Ishlab   chiqarish   kerak?   Qanday   ishlab   chiqarish
kerak? Kim uchun ishlab chiqarish kerak? kabi asosiy muammolari talab va taklif
mexanizmi orqali hal qilinadi. 
Ishlab chiqarilgan yoki taklif etilayotgan tovarning har bir turi boshqa 
bozorlardan ishlab chiqarish omillari bilan farqlanuvchi o‘z bozorida sotiladi. 
Ishlab chiqarish omillari bo‘yicha  quyidagilarni ajratish qabul qilingan: 
• Mehnat   bozori   (bozor   munosabatlari   sharoitida   ish   kuchi   tovarga   aylanadi).   
Er bozori (agar er tovar hisoblangan taqdirda).   Pul kapitali bozori. 
• Ko‘chmas mulk bozori. 
• Xom ashyo bozori va hokazolar. 
Ishlab   chiqaruvchilar   soni   o‘rtasidagi   nisbat   va   ular   orasidagi   raqobatning
mavjumligi   va   iste’molchilarning   soniga   bog‘liq   ravishda   bozorlarning   quyidagi
modellarini farq qiladilar: 
1. Polipoliya   (takomillashgan   raqobat)   –   bir   xil   tovarning   o‘ziga
sotuvchi   va   xaridorlar   sonining   kattaligi.   Qaysidir   sotuvchining   tovarga
qo‘ygan narxdagi o‘zgarishlari boshqa sotuvchilar orasida emas, faqat xaridorlar
o‘rtasidagina tegishli javob (reaksiya)ni vujudga keltiradi. 
Muhim   o‘ziga   xos   tomonlari .   Bozor   har   kim   uchun   ochiq.   Bozorda   hamma
harakatlar   ochiq   ravshan   amalga   oshiriladi,   amallarni   bajarish   jarayoni   hech
kimdan   sir   tutilmaydi.   Narx   -berilgan   kattalik   bo‘lib,   har   bir   sotuvchi   va   xaridor
mahsulotning   narxi,   miqdori,   xarajatlar   va   bozordagi   talab   haqida   to‘liq   va
haqqoniy axborotga ega bo‘ladilar. 
Biroq   real   mavjud   bo‘lgan   bozorlarning   birortasi   sanab   o‘tilgan   xususiyatlar
bilan   ajralib   turmaydi.   Shuning   uchun   takomillashgan   raqobat   sxemasi   asosan
nazariy   ahamiyatga   ega.   Shundoq   bo‘lsa-da,   u   o‘ziga   qaraganda   ancha   realroq
bo‘lgan   bozorlar   tuzilmasini   tushunish   uchun   kalitdir.   Uning   qiymati,   ahamiyati
ham aynan shundadir.  2. Monopoliya   – bitta sotuvchi ko‘p xaridorlarga qarshi tursa-da, bunda
shu sotuvchining o‘zi mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisidir. 
Muhim   o‘ziga   xos   xususiyatlari :   monopolist   bozor   hokimiyatga   ega   bo‘ladi,
narxlarni,   bozorga   mahsulot   yetkazib   berilishini   nazorat   qiladi.   Bozorga   kirish
yo‘lida   monopolist   tomonidan   raqobatchilar   uchun   kelib   chiqishi   tabiiy   yoki
notabiiy bo‘lgan to‘siqlar qo‘yiladi. 
3. Oligopoliya   –   nisbatan   uncha   katta   miqdorda   (o‘n   nafar   atrofida)
bo‘lmagan sotuvchilar tovarlar va xizmatlar bozorida hukmronlik qiladilar. 
Muhim   o‘ziga   xos   xususiyatlari :   sotuvchilarning   unchalik   ko‘p   emasligi
ularning   narxlarni   belgilash,   bozorlarni   bo‘lish   va   taqsimlashda   monopolistik
kelishuvlar   olishlariga   qo‘l   keladi.   Oligopoliyalar   turdosh   bo‘lganidek
differensiyalangan tovarlarni ham ishlab chiqarish mumkin. Turdoshlik xom ashyo
va   ruda,   neft,   po‘lat,   sement   va   hokazolarni   yarim   fabrikatlari   bozorida,
differensiyalash iste’mol tovarlari bozorida ko‘proq uchraydi. 
Shuni  ta’kidlash kerakki, taqdim etilgan modellardan birortasi iqtisodiyotda sof
holda   uchramaydi.   Ammo   uchalasi   har   biri   o‘z   darajasida,   zamonaviy   bozorlarga
xosdirlar. 
Bozorni   tashkil   qilish   shakllari   bo‘yicha   mustaqil   asosni   belgilovchi   va   rol
o‘ynovchi   xo‘jalik   yuritish   jihatdan   mustaqil   tashkilotlarni   ko‘rsatish   lozimdir.
Bularga: 
1. Birjalar   – umumiy bozorni segmentlari sifatida ochiq oldi-sotdi yo‘li
bilan   talab   va   taklifni   muvozanatlashtirish.   Tovarlar   va   xom-ashyo   resurslari
bozorini tartibga solish, unifikatsiyalash (bir xillashtirish), bozorni rivojlantirish
va iqtisodiy indikatorlar (bozorlarda turli Iqtisodiy ko‘rsatkich va hokazolarning
ko‘tarilishi   yoki   pasayishi)   funksiyalarini   rag‘batlantirish   vazifalarini
bajaradilar. 
2. Auksionlar   –   (lotincha   auctio   –   ommaviy   savdodan)   –   individual
faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlarga va qiymatga ega bo‘lgan tovarlarni
sotish demakdir.   Sotuvchi eng katta foyda olish uchun savdoda qatnashayotgan
xaridorlarning raqobatidan foydalanadi. 
3. Ko‘rgazmalar   –   reklama   faoliyatini   yo‘lga   qo‘yish   potentsial
iste’molchilarga   yangi   mahsulot   uni   qo‘llash   sohalari   va   sotib   olish
imkoniyatlari   haqida   axborot   berish,   ishlab   chiqaruvchilar   o‘rtasida   xo‘jalik
aloqalarini   oqilona   yo‘lga   qo‘yishga   yordam   beruvchi   tijorat   axborotini
almashish uchun o‘tkaziladi. 
4. Yarmarkalar   –   ma’lum   bir   davr   oralig‘ida,   vositachilar,   tashkilotlar
vakillari   ishtirokida,   manfaatdor   aniq   sotuvchilar   va   xaridorlarning   bu   yerda
taqdim   etilgan   tovarlarga   kontraktlar   va   bitishuvlar   tuzishlari   uchun
o‘tkaziladigan tadbirlardan iboratdir. 
 
Narx va bozor 
Baho va qiymat nima?  
  Iqtisodda, «qiymat», aynan almashinuvdagi  qiymat so‘zi  alohida ma’noga ega.
Boshqacha   qilib   aytganda,   narsa,   buyumning   qiymati   uni   almashtirish   mumkin
bo‘lgan predmetlar orqali ifodalanadi. 
Pulda   ifodalangan   baho   (narx)   almashish   qiymatining   o‘lchovidir.   U   ushbu
buyum boshqalarga nisbatan qancha turishini ko‘rsatadi. 
Biz sotib oladigan ko‘pchilik tovarlarning narxini  bozor omillari,  ya’ni talab va
taklif   belgilaydi.   Taklif   –   bu   odamlarning   tovarlarni   sotishga   chiqarishga
tayyorgarligi   va   imkoniyati,   talab   esa   –   bu   odamlarning   ushbu   tovarlarni
sotib olishga tayyorligi va imkoniyatlari. 
Talab. 
Iqtisodiyotda   «talab»   so‘zi   tovar   yoki   xizmatni   xarid   qilish,   qo‘lga   kiritish
istagi,  shuningdek,   ular  uchun   haq  to‘lashga  tayyorgarlik  va  imkoniyat  ma’nosini
bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, tovar yoki xizmatning taklifi faqat ularga talab
bo‘lgan paytdagina mavjud bo‘ladi. 
Talab   –   bu   mahsulotning   iste’molchilar   ma’lum   bir   narxlarda,   vaqtning
ma’lum bir davrida sotib olishga tayyor bo‘lgan miqdoridir. 
Narx   va   xaridorlar   miqdori   o‘rtasida   bog‘liqlik   borligini   payqash   qiyin   emas,
ya’ni   tovarning   narxi   qancha   past   bo‘lsa,   u   shuncha   ko‘p   miqdorda   sotib   olinishi
mumkin.   Bu   bog‘liqlikni   iqtisodiyot   nazariyasida   talab   qonuni   deb   ataydilar.
Tajriba uncha katta bo‘lmagan istisnolardan tashqari hollarda talabning hajmi narx
pasayganda   oshishini   ko‘rsatmoqda.   Odatda,   bu   «talab   qonuni»   sifatida   bunday
shakllanadi:   boshqa   sharoitlar   bir   xil   bo‘lganida   past   narxlarda   talab   hajmi
yuqori narxlardagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. 
«Boshqa sharoitlar teng, bir xil bo‘lganda» – bu qoidaning muhim qismidir. Biz
bir   qadar   ishonch   bilan   tovarning   narxi   tushganida   unga   bo‘lgan   talab   ko‘proq
bo‘ladi, deb ta’riflashimiz mumkin, lekin biz bunda boshqa omillarning o‘zgarmay
qolishiga   yo‘l   qo‘ygan   holdagina   yuqoridagi   fikrni   tasdiqlashimiz   mumkin.   Agar
tovarning   narxi   tushib   boraversa,   iste’molchilarning   daromadlari,   ularning   didlari
yoki   boshqa   tovarlarning   narxlari   ham   o‘zgarib   borsa,   narxi   pasaytirishning
oqibatlari nimaga olib kelishini oldindan aytish qiyin bo‘lib qoladi.  Talab qiyshiq
chizig‘ining shakli. 
Talabning   qiyshiq   chizig‘i   –   nuqtalari   xaridor   ma’lum   vaqt   davomida
tovarlarning   turlicha   miqdorini   qaysi   narxlarda   sotib   olishlari   mumkinligini
ko‘rsatuvchi qiyshiq chiziqdir. 
Nimaga talabning qiyshiq chizig‘i pastga chapdan o‘ngga qarab yo‘naltirilgan?
Nima   uchun   odamlar   tovarlarni   uning   narxi   tushganida   ko‘proq   oladilar   va   nega
bahosi oshganida kamroq xarid qiladilar? Talabning qiyshiq chizig‘i nega bunday
shaklga   ega   ekanligini   bir   nechta   izohi   bor.   Biz   narxning   o‘zgarishining   ikkita
natijasi bilan bog‘liq bo‘lgan oddiy izohni ko‘rib chiqamiz. 
Agar ushbu tovarning narxi tushayotgan bo‘lsa, iste’molchilarning daromadlari
va   boshqa   tovarlarning   baholari   esa   o‘zgarmay   qolayotgan   bo‘lsa,   unda
iste’molchilarning turmush darajasi ko‘tariladi: demak, endi ushbu tovarni boshqa
tovarlar   hisobiga   emas,   aynan   uning   narxi   pasaygani   sababli   ko‘proq   sotib   olish
mumkin.  Biz qaysidir buyumni sotib olayotganimizda ularning qaysi birini tanlashimizga
to‘g‘ri keladi, chunki ko‘pchilik tovarlarning ularga yaqin bo‘lgan, ularning o‘rnini
bosa   oladigan   o‘zaro   raqobatlashadigan   tovarlar   bor.   Shuning   uchun,   tovarning
narxi pasayganida, uning o‘rnini bosuvchi tovar narxlari bilan solishtirganda, ancha
jozibador   ko‘rinadi.   Mazkur   tovarga   talab   hajmi   iste’molchilar   bu   tovarlarning
o‘rnini   bosuvchilarning   narxlari   nisbatan   qimmat   bo‘lib   qolgani   uchun   o‘rin
bosuvchi tovarlarni olmay qo‘yganliklari sababli oshib ketadi. 
Tovar narxining ko‘tarilishi teskari natijalarga olib keladi.  Taklif.
Taklifning hajmi (kattaligi) tovarning mavjud zaxirasi haqida dalolat bermaydi:
bunda   sotishga   taklif   qilinishi   mumkin   bo‘lgan   tovarning   miqdori   nazarda
tutiladi.  
Taklif   ma’lum   bir   narx   bo‘yicha,   ma’lum   bir   vaqt   davomida   sotish   uchun
taqdim etiladigan tovarning miqdori sifatida ta’riflanadi. 
Narx   va   taqdim   qilinayotgan   mahsulotning   miqdori   o‘rtasida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘lanish   bor,   ya’ni   tovarning   narxi   qanchalik   past   bo‘lsa,   u   shuncha   ko‘p
miqdorda ishlab chiqariladi va sotishga taklif qilinadi va aksincha. 
Sotishga   chiqarilgan   tovarning   miqdori   xaridor   to‘lashga   tayyor   bo‘lgan
narxlarga bog‘liqdir. Fermerlar  bozor  narxlarini  past  deb hisoblaganlarida, ba’zan
ular   sabzavot,   mevalarni   bozorda   sotmasdan   yerga   ko‘mib   tashlaydilar.   Bunday
hollarda ishlab chiqarilgan sabzavot  va mevalar taklifning bir qismi bo‘lmaydilar,
chunki ular sotishga taqdim etilmagan bo‘ladilar. 
Iqtisodiyotning   yana   bitta   qonuni   bunday   deydi:   baholar   yuqori   bo‘lganda
taklifning   hajmi   (kattaligi)   narxlar   past   bo‘lgandagiga   qaraganda   kattaroq
bo‘ladi. 
  a) taklifning qiyshiq chizig‘i  (b) taklif 
shkalasi 
haftadagi 
takliflar hajmi 
36 
32 
27 
20 
13 
5 
  0 
10               20               30                 40   Taklifning
qiyshiq chizig‘i. 
Taklifning   qiyshiq   chizig‘i   –   sotuvchilar   turli   narsalar   va   ma’lum   vaqt   ichida
sotishga   taklif   qiladigan   tovarlar   va  xizmatlarning   miqdorini   ko‘rsatuvchi   qiyshiq
chiziqdir. 
Taklifning   qiyshiq   chizig‘ini   shakli   firmalarning   maksimal   darajada   foyda
olishga intilishlari bilan aniqlanadi. Bunday talqin (izoh) taklifning qiyshiq chizig‘i
nima   uchun   chetdan   o‘nga   qarab   tepaga   yo‘naltirilganligi,   ya’ni   nima   uchun
firmalar   ko‘proq   mahsulotlarni   yuqoriroq   narxlarda   taklif   qilishga   tayyor
ekanliklarini tushunishga yordam beradi. 
Agar ushbu tovarga talab oshsa, u ancha kam topiladigan bo‘ladi va uning narxi
ham ko‘tariladi. Taklifning hajmi (kattaligi) oshadi, chunki o‘sib borayotgan foyda  
 
 
 
 
  6  
5  
4  
 3
 2
 1 S  ( a )   narx  
fun tl ar   b)nar x  
( funtlar )  
6  
5  
4  
3  
2  
1   ishlab   chiqarishning   o‘sishini   rag‘batlantiradi.   Ancha   baland   bo‘lgan   narxlar   va
foyda bu tarmoqqa boshqa firmalarni ham jalb etadi. 
Talab   pasayganda   tovarning   narxi   tushadi,   bu   esa   bozorda   mavjud   bo‘lgan
narxda   bunday   tovarlar   keragidan   ortiqcha   miqdorda   borligini   bildiradi.   Narxlar
pasayganda   ishlab   chiqarish   kamroq   foyda   keltiradigan   bo‘lib   qoladi,   shuning
uchun   firma   bu   tovarni   chiqarishni   qisqartiradi   va   bu   mahsulotni   taklif   qilish
kamayadi. Narxning tushishi  shunga olib kelishi  mumkinki, kamroq samara bilan
ishlayotgan firmalar bu tarmoqdan ketishga majbur bo‘lishadi. 
Bozor narxi (muvozanat bahosi). 
Agar biz talab va taklifning qiyshiq chiziqlarini bitta diagrammaga yig‘sak, ular
bozor   narxi   yoki   muvozanat   bahosini   ifodalovchi   bitta   nuqtadagina   kesishishini
ko‘ramiz.   Demak,   shu   narxdagina   talabning   kapitali   taklifning   kattaligiga   teng
bo‘ladi. 
Muvozanat yoki bozor narxi asta-sekin o‘rnatiladi. Agar oldi-sotdi bozor bahosi
emas,   boshqa   narxlarda   tovarning   ortiqchaligi   yoki   yetishmasligi   ro‘y   beradi,   bu
esa   narxlarning   o‘zgarishiga   olib   keladi   va   bu   narxlar   muvozanat   darajasida
to‘xtamagunicha davom etaveradi. 
 
 
 
 
 
 
Бозор   иқтисодиёти  
АФЗАЛЛИГИ    
  Ҳусусий   мулкчилик ; 
  Ҳусусий   тадбиркорлик ; 
  Товар   ва   хизматлар   истеъмолчиларнинг   истагидан   келиб   чиққан
ҳолда   яратилади ; 
  Рақобат   муҳитининг   мавжудлиги ; 
  Товар   ва   хизматларнинг   хилма - хиллиги ; 
  Индивидуализм ғояси; 
 Маҳсулот танқислиги кузатилмайди; 
 Иқтисодий ислоҳотлар; 
 Товар ишлаб чиқарувчи иқтисодий эркин бўлади; 
 Бозорда нимага талаб ошиб борса, шу нарсани ишлаб чиқариш фойдали
бўлади; 
 Монополизмни инкор этади; 
 Жамият аъзолари ўз даромадларига кўра табақаланади; 
 Инвестициявий фаоллик; 
 Новаторлик қобилиятини рўёобга чиқаради; 
 Шаҳсий ташаббускорликни ривожлантиради; 
 Манфаатдорлик;   Оилавий бизнес(бизнес орқали бирданига бойиб кетиш мумкин ёки 
акси); 
 Боқимандачилик кайфиятининг барҳам топиши; 
  Маҳсулот   ишлаб   чиқарувчининг   зўравонлигига   барҳам
берилади; 
  Инсонни   илм-фан   ва   техниканинг   сўнгги   ютуқларини   жорий   этадиган,
касб маҳоратини муносиб баҳолайдиган қилади.  
КАМЧИЛИГИ 
  аҳолининг   моддий   таъминот   жиҳатидан   кескин   табақалашуви;
бозор   иқтисодиётида   давлат   назоратининг   йўқлиги   (иқтисодий
инқироз);     ишсизлик   даражасининг   юқорилиги;     инфляция   (пулнинг
қадрсизланиши); 
  кўпгина   корхоналарнинг   синиши   ва   ишбилармонларнинг
хонавайрон 
бўлиши;  ҳуқуққа зид 
ҳатти-ҳаракатлар;  
жиноятларнинг ўсиши; 
 ўғрилик;  порахўрлик;  муттахамлик;  
таъмагирлик;  қариндош-уруғчилик;  
иқтисодий ва молиявий инқироз;  яширин 
иқтисоднинг мавжудлиги;  ўтиш даврида пул 
массасининг ҳаммада ҳам йўқлиги                     
XULOSA   
Xulosa   o’rinida   shuni   aytib   o’tishimiz   mumkinki   Bozorning   eng   eski
shakli   –   an’anaviy   bozor   –   bu   sotuvchilar   va   xaridorlar   bitishuvlarni   amalga
oshiruvchi   joydir.   Bizning   ko‘pchilik   shaharlarimizda   oldi-sotdi   amalga
oshiriladigan maydonlar va binolar haligacha mavjuddir. 
Biroq   hozirgi   dunyoda   bozor   juda   ko‘p   shakllarga   ega.   Bozorni   xaridorlar   va
sotuvchilarga bitishuvlarni baholarni belgilash va almashinuvni o‘tkazish mumkin
bo‘lgan   tarzda   tuzish   imkonini   beruvchi   har   qanday   tuzilma   sifatida   ta’riflash
afzalroqdir. 
Oldingi vaqtlarda ko‘pchilik bozorlar mahalliy bo‘lgan. Odamlar asosan 
o‘zlarini-o‘zlari ta’minlaganlar, boshqalardan esa juda kam narsa sotib olganlar. 
Bugungi kunda  ichki  (milliy, bir davlat doirasidagi) va  tashqi   bozorni  farqlash
kerak bo‘ladi. 
Transport va aloqaning takomillashuvi, shuningdek, reklamadan foydalanish bir
tomondan,   jahon   iqtisodiyotining   ayrim   mamlakatlarda   ishlab   chiqarilayotgan
tovarlarga   o‘sib   borayotgan   talab   ikkinchi   tomondan,   ko‘plab   tovarlar   uchun
baynalmilal bozorlarning tuzilishiga olib keldi. 
Hozirgi   zamon   iqtisodiy   tizimda   jahon   bozorlari   shakllangan.   Turli
mamlakatlarning etakchi Ishlab chiqaruvchilarining nomlari butun dunyoga yaxshi
ma’lum.   Kauchuk,   neft,   bug‘doy,   qand,   kofe   va   choy   kabi   xom-ashyolar   ko‘p
yillardan buyon aynan shu bozorlarda sotilmoqda.  Ishlab   chiqarishning   –   nima   Ishlab   chiqarish   kerak?   Qanday   ishlab   chiqarish
kerak? Kim uchun ishlab chiqarish kerak? kabi asosiy muammolari talab va taklif
mexanizmi orqali hal qilinadi. 
Ishlab   chiqarilgan   yoki   taklif   etilayotgan   tovarning   har   bir   turi   boshqa
bozorlardan ishlab chiqarish omillari bilan farqlanuvchi o‘z bozorida sotiladi. 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 Foydalangan adabiyotlar: 
 
 
1.Anufriyev,A.I., FattaxovA.A. «Strategiirazvitii optovo`x ro`nkov»T,2002,TGEU. 
2.Chjen.  V  A.  Mirzaaxmedov    E  «Ro`nochno`ye  infrastukturo` 
Uzbekistana»,T,1996 
3.Chjen V.A «Xususiylashtirish asoslari» T,1996 
4.Rasulov M «Bozor iqtisodiyoti  asoslari»,T,Uzbekiston, 1999   
5.  www.ziyonet.uz

Mavzu: Bozor iqtisodyotning avzalliklari va kamchiliklari REJA: KIRISH 1. BOZOR TUSHUNCHASI VA BOZORNNG VAZIFALARI 2. BOZORNING IQTISODIY MAQSADLARI VA VAZIFALARI. 3. BOZORNING TURLARI VA SHAKLLARI

KIRISH Bozor mexanizmi davlat tomonidan tartibga solishsiz ishlay olmaydi. Davlatning tartibga solishsiz normal bozorning bo‘lishi mumkin emas. Bu davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga bozor mexanizmining ishlashi uchun normal sharoitlar ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida ta’siridir. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi o‘z ichiga turli: byudjet-soliq, pul-kredit, ma’muriy shakllarni oladi. Ma’muriy tartibga solish, masalan, majburan kartellashtirish, korxonalarni ochish uchun ruxsat olish va hokazo kabi choralar yordamida amalga oshiriladi. Byudjetsoliq shaklida tartibga solish byudjetining daromad va xarajat qismlarini tenglashtirishni ko‘zda tutadi. Tanqislik bilan moliyalashtirish inflyatsiya jarayonlarini kichraytiradi, ularga turtki va zamin bo‘ladi. Shuning uchun davlat byudjetni muvozanatlashtirishga intiladilar, pul-kredit shaklida tartibga solish foiz stavkalarini o‘zgartirishni, «ochiq bozor»dagi amallar (operatsiyalar)ni, majburiy bank zaxiralarining me’yorlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo‘lgan rag‘batlar va tamoyillarning samaradorligini ijobiy baholagan holda unga xos bo‘lgan salbiy tomonlarni ham inkor etib bo‘lmaydi, ular iqtisodni nomo‘’tadil rivojlanishi tendensiyalari (inflyatsiya, ishsizlik, o‘sish sur’atlarining pasayishi), daromadlarning taqsimlanishidagi tengsizlikning kuchayishiga olib keluvchi tendensiyalarni yuzaga keltiruvchi, ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni rivojlantirish imkoniyatlarini cheklovchi bozor qonunlarining amal qilishning oqibatlaridir. Shuning uchun hozirgi zamon bozor tizimi uchun iqtisodiy rivojlanishga davlatning aralashishi zarurdir. Buning miqyosi va shakllari har bir mamlakatda turlicha variantlardadir. Ammo bozor iqtisodiyotida davlatning iqtisodiy vazifalarini kengaytirish uchun obyektiv chegaralar mavjuddir. Bozor mexanizmining harakatlarini to‘g‘rilab, uning salbiy tomonlarini yumshatib turar ekan davlat bozor narxlarini shakllantirishning asoslarini va erkin raqobatni buzilmasligi kerak.

BOZOR TUSHUNCHASI VA BOZORNING VAZIFALARI Zamonaviy bozor xo‘jaligi Ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritishning ijtimoiy shakllarining rivojlanishi tadriji (evolyutsiyasi) asosida butun jamiyatning va alohida olingan har bir individning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiylashtirilgan tovar ishlab chiqarishning faoliyat yuritishi bo‘lgan Zamonaviy bozor tizimining vujudga kelishiga olib keldi. Bozor xo‘jaligi – iqtisodiyotni tashkil qilishning tovar ishlab chiqarishga asoslangan, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi o‘zaro harakatini Bozor vositasida ta’minlovchi ijtimoiy shaklidir. Bozor – tovar va pul muomalalarining o‘zaro qat’iy harakatlari asosida vujudga keluvchi Iqtisodiy munosabatlarning tizimidir. Bozorning klassik modeli quyidagi xususiyatlar bilan ta’minlanadi: • nima ishlab chiqarish, nimaga va qanday sotishni o‘zlari mustaqil tovar ishlab chiquvchilarning ko‘pligi; • kimdan mahsulot sotib olishni o‘zlari mustaqil hal qiluvchi mustaqil iste’molchilarning ko‘pligi; • qiymat bo‘yicha zamonaviy almashinuv; • talab va taklif asosida narxlarning stixiyali belgilanishi; • qayta ishlab chiqarish jarayonlarining stixiyali ravishda tartibga solinishi; • erkin raqobat, kapitalning «erkin qayta qo‘yilishi». Hozirgi zamon sharoitlarida bozor o‘zini-o‘zi tartibga solishdan tartibga solinuvchiga aylanadi, bu esa bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasining murakkablashishiga olib keladi. Bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasi, bu - bozor subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar tizimi bo‘lib, ularning maqsadlarini, turli tomonlarga yo‘naltirilib, yo‘l-yo‘lakay muqobil kelishiluvchi iqtisodiy manfaatlarini, bozor aloqalarining Turli-tuman obyektlari harakatlanishining holati hamda tashkil qilish shakllari va o‘zaro bog‘liq harakatlarini aks ettiradi. Bozor xo‘jaligini subyekti. Uy-xo‘jaligi – bu bir yoki bir necha kishilik tarkibidagi iqtisodiy birlikdir. U: - inson kapitalining ishlab chiqarilishi va qayta ishlab chiqarilishini ta’minlaydi; - o‘zi mustaqil qaror qabul qiladi; - ishlab chiqarish omillaridan qaysi biriga egalik qiladi; - o‘z talab va ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi. Korxona – shunday iqtisodiy birlikki, u: • ishlab chiqarish omillarini sotish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatadi; • maksimal foyda olishga intiladi; • o‘zi mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.

Bank – bozorning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan pul massasining harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasidir. Davlat – huquqiy, siyosiy hokimiyatni zarur hollarda ijtimoiy aloqalarga erishish uchun bozor subyektlari ustidan nazoratni ta’minlovchi hukumat muassasalari timsolida taqdim etiladi. Bozor munosabatlari tizimida «ishlab chiqaruvchi –iste’molchi» aloqasi asosiylaridan biri hisoblanadi. Bozor xo‘jaligi subyektlarining o‘zaro harakatining umumiy modeli: Bozor xo‘jalik obyektlari: tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarish omillari (mehnat, yer, ishlab chiqarish vositalari), pul, kapital, qimmatbaho qog‘ozlar, davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va subsidiyalar, ijtimoiy to‘lovlar va preferentsiyalardir. Bozor tuzilmasining tasnifi: Bozor obyektlarining i qtisodiy Tovarlar va xizmatlar bozori; ishlab chiqarish vositalari bozori; mehnat bozori; nazi yalari investitsiyalar bozori; moliya bozori; qimmatbaho qog‘ozlar bozori Bozor iqtisodiyotining infratuzilmasi – bu alohida bozorlar doirasida harakat qiluvchi va uning normal ishlashini ta’minlash uchun ma’lum bir vazifalarni bajaruvchi, o‘zaro bog‘liq institutlarining yig‘indisidir. B a nk Uy x o ‘ j a li k gi Davlat Korxona Ma h alliy bozor: mi nt a q a v iy bozor; j a h o n bozori Jog ‘ rofiy holati bo ‘ yicha Monopolistik bozor; oli ga polik bozor; e rkin bozor Raqobatning c heklanganligi darajasi bo ‘ yicha Avtomobi l bo z o r i, komp yu t er bo z o r i Tarmoqlar bo ‘ yicha Ul g u rji bozor , cha k an a bozor Sotishning holati bo ‘ yicha

Bozorning afzalliklari: • resurslarning samarali taqsimlanishi; • moslanuvchanlik, o‘zgaruvchi sharoitlarga yuqori darajada moslashish; • ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning tanlash va harakat erkinliklari; • ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini maksimal darajada ishlatish; • xilma-xil talablarni qondirish, tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish salohiyati. Bozorning salbiy tomonlari: • qayta tiklanmaydigan resurslarning saqlanishiga yordam bermaydi; • qabul qilinayotgan qarorlarning potensial salbiy oqibatlarini ko‘pchilik holatlarda hisobga olmaydi, inkor etadi; • tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun rag‘batlar yaratilmaydi; • to‘liq bandlikni va narxlarning mo‘‘tadil darajada bo‘lishini kafolatlamaydi; • fandagi tadqiqotlarning ta’sirchan asoslanishini ta’minlamaydi; • tegishli rezession va inflyatsiya jarayonlari bilan birga rivojlanishi nomo‘’tadil bo‘ladi. Bozor mexanizmi – bu resurslarni shakllantirish va taqsimlash mexanizmi, sotuvchilar va xaridorlarning narxlar sifatini ishlab chiqarish hajmi hamda uning tuzilmasini belgilash bo‘yicha o‘zaro harakatlari, hamkorliklari mexanizmidir. Bozor mexanizmi murakkab tizim bo‘lib, u subyektlardan (sotuvchilar, xaridorlar vositachilar, davlat va mahalliy hokimiyat organlari huquqni himoya qilish idoralari); obyektlar (tovarlar va resurs bozorining turli xillari, kapitalning qimmatbaho qog‘ozlar, bilimlar, texnologiyalar, yer, uy-joylar bozori)dan subyektlar o‘rtasidagi aloqalar (korporatsiya, raqobat)dan, narx mexanizmi, narxlarni shakllantirish mexanizmi va iqtisodiy resurslarni taqsimlash)dan, iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar, davlat qabul qilayotgan qarorlar haqidagi Bozor infratuzilmasi Tovar birjalari , ulgurji va chakana savdo korxonalari ; auk z ion ( ki m o ch di savdolarini o ‘ tka z uvchi ta sh kilot ) lar , yarmarkalar , vositachi f i rmalar . Banklar, sug ‘ urta kompaniyalari, jamg ‘ armalari, birjalar i Mehnat birjalari To va xizmatlarning varlar ishlab ch i q arish vo s italarining bozori Bozor : pullik ; - jam g ‘ armali - in v esti ts i ya li Mehnat bozori Axborot markazlari, yuridik idoralar, r e klama ag en tlari, auditorlik f irmalari