logo

Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

38.185546875 KB
Mavzu: Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va
texnologiyalari
Reja:
1. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimining nazariy 
asoslari.
2. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va 
texnologiyalari.
3. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish zamonaviy dasturlari.
4. Bank   faoliyatida   avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlari   va
tеxnologiyasi
5. Buxgaltеriya   sohasida   avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlari   va
tеxnologiyalari. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimining nazariy asoslari.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimi iqtisodiy axborotni ishlashni 
avtomatlashtirilgan tizimining (IAIAT) tarkibiy, nisbiy, mustaqil qismi bo'lib, 
boshqaruvning muayyan vazifasini o'z ichiga oladi. Amalda ishlash quyi 
tizimlarining turli tarkiblari bo'lib, ko'pincha ulardan "Ildam boshqaruv", 
"Buxgalteriya hisobi", "Rejalashtirish", "Talabni o'rganish va bashoratlash" 
tizimlari tez-tez uchrab turadi.Bozor iqtisodiyeti sharoitida boshqaruvning barcha 
darajalarda qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslarini oshirish zarur. 
Boshqaruvning barcha xo'jalik tuzilmalari o'z harajatlarini o'zi qoplashi o'zini-o'zi 
pul mablag'i bilan ta’minlashi va mustaqil bo'lishini ta’minlamog'i lozim.
Boshqaruvni yaxshilashning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblash texnikasidan, 
avvalo, elektron hisoblash mashinalaridan (EHM) buxgalteriya hisobi 
avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) doirasida foydalanish axborotni to'plash va 
ishlashni jadallashtirishga ko'p muqobilli yechimlar tayerlashga yerdam 
beradi.EHMning qo'llash avvalo boshqaruv xodimlarning axborot to'plash, qayta 
ishlash va uzatish sohasidagi mehnat unumdorligini oshirishi kerak, hamda 
boshqaruv ishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish imkonini beradi. Bunday 
qarorlarni qabul qilishda uchun o'z vaqtida yetarli darajada to'la axborotdan 
foydalanish imkon yaratadi. Elektron hisoblash mashinalari alohida ishlatilganda, 
faqat axborotni ishlash bosqichini va qisman uni saqlash, hamda berish 
bosqichlarigina avtomatlashtira oladi. EHMdan bunday foydalanishi kerakli 
samarani bermaydi. Texnologik jarayenning boshqa bosqichlarini ham 
avtomatlashtirish zarur, chunki ular ham sermehnat bo'lib, boshqaruv jarayeni 
umumiy sermehnatligining deyarli yarimini tashkil etadi. Shuning uchun, 
boshqaruvda EHMdan foydalanishgagina emas, balki boshqaruv ishini, uning 
barcha bosqichlarida majmuiviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini 
yaratishga katta e’tibor beriladi.Boshqaruv avtomatlashtirish tiziminining (BAT) 
boshqaruvining turli bosqichlarida ishlaydi. Xususan, umumiy maqsadli BATga 
reja hisob -kitoblari avtomatlashtirilgan tizimi (RHAT), moliya hisob - kitoblari 
avtomatlashtirilgan tizimi (MHAT), davlat statistikasi avtomatlashtirilgan tizimi 
(DSAT) va hokazolar kiritiladi. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tizimi 
(BHAT) BATning bir qismi bo'lib, EHM va boshqa texnik vositalari yordamida 
axborotni to'plash, qayd etish hamda uzatishni avtomatlashtiruvchi "odam-
mashina" tizimidir. Maqbul vazifalar yechimlarini loyihalar yeki o'z qarorlarini 
ishlab chiqishni, ular ijrosini nazorat qilishni avtomatlashtirish BATni iqtisodiy 
axborotlarni qayta ishlash tizimlaridan (IAQIAT) va BHATdan ajratib 
turadi."Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish" fanining o'rganish predmeti 
buxgalteriya hisobi va hisobotlarida boshlang'ich axborotlarni yig'ish, qayta  ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash, tuzish va ishlatish 
tushuniladi. 
Iqtisodiy ma’lumotlarni ishlash tizimi o'z rivojida bir qancha bosqichlardan o’tadi. 
Birinchi bosqich - bu ma’lumotlarni qo'lda ishlash usulidir. Bunda hisoblashlar 
qo'lda yeki yerdamchi moslamalar (ashelar)dan foydalangan holda bajariladi. Bu 
bosqich hisob-kitoblarning nihoyatda sermehnatliligi, hujjatlashtirishning kunda 
kunga ko'payishi bilan tavsiflanadi.Ma’lumotlarni ishlash tizimi rivojining ikkinchi
bosqichi - iqtisodiy axborotni ishlashni qisman mexanizatsiyalashdir.
Uchinchi bosqich - bu majmuiy mexanizatsiyalash bo'lib, bunda axborotni ishlash 
bo'yicha barcha harakatlar mashinalarda bajariladi. Bu bosqichdagi texnik vositalar
majmuiga EHM kiradi. Bunda ildam, buxgalteriya va statistik hisoblarni uzviy 
birlashtirish ko'zda tutiladi.To'rtinchi bosqichida ma’lumotlarni ishlashning 
avtomatlashtirilgan tizimi o'rnini ma’lumotlarni ishlashning shaxsiy elektron 
hisoblash mashinalardan (ShEHM) foydalanishga asoslangan avtomatlashtirilgan 
tizimi egallaydi. Qisman avtomatlashtirish bosqichida ayrim vazifalar, uchastkalar 
yechimi o'zaro bog'lanmay avtomatlashtirilgan. Ishlarni muvofiqlashtirish va 
axborotni ishlash jarayonini boshqarishni odam bajaradi.Beshinchi bosqich - 
iqtisodiy axborotni ishlashni majmuaviy avtomatlashtirish bo'lib, bunda hisoblash 
jarayonini yakunlovchi axborotni to'plashdan uzatishgacha bo'lgan barcha ishlari 
yagona texnologik jarayenni hosil qiladi va avtomatlashtirilganidir. Bu bosqichda 
iqtisodiy axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlari hamda, umuman, turli 
daraja va xizmatlardagi boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimlari (BAT) paydo 
bo'ladi.Belgilangan maqsadga ko'ra axborot-ma’lumotnomali, axborot-tavsiyali, 
iqtisodiy-tashkiliy avtomatlashtirilgan tizimlar, texnologik jarayonni 
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga (TJBAT) ajratiladi.Ish tartiblariga 
ko'ra vaqtning amaldagi ko’lami, vaqtni taqsimlash, taqsimlash tartibi, muloqatli 
tuplamlilariga bo'linadi va hokazo.Ma’lumotlarni ishlash darajasiga ko'ra 
markazlashtirilgan, mahaliy va jamoa tarzida foydalanish turlariga ajratiladi. 
Mashinasiz va mashinali axborot ta’minoti texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va 
kodlash yagona tizimi, boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalaniladigan 
hujjatlashtirish hamda axborot guruhlarining birxillashtirish tizimlari 
jamidir.Texnikaviy ta’minot texnika vositalari majmuini hamda texnik vositalarni 
ishlatish hujjatlashtirishni o'z ichiga oladi.Matematik ta’minot iqtisodiy-matematik 
modellar yaratish imkonini beradigan vositalar va usullar jamini o'z ichiga 
oladi.Dasturiy ta’minot qo'yilgan vazifalarni hal etish imkonini beradigan dasturlar
va dasturiy vositalar yig'indisini o'z ichiga oladi.Kadrlar ta’minotiga IAIAT 
ishlashini ta’minlaydigan kishilar jami kiradi.Ergonomik ta’minot ma’lumotlarni 
ishlashda mutaxassislar sog’lig’iga zarar yetkazadigan jarayenlarga chek qo’yish  jarayonlarini, ularning estetik saviyasini oshirish imkonini beradigan vositalarni o'z
ichiga oladi.Huquqiy ta’minot IAIATni ishlab chikish, joriy etish va ishlatishni 
tartibga soluvchi me’eriy va xukukiy aktlar jamidan iboratdir.Ishlash kuyi tizimi-
IAIATning tarkibiy, nisbiy, mustakil qismi bo'lib, boshqaruvning muayyan 
vazifasini o'z ichiga oladi.
Buxgalteriya hisobi axborotni qayta ishlash avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) 
ning yaratish tamoyillariBHATni yaratish, joriy qilish va rivojlantirishda bir 
qancha talablarga rioya qilish hamda muayyan qoidalarni bajarish kerak bo'ladiki, 
ular tamoyillar (tamoyillar) deb ataladi.Birinchi tamoyil - betartiblik bo'lib, u 
ishlash ob’ektiga qarashni o'zaro bog'liq unsurlar jami, o'zaro boq’liq ko'pdan ko'p 
modellar tusilishi tarzida tasniflaydi.Ikkinchi tamoyil - bu BATga yangi vazifalar 
kiritilishidir. BATning tashkil etish ob’ektiv tarzda, texnika imkoniyatlari hisobga 
olgan holda yangi boshqaruv vazifalari vujudga kelishi bilan birga sodir bo'lishi 
kerakki, ularni EHMdan foydalanmasdan turib, hal qilib bo'lmaydi. EHMdan 
foydalanish tovar oborotini, tovar zaxiralarini ildam boshqarish vazifalarini hal 
etish, ko'p ulchamli tahlil o'tkazish, yasama (imitatsion) modellashni amalga 
oshirish imkonini beradi.Birinchi rahbar tamoyili - rahbariyat ma’lumotlarini 
ishlash avtomatlashtirilgan tizimini yaratishda bevosita qatnashib, yetakchilik 
qilishini nazarda tutadi. Pirovard natijada boshqaruvchi va uning oqibati shu 
bo'lgan boshqariluvchi tizimlar muvaffaqiyatliishlashi uchun bevosita rahbar 
javobgar bo'ladi. Binobarin, avtomatlashtirish loyihasini ishlab chiqish, hal 
etiladigan vazifalar ro’yxatini aniqlash bo'yicha shartnoma tuzishda hal qiluvchi 
so'zni korxona yeki tashkilot rahbari aytadi.Loyihali yechimlarni 
namunaviylashtirish tamoyili namunaviy loyiha yechimlarini qo'llashga 
asoslanadiki, u loyihalash harajatlarini ancha kamaytirish kerak bo'ladi. Hozirgi 
vaqtda temir yo'l transporti korxonalarida ko'pincha bir-birini takrorlaydigan 
loyihalar joriy etilmoqda. Natijada axborot ishlashni avtomatlashtirishning 
samaradorligi ancha kamaymoqda. Navbatdagi muhim tamoyili - bu yangi 
tashkiliy-ishlatish tuzilmasi negizida BAT yaratishdir. Bunda boshqaruv tizimi 
sifat jihatidan ancha yuqori bosqichga ko'tarilishi, uning boshqaruv qarorlari qabul 
qilishdagi moslanuvchanligi, epchilligi va samaradorligi ortishi zarur deb 
hisoblanadi. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va
texnologiyalari.
Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi.Iqtisodiyotni 
boshqarishdagi o'zgarishlar, bozor munosabatlariga o'tish buxgalteriya hisobini 
tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko'rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga 
o'tish amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyatining Yangi shakllarini ishlab 
chiqishni talab qiladi. Hisobchidan korxona moliyaviy holatini ob’ektiv baholarini 
bilish, moliyaviy tahlili usullarini egallash, qimmatli qog'ozlar bilan ishlashni 
mukammal bilish, bozor sharoitlarida pul mablag'lari investitsiyalarini hisoblash va
boshqalarni talab qiladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda hozirgi davrda 
hisobchini "moliyaviy menejer", "hisobchi-tahlilchi" deb atash ham 
mumkin.Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyorlash, 
rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini 
olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish 
hamda kadrlar masalasini hal qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish 
nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayenida 
buxgalteriya hisobi katta rol o'ynaydi, bunda barcha axborotlarnining 60% 
jamlanadi.Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari asosida majmualarga 
birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob 
vazifalarini hisoblash amalga oshiriladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini 
aniqlash, tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish, birlamchi va yig'ma hujjatlar, 
hisoblash algoritmlarini o'zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining 
uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.Buxgalteriya 
hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi 
majmualarini o'z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, 
mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash 
operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig'ma hisob va 
hisobotlarni tuzish. Shahsiy komputer bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarini 
tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot 
bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi 
talablarni ilgari suradi. Shunda ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini 
yaratish, turli foydalanuvchilar o'rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda 
boshlang'ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo'ladi. 
Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o'rtasidagi aniq 
chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot 
bazasida namoyon bo'ldi. Quyidagi 4 chismada buxgalteriya hisobining 
AATsharoitida faol ko'rsatish tamoyillari keltirilgan. Buxgalteriya hisobining AAT sharoitida yo'lga qo'yish tamoyillari.
Boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi. Buxgalteriya 
hisobi bo'yicha dasturiy vositalarning yangi turlari hisobning turli uchastkalari 
majmualari axborotlarini birlashtiradi. Misol uchun, mehnat va ish haqi hisobining 
namunaviy loyihalarida bir vaqtda fondlarga to'lovlar bo'yicha to'lov hujjatlari 
(daromad solig'ini to'lash, nafaqa jamg'armalariga ajratmalar, tibbiyot sug'urtasi, 
bandlik jamg'armasiga hisoblash bo'yicha to'lov topshiriqnomalari) bo'yicha to'lov 
hujjatlarini ko'chirib berish ko'zda tutilgan, bunday mashina dasturini bajarilishi 
hisob vazifalarining ikkita majmuasini mehnat va ish haqini hisobi hamda 
moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi. Moddiy boyliklar hisobi 
tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bo'yicha vazifalar majmuasida 
ham xuddi shunga o'xshash misollarni keltirish mumkin.Vazifalararo majmuani 
tashkil qilish "materiallar" dasturi misolida ham ko'rib chiqish mumkin. Uning 
asosini korxonadagi mahalliy hisoblash tarmog'i sharoitlarida yaratilgan yagona 
ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harakatini 
hisobga olishni uchta bo'lim mutahassislari amalga oshirmoqdalar: omborlar, 
hisobxona, moddiy-texnik ta’minot bo'limi. Dasturiy majmua o'lichoviga omborchi
(ombor) moduli, hisobxona moduli, moddiy-texnik ta’minot bo'limi modulini 
birlashtiradi.Omborchining dasturiy moduli ombor kartotekasini olib borilishini: 
hisobchining ma’lumotli qismida moddiy boyliklar harakati bo'yicha hujjatlarni 
buxgalteriya hisobi to'ldirilishini, materiallarni harakati bo'yicha operatsiyalar 
nazoratini, materiallar harakati miqdori va summasini aks ettirilishi hisobi, 
moliyaviy hisob-kitoblarni ta’minlaydi. Moddiy-texnik ta’minot iqtisodchisi 
moddiy boyliklarning harakati bo'yicha hujjatlarni shakllantirishni olib 
boradi.Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. 
Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va 
uchastkalarini axborotli o'zaro hamkorliklarini, tashqi aloqalar boshqaruvning 
o'ziga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo'linmalari hamda tashqi tashkilotlar
bilan o'zaro hamkorligini aks ettiradi.Buxgalteriya hisobining halqaro tizimlarga 
o'tishi amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya hisobning axborot tizimi va uni shaxsiy 
kompyuterda ishlab chiqarishni tashkil qilishning an’anaviy shakllaridakatta 
o'zgarishlar bo’lib o’tgan. Ushbu sharoitlarda korxona moliyaviy tahlil usullarni 
egallash bozor sharoitda investitsiyalar harakatini bilish va boshqalari talab 
qilinadi.Hozirgi davrda hisobchini moliyaviy menejer yeki hisobchi tahlilchi desa 
bo'ladi. Boshqaruv vazifalarga an’anaviy ravishda ishlab chiqarishni rivojlantirish 
moddiy texnik ta’minot marketingi, buxgalteriya hisoblarini olib borish va 
buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, hamda kadrlar masalasii hal qilish kiradi. 
Kompyuterda ishlab chiqarish nazariyasiga binoan ularni vazifaviy tizimlar desa  bo'ladi.Boshqaruv jarayenida buxgalteriya hisobi katta ahamiyatga ega 
chunkibarcha axborot hajmining 60% ortig'i salmog'ini buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari tashkil etadi.Buxgalteriya hisobi axborotli tizimlari asosida 
majmualarga birlashtirgan hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan 
hisob vazifalarini bajaradi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, 
tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish boshlang'ich birlamchi va yig'ma 
yakuniy hujjatlar, hisoblash algoritmlarning o'zaro aloqalari hamda hisobning aniq 
vazifaning uslubiy materiallari va me'yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi. 
Buxgalteriya hisobinining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning 
quyidagi majmualarini o'z ichiga oladi: "asosiy vositalar hisobi", "moddiy 
boyliklar hisobi", "mehnat va ish haqi hisobi", "tayyor maxsulotlar hisobi", 
"moliyaviy hisoblash operatsiyalarni hisobi", "ishlab chiqarish harajatlar hisobi", 
"yig'ma hisob" va hisoblarni tuzish.Shaxsiy kompyuterlar bazasida 
avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda hisoblash 
tarmoqlarni yaratilishi axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar 
majmuasini shakllantirishda yangi talablar paydo bo'lgan.Buxgalteriya hisobi 
bo'yicha har xil dasturiy vositalarning yangi versiyalari hisobning turli uchastkada 
majmualari axborotlarini birlashtiriladi. Vazifalar majmualarini tashkil qilish 
materiallari dasturi misolida ko'rib chiqish mumkin. Uning asosini korxonaning 
mahalliy hisoblash tarmog'i sharoitlarda faoliyat yurituvchi yagona ma’lumotlar 
bazasi tashkil qilinadi, moddiy boyliklarni mavjudligi va harakatini hisobga olish 
jarayenida 3 ga bo'linadi:omborlar, hisob xona, moddiy texnik ta’minot bo'limi 
mutaxassislari faoliyat ko'rsatadi.Buxgalteriya hisob majmualari murakkab ichki 
va tashqi aloqalarga bo'linadi.Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim 
vazifalari majmualari va uchastkalarning axborotli o'zaro hamkorliklarni aks 
ettiradi.Tashqi aloqalar boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo'limlari
hamda tashkilot bilan o'zaro hamkorlikni aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish zamonaviy dasturlari.
     "Buxgalteriya" dasturi har tomonlama mukammal ishlab chiqilgan dastur bo'lib,
turli bo'limlar bo'yicha murakkab va tahliliy buxgalterlik hisobini olib borishga 
qaratilgan. Tahliliy hisob (subkonto) ob’ektlari bo'yicha natura va qiymat 
ifodalarda olib boriladi. Dastur schetlarni qo'lda va avtomatlarshtirilgan holda 
xo'jalik o'tkazish imkonini yaratadi. Barcha buxgalteriya provodkalar (schetlar)i 
"Xo'jalik operaziyalar daftariga" kiritiladi. Mazkur provodkalarni xo'jalik 
muamolar daftarida ko'zdan kechirganda, ularni aniq muddatda yeki chegaralab, 
yeki guruhlab turli parametrlar bo'yicha qidirib topish mumkin.Muomala  daftaridan tashqari dastur, shuningdek, ma’lumotlar haqidagi axborotning bir 
necha ro'yxatini ham qo'llab quvvatlaydi:
1. schetlar rejasi;
2. tahliliy hisob ob’ektlar turlari ro'yxatini;
3. tahliliy hisob (subkonto) ob’ektlarining ro'yxatini;
4. o'tkazilgan (o'zgarmas sonlar) va h.k.
Hisobdan so'ng dastur shaklldagi quyidagi buxgalterlik qaydnomalarni tuzadi:
1. jamlovchi (yig'ma) provodkalar bo'yicha qaydnoma;
2. aylanma - saldo qaydnomasi;
3. tahliliy hisob ob’ektlari bo'yicha aylanma-saldo;
4. hisob-kitob varaqAsi;
5. aniq bir tahliliy hisob ob’ekti bo'yicha hisob varaqasi;
6. hisob tahlili (buxgalteriya bosh kitobining o'zi);
7. hisoblarning sanalar bo'yicha tahlili
8. tahliliy hisob ob’ektlari bo'yicha hisob tahlili;
9. tahliliy hisob ob’ektlarining barcha schetlar bo'yicha tahlili;
10.tahliliy hisob ob’ektlarining barcha schetlar bo'yicha kartochkasi;
11.jurnal-orderi.
Dasturda erkin hisoblarni shakllantiruvchi schet qoldiqlari va aylanishlarini 
qamrab olgan va tahliliy hisob ob’ektlari bo'yicha hisobot shakli va mazmunini 
o'ziga xos hisob tilida ta’riflab beruvchi tartib ham mavjuddir. Mazkur tartib 
yerdamida soliq organlariga taqdim etiluvchi hisobotlar ham tuzilgan. Shunigdek, 
korxonaning moliyaviy faoliyatini erkin shaklda tahlil etish va ichki hisobotlarni 
o'tkazish uchun foydalaniladi.      "Buxgalteriya" dasturda axborotlar nusxasini saqlash vazifasi va arxivdagi 
hujjatlar matnlarini saqlash tartiblari ham mavjud.Foydalanuvchini u yeki bu hujjat
qoniqtirmasa, uning bosma shakli va to'ldirish algoritmini o'zgartirishi mumkin. 
Ichki makrotildan foydalangan holda esa barcha hujjatlarni ta’riflash 
mumkin."AUBI" - bu kichik, o'rta va yirik korxonalardagi buxgalterlik hisobini 
avtomatlashtirish borasidagi birlashtirilgan dasturiy tizimning ro'yxatga olingan 
atamasidir. Korxona faoliyatidagi o'ziga xosliliga bog'liq holda "AUBI" 
buxgalterlik ishlab chiqarishning quyidagi unsurlarining hisobini olib borishga 
imkon beradi:
Infin-buxgalteriya dasturi. Buxgalteriya hisob tizimi quyidagi operatsiyalarni 
amalga oshirishga imkon yaratadi:
1.mukammal o'ylab chiqilgan dastur tuzulmasi va buxgalter-foydalanuvchini 
ko'nikadigan dizayn.
2. hisobning to'laligicha avtomatlashtirilishi;
3. tahliliy hisobning beshinchi darajasigacha olib borish;
4. ayni sizning korxonangizning o'ziga xos xususiyatiga moslashtirilgan dasturni 
sozlashda minimal o'zgartirishlar kiritilishi;
5. yagona ish joyida bir necha korxonalar uchun buxgalterlik hisobini yuritish;
6. qonunlar majmuidagi har qanday o'zgarishlarga moslashishi imkoniyati;
7. ikki tomondama buxgalteriya yuritish imkoniyati;
8. har qanday pul birligida ish yuritish imkoniyati;
9. ma’lumotlarni parol orqali ximoya qilish;
10. har hil ma’lumotlarning muddat ichida saqlanishi
ABACUS professional dasturi. Buxgalteriya hisobining to'liq majmui. Majmuining
ajratish xususiyatlari - hisobning barcha vazifalarining funksional to'laligi va 
kompleks yechimi hamda: 1. detallashgan tahliliy axborot o'tkazish bilan ishlash;
2. ishlab chiqarishga sarflangan harajatlar hisobi va mahsulot tannarxi 
kalkulyatsiya qilingan yezuvlarni bosh kitobga kiritish;
3. moliyaviy tahlil unsurlarini o'rganish;
4. bank fondlarni va soliq hisobini hisoblash;
5. multivalyuta muamolar hisobotlarini tuzish dasturi;
6. axborotlar texnik va dasturiy himoyasi tizimi foydalanuvchining qulay 
interfeysi.
Ta’kidlash lozimki, shakl va ko’rinishi qanday bo'lmasin majmuining aniq bir 
buxgalteriyaga bog'lanishini ta’minlovchi sozlash moduli va asosiy ma’lumotlar 
kiritilishini talab etadi.ABACUS professional mahsuloti negizida yagona o'tkazish 
buxgalteriya provodkalari mavjud. Bu, demak, bitta dastur modulida amalga 
oshirilgan harakatlar o'tkazish qayerdan bo'lishiga qaramasdan tizimning barcha 
qolgan bo'limlarida ham o'z aksini topadi. Barcha buxgalteriya (provodkalar) 
o'tkazishlar yagona. Ma’lumotlar tushgani bilan buxgalterlik hisobning barcha 
yo'nalishlaridagi ma’lumotlarni tezkor nazorat etilishi va o'zgartirilishiga imkon 
yaratadi.Mazkur tizim buxgalteriya faoliyatidagi ayrim uchastkalari o'rtasidagi oliy
darajadagi o'zaro ta’sirini ta’minlaydi. BOSS "AyTi" firmasining dasturi. "AyTi" 
firmasi tomonidan yirik korxonalar, ishlab chiqarishi va savdo birlashmalari uchun
avtomatlashtirishining "BOSS" majmuaviy tizimi ishlab chiqilgan.BOSS tizimini 
keng funksional imkoniyatlarga ega integratsiyalashgan SABU tizimiga 
tenglashtirish mumkin. AyTi kompaniyasi bir biridan dastur apparat platformalari 
bilan ajralib turgan ikki mahsulotni taklif etadi. "BOSS" - Buxgalteriya SABUni 
turli mulk shakliga ega korxonalarda qo'llash hamda alohida "BOSS-Kompaniya" 
yeki "BOSS- Korporatsiya" boshqaruv tizimlari tarkibida ishlashi 
mumkin."Infosoft" firmasining SABUsi dasturi. Yaqin o'tmishda "Infosoft" firmasi
mahsulotlari buxgalterlik hisobining ayrim uchastkalarini avtomatlashtirishga 
mo'ljallangan modullari borligi bilan ajralib turar edi. SABU bozoridagi 
vaziyatning o'zgarishi firmani "Integrator" nomli yangi loyihani ishlab 
chiqarilishiga olib keldi.BEST dasturi. Xodimlarni boshqarish va ish haqini hisob-
kitobini amalga oshirishda "Xodimlar" va "Ish haqi" modullaridan foydalaniladi. 
Ulardan alohida va "Integrator" majmui tarkibida foydalanish mumkin."BEST" 
tizimi bir biri bilan bog'liq bo'lgan dasturiy modullar yig'indisi shaklida tuzilgan: 
AiJ sozlash va tizim universal dasturlari; (Bosh hisobchining) Bosh kitobini 
yuritish; kassa operatsiyalari hisobi; bank bilan operatsiyalar yuritilishi hisobi; 
asosiy vositalar hisobi, ishlab chiqarish zaxiralari hisobi; mahsulot va tayyor  mahsulotlar hisobi; savdoni boshqarish; ish haqi va h.k.Yuqorida ko'rib chiqilgan 
dasturiy vositalardan tashqari SABU bozorida yana yig'irmaga yaqin tizimlar va 
ikki yuzdan ziyod mahsulotlar mavjud. Mazkur mahsulotlar aniq buyurtmalarga 
ko'ra ishlab chiquvchi firmaning mutaxassislari tomonidan xizmatlari bilan 
birgalikda taklif etiladi. RS-Balance kompaniyasi R-Style Software Lab 
buxgalterlik hisobining tizim dasturiy majmuasi "markaziy buxgalteriya", "Savdo 
uyi", "Kassa", "Ish haqi" va "Asosiy mablag'lar" modullaridan tashkil topgan. 
Ulardan "Markaziy buxgalteriya" moduli eng asosiysi hisoblanib, unga boshqa 
tizimlarga kiritilgan axborotlar ham kelib tushadi."Savdo uyi" moduli ham 
buxgalterlik, ham axborot (menejerlik) funksiyalarini birlashtiradi. Buxgalteriya 
uchun turli shakllari qaydnoma va buxgalterlik hisobi registrlari shakllantiriladi. 
Menejerlar uchun tovar ayrboshlashini boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatini 
olib borishda zarur bo'lgan qaydnomalar tuziladi. Maxsulotlar harakati sotib olish 
haqidagi shartnomalarni tayyorlashdan boshlab sotish bosqichigacha kuzatib 
boriladi. Bojxona to'lovlari va boshqa to'lovlarni hisobga olgan holda narxlar 
shakllantiriladi. Bu jarayen tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan moliyaviy 
natijalarni to'g'ri aniqlashni osonlashtiradi. 
Kichik va o`rta biznеs korxonalarida buxgaltеriya hisobini
avtomatlashtirish tizimi.
Iqtisodiyotni   boshqarishdagi   o`zgarishlar,   bozor   munosabatlariga   o`tish
buxgaltеriya hisobini tashkil qili shva olib borishga katta ta'sir ko`rsatadi. 
Har   qanday   iqtisodiy   ob'еkti   boshqarish   faoliyatini   asosini   murakkab
qurilishga   ega   bo`lgan   axborot   tizimlari   tashkil   qiladi,   ularning   tarkibi,   faoliyati
turi va korxona, tashkilot, firmaning ko`lamiga bog`liq. 
Boshqaruv jarayonida buxgaltеriya hisobi katta  rol o`ynaydi, bu еrda barcha
axborotlarning   60%   ga   yaqini   jamlangan.   Buxgaltеriya   hisobining   axborotli
tizimlari an'anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o`z ichiga oladi:
asosiy   vositalar   hisobi,   moddiy   boyliklar   hisobi,   mеo`nat   va   ish   o`aqi   hisobi,
tayyor   mahsulotlar   hisobi,   moliyaviy   hisoblash   opеratsiyalarining   hisobi,   ishlab
chiqarish o`arajalari hisobi, yig`ma hisob va hisobotlarni tuzish. 
ShK   lar   bazasida   avtomatlashtirilgan   ish   joylarining   tashkil   qilingan,
korxonalarda   mao`alliy   hisoblash   tarmoqlarini   yaratish,   axborot   bazasini   tashkil
qilish   va   iqtisodiy   vazifalar   majmuasini   shakllantirishda   yangi   talablarni   ilgari
surdi.   Ma'lumotlarni   taqsimlash   bazalari   tizimini   yaratish,   turli   foydalanuvchilar
o`rtasida   axborotlarni   almashtirish,   kompyutеrda   boshlang`ich   o`ujjatlarni avtomatik   shakllantirishning   imkoniyatlari   paydo   bo`ldi   va   boshqaruv
masalalarining vazifalararo majmualari vujudga kеldi. 
Vazifalararo   majmuasini   tashkil   qilish   «matеriallar»   dasturi   o`am   ko`rib
chiqilishi   mumkin.   Moddiy   boyliklarning   mavjudligi   va   harajatni   hisobga   olish
jarayonida uchta bo`lim: 
- omborlar;
- hisobxona; 
- moddiy-tеxnika ta'minoti bo`limi mutaxassislari faoliyat qiladi.
Dasturiy majmua o`z ichiga uch qism: 
- omborchi moduli; 
- hisobxona moduli; 
- moddiy tеxnika ta'minoti bo`limi modulini oladi. 
Buxgaltеriya   hisobi   majmualari   murakkab   ichki   va   tashqi   aloqalarga   ega.
Ichki   aloqalar   buxgaltеriya   hisobining   ayrim   vazifalari,   majmualari   va
uchastkalarining axborotli o`zaro hamkorliklarini; Tashqi aloqalar – boshqaruvning
o`zga   vazifalarini   amalga   oshiruvchi   boshqa   bo`limlari   hamda   tashqi   tashkilotlar
bilan o`zaro hamkorligini aks ettiradi. 
Hisob vazifalari majmuasining axborotli aloqasi mashina dasturining asosida
kiritilgan ishlab chiqishning uch pallasini farqlashga imkon bеradi. 
Birinchi pallada – birlamchi  hisob, birlamchi  hujjatlarni tuzish, ularni ishlab
chiqi shva hisobning o`ar bir uchastkasi bo`yicha tao`liliy hisobning qaydnomalari
tuzilishi bajariladi. 
Ishlab   chiqishning   ikkinchi   pallasi   provodkalarini   tuzish,   ularni   tao`liliy   va
sintеtik   hisobning   turli   rеgistrlari,   schеtlarning   tartib   Raqamlari   bo`yicha   qayd
daftari ordеnlariga joylashtirishdan iborat bo`ladi. 
Ishlab   chiqarishning   uchinchi   pallasi     yig`ma   sintеtik   hisobini:   asosiy
kitobning   schyotlari   bo`yicha   hisobot,   saldo   qaydnomalari   va   moliyaviy
hisobotning shakllarini tuzishdan iborat bo`ladi.
Na’munaviy   buxgaltеriya   hujjatlari   sohalararo   va   sohaviyga   bo`linadi.
Sohalararo hujjatlar barcha korxona tashkilotlarda qo`llash uchun yagona bo`ladi.
Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy haraktеrga ega.  Barcha   birlamchi   buxgaltеriya   hujjatlari   GOST,   hujjatlarning   bir   shaklga
kеltirilgan   tizimlari   talablarini   hisobga   olish   bilan   ishlab   chiqiladi   va
kompyutеrlarli ishlab chiqish tomonidan qo`yiladigan talablarni aks ettiradi. 
Buxgaltеriya hisobining hujjatlari turli bеlgilari bo`yicha tasniflanadi: 
-   bеlgilanishi   bo`yicha   –   farmoyish   bеradigan,   ijroiya   (oqlaydigan),   hisobli
rasmiylashtiruvchi, murakkab; 
- xo`jalik opеratsiyalari mazmuni bo`yicha moddiy, pulli hisoblash; 
-   aks   ettirgan   opеratsiyalarning   o`ajmi   bo`yicha   yagona   (birlamchi)   yoki
yig`ma; 
- foydalanish usuli bo`yicha – bir martali va jamlovchi; 
- hisobga oladigan o`rinlarining soni bo`yicha – bir qatorli va ko`p qatorli; 
- tuzilish joyi bo`yicha – ichki va tashqi; 
-   to`ldirish   usuli   bo`yicha   -   qo`ldi,   hisobni   avtomatlashtirish   vositalari
yordamida. 
Buxgaltеriya   hisobining   dasturiy   ta'minlanishiga   to`liq   asosda   bir   qator
axborotli   ma'lumotli   dasturlar:   «Maslahatchi   hisobchi»,   «Maslahatchi-plyus»,
«Kafolat»,   «O`zbеkiston   soliqlari»,   «Yuridik   ma'lumotnoma»ni   kiritish   mumkin.
Axborotlarni   to`ldirish   huquqiy   axborotlarni   tarqatishning   umumdavlat   tarmog`i
bo`yicha bajariladi. 
Buxgaltеriya   vazifalarini   еchishni   AAT   lar   asosida   tashkil   qilish:   birlamchi
buxgaltеriya hujjatlarini tuzish paytida boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish
bilan yakunlanuvchi opеratsiyalarning yig`indisidir.
Hozirgi   bosqichda   buxgaltеriya   vazifalarini   axborot   tеxnologiyasi   asosida
markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rol o`ynaydi:
-   foydalanuvchining   ish   joyida   o`rnatilgan   kompyutеrlarni   qo`llash,   bu   еrda
vazifalarni еchish hisobchi tomonidan bеvosita uning ish joyida bajariladi;
-   korxonaning   turli   xildagi   bo`linmalari   iqtisodiy   vazifalarini
intеgratsiyalangan   holda   ishlab   chiqilishini   ta'minlovchi   mao`alliy   va   ko`p
bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish;
-   hisoblash   tеxnikasida   bajariladigan   buxgaltеriya   hisoblar   tarkibini   ancha
ko`paytirish; -   o`ar   xil   hisoblash   bo`linmalari   uchun   korxonaning   yagona   taqsimlangan
ma'lumotlar bazasini yaratish;
-   birlamchi   buxgaltеriya   hujjatlarini   mashinada   shakllantirish   imkoniyatlari,
bu   qog`ozsiz   tеxnologiyalarga   o`tishni   ta'minlaydi   va   hujjatlarni   yig`ish   va
ro`yxatga olish bo`yicha opеratsiyalar mеo`nat talabligi darajasini kamaytiradi;
- buxgaltеriya vaziflari majmualarini еchishni intеgratsiyalash; 
-   dialogli   usulda   amalga   oshirish   yo`li   bilan   axborot   xizmat   ko`rsatishni
tashkil qilish imkoniyati.
Tеxnologik   jarayonning   barcha   opеratsiyalari   ShK   da   bitta   ish   joyida   va
uning tuzilishiga ko`ra izchillik bilan bajariladi. 
ShK da bajariladigan tеxnologik jarayonida quyidagi uchta jarayoni: 
- tayyorlov
- boshlang`ich va 
- asosiyni ajratish mumkin.
Tayyorlov   bosqichi   dastur   va   ma'lumotlar   bazasini   ishga   tayyorlash   bilan
bosliq. Hisobchi mashinaga korxonaning ma'lumotnomaviy ma'lumotlarni kiritadi,
buxgaltеriya   schyotlarining   rеjasi   va   namunaviy   buxgaltеriya   yozuvlarining
tartibiga tuzatishlar kiritadi. 
Boshlang`ich   bosqichi   birlamchi   hujjatlarni   yig`ish   va   ro`yxatga   olish   bilan
bog`liq.   Avval   ta'kidlaganidеk   hujjatlarni   qo`lda   yoki   avtomatlashtirilgan   usulda
shakllantirish   mumkin.   Hujjatlarni   kiritish   dasturi   quyidagi   vazifalarni   bajarishni
ko`zda tutadi: 
- kiritilgan hujjatlarga noyob nomеr bеrish, ko`chirmaning sana shva boshqa
alomatlari bilan rеgistrini tuzish; 
-   kiritilgan   hujjattlarga   ma'lumotnomaviy   va   shartli   doimiy   alomatlarni
avtomatik kiritish; 
-   xo`jalik   opеratsiyalarningqayd   etish   daftarida   buxgaltеriya   yozuvlarini
avtomatik bajarish;
- noto`g`ri hujjatlarni chiqarib tashlash; 
- noto`g`ri hujjatlarni nazorat qili shva tuzatish kiritish;  - birlamchi hujjatlarni bosib chiqarish.
Asosiy   bosqich   ishning   tugallovchi   bosqichi   bo`ladi   va   o`ar   xil   hisobot
shakllarini   olish   bilan   bog`liq.   Uni   bajarish   uchun   «moddiy   boyliklarning
qaydnomasi»,   «Aylanish   qaydnomasi»   va   «Hisobotlar»   mеnyusi   modulidan
foydalaniladi. 
Ko`pgina   firmalar   dasturlarni   ikki   variantda:   mao`alliy   va   tarmoqli   ishlab
chiqaradilar. Ta'kidlash kеrakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat. 
Buxgaltеriya   vazifalari   ana'anaviy   majmuasining   tarkibi   yangi   boshqaruv,
savdo   va   tao`liliy   modullarini   yaratilishi   hisobiga   kеngaytirilishi   mumkin.   Bunda
asosiy   tamoyillarga   rioya   qilish   zarur   –   ADP   lar   o`zaro   axborotli   bog`langan
bo`lishlari   kеrak.   Bu   faqat   ADPlarning   butun   majmuasini   bitta   firmadan   harid
qilingandagina mumkin. 
Kichik   korxonalarda   BX   AT   yaratishda   ShK   dan   kеng   foydalanish
hisobchining   ish   joyida   axborotlarni   ishlab   chiqish,   saqlash   va   uzatish   bo`yicha
barcha   tadbirlarni   avtomatlashtirishga   imkon   bеradi.   Bunday   BX   AT   larni
yaratishda bir nеchta yondoshishlar mavjud. 
Birinchi   yondoshishda   faqat   moliyaviy   hisobni   avtomatlashtiruvchi   tizim
yaratiladi.  Bunday  BX  AT  –  minihisobxonalar  sinfiga  kiradi.  Qoida  bo`yicha,  bu
tizimda buxgaltеriya hisobi bitta odam – hisobchi tomonidan olib boriladi. 
Ikkinchi   yondashishda   –   moliyaviy   hisobdan   tashqarii   qisman   boshqaruv
tizimi   ham   o`ar   tomonlama   avtomatlashtiriladi.   Bu   holda   buxgaltеriya   hisobini
ikkita odam: hisobchi va uning yordamchisi yoki kirishni chеklash yo`li bilan bitta
ish joyi o`rnida yoki ikkita ish joylarida olib boriladi. 
Moliyaviy   va   boshqaruv   hisobini   zamonaviy   kompyutеr   tеxnologiyalari
asosida avtomatlashtirish uchinchi yondoshishda erishiladi. Bunday tizimda ishlab
chiqilayotgan   axborotlarning   katta   o`ajmlarida   ko`p   foydalanuvchanlik   usulidan
foydalaniladi. Unda bir nеchta ShKlar mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi. 
Kichik   va   o`rta   korxonalardagi   moliyaviy   va   boshqaruv   hisobini   qarab
oluvchi   buxgaltеriya   hisobini   avtomatlashtirish   uchun   dasturiy   majmua   ikkita
moduldan tashkil topadi. 
Boshqaruv   hisobining   moduli.   Tovar-moddiy   boyliklari   va   arzon   hamda   tеz
eskiruvchan   mollarning   hisobi,   tayyor   mahsulotlarning   hisobi,   ish   haqi   bo`yicha
hisob   –kitoblar   bo`limlari   uchun   so`mdagi   va   miqdoriy   aks   ettirilgandagi   hisobni
olib borishga imkon bеradi.  Moliyaviy   hisobning   moduli   buxgaltеriya   hisobining   barcha   schyotlari
bo`yicha   hisob   olib   borishga   imkon   bеradi.   Tao`liliy   rеgistrlar   va   yakuniy   hisob
rеgistrlari uning asosiy hisob rеgistrlaridan bo`ladi. 
Modullar   o`rtasidagi   aloqani   xo`jalik   opеratsiyalarining   qayd   daftari   orqali
amalga oshiriladi. 
Bеlgilanishi bo`yicha ma'lumotnomalar bеshta guruhga bo`linadilar: 
- umumiy bеlgilanish ma'lumotnomalari; 
-   matеriallar   –   tovar   boyliklarining   qayd   daftari   bilan   bog`liq
ma'lumotnomalar (matariallar, o`lchov birliklari, harakat opеratsiyalari); 
-   buxgaltеriya   yozuvlari   bilan   bog`liq   ma'lumotnomalar   (schyotlar   rеjasi,
provodkalar);
-   tahliliy   hisob   bilan   bog`liq   ma'umotnomalar   (korxona   ob'еktlari,
bo`linmalar);
- valyuta kurslari bo`yicha ma'lumotnomalar.
Tuzilishi bo`yicha ma'lumotnomalar oddiy va murakkablarga bo`linadi. 
Oddiy   ma'lumotnomalar   andozaviy   tuzilishga   ega:   kod,   nom,   qo`shimcha
ma'lumotlar schyot bo`yicha xizmatlar.
Murakkab   ma'lumotnomalar   o`z   ichiga   ma'lumotlarning   kiritilganligining
ikkita va undan ortiq bosqichlarini oladi. U yozuvlarning katta miqdorini ekranda
joylashtirib   bo`lmaydigan   katta   o`ajmdagi   ma'lumotlar   bilan   ishlash   uchun
mo`ljallangan. 
Dastlabki   axborot  bazaga  birlamchi  hujjatlardan  kiritiladi. Avtomatlashtirish
uchun hisob bo`yicha quyidagi andozaviy birlamchi hujjatlardan foydalaniladi. 
-   moddiy   boyliklarning   harakati,   qabul   qilish   dalolatnomasi,   yuk   hati,
ro`yxatdan chiqarish dalolatnomasi, … ;
- moliyaviy – hisoblash opеratsiyalari to`lov topshiriqnomasi, kirish, chiqish
kassa ordеri va boshqalar; 
- asosiy vositalar; 
- mеhnat va ish haqi (tabеl, noryad); 
- tayyor mahsulotlar – dalolatnomasi. Xulosa.
B uxgalteriya hisobi – bu faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektning 
mulki,majburiyatlari va xo’jalik muammolari to’g’risidagi va ularni harakatini 
yoppasiga uzluksiz hujjtlashtirish yo’li bilan tartibli yig’ish, nazorat qilish, 
o’lchash, ro’yxatga olish, ishlov berish va pul ko’rinishida olish tizimi. 
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi – to’liq va ishonarli axborotlarni 
shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek 
boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanishdir.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi, bu – 
• sub’ektning iqtisodiyoti to’brisida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi 
axborot tizim;
• iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o’lchash va uzatish jarayoni;
• cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarur ekanligi haqida 
ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'ldim.
Har qanday tadbir inson tomonidan amalga oshirilgani kabi buxgalteriya hisobi 
ham buxgalterlar tomonidan yuritilishi va barcha printsiplarni amalga 
oshirilishi,buxgalteriya hisobini korxona to’g’risidagi moliyaviy axborotlar bilan 
ta’minlovchi tizim, biznes amaliyotiga iqtisodiy nazariyani amalda qo’llovchi, 
jahon ishbilarmonlar tili, soliqqa tortiladigan bazani shakllandirish usuli desak, 
bozor iqtisodiyotii sharoitida buxgalter – bu moliyaviy axborotlar menejeri, 
moliyaviy axborotlar ta’minlovchi mutaxassis, moliyaviy asosda qarorlar qabul 
qilish bo’yicha menejmentga faol yordamchi va nihoyat korxona faoliyatini tubdan
yaxshilovchi shaxs ekanligi haqida ham bir nechta kerakli instruksiyalar to'g'risida 
o'rgandim.
Adabiyotlar ro'yxati:
1.Abdullayev R.A. va boshqalar. Iqtisodiy axborotni ishlash avtomatlashtirilgan 
tizimlari - T.: "Fan", 1993 y.
2.Gafurov A.G. Iqtisodiy informatika. Mualliflar jamoasi.- T.: 1999 .
3.Axborotlar tizimlari va texnologiyalari /S.S.G'ulomov umumiy tahriri ostida/. 
Darslik. - T.: "Sharq", 2000 y.
4.Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari /akad. S.S.G'ulomovning 
umumiy tahriri ostida/. O'quv qo'llanma. - T.: "Sharq", 2004.
5.Tablichno'y protsessor EXCEL. Spravochnik. - M.:Infra-M, 1998.

Mavzu: Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Reja: 1. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimining nazariy asoslari. 2. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari. 3. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish zamonaviy dasturlari. 4. Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va tеxnologiyasi 5. Buxgaltеriya sohasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va tеxnologiyalari.

Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimining nazariy asoslari. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimi iqtisodiy axborotni ishlashni avtomatlashtirilgan tizimining (IAIAT) tarkibiy, nisbiy, mustaqil qismi bo'lib, boshqaruvning muayyan vazifasini o'z ichiga oladi. Amalda ishlash quyi tizimlarining turli tarkiblari bo'lib, ko'pincha ulardan "Ildam boshqaruv", "Buxgalteriya hisobi", "Rejalashtirish", "Talabni o'rganish va bashoratlash" tizimlari tez-tez uchrab turadi.Bozor iqtisodiyeti sharoitida boshqaruvning barcha darajalarda qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslarini oshirish zarur. Boshqaruvning barcha xo'jalik tuzilmalari o'z harajatlarini o'zi qoplashi o'zini-o'zi pul mablag'i bilan ta’minlashi va mustaqil bo'lishini ta’minlamog'i lozim. Boshqaruvni yaxshilashning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblash texnikasidan, avvalo, elektron hisoblash mashinalaridan (EHM) buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) doirasida foydalanish axborotni to'plash va ishlashni jadallashtirishga ko'p muqobilli yechimlar tayerlashga yerdam beradi.EHMning qo'llash avvalo boshqaruv xodimlarning axborot to'plash, qayta ishlash va uzatish sohasidagi mehnat unumdorligini oshirishi kerak, hamda boshqaruv ishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish imkonini beradi. Bunday qarorlarni qabul qilishda uchun o'z vaqtida yetarli darajada to'la axborotdan foydalanish imkon yaratadi. Elektron hisoblash mashinalari alohida ishlatilganda, faqat axborotni ishlash bosqichini va qisman uni saqlash, hamda berish bosqichlarigina avtomatlashtira oladi. EHMdan bunday foydalanishi kerakli samarani bermaydi. Texnologik jarayenning boshqa bosqichlarini ham avtomatlashtirish zarur, chunki ular ham sermehnat bo'lib, boshqaruv jarayeni umumiy sermehnatligining deyarli yarimini tashkil etadi. Shuning uchun, boshqaruvda EHMdan foydalanishgagina emas, balki boshqaruv ishini, uning barcha bosqichlarida majmuiviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini yaratishga katta e’tibor beriladi.Boshqaruv avtomatlashtirish tiziminining (BAT) boshqaruvining turli bosqichlarida ishlaydi. Xususan, umumiy maqsadli BATga reja hisob -kitoblari avtomatlashtirilgan tizimi (RHAT), moliya hisob - kitoblari avtomatlashtirilgan tizimi (MHAT), davlat statistikasi avtomatlashtirilgan tizimi (DSAT) va hokazolar kiritiladi. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tizimi (BHAT) BATning bir qismi bo'lib, EHM va boshqa texnik vositalari yordamida axborotni to'plash, qayd etish hamda uzatishni avtomatlashtiruvchi "odam- mashina" tizimidir. Maqbul vazifalar yechimlarini loyihalar yeki o'z qarorlarini ishlab chiqishni, ular ijrosini nazorat qilishni avtomatlashtirish BATni iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash tizimlaridan (IAQIAT) va BHATdan ajratib turadi."Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish" fanining o'rganish predmeti buxgalteriya hisobi va hisobotlarida boshlang'ich axborotlarni yig'ish, qayta

ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash, tuzish va ishlatish tushuniladi. Iqtisodiy ma’lumotlarni ishlash tizimi o'z rivojida bir qancha bosqichlardan o’tadi. Birinchi bosqich - bu ma’lumotlarni qo'lda ishlash usulidir. Bunda hisoblashlar qo'lda yeki yerdamchi moslamalar (ashelar)dan foydalangan holda bajariladi. Bu bosqich hisob-kitoblarning nihoyatda sermehnatliligi, hujjatlashtirishning kunda kunga ko'payishi bilan tavsiflanadi.Ma’lumotlarni ishlash tizimi rivojining ikkinchi bosqichi - iqtisodiy axborotni ishlashni qisman mexanizatsiyalashdir. Uchinchi bosqich - bu majmuiy mexanizatsiyalash bo'lib, bunda axborotni ishlash bo'yicha barcha harakatlar mashinalarda bajariladi. Bu bosqichdagi texnik vositalar majmuiga EHM kiradi. Bunda ildam, buxgalteriya va statistik hisoblarni uzviy birlashtirish ko'zda tutiladi.To'rtinchi bosqichida ma’lumotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi o'rnini ma’lumotlarni ishlashning shaxsiy elektron hisoblash mashinalardan (ShEHM) foydalanishga asoslangan avtomatlashtirilgan tizimi egallaydi. Qisman avtomatlashtirish bosqichida ayrim vazifalar, uchastkalar yechimi o'zaro bog'lanmay avtomatlashtirilgan. Ishlarni muvofiqlashtirish va axborotni ishlash jarayonini boshqarishni odam bajaradi.Beshinchi bosqich - iqtisodiy axborotni ishlashni majmuaviy avtomatlashtirish bo'lib, bunda hisoblash jarayonini yakunlovchi axborotni to'plashdan uzatishgacha bo'lgan barcha ishlari yagona texnologik jarayenni hosil qiladi va avtomatlashtirilganidir. Bu bosqichda iqtisodiy axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlari hamda, umuman, turli daraja va xizmatlardagi boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimlari (BAT) paydo bo'ladi.Belgilangan maqsadga ko'ra axborot-ma’lumotnomali, axborot-tavsiyali, iqtisodiy-tashkiliy avtomatlashtirilgan tizimlar, texnologik jarayonni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga (TJBAT) ajratiladi.Ish tartiblariga ko'ra vaqtning amaldagi ko’lami, vaqtni taqsimlash, taqsimlash tartibi, muloqatli tuplamlilariga bo'linadi va hokazo.Ma’lumotlarni ishlash darajasiga ko'ra markazlashtirilgan, mahaliy va jamoa tarzida foydalanish turlariga ajratiladi. Mashinasiz va mashinali axborot ta’minoti texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash yagona tizimi, boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalaniladigan hujjatlashtirish hamda axborot guruhlarining birxillashtirish tizimlari jamidir.Texnikaviy ta’minot texnika vositalari majmuini hamda texnik vositalarni ishlatish hujjatlashtirishni o'z ichiga oladi.Matematik ta’minot iqtisodiy-matematik modellar yaratish imkonini beradigan vositalar va usullar jamini o'z ichiga oladi.Dasturiy ta’minot qo'yilgan vazifalarni hal etish imkonini beradigan dasturlar va dasturiy vositalar yig'indisini o'z ichiga oladi.Kadrlar ta’minotiga IAIAT ishlashini ta’minlaydigan kishilar jami kiradi.Ergonomik ta’minot ma’lumotlarni ishlashda mutaxassislar sog’lig’iga zarar yetkazadigan jarayenlarga chek qo’yish

jarayonlarini, ularning estetik saviyasini oshirish imkonini beradigan vositalarni o'z ichiga oladi.Huquqiy ta’minot IAIATni ishlab chikish, joriy etish va ishlatishni tartibga soluvchi me’eriy va xukukiy aktlar jamidan iboratdir.Ishlash kuyi tizimi- IAIATning tarkibiy, nisbiy, mustakil qismi bo'lib, boshqaruvning muayyan vazifasini o'z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobi axborotni qayta ishlash avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) ning yaratish tamoyillariBHATni yaratish, joriy qilish va rivojlantirishda bir qancha talablarga rioya qilish hamda muayyan qoidalarni bajarish kerak bo'ladiki, ular tamoyillar (tamoyillar) deb ataladi.Birinchi tamoyil - betartiblik bo'lib, u ishlash ob’ektiga qarashni o'zaro bog'liq unsurlar jami, o'zaro boq’liq ko'pdan ko'p modellar tusilishi tarzida tasniflaydi.Ikkinchi tamoyil - bu BATga yangi vazifalar kiritilishidir. BATning tashkil etish ob’ektiv tarzda, texnika imkoniyatlari hisobga olgan holda yangi boshqaruv vazifalari vujudga kelishi bilan birga sodir bo'lishi kerakki, ularni EHMdan foydalanmasdan turib, hal qilib bo'lmaydi. EHMdan foydalanish tovar oborotini, tovar zaxiralarini ildam boshqarish vazifalarini hal etish, ko'p ulchamli tahlil o'tkazish, yasama (imitatsion) modellashni amalga oshirish imkonini beradi.Birinchi rahbar tamoyili - rahbariyat ma’lumotlarini ishlash avtomatlashtirilgan tizimini yaratishda bevosita qatnashib, yetakchilik qilishini nazarda tutadi. Pirovard natijada boshqaruvchi va uning oqibati shu bo'lgan boshqariluvchi tizimlar muvaffaqiyatliishlashi uchun bevosita rahbar javobgar bo'ladi. Binobarin, avtomatlashtirish loyihasini ishlab chiqish, hal etiladigan vazifalar ro’yxatini aniqlash bo'yicha shartnoma tuzishda hal qiluvchi so'zni korxona yeki tashkilot rahbari aytadi.Loyihali yechimlarni namunaviylashtirish tamoyili namunaviy loyiha yechimlarini qo'llashga asoslanadiki, u loyihalash harajatlarini ancha kamaytirish kerak bo'ladi. Hozirgi vaqtda temir yo'l transporti korxonalarida ko'pincha bir-birini takrorlaydigan loyihalar joriy etilmoqda. Natijada axborot ishlashni avtomatlashtirishning samaradorligi ancha kamaymoqda. Navbatdagi muhim tamoyili - bu yangi tashkiliy-ishlatish tuzilmasi negizida BAT yaratishdir. Bunda boshqaruv tizimi sifat jihatidan ancha yuqori bosqichga ko'tarilishi, uning boshqaruv qarorlari qabul qilishdagi moslanuvchanligi, epchilligi va samaradorligi ortishi zarur deb hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi.Iqtisodiyotni boshqarishdagi o'zgarishlar, bozor munosabatlariga o'tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko'rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga o'tish amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyatining Yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Hisobchidan korxona moliyaviy holatini ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlili usullarini egallash, qimmatli qog'ozlar bilan ishlashni mukammal bilish, bozor sharoitlarida pul mablag'lari investitsiyalarini hisoblash va boshqalarni talab qiladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda hozirgi davrda hisobchini "moliyaviy menejer", "hisobchi-tahlilchi" deb atash ham mumkin.Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyorlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayenida buxgalteriya hisobi katta rol o'ynaydi, bunda barcha axborotlarnining 60% jamlanadi.Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash amalga oshiriladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish, birlamchi va yig'ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarini o'zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o'z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig'ma hisob va hisobotlarni tuzish. Shahsiy komputer bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari suradi. Shunda ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o'rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang'ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo'ladi. Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o'rtasidagi aniq chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida namoyon bo'ldi. Quyidagi 4 chismada buxgalteriya hisobining AATsharoitida faol ko'rsatish tamoyillari keltirilgan.