logo

Buxoro shahridagi memorchilik yodgorliklari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.9736328125 KB
Buxoro shahridagi memorchilik yodgorliklari
Reja:
1. Ark. Paydo bo'lishi va tuzilishi
2. Registon. Uning shakllanishi va joylashuvi
3. Somoniylar maqbarasi
4. Chashmai Ayub Shahriston ark o'mida eramizdan avvalgi IV asrda ham mavjud bo'lgan.
Amir aiki qurilishida yog'och ko'p miqdorda ishlatilganligi tufayli 1920-yilda
qizil   armiya   tomonidan   shaharga   o't   qo'yilganda   vayron   bo'lgan   va   keyinchalik
tarixiy hujjatlar asosida qayta tiklangan.
Ark   davlat   tashkilotlari,   saroy   bilan   birgalikda   amir,   uning   xotini,
qarindoshlari, amaldorlarning u  o’lari Jan iborat bo'lgan.
Ark   salomxona   (amiming   yashash   joyi),   ko'rinishxona   (taxtxona),
mirshabxona,  otxona, qurol-yarog' ombori, ustaxona, zarbxona, masjid  va boshqa
maishiy binolardan iborat bo'lgan.
Arkning   kirish   eshigi   XVI   asrda   qurilgan.   Ark   balandligi   20   metrgacha
bo'lgan   tepalik   ustiga   qurilgan   bo'lib,   uning   maydoni   4   ga   ni   tashkil   etadi.
To'rtburchak   shaklga   ega   bo'lgan   ark   devorlari   turli   davlarda   tosh,   pishiq   va   xom
g'isht,   paxsalar   bilan   mustahkamlangan.   Xususan,   qulab   tushgan   joylari   dastlab
xom g'ishtdan, keyin pishiq g'ishtdan ta'mir etilgan.
XVI asrda Arkning g'arbiy tomonida ko'tarilib bomvchi yo'l va ulkan darvoza
bunyod   etilgan.   Bunga   qadar   Ark   darvozasi   uning   sharqiy   qismida   joylashgan.
Darvozaxona   peshtoqining   ikki   yon   tomonidagi   "guldastda"   (burj)   va   ular
oralig'idagi   3   qavatli   bino   yaxshi   saqlangan.   Ark   ichkarisiga   olib   kiradigan   u/un
dalon   yo'lakning   chap   devorida   12   va   o'ng   devorida   13   taxmonlokcha   qilingan.
Chap   tomondagi   tokchalaming   ba'zilarida   obxonaga   kiriladigan   eshiklar   bor.
Guldastalar lagida  zax  va havosi dim yerto'lalar joylashtirilgan.
Dalonning   o'ng   tomonidagi   o'rta   tokchasida   afsonaviy   qahramon   Siyovush
ruhiga   Nuvro'z   bayramida   chiroqlar   yoqilgan.   Amir   otxonasiga   ham   shu   yerdagi
zina   orqali   Ihilgan.   Dalondan   chiqaverishda   bizga   qadar   yetib   kelmagan
to'pchiboshi(saroy   qo'riqchilari   boshlig'i;   urush   paytida   amir   qo'shinlarining
qo'mondonijning Mbkamasi. shu yerdagi ayvon tagida yerto'la bo'lgan.
XVIII   asr   oxirlarida   g'arbiy   devor   burchagida   peshayvonli   Jome'   masjid
bunyod   -ftllib,   uning   darvozalari,   panjaralari,   devorlarining   ichki   tomonidagi
naqshlar orasiga   Qur'on   oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girixlar bilan
bezatilgan. Aikning   shimoli-g'arbiy   burchagida   to'pchiboshining   uyi   va   ta'mir   shlari
ustidan   nrat   qiluvchi   mansabdor   turadigan   xona   bo'lgan.   Masjidning   sharq
tomonida   urqa tarallda zarbxona joylashib zarbxonaning   shinioli-sliarqida
i xona, janubida devonbegining mahkamasi  va amirlik qushbegisiga qarashli
shahar  joylashgan.
Jome'   masjiddan   boshlangan   tor   yo'lak   qushbegi   hovlisi   orqali   Chorsuga
horsuning   chap   tomonida   tosh   yotqizilgan   katta   hovlida   ko'rinishxona   ^Huuhgan
Bu yerda elchilar qabul qilingan va amirlaming taxtga o'tirishi i   unliti  o 'tkazilgan.
1605-yilda   hovliga   kiraverishda   peshtoq   bunyod   etilgan.   Hpvllning   uch   tomoni
ayvon bilan o'ralib, oldingi peshayvondagi ikki qatoi naqshli
KVIII   asming   ikkinchi   yarmida   arkning   shimoli-sharqida   Buxoro   amirining
qxonasi -Buxoro   zindoni   qurilgan.   Zindon   atrofi   pishiq   g'isht   terib   ko'tarilgan   va
yuqorisi   ham   baland   g'ishtin   devor   bilan   o'ralgan   tepalik   ustidagi   imoratlar
majmuidan   iborat.   Zindonga   kichik   peshtoqli   va   ikki   tabaqali   qadimiy   yog'och
eshigi   bo'lgan   darvozaxonadan   kirilib,   uning   hovlisida   turli   davrlarga   oid   pastak
g'ishtin   binolar   bor.   Bular   zindonbon   xonasi,   soliq   to'lamaganlar,   qarzdorlar   va
siyosiy   ninlibuslar   hamda   o'limga   mahkum   etilganlar   uchun   qurilgan   xonalardir.
Zindonbon   xonasi   sahnida   pastga,   chuqurlikka   olib   boradigan   keng   tuynuk
mavjud. Bu  yo'lak  orqali  chohga  tushiladi.  Uning diametri  5  metr,  chuqurligi   6,5
metr bo'lib, ushbu chuqurlikda mahbuslar saqlangan.
Arkning g'arl) tomonidagi hovlida mirzalar va boshqa xizmatchilar uchun ikki
qavatli   binolar   qurilgan.   Sal   narida   salomxona,   undan   sharq   tomonda
melimonxonalar, amir va boshqa oliy mansabdorlarga qarashli binolar joylashgan
Janubiy   tomonda   hammom.   hammomning   sharq   tomonida   kichkina   masjid
joylashgan.
Arkning   markazida   o'rda   (amiming   xotinlari   turadigan   uy),   shimolida
qushbegi   xotmlari   turadigan   uylar,   hammomning   sharqida   amir   haramidagi
qizlaming uylari, sharqida zodogonlarning uylari mavjud. Arkning shimoli-sharqiy
burchagida   Childuxtaron   masjidi   va   Battol   G'oziy   xonaqosi   joylashib,   bizgacha
yetib   kelgan.Arkning   sharqiy   devori   bo'ylab   soqchilar   kazarmasi,   janubi-sharqiy burchagida dorixona joylashgan. Arkdagi imoratlarning 80 foizi bizgacha saqlanib
qolmagan.
Ark   ichidan   oqova   suvlar   maxsus   katta   sopol   quvurlar   orqali   tashqariga
chiqarilgan.   Arkning   g'arbiy   devoridan   boshqa   hamma   devorlari   burchaklaridagi
iiiinoralar buzilib ketgan.
1990-yilda   nrkda   olib   borilgan   arxeologik   qazishmalar   chog'ida   Amir
mehmanxonasi   hisoblangan   xonaqoh   va   uning   atrofidagi   hujralar   poydevorlari
hovli   ichkarisidagi   supa,   tazar,   sandal   va   yaxxonalar   ochildi.   Qazishmalar
jarayonida   xos   hammom   ham   o'rganilib,   u   tuzilish   jihatidan   murakkabligi,   ya'ni
yerosti   tazarlari   umimiy   bir   tarmoqqa   bo'ysundirilganligi,   shahar   tashqarisidagi
zahkashga qadar cho'zilganligi. to'rt tomondagi o'txonalari doimiy ravishda bir xil
issiqlik   berib   turishi,   yaxxonadagi   muzning   to   kech   kuzgacha   saqlanganligi
aniqlandi.
Buxoro   shahrining   2500   yilligi   munosabati   bilan   ark   ichkarisidagi   taxt
joylashgan hovli ta'mirlanib. asl holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi.
Registon   ark   garbida   joylashgan   bo'lib,   u   arablar   bosqiniga   qadar   bo'lgan
davrda   shakllanran.   XVI   asrga   qadar   Registon   maydonida   ma'muriy   binolar-
devonxonalar va zodogonlar saroylari joylashgan, keyinchalik uning o'rnini bozor
rastalari cgallagan.
XVI   asrdan   boshlab   Registonning   kirish   qsimida   Rastai   Toqi   Tirgaron
(qurolsozlar toqi), markazida esa Toqi ord furushon (unfurushlar toqi) atrofida esa
bosh kiyim hamda paxtadan qilingan matolar bilan savdo qiluvchi toqlar qurilgan.
Registon   hududida   bizga   qadar   yetib   kelgan   yagona   yodgorlik   XVIII   asrga
oid   Bolahovuz   kompleksidir.   Ko'p   sonli   kolonnalardan   iborat   ayvonli   masjid
minora bilan yonidagi hovuz suvlarida o'ziga xos tarzda aks etadi.
Bolahovuz   yodgorligi   tomonlari   11,5   metr   to'rtburchak   murabba   shaklda
bo'lib,   uning   katta   gumbazli   masjidi   1712-yilda,   hovli   va   hujralari   XIX   asrda,
ayvoni   1915-1917-yillarda,   masjid   yonida   turgan   minora   ham   shu   yillarda   Usta
Shirin Murodov va Usta Hafizovlar tomonidan bunyod etilgan. Bolahovuz   masjidi   qalqonsimon   va   murakkab   bo'rtma   naqshlar   bilan
bezatilib,   uning   ayvonida   20   ta   baland   va   ingichka   yog'osh   ustunlar   joylashgan.
Bolahovuz masjidida asosan Juma namozi o'qiladi.
Somoniylar   maqbarasi   Ark   ro'parasida,   xiyobon   o'rtasida   joylashgan   bo'lib,
xalq orasida u Somoniylar davlatining asoschisi lsmoil Somoniy nomi bilan bog'liq
deb   hisoblanadi.   Bizgacha   yetib   kelgan   manbalarga   ko'ra   ushbu   maqbara   lsmoil
Somoniy tomonidan otasi Nasr I (vafoti 832-yil) uchun barpo etilgan. Biroq 1937-
yilda   maqbaraning   sharqiy   tomonidagi   eshik   ustida,   suvoq   ostida   Ismoilning
nabirasi   Nasr   II   (914-943)   ismi   bitilgan   yog'och   taxtacha   bo'Iagi   topiladi.   Ushbu
bitik maqbaraning bunyodkori sharafiga yozilganmi, yoki maqbaraga Nasr II dafn
etilganidan   so'ng   yozilganmi,   bu   aniq   emas.   Nima   bo'lganda   ham   maqbara
Somoniylarning   oilaviy   dahmasi   bo'lib.   uning   qurilishi   taxminan   892-943-yillar
orasida   bo'lib   o'tgan.   Narshaxiyning   yozishicha,   lsmoil   Somoniyning   o'g'li   o'z
qullari   tomonidan   o'ldirilgach,   mazkur   maqbaraga   qo'yilgan.   M.   Saidjoniv
tomonidan   topilgan   vaqfnomada   (868-yilga   oid)   zikr   etilishicha,   lsmoil
Somoniyning otasi  Amir  Ahmad mozoridan Registongacha  bo'lgan yerlarning bir
qismi maqbaraga vaqf qilib berilgan.
Somoniylar maqbarasi  birinchi navbatda o'zining n>e'morchilik hususiyatlari
bilan  mashhurdir.  10,80x10,70   metr   hajmli   to'nburchak   shaklda   bo   Igan   maqbara
pishiq g'ishtdan bunyod etilgan bo'lib, jimjimador g'ishtin bezaklari chiviqli lo siq
yoki qamish bo'yra to'qimasini eslatadi.
Maqbara   yuqorida   aytganimizdek   to'rtburchak   shaklda   bo'lib,,   usti   gumbaz
bilan   yopilgan.   To'rt   burchagi   ustunsimon   bo'lib.   gumbaz   atrofiga   to'rtta   qubba
o'rnatilgan.   Maqbaraning   tashqi   tomoni   la'kidlaganimizdek   10,80x10,70   metr,
ichki tomoni esa 7,20x7,20 metr, devor qalinligi 1,8 metmi tashkil etadi.
lsmoil Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib hajmiy tuzilishigacha gcometrik
tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan. Aniq inatematik hisob-kitoblarga
ko'ra  maqbara   balandligi   uning  kvadrat   plani  dioganaliga   to'g'ri   kelgan.
Maqbaraning   shakli,   forrnasi   ayrim   tadqiqotchilar   tomonidan   simvolik
jihatdan quyidagicha talqin qilinadi: Kub-qat'iy   shakl,   yer,   gumbaz-osmon,   ularning   birlashishi   esa   olamga   qiyos
qilingan.   Aylana   disklar   quyosh   kultidan   meros   bo'lib,   keyinchalik   ular   ornamet
elementiga aylanib ketgan.
Maqbara devori tepasida kungirasimon darchalar bo'lib, ularning soni 40 tani
tashkil   etgan.   Har   bir   darcha   hoshiyalangan.   Ravoq   tepasidagi   qanos   g'ishtin
tangachalar   marjoni   bilan   chegaralangan.   Ikki   chetiga   mayda   g'ishtdan   chorsu
tumor   yasalgan.   Bino   ichkarisidagi   bezaklar   tashqarisidagi   bezaklar   bilan   uzviy
bog'liq   bo'lib,   uslub   jihatdan   bir   xil.   Ichki   devor   gumbaz   ostidagi   ustma-ust
joylashgan   ravoqchalar   ustunlariga   tayangan   bo'lib,   ravoqchalar   sakkiz   qirrali
gumbaz   asosini   tashkil   etadi.   Qirralar   burchagiga   gumbazga   tirgaklik   qiluvchi
ustunchalar ishlangan.
Ismoli   Somoniy   maqbarasi   O'rta   Osiyo   me'morchiligi   va   san'ati   tarixidagi
dastlabki   maqbaralardandir.   Uning   tuzilishida   qadimgi   So'g'd   me'morchiligining
an'analari   saqlanib   qolgan.   1925-yilda   maqbaraning   gumbazi   ta'mirlangan   bo'lsa,
1937-1939-yillarda   B.   Zasipkin   va   usta   Shirin   Murodov   boshchiligida   to'liq
ta'mirlangan.
Chashmai Ayub yodgorligi to'g'ri burchakli, g'arbdan sharqqa cho'zilgan to'rt
xonadan   iborat   bo'lib,   har   bir   xona   bir-biriga   o'xshamagan   gumbazlar   bilan
qoplangan.   Yodgorlikdagi   eng   qadimgi   xona   to'rtburchak   shaklda   (4,5x4,5   metr)
bo'lib,   u   xalq   orasidagi   rivoyatlarga   ko'ra   Qoraxoniy   Arslonxon   tomonidan
Minorai   Kalon   va   Namozgoh   masjidi   bilan   bir   vaqtda   qurilgan   deb   hisoblanadi.
Ziyoratxonada   Amir   Temur   farmoyishi   bilan   1379-80-yillarda   yodgorlikning
qadimgi   qismiga   taqab   kuloxiy   gumbazli   katta   xona   burchaklarida   minoralari
bo'lgan dahliz qurilgan. Buning natijasida  yodgorlikning qadimgi  qismi  ichkarida
qolgan.   Bu   haqda   inshootning   devorida   bitilgan   yozuvlar   guvohlik   beradi.
Rivoyatlarga ko'ra chashma quduq Ayyub payg'ambar qadamjoyi hisoblanadi.
Qo'sh   madarasa   ansambli   Buxoro   shahridagi   istirohat   bog'idan   uncha   uzoq
bo'lmagan   joyda   joylashgan   bo'lib,   u   ikkita-Modarixon   va   Abdullaxon
madrasalaridan   iborat.   Har   ikkla   madrasa   Registondan   Shirgaron   darvozasiga boruvchi   tor   ko'chaning   ikki   tomonida   joylashib,   ularning   peshtoqi   bir-biriga
qaragan.
Modarixon madrasasi  Abdullaxonning onasi  sharafiga  bunyod etilgan  bo'lib,
uning   qurilgan   vaqti   kirish   qismida   she'riy   tarzda   bitilgan.   Unga   ko'ra   yodgorlik
hijriy   974-yilda   (milodiy   1566-67-yillar)   qurilgan.   Madrasa   chorsi   tarxli   (67x45
metr)   va   ikki   qavatli.   Bosh   tarzida   ulkan   peshtoq   va   uning   ikki   yonidagi   ikki
qavatli,   oldi   ravoqli   uch   qismga   ajratilgan   xonalar   oldi   geometrik   uslubda
koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Burchaklarida sirkor g'ishtlar har birida eshik
va uning tepasida ganchkori panjara bunyod etilgan.
Modarixon   madrasasi   miyonxona,   darsxona   va   masjiddan   iborat.
Madrasaning devorining qurilishi XVI asr Buxoro me'morchiligga xos bo'lib, ikki
chekkasi   pishiq   g'ishtdan   terilgan,   o'rtasi   siniq   g'isht   bo'laklari   bilan   to'ldirilgan.
Madrasa binosi 1997-1998-yillarda qayta ta'mirlangan.
Abdullaxon   madrasasi   Qo'sh   madrasa   ansamblining   shimolida   Modarixon
madrasasi ro'parasida joylashgan bo'lib, Shayboniylar naslidan bo'lgan Abdullaxon
II tomonidan bunyod etilgan. Me'mori noma'lum bo'lgan ushbu yodgorlik 1588-90-
yillarda bunyod etilgan.
Abdullaxon   madrasasi   XVI   asr   Buxoro   me'morchiligining   yuksak   namunasi
bo'lib,   uning   tuzilishi   odatdagi   madrasalardan   farq   qiladi.   Madrasa   darsxona,
masjid hamda hovli atrofidagi ikki qavatli hujralardan iborat.
Madrasaning   darvozasi   o'ziga   xos   bo'lib,   u   xotamkori   uslubining   noyob
namunasi - girix shaklli yog'och parchalaridan terilgan. Shuningdek, madrasaning
peshtoqi bezaklarida XVI asr ikkinchi yarmiga xos ranglar-xira och yashil, oq, ko'k
hamda och binafsharanglar ko'p uchraydi.
Abdullaxon   II   (1534-1598)   Shayboniy   Iskandar   Sultonning   o'gli   bo'lib,
Buxoro   xonligi   taxtiga   1556-yiIda   o'tiradi.   Ungacha   bo'lgan   davrda   Abdullaxon
Karmana va Miyonkol hukmdori edi.
Butun   o'tmish   tarix   jamiyat   va   davlat   taqdiri   hukmdorning   qanday   shaxs
ekanligiga eng ko'p darajada bog'liq ekanligini isbotlab kclmoqda. Shayboniylar davri ham bu haqiqatni inkor etmaydi. Ubaydullaxonning o'limi
(1539) dan keyingi davr bu haqiqatning to'g'riligini yana bir bor isbotlaydi.
Ubaydullaxondan so'ng shayboniylar sulolasi vakillari o'rtasida o'zaro nizolar
•vjiga   chiqdi.   Buning   oqibatida   Abdullaxon   I   ning   qisqa   hukmronligi   (1539-
1540)dan   no'ng   mamlakatda   qo'shhokimiyatchilik   vujudga   keldi.   Ya'ni,   bir
davlatda ikki tuikmdor paydo bo'ldi.
Ular-Ubaydullaxonning   o'g'li   Abdulazizxon   Buxoroda   (1540-1550),
ikkinchisi-k " 4hkunchixonning   o'g'li   Abdulaziz   Samarqandda   (1540-1551)
hukmdorlik qila boshladilar.
Iliroq,   qachondir,   kimdir   bu   holatga   chek   qo'yishi   kerak   edi.   Bu   vazifani
Abdullaxon II uddalay oldi.
Abdullaxonning   otasi   Iskandarxon   nomiga   bo'Isada,   1583-yilgacha   Buxoro
nonligi   taxtida   o'tirgan.  1556-yildan  boshlab   aslida  hokimiyat  Abdullaxon  qo'lida
bo'lgan. 1583-yilda Iskandarxon vafot etgach, o'g'li Abdullaxon II nomi bilan xon
deb c'lon qilingan.
Ulug'bek madrasasi  Ulug'bek bunyod qilgan uchta yirik madrasaning biridir.
(1417- 1420 yillarda Samarqanddagi Registon maydoniga qurilgan ikkinchi, 1433-
yilda   G'ijduvonda   qurilgan   madrasa   uchinchi   edi).   «Tojdor   olim»   o'z   zamonida
Samarqandda   nodir   hisoblangan   rasadxona   (observatoriya)ni   barpo   etdi   Uiug'bek
astronomiya   va   matematikaga   oid   asarlarning   muallifl   edi,   butun   dunyoda
qadrlanadigan asarlarni u, o'z zamonidagi  boshqa yirik olimlar  bilan hamkorlikda
yaratdi.
Uiug'bek   hokimlik   qilgan   yillarda   hunarmandchilik,   savdc-sotiq,   binokorlik
ancha   rivojlandi,   qo'shni   mamlakatlar   bilan   madaniy   va   iqtisodiy   aloqalar   tag'in
ham   kengaydi.   Madrasalarda   o'qitish   ishlari   ham   bir   qadar   o'zgardi;   diniy   fanlar
bilan bir qatorda grammatika, ritorika, logika, astronomiya, geometriya, she'riyat,
musiqa.   hartotlik   singari   «dunyoviy»   fanlar   ham   rivojlandi   deyish   mumkin.   U
Buxoro   viloyatining   qoq   markazida   yangicha   madrasa   qurishga   qaror   qiladi.
Uiug'bek o'sha madrasaning eshigiga: «Ilm-fanga havas qo'yish har bir muslim va
muslimaga (erkak va ayol  musulmonga)  farzdir» degan mardona da'vatni  bittirdi. Bu   yozuv   geometrik   naqsh   -   girix   bilan   o'ralib,   o'ng   eshik   tavaqasining   yuqori
qismiga   qo'yilgan   yog'och   taxtaga   o'yib   bitilgan.   O'sha   cshikka   halqa   o'rnatish
uchun   qoqilgan   guldor   parchinga   «Ilmu   fan   ahli   Alloh   marhamatidan   har   lahza
bahramand bo'lsin» yozuvlari bitilgan.
Olimlar madrasa eshigining yuqori qismida madrasa qurib bitkazilgan vaqtni.
«820-yiI hijriy, rajab oyi», ya'ni 1417-yil 14-avgust  va 12 sentabr degan so'zlarni
ham o'qib bildilar. Peshtoqning tokchasidagi yana bir yozuv ziyoratchilar diqqatini
o'ziga jalb qiladi, o'sha yozuvda ana shu ajoyib yodgorlikni bunyod qilgan naqqosh
nomi   ko'rsatilgan.   U   Ismoil   ibn   Tohir   ibn   Mahmud   Isfahoniy   edi   (Temur
davridayoq   Erondan   olib   kelingan   ustalardan   birining   avlodi   bo'lsa   kerak).
Madrasa   shimoldan   janubga   tomon   cho'zilib,   raso   to'rtburchak   bo'lib   tushgan,
uning   umumiy   kattaligi   41,6X50   m.   Burchaklariga   odatga   ko'ra   minora
(guldasta)lar   ishlangan.   Istiqomat   qilish   uchun   mo'ljallangan   xonalar   (hujralar)
ochiq hovli tevaragiga tushgan bo'lsa, jamoat binolari imoratning oldingi, peshtoqli
qismiga tushgan.
Imorat kompozitsiyasi bir-biriga lik tushgan deb faraz qilinadigan ikki o'qdan
tashkil   topgan.   Uzunasiga   ketgan   o'qi   kirish   peshtoqi,   katta   dahliz,   hovlidagi
janubiy   ayvon,   chorsi   hovli,   hovlidagi   shinioliy   ayvonning   8   metrgacha
cho'ziladigan kaltakon lokchasidan o'tadi. Shunday qilib, hovlida go'yo ikki ayvon
bor.   Hovlining   chor   airolldan   ikki   qavat   bo'lib   tushgan   ravoqli   peshtoqlar   o'tadi.
Birinchi   qavatida   chuqur   tokchalar   bor.   bular   talabalarning   hujralariga   kirish
yo'lidir,   hujralarning   har   biri   3X5   m   dan.   Ikkinchi   qavatdagi   ravoqlar   ikkinchi
yo'lak   ayvonni   cheklab   turadi,   madrasa   talabalari   shu   yo'lakdan   ikkinchi   qavat
hujralariga   o'tardi.   Hovli   burchaklarida   kutubxona   bilan   darsxona   peshtoqlar
tushgan, boshi bilan oyog'ida, ayvonlaming har bir tomonida ikkitadan to'rt ravoq
peshtoq   bor;   Arxitektura   vositalaridan   ustalik   bilan   toydalanilgani   uchun   ikki
ayvonli kichkinagina chorsi hovli (25X25 m) yoyilib turgan peshtoqlar oldida keng
bir maydondek, hatto janubdan shimolga tomon cho'zilgan sahndek bo'lib tuyuladi.
Birinchi   hovlining   shimoliy   ayvoni   juda   chiroyli,   uning   shakllari   juda
kelishgan   bo'lib,   o'ziga   hasn   berib   turadi,   ayvon   ganchdan   ishlangan   nafls muqarnaslar bilan boy bezatilgan gumbaz bilan yopilgan. Dahlizdan to'g'ri madrasa
hovlisiga   o'tiladigan   yo'l   nozik   naqshli   cho'yan   panjara   bilan   to'silgan,   bu
panjaradan   hovlidagi   peshtoqlar   oftobda   yarqirab.   ko'zga   tashlanib   turadi.   Yon
tomonga   ketgan   gumbazli   dahlizlar   markaziy   dahlizdan   madrasa   hovlisiga   olib
chiqadi, bu dahlizlaidan bosh peshtoq panasida ko'zdan xoli turgan zinalarga, sharq
tomondan -kaltakon darsxona zaliga va g'arb tomondan - masjid xonaqosiga o'tish
mumkin.
XIV   asming   oxirlari   -XV   asming   boshlarida   bunyod   qilingan   O'rta   Osiyo
inshootlarining (Turkistondagi  Xo'ja Ahmad Yassaviy  maqbarasi,  Saniarqanddagi
Go'ri   Amir   va   Bibixonim   maqbarasi   va   boshqalar)   tajribalaridan   foydalanib,   bu
yerda   qalqonsimon   qirrali   asoslarga   o'matilgan   12   qirrali   pastak   gumbazlar
ishlashgan. Bunday gumbazlar odatga ko'ra, g'ishtdan terilib, gorizontal choklariga
jilo   beriladigan   bo'lsa,   sirli   zangori   va   ko'k   koshinlar   bilan   qo'shimcha   ravishda
bezatilgan. Gumbaz qirralari o'rta qismi ko'tarilib turadigan va tekis qilib ishlangan
ravoqlarga   taqalib   turadi.   Bunday   sistemalar   keyinchalik   ancha
mukammallashtirildi; ancha keyin bunyod qilingan Buxoro madrasalari-Mir Arab,
Ko'kaldosh   va   Abduilaxon   madrasalari   dahlizlarining   ajoyib   koinpozitsyalarida
shu sistcmalaming ta'sirini ko'rish mumkin.
Darsxona bilan xonaqo tomonlari deyarli 6 m keladigan, baland qilib solingan
chorsi zallardir; har bir devorda ravoq tokchalari bor. Bu devorlaming tumshuqdagi
kicliik qismlari  saqlanib qolgan, xolos. rejalari esa butsimon shaklga kirgan, bu -
XV   asr   birinchi   yarmiga   oid   bo'lgan   butun   O'rta   Osiyo   yodgorliklariga   juda
xarakterlidir
Masjidning   gumbazi   juda   g'alati:   katta   ravoqlari   orasiga   ikki   qator   qilib
jimjima naqshli yirik-yirik muqarnaslar ishlangan. Silliq gumbazning silindrsimon
qismi   yassi   tokchalardan   iborat   ravoqlar   ko'rinishida   ishlangan,   bu   ravoqlar   juda
ulug'sifat va mutanosib qilib solingan, masjid ichkarisiga alohida husn berib turadi.
Abdulazizxon   madrasasi.   XVII   asr   o'rtalarida   bunyod   qilingan   eng   yirik
binolaming   biri-Abdulazizxon   II   tomonidan   1651-yilda   solingan   madrasadir.
Arxitektura   hashamatining   boyligi   jihatidan   Abdulazizxonning   o'zidan   avvalgi tojdorlaridan o'zib ketishga harakat qilganligi shu madrasa misolida ko'zga yaqqol
tashlanadi.
Abdulazizxon   madrasasi   sirtdan   qaraganda   Uiug'bek   madrasasiga   o'xshab
ketadi.   Bu   madrasa   ham   uzunasiga   tushgan   bo'lib,   fasadi   ravoqli   peshtoq   va   ikki
boshiga   guldasta   ishlangan   ikki   qavat   qanotdan   iborat,   uning   kirish   guruhidagi
xonaiari ham ko'ndalangiga tushgan, bu madrasada ham ikki qavat peshtoqlar bor.
Lekin   Abdulazizxon   madrasasining   umumiy   kattaliklari   yirikroq:   50X67   m   ga
boradi.   Chorsi   hovlisi   28X35   m   maydonni   egallaydi.   Tashqi   dcvorlarining
konturlari   awalgidek   aniq   emas,   burchaklarida   qubbagul   dastaluri   bor,   yozgi
masjid binosi hovlining janubiy chctidan ancha beriga solingan. yon tomonlardagi
hovli ayvonlarining orqasiga ikki qavat qilib solingan hujralar ancha oldinga chiqib
turadi.   Yon   tomonlardagi   hujralar   soni   bir   qavatda   o'n   ikkitaga,   hovlining   boshi
bilan oyoq tomonlaridagi hujralar soni esa, har qanotda to'rttadan qilib, sakkizlaga
yetkazilgan.   Hovli   burchaklarining   XV-XVII   asrdagi   Buxoro   rasmiga   muvofiq
ishlangan   ham   imoraming   har   bir   kvadrat   metridan   to'la   foydalanishga   qarakat
qilinganini   ko'rsatadi,   hovli   burchaklariga   bir   qancha   kichik-kichik   hujralar
solingan.   Ularning   devori   juda   yengil   qilib   ishlangan.   Hujralar   shinam:   ularda
qulay qilib ishlangan va chiroyli bezatilgan tokchalar bor, ba'zi hujralar dahliz va
istiqomat   xonasiga   bo'limb.   o'rtasiga   sandal   ochilgan.   Madrasaning   mana   shu   va
boshqa   bir   qancha   xususiyatlari   o'sha   zamondagi   madrasalar   arxitekturasining
umumiy   rivojlanish   darajasini   aks   ettiradi   va   Abdulazizxon   madrasasini   shu
xildagi   boshqa   imoratlardan   aytarli   ajratmaydi.   Madrasa   bezaklari   juda   ham
diqqatni  о  ziga tonadi. O'rta Osiyoning o'sha zamondagi naqqoshlik san'ati ishlab i
hiqqan jatai xilma-xil bczash usullaridan foydalanilgan.
Koshinkor   g'ishtin   qismlar   bosh   fasad   (peshtoq,   hujralar).   naqsh   va   bezak
lavhalari   (panno)   bilan   hovlida   (gumbazlar,   peshtoqlar,   ayvonlaming   g   Lshtin
devorlari) uchraydi. Koshinkor g'ishtlar uslubga ko'ra juda rang-barang sirli sopol
g'ishtlar   ustiga   ko'k,   zangori,   parchinlar   qoplangan.   Lekin   ular   yangicha   usulda,
choksiz   bloklar   holida   qilib   terilgan.   bu-ishni   tezlashtirib,   arzonlashtirgani   bilan
chokli  qopi.uii.ilar  singari a'lo sifatli va aniq bo'lib chiqmas edi. lshlatilgan koshinlarning rangi bilan syujeti ham o'zgarib qolgan. llgari rasm
bo'lgan   mavhum   o'simliklar   nusxasi   o'miga   syujetlarda   xayoliy   jonivmlai
tasvirlangan   manzara   elementlari   paydo   bo'ladi.   Chunonchi,   bosh   peshtoqning
koshinkor pannolarida ilon tomoqli xayoliy qushlar las.iri diqqatni tortadi. Ikkinchi
qavat timpanlarida to'ti qushga o'xshab ketadigan baxt qushi - odam bo I semumg'-
laming  tasvirini   ko'rish   mumkin.   Peshtoq   chekkasida   dastalari   uzun   bo'yinli   qush
boshiga o'xshatib ishlangan va bo'rtma naqsh bilan bezatilgan havo rang vaza qad
ko'tarib   turadi.   Ravoq   timpanlari   boshdan-oyoq   koshinkor   qilib   ishlatilgan,   hovli
ayvonlarini ham koshinkor naqshlar bezatib turadi. Bu naqshlai kattaligi taxminan
25X25 sm keladigan bir xildagi parchinga tushirilgan.
Abdulazizxon   madrasasida   xonalaming   bezagiga   alohida   c'tibor   berilgaii.
Darsxona devorlarida xitoy chinnisidagi naqshlarga o'xshatib solingan naqshlarni -
oq fon ustidan ko'k rang bilan berilgan arxitektura manzaralarini, g'alati nusxadagi
daraxtlar, osmondagi bulut va suv oqimlari tasvirlarini ko'rish mumkin.
Darsxona, qishki va yozgi masjid, kutubxona (II qavatda) devorlari ko'k rang
ustidan bir talay zarhal berib, «kundal» usulida fushirilgan bo'rtma naqshlar bilan
bezatilgan,   ular   ustiga   zarbop  kimxob   yopilgandek   bo'lib,   boshdan-oyoq   yarqirab
rurar edi.
Jamoat xonalarining bezakli gumbazlari badiiy jihatdan ayniqsa qimmatlidir,
ular   tckislik   bilan   fazoga   geometrik   shakllar   tushirish   san'atining   -   O'rta   Osiyo
me'morlari   mehr   bilan   yaratgan   san'aming   necha   asrlik   butun   rivojlanish   tarixini
munosib   ravishda   bezab   turgan   tojdek   bo'lib   ko'rinadi.   Gumbazning   yirik-yirik
yassi «iroqi» muqarnaslari bilan tokchalarni bezab turgan jimjimador muqarnaslar
badiiy jihatdan juda zo'r chiqqan.
Ana   shu   hashamatli   yodgorlikni   bunyod   qilgan   odamlaming   nomlari   ham
ularning   o'zi   yaratgan   bczaklar   ichida   zamonlar   osha   bizgacha   etib   kelgan.   Bular
«saroy   me'morb   Muhammad   Solih,   masjidni   bezagan   koshinkor   usta   Xo'ja
Muhammad Amin o'g'li hattot Mavlona Muhammad Amindir. Toqi' zargaron-(forscha zargarlar toqi) me'moriy yodgorligi XV asrda bunyod
etilgan   bo'lib,   XVI   asrda   to'la-to'kis   qayta   ta'mirlangan.   Bu   inshoot   Buxorodagi
toqlaming eng yirigi va me'moriy jihatdan eng murakkabi hisoblanadi.
Manbalarda qayd etilishicha, Toqi Zargaron Buxoro chorsusi  o'miga bunyod
etilgan bo'lib, uning gumbazi arablar bosqiniga qadar qurilgan deb taxmin qilinadi.
Toqi   Zargaron   yodgorligidagi   ulkan   gumbaz   8   ta   toqiga   o'rnatilgan   bo'lib,
ko'pqirrali   poygumbazidagi   16   ta   darchadan   ichkariga   yorug'lik   tushib   turadi.
Ulkan gumbaz balandligi 16,7 metr, atrofdagi do'konlar gumbazlarining balandligi
5-7 metmi tashkil etadi.
O'tmishda   Toqi   Zargaron   dalonlarida   36   ta   zargarlik   ustaxonasi   va   do'koni
faoliyat   yuritib,   uning   atrofida   savdo   rastalari,   omborlar,   karvonsaroylar   bunyod
etilgan.
Abduilaxon   timi".   Bu   inshoot   1577-yilda   Abduilaxon   II   tomonidan   bunyod
etilgan bo'lib, Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi hisoblanadi.
Abduilaxon  timi   39x42  metr  hajmda  bo'lib,  uch   tomoni  berk,  bosh   tarzidagi
peshtoq   orqali   kiriladi.   Inshoot   o'rtasida   diametri   10   metr   bo'lgan   gumbaz
joylashib,   gumbaz   ostidagi   ravoqlar   teshiklaridan   binogc   yorug'lik   tushib   turadi.
Gumbaz ostidagi miyonsaroy atrofi dalon bo'lib, dalondagi mayda ravoqlar ichida
tomi gumbazli do'konlar bo'lgan. Abduilaxon timi pishiq g'ishtdan (22x27x3,5 sm)
bunyod etilgan.
O'tmishda   Abduilaxon   timida   asosan   shoyi,   jun   gazlama   bilan   savdo-sotiq
qilingan.
Toqi Sarrafon-(forscha sarroflar toqi) yodgorligi ham XVI arga oid bo'lib, o'z
davrida shahaming pul almashtiradigan bosh savdo markazi hisoblangan. Toqi
Sarrofon   Shahristonning   ikki   ko'chasi   kesishgan   joyda.   qadimgi   Shoxruz
arig'i ustida joylashgan.
XVI   asming   ikkinchi   yarmida   zalning   to'rtta   kesik   burchaklaridan   biriga
masjid, boshqasiga sarrofon hammomi, qolgan ikkitasiga sarrofon do'konlari kelib
tutashgan. Masjidga   kiraverishda   "Bu   qurilish   1534-1535-yillarda   Ubaydulla
Bahodurxon podsholigi davrida yakunlandi" degan mazmundagi yozuv saqlangan.
Toqi   Telpak   furushon   (forscha   teipakfumshiar   toqi)   yodgorligi   ham   XVI
asrga   oid   bo'lib,   u   bosh   kiyimlar   tayyorlash   va   sotishga   mo'ljallangan.   Bizgacha
yetib kelgan hujjatlarda aytilishicha, inshoot turli tomonlardan kelib tutashgan besh
ko'chaning kesishgan joyida 1570-1571-yillarda qurilgan.
Bino choxarso'ki Oxanin, Toqi Kitobfumshon, Toqi Xo'ja Muhammad parron
kabi   nomlar   bilan   ham   atalgan.   Toqi   Telpak   furushonda   bosh   kiyimlar   bilan   bir
qatorda kitob sotuvchi muqovasoz ustalaming ham do'konlari ham bo'lgan.
Sarrafon   hammomi.   O'rta   asrlarda   tim   va   toqlar,   ya'ni   Buxoro   bozorlarini
ko'psonli   hammomlar   to'ldirib   turgan.   Ulardan   faqat   Hammomi   Sarrafon   (Toqi
zargaron   yonida)   va   Hammomi   Bozori   kor   faoliyat   ko'rsatmoqda.   Bu   yarim
yerto'la   shaklda   bunyod   etilgan   inshootlami   hozirda   texnik   jihatdan
zamonaviylashtirilgan   bo'lsada,   tashqi   tomoni   o'zining   il   me'moriy   qiyofasini
saqlab qolgan.
Sarrafon   hammomiga   kirish   keng   yechinish   va   dam   olish   xonasidan
boshlanadi.Undan   so'ng   esa   yarim   yerto'la   shakldagi   usti   gumbazli   xonalar
boshlanib, ular bir-biri bilan tor ravoqli koridorlar orqali bog'langan. Hammom bir
qator qismlarga bo'lingan: raxrav (yo'lak), poy shuyi awal (dastlabki  oyoq yuvish
xonasi),   muyensaroy   va   unga   tutash   bo'lgan   garmxona(issiqxona),   xunukxona
(sovuqxona),   xodimxona.   Muyensaroy   bino   markazida   joylashgan   asosiy
cho'milish xonasi bo'lib. keng va balnd gumbazli qilib ishlangan.
Hammomning issiqxona va sovuqxonalarida issiq va sovuq suv uchun maxsus
xonalar bo'lgan. Issiqxona orqasida quduq va go'lax (o't yoqish xonasi) joylashgan
Go'laxda   suv   ishitilishi   bilan   birga   yerosti   yo'Iaklariga   issiq   havo   yuborilib
hammom   xonalari   (sovuq   xonadan   boshqa)   isitilgan.   Asosiy   xonalar   poli   katta
marmar   taxtalardan   ishlangan.   Yuvindi   suv   tazarlar   orqali   shahardan   tashqariga,
obiportovga chiqarilgan.
Xo'ja   Govkushon   majmuasi   Toqi   sarrafon   g'arbida   joylashgan   bo'lib,   Xo'ja
Govkushon   madrasasi   va   minorasi,   Xo'ja   masjidi   va   hovuzdan   iborat. "Govkushon"   forscha   so'z   bo'lib,   o'zbckchada   "ho'kizlar   so'yiladigan   joy"
ma'nosini anglatadi. Ilgari bu yerda kushxona mavjud bo'lgan. Madrasa 1570-yilda
ko'chalar kesishmasida qurilgan. shu tufayli taixi trapetsiya shakliga ega.
1598-yilda   madrasa   shimolida   jo'yboriy   shayx   Xo'ja   Kalon   tomonidan   Juma
masjidi qurilib. u keyinchalik Xo'ja masjidi deb atala boshlandi. Madrasa va masjid
o'rtasida pishiq g'ishtli go'zal minora qad ko'targan.
Mag'oki Attoron masjidi shahristonning janubiy qismida joylashgan yodgorlik
bo'lib,   Mag'ok   (chuqurlikda)da   va   Attro   bozori   yaqinida   joylashganligi   sababli
Mag'oki attoron masjidi deb ataladi.
Yodgorlik   haqidagi   ilk   ma'lumotlar   tarixchi   Narshaxiy   asarlarida   uchraydi.
Uning   yoishicha   ilgari   Shoxrud   daryosi   yoqasida   Mox   ismli   podshoh   tomonidan
but,   sanam   sotdadigan   bozor   qurilgan.   Bozor   yaqinida   esa   butparastlarning
ibodatxonasi   ham   mavjud   bo'lib,   but   sotib   olishga   kelgan   odamlar   ibodatxonaga
kirib   butlarga   topinishgan.   Armlar   bosqinidan   so'ng   ushbu   ibodatxona   masjidga
aylantirilgan va xalq orasida Mox masjidi deb atala boshlagan.
Narshaxiyning ushbu ma'lumoti asosida V. V. Bartold va undan keyin o'tgan
olimlar   Mox   masjidi   hozirgi   Mogaki   attoron   masjidi   o'rnida   bo'lgan   degan   fikrni
ilgari surgan edilar.
1934-yilda   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   masjid   haqiqatdan   ham
qadimiy  eknnligi,   ya'ni   uning   asosi   IX   asrga   oid   ekanligi   aniqlandi.  IX  asrga   oid
bo'lgan   masjid   to'rt   ustunli   bo'lib,   o'ymakorlik   naqshlari   bilan   bezatilgan.   Ammo
937-yilda Buxeroda ro'y bcrgan yong'in natijasida masjid ham vayron bo'ladi. XII
asrga   kelib   Masjid   xuddi   shu   loyiha   asosida   yana   qayta   tiklanadi   va   300   yil
davomida qad ko'tarib turadi.
Yodgorlik   XIV   asrda   tamirlansada   XV   asrga   kelib   katta   qismi,   jumladan,   I
".htoqining   yuqori   qismi,   gumbazlari   buzilib   ketadi.   Shundan   so'ng   yodgorlik
1546-1547-yillarda   Buxoro   xoni   Abdulazizxon   tomonidan   qayta   ta'mirlanadi.
Uning   davrida   binoning   yuqori   qismi   va   gumbazlari   qayta   quriladi.   Bu   voqealar,
ya'ni yodgorlikning Abdulazizxon tomonidan qayta qurilgan davri kirish qismining
sharqiy tomonida arab yozuvlarida bitilgan. Mag'oki   attoron   masjidi   go'zal   me'moriy   yodgorlik   namunasi   bo'lib,   ayniqsa
uning   XII   asrga   oid   janubiy   peshtoqi   me'morchilikning   noyob   namunasi
hisoblanadi. Yodgorlikning janubiy peshtoq qismi 1934-yilgi tadqiqotlar natijasida
qazib olingan bo 'lib,   asosi  yer sathidan qariyb 6 metr pastda joylashgan. Peshtoq
va uning  ravoqi  har  xil,  chunonchi  o'ymakor   ganch  sayqal   berilgan  g'isht,  koshin
o'yib naqshlangan sopol g'ishtchalar blan bezatilgan.
Mag'oki  Ko'rpa masjidi. Toqi Funishondan shimoli-g'arbda joylashib, 16.16-
1637-yillarda qayta qurilgan. Uning asosi qadimgi davrlarga oid.
Masjidi   Baland-XVI   asming   birinchi   yarmida   bunyod   etilgan   masjid   baland
tosh   asosga   qurilganligi   tufayli   Masjidi   Baland   yoki   Baland   Masjid   deb
nomlangan.   Ichki   bezaklari   bilan   XV   asming   ikkinchi   yarmiga   oid   Samarqand
maqbaralariga (Ishratxona, Oqsaroy) o'xshaydi.
Nomozgoh masjidi. Buxorodagi Nomozgoh masjidi ham bir neciia davrlarga
oid yodgorlik hisoblanadi. Namozgoh masjidining o'mi XII asrda Shamsobod deb
otalib,   bu   yerga   1119-1120-yillarda   Qoraxoniy   Arslonxon   tomonidan   iyd
namozgohi bunyod etilgan. Narshaxiyning yozishicha bunga qadar mavjud bo'lgan
iyd   namozgohi   shahardan   uzoqroqda,   ya'ni   yarim   farsax   u/oqlikda   joylashgan.
Arslonxon odamlar qiynalmasinlar va biror dushman shaharga qasd qilganida aholi
shaharda   yo'q   vaqtiga   to'g'ri   kelib   qolmasin   deb   shaharga   yaqin   joyda   namozgoh
qurishni buyurgan.
Lekin   ushbu   namozgoh   keyinchalik   vayronaga   aylanib,   buzilib   ketadi.   XVI
asrda   Namozgohning   peshayvon,   galereya   shaklidagi   gumbazli   binosi   va   nafis
qoplama   bezakli   peshtoqi   quriladi.   G'arb   tomondan   binoning   monumental   qismi
mchrobli   qadimiy   devorga   taqalgan.   Masjid   nozik   o'yma   gulli   sopol   g'ishtlar   va
mayda g'isht parchalar bilan bezatilgan. Adabiyotlar:
1. Axmedov M.Q «O'rta Osiyo me'morchilik tarixi» T. 1995. 
2.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси  C -1996  .
3 .   Ғаффоров Ш.С., Юнусов М.А.,Саидов М.М.,Шарипов С.И. Ўзбекистон 
архитектура  ёдгорликлари тарихи.Самарқанд.2008.
4.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси C-1996   й.  
1. Kattayev  К . Go'ri Amir maqbarasi. Meros gazetasi, 1992-yil fevral
2. Kattayev K. Nefrit toshi qayta tiklandi. Zarafshon gazetasi, maxsus son 1996-
yil 25-oktabr
3. Katteyev K. Go'ri Amir maqbarasi qabr toshlari. Samarqand gazetasi, 1992-
yil 5-son
4. Клавихо   Руи   Гонзалес.   Дневник   путишествие   в   Самарканд   по   двору
Тимура (1403-1406). М.,1970.
5. Маньковская   Л.   Ю.   Архитектурные   памятники   Кашкадарьи.   Т.,
«Узбекистан», 1979.
6. Маньковская   Л.   Ю.   Неизвестные   памятники   Х X —Х I Х   вв.   в
Кашкадарьинской   области.   «Строительство   и   архитектура
Узбекистана», 1969,№ П.

Buxoro shahridagi memorchilik yodgorliklari Reja: 1. Ark. Paydo bo'lishi va tuzilishi 2. Registon. Uning shakllanishi va joylashuvi 3. Somoniylar maqbarasi 4. Chashmai Ayub

Shahriston ark o'mida eramizdan avvalgi IV asrda ham mavjud bo'lgan. Amir aiki qurilishida yog'och ko'p miqdorda ishlatilganligi tufayli 1920-yilda qizil armiya tomonidan shaharga o't qo'yilganda vayron bo'lgan va keyinchalik tarixiy hujjatlar asosida qayta tiklangan. Ark davlat tashkilotlari, saroy bilan birgalikda amir, uning xotini, qarindoshlari, amaldorlarning u o’lari Jan iborat bo'lgan. Ark salomxona (amiming yashash joyi), ko'rinishxona (taxtxona), mirshabxona, otxona, qurol-yarog' ombori, ustaxona, zarbxona, masjid va boshqa maishiy binolardan iborat bo'lgan. Arkning kirish eshigi XVI asrda qurilgan. Ark balandligi 20 metrgacha bo'lgan tepalik ustiga qurilgan bo'lib, uning maydoni 4 ga ni tashkil etadi. To'rtburchak shaklga ega bo'lgan ark devorlari turli davlarda tosh, pishiq va xom g'isht, paxsalar bilan mustahkamlangan. Xususan, qulab tushgan joylari dastlab xom g'ishtdan, keyin pishiq g'ishtdan ta'mir etilgan. XVI asrda Arkning g'arbiy tomonida ko'tarilib bomvchi yo'l va ulkan darvoza bunyod etilgan. Bunga qadar Ark darvozasi uning sharqiy qismida joylashgan. Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi "guldastda" (burj) va ular oralig'idagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan u/un dalon yo'lakning chap devorida 12 va o'ng devorida 13 taxmonlokcha qilingan. Chap tomondagi tokchalaming ba'zilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldastalar lagida zax va havosi dim yerto'lalar joylashtirilgan. Dalonning o'ng tomonidagi o'rta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Nuvro'z bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir otxonasiga ham shu yerdagi zina orqali Ihilgan. Dalondan chiqaverishda bizga qadar yetib kelmagan to'pchiboshi(saroy qo'riqchilari boshlig'i; urush paytida amir qo'shinlarining qo'mondonijning Mbkamasi. shu yerdagi ayvon tagida yerto'la bo'lgan. XVIII asr oxirlarida g'arbiy devor burchagida peshayvonli Jome' masjid bunyod -ftllib, uning darvozalari, panjaralari, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qur'on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girixlar bilan bezatilgan.

Aikning shimoli-g'arbiy burchagida to'pchiboshining uyi va ta'mir shlari ustidan nrat qiluvchi mansabdor turadigan xona bo'lgan. Masjidning sharq tomonida urqa tarallda zarbxona joylashib zarbxonaning shinioli-sliarqida i xona, janubida devonbegining mahkamasi va amirlik qushbegisiga qarashli shahar joylashgan. Jome' masjiddan boshlangan tor yo'lak qushbegi hovlisi orqali Chorsuga horsuning chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovlida ko'rinishxona ^Huuhgan Bu yerda elchilar qabul qilingan va amirlaming taxtga o'tirishi i unliti o 'tkazilgan. 1605-yilda hovliga kiraverishda peshtoq bunyod etilgan. Hpvllning uch tomoni ayvon bilan o'ralib, oldingi peshayvondagi ikki qatoi naqshli KVIII asming ikkinchi yarmida arkning shimoli-sharqida Buxoro amirining qxonasi -Buxoro zindoni qurilgan. Zindon atrofi pishiq g'isht terib ko'tarilgan va yuqorisi ham baland g'ishtin devor bilan o'ralgan tepalik ustidagi imoratlar majmuidan iborat. Zindonga kichik peshtoqli va ikki tabaqali qadimiy yog'och eshigi bo'lgan darvozaxonadan kirilib, uning hovlisida turli davrlarga oid pastak g'ishtin binolar bor. Bular zindonbon xonasi, soliq to'lamaganlar, qarzdorlar va siyosiy ninlibuslar hamda o'limga mahkum etilganlar uchun qurilgan xonalardir. Zindonbon xonasi sahnida pastga, chuqurlikka olib boradigan keng tuynuk mavjud. Bu yo'lak orqali chohga tushiladi. Uning diametri 5 metr, chuqurligi 6,5 metr bo'lib, ushbu chuqurlikda mahbuslar saqlangan. Arkning g'arl) tomonidagi hovlida mirzalar va boshqa xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida salomxona, undan sharq tomonda melimonxonalar, amir va boshqa oliy mansabdorlarga qarashli binolar joylashgan Janubiy tomonda hammom. hammomning sharq tomonida kichkina masjid joylashgan. Arkning markazida o'rda (amiming xotinlari turadigan uy), shimolida qushbegi xotmlari turadigan uylar, hammomning sharqida amir haramidagi qizlaming uylari, sharqida zodogonlarning uylari mavjud. Arkning shimoli-sharqiy burchagida Childuxtaron masjidi va Battol G'oziy xonaqosi joylashib, bizgacha yetib kelgan.Arkning sharqiy devori bo'ylab soqchilar kazarmasi, janubi-sharqiy

burchagida dorixona joylashgan. Arkdagi imoratlarning 80 foizi bizgacha saqlanib qolmagan. Ark ichidan oqova suvlar maxsus katta sopol quvurlar orqali tashqariga chiqarilgan. Arkning g'arbiy devoridan boshqa hamma devorlari burchaklaridagi iiiinoralar buzilib ketgan. 1990-yilda nrkda olib borilgan arxeologik qazishmalar chog'ida Amir mehmanxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralar poydevorlari hovli ichkarisidagi supa, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi. Qazishmalar jarayonida xos hammom ham o'rganilib, u tuzilish jihatidan murakkabligi, ya'ni yerosti tazarlari umimiy bir tarmoqqa bo'ysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar cho'zilganligi. to'rt tomondagi o'txonalari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonadagi muzning to kech kuzgacha saqlanganligi aniqlandi. Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli ta'mirlanib. asl holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. Registon ark garbida joylashgan bo'lib, u arablar bosqiniga qadar bo'lgan davrda shakllanran. XVI asrga qadar Registon maydonida ma'muriy binolar- devonxonalar va zodogonlar saroylari joylashgan, keyinchalik uning o'rnini bozor rastalari cgallagan. XVI asrdan boshlab Registonning kirish qsimida Rastai Toqi Tirgaron (qurolsozlar toqi), markazida esa Toqi ord furushon (unfurushlar toqi) atrofida esa bosh kiyim hamda paxtadan qilingan matolar bilan savdo qiluvchi toqlar qurilgan. Registon hududida bizga qadar yetib kelgan yagona yodgorlik XVIII asrga oid Bolahovuz kompleksidir. Ko'p sonli kolonnalardan iborat ayvonli masjid minora bilan yonidagi hovuz suvlarida o'ziga xos tarzda aks etadi. Bolahovuz yodgorligi tomonlari 11,5 metr to'rtburchak murabba shaklda bo'lib, uning katta gumbazli masjidi 1712-yilda, hovli va hujralari XIX asrda, ayvoni 1915-1917-yillarda, masjid yonida turgan minora ham shu yillarda Usta Shirin Murodov va Usta Hafizovlar tomonidan bunyod etilgan.

Bolahovuz masjidi qalqonsimon va murakkab bo'rtma naqshlar bilan bezatilib, uning ayvonida 20 ta baland va ingichka yog'osh ustunlar joylashgan. Bolahovuz masjidida asosan Juma namozi o'qiladi. Somoniylar maqbarasi Ark ro'parasida, xiyobon o'rtasida joylashgan bo'lib, xalq orasida u Somoniylar davlatining asoschisi lsmoil Somoniy nomi bilan bog'liq deb hisoblanadi. Bizgacha yetib kelgan manbalarga ko'ra ushbu maqbara lsmoil Somoniy tomonidan otasi Nasr I (vafoti 832-yil) uchun barpo etilgan. Biroq 1937- yilda maqbaraning sharqiy tomonidagi eshik ustida, suvoq ostida Ismoilning nabirasi Nasr II (914-943) ismi bitilgan yog'och taxtacha bo'Iagi topiladi. Ushbu bitik maqbaraning bunyodkori sharafiga yozilganmi, yoki maqbaraga Nasr II dafn etilganidan so'ng yozilganmi, bu aniq emas. Nima bo'lganda ham maqbara Somoniylarning oilaviy dahmasi bo'lib. uning qurilishi taxminan 892-943-yillar orasida bo'lib o'tgan. Narshaxiyning yozishicha, lsmoil Somoniyning o'g'li o'z qullari tomonidan o'ldirilgach, mazkur maqbaraga qo'yilgan. M. Saidjoniv tomonidan topilgan vaqfnomada (868-yilga oid) zikr etilishicha, lsmoil Somoniyning otasi Amir Ahmad mozoridan Registongacha bo'lgan yerlarning bir qismi maqbaraga vaqf qilib berilgan. Somoniylar maqbarasi birinchi navbatda o'zining n>e'morchilik hususiyatlari bilan mashhurdir. 10,80x10,70 metr hajmli to'nburchak shaklda bo Igan maqbara pishiq g'ishtdan bunyod etilgan bo'lib, jimjimador g'ishtin bezaklari chiviqli lo siq yoki qamish bo'yra to'qimasini eslatadi. Maqbara yuqorida aytganimizdek to'rtburchak shaklda bo'lib,, usti gumbaz bilan yopilgan. To'rt burchagi ustunsimon bo'lib. gumbaz atrofiga to'rtta qubba o'rnatilgan. Maqbaraning tashqi tomoni la'kidlaganimizdek 10,80x10,70 metr, ichki tomoni esa 7,20x7,20 metr, devor qalinligi 1,8 metmi tashkil etadi. lsmoil Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib hajmiy tuzilishigacha gcometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan. Aniq inatematik hisob-kitoblarga ko'ra maqbara balandligi uning kvadrat plani dioganaliga to'g'ri kelgan. Maqbaraning shakli, forrnasi ayrim tadqiqotchilar tomonidan simvolik jihatdan quyidagicha talqin qilinadi: