logo

Buxoro va Xorazm xalq Respublikasining tuzilishi, ichki va tashqi siyosati hamda ularning 12v

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

64 KB
Mavzu :   Buxoro va Xorazm  xalq Respublikasining
tuzilishi, ichki va tashqi siyosati hamda ularning
tugatilishi
1917-yil Buxoro amirligi ham xuddi Xiva xonligi singari muhim
o‘zgarishlar   arafasida   turardi.   Bu   davrda   Buxoroda   jadidchilik
harakati va undan o‘sib chiqqan Yosh buxoroliklar partiyasining
faoliyati   kuchaydi.   Yosh   buxoroliklar   1910   yildayoq   o‘zlarni
alohida   tashkilot   sifatida   e’lon   qilgan   edilar.   Ular   dastavval
mavjud   monarxiya   tuzumi   doirasida   demokratik   islohotlar
o‘tkazish,   konstitutsion   monarxiyani   o‘rnatish   orqali   amirning
mutloq hokimligini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan.
1917-yil 7 aprelda Buxoro amiri Said Olimxon mamlakatda
islohotlar o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqarsa ham, amalda uni
joriy   qilmadi.   Jadidlar   Buxoro   shahrida   namoyish
uyushtirganlaridan   so‘ng   mamlakatda   ularni   yoppasiga   ta’qib
etish boshlandi. 
Buxorodagi   aprel   voqealarining   yakuni   shu   bo‘ldiki,
hukumatda konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Said
Olimxon qozikalon Sharifjon Maxdumni lavozimidan bo‘shatdi,
g‘azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo‘jani olomon qilib
o‘ldirdilar.   Nasrullobek   qo‘shbegining   buyrug‘i   bilan   Yosh
buxorolik   jadidlarning   mashhur   namoyandasi   Sadriddin   Ayniy
va   boshqalar   75   tayoq   urib   jazolandilar.   Islohotchilik harakatining   bu   bosqichi   mana   shunday   noxushlik   bilan
yakunlandi.
Oktabr   to‘ntarishidan   keyin   sovet   Rossiyasi   bilan   Buxoro
amirligi   o‘rtasidagi   munosabatlar   keskinlashdi.   Turkiston
respublikasining   bolsheviklardan   iborat   rahbariyati   Buxoro
amirligining   davlat   mustaqilligini   rasmiy   ravishda   tan   olishiga
qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib
turdi.
Yosh   buxoroliklar   amirlik   istibdodiga   qarshi   kurashni
davom   ettirdi.   Partiya   ichida   turli   guruhlarning   borligi,
qarashlarning   xilma-xilligi   tufayli   yagona   dastur   tuzishga
ehtiyoj tug‘ildi. Markaziy qo‘mita bu vazifani 1917 yil noyabrda
Fitratga topshirdi. Fitrat tomonidan 1918 yil yanvarda yozilgan
Yosh   buxoroliklar   partiyasining   dasturi   (programmasi)
Markaziy   qo‘mita   tomonidan   tasdiqlandi   va   islohot   loyihasi
sifatida   e’lon   qilindi.   Unda   Buxoro   mamlakatida
konstitutsiyaviy   monarxiya   o‘rnatish,   Buxoroning   iqtisodiy,
siyosiy   va   harbiy   mustaqilligini   ta’minlash,   madaniy
taraqqiyotga   erishish   lozimligi,   dehqonchilik   va   soliq   tizimiga
alohida   e’tibor   berildi.   Buxoroda   zamonaviy   armiyani   tashkil
etish,   2   yillik   majburiy   harbiy   xizmatni   joriy   qilish,   davlat
hisobidan   maktablar   va   oliy   o‘quv   yurtlari   ochish   zarurligi
aytildi.   Loyihada   Buxoroda   10   ta   nozirlikdan   iborat   Nozirlar Sho‘rosi   tuzish   taklif   etildi.   Keyinchalik   Fayzulla   Xo‘jayev
Fitrat   loyihasining   ancha   cheklanganligini   tanqid   qilib,   unda
boshqaruvning   respublika   usulini   joriy   etish   talab
qilinmaganligini ko‘rsatgan edi.
Turkiston   XKS   Buxoro   davlatiga   g‘animlik   qilib,   amir
hukumatini   kuch   bilan   ag‘darishga   urindi.   Bolsheviklar   shu
maqsadda Yosh buxorolik jadidlarni qo‘llab-quvvatlashdi. 1918-
yil   mart   oyida   Turkiston   o‘lkasi   XKS   raisi   F.   Kolesov
qo‘mondonligidagi   qizil   askarlar   mamlakat   poytaxti   Buxoro
shahriga   hujum   uyushtirdilar.   Ularning   hujumi   muvaffaqiyatsiz
tugagan   bo‘lsa   ham,   Buxorodagi   siyosiy   tuzumni   o‘zgartirish
uchun   urinish   to‘xtamadi.   Afsuski,   Amir   Olimxon   mamlakat
taqdiri   hal   qilinayotgan   ushbu   fursatda   muxolifatdagi   Yosh
buxoroliklar   partiyasi   arboblari   bilan   til   topisha   olmadi.   U
mamlakatla konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni
o‘rnatmoqchi   bo‘lgan   jadidlar-Yosh   buxoroliklarni   yo‘qotish
yo‘lini   tutdi.   Fayzulla   Xo‘jayevning   ta’kidlashicha,   Kolesov
voqeasidan   keyin   amir   mamlakatda   3000   kishini   qatl   qilgan.
Sadriddin   Ayniyning   yozishicha,   faqat   poytaxt   -   Eski   Buxoro
emas, balki G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako‘l, Chorjo‘y,
Xatirchi,   Karmana,   Qarshi,   Shahrisabz   bekliklarida   ham
minglab   kishilar   jadidlikda   ayiblanib,   nohaq   o‘ldirildi.
Buxorolik   jadidlarning   tirik   qolgan   vakillari   Samarqand, Toshkent  va   Moskvaga  jo‘nab  ketishga   majbur  bo‘lishdi.   Yosh
buxoroliklarning   bir   qismi                     1918-   yilning   yozida
Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi. Fayzulla Xo‘jayev
Moskvadagi   muhojirlik   davrida   -   1918   yil   oktabrda   Turkiston
respublikasining   RSFSR   hukumati   huzuridagi   muxtor
vakolatxonasi qoshida Yosh buxoroliklar partiyasining bo‘limini
tashkil   qildi.   1920-yil   yanvarda   Toshkentda   Fayzulla   Xo‘jayev
boshchiligidagi   inqilobchi   Yosh   buxoroliklar   partiyasining
Turkiston   Markaziy   byurosi   tuzildi.   Bolsheviklar   Yosh
buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag‘darishda foydalandilar.
Ular   ham   taktik   maqsadlarni   ko‘zlagan   holda   bolsheviklarga
yaqinlashishdi. 
Yosh   buxoroliklar   partiyasining   Turkiston   Markaziy
byurosi   1920   yil   13-14   iyunda   bo‘lgan   birlashgan
konferensiyasida   Fayzulla   Xo‘jayev   tuzgan   dastur
(programma)ni   qabul   qildi.   Dastur   “Zulmga   qarshi
birlashingiz!”   degan   shior   va   kirish   qismi   bilan   boshlanadi.   Bu
qismda   Buxoroning   umumiy   ahvoli   va   Yosh   buxoroliklarning
asosiy   maqsadlari,   ikkinchi   qismida   esa   Yosh   buxoroliklarning
amaliy takliflari, islohot va mamlakatning idora qilishni tashkil
qilish rejasi bayon etildi. Shariat-adliya ishlarini olib borishning
negizi,   deb   quyidagicha   e’tirof   qilindi:   ”Shariat-adolatni   talqin
qiluvchi   va   kambag‘allarni   himoya   etuvchidir”.   Dasturda amirlikni   qurol   kuchi   bilan   ag‘darib   tashlash   va   Buxoroni
demokratik   xalq   respublikasi   deb   e’lon   qilish   talabi   qo‘yildi.
Yosh   buxoroliklar   katta   boylar   qo‘lidagi   yerlarni   musodara
qilish, bepul boshlang‘ich ta’lim joriy etish, shuningdek, qishloq
xo‘jaligi,   hunarmandlar   sanoati,   ichki   va   tashqi   savdoning
ahvolini   yaxshilash   yo‘lida   amaliy   chora-tadbirlar   ko‘rish
zarurligini ta’kidlashdi.
1920-yil   25   avgustda   Turkiston   fronti   qo‘mondoni
M.V.Frunze qizil askarlarga Buxoroni bosib olish uchun buyruq
berdi.   Keskin   janglardan   so‘ng-2   sentyabrda   Buxoro   shahri
bosib   olinib   Sayid   Olimxon   hokimiyatdan   ag‘darib   tashlandi.
Qizil askarlar Sharqning eng qadimgi shaharlaridan biri, “Islom
dinining   gumbazi”   va   “sharif   shahar”   hisoblangan   muqaddas
Buxoroni   vayron   qildilar.   Qadimiy   Buxoro   o‘t   va   xarobalar
ichida qoldi.
Shafqatsiz o‘q yomg‘iri va bombardimon natijasida shahar
obidalarining beshdan bir qismi vayron etilib, minglab begunoh
odamlar   nobud   bo‘lgan.   O‘sha   davr   voqealarining   bevosita
shohidi   bo‘lgan   mahalliy   tarixchi   Muhammad   Ali   Baljuvoniy
o‘zining “Tarixi Nofeiy” (“Foydali tarix”) asarida qizil askarlar
tomonidan   qilingan   Buxoro   bosqini   oqibatlarini   quyidagicha
tasvirlaydi: “Buxoroni bosib olish natijasida 34 guzar, 3000 dan
ortiq   do‘kon,   20   ta   saroy,   29   ta   masjid   yonib   xarob   bo‘ldi. Minorayi   Kalonga   ham   zarar   yetib,   Olimxon   va   Mir   Arab
madrasalari   yonib   ketdi...   Hazrati   Imom   darvozasidan   Guzari
Nazargacha,   Kofirobod,   O‘g‘lon   darvozasi,   Masjidi   Kalon,
Zindondan   To‘qimdo‘ziy   hammomigacha,   minora   ostidan   to
So‘zangaron   dahasi,   Gul   bozor,   Lattafurushlar   rastasi,
Registondan   to   Puli   oshiqonning   boshigacha   batamom   yonib
ketdi.   Qarshi   darvozasi   ham   yonib   ketdi...   Shaharda   3000ga
yaqin   hovli   yonib   kul   bo‘ldi.   Buxoro   shahri   qariyb   20   kun
yongandi.   Buxoroning   shu   darajada   xarob   bo‘lganini   hech   bir
tarix ko‘rmagan edi”. Buxoroliklar bu kunlarni “kichik qiyomat”
deb atashgan.
Shaharga   kirgan   qizil   askarlar   Arkdagi   amir   xazinasini,
Buxoro   qozikaloni,   qo‘shbegi   va   boshqa   amaldorlarning
boyligini   musodara   qilganlar.   askarlar   va   qo‘shin   rahbarlari
katta   boylik   orttirganlar.   Hatto   Frunze   xazinadagi   qimmatbaho
boyliklarning  bir   qismini  o‘zi  uchun   saqlab  qo‘ygan.   Turkiston
harbiy-inqilobiy   byuro   “uchligi”ning   a’zosi   A.Mashitskiyning
1920   yil   sentyabrda   V.I.Leninga   yozgan   ma’lumotnomasida
shahar   markazi   yakson   qilinganligi,   Registon   va   Ark
yondirilgani,   Ark   yerto‘lalari   va   omborxonalaridagi   boyliklar-
oltin, kumush, brilliantlar talangani, bunda qizil armiya bevosita
qatnashgani haqida xabar bergan.  Sentabr   oyining   boshida   amirlik   xazinasi   va   boshqa
boyliklar ortilgan 2 eshelon yuk Samarqand va Toshkent orqali
Moskvaga   yo‘l   oldi.   Qariyb   15   sentabrgacha   davom   etgan
Buxoro   talovining   guvohi   bo‘lgan   Turkbyuro   raisi   o‘rinbosari
G.Safarov   quyidagicha   yozgan   edi:   “Buxoroga   kelgan   qizil
qo‘shinlar   eng   avvalo   talonchilik   bilan   shug‘ullandilar.   Ular
hammani   va   hamma   narsani   taladilar.   Umuman   qizillar
Buxoroni talash uchun kelgan edilar”.
Buxoro   shahridan   so‘ng   qizil   armiya   27   beklik   (ba’zi
manbalarda   32   beklik)ni   ham   birin-ketin   egallab,   Buxoro
amirligiga barham berishdi.
1920-yil   14-sentabrda   bo‘lgan   Xalq   Nozirlar   Sho‘rosi,
Revkom va Buxoro Kompartiyasi MKning umumiy yig‘ilishida
9   kishidan   iborat   Butun   Buxoro   inqilobiy   qo‘mitasi   (raisi-
Abdulqodir   Muhitdinov)   va   respublika   hukumati   -   11   kishidan
iborat   Xalq   Nozirlar   Sho‘rosi   (raisi-Fayzulla   Xo‘jayev)   tuzildi.
Mamlakatni   boshqarish   maqsadida   tuzilgan   Buxoro   Xalq
Nozirlar  Sho‘rosi  tarkibi  quyidagicha  edi:  rais  va  xorijiy-tashqi
ishlar   (nozir-Fayzulla   Xo‘jayev),   maorif   (Qori   Yo‘ldosh
Po‘latov),   doxiliya-ichki   ishlar   (Muxtor   Saidjonov),   moliya
(Usmonxo‘ja   Po‘latxo‘jayev),   davlat   nazorati   (Najib
Husayinov),   favqulodda   komissiya   (Cheka   raisi-Yusuf
Ibrohimov),   adliya   (Mukammil   Burhonov),   harbiy   ishlar (Bahovuddin   Shihobuddinov),   yer-suv   ishlari-dehqonchilik
(Abdulqodir   Muhitdinov),   savdo   va   sanoat   (Mirzo   Muhitdin
Mansurov)   nozirliklari.   Bu   paytga   kelib   inqilobchilik   ta’sirida
bo‘lgan   Yosh   buxoroliklar   partiyasi   a’zolari   Buxoro
Kompartiyasi   safiga   kirishga   majbur   bo‘lgan   edilar.   Ushbu
o‘rinda   ta’kidlash   joizki,   asosan   jadidlardan   tashkil   topgan
Buxoro   hukumati   o‘sha   paytda   ma’lumotli   kishilar   yig‘ilgan
hukumatlardan   biri   hisoblangan.   Buxoro   jadidlari   o‘zlarining
islohotchilik   g‘oyalarini   yangi   hukumatdagi   faoliyatlari
davomida amalga oshirishga harakat qildilar.
1920-yil 6-8 oktabrda amirning yozgi saroyi-Sitorayi Mohi
Xosada   chaqirilgan   Butun   Buxoro   xalq   vakillarining   I
qurultoyida   Buxoro   Xalq   Sovet   Respublikasi   (BXSR)
tuzilganligi   tantanali   ravishda   e’lon   qilindi.   Bu   davlat   tuzumi
jihatidan   xalq   demokratik   hokimiyati   edi.   Uning   zimmasiga
qisqa   muddat   ichida   o‘rta   asrchilik   an’analari   meros   qolgan
amirlik   Buxorosini   demokratik   davlatga   aylantirishdek   tarixiy
vazifani   bajarish   tushdi.   Qurultoy   davlat   hokimiyatining   qonun
chiqaruvchi   oliy   organi   bo‘lgan   Buxoro   inqilobiy   qo‘mitasi
(Markaziy   Revkom),   Buxoro   Xalq   Nozirlar   Sho‘rosi-dastlabki
hukumat   tarkibini   uzil-kesil   tasdiqladi.   Ularning   vakolat
muddati   II   qurultoygacha   uzaytirildi.   1920-yil   oktabr-noyabr
oylarida BXSR bilan RSFSR o‘rtasida muvaqqat harbiy-siyosiy ahdlashuv   va   shartnoma   tuzildi.   1921-yil   4-martda   har   ikki
davlat   o‘rtasida   Ittifoq   shartnomasi   imzolandi.   Ushbu
shartnomalar   mustaqil   siyosat   yuritishga   harakat   qilayotgan
yosh   Buxoro   davlati   arboblari   faoliyatini   muayyan   darajada
cheklashga   olib   keldi.   Ittifoq   shartnomasi   mustaqil   Buxoro
davlati   hududida   sovet   qo‘shinlari   turishini   “qonuniy”   asoslab
berdiki,   mazkur   hol   BXSR   ichki   ishlariga   Rossiyaning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   harbiy   jihatdan   qurolli   aralashuvidan   boshqa
narsa emas edi. 
Buxoro hukumati oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri
yer-suv masalasini hal qilish edi. 1920-yil 30-sentabrda Buxoro
Markaziy   Revkomi   «Yer   to‘g‘risida»gi   dekretni   qabul   qildi.
Dekretga muvofiq, sobiq amir unig qarindoshlari va amaldorlari
qo‘lidagi   butun   yer-mulk   kambag‘al   va   yersiz   dehqonlarga
berilishi   kerak   edi.   Shuningdek,   dekretga   ko‘ra,   «xiroj»,
«amlok»   va   boshqa   soliqlar   bekor   qilindi.   Arxiv   hujjatlarida
keltirilishicha,   faqat   Eski   Buxoro   tumanlari   va   Chorjo‘y
bekligida   sobiq   amir   va   beklarga   qarashli   10000   tanob   yer
musodara qilinib, kambag‘al dehqonlarga taqsimlab berildi. 
Buxorodagi yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini
aholi   ma’qullab   kutib   oldi.   Biroq   yangi   hokimiyat   tomonidan
mulkdorlar tabaqasiga nisbatan ko‘rilgan qattiq choralar, ularga
tegishli butun mol-mulkning musodara qilinishi, saroy a’yonlari va   amir   amaldorlarining   yoppasiga   hibsga   olinishi   va   otib
tashlanishi amir xazinasining Moskvaga olib ketilishi, majburiy
oziq-ovqat   razvyorstkasi   va   uning   qattiqqo‘llik   bilan   amalga
oshirilishi,   islom   dini   va   ulamolariga   nisbatan   dushmanlik
siyosati,   respublika   hududida   turgan   qizil   armiya   ta’minotining
aholi   zimmasiga   yuklatilishi,   buning   ustiga,   qizil   askarlarning
bosqinchilik va talonchilik faoliyati haqqoniy ravishda xalqning
kuchli   noroziligiga   sabab   bo‘ldi.   Respublikadagi   ijtimoiy-
siyosiy   munosabatlar   ham   keskinlashdi.   Buxoroda   amir
hokimiyati   ag‘darib   tashlangan   dastlabki   xaftalardayoq
mamlakatning   g‘arbiy,   markaziy   va   sharqiy   qismlarida   qizil
armiyaning bosqinchilik siyosati va bolsheviklar zulmiga qarshi
boshlangan qurolchilik harakati avj olib ketdi. 
Yosh   davlat   yetakchisi   Fayzulla   Xo‘jayev   murakkab   va
og‘ir sharoitda ishlashga majbur bo‘ldi. Buxoro hukumati ichida
siyosiy   bo‘linish   kuchaydi.   Bir   tarafdan,   Buxoro   Kompartiyasi
ichidagi   so‘l   va   o‘ng   kommunistlarga   qarshi   g‘oyaviy   jihatdan
kurash olib borishga to‘g‘ri kelsa, ikkinchi tarafdan, RSFSR va
uning favqulodda  organlari  bo‘lgan Turkkomissiya, Turkbyuro,
O‘rta   Osiyo   byurosi   yosh   mustaqil   davlatning   bosgan   har   bir
qadamini   sergaklik   bilan   nazorat   qilib   turar   edi.   Shunday
bo‘lishiga   qaramasdan   F.Xo‘jayev,   U.   Po‘latxo‘jayev,   Otaulla
Xo‘jayev,   Fitrat,   Muinjon   Aminov,   Muxtor   Sayidjonov,   Sattor Xo‘jayev, M.Mansurov, A. Muhitdinov va boshqalar hukumatda
demokratik   yo‘l   tutib,   mo`tadil   mavqeda   turdilar.   Ular
BXSRning   amalda   mustaqil   bo‘lishi,   islohotlar   o‘tkazish
zarurligini yoqlab chiqdilar. 
1921-yil   18-23   sentabrda   bo‘lgan   Butun   Buxoro   xalq
vakillarining   II   qurultoyida   demokratik   ruhdagi   BXSR
Konstitutsiyasi   qabul   qilindi.   Buxoro   tarixidagi   dastlabki
Konstitutsiya   fuqarolarning   demokratik   huquq   va   erkinliklarini
qonun bilan mustahkamladi. Konstitutsiyada davlatni idora etish
uchun   xalqning   barcha   tabaqa   vakillarining   ishtiroki
ta’minlandi.   Xususiy   mulk   va   savdo-sotiq   erkinliklari   unda   o‘z
ifodasini   topdi.   BXSR   Konstitutsiyasi   barcha   fuqarolarga   teng
siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yo‘qotdi. 
II qurultoyda Butun Buxoro MIK tashkil qilinib, uning raisi
qilib Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev (1887-1968) saylandi. 1922 yil
avgustda   bo‘lgan   III   qurultoyda   bu   lavozimni   Porso   Xo‘jayev
egalladi. 
Buxoro   Respubliksidagi   iqtisodiy   siyosat   va   xo‘jalik
sohasidagi   islohotlar   ziddiyatli   tarzda   kechdi.   Buxoro   inqilobiy
qo‘mitasining   1921   yil   2   fevraldagi   dekreti   hamma   yerlarni
umumxalq   mulki   deb   e’lon   qildi.   Vaqf   yerlari   tugatildi,   ayrim
toifadagi   xo‘jaliklarning   chorva   mollari   va   mulklari   musodara
qilindi. Sug‘orish tizimi izdan chiqdi. Ekin maydonlari qisqarib chorva   mollarining   soni   kamayib   ketdi.   Shu   bilan   bir   vaqtda
ko‘plab ijobiy ishlar ham amalga oshirildi. 1921 yil kuzida yerni
tortib   olish   bekor   qilindi.   BXSR   MIKning   umumiy   avf
to‘g‘risidagi   1922   yil   25   may   dekreti   vaqflarni   tugatishni
to‘xtatish,   qozixonalar   ishini   shariat   ko‘rsatmalarini   tiklash   va
boshqalarini   e’lon   qildi.   O‘sha   yilning   noyabr   oyida   yangi
iqtisodiy   siyosat   (NEP)ga   o‘tish   e’lon   qilindi.   Buxoro   davlat
banki   tuzilib,   «pul   islohoti»   amalga   oshirildi.   Dehqonlarni
moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘rildi. Bu qishloq xo‘jaligini
barqaror rivojlanishiga olib keldi. 1923 yili sug‘oriladigan yerlar
maydoni   1913   yildagi   darajaga   yaqinlashib   qoldi.   Temir   yo‘l
tiklanib,   zavod   va   fabrikalar   qaytadan   ishga   tushdi.   Bu   paytga
kelib, Buxoro Respublikasida 19 ta korxona, 500 dan ortiq bozor
ishlab   turdi.   Xususiy   sarmoya   12000   savdogarlar   mablag‘idan
iborat bo‘ldi. 
1923-yil mart oyida Turkiston, Buxoro va Xorazm iqtisodiy
jihatdan   birlashtirildi   va   uni   boshqarish   uchun   O‘rta   Osiyo
Iqtisodiy   Kengashi   (SredAz   EKOSO)   tuzildi.   BXSR   hukumati
raisi   Fayzulla   Xo‘jayev   O‘rta   Osiyoning   iqtisodiy   jihatdan
birlashuvi   to‘g‘risidagi   fikrni   boshida   qo‘llab-quvvatlamadi.
Chunki u iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish, hatto mintaqa xalq
xo‘jaligi  istiqbollari   to‘g‘risida   qaror  qabul  qilishgacha   bo‘lgan
barcha ishlar markaz qo‘liga o‘tayotganligini eng avvalo sezgan va bu siyosatning mash’um oqibatlarini chuqur tushungan arbob
edi.   O‘zi   kuchli   iqtisodchi   bo‘lgan   Fayzulla   Xo‘jayev   Buxoro
tomonidan   Rossiya   va   Turkistonga   yetkazib   beriladigan
mollarga   aniq   tovar   ekvivalentini   belgilash   zarurligi   to‘g‘risida
ayniqsa, tashvishlanib gapirar edi. Buxoro hududida joylashgan
sovet   Rossiyasi   qo‘shinlari   Buxoro   davlatining   oziq-ovqati   va
yem-hashagi   bilan   ta’minlanar   edi.   Hukumat   boshlig‘i
F.Xo‘jayev   Rossiya   qo‘shinlari   sonini   15000   kishigacha
qisqartirish   to‘g‘risidagi   masalani   Moskva   oldiga   bir   necha
marta qo‘ydi. 
Biroq   Buxoro   respublikasidagi   demokratik   jarayonlarga
mamlakat tashqarisidan tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923 yil 3
iyunda Buxoroga SSSR Qurolli kuchlarining Bosh qo‘mondoni
S.S.Kamenev,   Turkfront   Inqilobiy   harbiy   kengashi   raisi
A.I.Kork, RKP (b) MK O‘rta Osiyo byurosi a’zosi Mixaylov va
boshqalar   kelishdi.   Ular   Buxoro   hukumati   faoliyatidan
qoniqmayotganliklarini   ochiq   aytib,   sotsialistik   o‘zgarishlarni
jadallashtirish   kerakligini   ta’kidlashdi.   Oradan   ko‘p   o‘tmay-12
iyunda RKP (b) MK Siyosiy byurosi maxsus qaror qabul qilib,
Buxoro   hukumatini   sovetlashtirish   chora-tadbirlarini   belgilab
berdi.   Sovet   hukumati   o‘z   buyruqlarini   tez   va   qarshiliksiz
amalga   oshirish   uchun   RKP   (B)   MK   kotibi   YA.E.Rudzutakni
Buxoroga   jo‘natdi.   23   iyunda   BKP   MK   yopiq   plenumida Rudzutak ishtirok qilib, Buxoro hukumati rahbarlari va mahalliy
kommunistlar   oldiga   qat’iy   talablarni   qo‘ydi.   Fayzulla
Xo‘jayevning   eng   yaqin   safdoshlari   bo‘lgan   sobiq   Yosh
buxorolik jadidlar Otaulla Xo‘jayev (tashqi ishlar noziri), Fitrat
(maorif   noziri),   Sattor   Xo‘jayev   (moliya   noziri),   Muinjon
Aminov (Buxoro EKOSO rayisi) lavozimlaridan chetlashtirilib,
Buxoro   davlati   hududidan   chiqarib   yuborildi.   Qori   Yo‘ldosh
Po‘latov,   Abduraxim   Yusufzoda,   Muzaxar   Maxsum   Burhonov,
Hoji   Hamro   Yo‘ldoshev   ham   ma’sul   lavozimlardan   olib
tashlandi.   Buxoro   hukumati   Moskva   va   Toshkentning
“kommunistcha   sabog‘i”ni   olgan   “tajribali   sovet   xodimlari”
bilan to‘ldirildi. 
Buxoro   hukumatida   Turkistondan   yuborilgan
emissarlarning   ta’siri   tobora   kuchayib   bordi.   Kommunistik
unsurlar   bu   bilan   cheklanib   qolmasdan   14   avgustda   bo‘lgan
Buxoro   MIK   favqulodda   sessiyasida   Konstitutsiya   matniga
o‘zgartirish   kiritishga   ham   muvaffaq   bo‘ldilar.   1923-yil   11-17
oktabrda bo‘lgan Butun Buxoro xalq vakillarining IV qurultoyi
Konstitutsiyani   o‘zgartirish   to‘g‘risidagi   qarorni   tasdiqladi.
Unga   binoan   barcha   savdogar,   mulkdor   va   sobiq   amaldorlar
saylov huquqidan mahrum qilindi. Ammo ishchi va kosiblarning
saylov   huquqi   kengaytirildi.   Shuningdek,   qurultoy   jamiyatda
ijtimoiy   beqarorlikni   kuchaytiradigan   “Sovet   qurilishi to‘g‘risida”   nomli   maxsus   qaror   qabul   qildi.   Jamiyat   tobora
siyosiylashib   bordi.   Buxoroda   o‘tkazilayotgan   demokratik
islohotlarning taqdiri xavf ostida qoldi. Markazning talabi bilan
mamlakatda sun’iy ravishda sotsialistik qayta qurishlarni amalga
oshirishga   kirishildi.   Respublikadagi   bu   keskin   vaziyat   qurolli
muxolifat harakatining kuchayishida ham o‘z ifodasini topdi.
Shunday   qilib,   1923   yil   yozida   mustabid   sovet   tuzumi
Buxoroda o‘ziga xos davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. Milliy
qo‘shin   va   milliy   valyuta   bolsheviklar   tomonidan   tugatildi.   Bu
holat Buxoro mustaqilligiga katta xavf tug‘dirdi. Biroq Xorazm
respublikasidan   farqli   ravishda,   faqat   1924-yil   kuzidan   boshlab
Buxoroda sotsialistik taraqqiyot tomon yo‘nalish boshlandi.
1924-yil 18-20 sentabrda bo‘lib o‘tgan Butun Buxoro xalq
vakillarining   V   qurultoyida   BXSR   Buxoro   Sovet   Sotsialistik
Respublikasi   (BSSR)ga   aylantirildi.   BSSRning   tuzilishi
yuqoridan   turib   sun’iy   tarzda   amalga   oshirilgan   xodisa   edi.
Natijada   taraqqiyotning   demokratik   yo‘li   inkor   qilinib,
sotsialistik   yo‘nalishi   tanlandi.   Markazdagi   bolshevik
rahbarlarining   Buxoro   va   Xorazm   respublikalarini   sotsialistik
respublikalarga   aylantirishdan   ko‘zda   tutgan   asosiy   maqsadi   -
mahalliy   xalqlarni   tezroq   sovetlashtirish   va   ruslashtirish,
xalqimiz   ongiga   kommunizm   mafkurasini   majburan   singdirish
edi.   1924-yil   noyabr   oyi   oxirida   xuddi   Xorazm   respublikasi singari   Buxoro   SSR   ham   tugatilib,   uning   hududi   1925-yilda
tashkil   etilgan   O‘zbekiston   SSR   (1929   yilgacha   tarkibida
Tojikiston   ASSR   ham   bo‘lgan)   va   Turkmaniston   SSRga
kiritildi. 
Xulosa   qilib   aytganda,   Buxoro   va   Xorazm   Xalq
respublikalarining   demokratik   islohotlar   tomon   bosib   o‘tgan
yo‘li o‘sha davr uchun ham, bugungi kun nuqtai nazaridan olib
qaralganda   ham,   mashaqqatli   va   ulug‘   yo‘l   bo‘ldi.   Buxoro   va
Xorazm   respublikalari   atigi   4-5   yil   ichida   dunyoviy   islohotlar
joriy qilinayotgan demokratik davlatga aylana boshladi. Afsuski,
bu jarayonlar mustabid sovet tuzumi tomonidan sun’iy ravishda
to‘xtatib qo‘yildi va nisbatan mustaqil bo‘lgan bu davlatlarning
mavjudligiga ham barham berildi.
Buxoro   va   Xorazm   respublikalarining   tugatilishi   bilan
kamida   uch   ming   yillik   tarixga   ega   bo‘lgan   o‘zbek   xalqining
milliy   davlatchilik   xalqasi   deyarli   uzib   tashlandi.   O‘zbekiston
SSR   tuzilsa   ham  (1925   yil  fevral)  oradan   ko‘p  o‘tmay  u   SSSR
tarkibiga kiritildi. O‘zSSR amalda hech qanday mustaqil siyosiy
huquqlarga   ega   bo‘lmay,   balki   yangi   shakldagi   mustabid   sovet
rejimining   bir   qismi   bo‘lganligi   uchun   ham   mustaqil   davlat
vazifasini o‘tay olmadi.

Mavzu : Buxoro va Xorazm xalq Respublikasining tuzilishi, ichki va tashqi siyosati hamda ularning tugatilishi 1917-yil Buxoro amirligi ham xuddi Xiva xonligi singari muhim o‘zgarishlar arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda jadidchilik harakati va undan o‘sib chiqqan Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati kuchaydi. Yosh buxoroliklar 1910 yildayoq o‘zlarni alohida tashkilot sifatida e’lon qilgan edilar. Ular dastavval mavjud monarxiya tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsion monarxiyani o‘rnatish orqali amirning mutloq hokimligini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan. 1917-yil 7 aprelda Buxoro amiri Said Olimxon mamlakatda islohotlar o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqarsa ham, amalda uni joriy qilmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirganlaridan so‘ng mamlakatda ularni yoppasiga ta’qib etish boshlandi. Buxorodagi aprel voqealarining yakuni shu bo‘ldiki, hukumatda konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Said Olimxon qozikalon Sharifjon Maxdumni lavozimidan bo‘shatdi, g‘azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo‘jani olomon qilib o‘ldirdilar. Nasrullobek qo‘shbegining buyrug‘i bilan Yosh buxorolik jadidlarning mashhur namoyandasi Sadriddin Ayniy va boshqalar 75 tayoq urib jazolandilar. Islohotchilik

harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan yakunlandi. Oktabr to‘ntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Turkiston respublikasining bolsheviklardan iborat rahbariyati Buxoro amirligining davlat mustaqilligini rasmiy ravishda tan olishiga qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi. Yosh buxoroliklar amirlik istibdodiga qarshi kurashni davom ettirdi. Partiya ichida turli guruhlarning borligi, qarashlarning xilma-xilligi tufayli yagona dastur tuzishga ehtiyoj tug‘ildi. Markaziy qo‘mita bu vazifani 1917 yil noyabrda Fitratga topshirdi. Fitrat tomonidan 1918 yil yanvarda yozilgan Yosh buxoroliklar partiyasining dasturi (programmasi) Markaziy qo‘mita tomonidan tasdiqlandi va islohot loyihasi sifatida e’lon qilindi. Unda Buxoro mamlakatida konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini ta’minlash, madaniy taraqqiyotga erishish lozimligi, dehqonchilik va soliq tizimiga alohida e’tibor berildi. Buxoroda zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy o‘quv yurtlari ochish zarurligi aytildi. Loyihada Buxoroda 10 ta nozirlikdan iborat Nozirlar

Sho‘rosi tuzish taklif etildi. Keyinchalik Fayzulla Xo‘jayev Fitrat loyihasining ancha cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab qilinmaganligini ko‘rsatgan edi. Turkiston XKS Buxoro davlatiga g‘animlik qilib, amir hukumatini kuch bilan ag‘darishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda Yosh buxorolik jadidlarni qo‘llab-quvvatlashdi. 1918- yil mart oyida Turkiston o‘lkasi XKS raisi F. Kolesov qo‘mondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni o‘zgartirish uchun urinish to‘xtamadi. Afsuski, Amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi Yosh buxoroliklar partiyasi arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatla konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni o‘rnatmoqchi bo‘lgan jadidlar-Yosh buxoroliklarni yo‘qotish yo‘lini tutdi. Fayzulla Xo‘jayevning ta’kidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha, faqat poytaxt - Eski Buxoro emas, balki G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako‘l, Chorjo‘y, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayiblanib, nohaq o‘ldirildi. Buxorolik jadidlarning tirik qolgan vakillari Samarqand,

Toshkent va Moskvaga jo‘nab ketishga majbur bo‘lishdi. Yosh buxoroliklarning bir qismi 1918- yilning yozida Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi. Fayzulla Xo‘jayev Moskvadagi muhojirlik davrida - 1918 yil oktabrda Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida Yosh buxoroliklar partiyasining bo‘limini tashkil qildi. 1920-yil yanvarda Toshkentda Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi inqilobchi Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tuzildi. Bolsheviklar Yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag‘darishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni ko‘zlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi. Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920 yil 13-14 iyunda bo‘lgan birlashgan konferensiyasida Fayzulla Xo‘jayev tuzgan dastur (programma)ni qabul qildi. Dastur “Zulmga qarshi birlashingiz!” degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va Yosh buxoroliklarning asosiy maqsadlari, ikkinchi qismida esa Yosh buxoroliklarning amaliy takliflari, islohot va mamlakatning idora qilishni tashkil qilish rejasi bayon etildi. Shariat-adliya ishlarini olib borishning negizi, deb quyidagicha e’tirof qilindi: ”Shariat-adolatni talqin qiluvchi va kambag‘allarni himoya etuvchidir”. Dasturda

amirlikni qurol kuchi bilan ag‘darib tashlash va Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb e’lon qilish talabi qo‘yildi. Yosh buxoroliklar katta boylar qo‘lidagi yerlarni musodara qilish, bepul boshlang‘ich ta’lim joriy etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, hunarmandlar sanoati, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yo‘lida amaliy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidlashdi. 1920-yil 25 avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze qizil askarlarga Buxoroni bosib olish uchun buyruq berdi. Keskin janglardan so‘ng-2 sentyabrda Buxoro shahri bosib olinib Sayid Olimxon hokimiyatdan ag‘darib tashlandi. Qizil askarlar Sharqning eng qadimgi shaharlaridan biri, “Islom dinining gumbazi” va “sharif shahar” hisoblangan muqaddas Buxoroni vayron qildilar. Qadimiy Buxoro o‘t va xarobalar ichida qoldi. Shafqatsiz o‘q yomg‘iri va bombardimon natijasida shahar obidalarining beshdan bir qismi vayron etilib, minglab begunoh odamlar nobud bo‘lgan. O‘sha davr voqealarining bevosita shohidi bo‘lgan mahalliy tarixchi Muhammad Ali Baljuvoniy o‘zining “Tarixi Nofeiy” (“Foydali tarix”) asarida qizil askarlar tomonidan qilingan Buxoro bosqini oqibatlarini quyidagicha tasvirlaydi: “Buxoroni bosib olish natijasida 34 guzar, 3000 dan ortiq do‘kon, 20 ta saroy, 29 ta masjid yonib xarob bo‘ldi.