logo

Buyuk ipak yo`li

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47.400390625 KB
Reja
1. Kirish
2. Assosiy qism
3. Insoniyat tarixida savdo yo`llarining ahamiyati.
4. O`lkamiz hududidan o`tgan qadimgi savdo yo`llari
5. Buyuk ipak yo`li temuriylar davrida
6. Xulosa
7. Foydalanilgan adabiyotlar Buyuk   ipak   yo`li   tug`risida   fikr   yuritar   ekanmiz,   bu   qadimiy   yo`lning   necha
asrlar   davomida     ne-ne   mamlakatlar   va   xalqlarni   bir-biriga   bog`lash,   aloqalarini
mustah-kamlashdagi  mislsiz xizmatini aloxida ta`kidlab o`tish joiz bo`ladi.
Ilk   bor   Xitoy   hududidan     boshlanib   g`arbga   tomon   minglarcha   kilometr
masofaga   cho`zilgan  (   12   ming  km.),  Sharq  bilan   g`arbni   tutashtirgan.   Bu   noyob
savdo   yo`li   ulug`   ajdodlarimiz   sa`y-harakatlari   samarasi   o`laroq   umumbashariyat
tarixiy   taraqqiyotida   yorqin   iz   qoldirgan.   Ayniqsa,   bu   yo`lning   Vatanimiz
sarhadlaridan   o`tganligi   uning   tarixiy   taqdirida,   iqtisodiy-madaniy   yuksalishida
hamda boshqa xorijiy ellar bilan izchil hamkorlik va xamjihatlikda  katta  ijobiy rol
o`ynagan.
Buyuk   ipak   yo`li   tushunchsini   birinchi   bo`lib   fanga   taniqli   nemis   olimi   Fon
Rixgofen   olib   kirgan.   U   XIX   asrning   70-yillarida   yozgan   «Xitoy»   nomli   klassik
asarida bu terminni chuqur ilmiy asoslab berdi.
Ma`lumki,   Xitoyning   Sian   shahrida   boshlangan   Ipak   yo`li   Lanjou   orqali
Dunxuanga (Sharqiy Turkiston)  kelib, bu yerdan u ikkiga ajraladi. Ipak yo`lining
janubiy   tarmog`i   Taklamakon   sahrosi   (Mo`g`iliston)   orqali   Xo`tanga,   undan
Yerkentga   kelib,   undan   Balxga   tomon   o`tadi.     Balxda   yo`l   yana   uch   tarmoqqa
ajraladi. G`arbiy tarmog`i Marvga, janubiy tarmog`i Hindistonga, shimoli tarmog`i
Termiz orqali Darbent, Nautak va Samarqandga   tomon yo`naladi. Ipak yo`lining
shimoliy-g`arbiy   tarmog`i   esa   Dunxuandan   Bami,   Turfon   orqali   Tarim   vohasi-
Qashg`arga boradi. U yerdan Tioshqo`rgon orqali O`zgan, O`sh, Quva, Axsikent,
Pop, Asht orqali Xo`jand, Zomin, Jizzaxga, so`ngra Samarqandga borib tutashadi.
Samarqanddan esa bu yo`l yana davom etib Dabusiya, Malik cho`li orqali Buxoro,
Romitonga, undan Varaxsha orqali Farobga borib, Amul shahriga o`tadi. Amulda
esa bu yo`l Marvdan Urganch sari yo`nalgan yo`lga qo`shiladi. Marv shahri O`rta
asrlar davomida Buyuk ipak yo`li chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta
bo`lgan.   Eng   muhimi   shundaki,   Buyuk   ipak   yo`lining   G`arbdan   keladigan   savdo
karvonlari aytaylik, Italiya, Ispaniya va boshqa O`rta yer dengizi mamlakatlarining
savdogarlari   ham   o`z   mollarini   Tir,   Damashq,   Anatoliya,   Bog`dod   orqali   Parfiya
davlati hududlari bo`ylab yana O`rta Osiyoning yirik savdo markazi   Marvga olib kelar,   shu   yerdan   sharq   tomon   yo`llarini   davom   ettirardilar.   Shu   ma`noda
Marvning   turli   dinlar   ildiz   otgan,   turli   madaniyatlar   tutashgan   joy   bo`lganligi
alohida ahamiyatga molikdir.
Buyuk   ipak   yo`li   Sharqu   G`arbni   bog`lovchi,   turli   mamlakatlarning   savdo-
sotiq,   tijorat   aloqalarining   eng   asosiy   vositasi   bo`lgandan,   bu   yo`nalishda
joylashgan davlatlar undan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga yohud bu borada
o`z mavqeini mustahkamlashga intilganlar. Shu bois turli tarixiy bosqichlarda turli
davlatlar   bunga   intilib,   Buyuk   ipak   yo`li   ustidan   o`z   nazoratlarini   o`rnatganlar.
Masalan,   mil.av.   VI-IV   asrlarda   Eron   ahmoniylari,   mil.av.   IV   asrda   esa
makedoniyalik Iskandar,   mil.av. II-I   asrlarda Rim Parfiya davlatlari o`rtasida bu
borada   qattiq   raqobat   ketdi.   Yohud   arab   xalifaligi   vujudga   kelgunga   qadar   bu
yo`lning   Eron   va   Sug`diyona   hududlaridan   o`tgan   qismida   Eron   va   Sug`d
savdogarlari   yetakchilik   rolini   o`ynaganlar.   Arab   halifaligi   kuchayib,   ko`plab
hududlarni   qo`lga   kiritgach,   bu   yo`l   arab   savdogarlari     tasarrufiga   o`tadi.
Chingiziylar   davrida   Buyuk   ipak   yo`lining   tasarrufida   butunlay   ularning   qo`l
ostida   bo`lgan.   Buyuk   sohibqiron   Amir   Temur   davriga   kelib   uning   qudratli
saltanati   vujudga   kelgach,   Buyuk   ipak   yo`li   sarhadlari   yangidan   kengayib,   katta
miqyoslar kasb etib, yanada rivoj topadi.
Vatanimiz   sarhadlari   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   yuksalishining   Buyuk
ipak yo`li bilan bevosita bog`liqlik jihatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi.
Yunon-Rim   olimlari   Gerodot,   Ktesiy,   Arrian   ma`lumotlariga,   Eron   mixxat
yozuvlariga   asoslanib   fikr   yuritadigan   bo`lsak,   mil.av.   IV   asrda   O`rta   Osiyo
hududlarida   sug`orma   dehqonchilik   madaniyati,   hunarmandchilik,   chorvachilik,
tog`-kon   ishlari   ancha   rivoj   topgan.O`rta   Osiyo   la`li   Xorazmning   qimmatbaho
feruza ma`dani, Sug`d oltini ko`plab miqdorda qazib olinib, ishlov berilib, xorijiy
ellarga ham   chiqarilgan.  Jumladan,  O`rta  Osiyo  la`liga (lazuriti)   Eron, Hindiston,
Misr,   Mesopatamiya   va   Xitoy   singari   mamlakatlarda   qiziqish   va   talab   g`oyatda
katta   bo`lgan.   Mil.av.   II   asr   boshlarida   Davan   va   Qang`   davlatlariga   tashrif
buyurgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Szyan safaridan so`ng Xitoy bilan O`rta
Osiyo   davlatlari   o`rtasidagi   diplomatik   va   sado-sotiq   aloqalari   yangi   bosqichga ko`tariladi. Elchining bu yurtda ko`rgan-kechirganlari. Ayniqsa, uzumchilik, vino-
tayyorlash,   rangli   shishalar   ishlab   chiqarish,   zargarlik,   zotdor,   uchqur   otlar   Xitoy
hukmdorlarini   qiziqtirgan.   Bu   esa   ikki   o`rtadagi   aloqalarga   keng   yo`l   ochgan.
Xitoy   O`rta   Osiyoning   zotdor   otlari,   rangli   shishalari,   zargarlik   mollari,   la`liga
xaridor   bo`lsa,   ayni   chog`da   Xitoydan   ko`proq   ipak   va   ipak   mollari,   chinni
buyumlar,   choy   mahsulotlar     keltirila   boshlagan.   Shuningdek,   Yaponiyadan
gurunch, Hindistondan ip gazlama, ziravor va dorivor mahsulotlar, mushk anbar va
shu   kabi   narsalar     keltirilgan.   Ayni   chog`da   o`zbek   diyoridan   bu   mamlakatlarga
qishloq   xo`jalik   mahsulotlari,   mevalar,     chorva   mollari,   otlar,   gilamlar,   zargarlik
mahsulotlari, nafis junli matolar chiqarilgan. O`rta Osiyo hukmdorlari buyuk ipak
yo`lida   savdo   karvon la ri ning   tinchligi,   xavfsizligi   va   ularning   bexatar,   muntazam
qatnovini   ta`minlash   borasida   ham   doimiy   chora-talbirlar   ko`rib   borganlar.   Shu
maqsadda   kerakli   nuqtalarda,   aholi   siyrak   bo`lgan   joylarda   karvonsaroylar,
yemakxo na lar, barpo qilingan, suv oladigan quduqlar qazilgan, chor atrofi shinam
bino   shakliga   keltirilib   qurilgan   rabotu-sardobalar   tiklangan.   Hozirda   ham
Qizilqum,   Mirzacho`l.   Malik   cho`li   sarhadlarida   o`tmish   arxitekturasining   noyob
namunalari   sanalgan   shunday   me`moriy   obidalar   xarobalari   ko`plab   uchraydi.
Ayniqsa,   Somoniylar,   Qoraxoniylar   va   G`aznaviylar   sulolalari   hukm   surgan,
Movarounnahr hududlari jiddiy iqtisodiy va madaniy yuksalish jarayonini boshdan
kechirgan davrlarda xalqaro karvon savdosi yurtimiz ijtimoiy taraqqiyotida muhim
rol   o`ynagan.   O`sha   davrda   Mag`ribu   Mashriqqa   ma`lum   va   mashhur   Buxoro,
Samarqand,   Marv,   Shosh,   Balx,   Isfijob,   Termiz   singari   shaharlarda   o`nlab
xashamatli karvonsaroylar. Sado bozorlari barpo etilib, ularda tijorat ishlari avjida
bo`lgan,   turli   mamlakat   tujjorlari   ularda   tunu-kun   turfa   rang   mollarini   sotganlar
yohud mol ayirbosh qilganlar.
Buyuk   ipak   yo`lining   shuhrati   ayniqsa,   XIV   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XV
asrda,   ya`ni   Amir   Temur   qudratli   markazlashgan   davlat   barpo   etish   barobarida
uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o`rnatdi. Uning o`zi tuzuklarida:
«Dunyoning   yarmini   oldim,   salatnatimning   u   chetida   bu   chetiga   biror   bolakay
boshida   bir   lagan   tillo   ko`tarib   o`tadigan   bo`lsa,   bir   donasiga   ham   zarar yetmaydigan   tartib-intizom   o`rnatdim»,   deb   aytgan   so`zlari   bejiz   emasdir.   Katta
salohiyat   egasi   bo`lgan   Sohibqiron   mamlakatning   yuksak   rivojida   xalqaro
savdoning nechog`lik ulkan ahamiyat kasb etishini bilganligidan. Bu sohani butun
choralar   bilan   o`stirishga   alohida   etibor   bergan.   Bunda   yurt   tinchligi,   ulus
farovonligi   masalalari   xar   doim   uning   diqqat   markazida   turgan.   Shu   bois   ulug`
Amir   savdo   yo`llarini   qo`riqlash,   odamlar,   musofirlar,   turli   yurt   savdogarlari
manfaatlarini   bosqinchilar,   qaroqchilar   tajovuzidan   muhofaza   qilishni   muhim
davlat   ahamiyatiga   molik   vazifalardan   deb   hisoblagan.   Tuzuklarda:   «...yana
buyurdimki, yo`l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasin lar ki, yo`llarni qo`riqlab,
o`tkinchilar,   savdogarlar,   musofirlarni   kuzatib,   mol-mulki   va   boshqa   narsalarni
manzildan-manzilga   yetkazib   qo`ysinlar.   Yo`l   ustida   birortasining   narsasi
yo`qolsa,   o`zi   o`ldirilsa   yoki   boshqa   kor-hol   yuz   bersa,   bular   uchun   javob   berish
ularning zimmasida bo`lsin.» deb bejiz ta`kidlab o`tmagan.
Amir  Temur  tashabbusi  bilan  mamlakatning har  bir  yirik shaharlarida  savdo
karvonlarining   kirishi   va   chiqishini   nazorat   qiluvchi   davlat   nazorat   xizmati   va
maxsus   bojxonalar   tashkil   etilgan.   Savdo   karvonlaridan   mollarning   hajmi.
Miqdoriga   qarab   boj   to`lovlari   undirilgan.   Bu   davrda   poytaxt   Samarqand   dunyo
savdogarlarining   yirik   markaziga   aylandi.Uning   keng   ko`chalari   bo`ylab   maxsus
qurilgan   muhtasham   karvonsaroylar,   savdo   bozorlari,   rastalarda   tunu-kun   savdo
ishlari   to`xtamagan.   Turli   mamlakatlardan   kelgan   savdogarlar   o`z   mollarini
xaridorlarga sotganlar yohud o`zlariga kerakli mollarni xarid qilganlar.
Samarqand   qog`ozining   mashhurligi   yetti   iqlimga   ma`lum   bo`lgan.
Movarounnahr   va   Xuroson   shaharlari   Buyuk   ipak   yo`lining   eng   qaynoq   yo`liga
aylangan.   Bu   yerga   Hindistondan   juda   ko`plab   tijorat   karvonlari   kelib   turardi.
Xitoy bu hududlarga ipak gazlamalari, chinni kosalar, billur qadahlar, qimmatbaho
toshlar yuborardi. Shimoldan noyob po`stinlar, mo`ynalar  keltirilardi. Ushbu turli
iqlimlarning   mollari   Samarqand   va   boshqa   O`rta   Osiyo   shaharlarida   toy-toy
boylanib, Osiyoning yirik shaharlariga va Yevropaga jo`natilardi. Savdogarlar bir
yo`l   bilan   Genza   ko`liga   borardi.   Ikkinchi   yo`l   Hirot,   Kazvin,   Tabriz,   Trabzon orqali   genuyaliklar,   venesiyaliklar,   pizaliklarning   kemalariga   tushib   Yevropaga
yetardi.
Amir   Temurning   Oltin   O`rda   xoni   To`xtamish   ustidan   qozongan   zafarlari
tufayli   Buyuk   ipak   yo`li   shimoliy   tarmoqlarining     janubiy   bosh   yo`lga   qo`shib
yuborilishi   orqasida   Movarounnahr   va   Xuroson   shaharlarining   xalqaro   karvon
savdosidagi nufuzi va mavqei yanada ortgan. 1402 yilda mashhur Anqara jangida
Turkiya   ustidan   qozonilgan   ajoyib   g`alabadan   so`ng   Amir   Temur   davlati   bilan
G`arbiy   Yevropa   davlatlari   o`rtasida   turli   xil   aloqalar,   yaqinliklar   yangi   pallaga
kirdiki.   Bunda   ayniqsa,   xalqaro   savdo   aloqalari,   shubhasiz,   birinchi   darajali
ahamiyat   kasb   etdi.   Xullas,   Amir   Temur   va   uning   avlodlari   zamonidan   davlatlar
o`rtasida savdo-tijorat aloqalari yangi hududiy kengliklar kasb etib bordiki, bu bir
tomondan,   yurtimizning   iqtisodiy-madaniy,   ma`naviy   yuksalishini   ta`minlagan
bo`lsa,   ikkinchidan,   uning   xorijiy   ellar,   xalqlar   bilan   yaqinlashuvi,   hamkorligi
kuchli   turtki   berdi.     Bu   esa   Buyuk   ipak   yo`li   shuhratining   yanada   ortishiga   olib
keldi.   Prezidentimiz   I.   A.   Karimov   ta`kidlaganidek   «Amir   Temurning   tarixiy
xizmati   yana   shundan   iboratki,   uning   harakatlari   tufayli   Osiyo   va   Yevropa
davlatlari   tarixda   birinchi   marta   yagona   jug`rofiy-siyosiy   makonda   ekanliklarini
his etdi».
Shu tariqa Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk ipak yo`lining dovrug`i
beqiyos   katta   bo`lganligi,   u   mamlakatlarning   umumiy   yuksalishiga,   bir-birlari
bilan   yaqindan   bog`lanishlarga   jiddiy   ijobiy   ta`mir   o`tkazganligiga   shohid
bo`lamiz.
Buyuk   ipak   yo`li   XVI   asrdan   etiboran   o`z   ahamiyati   va   rolini   yo`qotib,
tushkunlik   sari   yuz   tutdi.   Bu   hollarni   qanday   sabablar   bilan   izohlash   mumkin.
tabiiyki, bu jarayon o`z-o`zidan, bir lahzada to`satdan sodir bo`lgani yo`q, albatta.
Bizning   nazarimizda,   Buyuk   ipak   yo`li   ahamiyatining   so`nib,   pasayib   borishi   bir
qator ob`yektiv va sub`yektiv sabablar  orqasida, tarixiy jarayonlarning murakkab,
ziddiyatli kechishi davomida yuz berganligi shubhasiz.            
Birinchidan,   Amir   Temur   va   Temuriylar   sulolasining   pirovard   oqibatda
chuqur   inqirozga   yo`liqishi   va   tarix   sahnasiga   boshqa   hukmron   sulolalarning, chunonchi, Shayboniyxonlar, Ashtarxoniylar sulolasining chiqishi hamda ularning
boshqaruv   usulining   g`oyatda   murakkab   kechganligi,   markaziy   hokimiyatning
kuchsizlanib   mamlakat   hududlarining   tarqoq   holatda   uchrashi,   o`z   qobig`iga
o`ralishi   va   hokazo   hollar   bu   hududning   tashqi   dunyodan   tobora   ajralishiga   bois
bo`ldi. 
Ikkinchidan,   Turkistondagi   xonliklar,   amir-beklar,   sultonlar   o`rtasida
hokimiyat   talashib   olib   borilgan   o`zaro   jangu-jadallar,   doimiy   qon   to`kishlar
natijasida   o`lka   tobora   iqtisodiy   bo`hronlarga   duch   kela   bordi,   siyosiy   beqarorlik
avj  oldi. Mamlakat  tashqi  davlatlar  bilan aloqalar  bog`lash,  iqtisodiy, savdo-sotiq
bobida hamkorlik qilish imkoniyatlaridan mahrum bo`ldi. 
Uchinchidan,   ilg`or   Yevropa   olimlari,   sayyohlari   tomonidan   XV-XVI
asrlardan   e`tiboran   boshlangan   buyuk   geografik   kashfiyotlar,   bularning   natijasida
jahonning   turli   qutblari   tomon   yangi,   qulay   suv   yo`llarining   ochilishi,   shu
jumladan,   Hindiston,   Xitoy   va   boshqa   sharqiy-janubiy   mamlakatlarga   tomon
shunday   yo`llarning   kashf   etilishi,   bular   Buyuk   ipak   yo`li   shuhratining   pasayishi
va so`nib borishga olib keldi. 
O`zbekistonning milliy istiqlolga erishuvchi va o`z mustaqil davlatchiligi ega
bo`lishi   uning   oldiga   keng   istiqbol     ufqlarini   ochib   berdi.   Mustaqillik   tufayli
O`zbekiston   yangidan   yuz   ochib   jahon   afkor   ommasining   nigohiga   tushdi.   Ayni
chog`da u BMTning teng huquqli a`zosi sifatida turli ijtimoiy tuzumdagi davlatlar
bilan   o`zaro   foydali,   manfaatli   asoslarda   hamkorlik   qilish,   aloqalar   bog`lashga
muvaffaq   bo`ldi.   O`zbekistonning   dunyo   uchun   ochiqligi,   butun   dunyoda   keng
ildiz otgan demokratik tamoyillarni o`zining ichki     va tashqi siyosatiga asos qilib
olganligi-bular   uning   jahon   mamlakatlari   bilan   yaqinlashuviga,   ular   bilan
hamkorlik   aloqalarining   har   jihatdan   mustahkamla shiga   ishonchli   kafolot   bo`lib
xizmat   qilmoqda.Ayniqsa,   ubnda   Buyuk   ipak   yo`li   an`analarini   yangidan   tiklash
borasida   hozirda   jahon   miqyosida   olib   borila yotgan   davlatlararo   harakatda
O`zbekistonning alohida tashabbus ko`rsatayotganli gi boisi ham mana shundandir.
Zero,   qadimdan   Sharq   bilan   G`arbni   bir-biriga   bog`lagan,   xalqaro   savdoning
qaynoq,   tutash   nuqtasi   hisoblangan   O`zbekiston   hududi   va   uning   qadimiy shaharlari   bugun   ham   mustaqil   davlatimizning   keng   xorijiy   davlatlar   bilan
bog`lovchi   muhim  vosita  rolini   o`ynamog`i   ayni  muddaodir. «Qadim   zamonlarda
Sharq   bilan   G`arbni   bog`lab   turgan   Buyuk   ipak   yo`li,-deb   ta`kidlaydi
yurtboshimiz,-O`zbekiston   hududi   orqali   o`tgan.   Bu   yerda   savdo   yo`llari
tutashgan,   tashqi   aloqalar   hamda     turli   madaniyatlarning   bir-birini   boyitish
jarayoni   jadal   kechgan.   Bugungi   kunda   ham   Yevropa   va   Yaqin   Sharqdan   Osiyo-
Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo`llar shu yerda kesishadi». 
O`zbekiston rahbari Islom Karimovning 1999 yil aprel oyida AQSH ga qilgan
rasmiy   safari   chog`ida   Amerika   tomonining   O`zbekiston   bilan   har   tomonlama
iqtisodiy,   madaniy,   savdo-sotiq   aloqalar   bog`lashga,   xususan   Buyuk   ipak   yo`li
faoliyatini   tiklashga   faol   ko`maklashishga   tayyor   ekanligini   bildirganligi   muhim
ahamiyatga egadir. 
Shuningdek,   YUNESKO   rahbariyati   bilan   hamkorlikda   «Ipak   yo`li-muloqot
yo`li»   mavzusida   o`tkazilayotgan   amaliy   tadbirlar   ham   muhim   ahamiyat   kasb
etadi. O`zbekistonning so`nggi paytlardagi  faol xatti-harakatlari Sharq va G`arbga
hamda   Janubga   bevosita   chiqish   uchun   qulay   yo`llarga   ega   bo`lish,   o`z
mahsulotlarini   jahon   bozoriga   olib   chiqish   va   davlatlararo   keng   muloqotlarga
erishiga   qaratilgan.   Bu   borada   Tajan-Saraxs-Mashhad   temir   yo`li   birinchi
navbatining   qurilishi   muhim   ahamiyatga   egadir.   2000   yilda   Pekin-Istambul
yo`nalishida    harakatlanish imkoniyati  tug`ildi. Hozirda Xitoy va Pokistonga  olib
boradigan   Andijon-O`sh-Ergashtom-Qashg`ar,   shuningdek,   Buxoro-Saraxs-
Mashhad-Tehron   va   Termiz-Hirot-Qandahor-Karochi   avtomobil   yo`llarini   qurish
va   qayta   ta`mirlash   ishlari   amalga   oshirilmoqda.   Bu   bizni   muzlamay di gan   qulay
Hind   okeaniga   chiqishimizga   imkoniyat   tug`diradi.   Bu   esa   EKO-mamlakatlariga
olib   boradigan   yo`lni   uch   barobarga   qisqartiradi.   Xullas,   O`zbekiston   o`z   milliy
manfaatlari   ustivorligidan   kelib   chiqib   dunyoga   chiqishga   xalqaro   bozor   uchun
raqobatbardosh   mahsulotlar   mollar   ishlab   chiqarishga   hamda   G`arb   bilan   Sharq
o`rtasida   azaldan   davom   etib   kelgan   muhim   vositachilik-ko`priklik   rolini
o`ynashga faol intilmoqda. Ushbu olijanob maqsadlar yo`lida aktiv izlanishlar olib borilmoqda.   Bu   O`zbekistonning   xalqaro   maydondagi     poizisiyasini   yanada
mustahkamlab, uning nufuzi va obro`sining ko`tarilib borishiga xizmat qiladi. 
Somoniylar,   Qoraxoniylar,   G`aznaviylar,   Saljuqiylar   va   Xorazmshohlar
sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan
ulus-elatlar   o`rtasida   nisbatan   osoyishtalik,   totuvlik,   yaqinlik   va   hamjihatlik
vujudga   keldiki,   buning   orqasida   o`lkada   moddiy   ishlab   chiqarish,   madaniy
rivojlanish   jarayoni   ancha   tezlashdi,   shaharlar   hayoti   yuksaldi,   savdo-sotiq,
hunarmandchilik o`sdi, aholi farovonligi ko`tarila bordi. 
Movarounnahr   shaharlarining   jug`rofiy   nuqtai   nazaridan   Buyuk   ipak
yo`lining   eng   muhim   tutash   nuqtalarida   joylashganligi,   shu   bois   bu   yerda   ishlab
chiqarilgan,   yetishtirilgan   har   turli   ziroatchilik,   chorvachilik,   hunarmandchilik
mahsulotlari, zargarlik, zeb-ziynat  mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida
o`lkaning   ijtimoiy-iqtisodiy     va   madaniy   hayoti   jiddiy   yuksalishga   yuz   tutdi.
Buyuk   ipak   yo`liga   tutash   aholi   manzilgohlarida   obod   va   ko`rkam   shaharlar
vujudga   keldi.   Jumladan,   birgina   Xorazm   vohasida   X   asr   boshlarida   10   ga   yaqin
shaharlar   mavjud   bo`lsa,   XI   asr   o`rtalariga   kelib   bunday   shaharlar   soni   40   taga
yetdi. 
Somoniylar   hukmronlik   qilgan   IX-XI   asrlarda   ishlab   chiqarish   tarmoqlari
to`xtovsiz kengayib borgan, ko`plab irrigasiya inshootlari, sug`orish kanallari, suv
ayirgichlar   qurilishi   natijasida   dehqonchilik   madaniyati   ancha   o`sadi.   Somoniylar
poytaxti   Buxoroga   har   tomondan   olimu-donishmandlar,   sayyohu-tijoratchilar,
me`moru-hunarmandlar  oqib kela boshlagan.  
Somoniylar,   G`aznaviylar,   Saljuqiylar,   Xorazmshohlar   sulolasiga   mansub
ma`rifatparvar   hukmdorlarning   ilm-fan   va   madaniyatga   doimiy   rag`bat   berishlari
orqasida   ko`plab,   iste`dod   sohiblarining   salohiyati,     ijodi   o`sib,   yuksalib   borgan.
O`sha   davr   hukmdorlari   tashabbusi   bilan   bunyod   etilgan   va   faoliyat   ko`rsatgan
kutubxonalarda   son-sanoqsiz   noyob,   qimmatbaho   kitoblar,   qo`lyozmalar
to`planganki,  bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo`lmoqdalar.  IX-XII   asrlarda   Movarounnahrda   ilm-fan   yuksaldi,   hozirgi   zamon   fanining
ko`plab   tarmoqlari   va   yo`nalishlariga   chinakam   poydevor   yaratildi.   Xususan,
matematika,   algebra,   astronomiya,   tibbiyot,   biologiya,   geodeziya,   jug`rofiya,
falsafa singari dunyoviy fanlarning ta`mal toshi shu davrda qo`yildi. 
Olloh   nazari   tekkan   muborak   yurt   zaminidan   yetishib   chiqqan   Muhammad
Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Abu   Nasr   Farobiy,   Abu   Bakr   Muhammad   Narshahiy,   Abu   Abdulloh   Xorazmiy,
Mahmud   az-Zamahshariy,   Burhoniddin   Marg`iloniy   kabi   qomusiy   bilim
sohiblarining   ilm-fanning   turli-tuman   sohalaridagi   bebaho   ilmiy   va   ma`naviy
meroslari to`la ma`noda dunyoviy ahamiyatga molikdir. 
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad  Muso al-Xorazmiy
(783-850) nomi fan tarixida alohida o`rin tutadi. Olim o`zining «Hisob al-Jabr va
al-Muqobala»,   «Hind   hisobi   haqida   kitob»,   «Quyosh   soatlari   haqida   risola»,
«Astronomik jadvallar»   singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning
arifmetika   risolasi   hind   raqamlariga   asoslangan   bo`lib,   hozirgi   paytda   biz
foydalanayotgan   o`nlik   hisoblash   sistemasining   Yevropada   tarqalishiga   sabab
bo`ldi.   Allomaning   «al-Xorazmiy»   nomi   «algoritm»   shaklida   fanda   abadiy
muhrlanib qoldi. Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu
qadar   fundamental   ahamiyatga   egaki,   u   arab   tilida   ko`plab   georafik   asarlarning
yaratilishiga   zamin   yaratdi.   Uning   Sharq   geografiya sining   otasi   deb   nomlanishi
ham shundan Xorazmiy yaratgan «Zij» Ovro`pada ham, Sharqda ham astronomiya
fanining rivojlanish yo`llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-
tarix» («Tarix kitobi») asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo xalklarining
VIII-IX     asrlarga   oid   tarixini   to`laqonli   yoritishda   muhim   qo`llanmadir.   Al-
Xorazmiyning   arab   ilmiy   dunyosining   yirik   markazi   Bag`doddagi   Ma`mun
akademiyasida ishlagan davrlari   uning iste`dodining eng barq urgan payti bo`ldi.
U shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahliga ibrat bo`ldi. 
O`rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg`oniy (797-865) nomi
alohida   ko`zga   tashlanib   turadi.   Olimning   to`liq   ismi   Abul   Abbos   Ahmad   ibn
Muhammad   ibn   Kasir   al-Farg`oniy   bo`lib   aslida   Farg`onaning   Quva   shahrida tavallud topgan. Ilm yo`lida zahmat chekib ko`p yurtlarni kezgan. Umrining ko`p
qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlari o`tkazgan. Uning butun ongli hayoti va
faoliyati   fan   yo`liga   bag`ishlangan.   Ahmad   al-Farg`oniy   yetuk   astronom,
matematik   va   geograf   olim   sifatida   shuhrat   topgan.   Juda   ko`plab   fundamental
asarlarning   muallifi   Bag`doddagi   Baytul   Hikma   (akademiya)   ning   nomdor
namoyondalaridan biridir. 
U xalifalik poytaxti Bag`dodda yoki Suriya, Misrda bo`lmasin o`sha joydagi
ilm   ahli   bilan   bahamjihat   bo`lib   o`sha   davr   fanining   turli   yetilgan   dolzarb
muamolarini   hal   etishda   faol   ishtirok   etdi.   Jumladan,   uning   Yer   shari   xaritasini
tuzishdagi   Suriya   shimolida,   Sinjor   sahrosida   yer   meridiani   bir   darajasining
uzunligini   o`lchashdagi   yohud   Misrning   qon   tomiri-Nil   daryosi   suvi   sathini
o`lchashdagi   ulkan   xizmatlari   benazirdir.   Al-Farg`oniy   ilmiy   salohiyatining
mahsuli   bo`lgan   «Astronomiya   asoslari   haqida   kitob»,   «Asturlob   yasash   haqida
kitob»,  «al-Farg`oniy  jadvallari»,   «Oyning  Yer   ostida   va   ustida   bo`lish   vaqtlarini
aniqlash   haqida   risola»,   «Yetti   iqlimni   hisoblash   haqida»,   «Al-Xorazmiy»,
«Zij»ining   nazariy   qarashlarini   asoslash   nomli   kitoblari   haqli   ravishda   jahon   fani
xazinasining noyob durdonalari sanaladi. Al-Farg`oniyning fandagi ulkan shuhrati,
Sharqu     G`arbda   ham   birdek   ulug`lanib   kelinadi.   U   g`arb   olimlari   orasida
«Alfraganus» nomi bilan mashhur. 
Mustaqil O`zbekiston zaminida bu alloma nomini e`zozlab, 1998 yilda bu zoti
sharif   tavalludining   1200   yilligini   shodiyona   sifatida   nishonlaganimiz   tarixiy
haqiqatning   tiklanganligi   bo`ldi.   «Ahmad   al-Farg`oniy,-deb   ta`kidlagandi
I.A.Karimov     alloma   yubileyi   tantanalarida   so`zlagan   nutqida,-kishilik   tarixidagi
ilk   uyg`onish   davrining   eng   zabardast   va   yorqin   namoyondalaridan   biri   o`z
zamonasi fundamental fani asoschilaridan edi.
Uning   merosi   insoniyatning   yangi   ilm   cho`qqilariga   ko`tarilishiga   sababchi
bo`ldi butun ma`rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo`lib xizmat qildi». 
Jahon   fani   ravnaqiga   benazir   hissa   qo`shgan   uyg`onish   fani   davri   daholari
orasida   buyuk     yurtdoshimiz   Abu   Nasr   Farobiy   (873-950)   siymosi   yorug`
yulduzdek   fan   osmonida   charaqlab   turadi.   O`zining   qomusiy   bilimlari,   ayniqsa, falsafa   sohasidagi   betimsol     xizmatlari   bilan   «Muallim   us-soniy»   («Ikkinchi
Muallim» Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir. 
Ilmu   urfonga   oshuftalik,   insoniyat   baxtu   saodati   yo`liga   o`zini   baxshida
etishlik Forobiy o`z tug`ilgan ona yurti-Farob (O`tror)ni o`smirlik chog`idanoq tark
etib,   o`sha   davrning   eng   mashhur   ilm   maskanlari   hisoblangan   Eron   va   Arabiston
shaharlariga borib bir  umr  ilm-fan bilan  mashg`ul  bo`lishga  undaydi. U  tabiiy va
ijtimoiy fanlarga oid  160 dan  ziyod asarlar yaratgan. O`rta asrlar davri sharoitida
vatanimiz sharafini o`zining beqiyos dunyoviy asarlarida ulug`lagan, astronomiya,
fizika,   matematika,   geologiya,   geodeziya,   geografiya,   mineralogiya,   tarix   singari
fanlar   yo`nalishida   mislsiz   kashfiyotlar   qilgan   qomusiy   bilim   sohiblaridan   yana
biri Abu Rayxon Beruniy (973-1048)dir. Asli Xorazm yurtida bo`lgan allomaning
butun hayoti to`laligicha ilm-fanga bag`ishlangan. Uning qalamiga  mansub yuzlab
noyob   asarlar   ichida   bizning   davrimizgacha   saqlanib   o`z   bebaho   ahamiyatini
yo`qotmay, bugungi avlod kishilari uchun o`rganish manbai bo`lib, kelayotganlari
ham   talaygina.   Bular   jumlasiga   «Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar»,
«Xorazmning mashhur kishilari», «Hindiston», «Ma`sud qonuni», «Mineralogiya»,
«Saydona»,   «Astrologiyaga   kirish»,   «Astronomiya   kaliti»,   «Jonni   davolovchi
quyosh   kitobi»,   «Foydali   savollar   va   to`g`ri   javoblar»,   «Ibn   Sino   bilan
yozishmalar» singari tarixiy kitoblarni kiritish mumkin.  Beruniy asarlari asrlardan
buyon   Sharqu   G`arbda   keng   tarqalgan   bo`lib   ular   yuksak   qadr   topgan.
«Hindiston»   asari   to`g`risida   so`z   yuritgan   olim   V.R.Rozin   «Sharq   va   G`arbning
qadimgi va o`rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar
yo`q»   deb   baho   beradi.   Beruniyning   «Mineralogiya»   asari   ham   o`z   zamonasi
uchun   O`rta   Osiyo   Yaqin   Sharq,   hatto   Yevropada   ham   mineralogiya   sohasidagi
tengi   yo`q   asar   sifatida   e`tirof     topgan.   Alloma   merosi   uning   bugungi   mustaqil
yurtida minnatdor avlodlari nigohida, doimiy e`tiborida, e`zozidadir. 
Abu   Rayxon   Beruniyning   zamondoshi   va   safdoshi   Abu   Ali   Ibn   Sino   (980-
1037) ham o`z davrining yetuk allomasi fan fidoyisi sifatida mashhurdir. Buxoroi
sharifning   Afshona   qishlog`ida   tug`ilib   voyaga   yetgan   ibn   Sino   18   yoshlik
chog`idanoq   el   orasida   yetuk   tabib,   olim     sifatida   tan   olingan,   uning   dovrug`i Somoniylar   saroyida   ham   ma`lum   va   mashhur   bo`lgan.   Taqdir   hukmi   uni
qayerlarda   yashashga   umr   guzaronlik   qilishga   maxkum   etmasin,   u   dunyoviy
ilmlarni o`rganishdan, ularni chuqur tadqiq etishdan charchamadi. Ibn Sino asarlari
umumiy   sonining   450   dan   oshishi   ham   bunga   guvohdir.   Biroq   bulardan   160   ga
yaqini   bizgacha   yetib   kelgan,   xolos.   Alloma   nomini   dunyoga   tanitgan   narsa,   bu
uning tibbiyot sohasidagi mislsiz kashfiyotidir. Ibn Sinoning  arab tilida yaratgan 5
jildli «Tib qonunlari» asari tibbiyotga oid benazir dasturul amaldir.  Besh mustaqil
kitobdan   iborat   bu   majmuani   ko`zdan   kechirar   ekanmiz,   allomaning   yuksak
tabiblik   salohiyatiga,   kasalliklarni   aniqlash,   ularni   davolash   borasida   maxoratiga,
bilimdonligiga tan beramiz. Jumladan «Tip qonunlari» ning ikkinchi kitobida 800
ga yaqin dorining xususiyatlari bayon etilganligi buning ayni isbotidir. 
Olimning   tibbiyotga   doir   22   jildan   tashkil   topgan   «Kitob   ush-shifo»   («shfo
kitobi»)   asari   ham   mavjud.   Abu   Ali   Ibn   Sino   faoliyatining   ko`p   qirraligi   yana
shundaki   u   ilm   fanning   boshqa   sohalarida   ham   barakali   ijod   qilgan.   Uning
"Donishnoma   ",   «Insof   kitobi»,   «Najot   kitobi»,   «Tayr   qissasi»,   «Salomon   va
ipsol», «Xayy ibn yaqzon» kabi falsafiy asarlari, 10 jildli «Arab tili kitobi» buning
yorqin ifodasidir. 
Tarix   ilmida   benazir   bo`lgan   Muhammad   Narshahiy   (899-959)   o`zining
«Buxoro   tarixi»   («Tarixi   Narshahiy»)     asari   orqali   o`z   davrining   katta,   ko`lamli
masalalarini   o`rtaga   ko`yib,   ularni   xaqqoniy   tarzda   yoritib   berdi.   Kitobda
arablarning   O`rta   Osiyoni   zabt   etib   kirib   kelishi   mashhur   Muqanna   qo`zg`oloni,
shuningdek     Somoniylar   davridagi   davlat   boshqaruvi   tizimi   pul   munosabatlari,
soliq   tizimi,   Buxoroning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayotiga   oid   ko`plab
qiziqarli ma`lumotlar aks etgan. Buxoro vohasida sug`orish tarmoqlari to`g`risida,
shaharsozlik, obodonchilik ishlari haqida   noyob materiallar  berilganligi  «Buxoro
tarixi»ning qimmatli manba ekanligidan dalolat beradi. 
O`z   zamonasi   olimlari   orasida   peshqadam   sanalgan   tilshunoslik,   qonun -
shunoslik,   hadisshunoslik,   mantiq   kabi   kabi   sohalarda   nodir   asarlar   yaratgan.
Kaffol   ash-Shoshiy   (903-976)   ijodi   ham   ko`p   qirralidir.   Allomaning   «Odob   al-
qozi»   («Qozining   fe`l-atvori»),   «Odob   al-bahs»,   («Bahs   odobi»),   «Xusni   jadal», («Dialektika   go`zalligi»)   kabi   asarlari   unga   katta   shuhrat   keltirgan.   U   she`riyat
sohasida ham o`z uslubi va yo`liga ega yetuk ijodkor bo`lgan. 
Ko`hna     Xorazm   diyoridan   chiqib,   o`zining   betakror   ilmiy   ijodiyoti   bilan
O`rta   Osiyo   Uyg`onish   jarayoniga   jiddiy   ta`sir   ko`rsata   olgan   nuqtadon   olim
Mahmud   az-Zamahshariy   (1075-1144)   nomi   ham   fan   osmonidagi   yorqin   yulduz -
lardan   biridir.   Buyuk   mutafakkir   arab   grammatikasi,   lug`atshunoslik,   adabiyot,
aruz   ilmi,   jug`rofiya,   tavsir,   hadis   va   fiqh   (qonunshunoslik)ka   oid   50   dan   ziyod
noyob asarlar muallifidir. Uning «Al Mufassal», «Muqaddimat ul-adab», «Asos al-
balog`a»,   («Notiqlik   asoslari»),   «Xutbalar   va   va`zlar   bayonida   oltin   shodalar»,
«Ezguliklar bahori va yaxshilar bayoni», «Aruzda o`lchov (mezon)», «Nihoyasiga
yetgan   masalalar»,   «Nozik   iboralar»,   «Qur`on   haqiqatlari   va   uni   sharhlash   orqali
so`zlar   ko`zlarini   osish»   kabi   asarlari   butun   Sharq   va   Arab   dunyosida   e`tirof
topgan. 
Ismoil   Jurjoniy,   Mahmud   Chag`miniy,   Burxoniddin   al-Marg`inoniy       kabi
allomalarimiz   yaratgan   ilmiy-ma`naviy   meros   ham   vatanimiz   shuhratini   olamga
taratdi. 
Shunday   qilib,   O`rta   Osiyo   hududida   yuz   bergan   uyg`onish   davrida   ko`plab
favqulodda   iste`dod   sohiblari   yetishib   chiqdiki,   ular   jahon   fanining   turli
yo`nalishlarida betakror kashfiyotlar, chinakam mo`jizalar yaratdilar. Bu bilan ular
Vatanimiz   shonu-sharafini   yuksaklarga   ko`tardilar.   Hamda   kelgusi   minnatdor
avlodlar   uchun   bitmas   tuganmas   boy   meros   qoldirdilar.   Shu   boisdan   ham   ulug`
ajdodlarimizning ruhi munavvar siymosi hamisha har birimizning jismu-jonimizda,
mehrimizda namoyon bo`lib turadi. 
IX-XII   asrlar   davri   nafaqat   dunyoviy   fanlarning   yuksalib   borishi   bilan,   shu
bilan   birga   islomiy   madaniyat   va   ma`naviyatining   shakllanib,   chuqur   ildiz   otib
borishi,   bu   sohada   talay   yetuk   olimu   ulomolarining   yetishib   chiqib,   Vatanimiz
nomi va sha`nini olam aro ulug`langanligi bilan ham tavsiflanadi. 
Gap   shundaki   arablar   istilosi   va   hukmronligi   O`rta   Osiyo   xalklari   uchun
avvalda   qanchalik   haloqatli   oqibatlar,   mislsiz   vayronagarchiliklar   olib   kelgan
bo`lsa-da,   biroq   shu   bilan   birga   bu   yurtga   islom   dini   ham   kirib   keldi.   Yerli aholining   asta-sekin   islom   diniga   kirishi,   odamzod   ahli   uchun   yakka-yu   yagona
Ollohni   tanishi,   unga,   uning   rasuli   (elchisi   )   janobu   Muhammad   Alayxu   Vassa -
lomga   e`tiqod   bog`lashi,   itoat   etishi,   muqaddas   kitob-«Quroni   Karim»ni   qabul
qilishi,   uning   ilohiy   so`zlari,   oyatlariga,   tamoyillariga   amal   qilishi,   bular
pirovardida   islom   madaniyatining   diyorimizda   shakllanishiga   asos   bo`ldi.   O`sha
davrda Yevroosiyo, Afrikaning katta hududlariga yoyilgan islom va uning ta`limoti
tufayli O`rta Osiyo xalqlari o`zlarining tor, biqiq holatidan chiqib, keng musulmon
dunyosi   bilan   tutashdilar.     O`lka   aholisi   arab   fani,   madaniyati,   ma`naviyati   bilan
yaqindan tanishish, ulardan bahramand bo`lish imkoniyatlariga ega bo`ldi. Bu hol,
shubhasiz,   o`lkaning   jahonga   yuz   tutishiga   imkoniyat   yaratdi.   Buning   orqasida
mahalliy xalq orasidan juda ko`p ilm-fanga ishtiyoqmand yoshlarning arab va ajam
mamalakatlariga   borib     diniy   va   dunyoviy   bilimlarni   egallashi,   zamonaning   har
tomonlama yetuk, bilimdon, ma`rifatli olimu-ulamolari bo`lib yetishishlariga keng
yo`llar ochildi. Xuddi mana shunday keng ufqlar, imkoniyatlar kashf etilgani bois
ham   ulug`   ajdodlarimiz   Abu   Nasr   Farobiy,   Ahmad   Al   Farg`oniy,   Muhammad
Muso Al-Xorazmiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn-Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-
Termiziy,   Mahmud   az-Zamah sha riy   singari   allomalar   jahon   kezib,   mashaqqatlar
ila ilm o`rganganlar, yetuk komil insonlar bo`lib sharaf topganlar.
 Shu bilan birgalikda  o`lkaga islomning kirib kelishi va u bilan bog`liq xolda
yakka xudolik g`oyasining g`alaba qozonishi, yagona Olloh nomini e`tirof etilishi
o`z   navbatida   mahalliy   xalqlar,   elatlar   birligi,   ahilligi   va   jipsligiga   sezilarli   ta`sir
ko`rsatdi.   Shuningdek   yuksak   insonparvarlik,   do`stlik,   birodarlik,   o`zaro   mehr
oqibatlik, muruvvatlik, ma`naviy poklik,  rostgo`ylik,  bir-birini  qo`llab-quvvatlash
tuyg`ulari   bilan   sug`orilgan   «Quroni   Karim»   oyatlari,   g`oyalari   ruhi   yurt
odamlarining ma`naviy kamolotiga katta ijobiy ta`sir o`tkazdi. 
Xulosa
           Buyuk   Ipak   yo’li   –   insoniyat   rivojlanishi   tarixining,   uning   birlashu vga
hamda   madaniy   qadriyatlari   bilan   almashishga,   hayotiy   fazo   -   yu   mahsulotlarni
sotish     uchun     bozorlarga     erishishga     intilishining           o’ziga     xos     bo’lgan
hodisasidir.  Sharqda  aytiladigan  naqlga  qaraganda:  «O’tirgan  –  bo’yra, yurgan -   daryo».   Harakatlanish   –   bu   hayotdir,   sayohat   qilish,   jahongashtalik doimo
taraqqiyotning  harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan edi.
              Insoniyat     tarixida     eng     ulkan     bo’lgan     ushbu     qit’alararo     savdo     yo’li
Yevropa   va   Osiyoni   bir -biriga   bog’lab,   o’tmishda   antik   Rim   davlatidan   to
Yaponiyaning     qad   imgi     poytaxti     Nara     shahrigacha     cho’zilgan     edi.     Albatta,
sharq     va     G’arb     o’rtasidagi     savdo     o’tmish     qa’riga     cho’kkan     qadim   -qadim
zamonlardan  beri  olib  borilar  edi,  lekin  bu  kelgusida  bunyod  etilgan  Buyuk
yo’lning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqala ri hosil bo’lishiga Markaziy Osiyo
tog’larida   yarim   qimmatbaho     toshlar     –     Sharqda   nihoyatda   qadrlangan   lazurit,
nefrit,   aqiq,   feruzalar   qazib   chiqariladigan   konlarni   topib,   qazib   olish   ko’p
jihatdan     ko’maklashgan.     Masalan,     Markaziy     Osiyodan     Eronga,
Mesopotamiyaga   va   hatto   Misrga   lazurit   toshi   yetkazib   beriladigan   «lazurit
yo’li»   mavjud   edi.   U   bilan   bir   paytda   «nefrit   yo’li»   ham   tarkib   topgan,   bu   yo’l
Xotan  va  Yorkent  tumanlarini  Shimoliy  Xitoy  mintaqalari  bilan  bog’lar  edi.
Bundan     tashqari,     Old     Osiyo     mamlaka   tlariga     So’g’diyona     va     Baqtriya
davlatlaridan  aqiq  toshlari  olib ketilar  edi,  Xorazmdan  esa  feruza  keltirilgan.
Bu     yo’nalishlarning     barchasi     oxir   -oqibat     Buyuk     Ipak     yo’liga     kirib
mujassamlashgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin.-T.:O`zbekiston, 1994
y.
2. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat.-T.: O`zbekiston, 1994 y. 3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.-T.:Sharq, 1998 y.
4. Bahodirov R. Abu Abdulloh al-Xorazmiy va ilmlar tasnifi tarixidan.-
T.: O`zbekiston, 1995 y.
5. Jalilov S. Imom al-Buxoriy haqida suhbatlar.  Fan va turmush.-1998.-
№5.
6. Imom Ismoil al-Buxoriy. Hadislar.-T.: Sharq,1992 y.
7. Irisov A. Hakim ibn Sino.-T.: 1990 y. 
8. Ma`naviyat yulduzlari. Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, 
allomalar, adiblar.-T.: 1999 y.
9. Rustamov A. Mahmud Zamahshariy.-T.: Fan, 1979 y.
10. Saitov YE., Saidov A. Ahmad al-Farg`oniy buyuk matematik.  Fan va 
Turmush.-1998.-№5. 
11. Sulaymonova F. Sharq va G`arb.-T.: 1997 y.
12. Xayrullayev M. O`rta Osiyoda ilk uyg`onish davri madaniyati.-T.: 
Fan, 1994y.

Reja 1. Kirish 2. Assosiy qism 3. Insoniyat tarixida savdo yo`llarining ahamiyati. 4. O`lkamiz hududidan o`tgan qadimgi savdo yo`llari 5. Buyuk ipak yo`li temuriylar davrida 6. Xulosa 7. Foydalanilgan adabiyotlar

Buyuk ipak yo`li tug`risida fikr yuritar ekanmiz, bu qadimiy yo`lning necha asrlar davomida ne-ne mamlakatlar va xalqlarni bir-biriga bog`lash, aloqalarini mustah-kamlashdagi mislsiz xizmatini aloxida ta`kidlab o`tish joiz bo`ladi. Ilk bor Xitoy hududidan boshlanib g`arbga tomon minglarcha kilometr masofaga cho`zilgan ( 12 ming km.), Sharq bilan g`arbni tutashtirgan. Bu noyob savdo yo`li ulug` ajdodlarimiz sa`y-harakatlari samarasi o`laroq umumbashariyat tarixiy taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan. Ayniqsa, bu yo`lning Vatanimiz sarhadlaridan o`tganligi uning tarixiy taqdirida, iqtisodiy-madaniy yuksalishida hamda boshqa xorijiy ellar bilan izchil hamkorlik va xamjihatlikda katta ijobiy rol o`ynagan. Buyuk ipak yo`li tushunchsini birinchi bo`lib fanga taniqli nemis olimi Fon Rixgofen olib kirgan. U XIX asrning 70-yillarida yozgan «Xitoy» nomli klassik asarida bu terminni chuqur ilmiy asoslab berdi. Ma`lumki, Xitoyning Sian shahrida boshlangan Ipak yo`li Lanjou orqali Dunxuanga (Sharqiy Turkiston) kelib, bu yerdan u ikkiga ajraladi. Ipak yo`lining janubiy tarmog`i Taklamakon sahrosi (Mo`g`iliston) orqali Xo`tanga, undan Yerkentga kelib, undan Balxga tomon o`tadi. Balxda yo`l yana uch tarmoqqa ajraladi. G`arbiy tarmog`i Marvga, janubiy tarmog`i Hindistonga, shimoli tarmog`i Termiz orqali Darbent, Nautak va Samarqandga tomon yo`naladi. Ipak yo`lining shimoliy-g`arbiy tarmog`i esa Dunxuandan Bami, Turfon orqali Tarim vohasi- Qashg`arga boradi. U yerdan Tioshqo`rgon orqali O`zgan, O`sh, Quva, Axsikent, Pop, Asht orqali Xo`jand, Zomin, Jizzaxga, so`ngra Samarqandga borib tutashadi. Samarqanddan esa bu yo`l yana davom etib Dabusiya, Malik cho`li orqali Buxoro, Romitonga, undan Varaxsha orqali Farobga borib, Amul shahriga o`tadi. Amulda esa bu yo`l Marvdan Urganch sari yo`nalgan yo`lga qo`shiladi. Marv shahri O`rta asrlar davomida Buyuk ipak yo`li chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo`lgan. Eng muhimi shundaki, Buyuk ipak yo`lining G`arbdan keladigan savdo karvonlari aytaylik, Italiya, Ispaniya va boshqa O`rta yer dengizi mamlakatlarining savdogarlari ham o`z mollarini Tir, Damashq, Anatoliya, Bog`dod orqali Parfiya davlati hududlari bo`ylab yana O`rta Osiyoning yirik savdo markazi Marvga olib

kelar, shu yerdan sharq tomon yo`llarini davom ettirardilar. Shu ma`noda Marvning turli dinlar ildiz otgan, turli madaniyatlar tutashgan joy bo`lganligi alohida ahamiyatga molikdir. Buyuk ipak yo`li Sharqu G`arbni bog`lovchi, turli mamlakatlarning savdo- sotiq, tijorat aloqalarining eng asosiy vositasi bo`lgandan, bu yo`nalishda joylashgan davlatlar undan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga yohud bu borada o`z mavqeini mustahkamlashga intilganlar. Shu bois turli tarixiy bosqichlarda turli davlatlar bunga intilib, Buyuk ipak yo`li ustidan o`z nazoratlarini o`rnatganlar. Masalan, mil.av. VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari, mil.av. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar, mil.av. II-I asrlarda Rim Parfiya davlatlari o`rtasida bu borada qattiq raqobat ketdi. Yohud arab xalifaligi vujudga kelgunga qadar bu yo`lning Eron va Sug`diyona hududlaridan o`tgan qismida Eron va Sug`d savdogarlari yetakchilik rolini o`ynaganlar. Arab halifaligi kuchayib, ko`plab hududlarni qo`lga kiritgach, bu yo`l arab savdogarlari tasarrufiga o`tadi. Chingiziylar davrida Buyuk ipak yo`lining tasarrufida butunlay ularning qo`l ostida bo`lgan. Buyuk sohibqiron Amir Temur davriga kelib uning qudratli saltanati vujudga kelgach, Buyuk ipak yo`li sarhadlari yangidan kengayib, katta miqyoslar kasb etib, yanada rivoj topadi. Vatanimiz sarhadlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishining Buyuk ipak yo`li bilan bevosita bog`liqlik jihatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Yunon-Rim olimlari Gerodot, Ktesiy, Arrian ma`lumotlariga, Eron mixxat yozuvlariga asoslanib fikr yuritadigan bo`lsak, mil.av. IV asrda O`rta Osiyo hududlarida sug`orma dehqonchilik madaniyati, hunarmandchilik, chorvachilik, tog`-kon ishlari ancha rivoj topgan.O`rta Osiyo la`li Xorazmning qimmatbaho feruza ma`dani, Sug`d oltini ko`plab miqdorda qazib olinib, ishlov berilib, xorijiy ellarga ham chiqarilgan. Jumladan, O`rta Osiyo la`liga (lazuriti) Eron, Hindiston, Misr, Mesopatamiya va Xitoy singari mamlakatlarda qiziqish va talab g`oyatda katta bo`lgan. Mil.av. II asr boshlarida Davan va Qang` davlatlariga tashrif buyurgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Szyan safaridan so`ng Xitoy bilan O`rta Osiyo davlatlari o`rtasidagi diplomatik va sado-sotiq aloqalari yangi bosqichga

ko`tariladi. Elchining bu yurtda ko`rgan-kechirganlari. Ayniqsa, uzumchilik, vino- tayyorlash, rangli shishalar ishlab chiqarish, zargarlik, zotdor, uchqur otlar Xitoy hukmdorlarini qiziqtirgan. Bu esa ikki o`rtadagi aloqalarga keng yo`l ochgan. Xitoy O`rta Osiyoning zotdor otlari, rangli shishalari, zargarlik mollari, la`liga xaridor bo`lsa, ayni chog`da Xitoydan ko`proq ipak va ipak mollari, chinni buyumlar, choy mahsulotlar keltirila boshlagan. Shuningdek, Yaponiyadan gurunch, Hindistondan ip gazlama, ziravor va dorivor mahsulotlar, mushk anbar va shu kabi narsalar keltirilgan. Ayni chog`da o`zbek diyoridan bu mamlakatlarga qishloq xo`jalik mahsulotlari, mevalar, chorva mollari, otlar, gilamlar, zargarlik mahsulotlari, nafis junli matolar chiqarilgan. O`rta Osiyo hukmdorlari buyuk ipak yo`lida savdo karvon la ri ning tinchligi, xavfsizligi va ularning bexatar, muntazam qatnovini ta`minlash borasida ham doimiy chora-talbirlar ko`rib borganlar. Shu maqsadda kerakli nuqtalarda, aholi siyrak bo`lgan joylarda karvonsaroylar, yemakxo na lar, barpo qilingan, suv oladigan quduqlar qazilgan, chor atrofi shinam bino shakliga keltirilib qurilgan rabotu-sardobalar tiklangan. Hozirda ham Qizilqum, Mirzacho`l. Malik cho`li sarhadlarida o`tmish arxitekturasining noyob namunalari sanalgan shunday me`moriy obidalar xarobalari ko`plab uchraydi. Ayniqsa, Somoniylar, Qoraxoniylar va G`aznaviylar sulolalari hukm surgan, Movarounnahr hududlari jiddiy iqtisodiy va madaniy yuksalish jarayonini boshdan kechirgan davrlarda xalqaro karvon savdosi yurtimiz ijtimoiy taraqqiyotida muhim rol o`ynagan. O`sha davrda Mag`ribu Mashriqqa ma`lum va mashhur Buxoro, Samarqand, Marv, Shosh, Balx, Isfijob, Termiz singari shaharlarda o`nlab xashamatli karvonsaroylar. Sado bozorlari barpo etilib, ularda tijorat ishlari avjida bo`lgan, turli mamlakat tujjorlari ularda tunu-kun turfa rang mollarini sotganlar yohud mol ayirbosh qilganlar. Buyuk ipak yo`lining shuhrati ayniqsa, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda, ya`ni Amir Temur qudratli markazlashgan davlat barpo etish barobarida uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o`rnatdi. Uning o`zi tuzuklarida: «Dunyoning yarmini oldim, salatnatimning u chetida bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tillo ko`tarib o`tadigan bo`lsa, bir donasiga ham zarar

yetmaydigan tartib-intizom o`rnatdim», deb aytgan so`zlari bejiz emasdir. Katta salohiyat egasi bo`lgan Sohibqiron mamlakatning yuksak rivojida xalqaro savdoning nechog`lik ulkan ahamiyat kasb etishini bilganligidan. Bu sohani butun choralar bilan o`stirishga alohida etibor bergan. Bunda yurt tinchligi, ulus farovonligi masalalari xar doim uning diqqat markazida turgan. Shu bois ulug` Amir savdo yo`llarini qo`riqlash, odamlar, musofirlar, turli yurt savdogarlari manfaatlarini bosqinchilar, qaroqchilar tajovuzidan muhofaza qilishni muhim davlat ahamiyatiga molik vazifalardan deb hisoblagan. Tuzuklarda: «...yana buyurdimki, yo`l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasin lar ki, yo`llarni qo`riqlab, o`tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-manzilga yetkazib qo`ysinlar. Yo`l ustida birortasining narsasi yo`qolsa, o`zi o`ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javob berish ularning zimmasida bo`lsin.» deb bejiz ta`kidlab o`tmagan. Amir Temur tashabbusi bilan mamlakatning har bir yirik shaharlarida savdo karvonlarining kirishi va chiqishini nazorat qiluvchi davlat nazorat xizmati va maxsus bojxonalar tashkil etilgan. Savdo karvonlaridan mollarning hajmi. Miqdoriga qarab boj to`lovlari undirilgan. Bu davrda poytaxt Samarqand dunyo savdogarlarining yirik markaziga aylandi.Uning keng ko`chalari bo`ylab maxsus qurilgan muhtasham karvonsaroylar, savdo bozorlari, rastalarda tunu-kun savdo ishlari to`xtamagan. Turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar o`z mollarini xaridorlarga sotganlar yohud o`zlariga kerakli mollarni xarid qilganlar. Samarqand qog`ozining mashhurligi yetti iqlimga ma`lum bo`lgan. Movarounnahr va Xuroson shaharlari Buyuk ipak yo`lining eng qaynoq yo`liga aylangan. Bu yerga Hindistondan juda ko`plab tijorat karvonlari kelib turardi. Xitoy bu hududlarga ipak gazlamalari, chinni kosalar, billur qadahlar, qimmatbaho toshlar yuborardi. Shimoldan noyob po`stinlar, mo`ynalar keltirilardi. Ushbu turli iqlimlarning mollari Samarqand va boshqa O`rta Osiyo shaharlarida toy-toy boylanib, Osiyoning yirik shaharlariga va Yevropaga jo`natilardi. Savdogarlar bir yo`l bilan Genza ko`liga borardi. Ikkinchi yo`l Hirot, Kazvin, Tabriz, Trabzon