DALADA OLINGAN MA’LUMOTLARNI DASTLABKI ISHLASH, EKSPLIKASIYA TUZISH, DALA TUPROQ XARITASI-NI TUZISH, TUPROQ CHEGARALARINI BIR-BIRIGA MOSLASH
DALADA OLINGAN MA’LUMOTLARNI DASTLABKI ISHLASH, EKSPLIKASIYA TUZISH, DALA TUPROQ XARITASI-NI TUZISH, TUPROQ CHEGARALARINI BIR-BIRIGA MOSLASH Reja: 1. Katta masshtabda tuproqni xaritalashda dala ishlari turi. 2. Tuproq chegaralarini bir - biriga moslash. 3. Dala tuproq xaritasini tuzish. 4. Shartli belgilarni yozish
1. Tuproqni xaritalashdagi V.V. Dokuchayevning geografik usuli va uning ahamiyati. Tekshirilayotgan joyni yayov yurib aylanib chiqish natijasida va tuproq paydo qiluvchi sharoitlarni aniqlanadi, topografik asosga yoki aerofotosuratga mos tushmayotgan tafsilotlar o’zgarishlar kiritilib ishchi xarita tushiriladi. Ekin maydonlaridagi qishloq xo’jalik ekinlarining, zovurlarning xolati va oqova suvlarning mavjudligi xaqida ma’lumotlar ishchi xaritasiga tushirilib boriladi. O’rganilayotgan joydagi tuproqning agronomik ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumot to’planadi, bunda yerlarni sug’orish davri, tarixi, agronomik va meliorativ tadbirlar, o’g’itlash, eroziyaga qarshi kurash choralari, qishloq xo’jaligi ekinlarini 3-5 yil bo’yicha hosili xaqida ma’lumotlar to’planadi. Dalada tuproq tekshiruv ishlarini olib borish tartibi. Tekshirilayotgan maydonni o’ziga xos xususiyatga asoslanib yo’nalishini belgilab olinadi, tuproq chuqurlarining turlari va ularni vazifalari, tuproq turlariga qarab joylashish topografik asosga tushiriladi. 2. Tuproq chuqurlari kavlangan joylar masshtabda o’lchab joyga bog’lab keyinchalik topishga osonlashtirib xaritaga tushiriladi. Asosiy tekshiruv chuqurlarini kerakli joylarga tushiriladi va tuproq ko’rinishlari, chegaralari ajratiladi; ularni bog’lab va xaritaga tushiriladi; qo’shni yerdan foydalanilayotgan xo’jalik xaritalariga chegarlarni mos tushirish va bog’lanib quyilib ketishini ta’minlash. Chegaralashda to’g’ri kelmas ko’rsatkichni me’yori, har bir masshtab turida har xilligi, tabiiy tarqalgan tuproq turlarini tarqalishini xaritalash masshtabiga qarab eng kichkina tuproq turini belgilash va xaritaga tushirish asoslari. Ko’p xilli tuproq turlarini xaritaga tushirishdagi xaritalashni o’ziga xosligi. Dala kundaligini tuzish; bog’lash, relyefni yozish, o’simliklar sharoiti ona jinsli qatlamlarini morfologik belgilari, dala sharoitida nomlangan tuproq nomi. Xaritalash masshtabi va satx qiyinligi darajasiga, kategoriyasiga qarab tuproq chuqurini sonini aniqlash. Tuproq chuqurligi turlari o’rtasida nisbat, ularni topografik asos va aerofotosuratlarni ishlatilganidagi o’zgarishi. Dala ishlari davrida genetik qatlamlaridan tuproq namunasini olish shartlari. Olingan chuqur tuproqdagi namunalarni sonini shartli 6 ga teng deb olib, masshtabga qarab namunalar sonini analizga topshiriladigan namunalarni nechtasini qaysi ximyaviy
analizlar sonini belgilanadi. Katta masshtabdagi tuproq xaritalarni tuzishda tuproqni fizikaviy xususiyatlarini o’rganish, to’liq va kiskartirilgan dastur. Tuproq fizik xossalarini o’rganishdagi ish hajmini aniqlash. Analitik reja tuzish, analiz turlarini tuproq turlariga qarab belgilash. Ximiyaviy analiz natijalarini tekshirish. Dala tuproq xaritasini bezash (tuzish). Yerdamchi xujjatlardan ximiyaviy analiz turlari mavjudligi ruyxatini tuzish, tuproq morfologik beligilarini yozish, olingan namunalar, analitik reja, xo’jalik xaqida ma’lumot, dastlabki tuproqlardan samarali foydalanish xulosasi. Dala ishlarini sifati tekshiruvi va bu xaqda tuzilgan ma’lumotnoma. Dala ishlari davrini tog’li sharoitda tog’ oldi adirlarda, past - tekisliklarda, cho’l zonalarida, sho’rlangan yerlardagi qilinadigan ishlarni o’ziga xos xususiyatlari. Tuproq turlari bo’yicha ajratuvchi chegaralar va ularni topografik asoslarga tushirish asosan dala sharoitida belgilanadi. Ma’lumki, tuproq murakkab tuproq hosil qiluvchi omillarning kompleksida shakllanadi. Bu omillarning (tuproq hosil qiluvchi tog’ jinslari, iqlim, o’simlik va xayvonot dunyosi, relyef, yerning yoshi, inson faoliyati) har - xil darajada bo’lishi munosabati bilan tuproqlarning xossalari va tarkibi turlicha shakllanishi mumkin. 3. Tuproq hosil qiluvchi sharoitini o’zgarishini tuproq turini o’zgarishi bilan bog’liqdir. Shu sababli dala sharoitida olib borilgan tadkikot ishlarida yerning relyefi, o’simligi, tuproq hosil qiluvchi ona jinsi, tuproqlarning madaniylashtirish darajasiga ko’ra tuproqlarning mexanikaviy tarkibi, strukturalik xolati va boshqa belgilarining o’zgarish qonuniyatlarini aniqlash va boshqa belgilarining o’zgarish qonuniyatlarini aniqlash va yozish lozimdir. Tuproq chegaralarini yirik masshtabli tuproq syemka ishlarida tuproq chegaralrini aniqlashda S.F.Negovelov tomonidan ixtiro qilingan Bur- shup yordamida aniqlash mumkin. Tuproq chegaralarini yuza qismining tuproq namunalarini takkoslash yo’li bilan ham belgilash mumkin (bularga yuqori gorizontlarining morfologik belgilari kiradi: tusi, mexanikaviy tarkibi, strukturasi va x..k.). Topograf va tuproqshunos tuproqni relyefini qaysi qismda joylashganligiga qarab ham instrumental syemka o’tkazadi. Masalan, kashtan zonaning tuproq kompleksi.
1. To’q kashtan tuproqlar 2. To’q tusli quyi qismi tuproqlar 3. Sho’rtoblar 4. Sho’rtoblarning foiz miqdorini aniqlash uchun kadamlab o’lchash usubi yoki saylangan maydonlar uslubi bilan aniqlash mumkin. Topografi k shart li belgilar haqida t ushuncha . Kartalarda har xil ob’ektlarni (predmet, hodisa, jarayon va h.k.) va ularni sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalash uchun qo‘llaniladigan grafik simvollarga kartografik shartli belgilar deyiladi. Bu belgilar mumkin qadar sodda, ko‘p joy egallamaydigan va shu bilan birga bir-birlaridan aniq ajralib turadigan va oson chiziladigan hamda o‘qiladigan bo‘lishlari kerak. Alohida ob’ektlarni kartografik belgilari ikkita asosiy funksiyani bajaradi: birinchidan – ob’ektlarni turini ko‘rsatadi (quduq, shosse, botqoqlik va b.) va ularni ayrim miqdor va (yoki) sifat tavsiflarini (masalan, quduqdan ma’lum vaqtda olinadigan suv miqdorini, shosse qatnov qismining eni va ustiga yotqizilgan materialning turi, botqoqning yurib o‘tishga yaroqligi; ikkinchidan – ob’ektni fazoviy holatini aniqlaydi, ushbu ob’ektlarning planli o‘lchamlarini va shakllarini, yoki ularni «fazosini» modellashtiradi. Ko‘pincha belgilar hodisani vaqt mobaynida o‘zgarishini (shaharlarni o‘sishi, daryolarni toshishini va h.k.), ko‘chib yurishini (ekspeditsiyalarni marshrutini, siklonlarning traektoriyasini) va boshqa jarayonlarni aks ettiradi. Kartalarda belgilarning hammasi jamuljam bo‘lib ancha keng funksiyalarni bajaradilar. Ular ob’ektlarni o‘zaro uyg‘unligini va aloqadorligini ko‘rsatadi, hodisalarni fazoviy obrazlarini shakllantiradilar, ularni joylanishidagi qonuniyatlarni va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradilar. Natijada kartani alohida belgilarda mujassamlashgan informatsiyalar yig‘indisidan ortiq bo‘lgan yangi bilimlar beradi. Bundan tashqari belgilarni guruhlarga ajratish hodisalarni
holati, differensiatsiyasi, o‘zaro bir-biriga ta’siri va vaqt mobaynida o‘zgarishini fazoviy tavsiflash uchun keng imkoniyat ochadi. Qadimgi kartalarda voqea va hodisalar perspektiv suratlar bilan ko‘rsatilgan. Bunday suratli rasmlar alohida izohlarsiz ham tushunarli bo‘lgan (3.1-rasm) . Dastlabki vaqtlarda alohida ob’ektlarni suratlari individual bo‘lgan. Masalan, shaharlarni planida diqqatga sazovor binolarni arxitekturasini aks ettirishga harakat qilganlar. Keyinchalik perspektiv suratlar, ayniqsa mayda masshtabli kartalarda, o‘zlarini individualliligini yo‘qota boshlaganlar va ular o‘xshash ob’ektlar uchun umumiy qilib bajariladigan bo‘ldilar. Masalan, alohida guruh manzilgohlar (qishloqlar, posyolkalar, shaharlar, qal’alar va sh.k.) uchun o‘zlarining alohila qabul qilingan perspektiv belgilaridan foydalaniladigan bo‘lindi. Mana shu fakt individual tavsiflardan turdosh tushunchalarga o‘tish kartografik belgilarni kiritilishini anglatdi, qaysiki ularni tushunmoqlik uchun izohlab (sharhlab) berish zarurati tug‘ildi.