DARYOLAR OQIMINING YIL DAVOMIDA TAQSIMLANISHI
DARYOLAR OQIMINING YIL DAVOMIDA TAQSIMLANISHI Reja: 1. Oqim normasini aniqlashda daryo oqimining o‘zgaruvchanligini hisobga olish 2. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi
Daryo oqimi yillararo o‘zgarib turadi, ya’ni daryoda bir yil suv ko‘p bo‘lsa, ikkinchi yili unga nisbatan kamroq bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishlar iqlimiy omillarga bog‘liq bo‘lib, aniq bir qonuniyatga bo‘ysunmaydi, lekin oqimning ma’lum bir o‘rtacha miqdori atrofida tebranib turadi. Tebranish amplitudasi turli daryolarda turlicha qiymat larga ega bo‘ladi. Daryo oqimini bir necha yillar (25 30 yil) davomida uzluksiz kuzatish natijasida hosil bo‘lgan qatorni taso difiy miqdorlar qatori deb qarash mumkin. Ma’lumki, tasodifiy miqdorlardan hosil bo‘lgan qator o‘zgaruvchan variatsion qator deyiladi. Kam suvli va ko‘p suvli davrlarning to‘la sikli uchun aniqlangan o‘rtacha ko‘p yillik oqim miqdori oqim nor masini ifodalaydi. O‘zgaruvchan qatorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri o‘rtacha arifmetik miqdor yoki boshqacha aytganda norma (me’yor)dir. U quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:У0= ∑i=1 n Уi n , ifodada У0 oqim me’yori, ∑i=1 n Уi oqimning yillik miqdorlari yig‘indisi, n kuzatish yillari soni. Oqim normasini aniqlashda hisoblash davrini bel gilab olish muhimdir, chunki daryo oqimi ham Quyosh faol ligi hamda iqlimning davriy siklli o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. I.P.Drujinin, G.P.Kalinin, D.Ya.Ratkovich kabi olim lar tadqiqotlarining natijalari shuni ko‘rsatadiki, daryo oqimining davriy o‘zgarishi 2 3, 5 7, 10 12, 22 28 yillarda takrorlanib turadi. Oqim normasini hisoblash uchun tanlab olingan qator bir yo‘la ko‘p suvli va kam suvli davrlarni qamrab olishi zarur. Shu maqsadda daryo oqimining yig‘indi (integral) egri chizig‘i chizmasidan foydalaniladi (24 rasm, a). Integral egri chi ziqni chizishda daryo oqimini modul koeffitsiyent lari orqali ifodalash katta qulaylik yaratadi. Bu egri chi ziq daryo oqimining yillar bo‘yicha siklli o‘zgarishi davr larini
yaqqol ko‘rsatib turadi. Ma’lumki, oqimning modul koeffitsiyenti (Кi ) quyi dagi ifoda bilan aniqlanadi: Кi= Уi У урт , bu yerda Уi ma’lum yildagi oqim miqdori, Уурт oqim miqdo rining butun kuzatish yillari bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha qiymati.
2. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishini o‘n kun liklar (dekada), oylar, fasllar, mavsumlar bo‘yicha o‘rganish mum kin. Mazkur muddatlar bo‘yicha oqimning taqsimlanishi daryoning to‘yinish manbalariga bog‘liq bo‘lib, shu daryo suv rejimining xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ma’lum mud datlar (dekada, oy, fasl) bo‘yicha oqimning yil ichida taq simlanishini yillik oqimning umumiy miqdoriga nisbatan hissalarda yoki foizlarda ifodalash mumkin. Ma’lumki, yilning istalgan muddati uchun daryo hav zasining suv muvozanati tenglamasini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:Уi= Xi− Zi±U i , bu yerda: Уi berilgan muddat ichidagi oqim miqdori; Xi shu muddat ichida havzaga yoqqan atmosfera yog‘inlari miqdori; Zi bug‘lanish miqdori; ±Ui shu muddat ichida namlikning to‘planishi yoki sarflanishi. Yuqoridagi tenglama elementlari orasidagi munosabat yil davomida o‘zgarib turadi. Bu xulosa O‘rta Osiyo daryolari uchun ham o‘rinlidir, chunki ular havzasida kuz va qish fasllarida namlik to‘planib, sarflanish asosan bahor va yoz oylarida kuzatiladi. Shu tufayli daryolar suv rejimini o‘rganishda ba’zan kalendar yil o‘rniga gidrologik yildan foy dalaniladi. Gidrologik yil namlikning to‘planish va sarflanish siklini to‘la qamrab oladi. O‘rta Osiyo daryolari uchun gidrologik yil boshi sifatida 1 oktyabr qabul qilin gan (2.11.3 mavzuga qarang). Havzaga yog‘in faqat yomg‘ir ko‘rinishida yog‘sa, daryo oqimi uning yil ichida taqsimlanishini takrorlaydi. Lekin, oqimning asosiy qismi yilning sovuq davrlariga to‘g‘ri ke ladi, chunki bu vaqtda yer sirtida namlikning kattaligi tuproq- gruntlarga bo‘ladigan shimilishni kamaytirsa, havo haroratining pastligi tufayli esa bug‘la nish kamayadi. Bu holat o‘z navbatida oqim koeffitsiyentining yuqori bo‘li - shi ni ta’minlaydi. Yilning issiq mavsumlarida esa yuqo ri da gi larning aksi kuzatiladi.
Havzaga yog‘adigan yog‘inning ma’lum qismi qor ko‘ri nishida yog‘sa, qor qoplami hosil bo‘lib, faqat havo harorati iligandagina oqim hosil bo‘ladi. Agar daryoning to‘yinishida boshqa manbalarning hissasi uncha katta bo‘lmasa, bunday daryo larda oqimning 70 90 foizi bahorga to‘g‘ri keladi. Qo zo g‘istondagi Ishim daryosining irmoqlarida xuddi shu holat kuzatiladi. Qish uzoq davom etadigan shimoliy hududlarda esa to‘linsuv davri yozga to‘g‘ri kelib, oqimning asosiy qismi ham shu davrda oqib o‘tadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolarda, shu jum ladan Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismidagi irmoqlari (Vaxsh, Panj, Katta Norin) da oqimning yil ichida taqsimlanishi havo haroratining yillik o‘zgarishiga mos tushadi. Chunki, bunday daryolar baland tog‘lardagi doimiy qor va muzliklarning erishidan hosil bo‘ladigan suvlar hisobiga to‘yinadi. Turli balandlik mintaqalaridagi qor va muzliklarning turli vaqtlarda erishi to‘linsuv davrining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga ularda to‘linsuv davrida, tekislik daryolariga nisbatan, oqimning bir ma-romda bo‘lishi kuzatiladi. Daryoning to‘yinishida yer osti suvlari hissasining katta bo‘lishi, havzada ko‘llarning mavjudligi ham oqimning yil davomida bir maromda taqsimlanishiga ta’sir etadi. Bu holat Ladoga ko‘lidan boshlanadigan Neva daryosida, Onega ko‘lidan boshlanadigan Svir daryosida, Sarez ko‘lidan bosh lanadigan Murg‘ob (Pomirdagi) daryosida yaqqol kuzatiladi. Oqimning yil davomida taqsimlanishiga ko‘lning ta’siri darajasi uning o‘lchamlariga, shakliga, suv hajmiga, ko‘ldan suvning oqib chiqish sharoitiga va boshqalarga bog‘liqdir. Oqimning yil davomida taqsimlanishini suv sarfini kuzatish ma’lumotlariga ega bo‘lgan daryolarda istalgan mud dat uchun hisoblash mumkin. Quyida oqimning yil da vomida oylar bo‘yicha taqsimlanishini hisoblash jadvali keltirilgan (4 jadval). 4 jadval Daryo oqimining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishini kuzatish (Qashqadaryo – Varganza qishlog‘i, 1988 yil)