logo

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32 KB
Dasturlash texnologiyasining   uskunaviy vositalari
REJA:
1. Dasturlash texnologiyasining   uskunaviy vositalari  haqida ma’lumot .
2. Dasturlar yaratish vositalari .
3. CASE – texnologiyasi. Hozirgi   paytda  dasturlash  texnologiyasiping  uskunaviy  vositalarini  yaratish
bilan   bog`liq   yo`nal i sh   tez   sur’atlar   bilan   rivojlanmoqda.   Bunday   uskunaviy
vositalar   dasturlar   yaratish   va  sozlash   uchun   quvvatli   va   qulay  vositalarni   tashkil
etadi. Ularga  dasturlar yaratish vositalari  va  Case -texnologiyalar  kiradi.
Dasturlar   yaratish   vositalari.   Ushbu   vositalar   dasturlar   yaratishda   ayrim
ishlarni   avtomatik   ravishda   bajarishni   ta’minlovchi   dasturiy   tizimlarni   o`z   ichiga
oladi. Ularga quyidagilar kiradi;
– kompilyator va interpretatorlar;
– dasturlar kutubxonasi;
– turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator   dasturlash   tilidagi   dasturni   mashina   kodidagi   dasturga
aylantirib   beradi.   Interpretator   yuqori   darajadagi   dasturlash   tilida   yozilgai
dasturning b e vosita bajarilishini ham ta’minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to`plamidan iborat.
Dasturlar   yaratish   vositalariga   Makroassembler   MASM,   Visual   Cutt   for
Windows   Professional   Edition   kompilyatori,   Visual   Basic   for   Windows   va
boshqalar kiradi.
CASE   –   texnologiyasi   informatikaning   hozirgi   paytda   eng   tezkor
rivojlanayotgan sohalaridan biridir.
Case   –   Computer   Aided   System   Engineering   –   axborotlar   tizimini
avtomatlashtirilgan   usulda   loyihalash   degani   bo`lib,   Case -texnologiyasi   turli
mutaxassislar,   jumladan,   tizimli   tahlilchilar,   loyihachilar   va   dasturchilar   ishtirok
etadigan ko`pchilikning qatnashishi  talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda
qo`llaniladi.
Case -texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80   yillar oxirida shakllangan
yo`nalishdir. Ulardan keng ko`lamda foydalanish ko’p moliyaviy mablag’lar talab
qilishi  tufayli chegaralangandir.
Case-texnologiyasi   –   murakkab   dasturiy   tizimlarni   tahlil   etish,   loyihalash,
ishlab   chiqarish   va   kuzatib   turish   texnologik   jarayonini   avtomatlashtiruvchi
dasturiy   ta’minotdir.   Case-texnologiyasining   asosiy   yutug`i   –   kompyuterlarning mahalliy   tarmog`ida   ishlayotgan   mutaxassislarni   birgalikda,   hamkorlikda   loyiha
ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import
qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari REJA: 1. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari haqida ma’lumot . 2. Dasturlar yaratish vositalari . 3. CASE – texnologiyasi.

Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasiping uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog`liq yo`nal i sh tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case -texnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o`z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi; – kompilyator va interpretatorlar; – dasturlar kutubxonasi; – turli yordamchi dasturlar. Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgai dasturning b e vosita bajarilishini ham ta’minlaydi. Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to`plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi. CASE – texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Case – Computer Aided System Engineering – axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo`lib, Case -texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko`pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo`llaniladi. Case -texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80 yillar oxirida shakllangan yo`nalishdir. Ulardan keng ko`lamda foydalanish ko’p moliyaviy mablag’lar talab qilishi tufayli chegaralangandir. Case-texnologiyasi – murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug`i – kompyuterlarning

mahalliy tarmog`ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.